Sodiq School @sodiq_school Channel on Telegram

Sodiq School

@sodiq_school


Xalqaro saviyadagi ta'lim!
-Kuchli o'qituvchilar
-Qadriyatlarga mos muhit
-Aniq fanlar

📞 788888080

Sodiq School (Uzbek)

Sodiq School Kanalimizga Xush kelibsiz! Bizning kanalimiz xalqaro saviyadagi ta'lim bilan shug'ullanadi. Kanalimizda kuchli o'qituvchilar tomonidan yuqori saviyadagi ta'lim beriladi va qadriyatlarga mos muhit yaratiladi. Aniq fanlar bo'yicha darslar o'tkaziladi va talabalar eng yaxshi tarzda tayyorlanadi. Biz bilan bog'lanish uchun quyidagi raqamga murojaat qiling: 📞 788888080. Sizni ham sodiq va sifatli ta'lim bilan tanishtirishdan mamnunmiz!

Sodiq School

16 Feb, 05:08


“Jamiyatni o‘zgartirmoqchi bo‘lsak, avvalo o‘zimizni o‘zgartirishimiz kerak!”

🎤 Maktabimizda Guest Lecture loyihasi doirasida Rasul Kusherbayev mehmon bo‘ldi!

💡U o‘quvchilar bilan ochiq muloqot qilib, bilim, tafakkur va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida qimmatli fikrlarini bildirdi.

🚀 Ayniqsa, “Jamiyat bizdan boshlanadi, o‘zgarishni o‘zimizdan boshlash, bilim va harakat bilan kelajakni shakllantirish – fikri uchrashuvning asosiy xulosasi bo‘ldi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

14 Feb, 14:00


🏅 Yanvar oyi stipendiyatlari va xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi!

O’quvchilarimiz bu oygi “Sodiq School” stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, AQSh va Polsha elchixonasi tashkil etgan xalqaro FISO olimpiadasi g‘oliblari medallar bilan taqdirlandi.

🥇 Oltin medal:
Babadjanova Gulasal – 8-sinf, Matematika
Mirsolihova Hadicha – 8-sinf, Ingliz tili

🥈 Kumush medal:
Jo‘rayeva Ruxsora – 7-sinf, Ingliz tili
Bozorboyev Asliddin – 9-sinf, Ingliz tili
Ubaydullayeva Fotima – 9-sinf, Matematika

🥉 Bronza medal:
⭐️Nabijonov Muhammadziyo –9-sinf, Ingliz tili
⭐️Kamolov Xikmatxon – 11-sinf, IQ
⭐️Sobirjonov Subxiddin – 8-sinf, Matematika

🚀 Barcha g‘olib o’quvchilarimizni tabriklaymiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

14 Feb, 12:59


📢 Muvaffaqiyatimiz sirini ochamiz!

🤔 “Qanday qilib SAT dan yuqori ball olish mumkin?”

Bugun ko‘pchilikni qiziqtirgan savolga 11-sinf o‘quvchilarimiz bilan birga javob beramiz!

🏆 To‘xtamurodova Muslima – SAT 1340
🏆 Qurbonova Zaynab – SAT 1380

📌 Bu natijalar na tasodif, na omad!
Bu – samarali mehnat, to‘g‘ri yondashuv va maktabimizdagi tizim natijasi!

“– Eng katta ustunligimiz? SAT imtihonining o‘z maktabimiz – Sodiq Schoolda o‘tkazilgani! Bu bizga qulay muhit, kamroq stress va maksimal natija berdi”, – deydi o‘quvchilarimiz!

📹 Muslima va Zaynabning SAT natijalari siri nimada? Buni video orqali bilib oling!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

12 Feb, 11:03


📜 Diqqat, savol: Navoiy merosini qay darajada bilasiz?

💡 Maktabimizda navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o‘tkazildi!

🔋 O‘yin davomida o‘quvchilarimiz buyuk mutafakkirlarning hayot yo‘li va ijodi haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda Navoiy merosining ulug‘vorligini yana bir bor his qilishdi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

11 Feb, 06:44


💡Zakovat: bilimdonlar maydoni!

⚡️ Hayajonli atmosfera, intellektual jang, birdamlik va g‘alabaga intilish – bu har hafta maktabimizda tashkil etiladigan Zakovat o‘yinining qisqacha ta’rifi.

Bu o‘yin shunchaki savollarga javob izlash emas, balki:

📚 Aqliy faollikni oshirish
🤝 Jamoaviy ishlash ko‘nikmasini shakllantirish
Tezkor va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatidir!

Har bir savol – yangi kashfiyot, har bir javob – bilim sari qadam.

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

10 Feb, 06:20


Sodiq School o‘quvchilari 3 davlatga ta’lim safariga yo‘l oldi!

🇲🇾Kuala-Lumpur
🇸🇬Singapur
🇮🇩Bali oroli (Indoneziya)


📅 23-fevral – 3-mart, 2025
💰 Narxi: 3000$

Sayohat narxiga kiritilgan:

✈️ Kuala-Lumpur – Singapur – Bali – Toshkent aviachipta
📑 Singapur vizasi va hujjatlar
🏨 4★ mehmonxonalar, 2 mahal ovqat
🚗 Transfer va gid xizmati
🎟 Barcha ekskursiyalar va chiptalar
🎓 Manchester o‘quv markazida xalqaro sertifikatli ta’lim

📌 Sayohat dasturi:

📍 1-4 kun | Kuala-Lumpur
🎓 APU universiteti tashrif va Manchester o‘quv markazida ta’lim;
🏛 Egizak minoralar, Qirol saroyi, Mustaqillik maydoni, Qizil masjid, Batu g‘orlari, KL Tower;

📍 5-6 kun | Singapur
🎓 MDIS universitetiga tashrif;
🏙 Marina Bay, Boylik favvorasi, Xitoy shaharchasi, Singapur Ferris Wheel

📍 7-8 kun | Bali oroli (Indoneziya)
🌊 Orol bo‘ylab sayohat va unutilmas dam olish.

📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 Sadokat Safarova: +998 94 618 47 44

📍 Ajoyib sayohat va xalqaro sertifikat olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Sodiq School

08 Feb, 13:20


🎓 Dunyoda 17-o‘rinda turuvchi University of Hong Kongga 100% grant yutgan bitiruvchimiz!

🚀 Irgashev Mustafo – maktabimizning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchisi. U University of Hong Kongdan 100% grant yutdi!

