Utopia @meningcha Channel on Telegram

Utopia

@meningcha


Hamma narsa va hech narsa. Signal.

Qizlar clubi:
https://t.me/+Bz6brEy6eSllMGM6

Utopia (Uzbek)

Utopia Telegram kanali – MeningchannUtopia Telegram kanali – Meningcha, hamma narsa va hech narsa bo‘lmasa-da, o‘ziga xoslikni his qiladigan ajoyib orol. Bu kanalda, ko‘p qiyinchiliklar va muammolar o‘rtasida adolat va samimiyat yo‘qotilmaydigan, insoniyatga hurmat tufayli yasalgan sog‘liq va sodda dunyo haqida muloqotlar olib boriladi. Kanal a’zolari o‘z fikr va tajribalarini ulashib, boshqa insonlar bilan maslahatlar olib, yangi do‘stimiz bo‘lishadi.

Utopia Telegram kanalining asosiy maqsadi, insonlar orasida aloqani kuchaytirish, o‘zaro fikr almashish va ijtimoiy ta’limni yanada rivojlantirishdir. Kanalda gulluk guruh a’zolari o‘zlarining muammolarini, murojatlarni, gaplarni, yaqin vaqt bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni almashishlarni baham ko‘rishadi. Bu orqali, har bir a’zo o‘z hayotini o‘zini o‘zlashtirish va insoniyatga ehtiromni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Utopia Telegram kanali – Meningcha, umuman ommaga yoqimli muhitni yaratish uchun lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rgatishni va talab etishni tashkil qiluvchi o‘ziga xos Telegram kanali. Bu yerda, insonlarning o‘zlarini, dunyoni va qadarini ko‘rsatishlari, o‘zgarishlarga o‘zlashtirishlari va boshqa insonlarga qanday yordam ko‘rsatishlari misollar asosida o‘rgatiladi. Bu kanalda, insonlar o‘z fikrlarini ifodalash, dunyoni ko‘rib chiqish va yangi bilimlarni o‘rganish orqali o‘zlarini yanada rivojlashtirishlari uchun muhim platforma sifatida xizmat qiladi.

Utopia Telegram kanali – Meningcha, insonlar uchun o‘zlarini yangi tatbiqlar bilan tanishtiruvchi, o‘zlarining g‘oyasi va g‘ururi bilan ishlashlarini yaxshi o‘rganuvchi, ta’lim sifatida hamda ijtimoiy fikrlar almashish orqali o‘zini o‘zlashtiruvchi o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Utopia Telegram kanaliga qo‘shilish orqali, siz ham o‘z fikrlaringizni ifodalay, yangi dostlar bilan tanishib, o‘z dunyoni kengaytirish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Utopia Telegram kanali – Meningcha, sizni yangi vaqtning boshlang‘ich nuqtasiga olib boradi!

Utopia

07 Jan, 19:03


Hayot

Hayot – to‘lqin, bir qirg‘oqdan
O‘tar seni otib-sochib,
Hayot – xayol, sen tasavvur
Etsa bo‘lgan har bir lahza.

Hayot – yo‘lki, bosib o‘tar
Shunday izsiz, shunday sokin,
Hayot – so‘zdir, so‘zga aylab
Senga qoldir bunda borin.

Hayot – daryo, yurak bo‘lsa,
Unda suzgan qayiqdir sen.
Hayot – borliq, sening o‘zing,
Undan boshqa nima bor, de!

Usmon Azim

Utopia

07 Jan, 18:26


Balkim men sening boshing uzra uchib oʻtayotgan qushdirman.

Utopia

05 Jan, 20:38


Qiz bola boʻlib tugʻilish, yashash, ba’zan koʻnikish, ba’zan moslashib, keyin qachon chidab yashashga oʻrganib qolganingizni bilmay qolib hayron qolib yashash — bilaman oson emas. Lekin, qalbingizni ehtiyot qiling. Oʻzingizdan boshqa hech kim va hech narsa qalbingizni nurga toʻldirolmaydi. Kimdir nurga toʻldirayotgan boʻlsa siz oʻzingiz shu odamga yoʻl berganingiz uchun, siz Xudoga borgan boʻlsangiz Xudoni qalbingiz xohlab sogʻinganingiz uchun, qalbingizni unga ochishni xohlaganingiz uchun. Qalbingizni ehtiyot qiling. Siz oʻzingiz javobgarsiz.

