Muallima Ona @muallima_ona Channel on Telegram

Muallima Ona

@muallima_ona


Har bir ona - muallimadir.
Bola ilk bilimlarini o’z oilasidan o’rganadi.
Maqsadimiz: Onajonlar va bolajonlarga o’zbek tilida tarbiyaviy va foydali ma’lumotlarni ulashishdir.
Aloqa uchun: @Muallimaona_bot

Muallima Ona (Uzbek)

Muallima Ona kanalimiz sizning onangiz - muallimadir. Bu kanal orqali bola ilk bilimlarini o'z oilasidan o'rganadi. Bizning maqsadimiz onajonlar va bolajonlarga o'zbek tilida tarbiyaviy va foydali ma'lumotlarni ulashishdir. Kanalimizda siz uchun foydali savollar va maslahatlar mavjud. Agar sizning savollaringiz yoki fikrlaringiz bo'lsa, biz bilan @Muallimaona_bot orqali aloqa qiling. Sizning bolangiz uchun eng yaxshi ta'lim va tarbiya bilan ko'ngil qo'ying! Muallima Ona kanalimiz bilan birgalikda o'zingizni va oilangizni o'rganishga boshlang!

Muallima Ona

27 Sep, 08:15


Olti diniy kalima

KALIMAI ISTIG'FOR

Telegram | Facebook | Instagram

Muallima Ona

06 Sep, 05:32


Yana qayerda ko’rgansiz maktab direktori maktab hovlisini supirayotganini?

Bu uchun u qo’shimcha haq olmaydi, yoki hokimiyatdan kelib maktabning tozaligini tekshirishmaydi. Shunchaki u o’z ishini sevadi va o’z ishiga sodiq.

Aytgancha, Yaponiyada maktab direktorlari har 5 yilda o’zgarishini bilarmidingiz?

Muallima Ona

15 Jun, 21:36


Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin!

Telegram | Facebook | Instagram

Muallima Ona

10 Jun, 00:43


https://youtu.be/sj3eLxA01Ic?si=DoDSkvDHcS-jfhmK

Muallima Ona

07 Jun, 00:09


Aziz kuzatuvchilar. 2021 yili Muallima ona jamoasi "allamah"jamoasi tomonidan tuzilgan ingliz tilidagi "THE BEST DAYS OF THE YEAR" - "YILNING ENG YAXSHI KUNLARI" nomli kitobchasini o'zbek tiliga tarjima qilgan edi.

Zulhijja oyi, Haj hamda Qurbon hayitiga tegishli mavzularni o'z ichiga olgan ushbu qo'llanma farzandlaringiz bilan birga bilim olishingizda sizga qo'l keladi degan umiddamiz.
Kitob mualliflari, tarjimon, hamda ushbu kitobchani siz azizlarga yetkazishda hissa qo'shgan insonlar haqlariga duo qilishingizni so'rab qolamiz.

Telegram | Facebook | Instagrams

Muallima Ona

07 Jun, 00:09


Zulhijja oyi avvalgi 10 kunligida qilinadigan amallar

Telegram | Facebook | Instagrams

Muallima Ona

07 Jun, 00:09


Zulhijjaning ilk o'n kunligi
(Bugun (07/06/2024) Zulhijja oyining ilk kuni)

Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilinadi: «Alloh taologa ibodat qilinadigan kunlar ichida Zulhijja oyining (avvalgi) o‘n kunidan sevimli kun yo‘q. U kunlarda tutilgan ro‘za yil davomida tutilgan ro‘zaga teng. U kechalarda qilingan ibodat Qadr kechasida qilingan ibodatga tengdir» («Uqud’ul-javohir», 2-831).

Telegram | Facebook | Instagrams

Muallima Ona

18 May, 23:38


11-sinfni tugatayotgan Ozoda Mo‘minova Stenford universitetida o‘qimoqchi. Orzusi esa dunyodagi top olimlar safidan joy olish, shu bilan birga fanni IT bilan birlashtirib yangiliklar qilish, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarishni maqsad qilgan. 

Ozoda Mo‘minova hozir 17 yoshda. Endigina 11-sinfni tamomlayotganiga qaramay o‘quvchi allaqachon faoliyatini IT sohasi bilan bog‘lagan. Xususan, hozirda u “Swift Launch” biznes dasturida loyiha rahbari hisoblanadi. Sohaga qiziqish esa Ozodada 15 yoshidan boshlagan, turli dasturlarda volontyorlik qilgan.
Frontend yo‘nalishida 1 yil o‘qib, loyihalarda masofadan ishlashni boshladim. Bundan tashqari Agile va Scrum bo‘yicha ta’lim oldim. Bu bilimlarim menga chet eldagi 2 ta kompaniyada masofadan turib 2 yil mobaynida ishlab ko‘rishda yordam berdi. Bugun IT hayot tarzimga aylangan. Bugun yo‘lini topishda qiynalayotgan qizlarga hech ikkilanmay shu sohada o‘qishni maslahat beraman. Sababi IT aynan qizlar uchun keng imkoniyatlarga ega soha”, — deydi Ozodaning o‘zi.

Ozoda 2022 yilda xalqaro “The New York Academy of Sciences” xakatonida turli davlatlardan yig‘ilgan jamoasi bilan “Idea Creation” yo‘nalishida birinchi o‘rinni olgan va o‘zining dollardagi ilk investitsiyasi — 5000 dollarni qo‘lga kiritgan. Keyinroq esa Misrdagi global adolat sammiti uchun 100 foiz grant — 7000 dollar sohibasi ham bo‘lgan.

Ozoda bu investitsiyaning bir qismini jamoasi bilan birga ekologiya muhofazasi bo‘yicha yaratgan loyihasi uchun sarflaganini aytadi. Loyihani esa Hindistondagi laboratoriyada sinashga muvaffaq bo‘lgan. Investitsiyaning bir qismini bo‘lsa Massachusets Institute of Technology (MIT) va dunyo boshqa top-10 dagi xalqaro universitetlari olimlaridan darslar olishga va laboratoriya uchun ba’zi kerakli narsalarni xarid qilishga sarf qilgan. Hozirda u o‘z izlanishlarining shaffofligini oshirish uchun Kembrij universiteti olimlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Ozoda “Women in Nuclear” (atom energiyasi sohasidagi ayollar) notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi elchisi ham hisoblanadi.

17 yoshli qiz bir vaqtning o‘zida Google kompaniyasining Google Community’si Google Developers Tashkent jamoasi a’zosi bo‘lib, o‘zi kabi boshqa qizlarning ITga kirib kelishiga yordam bermoqda.
Ozoda bu yil maktabni tamomlaydi. Uning galdagi maqsadi dunyoning top oliygohlaridan biri — Stenfordga o‘qishga kirish. U orzusi haqida gapirar ekan, dunyodagi top olimlar safidan joy olib, fanni IT bilan birlashtirib yangiliklar qilishni, O‘zbekiston bayrog‘ini esa ko‘klarga ko‘tarishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Manba: kun.uz

Muallima Ona

18 May, 23:38


O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning top oliygohi olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda

Muallima Ona

13 May, 04:13


Unutmaslik kerak, bolalik his qilish davridir, mahramiyat ham his hisoblanadi.

Aura esa his shakllanishi uchun zarur pedagogik vositadir. Ota-onaning bolaga yondashuvi, bola bilan muloqot paytida o‘rtada qoldirgan masofa, "Seni o‘psam maylimi?" deb ruxsat so‘rashi bolada mahramiyat hissini paydo qiladi.

Deylik, mahramiyat hissi bo‘lmagan, auralariga hurmat ko‘rsatilmagan bir bolani begona kishi chaqirib, “Bu o‘yinchoq senikimi? Menga ber-chi", deya qo‘lini cho‘zadi. “Xohlasang, kel, tizzamga o‘tir. O‘yinchog‘ingni ko‘rsam maylimi?" deydi. Bolada aura haqida tushuncha bo‘lmasa, begona odam uning chegaralarini buzayotganini sezmaydi. Bu holga e’tiroz bildirmaydi, bezovta bo‘lmaydi. Chunki uning shaxsiy chegaralari ancha oldin ota-onasi tomonidan buzilgan yoki umuman shakllantirilmagan.

Farzandlarini suiiste’mol holatidan asrashni istagan ota-onalar ularga o‘z aurala rini shakllantirishiga ruxsat berishi kerak.

"Xiyobonda seni begona amaki chaqirib, shirinlik bersa, olma. Hech kimning yoniga borma. Senga yaqin kelishlariga yo‘l qo‘yma. Bo‘lmasa, olib qochib ketadi. Bizni qayta ko‘rmaysan”, deyish bolada mahramiyat hissini paydo qilmaydi, uni qo‘rqoq qilib qo‘yadi, xolos.

Xoh bobosi, otasi, amakisi, xoh notanish kishi bo‘lsin, bolaga "Seni o‘psam, maylimi?" deganida, bola o‘zini xavfsiz his qilmayotgan bo‘lsa, “Yo‘q”, deyish bilan bezovtaligini bildirishi va chegaralarini o‘rnatishi kerak.

Adem Guneshning “Mahramiyat tarbiyasi” kitobidan.

Muallima Ona

13 May, 04:12


Yaqinda Adem Guneshning “Mahramiyat tarbiyasi” nomli kitobni o’qib tugatdim. Bu kitobni har bir ota-ona o’qib chiqishi kerak.

Bolalarni himoya qilish kattalarning burchi. Ayniqsa hozirgi zamonda ota-onalar o’z farzandlariga mahramiyat tushunchalarini o’rgatib borishlari muhim.

Kitobda turli muhim mavzular ko’tarilgan:
- mahramiyat tushunchasi nima, yoki jinsiy tarbiyani nima,

- bolalarga necha yoshdan mahramiyat tushunchasini singdirish,

- tajovuzga uchragan bolalar qismati,

- tajovuzga uchrashni oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak,

- bolalarni necha yoshdan joylarini alohida qilish kabi masalalar.

Telegram | Facebook | Instagram

Muallima Ona

11 May, 14:46


I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:

- Ta’lim yo‘nalishi;
- Imkon yo‘nalishi;
- Madaniyat va san’at yo‘nalishi;
- Ekologiya yo‘nalishi;
- Media yo‘nalishi;
- Sport yo‘nalishi;
- Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi;
- IT yo‘nalishi.

📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA

Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Muallima Ona

15 Apr, 07:42


Yaponiya bog’chalari haqida video.

Video muallifi:
Bahodir Iskandarov

Muallima Ona

09 Apr, 15:27


Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!

Telegram | Facebook | Instagram

Muallima Ona

31 Mar, 14:20


Ramazon haqidagi Kahoot o'yini INGLIZ tilida. Ingliz tilini biladigan bolajonlar bilan birgalikda Kahoot o'yinida ishtirok etib, bilimlaringizni sinab ko'ring.

Ushbu havola orqali Kahoot o’yinida ishtirok etishingiz mumkin:

https://kahoot.it/challenge/04084896?challenge-id=2530aebd-d404-4704-a5f7-9ca3f6121818_1711842629400

Muallima Ona

31 Mar, 01:59


“Kunlik zikrlar” uchun haftalik jadvalning PDF shakli. Printerdan chop etib har hafta oila a’zolaringiz bilan zikr burchagi tashkil qiling. Bolalarni zikrga o’rgatishning samarali usullaridan biri.

P.S. har hafta yangi qog’oz chiqarmaslik uchun, avval printerda chop etib, laminatsiya qilib, flomaster bilan yozib borishingiz mumkin. Yangi hafta boshida esa flomasterda yozilganini o’chirib qaytadan yozishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram

Muallima Ona

31 Mar, 01:58


“Kunlik zikrlar” uchun haftalik jadval

Telegram | Facebook | Instagram