Kutubxona @kutubxonaan1 Channel on Telegram

Kutubxona

@kutubxonaan1


Har kuni iqtiboslar, pdf kitoblar yuklab boriladi.

Istagan kitobni bepul buyurtma berishingiz mumkin.

Kanalga 800 dan oshiq kitob joylangan.

Bog'lanish @Muloqot_admin_bot

Kutubxona (Uzbek)

Kutubxona kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalimizda har kuni siz uchun iqtiboslar va pdf kitoblar yuklab boriladi. Siz istagan kitobni bepul buyurtma berishingiz mumkin. Kanalimizda 800 dan oshiq kitob joylangan, shuningdek, sizning sevimli yoki o'qishni xohlagan kitoblarni topishingiz mumkin. Kutubxona kanalimiz @kutubxonaan1 usernameli kanalga bog'lanish orqali tez va oson erkinligingizni bilib oling. Siz uchun eng yaxshi kitoblarni tahlil qilgan va joylashtirgan bizning jamoa sizni kutib turadi! Hozir kutubxonamizga qo'shiling va eng so'nggi kitoblardan xabardor bo'ling!

Kutubxona

21 Feb, 18:41


Oʻzingni baxtli his qilsang kambagʻal boʻlish uyat emas....

@KutubxonaaN1

Kutubxona

21 Feb, 06:52


"Odamlar o‘z aybini tan olmaslik uchun qandaydir murakkab, chigal bahonalar o‘ylab topishga tayyorlar, lekin shu bahonalarni to‘qish uchun sarflagan kuchlarini aybini tan olishga ishlatsa, hayotlari ancha yengil bo‘lardi."

©Fyodor Dostoyevskiy

@KutubxonaaN1

Kutubxona

19 Feb, 21:03


Har bir inson munosib yashash uchun yetarlicha kuchga ega. Zamonning og'irligi dangasalikning oqlash uchun bahona...

PS:Ish stolim))

#tushungantushundi
@KutubxonaaN1

Kutubxona

13 Feb, 11:03


📚Turkiya adabiyoti namunalari
📚 Iskanja
✍️ Amina Shekinoʻgʻli

@KutubxonaaN1

Kutubxona

13 Feb, 04:03


Inson dardni ham aqli bilan anglaydi, aqling ketsa, dardni oʻylamay qoʻyasan.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

11 Feb, 18:04


Abduqodir óz yôliga lekin bolaligimdan REAL MADRID muxlisiman va albatta gʻalaba kutaman.

Futbol kôradiganlar nechtamiz?

@KutubxonaaN1

Kutubxona

07 Feb, 10:19


📚Jahon adabiyoti namunalari
👤 Artur Shopengauer
📕"Hayot saboqlari"
#tavsiya
📚 @KutubxonaaN1

Kutubxona

07 Feb, 09:20


Oʻqimaslik sanʼatini egallash juda muhim. Bu sanʼat maʼlum bir muddat ommaning eʼtiborini oʻziga jalb eta olgan har qanday narsaga qiziqavermaslikni oʻz ichiga oladi. Biron siyosiy yoki diniy pamflet yoki roman xalq orasida qiy-chuvga sabab boʻlayotgan boʻlsa, bir narsani unutmang: ahmoqlar uchun asar yozadiganlar doim oʻzining ulkan auditoriyasini topa oladi. Yaxshi kitoblarni oʻqishni oʻrganish yomon kitoblarni oʻqimaslikdan boshlanadi. Axir hayot qisqa.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

27 Jan, 18:41


Hayot bu teatr Hayot bu kino
Har kun rol ôynaymiz
Takror va takror...
Onajon bu dunyoda har bitta odam
Ózi bilmaydi yaxshi aktyor
Men ósha aktyorman
Ôsha gunohkor....
Kimnidir azoblab ózimni quvnab
Eh xudo ertaga oldinga borsam
Farishta rolini qanday ôynayman...


