Shaxsiy Rivojlanish @shaxsiy_rivojlanishi Channel on Telegram

Shaxsiy Rivojlanish

@shaxsiy_rivojlanishi


#kutilgan_kun
– Bir kun! bu sahifadan hech qanday habar kelmaydi.
- Alloh tomon ketayotgan Sayyoh

Xabarlar uchun @iamsayyoh

Shaxsiy Rivojlanish (Uzbek)

Shaxsiy Rivojlanish kanali sizni o'z hayotingizda rivojlanishga yo'l qo'yadi! Bu kanalda sizga uni tashqi va ichki rivojlanishda yordam berish uchun foydali maslahatlar, so'nggi maqolalar va fikrlar taqdim qilinadi

Shaxsiy Rivojlanish kanali sizga o'z dunyoqarashlarini o'zgartirish va o'zlashtirishga yordam beradi. Bu esa sizga zamonaviy tajribalar va mukammallashtirish strategiyalarini o'rganishga imkoniyat beradi

Agar siz o'zingizni rivojlantirish va yangi yuksakliklarga erishishni istasangiz, @shaxsiy_rivojlanishi kanaliga a'zo bo'ling!
Bu kanal orqali siz o'zingizni boshqarish, xayotini o'rganish va zamonaviy fikrlarni o'zlashtirishda yordam topasiz. Xayrla bag'riklar bo'lishni istaysizmi? Keyinroq kutib qolmayin! @iamsayyoh bilan xabarlasishni unutmang! #kutilgan_kun

Shaxsiy Rivojlanish

15 May, 18:23


Siz qidirayotgan mo’jiza, siz qochayotgan yo’ldadir

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

14 May, 13:18


​​Hamma qizlarning ham dadasi mening dadam kabi bo‘lishini xohlardim...

Maktab davrida ko‘pchilik qizlar sevgi-muhabbat dardiga mubtalo bo‘lishadi. Achinarlisi, bu “dard” yigit-qizlarni ilm olishdan chalg‘itib qo‘yadi. Undan ham yomoni ko‘p holatlarda bu “muhabbat qissalari”ning oxiri xayrli bo‘lmaydi.
Biz ham maktabda yuqori sinflarda, undan keyin kollejda o‘qigan paytimiz, sinfimizdagi qizlarni so‘rab keladigan yigitlar ko‘p bo‘lardi.

Lekin dugonalarim ichida hamma meni so‘rab keladigan insonga havas qilishardi. Chunki ularni oxiri baribir tashlab ketadigan, yolg‘onchi yigitlar so‘rab kelishsa, meni so‘rab keladiganim otam edilar. Birorta dugonamning dadasi maktabga mening dadamchalik ko‘p kelmasdi. Dadam tanaffus paytlari kelib, meni maktabimiz tashqarisiga olib chiqar, jazirama kunlarda menga muzdek sharbatlar olib berardilar. Keyin qo‘ng‘iroq chalinishi bilan xarajatlarimga yetarli pul berib, maktabga kirgazib yuborardilar. Sinfga qo‘limda pul va shirinliklar bilan kirib borarkanman, ko‘pchilik dugonalarim menga havas ko‘zlari bilan qarashardi.

Dugonalarim gohida o‘zlari uchrashadigan yigitlarining sifatlarini, minadigan mashinalarini aytib maqtanib qolishardi. Shunday paytlarda men dadam haqlarida gapirib maqtanardim. Ular yigitlari haqida uydagilari bilib qolishidan doim qo‘rquvda, ular haqida gapirishdan doim xavotirda yurishardi. Men esa, dadam haqida gapirishdan doim xotirjam edim. Qolaversa ular yigitlari tashlab ketishidan qo‘rqishardi. Men esa, doim yonimda bo‘ladigan sadoqatli va vafodor dadam borligidan faxrlanardim. Men ulardan ko‘ra o‘zimni ancha baxtiyor his qilar edim.

Otam rahmatlikning yelib-yugurishlari, menga bo‘lgan e’tiborlari, g‘amxo‘rliklari sabab o‘smirlik paytimdan, to turmushga chiqib ketgunimcha biror yigitga qaramadim. Biror yigit bilan gaplashish haqida o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q. Yillar o‘tib bildimki, otam hamma harakatlarini mening iffatimni, or-nomusimni saqlash uchun, meni chiroyli holatda turmushga berish uchun qilgan ekanlar. Hamma qizlarning ham dadasi mening padarim kabi bo‘lishini xohlardim...

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’tining «Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq» kitobidan #iqtibos

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

13 May, 11:17


Bir ish qilayapsan, oxirigacha qila olmasang nega hozir qilayapsan?

iqtibos
https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

10 May, 15:36


Anonim Savollar uchun havola

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=3bd2ca5fb62

Shaxsiy Rivojlanish

09 May, 15:23


Biz ota-onasiga quloq solgan oxirgi avlod, farzandlarini eshitayotgan birinchi ajdodmiz.

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

09 May, 14:19


Birovlarga bergan tavsiyamni o‘zimda ham 100% qo‘llaganimda, hozir boshqacha bo‘lar edi.

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

04 May, 04:09


Omadi kelganlar

Ko‘p narsaga erishgan tengdoshlarimizni ko‘rib, ularning omadi kelgan deb o‘ylaymiz. Ko‘p narsa omadga bog‘liq bo‘lishi mumkin, lekin omadni o‘zi qayerdan paydo bo‘ladi?

Tarixda eng kuchli golfchilaridan biri Gari Pleyer zarba qilyapti va to‘p lunkaga tushdi, bittasi undan so‘radi:
- Gari, nega seni doim omading keladi?
- Qancha ko‘p trenirovka qilsam, shuncha ko‘p omadim keladi

Amerikaliklarning bitta gapi bor: "Inspiration exists, but is has to find you working". Demak omad muhim ekan, lekin u faqat harakat qilganlarga keladi. Sababini qilsak bo‘ldi.

©aqlli_ikkichi

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

03 May, 08:38


Bu ilova sizda ham bo'lishini hohladim istalgan kitobni pdf audio video korinishida foydalanish imkoniyati bor qizig'i tekinga

Shaxsiy Rivojlanish

03 May, 08:37


🔥 Biz yana bir pog‘onaga ko‘tarildik!

Mutolaa ilovamizdan foydalanuvchi kitobxonlar soni 300K dan oshganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.

😊 Kitoblar eng yaqin hamrohingizga aylansin! Mutolaa ilovamiz:

• Play Market / App Store

#yangilik

Telegram | Instagram | YouTube

Shaxsiy Rivojlanish

02 May, 12:17


Tarmoqlarda behuda vaqt sarflashning asosiy sabablaridan biri:

Kimdandir nimadir kutish.

Qayta-qayta kiraverasan

Qani yozganimni o’qibdimi?

Qani, stories qo’ygandim, kimlar ko’ribdi, kimlar сердечка bosibdi?

Post yozgandim, kimlar comment yozibdi.

Ooo, parallel sinfdagi Jirsinay ham kanalchamga podpiska bosibdi. Manga befarq emas ekan. Ancha katta qiz bo’libdi tushmagur. Yozib ko’ray qani.

Commentimga kimdir layk bosibdi. Kim ekan?

...

Diqqating chil parchin bo’ladi. O’tirib biror tayinli narsa o’rgana olmaysan.

Yana noliysan, til o’rgana olmayapman, darslar qiyin, ishlar yurmayapti, hayotda mano yo'q deb.

Tarmoqda kamroq faol bo’l. Kamroq e’tibor berishadi. Sani kamroq eslashadi.

Odamlardan kamroq e’tibor oldingmi, endi o’zinga-o’zing ko’proq e'tibor berishni boshlaysan.

Aynan shundan keyin o’rganasan, o'zgarasan o’sasan, rivojlanasan.

Va oxir oqibat qidirgan hotirjamligingni ijtimoiy tarmoqdan emas, ijtimoiy tarmoq bo'lmagan joydan topasan.

©khasanov_blog

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

30 Apr, 10:17


Lug'atingda qancha so'z bo'lsa ham, ba'zan butun holatingni tushuntirish uchun sukutni afzal ko'rasan.

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

30 Apr, 04:09


Sendan rozi bo‘lmas hech kim, hech qachon,
Yaratganga yuzlan – halovat top, jon...

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

23 Apr, 11:17


Sukunat aslida, hayqiriqdan balandroq yangraydi...

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

22 Apr, 14:19


Har qo'lingni siqqan bilan do'st, joningni siqqan bilan dushman bo'lma...!

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

19 Apr, 17:23


Bugun vaziyat yaxshi emas, demak kecha nimadir noto‘g‘ri bo‘lgan!

Ertaga yaxshi bo‘lishi uchun, hozir hammasi boshqacha bo‘lishi kerak. Ya'ni niyatni to‘g‘ri qilib, hozir harakat qilish kerak!
https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

19 Apr, 04:09


Do'st bo'lib boshlab bering

Statiska dunyo davlat maktablarida dars qoldirish 60% (!) gacha chiqqanini ko’rsatyapti.

Darslar yoqmasligi sabab emas.

Bizni davrimizda maktab yoqsa, yoqmasa boraverar edik. Do’stlarimiz bilan vaqt o’tkazish uchun. Gaplashish uchun.

Hozirgi bolalarga do’stlar unchalik kerak emasga o’xshayapti. Do’stlari bilan doimiy ko’rishadiganlar 30% dan kamayib ketibdi.

75 yillik garvard tadqiqoti - do’stlar, munosabatlar baxtning asosiy elementi deb xulosa bergandi. Demak do’stlikning pasayishi faqat maktab davomatiga ta’sir qilmaydi.

Rostdan ham. O’smirlar o’rtasida depressiya darajasi 10 yilda 60% ga o’sibdi.

Yoshlar o’rtasida o’lim sabablari orasida o’zini o’ldirish 2-o’ringa chiqibdi. ~20% o’smirlar o’zini o’ldirish haqida jiddiy o’ylab ko’rgan. ~10% harakat qilib ko’rgan. Asosiy sabab yolg'izlik.

Do’st orttirish yosh o'tgan sari qiyinlashib boradi. Bu bechoralarning ahvoli faqat yomonlashadi degani.

Siqilyapsiz, kayfiyat yo’q, ishlagingiz kelmayapti - katta ehtimol bilan do’stingiz yo’q, yoki anchadan beri gaplashmagansiz.

Yaxshi do’stlaringiz bo’lishi - bonusdek tuyulishi mumkin. Endi unday emas.

Yaxshi do’stlar bo’lishi sog’liq, kayfiyat, hatto tiriklikka ham ta’sir qiladi.

Do’stlaringiz bo’lsa - ularni asrang azizlar.

Do’stingiz bo’lmasa - siz do’st bo’lib boshlab bering.

To’g’ri qiyin. Do’stsiz esa yanada qiyinroq.

©Aziz Rahimov
https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

15 Apr, 13:18


Yoshligida kitob bilan ajrashganlar butun umr aliment to'lashadi...

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

15 Apr, 07:12


Bir insonning qiymati o‘qigan kitoblari bilan o‘lchanadi.

© Herbert Spenser

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

15 Apr, 06:11


Sen taniydigan har bir inson ichida sen tanimaydigan inson bor!

Rofi’iy.
https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi

Shaxsiy Rivojlanish

15 Apr, 05:11


Kitob yig‘ish qiyin ish emas, kitobni varaqlash qiyin.
Kitobni varaqlash qiyin emas, uni mutolaa qilish qiyin.
Kitob mutolaa qilish qiyin emas, o‘qiganingdan xulosa qilish qiyin. O‘qiganingdan xulosa qilish qiyin emas, o‘qiganingni yodingda saqlab, amal qiyin.
Bu so‘zlarni o‘qish emas, tushunish qiyin.

https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi