Janob Satirik @janobsatirik Channel on Telegram

Janob Satirik

@janobsatirik


Kulgu tagida fojia, kinoya tagida haqiqat borligini unutmang.

Muallif: Abbos Serobov
Hamkor: @ekg_channel

📩 @janobsatirikbot

twitter.com/janobsatirik
instagram.com/janobsatirik
instagram.com/seroboff

Janob Satirik (Uzbek)

Janob Satirik kanali - bu o'zbek tilida yozilgan hikoyalar va qissalar bilan sizga kulgili va hazil maqolalar taqdim etadi. Kanalning muallifi Abbos Serobov, va uning hamkorlik qilgan kanal @ekg_channel. Janob Satirik kanalida uchratilayotgan fojidagi dunyo va haqiqatlar sizni tabassumga soladi va mazalarni o'z ichiga oladi. Kanalda qiziqarli voqealar, haqiqatga yaqin fikrlar, va uningdoshlikda shoirning hikmatli so'zlari sizni qizg'inlashtiradi. Agar siz yaratuvchinni bilmoqchi bo'lsangiz, @janobsatirikbot orqali avvaldan dasturiy ta'minot orqali boshqariladigan mitinglarga qo'shiling. Ularni twitter.com/janobsatirik va instagram.com/janobsatirik orqali ham kuzatib boring. Janob Satirik kanali - kulgili matnlar va fojidagi haqiqatlar uchun eng yaxshi manzil!

Janob Satirik

23 Jan, 13:40


Mani “Katta B xavflimi, yo kichik b?” degan savol oʻylantirib qoʻydi.

Keyin “kichik b” xavfliroq degan qarorga keldim, chunki u — mikrob.

@janobsatirik

Janob Satirik

23 Jan, 11:22


Tasavvur qil, ish vaqtida kompyuter o'yini o'ynab o'tirganingda boshlig'ing kelib qolsa-yu, sen esa pinagingni buzmay o'yinni davom ettiraverasan.

Hozir tashqarida shunaqa vaziyat: Havo juda sovuq, lekin quyosh charaqlab turibdi. Sovuq esa pinagini buzmay o'tiribdi.

@janobsatirik

Janob Satirik

23 Jan, 07:33


2018-yilda shu kanalni ochgan paytim bir orzu qilgandim: "10 ming obunachi yig'olarmikinman?"

7 yildan beri aktual orzu bilan yashash qanchalar og'ir ekanligini bilasizlarmi?

Kanal 6.8 k gacha chiqqan.

@janobsatirik

Janob Satirik

23 Jan, 05:53


Gapini “manimcha” deb boshlagan tanishim “aniq” soʻzi bilan yakunladi.

@janobsatirik

Janob Satirik

22 Jan, 19:32


Qaysidir qo'shiqni hirgoyi qilib, nimadir ish bilan shug'ullanib o'tirasiz. Keyin yoningizdagi sherigingiz ham aynan o'sha qo'shiqni sizdan ilib ketib, "chaynay" boshlaydi. Eng alamlisi, u so'zlarini biladi va aniq talaffuz qiladi. Sizdan ancha yaxshiroq ham ijro etadi.

@janobsatirik

Janob Satirik

22 Jan, 18:36


Oʻzbek tilida R harfidan boshlanadigan hayvon yoʻq deyishyapti. Bu gapga hozir qoʻshilaman. Lekin bolaligimda inkor qilardim, R dan boshlanadigan hayvon bor deb. Chunki oʻsha paytlar akam bilan koʻp jiqqamusht boʻlardik.

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Jan, 10:26


CapCutda ikkita videoni bir-biriga ulab video yasaganimdan keyin instagram nikim:

abbos_edit_n1

@janobsatirik

Janob Satirik

19 Jan, 16:23


Doimiy sassiq joylar bor. Hidi kelib turadi atrofga. Yonidan mashinada oʻtganingizda tanishlar bilan boʻlsa-ku, mayli, begona mashinada oʻtib qolsangiz odam yomon xijolat boʻladi.

@janobsatirik

Janob Satirik

19 Jan, 09:02


2-vaziyat. Bozorda:

Sotuvchi: — 100 foiz garantiya beraman, tarvuzlarim uyaltirib qoʻymaydi.

Xaridor:

Davom ettiring ))

@janobsatirik

Janob Satirik

19 Jan, 08:51


Kulgili javob variantlari yozamiz.

1) ilk uchrashuv

Yigit: — Oyim aytgan qiz, sizmisiz?
Qiz:

Davom ettiring-chi 😂

@janobsatirik

Janob Satirik

18 Jan, 14:42


Bugun ham 2 ta kanal tavsiya qilaman. Ikkalasi ham akaxonlarniki :)

💬 @Paradisocinemaa — rejissyor akaxonimizning kino va kino atrofidagi fikrlari

💬 @yo_lovchi94 — adabiyotshunos akaxonimizning adabiyot va kitoblar haqidagi xulosalari

@janobsatirik

Janob Satirik

18 Jan, 11:35


Oʻzbek xalqi deyarli yana bir kunni Abduqodir Husanovning rasmiy transferi haqidagi xabarni kutish bilan oʻtkazib yubordi.

@janobsatirik

Janob Satirik

18 Jan, 09:17


2-3 kun avval oʻtib ketgan bir futbol matchining highlightsini koʻraman deb youtubedan qidirsam, 23 minutli video chiqib kelyapti. Montajchi har qanday vaziyatni xavfli va keskin deb baholagan koʻrinadi.

@janobsatirik

Janob Satirik

17 Jan, 09:52


Akam kanalini aktiv yurityaptilar.

💬 @xurshidabdurashid

Kitoblar, adabiyot olami qiziq boʻlsa, marhamat, kuzatib boring.

Janob Satirik

17 Jan, 05:54


She said Yes...

@janobsatirik

Janob Satirik

15 Jan, 18:41


Tanqid — kelajak mevasi, apelsin, mandarinlar esa sitrus meva hisoblanadi.

@janobsatirik

Janob Satirik

14 Jan, 18:31


6 oy avval joylangan ekan shu videom: 23 comment, 80 like yigʻgan.

Ertalabgacha 40 ta comment, 120 ta like qilib qoʻyaylik. Iltimos
🩵

📹 https://youtu.be/V0GhwAkF1M4?si=BHbPW9ltNIrp-S4U

Janob Satirik

14 Jan, 13:43


Tasavvur qiling. 2 ta odam bir-birini tanimaydi, lekin ikkalasi ham sizning tanishingiz. Shunda siz ular uchun EKUBmisiz, EKUKmisiz?

@janobsatirik

Janob Satirik

14 Jan, 13:29


Vatanparvarlikni oshiruvchi filmlar

📹 https://youtu.be/f9jxMX5KZa4?si=0UyIipVlqa2cf-4M

Tomosha qiling, like bosing, ulashing, baxtli bo'ling

Janob Satirik

14 Jan, 09:18


Bayramga yulduzcha bosinglar

Janob Satirik

10 Jan, 20:59


Here we go!

Janob Satirik

10 Jan, 20:58


Here we go!

Janob Satirik

10 Jan, 16:26


Ertangi taqdimotimiz Milliy Gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida boʻlib oʻtadi.

Kirish rasmdagi binoning orqa tomonidan.

Lokatsiya

Janob Satirik

10 Jan, 16:26


Ertaga taqdimotga kelinglar

Janob Satirik

07 Jan, 15:23


Qiz: - Qayerdasiz?

Yigit: - Oy yuzinga jon bila to Bon!daman.

@janobsatirik

Janob Satirik

04 Jan, 15:29


Hojatxona qogʻozi 2 xil holatda yigʻlatadi:

1. Tugaganini kech sezganingda
2. Haddan ziyod koʻp sotib olganingda

@janobsatirik

Janob Satirik

02 Jan, 17:42


Maktab bufeti va oshxonasi bilan bogʻliq qanaqa voqealar yodingizda qolgan?

Janob Satirik

02 Jan, 11:31


Boting boshingdan qolsin 😩

@janobsatirik

Janob Satirik

01 Jan, 11:30


Instagramda 500 ming obunachisi bor profilni ham “zakritiy” qilib olgan odamlarni koʻrdim, armonim yoʻq.

@janobsatirik

Janob Satirik

31 Dec, 17:40


Hamma telekanaldan yangi yil konsertlarini beryapti. Mashhurlar chiqib qoʻshiq aytyapti. Lekin haligachayam
Diyora Keldiyorova chiqmadi. Yoki man oʻtkazib yubordimmi?


@janobsatirik

Janob Satirik

31 Dec, 16:22


Izohda hamma bir-biriga yaxshi tilaklar yoʻllasin.

Janob Satirik

31 Dec, 13:53


Tok pechkaning dastidan erimagan rozetka qolmadi. Zo‘ravon pechka.

@janobsatirik

Janob Satirik

30 Dec, 12:44


2024-yilda youtube'da 8 marta stendap chiqish qilibman: EKG stendapning 6 ta sonida, maxsus 🆔 Tarixiy stendapda (Chingizxon obrazida) va Sahna stendapning bir sonida. Davomiyligini hisoblab ko‘rdim: 52 minut ekan.

Yil boshida Qani-Qani nomli rubrikamiz ham bo‘lardi, keyinchalik to‘xtab qoldi.

2025-yilda ishdan bo‘sh vaqt topildi deguncha, bosib ijod qilish kerak. Hech bo‘lmasa kelasi yil shu payt yaxshiroq post yozish uchun ham...

@janobsatirik

Janob Satirik

30 Dec, 09:42


EKGda yilning so‘nggi videosi chiqdi. Like va izohlar kerak. Tomosha qiling:

https://youtu.be/lew5C1EpVYE?si=OdenG41f1CTGwXaI

Janob Satirik

29 Dec, 14:09


Shahram Gʻiyosov Ayiq bilan kurashga tushibdi. Ayiqni qiynagani uchun huquqbuzarlik alomatlari koʻrib chiqilayotgan ekan. Ayiqni Masha qiynagani ham yetardi oʻzi...

@janobsatirik

Janob Satirik

29 Dec, 07:03


Gʻujgʻon degan soʻzni ogʻzaki nutqda ishlatib turasizmi?

Janob Satirik

28 Dec, 16:04


Noutbukim ekranini 180 gradusgacha yotqizsa boʻladi. Shunga oʻrganib qolibman. Bugun shunaqa imkoniyati yoʻq noutbukni sindirib qoʻyishimga ozgina qoldi. Ehtiyot boʻlamiz.

@janobsatirik

Janob Satirik

28 Dec, 15:22


2024 sarhisobi. Gaplashamiz, savollar yozing-chi...

Janob Satirik

28 Dec, 11:34


Chavandoz ko‘pkarida alamli tarzda yutqazib qo‘ysa nima qiladi?

G‘azab otiga minadi

@janobsatirik

Janob Satirik

26 Dec, 09:37


Sichqoncha olgandim, hammaga maqtanyapman. 😎

@janobsatirik

Janob Satirik

26 Dec, 07:17


Ayrim toshkentliklar "oson" so'ziga qo'shib ishlatish uchun N harfini qazib olishayotgan jarayoni.

@janobsatirik

Janob Satirik

25 Dec, 17:06


Chet tilida eshitsam tushunaman, lekin gapirganda fikrimni yetkazib berolmayman deydigan tanishlarga logistika xizmatlarini tavsiya etamiz.

@janobsatirik

Janob Satirik

24 Dec, 13:36


Bitta odam yaqin soatlar ichida 888 BBB avtoraqamini auksionda qariyb 1 mlrdga sotib olibdi.

Bu raqam endi oʻzi taqilgan mashinaning ustidan kulib yursa kerak.

Aytgancha, egasining ham.


@janobsatirik

Janob Satirik

24 Dec, 11:38


San ingliz tilingni kuchaytirmoqchi bo‘lgan navbatdagi yil ortda qolmoqda.

2025da self-studyni yoramiz-a?


@janobsatirik

Janob Satirik

24 Dec, 10:48


2023-yil, 24-dekabr:

— Shu kanalim obunachilarini 2024-yilda 10 mingga chiqaraman.

2024-yil, 24-dekabr:

— Shu kanalim obunachilarini 2025-yilda mingdan tushirib yubormasam bo'ldi.

@janobsatirik

Janob Satirik

23 Dec, 00:54


Agar ingliz tilida 2 ta O birgalikda OO boʻlib kelib qolsa, U deb talaffuz qilsak, Audini logosi biz uchun UU ekanda-a?

@janobsatirik

Janob Satirik

21 Dec, 17:12


Yangi yil yaqinlashgani sari Turkiya yoki Dubayga sayohat qilish, Toshkentdan qishloqqa qaytishdan arzonroq boʻlib boradi.

@janobsatirik

Janob Satirik

21 Dec, 13:03


2 oy oldin ham Manchester City o'qilmagan kitob edi. Endi esa yodlangan kitobga aylandi.

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Dec, 14:56


Sabzi bilan guruch qayerda urishib qoladi?

Samarqand oshda

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Dec, 10:59


Yangi video: https://youtu.be/_QW2BtzQ2Ko?si=x0ZIZgtzllTg0UMh

Janob Satirik

19 Dec, 12:57


Sergeli metro bekatidan bir keksa kishi chiqdi. Oʻrnimdan turib joy berdim. “Yoʻq, oʻtiraver, hozir tushaman” dedilar. Tushguningizcha oʻtiring deb qoʻyarda qoʻymay oʻtirgʻizdim. Otaxon bilan bitta vagonda Buyuk ipak yoʻli bekatigacha birga kelibmiz oʻziyam.

@janobsatirik

Janob Satirik

19 Dec, 10:10


Mbappe semirib ketsa nima bo‘ladi?

— XLbappe.


@janobsatirik

Janob Satirik

18 Dec, 19:03


Changyutkich supurgiga debdi:

— Manga tik boʻlma, palakat...

@janobsatirik

Janob Satirik

18 Dec, 18:57


Uyga kech qaytishdan bezor boʻlganlar uchun zoʻr yechim topdim: uyga umuman bormang.

@janobsatirik

Janob Satirik

15 Dec, 11:22


— Rashki har-har zamonda qo‘zg‘ab turadigan yigit sevgan qiziga qanaqa qo‘shiq aytadi?

— Qanaqa?

— Seni qizg‘onaman, bahorda, kuzda... 🎶


@janobsatirik

Janob Satirik

14 Dec, 19:09


Yarim tunda qoʻrqinchli kino tomosha qilayotganingda svet oʻchib qolsa, hayoting kinodan qoʻrqinchliroq ekanligini bir lahza his qilasan.

@janobsatirik

Janob Satirik

14 Dec, 18:59


Uyda yoshgina jiyaning boʻlishini yaxshi va yomon tomoni bor.

Yomon tomoni:
Mayda-chuyda narsalaring tezda yoʻqolib qoladi.

Yaxshi tomoni: Ularni oyoq kiyimlarning ichidan topsang boʻladi.

@janobsatirik

Janob Satirik

13 Dec, 09:51


Korzinkaga kirganimda, umuman narxiga e’tibor bermasdan oladigan yagona narsam: korzinka aravachasi.

@janobsatirik

Janob Satirik

10 Dec, 07:07


https://youtu.be/eHCj_0GxPe0?si=8rRtN7SCSa0uOZsV

Janob Satirik

09 Dec, 19:40


CapCut pulli boʻlib ketganidan keyin mobilograflar kamayib ketganmishmi?

@janobsatirik

Janob Satirik

09 Dec, 15:02


Doʻstlar, Endokrinologiyaga oid bir kanalni tavsiya qilay:

Semizlik, Bepushtlik, Boʻy pastlik, Soch toʻkilishi, Terlash, Semirishda yordam, Toʻgʻri ovqatlanish va hokazolar haqida foydali ma’lumotlar berib boriladi. Obuna boʻlib, oʻqib boring.

Mana: https://t.me/+7vV0MSYrh284ZmRi

Janob Satirik

09 Dec, 14:58


🥸 muxlisimga rahmat

https://t.me/Jundoruzb/34

Janob Satirik

09 Dec, 11:27


Maktabdan qaytayotganimizda, yo'l chetida jimgina yotgan kuchukka bugun tosh otmaymizmi deb so'raganimda, sinfdoshim:

Janob Satirik

02 Dec, 20:04


Telefonga kamera o‘rnatishayotganda 1 va 2 rejimni kiritishgan. Keyin bittasi “0.5 qolib ketmasin, hali futbol gazon va zallarini reklama qilishganida, maklerlar kvartira e’lonlarini tayyorlashyotganda 0.5 kadr juda kerak bo‘ladi” deb kiritgan ekan.

@janobsatirik

Janob Satirik

02 Dec, 19:44


Hechdan koʻra kech. Mana 6 yoshga ham toʻldik. Kelasi yil maktabga chiqamiz.

Hammaga rahmat, bilaman kanalda eng qadrdon va sodiq odamlarim qolgan. Ming tashakkur sabr bilan kuzatib kelayotganingiz uchun...

Shu kanal sabab ozmi-koʻpmi odamlar qarshisida sahnalarga chiqdim, chiqyapman. Bu xobbi bir kun kelib mani mashhur qiladimi, yoʻqmi, muhim emas. Man doim shu kanalga yozganimdan zavq olaman. Doim nimalardandir hazillar topishga undagan shu kanal. Toʻgʻri, doim yeyavermaydi, lekin qiziq kuzatuv hissi manga yoqimli.

Xullas, yana bir bor rahmat!

@janobsatirik

Janob Satirik

30 Nov, 20:18


2 ta yangiligim bor.

Yaxshi yangilik: Qish kirib keldi.

Yomon yangilik: Qish kirib keldi.

@janobsatirik

Janob Satirik

30 Nov, 16:09


Oradan 12 kun oʻtib, instagramga yangi video joyladim. Oʻtib bitta layk va bir-ikkitadan komment hadya qilib keling, kuchayib ketay 😂

Mana: https://www.instagram.com/reel/DDAGqmsOG1A/?igsh=MTI5MHlocjdoeXVtaw==

Janob Satirik

30 Nov, 15:54


#instagram

Maktab oʻqituvchilarining sogʻligi xavf ostida. Hamma oʻquvchilar yoppasiga shirinlik berib chiqishyapti. Tinchlik boʻlsin-da ishqilib.

@janobsatirik

Janob Satirik

30 Nov, 13:29


Shunaqa videolarni koʻrganimda, shu safar tushib ketsa kerak degan “umid” boʻladi. Yomon odamman.

@janobsatirik

Janob Satirik

30 Nov, 13:05


Sizlarga ham ora-orada umringizda eshitmagan ismli kontaktlardan "joined Telegram" deb xabar kelib turadimi?

@janobsatirik

Janob Satirik

29 Nov, 18:46


Boʻydoq ekologga yerni jigarini sugʻuradigan qiz toʻgʻri kelib qolsa...

@janobsatirik

Janob Satirik

29 Nov, 17:36


— Kompaniyangizda feys boʻlib chiqsam nima deysiz? Instagramda kontent qilib, profilingizni oʻstirardim.

— Tishingda breket yoʻq ekan. Ololmaymiz sani.

@janobsatirik

Janob Satirik

27 Nov, 14:42


Tilanchilarning mikroiqtisodiyot boʻyicha hamkorlari ularning qoʻllarida koʻtarib yurgan chaqaloqlaridir.

Janob Satirik

26 Nov, 19:41


Reklamalarga uchib, falon soʻmga kelajak kasblarini oʻrgangan kadr kelajak kelguncha nima ish qilib turadi?

@janobsatirik

Janob Satirik

26 Nov, 08:33


Bizdagi ayrim telegram kanallar yaxshiyam to'y va tadbirlar uchun video xizmatini taklif qilishmaydi. Aks holda to'yingizni montaj qilib bersa, video ustiga telegram manzilini katta va qimirlab turadigan qilib yopishtirib berishardi.

@janobsatirik

Janob Satirik

24 Nov, 16:05


Yangi-yangi jiyanlar bilan qarindoshlaring safi kengayib boryapti. Sen esa hali bu jarayonga oʻz hissangni qoʻshmagansan.

@janobsatirik

Janob Satirik

22 Nov, 13:00


— Vegeterianlarga Toshkentning qaysi mahallasida yashash tavsiya qilinadi?

— Sabzavot mahallada.

@janobsatirik

Janob Satirik

21 Nov, 18:15


— Nega Manchester Yunayted jamoasida sogʻlom raqobat yoʻqolgan?

— Chunki klubda koʻpchilik jarohatda.


@janobsatirik

Janob Satirik

21 Nov, 12:27


Telegramdagi dialog:

— Oshna, ertalarga o‘tirib bir oshlashaylik.
— Mayli, jigar...

Xayolda: U yuborgan 20 ta reelsni ko‘rib chiqishim kerak, aniq birortasiga parodiya qilib, ko‘rgan-ko‘rmaganimni tekshirib oladi.

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Nov, 10:09


3 (oxirgisi)

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Nov, 10:03


2

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Nov, 10:02


1

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Nov, 09:34


Hech qachon bu 2 ta qoidani yodingizdan chiqarmang:

1. Shoshilib turganingizda sartaroshga bormang.
2. Shoshilmang.


@janobsatirik

Janob Satirik

19 Nov, 09:27


— “Daryo.uz” saytidan ketgan jurnalistni tahririyat yana qayta ishga taklif etsa, jurnalist qanday javob beradi?

— Bir daryoga 2 marta tushib boʻlmaydi.


@janobsatirik

Janob Satirik

19 Nov, 09:26


@janobsatirik

Janob Satirik

18 Nov, 17:04


— Endi AQShda qaysi sport turi yana qaytadan rivojlanadi?

— Qaysi?

— Tramplin.

@janobsatirik

Janob Satirik

18 Nov, 11:45


Yangi reels. Oʻtib like bosib, comment yozsangiz balki koʻproq prosmotr yigʻar)

https://www.instagram.com/reel/DCguxU8uvlu/?igsh=Y254YTdmY2hwNGw1

🫡

Janob Satirik

16 Nov, 17:43


Pulga ruchka bilan yozadigan har bir odamga 12 varaqli yoʻl-yoʻl daftar olib bergim keladi.

@janobsatirik

Janob Satirik

15 Nov, 05:30


Katanes effekti

Biz Eron bilan nihoyat ketma-ket oʻyinlarda durang oʻynashni oʻrgandik.

Biz Qatar bilan nihoyat ketma-ket oʻyinlarda yutqazishni oʻrgandik.

@janobsatirik

Janob Satirik

14 Nov, 17:22


Sinadigan narsalarni uzoqroqqa qoʻyib turinglar.

Janob Satirik

14 Nov, 14:12


Polshada stand up bilan shugʻullanib kelayotgan doʻstlarimiz bor. Nihoyat youtube kanal ochib, qiziqarli shoularni syomka qilishni boshlashibdi. Qoʻllab-quvvatlaymiz, oʻtib obuna boʻlib, kuzatib borsak, tez-tez koʻrsatuvlar chiqib turadi.

👉 Tandir shou: Birinchi son. 👈

Janob Satirik

13 Nov, 19:29


Domimiz tagida 2 ta doʻkon bor, lekin mahallaga kiraverishda marketdan nimadirlar olaman odatda. Kelaverishda esa bu doʻkonlarning oldidan oʻtish kerak. Oʻzimni xijolat his qilaman. Doʻkon egalarining nigohi manga “oldingdan oqqan suv boʻldik-da” demoqchiday tuyuladi. Bir xiyonatkor oshiqqa oʻxshasam, bir oʻz mahalliy brendini pisand qilmaydigan oliftaga oʻxshab qolyapman. Charchadim. Oʻlsin, endi prinsiplarimga qat’iy turaman, ertadan boshlab shu 2 ta buxankani sizlardan olaman.

@janobsatirik

Janob Satirik

12 Nov, 03:25


Bitta taksi xizmatini reklamasi chiqib qoldi. Reklamadagi akaning aytishicha, u bugun ishxonasigacha shu taksida atigi 8 ming so‘mga boribdi. Endi maqtanyapti. Qaysi ahmoq mahallasidagi ishxonaga taksida boradi?

@janobsatirik

Janob Satirik

11 Nov, 11:42


Arablar instagram storislarni ham o‘ngdan chapga qarab ko‘rib kelisharmikin?

@janobsatirik

Janob Satirik

11 Nov, 09:26


Tuya go‘shti yegan 6-sonimiz chiqdi:

https://youtu.be/nDLxKAL5JZQ?si=UjNgIaGfzebGr3fp

Janob Satirik

10 Nov, 17:32


Nega QVZchilarning xotirasi past boʻladi? Sahnaga chiqsa, birinchi aytadigan gapi: “Bugun qaysi jamoalar bilan oʻynayapmiz?”, “Bugun qaysi jamoalar bilan oʻynayapmiz?”

@janobsatirik

Janob Satirik

09 Nov, 10:43


Sizga qaysi turdagi qazi yoqadi? Manga Troya otidan qilingan qazi boʻlsa, yoʻq demasdim.

@janobsatirik

Janob Satirik

08 Nov, 17:32


Qiziq nomlar ekan. Yandex mapsda koʻrib qoldim.

@janobsatirik

Janob Satirik

07 Nov, 09:56


Shakarning zarari ko‘p. Shakar ko‘pincha shirinliklarda ko‘proq bo‘ladi, xususan tortda. To‘ylarda kelin-kuyov bir-biriga tort yediradi. Aynan shu jarayonda kelin-kuyov bir-biriga tort orqali yemagan hazil qiladi, asosan tort orqali janjallar kelib chiqadi. Kuyov kelinni urgan, kelin chiqib ketgan va hokazo. Tresh telegram kanallarga kirib, bu turdagi videolardan yuztasini topishingiz mumkin. Yosh kelin-kuyov hali bir kun ham yashamasdan turib bir bo‘lak tortni deb shirin hayoti zaharga aylanyapti. Xulosa esa shakarning zarari ko‘p.

@janobsatirik

Janob Satirik

04 Nov, 06:41


— Avvallari "ilma-teshik" deya sifatlanayotgan Barsa qanday qilib bu yil "bus-butun" bo'lib qoldi?

— Chunki jamoa yangi murabbiy tomonidan laminatsiyalanib yamaldi.

@janobsatirik

Janob Satirik

03 Nov, 18:46


Hech kim:

Mutlaqo hech kim:

QVZchilar:

— Uni-buni qo‘ylaring...

@janobsatirik

Janob Satirik

03 Nov, 17:19


— Ayfonni yoqtirmaydigan MMA jangchisi kim?

— Honor McGregor


@janobsatirik

Janob Satirik

03 Nov, 09:38


Instagram biosiga telefon raqamini yozib qo‘yadigan odamlar bor-a? Ularning miyasi tadqiqot uchun yaxshi obyekt bo‘loladi.

@janobsatirik

Janob Satirik

01 Nov, 13:02


Nasaf — chempion! 🥳

Janob Satirik

30 Oct, 19:43


Hech kim:

Mutlaqo hech kim:

O'zbek instagramidagi 3-sort blogerlar:


— Yaxshi qiz, sizga qaysi o'g'il bolaning ismi yoqmaydi?

@janobsatirik

Janob Satirik

29 Oct, 06:41


Oddiy odamlarga salom bersangiz:

— Va alaykum asssalom, yaxshimisiz?

Reperlarga salom bersangiz:

— O'zi Shohruh hech qanaqa repermas, qo'shiqlari repga tortmaydi.


@janobsatirik

Janob Satirik

27 Oct, 16:17


Angliya premier ligasining hozirgi paytdagi to'purarlari reytingi:

1. Holand – 11 gol
2. Mbeumo – 8 gol
3. Man Yunayted – 8 gol
4. Palmer – 7 gol


@janobsatirik

Janob Satirik

26 Oct, 19:44


Bugungi El-Klasikoni shanba oqshomiga belgilagan odamga bir kosa sumalak berish kerak.

@janobsatirik

Janob Satirik

24 Oct, 06:23


El-klasikoga Vini va Rafinya xetrik bilan boryapti. Mbappe ham quruq qo'l bilan bormay deb yo'ldan 2 ta issiq non ovolsa kerak.

@janobsatirik

Janob Satirik

22 Oct, 07:36


— Uzum marketga bo'lar-bo'lmas savol beraversangiz, nima deb javob beradi?
— Ne v Temu.


@janobsatirik

Janob Satirik

22 Oct, 06:28


1) Qo'ldan betonga tushirib yuborsangiz;
2) Orqa cho'ntakda payti ustiga o'tirib olsangiz;

@janobsatirik

Janob Satirik

21 Oct, 18:58


Yangi yilni paxta dalasida nishonlashyaptimi?

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Oct, 09:18


Velosiped haydayotganda odamga rohat ba’g’ishlaydigan jarayon bor: siz qiyinchilik bilan teparoqqa intilasiz, chiqqach esa tepadan pastga og’gan yo’ldan oyoqni bo’sh qo’yasiz, pedalni aylantirmaysiz, veosiped tezlik bilan pastga uchadi. Mana bu mazza.

Lekin shunday paytda ham rohatni o’ylamay, qanoat qilmay, pedalni tinmay aylantiradiganlar bor. Ular uchun hayotning lazzatli nuqtalari muhim emas.

Unday odamlar eskolatorga chiqsa bir joyda turmay, shosha-pisha, odamlarni turtib-surtib o’tib ketishadi. Yakshanba kuni ham ishxonaga borib oladi. Uyida parda almashtirsa ham perforator ishlatadi, televizori buzilsa ham perforator ishlatadi.

@janobsatirik

Janob Satirik

20 Oct, 04:48


Nasaf Superligada ketma-ket 2 uchrashuvda yutib turgan joyida durang o'ynab ochko yo'qotdi. O'rgangan ko'ngil, o'rtanmasin ishqilib.

Har kuzda shu bo'lar takror...


@janobsatirik

Janob Satirik

18 Oct, 11:15


Mana, rasmini ham topdim. Mahalladoshlar telegram guruhiga tashlashgan ekan.

@janobsatirik

Janob Satirik

18 Oct, 10:59


​​Aholi yashaydigan kichik ko'chalarda Лежачий полицейский deb ataluvchi nimarsa yotqiziladi. Bu mashina tezligini pasaytirish uchun, ko'chada o'ynab yurgan bolalar xavfsizligini ta'minlash uchun qilinadi.

Yaqinda mahallamizda yangi dom topshirildi, uning yonidagi ko'chaga ham Лежачий полицейский o'rnatishdi. Tashkilotning puli yetmagan shekilli, ular bu narsani maxsus materialini sotib olib o'tirishmadi, shunchaki beton va asflatni aralashtirib qo'lbola usulda yasashdi. Evrika! Kamxarjgina bitdi.

Uni shunaqa baland quyishibdi, yo'ltanlamas sportkarlar yoniga kelib o'ylanib qolyapti-da, "Biz yo'l tanlasak keragov" deb. Matizlar-ku bu ko'chadan yurmay qo'ydi, boshqa ko'chalardan aylanib kelishyapti.

Bolalar uning ustiga chiqsa pastga tusholmay qolyapti. Ko'cha o'rtasida ingichka supacha paydo bo'ldi, qoldi. Yoz kunlari ko'rpacha solib uxlasa bo'ladi, kuchuk-pishak kelolmaydi, kelsa ham sizgacha bo'yi yetmaydi.

Agar kimdir shunaqa narsa yasamoqchi bo'lsa, youtubega "Uy sharoitida Лежачий полицейский yasash" deb qidirsa bo'ladi.

@janobsatirik

Janob Satirik

17 Oct, 13:46


Bu Katanes deganlari omadli freelancer chiqib qoldi.

@janobsatirik

Janob Satirik

17 Oct, 07:11


"U oylikdan bu oylikkacha pul yetmay qolyapti, nima qilsam ekan?" degan savolga ko'pincha "Xarajatlaringni bir oy davomida ikir-chikirigacha yozib ko'r, shunda yaxshilanadi" degan mazmunda javob berishadi. Yozdi, yozdi, o'sha doimiy xarajatlar-da. Nima o'zgaradi?

Yoki oylik oladigan kuni kassirning yoniga borsangiz, kassir sizga doimiy maoshingizni bera turib, "Iye, san xarajatlaringni kundalik tutib, yozib borayotganmishsan, malades. Mana bu 3 mln so'm sanga mukofot puli, xarajatlaringni yozib yurganing uchun. Omad!" dermikin.

@janobsatirik

Janob Satirik

16 Oct, 18:59


Kitob o'qiyotganingizda uxlab qolmaslik uchun yo o'qiyotgan kitobingiz juda qiziqarli bo'lishi kerak, yo Dardisar bo'lishi kerak.

@janobsatirik

Janob Satirik

15 Oct, 17:46


O'yindan xulosam: Hakam ham tushungan odam ekan.

@janobsatirik

Janob Satirik

15 Oct, 17:08


Bugungi futbol haqida post yozmoqchi edim.

@janobsatirik

Janob Satirik

15 Oct, 08:44


Ko'z ilg'amas ummonning bor adog'i,
Bog'-u dala, o'rmonning bor adog'i,
Hatto moviy osmonning bor adog'i,
Ammo uylanish va qiz topish temasida sarhad yo'q.


@janobsatirik

Janob Satirik

15 Oct, 06:05


Bugun futbol paytida yomg'ir bor ekan. Termamizga omad tilaymiz. Omad tilashimiz shart: o'yindan keyin qulog'imiz o'rgangan "Ob-havoning noqulay kelganligi sababli..." degan bahonani eshitmaslik uchun ham...

@janobsatirik

Janob Satirik

14 Oct, 11:59


Man optimist sifatida ishonib aytolamanki, hali bir kun kelib mandan taraqqiyotning 5 modelini so'rashadi va man xursandchilik ko'zyoshlari bilan bandma-band sanab beraman.

@janobsatirik

Janob Satirik

13 Oct, 01:51


🎉

instagram.com/seroboff

Janob Satirik

12 Oct, 18:59


To'y qilsangiz, Katanesni aytib o'tirmang. Baribir u to'y qilsa, to'yiga sizni aytmaydi. Hamrobekov bilan Shukurovni aytadi.

@janobsatirik

Janob Satirik

11 Oct, 14:51


Instagramga yangi video joyladim:

https://www.instagram.com/reel/DA_MzfPOn5-/?igsh=dmp0YmNpNHdpMjQx

Janob Satirik

11 Oct, 11:30


EKG stendapga kelinglar, kelayotgan yakshanbada. Kirish tekin.

Shunga ma'lumotlarni kiritib, kelaverasizlar, sms boradi:
https://forms.gle/mb5smJvs6dfnhBRy9

Janob Satirik

10 Oct, 09:44


“Brat, hammani yelkasiga urilgan ukolni sizni peshonangizga urishganmi?” degandi tunov kuni Azim.

Bu logo 10 yoshligimda boshdan kechirgan suvchechakdan meros bo'lib qolgan. #15yil_birgalikda

@janobsatirik

Janob Satirik

09 Oct, 06:47


Maktabda yaxshi o'qirdim, baholarim a'lo edi. Uy vazifalari ko'payib ketib qolsa, bajarishga ulgurmasam, tekshiriladigan kuni 2 olmay tag'in deb bormasdim. Sinfdoshimdan mazasi yo'q ekan deb ayttirib yuborardim.

Aytgancha, termamiz murabbiyi Srechko Katanesga sog'lik tilaymiz.

@janobsatirik