Ibrat Farzandlari @ibratfarzandlari Channel on Telegram

Ibrat Farzandlari

@ibratfarzandlari


@yoshlaragentligi tomonidan tashkil etilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi.

Ibrat farzandlari bilan o’zbek va xorijiy tillarni bepul, oson va kreativ usulda o’rganing!
Loyiha hamkori “SQB” banki.

Ibrat Farzandlari (Uzbek)

Ibrat Farzandlari kanali yoshlar uchun o'zlarini rivojlantirish va o'rganish imkoniyatini taklif etadi. Bu kanal, yoshlar agentligi va SQB tomonidan tashkil etilgan va o'zbek va xorijiy tillarni mutlaqo bepul, oson va kreativ usulda o'rganish maqsadini ta'kidlaydi. Kanalda o'quv materiallari, testlar, darsliklar va eng so'nggi yangiliklar mavjud bo'ladi. Ibrat Farzandlari loyihasi sizga o'z so'z varagi bilan dunyo tilini o'rganishga imkon beradi. Siz ham Ibrat Farzandlari kanaliga a'zo bo'ling va yanada rivojlangan til bilimlaringizga ega bo'ling!

Ibrat Farzandlari

26 Jan, 08:31


🔥 Husanov inglizchani tezroq o'rganarmikan yoki Gvardiola o'zbekchani?

Manchester City bosh murabbiyi Pep Gvardiola sport jurnalisti Fabritsio Romanoga bergan intervyusida "Abduqodir bilan gaplashish uchun o'zbek yoki rus tili o'rganishim kerak", deya izoh bergan.

👍 "Ibrat farzandlari" mashhur trenerga ingliz tili orqali o'zbek tili darslarini, millatimiz faxri Abduqodir Xusanovga esa o'zbek tili orqali ingliz tili darslarini tavsiya qiladi.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

25 Jan, 12:44


Sun'iy til haqida bilasizmi?

🤓 To'g'ri o'qidingiz sun'iy til, sun'iy intellekt emas.

1887-yilda yaratilgan bu sun’iy xalqaro til dunyoda 2 milliondan ortiq odam tomonidan ishlatiladi!

🔝 Qiziq ma’lumotlarni bilib olish uchun karusel postimizni ko‘ring!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

24 Jan, 14:00


🇮🇹 Bu safargi xushxabarimiz italyan tili ixlosmandlariga!

"Ibrat farzandlari" hamda Italiyaning Milan shahrida joylashgan Xorijiy tillar va kommunikatsiya Universiteti o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

🤝️️ Mazkur memorandum doirasida seminar, vebinarlar tashkil etiladi, italyan tilini o'rgangan eng bilimdon yoshlar almashinuv dasturlari asosida mazkur universitet kurslarida tahsil olishadi.

Hoziroq italyanchani o'rganishni boshlang!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

24 Jan, 06:03


"Ibrat farzandlari" iqtidorli dizayner-illyustratorlarni ishga taklif qiladi

Ishga qabul qilinish sharti oddiy!

Siz suratda ko'rib turgan qahramonlar asnosida jonli, yoqimli, milliylik va zamonaviylikni qamrab olgan 3 ta obraz yaratishingiz va bizga yuborishingiz so'raladi. Eng sifatli, chiroyli va original ish egasi "Ibrat farzandlari" jamoasiga qo'shiladi.

Muddat: 27-yanvar, soat 17:00 gacha.

Suratlar quyidagi telegram akkauntiga yuborilishi kerak: @IskandarUlugbekovich

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

18 Jan, 09:00


Aytilgan vaqtda va manzilda kutamiz!

🫵🏻 Yakshanba kuni (19-yanvar), soat 14:00 da siz bilan yana "Ibrat Speaking Club" da ko'rishguncha:

*Ro'yxatdan o'tishni unutmang

📍Manzil: Yoshlar ijod saroyi, 2-qavat

@speaking_club_ibrat

Ibrat Farzandlari

17 Jan, 14:17


Ozarbayjon tilini o‘rganayotganlar uchun imkoniyatlar yanada ko‘p!

Bugun Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari Akif Marifli hamda markaz vakillari “Ibrat farzandlari” ofisida mehmon bo‘lishdi.

Loyiha rahbari Rustam Qoriyev bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik doirasida bir qator kelishuvlarga erishildi.

Kelishuvga binoan endilikda ozarbayjon tilini o‘rganayotgan o‘zbek yoshlari Bakuga, o‘zbek tilini o‘rgangan ozarbayjonlik yoshlar esa Toshkentga tashrif buyurishadi.

Undan tashqari “Ibrat farzand”lari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan ta’lim yarmarkasida ishtirok etadi hamda Ozarbayjonda o‘zbek tilini o‘qitishda bevosita ishtirok etadi.

Shuningdek, Markaz vakillari Yoshlar ishlari agentligining boshqa loyihalari bilan tanishar ekan, “Mutolaa” loyihasiga ham katta qiziqish bildirishdi.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

17 Jan, 09:28


📢 Ingliz tilini o'rganayotganlar uchun so'rovnoma!

Ingliz tilini o'rganishingiz qanday kechyapti, Ibrat Farzandlari uchun qanday takliflaringiz bor?

Bizning qisqa so'rovnomamizni to'ldirib, o'z fikringizni bildiring. Sizning javoblaringiz biz uchun muhim!

📋 So'rovnoma havolasi: https://forms.gle/XXhykDjPCybGSdVu9
To'ldirish uchun atigi 2-3 daqiqa vaqt ketadi.

Rahmat! 🙌

Rustam Qoriyev

Ibrat Farzandlari

16 Jan, 14:44


✨️️️️️️️ Hammaga rahmat, suhbatimiz juda zo'r o'tdi!

Tez orada yozib olingan variantini yuboramiz.

🙌️️️️️️ Muqaddas Taylanovaga ham rahmat aytamiz.

Suhbat haqidagi fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

16 Jan, 14:44


Live stream finished (40 minutes)

Ibrat Farzandlari

16 Jan, 14:03


Live stream started

Ibrat Farzandlari

16 Jan, 12:18


🇰🇷 TOPIK darajasini oshirish strategiyalari

Do'stlar bugun koreys tili ustozimiz Muqaddas Taylanova bilan suhbatimiz bo'lib o'tadi.

Suhbat davomida koreys tilidan qanday qilib yuqorida daraja olish sirlarini bilib olasiz.

💬 Ovozli chatimiz 16-yanvar, bugun soat 19:00 da bo'lib Ibrat Farzandlari telegram kanalida bo'lib o'tadi.

누가 참여하나요?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

16 Jan, 10:07


Sizlarga yana bir yordam beramiz

🔵 🔴

Lekin ikkalasining ham bayrog'ida shu ranglar bor ekan:)

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

15 Jan, 14:08


☹️ Farzandingizni telefon o'ynashidan xavotirdamisiz?

U holda sizga KIDS ACADEMY loyihamizni tavsiya qilamiz. Loyiha doirasida bolalar o'yinlar orqali ingliz tilini o'rganishadi.

🔥️️️️️️ Hozirda yangi guruhlar uchun qabul davom etmoqda.

Batafsil ma'lumot va guruhlarga yozilish uchun quyidagi linkka kiring:

➡️ https://forms.gle/49Y8pdUufxqgpM4W6

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

15 Jan, 12:17


Ibrat Academy ilovamizdagi uzilishlar tez orada bartaraf etiladi

📱 Ilovada katta o'zgarishlar, yangi funksiyalar qo'shilayotganligi uchun uzilishlar kuzatilyapti.

Jamoa bu muammoni yechish ustida tinim bilmay ishlab kelmoqda.

😊️️️️️️ Ilovamizdan foydalanib, u uchun qayg'urayotganingizdan xursandmiz. Yana ozroq sabr qilishingizni so'rab qolamiz.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

15 Jan, 05:11


Sizga so'nggi imkoniyatni beramiz!