📈 Mustafo maktabga kelganida hatto universitetga kirish bo‘yicha aniq tasavvurga ega emas edi.

🏆 Ammo 2 yil ichida yuqori natijalarga erishdi:
IELTS 7.5
SAT 1520

Bu Sodiq School ta’lim tizimi samaradorligining yorqin misoli!

📹 Videoda Mustafoning ushbu muvaffaqiyat yo‘lida Sodiq Schoolning o‘rni haqidagi fikrlarini tinglashingiz mumkin.

Sodiq School — Xalqaro ta’limga qadam!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

06 Feb, 12:18


🚀 O‘quvchilarimiz xalqaro olimpiadada g‘olib!

🔖 NGEA–Yaponiya Xalqaro Matematika Olimpiadasida o‘quvchilarimiz yuksak natijalarga erishib, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho planshetlar bilan taqdirlandilar!

🥈 Asrorov Mironshoh – 10-sinf, 2-o‘rin
🥉 Nabijonov Otabek – 10-sinf, 3-o‘rin

🌍 Dunyo bo‘ylab minglab iqtidorli o‘quvchilar qatnashadigan bu olimpiadada o‘quvchilarimizning g‘alabasi bizni faxrlantiradi!

🏆 Ilmga sodiqlik, tinimsiz mehnat va o‘qituvchilarning fidoyiligi natija berdi.

Sodiq School — Xalqaro ta’limga qadam!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

04 Feb, 13:37


“Students’ Union” – kelajak liderlari jamiyati!

Students’ Union nima?
🚀 Bu faol o‘quvchilarni birlashtiradigan, ularning tashabbuslarini rivojlantirib, salohiyatlarini ochishga yordam beradigan kuchli platforma!

📌 “Students’ Union” o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar beradi?
Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Loyihalarni boshqarish qobiliyatini yuksaltirish;
Fikrlarini erkin ifodalash va ijtimoiy masalalarda faol ishtirok etish.

Sizningcha, “Students’ Union”da yana qanday loyihalar yaratish mumkin?
⬇️ Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

01 Feb, 12:12


🚀 Oddiy o‘quvchidan, eng nufuzli universitetgacha!

“Uch yil oldin kimdir menga Sodiq School’da o‘qishimni aytsa, ishonmagan bo‘lardim…” — deydi 11-sinf o‘quvchimiz Zebo Abdullayeva.

🏆 U Sodiq School grant imtihonida g‘olib chiqib, full grant yutdi va bu uning kelajak yo‘lini butkul o‘zgartirdi!

🎓 Bugun esa u Harvard, Columbia va Carnegie Mellon universitetlariga hujjat topshirdi!

⭐️ Oddiy o‘quvchiga dunyoning eng nufuzli universitetlariga yo‘l qanday ochildi?

🎥 Hoziroq videoda tomosha qiling!

Sodiq School — Xalqaro ta’limga qadam!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

31 Jan, 07:58


📚 Eng yaxshi kitob…?!

🔸 Sodiq School o’quvchilari va ustozlarining eng yaxshi kitoblar ro’yxatini yaratdik!

🎥 Videoni tomosha qilib, kitoblarni qanday tanlashni va bilim doirangizni kengaytirishni bilib olishingiz mumkin!

Ta’lim bilan birga, rivojlanish uchun qo’shimcha kitoblar o’qish fikrlashni chuqurlashtiradi va yangi g’oyalarni kashf qilishda yordam beradi!

✍️ Sizning eng sevimli kitobingiz qaysi? Kommentlarda o’rtoqlashing!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

30 Jan, 09:54


🔬 Amaliy fizika Sodiq School’da!

🎯 Nega amaliy fizika muhim?
100% amaliyot – bilimni darhol sinab ko‘rish;

Qiziqarli tajribalar – darslarni yanada esda qolarli qilish;

Ilmiy fikrlashni rivojlantirish.

🧑‍🔬 Fizika – hayotning bir qismi!

Sodiq School: Ilmga sodiq, sizga sodiq!

📞 788888080
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

28 Jan, 10:27


🌍 Sodiq School’da Tarix nega ingliz tilida o‘qitiladi?

🔑 “O‘tmishni bilgan odam kelajagni o’zgartiradi.”

Ingliz tilida yozilgan kitob va tadqiqotlarni aslida o‘qish;

IELTS va SAT imtihonlariga tayyorlanish;

Chet el universitetlariga kirish imkoniyatini oshirish.

Sodiq School — Xalqaro ta’lim sari dadil qadam!

📞 788888080
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

27 Jan, 15:26


🔢 Sodiq Schoolda matematika – qiziqarli va oson!

Bizning maktabda matematikani tushunish va hayotda qo‘llash maxsus yondashuvlar orqali o‘rgatiladi:
🔸 Interaktiv usullar – formulalar o‘yinlar va viktorinalar orqali tushuntiriladi.
🔸 Amaliy mashg‘ulotlar – kundalik masalalar orqali yechim topiladi.
🔸 Qiziqarli texnologiyalar – animatsiyalar yordamida mavzular oson o‘zlashtiriladi.

📌 Mahoratli pedagog Shomirza Asqarov tomonidan o‘tilgan qiziqarli matematika darsini video orqali kuzatishingiz mumkin!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

24 Jan, 11:37


Jahongir Pulatov Sodiq School mehmoni!

📈 Maktabimizda muvaffaqiyatli insonlar va tadbirkorlar ishtirokida treninglar o‘tkazish an’anaga aylangan.

Bu safargi Guest Lecture mehmoni — ta’lim sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, “Cambridge Learning Center” o‘quv markazlari asoschisi Jahongir Pulatov bo‘ldi.

➡️ “Yillik maqsad qo‘yish va unga erishish” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar qimmatli bilim va foydali maslahatlarga ega bo‘lishdi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

23 Jan, 10:25


📊 Maktabimizda muntazam ravishda reyting imtihonlari o’tkaziladi.

📚 Har oy davomida ingliz tili, matematika va ona-tili fanlaridan o‘tkaziladigan reyting imtihonlari nafaqat bilimlarni sinash, balki o‘quvchilar kelajagi uchun katta ahamiyatga ega.

1️⃣ Har bir o‘quvchi o‘z kuchli va zaif tomonlarini ko‘rib, ularga alohida e’tibor qaratadi.

