Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog @samandarxojasblog Channel on Telegram

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

@samandarxojasblog


Hammasi shu yerdan boshlandi:
https://t.me/samandarxojasblog/3

Murojaat uchun: @SamandarxojasBot

👠 Men ham dunyoda birinchi marta yashayapman. Koʻp narsaga aqlim yetmaydi.

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog (Uzbek)

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda, samandarxoʻja oʻz shaxsiy blogini ulashishi orqali oʻz hayotini doʻstlari bilan baham koʻrishni o‘ylagan. Kanalda, uning hayotidagi xususiyatlari, tajribalari va fikrlari mavjud bo‘ladi. Samandarxoʻja ko‘ngil boshidan yozadi va so‘zlar bilan o‘rgangan narsalari haqida batafsil bayon qiladi. U yurak qanotida, g‘oyiblikda va o‘zini tanishlarini qiziqtirib turadi. Agar sizning ham qiziqingiz katta bo‘lsa, shu erda har kuni yangi maqola bilan tanishing va samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev bilan birga hayotning o‘z xarajatlarini tajribalang!

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

16 Feb, 14:20


💋 Shu hafta ichi olgan insaytlarim

1. Oʻlim yosh tanlamas - jarayon. Hayot - qisqa deb shuni aytishsa kerak. Oʻlimni oldida hamma taslim boʻladi. Shirinning joyi jannatdan boʻlsin.

2. Qarzni yopish kerak birinchi oʻrinda. Chunki, 1 soʻm ustida javob berilamiz. Esidan chiqib ketgan, lekin sizni esingizda boʻlsa ham - qarz. Ertaga - so'ralamiz.

3. Boylik aks etmaslik kerak ekan: kiyimda, yuzda va qalbda. Agar 3-4 soʻm topib, shu 3 ta joyda oʻzgarish boʻlayotgan boʻlsa - bilgingki "yeb" qoʻyibdi.

4. Suboradinatsiya - muhim. Har kim bilan oshiq-moshiq boʻlinavermaydi. Suboradinatsiyani saqlashni yagona yoʻli: faqat savollarga javob berish ekan.

5. Oʻzi aslida kim-kimdan qarzi bor ekanligini inson yozib chiqishi kerak, u faqat pulda emas, masalan: shunaqa qilib beraman degan gaplar, kitobni olib qaytarib bermaganlar... So'ralamiz...

6. Qiz/yigit tanlashda: menga shunaqa xislatli boʻlsin, unaqa boʻlsin, bunaqa boʻlsin degan shartlarni oʻrniga.

Bunaqa boʻlmasin, unaqa xislati boʻlmasin degan shartlarni yozib chiqish kerak ekan. Shunda sizda "o'sha" inson kartinasi paydo boʻladi.

7. Ha yana, blogimga yozib borishim shart ekan. Yozish orqali - nimadir boʻlar ekan. Shunchaki yashashni, shunchaki nafas olishni "importni bombaj" ham qila olar ekan.

Insonlar ikki xil boʻladi:

1. Yoza oladiganlar.
2. Yoza olmaydiganlar.

💋 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

10 Feb, 18:22


Daxshatga solgan ishlar

1. Kecha asal yeb qoʻydim, shogirdga asal yema deya olmadim. Mana shu ustozdan soʻray qol dedim.

Asal yeb - asaldan qaytarish kerak emas.

2. Bitta fanni oʻqish boʻyicha ancha tanaffus olgan edim. Kechay kuni oʻqidim 1-2 soat. Shunaqangi, zoʻr tushundim.

Tanaffus kerak - ochqagan odam koʻproq kayf qiladi.

3. Sen hech qachon CEO(BOSS) boʻla olmaysan, agar sen boshqalar qila oladigan ishni hali ham qilayotgan boʻlsang.

Kitob upakovka qila oladigan odam bor boʻlsa - nega sen qilayapsan?

4. Ingliz tili - katta kuch. Uni hech qanday sababsiz oʻrgan. U seni boʻyingni oʻsishiga sabab boʻlmaydi. Lekin, aqlingni oʻstiradi.

Men biladigan norm natijalarni - koʻpi ingliz tili biladi.

5. 78% bola - hissiyotga qarab qiz bolani tanlar ekan. 20% bolalar esa aqlni aralashtirar ekan. 2% bolalar esa 35 ga yaqinlashib qolar ekan.

20% lar qatoriga kirish kerak. Lekin, hirs boʻlmagan joyda - farzandli boʻlish ehtimoli keskin tushar ekan.

P.S: Bugunga yetadi. Sizga qaysilari yangilik boʻldi?

👑 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

10 Feb, 06:54


☄️ Juda ham katta zakaz olamiz

⚠️ Men Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev. Ustozim Abdig'affor Gadayevning shogirdiman. Siz men orqali shaxsan ustozning orginal kitoblarini sotib olishingiz mumkin.

👀 Quyidagi video orqali esa nashriyotning ichki muhitini his qilishingiz mumkin. Bizda juda ham katta jamoa ishlamoqda.

Maqsad: hamma talabani mualliflik huquqiga ega va orginal kitob bilan taminlash!

🆕 Buyurtma berish uchun:
@Gypothalamus

📰 Eng birinchi va eng katta tib original do'kon @tib_book

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

07 Feb, 17:30


Live stream finished (47 minutes)

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

07 Feb, 16:42


Live stream started

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

07 Feb, 16:38


Ishga qanday kirar edim?

‼️ Keling buni shaxsan oʻzimni misolimda koʻrib chiqamiz. Jarayon: menga ishchi kerak. Men oʻzimni qanday ishga olar edim?

1. Avvalo Samandarxoʻjani har tomonlama ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib chiqar edim.

2. Keyin botiga, soʻng admin akkauntiga yozar edim. Javob kelishi kechikdi. Tanish bilish orqali. Nomerini topar edim.

3. Soat 19:00-20:00 oraligʻida qoʻngʻiroq qilar edim.

— Samandarxoʻja, telegramdan yozdim bir necha bor. Ishingiz koʻpligi uchun shekilli, hali javob kelmadi.

— Siz boshqaradigan telegram kanallarni kuzatdim. Nisbatan postlar kam qoʻyilmoqda.

— Kurs ham oʻtar ekansiz. Juda ham zoʻr. Instagramingiz "portlamoqda" minglab kommentariya javobsiz. Menimcha, juda ham bandsiz.

4. Hujum: men ham oʻsish uchun joy qidirib yurgan edim. Agar qarshi boʻlmasangiz, sizga holis yordam bersam. Telegramni yaxshi tushunaman. Instagramda faolman.

5. Hech qanday pul soʻraganim yoʻq. Men shunchaki siz bilan rivojlanmoqchiman. Ertadan siz bilan ish boshlasam boʻladimi?

🌟 Samandarxoʻja ichida: oh, sanga oyiga +5 million soʻm berishga tayyorman.

💍@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

06 Feb, 17:44


#teshibketdi

Men insonlarni 8-9 soat ishlab, uyiga dam olgani kelishini maʼqullamayman.

Men hayotni asl mohiyatini anglashni, aslida nimaga hayotga kelganimni his qilib yashashni avzal koʻraman.

Men hozir hayotimni o'zgartirish bosqichidaman.

Shunchaki tomosha qiling. Nasib qilsa tez kunda katta yangiliklarni albatta birinchi boʻlib siz bilasiz.

👉 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

04 Feb, 19:21


Savol mana shu link orqali berilmoqda ekan

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

10 Jan, 17:28


Bir kam dunyo

1. Farzandi ancha baquvvat, sogʻlom katta boʻlayotgan onani koʻrdim. Lekin, ona oʻzini ancha oldirib qoʻygan, nimjon edi. Bir kam dunyo.

2. Dunyo uni ortidan quvar, yegani oldida-yemagani ketida insonlarni koʻrdim. Ammo, farzandlari tarbiyasi buzilib ketgan yoki kasalmand edi. Bir kam dunyo.

