Kerakli masalliqlar:
Sarimsoqpiyoz
Limon suvi
Asal
Sarimsoq piyoz mayda qilib to‘g‘raladi. Ustiga ozgina limon suvi siqiladi. Ko‘madigan darajada asal quyiladi ustidan.
Bu aralashmadan kasallik mavsumlari profilaktika uchun haftada bir-ikki marta beriladi. Kasallik vaqti esa, tuzalguncha har kuni.
Har doim yangi tayyorlab beriladi.
4 yoshdan tepa bolalarga bir choy qoshiqdan.
1-4 yosh bolalarga yarim choy qoshiq.
Kattalarga bir osh qoshiqdan.
Kunda ikki mahal. (Kasallik vaqti uch mahal)
Bir yoshdan kichik bolalarga mumkin emas!
Homilador va emiziklilarga ham mumkin.
Emadigan bolalarning onalari bola shamollaganda shu aralashmani yeb, emizishsa foydali Biiznillah.
Diqqat! Barcha mahsulotlar tabiiy, toza bo‘lishi shart.
Sarimsoqpiyoz ezilmasligi kerak, mayda qilib to‘g‘raniladi faqat.
Ilova: To‘q va och qoringa ichishni farqi yo‘q. Sarimsoqpiyoz oshqozonni bezovta qiladigan bo‘lsa, bu aralashmaga kakos kukuniyam aralashtirib yeyiladi.
Mahsulotlar @sofluqma dan olindi