APPLY BELOW (all requirements are given):

👉🏻 https://forms.gle/qXYXTCD3RtXep5AB7

Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatib boring: Telegram |  Instagram

Ibrat Farzandlari

14 Jan, 16:07


Serialning 7-qismi qachon chiqadi?

Kurash serialining keyingi qismini intiqlik bilan kutyapsizmi?

Avvalroq aytganimizdek, serialning 7-qismi faqat "Kurash - hayot davom etadi" YouTube kanalining obunachilari soni 10,000 ga yetganda youtubega joylanadi. Siz ham bu jarayonni tezlashtirishga yordam bera olasiz!

Buning uchun quyidagi havola orqali kanalga hoziroq obuna bo‘ling:
📌https://www.youtube.com/@kurash_ibrat

🎬 @kurash_ibrat

Ibrat Farzandlari

14 Jan, 14:07


Ibrat Farzandlari ustozlari Toshkent telekanalida

📺 Toshkent telekanalining "Siz nima deysiz?" ko'rsatuvida Ibrat Farzandlari loyihasining bir qancha o'qituvchilari mehmon bo'lishdi.

Ko'rsatuv davomida o'zlarining loyihadagi faoliyatlari haqida to'xtalib o'tishdi.

👆 Yuqoridagi video orqali ko'rsatuvni ko'rishingiz mumkin.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

14 Jan, 10:17


🇺🇿 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Bugun ona yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash yo‘lida fidokorlik bilan xizmat qilayotgan aziz himoyachilarimiz bayrami!

✨️️️️️️️ Ibrat Farzandlari jamoasi nomidan barcha himoyachilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! Sizlar – bizning faxrimiz, kuchimiz va himoyamizsiz!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

12 Jan, 11:55


🎉️️️️️️ Ibrat Kids Academy uchun navbatdagi qabulni ochiq deb e'lon qilamiz!

Siz uzoq kutgan yangilikni, mana bugun ma'lum qildik. Tezroq farzandlaringizni guruhlarimizga yozdiring.

🗣️️️️ Bu galgi guruhlarimizdan ham qolib ketmang!

Batafsil ma'lumot va guruhlarga yozilish uchun quyidagi linkka kiring:

➡️ https://forms.gle/49Y8pdUufxqgpM4W6

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

11 Jan, 15:52


⚡️ Yaxshi tavsiya berdik to’g’rimi?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

11 Jan, 15:05


⚡️⚡️⚡️ 1 kun qoldi

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

10 Jan, 11:04


💬 Kechagi suhbatimizning yozib olingan variantini ko'rishingiz mumkin

Qatnasha olmaganlar yoki to'liq ko'ra olmaganlar uchun ayni muddao.

Navbatdagi suhbatimiz qaysi tildan yoki qaysi mavzularda bo'lishini xohlaysiz?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 18:07


3️⃣ kun qoldi

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:45


Barchaga rahmat!

Birozdan so’ng suhbatning yozib olingan variantini tashlaymiz.

Ungacha izohlarga suhbat haqidagi fikrlaringizni yozib qoldiring!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:44


Live stream finished (42 minutes)

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:21


Savollaringiz bo’lsa mana shu post izohiga yozing

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:14


– Turkiyada o'qish haqida gaplashyapmiz!

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:09


#Türkçeöğrenmekiçintavsiye

Mustaqil Turk tilini o’rganmoqchi bo’lganlar uchun
quyidagi mateial va tavsiyalarimni jamladim.

Bilamizki til o’rganishni boshlaganizda eng birinchi navbatta grammatikani boshlash zarur bo’ladi. Shuning uchun sizlarga quyidagi grammatika darslarimni ko’rishingizni tavsiya qilaman.

- Grammatika darslari link
- Bundan tashqari @azizashokirova ustozning so’zlashuv darslarini ko’ring.
Link

Bir kunda kamida 2 soat Turk tili bilan shuğullaning 🕙
Doimiy serial ko’ring 🎥
Harkuni tongda so’z yodlang 📕
Ko’proq gaplashing 🗣
Dinleme uchun foydalanishingizga

Har bir daraja uchun dinleme matnları bor
Dinleme

Yozma uchun mavzular
Yazma

Gapirish uchun mavzular
Konuşma

Okuma uchun kitoblar
Okuma

Yuqoridagi tavsiyalar va berilgan materiallar bilan 100% tayyor bo’lasizlar.

Albatta barchasini bajarsangiz !

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:06


Do'stlaringizni ham taklif qiling

👉 https://t.me/ibratfarzandlari?livestream
👉 https://t.me/ibratfarzandlari?livestream
👉 https://t.me/ibratfarzandlari?livestream

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:05


– Turk tili qiziquvchilari qolib ketmang!

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:03


Do'stlar boshladik

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 16:02


Live stream started

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 15:06


1 soat qoldi...

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 13:30


Ovozli chatimiz boshlanguncha

"Issiqqina" kontentimizni tomosha qilib turing, foydali bo'lishi aniq!

👉 https://www.instagram.com/reel/DEmy5vttcAX/
👉 https://www.instagram.com/reel/DEmy5vttcAX/
👉 https://www.instagram.com/reel/DEmy5vttcAX/

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 13:05


🌟️️️️ Suhbatimiz boshlanishiga 3 soat qoldi. Tayyormisiz?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 12:08


✨️️️️️️️ Suhbatgacha sizlar uchun turk tili haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan bo'lishib turamiz

- Turk tili 83 million so'zlashuvchisi bilan dunyoda eng ko'p so'zlashiladigan tillar qatorida 16-o'rinda turadi.

- Turk tili Turkiya, Kipr Respublikasi va Shimoliy Kiprning xalqaro rasmiy tili hisoblanadi.

- Turk tilidagi so'zlarning bir qismi arab, fors va fransuz tillaridan kirib kelgan.

- Turkchada ham bir qancha shevalar mavjud bo'lib, Istanbul Turkchasi - Standart Turkcha sifatida qabul qilingan.

🔥 Ovozli chatda esa bundan-da muhim va foydali ma'lumotlar beriladi, tayyor turing!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Jan, 08:14


🇹🇷 Turk tilini o'rganish va Turkiyada ta'lim

Do'stlar bugun turk tili ustozimiz G'ulomjon Sobirov bilan suhbatimiz bo'lib o'tadi.

Suhbat davomida:
- Ibrat farzandlari orqali turk tilini o'rganish yo'riqnomasi
- Turk tilini o'rganib, Turkiyada ta’lim olish
- Turkiya grantlari haqida ma’lumot
- CEFR va TYS imtihonlarining bir biridan farqi kabi ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

💬 Ovozli chatimiz 9-yanvar, bugun soat 21:00 da bo'lib Ibrat Farzandlari telegram kanalida bo'lib o'tadi.

Kimler katılacak?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

08 Jan, 13:03


4️⃣ kun qoldi

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

08 Jan, 10:03


⚡️ Rustam Qoriyev bilan bo’lgan suhbatimiz sizga manzur bo’lganmidi?

Endi keyingi ovozli chatimizga tayyormisiz?

🇹🇷 Turk tili ixlosmandlari bormi oramizda:)

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

06 Jan, 15:02


6️⃣ kun qoldi

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 16:08


⚡️ 8 kun qoldi

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 14:54


"Ibrat farzandlari" malakali mutaxassislarni qidirmoqda!

