Kitob tumani hokimligi| RASMIY @kitab_district Channel on Telegram

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

@kitab_district


🇺🇿Kitob tumani hokimligi
☎️ 75-542-50-07.

🌐 www.kitobt.uz
➡️ fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati
➡️ instagram.com/kitabdistrict
▶️ www.youtube.com/c/kitobhokimligi

Murojaat - @kitob_hokimiga_murojaat_bot
Admin @Qahramonjon_Oqilov

Kitob tumani hokimligi (Uzbek)

Kitob tumani hokimligi is the official Telegram channel of the Kitob District in Uzbekistan. This channel provides valuable information and updates about the district's government, services, and news. With a focus on transparency and communication, Kitob tumani hokimligi is dedicated to keeping residents informed and engaged. You can contact them at 75-542-50-07 or visit their website at www.kitobt.uz. Stay connected with Kitob tumani hokimligi on Facebook at fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati, on Instagram at instagram.com/kitabdistrict, and on YouTube at www.youtube.com/c/kitobhokimligi. For any inquiries, you can also reach out to the admin @Qahramonjon_Oqilov or use the murojaat bot @kitob_hokimiga_murojaat_bot. Join Kitob tumani hokimligi on Telegram to stay informed and connected with the Kitob District community.

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

19 Feb, 17:04


📣📣📣
❗️Президент фармонига биноан:

▪️Иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари ва ногиронларининг ҳар бирига 10 000 доллар миқдорида;

▪️Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларига тенглаштирилган шахсларнинг ҳар бирига 25 000 000 сўм миқдорида;

▪️1941–1945 йиллардаги уруш давридаги меҳнат фронти қатнашчиларининг ҳар бирига 3 000 000 сўм миқдорида бир марталик пул мукофоти берилади.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

19 Feb, 14:14


https://www.youtube.com/watch?v=aC_9YgxHT1E

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

19 Feb, 12:28


Kitob tumanida "Obod xonadon-obod ko`cha-obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo`yicha amaliy harakatlar davom etmoqda

Xususan, tumanning "Navbahor" MFYda Kitob TETK xodimlari tomonidan hududddagi elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida yaroqsiz simyog`ochlar beton to`sinlarga almashtirilmoqda. Bundan tashqari, mahalladagi mavjud transformatorlar joriy ta`mirdan chiqarilib, qo`shimcha quvvat oshirish choralari ham belgilangan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

19 Feb, 06:06


❗️❗️❗️
Энди, Томорқасини қаровсиз қолдирган хонадон эгалари уч карра юқори солиқ тўлайди

Аҳоли томорқаси ва ижарага берилган ер майдонларидан самарали фойдаланиш бўйича ҳоким ёрдамчиси томонидан ҳар чоракда ўрганиш олиб борилади.

Ўрганиш давомида хонадондаги томорқа ва ижара ерларида экин экилмаган ва қаровсиз қолдирилган бўлса қуйидаги чоралар қўлланилади:

1. Имтиёзли кредитлар ажратилмайди.
2. Ижтимоий ҳимоя ягона реестрига киритилган фуқаролар учун ёрдамлар (моддий ёрдам ёки бола пули каби) тўхтатилади.
3. Ер солиғи уч карра юқори миқдорда ҳисобланади.

▪️Бундан ташқари, ердан самарали фойдаланиб, бир сотихда 5 миллион сўмдан юқори расмий даромад олаётган деҳқонларга ер солиғининг 90 фоизи "кэшбек" сифатида қайтариб берилади. Бу эса деҳқонларнинг даромадини ошириш ва ердан самарали фойдаланишни қўллаб-қувватлашга хизмат қилади.

▪️Қишлоқ хўжалиги ерлари учун солиқ ҳисоблаш тартиби ҳам ўзгармоқда. Ижарага берилган ернинг балл-бонитети ошса, тўланадиган солиқ ўзгармайди, аммо ер сифати пасайса, солиқ ставкаси 3 карра оширилади. Бу ерларнинг сифатли сақланишини таъминлашга қаратилган чоралардан биридир.

✔️Ушбу чора-тадбирлар ерлардан самарали фойдаланишни таъминлаш ва қишлоқ хўжалиги соҳасини ривожлантиришга қаратилган.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

18 Feb, 10:57


Kitob tumanida "Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha "Navbahor" mahallasida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi

Kitob tumanida "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida aholi bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini oshirish maqsadida "Navbahor" mahallasida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi. Ushbu yarmarka ayniqsa "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, migratsiyadan qaytgan aholi vakillari hamda probatsiya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratildi.

Tadbirda Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etib, aholiga turli yo‘nalishlarda zarur tavsiyalar berishdi. Xususan, tomorqachilikda ilg‘or usullarni qo‘llash, issiqxonalar barpo etish, ekinlarni almashlab ekish va bozor talabidan kelib chiqib mahsulot yetishtirish muhimligi ta`kidlandi.

Yarmarka davomida ishtirokchilar turli korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, o‘z qiziqishlariga mos ish topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa mahalliy aholi bandligini oshirish va ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur tashabbus Kitob tumanida mehnat bozorini rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bo‘lib, bu kabi yarmarkalar kelgusida ham davom etishi rejalashtirilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Feb, 11:30


Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

Jumladan, Kitob tumani Davlat xizmatlari markazida ham mazkur yangi imkoniyat tadbiq etilgan. Endilikda fuqarolarning hujjat ko`rsatishiga hojat qolmaydi. Barcha kerakli ma`lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi.

▪️Mavzuga doir: Kitob tumani Davlat xizmatlari markazida ham xorijga chiqish pasportini berish yo`lga qo`yildi .

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Feb, 10:51


Milliy liboslarimizda — o'tmish va bugunning uyg'unligi

Milliy liboslarimiz xalqimizning tarixiy va madaniy merosini o'zida aks ettiruvchi muhim ramzlardan biridir. Ular nafaqat o‘tgan ajdodlarimiz hayot tarzi, qadriyatlari va estetik qarashlarini ifodalaydi, balki zamonaviy modada ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, milliy o‘ziga xoslikni saqlab qolishga xizmat qiladi.

♦️Quyidagi havolani bosing va telegram kanalga a'zo bo'ling
👇👇👇👇👇

#Kitob_hikmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va obuna bo'lishni unutmang

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Feb, 10:26


Kitob tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Xususan, tuman hududidan o‘tuvchi M-39 "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo‘li yoqasi bo‘ylab obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar doirasida yo‘lning har ikki qismida manzarali gul ko‘chatlari ekilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Feb, 09:57


ХОРИЖГА ЧИКИШ ПАСПОРТИ ОЛИШДАН АВВАЛ ТЕКШИРИНГ!

Бугунги кунда, Ягона электрон ҳамкорлик тизими орқали 40 га яқин идора ва ташкилотлар билан ахборот интеграция қилинди, Бюронинг расмий  www.mib.uz
расмий сайти ҳамда мобил иловасида бир қатор интерактив хизматлар йўлга қўйилган.

Ушбу хавола орқали ўзингизни қарздорлигингизни билиб олишингиз  мумкин бўлади. Карздорлик мавжуд булганда хорижга чикиш паспорти автоматик равишда тухтатилади.

Сайтда 3 та маълумот бўйича қидирув бор, паспорт серия, ЖШШИР, СТИР ҳаммасида текшириб куришингиз мумкин.

КИТОБ ТУМАН ИИБ МИГРАЦИЯ ВА ФУҚАРОЛИКНИ РАСМИЙЛАШТИРИШ БЎЛИНМАСИ

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Feb, 09:46


🤎🤎Milliy liboslar – xalq qadriyatining timsoli

Kitob tumanidagi 10-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida "Milliy liboslarimizda qadriyat aksi" mavzusida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar va anʼanalar ruhida tarbiyalash, ularni ajdodlar merosiga hurmat ruhida ulg‘aytirish maqsadida tashkil etildi.

Hamid Olimjon mahalla xotin-qizlar faoli Dilafruz Qilicheva tashabbusi bilqn tashkil etilgan tadbir davomida bolajonlar milliy liboslarda namoyish o‘tkazib, o‘zbek xalqining boy madaniyati va anʼanalarini ifodalovchi sahna chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Ayniqsa, atlas va adras matolaridan tikilgan milliy liboslar, do‘ppilar hamda zargarlik buyumlari bilan bezatilgan kiyimlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Tadbir tashkilotchilari taʼkidlaganidek, milliy liboslar nafaqat kiyim-kechak, balki xalqning o‘ziga xos tarixi, hayot tarzi va maʼnaviy qadriyatlarining aksidir. Shu bois, bunday tadbirlar orqali yosh avlodni milliy merosimizga hurmat bilan qarashga, uni asrab-avaylashga undash muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida badiiy chiqishlar namoyish etib, bolajonlarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Shubhasiz, bu kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etish hamda xalqimizning boy tarixiy merosini asrab-avaylash yo‘lida muhim qadam sanaladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Feb, 05:59


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида хизмат кўрсатиш соҳаларини ривожлантириш бўйича асосий вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Уч йил олдин қабул қилинган хизматлар секторини ривожлантириш бўйича катта дастур бугун натижасини бераётгани таъкидланди.