#tushungantushundi

Kutubxona

24 Jan, 04:51


📚Jahonning bestseller asarlari turkumidan
👤Den Braun
📙"Raqamli qal'a"

@KutubxonaaN1

Kutubxona

24 Jan, 04:19


Sevgi - har kimning shaxsiy ishi. Uning tafsilotlaridan butun olam voqif bo‘lishi shart emas.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

23 Jan, 11:43


📚Jahon adabiyoti durdonalari
👤Robin Sharma
📗"O'z Ferrasini sotgan rohib" 
#tavsiya
📚 @KutubxonaaN1

Kutubxona

22 Jan, 06:21


Oʻzingizda shunday tushunchani shakllantiringki, zero VAQT siz uchun eng qimmatli qadriyat boʻlsin. Hech kimga bu qimmatli buyumingizni shunchaki berib yubormang, faqatgina uni ketgizishga arziydigan ishga, odamlarga sarflang.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

17 Jan, 05:38


📚O`zbek adabiyoti namunalari
👤A`zam Hoshimiy
📕"Alvido Vatan"

#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

17 Jan, 05:25


Kommunistlar Turkistonni qo`lga kiritishi bilan bog`lar,yerlar, do`kon va korxonalarni zo`ravonlik ila tortib ola boshladi.Bu talonchilik va qaroqchilik yangicha "madaniyat" uslubi bo`lib, dindorlarni Allohning itoatidan o`z itoatlariga bo`ysindirish yo`lidagi hiyla edi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

12 Jan, 21:09


Tabriklayman....biz qaytamiz Hala Madrid

@KutubxonaaN1

Kutubxona

10 Jan, 19:48


"Gapirsam, maqtanchoq deyishadi, jim tursam beoʻxshovman, Javob bersam – surbet, yaxshi gʻoyam boʻlsa – ayyor, charchadim – Nana...

#ish
@KutubxonaaN1

Kutubxona

08 Jan, 10:04


Sevgi

Bog'chada bola va qizcha suhbatlashishyapti:
- Seni yaxshi ko'raman!
- Xuddi kattalardaymi?
- Yo'q, rostakamiga.


@KutubxonaaN1

Kutubxona

05 Jan, 17:50


📚O`zbek adabiyoti namunalari
👤Alixontoʻra Sogʻuniy
📕"Turkiston qaygʻusi"
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

05 Jan, 17:38


Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqogiga botdi? Buning bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O‘zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

31 Dec, 23:07


Judo bo'lgach...
Ózingni oqlashga,
Bahonang,
Topilmaydi....


@KutubxonaaN1

Kutubxona

31 Dec, 20:59


Yoshing balandlashib bayram shukuhi his qilmaganlarni qariyabgan yangi yil bilan tabriklayman..)

@KutubxonaaN1

Kutubxona

26 Dec, 18:09


Tarakanni oʻldirsang qahramonsan, kapalakni oʻldirsang yovuzsan. Goʻzallik - bu laʻnati dunyoning standartidir...

#tushungantushundi
@KutubxonaaN1

Kutubxona

25 Dec, 09:59


Xalqning og`zidagi nonini tortib oladiganlar, ommaga qanoatdan vaz АYTАDILАR... Bo`kkanicha ovqat yeydiganlar ochlarga kelajakdagi go`zal kunlarni va`da etadilar

#tushungantushundi
@KutubxonaaN1

Kutubxona

20 Dec, 17:59


📚Jahonning bestseller asarlari turkumidan
👤Den Braun
📙"Da Vinchi siri"
#tavsiya

@KutubxonaaN1

Kutubxona

20 Dec, 17:58


Bir vaqtlar inson yolg‘iz qolishga fursat topilardi: avtobusda, ishga piyoda ketayotganda yoki kimnidir kutayotganda odam o‘zi bilan muloqot qilishi mumkin edi. Hozir esa yolg‘iz qoldi deguncha odamlar telefoniga yopishadi, quloqchin taqadi va allaqanday o‘yinlarga berilib ketadi. Ular texnologiyaning quliga aylanib bo‘ldi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

14 Dec, 16:12


U ertaning tashvishi bilan yurib bugun kechasi vafot etdi.

#tushungantushundi
@KutubxonaaN1

Kutubxona

12 Dec, 05:52


📚Jahon adabiyoti durdonalari
👤Lev Tolstoy
📕"Polikushka"

@KutubxonaaN1

Kutubxona

12 Dec, 05:41


Men bilan din to‘g‘risida, saxovatpeshalik, mehr haqida gaplashma,---- degan edi Tolstoy,-lekin o‘z amaling bilan diningni ko‘rsat.
Agar sen og‘riqni his qilsang tiriksan, agar boshqa odamni og‘rig‘ini his qila olsang insonsan.


@KutubxonaaN1

Kutubxona

28 Nov, 17:32


📚O`zbek adabiyoti namunalari
👤Murod muhammad Do'st
📕"Galatepaga qaytish"
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

28 Nov, 17:29


Dunyoda to’kis odamning o’zi yo’q. Birovda ezgu fikr, ezgu so’z bo’lishi mumkin, lekin amalga kelganda oqsab qoladi. Bugungi otashin islohotchilarning hammasi shunday. Fikr va so’zni tuzatish mumkindir (balki so’zni tuzatish shart ham emasdir, negaki hamma – o’g’ri ham, to’g’ri ham – juda ezgu so’zlarni gapiradi), lekin moddiy g’arazni yengish juda qiyin. Ezgu amalning asosiy kushandasi – nafs. Jamiyat mukammal bo’lishini, halol mehnat kunlik ezgu amalga aylanishini kutamiz endi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

27 Nov, 06:09


Inson atalmish yaratiqning barcha urinish-u chirpinishlari oxir-oqibat bir yarim gaz yer va ikki gaz bo'z ila barham topadi.

Nurali Qobul - Sukut suiqasdi

@KutubxonaaN1

Kutubxona

24 Nov, 06:43


📚Jahon adabiyoti durdonalari
👤Mixail Bulgakov
📙"Usta va Margarita"
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

24 Nov, 06:39


"Dunyoda chinakam, sadoqatli, boqiy muhabbat yoʻq, deb kim aytdi sizga? Shunday degan yolgʻonchining qabohatkash tili kesilsin"

"Usta va Margarita"

@KutubxonaaN1

Kutubxona

23 Nov, 09:49


Biroz o'zgarganman,
Tanishing uchun
Mening suratimni
Biroz g'ijimla...

© Ehson Porso

@KutubxonaaN1

Kutubxona

19 Nov, 14:11


Rahmat vatandoshlar...!!!

@KutubxonaaN1

Kutubxona

17 Nov, 14:17


Jahon adabiyoti durdonalari
✍🏻Graf Monte Kristo
📙If qal'asi maxbusi (2-kitob)
#tavsiya

@KutubxonaaN1

Kutubxona

17 Nov, 14:17


Jahon adabiyoti durdonalari
✍🏻Graf Monte Kristo
📙If qal'asi maxbusi (1-kitob)
#tavsiya

@KutubxonaaN1

Kutubxona

17 Nov, 11:51


Ruhan oqsuyak bo'lish kamdan kam odamga nasib etgan.Nomi ulug' aslzoda fuqarolarimizning uchdan ikki qismi hamom ko'rmagan ma'lumoti yoq firibgarlardir.Pivafuróshlik qilib kissasi qappaygan boyvuchallar unvon sotib olib o'zlarini Graf deb kekkayishi,qimmatbaho latta puttalarga hattoki sa'nat durdonalariga uylarini to'ldirib tashlashi mumkin lekin u buyumlar boyvuchanni qalbini quvontira olmaydi.....

@KutubxonaaN1

Kutubxona

15 Nov, 19:23


Bizni baxt yaratgan.

Qishloqdagi onamizga
oʻxshash baxt.


Ammo uni
tashlab ketdik.

Baʼzan sogʻinib
koʻrgani boramiz.
Yayraymiz uyida.
Ammo
Mehmonligimizni
sezib turamiz.

Baxtdan naridagi hayot
baribir bizniki.

Ketish kerak…


Baxt bizni quchoqlab
xayrlashar,
Labida tabassum,
koʻzlarida yosh.

Baʼzan baxt
sogʻinib koʻrgani keladi.

Oʻshanda bayram.
Bolalarga oʻxshab qolamiz.

Birdan ketishga hozirlanar.
”Qol”, deymiz.
Ammo soʻzlarimizdan
samimiyat qochganini,
allaqachon sezgan.
aniq biladi
bebaxtlikka koʻnikkanmizni.


Mahkam quchoqlab
xayrlashar.
Oʻpib,
hidlab xayrlashadi.

”Bir ongina
baxtni koʻrsak edi,
oʻylaymiz
yurak orziqqanda,
Bir damgina diydoriga toʻysak”.

Bir kuni baxtni
koʻmgani boramiz.
Yigʻlaymiz.


Anglaymiz:
biz oʻldirganmiz
bu baxtni;
bizni sogʻinib
oʻlgan bu baxt.


Endi
bizni yoʻqlab,
hech kim kelmaydi.
Endi biz
hech kimni
yoʻqlab bormaymiz.

Endi bemalol
yashash mumkin.
Endi bemalol
oʻlsak ham boʻlaveradi…


@KutubxonaaN1

Kutubxona

15 Nov, 11:23


Eshitdim, onajon, xafa emishsan,
Kechir, oylab senga yozolmadim xat.
Garchi muhabbatdan tilardim ehson,
Yorugʻ kunlarimga boʻlgandim ilhaq.

Yuzimga nafasing urilar iliq,
Ajib yorugʻlikka toʻlmoqda xona.
Suratim qoshida duolar qilib
Tagʻin yigʻladingmi, mushtipar ona?

Oʻsha gap, sevganim shu aziz Vatan,
Bu qadar tashvishlar yutmagil, bagʻrim,
Oʻksuk otam kabi hali ham zotan,
Qalqinib-qalqinib turibdi shahrim.

Bilaman… sirni boy berishlik yomon,
Oʻgʻlingga bu yoʻlda bardoshlar tila.
Baʼzan topganimni ichib qoʻyaman
Sirni boy bermasdan ulfatlar ila.

Biroq eh, bilmayman, goʻyoki zimdan,
Kimdir taʼqib etar meni beomon.
Qandaydir bir kimsa balki haqimda
Xunuk latifalar toʻqiydi, yolgʻon…

Ona, kuylanmagan bir kuy istayman
Va lekin aldogʻchi hislar olur jon.
Ehtimol, qalamni bekor qistayman,
Netayin, rostini aytgil, onajon.

Yashil daraxtzorni yechintirar kuz,
Poyimda bahorning alvido uni.
Beparvo yoshlikni ilgʻamaydi koʻz,
Qaylardan axtaray, onajon, uni.

Bilurman… yoʻlimda gʻichirlar toshlar,
Zaʼfaron kuz yangligʻ xayolim taqir.
Shaharning gʻavgʻoli tinchini tashlab,
Uzoq vaqt yoningga bormadim axir.

Eshitdim, onajon, xafa emishsan,
Kechir, oylab senga yozolmadim xat.
Garchi muhabbatdan tilardim ehson,
Yorugʻ kunlarimga boʻlgandim ilhaq.

Baxtsizlikka oʻxshab ketar bu holim,
Sensiz baxtsizlikka oʻxshaydi qismat,
Sensiz yorishmasdi mening xayolim,
Dunyoning laqabi boʻlurdi hasrat.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

15 Nov, 11:22


@KutubxonaaN1

Kutubxona

15 Nov, 05:05


Qanday ajoyib kun. Choy qaynatishni yoki oʻzimni osib qoʻyishni hal qila olmayapman...

© A.Chexov

@KutubxonaaN1

Kutubxona

14 Nov, 18:33


Abbos rahmat senga barbir biz kuchli edik barbir!!!

#Vatan
@KutubxonaaN1

Kutubxona

13 Nov, 15:54


Jahon adabiyoti durdonalari
✍🏻Frans Kafka
📙Jarayon va Otamga xat
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

13 Nov, 15:53


Oʻzini anglashning dastlabki alomati bu oʻlish istagidir...

@KutubxonaaN1

Kutubxona

10 Nov, 08:00


Jamiyat haqiqatdan uzoqlashgani sayin, u haqiqatni gapiradiganlardan ham koʻproq nafratlana boshlaydi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

07 Nov, 04:50


Insonlarni yaqindan o'rganganim sari itlarga hurmatim oshyabdi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

06 Nov, 16:42


Ketolmaydi dema, shunday ketaman,
Qanchalar izlama topolmaysan hech.
Mehrimga zor bo'lib, qumsagan vaqting,
Kechirgin demoqga bo'lar juda kech.


@KutubxonaaN1

Kutubxona

06 Nov, 13:46


Dunyodagi eng qiyin ish bu oʻzimizning miyamiz bilan fikrlash, shuning uchun bu ish bilan kam insonlar shugʻillanadi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

04 Nov, 15:49


Noshud emasman, do‘st, men ham har qalay –
Yurakda samimiy tuyg‘ularim bor
.
Xudoga shukrki, mening ham talay
O‘zimga yarasha orzularim bor.

Gohida birovning g‘amin yemasman,
Lekin mendan boshqa – hech kim demasman.
Har holda judayam xudbin emasman –
O‘zimdan boshqayam qayg‘ularim bor.

Shukrki, mehrni o‘chirmaganman,
Ko‘ngilni qush qilib uchirmaganman.
Umrimni birovdan ko‘chirmaganman,
O‘zimga tegishli mavzularim bor.


Ko‘nglimga yoqsa ham birovning bayti,
Taqlid qilmaganman – yurak qo‘ymaydi!
Xudoga shukrki, sheʼr bitar payti
O‘zimning bedaxl yozuvlarim bor.

Umrim so‘nggigacha bilmayman tinim,
To‘xtab olishga-da topurman qo‘nim.
Sizning zahringizga qolmaydi kunim,
O‘zimga atalgan og‘ularim bor!

@KutubxonaaN1

Kutubxona

04 Nov, 14:46


Tarixan yer yuzidagi odamlarning eng xavflisi - Xudoning odamlari. Ayniqsa, ularning Xudolariga tahdid qilinsa bormi...)

@KutubxonaaN1

Kutubxona

02 Nov, 08:45


Hayot sizniki, oʻlim meniki.
Tinchlik sizniki, stress meniki.
Baxt sizniki, gʻam meniki.
Hamma narsa sizniki, lekin siz meniki.

#mittim
@KutubxonaaN1

Kutubxona

02 Nov, 08:37


Ajdodlari bilan maqtangan xalqning ajdodlari tirik, oʻzi esa oʻlikdir!

@KutubxonaaN1

Kutubxona

01 Nov, 08:41


📕 Jahon adabiyoti durdonalari
👤Muallif:Jaloliddin Rumiy
📔 Asar nomi:Ichindagi ichindadur
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

01 Nov, 08:38


Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

30 Oct, 18:42


📚Jahon adabiyoti namunalari
👤Vilyam Shekspir
📕"Romeo va Julietta"
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

30 Oct, 18:38


Meni seving yoki nafratlaning, ikkalasi ham men uchun iltifot. Chunki meni sevsangiz, men doim yuragingizda boʻlaman. Agar mendan nafratlansangiz, men doim xayollaringizda boʻlaman.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

29 Oct, 18:24


Jahon adabiyoti durdonalari
✍🏻Xolid Husayniy
📙Shamol ortidan yugurib

#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

29 Oct, 18:22


Dunyoda bitta ogʻir gunox bor - bu oʻgʻirlik. U barcha gunoxlarning otasidir. Qotil xayotingni ógʻirlaydi. Ayollardan erini, bolalardan otasini tortib oladi. Yolgʻon boshqalarning ishonchini ógʻirlaydi, qallob adolatni ógʻirlaydi. Tushunyapsanmi? Xammasini zamirida ógʻirlik yotadi.

© Xolid Xusayniy “Shamol ortidan yugurib”
@KutubxonaaN1

Kutubxona

28 Oct, 06:55


​​Balki barchasiga kuz aybdor. Men buni endi kuchliroq his etyapman. Aynan shu faslda qalb aqldan ustun keladi. Inson bunday paytda faqat bir narsani xohlaydi. Bu esa - sevgi.

Remark
@KutubxonaaN1

Kutubxona

24 Oct, 17:20


Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini
.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.


Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!


@KutubxonaaN1

Kutubxona

24 Oct, 16:19


Haqiqatni anglash hayotingni yengillashtirmaydi, aksincha, yanada qiyinlashtiradi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

23 Oct, 16:20


📚Jahon adabiyoti durdonalari
👤Fyodor Dostoyevskiy
📖"Iblislar" 1-qism
#tavsiya

@KutubxonaaN1

Kutubxona

23 Oct, 15:30


Bitta odamni oʻldirsang qotil, minglab odamni oʻldirsang qahramon boʻlasan.

Bitta odamni aldasang yolgʻonchi, minglab odamni aldasang diniy ulamo yoki biznes murabbiy boʻlasan.


© F.Dostoyevskiy
@KutubxonaaN1

Kutubxona

22 Oct, 14:31


​​​​Biz jamoatchilik fikridan qoʻrqamiz - ahloqimiz shu qoʻrquv asosiga qurilgan. Biz Xudodan qoʻrqamiz - din ham shu qoʻrquv zaminiga qurilgan. Bularning ikkovi bizning ustimizdan hukmronlik qiladi.

© Oskar Uayld

@KutubxonaaN1

Kutubxona

21 Oct, 15:11


@KutubxonaaN1

Kutubxona

21 Oct, 15:08


TAJOHIL-UL ORIF

Qish edi. Oʻttiz jon sovuq xonada,
Adabiyot darsin tinglar edik jim.
Muallim savollar berar gohida:
“Xamsa”ni kim yozgan,
“Jangchi Tursun” kim?

Qoʻllar koʻtarilar basma-basiga,
Aytmasang, koʻksingdan chiqib ketar jon.
Oʻttiz ovoz yangrar qasdma-qasdiga,
“Navoiy”, “Navoiy”, “Hamid Olimjon!”

Shunday chanqoq edik, darsdan qolmasdik,
“Paskal”ni bilardik, daho “Nyuton”ni.
Ammo baʼzi doʻstlar topa olmasdi,
Dunyo kartasidan Oʻzbekistonni.

Ular koʻp pand yedi koʻz oʻngimizda,
Bosh egib, burchakda tik turdi magʻrur.
Biz esa maqtandik oʻz-oʻzimizcha,
Buning-chun joʻralar, ming bora uzr.

Eslayman, bu eʼlon “Beshinchi “B”ga:
– Ertaga oʻn soʻmdan keltiring, tamom.
Parta jildga denglar, keyin “bayram”ga,
Yana “kraska”ga, soʻngra “metallom”.

Oʻshanda pulim yoʻq, ichim yonardi,
Nazoratchi qistar, qarab roʻyxatga.
Adabiyot. Ustoz taʼrif berardi,
“Tajohil-ul orif” degan sanʼatga.

Uyimda qolgandi oʻsha kun ovqat,
Qornim och, soʻmkamda non yoʻq yegani.
Ustoz takrorlardi tinmay bu sanʼat:
“Bilib bilmaslikka olish” degani.

Yodimdan oʻchmaydi hech qachon bu hol,
Muallim yelkamga asta qoʻydi qoʻl.
Hech kimga bildirmay, hech kimga, alhol,
Choʻntagimga buklab soldi oʻn soʻm pul.

Oʻttiz qora koʻzga izza boʻlish, voh,
Sezdingiz, koʻnglimni yomon oʻrtardi.
Doʻstlar, urib turgan yuragim guvoh,
Bir inson oʻksishdan meni qutqardi.

Oʻsha dars haliyam berar koʻp saboq,
Qornim och, soʻmkamda non yoʻq yegani.
“Tajohil-ul orif” – ey aziz ustoz:
“Bilib bilmaslikka olish degani”.

Garchi oʻzingiz ham maoshga yashab,
Baʼzan yetkazolmay boʻlgansiz abgor.
Yurmas edingiz hech toʻkinga oʻxshab,
Sizda yoʻq edimi bolalar, roʻzgʻor?

Na ehson edi u, na qarz edi u,
Oʻylasam, bu holning yoʻqdir javobi.
Bir murgʻak qalbiga sajda edi bu,
Bir koʻngil uyining pinhon tavofi.

Sheʼr bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yoʻl olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?


Bobur Elmurodov

@KutubxonaaN1

Kutubxona

21 Oct, 05:37


Rivojlanish va boy bo‘lish farqli narsalardir. Masalan, arablar boy, ammo rivojlangan emas. Biz ham arablardan o‘rnak olyapmiz: Rivojlanishni emas, boyishni istayapmiz. Shu sabab ilmli va madananiyatli insonlarga emas, puldor va nufuzli insonlarga hurmat ko‘rsatiladi bu jug‘rofiyada.

Aziz Sanjar
Nobel mukofoti sohibi
@KutubxonaaN1

Kutubxona

19 Oct, 05:11


Ahmoqlarga ahmoqligini bir marta aytib qoʻyish kerak. Lekin isbotlashga oʻtmaslik lozim. Unisini koʻtara olmaydi ular))

@KutubxonaaN1

Kutubxona

18 Oct, 13:46


Shamol shamni o'chiradi. Shunga o'xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovitishi mumkin, chin muhabbatni esa o't oldiradi.

©Asqad Muxtor
"Uyqu qochganda"
@KutubxonaaN1

Kutubxona

18 Oct, 12:51


📚O`zbek adabiyoti namunalari
👤Asqad Muxtor
📕"Uyqu qochganda. Tundaliklar.
Ikkinchi daftar & To’plamning to’liq matni"
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

18 Oct, 12:39


Hayot shunday ajoyib mo'jizaki, o'lim uning evaziga beriladigan arzimas bojdir.

©Asqad Muxtor
"Uyqu qochganda"
@KutubxonaaN1

Kutubxona

14 Oct, 10:29


«Siz kutubxonasi bor, hamda ko‘p kitob o‘qiydigan odamdan qo‘rqmang. Aksincha faqat bitta kitobi bor odamdan qo‘rqing, chunki u uni muqaddas sanab biron marta o‘qimagan bo‘ladi».

Fridrix Nisshe
@KutubxonaaN1

Kutubxona

09 Oct, 16:07


Salohiddini ilk bora mag'lub etganimda 16 yoshda edim,u paytda abadiy yashayman deb o'ylardim....Endi 30 ga kirmasligimni ham bilaman biz ertaga nima bo'lishini bilmaymiz.Qirol itoatni talab qiladi...Ota bo'ysinishni....Lekin bilib qo'ygin kim bo'lishidan qatiiy nazar Tangrini oldida har kim o'zi uchun javob beradi...Tangri seni huzuriga chaqirganida men faqat buyruqni bajarganman or-nomus vijdon haqida o'ylamaganman deya olmaysan..Buni unutma!!!!

Qirol Balduin IV

@KutubxonaaN1

Kutubxona

06 Oct, 16:20


O'z o'tmishini eslolmaganlar uni yana qayta yashashga mahkumdir


📖Ibtido
©Xorxe Santayana

@KutubxonaaN1

Kutubxona

01 Oct, 15:22


@KutubxonaaN1

Kutubxona

01 Oct, 15:15


KUZNI YOMON KOʻRAMAN

Doʻstim, kuzni yomon koʻraman,
Onamday tikilar, koʻzlarida mung.
Onamday kuymanib ado boʻladi,
Onamday yigʻlaydi ibodatdan soʻng.
Onamday toʻkilar bogʻlarda xazon,
Hamda u bogʻlarni kezgim kelmayd
i.
Toʻyu hashamlarda hammadan arzon
Koʻylak kiyganini sezgim kelmaydi.

Doʻstim, kuzni yomon koʻraman,
Otamga oʻxshar u, jiddiy va vazmin.
Amaldor boʻlishin istagandi u,
Koʻzin qorasiday yolgʻiz farzandin.
Men qoʻrqib ketaman, gʻazabli sellar
Bir kun loshimgacha borib yetadi.
Qoʻrqaman, bir kuni shu puchmoq sheʼrlar
Meni jahannamga olib ketadi.

Doʻstim, kuzni yomon koʻraman,
Bobomni eslatar imillagan kun.
Bobomday toʻshakka mixlanar tunlar,
Bobomday jon berar saharlar dilxun.
Keyin faryod chekar bir hovli odam,
Keyin tobut ketar yelkalar uzra.
Doʻstim, marhumlarni quchgim keladi,
Oʻlgunimcha ichgim keladi kuzda.


Doʻstim, kuzni yomon koʻraman,
Beva momom kabi injiq va oʻjar.
Gʻarib kulbadagi keksalik hidi
Tutqazgan turshaklar yodimga tushar.
Keyin u ham ketar oʻsha manzilga,
Cholining yoniga, tuproq bagʻriga.
Tezroq ulgʻayishni istagan xudbin –
Yolgʻiz men sababchi edim bariga.

Doʻstim, kuzni yomon koʻraman,

Ukam(Akam) yetolmagan shu kuzlar qursin.
Yigitlik chogʻida panaga tortib,
Ukam oʻpolmagan shu qizlar qursin.
Mening koʻnglim qabr, hammani koʻmdim,
Tiriklayin koʻmdim qancha dildorni.
Kuzdagi toʻylardan mayus tortaman,
Hayqirgim keladi, ichib, hayqirgim:
“Ukamga(Akamga) atalgan kelin ham bormi?”
Yana oʻsha manzil, yana koʻz yoshi,
Yana hamma har xil darddan kuyadi.
Doʻstim, koʻp yigʻlaydi kuzning quyoshi,
Doʻstim, kuz pichoqsiz soʻyib qoʻyadi.

Doʻstim, kuzni yomon koʻraman,
Oʻtmishimni yomon koʻraman, doʻstim.
Shu ogʻir kuzlarni ichimga solib
Yurishimni yomon koʻraman, doʻstim.
Qachondir, qaydadir yoʻliqib unga,
Qandaydir dil ketib, devona boʻlib.
Qadam bosishlarim oʻxshab Majnunga,
Va oxir-oqibat begona boʻlib.
U uchun bu dunyo doʻzaxdan battar,
Men uchun bu gardun gapxona boʻlib.
Men ham bir zamonlar afsona boʻlib,
Sevgan boʻlishimdan qoʻrqaman, doʻstim.

Doʻstim, kuzni yomon koʻraman,
Vijdon bilan kelib yuzma-yuz.
Oʻzimni gʻijilab ezaveraman,
Goh meni soʻroqqa tutaverar kuz.
Hammaga aylanib qargʻaydi meni,
Hammaga aylanib ustimdan kular.
Doʻstim, kuzda oʻlar barcha tiriklar,
Kuzda tirilganday boʻlar oʻliklar.

Doʻstim, kuzni yomon koʻraman!


Bek ALI

@KutubxonaaN1

Kutubxona

01 Oct, 14:06


Hayotdagi muvaffaqiyatsizliging eng muhim sababi barchaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashgʻul deb oʻylashingdir. Ishon menga, sen hech kimni qiziqtirmaysan.

F D
@KutubxonaaN1

Kutubxona

01 Oct, 04:14


​​Taʼlimga pulini ayagan davlat, oʻsha pulini qamoqxona qurishga ishlatadi.

Otto fon Bismark

Bayram muborak, aziz ustozlar!
@KutubxonaaN1

Kutubxona

29 Sep, 15:04


Sevgimiz o’ldimi? - libosingiz ko’k,
Ko’nglingiz – begulxan, ko’zingiz – becho’g‘.
Bizdan borish yo’qdir, sizdan – kelish yo’q –
Kelishsiz dunyoda beg’am, azizim,

Nega ko’zlaringiz benam, azizim.

O’t yetdi – qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni – bebaxtlarimni –
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,

Olisda oy kabi botgan, azizim.

Chunki tunga aytar rost ohingiz yo’q,
Falakda kezgani sha’n rohingiz yo’q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo’q –
Boqaman: nigohim – gumon, azizim,
Yo’llaring tumandir, tuman, azizim.

Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig’ida – yurak uchadir,
So’ngaklar uchadir, suyak uchadir –
Bu to’fon – xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.

Ammo siz sarg’aymang – gulli bog‘ bo’ling,
Yam-yashil ko’karing, mudom sog‘ bo’ling,
Bahorning bag‘rida beadog‘ bo’ling –
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig’mas, azizim...

Usmon Azim

@KutubxonaaN1

Kutubxona

29 Sep, 12:56


📚Jahon adabiyoti namunalari
👤Oskar Uayld
📕"Dorian Grey portreti"
#tavsiya
@KutubxonaaN1

Kutubxona

29 Sep, 12:54


Dunyodagi eng ulug‘ hodisalar inson miyasida sodir bo‘luvchi voqealardir... dunyodagi eng buyuk gunohi azimlari ham miyada, faqat miyada tug‘iladi.

@KutubxonaaN1

Kutubxona

29 Sep, 07:05


Мен эртадан яшай бошлайман,
Ва севмайман сени эртадан.
Сенга боғлиқ хотираларни ўчираман битта-биттадан!

@KutubxonaaN1

Kutubxona

28 Sep, 03:11


​​Xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun tajriba orttirish kerak, tajriba orttirish uchun siz xato qilishingiz kerak.

@KutubxonaaN1