MEDIYNA Mukhammedovna @mediyna_mukhammedovna Channel on Telegram

MEDIYNA Mukhammedovna

@mediyna_mukhammedovna


●Digital marketing | SMM expert
●Ayol-qizlar har tomonlama rivoji uchun...


https://taplink.cc/mediyna

MEDIYNA Mukhammedovna (Uzbek)

MEDIYNA Mukhammedovna kanalining sohasi digital marketing va SMM bo'yicha mutaxassislikni o'rganuvchilarga yo'liga yetkazib berishdir. Kanalda siz digital marketing, ijtimoiy tarmoq reklamalari va boshqalar bo'yicha eng so'nggi yangiliklarni topishingiz mumkin. Mediyna Mukhammedovna, ayol-qizlar har tomonlama rivoji uchun tavsiyalar ham ko'rsatadi. Ehtimol, sizda SMM sohasida o'z malakangizni oshirishga ko'p vaqt sarflab qolaverishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lib, yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Biografiyasi, ijtimoiy tarmoqda yuqori darajada taniladigan inson sifatida, Mediyna Mukhammedovna kanalini barcha digital marketing bo'yicha qiziqarli ma'lumotlar bilan to'ldiradi. Kanaldagi har bir paytda sizga zarur bo'lgan tajribalarni oshirish uchun kurslar va treninglar ham taklif etiladi. SMM sohasida o'z sayohatini boshlash istaganlar uchun, bu kanal to'g'risidagi bilimlar va subscribe qilish haqida ko'rsatmalar mavjud. Mediyna Mukhammedovna kanali sizning digital marketing va SMM bo'yicha bilim va malakangizni oshirish uchun eng yaxshi manbalar bilan ta'minlaydi. Obuna bo'ling va o'zining eng yaxshiini toping!

MEDIYNA Mukhammedovna

23 Jan, 04:43


Qachonki muvaffaqiyatga erishsang biz ojiz edik Robbim qodir qildi, biz bilmas edik Robbim bildirdi degin.

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

22 Jan, 18:33


Allohim mukammal emas ekanligimni, sanasam juda ko’p kamchiliklarim bor ekanligini o’zing bilasan…

Ammo qalbimni qanchalik ixlos ila senga yaqin bo’lish uchun harakat qilayotganimni ham faqat sen bilasan. Robbim balki boshqa bandalaring kabi bo’la olmayotgandirman, ammo bu yo’lda nafsim bilan qanchalik kurashib senga intilayotganimni o’zing bilasan. Kamchiliklarim bilan bo’lsada sen meni har holimda qabul qilishingni bilganim uchun ham faqat senga qarab boryapman, bu yo’lni men uchun oson qilgin, mayli odamlar gapirsin, menda yo’q narsalarni fikr qilsin, bular men uchun muhim emas muhimi qalbimni o’zing bilasan Robbim faqat bu yo’lni menga oson qil, diningda mustahkam turguvchi mo’minlaringdan qil, qanchalik oddiy beg’ubor hech kimga zarari tegmaydigan qalbim borligini o’zing bilasan bu qalbimni o’zingning muhabbating ila to’ldir💔

MEDIYNA Mukhammedovna

13 Jan, 15:53


Hayot bilan muloqotda uning savoli emas, bizning javobimiz muhim!

MEDIYNA Mukhammedovna

13 Jan, 13:01


Erkaklar o’z sevgisiga kurashmayotgan bir paytda, “boshqalar bilan oson bo’lgandan ko’ra sen bilan qiyin bo’lsa ham yoningda bo’laman” deydigan insonni tanlang

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

13 Jan, 12:58


Odamlarning gapi bilan emas Allohning buyurgani bilan yashang! Odamlar o’z dunyo qarashi, ilm darajasidan kelib chiqib gapiradi va ular doim ham to’g’ri gapiradi degani emas!
Eng to’g’ri yo’lni Alloh bizga chizib bergan, shuni o’zi kifoya

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

07 Jan, 21:26


Ertalab sahardan uyg’onasan, ishlaysan, o’qiysan, charchaysan, o’zingni charchatasan, nihoyat endi dam olaman deb yostiqqa bosh qo’yganingda esa miyangdagi har xil o’ylovlar qancha o’ylamaslikka harakat qilma baribir senga uyqu bermaydi…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

05 Jan, 18:07


Ba'zida juda yomon ahvolda qolaman. Lekin shu payt menga berilgan "yaxshimisan" tarzidagi savollarning barchasiga "ha" - deb javob beraman.

Haqiqatdan ham yaxshi bo'lganim uchun emas, ular haqiqatdan ham menga yaqin bo'lmaganliklari uchun...
Chunki insonning yaxshi emasligi his qilinadigan tuyg'u, so'raladigan emas.

MEDIYNA Mukhammedovna

02 Jan, 18:31


Payg’ambarimiz Muhammad salollahu alayhi vasallam aytadilar:

"Ummatimning eng yaxshisi, oxirat ishi deb dunyo ishini dunyo ishi deb oxirat ishini qoldirmaydiganlardir"

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

02 Jan, 18:24


Insonning haqiqiy siyrati o’zidan zaiflarga qilgan munosabati vaqtida ko’rinadi.

MEDIYNA Mukhammedovna

02 Jan, 18:02


“Ehsonning mukofoti faqatgina ehsondir”
(Ar-Rohman surasi, 60-oyat).