Қўшимча 1,5 миллион аҳоли сервис соҳасида доимий даромадга эга бўлди. Хизматлар 2018 йилдаги 19 миллиарддан 65 миллиард долларга ошди (ўсиш – 3,5 баробар).

Айниқса, IT, молиявий хизматлар, туризм, авиация, таълим ва тиббиёт соҳаларида “катта сакраш” бўлди.

Сўнгги етти йилда аҳоли даромади ва тўлов қобилияти 2 карра ўсгани натижасида аҳолида янгича хизмат ва сервис турларига талаб ортмоқда.

Шунга яраша вазирлар ва ҳокимлар талабга мос равишда хизматларни ривожлантириши кераклиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Feb, 11:57


Fuqarolar qabuli: muammo va yechimlar

Davlat organlarining “Xalq bilan muloqot” qilishi tamoyilini hayotga tatbiq etish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan fuqarolar qabullari aholi muammolarini oʻz vaqtida hal etilishiga xizmat qilmoqda.

Xuddi shunday qabullardan biri Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, Xalq qabulxona mudiri Abdishukur Omonov hamda hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari va korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida bo`lib o`tdi.

📝Qabulda fuqarolar tomonidan bir qancha murojaatlar yo'llangan bo'lib, mazkur murojaatlarning ba'zilari shu yerda hal etilgan bo'lsa, qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, mutasaddilarga yo‘naltirildi va ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

04 Feb, 06:36


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

03 Feb, 17:42


Turistlar va dam oluvchilar uchun qulaylik!

Kitob tumanidagi Hazrat bashir mahallasida tashkil etilayotgan “Dacha Konteyner” yangi zamonaviy turizm dam olish maskanida dastlabki 8 ta “Konteynerlik Kapsula” uylari foydalanishga topshirildi.

Batafsil videoda.

🎥@umidnormuratov

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

03 Feb, 15:51


Ўзбекистон Республикаси Президенти, Қуролли Кучлар Олий Бош қўмондони Шавкат Мирзиёев раҳбарлигида мамлакатимиз мудофаа қобилиятини мустаҳкамлаш масалалари муҳокамасига бағишланган йиғилиш бўлиб ўтди.

Под руководством Президента Республики Узбекистан, Верховного Главнокомандующего Вооруженными Силами Шавката Мирзиёева состоялось совещание, посвященное обсуждению вопросов укрепления обороноспособности страны.

#Mirziyoyev #yigilish #mudofaa #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

03 Feb, 14:03


Kitob tumani hokimi boshchiligidagi masʼullar hududlarda obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda

Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tashkilot masʼullari hududlarda obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi dala maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, "Bir hudud-bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, dala madaniyati, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida davom etayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli soha vakillariga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

03 Feb, 05:37


📸📸📸📸📸
🌼Китоб туманида баҳор нафаси!

Айни вақтда Китоб туманининг қир-адирларида баҳор фаслидан дарак берувчи бойчечаклар униб чиқмоқда.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

01 Feb, 12:51


Kambag'allikdan farovonlik sari!

O‘zbekistonda aholining turmush darajasini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida amalga oshirilayotgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Kitob tumanida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dastur doirasida aholini daromadli faoliyatga jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tomorqalardan unumli foydalanishni rag‘batlantirish va oilaviy biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, tumanning "Bektemir" MFYda aholining tomorqachilik madaniyati rivojlanayotganligi, xonadonlarda issiqxonalar tashkil etilayotganligi va unda yetishtirilayotgan mahsulotlar yil bo`yi bozorlarimizga yetkazib berilayotganligini alohida e`tirof etish joiz. Shuningdek, xonadonlarda chorvachilik, parrandachilik sohalarining ham keng yoyilishi aholi vakillarining qo`shimcha daromad topishiga zamin yaratmoqda.

Bundan tashqari, so`nggi yillarda tadbirkorlikka keng yo`l ochilganligi orqali eng chekka hududlarda oilaviy korxonalar, yangidan yangi tadbirkorlik subyektlari soni ortishiga xizmat qilmoqda. Bunda "Ustoz - shogird" an`analari ham muhim o`rin tutmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

01 Feb, 12:37


🎶 "Yoshlik navolari" – dillarni xushnud etgan kecha!

Kitob tumani Madaniyat saroyida o‘tkazilgan "Yoshlik navolari" musiqiy madaniy targ‘ibot tadbiri haqiqiy "Nazm va navo" kechasiga aylandi. Bu jarayon tomoshabinlarning kayfiyatiga o‘zgacha quvonch ulashib, madaniyatga bo‘lgan mehrini yanada oshirdi.