"Ibrat farzandlari" o'z jamoasiga quyidagi mutaxassislarni chorlaydi:

- Content Developer
- Project Manager
- UI/ UX Designer
- Assessment Specialist
- Machine Learning & AI Specialist
- BackEnd dasturchi


Agar sizda yuqoridagi sohalar bo'yicha kamida 5 yillik tajriba bo'lsa, u holda bizga murojaat qiling. CV hamda qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:

👉 @IskandarUlugbekovich

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 13:17


Suhbatning yozib olingan varianti

Qatnasha olmaganlar eshitib olishi mumkin.
@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 13:17


— Suhbatda qatnashgan barchaga rahmat

Suhbat haqidagi fikrlaringizni izohlarga yozib qoldiring!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 13:15


Live stream finished (44 minutes)

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 12:46


Do’stlaringizni ham taklif qiling!

Quyidagi link orqali qo’shiling:
👉 https://t.me/ibratfarzandlari?livestream

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 12:44


— Ishtirokchilar 400 dan oshdi 500 dan oshira olamizmi? 🔥

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 12:42


Ovoz yaxshimi?

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 12:31


— Suhbat boshlanyapti do’stlar

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 12:31


Live stream started

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 12:11


— Suhbat boshlanishiga 20 daqiqa qoldi!!!

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 11:04


Sizni uzoq kuttirmaymiz

🔥️️️️️️ 2025-yildagi birinchi ovozli chatimiz Rustam Qoriyev bilan bo'lib o'tadi.

Mavzu esa juda aktual – Ingliz tilini o'rganishda INTIZOM.

📅 4-yanvar, bugun soat 17:30 da sizni Ibrat Farzandlari telegram kanalida kutib qolamiz.

Yilni foydali bilimlar bilan boshlang!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 10:35


To'g'ri javob topganlar bo'ldi

Endi keyingi savol suhbatimizni qachon qilaylik?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 10:35


Rustam Qoriyev ustozimiz bilan deb o'ylayman)

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 10:35


Rustam Qoriyev

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 10:35


Rustam Qoriyev ustoz bilan deb o‘ylayman

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 08:51


— Do’stlar 2025-yildagi birinchi ovozli chatga tayyormisiz?

Va nima deb o’ylaysiz u kim bilan bo’ladi?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

04 Jan, 06:21


Diqqat! Muhim!

"Ibrat Academy" ilovasidagi mavjud yangilanishlar sababli sizdan shaxsiy kabinetingiz (account)ga qayta kirishingiz so'ralishi mumkin. Kabinetga qayta kirganingizda sizning barcha ma'lumotlaringiz saqlanib qoladi.

Qaytadan kirish uchun ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz hamda parolingizni yozishingiz kifoya!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

03 Jan, 14:35


9️⃣ kun qoldi

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

02 Jan, 14:07


1️⃣0️⃣ kun qoldi

@kidsenglish_ibrat

Ibrat Farzandlari

31 Dec, 19:07


🎉 Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!

Yana bir ajoyib yilni ortda qoldirib, yangi umidlar va rejalarga boy 2025-yilni kutib olyapmiz.

O‘tgan yil bizga qanchadan-qancha darslar, imkoniyatlar va unutilmas xotiralar berdi.

Endi esa, oldimizda yangi sahifalar va yangi marralar turibdi.

😊 Bu yilda sizga va yaqinlaringizga cheksiz baxt, sog‘lik va xotirjamlik, yangi yutuqlarga erishishingiznj tilab qolamiz.

🎇 Yangi yil muborak! 🎇

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

28 Dec, 14:29


🌟 2024-yilning unutilmas yutuqlari: Ibrat farzandlari loyihasi sarhisobi!

Har bir yil o‘ziga xos bo‘ladi, ammo 2024-yil biz uchun alohida muvaffaqiyatlar va katta o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Ushbu yilda:

- Millionlab yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi;
- Ta’lim va rivojlanish dasturlarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi;
- Loyihalarimiz orqali ko‘plab orzularni amalga oshirdik va jamiyatimizga katta hissa qo‘shdik.

💪 Bu yutuqlar nafaqat bizning, balki barcha ishtirokchilar va qo‘llab-quvvatlagan insonlarning mehnati samarasidir.

Barchasi haqida quyidagi videoda batafsil bilib oling:

👉 https://youtu.be/kLuXlKU2Has?si=hz7KwURZWD73ctOn

Ibrat Farzandlari siz uchun nima?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

26 Dec, 08:32


⚡️Ibrat Farzandlari loyihasi orqali til o'rganib, seritifikat olganlar bormi obunachilarimiz ichida?

Qaysi tilni o'rgana oldingiz, qaysi darajagacha? Yana qanday imkoniyatlar loyihada aks etishini xohlar edingiz?

Javoblaringiz uchun rahmat!

Ibrat Farzandlari

24 Dec, 12:01


KONKURS! Million uchun million

🔥️️️️️️ Kurash veb serialining istalgan joyidan kesib, reels video tayyorlang va serial instagram sahifasiga "collabration" yuboring.

Har 500 ming "prosmotr" uchun 500 ming so'mdan yutuqqa ega bo'ling.

Shoshiling konkurs 31-dekabrgacha amal qiladi.

🎬 @kurash_ibrat

Ibrat Farzandlari

24 Dec, 08:02


Podkastni hali korishga ulgirmaganlar!

Quyidagi link orqali podkastni ko'ring va 2025-yilga maqsadlaringizni qo'yib, ularga erishish uchun harakatni boshlang:

https://youtu.be/ROc1Ujgc9BY
https://youtu.be/ROc1Ujgc9BY
https://youtu.be/ROc1Ujgc9BY

@ibratpodcast

Ibrat Farzandlari

24 Dec, 08:01


– Do'stlar qaranglar, qanday zo'r fikrlar kelgan podkast haqida:)

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

24 Dec, 08:00


Ey podcast vashshe yorvoreyshin boʻlipti. Mazza qilib koʻrdim. Prosta boʻmba🔥🔥. Judayam foydali va kerakli insightlarni oldim. Rahmat kattakon. Savollarimga ham eʼtibor berib javob beribsilar, menda ham top 100talik universitylarga kirishga umid, mativatsiya va ishonch uygʻondi. Hozirgi aynan IELTS va SAT ga tayyorlanvotgan paytimga ham zoʻr informationlar berdilar. Baʼzi joylarida oʻzimni koʻrdim. Va bu podcastdan 6ta eng kerakli narsani oʻrgandim: 1. Inson maqsad qilib, hard working qilib, consistently harakat qilishi kerak maqsadiga erishish uchun. 2. Oldizga ubu maqsad qoʻydizmi focusni faqat shunga jalb qilish kerak. 3. Inson faqat va faqat oʻziga ishonishi kerak va ustozlari, ota onalarini ishonchlarini oqlash uchun maksimalniy harakat qilishi kerak. 4. Ishda kamtar boʻlishi kerak. 5. Oʻzligidan voz kechmasligi kerak. Va oxirgisi hamisha, hamma vaqt risk qilishga tayyor boʻlishi kk. Bu padcast uchun katta rahmat. Maroq bilan yuzim qizarib, koʻzim porlab koʻrdim. Yana shunday podcastlarni kutaman. Inshaalloh men ham oʻzim oldimga maqsad qoʻydim. Yaʼni men ham shu podcastda speaker boʻlib qatnashaman xudo xohlasa. Bu maqsad kecha 23-dekabr kuni qoʻyildi va bu albatta ushalishi uchun maksimalniy harakat qilaman ❤️❤️❤️👍👍🔥🔥. Hammaga rahmat

Ibrat Farzandlari

24 Dec, 07:50


– Podkastni ko'rganlar fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

22 Dec, 12:01


⚡️ Harvardga yo’l

Premyera boshlandi do’stlar. Ko’rsatuvni birinchilardan bo’lib tomosha qiling:

https://youtu.be/ROc1Ujgc9BY
https://youtu.be/ROc1Ujgc9BY
https://youtu.be/ROc1Ujgc9BY

@ibratpodcast

Ibrat Farzandlari

22 Dec, 11:08


Premyeraga tayyormisiz

🤩 Yoningizga issiqqina choy yoki kofe, shirinliklarni olib keling, daftar, ruchka ham tayyorlab qo’yavering.

