HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

@ssv_hamshira_jurn


Sog‘liqni saqlash sohasidagi so‘nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishib borishingiz, shuningdek, “Hamshira” jurnalining har bir sonida chop etilgan qiziqarli va foydali materiallari, SSV tizimiga oid buyruq va yangiliklar. https://t.me/hamshirajurnal

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 11:39


Assalomu alaykum!

25.10.2024 sanada og'zaki imtihonda qatnashuvchi VRACH va FARMATSEVTIKA xodimlari roʻyxati saytga joylashtirildi

(Markaz va hamma xududiy bo'limlar uchun)

https://tmbm.ssv.uz/post/category/testers_doctors

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 10:25


Kapillyar qon ketish sabablari, belgilari, tez tibbiy yordam ko’rsatish.

Капилляр қон кетиш.


👤 DOCTOR JAHONGIR@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 10:05


🤰🏻Homiladorlikni aniqlab beruvchi eng oson yo'l - homiladorlik testidir. Ba'zida uning javobi xato chiqadi. Nega?

Homiladorlik testini odatda homiladorlik yuz berganini 95% ortiq aniqlik bilan ko'rsatib beradi. Uning natijasi haqqoniy chiqishi uchun ba'zi shartlarni bajarish talab etiladi. Quyida homiladorlik testini o'zkazishda yo'l qo'yiladigan asosiy xatoliklar haqida gapirib o'tamiz.



1. Eng tarqalgan xato, bu testni juda erta o'tkazish. Homiladorlik testi homilador ayolning siydigida oshgan XCHG moddasini aniqlab natija beradi. XCHG oshgan bo'lsa, test natijasi ijobiy chiqsa, ayol homiladorligini ko'rsatadi. Test Urug'lanishdan so'ng kamida 10 kun o'tgach haqoqniy natija ko'rsata oladi. Undan vaqtliroq davrda o'tkazilsa ayol urug'langan bo'lsa ham, test siydikdagi XCHG miqdorini erta bo'lgani uchun payqay olmay salbiy natija ko'rsatadi.


2. Mutaxxasislarning fikricha, homiladorlik testi aniq natija berishi uchun uni tonggi ilk siydikda o'tkazish kerak. Ja bo'lmaganda, siydik pufagida kamida 4 soat saqlanib turgan siydikka o'tkazilsa xatoliklar ehtimolini pasaytirar ekan.



3. Ba'zi ayollar tezroq test o'tkazish maqsadida ko'p suyuqlik ichib siydikni sun'iy chaqirtiradi. Buning natijasida chiqqan siydik suv bilan suyuqlashgan holda bo'lib, undagi XCHG miqdori darajasi test tomonidan sezilmay qolishi mumkin. Shunda natija xato bo'ladi.



4. Homiladorlik testi ishlab chiqaruvchilari turlicha bo'lgani tufayli bir testni o'tkazish shartlarini boshqa testga qo'llasa, xato natija chiqishi mumkin. Har bir testning qutisida undan foydalanish shartlari ko'rsatilgan bo'ladi. Natija imkon qadar haqoqniy chiqishi uchun ularga amal qilish zarur.



5. Ba'zi bepushtlikka qarshi dori-vositalari homiladorlik testini natijasini xato bo'lishiga sababchi bo'ladi. Bunday hollarda test natijasi sizni xavotirga solsa, shifokorga murojaat qilish lozim.



6. Test o'tkazib, uning natijasini kutmay 5-7 daqiqa kutmay xulosa qilish ham xato bo'ladi. Kerakli tayoqchalar namoyon bo'lishi uchun natija test qutisida yozilgan vaqtdagina aniq bo'ladi.


7. Homiladorlik testining kerakli joyiga siydikka tushgach uni imkon qadar gorizontal holatda ushlash kerak. Gorizontal holda siydik test ichida kimyoviy reaksiyaga bir ravonda kela oladi va shundagina natija to'g'ri chiqa oladi.
Hayz ancha kunga kechikayotgan bo'lib, test homiladorlik yo'q ekanligini ko'rsatayotgan bo'lsa, u holda organizmda biron muammo yuzaga chiqqaniga yoki xavfli holat bo'lmish bachadondan tashqari homiladorlik yuz berganiga shubha qilsa bo'ladi. Bunda shifokorga murojaat etish talab etiladi.@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 09:55


Live stream finished (2 hours)

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 07:39


Live stream started

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 06:21


Soat 12/00da jonli efir qilamiz.

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 06:14


Orttirilgan Immun-Tanqisligi Sindromi) – OITS infeksiyasining terminal bosqichi.