2️⃣ Imtihon natijalari orqali ota-onalar farzandining o‘sishi va muvaffaqiyatlarini kuzatib boradilar. Bu ularning qo‘llab-quvvatlovini yanada oshiradi.

3️⃣ Oy davomida muntazam nazorat o‘quvchilarga har bir mavzuni yaxshiroq tushunish va eslab qolish imkonini beradi.

4️⃣ Yuqori natijaga erishgan o‘quvchilarimiz stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

5️⃣ Reyting tizimi o‘quvchilarni izchil mehnat qilishga va yuksak natijalarga erishishga undaydi.

Doimiy imtihon topshirish tajribasi o‘quvchilarda o‘z bilimlariga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi. Ularga kattaroq sinovlarda ham qat’iyat bilan qatnashish imkonini beradi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

23 Jan, 08:00


Kelajak liderlarini tayyorlaymiz!

📚 Maktabimizda 11-sinf o‘quvchilarimiz uchun siyosatshunoslik fani yo‘lga qo‘yildi. Ushbu darslar tajribali huquqshunos va o‘qituvchi Hamid Sodiq tomonidan olib boriladi.

Siyosatshunoslik fani-o’quvchilarga tahliliy fikrlash, siyosiy jarayonlarning asosiy tushunchalari va global masalalarga umumiy yondashuvni shakllantirish imkonini beradi.

🔑 Darslarda nimalarni o‘rganamiz?
🔸
Siyosiy jarayonlarni tahlil qilish;
🔸Turli davlatlar siyosati va xalqaro munosabatlarni o‘rganish;
🔸Global muammolarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish;

📌 Ushbu fan o‘quvchilarda nafaqat siyosiy jarayonlarni tushunish, o’z nuqtai nazarini bayon etish kabi bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularda keng dunyoqarash va liderlik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim sanaladi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

22 Jan, 10:27


Ta’lim va sport: Ikkisida ham g‘alaba! 📖♟️

🏆 Miraziz Matyoqubov – Sodiq Schoolning 10-sinf o‘quvchisi, professional shaxmat va ta’limni birdek muvaffaqiyatli olib borayotgan yosh iste’dod!

🚀 Professional sport bilan ta’limni birgalikda muvaffaqiyatli olib borish oson emas. Ammo Miraziz o‘zining mehnati va qat’iyati bilan bu qiyinchiliklarni yengib, barchaga o‘rnak bo‘lmoqda. U SAT imtihonida 1300 ball to‘plab, o‘z intellektual salohiyatini namoyon etdi.

🤝 U nafaqat o‘z rivoji bilan cheklanib qolmay, balki maktabdagi shaxmatga qiziqqan tengdoshlariga ham o‘z bilimlarini ulashib, ularning muvaffaqiyatga erishishiga ko‘maklashmoqda.

🌍 Hozirda Miraziz 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu musobaqa uning yangi cho‘qqilarni zabt etishi, mahoratini namoyish qilishi va O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib tarzda ifoda etishi uchun muhim imkoniyatdir.

⭐️ Biz o‘quvchimizning muvaffaqiyatga erishish yo‘lida zarur imkoniyatlar yaratib, uni har qadamda qo‘llab-quvvatlaymiz!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

21 Jan, 14:23


👩🏻‍🎓 Qizlar ta’limining ahamiyati mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi!

🔸 Maktabimiz o‘quvchi qizlari uchun Ustoz Odinahon Muhammad Sodiq ishtirokida “Qizlar ta’limining ahamiyati va qizlar odobi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔍 Tadbirda qizlarning ta’limi – kelajak poydevori ekanligi, qizlar odobi va tarbiyasi – jamiyatda qizlarning o‘rni va mas’uliyati, orzulari va maqsadlariga erishishdagi muhim qadamlar borasida so‘z yuritildi.

🌟 Ustoz Odinahon Muhammad Sodiq o‘quvchilar va ularning onalari bilan qimmatli fikrlarini o‘rtoqlashib, o‘quvchi qizlarimizni o‘z bilimlari va qobiliyatlarini rivojlantirishga undadilar.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

21 Jan, 04:54


🎓Orzularni reallikka aylantirish imkoniyati – Sodiq School!

- “Men IELTSdan 7.5 va SATdan 1460 ball olaman deb o‘ylagan paytimda, bu faqat bir orzu edi. Ammo bu orzu haqiqatga aylandi!” — deydi bizning 11-sinf o’quvchimiz Saimov Abdulloh.

🚀 O‘quvchilarimizning natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz:

🏆 Saimov Abdulloh 11-sinf o’quvchimiz qisqa vaqt ichida IELTSdan 7.5, SATdan 1460 ballni qo’lga kiritdi.

📌 Hozirda o’quvchimiz dunyoning yetakchi universitetlariga hujjat topshirmoqda. U moliya sohasida mutaxassis bo‘lish va jamiyatga foyda keltirish yo‘lida hozirdan astoydil harakat qilmoqda.

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

18 Jan, 14:11


Maktabimizda IELTS darslari qanday olib boriladi?

📈 Darslarimiz – har bir o‘quvchi uchun mukammal natijaga erishishning kaliti bo‘lishini ta’minlaymiz.

Biz nimalarga e’tibor qaratmoqdamiz?

🔸 Har bir bo‘lim (Listening, Reading, Writing, Speaking) uchun alohida strategiyalar.
🔸 Murakkab savollarga oddiy va samarali yechim.
🔸 IELTSning yuqori balliga erishish uchun individual yondashuv.

📹 So‘zlarimizning isbotini professional pedagog Hafizulloh Mirzahmedov tomonidan o‘tilgan navbatdagi jonli IELTS darslarini tomosha qilish orqali ko‘rishingiz mumkin.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

17 Jan, 11:38


Kelajak biznesmenlari Safia qandolat uyida! 🍰🎉

🌟 Biz o’quvchilarimizning turli yo’nalishlardagi qiziqishlarini qo’llab quvvatlaymiz. Safia qandolat uyiga ekskursiya Kelajak biznesmenlari uchun real hayotdagi biznes jarayonlarini o'rganish imkoniyatini berdi.

🔸Sayohat davomida o'quvchilar uchun Safia qandolat uyi ishlab chiqarish fabrikasi rahbari Mamatov Maqsudjon Majrabjanovich bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔋Uchrashuvda o’quvchilar biznes boshlash, mahsulot sifatini ta'minlash, mijozlarni jalb qilish va moliyaviy boshqaruv kabi muhim mavzular bo'yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

15 Jan, 11:47


🎓 Sodiq Schoolda bilim bilan nafas olasiz!

📈 “Maktabimizda professionallar tomonidan olib boriladigan darslarda faol bo‘lmaslikning iloji yo‘q. Sodiq School menga qisqa vaqt ichida ulkan marralarni zabt etishga yordam berdi,” — deydi 11-sinf o‘quvchimiz Muhiddinov Muhammad.

🌟Bilim olishdan to’xtamaydigan o‘quvchi, professional pedagog va ularni bog‘lagan “Sodiq school” maktabi uchligi o’z so’zini aytmasdan qolmadi.

🏆 11-sinf o’quvchimiz Muhiddinov Muhammad natijaga erishdi!

Natija:
SAT: 1490
IELTS: 7.5

🚀 Biz har gal navbatdagi natijani e’lon qilar ekanmiz. Har safar yutuqqa erishgan o’quvchilarimizning o’z g’alaba hikoyasi borligi va bu hikoya yaratilishiga Sodiq school sabab bo’layotganidan faxrlanamiz.

Sodiq School — Xalqaro ta’limga qadam!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

14 Jan, 13:19


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni.

🛡O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan Sodiq School o‘quvchilari uchun Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

👮🏻‍♂️O’quvchilarimiz Milliy gvardiya xodimlari bilan samimiy suhbat qurishdi, ularning jasoratli xizmatlari haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar olishdi.
🚔 Milliy gvardiya xodimlarining xizmat mashinalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
🎤O’quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan Vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar va ijrolar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

13 Jan, 11:44


🎓 Sodiq School haqida nimalarni bilasiz?

🌟Bugun sizlarni maktabimizdagi asosiy jarayonlarni boshqarishda muhim ro’l o‘ynaydigan jamoamiz a’zolaridan biri – o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarimiz haqida tanishtiramiz!

Muhayyo Musurmonqulova-
maktabimizning 3 yildan beri ta’lim va tarbiya sohasidagi muvaffaqiyatlarida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan inson.
Muhayyo ustoz nafaqat o‘quv jarayonlarini samarali boshqaradi, balki har bir o‘quvchining iste’dodini kashf etib, ularning kuchli tomonlarini rivojlantirishga yordam beradi.

💡 Muhayyo ustoz-dars jadvallarini ishlab chiqish;
• O‘qituvchilarni kuzatib, dars sifati ustidan nazorat qilish;
• Zamonaviy o‘quv dasturlari orqali nazariy va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish kabi vazifalarni amalga oshiradilar.

📚 Amalga oshirayotgan ishlarimizdan asosiy maqsadimiz– o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bilan cheklanmay, ularni kelajakda muvaffaqiyatli shaxs sifatida shakllantirishdir.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

12 Jan, 11:23


Bilim sari yana bir qadam:Sodiq School Qatarga yo’l olmoqda! 🇶🇦

2025-yil Sodiq School o‘quvchilari uchun muhim bosqich bilan boshlandi – ular ta’lim safari loyihasi doirasida Qatar davlatiga yo‘l olishdi.✈️

Ushbu safar davomida o‘quvchilarimiz:
• Zamonaviy universitetlar va ilmiy markazlarni ekskursiya qilishadi,
• Qatarning ta’lim tizimi va madaniyati bilan yaqindan tanishishadi,
• Yangi bilim va ko‘nikmalar orttirish barobarida, xalqaro tajribalarni o‘rganishadi.

🌟 O‘quvchilarimiz ushbu ta’lim safaridan yangi bilim va yorqin taassurotlar olishlariga ishonamiz.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

10 Jan, 15:41


AP darslari endi maktabimizda! 🚀

Maktabimizda ilk bor 11-sinf o‘quvchilari uchun AP-Advanced Placement darslari test rejimida yo‘lga qo‘yildi! 🏆

🌟AP nima?
Bu AQShning “College Board”tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro akademik dastur bo‘lib, o‘quvchilarga universitet darajasidagi darslarni o‘rganish va kredit to‘plash imkonini beradi.

O‘quvchilarimiz:
✔️Murakkab matematik formulalarni yechmoqda,
✔️Analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirmoqda,
✔️Hayotiy va akademik ko‘nikmalarni egallamoqda.

📌 Sizning farzandingiz ham ushbu imkoniyatdan foydalanishini xohlaysizmi?!

Sodiq School — Xalqaro ta’limga qadam!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

09 Jan, 13:47


Sodiq School’da “Movie day”🎞️

Sodiq Schoolda “Movie day” loyihasi doirasida barcha o‘quvchilar uchun hayotiy saboqlarga boy va ta’lim haqidagi “Super 30” filmi namoyish etildi!

🎥Kino kuni” faqat ko‘ngilochar loyiha emas, balki o‘quvchilarimizga motivatsiya beruvchi va ularning shaxsiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan dasturdir.

💡O‘quvchilarimizga ushbu loyiha hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirishiga, ularga yangi maqsadlar qo‘yishiga ishonamiz!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

08 Jan, 11:29


Sodiq School – Orzudagi Maktab! 🎓

📚 Bizda o’qish nafaqat bilim berish, balki orzularni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi!

Sodiq School:
🔹 Farzandingizni kelajak yetakchisiga aylantiradigan o‘quv muhit;
🔹 Ilm olishga ilhom beruvchi zamonaviy va qulay sinfxonalar;
🔹 Har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va qo‘llab-quvvatlash.

Bizda nimani topasiz?

🌟 Yuqori malakali o‘qituvchilar;
🌟 Interaktiv o‘qitish uslubi;
🌟 Til o‘rganish, xalqaro sertifikatlarga erishish, nufuzli universitetlarga yo’l;
🌟 Sport, muhandislik, amaliy san’at kabi qo‘shimcha to‘garaklar bilan boyitilgan dastur.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

06 Jan, 15:12


Qishki ta’til shukuhi o‘rnini yangi bilimlar sari intilish egalladi

📚🎉 Bugun sinf xonalarida uzoq tanaffusdan keyin yana ko‘tarinki kayfiyat sezildi. Erta tongdan o‘quvchilar bir-birini sog‘inib kutib olishdi, o‘qituvchilar esa yangi mavzular bilan sinfga qadam tashlashdi.

🖊️📖 Qishki ta’til davomida to‘plangan quvvat va yangi orzular bilan endi maqsadlarimiz sari dadil odimlaymiz. Har bir daftarimizning ilk sahifalari, har bir yangi mavzu – yangi imkoniyat eshigini ochadi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

05 Jan, 09:08


❄️ Qishki ta’til yanada manfaatli o’tishi uchun

Qishki ta’til tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi.
O’tayotgan kunlarning mazmunli bo’lishi o’zimizga bog’liq.


🎞️Ustoz Hasankhoja Muhammad Sodiq ta’til kunlari tomosha qilish uchun manfaatli TOP 3 film tavsiya qilmoqdalar.

1️⃣Freedom writers (Ozodlik yozuvchilari)
2️⃣Stand Deliver (Turing va yetkazing)
3️⃣Super 30

Ishonchimiz komil ushbu filmlar ta’limga bo’lgan ishtiyoqingizni yanada oshiradi.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

04 Jan, 06:34


🌏 Dunyodagi TOP universitetlarga yo’l SODIQ SCHOOL bilan!

Maqsadimiz o’quvchilarimiz dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olishlarida ko’prik vazifasini bajarish.

🚀 Ushbu o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizni yuqori darajada amalga oshirish uchun maktabimizda chet elda ta’lim olish yo’nalishida ko’p yillik tajribaga ega mutaxassis Nasiba Abdurahimova faoliyat olib boradilar.

🎯 O’quvchilarimizning natijalari va qo’lga kiritgan yutuqlariga monand ravishda, o’z qiziqishlarini ro’yobga chiqarish va samarali bilim olishlari, tanlagan sohalarida kerakli tajriba egallashlari mumkin bo’lgan universitetlarga hujjat topshirish jarayonlari qizg’in davom etmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar o’z natijasini uzoq kuttirmasligidan, yaqin kunlarda erishilgan yutuqlar haqida xabar yetkazishimizdan umidvormiz.

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

01 Jan, 11:04


❄️ Qishki ta’tilda rejalaringiz qanday?

📈 Biz qishki ta’til yanada rivojlanishingizga sabab bo’lishini xohlaymiz!

📚
Buning uchun esa, Hasankhoja Muhammad Sodiq tomonidan ta’tilda o’qish uchun TOP 3 kitob tavsiya qilinmoqda.

Ushbu kitoblar:
Maqsadlar yo’lida kuchli odatlar yaratish, hayotni intizomli rejalashtirish va maqsadlarni strategik boshqarish borasidagi bilimlaringizni rivojlantirishga yordam beradi.

🤔-Qiziq, bu qaysi kitoblar ekan?

📹
Tavsiya qilingan kitoblar haqida bilmoqchi bo’lsangiz, hoziroq videoni tomosha qiling.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

29 Dec, 08:29


⚡️Maktabimizda yil yakuni sarhisobi va obrazlar kuni tadbiri bo‘lib o’tdi.

🏆 O’tgan 4 oy davomida darslarda a’lo o’qigan, nazorat imtihonlarida yuqori natijalarni qayd etgan, maktabda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faollik ko’rsatgan va xalqaro fan olimpiadalarida g’olib bo’lgan o’quvchilar taqdirlandi.

🥇 Shuningdek, o’quvchilarimiz tomonidan yaratilgan, eng yaxshi o’zlari sevgan kasb egasi, o‘zbek milliy qahramonlari, sevimli multfilm ertak, kino qahramonlari obrazi uchun mukofotlandilar.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

27 Dec, 08:59


Sodiq school 4 oyda nimalarga erishdi!

🏆Maktabimiz o'quvchilarning har tomonlama bilimli va yuksak salohiyatli bo’lishlari yo’lida harakat qiladi. Buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib beradi.

Bu esa ajoyib natijalarga sabab bo’ladi.

📈O’tgan ikkita choraklik davomida maktabimiz o’quvchilari katta natijalarga erishdi; IELTS va SATdan yuqori darajali sertifikatlarni qo’lga kiritdi; Xalqaro olimpiadalar g'olibi bo'ldi; Respublika fan olimpiadalarida g’alaba qozondi; Ta'lim safarlarida ishtirok etdi.

📹 Natijalar haqida batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

☎️ Bog'lanish uchun: 788888080

Sodiq School

27 Dec, 04:04


👨‍🎓10-sinfni bitirmasidanoq talaba bo‘lgan o‘quvchi!

🏆 10-sinf o‘quvchimiz Habibulloh O‘ktamjonov “MOM-2024” Xalqaro yoshlar olimpiadasida “Sharqshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib g’oliblikni qo’lga kiritdi.

⚡️ Ushbu g‘alaba o‘quvchimizga HSE University’ga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirish imkoniyatini taqdim etdi.

🌍 Dunyo bo’ylab 7 mingdan ortiq 10-11 sinf o‘quvchilar bilan bellashib g‘alaba qozongan o‘quvchimiz faqatgina bu yutuq bilan cheklanib qolmoqchi emas.

🎯 O‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan, u Amerikada joylashgan Stanford University’ga o‘qishga kirmoqchi va bu maqsadi yo‘lida tinimsiz harakat qilmoqda.

⭐️ Biz Habibullohning ota-onalari va bilim berishda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan ustozlarimizni yana bir yutuq bilan tabriklaymiz.

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

26 Dec, 04:49


Qishki ta'til ❄️

Hurmatli o’quvchilar va ota-onalar!

"Sodiq school" xususiy maktabida 27-dekabr o‘quv yilining II choragi uchun oxirgi o’qish kuni hisoblanadi.

28-dekabrdan 5-yanvargacha qishki ta'til sifatida belgilangan.

2025-yil 6-yanvar III choraklik uchun birinchi dars kuni.

❄️ Qishgi ta'tilni oila davrasida maroqli o‘tkazishingizni tilaymiz.

Sodiq School

25 Dec, 05:48


🏆 BIZ UDDALADIK!

🎯 G’alaba - qiyin bo’lishi mumkin, ammo imkonsiz emas!

G’olib o’quvchilarimiz tinimsiz bilim o’rganish va ishtiyoq bilan bu imkonsiz emasligini isbotlashdi.


🛫 O’quvchilarimiz bu yil ham maktabimiz an’anasini davom ettirgan holda “World Scholar’s Cup” musobaqasida ishtirok etish uchun Dubayga yo’l olishgani haqida xabar bergan edik.

🚀 O’quvchilarimiz musobaqada o’z bilimlarini, balki qat'iyat va iqtidorini ham namoyish etishdi.
Yuzdan ortiq mamlakatlardan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan bahs olib borishdi va musobaqaning barcha bosqichlarida, global bilimi, kreativ fikrlashi va yuqori jamoaviy ishlash qobilyati bilan yuksak natijalarni qo’lga kiritishdi.


📹 World Scholar's Cup 2024 Dubai musobaqasi haqidagi o’quvchilar taassurotlarini ushbu video orqali tomosha qiling.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

23 Dec, 05:24


🏆Bizda yana bir ORZU qilinadigan NATIJA!
IELTS-8.0 SAT-1510

🎯
Orzu maqsadni paydo qiladi, maqsad esa harakatga undaydi.
Doimiy harakat natija va g‘alabaga yo‘l ochadi.


🚀
11-sinf o’quvchimiz Butayarov Behruz hali maktabni tugatmasidanoq IELTS dan yuqori natija overall 8.0. SAT dan 1510 natijani qo’lga kiritdi.

📹 O’quvchimiz Behruz
o’z hikoyasida yuksak natijalari ortidagi g’alabaga boshlovchi jihatlar haqida fikrlarini biz bilan bo’lishdi.

Ilm olishdan to’xtamaydigan o‘quvchi, professional pedagog va ularni bog‘lagan “Sodiq school” maktabi uchligi o’z so’zini aytmasdan qolmadi. Natija berdi!

❗️O'quvchilarimiz kabi sizning farzandingiz ham yuqori natijalarni qo’lga kiritishini xohlasangiz, Sodiq school eng to’g’ri tanlov!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

16 Dec, 11:20


Shogirdlardan iltimos.

Loyiq ko’rsangiz, “Sodiq school” uchun ovoz bering…

https://t.me/edustatbot?start=poll_8_1153

P.s. Ertaga so’ngi kuni ekan

Sodiq School

16 Dec, 06:20


🚌Central Asian University’ga maxsus ekskursiya!

Maktabimiz 11- sinf o’quvchilari uchun Central Asian University’ga maxsus ekskursiya tashkil etildi.

O'quvchilarimiz ekskursiya mobaynida universitet ta’lim dasturi, yo’nalishlari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

📹 Sayohatdan eng qiziqarli lavhalarni ushbu video orqali tomosha qiling.

Bogʻlanish uchun:
☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

14 Dec, 06:51


🇯🇵 Sodiq School o'quvchilari Yaponiyaga yo’l oldi!

🏯 Maktabimiz o'quvchilari Yaponiya ta’lim tizimini yaqindan o’rganish maqsadida Yaponiyaga yo'l olishdi. Ta’lim safari mobaynida ular Tokio universitetlari, Asakusa, Kawagoe va boshqa qadimiy shaharlarga sayohat qilishadi.

🎯 Ushbu sayohatni tashkil qilishdan asosiy maqsadimiz o'quvchilarimiz bilimini oshirish, dunyo qarashini yana-da kengaytirish va xalqaro ta’lim sertifikatiga ega bo’lishdir.

Agar sizning farzandingiz ham, xalqaro ta’lim standartlari asosida sifatli ta'lim olib, xalqaro ta’lim safarlarida ishtirok etishini xohlasangiz-Sodiq school eng to’g’ri tanlov!

Sodiq School — Biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun:
☎️ 788888080

Sodiq School

13 Dec, 14:25


Maktabimiz prezidenti qanchalik faol?

💡Har bir o'quvchida iqtidor va kreativlik yashrin, uni rivojlantirish va ro'yobga chiqarish bizning maqsadimiz.

🚀Bu borada esa, tengdosh-tengdoshga tamoili asosida, maktab prezidentining faollik ko’rsatishi, barcha o’quvchilarni bir maqsad yo’lida birlashtira olishi, yuqori
natijalarga erishishda muhim hisoblanadi.

📹 O’tkazilgan so’rovnoma orqali o’quvchilarning maktab prezidenti faoliyati haqida fikrlarini bilib olishingiz mumkin.

Sodiq School — Biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

13 Dec, 12:32


“Sodiq school” maktabi prezidentini taniysizmi?

📊O’quv yili boshlanishi bilanoq maktabimizda an’analarga muvofiq maktab prezidenti saylovi o’tkazildi va o’ndan ortiq nomzod o’quvchilar ichidan, Mirzaahmedov Saidakbar maktab prezidentligi saylovida 30.4% ovoz bilan g’alaba qozondi.

🎯 Maktab Prezidenti o‘quvchilarning vakili va ularning manfaatlari himoyachisi, barcha o’quvchilarning ovozi hisoblanadi.


Mana shu mas’uliyat va berilgan yuksak ishonchni his qilgan holda, bugun Saidakbar o’z oldiga katta maqsad, aniq rejalar qo’ygan.

🚀 O’z atrofiga barcha o’quvchilarni jamlagan holda Students’ Union –jamoasi bilan birgalikda maktabimiz muhitini yanada yaxshilash, hamjihatlikda qiziqarli loyihalar va o‘zgarishlar yaratishga bel bog‘lagan.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

☎️ Bogʻlanish uchun: 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

12 Dec, 06:10


🏆 Katta maqsadlarning kichkina egalari!

⭐️Har gal, maktab stipendiatlarini taqdirlash marosimi, o'zgacha hayajonli o'tadi.

Yurak dupurlashi-yu, yuzdagi hayajon!


⚡️ O'quvchilarimizning o'z yutuqlaridan ham, stipendiyaga loyiq do'stining yutug'idan xursand bo'lishgani va ularni olqishlagani, bizni yanada tog'ri yo'lda ekanligimizni isbotlagandek bo'ladi, har gal.

📈 Natijalar kundan kunga o'sib, taqdirlangan o’quvchilarning fotosuratlari ilinadigan peshtaxtadan joy qolmayotgani esa jamoaning barcha mehnatlariga rag'bat beradi go'yo.

🤩 Biz har bir o'quvchimizning misli ko'rilmagan iqtidor, bilim egasi ekanligiga ishonamiz.

🥇Ularning, har bir g'alabasi biz uchun muhim.

Sodiq School — Biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Sodiq School

11 Dec, 06:01


⭐️Maqsad - g’alaba va erishilganlarga munosib bo’lish!

Xabaringiz bor, o’quvchilarimiz ikki yildan buyon xalqaro “World Scholar’s Cup” tanlovida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etib kelishmoqda.

🏆 Bizning rekord - 218ta medal!