Chunki juda muhim ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

📌 Bugun soat 17:00 da quyidagi link orqali ko’rsatuvni tomosha qiling.

— https://youtu.be/ROc1Ujgc9BY

Link orqali kirib eslatish tugmasini bosib qo’ying, shunda yodingizdan ko’tarilmaydi.

@ibratpodcast

Ibrat Farzandlari

21 Dec, 14:40


⚡️Eksklyuziv suhbat

Yaqindagina Harvard University'ga grant asosida kirgan Azizbek bilan bo'lgan suhbatimizni sizga taqdim qilishga tayyormiz.

🔥️️️️ TOP universitetga kirish jarayoni bo'yicha "issiqqina" ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Sizning savollaringiz ham qolib ketmagan.

Xo'sh, podkastni kutayotganlar qanchamiz:)?

@ibratpodcast

Ibrat Farzandlari

21 Dec, 12:39


"Besh tashabbus" olimpiadasi ishtirokchilari respublika bosqichiga yo'l olishdi

Shu yilning 17-dekabr kuni "Ibrat farzandlari" loyihasi hamkorligida tashkil etilayotgan "Besh tashabbus" olimpiadasining viloyat va shahar boshqichi respublikamizning barcha hududlarida bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar 100 ball uchun bellashishdi. 100 balldan 40 foizi test topshiriqlari bo'yicha, 60 foizi esa og'zaki nutqga ko'ra berildi.

Ikkinchi bosqich g'oliblari diggatiga! Respublika bosqichi bilan bog'liq ma'lumotlar yuzasidan "Besh tashabbus" olimpiadasining hududiy vakillari siz bilan bog'lanishadi.

🔥️️️ G'oliblarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

21 Dec, 08:01


🎉YANGILIKNI ESHTIDINGIZMI? 🎉

1️⃣ "Ibrat Debate" o‘zining 1 yilligini nishonlamoqda va qatnashuvchilar uchun maxsus sovg'alar tayyorlab qo'ygan!

📅 22-dekabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida 🚀

Debatlarimiz:

📍Toshkent shahri
📍Toshkent viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Andijon viloyati
📍Namangan viloyati
📍Qoraqalpog'iston Respublikasi

🔥 Bu safargi mavzu:
"Should national clothing be encouraged in daily life or in special ceremonies?"

🌟 Qanday qatnashish mumkin?
Shunchaki @ibratdebate_bot ga kiring va ro‘yxatdan o‘ting!

📱 Telegram | 🌐 Instagram

Ibrat Farzandlari

20 Dec, 13:26


Ibrat farzandlaridan o’zbek tilini o’rganayotgan amerikalik qiz⚡️

Ibrat Farzandlari

20 Dec, 12:01


KURASH serialining qolgan qismlari qachon chiqadi?

🔥️️ Do'stlar sizga serialning 6 ta qismini taqdim qildik va izohlardan ko'rib turibmiz-ki serial sizga ma'qul kelyapti.

Bizningcha, siz serialni ko'rar ekansiz, uning tagida asli g'oyasi borligini, juda katta mehnat va vaqt talab qilganini sezdingiz.

😊 Shunga qaramasdan biz serialni sizdan faqatgina aktivlik, ko'pchilikka foydasi tegsin deya yaqinlaringizga tavsiya qilishingizni so'ragan holda taqdim qilyapmiz.

Lekin negadir unchalik aktiv emassiz, axir Ibrat farzandlarining ya'ni sizning kuchingiz bundan-da ko'prog'iga qodir.

⚡️ Shuning uchun sizdan yanada aktiv bo'lishingiz so'rab qolamiz va KURASH seriali (youtube.com/@kurash_ibrat) YouTube kanali obunachilari:

10 mingga yetsa – 7-qismni
15 mingga yetsa – 8-qismni
20 mingga yetsa – 9-qismni
25 mingga yetsa – so'ngi 10-qismni taqdim qilamiz.

Do'stlaringizni, yaqinlaringizni kanalimizga qo'shing yoki taklif qiling, ularga foydamiz tegishi aniq.

🫵 Biz sizlarga ishonamiz, axir siz Ibrat farzandlarisiz! Zero maqsadimiz bir – ko'proq yoshlarga foydamiz tegsin. Let's go!

KURASH seriali YouTube kanali – youtube.com/@kurash_ibrat

🎬 @kurash_ibrat

Ibrat Farzandlari

19 Dec, 18:16


⚡️Yilning so‘nggi va eng exclusive marafoni spikerlari bilan tanishing!

12 soat davomida, onlayn tarzda, turli xil davlatlarning top universitetlari talabalari bilan suhbatlashamiz. Ushbu talabalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Kechagi post izohlarida ko'rsatilgan Garvard, Stanford, Yale hamda Princeton kabi TOP universitetlarida ta'lim olayotgan yoshlar bilan muloqot qila olasiz. O'zingizni qiziqtirgan savollarni ularga bera olasiz. Umid qilamanki, Sizlar uchun juda foydali muloqot bo'ladi.

Sana: 20-dekabr.
Manzil: https://t.me/Top100_Uni

Ibrat Farzandlari

19 Dec, 16:28


🔥️️️️️️ Podkastimiz chiqdi do'stlar!

Quyidagi link orqali kirib tomosha qiling va yaqinlaringizga ham ulashing:

💬 https://youtu.be/iEAEDIGemZo

@ibratpodcast

Ibrat Farzandlari

19 Dec, 12:28


Cambridge University'da tadqiqot o'tkazayotgan Dilshoda Rabbimova

🔥️️️️️️ Podcast davomida tadqiqot jarayoni, ta'lim tizimi, til o'rganish kabi qiziqarli ma'lumotlarga va albatta siz so'ragan savollarga javob topasiz.

Premyerani o'tkazib yubormang!

💬 19-dekabr bugun, IBRAT PODCAST YouTube kanalida kutib qolamiz.

– https://youtu.be/iEAEDIGemZo

@ibratpodcast

Ibrat Farzandlari

18 Dec, 09:13


Xabaringiz bor Azizbek Harvard'ga grant asosida qabul qilingan edi

Biz ular bilan bugun podcast tashkil qilyapmiz.

Agar sizni qiziqtirayotgan savollar bo'lsa izohda qoldiring, podcast davomida savollarga Azizbekdan javob olamiz ⬇️

Dilshoda Rabbimova bilan podcast tez orada premyera qilinadi, "bomba" suhbat bo'lgan:)

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

18 Dec, 07:12


🎉 YANGILIKNI ESHTIDINGIZMI? 🎉

🇺🇿 Ibrat Debate o‘zining 1 yilligini nishonlamoqda va sizni bunga taklif qiladi!

📅 22-dekabr kuni O‘zbekistonning barcha hududida🚀

Debatlarimiz:

📍Toshkent shahri
📍Toshkent viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Andijon viloyati
📍Namangan viloyati
📍Qoraqalpog'iston Respublikasi

🔥 Bu safargi mavzu:
"Should national clothing be encouraged in daily life or in special ceremonies?"

🌟 Qanday qatnashish mumkin?
Shunchaki @ibratdebate_bot ga kiring va ro‘yxatdan o‘ting!

Telegram | Instagram

Ibrat Farzandlari

16 Nov, 18:20


Ibrat Farzandlari Alisher Sadullayev Zafarovichni muborakbod etadi

Yoshlar ishlari agentligi direktori, o’zbek yoshlari lideri Alisher Sa’dullayev Prezident farmoni bilan Oliy Majlis Senatining a'zosi etib qayta tayinlandi.

Alisher Zafarovich va boshqa senatorlarning faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

15 Nov, 16:25


🫵 Unday bo'lsa sizlar uchun bitta darslik beramiz

Darslikda siz yuqorida o'zingiz aytib o'tgan muammolarni yechish uchun tavsiyalar va qo'llash uchun texnikalar olasiz.

