KitobQand @kitobqand Channel on Telegram

KitobQand

@kitobqand


Kitobqand — totli mutolaa maskani 🍃

Ish vaqti: Dushanba-shanba 09:30-17:00
Yakshanba dam olish kuni.

Murojaatlar uchun: @kitobqand_murojaat

Kitobqand (Uzbek)

Kitobqand kanali O'zbekistonning eng sevimli vaqt o'tkazgan joylaridan biri bo'lib, bu yerda kitoblar bilan tanishish, ularga o'qish va o'z fikrlarini bayon etish imkoniyati mavjud. Kanalda har hafta Dushanba-juma kuni 10:00 dan 17:00 gacha va Shanba kuni 10:00 dan 15:00 gacha faoliyat olib boriladi. Yakshanba kuni esa dam olish kuni sifatida belgilangan. Kitobqand kanalida ko'p xil janrlardagi kitoblar, dasturlar va adabiyotlar haqida ma'lumotlar, tavsiflar va tavsiyalar topshiriqda. Agar siz ham kitoblar bilan do'stlashish, yangi narsalarni o'rganish va o'z fikrlaringizni izohlar orqali bayon etishni istasangiz, Kitobqand kanali siz uchun ideal platforma bo'lishi mumkin. Qo'shimcha ravishda, kanalda o'zizni rivojlantirish, o'z fikrlaringizni izohlar orqali bayon etish va boshqa kitob olmoslariga qo'shiling. Kitobqand kanaliga obuna bo'ling va kitoblar olamiga doir yangiliklardan eng birinchilar siz bo'lib qoling.

KitobQand

25 Jan, 15:21


Kecha “KitobQand” kutubxonasida “Peshqadamlar karvoni” katta jamoasining ilk “ZAKOVAT” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

👏 Musobaqada Bintu Sodiq, Muslimaat.uz, Ayol-qizlarga ma’naviy ko‘mak, Peshqadam Maktabi, Muslimaat radiosi, Omina jurnali, Peshqadam Karvoni va KitobQand xodimalari guruhlarga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar.

🥳 G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

KitobQand – qiziqarli bellashuvlar maskani.

Telegram | Instagram

KitobQand

24 Jan, 06:30


🔋 Sizda ham samaradorlik yo‘li bormi?

🧑‍💻 O‘zingizni qanday baholaysiz?

KitobQand – shaxsiy rivojlanish sari.

Javoblaringizni izohlarda kutamiz!

Telegram | Instagram

KitobQand

18 Jan, 13:41


Qodiriy nigohiga nazar

Buyuk siymolar surati-yu siyrati doim qiziq. Ayniqsa millatning faxri, xalqi rivoji uchun jon fido etgan Abdulla Qodiriy haqidagi har qanday ma'lumot kishida qiziqish uyg'otadi.

⚡️ Abdulla Qodiriyning birgina nigohi haqida ancha suhbatlashish mumkin. Adib xotirasiga bag'ishlangan tadbirdan parchada shu haqida bilib olasiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

KitobQand

16 Jan, 03:04


💡Kuningiz muqaddimasini “KitobQand”da Ibn Xaldunning “Muqaddima”si va bir finjon qahva bilan boshlang! ☕️

😊 KitobQand – goʻzal muqaddimalar maskani!

Telegram | Instagram

KitobQand

10 Jan, 05:25


☀️ Hech Farg‘onada tong orttirganmisiz?

🤔 Bu kitob nima haqida deb o‘ylaysiz?

👨‍🎓 Izohlarda fikrlaringizni qoldiring!

KitobQand – mutolaa zavqini qadrlovchilar maskani!

Telegram | Instagram

KitobQand

08 Jan, 05:05


🌳 Reja bilan yashaysizmi?

KitobQand – rejalar amalga oshadigan maskan.

📋 Ilk rejalaringizni shu yerdan boshlang!

Telegram | Instagram

KitobQand

04 Jan, 10:58


2025 йил — Буюк хотира йили!

“Пешқадамлар карвони” 2025 йилни “Буюк хотира йили” деб эълон қилади!
Бунда Ҳазратнинг ибратли ҳаётларидан атрофлича сабоқ олиш мақсад қилинган.

@MuslimaatUz
@Peshqadam_Maktabi
@Peshqadam_Karvoni
@Ayollarga_komak
@Kitobqand
@BintuSodiq

KitobQand

03 Jan, 03:32


👨‍🎓 “KitobQand” bepul kutubxonasi bugun – 3-yanvar, juma, soat 09:30 dan odatdagi ish faoliyatiga qaytadi.

Ish vaqtimiz: dushanbadan shanbagacha, soat 09:30 dan 17:00 gacha.

Yakshanba dam olish kuni.

📍 Manzilimiz: Toshkent, Uzumbog‘ 9-tor ko‘chasi, 4.

Javonlari turli-tuman kitoblarga to‘la maskaningiz sizni kutmoqda!

Telegram | Instagram

KitobQand

31 Dec, 13:40


👩‍🎓 Siz 2024-yilda “KitobQand”ga tashrif buyurdingizmi?

📚 Kutubxonamizdagi qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

🎀 Qaysi tadbirlarimizda ishtirok etdingiz?

🎁 Tanlovlarda ham qatnashdingizmi?

Izohlarda bo‘lishing!

Telegram | Instagram

KitobQand

30 Dec, 04:35


🇺🇿 Kutubxonamizning dam olish kunlaridagi ish tartibi bilan tanishing.

🗓 “KitobQand” kutubxonasi 30, 31-dekabr va 1, 2-yanvar kunlari ishlamaydi.

⭐️ 3-yanvar, juma, soat 09:30 dan kutubxonamiz yana odatdagi ish faoliyatiga qaytadi.

KitobQand barcha kitobxonlarga maroqli hordiq tilaydi!

Telegram | Instagram

KitobQand

29 Dec, 07:51


⚡️ Marhamat, Abdulla Qodiriy hayoti va buyuk me’rosiga bagʻishlangan tadbirimizdan eksklyuziv lavhalarni tomosha qiling ☺️

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

KitobQand

27 Dec, 03:31


Abdulla Qodiriy ijodi va "Oʻtkan kunlar" asari tahlili boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi

📖 25-dekabr kuni "Kitobqand" kutubxonasida taniqli yozuvchilarimiz Sherkon Qodiriy, Nabijon Boqiy, Erkin Malik, radio jurnalist Nasibaxon Ziyovuddinova va kitobxonlar oʻrtasida ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🎤 Tadbirda Sherkon Qodiriy bobolari Abdulla Qodiriy, otalari Habibullo Qodiriy haqidagi xotiralarini biz bilan boʻlishdilar. Uchrashuv davomida Erkin Malik ustoz "Oʻtkan kunlar" asarini 1950-yillarda qayta chop qilish masalasi boʻyicha oʻsha vaqtda Olmoniyada boʻlgan vatandoshlarimiz Vali Qayumxon va Boymirza Hayitning Saudiyada yashayotgan yana bir ziyoli yurtdoshimiz Zuhriddin Mirzaobidga yozgan xatlarini oʻqib berdilar. Jurnalist Nasiba Ziyovuddinova esa Qodiriy bilan uchrashgan olim Sulaymon Azimovning Qodiriy siyratlari bo'yicha olingan intervyu matnlarini o'qib berdilar. Suhbat yozib olingan magnit tasmasini Abdulla Qodiriyning nabirasi Sherkon Qodiriyga topshirdilar.
Sevimli yozuvchimiz Nabijon Boqiyning “Qatlnoma” asariga oid qiziqarli va shu bilan birga muhim boʻlgan ma’lumotlarini ham oʻzlaridan tingladik.

Ushbu ijodkorlarimiz nutqi kitobxonlar tomonidan oʻzgacha qarshi olindi, ular tarafidan avval hech qayerda aytilmagan ma'lumotlar berildi, samimiy savol-javoblar ham oʻtkazdik.

🏆 Shu bilan birga "Kitobqand kitobxoni" tanlovining gʻoliblari kitoblar va vaucher bilan taqdirlanishdi.

🇺🇿 Bunday tadbirlar milliyligimizni, oʻzbekona qadriyatlarimizni saqlab qolishga xizmat qiladi deb umid qilamiz!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

KitobQand

25 Dec, 07:00


🎥Jarayonlardan lavhalar

KitobQand

25 Dec, 06:40


Suhbatimiz boshlandi. Soʻzni yozuvchi Sherkon Qodiriy boshlab berdilar. Suhbatni yoritishda davom etamiz, bizni kuzatishda davom eting☺️

KitobQand

25 Dec, 05:34


🤩Tadbirga kelyapsizmi?

KitobQand

24 Dec, 11:27


KitobQand pinned «🔔🔔🔔🔔 👀 Siz Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirga ro‘yxatdan o‘tdingizmi? 🤩 25-dekabr, chorshanba, soat 11:00 da “KitobQand” kutubxonasiga do‘stlaringizni ham taklif qiling! 📣 Sherkon Qodiriy, Xayrulla Hamidov, Nasibaxon Ziyovuddinova…»

KitobQand

24 Dec, 11:20


🔔🔔🔔🔔

👀 Siz Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirga ro‘yxatdan o‘tdingizmi?

🤩 25-dekabr, chorshanba, soat 11:00 da “KitobQand” kutubxonasiga do‘stlaringizni ham taklif qiling!

📣 Sherkon Qodiriy, Xayrulla Hamidov, Nasibaxon Ziyovuddinova va boshqa Qodiriyshunos olimlarning suhbatlariga shoshiling!

⚡️Darvoqe, tadbirda ishtirok etish bepul.

Kitobqand

07 Dec, 15:01


❤️ Hurmatli kitobxonlar, “KitobQand” telegram kanalida qiziqarli storislar qo’yilishini va bir-biridan ajoyib va foydali ma'lumotlar bo'lishini istaysizmi?

🌐 Telegram premium foydalanuvchilari quyidagi havola orqali ovoz berib, kanal rivojiga hissa qo’shsangiz xursand bo'lamiz 😊

↪️ https://t.me/boost/kitobqand

📖 KitobQand – bilimlar ulashuvchi maskan.

Telegram | Instagram

Kitobqand

02 Dec, 15:35


📒 Kitobxonlarimiz uchun kitoblarni rejali jadval asosida o‘qish uchun qo‘llanma.

🏆 G‘oliblik sari olg‘a!

📖 KitobQand – yangiliklar ulashuvchi maskan!

Telegram | Instagram

Kitobqand

01 Dec, 13:00


🕌 Har ko‘rganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yodga soladigan Madinai Munavvaradagi yashil gumbaz tarixi haqida bilasizmi? Uni kim qurdirganini-chi?

📹 Agar javobingiz “yo‘q” bo‘lsa, ushbu video sizga yordam beradi. Marhamat!

Telegram | Instagram

Kitobqand

29 Nov, 11:02


📚 Kutubxonamizga yana bir ajoyib kitob nihoyat yetib keldi!

📕 Kitobqand kutubxonasida endi siz aziz kitobxonlar Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo’lmagan 100 ta uchrashuv” kitobini topishingiz mumkin!

📖 Mazkur kitob motivatsion maqsadlarda yozilgan bo’lib, unda so’nggi 18 yil davomida dunyoning 52 ta davlatiga sayohat qilish jarayonida uchrashgan zamonamizning 100 ta muvaffaqiyatli shaxsidan olgan hayotiy saboqlari haqida.

📚 Ushbu kitobni kutubxonamizga kelib, bir finjon qahva ustida o’qishingiz yoki uyga olib ketib, qulay vaqtda o’qishingiz mumkin!

📚 KitobQand - yangi kitoblar maskani!

Telegram | Instagram

Kitobqand

09 Nov, 04:21


#tashrif

Kecha kutubxonamizga talabalarning dardkashi, professorlarning ruhlantiruvchisi, Yaponiyadagi fidoyi o‘zbek olimi, yuridik fanlari doktori, ko‘plab kitoblar muallifi Alisher Umirdinov tashrif buyurdilar.

🎙 Ustoz suhbat asnosida zamon talabiga javob beradigan kutubxonalar tashkil qilish, kitobxonlar ommasi, ayniqsa tadqiqotchi va talabalarga yengillik yaratish borasidagi Yaponiya va London kabi mamlakatlar tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

🫂 Ustozga maroqli suhbat, ajoyib g‘oyalar, yorqin taassurotlar va albatta esdalik dastxatlar uchun tashakkur aytib, faoliyatlariga rivoj tilaymiz!

“KitobQand” – olimlar-la nurga to‘lgan maskan.

Telegram | Instagram

Kitobqand

28 Oct, 09:59


🎆 Kecha barchaning sevimli goʻshasi, ziyo maskani “KitobQand” qahvaxonasining ochilganiga bir yil toʻlgani munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

🍮 Tadbirimizga uzoq yaqindan mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbirning birinchi qismini oʻtkazib, keyin “KitobQand”da mazali dasturxon atrofida jamlanishdi.

Tadbir haqida batafsil bu yerdan oʻqishingiz mumkin.

Telegram | Instagram

Kitobqand

23 Oct, 09:28


Instagramda oʻtkazilayotgan tanlovimizdan xabardormisiz?

👩‍💻 Hoziroq instagramga oʻtib tanlovimizda ishtirok eting va tadbirimizda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiriting.

👉 Batafsil instagramda

Telegram | Instagram

Kitobqand

20 Oct, 11:14


🥳 “KitobQand” kutubxonasi 1 yoshda!

Barchamizning sevimli go‘shamiz bir yil avval 20-oktabrdan ochilib o‘z faoliyatini boshlagan edi.

📚 Dastlab 495 ta kitob va jurnallar bilan ochilgan kutubxonamizda bugun mavjud manbalar soni 3000 dan oshdi.

👨‍🏫 O‘tgan 1 yil mobaynida tashrif buyurgan kitobxonlarimiz soni esa 1500 ga yaqin.

👥 O‘tgan davr mobaynida Erkin Malik, To‘lqin Nurmuhammad, Nabijon Boqiy va Alisher Umirdinovlarning mualliflik kitoblari taqdimotlari, “Peshqadam Karvoni” ning 5 ta yo‘nalishi va “Peshqadam Maktabi” loyihalari doirasida ko‘plab kitobxonlik uchrashuvlari hamda jamoaviy tadbirlar o‘tkazildi.

☕️ Bundan tashqari, ko‘plab olim va taniqli shaxslar jumladan, G‘iyosiddin Yusuf, Nargiza Abdullayeva, Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Xayrulla Hamidov, Maryam Bariyeva, Alisher Aliyev, Abdulhafiz Abduraimov, Nodira Isamuhammedova, Shayx Abdulloh Husayn Sha’lon, Doniyor Nasriddinov, Temurbek Adhamov, Sirojiddin O‘sarov, Ikrom Sharif, Said Ibragimovlar sevimli dargohimizning mehmoni bo‘lishdi.

❤️ “Hilol” va “Omina” diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-adabiy davriy jurnallariga obuna bo‘lib, sentabr oyidan kitoblar obunachilarga ma’lum muddatga ijaraga berib kelinmoqda.

🤗 Qishning ayozi, yozning chillasiga ham qaramay biz bilan bo‘lganingiz uchun tashakkur!

🖊 Ko‘plab yangiliklarimiz hali oldinda!

Telegram | Instagram

Kitobqand

20 Oct, 06:26


📚 Toshkent shahrida joylashgan, 3000 dan ortiq kitobni o'z ichiga olgan, eng muhimi mutlaqo bepul kutubxona haqida bilarmidingiz? Javobingiz yoʻq boʻlsa, bu video aynan siz uchun.

✈️ Videoni ushbu kutubxona haqida eshitmagan doʻstlaringizga ham yuborib qoʻying.

Telegram | Instagram

Kitobqand

07 Oct, 10:05


MUHIM E’LON ❗️

Hurmatli kitobxonlar!

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 7-10-oktyabr kunlari yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababidan ayrim hududlarda soat 08:00 dan 17:00 oralig‘ida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.

Shu sababdan “KitobQand” kutubxonasi 7, 8, 9, 10-oktyabr kunlari ishlamaydi.

11-oktabr, juma, soat 10:00 dan kutubxonamiz odatdagi ish faoliyatiga qaytadi.

“KitobQand” – xayrli maqsadlar to‘qnashgan manzil!

Telegram | Instagram

Kitobqand

05 Oct, 08:04


#mehmonlar_tashrifi

❤️ Kecha kutubxonamizga taniqli dog‘istonlik suxandon va tarjimon Said Ibragimov tashrif buyurdilar.

📖 Said Ibragimov Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning o‘zbek tilidan rus, qoraqalpoq, turk, tojik va qizg‘iz tillariga tarjima qilingan kitoblari bilan tanishdilar. Shuningdek, ushbu ilmiy merosni yana ham keng tarqalishi uchun tajriba va tavsiyalari bilan bo‘lishdilar.

“KitobQand” – xayrli maqsadlar to‘qnashgan manzil!

Telegram | Instagram

Kitobqand

26 Sep, 14:15


📣Bugun “Shayx Zayniddin” jome masjidi binosida taqdimoti bo‘lgan “Marvaridlar shodasi” kitobini endi “KitobQand” da ham mutolaa qilishingiz mumkin.

❤️Hanafiy fiqhi olimi, yetuk ulamo Saloh Muhammad Solim Abul Haj qalamiga mansub ushbu mo‘jazgina kitob ayollarga xos nozik masalalarga oid qoidalarni jamlagan bo‘lib, o‘zbek tiliga Odinaxon Muhammad Sodiq rahbarligida, “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom ta’lim muassasasi ustozlari hamkorligida tarjima qilingan.

📚“KitobQand” – eng so‘nggi kitoblarni jamlagan maskan.

Telegram | Instagram

Kitobqand

26 Sep, 05:24


“Peshqadam Karvoni” loyihasi “Mutaxassislar tayyorlash” yo‘nalishi a’zolarining hisobot majlisi sevimli go‘shamizda.

📚 “KitobQand” – professional kadrlarni jamlagan kitobiy maskan!

Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Kitobqand

23 Sep, 10:14


🍁 Kuzning har bir kuni issiq choy qiziqarli kitoblar va KitobQand bilan sarguzashtga aylansin!

Sevimli kutubxonada vaqt oʻtkazish kuzda yana ham zavqliroq, toʻgʻrimi? 🍂📚

Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Kitobqand

18 Sep, 11:55


🍂 Siz kuzda qaysi kitoblarni sevib oʻqiysiz?

Izohlarda yozib qoldiring. 👇☺️

Telegram | Instagram | YouTube |Facebook

Kitobqand

16 Sep, 11:42


KitobQand sizni kutmoqda!

Telegram | Instagram