Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy @ozoda_abduqodirovna Channel on Telegram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

@ozoda_abduqodirovna


O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi

Ozoda Parpiboyeva | Rasmiy (Uzbek)

Ozoda Parpiboyeva | Rasmiy Telegram kanali O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ozoda Parpiboyevaning rasmiy kanalidir. Bu kanal rasmiy maqola, intervyular, va maqbulliklarga oid materiallar bilan to'ldirilgan. Ozoda Parpiboyeva O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi sifatida faol faoliyat olib bormoqda va uning rasmiy kanali orqali o’zining so’nggi yangiliklarini folluverlari bilan ulashadi. Kanalda O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalari bo'yicha yangiliklar, ilmiy va san'atiy materiallar, shuningdek Ozoda Parpiboyeva o'zining faoliyatiga oid ma’lumotlar va fotografialar joylashadi. Ozoda Parpiboyeva | Rasmiy kanali sizga O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ozoda Parpiboyevaning faoliyatiga oid eng so’nggi va amaliy ma’lumotlarni to'plab beradi. Kanalga a'zo bo'lib, Ozoda Parpiboyevaning faoliyatiga oid so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

19 Feb, 16:12


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Boku shahriga tashrifimiz doirasida Osiyo Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Muloqot avvalida Osiyo Parlament Assambleyasining  mintaqada tinchlik, barqarorlik va rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan loyihalari va unda O‘zbekistonning faol o‘rni qayd etildi.

Bu borada Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi poytaxtimizda bo‘lib o‘tishi alohida eʼtirof etilib, Muhammad Rizo Majidiy nufuzli tadbirda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Assambleyaga aʼzo davlatlar bilan kelgusida ham samarali parlamentlararo aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy, investitsiyalar, transport, turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdik.

Mintaqa mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro sayyohlar oqimi ortib borayotganligi taʼkidlanib, madaniyat, sanʼat hamda “ziyorat” turizmi yo‘nalishidagi hamkorlik loyihalarini ham yo‘lga quyishga kelishib oldik.

#parlamentdiplomatiyasi
#osiyoparlamenti

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

19 Feb, 14:34


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashdik.

Uchrashuvda Ozarbayjon bilan parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan rejalari ijrosini muhokama qildik.

Suhbat davomida birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon Parlamentlararo forumini o‘tkazish, parlament qo‘mitalari va do‘stlik guruhi aʼzolari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashdik.

Xalqaro tadbirlarda parlament vakillarining faol ishtirokini taʼminlashga ham eʼtibor qaratildi. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida samarali muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldik.


#parlamentdiplomatiyasi
#osiyoparlamenti

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

19 Feb, 11:52


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Osiyo Parlament Assambleyasining 15-yalpi sessiyasida parlament diplomatiyasining Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Assambleyada O‘zbekiston parlamentining mintaqaviy va xalqaro munosabatlarni kengaytirishda muhim tashabbuslarni ilgari surish va xalqaro tadbirlarni tashkil etishdagi faol roli alohida ta’kidlandi.

Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi joriy yilning 5–9 aprel kunlari Markaziy Osiyo tarixida ilk bora Toshkent shahrida o‘tkazilishi ham buning yorqin namunasi hisoblanadi.

Shuningdek, yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda, qonunlarni qabul qilish bo‘yicha tajriba almashishda parlamentlararo faol hamkorlikni kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratildi.

Parlament resurslaridan samarali foydalanishda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarimizni yanada kengaytirishning muhim jihatlari qayd etildi.

Mintaqamizda ekologik xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga oid masalalarni samarali hal qilish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishga doir takliflarni ilgari surdik.

#parlamentdiplomatiyasi
#osiyoparlamenti

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

19 Feb, 07:56


Ixtiyor Kasimov
O‘rta Chirchiq tumani hokimi


#milliylik_qonimizda #milliylik #chellenj #ortachirchiqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

18 Feb, 13:42


🇺🇿🤝🇰🇼Oʻzbekiston-Kuvayt: Azaliy doʻstlik va hamkorlik rishtalarining mustahkam poydevoriga asoslangan faol muloqot

💬💬💬

🇺🇿🤝🇰🇼Uzbekistan-Kuwait: Active dialogue based on the solid foundation of age-old friendship and cooperation

📱Facebook | 🕊Telegram | 📱Instagram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Feb, 14:48


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Muloqotda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi strategik munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganligi alohida e’tirof etildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.

Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan ikki tomonlama parlamentlararo munosabatlarimiz, shuningdek, Yevroparlament bilan hamkorligimiz rivojlanib borayotgani, bu borada aniq yo‘naltirilgan loyihalar amalga oshirilayotganligi qayd etilib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashdik.

#hamkorlik #senat #parlament #EI

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Feb, 12:52


#Алишер_Навоий_584
#Заҳириддин_Муҳаммад_Бобур_542

Эмас осон бу майдон ичра турмоқ"

🖋Бугун Республика маънавият ва маърифат маркази Тошкент вилояти бўлими ва "Олмалиқ КМК" АЖ Маънавият ва маърифат кенгаши ҳамкорлигида буюк мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 584 йиллиги ҳамда шоҳ ва шоир, саркарда, давлат арбоби Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг 542 йиллигига бағишланган "Эмас осон бу майдон ичра турмоқ" номли маънавий-маърифий кеча ўтказилди.

🪶Тадбирда шунингдек, ОКМК Хотин-қизлар ва гендер тенглик бўйича Маслаҳат кенгаши томонидан миллий қадриятларимизни тарғиб этиш мақсадида миллий либослар кўргазмаси ҳам намойиш этилди.

🔺Бундан ташқари, бугун “ОКМКнинг олтин қўллари” истеъдодли хотин-қизлар клуби ҳам ўз фаолиятини бошлади.