⚠️ Bitta iltimos, darsni oxirigacha ko'rib, u yerda aytilgan tavsiyalarga amal qiling.

Shunchaki ko'rib qo'ymang. Bo'lmasa natijaga erisholmaysiz, orzularingiz puchga chiqadi.

👉 Darsni olish uchun mana shu yozuv ustiga bosing!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

15 Nov, 15:03


Ha, barchada har xil sabablar

Lekin hammasi asosan 2 ta muammoga olib kelyapti:
1. Vocab va grammatika
2. Qo'rquv, hayajon, uyalish

Shundaymi?

Ibrat Farzandlari

15 Nov, 14:04


Nega ko'pchilik speaking va writing'da qiynaladi? Nima deb o'ylaysiz?

Fikringizni izohga yozing!

Ibrat Farzandlari

13 Nov, 15:46


Yangi tajriba – yangicha yondashuv

🔥️️️️ Ilk marotaba respublika miqyosida prokuratura organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Xorijiy til bilimdoni” marafoni oyligi boshlanish arafasida turibdi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ibrat Farzandlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

⚡️️️️️️️ Marafonning asosiy maqsadi prokuratura organlaridagi yosh xodimlarning ingliz tilini kasbiy faoliyatda samarali qo‘llashlari, yosh xodimlarning xorijiy tillar bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish hamda yanada til bilish darajasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish.

Biz marafon orqali til o‘rganishni ommalashtirish va mazkur jarayonda hamkorlik muhitini yaratishdan mamnunmiz.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

13 Nov, 08:15


Ko'zlangan maqsadga erishibmiz

🔥️️️️ Marhamat qabul qiling TOEFL darslari!

Quyidagi link orqali TOEFL darslarini kuzatib boring va nufuzli oliygohlarda o'qish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

👉️️️️️️ https://www.youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyLZX7Yi3aRMcpYtW2x9CdT8

Ibrat Farzandlari sizga ilm ulashishdan to'xtamaydi!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

12 Nov, 10:07


Esingizda bo'lsa TOEFL haqida sizga qisqacha ma'lumot bergandik

💡 Izohlarda ko'rdik-ki, sizlarga yanada to'liqroq ma'lumot kerak ekan.

Shuni inobatga olgan holda sizlar uchun yangi TOEFL darslarini boshladik.

🔥 Endi esa sizlardan aktivlik so'rab qolamiz. 300 ta 👍va darslar linkini sizlarga taqdim qilamiz. Let's go!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

12 Nov, 08:57


O'zbekiston yoshlari uchun xorijiy tillarni o‘rganish yo‘lidagi imkoniyatlarni kengaytirish va oshirish yo'lida "Ibrat Farzandlari" loyihasi katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirmoqda.

Loyihaning so'nggi uch oyda erishgan yutuqlari hayratlanarli. "Ibrat Farzandlari" loyihasining ta'lim materiallari keng ommaga yetib borib, minglab yoshlarni bepul ta'lim bilan ta'minlashda katta o'rin egallamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda loyiha materiallari millionlab ko'rishlarga erishib, faollar chekka hududlardagi ishtirokchilar bilan doimiy aloqada bo'lib kelmoqda. Bu loyihaning ommaviyligi va xalqaro miqyosdagi ishtirokchilar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi, bu esa yoshlar orasidagi qiziqishni yanada oshiradi​.

Jizzaxdagi oflayn tarzda tashkil etilgan "Ibrat Farzandlari" akademiyasi chekka hududlardagi yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga mo'ljallangan. Ushbu akademiyada chet tillarni chuqur o'rganish imkoniyati taqdim etilmoqda. Mentorlar orasida nufuzli universitetlarni bitirganlar, jumladan, Stenford va Garvard singari muassasalarda tahsil olgan mutaxassislar ham bor. Bu yoshlar uchun faqat til o'rganish emas, balki keng qamrovli global bilimlarni egallash imkoniyatidir.

"Ibrat Farzandlari" bepul onlayn ta'lim dasturlarini taqdim etish orqali yoshlarga sifatli bilimlarni uylaridan chiqmasdan o'rganish imkoniyatini taqdim etadi. Ayniqsa, ingliz, nemis, ispan va boshqa tillarni o'rgatish orqali turli imkoniyatlarga yo'l ochmoqda. Bu tashabbus yoshlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi global muvaffaqiyatlarga erishishiga katta turtki bo'lib xizmat qilmoqda​

O'tgan uch oy davomida loyiha ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans uyg'otdi. Videodarslar va o'quv materiallari millionlab marta tomosha qilinib, yoshlar orasida keng tarqalgan. Telegram 76 ming, Instagram 170 ming, YouTube 700 ming obunachiga erishgan bo‘lsa, Ibrat academy mobil ilovasi 1.5 million yoshlarni va til o‘rganuvchilarni qamrab olidi. Bu esa loyiha ta'sirini keng miqyosda ko'rsatadi va xorijiy tillarni o‘rganuvchi yoshlarga qulayliklar yaratadi.

"Ibrat Farzandlari" loyihasi nafaqat yoshlarning bilim darajasini oshiradi, balki ularni kelajakda muvaffaqiyatli va bilimdon rahbarlar sifatida yetishtirishga xizmat qiladi.

Dilshod Mirzayev
"Ibrat farzandlari" NNT boshqaruv raisi o'rinbosari

Ibrat Farzandlari

11 Nov, 12:45


😕 Speakingda idea kelmaydi...

Grammatikani bilsam ham, ishlatolmayman...

🥱️️️️️️ Yangi so'zlarniku, gapirmasa ham bo'ladi... Shunday deb, qachongacha yurmoqchisiz?

Axir speakingni oson va qiziqarli qilib chiqarsa bo'ladi-ku.

🔥 Buning uchun, SAMARALI USULLAR'ni bilishingiz kerak!

Aynan shu usullarni jamlagan holda bitta video darslik tayyorladik. Darslikni pastdagi bot orqali olishingiz mumkin.

➡️ @speaking_2x_bot

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Nov, 14:00


O'hhoo, biz sizlarga kam baho berib qo'yibmiz-ku:)

🔥️️ Reaksiyalar 500 dan oshib, kommentimiz 1000 dan oshib ketibdi.

Shunday ilmga chanqoq Ibrat oilasi borligidan juda ham xursandmiz.

💪 Sizlarning bunday aktivligingiz bizga yanada kuch beradi.

Demak, marhamat sizlar uchun speaking'ni rivojlantirish darsimizni qabul qiling.

Darslikni quyidagi botga kirib qo'lga kiriting:
👉 @speaking_2x_bot
👉 @speaking_2x_bot
👉 @speaking_2x_bot

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

09 Nov, 08:40


🗣️️️️️️ Do'stlar hamma shu yerdami?

Kechagi so'rovnomamizda ko'pchilik speaking'ni rivojlantirish bo'yicha ham tavsiyalar so'rashgan ekan.

🔥️️️️ Keling unda bugun sizga speaking'ni rivojlantirish bo'yicha bir qancha texnikalarni o'rgatamiz.

Ayniqsa bu post emas, video darslik shaklida beriladi.

⚡️️️️️️️ Faqatgina sizdan aktiv bo'lishingizni so'rab qolamiz xolos.

Qani 300 ta 👍 mana shunday reaksiya yig'a olamizmi? Shundan so'ng speaking'ni yaxshilash bo'yicha darsimizni taqdim qilamiz.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

08 Nov, 05:10


🤩 Salqin kunlarda qaynoq atmosferaga nima deysiz?!

3-noyabr kuni, soat 14:00 da bo'lib o'tgan Speaking Club'imizda 60 ga yaqin yoshlar faol qatnashishdi.

🔥️️️️️️ Joy muammo bo'lganiga qaramasdan, event'imizni yuqori kayfiyatda o'tkazib oldik!

Keyingi event'imiz 10-noyabr, soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tadi.

👉🏻 Ro'yxatdan o'tishni unutmang

Videoda kim o'zini ko'rdi? Izohlarda yozib qoldiring.

@speaking_club_ibrat

Ibrat Farzandlari

07 Nov, 14:07


Siz so'radingiz, biz esa taqdim qildik

💡 Til o'rganishdagi asosiy muammolardan biri tez o'rganib, tez unutishdir

Ba'zan biz yangi bilimlarni tezda o'zlashtirib, ko'p miqdorda material o'rganamiz, ammo bu bilimlar tezda yoddan chiqib ketadi.

Bu muammo bilimingizni mustahkamlashni qiyinlashtiradi va ko'p vaqtni qayta o'rganishga sarflashga majbur qiladi.

Bilimlarni uzoq muddat eslab qolish uchun muntazam takrorlash juda muhimdir.

⚡️ "Spaced Repetition" (oralab qaytarish) metodikasi bu borada juda samarali. Bu usul bo'yicha o'rganilgan materialni vaqti-vaqti bilan takrorlash orqali uzoq muddatli xotirada saqlash mumkin.

Masalan, yangi so'zlar va iboralarni o'rganib bo'lgach, 1 soatdan keyin, bir necha kundan keyin, bir necha haftadan keyin, bir necha oydan so'ng takrorlaysiz.

🧠 Har bir muvaffaqiyatli takrorlashdan so'ng, ushbu ma'lumotni keyingi qaytarish oralig'i uzaytiriladi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira faoliyatini kuchaytiradi.

Xo'sh siz bu usulni bilarmidingiz yoki sinab ko'rgan bo'lsangiz izohlarga xulosalaringizni yozing. Agar yana boshqa usullarni ham bilsangiz, ularni bizga tavsiya qiling.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

07 Nov, 08:43


Volontyorlar, diqqat qiling ❗️

“Ibrat Debate” jamoasi volontyorlikka qabulni ochiq deb e’lon qiladi.

• Respublikamizning qayerida bo’lishingizdan qat’iy nazar, hududiy jamoalarimizda ishlashinigiz mumkin.

Shunday imkoniyatni qo’ldam boy bermay desangiz , hoziroq pastdagi link orqali application to’ldiring 👇

https://forms.gle/CtEhGXxxxXV7v95T9

🗓 Deadline: 15 Noyabr

📱 Telegram | 📱 Instagram

P.s: VOLONTYOR - moddiy yoki manaviy foyda ko’zlamasdan jamiyatga yordam beruvchi ko’ngilli inson

Ibrat Farzandlari

06 Nov, 07:27


🍁 Kuz. Yomg‘ir. Issiqqina choy yoki qahva

Oynaning yonida, yumshoqqina stulda kitob o‘qib o‘tiribsiz.

Keyin sekin uxlab qoldingiz. Birozdan so‘ng yomg‘ir kuchayganligi sababli uyqudan uyg‘onib ketdingiz.

Yuzingizni yuvib, biroz tamaddi qilib, dars stolingiz yoniga keldingiz.

Kompyuterni yoqdingiz, kitob va daftaringizni ochdingiz. 

Yoningizga choy yoki qahva qo‘yib, Ibrat Farzandlaridan darslaringizni davom ettiryapsiz.

To‘g‘rimi:) 

Hozir dars qilish uchun shunday zo‘r havoki, bunday vaqtlar kam bo‘ladi. Shunday ekan fursatni boy bermang.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

04 Nov, 14:29


Bolalar quvonchi bizning baxtimiz

Ayniqsa bu quvonchga ilm olish qo'shilsa undanda a'lo bo'ladi.

Mana shuning uchun ham Ibrat Kids loyihasi tashkil etilgan.

💡️️️️ Siz ham farzandingizni mana shunday loyihalarda o'qitishni istarmidingiz?

U holda Ibrat Kids City loyihasini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

➡️ Telegram
➡️ Instagram

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

03 Nov, 14:04


Yoshlarni loyihalarga yanada kengroq jalb etish maqsadida memorandum imzolandi

Xabaringiz bor kuni kecha Ibrat Farzandlari va Yuksalish maktablari o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilganini e’lon qilgan edik.

Ana shu hamkorlik haqida batafsil yuqoridagi reportajdan bilib olishingiz mumkin.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

03 Nov, 09:17


Jizzaxda mahorat darslari

🚀 2-noyabr kuni "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev hamda "Ibrat Academy" mobil ilovasi boshqaruvchisi Iskandar Komoldinov Jizzax shahrida joylashgan "Ibrat Akademiya"sida Oxford tajribasi asosida mahorat darslarini olib borishdi.

Mahorat darsi mavzulari:
1️⃣ "Ingliz tilini tez, oson va sifatli o‘rganish" (yoshlar uchun);

2️⃣ "Ingliz tilini bilish darajasini oshirish" (maktablarning ingliz tili ustozlari uchun).

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

01 Nov, 15:18


“Ibrat farzandlari” loyihasi “Yuksalish” maktablari bilan hamkorlik qiladi

⚡️ 1-noyabr kuni “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev hamda “Yuksalish” maktablari asoschisi Muhammadali Eshonqulov o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashdi.

🚀 Memorandumga asosan yoshlarning umumiy madaniyatini, texnik va ijodiy fikrlash kreativligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik olib boriladi.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

31 Oct, 13:16


Jizzaxlik yoshlar uchun ajoyib yangilik!

2-noyabr kuni "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev hamda "Ibrat Academy" mobil ilovasi boshqaruvchisi Iskandar Komoldinovdan sizlar uchun maxsus mahorat darslari tashkillashtirilmoqda.

Demak,
11:00 da yoshlar uchun "Ingliz tilini tez, oson va sifatli o‘rganish";
15:00 da esa xorijiy til o‘qituvchilari uchun "Ibrat Academy" mobil ilovasidagi o‘zgarishlar taqdimoti hamda "Ingliz tilini bilish darajasini oshirish" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

Mahorat darslari mutlaqo bepul.

Manzil: Jizzax shahri Yoshlar markazi.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

30 Oct, 06:30


Ibrat Farzandlari jamoasiga qo’shilish imkoniyatini qo’ldan boy bermang

💻 Sotuv menejeri uchun nomzodlarni ko’rib chiqamiz.

Talablar:
- Full time, offline
- 20+
- Xushmuomala
- Qo'ng'iroqlar va kompyuter bilan ishlay oladigan
- English B2
- Tajriba kamida 6 oy

📌 Murojaat uchun: @Khamdamova_004 ga CV yuboring

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

28 Oct, 10:15


Esingizda bo'lsa Ronaldo haqida post joylagandik

⚽️ Bir necha kunlar avval futbol yulduzi Krishtianoning ko'p tillarni bilishi haqida yozgandik.

Bu maqolaga bo'lgan reaksiya ko'p bo'lganidan, mavzu haqida video olishga qaror qildik.

🔥️️️️️️ Va kechagina ana shu ko'rsatuvimizni YouTube sahifamizga joyladik.

Quyidagi link orqali kirib kontentimizga baho bering.

👉 https://youtu.be/3awLNed207U?si=QCsIH9aNCc91T-5x

P. S. : Videoni Ronaldo va Real Madrid muxlislari hamdardlik sifati qabul qilgaysiz:)

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

28 Oct, 06:35


⭐️ Ibrat Kids'ning navbatdagi darsidan lavhalar

Bolajonlarda ingliz tilini o'rganishga qiziqish hali bunchalik kuchli bo'lmagan.

😊 Ularning darslarimizni 1 hafta intiqib kutishlari bizni yanada quvontiradi.

Ibrat Kids City loyihamizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring, yaqinda yangi guruhlar ochiladi:
➡️ Telegram
➡️ Instagram

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

26 Oct, 14:07


💡 Diagnostik testni topshirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:

1. Ibrat Academy ilovasini yuklab olasiz (agar yuklab olgan bo'lsangiz, ilovaga kirasiz)
2. Ilovada ro'yxatdan o'tasiz (oldin ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, shart emas)
3. Diagnostik test bo'limiga kirib, testlarni yechasiz.

Ilovani yuklab olish uchun:
📱 iPhone uchun - https://apps.apple.com/uz/app/ibrat-academy/id6447472950

📱 Android - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ibrat.farzandlari

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

25 Oct, 15:08


⚡️️️️️️️ Keling unda TOEFL haqida ma'lumot berib ketamiz

TOEFL (Test of English as a Foreign Language) – bu ingliz tilini xorijiy til sifatida bilish darajasini baholash uchun xalqaro test.

🇺🇸 Test asosan AQSh, Kanada va boshqa davlatlardagi 12.000 dan ortiq xalqaro universitetlarda ta'lim olishni istagan talabalardan talab qilinadi. TOEFL imtihonida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari baholanadi.

Test 120 ballik tizimda baholanadi va uning natijalari 2 yil davomida amal qiladi. TOEFL internet orqali (TOEFL iBT) yoki qog‘oz shaklida (TOEFL PBT) topshirilishi mumkin. Aksariyat universitetlar TOEFL iBT natijasini qabul qiladi va odatda 80-100 ball atrofidagi natija talab etiladi.

💡️️️️️️ IELTS va TOEFL'ning farqi asosan baholash tizimi hamda uni qabul qiluvchi oliygohlarda hisoblanadi.

Xo'sh sizda yana qanday savollar bor TOEFL bo'yicha?

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

25 Oct, 12:17


SAT va CEFR foizlari deyarli bir xil

🤔️️️️️️ Lekin nega TOEFL juda kam? Yoki u haqida aniq ma'lumotga ega emasmisiz?

Ibrat Farzandlari

25 Oct, 10:25


Hatto ChatGPT biladi Speaking Club haqida!

💬 Barchangizni yakshanba, soat 14:00 da bo'lib o'tadigan navbatdagi sessiyamizda yuqori kayfiyatda kutib qolamiz!

Bu safar yangicha formatda...

➡️ Ro'yxatdan o'tishni unutmang.

@speaking_club_ibrat

Ibrat Farzandlari

24 Oct, 04:39


Speaking Club’ni o’tkazib yubormang?

⚡️ Ingliz tilida gapirish ko’nikmangizni yanada rivojlantirishni istasangiz, sizni Speaking Club’da kutib qolamiz.

Talablarga binoan faqat shu hafta payshanba (bugun), soat 13:30 da bo’lib o’tadi.

📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi, “Mustaqillik” metro bekati.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

23 Oct, 11:04


Do'stlar yaqin kunlarda Ibrat Podcast loyihamizni boshlaymiz

🎙 Podkastimiz asosan ta'lim va xorijiy tillar yo'nalishida bo'ladi.

Loyihaga kimlarni mehmon qilib chaqiraylik?

👍 Takliflaringizni izohga yozib qoldiring. Bu biz uchun muhim!

@ingliztili_ibrat

Ibrat Farzandlari

23 Oct, 09:25


Alisher Sa'dullayev Ibrat Debate jamoasi bilan uchrashdi

Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev Ibrat Debate jamoasi bilan tanishib loyihani yanada rivojlantirish bo'yicha takliflarni muhokama qildilar.

Loyiha rivojiga omad tilagan holda, sizlarni ham Ibrat Debate'ga qo'shilishga taklif qilamiz.

@ibratdebate

Ibrat Farzandlari

22 Oct, 13:06


Malakali xitoy tili o'qituvchilari, qanisiz?

🤝 Xabaringiz bor, yaqin kunlarda "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev navoiylik yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazdi hamda xizmat safari davomida Navoiy viloyati Zarafshоn shahri hokimligi bilan hamkorlik memorandumiga imzo chekdi.

Mazkur memorandumga muvofiq Zarafshon shahrida xitoy tilini o'rgatish yangi bosqichga olib chiqilishi kutilmoqda.

🔍 Agar siz malakali xitoy tili mutaxassisi bo'lsangiz va Zarafshon shahrida ishlash istagini bildirsangiz, biz sizni ishga taklif qilamiz.

Quyidagi formani to'ldirish orqali mazkur lavozimga ariza topshirishingiz mumkin👇🏼
https://forms.gle/5Pw4bM3owHvLuXCc6

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

22 Oct, 09:55


Bolalar quvonchi bizning baxtimiz

Ayniqsa bu quvonchga ilm olish qo'shilsa undanda a'lo bo'ladi.

Mana shuning uchun ham Ibrat Kids loyihasi tashkil etilgan.

💡️️️️ Siz ham farzandingizni mana shunday loyihalarda o'qitishni istarmidingiz?

U holda Ibrat Kids City loyihasini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

➡️ Telegram
➡️ Instagram

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

21 Oct, 10:33


🇺🇿 O‘zbek tili — milliy g'ururimiz!

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Tilimiz xalqimizning madaniyati, tarixi va tafakkurini aks ettiradi.

🇺🇿 Har bir so‘zimizda ajdodlarimizning ruhi va ma’naviy boyligi bor. O‘z tilimizni sevish va rivojlantirish — bu kelajakka qadamdir.

Keling, ona tilimizni ardoqlaylik va uning yuksalishi uchun birgalikda harakat qilaylik!

👍 Ibrat Farzandlari bilan birga, tilimizga ehtirom bilan yashaylik!

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

20 Oct, 14:07


Til o'rganishni Ronaldo misolida ko'rib chiqamiz. Nima deysiz?

Futbol yulduzi Krishtiano Ronaldo hozirgi kunga kelib 5 ta til: portugal, ingliz, ispan, italyan va fransuz tillarini yaxshi biladi va bemalol muloqot qila oladi.

Albatta, u yoshligidan til o'rganaman deb kurslarga bormagan:). Taqdir shunga majbur qilgan desak to'g'riroq bo'ladi.

Portugal tili uning ona tili bo'lsa, Manchestr Yunayted, Real Madrid va Yuventusda o'ynagan darvrlarida ingliz, ispan, italyan tillarini o'rgangan. Hozirda arab tilini o'rganayotgan bo'lsa ajab emas.

Endi sizga, demak vaziyat taqozo qilsa o'rganaman degan hayol kelgan bo'lsa keraga, agar shunday bo'lsa harakatni boshlang.

Sababi hozirgi zamon talabi shunday, hech bo'lmasa bironta xorijiy til bilmasangiz qaysi sohada bo'lmang yuqori natijalarga erisholmaysiz, katta kompaniyalarda ishlolmaysiz, nufuzli oliygohlarda o'qolmaysiz.

To'g'ri Ronaldo til bilgani uchun boshqa jamoa uni sotib olmagan, balki u o'zi bilgan, o'ynagan davlati tilini bilsa natijalariga ta'sir qilishini. Chunki u har doim eng zo'ri bo'lishni istagan, bunda esa unga til bilish juda katta yordam bergan.

Shunday ekan til o'rganing, orzu-maqsadlaringizga yeting!

P. S. : Fransuz tilini qanday o'rganganini aytmadik, siz tahmin qilib ko'ringchi:)

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

20 Oct, 05:10


Navoiy viloyatida bir hafta davom etgan "Biznes uchrashuvlar" o'z nihoyasiga yetdi

⚡️️️️ Mazkur uchrashuvlarda “Ibrat farzandlari” loyihasi asoschisi va rahbari Rustam Qoriyev ham ishtirok etdi.

“Bilim, malaka, muvaffaqiyat” mavzusida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Navoiy viloyatining barcha tumanlari hamda Navoiy shahridan jami 2 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

🤝 Uchrashuv yakunida “Ibrat farzandlari” NNT hamda Navoiy viloyati prokuraturasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yana bir memorandum viloyatning Zarafshon tumani hokimligi bilan tuzilib, unga ko'ra, tumanda yoshlarga xitoy tilini o'rgatish bo'yicha hamkorlik amalga oshiriladi.

🔥 Juda ko'p yangiliklar hali oldinda!

@ingliztili_ibrat

Ibrat Farzandlari

19 Oct, 14:07


Muloqotimiz boshlandi. Marhamat quyidagi link orqali muloqotda ishtirok etishingiz mumkin:

👉 https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Ibrat Farzandlari

19 Oct, 13:06


Har bir fikr - biz uchun muhim!

🤗 Ushbu so'rovnomani to'liq to'ldirib, Ibrat Farzandlari jamoasiga katta yordam bergan bo'lasiz.

So'rovnomani yuborganingizdan so'ng, maxsus linkni bosib yopiq guruhimizga qo'shilishingiz mumkin. U yerda sizni BONUS DARSLIK kutib turibti.

🤝🏻 Ha aytgancha, omadli 30 ta inson Ibrat Farzandlari jamoasidan online konsultatsiya yutib olib, loyiha va ingliz tili mavzusida savollariga javob olishlari mumkin.

So'rovnoma: https://forms.gle/GL85Cty6wMkEq36a9

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

19 Oct, 10:47


Ibrat Speaking Clubdagi qaynoq atmosferada yangi doʻstlar va qadrdonlar bilan ingliz tilida suhbatlashishga nima deysiz?

⚡️ Kelayotgan dam olish kuningizni biz bilan maroqli va foydali oʻtkizing!

20-oktyabr Yakshanba kuni soat 16:00 da Mustaqillik metrosi yonginasdagi "Yoshlar Ijod Saroyida" sizlarni kutib qolamiz!

🔥 Yangi doʻstlar, foydali bilimlar & koʻnikmalar va sertifikatlar ...

Barchasi @speaking_club_ibrat da

Ibrat Farzandlari

18 Oct, 15:03


Xorijiy tillarni o'rganayotganingizda yangi so'zlar yodlashda juda qiynalasiza?

🤔 Ayniqsa, garmmatika qoidalari-yu, speaking texnikalariga kelganda miyyangiz "to'xtab" qoladi-a?

Shu muaamolarni yechish uchun yangi loyiha boshlash arafasidamiz.

💡️️️️ Lekin undan oldin sizlarning fikrlaringiz biz uchun muhim.

Quyidagi linkka kirib so'rovnomada qatnashing va siz uchun loyihamizni yanada foydali qilishimizga o'z hissangizni qo'shing:

👉 https://forms.gle/14xSxqR3VBvqXXxZ6

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

18 Oct, 13:06


Speaking, writing, reading, listening, vocabulary, grammar

🤔 Bularning qaysi birida ko'proq ishlashni bilmayapsizmi?

U holda sizga diagnostik test yordam beradi.

💡 Diagnostik testni topshirish qadamlari:
1. Ibrat Academy ilovasini yuklab olasiz (agar yuklab olgan bo'lsangiz, ilovaga kirasiz)
2. Ilovada ro'yxatdan o'tasiz (oldin ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, shart emas)
3. Diagnostik test bo'limiga kirib, testlarni yechasiz.

Ilovani yuklab olish uchun:
📱 iPhone uchun - https://apps.apple.com/uz/app/ibrat-academy/id6447472950

📱 Android - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ibrat.farzandlari

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

18 Oct, 10:57


🇺🇿 Shu hafta dam olish kunlari Ingliz tilida “Ibrat Debate” sessiyalari shu hafta yurtimizning 10 ta hududida bo'lib o'tadi!

🗣 Debatega qatnashib siz ingliz tilida speakingizni oshirishga, yangi do’stlar orttirishga, va sovg’alarga ega bo’lishingiz mumkin.

📍 Toshkent - @ibratdebate_toshkent
🗓 20.10.2024 | 13:00
📍 Yoshlar Ijod Saroyi

📍 Jizzax - @ibratdebate_jizzax
🗓 19.10.2024 | 15:00
📍 Ibrat Academy

📍 Xorazm - @ibratdebate_xorazm
🗓 20.10.2024 | 14:00
📍 Yoshlar Markazi

📍 Qoraqalpogʻiston - @ibratdebate_karakalpakstan
🗓 21.10.2024 | 16:00
📍 Jaslar Orayi

📍 Andijon - @ibratdebate_andijon
🗓 20.10.2024 | 13:00
📍 Presidential School

📍 Fargʻona - @ibratdebate_fergana
🗓 19.10.2024 | 14:00
📍 Yoshlar Markazi

📍 Qashqadaryo - @ibratdebate_qashqadaryo
🗓 20.10.2024 | 10:00
📍 Yoshlar Markazi

📍 Samarqand - @ibratdebate_qashqadaryo
🗓 20.10.2024 | 14:00
📍 Yoshlar Markazi, 1-qavat “Ibrat room”

📍 Namangan - @ibratdebate_namangan
🗓 19.10.2024 | 12:00
📍Yoshlar Ziyo Maskani

📍 Surxondaryo - @ibratdebate_surxondaryo
🗓 20.10.2024 | 10:00
📍 Winners Academy (new branch, 2nd floor kinoteatr)

*Qatnashish uchun hoziroq tepadagi guruhlarga qo'shilib oling 👆

Ibrat Farzandlari

16 Oct, 15:08


"+" qoldirmang, quyida keltirilgan qadamlarni bajaring

💡 Diagnostik testni topshirish qadamlari:
1. Ibrat Academy ilovasini yuklab olasiz (agar yuklab olgan bo'lsangiz, ilovaga kirasiz)
2. Ilovada ro'yxatdan o'tasiz (oldin ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, shart emas)
3. Diagnostik test bo'limiga kirib, testlarni yechasiz.

Ilovani yuklab olish uchun:
📱 iPhone uchun - https://apps.apple.com/uz/app/ibrat-academy/id6447472950

📱 Android - https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ibrat.farzandlari

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

16 Oct, 09:26


Ingliz tilidan darslik kerakmi?

🔥
“Ibrat farzandlari” shu kungacha sizlarga ingliz tilidan video-darsliklarni taqdim etib kelmoqda va millionlab o‘rganuvchilarga ega.

Agar siz ingliz tilini Rustam Qoriyev bilan birga o‘rganishni boshlagan bo‘lsangiz, ustozingizdan ajoyib sovg‘ani taqdim etamiz.

🎁 Endi sizda ko‘rib borayotgan video-darslaringizda o‘rganganlaringizni yanada mustahkamlash uchun qiziqarli illyustratsiyalar va mashqlarni bir yerda jamlagan darslikdan foydalanish imkoni bor.

@ibratfarzandlari

Ibrat Farzandlari

16 Oct, 04:09


Navoiylik yoshlar bilan uchrashuvimizdan lavhalar

⚡️️ Navoiy viloyat Prokuraturasi, Navoiy viloyat hokimligi "Yoshlar - kelajagimiz" jamgʻarmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida yoshlarni tadbirkorlikka hamda zamonaviy kasblarga yoʻnaltirishga koʻmaklashish maqsadida Biznez uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Bu safargi uchrashuvlarda Xayrulla Sattorov, Temurbek Adhamov, Shahzod Bahodirov, Davron Turdiyevlar bilan birgalikda qatnashmoqdamiz.

📝 Oramizda mana shu uchrashuvlarga qatnashganlar bo'lsa izohlarga fikringizni yozib qoldiring.

@ingliztili_ibrat