🎯Bu galgi harakat natijasi esa, rekordni yangilashidan umidvormiz!

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

☎️ Bogʻlanish uchun: 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

11 Dec, 04:23


"Konstitutsiya bilimdoni" nomli intellektual fleshmoblar hamda viktorinalar tashkil qilindi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilar bilan o’tkaziladigan interaktiv o’yinlar, tezkorlikka undovchi viktorina savollar, o’quvchilarning kommunikativ muloqot madaniyatini egallashlarida va tezkor firklash ko’nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi.

☎️ Bogʻlanish uchun: 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

09 Dec, 11:50


8-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 🇺🇿

"Sodiq School" maktabida ushbu bayram munosabati bilan "Konstitutsiya bilimdoni" nomi ostida intellektual fleshmoblar hamda viktorinalar tashkil qilindi. 🚀

Tadbir tafsiloti videolavhada 📹

☎️ Bogʻlanish uchun: 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

09 Dec, 08:18


Sodiq schoolda navbatdagi rasmiy SAT imtihoni bo’lib o’tdi.

📊 Sodiq School o’quvchilari va barcha O’zbekistonlik SAT imtihonini topshiruvchilar uchun super qulaylik yaratish maqsadida AQSHning “COLLEGE BOARD” xalqaro tashkiloti bilan tuzilgan memorandum shartnomasidan keyin, test markazi sifatida o’z imkoniyatlarini kengaytirib kelmoqda.

🎯 Bu esa, o’quvchilarimiz uchun SAT imtihonini qulay sharoitlarda, ortiqcha stress va hayajonlarsiz topshirish imkoniyatini taqdim etadi.

🚀 Amalga oshirilayotgan harakatlar, maktabimiz o’quvchilarida SAT natijalar yanada yaxshilanishiga yordam beradi deb ishonamiz.

Sodiq School: biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

☎️ Bogʻlanish uchun: 788888080

Sodiq School

08 Dec, 04:32


Konstitutsiya - fuqarolar tinchligi va milliy totuvligimiz, farovon hayotimizning qonuniy kafolatidir!

🇺🇿 8-dekabr—O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

💐Qadrli yurtdoshlar, SODIQ SCHOOL jamoasi nomidan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining
32 yilligi bilan tabriklaymiz!

Milliy ramzlar qatoridan o'rin olgan bosh qomusimiz, bundan 32 yil oldin,1992-yil
8-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

🔖Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023- yil 30-aprel sanasida Mamlakatimizda  o‘tkazilgan xalq saylovi- referendumida yangilandi.

Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi.  

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

07 Dec, 10:52


🏫Sodiq school” maktabida o’quvchilarimizning bilim olishlari va qo’shimcha qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qator to’garak va qo’shimcha mashg’ulotlar faoliyat olib bormoqda.

👨🏻‍🎨Kulolchilik
🤖Amaliy fizika
♟️Shaxmat
↘️Speedcubing
Xattotlik
🥋Taekvondo
🎙️Zakovat


📈Kabi to’garaklar bilan birga, o’quvchilarning iste’dodlarini yuzaga chiqaruvchi barcha omillarni aniqlab, so’rovnomalar o’tkazish orqali, o’quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, takliflarini o’rganib qo’shimcha mashg’ulotlar tashkil qilib borilmoqda.

Shuningdek, mustaqil shug’ullanish uchun coworking zonalari, jismoniy mashg’ulotlar uchun o’yingohlar va ko’plab qo’shimcha shart sharoitlar yaratilib berilgan.

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

06 Dec, 18:20


Maktabimizda bo’lib o’tadigan navbatdagi SAT imtihoni bo‘yicha ma’lumot

🕙 Ertaga, 2024-yil 7-dekabr SAT imtihoni bo’lib o’tadi.

🕙 Eslatma: Binoga kirish soat 7:45 to‘xtatiladi. 08:00da imtihonga start beriladi.

O‘zingiz bilan imtihon uchun ruxsatnoma shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta yoki haydovchilik guvohnomasi) olib kelish yodingizdan ko‘tarilmasin.

📱 Har qanday texnikalar, telefon, kalkulyator va hakazolarni olib kelish taqiqlanadi.
Kechikkan o’quvchilar binoga kiritilmaydi.

📲 Murojaat uchun tel: +998900180960

📍JOYLASHUV

☺️Imtihonda barcha o’quvchilarga omad tilaymiz.

Sodiq School

29 Oct, 05:40


Maktabimiz o‘quvchilari va kuzatuvchilarimiz uchun ajoyib yangilik

Maryam Jamal bilan birgalikda ingliz tili va IELTS ga oid foydali ma’lumotlarni ulashuvchi rubrika yo‘lga qo‘ydik

IELTS dagi reading va writing’dan 8+ olishda yordam beradigan TOP 4 kitobni videoni ko‘rish davomida bilib oling

Nomlari qayd etilgan kitoblarni albatta sinab ko'ring.

Sizga qaysi kitoblardan foydalanasiz?
Izohlarda yozib qoldiring.


Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

24 Oct, 10:35


Ta’limi, iqtisodiyoti va madaniyati san’at darajasida bo‘lgan Yaponiyaga safarimizni e’lon qilgandik

📹 Ushbu video orqali ta’lim safarimizning to‘liq dasturi bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lasiz

❗️Biz faqatgina 25 kishi bilan ketamiz!
Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080
✍🏻
@Qwrt88

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook1

Sodiq School

23 Oct, 05:29


🎉Sodiq Schoolda yana bir yuqori ko'rsatkich.
🎯IELTS 8.0

🔥 11-sinf o‘quvchimiz Qurbonova Zaynab yutuqlari qatoriga IELTS 8.0 natijani ham kiritib qo‘ydi

😅 O‘quvchimiz uchun bu natija hech ham hayratlanarli emas. Sababini esa video davomida bilib olasiz…

👉🏻To'liq video uchun havola

Sodiq School — Biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz!

Bogʻlanish uchun:
☎️ 788888080

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Sodiq School

17 Oct, 05:58


Bir necha kun avval kunchiqar mamlakatga sayohatimizni e’lon qilgandik

Yuqoridagi videoda safar beradigan imkoniyatlar haqida batafsil bilib olishingiz mumkin

Sayohatga biz tayyormiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook1

Sodiq School

10 Oct, 06:11


🌎Sodiq School xalqaro darajada

Oʻquvchilarimiz World Scholar’s Cup musobaqasi boʻyicha iyul oyida, 🇸🇪Stokgolmda oʻtkazilgan global raundda qatnashib, umumiy hisobda 🥇3ta oltin va 🥈2ta kumush medallarini qoʻlga kiritishdi.