MEDIYNA Mukhammedovna

02 Jan, 15:32


Fikrlashingiz o’zgarsa kelajagingiz ham o’zgaradi.

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

31 Dec, 21:24


Yangi yilni yangicha kayfiyatda, toza aurada boshlashni xohlayman. Men hech kimdan xafa emasman, hech kimni muhokama qilmayman, boshqalar bilan umuman ishim yo’q, hammasi joyida. 2024-yilda men bilan nima sodir bo’lgan bo’lsa, kimlar bilan uchrashgan bo’lsam hammasidan xursandman. Faqat bu yil hammasini yangidan boshlashni xohlayman, ertaga yangi kitobimizning ilk yangi sahifasi ochiladi, hayotimda hamma hammasi yangidan boshlanadi, uni faqat chiroyli boshlanib chiroyli tugashini chiroyli davom etishini xohlayman. 2025 yil hammasi kutganimdan ham go’zal bo’ladi amiyn, Allohga oson!🪽 Ishonamam 2025-yilning biz uchun atab qo’ygan go’zal hikoyalari bor…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

30 Dec, 19:14


Balki 2025 yilning bizga atab qo’ygan go’zal hikoyalari bordir…

MEDIYNA Mukhammedovna

30 Dec, 11:29


Eslatma:

O’zing bilan shunday band bo’lginki, o’zgalarning hayoti sen uchun qiziq bo’lmasin.

MEDIYNA Mukhammedovna

29 Dec, 17:44


Bugun kechadan zo’r, ertaga bugundan zo’r bo’l.

MEDIYNA Mukhammedovna

28 Dec, 18:35


Baxtdan ko’zlari porlab turadigan inson bo’ling)

Buning uchun puli ko’p yoki muammosiz hayotda yashashingiz shart emas, shunchaki Alloh bergan go’zal hayotingizga shukur qilib, har qanday muammoli holatingizda ham faqat va faqat yaxshiliklarni ko’ra olsangiz bas…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

23 Dec, 18:28


Hayotimda ilm olganim sari aslida qanchalik baxtli inson ekanligimni va qanchalik hayot go’zal ekanligini chindan his qilishni boshladim…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

23 Dec, 18:25


Mening fikrimcha har bir ayolning eng muhim bo’lgan vazifalaridan biri bu - farzandlariga chiroyli va to’g’ri islomiy tarbiya bera olish. Chunku u bu bilan faqat farzandlarini emas, butun ummatni tarbiyalayotgan bo’ladi…


@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

22 Dec, 18:33


Ko’p o’ylama Allohga ishon va u hammasini sen o’ylagandanda go’zalini beradi)

MEDIYNA Mukhammedovna

18 Dec, 17:49


Bolangiz Allohga nisbatan qo’rquv bilan emas muhabbat bilan ulg’aysin.


Hali endi yetilayotgan farzand, bolalarga Allohni chiroyli taniting, qo’rqitib emas.

Doim qara yana gunoh qilding, Alloh seni jazolaydi, uyalmaysanmi, qo’rqmaysanmi deb emas balki qara bolam Alloh judayam mehribon zot, u seni har qanaqa holatingda sevadigan zot, u seni doim eshitadi bolam deyishni odat qiling…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

18 Dec, 17:45


Kimga nimani o’rgatishni istasangiz avvalo o’zingiz o’rnak bo’ling, xulqingiz shunday go’zal bo’lsinki, insonlarni oshiq qilsin…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

15 Dec, 17:27


Ha inson shunday…

Bazan tunlarni bedor, yig’lab o’tqazishi, Allohga dardlarini to’kib sochishi, uzoqlarga yolg’iz ketishni istab qolishi, hamma narsadan voz kechishni istashi, butun hayotini tahlil qilib chiqishi ham mumkin, lekin ertasi kuni u yana hech narsa bo’lmagandek kulib turadi…

MEDIYNA Mukhammedovna

09 Dec, 18:10


Balki bu qishning bizga atab qo’ygan go’zal hikoyalari bordir…🤍

MEDIYNA Mukhammedovna

08 Dec, 20:10


Men bilan qol Robbim.
Chunki nimalarni his qilayotganimni, Sendan oʻzga hech kim bilmaydi..

MEDIYNA Mukhammedovna

08 Dec, 19:46


Hech kimga oson emas💔


Hammaning hayot yo’li turlicha, hech kim hech kimning hayotida yashab ko’rmagan, u his qilgan hislarda yashamagan, u sezgan og’riqlarni sezmagan, u ko’rgan kunlarni ko’rmagan, u yurgan yo’llardan yurmagan, uning azoblarida yashamagan..
Shunday ekan hech birimiz boshqa birimiz haqimizda xulosa chiqarishga shoshilmaylik, har birimizning hayot yo’limiz boshqa, biz ko’rgan insonlarimizning qalbidagi hislarni, bedor tunlarining sabablarini bilmaymiz…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

08 Dec, 11:28


Atir solingan shishacham
tushib ketib sinib maydalanib ketdi. Ko’p xafa bo’ldim.



Ammo singan xonadan atir hidi ancha vaqt ketmay turdi. Xushbuy hididan ko’p muddat bahramand bo’ldik. Bu atir shishadalik vaqtida xonani xushbuy qilmas edi. Bildimki, u xonani xushbo’y qilishi uchun shisha sinishi lozim ekan.