3. Ilmi juda kuchli, talantli va Oʻzbekistondagi "sanoqli" insonlarni koʻrdim. Lekin, oʻzini koʻrsatib bera olmas, hali ham 8 soat ishlab yurar edi. Bir kam dunyo.

4. Ancha oʻzini bosib olgan, ilmli va soliha ayollarni koʻrdim. Ammo, eri uni tushunmas, qachon ayoli dindan gapirsa, eri: hayotga bir marta kelaman der edi. Bir kam dunyo.

5. Oʻqib ilmni "yorvoradigan" qizlar, bolalarni koʻrdim. Ammo, uyidagilari kelajakni 4 ta novvos boqib qurmoqchi edi. Bir kam dunyo.

6. Avval yaxshilab oʻqib olay, keyin katta-katta pul topib ota-onamni hursand qilaman deganlarni koʻrdim.

Ammo, koʻp emas 5 yil oʻtib, ona parhezda: yogʼli narsa yeya olmas, ota infarkt boʻlib haj tugul, koʻchaga chiqishga holi yoʻq edi. Bir kam dunyo.

🎯 Kanal linki: @samandarxojasblog
🎯 Aʼloqa bot linki: @SamandarxojasBot

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

08 Jan, 18:54


Yaxshi kadr ekan. Videodan kesib oldim.

Mendan chapda, Azizxon. U bola chinakamiga iqtidor. TTA (Toshkent Tibbiyot Akademiyasi) talabasi. 189.0 ball toʻplab oʻqishga kirgan. IELTS 7.0.

Ha toʻgʻri yozdim, 90 tadan 90 ta toʻgʻri yechib yuborgan doʻstim, shu inson. Hozir, kardiologiya sferasida.

Yonida esa Adhamxon. Prezident universiteti talabasi. IT boʻyicha mutaxassis, menimcha. Komp'ni yaxshi biladi. IELTS 7.0. Fikrlash boshqa sayyoraniki.

Bu doʻstlarimiz bilan bir honaga joylashgan edik. Deyarli, ingliz tilida gaplashar edik.

Men esa, shunchaki Fargʻonalik bola😌😁.

P.S: Nega nisbatan men yaqinlashib boryapman blogga. Sababi, ustozimdan shunday topshiriq boʻlgan. Face va bilimga ishlash.

👉 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

08 Jan, 17:32


1:14

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

08 Jan, 17:32


Ha, 5 oy oldin. Meni 180° ga oʻzgartirgan loyiha.

Aslida, qozondagi ziravor ekanligimni his qildirgan loyiha.

Talant insonlarni oʻz koʻzim bilan koʻrishga sabab boʻlgan loyiha.

Nega, meni bu loyihada gapirtirishdi, yana bilmadim 😁

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

08 Jan, 17:30


🤩 "IQtidorly" yoshlar oromgohining ikkinchi mavsumi yakunlandi

⚡️Bir hafta davomida ishtirokchilar bilan birgalikda STEMga oid turli xil mashg’ulotlar tashkil qilindi va malakali ustozlar tomonidan darslar oʻtildi. Shu bilan birga, iqtidorli yoshlar bir-birlari bilan yaqindan tanishib, networking’ qobilyatlarini yanada kengaytirishdi.

🔥 Sizga oromgohimizning eng esda qolarli daqiqasi qaysi bo’ldi? Izohlarda o’z taasurotlaringizni bo’lishing!

🌐 Telegram 🌐 Instagram

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

08 Jan, 06:26


❤️ Uyimda kitoblar juda ham kamayib ketmoqda. Bilmadim, nega?

