Musiyra @musiyra Channel on Telegram

Musiyra

@musiyra


Ey, dil!
Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.

Murojaat: @musiyrah 💌

( Reklama olmaymiz va alishmaymiz ))

Musiyra (English)

Musiyra is a unique Telegram channel dedicated to music lovers around the world. With a diverse range of musical genres and styles, Musiyra provides a platform for music enthusiasts to discover new artists, share their favorite songs, and connect with like-minded individuals. Whether you are a fan of classical music, pop, rock, jazz, or electronic, Musiyra has something for everyone. The channel regularly features curated playlists, artist spotlights, music news, and live performances, making it a one-stop destination for all things music-related. Join Musiyra today and immerse yourself in the wonderful world of music!

Musiyra

18 Feb, 03:53


Shunday insonlar bor, ularni dunyo ahli tanimaydi. Biroq maloikalar huzurida mashhurdirlar…

#tafakkur

Musiyra

17 Feb, 12:23


Kitob oʻquvchilarni konkurslariyam kitoblardan iborat boʻlarkan-da )

Sitora opani konkursidan sal qolsa bebahra qolib ketay debsizlar 🌸

3 kun bor ulgurib qolingiz 💌
https://t.me/+1u3W28W2qcthYmJi

Musiyra

16 Feb, 09:14


وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ

Hech bir jon oʻzganing ogʻirligini koʻtaruvchi boʻlmas!

Musiyra

15 Feb, 04:33


“Qur’onni qalbga bogʻlash” mavzusida savollaringiz boʻlsa, bugun 20:00 gacha yoʻllang💌

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=180f9a4c66de42

Musiyra

14 Feb, 19:08


Zoomda dars oʻtishni shu qizdan oʻrganganman
Oʻzimni oʻqituvchim, sevimli 🌟

Tajriba 4+ yil 💡
Ovozlariga oshiq boʻlganman, sookin
Darslar tartibi + har bir darsga qilingan pptlarni aytmasa ham boʻladi
Demo darsliklarini koʻring, shu bahonada shu yil rus tilini oʻrganib oling


Musiyra

14 Feb, 19:04


Rus tilini uydan turib o`rganmoqchisiz?

individual rus tili kursga taklif qilaman


Haftada 3 marotabadan darslar.
Vaqtlari:
toq kunlar(dush,chor,juma) soat 10 00da(ertalabgi)
toq kunlar(dush,chor,juma) soat 20 00 da

Atigi 2ta individual yoki parniy (2 kishidan iborat mini guruh) olinadi

Kurs narxi individual 800ming
parniy - 500 ming

yosh chegaralanmagan, faqat harflarni bilish talab etiladi, kichik bolajonlardan tortib onaxonlarimiz bilan ham rus tilini o`rganamiz.

@Olya_russian ga murojaat qilasiz 💌

Musiyra

14 Feb, 03:21


Moʻmin banda nafaqat bepulga qiladigan ishlari balki pul uchun qiladigan ishlari negizida ham Allohning rizoligi turishi lozim.

Shunday ekan, kimdandir ehtiyojingizni qondirishini istasangiz Allohning rizoligini roʻkach qilib manipulyatsiya qilmang (bilib, bilmay). Yoki sizni biron hojatingizni chiqargan kishi uchun Allohning rizosini kafillab berolasizmi?!

Toʻgʻri soʻrashni oʻrganaylik. Avvalo nega bepul xizmat xohlayotganingizni aniqlang, keyin esa u uchun nega pul topa olmayotganingizni. (Aksar holatlarda ehtiyoj haqiqiy boʻlsa, pul ham topiladi). Keyingi bosqichda oʻzingiz uchun soʻrayotganingizni muxtasar qilib, yordami kerak boʻlgan shaxsga yozing.

Qalbida ragʻbati, ixlosi boʻlsa, sizga yordam beradi. Boʻlmasa yoʻq. Har kimda har xil vaziyat, taqozo boʻladi. Toʻgʻri gumonga borib, nima boʻlgan taqdirda ham, “Alloh rizoligini” oʻz manfaatingiz yoʻlida ishlatmang…

Musiyra

13 Feb, 23:21


Soʻngi mutolaadan meni eng tasirlantirgan hodisa quyidagicha edi:

Kufalik eng badavlat inson boylikda bellashish uchun Basraga kelib odamlardan, eng boy odam kim ekani haqida soʻrabdi. Basraliklar “Basrada Hasan Basriy rohimahullohdan boy odam yoʻq”, deyishadi. Kufalik ajablanib: “ Buyuk alloma Hasan Basriyni aytyabsizlarmi?” deb soʻraydi ishonqiramay. Basraliklar tasdiqlaydi.
Kufalik boy ajablanib:
- Hasan Basriyni muhaddis, mufassir, faqih, qiroat imomlaridan biri, 10 qiroatdan keyingi turadigan shozz (kamyob) qiroatlardan birining sohibi, deb bilamiz lekin boy ekanini eshitmagan ekanmiz…

Basraliklar:
- Hasan Basriy rohimahulloh Basraning eng boy odami. Chunki u kishi hechkimga muhtoj emas. Aksincha, hamma u kishiga muhtoj. Hatto amirimiz ijtimoiy masalalarni hal qilish uchun huzuriga kelib, maslahat soʻraydi. Amir boʻlsada Hasan Basriy rohimahullohni huzuriga chaqirtirmaydi, bunga jur’at qilmaydi.