Tadbirda Ali Qushchi, Xalqlar Do‘stligi, Guliston, Toshkent, Ulug‘bek mahallalarining aholisi, nuroniylar, yoshlar hamda xotin-qizlar ishtirok etishdi. Ularning barchasi uchun bu kecha unutulmas onlarga boy bo‘ldi.

Tuman Madaniyat bo`limi xodimlari tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi barchaga o‘ziga xos zavq bag‘ishladi. Yuraklarni jo‘sh urdirgan kuy-qo‘shiqlar yangragan sayin, tomoshabinlar ham raqslarga ulanib, kayfiyat ko‘tarildi. Ushbu go‘zal kecha san’at va madaniyatning inson ruhiyatiga ijobiy ta’sirini yana bir bor isbotladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

01 Feb, 04:37


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi bugun — 1-fevraldan boshlandi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar budjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

➡️ Batafsil

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 13:52


#ovozli_chat
#ochiq_muloqot
🎙Kitob tumani hokimligi rasmiy telegram kanalida "Ayollar daftari"ga doir ovozli suhbat o`tkazildi

Xabaringiz bor, Kitob tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan hokimlik rasmiy telegram kanali orqali fuqarolarimizdan kelgan ko`p sonli murojaatlarni hisobga olgan holda dolzarb mavzular yuzasidan tegishli mas`ullar ishtirokida onlayn ochiq muloqotlar — ovozli chatlar tashkil etmoqda.

📝Xususan, bugun "Ayollar daftari" ro`yxatidagi fuqarolar uchun ajratilgan imtiyoz va imkonyatlar" mavzusida navbatdagi ovozli suhbat bo`lib o`tdi. Unda Kitob tumani hokimining Oila va xotin-qizlar masalalari bo`yicha o`rinbosari Gulbahor Begimova boshchiligidagi soha vakillari tumandoshlarimizdan kelgan 30 dan ortiq onlayn savollarga atroflicha javob qaytarishdi. Muloqotni 200 ga yaqin tumandoshlarimiz kuzatib borishdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 13:24


Live stream finished (1 hour)

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 12:06


Live stream started

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 12:00


Live stream scheduled for

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 07:16


💠 “Tashabbusli budjet” jarayonida ilgari surilgan loyihalar qanday mezonlar asosida tanlab olinadi?

Avval xabar berilganidek, 1-fevraldan “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi boshlanadi. Ilgari surilgan loyihalar Ishchi komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

1️⃣ loyihada aks etgan muammo/tadbir tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli bo‘lishi;

2️⃣ jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (yo‘llarni ta’mirlash, xiyobonlar va bolalar maydonchalarini barpo etish, ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash yoki jihozlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (ta’mirlash) va shu kabilar);

3️⃣ jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega bo‘lmasligi (shaxsiy avtomashina, turar joy, bino-inshootlarni xarid qilish, ma’muriy binolarni ta’mirlash);

4️⃣ tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlamasligi hamda loyihani amalga oshirish natijasida pullik xizmat asosida foydalanilmasligi;

5️⃣ budjet tashkilotini saqlab turish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘zida aks ettirmasligi (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, kommunal, aloqa va Internet xizmati uchun to‘lovlar, shuningdek, kanstovar va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);

6️⃣ mahalliy davlat hokimiyati, davlat organlarining binolarini qurish, ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lmasligi;

7️⃣ boshqa dastur yoki Hukumat topshiriqlari asosida moliyalashtirish manbasi aniq belgilab berilgan obyekt yoki ishlarni o‘z ichiga olmasligi;

8️⃣ loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobari — 1,5 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim.

Bunda, bir xil mazmundagi bir necha loyihalar ilgari surilgan bo‘lsa, ulardan ma’lumoti to‘liq ko‘rsatilgan dastlabki kiritilgan loyiha qabul qilinadi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 07:15


🥀Milliy liboslar—milliy qadriyatlarimiz bezagi
🔶Kitob tumani tibbiyot birlashmasi ma’muriyat xodimlari #Milliy_liboslar_kuni ni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashdi.
Safimizga qo‘shiling!!!
🔗Bunday tashabbuslar har bir inson qalbida milliy g‘urur va milliy faxr tuyg‘usini shakllantirishga, urf-odatlar va an'analarimizga bo'lgan mehrni mustahkamlash bilan birgalikda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va muhabbatni yanada oshirishga xizmat qildi.
♦️Quyidagi havolani bosing va telegram kanalga a'zo bo'ling
👇👇👇👇👇
#Kitob_hikmati (https://t.me/RMMM_KITOB)
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va obuna bo'lishni unutmang

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 05:14


#diqqat
#ovozli_chat

⚫️🔠🔠🔠🔠🔠⚫️

Mavzu: "Ayollar daftari" ro`yxatidagi xotin-qizlar uchun ajratilgan imtiyoz va imkoniyatlar

🗓 31-yanvar, Juma
🕔 soat 17:00

Ovozli chatda:
◾️Kitob tumani hokimining Oila va xotin-qizlar masalalari bo`yicha o`rinbosari Gulbahor Begimova boshchiligidagi mutasaddilar Sizning mavzu yuzasidan savollaringizga javob berishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Jan, 05:01


Kitob tumani hokimligida navbatdagi siyosiy-ma`rifat soati o`tkazildi

Bugun Kitob tumani hokimligida apparat xodimlari, bo`lim rahbarlari va xodimlarining ma`naviy-ma`rifiy hamda siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi o`quv soati tashkil etildi. Unda yurtimiz va xorijda sodir bo`lgan eng so`nggi yangiliklar hamda "Huquqiy savodxonlik" (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) kabi mavzularda ma`ruzalar tinglandi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

30 Jan, 12:55


Kitob tumanida bo`lib o`tgan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri turli davr insonlarini yanada bir davraga to`pladi

Kitob tumanida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo`limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri turli davr vakillarini yana bir davraga to‘pladi. Ushbu davra suhbati keksa avlod tajribasi, o‘rta avlod yutuqlari va yoshlarning intilishlarini birlashtirib, samimiy va mazmunli muloqot muhitini yaratdi.

O‘tgan avlod – hayot tajribasi!
Oqsoqollar va faxriylar yoshlarga o‘z hayot yo‘llari, orttirgan tajribalari va yurtga xizmat qilish yo‘lidagi qimmatli saboqlari bilan bo‘lishishdi.

Bugungi avlod – yutuqlar va mas'uliyat!
Tadbir ishtirokchilari jamiyat taraqqiyotida yoshlarning o‘rni, bugungi imkoniyatlar va innovatsion yondashuvlar haqida fikr almashishdi.

Kelajak avlod – orzular va maqsadlar!
Yoshlar esa o‘z g‘oyalari, rejalarini bildirib, ustozlardan yo‘l-yo‘riq oldilar. Ular uchun bu uchrashuv o‘ziga xos ilhom manbai bo‘ldi.

Bunday tadbirlar yoshlarga motivatsiya berib, ularning ma'naviy kamoloti va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

27 Jan, 13:01


Kitob tumanida "Kitobxon o'quvchi va ota-ona" tanlovlari o`tkazilmoqda

Jumladan, Kitob tumanidagi 97-umumiy o‘rta ta'lim maktabida mazkur tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Ushbu tadbirda o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kitob tuman bo'linmasi ishtirokida tashkil etilgan tanlov uch bosqichda o‘tkazildi:
▪️5–6-sinflar: Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asari;
▪️7–8-sinflar: Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari;
▪️9–11-sinflar: O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasida" asari asosida yopiq test va og‘zaki savol-javob shaklida bo'lib o'tdi.

Yakunda g`oliblar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

27 Jan, 12:07


#mahallabay_ishlash
#ochiq_muloqot
Kitob tumani hokimining "mahallabay" o`rganishlari davom etmoqda

Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda mas`ullarning aholi muammolarini "mahallabay" o`rganish jarayonlari davom etmoqda. Xususan, bugun tumanimiz mutasaddilari "Palandara","Tevaboshi" hamda "Katlos" MFYlarda bo`lib, hududlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. O`rganishlar davomida aholi vakillari bilan ham muloqot o`tkazilib, tomorqachilikdan samarali foydalanish, issiqxonalar barpo etish orqali doimiy daromad manbayi yaratish, parrandachilik, chorvachilikni rivojlantirish bo`yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

24 Jan, 15:21


Munosib ehtirom!

"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta`minoti filiali "Kitobtumangaz" gaz ta`minoti bo`limida rahbar sifatida 2019-yildan buyon samarali xizmat qilib kelgan Nasim Ahmedovga munosib ehtirom ko`rsatildi. Tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, hokim o`ribosarlari tomonidan u kishining keyingi ish-faoliyatiga ham ulkan zafarlar tilashdi.👏👏👏

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

24 Jan, 14:47


💼#Tayinlov
Sharapov Behzod Qahramonovich — "Kitobtumangaz" gaz ta`minoti bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.


B.Sharapov 1989-yida Kitob tumanida tug'ilgan.

U tayinlovga qadar "Kitobtumangaz"gaz ta`minoti bo`limida turli vazifalarda faoliyat yuritgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

24 Jan, 14:34


Kitob tumani hokimligida mas`ullar ishtirokida ayni kundagi dolzarb masalalar yuzasidan muhokama yig`ilishi bo`lib o`tdi

Yig`ilishda hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash, qishloq xo`jaligi kabi bir qator dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.

Unda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda tashkilotlar mas`ullari ishtirok etdi. Shu kuni "Kambag`allikdan farovonlik sari" dasturi, "Bir hudud — bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar ham e`tibor markazida bo`ldi.

Muhim masalalarda yana biri sifatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo`yicha qilinishi lozim bo`lgan ishlar belgilab olindi.

Kun tartibidagi har bir ko`tarilgan masala yuzasidan mas`ullarning fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda ularning ijrosi yuzasidan soha xodimlariga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

24 Jan, 11:00


Kitob tumanida elektr ta`minotini yaxshilash yo`lida amaliy harakatlar davom etmoqda

Ayni vaqtda Kitob tumanidagi Hamid Olimjon MFYdagi yog`och ustunlar tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 39 dona beton ustunlarga almashtirilmoqda.

✔️2025-yilgi belgilangan dastur doirasida mazkur mahallada 1.2 km uzunlikdagi tarmoq yangidan tortilishi hamda hududda qo`shimcha 160 kVa quvvatga ega yangi transformator o`rnatilishi belgilangan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Jan, 15:27


Tuman (shahar)larda aholi va tadbirkorlar uchun qabullar o'tkazilmoqda

Viloyat aholisi, yoshlar va tadbirkorlarning muammolariga yechim topish, ularning takliflarini o'rganish maqsadida tuman (shahar)larda sektor rahbarlari tomonidan sayyor qabullar o'tkazilmoqda. Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar va ta'lim olayotgan yoshlarning takliflarini tinglanishi an'ana tusiga kirdi. Xususan:

Qarshi shahrida;
Qarshi tumanida;
Kasbi tumanida;
Mirishkor tumanida;
Nishon tumanida;
Koson tumanida;
Muborak tumanida;
Ko'kdala tumanida;
Chiroqchi tumanida;
G'uzor tumanida;
Dehqonobod tumanida;
Qamashi tumanida;
Yakkabog' tumanida;
Shahrisabz shahrida;
Shahrisabz tumanida;
Kitob tumanida.

Qabullar davomida aholi tomonidan kommunal soha yo'nalishlari, yo‘l infratuzilmasi, tibbiy xizmatlar, moddiy yordam va boshqa turli ijtimoiy masalalar bo'yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining ham muammolari o'rganilmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Jan, 14:08


Kitob tumanida qishloq xo`jaligi maydonlari dala chetlaridan samarali foydalanish yuzasidan amaliy seminar o`tkazildi

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-dekabrdagi "Qishloq xo`jaligi maydonlaridagi qo`shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko`paytirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida"gi PQ-465-son qarorlarida ko`rsatilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida bugun Kitob tumanida amaliy seminar tashkil etildi. Unda O`simliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari, qishloq xo`jaligi sohasi mutaxassislari hamda vodiylik bog`bon-dehqonlar tomonidan mavzuga doir bir qator tavsiya va tushunchalar berib o`tildi.

✔️Ma`lumot o`rnida, Kitob tumanidagi fermer xo‘jaliklarining 99 gektar dala chetlariga 87 mingdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekiladi. Kanallar, kollektor va drenaj tarmoqlari atrofidagi 77 gektar maydonga mevali 60 ming tup daraxt yerga o`tqazilishi belgilangan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Jan, 13:29


#Давлат_дастури_лойиҳаси_муҳокамада

⚡️Давлат фуқаролик хизматидаги раҳбарлик лавозимларига хотин-қизларни мақсадли тайёрлаш тизими йўлга қўйилди


▫️Хотин-қизларнинг ижтимоий, сиёсий фаоллиги ва давлат бошқарувида қарорлар қабул қилиш жараёнидаги иштироки мамлакат тараққиёти учун муҳим аҳамиятга эга.

Дарҳақиқат, хотин-қизларнинг ўз зиммасидаги вазифалар ижросига масъулият билан ёндашиши, улардаги ишчанлик салоҳияти, мулоқот кўникмалари, тезкор ва қатъиятлик билан қарор қабул қила олиш маҳорати, бу жараёнларда бошқа инсонлар фикрларини ҳам инобатга олиб, хулоса қила олиш хусусияти – давлат хизматида уларнинг ўзига хос ўрин тутишини намоён қилади.

Шу туфайли, давлат бошқарувида хотин-қизлар салмоғини ошириш, хусусан, салоҳиятли раҳбар аёллар корпусини шакллантириш – давлат фуқаролик хизматини ривожлантириш кун тартибидаги долзарб масалалардан бири ҳисобланади.