SABABLARI:

Qo'zg'atuvchi Odam immunodefitsit virusi – OIV, qonda leykotsitlarni kamaytiradi, natijada virusli va onkologik kasalliklarga bo'lgan immunitet pasayadi. Onadan bolaga (ona qornida, tug'ruq mahali, emizganda) Himoyalanmagan jinsiy aloqa Zararlangan qon quyish Bemor ishaltga tibbiy asboblardan foydalanish Inyeksion narkotik ignasidan Nostril bolgan asboblar (tatu salon). Maishiy kontakt yo'l bilan OIV yuqmaydi.

BELGILARI:

Virusli kasalliklar (gripp, pnevmoniya, angina) - kattalashgan limfa tugunlar, suvsizlanish – kasallik erta bosqichi. Terida, shilliq qavatlarda to'q–qizil rangdagi o'smalar, doimiy respirator kasalliklar, tana harorati ko'tarilishi, kechasi terlash, limfa tugunlar kattalashishi, ishtaxa yo'qligi, vazn yo'qotish, diareya – kasallik kech belgisi.

DIAGNOSTIKA:

Qon umumiy, bioximik tahlili Qon immunoferment analizi Immunobloting Polimeraz zanjir reaksiya

DAVOLASH:

ohirigacha OITSni davolash choralari yo'q, zamonaviy dorilar bemor umrini 10 yilgacha uzaytiradi. Immunitetni kuchaytirish uchun Antiretrovirus preparatlar Ikkilamchi infeksiyalarni davolash (antibakterial, zamburug'ga qarshi, virusga qarshi) Vitaminlar Biologik aktiv qo'shimcha Fizioterapiya

ASORATLARI:

Odam papilloma virusi Kandidoz Meningit Gerpes Pnevmoniya Organizm tashqi infeksiya bilan kurasha olmasligi o'lim holatlariga olib keladi.

HAVF GURUHI:

Inyeksion narkotik qabul qiluvchilar Himoyalanmagan jinsiy aloqa Jinsiy partnerlarni tez almashib turadiganlar Tibbiy muassasa xodimlari Venerik kasallanganlar

PROFILAKTIKA:

Baryer turdagi kontratseptivlar Venerik kasalliklarni vaqtida davolash Bir marta ishlatilgan shpritslardan qayta foydalanmaslik Tibbiy jixozlarni sterillash.@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 06:09


1. Savol: OIV, OIV infeksiyasi va OITSning farqini aytib bering.

OIV (Odam immunitet tanqisligi virusi), OIV infeksiyasi va OITS (O‘tkir immunitet tanqisligi sindromi) atamalari o‘zaro bog‘liq, ammo ular turli darajadagi holatlarni ifodalaydi. Quyida ularning farqlari va umumiy tavsifi haqida batafsil ma’lumot keltiriladi:

1. OIV (Odam immunitet tanqisligi virusi)
- OIV — bu virusning nomi bo‘lib, u odam organizmidagi immunitet tizimining hujayralariga, xususan, CD4 hujayralari deb ataladigan yordamchi T-limfotsitlarga hujum qiladi.
- Virus immun tizimini asta-sekin zaiflashtiradi, shuning uchun organizm infektsiyalar va ba’zi saraton turlariga qarshi kurashish qobiliyatini yo‘qotadi.
- OIV infeksiyasi bemor organizmiga virus kirgandan keyin boshlanadi. Bu virusdan qutulib bo‘lmaydi, ya'ni OIV tanaga kirgandan keyin, odam bu infeksiya tashuvchisi bo‘lib qoladi.
2. OIV infeksiyasi
- OIV infeksiyasi — bu OIV virusining odam organizmiga kirishi va u yerda ko‘payishi bilan boshlanadigan jarayon.

- OIV infeksiyasi uchta asosiy bosqichga ega:

- 1-bosqich: O‘tkir infeksiya:


OIV bilan zararlanishdan keyin bir necha hafta o‘tib paydo bo‘ladi. Bu davrda organizmda virusning ko‘paya boshlashi tufayli grippga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lishi mumkin (isitma, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i). Ushbu bosqichda virus organizmda tez ko‘payadi.


- 2-bosqich: Yashirin bosqich (Asimptomatik bosqich): Virus organizmda faol ravishda ko‘payishda davom etadi, lekin odamda simptomlar kuzatilmasligi mumkin. Ushbu bosqich yillar davomida davom etishi mumkin.


3-bosqich:


OITS:
Agar OIV infeksiyasi davolanmasa, oxir-oqibat OITS rivojlanadi.
- Ushbu infeksiya davomida antiretrovirus terapiya (ART) yordamida virus ko‘payishini nazorat qilish va immun tizimining zaiflashishini sekinlashtirish mumkin. ART yordamida OIV bilan yashayotgan odamlar uzoq va sifatli hayot kechirishlari mumkin.



3. OITS (O‘tkir immunitet tanqisligi sindromi)
- OITS — bu OIV infeksiyasining eng so‘nggi va eng og‘ir bosqichi bo‘lib, virus immun tizimini juda zaiflashtirib, boshqa infektsiyalar yoki o‘smalarga nisbatan himoyani deyarli yo‘q qiladi.


OITSning rivojlanishi bilan bog‘liq asosiy xususiyatlar:
- Immun tizimi deyarli ishlamay qoladi (CD4 hujayralari miqdori keskin kamayadi, odatda 200/mkl dan past).



- Oportunistik infektsiyalar (masalan, pnevmotsist pnevmoniyasi, sil) va ba'zi saraton turlari (masalan, Kaposhi sarkomasi) rivojlanadi. Ushbu kasalliklar oddiy odamlar uchun xavfli bo‘lmasligi mumkin, lekin immunitet zaif bo‘lganda hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

OIV, OIV infeksiyasi va OITS o‘rtasidagi farqlar:


- OIV — bu virusning o‘zi.


- OIV infeksiyasi — OIV organizmga kirgandan keyin rivojlanadigan holat. Ushbu infeksiya ko‘p yillar davomida simptomlar bermasligi mumkin.



- OITS — bu OIV infeksiyasining eng so‘nggi va eng og‘ir bosqichi bo‘lib, immunitet tizimi deyarli ishlamay qoladi.

OIV infeksiyasi va OITS o‘rtasidagi asosiy farq:


- OIV infeksiyasi barcha bosqichlarda mavjud bo‘ladi, ya'ni odam virus bilan zararlanganidan boshlab OIV tashuvchisi hisoblanadi.


- OITS esa faqatgina kasallikning so‘nggi bosqichida kuzatiladi va undan oldin yillar davomida odamda simptomlar bo‘lmasligi mumkin.

Hamshiralik parvarishi
OIV bilan yashovchi bemorlar uchun hamshiralik parvarishi juda muhimdir va quyidagi sohalarni qamrab oladi:

1. Davolash monitoringi:


- Bemorning ART (antiretrovirus terapiyasi) qabul qilishini nazorat qilish va uning samarasini kuzatish.
- Qon ko‘rsatkichlari, ayniqsa, CD4 hujayralari soni va virus yukini tekshirish.


2. Profilaktika:


- Oportunistik infektsiyalarni oldini olish uchun profilaktik dorilar qo‘llash va muntazam tibbiy ko‘riklar o‘tkazish.
- To‘g‘ri gigiyena va oziqlanish qoidalariga rioya qilish.


3. Psixologik qo‘llab-quvvatlash:



- OIV bilan yashovchi odamlar odatda stress, tushkunlik va ruhiy zo‘riqishlarga duch kelishadi. Shuning uchun psixologik yordam ko‘rsatish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash guruhlariga yo‘naltirish muhimdir.@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 05:52


Тозалувчи ҳукна (энема) ўтказишга баъзи ҳолатларда моънеликлар бор. Қуйидаги ҳолатларда ҳукна ўтказиш тавсия қилинмайди:

Орка тешиги ёки тўғри ичакдаги яралар – бу ҳолатда ҳукна тўғри ичакни яралантириши ва ҳолатни оғирлаштириши мумкин.


Ҳомиладорлик – ҳомиладорлик давомида ҳукна ўтказиш бачадон қисқаришига сабаб бўлиши ва бола тушиши хавфини ошириши мумкин.



Паст ёки юқори қон босими – ҳукна ўтказиш жараёнида организмдаги сув баланси ўзгариши мумкин, бу эса қон босими муаммоларини кучайтириши эҳтимоли бор.


Ичаклардаги тўсиқ (обструкция) – ичакларда тўсиқ борлигида ҳукна ёки сув киритиш тавсия этилмайди, бу ҳолатни оғирлаштириши мумкин.


Яқинда ўтказилган жарроҳлик амалиёти – айниқса, қорин ёки тўғри ичак жарроҳликларидан кейин ҳукна ўтказиш хавфли бўлиши мумкин.


Яқиндаги инфаркт ёки юрак касалликлари – ҳукна жараёнида кучланиш юрак-томир тизимига ёмон таъсир қилиши мумкин.

Ҳар қандай ҳукнани шифокор кўрсатмаси ва тавсияларига мувофиқ ўтказиш муҳим.@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

23 Oct, 04:03


Ассалому алайкум!

Дуоларимиз такрор! Тилакларимиз ўша-ўша...

Бугунги кунингиз ҳам хайру барокатларга тўла бўлсин деймиз, ҳар бир кунингиз ҳотиржамликка йўғрилсин.

Аллоҳим хонадонингизга барокатини, раҳматини, мағфиратини ва тугамайдиган, ўзгармайдиган неъматларини сочиб қўйсин!

Роббим Сизни муҳтожликдан, қашшоқликдан, дардмандликдан, дангасаликдан,  қарздорликдан, туҳмат ва  бало кулфатлардан Ўзи асрасин!
  
Кун давомида яхшилар ва яхши кайфият ҳамроҳингиз бўлсин!@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

22 Oct, 14:21


Kuz yomg‘iri juda yoqimlida 😊😊😊😊😊@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

22 Oct, 12:52


Bugun 21/00 jonli efir qilamiz!!! 😊😊😊😊

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

22 Oct, 07:50


ҚОН ТОПШИРУВЧИЛАР УЧУН ЭСЛАТМА!
Сиздан қон топширишингиз учун қуйидагиларни талаб қилади:

1. Шахсий паспортингиз ёки ҳарбий хизматдагилар учун гувоҳнома;
2. Қон топширувчини ёши 20 дан 50 ёшгача.
3. Вазнингиз 60 кг дан кам бўлмаслиги керак.
4. ГЕПАТИТ (сариқ) касаллиги билан касалланмаган бўлиши лозим;
5. Қон топширишдан олдин 72 соат мобайнида таркибида аспирин, анальгин бўлган дорилар воситалари қабул қилмаган бўлиши лозим.
6. Охирги 6 ой мобайнида хориж давлатларига чиқмаган бўлиши лозим.
7. Қон топширишдан бир кун олдин ва қон топширадиган кунингиз ёғли овқат ёки ёғли сут махсулотларини истеъмол қилмаган бўлиши лозим.
8. Қон топширишдан олдин икки кун мобайнида спиртли ичимликлар истеъмол қилмаслиги лозим.
9. Фуқаронинг терисида оқ доғлар (витилиго) бўлмаслиги лозим.
10. Олти ой давомида катта ва кичик операция бўлмаган бўлиши лозим.@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

22 Oct, 07:03


Bosh miya travmalari

- Bosh suyagi, bosh miya va uning qavatlari, qoplovchi to'qimalarni travmatik shikastlanishi. Klinik turlari - Miya chayqalishi - Bosh miya lat yeyishi yengil daraja - Bosh miya lat yeyishi, o'rta og'ir daraja - Bosh miya lat yeyishi, og'ir daraja - Diffuzoaksonal shikastlanish - Bosh miya ezilishi Kelib chiqishiga qarab - Yopiq BMT - shikastlanishda, teri qoplamalari zararlanmagan, yumshoq to'qimalar zararlanadi. - Ochiq teshib o'tuvchi BMT - bosh miya qattiq qobig'i shikastlanadi - Ochiq teshib o'tuvchi BMT - bosh miya qattiq qobig'i shikastlanmaydi. Shikastlanish joyiga qarab: - O'choqli - lokal makrostruktur shikastlanish - Diffuz - miya qismlarining birlamchi va ikkilamchi uzilishi - Aralash BMT - o'choqli va diffuz shikastlanishlar.

SABABLARI:

Yiqilish, boshga urish yoki o'q tegishi.

BELGILARI:

- Xushdan ketish - Kuchli bosh og'riq - Ko'ngil aynish, qayt qilish - Yumshoq to'qimalarga qon quyilishi - Burun, quloqdan likvor oqishi - Tutqanoq - Xotira pasayishi - Yorug'likdan qo'rqish - Nutq buzilish - Yurish notekisligi - Ko'rish o'tkirligi kamayishi

DIAGNOSTIKA:

- Nevrologik tekshiruv - Bosh miya KTsi - Bosh miya MRTsi - Exoensefaloskopiya - Lyumbal punksiya

DAVOLASH:

- Xirurgik davo (buzilgan to'qimalarni olib tashlash, jaroxat sanatsiyasi, yumshoq to'qimalarni tikish) - Tutqanoqqa qarshi dorilar - Miorelaksantlar

ASORATLAR:

- Posttravmatik kasallik - Epilepsiya - Vegetativ holat

PROFILAKTIKA:

BMTlarini oldini olish uchun ishlab chiqarish korxonalarida havfsizlik qoidalariga amal qilish va avtomobilda ehtiyotkorlik choralarini ko'rish lozim.@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

22 Oct, 06:56


Assalomu alaykum. Xayrli kun hammaga!@ssv_hamshira_jurn

HAMSHIRA_jurnali. Toifaga tayyorlaymiz!

21 Oct, 18:23


Xayrli tun!