ОКМК Ахборот хизмати

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Feb, 12:30


Tashrifimizning navbatdagi manzili Buxoro viloyatining Olot va Jondor tumanlari bo‘ldi.

Joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, issiqxonalar, tadbirkorlik faoliyatlari va u yerda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdik.

Mahallalar kesimida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturlarining ijrosiga doir choralarni amalga oshirish yuzasidan “mahalla yettiligi”, mahalliy va tijorat banklari mas’ullariga, mahalliy kengash deputatlariga zarur tavsiyalar berildi.

Safarimiz davomida yosh velosportchilarimiz bilan ham uchrashdik. Kuni kecha Osiyo chempionatidagi yuksak natijalar yosh sportchilarimizga chempionlik sari kuch va g‘ayrat berayotganligi quvonarli.

Buxorolik hamyurtlarimiz, soha vakillari bilan suhbatlarimiz davomida ularning turmush sharoitlari, qiziqtirgan masalalari bo‘yicha samimiy muloqotlar o‘tkazdik, kelgusi rejalar bilan o‘rtoqlashdik.

#senat #mahalliykengash #Buxoro

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

11 Feb, 19:06


Buxoroga tashrifimiz doirasida Buxoro davlat universitetida «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan forumda ishtirok etdik.

Forum doirasida oliy ta’lim muassasalarida mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan olima ayollar va talaba qizlarning ilmiy hamda innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi bilan ham yaqindan tanishdik.

Shubhasiz, buxorolik olimalarimizning aholi salomatligini saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga oid loyihalari alohida e’tirofga loyiqdir.

Ushbu kun xotin-qizlarning ilm-fanga qo‘shgan hissasiga e’tibor qaratish va ilmiy sohalarda gender xilma-xillikning ahamiyatini kuchaytirish borasidagi kelgusi vazifalarni belgilab olish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Mamlakatimizda 2030-yilgacha gender tenglikka erishish Strategiyasida ham ayollarni ilm-fan sohasida qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini oshirish asosiy yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

Ilmiy faoliyatdagi opa-singillarimizga dadil g‘oyalar, ilmiy yangiliklar va kashfiyotlar yaratishlarida yanada ulkan yutuqlar tilab qolaman!

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

06 Feb, 15:50


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Senat qoshidagi Yoshlar parlamentining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy kengashlarning 30 yoshgacha bo‘lgan deputatlari va faol yoshlardan tashkil topgan mazkur platforma ular uchun parlament yuqori palatasi faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini beradi, kelgusi faoliyatlari uchun foydali zamin yaratadi.

Yoshlarimizning parlament hayotidagi ishtiroki biz uchun ham nihoyatda muhim. Qonunlarni ko‘rib chiqishda yoshlar manfaatlari e’tiborga olinganligini o‘rganish, joylardagi nazorat-tahlil tadbirlariga Yoshlar parlamenti a’zolarini jalb qilish orqali ularning takliflarini ko‘rib chiqish amaliyotini joriy qilishimiz zarur.

Qiziqarli o‘tgan muloqotimizda mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlardan barcha farzandlarimizni bahramand etish yuzasidan yaqin hamkorlikda ishlashga kelishib oldik.

Yoshlar parlamenti a’zolarini ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan samimiy qutlab, oldindagi faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tilayman!

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

06 Feb, 15:49


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Senat qoshidagi Yoshlar parlamentining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy kengashlarning 30 yoshgacha bo‘lgan deputatlari va faol yoshlardan tashkil topgan mazkur platforma ular uchun parlament yuqori palatasi faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini beradi, kelgusi faoliyatlari uchun foydali zamin yaratadi.

Yoshlarimizning parlament hayotidagi ishtiroki biz uchun ham nihoyatda muhim. Qonunlarni ko‘rib chiqishda yoshlar manfaatlari e’tiborga olinganligini o‘rganish, joylardagi nazorat-tahlil tadbirlariga Yoshlar parlamenti a’zolarini jalb qilish orqali ularning takliflarini ko‘rib chiqish amaliyotini joriy qilishimiz zarur.

Qiziqarli o‘tgan muloqotimizda mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlardan barcha farzandlarimizni bahramand etish yuzasidan yaqin hamkorlikda ishlashga kelishib oldik.

Yoshlar parlamenti a’zolarini ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan samimiy qutlab, oldindagi faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tilayman!

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

24 Jan, 10:57


#Bektemir_tumani
#Milliy_liboslar_kuni
#IMGupkin_litseyi

🎩 Bektemir tumanida joylashgan I.M.Gubkin nomidagi akademik litseyidai “Milliy liboslar kuni” o’tkazildi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

🌍
Web-site 🕊Telegram 📺YouTube
📱
Instagram 📱Facebook 🕊 X

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

24 Jan, 06:14


Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi.

Milliy matolarimiz o‘zining turfaligi, go‘zalligi, qadimiyligi va betakrorligi bilan necha asrlardan beri dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Milliylik har bir xalq maʼnaviy boyligining ajralmas qismi. Shu bois so‘nggi yillarda ana shu qadriyatlar zanjirini davom ettirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahar hokimi tashabbusi bilan haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni”etib belgilangan.

Shu munosabat bilan Mirobod tumani 1-sonli oilaviy poliklinika xodimlari bugun o‘z ish joylariga milliy liboslarda kelishdi. Shuningdek, tumandagi boshqa mehnat jamoalarida ham buni keng targ‘ib qilishdi.

https://t.me/Ozoda_Abduqodirovna

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Jan, 07:17


Ахборот 24 | В Мирабадском районе Ташкента сдана в эксплуатацию 1-семейная поликлиника
#17jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Jan, 07:17


Axborot 24 | Mirobod tumanidagi 1-oilaviy poliklinika qayta ta‘mirlanib foydalanishga topshirildi
#17jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Jan, 05:03


Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha samarador tizim joriy etiladi

MTDP | Telegram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

22 Jan, 14:29


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Senatning navbatdagi sayyor kengashida Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga doir dasturlar ijrosi holatini muhokama qildik.

