Teacher Mum @teachermum_with3kids Channel on Telegram

Teacher Mum

@teachermum_with3kids


📌 Bu kanalda sizga o'z farzandlarimga o'rgatadigan bilimlarni ulashib borishga harakat qilaman

Kanalda bolalar uchun online ingliz tili, rus tili va arab tili kurslari tashkil qilingan

✍️ Kurslar bo'yicha @Teacher_mum ga yozing

Teacher Mum (Uzbek)

Bu kanalda sizga o'z farzandlarimga o'rgatadigan bilimlarni ulashib borishga harakat qilaman. Kanalda bolalar uchun online ingliz tili, rus tili va arab tili kurslari tashkil qilingan. Kurslar bo'yicha @Teacher_mum ga yozing. Teacher Mum kanali sizga bolalar uchun foydali bilimlarni o'rgatish imkoniyatini beradi. Sizning farzandlaringiz uchun qulay va o'rganishga yo'nalib borishga yordam berish uchun bu kanalga obuna bo'ling. Bu yerda sizga eng yangi va samarali o'quv materiallari taqdim etiladi, bu erda sizning farzandlaringiz o'lchovlari bilan birgalikda ma'naviyotini oshirishlari mumkin. Bolalar uchun eng samarali va ko'plab so'ralgan tillarda kurslar tashkil etiladi, ular nafaqat o'zlarini rivojlantirishadi, balki yaxshi bilim olishlari uchun rivojlanishlarini ta'minlaydi. Kanalga obuna bo'lib, siz o'z farzandlaringizni ko'paytirishda va ularga foydali bilimlarni o'rgatishda qo'llangan bo'lasiz. Bu imkoniyatni yo'qotmang va hozir obuna bo'ling!

Teacher Mum

28 Sep, 08:03


https://t.me/kudapoytiuz

Teacher Mum

28 Sep, 07:59


https://t.me/mamatashkent

Teacher Mum

23 Aug, 18:08


Ўзбекистон ўзлигидан ва кимлигидан уялувчилар жамияти.

• Вилоятлик вилоятлик эканидан уялади.
• Тошкентлик асл тошкентлик эмаслигидан уялади.
• Ўқитувчи, ҳайдовчи, ҳамшира ва ҳоказолар ўз касбидан уялади. Гўёки судя ёки прокурор бўлиши керак эдию бўлолмаган, тақдирга тан бериб яшамоқда.
• Ўзбек ўз ватанида русча билмаслигидан уялади.
• Бева бевалигидан уялади.
• Бўйдоқ бўйдоқлигидан уялади.
• Ўғли йўқлар ўғли йўқлигидан уялади.
• Қизи кўплар қизи кўплигидан уялади.
• Матиз миниб юрган Жентра минолмаганидан уялади.
• Абитуриент ўқишга киролмаганидан уялади.
• Ногирон ногиронлигидан уялади.
• Ботекс қилдирмаган ва косметик операция қилдирмаган аёллар тегилмаган оддийлигидан уялади.
• Ижарачи ижарада яшашидан уялади.
• Ҳамма аслидан бошқача кўринишга чиранади, зўр бериб аксини исботлашга уринади.
• Масалан, таксист гўё зерикканидан такси қилади, аслида бошқа ишлари бор бўлади
* Уста ёки сантехник Тошкентдаги нуфузли университетга грант бўйича киришига икки бал етмаган ва контрактда ўқишга имкон тополмаган бўлади
• Эй барака топгур, нега аслингдан уяласан, сен кимга нимани исботламоқчи бўляпсан?  Аслингча бўл, қандай бўлсанг одамлар шундайингча берган баҳосини қабул қил, сенга сохта баҳолар керакми? Одамлар берган баҳо шунчалик муҳимми сен учун?!
• Ичи тўла биологик чиқиндини кўтариб юрадиган, еб ичадиган ва ҳожатга борадиган ожиз бандаларнинг баҳоси нима бўларди?!
• Нега ким учун спектакл қўймоқчисизлар? Қачон самимий тўғри бўлишни ўрганамиз...

© Фаизиддин Мўмин

@nishondagi_gaplar_tegadi

@teachermum_with3kids

Teacher Mum

28 Jul, 20:30


📹 O‘zbek qizi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi
👤 #KunUZ

@teachermum_with3kids

Teacher Mum

08 Jul, 19:25


Mashina haydab 7 qizni yolg‘iz katta qilayotgan ayol hikoyasi
#KunUZ

@teachermum_with3kids

Teacher Mum

04 Jul, 17:33


#online_kurs

Bu bizning 3-guruhimizdagi a'lochi qizalog'imiz Yasina. Yasina Rossiyada yashab bizning kursimizda qatnashdilar.

Odatda bolalar bilan dars qilish, ularga bilim berishda ko'proq onalar ma'sul deb qaraladi. Aslida farzandning ta'lim va tarbiyasida ota-ona birdek javobgar. Har ikkalasining hamkorligida bola ko'proq bilim olish imkoniga ega bo'ladi. Nega endi bunday imkoniyatdan foydalanmasligimiz kerak?

Videoda Yasina dadasi bilan birga dars qilayotganini va bu orqali qizaloq o'zgacha quvonch bilan o'rganayotganini sezish qiyin emas.

Demak, endi qarashimizni sal o'zgartiramiz, bolaga ota-onadan yaxshi ustoz bo'lmaydi! Siz ham farzandingizning otasidan qaysidir darsni birga qilishlarini iltimos qilib ko'ring. Bu orqali ham sizga ozgina bo'lsada yengillik bo'lishi ham bola uchun otasining e'tibori ham nihoyatda bebaho ekanini sekin tushuntirib ko'ring 🥰

@teachermum_with3kids

Teacher Mum

04 Jul, 09:27


O'quvchimiz Kumushoyning onalaridan kelgan fikrlar:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu. Ikkilanib turgan onajonlar online dars ozgina masʼuliyatli lekin natijasini kurib xursand bulasizlar. Farzandiga ilm urganiwi uchun sharoit qiberiwdan, ilm urgatiwdan muhimroq iw bumasa kk manimcha. Tv kamroq kurasiz, ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanasiz evaziga farzandizga ilm urgatasiz. Kelajagi uchun zamin hozirlaysiz. Biza hali yow kichkina urganolmaydi degan farzandlarimiz wunaqa urganiwadiki keyin lol qolasiz. Bowida bilinmaydi. Chunki baza yigiwadi. Lekin keyinchalik olgan bilimlari suv yuziga chiqadi. Man ustozni darslarini maqtaw uchun yozayotganim yuq, chunki tepada hamma bor gapla yozilgan. Man aytmoqchi buganim wu ustozni Olloh uzimizga uchratgani uzi katta hikmat. Undan foydalanib qoliwimiz kerak. Bu darsla bn farzandlarimiz faqat ingliz tilini urganib qomay balki masʼuliyatli buliwni, dars vaqtlari uzini alohida bir shaxs sifatida tutiwni, daftar ruchka iwlatiwni, ustozni hurmat qiliwni va ilm oliw bir qiziqarli mawgulot ekanligini urganiwadi. Maktabdagiga uxwab majburlab bezdirib dars qildirilmaydi. Ilm oliwga mehri owadi. Man qizim bn apreldan beri hamma darslaga qatnawib kelamiz, yana kursla ochilsa inshaAlloh yana qatnawamiz. Chunki natijasini kurayapmiz. Ustozni Olloh bizaga sababchi qilib yuboryaptila va biza bu imkoniyatdan foydalanib qolaylik. Agar moddiy tomoni busa uylab kuriylar. 400.000 ga hozir nimalar beradi? Taroziga qo'yib ko'riylar, o'sha narsalar og'irroqmi yoki 2 oylik bilim?!


Ustoz sizdan Olloh rozi bulsin. Ilohim hamma niyatlarizga yeting🤲
Ilm beriw yulida hechqachon charchamang.

Haydarova Sayyora Ziyoviddinovna

( Bizning 2 ta ingliz tili, rus tili kurslarimizda o'qigan 3.5 yoshli Kumushoyning onasi)

Teacher Mum

04 Jul, 09:22


O'quvchimiz Malikaxon onasi bilan "Ee" tovushini o'rganyaptilar

Ko'pchilik onani o'zi chet tilini bilsagina bolasiga o'rgata oladi, deb o'ylashadi. Lekin bu notog'ri fikr. Hammaning onasi ham o'sha til o'qituvchisi bo'lavermaydiku. To'g'ri agar o'zingiz tilni bilsangiz, bu bolaga o'rgatishda qo'l kelishi aniq. Lekin o'zingiz bilmasangiz ham harakat qilib,muhimi bola bilan shug'ullanib,turli ko'rgazmali qurollar yordamida, biror bir o'qituvchining dars rejasi asosida o'sha tilni o'rgata olasiz.Eng kamida bolada o'sha tilga qiziqish uyg'ota olasiz. Ko'pchilik online tarzda o'rganishni ma'qul ko'rishmaydi. Asosiy sabablaridan biri ma'suliyatni olishdan qochishadi.Ular o'qituvchini o'ziga topshirib, iloji boricha, onani bezovta qilmasdan o'rgatib berishlarini xohlaydilar.

