QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI @ptma_qorakul_imi_uz Channel on Telegram

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

@ptma_qorakul_imi_uz


Rasmiy web sayt: kschool.uz Elektron pochta: [email protected]

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI (Uzbek)

Qorako'l tumani ixtisoslashgan maktab internati - bu kanalda Qorako'l tumani mahalliy ixtisoslashgan maktabining yangiliklarini va ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma'lumotlar payqilinadi. Kanal orqali o'quvchilar, ota-onalar va o'qituvchilar, ilmiy kadrlar va boshqa qiziqarli shaxslar maktabimiz faoliyatiga doir so'nggi ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin. Qorako'l tumani ixtisoslashgan maktab internati yangiliklarini to'g'ri va samarali olish uchun bu kanalga obuna bo'ling! Kanal orqali sizga kerakli hamma ma'lumotlar yetib keladi. Qorako'l tumani ixtisoslashgan maktab internati kanali haqida ko'proq ma'lumot uchun rasmiy veb-saytimizga (kschool.uz) murojaat qiling yoki pochta orqali ([email protected]) bog'laning.

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

09 Feb, 18:22


⚡️MATEMATIKA FANIDAN QIZLAR OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI YAKUNLANDI!

📢 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchi qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

OLIMPIADA 2 TURDA TASHKIL ETILDI:
📝Yozma ish,
✔️Test sinovlari.

📌Olimpiadada 5-6-sinf, 7-8-sinf, 9-11-sinflar kesimida eng iqtidorli 3 nafardan jami 9 nafar ishtirokchilar mutlaq gʻolib deb topildi.

🎁G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar oʻquvchi qizlar Fan olimpiadalari markazida tashkil etiladigan intensiv oʻquv mashgʻulotlarida qatnashib, 14-Yevropa qizlar matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun nomzodlar saralash bosqichida tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Ilm-fan sari intilayotgan barcha qizlarni tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

09 Feb, 18:22


👍👍👍

QIZLAR OLIMPIADASI: Taqdirlash marosimi boshlandi


Xabaringiz bor, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Ayni paytda mazkur olimpiadaning taqdirlash marosimi BOSHLANDI.

Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi boʻlim boshligʻi I.Xujamov, viloyat Yoshlar ishlari agentligi direktori Sh.Rahmonov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari B.Toʻyev ishtirok etmoqda.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

08 Feb, 14:29


⚡️QIZLAR OLIMPIADASI: Hayajonli daqiqalar yaqinlashmoqda!

📢 Xabaringiz bor, ertaga Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchi qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda!

📍Bugun olimpiada ishtirokchilari Buxoro viloyati, Qorako‘l tumaniga yetib kelishdi.

📌Olimpiadagacha boʻlayotgan jarayonlar bilan videolavhada tanishishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiadada yuqori natijalarni qayd etgan oʻquvchi qizlar Fan olimpiadalari markazida tashkil etiladigan intensiv oʻquv mashgʻulotlarida qatnashib, 14-Yevropa qizlar matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun nomzodlar saralash bosqichida tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar.

⚡️Fan olimpiadalari markazi barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!

🔗Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

08 Feb, 09:10


📣📣📣📣📣

Qizlar olimpiadasi BOSHLANDI!

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi BOSHLANDI!

⚡️Ayni paytda ishtirokchilar yozma ish topshiriqlarini bajarmoqda!

📌Oʻquvchi qizlarga yozma ish topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat vaqt ajratildi.

Kunning ikkinchi qismida ishtirokchilarga test topshiriqlari beriladi.

⚡️Fan olimpiadalari markazi barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!

🔗Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

27 Jan, 11:57


28.01.2025 yil

🏫 Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab -internatida Shu maktabning bitiruvchisi Qurolli Kuchlar akademiyasi 2 kurs kursanti Axmedov Jamshid 11 sinf o'quvchilari bilan Qurolli Kuchlar akademiyasida kursantlarga yaratib berilgan shart sharoitlar va harbiylar hayoti haqida targ'ibot tashviqot ishlarini amalga oshirdi.

Bundan koʻzlangan maqsad yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

25 Jan, 17:16


⚡️Rahbar va yoshlar uchrashuvi
⚡️Qorako'l tuman ixtisoslashtirgan maktab-internatida ⚡️

Qorako'l tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida iqtidorli yoshlar bilan Rahbar uchrashuvi bo'lib o'tdi

Bu uchrashuvda iqtidorli va ijodkor o'g'il-qizlarimiz Respublika hamda viloyat Yoshlar agentligi mutasaddilari va mas'ullar ishtirok qildilar.

Rahbar va yoshlar uchrashuvida
so'z olgan har-bir yosh yigit-qizlar o'zlarining g'oya va takliflarini hamda ular tomonidan aytilgan tashabbuslarini hamda ilmiy izlanish takliflarini bildirishdi

Ular tomonidan aytilgan har bir taklif va tashabbusning qo'llab-quvvatlanishi hamda munosib sharoitlar yaratilishi rahbarlar tomonidan aytib o'tildi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni yanada iqtidorini namoyon qilishiga ko'maklashadi.

https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

23 Jan, 13:21


⚡️ Milliy_sertifikat

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari yuqori natijalarga erishishda davom etmoqda.

🏆 Natijalar:

11-sinf o'quvchilarimizning 25 nafari ona tili fanidan Milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

O‘quvchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz va bularni tayyorlagan Shukurova Zubayda ustozga kattakon rahmat aytamiz!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring.
https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

23 Jan, 07:01


#BIZNING_SHUNDAY USTOZLARIMIZ_BOR.

# Qorakoʻl_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim
muassasalari agentligi tizimidagi Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatning fanni bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatlarni olishda davom etmoqdalar.

1. Ona tili fanidan Saidova Malika 95 % natija bilan B+ darajani qayd etdi.

2. Ona tili fanidan Achilova Noila 93 % natija bilan B+ darajani qayd etdi.

⚡️ O'qituvchilarimizga kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!!!

https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

23 Jan, 05:45


Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatda

Mahmudxo'ja Behbudiy - buyuk ma'rifatparvar,yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri.

Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatda ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Noila Achilova, maktab-internat 8-sinf o'quvchilari ishtirokida jadid milliy ma'rifatparvarlik harakati tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy 150 yoshda mavzusida savol- javob, guruhlararo bellashuv va she'rxonlik musobaqalari namoyish etildi.
https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

22 Jan, 06:01


Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida.

Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri.

Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatda ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Z.Shukurova, maktab-internat 8-sinf o'quvchilari ishtirokida jadid milliy ma‘rifatparvarlik harakati tarafdori Mahmudxo‘ja Behbudiy 150 yoshda mavzusida davra suhbati va video roliklari namoyish etildi.

https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

20 Jan, 15:48


#Qorakol_tuman IMI

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fan va sport to'garaklar tashkil etilgan.
 . https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

18 Jan, 09:27


Шумораи навбатии 6-уми "ОВОЗИ ТОҶИК" аз 18 январи соли 2025 барои мутолиа пешкаш мегардад.

Тариқи веб-сайти расмии рӯзнома - ovozitojik.uz низ метавонед моро пайгирӣ бикунед ва аз навгониҳои муҳимтарини Ўзбекистону ҷаҳон хабардор шавед.

〰️〰️〰️〰️〰️
Ба канали мо дар телеграм бипайвандед:
👇👇👇
https://t.me/ovozi_tojik_1924

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

16 Jan, 12:03


Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 14 - yanvar vatan himoyachilari kuni tashkil topganligini 33 - yilligi munosabati bilan Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati CHQBT rahbari Bo'ronov Murodjon tomonidan maktab internatining 10 - 11 sinf o'quvchilari bilan AK 74 avtomatining noto'liq qismlarga ajratish va yig'ish to'g'risida amaliy mashgʻulot o'tkazildi.
https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

16 Jan, 11:48


❇️"JALOLIDDIN IZDOSHLARI - VATANIMIZ POSBONLARI"SHIORI OSTIDA O‘TGAN VILOYAT FAN OLIMPIADASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

🔹Olimpiada fizika va matematika fanlaridan bir bosqichda o‘tkazilib, umumiy 100 ballik tizimda baholandi
har ikkala fan kesimida yuqori balni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar aniqlanib, g‘olib sifatida e’tirof etild.

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etib matematika fanidan faxrli 1-o'rin, fizika fanidan 1-2-3-o'rnlarni qo'lga kiritishdi.

Fizika fanidan.
🥇Murodov Ijodbek.
🥈Mehriddinov Sardor.
🥉Fattohov Zahriddin.

Matematika fanidan.

🥇 Mamatqulov Javohir.

Bu olimpiadada ishtirok etagan oʻquvchilarining ustozlari-
Sharipov Alisher va Hamroqulov Saidjon bu ustozlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi bosqichga omadlar tilab qolamiz.
https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

16 Jan, 11:22


#Qorakol_ tuman IMI

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 16.01.2025 yil kuni "Jaloliddin Manguberdi" nomidagi harbiy-akademik litsey harbiy xizmatchilari Qorako'l tumanidagi MMB qarashli maktablarning CHQBT rahbarlari ishtirokida harbiy akademik litseyga kirish tartibi bo'yicha targ'ibot - tashviqot ishlari o'tkazdilar. Bundan ko'zlangan maqsad yoshlar ongida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish hamda harbiy sohani rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

31 Dec, 18:51


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

28 Dec, 22:18


#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

28 Dec, 12:13


#Qorakoʻl tuman IMI
🎄🎄🎄🎄🎄
#Yangi_yil_tadbiri

2024- yilning 27- dekabr kunida Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab- internatida  o'quvchilar o'rtasida “Yangi yil” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilarimiz o‘zlarining iqtidorlarini namoyish etib, raqslar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
🏆🏆🏆🏆
2024-yilda fan olimpiadalari va turli tanlovlarda g'olib bo'lgan o'quvchilar taqdirlandi.

Siz azizlarni kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etamiz! https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

28 Dec, 11:59


#Qorakoʻl tuman IMI
🎄🎄🎄🎄🎄
#Yangi_yil_tadbiri

2024- yilning 27- dekabr kunida Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab- internatida  o'quvchilar o'rtasida “Yangi yil” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilarimiz o‘zlarining iqtidorlarini namoyish etib, raqslar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
🏆🏆🏆🏆
2024-yilda fan olimpiadalari va turli tanlovlarda g'olib bo'lgan o'quvchilar taqdirlandi.

Siz azizlarni kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etamiz! https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

27 Dec, 15:17


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Agar siz ta'lim siyosatiga befarq bo'lmasangiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bir yillik faoliyatini baholash maqsadida o'tkazilayotgan kichik so'rovnomada ishtirok eting.

Ushbu so‘rovnoma mutlaq anonim bo‘lib, shaxsingiz to‘liq sir saqlanadi. Unda qatnashish orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bir yillik faoliyatiga xolis baho berishingiz mumkin.

So'rovnomada qatnashish uchun atigi bir daqiqa vaqt ketadi.

📊 So'rovnoma — https://xalqtaliminfo.uz/questionnaires/3/uform

Telegram I Facebook I YouTube

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

26 Dec, 06:35


⚡️ Milliy_sertifikat

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari yuqori natijalarga erishishda davom etmoqda.

🏆 Natijalar:

10-sinf, Mamatov Murodjon—B+.

O‘quvchimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz va buni tayyorlagan Qilichova Hilola ustozga kattakon rahmat aytamiz!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

26 Dec, 06:03


#Qorako'l_tuman_IMI
#ChSB_jarayonlari_davom_etmoqda

Ayni damda Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatning bir guruh xodimlari 19-umumta'lim maktabda II chorak yakuni bo'yicha tashkillashtirilgan ChSB jarayonida...

❇️Jarayon shaffofligi maktab rahbariyati hamda Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatning mas'ullari tomonidan to'liq ta'minlangan.

https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

26 Nov, 06:09


#Qorako'l_tuman ixtisoslashtirilgan_maktab-internatida

🚫 Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Joriy yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2023-2024-yillarga mo'ljallangan Davlat dasturiga muvofiq maktabgacha va maktab ta'limi sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 26-noyabr kuni Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat pedagog-xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri tashkil etildi. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

20 Nov, 14:15


Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat 8-" A" sinf kimyo fanidan "Kristall panjaralar " mavzusidagi darsdan lavhalar. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

19 Nov, 05:27


#laboratoriya

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 10-sinf o‘quvchilari uchun kimyo fanidan "18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

Laboratoriya mashg‘ulotida turli kimyoviy reaksiyalardan foydalanib bayroq tasvirlari yaratildi. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

18 Nov, 12:41


#laboratoriya

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-sinf o‘quvchilari uchun kimyo fanidan "18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

Laboratoriya mashg‘ulotida turli kimyoviy reaksiyalardan foydalanib bayroq tasvirlari yaratildi. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

18 Nov, 06:52


#Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat
#Millat_bayrogi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat barcha sinflarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Ochiq dars"lar tashkil etildi. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

18 Nov, 06:37


#Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat
#Millat_bayrogi

2024-yil 18-noyabr.

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat erta tongda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan bayroq ko'tarildi. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

06 Nov, 02:50


Xalqaro olimpiadada ishtirok eting.

Milliy tadqiqot Yadro Universitetining Toshkent shahridagi filiali (МИФИ) tomonidan 2024-yil 16-17-noyabr kunlari matematika va fizika fanlari bo‘yicha Xalqaro olimpiadi o‘tkaziladi.

Xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lganlar Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filialiga o‘qishga kirishda chegirmaga ega bo‘ladi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Fizika fanidan, 17-noyabr kuni matematika fanidan olimpiada tashkil etiladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun https://tashkent.mephi.ru/

👉BATAFSIL

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

01 Nov, 04:04


#Ochiq_dars_mashg'uloti

Qorakoʻl_ tuman IMI
Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan_maktab-internatda Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Mirzo Ulug'bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash maqsadida tarbiya fani o'qituvchisi Jo'raboyeva Muxlisa Shavkat qizi tomonidan
9-D sinf o'quvchilari bilan noan'anaviy dars mashg'uloti tashkil etildi. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

31 Oct, 06:15


#Qorakol_tuman IMl
#Mezonlarga_asoslangan_yangi_baholash_tizimi

❇️ Qorakoʻl tuman  ixtisoslashtirilgan maktab -internat rahbar va o'qituvchilari joriy yilning
31-oktabr sanasida  2024-2025 o'quv yilida "Yangi baholash tizimi"ga o'tgan Qorakoʻl tumanidagi 19-34-38-maktabga tashrif buyurib, yangi baholash tizimi yuzasidan maktablarda 1-chorak yakuni bo'yicha ChSB jarayonlarida ishtirok etishmoqda.
Jarayon  shaffofligi maktab rahbariyati tomonidan to'liq ta'minlangan. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

31 Oct, 05:41


#Qorakol_tuman IMI#

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining
2024-yil 29-avgustdagi 16-sonli bayoni topshiriqlarining Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi tizimida amalga oshirilishi boʻyicha nazorat rejasining 19-bandi
ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi maktablarda joriy yilning
15-oktabr sanasidan boshlab ilovadagi reja-jadvalga muvofiq
**“O‘quvchi yoshlar
halollik tarafdori”**
10 kunligi tadbirlari doirasida
Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarix fani o‘qituvchis ishtirokida 8-b sinfida
“Korrupsiyaga qarshi kurash tarixi” mavzusida ko‘rgazma hamda davra suhbati tashkil qilindi. https://t.me/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