Endilikda esa 🇺🇸AQSH da o’tkaziladigan final raundga tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Toʻliq hikoyani esa ularning oʻzlaridan Sodiq School Youtube kanalida 👉 eshitishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook1

Sodiq School

07 Oct, 06:01


Uzoq kutilgan “Sakura operatsiyasi”

🇯🇵 Sodiq school yangi ta’lim sayohatiga tayyorlanishni boshladi. Bu galgi manzilimiz kun chiqar - Yaponiya

📆 Ushbu ta’lim safari 19-29-dekabr sanasida bo‘lib o‘tadi

Keyingi videolarda sayohat rejasi va imkoniyatlari haqida ma’lumot beramiz

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080
✍🏻
@Qwrt88

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook1

Sodiq School

03 Oct, 07:06


Sodiq School bu

Bitiruvchilari $15mln dollardan ortiq grand yutgan va dunyoning eng nufuzli universitetlarida ta’limini davom ettirayotgan maktab

60 ga yaqin o‘quvchilari IELTS dan 7.0, 7.5, 8.0 natijalarini qo‘lga kiritgan maktab

O‘quvchilari SAT dan 1200 va 1540 oralig‘idagi natijalarni qayd etgan maktab

Bitiruvchilari: Kanada, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Koreya, Malayziya, Qatar, UAE davlatlarida ta'limini grand asosida davom ettirayotgan maktab

Sodiq school! Siz uchun nima? Qalbingizdagilarni izohlarda qoldiring☺️

Sodiq School

01 Oct, 05:40


Aziz va qadrli ustozlar

Sizlarni bugungi 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" bilan Sodiq School maktabi jamoasi chin dildan muborakbod etadi.

Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va dasturxoningizga qut-baraka tilab qolamiz. Shogirdlaringiz erishgan ulkan yutuqlarni ko'rish barchangizga nasib qilsin.

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Sodiq School

28 Sep, 05:03


🚀Sodiq School sizga o'z natijalarini taqdim etishda davom etadi

Agar sizning farzandingiz ham Sodiq School o'quvchilari qatorida bo'lishini xohlasangiz, hoziroq bizga murojaat qiling

Bogʻlanish uchun:
☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook1

Sodiq School

23 Sep, 09:52


Bizdan yana 🔥 (olov) natijalar

Bugun ham yana bir guruh o‘quvchilarimiz natijalari ro‘yhatini e’lon qilmoqchimiz

🔥IELTS dan 7.0 ball Shuhratullayev Muhammad, Akmalxon, A‘zamjonov Ulug‘bek, Rahmiddinova Zarina va Shuxratova Solihabonular qo‘lga kiritishdi.

🎯Yana bir o‘quvchimiz Abdulloh Ochilov esa 6.5 ballni qo'lga kiritdilar.

Agar sizning farzandingiz ham Sodiq School o'quvchilari qatorida bo'lishini xohlasangiz, hoziroq bizga murojaat qiling

Bogʻlanish uchun:
☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook1

Sodiq School

20 Sep, 09:15


😎 Bugungi qahramonlarimiz bilan tanishing

🇩🇪 Qosimov Usmonjon, Sharipov Ilyos va Saidmurodov Saidolimlar Germaniyadagi University of Europe for Applied Science ga 50% grand asosida,

🇲🇾 Abdurahmon esa Malayziyadagi A.P.U ga grand asosida qabul qilinganlar va ta'limini usha yerda davom ettirmoqdalar.

🔥 Sodiq Schoolda
o‘tgan o‘quv yili umumiy hisobda bitiruvchilarining 30 dan ortig'i ta'limini chet elning Germaniya , Buyuk Britaniya , Malayziya va boshqa davlatlarida joylashgan Birmingham , King's College's , A.P.U va EU kabi nufuzli universitetlarida davom ettirishmoqda.

Agar sizning farzandingiz ham Sodiq School o'quvchilari qatorida bo'lishini xohlasangiz, hoziroq bizga murojaat qiling

Bogʻlanish uchun:
☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook1

Sodiq School

17 Sep, 05:25


🧐 Sodiq School’da “Ochilish tadbiri qanday oʻtdi?

4-sentabr kuni oʻquv yilining boshlanishi munosabati bilan tadbir tashkillashtirilib, ushbu oʻquv yili uchun koʻzlangan maqsadlar oʻquvchilarga tushuntirildi.
🔥 Yangi natijalarga tayyormiz!

Bogʻlanish uchun: ☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook

Sodiq School

11 Sep, 11:22


Tarbiya fani ustozi Ziyovuddin Rahim bilan tanishing

📚Ustozimiz bir qancha ilmiy ma'rifiy kitoblar muallifi hisoblanadilar:
◽️Baxtli hayot sari
◽️Qalblar tabobati
va boshqalar

Maktabimizdagi tarbiya darslarida farzandingiz milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda halollik, rostgoʻylik va halollik hislari singdiriladi.

Sizlarni Sodiq School va Seven Schooldagi tarbiya darslarida kutib qolamiz.

Bogʻlanish uchun:
☎️ 788888080

Ro‘yxatdan o‘tish:
sodiq.school

Telegram | Instagram | Facebook

Sodiq School

03 Sep, 09:15


🔔 Ochilish marosimida sizni nimalar kutmoqda?

◽️Asoschilar, o'qituvchilar va xodimlar jonli suhbat
◽️Mehmon ustozlarimiz bilan yuzma yuz ko'rishish
◽️Bayram dasturxoni
◽️Qiziqarli bayram dasturi

🗓: 4-sentabr, 10:00
📍: Sodiq School


Yangi o‘quv yilida barchaga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz 😊

Sodiq School

03 Sep, 05:27


🔔 Yangi o’quv yiliga biz tayyormiz, sizchi?

Ertaga maktabimizda navbatdagi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan ochilish tadbiri tashkillashtirilmoqda.

ℹ️ Tadbirga o‘quvchilarimiz va ularning ota-onalari tashrif buyurib, o‘quv yili natijalari va navbatdagi o‘quv yili rejalar bilan tanishishlari mumkin.

Tadbir rejasi yuqorida batafsil yoritilgan.

Yangi o‘quv yilida barchaga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz 😊