يَرْفَعِ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ دَرَجَاتٍ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

“…Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilmga berilganlarning darajalarini koʻtarur”
58:11

#mutolaadan

Musiyra

13 Feb, 04:54


«КЎПРОҚ ЙИҒЛАСАМ, КЎПРОҚ ФОЙДА КЎРАМАН ЭКАН!»

Молик ибн Набийнинг бир шогирди: «Устоз, фарзандим бор. Уни қандай тарбия қилай?» деб сўради. Молик: «Ёши нечада?» деди. Шогирд: «Бир ойлик», деган эди, Молик: «Кеч қолибсан», деди. Шогирд ҳайрон бўлиб, «Нега кеч қоламан? Энди бир ойлик бўлди-ку?» деди. Молик шундай деди: «Ҳозир тушунтириб бераман. Боланг йиғласа, нима қиласан?» деди. «Онаси эмизади», деди. Молик: «Ҳар йиғлаганда эмизадими?» деб сўради. Шогирд: «Йўқ», деди. Устоз: «Ҳа, балли! Чақалоқ йиғлашининг ҳар хил сабаби бўлиши мумкин. Қорни очган бўлсагина эмизиш керак. Балки таги ҳўл бўлгандир, қорни оғриётгандир? Балки кўтаришга ўрганиб қолгандир? Ёки ҳашарот чақиб олган бўлиши мумкин. Ҳар йиғлаганида онаси эмизаверса, тарбиясини бузасан, катта бўлганида қийналасан, чунки «Йиғласанг, ҳаётда ҳамма нарсага эришасан», деб ўргатиб қўйган бўласан. Катта бўлганида эса йиғлаб бировнинг ҳаққини оладиган ҳам бўлиб қолади», деди.

"Йиғлоқи болага 50 та чора"

@IkromSharif

Musiyra

11 Feb, 14:27


“Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, ruku qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va moʻminlarga xushhabar bering”

10:112

Musiyra

09 Feb, 16:47


Garchi zamonasi shoirlari: “Bizning ruhimiz nimadan boʻlsa, uniki va meniki birdir”, kabi baytlar toʻqigan boʻlsada, hech bir misra yoki qofiya Alloh biz uchun yozib qoʻygan qadarning goʻzalligini aks ettira olmaydi. Havo Odam uchun yaratilganidek, barchamiz ruhimiz egizaklari uchun taqdir qilinganmiz 🥹

#badiiytarjima

Musiyra

06 Feb, 15:01


@mimbooksstore dan 🩷

Musiyra

06 Feb, 12:47


Aqlingni ishlat, ey bechora inson,
Nechun og'riqlaring tavbaga eltmas?
Toki tan olmasang, har neki nuqson,
Boshingdan balolar qamchisi ketmas!

Quturgan nafsingni jilovlash uchun
Robbingdan yordam so'r, umidni kesma.
Nurdan iborat bir vodiy turganda
Zulmat dashtlarida tentirab kezma.

Unutma, muhabbat - olamning mag'zi,
Imkonsiz yashamoq sevgidan ayro.

Aslida, muhabbat isboti erur,
Chin dildan yig'lamoq va uzr so'rmoq.

🪶Akrom Malik

Musiyra

05 Feb, 13:51


Tajvid darslari tugab ulgurmasidan boshlab yuborilgan tas’hih amaliy darsidan kichik lavhacha bor ekan 📖

Musiyra

16 Jan, 02:32


❤️

Musiyra

15 Jan, 17:41


Moʻmin kishi najotsiz qolmasligini, qayerdandir moʻltillab boʻlsa ham turgan umid nishonasi borligini sinovli holatda boʻlib his qila olish haqiqiy saodat boʻlsa kerak.

Ne’matlarga toʻla davrda hamma ham xursand boʻla oladi, shukrini toʻliqligicha qila olmasa ham, til uchida boʻlsa ham Robbisiga hamd aytadi, taqdirdan mamnun boʻladi. Biroq qoviy mo’minning zaif mo’mindan ajratib turadigan farqlari
~ Sinov kelganida ham hamd ayta olishi emasmi?!
~ Sinov uchun, sinov tufayli yanada mustahkamlangan qurbat uchun shukr qila olishi emasmi?!
~ Yuzaki emas butun qalbi bilan qadarga rozi boʻla olishi bilan emasmi?!

Boshiga musibat tushganida hamd aytish osonmas toʻgʻri, biroq Jannatda Hamd qasrlarini sohibi boʻlish undan ham qiyinroqda!

Musiyra

13 Jan, 06:37


Inson qilayotgan amalidan rozi boʻlishi - uni tugashi boʻlsa kerak. Ammo shayton har yoqdan keladiki, bazan oʻzimizni bazilarimizdan ustun hisoblab yuboramiz. Koʻrsatib qoʻygan “karomatlarimiz” fazlini Qayerdan ekani haqida mutlaq unutib.

Balki oʻsha nuqtada rahm qilinganimiz uchun insonlardan “yoʻq” javoblarini turli koʻrinishlarini qabul qilarmiz, balki amallarimizni Alloh sayqallamasa sariqchaqaga ham arzimasligini bizga eslatib zalolatga yuz burib yubormasligimiz uchun rad etilarmiz… Bu dunyodagi rad etilishlar ujbga ketishgan ming chandon yaxshimasmi.

Kim bilsin Jannatga munosib boʻlishimiz uchun qanchalik sayqallanishimiz kerak hali. Sinov qayerdan kim orqali qanday holatda kelishini nima ahamiyati bor, ular hammada borku, har kimga sinov berarkan shunga yarasha toqati bilan beradigan Zot adolatiga shubha qilamizmi yoʻqsa. Eng muhimi ularda yolgʻiz emasmiz, har kimni oʻziga yarasha dardlari va yaralari bor…

Musiyra

11 Jan, 11:15


Ilk hechqanday musiqasiz safar ⛅️

الحمدلله

Musiyra

08 Jan, 17:46


Nimadir yetishmayotgandek tuyilishi hissidan faqat Jannatda qutula olsak kerak 🌊

بفضل الله

Musiyra

07 Jan, 09:01


Qanday ma’lumot qabul qilayotganingizga e’tiborli boʻling, chunki: ⤵️

Biz qabul qilayotgan ma’lumotlar > Miya > Fikr > Qalb > Niyat - Qasd > Amal > Darajangiz (dunyo va oxiratdagi)

Musiyra

06 Jan, 12:20


“Alloh qodir qilguncha bajardik “ deyish ancha mulohaza talab qiladigan narsa. Aslida Alloh barcha kuch va quvvat egasi va u hamma narsaga qodir Zot. Bizlardagi amal esa doimo nuqsonli. Amallarni bajarishda harakatimiz va quvvatimizni ma’lum bir qismini sababiyat uchun yo’naltiramiz va natijani Allohga havola qilamiz.

Ammo amalimizdagi (ehtimoliy) nuqsonlarni o’zimizdan bilib, islohga va o’rnini to’ldirishga shoshish kerak. Nusratni esa Allohdan ko’rish lozim. Aksi bo’lganda esa Allohga bo’lgan gumon noto’g’ri bo’ladi. Bu salaflar tutgan yo’l.

#tanbeh

Musiyra

04 Jan, 17:34


Bu dunyoda ne’mat ham sinov ham oʻtkinchi.

Sinovlarga qanchalik gʻam chekmaslik tavsiya qilingan boʻlsa, ne’matlarga ham shunchalik xursand boʻlishga shoshmaslik kerak. Ularni berguvchisi - Alloh taolo, istagani vaqtda olib qoʻyishga qodir!

Sinov kelganda Robbimizga duo qilganchalik, ne’mat uzra ham ozaytirmaganimizda, fazlni oʻzimizdan emas Allohdan deb bilganimizda edi, insonlarni ranjitishlar, oʻz - oʻziga zulmlar, kibr singari qalb hastaliklaridan yiroqda boʻlar edikmi…

Sinov ham, ne’mat ham qadardan ekaniga keltirganimiz iymon doim yodimizda tursa, amalda sobit boʻla olsak, umidsizlikka tushishlar, boshi berk koʻchaga kirishlar, insonlardan koʻngil sovushlar, har xil ruhiy hastaliklar ehtimoli kamayarmidi…

Bu dunyodan jannatni qidirmasak, insonlarni insonlikka xos qusurlari bilan qabul qila olsak, sabr singari jannatiy sifat bilan ziynatlansak, qadarga isyonlar, ajrimlar, oʻzgalar hayoti bilan mashgʻul boʻlib, oʻz vaqtini zoye qilishlar ozayarmidi…

Aslida ziynatlanib koʻrsatilayotgan hayotlar goʻzalmi, yoki goʻzalik qadarga rizolikda?!

Musiyra

04 Jan, 13:26


~ Ona mehri

Sen uchun doim gʻamxoʻrlik qiladiganlar borligi - eng oliy ne’matlardan ☂️

Musiyra

03 Jan, 10:24


19 mln qolibdi

Imkoningiz boʻlsa, moddiy
Imkoningiz boʻlmasa duo bilan yordam qiling

Musiyra

03 Jan, 10:06


Suratda Toshkent shaxrida yashovchi Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon.

2018-yilda tug’ilgan

Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan.

Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan

Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 20000$ ketadi aperetsaga yig"ildi 16000💲

Karta raqami:

Uzkart: 8600 3329 9440 2091

Humo kart: 9860 0201 1341 1159

Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida.

Onasining Telefon raqami:
+998998105027

Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz.

Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin!
Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.

Har kim qo’lidan kelgancha (10.000 so’m) bo’lsa ham yordam bersa edi…

Musiyra

02 Jan, 17:20


~ Tavakkul

Natijasi uchun emas, erishishni istaganimiz maqsad uchun harakat qilishimizdir.

Agar biz uchun xayrli boʻlsa, Alloh nasib qiladi, xayrli boʻlmasa, undan afzalini beradi 🤎

Musiyra

01 Jan, 12:32


Uchta tijorat zarar koʻrish nimaligini bilmaydi:
1. Qur’on qiroati
2. Namoz
3. Infoq

Bu haqida shunday deyiladi 💌

﴿ إِنَّ الَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَابَ اللَّهِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَارَةً لَّن تَبُورَ﴾

“Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladiganlar, namozni toʻkis ado etib, Biz ularga rizq qilibbergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor boʻlurlar”
💌

Musiyra

31 Dec, 16:47


Ushbu kitobni bir ochsangiz kifoya, qanday nihoyalanib qolganini bilmay qolasiz ♥️

Musiyra

30 Dec, 15:35


Qur’on oʻqiyotgan paytingizda:
• ikki koʻzingizga qarash savobini;
• ikki qulog’ingizga eshitish savobini;
• tilingizga tilovat qilish savobini:
• qo’llaringizga Mus’hafni varoqlash savobini berasiz

Qur’on o’qing 🤩

Musiyra

28 Dec, 01:26


Abu Hurayra
Qur’on oʻqilgan uy, u oilaga kenglik boʻladi, goʻzallashadi va farishtalarga toʻladi, shaytonlar qochadi.
Qur’on oʻqilmagan uy esa, tashvishga toʻladi, goʻzalligi kamayadi, farishtalar uzoqlashadi, shaytonlar toʻladi.

#tarjima 💌

Musiyra

24 Dec, 07:01


So'z qiymatli

Nikohda ikki og'iz iyjob va qabul bilan butun umrlik rishtalar bog'lanadi. Va yana shunday ikki og'iz taloq bilan u rishtalar uziladi.

So'zlar bilan tezlashishing mumkin yoki kimnidir tezlashtirishing mumkin. So'zlar bilan quvonch ulashishing, ular bilan yuraklarni parcha-parcha qilishing mumkin.

So'zlarga e'tiborli bo'l. Niyatlar so'zga, so'zlar va'dalarga, va'dalar amallarga aylanadi.

Yozganlarim ham so'zlardan iborat. Meni ko'rmay yaxshi ko'rgansiz. Bunda so'zlarning o'rni katta.

honeybee'dan 🌊

Musiyra

23 Dec, 16:21


Not perfect, but with love 🩵

Musiyra

22 Dec, 19:43


سورة يونس

Musiyra

22 Dec, 15:03


Rosuli Akram 🕋 siyratlarini o’qiganingizda, u zotning keng qalblari eng ulkan jasoratni ham eng katta rahmatni ham sig’dira olganini ko’rasiz. Qur’oni Karim u zot (🕋) ni payg’ambar ularoq yuborilishlarining sababi rahmat ekanligini qisqa qilib aytib qo’ygan. Huddi u zot (🕋) tuproqdan emas, rahmatdan yaratilgan edilar go’yo. Butun borliqdagi rahmat uchun yaratilgandek huddi.

#kitobdan

Musiyra

21 Dec, 05:18


Vallohi 📌
Qur’on tilovatidan, Allohning zikridan va birlamchi ibodatlardan “tejagan” vaqtingizni tayinli ishga sarflay olmaysiz baribir!

Musiyra

20 Dec, 04:06


Abdulloh ibn Umar 🍄 dan rivoyat qilinadi:

“Paygʻambar 🍄:
“Ikki narsada hasad joiz:
• Alloh bir kishiga Qur’on bergan va u kecha-kunduz Qur’onni oʻqib, unga amal qilgan boʻlsa.
• Alloh bir kishiga mol-u dunyo bergan va u molini kecha-kunduz nafaqa (Alloh yoʻlida ehson) qilgan boʻlsa”, dedilar.

#hadis

Musiyra

09 Dec, 13:03


Hech narsani bilmaslikdan yomonrogʻi nima bilasanmi?
- Hamma narsani bilaman, deb oʻylash!

#note

Musiyra

06 Dec, 13:24


Tarjimon va designer: Umayrning onasi 🧡

Musiyra

05 Dec, 12:28


Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas 2:286

Musiyra

03 Dec, 08:45


- Ikki turdagi insonlarga ilm yuqmaydi, bilasizmi?
- Bittasi orlanib soʻramaganlarga, ikkinchisi…?
- Ikkinchisi kibr qilganlarga!

#suhbatdan

Musiyra

02 Dec, 05:27


Albatta, (bir) qiyinchilik bilan osonlik bordir

Alloh ixtiyor etgan bandalariga qiyinchiliksiz ham osonlikni berib qoʻyaveradi, toʻgʻri, biroq osonlikka erishish uchun qiyinchilikni yashab oʻtishimiz kerakmasmi oldin?!

Huddi vaqtinchalik dunyo sinovlariga munosib sabr qilgan bandalarga Alloh taolo abadiy Jannatni vada qilganidek…

#insayt

Musiyra

30 Nov, 13:05


Dangasalikning davosi “ Insaan “ surasi ekanligini bilarmidingiz ..? Ba’zi ulamolarga dangasalikdan , dars qilishga malollanishdan shikoyat qilib kelishganda ularni har kuni Insaan surasini tadabbur va tafakkur bilan tilovat qilishga buyurgan ekanlar . Bu sura boshqa suralardan kichkina bo’lishiga qaramasdan o’zida Mo’minlarni qiyomat kunidagi ahvoli va ularga beriladigan mukofotlarni jamlagan .

Alloh taolo bu surada o’zining xos bandalarini sifatlarini jamlagan . Shuning uchun bo’lsa kerak bu suarani o’qishni ko’paytirgan insonning himmati oliylashadi . Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Insaan surasini har Juma bomdoddan keyin o’qigan ekanlar … Allohim ilm yo’lida yurgan barcha tolibi ilmlarni himmati oliylardan qilsin
🕯️

آمين يا رب العالمين

Musiyra

29 Nov, 19:04


Moʻjiza - bu…

Juda chorasizsan
Nima qilishni, vaziyatdan qanday chiqishni bilmayabsan
Shayton vasvasasimi, bilmaysan, lekin juda asabilashyabsan, fikrlar tarqoq, ojizligingni tanangni eng kichik hujayralarigacha anglab turibdi…

Seni kutib turgan bir olam vazifang boʻlsada, qalbing hordiqqa muhtoj, taskinga muhtoj. Soʻng anglamaganing holda qoʻlinga Kitobni olib hayolinga kelgan sura oyati tafsirini varoqlay ketting. Unda “Albatta, biz insonni ajratadigan nutfadan yaratdik. Sinash uchun, bas, uni eshitadigan, koʻradigan qildik” deyilayotgan edi va

Albatta, biz toʻgʻri yoʻlni koʻrsatdik. (U esa) yo shukr qiluvchi, yo kufr keltiruvchi boʻldi

Musiyra

28 Nov, 17:57


الَّذِينَ هُمْ عَلَى صَلَاتِهِمْ دَآئِمُونَ…
Ular nomozlarida doim boʻladiganlardir…

{ سورة المعارج}

Chunki nomoz qalblarni yumshatadi, hotirjam qiladi.
Chunki nomoz oʻquvchilar yaxshilik kelsa, oʻta xursand, yomonlik kelsa, oʻta xafa boʻlmaydilar
Chunki nomoz oʻquvchilar qazoi qadarga taslim boʻlgan qalb sohibidirlar

*namozda doim boʻlganlar…

Musiyra

28 Nov, 07:16


Iymon mustahkam boʻlsa - hechbir stress insonni sindira olmaydi. Har bir onimiz - adaptatsiya. Shunday ekan vaqtlarni zoye qilgandan, stressli rivojni avzal koʻraman!

Inson maqsadi aniq boʻlsa, koʻrayotgani qiyinchiliklarni - manzilga eltuvchi yoʻl, deb biladi. Yoʻlni esa bizga hech kim oson boʻlishi kafolatini bermagan!

Jarayonda boshimizga tushayotgan har bir holat qadardan chetda qolib ketgan holat, Robbingiz siz uchun ma’qul koʻrgani hayotdan boshqasi boʻlishi mumkinmi?

Yoʻq!
Demak, nafas olyabsizmi ertangizni buguningizdan afzalroq qilish mas’uliyati sizda. Xoh sekin, xoh tez qimirlang, harakat qiling, ilm oling, amalda qoʻllang, oʻrgating…

#insayt

Musiyra

25 Nov, 17:56


إِنَّا لِلّٰهِ وَإنَّآ إِلَيْهِ رَاجِعُونَ…

Musiyra

24 Nov, 15:13


Har bir qoʻl urilgan masiyat inson qalbida dogʻ qoldiradi, shu tarzda qalb har gunohdan qattiqlashib, Allohdan uzoqlasha boradi, qattiqligi toshdek yoki undan battarroq boʻladi.

Shuning uchun Qur’on oʻqish, farz va qoʻshimcha nomozlar, zikr va salovatlar unga zavq va hotirjamlik keltirmaydi. Garchi tili qimirlasa ham, qalbi qanday boʻlsa, shunday qoladi. Ayniqsa, gunohlarda bardavom boʻluvchilar qanchalik harakat qilishmasin koʻzlaridan bir tomchi koʻz yosh toʻkishga qiynaladilar…

~ Mustahkam hifz ~

Musiyra

24 Nov, 12:18


Tajvid o'rganish uchun hech qanaqa motivatsiyaga hojat yo'q, bu har bir musulmonning majburiyati.

Kuniga 17 marta Fotiha surasini namozda qo'pol xatolar bilan o'qiganimizdan, birinchi o'rinda so'ralamiz...

~ sivayyro tarjimalaridan

Musiyra

23 Nov, 11:06


Diqqat qilamiz muhim murojaat!

Bazilardan “Rostdan 30 juzni toʻliq ikki oyda yodlab tugatamizmi?” degan habarni oʻqib biroz hayron qolyabman. Hozir qabuli ochiq boʻlgan hifz kursida 30 - (chi) juz yodlatilinadi. Agar ikki oyda Qur’on yodlash shunchalik oson (imkonsiz deyolmayman, balki yodlaganlar bordir men bilmagan butun mintaqada bitta) boʻlganida mahallangizdagi qori - qoriyalarni sanasangiz barmoqlaringiz ortib qolmagan boʻlar edi ))

Hifz guruhga keladigan boʻlsak, ikkita joy qoldi ammo men beshta qilsammi deyabman, sababi avvalgi hifz klubidek ikkinchi oyda ham qayta qabul ochilmaydi bu safar. Chunki oʻzimga qiziq necha kishi bilan boshlab necha kishi bilan bitirib olishimiz. Bu safar nazorat qattiqroq va kuchliroq boʻlishi aniq.

Ba’zilar kurs boshlanishidan avvalgi berilayotgan kichik vazifalarni vaqtida oʻqib yubormay yiqilishyabdi, ba’zilar esa goʻzal umid bilan ilk qadamlarini tashlashdi, Alloh muvaffaq qilsin intizom bilan davomli ilm olishlariga.

Ha, yana narx masalasiga kelsak, har kuni deyarli ikki soatdan dars oʻtish uchun qimmatlik qilmasa kerak. Undan arzoni toʻgʻri kelmas ekan bizga. Ustoz aytganlariday: bu ilmlar pullanmaydi, ular aslida bebaho! Dars beruvchilar sarflayotgan vaqtlari uchun narx qoʻyishadi. Agar sizga qimmatlik qilayotgan boʻlsa toʻgʻri tushunaman Alloh rizqingizni keng qilib qoʻysin, biz ham oʻz darslarimiz va kunlik ehtiyojlarimiz uchun toʻgʻri keladigan narx belgilaganmiz. Hozir bepul va arzon ilovalar bor oʻshalar orqali hifz qilsangiz ham boʻladi faqat u uchun self-control kuchli boʻlishi kerak.

Musiyra

21 Nov, 17:21


Eng chiroyli ovoz - Qur’on tilovat qilgan ovoz
Eng barakali kun - Qur’on tilovati bilan boshlangan kun
Eng goʻzal qalb - Qur’on firoqiga chiday olmaydigan qalb

Dunyoda ham, Uxroda ham sizga shafoatini kafillovchi yagona doʻst - Qur’ondir

Unga yaqinlashganingiz sari darajangiz koʻtarilib boraveradi, chunki u - qalb quvvati. Tavakkulingizni yuksaltiradi, qalbingizni sakinat bilan bogʻlaydi, umrlarni fido qilishga arzimaydimi yoʻqsa…

Musiyra

21 Nov, 13:38


Ajoyib savol, kim javob beradi?

Musiyra

21 Nov, 13:37


Tajvid ilmi bn fonetikani nima farqi bor? Ikkalasida ham bir xil narsa o'tilmaydimi?

Musiyra

21 Nov, 13:23


P.s: ushbu guruhga oʻtilgan darslar kanali “Hifz challenge” qatnashchilariga ham beriladi 🌸

Hifzchilar murojaat qilsin: @musiyrah
Tajvidda oʻqimoqchi boʻlganlar: @musiyra_m

Musiyra

21 Nov, 12:08


Tajvid haqida boshlang’ich tushuncha 🩷

- Ilm olishda niyat
- Tajvid nima?
- Tajvid qisqacha tarixi
- Tajvid oʻrganishdan maqsad
- Tajvid bilan qiroat qilish hukmi

#musiyra_books

Musiyra

21 Nov, 06:21


Ассаляму алейкум мои дорогие❤️
У нас отличная новость!💡

В нашем книжном магазине теперь доступны книги на турецком языке! 👍
Религиозная литература, книги о семье, духовности и многое другое уже в продаже📚

Загляните к нам за знаниями и вдохновением!💡

Musiyra

19 Nov, 18:06


📍Boqiy Shahar ~ Samarqand

Musiyra

19 Nov, 08:48


Darslar dushanbadan boshlanadi, inshaAllah 🔴

Bunday tizimda oxirigacha borish oson boʻlmaydi. Hattoki qiyin, ya’ni shayton sizga shunaqa qiyin qilib koʻrsatadi bor mahoratini ishga solib.

Bu kabi mas’uliyatni koʻtara olsangizgina, tayyor boʻlsangizgina yoziling, hissiyotlarga berilibgina emas..!

Musiyra

18 Nov, 14:41


Bu goʻzalliklarga boqing

Tarjimon va designer: Umayrning onasi 🧡

Musiyra

18 Nov, 12:57


Toʻgʻrisini aytganda, hozirgi kunda tajviddan ham dars oʻtadigan oʻqituvchilar koʻpayib ketishgan. Har kimni rizqi boʻlak, har kimda har xil usul, metod. “Nima uchun odamlar seni tanlashi kerak?” degan savol bilan mana deyarli 6 oydan buyon tajvid uchun yangi guruh ochganim yoʻq edi. Bunga sabab - bir xillik va eskirgan usul (yani avvalgi programmam).

Menda yangi qoʻllanma uchun bir yil oldin idealar kelib boshlagan, istagim - nafiis, ma’lumotlari ham vizual koʻrinishi ham insonda tajvidga, Qur’onga muhabbat uygʻotadigan bir qoʻllanmam boʻlishi. Biroq oʻzimda slayd tayyorlashga vaqt/qunt/resurs boʻlmagan.
Boshlangʻich grafik dizaynerlar ishlariga koʻnglim toʻlmagan.
Professionalga bergani pulim boʻlmagan )))

Sanogʻi yoʻq bahonalar - balki chinakam ehtiyoj - xohish boʻlmagandir…

Ammo usiz yangi tajvid guruhi ocholmasligimni 5-6 oy oldin payqagandim. “Bismillah” deb, istixora qilib kirishdik @umayrs_mom bilan birgalikda. Alloh tavfiq bersin, istaganimizdan ziyodasi bilan rizqlantirsin.

Ammo ish oʻylaganimdek oson va tez bitadigan emas ekan. Re’jadan tashqari ham gʻoyalar kelib qolyabdi jarayonda. Allohning barakasi shudir balki. Hozirgi holatdagi darajamizga munosib tayyorlashga harakat qilyabmiz, kim uchundir oddiy va bilgan ilmi boʻlishi mumkin va norma bunday boʻlishi.

Nima uchun aytyabman bularni, chunki bazilar ancha vaqt kutib qolishdi tajvid qabuli e’lonini. Kechikayotgani uchun, uzur. Shunisi xayrli ekan, kamida uchta dars slaydi tayyor boʻlmasa kurs e’lonini chiqara olmaymiz. Shu hafta oxorigacha harakat qilamiz. Aytgancha, kanal a’zolari uchun ham guide tayyorlayabmiz

Musiyra

18 Nov, 12:35


Jarayon 🔴

Musiyra

17 Nov, 17:30


Qish - moʻminning bahori. Fursatdan foydalanib qolish kerak, tahajjudni yoʻlga qoʻysa boʻladi, masalan.

#suhbatdan

©️ agar tahajjuddan keyin bomdodgacha Qur’on yodlashni yoʻlga qoʻyishni odat tusiga kiritsachi 🥹

Bu kurs oʻzim uchun ham chellenj boʻlishi kutilmoqda. Agar bir oʻquvchi uxlab qolib darsga qatnashmasa 50 ming soʻm xayriya qiladi guruhdagilar nomidan, agar men uxlab qolsam guruhda necha kishi boʻlsa koʻpaytiramiz 50 ming soʻmga )))
Qani, keyin ham uxlab koʻringchi

Shartni bajarmaganlar, ignor qilganlar guruhdan chiqariladi. Ha, osonmas oʻqish )

Musiyra

16 Nov, 15:44


Qanchalik aktual boʻlmasin ayol kishi yuritadigan kanal izohiga erkak kishi yozishi, erkak kishi yuritadigan kanal izohiga ayol kishi yozishi, nimalarnidir muhokama qilishi - eng kamida BEFAROSATLIK!
Eng kamida!!!

~ Ummu Umayr

Musiyra

16 Nov, 15:21


Doimgidek ikkita yangiligim bor. Bittasi biroz xomroq ammo aktual (kutilmoqda va yuqoridagi rasmlarga a’loqador ))

Ikkinchisi tayyor loyiha, lekin hechkim kutmayabdi. Biroq mohiyatini ochib bersam qatnashgingiz kelib qolsa kerak inshaAllah

Qaysi biridan boshlay? Hifz yoki tajvid?

Musiyra

16 Nov, 13:49


Soon 🎗

Musiyra

13 Nov, 11:02


#musiyra_books

Musiyra

13 Nov, 09:49


Kursdoshim kurs ochyabdilar ekan, birinchi darsga qatnashib koʻring

Musiyra

13 Nov, 09:48


Noldan Arab tili ...

Ustoza:Ummu Fotima


🌐 Arab tili filologiyasi bitiruvchisi
Tuhfatu Atfal ijoza sohibasi


🟢Haftada 3 kun
🟢Seshanba, Payshanba va Shanba
🟢Vaqti: 20:00
🟢Narxi: 1 oy uchun 230 ming
🟢Muddati: 2 oy

ℹ️ 2 oy muddatda arab harflarining maxraj va sifatlarini hamda Tajvid ilmini o'rganasiz.

💬Murojaat uchun:@umfatimatu

Musiyra

12 Nov, 06:23


Moʻmin hafa boʻlishi, qaygʻurishi, havotirlanishi va ba’zan holidan arz qilib qolishi mumkin.

Biroq umidsizlikka tushib qolmaydi.
Umidsizlik - shaytondan
Yomon gumon - shaytondan

Allohga oson, qoʻlingizdan kelgan sabablarni qilib ishingizni Unga topshiring, shubhalanmasdan, qat’iy ishonch bilan. U sizni zoye qilmaydi!

#insayt

Musiyra

06 Nov, 08:47


Erinmasdan📌

Musiyra

06 Nov, 08:47


https://www.instagram.com/ameenasiyaa/

Musiyra

01 Nov, 18:19


Tolibi ilm uch narsadan parxez qilishi lozim:

• uyqudan
• taomdan
• lagʻudan

#darsdanqaydlar

Musiyra

30 Oct, 13:46


- Nomzod oʻqimishli, oilasi ziyoli, moddiy holati yaxshi, uyimdagilarga ma’qul kelib turibdi. Faqat nomoz oʻqimas ekan, nima qilsam ekan?

- Tegma!

Musiyra

30 Oct, 12:54


Re’jalanmagan kunni tartiblanmagan javonga oʻxshataman. Agar kiyimlar taxlanmasa ozginasi bilan javon toʻlib qolganidek, tartiblanmagan kun ham barakasiz boʻladi, muhim ishlarga vaqt topilmay qoladi 🪫

~Jamila Mahmud

Musiyra

30 Oct, 12:51


📝📌

Musiyra

27 Oct, 18:20


Inson tabiati qullikka moil. Ular doim buyruq bajarib turishlari kerak. Odatda qilayotgan ishlari nimaga qullik qilayotganidan darak berib qoʻyadi. Bilasizmi, uning bir qancha turlari mavjud, uzoq muddatli kuzatuvlarim natijasida hozir hayolimga kelgan bir qancha turlarini sanab oʻtmoqchiman.

Urfga
Gʻoyaga
Maqsadga
Moddiyatga
Propagandaga
Va bir qancha ijtimoiy tarmoqlardagi allaqanday’erlarga miyyani tanqidiy fikrlash funksiyasini yoqmasdan yohud kognitiv xususiyatlarini ishga tushurmasdan koʻr-koʻrona ergashib ketish - qullik deyiladi. Faqat bu oʻta nosogʻlom va ikki dunyoda zararga ishlaydigan versiyalari hisoblanadi.

Oʻzi umuman olganda, qullikning eng sogʻlom, toʻgʻri, insonning zarariga emas aksincha foydasiga ishlaydigan yagona turi bu - Alloh taologa qullikdir!

Musiyra

27 Oct, 12:24


Ko’pchilik insonlar dunyoda zohid bo’lish deganda , undan butunlay voz kechib tog’-u toshga g’arib bo’lib chiqib ketishni tushunishadi . To’g’rimi :) Aslida zuhd nima ? Ulamolar bu haqida nima deyishgan ??? Keling birga o’rganamiz .

🕯️ Ali ibn Abu Tolib 📿 aytadilar : “ Kim dunyoda zohid bo’lsa unga musibatlar arzimas bo’lib qoladi ..”

🫀Fuzayl ibn Iyoz📿 aytadilar : “ Dunyoda zohid bo’lmaguningizcha qalbingiz iymon halovatini topmaydi “

🎯🪶 Sufyon as Savriy 📿 dan : “ Bir kishi ham zohid bo’lib turib uni mol dunyosi bo’lishi mumkinmi ? “ deb so’rashdi ,
-U :” Ha , agar unga musibat yetsa sabr qiladi , ne’mat kelsa shukr qiladi .” deb javob berdi .

🍃Abdurrohman bin Zayd bin Aslam aytadi : Men bir kuni Abu haazim 📿 ga : “Men bir narsa hafa qilyapti.” dedim .
U : “ Nima hafa qilyapti ?” -dedi .
-“ Dunyoga bo’lgan muhabbatim .”
- Menga qara jiyanim ! Alloh menga sevdirgan narsalarni sevganim uchun o’zimni ayblamayman . Chunki Alloh bu dunyoga hammamizda havas uyg’otib qo’ygan . Lekin bu dunyoga bo’lgan muhabbatimiz undan Alloh nafratlangan narsalarni olishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak . Allohga suyukli bo’lgan narsalardan o’zimizni man qilmasligimiz kerak . Lekin bundan tashqari boshqa narsa uchun o’zimizni ayblamaylik . Agar shunday qilsak dunyoga bo’lgan qiziqishimiz bizga zarar bermaydi . “
🦋🌙

💭 Sufyon ibn Uyayna 📿” Zuhd Alloh harom qilgan narsalarni tark qilishdir “ deganlar .

Ahmad ibn Hanbal
📿 :” Men ovqatni kamaytirishni yomon ko’raman , chunki bir toifa odamlar shunday qilib farzga ham yaramay qoldilar “ deganlar . ⏰️


✉️Abu Sulaymon Ad Daarooniy 📿 aytadilar :” Iroqda ba’zi ulamolar zuhd haqida bahslashishdi . Ulardan ba’zilari zuhd bu odamlar bilan ko’rishishni tark qilish dedi , yana kimdir zuhd shahvatni tark qilishdir dedi . Ba’zilar esa zuhd bu to’qlikni tark qilishdir dedi. Hammasining fikri bir- biriga yaqin edi . Lekin men zuhd seni Allohdan chalg’itgan hamma narsani tark qilishdir degan fikrga boraman. “ dedilar . 🤎💭

حياة السلف / ٢٣١
@tolibatulhadis

Musiyra

26 Oct, 18:03


Inson bilganini, taniganini u haqida qaygʻurganni sevadi, sevganiga taqlid qiladi
Taqlid qilgani - amallarini tashkil qiladi
Har bir qilgan amalidan birma-bir soʻraladi, oʻshanga koʻra abadiy bahtga yoki azobga hukm qilinadi. Sevish juda jiddiy masala toʻgʻrimi?

Biroq sizda tanlov bor
Sevganingizni tanlash imkoni
Kimga va nimaga taqlid qilayotganingizga boqishga va isloh qilishga…

Allohga qasam, Alloh va Rosulini qanchalik tanisangiz, shunchalik muhabbatingiz ziyodalashib boraveradi
بإذن الله تعالى

Musiyra

25 Oct, 08:24


Niyat toʻgʻri qilinsa, har bir ilm - ibodat

Musiyra

22 Oct, 03:16


Ikki taraflama habarlarni oʻchirib yuborganingizda, zimmangizdagi qarzni ham oʻchirib yubordim deb hisoblaysizmi, ajabo :\

Mayli, Allohga bildirmasdan qila qoling bu ishingizni, imkon topolsangiz!

#bazilarga

Musiyra

21 Oct, 13:03


Moʻminning imtihoni dunyoga muhabbatdan boshlanadi 🤩

- Nima deb oʻylaysiz boylik baxt keltiradimi?

- Baxt keltiradimi bilmadim-u, biroq moʻmin boy boʻlsa afzal. Muhimi boylik qalbga kirmasligi kerak.

- Qalbga kirganini qanday bilamiz?

- Istab turgani moddiy narsasi unga nasib qilmaganda qalb holatiga boqsin, afsuslanyaptimi yoki aksincha…

#suhbatdan

Musiyra

20 Oct, 18:27


Milliy mahsulot 💡

Sotib oling
Yaqinlarga ulashing
Sahifangizga qoʻying

Avvalo niyatni toʻgʻirlang: Allohdan ajr kuting, musulmon birodaringizni innovatsiyasini qoʻllayotganingizni his qilib 💚

Musiyra

19 Oct, 09:23


Nomozingni har bir kechikayotgan daqiqasiga vaqtingdagi, rizqingdagi, ilmingdagi, eng ayanchlisi, iymoningdagi barakaning kamayishini tovon deb hisobla!

Musiyra

15 Oct, 16:54


Alloh bandasiga toqatidan ortiq sinov yuklamaydi 🤩

Buni bilaman
Inson potensiallari cheklanganini, ba'zi natijalarga erishish uchun vaqt talab qilishini ham bilaman...

Lekin
Nega o'zimni aybdor his qilyabman?
Nega shoshyabman?
Shoshganim sari, "Qodirman!" deganim sari oqsayabman?

Ishimni to'la Allohga topshira olmayotganim uchun signalmi bular yoki?
Tavakkulga emas, sababotga yopishib olayotganim belgisimi yo?

Robbim, haddimni bildir, hatto haddini bilmaydigan ojiz bandangni avf qil 🤲

Musiyra

12 Oct, 18:35


Eng yaxshi ustoz - fanini Qur'onga bog'lab tushuntirgan ustoz. Qur'onga bog'lab o'rgatilingan har qanday ilm sevilmay qolmas...

#etirof