26 Oct, 06:13


#Qorakol_tuman_IMI
#Bizning_shunday_o’quvchilarimiz_bor
Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat o’quvchilari yutuqlarni qo’lga kiritishda davom etishmoqda. Bir necha bilimdon o’quvchilarimiz til bilish sertifikatlarini qo’lga kiritgach endi navbat umumta’lim fanlari bilish darajasi sertifikatlariga.
9-sinf o'quvchilarimiz.
1.Murodov Ijodbek Fizika fanidan C+ daraja.
2.Bahodirov Azizbek Matematika fanidan B daraja.
🔰O’quvchilarimizga ta’lim bergan ustozlarga,ayniqsa matematika va fizika fanlari ustozlari Sharipov Alisher va Hamroqulov Saidjon doim qo’llab-quvvatlab turgan ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz. http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

26 Oct, 05:56


#Qorakol_tuman_IMI
#Bizning_shunday_o’quvchilarimiz_bor
Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat o’quvchilari yutuqlarni qo’lga kiritishda davom etishmoqda. Bir necha bilimdon o’quvchilarimiz til bilish sertifikatlarini qo’lga kiritgach endi navbat umumta’lim fanlari bilish darajasi sertifikatlariga.

10-sinf o'quvchilarimiz.
1.Jo'rayev Jo'rabek A+daraja.
2.Jo'rayeva Shabnam A+daraja.
3.Mardonov Shamsiddin A+daraja.
4.Ro'zmurotov Lazizbek B+daraja.
5.Rustamov Anvar B+daraja.
6.Baxtiyorova Shabnam B+daraja.
7.Qurbonova Shaxrizoda B+daraja.
8.Botirov Abdurahim B+daraja.
9.Yangimurodov Ravshanbek B+daraja
10.Turobov To'xtasin B+daraja.
📍Umumiy ballga nisbatan foiz ko’rsatkichi: 97 %
darajani qólga kiritishdi.

🔰O’quvchilarimizga ta’lim bergan ustozlarga,ayniqsa matematika fan ustozi O'dayev Zufarga va doim qo’llab-quvvatlab turgan ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz. http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

25 Oct, 12:47


#Qorakol_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab-internatida

"IXTIROCHILIKKA QADAM"

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorakol tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilar o'rtasida "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi  muassasalar o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 2024-yil 30-avgustdagi 285-son buyrug‘i"da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ixtirochilikka qadam” tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.

  http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

21 Oct, 16:34


#Qorako_tuman_ixtisoslashtirigan_maktab_internati
#_Ona_tilim_35_yilligi

21-oktyabr ,,Davlat tili haqida"gi qonunning qabul qilinganining 35-yilligini munosib kutib olish maqsadida Qorakol tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir millatimiz g'ururi bo‘lgan tilimizni tarannum etuvchi she‘rlar, hikmatlar, maqollar,qo‘shiqlarga boy bo‘ldi.
Tilimizni asrash, u bilan faxrlanish hissi ustunlik qilgan tadbirda o‘quvchilarning ijro etgan sahna ko‘rinishlari tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi. http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

21 Oct, 16:34


Buxoro viloyati Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida 21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlangan oʻquvchilarining videorolikgi. http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

18 Oct, 10:15


Buxoro viloyati Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida 21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlangan 7-D sinf oʻquvchilarining videorolikgi. http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

18 Oct, 07:34


Buxoro viloyati Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida 21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlangan "Adabiyot va tabiat" rasim chizish musobaqasi, tashkil qilindi dars mashg'ulotlarida. http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

QORAKO'L TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB INTERNATI

17 Oct, 16:33


#Vatan_tayanchi
#Qorakol_tuman_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Buxoro viloyati bo‘limi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat direktorlari, Agentlik tizimidagi maktab, maktab-internat jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 20  nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi. http://t.me/QORAKUL_IMI_UZ

1,120

subscribers

4,846

photos

462

videos