Yig‘ilishda tuman aholisi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, investisiya va tadbirkorlikka oid yangi loyihalar paketini shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, yashil hududlarni kengaytirish, ta’lim, sport, madaniyat maskanlarini ta’mirlash va qayta qurish, aholining ijtimoiy-madaniy kayfiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish yuzasidan mutasaddilarga aniq muddatli vazifalar berildi.

Xalqimizni rozi qilish mezoni asosidagi islohotlarimizni har bir tuman va mahalla kesimida amalga oshirishda mahalla yettiligi, mahalliy Kengashlar va ijro organlarining hamkorligini kuchaytirishga e’tibor qaratildi.

#yakkasaroytumani

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

14 Jan, 05:33


Bugun mardlik, jasorat va Vatanga sadoqat bayrami – "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni".

Bu kun shunchaki, taqvimdagi sana emas, balki Vatanimiz himoyasi uchun hamisha shay bo‘lgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizning jasorati, qahramonligi va vatanparvarligi ramzidir.

Jonajon ona Vatanimizni himoya qilgan va himoya qilayotgan, uning xavfsizligi va suverenitetini qo‘riqlayotgan barcha fidoiy insonlar oldida hamisha ta’zimdamiz.

Dunyoda ro‘y berayotgan og‘ir va tahlikali bir davrda boshimiz uzra osuda osmonni ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan har bir himoyachimizning mashaqqatli mehnatlari uchun chuqur hurmat va samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Xalqimizning osoyishta hayotini taʼminlashdek, yuksak burchingizni ado etishda sizlarga kuchli iroda, mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, oliyjanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Biz sizning kuchingiz, matonatingiz va qasamyodingizga sodiqligingiz bilan faxrlanamiz.

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

13 Jan, 14:43


https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-qurolli-kuchlari-tashkil-etilganining-33-yilligi-hamda-vatan-himoyachilari-kuni-munosabati-bilan-harbiy-xizmatchilar-va-huquqni-muhofaza-qilish-organlari-xodimlaridan-bir-guruhini-mukofotlash-togrisida_677200

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

13 Jan, 09:38


Kasallik qancha barvaqt aniqlansa davolash shuncha oson bo‘ladi

OKMK rahbariyati tashabbusiga ko‘ra, Respublika Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda kombinatda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
➡️BATAFSIL⬅️
———

Ранняя диагностика спасает жизни: открытый диалог с врачами

По данным Всемирной организации здравоохранения, заболеваемость онкологическими заболеваниями среди женщин с каждым годом продолжает увеличиваться. Эксперты подчеркивают, что раннее выявление заболевания значительно повышает шансы на успешное лечение.
➡️ПОДРОБНО⬅️

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

13 Jan, 04:26


📹"Студия 24 ток шоу | Янги Ўзбекистон миллий армияси - мамлакатимиз таянчи, халқимиз фахри. Кўрсатув меҳмонлари ДХХ Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчиси майор Наргиза Бабаджанова ва бошқалар

📲
t.me/sarhad_uz

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Jan, 09:54


⚡️Ўзбекистон ҳарбийлари

Шу кунларда Ўзбекистон ҳарбийлари пиёда юришларни уюштирмоқда.

Чирчиқда Мудофаа вазирлиги қўшинлари ҳарбий бўлинмаларининг пиёда юришларидан лавҳа.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Jan, 05:58


Bo’ston tumani Yangiobod mahallasida o’z tadbirkorligini yo’lga qo’yib ishchi o’rni yaratgan tadbirkorlar faoliyatidan lavhalar

Bo‘ston tumani hokimligi Matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Jan, 05:58


TADBIRKOR ELGA MADADKOR !

Andijon viloyati Xonobod shaxar Anxor MFY Anxor ko‘chasida yashovchi lider tadbirkor Mirzayeva Nasibaxon xonadonida "Yasmina" nomli  uy bog‘cha tashkil etib, 10 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab kelmokda.
--- --- ---
Андижон вилояти Хонобод шахар Анхор МФЙ Анхор кўчасида яшовчи лидер тадбиркор Мирзаева Насибахон хонадонида "Ясмина" номли уй боғча ташкил этиб, 10 нафардан ортиқ ишсиз хотин-қизларни иш билан таъминлаб келмокда.

Xonobod shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Jan, 05:58


Улуғнор тумани Гулистон МФЙда истиқомат қилувчи Тўрақулова Зиедахон ўз хонадонида иссиқхона ташкил этиб 65 млн сўмгача даромад олмоқда.Жумладан маҳалладаги ишсиз хотин-қизларга ўқув ташкил қилиб уларни бандлигини таъминлаш чоралари кўрилмоқда.

@Ulugnorpressa

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Jan, 05:58


✏️Интилган имкон топади.

Бугун орамизда машаққат билан меҳнат қилиб, ўзининг кичик бўлсада тадбиркорлигини йўлга қўйган ва оиласига етарли даромад олиб кираётган ҳамюртларимиз талайгина.

Озгинагинагина кўмак эвазига 500 бош парранда боқишдан фаолиятини бошлаган Бузрукхонтўралик Мавлуда опанинг оиласини йилик даромади 30-40 миллионни ташкил қилмоқда.

Шунингдек, Кўкаламлик Мақсудахон Насирдинова Аёллар дафтаридан берилган кўмак ҳисобидан оилавий тадбиркорликни йўлга қўйиб, 12 та ўзи каби ишсиз хотин-қизларни бандлигини таъминлаган.

Бугун Камбағалликдан - фаровонлик сари дастури доирасида юқоридаги каби тадбиркор аёллар фаолиятини жонлантириш, тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланиш истагида бўлган хотин-қизларга кўмаклашиш, бандлигини таъминлаш бўйича туманда самарали ишлар олиб борилмоқда.

@jalaquduqpress

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Jan, 05:58


Андижон вилояти Улуғнор тумани Бобур МФЙ Саноатчи кўчаси 27-уйда яшовчи Туркия давлатидан ишлаб қайтган ишсиз Мирзаева Чулпоной Йигиталиевна "Маҳалла еттилиги" томонидан берилган кўмак асосида мунтазам даромадга эга бўлди.

@Ulugnorpressa

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

12 Jan, 00:15


Бизнесни ривожлантириш банки тизимида маҳалла банкирлари фаолияти йўлга қўйилди

Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан йўлга қўйилган “Маҳалла банкири” тизими аҳоли манфаатларини самарали қўллаб-қувватлаш ва маҳаллаларда иқтисодий фаолликни оширишнинг янги босқичини бошлаб берди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/676565

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

07 Jan, 17:07


https://uza.uz/uz/posts/ayollar-har-sohada-tadbirkor-video_675383

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

07 Jan, 03:38


O‘rta Chirchiq tumani "Mash’al" mahallasi Abay-Mamut 15-uyda yashovchi Yulduz Ilyasovaga "mahalla yettiligi" tavsiyasi bilan 2 jamlanma tikuv mashinasi va 2 jamlanma toʻgʻri chokli tikuv mashinalari imtiyozli kredit asosida berilgan. Shuningdek, tadbirkorligini rivojlantirishi uchun "mahalla yettiligi" koʻmagida boʻsh turgan xona ham ajratildi va 4 nafar mahalladagi hotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.

Ayni kunlardan tikuvchilar mahalla aholisiga xizmat koʻrsatib yaxshigina daromad koʻrishmoqda.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

06 Jan, 13:37


“Ayollar daftari”ning 6-bosqichi boshlandi

📎"Ayollar daftari" bilan ishlash tizimining 6-bosqichini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha 2025 yil 6 yanvaridan boshlab 31 yanvariga qadar xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish ishlari tashkil etiladi.

Tumanimizning barcha mahallalarida xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish uchun mahallalardagi ishchi guruhlar tomonidan har bir mahallada xatlov jarayonlari boshlandi.

📌Xatlov jarayonlari 31 yanvargacha davom etadi.


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

🌍
Web-site 🕊Telegram 📺YouTube
📸
Instagram 📱Facebook 🕊 X

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

05 Jan, 16:23


Бугунги кунда юртимизда хотин-қизлар бандлигини таъминлаш ва уларнинг ижтимоий муаммоларини бартараф этишга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Андижон вилояти ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов томонидан 4-январ куни кенгайтирилган ҳокимлик соатида белгилаб берган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида вилоят ҳокимининг ҳотин-қизлар масалалари бўйича ўринбосари Балиқчи туманида бўлди.

Балиқчи тумани Сарнавул маҳалла фуқаролар йиғинида ҳотин-қизлар билан учрашган вилоят ҳокими ўринбосари Камбағалликдан фаровонлик сари умумий харакати ижроси юзасидан фикр алмашди.

Андижон вилояти Оила ва хотин-қизлар бошқармаси

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

05 Jan, 16:17


Тошкентда ҳарбий бўлинмаларнинг паради бўлиб ўтди

Тошкент шаҳрида 5 январь куни Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари кунига бағишлаб Мудофаа вазирлиги ва Миллий гвардия ҳарбий бўлинмаларининг намойишкорона пиёда юриши бўлиб ўтди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/674733

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

05 Jan, 05:59


Uy bekalari ishli bo‘ldi

O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov va sektor rahbarlari "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarga subsidiya asosida 21 jamlanma tikuv mashinalari va 4 ta noutbuklarni Yangi yil bayrami arafasida topshirdi.

Batafsil "Sevimli" telekanali muxbiri Dilobar Xoliqova reportajida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

#subsidiya #bayram_shukuhi #inson_qadri_uchun #ortachirchiqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

03 Jan, 11:40


2025 йил 3 январь куни Aндижон шаҳар ҳокимининг ўринбосари, Н.Дехканова бошчилигида шаҳардаги 94 та МФЙ  хотин-қизлар фаоллари иштирокида янги йилда долзабр бўлаётган  хотин-қизларнинг бандлиги таъминлаш, оилалар ажралишини олдини олиш, хотин-қизларнинг муаммоларини ўз вақтида аниқлаш, шунингдек "Аёллар дафтари" нинг 6-босқичининг хатлов жараёнларига старт берилди.

Шунингдек йиғилишда, кийиниш маданияти бўйича жойларда, жумладан маҳаллаларда, ҳудудда жойлашган корхона ва муассасаларда миллий қадриятларимизни тарғиб қилиш бўйича чора-тадбирлар белгилаб олинди.

Шу билан бирга тарғибот гуруҳи аъзолари иштирокида юқорида кўрсатилган топшириқлар бўйича вазифа ҳамда режалар белгилаб олинди.
Андижон шаҳар ҳокимлиги матбуот хизмати
Telegram I Instagram I Facebook

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

31 Dec, 19:15


Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni kirib kelgan Yangi 2025 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yangi yil — erishilgan barcha yutuq va sinovlarni qadrlash, kelajakka yangi umidlar va katta maqsadlar sari intilish fursatidir.

2024 yil yurtimiz uchun o‘ziga xos va muhim voqealarga boy yil bo‘ldi. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar orqali yangi imkoniyatlar eshiklari ochildi, xalqimizning farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi. Bu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!