Gohida qalbingiz yoki ichingizdagi bir narsa sinadi.
Ishoning, uning singaniga sabab, ichidagi go’zallik tashqariga chiqishi uchundir. Bu bilan hayotingizda yangi tajribaga ega bulasiz. Aqlingiz, ilmingiz ziyoda bo’ladi, fikrlashingiz o'zgaradi. Demak, qalbingiz sinsa yoki sindirilsa hafa bo'lmang, Alloh sizni yanada afzalroq bo’lishingizni iroda qilyapti.


"Ehtimol siz yomon ko’rgan
narsada Alloh kop yaxshiliklar qilar"

MEDIYNA Mukhammedovna

07 Dec, 20:39


O’z uyini, otasini, onasini, ukasini tashlab kelgan qizga o’zingda bor hamma baxtni berish kerak, dardni emas…

MEDIYNA Mukhammedovna

07 Dec, 17:40


Odam bolasi istagan narsasining chorasini istamagan narsasining bahonasini topadi.

MEDIYNA Mukhammedovna

07 Dec, 17:39


Eng yaxshi tasalli:

Alloh bilguvchi…
U ko’rib turguvchi!
U hukm qilguvchidir!

MEDIYNA Mukhammedovna

07 Dec, 17:28


Adib Hakim o’g’li Ismoil oila qurgan kuni rafiqasiga shunday deydi:

“Hech kim hech kimga itoat qilmasin, ikkalamiz birgalikda Allohga itoat qilamiz”

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

05 Dec, 20:15


Alloh sizdan bazi narsalarni olib qo’yadi, undan yaxshirog’ini berish uchun. Shunday ekan bersa ham olsa ham, o’ziga hamd aytayvering)

MEDIYNA Mukhammedovna

05 Dec, 19:10


Ayollarni faqat karim kishilargina hurmat qiladi

MEDIYNA Mukhammedovna

05 Dec, 18:48


Tavsiya)

MEDIYNA Mukhammedovna

05 Dec, 06:02


Hayotingizdagi sinovlarni faqat jazo yoki qaysidir xatoimning natijasi deb qabul qilmang, ishoning u sizga berilgan ne’mat bo’lishi mumkin. Pardasi bor ko’zlarimiz G’ayb ilmini (ya’ni inson idrok etolmaydigan faqat Allohga xos, u biladigan ilmni) bilmaydi, agar ko’zlarimizdagi parda ko’tarilganda edi, har bir sinovning ortida Alloh murod qilgan hayrni ko’ra olganimizda edi, berilgan har bir sinov uchun kun-u tun shukurda bo’lardik.


@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

04 Dec, 19:51


Niyat, maqsad va g’oyalar muhokama qilinadigan stolda o’tir. Boshqalarni muhokamasi bo’ladigan stolda emas.


@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

01 Dec, 15:07


Ayolga har doim kutilgandan ko’ra, kutilmagan sovg’alar ko’proq yoqadi.

Oldindan aytilgan, reja qilingan ishlar, harakatlar, sovg’alar emas balki to’satdan u kutmaganda qilingan har qanday harakatingiz unga o’zgacha quvonch bag’ishlaydi. Bu ayollik fitrati.

Kutilmaganda qilingan har qanday harakatni ayol to’satdan qabul qilgani uchun hech qachon unutmaydi, balki o’zgacha hislar bilan bir umrlik xotirasiga aylanadi.

Masalan kun davomida ishlari, o’qishi, uy yoki boshqa yumushlari bilan band bo’lgan ayolga u kutmaganda, hayoliga ham keltirmaganda bir dasta gul bilan uning yonida paydo bo’lishingiz uni judayam xursand qiladi va hatto kun davomidagi barcha muammolarini unuttirib yuboradi.

Ayol uchun kichik e’tibor, unga nisbatan bildirilgan mehrning eng oddiy ko’rinishi ham juda qadrli, chunki u ayol, qancha sevilsada mehr va e’tibordan to’ymaydigan fitrat bilan yaratilgan yagona nozik xilqat egasi…🌷

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

29 Nov, 19:06


Men uchun eng qadrli narsa—men uchun ajratilgan vaqt, tabassumim ortida yashiringan ogʻriqni koʻra olish.
Erishgan natijalarim va tanlovim uchun samimiy hursandchilik.
Butkul befarq boʻlib, oʻz olamimga kirib ketganimda ham, yonimda qolish istagi.
Men soʻramaganimda ham, menga koʻrsatilgan mexr va eʼtibor.
Yolgʻiz emasligim, katta ahamiyatga ega ekanligim haqida eslatmalar.

Va eng asosiysi –barcha kamchiliklarim bilan, borimcha qabul qilinishim.

MEDIYNA Mukhammedovna

29 Nov, 18:19


Qalbinga ozor beradigan insonlar har doim eng yaqin deb bilganlaring bo’ladi

MEDIYNA Mukhammedovna

26 Nov, 17:37


Bizda umumiy fikrlar bor men esa har doim umumiy fikrlashga qarshiman.