Malikaxonning onasiga qarang, o'sha bitta "Ee" tovushini tushuntirishni turli usullarini qo'llayaptilar. Siz ham shunday shaklda shug'ullanib ko'ringchi, bolangiz qiziqmasmikan.

Bunday onalar haqiqiy qahramonlardir🌷

@teachermum_with3kids

Teacher Mum

03 Jul, 13:28


#online_kurs
#русский_язык

Bu esa bizning online rus tili kursimizdan ayrim lavhalar 😍 Darslar bosqichma-bosqich murakkablashtiriladi.

Rus tili ustozimiz bolajonlar bilan juda yaxshi til topishyapti. Shu sababli, ustozimiz va ular olib borayotgan rus tili darslari onalar va bolajonlarga birday manzur bo'lyapti, alhamdullillah 🌷

@teachermum_with3kids

Teacher Mum

02 Jul, 18:30


📣📣📣 Diqqat, Diqqat, Diqqat!!!

Uzoq kutilgan online ingliz tili kurslarimizga qabul e'lon qilamiz!

Quyidagi kurslar mavjud:

1. Ingliz tili 0 dan o'rganuvchilar uchun (3-10 yosh)

2. Ingliz tili davom ettiruvchilar uchun ( 4-10 yosh)
Bu 2-kursga hamma harflarni taniydigan, ingliz tilidan boshlang'ich bilimga ega bo'lgan bolalar qabul qilinadi. Bu kurs kichik matnlarni o'qish, ularni tarjima qilish, o'qish qoidalari, lug'at va speaking ko'nikmalarini o'z ichiga olgan.

3. Ingliz tili davom ettiruvchilar uchun
( 7-14 yosh)
Bu kursda listening 🎧, reading 📚, grammar va speaking ko'nikmalari o'rgatiladi. 
Shuningdek bu kurs ingliz tilini boshlang'ich darajadan o'rganmoqchi bo'lgan onalar uchun ham mos keladi.

Darslar haftada 3 marta Telegramda jonli efir video chatda olib boriladi

Darslar 5-iyul juma kuni boshlanadi.

Uchala kurs ham 2 oy davom etadi,  kurs narxi 400.000 (2 oyga)

👩‍🏫. Kursga yozilish va qo'shimcha ma'lumot uchun @Teacher_Mum ga yozing


ULGURIB QOLING!

Teacher Mum

30 Jun, 19:30


Foydali suhbat

Farzand tarbiyasiga ilm bilan yondashish kerak. Ilmsiz tarbiya yo‘q

- Hasanxon domla

#Daryo

@teachermum_with3kids

Teacher Mum

30 Jun, 19:18


#online_kurs

Bu o'quvchim judayam sho'x bola. 5 yoshli Rasulbek. Buxorodan adashmasam. Shunaqangi sho'x-ki, online imtihonimizda 1 munut ham to'g'ri o'tirmaydi, bola paqir 🤗 Har xil ovozlar, qiliqlar bilan javob beradilar online imtihonda.Rus tili kursida ham shu ahvol🥰

Onasi bo'lsa rosa hijolat bo'ladilar. Diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlab o'tirish qiyin. Bunday bolalar bilan ishlashga hammaning ham sabri yetavermaydi, xatto u o'zining bolasi bo'lsa ham. Ba'zi ota-onalar buni ortiqcha tashvish bilib, bu ma'suliyatni bog'cha yoki ustozga yuklab qo'yishadi. Rasulbekning onasi oddiy qishloq ayoli - chekingani yo'q. Har qanaqasiga harakat qilyapti. Bolasini uyda o'tirishni xohlamasligini bilib, hovlida dars qilyaptilar. Rasulbek velosipedda, unga shu qulay 😍

Onasi bo'lsa qanday holatda bo'lsa ham, bolasi 1 dona harfni o'rgansa ham rozi. Qishloq joyi, bir dunyo ish, bir yoqda sigirlar ham mu-mulab turibdi qachon manga gal keladi deb😍

Sizchi, nimalar qilyapsiz farzandingiz uchun?

@teachermum_with3kids