Utopia

01 Jan, 17:52


Yagona Xudo bir bandasiga umrni omonat qilib bergan. Ana shu yagonagina umrini kimdir senga bagʻishlagan. Sen kimgadir bagʻishlagansan. Buni qalban va ruhan hurmat qilgan holda, albatta koʻz qorasidek ehtiyot qilish kerak. Uningsiz Xudo bergan umrni qanday koʻrasan?! Mas’uliyatning shirin va oʻz oʻrnida qiyinligi shuki, oʻsha umrni goʻzal qilish yoki rangsiz qilish aynan har birimizning qoʻlimizda. Ehtiyot qilaylik.

Utopia

27 Dec, 19:00


Odam oʻzidan oʻtganini faqat oʻzi biladi.

Utopia

25 Dec, 22:03


Havolar sovudi. Odamlar sovuq.
Toshkentda qor yogʻdi, qishloqda yomgʻir.
Shamollar zabtidan seni qoʻruvchi,
Qoʻlingdan tutguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...

Yoʻllar juda yomon. Odamlar yomon.
Ishdan qaytadursan toʻliqib, xorib.
Hech kimga bildirmay yigʻlaganingda
Yoshingni artguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...

Ey mening oʻjarim, xudbin malagim!
Ey kunda ming bora vido aytguvchi!
Gʻururning zoʻridan qaytmaganingda
Yoningga qaytguvchi mehribon bormi?
Sendan xavotirman...

Balki baxtlidirsan oʻz olamingda,
Balki bilmasdirsan gʻam-qaygʻu nadir.
Garchi begonasan anchadan beri,
Garchi uzoqdasan, balki shungadir,
Sendan xavotirman...

Ilhom Salimov

Utopia

25 Dec, 21:02


Yangi yilga oʻzimga katta likop bilan katta kosa sovgʻa qilmoqchiman. Oq. Oppoq.

Utopia

25 Dec, 16:21


Vaqt.
Vaqt.
Vaqt.

Utopia

24 Dec, 23:04


Biz kelib ketuvchi to‘garak jahon,
Na boshi ma’lum na so‘ngi a’yon.
Hech kimsa rostini aytib berolmas,
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon.

Keksa yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz birma-bir o‘tar.
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy,
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar.

Kelmoq qo‘lda bo‘lsa kelmasdim bir dam,
Ketmoq qo‘lda bo‘lsa ketmas edim ham.
Juda soz bo‘lardi bu g‘amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam...

Umar Xayyom

Utopia

22 Dec, 15:27


Mana soʻragandilar nihoyat raqamni ulaganda tiklab oldim kichik kanalni

Faqat qizlar uchun shaxsiy kanalimiz

https://t.me/+Bz6brEy6eSllMGM6

Request boʻlib keladi, qabul qilaman. Ismingizga qiz bola ekanligizni bildiradigan nimadir qoʻysangiz yanada yaxshi qizlar :)))

Utopia

17 Dec, 17:22


For Uzbekistan, the two pleasant seasons are spring and autumn. Winter has already become exhausting.

Utopia

06 Dec, 20:01


Oʻzingizni issiq tuting. Oyogʻingiz va boshingizni issiq tuting. Kasal boʻlmang.

Utopia

23 Nov, 09:49


Hamma narsa keladi-ketadi. Bizda biz bilan xotiralar va hislar qoladi. Bizdan odamlarga esa qilgan ishlarimiz.

Utopia

13 Nov, 14:34


Birinchi qor bilan, yaxshilar!

Utopia

04 Nov, 16:21


Yomgʻirda yurmaganimga ancha boʻlibdi. Darsdan chiqib, musiqasiz, yolgʻiz, piyoda shunchaki yurib keldim.

Utopia

13 Oct, 19:01


Xullas, shu kunlarda Toshkentdagi oʻzgacha yoqimli ob-havo uchun tabiatga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Utopia

02 Oct, 14:47


Oktyabr ancha kutilgan ideal havo bilan boshlandi men uchun, elas-elas yoqimli shamol. Yomgʻirli. Goʻzal tabiat.