Masalan:
Odatda qaynona yomon rolda, boylar kibrli, kambag’allar o’ta bechora, qo’shnilar g’iybatchi va h.k rollarda gavdalanadi miyamizda…

Bu qarashlar asosan biz ko’rayotgan narsalar, atrof muhit, seriallar, reelslar tasirida miyamizga o’rnashib borayveradi.

Lekin har bir inson, har bir holat individual…
Boyning ham saxiy va o’ta kamtarini bor, kibrlisi ham bor….
Qaynonaning ham kelinimas qizidek yaxshi ko’radigani va o’ta yomon ko’radigani bor…
Yigitlarning ham mas’uliyatli, iymonlisi va maqsadsiz, bekorchisi bor..

Shu sabab atrofingizdagilarga, siz bugun vaqtingizni sarflab tomosha qilayotgan har bir narsalarga ahamiyatli bo’ling. Bular hayotingizda o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmang! Qarashlaringizni ijobiylashtirmaguningizgacham baxtli hayotda yashay olmaysiz!



@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

26 Nov, 17:31


Fikrlarga qo’shilaman, serial ko’rmay qo’yganimga ham adashmasam 3-4 yil bo’lib qoldi balki undan ham ko’p…

Rostini aytsam bazan meni ham “mazza” qilib tomosha qilgim keladi, lekin 1-2 oy maza qilyapman deb o’ylagan serialim fikrlashimga qanchalik zarar bo’lib ishlashini, o’zim sezmagan holatda qancha travmalarni miyamga o’rnashib qolishini bilganim uchun ham ko’rmayman.

Eng asosiysi bu emas, eng asosiy sabab vaqtimni bekorchi seriallardan qizg’onaman. Vaqt qanchalik qadrli ekanligini haqiqiy his qilish haqiqatda band odamda bo’larkan.

MEDIYNA Mukhammedovna

26 Nov, 17:28


O’zbek kinolari va o’zbek seriallari, hozirgi kunda eng katta psixologik travmalar oladigan va janjallarga sabab bo’ladigan shubxalarni paydo qiladigan joy bo’lib qolibdi.

Hammasi “Q” bilan boshlnadigan nomlar.

Qabohat, qadam, qasam, qarg’ish, qiynalgan kelin, qaynona zulmi, qayrag’ochga osilgan iffat…

Havotir olmang. Ma’nosi bundan battar.

Oxirigi 10 yilda umuman ko’rmay qo’yganman. Bugun nima bo’ldiyu ko’zim tushib qoldi.

Man tushuna omayotganim bir narsa. Bunday serial va kinolar ishlashdan maqsad nima?

Odamlarni asabini ajalidan 10 kun avval tugatishmi?
Bir biriga bo’lgan ishonchni yo’qotishmi?
Odamlarni urishtirishmi?

Bu kino va seriallarda hamma zahar ayollar semiz ayol bo’ladi, hamma qiynalganlar qoracha odamlar, hamma boylar zahar, hamma qaynonalar yo zolim yoki befarosat yoki bo’lmasa gapini ham galira olmaydigan qo’y.

Eee…

Qisqasi kim shunaqa serial yo kino qiladiganlarni bilsa shu habarni yuborib qo’yinglar.

“Siz hali har bir kino va serilangizni ko’rgan odamni har bir sekundi uchun va bu mahsulotingizni ko’rib qilgan ishi va ketkazgan asabi uchun javob beradiz va barchasiga javob bermaguningizgacha oyog’ingiz joyidan qimirmalaydi. Chunki bu javobni boshqa joyda berasiz. Eplasangiz, qo’lingizdan foydali ish qilish kelsa qiling, eplolmasangiz maydonni bo’shatib qo’ying.
Hojatxona uyni ber chetida yopiq joyda bo’ladi. Bunaqa kino va seriallar bilan butun uyni sasitishga hojat yo’q”

MEDIYNA Mukhammedovna

26 Nov, 13:45


O’zingizni har kimga isbotlashga harakat qilish ruhingizni charchatadi. Bazan haqli bo’lsangiz ham sukut saqlash sizning xayringiz uchundir.


@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

25 Nov, 18:17


Sening bugungi holating kechagi ishlaringning natijasi. Agar ertaga boshqa holatda bo’lishni xohlasang, bugundan boshqa ish qil…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

22 Nov, 12:16


Farosat borligi ko’rinmaydi, lekin yoqligi doim ko’rinadi…


Juda ko’p taxida yurganim sabab taxini o’zida ham har xil holatlarga duch kelaman.

Ko’rganlarim ichida eng xunuk ko’rinadigani, taxichiga ham boshqa mijozlarga ham yoqmaydigani — bu mashinada kimnidir telefonda baland ovozda gaplashib ketishi…

•Iltimos odamlar, taxida yokida avtobusda yurganingizda iloji bo’lsa telefonda gaplashmang, zarurat yuzasidan telefonda gaplashmoqchi bo’lsangiz ham pasroq, imkon qadar boshqalarga eshitilmaydigan, xalaqit bermaydigan darajadagi ovozda gaplashing.


Telefonda gaplasharkansiz bu sizning shaxsiy hayotingiz, shaxsiy masalangizni hamma eshitib ketishi, suhbatingizga hamma sherik bo’lishi yaxshi ish emas…

•Balki o’zingizga sezilmas, lekin chetdan qaraganda bu judayam xunuk ko’rinadi. Mana shunday baland gaplashib ketadigan ayollar taxidan tushganidan keyin taxichi va yo’lovchilar nimalar deganini o’zim bilaman, ishoning juda xunuk ko’rinadi…

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

21 Nov, 17:30


Kelajagingni seni ko'nglingga qarab, seni avaylaydigan go'zal xulq sohibiga topshir.


Taqdiringga bugungi kunini qadrlab, kelajakda senga do'st bo'ladigan hamroh bitilgan bo'lsin. Har safar senga boqganda ilk marotaba ko'rgandek muhabbatni his qilgan hamroh bilan siylasin Rabbim.

Nikohdan izlaganing sevgi bo'lmasin. Izlaganing ishonch, hurmat, qadr, sadoqat va bir-biringizni tushunish bo'lsin. Haqiqiy ishq shunday bo'ladi.
Haqiqiy sevgi bu yoningda pok qalb egasi, seni ardoqlaydigan, senga g'amxo'rlik qiladigan sadoqatli, bag'rikeng insonning bo'lishidir. Bu fazilatlarsiz har qanday tuyg'u vaqt o'tishi bilan yo'qoladi. Unutma!

Izlaganing sevgi emas, sevgini saqlab qoladigan go'zal axloq sohibi bo'lsin. Qolganlari quruq bir yolg'ondir.

MEDIYNA Mukhammedovna

07 Nov, 18:35


Har bir narsada xayr bor agar iymon bilan qarasangiz…


Yomg’ir sizni rejalaringizni buzmaydi, bu sizga ko'proq duo qilish imkoniyatini beradi. Siz tahoratingizni buzdingiz, lekin yana tahorat qilsangiz, ko'proq gunohlarni yuvasiz. Siz sevgan narsangizni Alloh eshitgani uchun yo’qotdingiz. Siz uxlay olmaysiz, chunki Alloh u bilan gaplashishingizni xohlaydi. Sizni hayotingiz og'ir, chunki Alloh siz uchun jannat eshiklarini ochmoqda. Sizga sinov keladi musibat deb bilasiz, lekin Alloh darajangizni baland qilishni istagan bo’ladi… Qanchalik mehribon rahmli Robbimiz bor

MEDIYNA Mukhammedovna

06 Nov, 18:54


Vaziyatlar o'sishimiz uchun, muammolar hal qilishimiz uchun beriladi.

Aslida ikkisi ham o’zimizdagi kamchilik bo’shliqlarini to’ldirishimiz uchun Allohdan ne’mat sifatida sinov tarzida beriladi. Kimdir esa bu sinovni musibat deb qabul qilsa, yana kimdir ne’mat deb biladi.

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

06 Nov, 18:25


Inson hayotda e’tiborini ko’proq muammolarga qaratsa, ko’proq muammolarni keltirib chiqaradi.

Imkoniyatlarga e’tibor qaratsa, ko’proq imkoniyatlarga ega bo’ladi.

MEDIYNA Mukhammedovna

06 Nov, 15:57


Hayotimizga nima kirib kelgan bo'lsa o'z vaqtida kelgan..
Allohning ishida xato yo'q!

MEDIYNA Mukhammedovna

04 Nov, 12:47


Masalan

🥳qalbingizdagi bolajoningiz parkka borganda judayam arg’imchoqqa uchgisi keladi.

Ichingizdagi ulg’aygan siz, aqlingiz esa: “Uyat kap-katta odam ham arg’imchoqda uchadimi, senga balo bormi”
kabi so’zlarni aytadi va siz qalbingiz judayam xohlayotgan ishni aqlingizdagi mana shu o’ylov sabab tark etasiz buni qilib ko’rishga o’zingizga ruhsat bermaysiz. To’g’rimi?


🪶Ana shunda siz qalbingizdagi bolajonning hislarini yopgan, u xohlayotgan narsani qilishiga ruhsat bermagan bo’lasiz, yani aslida asl o’zingizga ruhsat bermaysiz. Odamlar, atrofning qarashi, gap so’zlari sabab o’z hayotingizda yashamaysiz.

Bu oddiy bir misol, biz yillar davomida mana shunday ichkaridagi bolajonimizni chegaralar bilan qaysidir ma’noda “og’zini yopib kelamiz”

MEDIYNA Mukhammedovna

04 Nov, 12:43


Har bir ulg’aygan, aqlli insonning ham qalbida uni bolakay kichkinagina versiyasi bo’ladi, masalan meni qalbimdagi kichkina Madinam💕

To’g’ri yillar o’tgani sari u ulg’ayadi, ilm oladi, ilm tarqatadi, o’z ustida ishlash, rivojlanish uchun har doim harakat qiladi, ammo uning qalbining tub tubida har doim kichkina haliyam bolachalarga o’xshagan beg’ubor bolakayi bo’ladi….
Har bir insonning o’z qalb bolakayi bor…

Kimdirlar yillar o’tgani sayin bolajonini yopiq qo’yadi, qalbini tinglamaydi, o’ziga juda ko’p narsalarga ruhsat bermaydi, chegaralar qo’yadi, hayoti davomida qalbidagi bolajonining his tuyg’ularini eshitmay, his qildirmay yashaydi…

Sizda ham shunaqami?

MEDIYNA Mukhammedovna

04 Nov, 08:02


Yashashni bilmasang….
Hayotdan nolima.

MEDIYNA Mukhammedovna

03 Nov, 18:42


1️⃣ “Komfort zona”. Ushbu zonada sizga hammasi “yaxshi”dek, lekin nimadandur ko‘nglingiz to‘lmaydi, o‘zingizga “sig‘maysiz”, o‘zingizdagi kamchiliklarni to‘ldirishga harakat qilishni istaysiz-u, lekin uddalay olmaysiz,rivojlanmaysiz. Ushbu bosqichda menimcha, nima istashingizni anglab, keyingi harakatlarni amalga oshirishga o‘zingizni tayyorlab borishingiz eng muhimi hisoblanadi.

2️⃣Qo‘rquv zona”. Nihoyat siz komfort zonadan chiqdingiz, endi sizda odamlar nima deydi, tuppa tuzuk ishlab yurgan edim, daromad qayerdan bo‘ladi kabi savollar, ishonchsizlik, qo‘rquv etapi boshlanadi. Bu etap qanchalik davom etishi o‘zingizga bog‘liq, O‘zimda ham bir necha marotaba shunday holat bo‘lgan,men ham ko‘pchilik singari yana “komfort zona”ga qaytganman. Tajribamdan kelib chiqqan holda aytamanki, savollar, qo‘rquvlarga tayyorgarlik ko‘ring, shunda ushbu zonadan o‘tish osonlashadi.

3️⃣O‘rganish zona”. Ushbu zonada sizda yangi chaqiriqlar, tajriba ko‘nikmalar, yangi bilimlarni o‘rganish orqali ular shakllanadi. Borgan sari o‘rganishdan zavqlanasiz. Bu bosqichda o‘rgangan bilim, ko‘nikma, tajribalarni boshqalarga ham ulashishni, tizimlashtirishib borishni tavsiya qilaman.

4️⃣O‘sish zona”. Endi sizda aniq maqsadlar, nima uchun bu ishlarni qilish muhimligi, bunda sizni o‘rningiz qanday bo‘lishi, orzular, maqsadlarga erish uchun mehnat qilish muhimligini anglaysiz. Umuman olganda “komfort zona”dan chiqish oson bo‘lmagan. Barcha zonalardan o‘tish uchun qancha vaqt ketishi ham aniq emas. Zonalar, qiyinlik darajasi, natijalar barcha uchun har xil. Lekin undan chiqish sizni rivojlantiradi, bu orqali siz boshqalarga ham ko‘ yordam bera olasiz.

💾Ushbu postni “komfort zona”dan chiqishni istagan, chiqqan lekin qaysidir etaplarida bo‘lgan yaqinlaringizga ulashishing.

MEDIYNA Mukhammedovna

03 Nov, 10:00


Komfort zona nima o’zi shu haqida gaplashamizmi😂?

Reaksiyalar ko’p bo’lsa gaplashamiz)

MEDIYNA Mukhammedovna

03 Nov, 09:59


Komfort zonamni har doim buzib chiqganim sari hayotning yangi bosqichiga va men uchun yaxshiroq bosqichga chiqganimni sezaman.

•Va komfort zonadan chiqish men uchun qo’rqinchli tuyilsada men doim u zonadan chiqish uchun qo’rquvimni yengaman, joyi kelganda o’zimni majburlayman ham.


☁️Kichik misol: odatda men hammaning oldida ovqatlanishni yoqtirmaydigan insonman, chetda ovqatlanish va yolg’iz ovqatlanish bu meni komfort zonamga aylangan edi ammo bu menga yoqmasdi.

Bir kuni dugonam bilan ilojsiz odam judayam ko’p joyga obed qilgani kirdik, zakasni berdik va dugonamga qarab shunday dedim “keling s soboyga olib ketamiz taomni, buncha odamni oldida ovqatlana olmayman.”

🎙Keyin yana gapimni o’zim davom ettirdim “yo’q shu gapni aytganim uchun ham, bugun aynan shu yerda, hammaning oldida ovqatlanamiz, odamlarning qarashi, fikri men uchun muhim bo’lishi kerak emas, men komfort zonamga o’rganib qolishim xato, balki undan chiqishim kk“ dedim.

MEDIYNA Mukhammedovna

03 Nov, 09:50


Komfort zonadan chiq, u yer yaxshiroq.


1. Oldin bormagan joylaringa bor
2. Ishga/o’qishga boshqa yo’ldan borib ko’r
3. Oldin yemagan ovqatingni tatib ko’r
4. Qilolmayman, qo’rqaman degan ishlaringni qilib ko’r
5. Umuman tanimaydigan odamga kichik yaxshilik qilib ko’r
6. Taxida/ metroda kimdir uchun sen to’la
7. Qimmat deb o’ylagan narsangni sotib ol
8. Bir kuni telefonni yig’ishtir
9. Insonlarga kompliment qilishdan uyalma/ qilib ko’r (bugun judayam chiroylisiz, sizni yaxshi ko’raman, buncha shirin qizsiz…)
10. Biznes boshla va rivojlan


@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

02 Nov, 19:13


Ehtiyot bo’ling.

MEDIYNA Mukhammedovna

02 Nov, 14:57


Koshki butun umr so’lib qolmasa🥺

MEDIYNA Mukhammedovna

02 Nov, 14:55


🥹

MEDIYNA Mukhammedovna

01 Nov, 17:42


Agar hech kim senga bu gapni aytmagan bo'lsa:

"Men sen bilan nihoyatda faxrlanaman va qanchalik harakat qilayotganingi bilaman, qalbing judayam toza mehribon insonsan, seni judayam yaxshi ko’raman🤍

MEDIYNA Mukhammedovna

28 Oct, 18:29


Agar sizga:

-sen imkonsiz narsa haqida orzu qilyabsan deyishsa, shunday deya javob bering: Meni Robbim hamma narsaga qodir.

MEDIYNA Mukhammedovna

27 Oct, 18:04


Bazan shunchaki uzoq joylarga ketishni, hammasini, ishim, o’qishim hatto oilam hammasini unutishni, odamlardan yiroqlarga ketishni, kerak bo’lsa telefonimni uloqtirishni va shunchaki tabiat qo’ynida bir o’zim daraxtga suyanib osmonlarga qarab o’tirishni istayman…

MEDIYNA Mukhammedovna

26 Oct, 20:21


Insonlar g'alati:

Qur'on o'qimaydi, namoz o'qimaydi. Keyin esa: «Men baxtli bo’la olmayabman» deydi.Lekin qalblar faqat Allohni zikr qilish bilan xotirjam bo'lishini bilmaydi.

MEDIYNA Mukhammedovna

24 Oct, 17:50


Вот мой ещё один секрет)

Zeriksam suhbatlashaman shu nomalum shaxs bilan😆
Yana kimda shunaqa kanal bor?

MEDIYNA Mukhammedovna

24 Oct, 17:40


Agar to’siqsiz yo’lni topsangiz, u sizni hech qayerga olib bormaydi.

MEDIYNA Mukhammedovna

21 Oct, 20:00


Doim ham tuyg’ulargagina ishonib turmush qurmang, u o’zgarib turadi, Allohga ishoning va uning o’zi sizga mos insonni yor etadi.

MEDIYNA Mukhammedovna

20 Oct, 09:27


Alloh uchun tark etilgan har narsaning yakuni go’zal bo’ladi, Alloh sizni ziyodasi bilan rizqlantiradi🤍

MEDIYNA Mukhammedovna

20 Oct, 09:18


Juda cho’zilib ketdi, lekin o’qisangiz foydali bo’lishiga ishonaman💕👆

MEDIYNA Mukhammedovna

20 Oct, 09:16


Bu narsalar nojoiz ishni halolga aylantirmaydi va bular nomahram bilan gaplashishga rozilik berishingizga sabab bo’lolmaydi.


Chin muhabbat bir-birini har qanday holatda tushunishlik va qo’llab quvvatlashlik bilan bo’ladi🖤

MEDIYNA Mukhammedovna

20 Oct, 09:11


Tavsiyam yigiti bor yosh qizlarga

1️⃣Hali yosh ekansiz, diqqatingizni boshqa narsaga qarating, hayotda yigitdan ham muhimroq masalalar ham bor. Maksimal darajada band bo’ling, shunda bunday narsalarga chalg’imaysiz.

2️⃣Istihora qiling, Alloh o’zi hayotingizda natija ko’rsatib qo’yadi.

3️⃣ Yigitni qo’ldan boy berishdan qo’rqmang va bu sizni xafa qilmasin, sizniki bo’lgan aylanib ham o’rgilib ham sizga keladi)

4️⃣ Hozir gaplashayotganingiz nafsingizga yoqyapti, lekin haromni emas, halol yo’lni tanlang. Nafsingizni quliga aylanmang. Baribir baxtizni berguvchi Alloh ekan, undan so’rang va u buyurgan yo’ldan yuring, baxtni sizga Alloh beradi nafsingizni tanlovi emas!

@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

20 Oct, 09:04


📚Endi yechimga kelsak, o’zingiz hali turmush hayotiga tayyor emasman dedingiz, demak qaysidir ma’noda hayotingiz uchun yelkadosh, bo’lajak farzandlaringiz uchun otani tanlov qilishga ham hali tayyor emassiz…

📆Oldin holatingizni analiz qiling, siz xohlaydigan bo’lajak juftizda qanday xislatlar bo’lishi kerak, aynan qanday juft xohlayotganingizni aniqlab oling. Keyin o’sha yigitda shu hislatlar bormi yoki yo’q shuni o’ylab ko’ring…

💐U yigitga ham aqlan ham qalban rozilik berishga haqiqatdan tayyormisiz? Ertaga afsuslanish hissi bo’lmasligi uchun bugun tanlovingizda adashmayotganingizga ishonasizmi? O’ylab ko’ring.

❤️Agar u bola har tomonlama sizga mos kelsa va siz istagan juft obrazini aynan o’sha insonda ko’rayotgan bo’lsangiz u inson bilan to’g’ri ma’noda gaplashib olib, kelishib oling.

🩷Yani u sizni haqiqatda yaxshi ko’rsa, ishoning 10 yil desangiz ham kutishga tayyor bo’ladi. Qancha muddat kutishini ayting, vaqti kelganda sovchi jo’natishini so’rang, nomahramsiz gaplasha olmayman deng tushuntiring. Tushunmasa ketayversin (oldingizda qolishni istagan inson unga berayotgan har qanday imkoniyatingizga xursand holda rozi bo’ladi)

✖️Gaplashmayman deganingizda yo’q deyaptimi, siz ham yo’q deng men gaplashmoqchi emasman deng. Gaplashmaganingiz uchun sizni tark etsa bilingki u sizni sevmagan. O’zingizni esa hislaringizni nazorat qilishni o’rganing, bog’lanib qolmang.