▫️Батафсил

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Jan, 12:42


Kitob tumani hokimi mahallalarda aholi bandligini ta`minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishmoqda

Mamlakatimizda aholini turmush farovonligini oshirish, ayniqsa, aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan ko'plab loyihalar, dasturlar ishlab chiqilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida bo'lgan fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari bugun tumanning "Yakkatut" MFY da bo`lib, hududda tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish kabi sohalarda faoliyat yuritib, daromad topayotgan hamda ish o`rni yaratgan bir nechta fuqarolarimiz bilan muloqot qildi. O`rganishlar davomida ularning faoliyatini kengaytirish borasida bir qator istiqbolli takliflar berildi.


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

18 Jan, 08:56


🔴🔴🔴
❄️Qish ziynati qor bilan: Kitob tumanida ham qor yog`moqda🌨☃️❄️

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

18 Jan, 08:25


Maxsus reportaj | Kitob tumanida tomorqachilikni rivojlantirish: tajriba va natija
#18jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

18 Jan, 06:20


🔴🟥🟥🟥
🔴🟥🟥🟥
Kitob tumanidagi "Diyora" nomli tikuvchilik korxonasi tumanimizdagi xotin-qizlarni quyidagi vazifaga ishga taklif qiladi:

▪️Tikuvchi;
▪️Dazmollovchi-qadoqlovchi.

Ish vaqti 09:00 dan 18:00 gacha.
💰Oylik maosh 2 mln so`mdan boshlanadi.

😀Manzil: "Yangi zamon" MFY

Murojaat uchun:
📞90-007-61-51

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

18 Jan, 05:52


⭕️⭕️⭕️⭕️
Ochiq elektron savdolariga marhamat!

🟢Kitob tumani bo'yicha yangi 93 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilmoqda.

👉Yerlarni ko`rish

🟢Bundan tashqari, e-auksion.uz platformasi orqali tuman bo`yicha ko`chma savdo obyektlari o`rnatish uchun 103 ta yangi lotlar savdoga qo`yilgan.

👉Savdolarda qatnashish

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

17 Jan, 13:32


Axborot 24 | Kitob tumanida zamonaviy yangi maktab foydalanishga topshirildi
#17jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

17 Jan, 11:22


Kitob tumanidagi markaziy kanal va ariqlarni loyqadan tozalash tadbirlari davom etmoqda

Barchamizga ma`lumki, qishloq xo`jaligining ajralamas qismi hisoblangan kanal va ariqlarning tozalanishi suv isrofgarchiligi oldini olish, sug‘orish mavsumining sifatli o‘tishida muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu maqsadda Kitob tumani hokimligi, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun ham muassasa xodimlari tomonidan tumanning asosiy qishloq xo`jaligi maydonlarini sug`orishda foydalaniladigan 5.2 km uzunlikdagi "Oxunboboyev sel" kanali loyqadan tozalanmoqda. Jarayonlarda maxsus texnika va kuch vositalari jalb etilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

17 Jan, 10:24


🕌Hazrati Bashir ziyoratgohi zamonaviy qiyofada qayta yuz ochadi

Kitob tumani nafaqat o`zining xush manzara tabiati va xush havosi qolaversa, bir qator ulug` avliyolar makon tutgan joy sifatida mahalliy hamda xorijiy sayyohlarni o`ziga jalb etib keladi.

Shundan kelib chiqib mehmonlar uchun qulay sharoit yaratish hamda madaniy meros obyektlarini asrab-avaylagan holda kelgusi avlodlarga yetkazish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir.

Mazkur maqsadda Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas`ullar tumanning Hazrati Bashir ziyoratgohini rekonstruksiya qilish bo`yicha loyihalar bilan tanishishdi.

Albatta, bu kabi ezgu ishlar nafaqat madaniy yodgorliklarimizning qayta chiroy ochishida qolaversa, turizmni rivojlantirishga turtki bo`ladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Jan, 10:48


Қашқадарё вилояти ҳокими Муротжон Азимов қисқа даволаниш таътилидан қайтиб ишларни бошлаб юборибди

Айни дамда Китоб туманидаги туризм объектларида ўрганишлар олиб бормоқда экан.

Каналга аъзо бўлинг 👉 https://t.me/qashxabarlari

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Jan, 07:35


Kitob tumanida obodonlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda

Kitob tumanida ko‘chalarning ko‘rkini ochish, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida obodonlashtirish tadbirlari izchil davom etmoqda.