Utopia

01 Oct, 06:11


Bayramingiz bilan hurmatli ustozlar! #mood 🫡

Utopia

24 Sep, 18:23


Koʻzimni yumdim-ochdim, qaysidir yil va yana kuz.

Utopia

06 Sep, 19:00


Yashil joylarni sogʻindim.

Utopia

03 Sep, 19:00


Hozir 1-sinfga chiqqan kunimni esladim. Sochlarimni lenta bilan oʻrab qoʻygandi onam. Kiyimlarimni kiydirib… oyoq kiymimni lekin doim dadam kiygizib qoʻygan. Sumkamni ham dadam taqib qoʻyardilar.

Ertalab oilaviy oʻtirib nonushta qilish menga rosa yoqar edi. Ayniqsa, ota-onam doim birga nonushta tayyorlashgan.

Uygʻonib hech qachon shoshmaganman. Ishonar edim — kechikmayman.

Maktabdagi ilk kunim boshlandi: meni oxirgi partaga 1 oʻzimni oʻtqizib qoʻygan sinf rahbarim. Nega? Hali ham bilmayman. Rosa yigʻlagim kelgan, gʻalati boʻlganman. Boʻyim sinfdagi eng past boʻylilardan edim albatta. Juda kichkina boʻlganman.

Menga akam bilan bir joyda oʻqish orzu edi. Endi esa armon boʻlib ulgurdi.

«Prezident sovgʻasi» degan narsalar boʻlardi. Sumka va ichida kerakli oʻquv qurollari. Hech bir narsasini ishlatmaganman lekin biror marta ham. Oʻqituvchim bir gal urushib bergan: «Nimaga biz hammaga tarqatgan narsalarni ishlatmayapsan?!» deb. Baribir ishlatmaganman. Men hamisha dunyodagi eng qulay va eng zoʻr oʻquv qurollarini ishlatganman. Buning uchun ota-onamga rahmat albatta! Oshiqcha narsa qolib ketmas edi, ayni kerakli narsalarni olib berishgan. Men vaziyatdan unumli foydalanib hamma narsamni ishlatganman, hech narsamni yoʻqotib qoʻymasdan, sindirmasdan, ehtiyot qilib. Qalamlarim va qalamdonlarim alohida mavzu edi…

Yana 1-sinfimdagi stullar menga yoqmagan. Oyogʻim yerga tegmas edida oʻtirganimda. Qiynalib oʻtirardim. 4-sinfimgacha shu stullar qoldi ishqilib.

Jismoniy tarbiya oʻqituvchimni yomon koʻrar edim. Alohida kiyim olib bormasak, qizlarni kalgotkida tashqariga chiqarib mashq qildirar edi. Bir safar meni kiymimni uyda qoldirganman. Keyin kalgotkida tashqariga chiqasan unda hammaga oʻxshab deganiga yoʻq deganim uchun kaltak yeganman, shu kuni uyga yigʻlab ketib qolganman sumkamni maktabda qoldirib.

Maktabdagi hamma daraxtlarni sevganman. Hozir ham sevaman. Maktabim juda katta. Hovlisi keng daraxtzor. Yashil daraxtlarni koʻrganda juda quvongan edim birinchi marta ham, soʻnggi kuni ham.

Menga oʻqish, ilm olish hamisha yoqqan. 7 yoshga toʻlmay maktabga chiqqanim uchun imtixon bilan olishgan, erta borganman. Yangi narsa oʻrganib kelish uchun oshiqqan oʻquvchi boʻlganman har kuni. Maktabdagi oʻzim bilan faxrlansam boʻladi bemalol.

Qisqasi, yaxshi-yomon xotiralarim koʻp maktab bilan. Ammo, maktabga qaytib borib qolishni istamayman muhit sabab. Oʻquvchilar sabab. Shu uchun deyarli maktab haqida soʻzlab bermaganman odatda. Xay mayli. #mood 🎒

Utopia

03 Sep, 18:29


Oʻzbekistonda kunlar ancha salqinlashib qoldi. Issiq koʻrpa yopinib uxlaydigan.

Utopia

30 Aug, 19:01


Keyingi bekat: kuz.

Utopia

26 Aug, 13:18


Bu oyning eng xayrli ishi: oy oʻrtasida buvimni koʻrishga borib kelganim boʻldi. Boshqa topa olmadim.

Utopia

16 Aug, 21:02


Toʻlin oyni yaqinroqdan koʻrish orzum bor.

Utopia

14 Aug, 00:05


…Sen yashar koʻchadan mastona yurdim
Tolega suyanib entikdim, turdim.
Sen yurgan makonni ko'nglimga solib
Eng yorugʻ, eng toza bir dunyo qurdim
Sen yashar koʻchadan mastona yurdim.

…Sen yashar koʻchada bir yil bir kun boʻldim
Soʻngra asrlardan uzun tun boʻldim
Sogʻinchning holidan bir bor habar ol
Tun ichra oʻksinib, bagʻri xun boʻldim
Sen yashar koʻchada bir yil kun boʻldim.

…Sen yashar koʻchaning bir eshigi berk
Eshikni ocholmas na gado, na bek.
Kimga ochiladi oʻzi biladi
Qulfini ochib qoʻy eshikka ber erk
Sen yashar ko'chaning bir eshigi berk.

…Sen yashar bu koʻcha eng sevimli bayt
Yodaga oʻqiyman yuragimda qayt.
Men bilan yur desam sensiz yurmaydi,
Bu sensiz ko'chada nima qilay?
Sen yashar bu ko'cha eng sevimli bayt.

…Sen yashar koʻchaga boʻlmaydi toʻyib,
Uni olib ketdim yelkamga qoʻyib.
Oh ursam esimga tushgan chogʻlaring,
Yigʻlay devoriga boshimni qoʻyib
Sen yashar koʻchaga boʻlmaydi toʻyib.

…Sen yashar koʻchadan mastona yurdim.

©️ Usmon A’zim

Utopia

05 Aug, 22:03


Yuragim, ismingni unutma.

Utopia

31 Jul, 19:00


Kuzni intiqlik bilan kutyapman.

Utopia

30 Jul, 19:12


Qachonlardir bola paytim har kuni kechqurun soat 10 Yoshlar telekanalida qanaqadir film qoʻyilar edi. Opam va akam doim koʻrishar edi. Vaqt kelib ular ulgʻayishdi va maxsus maktablarga ketishdi. Uyda men qoldim ota-onam bilan. Esimda soat kech 10 boʻlmasdan turib uxlashga yotar edik. Ota-onam ishdan charchab kelishar edi, dalada mehnat qilishar edi… kelgach, arang ovqatlanishardi. Agar uxlay olmasam, turib televizor yoqardim va koʻrgandek boʻlib uxlab qolar edim. Vaqt oʻtib 1 haftadan beri yana shu ishni qilyapman. Nimalarnidir sogʻindim juda, kimlarnidir sogʻinganman juda… Sogʻinch hissi yurakka kelganda tubidan nimanidir yulib olib chiqadi. Avval aytganmanmi yoʻqmi esimda yoʻq, meni bir yomon odatim bor. Kimnidir juda qattiq sogʻinsam ming harakat qilmayin, qancha miyamni titmay yuzini koʻz oldimda gavdalantira olmayman. Shu odat bolalikdan to hozirgacha yoʻqolib ketmadi. Bu meni ogʻritadi. Telefonda rasm saqlab yurmayman, atay shuning uchun. Eslab qolarman deganman doim, ammo, biror marta oʻxshamagan. Eslolmaganda koʻzim yoshga toʻlib boshlaydi. Buning ogʻrigʻini oʻzim bilan. Hozir ham faqatgina kompyuterni ochib rasm titishdan beriga oʻtolmadim. Men oila nima ekanligini ancha avval tushunib yetganman. Sadoqat va vafo nima ekanligini ancha avval his etganman. Shundan kelib chiqib ayta olamanki, sogʻinch va intizor qalb nimani his qilishini faqatgina odamning oʻzi tushunadi. Faqat oʻzigina his eta oladi: ham qalban, ham aqlan.

Utopia

29 Jul, 14:19


«Gaplashib olish» koʻp narsani hal qiladi. Odamga xotirjamlik beradi.

Utopia

20 Jul, 17:22


Nima boʻlgan taqdirda ham men doim yoningdaman.

Utopia

07 Jul, 14:54


Kerak edi bizga shu yomg’ir.

Utopia

16 May, 18:23


Sevgi bor.