Azizlar!
Ushbu hayajonli damlarda tilagim — barchangiz sog‘-salomat bo‘linglar, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlaringiz albatta amalga oshsin!

Yaqinlaringiz davrasida o‘tgan quvonchli onlaringiz ko‘proq bo‘lsin, oilangiz fayz va barakaga to‘la, baxtli bo‘lsin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

#YangiYil2025

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

31 Dec, 18:58


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil bayrami tabrigi

💬💬💬

🇺🇿New Year wishes of the President Shavkat Mirziyoyev to the people of Uzbekistan

📱Facebook | 🕊Telegram | 📱Instagram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

31 Dec, 08:55


🎄Yangi yilda falastinlik bolalarning tinch hayot haqidagi orzulari amalga oshishini tilayman!

💬💬💬

🎄I wish, the dreams of Palestinian children for a peaceful life come true on New Year’s Day!

📱Facebook | 🕊Telegram | 📱Instagram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

30 Dec, 15:48


🇺🇿Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva yurtimizda davolanayotgan falastinlik bolalardan xabar olib, davlatimiz rahbarining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

💬💬💬

🇺🇿Saida Mirziyoyeva, PA to the President, went to see the Palestinian children being treated in our country and conveyed the greetings and best wishes of the Head of our state.

📱Facebook | 🕊Telegram | 📱Instagram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

29 Dec, 06:34


Тўй ва бошқа тантаналар риё ва исрофга тўлди - Ўзбекистон мусулмонлари идораси

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгаши раиси Нуриддин Холиқназаров имом-хатибларни тўй-маърака маросимлардаги исрофгарчилик, умра зиёратидан қайтгандан кейин ҳар хил хўжакўрсин маросимлари уюштиришдек иллатларнинг олдини олиш юзасидан тарғибот ишларини амалга оширишга чақирди.

👉 https://kun.uz/kr/51301297

Kun.uz расмий канали

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

28 Dec, 03:56


#биргаликда_байрам_қиламиз
#Янги_йил_байрами_шукуҳи

🎄Дилларга қувонч улашган акция


ОКМК раҳбариятининг ташаббусига кўра, Янги йил байрами муносабати билан комбинатда меҳнат қилаётган хотин-қизлар ва ишчиларнинг оиласини ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш мақсадида ўтказилаётган “Биргаликда байрам қиламиз!”
акциясида эҳтиёжманд оилаларга меҳр-мурувват кўрсатилмоқда.

🎄Жумладан, куни кеча акция доирасида Саноат темир йўл транспорт бошқармаси ҳамда Мис бойтиш фабрикаси, Ковулди кони масъуллари эҳтиёжманд оилаларга Қорбобо ва қорқиз ҳамроҳлигида Янги йил байрами совғаларини етказишди.

🎄Инсон манфаатлари улуғланаётган юртимизда бу каби эътибор ва ғамхўрликдан хурсанд бўлган ҳамшаҳарларимиз давлатимиз раҳбарига ўз миннатдорчиликларини билдиришди.

📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱Twitter

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

25 Dec, 18:04


🔷 Данғара тумани ҳокимлигида Оила ва хотин-қизлар бўлими томонидан жорий йил давомида амалга оширилган ишлар юзасидан ҳисобот йиғилиши бўлиб ўтди.

🔷Йиғилишда махалла ходимлари, имом хатиблар, отин ойилар ва тегишли ташкилот вакиллари иштирок этди.

🔷Данғара туман ҳокими ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи М.Азизованинг жорий йил давомида амалга оширилган ишлар юзасидан хисоботи эшитилди.

🔷Йиғилиш давомида оналик ва болаликни ҳимоя қилиш, хотин-қизлар ўртасида жиноятчиликни олдини олиш борасида амалга ошрилаётган ишлар ҳамда оилавий қадриятларни мустаҳкамлаш, қариндош ва эрта никоҳнинг салбий оқибатлари юзасидан маълумотлар тахлил қилиб ўтилди.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

25 Dec, 17:09


#Bektemir_tumani
#Husayn_Boyqaro_MFY

Mahallalarda bayram shukuhi kezmoqda

💡 Bektemir tumanining barcha mahallalarida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram dasturlari tashkil etilmoqda.

https://t.me/bektemiroilavaxotinqizlar

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

25 Dec, 14:56


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazdik.

Majlisda mehnat bozoridagi tarkibiy muammolarni aniqlash va nomutanosibliklarning oldini olish, xalqaro standartlarni joriy etish, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Milliy qonunchiligimizga xalqaro standartlar va normalarni bosqichma-bosqich tatbiq etishga qaratilgan Xalqaro mehnat tashkilotining 5 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi qayd etilib, endlikda ularning normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilib borish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, odam savdosiga oid va unga turdosh bo‘lgan jinoyatlarga qarshi kurashish, ularning omilini aniqlash va oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mutassadilarga kambag‘allikni qisqartirish, bandlik sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirishga doir chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan zarur tavsiyalar berildi.

#odamsavdosi #munosibmehnat

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

01 Dec, 06:10


Birlashgan millatlar tashkilotining bosh Assambleyasi tomonidan "25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni" deb e'lon qilingan va yurtimizda 25 noyabrdan "Zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kompaniyasi boshlandi.
Shu munosabat bilan Shurtan GKM MCHJ Xotin-qizlar boshlang'ich tashkiloti tashabbusi hamda G'uzor tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan xamkorlikda "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda G'uzor tuman hokim o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Nasiba Muhiddinova va tumanning bir qator yetakchi ayollari so'zga chiqib bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarimizni huquqlarini ximoya qilish, ularni ilmiy, ma'naviy rivojlanishlari, salomatliklarini asrash, jamiyatimizda ayollarimizni barcha soxalarda faoliyat yuritishlari uchun ko'plab imkoniyatlar mavjudligi aytib o'tildi.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

01 Dec, 06:10


☑️TO’MARIS IZDOSHLARI KO’RIK TANLOVI O’TKAZILDI.

🌐Jizzax davlat Pedagokika universitetida talaba-qizlarni vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma'naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlashini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo’yicha boshqarmasi hamkorligida "To'maris izdoshlari" tanlovi bo'lib o'tdi.
📋Mazkur bellashuvda har bir fakultetdan bir nafardan talaba-qiz jami to'rtta shart bo'yicha g'oliblik uchun bellashdilar.
🎁 Tanlov yakunida g'olib va sovrindorlar universitet rahbariyatining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

29 Nov, 17:44


#Qizilqumfosforit_pressa

🎗 O‘zbekiston Resapublikasida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida faol harakat olib borilmoqda.

🏵 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi mazkur harakatda faol ishtirok etishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sha’ni, qadr-qimmati, zo‘ravonliklarga nisbatan haq-huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.

🎗 “Biz ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshimiz! ”

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🍂
———————————————
———
Telegram Facebook Instagram veb-sayt

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

29 Nov, 12:21


#Bektemir_tumani
#Milliy_liboslar_kuni

Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati

🌐 Web-site 🌐Telegram ▶️YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 💬 X

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

29 Nov, 12:21


😊😊😊😊😊

⚡️“Hududgaztaʼminot” AJ “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” harakatida ishtirok etdi

BMT tashabbusi bilan 20-yildan buyon 25-noyabrda Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni oʻtkazilib kelinadi. Oʻzbekistonda 25-noyabrdan boshlab “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” tadbirlari olib borilmoqda.

“Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filial/boʻlimlarida ham mazkur aksiya doirasida bir qator tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, ishchi-xodimlari oʻrtasida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun faollik” targʻibot tadbirlari faol olib borilmoqda. Ishchi-xodimlar tomonidan mazkur harakatga oid turli xildagi koʻrgazmali materiallar tayyorlanib, chorlovlar tashkil qilindi

Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari saʼy-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?0&id=12690

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

22 Nov, 08:03


#МУНОСАБАТ
Президентимиз Шавкат Миромонович Мирзиёев
томонидан 2025 йилни “Атроф мухитни асраш ва яшил иктисодиёт йили” деб номланиши купчиликни хаяжонга тулдирди. Албатта иклим узгариши ва экология ва табиат билан боглик муаммолар инсоният келажагига тахдидли, хозирги даврда йилнинг бундай номланиши сиёсий ахамият касб этади.Она табиатни асраб авайлаш ва келажак авлодга хам ургатиш албатта кералигини хис килдик Юртбошимизни Олий Мажлис сенатининг 1-ялпи мажлисидаги нуткида” Биз мухтарама аёлларимизни, азму шижоатли ёшларимизни куллаб кувватлашни бундан буён хам давом эттирамиз “деган сузлари барча юртдошларимиз катори Багдод тумани хотин –кизларини хам бирдек кувонтирди.Багдод тумани хотин-кизлар фаоллари хам юртбошимиз томонидан белгилаб берилган барча талаб ва таклифларни ижросини таъминлашда уз вазифаларимизни сидкидилдан бажаришга ва хотин-кизларга билдирилган ишончни оклаймиз.

Фаргона вилояти Багдод тумани Маткулобод МФЙ хотин-кизлар фаоли Юнусалиева Мавжудахон Абдурахимовна.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

22 Nov, 08:03


#MUNOSABAT
Yurtboshimiz  2025-yilni "Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" deb nomlanishi,tom ma'noda barcha O‘zbekiston xalqini,yoshu-qari,barcha tashkilot hodimlarini ogohlikka, birdamlikka,bir yoqadan bosh chiqarib,ham fikr bo‘lib, tabiatni asrab-avaylash uchun bor kuchimizni sarflab,ishlashimiz va kelajak avlodga sof,toza tabiatni in'om etishimiz va uni qanday asrab-avaylash zarurligini yoshlarga o‘rgatib ham qo‘ymog‘imiz kerakligini anglatadi. Yashillik bo‘lishi uchun,foydali daraxtlar, ekinzorlar,bog‘lar yaratishimiz kerak.Tabiatga nimalar zarar yetkazayotganini tahlil qilib,zarar keltirayotgan narsalardan voz kechishimiz, xech bo‘lmaganda xaftada bir kunni, shu zararli odatlardan kechish kuni etib belgilashimiz va unga rioya etishimiz kerak.

Biz Bag‘dodlik faollar,xurmatli yurtboshimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.Vatanga va xalqimizga bo‘lgan muhabbatimiz,kamtarona xizmatimiz bilan javob beramiz.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

22 Nov, 06:24


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbir MDH mamlkatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, qonun ijodkorligi sohasidagi tajriba almashish va yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim platforma hisoblanadi.

Sessiya ishida MDH davlatlari PA xalqaro kuzatuvchilarining saylov jarayonlarini monitoring qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildik.

Ushbu tadbirda MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan respublikamizda o‘tgan siyosiy tadbir — parlament saylovining demokratik tamoyillariga to‘laqonli mos ravishda shaffof va adolatli o‘tkazilganligi e’tirof etildi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi.

#parlament #MDH #hamkorlik

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

22 Nov, 04:21


Prezidentimizning 2024-yil 20- noyabrdagi Oliy Majlisga qilgan murojaatida ayollar va yoshlarni qo‘llab quvvatlashni yanada kuchaytirishga oid so‘zlari, ayollar va yoshlarning tadbirkorlik, ta’lim va siyosiy sohalardagi ishtirokiga keng yo‘l ochadi.

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon  qilinishi esa, nafaqat O‘zbekiston uchun balki mintaqadagi ekologik barqarorlikka erishish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Hurmatli Prezidentimizning tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda biz mahalla xodimlari yashil hududlarni kengaytirish, aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha qonunchilik bilan tanishtirish,  suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, daraxt ekish va bog‘ yaratishga qaratilgan hasharlar o‘tkazish kabi tashabbuslarda faol bo‘lib, hududlarda ekologik barqarorlikka erishishga  xizmat qilamiz.

🔹 Qamashi tumani "Samarqand" MFY xotin-qizlar faoli S.Sadatova

https://t.me/qashoilavaxotinqizlar

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Nov, 18:31


Prezidentimiz 2025 yilni mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil”iqtisodiyot yili” deb e’lon qilish taklifini ilgari surdilar. Ushbu tashabbus jahon miqyosida dolzarb bo‘lgan ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan ulkan qadriyat va amaliy qadamdir.

Ayniqsa hurmatli Prezidentimizning "Biz muxtarama ayollarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni qullab quvvatlashni bundan buyon ham davom ettiramiz" degan so‘zlari jamiyatimizdagi barcha xotin-qizlarni bag‘oyatda to‘lqinlantirdi. Yurtboshimizning bunday yuksak ishonchidan g‘ururlangan holda men faoliyat olib borayotgan korxonamizda xotin-qizlarimizni oilada, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha yanada chuqurroq vazifalarni bajarishimiz darkorligini o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston rivoji uchun amalga oshirilayotgan har bir tashabbusda faol ishtirokim borligidan faxrlandim.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Nov, 16:42


#MUNOSABAT.

Prezidentimiz 2025-yilni "Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot " yili deb e'lon qildi.

🇺🇿Davlatimiz raxbari soʻzining avvalida mamlakatimizda joriy va strategik vazifalarni bajarishda barcha boʻgʻindagi ijro organlari avvalo xukumatimiz zimmasiga katta vazifalar yuklatilganiga aloxida e'tibor qaratildi.
Xalqimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadiryatlarga xurmat hissini kamol toptirish maqsadida davlat siyosatini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
Xurmatli Prezidentimizning "Biz muxtarama ayollarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlashni bundan buyon ham davom ettiramiz" degan so'zlari biz xotin-qizlar faollariga katta ishonch va faxr deb bildim.

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani Nurafshon MFY xotin-qizlar faoli Sultonova Gulnoza Axmatjonovna

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Nov, 11:43


❇️Xush xabar

Bugun "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida korxona va tashkilotlardagi ishlovchi xotin-qizlar oʻrtasida sportning stol tennis turidan musobaqa oʻtkazildi.

⚡️Quvonarlisi korxonamiz ADKF sexi laboranti Usnatdinova Shoxista musobaqa davomida barcha raqibalarini magʻlubiyatga uchratib musobaqada gʻoliblikni🏆 qoʻlga kiritib keyingi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.


✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Nov, 09:33


Axborot 24 | Xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda
#21nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

25 Oct, 04:53


25 - oktabr Ichki ishlar tizimi xodimlari kuni!

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin, aziz Vatanimiz fidoyilari!

El-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

25 Oct, 04:53


Ayollar dekretdan dekretgacha ishlaydimi?

«Ayollar ko‘rsin!» huquqiy podkastining bu galgi sonida ishga qabul qilishda ayollar duch keladigan diskriminatsiya, homilador va yosh bolali ayollar uchun imtiyozlar, norasmiy sektorda ayollar huquqlari, mehnat ta’tillari va majburiy mehnat kabi muhim mavzular haqida so‘z bordi.

To’liq video: 👉 https://youtu.be/bAjZhX7FkgU

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

24 Oct, 13:11


⚡️ “Зулфияхоним издошлари” саралаш босқичи жараёни.

🔸 “Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1999 йил 10 июндаги «Зулфия номидаги Давлат мукофотини таъсис этиш бўйича таклифларни қуллаб-қувватлаш тўғрисида»ги ПФ-2326-сонли Фармони ижроси юзасидан муайян ишлар амалга оширилмоқда.

🔸Бугун Данғара туманида иқтидорли қизларни қўллаб-қувватлаш, муносибларини Зулфия номидаги Давлат мукофотига тавсия қилиш мақсадида туман босқичи бўлиб ўтди. Танловда адабиёт, санъат, маданият, фан, таълим, спорт ва жамоатчилик йўналишларида ижод қилаётган, фаолият юритаётган иқтидорли қизлар ҳужжатлари кўриб чиқилиб, номзодлар суҳбатдан ўтказилди.
🔸 Энг муносиблари ғолиб деб топилиб, туман хокимлигининг фахрий ёрлиғи ва эсдалик совғалари билан тақдирландилар.
✍️ Данғара тумани Оила ва хотин-қизлар бўлими.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

24 Oct, 12:42


Tazyiq va zo'ravonlik: Yuz berish sababi va uni bartaraf etish chora-tadbirlari

Qo’mita mas’ul xodimi Anvar Kadirov ishtirokida

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

24 Oct, 09:58


Xotin-qizlar tadbirkorligi: imkoniyat, izlanish va natija

Toshkent shahri

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Oct, 12:00


Xotin-qizlar tadbirkorligi
Olotlik Gulasal Turdiyeva gulchilikdan katta daromad topmoqda.

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Oct, 11:36


Зангиота тумани махаллалари топширилган долзарб топшириқ бўйича махаллалар хотин- қизлар фаоллари томонидан ташқи ва ички миграциядаги, миграциядан қайтган ва хорижга ишлаш ва ўқиш учун чиқиш истагидаги фуқароларни ўрганиб, хатлов қилиш  жараёни жадал суратда давом этмоқда. Бугунги кун холатига хатлов  50-60 фоиздан ошди. 25.10.2024 йил кунига қадар топшириқ 100 фоизга бажарилиши кўзда тутилмоқда. Барча хотин- қизлар фаоллари яхши кайфият ва кўтаринки рухда хатловни давом эттирмоқдалар.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Oct, 11:24


Ehtiyojmand oilalar muammolari oʻrganilmoqda

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi rais maslahatchisi R.Mirxoliqova Nurota tumanida boʻlib, oʻrganish ishlarini olib bordi.
“Nur Faxr” mahallasida yashovchi, "Ayollar daftari" jamgʻarmasidan mablagʻ oʻtkazilib, jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan ehtiyojmand Toʻlayeva Roʻzigul xonadoniga borib, uning holidan xabar olindi.
“Mustaqillik” mahallasida yashovchi "Ayollar daftari" 6-toifasiga kiritilgan ehtiyojmand Qobilova Nasibaning farzandida jarrohlik amaliyoti bilan bogʻliq muammo oʻrganildi hamda amaliyot uchun shartnoma rasmiylashtirib, Oila va xotin qizlar davlat maqsadli jamgʻarmasi tomonidan mablagʻ oʻtkazib berildi.
Keyingi manzil - tumanning olis hududi "Qizilcha" mahallasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-sentyabrdagi PQ-376-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan "Bibisora Nozanin" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
“Tinchlik” mahallasidagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oila bilan individual suhbat olib borilib, oila yarashtirildi.
"Qizilcha", "Tinchlik" hamda "Temirqovuq" mahallalari yettiligining ish hujjjatlari yuritilishi holati oʻrganildi va zarur tavsiyalar berildi.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Oct, 10:34


#milliytiklanishga_ovozbering

🙏 “Maʼrifatli ona – qudratli millat”

Oilani mustahkamlash, ayollarga munosib sharoit yaratish asosiy maqsadlarimizdan biridir

🖥 MTDP | Telegram

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

23 Oct, 10:09


🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#yalpi_majlis_59

Ombudsman to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
___________
Закон об Омбудсмане принят в новой редакции

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Oct, 15:21


“Yangi Oʻzbekiston: gender tenglik siyosati” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadan fotolavhalar.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Oct, 15:20


Yangi O‘zbekiston: gender tenglik siyosati

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Oct, 15:20


🇺🇿 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami!

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi jamoasi vatandoshlarimizni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan qutlaydi!

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Oct, 12:32


🇺🇿 “Oʻzbek tili milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli!”

21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni

Olmazor tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi barcha yurtdoshlarimizni O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

21 Oct, 12:10


Yangi O‘zbekiston: gender tenglik siyosati

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐
Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

20 Oct, 06:32


Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

#senat #parlamenthamkorligi
#IPU150
@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

20 Oct, 04:18


Befarq bo‘lmang!
O‘z kelajagingizni o‘zingiz tanlang!
Ovoz bering!

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

19 Oct, 06:02


2024 yil 7-mart kuni Muhtaram yurtboshimiz tomonidan imzolangan PQ-122-sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazida ham bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Oila va xotin qizlar qo'mitasi raisi o'rinbosari M.A.Nurmatova Jizzax viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markaziga tashrif buyurdilar.Tashrifi chog'ida o'quv jarayoni bilan tanishdi va ayollar bilan dildan suxbat qurdi. Markazda Tadbirkorlik asoslari yo'nalishi bo'yicha o'qitilgan bir guruh xotin-qizlarga o'zlari boshchiligida Respublika Xotin-qizlar Tadbirkorlik markazi tomonidan taqdim etilgan Sertifikatlarni o'z egalariga topshirdi.
Kunning ikkinchi yarmida Mehmonimiz Mirzacho'l tumaniga bo'lishi ko'zda tutilgan. Jizzax viloyat Xotin-qizlar Tadbirkorlik markazi Mirzacho'l tuman bo'limida ham 2 ta yo'nalish yo'lga qo'yilgan ya'ni Kompьyuter saboqlari hamda To'quvchilik yo'nalishlari. Adras va atlas to'qish bo'yicha Xotin-qizlarimiz kasb-hunarga o'qitilmoqda.

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

18 Oct, 13:33


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkil etilganiga 50 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan sohada fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh tibbiyot xodimlari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Albatta, Yangi O‘zbekistonni barpo etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda, eng avvalo, aholimiz, ayniqsa ona va bola salomatligi biz uchun eng muhim vazifadir.

Shu bois so‘nggi yillarda tibbiyot tizimi tubdan isloh qilinib, quyi bo‘g‘indan boshlab xalqimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotganiga barchamiz guvoh bo‘lib turibmiz.

Yurtimizning kelajagi, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida bilim va tajriba, mehr-muhabbatini ayamasdan mehnat qilayotgan sohaning barcha jonkuyar vakillarining kelgusidagi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz.

@tanzilanarbaeva

Ozoda Parpiboyeva |Rasmiy

18 Oct, 10:39


✔️ “Keksalar e’tibor markazida”

🔆 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida qo‘mita huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Keksalarda jismoniy madaniyatni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanishning asosiy tamoyillari orqali oilada sog‘lom muhit yaratish” mavzusida qisqa muddatli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi bo‘yicha ZOOM platformasi orqali muloqot o‘tkazilldi.

📎 Mas’ullarga loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad to‘g‘risida tushunchalar berildi.

📌 Ushbu loyihaga pilot sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri Farg‘ona viloyatidan 2 tadan mahallalar tanlab olinib, ularda “To‘g‘ri ovqatlanish va harakatlanish - sog‘lom umr ko‘rish garovidir” shiori ostida ko‘ngillilar harakatini va maqsadli guruh tuzish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🙂 2024-yil oktabr oyining uchinchi 10 kunligida joylarda o‘tkaziladigan 2 kunlik treninglarni samarali o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy masalalar yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube