Dil'dan @dildani Channel on Telegram

Dil'dan

@dildani


His etganlarimni yozaman, undan na ortig'i va na kami emas) @dilgabot

Anonim: https://sprosi.link/dilga

Dil'dan (Uzbek)

Salom! Tanishaylik, men Dil'dan kanalining ma'muriyatiyman. Bu kanal orqali, sizga tilga oid arzulangan savollarga javoblar beriladi. Kanalda, @dilgabot yordamida, his etganlarimizni yozib qoldirishingiz mumkin. Bu sayohatda sizga ko'p narsa o'rganishga imkoniyat beradi. Sizga undan na ortiq, na az emas. Agar savollaringiz bo'lsa, iltimos, @dildani foydalanuvchiga murojaat qiling. Kanalga a'zo bo'ling, savollaringizni yozib qoldiring va tilga oid muhim ma'lumotlarni o'rganib chiqing. Dil'dan kanali sizni kutmoqda!

Dil'dan

22 May, 06:30


Hayot - aslida xotiralardan iborat.

Dil'dan

21 May, 19:09


Ba'zan yo'qotganlaring o'rnini eng yaxshilari bilan siylaganligini his qilasan.

Dil'dan

21 May, 03:38


Ichimda bir olov yongan. Shu uchqun bilan kelgan yerimda turibman tik.
Lekin sezyapman, bu olov ko'prog'iga olib boradi. Chunki, uning nomi - orzu.

Dil'dan

19 May, 17:57


Ming uringaning bilan qalbning ovozini o'chirib qo'yib bo'lmaydi.

Dil'dan

18 May, 19:09


What you want to be when you grow up?

Dil'dan

18 May, 12:05


Nimanidir o'zgartirish umuman hayolimga kelmadi.
Faqat, qaytmaydigan damlarimizni boricha his qilib, insonlarimizga yaxshi ko'rishimizni aytib, qattiq bag'rimizga bosish imkoni bo'lardi xalos.

Xulosa: bugun ham qachondir o'tmishga aylanadi, demak hoziroq shoshilimiz kerak keyin afsuslanmaydigan ishlarimizga๐Ÿค

Dil'dan

18 May, 11:17


O'tmishga qaytish ilojingiz bo'lganda birinchi bo'lib nima qilgan bo'lardingiz ?

Dil'dan

17 May, 17:40


Ba'zan qo'lingdagi omad keltiradigan nimadiring yo'qolgandek tuyiladi.
O'zingni chorasiz va yolg'iz his qilasan.
Diqqat bilan qarasang, eng katta kuch sensan.
Hayotingda kimlar kelib, nimalar yo'qolishidan qat'iy nazar - senda davom etishga sabab topiladi.
Faqat kichik yaxshiliklarni ham ko'ra olishing kerak.

Dil'dan

17 May, 14:18


Muhabbat va e'tibor talab qilinadigan narsa emas.
U shundayiga ham hech qanday evazsiz beriladigan va unga loyiq bo'linadigan alohidalik. โค๏ธโ€๐Ÿฉน

Dil'dan

16 May, 05:38


Yomg'ir...

Dil'dan

15 May, 06:33


Ba'zan o'z comfort zonangni buzib o'tib, ancha dadil bo'lishga to'g'ri keladi. Chegalar esa faqat ongda. Unutma, bu o'yinda qoidalarni sen yaratasan. Hech kim seni boshqarishga haqli emas.

Ishonaman, hammasini uddalaysan๐Ÿ’›

Dil'dan

13 May, 19:07


Kutuvlaringa faqat U loyiq.

Dil'dan

13 May, 13:53


Muhabbat vaqtdan ustun.
Aniqrog'i muhabbat doim o'zgarib turadigan nuqtaga qaratilgan vaqt va makondir.
-Odatda odamlar boshqacha o'ylashadi. Ular hammasi avvalgidek qolishini istashadi.
Va qattiq afsuslanishadi... Biz hech qachon boshqalar xohlaganidek bo'la olmaymiz. Biz o'zimiz xohlagandekmiz.
Eng osoni o'zgalarni ayblash.
Vaqtni to'xtatishga urinish esa bekorga quvvat sarflashdir.

๐ŸชถAlif

Dil'dan

12 May, 16:08


Rostan, nega jamiyat hali ham "keraksiz" qoidalaridan voz kechmadi.
Tenglik deb jar solinayotgan gaplarning birortasi ta'sir qilmayapti turmushimizga.
Ekranda chiroyli ko'ringan hayot ortida necha-necha "qurbonlar" yotibdi.
Qaysidir "erkak" urib o'ldirsa o'z ayolini, yana qaysi biri tirik insonni tuproq ostiga ko'mib, ustidan o'tib qaytsa.
Bularni eshitib yuragingacha zirqirashing mumkin.
Lekin, "mentalitet" va ongsizlar sabab hayoti ko'kka sovurilayotgan ayollarimiz yana qancha O'zi'ga ma'lum.

Qachon, ozroq bo'lsada shavqat bilan - odamlar nima deb o'ylashini ohirgi o'rinlarga tushiramiz. Qachon?

Dil'dan

12 May, 12:12


Endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi. Fasllar aylanib, qish va bahor o'rtasin ayovsiz sovuqlar egallar, ammo yo'qotilgan yillar o'rnini hech narsa to'ldirib berolmaydi. Quyosh har tong qaytadan boshini ko'tarib chiqar, lekin endi doim onangning ovozidan ko'ra "xabarlar" uyg'otadi.

Endi hech nima avvalgidek bo'lmaydi, dengiz suvlari yana qaytadan mavjlanib o'rnini to'ldirar, ammo bolaligingda talashib-tortishib qo'linga olgan o'yinchog'ingni ortiq hech nima qaytarib bera olmaydi. Aksincha endi sen hayotning qo'lida o'zingni o'yinchoqdek his qilishing ham mumkin.

Endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi, o'tib ketgan samimiy kulgular o'rnini yangilari to'ldirishi mumkin. Ammo endi tuni bilan yoshlaring ichida qolib, tongda hech narsa bo'lmagandek o'z mas'uliyatingni ko'tarib yo'lida davom etadigan bir mavjudodga aylanasan.

Undanda yomon yoki yaxshiroq bo'lishi mumkin, lekin endi hech narsa avvalgidek bo'lmaydi. Bu his senga ham tanishdir? 

#feelings๐Ÿคซ