Ha topdim, topdim. Sababi, kitoblarimni sizlar ovolyapsizlar🥹😭

Yoʻq, kitoblarimni bermayman😭

👉 Buyurtma qilish: @Gypothalamus

Eng birinchi va eng katta tib orginal kitob doʻkon
@tib_book

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

07 Jan, 13:33


Boy otamdan olgan insaytlarim
(4-dars)

1. Biznes boshlashdan oldin, hamma qarzlaringni yop. Yigitlarni urgan boʻlsang ham, kechirim soʻra. Toza boʻlib kir.

2. Bu dunyoda ayolinga va pulinga hiyonat qilma. Hiyonat qildingmi ortga yoʻl yoʻq. Qashshoqlik muborak boʻlsin.

3. Narxni talashib vaqtingni ketkazma. Oluvchi ham, beruvchi ham rozi boʻlsin. Narxni tushirish - yutish degani emas.

4. Pulinga harom, og'zinga nikotin, badaninga "begona tana" tekkizma. Muvaffaqiyatli insonlarni "1 tiyin" qilib yuborgan narsalar shular.

5. Bizning sulola*da oylik oluvchilar yoʻq. Ya'ni, biznesmenni oyligi boʻlmaydi. Biznesining puli — uning puli.

*sulola - bizneswoman/biznesmenlar toʻdasi.

6. Puling haqida hech kimga axborot topshirma. Aks holda, buxgaltering koʻpayadi. Lekin, bor pulingni - yashirma.

7.

P.S: Siz 7-siga nima deb yozgan boʻlar edingiz? Marhamat.

👉 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

05 Jan, 22:10


+ one great example.

Bye the way, do you know about this person?

👉 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

02 Jan, 12:19


Samandarxoʻjaning oldiga

- Yur kettik, shukur qilib kelamiz.
- Qayerga?
- Kasalxonaga.

- Yur kettik, pul topishni oʻrganamiz.
- Qayerga?
- Bozorga, aravakashlarni oldiga.

- Yur kettik, ilm olishni oʻrganamiz.
- Qayerga?
- Buxoro. Qorakoʻlga.

- Yur kettik, real dunyoga qaytamiz.
- Qayerga?
- Samandarxoʻjani oldiga.

👉 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

30 Dec, 13:49


Rahmat 2024!

Bir qiz kanaliga 2024-yil qanday oʻtdi deb savol yozibdi!

Javobni esa omma oldida bera qolay.

Alhamdulillah, men bu yilni buzib yubordim. Yordim. Natijani his qildim. Koʻp narsa oʻrgandim.

- Maqtanyapsizmi?
- Yoʻq, omma oldida shukur qilyapman. Zero, hammaga shunday soʻzlar aytib, yil yakunlash nasib qilsin.

P.S: Bu esa, meni yangi xonam😌.

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

29 Dec, 17:55


💋 Nega bizni tanlashyapti?

- Biz rasmiy hujjatga egamiz. Oʻzbekiston respublikasi Tadbirkorlik roʻyxatidan oʻtganmiz.

- Biz bepul yetkazib beramiz. Dostavka tekin.

- Biz avvaldan pul olmaymiz. Kitob qoʻlingizga tekgandan soʻng qilasiz.

- Biz eng katta asortimentga ega rasmiy tibbiy orginal kitoblar savdosi bilan shugʻullanamiz.

Yana nima kerak-a, sizlarga? Aytgancha, biz 3'000 ga yaqin mijozlarni kitob bilan taʼminladik.

👉 Buyurtma qilish: @Gypothalamus

Eng birinchi va eng katta tib orginal kitob doʻkon
@tib_book

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

16 Dec, 16:54


Sani unaqa deb oʻylamagan edim.
Sandan buni kutmagan edim, demasliklaring uchun. Iltimos, mandan hamma narsa kutinglar)

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

09 Dec, 18:03


🔝 Hayotga real qarayman

1. Oʻlib qolishim mumkin. Da, issiq jonman. Telefonimni paroli bor. Ayam biladi, menimcha opam ham. Kursdoshlarim ham. Masalan, Azizxon aniq biladi.

2. Doim pul oldi berdilarimni ochiqchasiga gaplashaman. Kimni qancha qarzi bor mendan, kimdan qarzim bor: deyarli hammasini dadam biladi.

3. Tushunib boʻlganman. Tizim qanday ishlashini. Maqsad ham qoʻyganman, 30 yoshda pensiyaga chiqishni.

4. Aslida biz hech qanday kasbni "seva" olmaymiz. Soʻrab surishtirdim. Puldan muammo boʻlmasa, shu ishni qilaverasanmi deb. Koʻplari, nagli aytdi: eee, yigʻishtirar edim deb.

5. Nega hamma katta pul topa olmasligini ham sababini bildim. Ha biz "tizim" ichida yashaymiz. Koʻplar, 95% inson huddi sichqonlardek umr koʻradi. Ha, siz ham.

6. Qarz tushunchasini juda ham yaxshi tushunib oldim. Tiyin boʻlsa ham qiyomatda olish. Men soʻragan boʻlsam, hisob. Esimdan chiqgani yoʻq.

7. Nimadir qilmoqchiman, ha sizlar guvoh boʻlishingiz kerak. Har kuni bir nimalar bilan bandman. Publik raqqos* boʻlishni xohlamayman. Lekin, his qilib - sizlar ham rivojlanishlaringni xohlayman.

Alohida kanalda "izolyatsiya"mga guvoh boʻlasizlarmi, yoki shu yerni oʻzida koʻrsatib boraymi?

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

23 Nov, 02:59


Tarixiy kun - men uchun!

Shubhasiz, bugun rostakamiga jiddiy qadam qoʻydim tibbbiyot sferasiga. Sababi, uzoq vaqtdan beri "kuzatuvchi" pozitsiyasida qatnashib kelayotgan operatsion amaliyotlarga, ayni damdan "qiluvchi" pozitsiyasiga oʻzgardi. Allohga hamd! Rahmat MedArt! Rahmat, ustozlar!

P.S: Bilaman, qandaydir savollar bergiz kelyapti. Sizni oʻqiyman, kommentariyaga yozib qoldiring)

12:57
Juma
22.11.2024

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

10 Nov, 05:40


🏄‍♂ BAYRAM MUBORAK!
XALQARO SHIFOKORLAR KUNI!


P.S: Men koʻrdilaringmi?😁

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

05 Nov, 12:46


Ona, qarang odamlar ucha olar

Avvalo oʻzim, soʻngra kelajakda nabiralarim bilan oʻqib oʻtirish uchun yozyapman ushbu postni.


Muvaffaqiyat - Allohdan.
Ota-onam, opalarim va ustozlarim — sizlarga katta rahmat!

22-kirdim. 1 yil ichida nimalar boʻldi?

1. Aniq eslayman, 25-fevral. Qoʻlimda $2'000 pul bor. Dadam, otam va amakilarim umra ziyoratini qilib qaytishdi. Adashmasam, joʻnatib yuborganimdan soʻng $400 qoldi.

2. U paytlar kitob, kurs va reklama orqali pul topar edim. Yana kitobga investitsiya qildim. Hozir "S-holding" kapitalizatsiyasi 130'000'000 soʻmdan oshib ketdi.

3. Bati akam (kumerlarimdan biri, amakim) biznikida qoʻy soʻyib ehson qildi 2 yil oldin. Havas qilgan edik, 21 yoshimda men ham qoʻy soʻyib ehson qildim.

4. ANATOMIYA.UZ loyihasi qayta rekonstruksiya qilindi. Hozirda, komandaga 5 ta ekspert jalb qilingan va ushbu loyihaga 20'000'000 soʻmdan ortiq investitsiya kiritmoqdaman.

5. Koʻp yillik orzuyim MedArt jamoasiga qoʻshilish va urologiya-reproduktologiya sohasini oʻrganish edi. Yozda 3 bosqichli sinovdan soʻng, MedArt jamoasiga qabul qilindim.

6. Ustozim Murodilla Mixliyev menga kanallar boshqaruvini topshirganlaridan soʻng, kanal auditoriyasi 90'000'00 tadan ortdi.

7. 100 dan ortiq professor, doktor, oʻqituvchi, ordinatir va talabalarga "Erkaklarda jinsiy ojizlik" mavzusida katta on-auditoriyada seminar oʻtishga muvaffaq boʻldim.

8. Oʻzbekistonning eng iqtidorli yoshlarini oʻzida jamlagan "Boʻstonliq" yozgi oromgohiga yoʻllanma yutdim. Va u yerda Umidjon Ishmuhammedovning shaxsan oʻzlaridan Millat umidi tojini qabul qilib oldim.

9. Hozirgi kunga kelib 10 ga yaqin nashriyotlar bilan orginal, mualliflik huquqiga ega boʻlgan kitoblar sotuvi boʻyicha hamkorlikka erishdim.

10. Professor Abdigʻaffor Gadayev bilan Toshkent safarida yana bir bor shaxsan oʻzlari bilan, kabinetlarida suhbatida boʻldim. Ustozni oʻzlaridan kerakli taktikalar va duolarni olib qaytdim.

11. Bemorlarni qabul qilishni boshladim. Har xil joylardan kelishar edi, shukr natijalar yaxshi boʻldi. Va bu jarayon davom etmoqda. Asosan, urologiya sohasida.

P.S: Shunday qilib, 21 yosh oʻz nihoyasiga yetdi. Meni ushlab qolganlar, qattiqroq ushlang. Keyingi manzil - sir!

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

01 Nov, 14:52


5-noyabr

4 kundan soʻng, 22 yoshga kiraman insha Alloh.

Men mana shu 22 yoshimni sarhisobini yozmoqchi edim.

Ammo, bu boshqalarga juda ham katta demotivatsiya boʻlishidan qoʻrqaman.

Yoki, yozaveraymi? Ushbu sarhisobning nojoʻya ta'sirlari ba'zi bir holatlarda "yurak yetishmovchiligiga" olib kelishi mumkin.

👉 @samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

26 Oct, 12:25


Nimalar kibrga olib keladi?

1. Kam soʻkish eshitish yoki umuman hech kimdan dakki eshitmaslik.

2. Katta pulni qisqa muddatda topish. Aslida, boy dadam ham "qisqa muddatda boyish - ertak" deb oʻrgatgan.

3. Faqat yuqori lavozim yoki "kattakon" lar bilan a'loqa. Yoki umrida "uborshisa" bilan gaplashib koʻrmaslik.

4. Faqat oʻrgatish. Doim dars oʻtish bilan band boʻlish, oxirgi marta kimdirdan nimadir oʻrganganini eslay olmaslik.

5. Atrofidagilardan 1 pog'ona baland. Ya'ni guruhida, sinfida eng zoʻri boʻlish. Agar shunday boʻlsa, yanayam kuchlilar davrasida boʻlsin.

P.S: Yana siz qanday sabablarni bilasiz bu borada?

👉@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

20 Oct, 14:55


😌 Kim meni rasmimni 11 ta odamga ulashib yubordi?

Toʻgʻrisini aytinglar 😅🥹

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

20 Oct, 14:43


Chayon zahri = maqtov

1. Ularga "hoʻp" desang yoqasan. Shunday qilibgina, ishlaring bitishi mumkin.

2. Ularga toʻy qilsang yoqasan. To'qni - toʻydirish, boyni - bo'ktirish bu ota meros.

3. Ularni sizlasang yoqasan. Hurmattalab, izzatalablik - hor qilishini bilishmaydi ular.

4. Ularni maqtasang yoqadi. Ortiqcha maqtov - zahar ekanligini bilishmaydi ular.

5. Ularga bersang yoqasan. Lekin, yemoqni - qusmog'i borligini bilishmaydi, ular.

P.S: Ular kimlar?

👉@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

16 Oct, 15:12


2 karra Olimpiada chempioni va FMD endo-urolog Samandarxoʻja 😁

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

16 Oct, 14:56


1-treneriga moshina sovgʻa qildi akam🔥

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

12 Oct, 05:46


🎉 1K muborak @TIB_BOOK

🎁 Shu munosabat bilan sizlarga loyiha rahbari Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev oʻz nomidan orginal kitob sovgʻa qilmoqchi.