MEDIYNA Mukhammedovna

19 Oct, 16:45


Demak sizlarga haqiqiy o’zini qadrlash qanday bo’lishi haqida menimcha post yozishim kk

Hozir faqat buni qanday qilib matn orqali qisqa va lo’nda yetkazishim mumkinligi haqida o’ylayapman😅

MEDIYNA Mukhammedovna

19 Oct, 16:44


Qizlar o’z qadrini bilish degani egoism, boshqalarni mensimaslik, qimmat kiyinish, faqat o’zini yaxshi ko’rish degani emas

🧸Ko’pchilik o’zini hurmat qilish, qadrini bilish deganda egoist, faqat o’zini o’ylab yashaydigan insonlarni tasavvur qiladi (ha ular ham qaysidir ma’noda o’zini yaxshi ko’rar, ammo har narsaning chegara va meyori bor, u insonlar chegara va meyorni bilmaydigan, mukkasidan ketgan haqiqiy egoistlar bo’lishi mumkin…)

Lekin men sizga aytmoqchi bo’lgan “qadringizni biling” degan tushuncham bu ma’nodan umuman yirog’. Islomda ayollar qadrlanadi. Qarang oddiy qadr bilan bog’liq tushuncha…

MEDIYNA Mukhammedovna

19 Oct, 16:10


E’tibor qilganmisiz ?

•Jonini jabborga qoyib oilasi uchun jon fido qiladigan ayollar bor lekin hech ham oilasi, hatto turmush o’rtog’i tomonidan ham qadrlanmaydi? Chunki ular o’zlarini qadrlarini bilishmaydi…

•Yana shunday ayollar borki hatto ular eplab tuzik ovqat qilishni bilishmaydi, lekin turmush o’rtog’lari ularni jonini berishga tayyor darajada sevib boshida ko’tarib qadrlab yurishadi, chunki u ayollar avvalo o’z qadrini biladi…

MEDIYNA Mukhammedovna

19 Oct, 15:56


Suhbatlashamiz 😁💭



Savollaringizni shu yerga yozasiz menga anonim tarzda keladi👇

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=c342d07c047748

MEDIYNA Mukhammedovna

19 Oct, 15:04


Hammasi o’shandan boshlandi💭


Instagramimda barchasini aytib beryapman👇🏻

https://www.instagram.com/mediyna_mukhammedovna/profilecard/?igsh=ZDhlaHA5NWVwenRp

MEDIYNA Mukhammedovna

18 Oct, 18:34


Islomiy darslar - "juda qimmat"
So'nggi rusumdagi IPhone - "men bunga loyiqman"

Sog'lom halol ovqat — "juda qimmat"
Fast-food - "qulay, bo'laveradi"


Haj va Umra — "pul sarflash"
Brendviy kiyim-kechak — "axir bu moda"
30 daqiqat Qur'on tilovati — "juda bandman"
30 daqiqa ijtimoiy tarmoq - "vaqtim bor"

1 soat zikr - "charchab qolaman"
1 soatlik Netflix - "yarim kechgacha ko'raman"

Tanlab qilayotgan har amalingiz
oxiratingizga hujjatdir!

MEDIYNA Mukhammedovna

17 Oct, 15:37


Adashmasam 2-3 yil oldin mushuklardan o’lgudek qo’rqardim, qo’lim terisiga tegib ketsa baqirib yuborardim🙈

Qanday qilib qo’rquvimni yenganim haqida aytib beraymi? Qiziq bo’lgan😅

MEDIYNA Mukhammedovna

17 Oct, 15:08


Istixora qilganda ko’pchilik natija ololmaydi muhim qismini unutgani uchun.

Istixorani muhim qismi:
Allohga to’liq tavakkul qilgan holda, u bizga har doim eng hayrli va eng yaxshisini ato etishiga ishongan holatda, vaziyatlarni faqat o’ziga topshirgan, o’ziga suyangan holda o’qish kerak.

Ich-ichimizdan ilohim hayrli chiqsa edi yoki hayrsiz chiqsa edi deb o’qishlik noto’g’ri, istihora qilishlikni niyat qilar ekansiz avvalo to’liq Allohga ishonib, har qanday javobga tayyor bo’lib, tavakkul, ixlos bilan o’qing.

Allohim shu men uchun hayrsiz bo’lsa ham, hayrli bo’lsa ham roziman, bu seni taqdiring, sen menga nasib qilganing, menga ravo ko’rganlaring har doim men uchun eng afzali ekanligiga ishonaman degan niyat bilan ixlos bilan o’qing.
Balki hozir sizga yaxshi ko’ringan narsa siz uchun emasdir, barchasini Alloh biladi shunday ekan istihora qildingizmi natijasini o’ziga topshiring.


@mediyna_mukhammedovna

MEDIYNA Mukhammedovna

16 Oct, 19:05


Kimdirning hayotiga o’rgatuvchi bo’lib kelamiz, kimdirning hayotiga o’rganuvchi..