Shartlari juda oddiy:

1. Telegram kanalimizga obuna boʻlish.
2. Kommentariyaga "+" qoldiring.

📕 Dushanba kuni, 14-oktabr soat 21:00 da telegram kanalimizda random orqali jonli efirda aniqlaymiz, nasib qilsa.

Eng birinchi va eng katta tib orginal kitob doʻkon @tib_book

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

05 Oct, 13:21


Dadang bormi sandaqalarni?

1. 👱🏼‍♀ - Hozir video joʻnatdim, telegramga kiring. Koʻring, damasda oʻtiribman. Orqamda ham qiz bolalar.

2. 👱‍♂ - Nega ertalab uygʻotib tel qilmading. Bomdodga uxlab qolibman. San, jinnimisan?
👱🏼‍♀- Uzr, yodimdan koʻtarilib qolibdi.

3.👱🏼‍♀ - Magazinga chiqib kelaveraymi? Dadam tuz olib chiqing degandilar. Maylimi?
👱‍♂ - Yoʻq, 1 qadam ham chiqma.

4. 👱🏼‍♀- Oʻqishga kiribman, qarang budjet. 3 yil ota-onamni berganini oqladim.
👱‍♂ - Yoʻq, oʻqimaysan. Universitetga borgan kuning, mani unut.

5. 👨 - Qayerdasan, telefonimga pul tashlab qoʻy. Megabaytim qolmadi.
👱🏼‍♀ - Ha hozir, akamdan pul soʻrab tashlab qoʻyaman.

P.S: Ayb kimda ekanligini bilasizmi? Kimda?

👉@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

01 Oct, 11:11


🤩 Bugun otam-buvamni oldiga borgan edik. Otam onamlarga oʻzining eng yangi, yaqinda nashr qilingan kitobini sovgʻa qildilar.

🤭 Manam nasib qilib, kelinlarimga oʻzimni kitoblarimni sovgʻa qilib yuray, omin!

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

27 Sep, 15:19


Talaba ukamga xat

Assalomu alaykum uka. Yaxshimisan? Oʻqishlaringni boshlab oldingmi? Anchadan beri senga bu gaplarni aytmoqchi boʻlib kelayotgan edim. Bugun vaqti kelibdi.

Uka hozir yozayotgan maslahatlarimga amal qil. Bu yerda men qilgan xatolar bor. Sendan iltimos bu ishlarni qilma. Eshityapsanmi, umuman qilma!

1. Institutga kirgan faqat sen emassan. Oʻzingdan zvezda yasab olma. Kibr qilib yurishni yigʻishtir. Judayam seryozni boʻlma, bu haraktering bilan hech narsa oʻrgana olmaysan.

2. Starsta boʻlma umuman. Biz seni oʻqigani va oʻz ustingda ishlagani joʻnatdik. Ustozlarga yoqishga urinma. Harakat qil, natijalaring bilan ular seni yoqtirishiga. Seni yomon koʻrsa ham, savol beraver. Uyalma soʻrashdan.

3. Hamma fandan 5 ga oʻqiyman deb "kaskam"ni qisma bola. Bu gapni sendan kattalar aytgan. Sen doktor boʻlmoqchimasan, jismoniydan futbol toʻpini ogʻirligi senga 2 tiyinlik foydasi yoʻq. 3 olsang bitta osh mendan.

4. Semirib, qorin solib yotma kvartirang/yotoqxonangda. Uka, kuniga osh yesang ham kuning oʻtadi, mastava ichsang ham kuning oʻtadi. Hech kimga indamaginu, tovuq goʻshti ham goʻsht talaba uchun. Unda ham oqsil bor.

5. Yotoqxonada kech qurun katta kursdagi bolalar 1-kurslarni toʻplab qolishi mumkin. Chaqirishsa chiq, xonani ichkaridan qulflab oʻtirmasdan. Sekin yurib kir, gavdangni koʻtar, koʻziga qarab gapir gapirsa. Bandasidan qoʻrqma uka. Povit berma.

6. Har hafta dadang, ayangdan pul soʻrashda davom etsang, bilmadim ertaga farzandingni pampersiga ham pul soʻrashdan uyalmay qo'yasan. Faqat oʻqib, kitobni peshanasiga qoʻyib yuradiganlardan boʻlib qolma bola. Yaxshisi, keyin mana bu postni bir res o'qivor.

7. Kecha glavningdagi rasmlarni koʻrayotgan edim, koʻp rasmlaring eʼtiborimni tortdi. Uka boʻldida endi, 20 ga yaqinlashib qolding "Akang uji talaba", "Oq halatlilar", "Kachoklar" va "Oʻzingga taʼsir qilmaydigan afarizmlar"ni qoʻyishni yeg'ishtir.Gapni ochigʻi, **binaga glavninga qo'ygan rasmlaring qiziqmas.

8. Uka turgan joyinga yaqin hududdan ingliz tili repititor top. Iloji boʻlsa "Du,Chor,Ju" kunlari boʻlsin. Sababi, shanba kuni uyinga ketgin kelib qolib, darsga kirmay qolishing mumkin. Nega aynan ingliz tili deysanmi? Javob.

P.S: Rodnoy ukam ham, singlim ham yoʻq. Bu insonlar men uchun orzu. Sizda boʻlsa, ularni qadriga yeting.

Singlimga atab ham xat yozaymi?😉

@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

26 Sep, 13:38


👱🏼‍♀Sani deb 10 yilga qaridim

1. Kecha koʻp oʻqisam - koʻp pul topaman deb oʻylardim, bugun koʻp oʻqish 10 ta faktordan 1 tasi ekan.

Faqat kitob oʻqib - boyib boʻlmaydi.

2. Kecha umuman chetga chiqmayman deyardim, bugun chetga chiqmasa odam hammaga oʻxshab qolar ekan.

Haritada - 200 dan ortiq davlat bor.

3. Kecha zoʻr kiyinib yurish kerak ekan deb oʻylar edim, bugun muvaffaqiyatli insonlarni kuzatdim: koʻpi oddiy kiyinib olgan.

Oʻzingga mahliyo boʻlib qolma.

4. Kecha kelajakda Ferrariyim boʻladi deyar edim, bugun hayotga realroq qarashni boshladim. Betimga suv sepishib, oʻzimga keltirishdi, tushim ekan.

5. Kecha ertaroq uylanish kerak ekan deb oʻylar edim, bugun...

👉@samandarxojasblog

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

25 Sep, 15:41


Live stream finished (54 minutes)

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

25 Sep, 15:28


❗️Tibbiy tasavvurlarni kengaytirish va eng foydali materiallarni oson topishingiz uchun sara kanallar ro‘yxatini sizga taqdim etamiz:

@Anatomiya_uz — anatomiya fanidan video, audio va sifatli prezentatsiyalarning eng yirik kanali;

@Tibbiy_fiziologiya — fanlarning "ONA"si. Koʻpchilik talabalar aynan normal fiziologiyani bilmasligi yomon oqibatga olib kelmoqda;

@Kasalliklar_uz — istalgan kasallik haqida videodars topishingiz mumkin bo‘lgan kanal;

@Patologiya_uz — patologik anatomiya va patologik fiziologiyani oʻrganishda videodars va qo'llanmalar olami;

@Tibbiy_ppt — talabalar uchun eng katta prezentatsiyalar bazasi. Sessiyadan oson o‘ting;)

@medicalmediauz — ichki kasalliklar va ichki kasalliklar propedivtikasini qayerdan oʻrganishni bilmayotganlar uchun;

💪 Guruhingizga yuborib qo‘ying.
Hammaga kerakli va foydali kanallar

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

25 Sep, 15:28


Hurmatli talabalar, hamma shu kanallarga aʼzo boʻlib olsin.

Mana shu yuqoridagi kanallar sizlarning "qoʻl-oyoqlaringiz"

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

25 Sep, 15:04


@SamandarxojasBot

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

25 Sep, 14:47


https://t.me/samandarxojasblog?livestream

Bugun ozgina gaplashaylik)

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

25 Sep, 14:47


Live stream started