Xususan, tuman hududidan o`tuvchi , M-39 "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo`li yoqasi bo`ylab tozalash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 4K-303 "Kitob-Miraki" avtomobil yo‘lida ham mavjud ko`prik ta`mirlanib, yo`l kengaytirilmoqda. Jarayonlar, tuman hokimi Rustam Gafurov tomonidan davom etmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

10 Jan, 11:48


Kitob tumanidagi markaziy kanal va ariqlarni loyqadan tozalash va betonlash tadbirlari davom etmoqda

Barchamizga ma`lumki, qishloq xo`jaligining ajralamas qismi hisoblangan kanal va ariqlarning tozalanishi suv isrofgarchiligi oldini olish, sug‘orish mavsumining sifatli o‘tishida muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu maqsadda Kitob tumani hokimligi, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun ham muassasa xodimlari tomonidan tumanning "Tupchoq" MFY da joylashgan qishloq xo`jaligi maydonlarini sug`orishda foydalaniladigan 400 metrdan ortiq ichki ariqlar betonlashtirilmoqda. Shuningdek, beton ariq yoqasida 200 ga yaqin manzarali daraxt ko`chatlari o`tqizildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Jan, 13:05


#yashil_makon_2025🌳
🌳Kitob tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dala chetlarida ko`chat ekish tadbirlari davom etmoqda

Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bugun ham Kitob tumanining barcha hududlarida qishloq xo`jaligi dala maydonlari chetlari obodonlashtirilib, archa va tut ko`chatlari ekilmoqda. Xususan, tuman O`simliklar karantini va himoyasi bo`limi xodimlari tomonidan joylarda xuddi shunday ommaviy ko`chat ekish tadbirlari davom ettirildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Jan, 12:29


Kitob tumanida elektr ta’minotini yaxshilash yo’lida amaliy ishlar davom etmoqda

Kitob tumanidagi “Varganza 35/10 KV” nimstansiyasidagi navbatdagi rejali ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun viloyat "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ning barcha zarur texnika va kuch-vositalar jalb etilgan. Joriy ta`mirlash jarayonlari davomida hududdagi "Varganza", "Anorzor" Bog`ibaland" va "Bashir" MFY aholisini barqaror elektr energiya bilan ta`minlash imkoniyati yanada yaxshilanishiga erishiladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Jan, 12:24


📹 Гиёҳвандликка қарши курашиш йўналишидаги видеороликлар танлови эълон қилинди (низом).

— — — —
📹 Giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi (nizom).

@indallo

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Jan, 04:29


#yashil_makon_2025🌳
🌳Kitob tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida dala chetlarida ko`chat ekish tadbirlari davom etmoqda

Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bugun erta tongdan Kitob tumanidagi qishloq xo`jaligi dala maydonlari chetlari obodonlashtirilib, archa va tut ko`chatlari ekilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

08 Jan, 12:55


Kitob tumanidagi markaziy kanal va ariqlarni loyqadan tozalash va betonlash tadbirlari olib borilmoqda

Barchamizga ma`lumki, qishloq xo`jaligining ajralamas qismi hisoblangan kanal va ariqlarning tozalanishi suv isrofgarchiligi oldini olish, sug‘orish mavsumining sifatli o‘tishida muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu maqsadda Kitob tumani hokimligi, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ayni kunga qadar tumandagi mavjud 124 km uzunlikdagi markaziy kanallarining reja bo`yicha 32 km qismi to`liq loyqadan tozalanib, joriy mavsumga tayyorlanmoqda. Shuningdek, ayni vaqtda 8 km uzunlikda ichki ariqlar betonlshtirildi. Buning uchun barcha zaruriy kuch va vositalar jalb etildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

08 Jan, 04:25


🇺🇿#tabrik
Kitob tumani hokimi Rustam Abdirasulovich Gafurovning 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram TABRIGI

Assalomu alaykum!
Hurmatli prokuratura xodimlari!

Sizlarni 8-yanvar – Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan prokuratura xodimlarining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va hissasi beqiyosdir. Sizlarning kundalik faoliyatingiz Vatanimizning tinchligi va taraqqiyotini mustahkamlashga, fuqarolarimizning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgani e’tiborga loyiqdir.

Bugungi kunda yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda va davlatimizning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlashda prokuratura organlari oldida mas’uliyatli vazifalar turibdi. Sizlar ushbu mas’uliyatni sharaf bilan ado etib, mustahkam intizom, yuqori professional mahorat va adolatga sodiqlikni namoyon etmoqdasiz.

Bu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan zafarlar va yutuqlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!


Hurmat bilan
Kitob tumani hokimi
Rustam Gafurov


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

08 Jan, 04:18


8 январ — Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари ходимлари куни

Байрамингиз муборак бўлсин, азиз қонун посбонлари!

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Jan, 13:35


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Jan, 05:48


🤎Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri!

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Kitob tumani Mudofaa ishlari bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi bilan hamkorlikda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Kitob tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Yusupov Zufar Yusupovich o‘z so‘zida - o‘quvchi yoshlargaga harbiy xizmat, jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari qanday o‘tayotgani, tartib-intizomni saqlashning ahamiyati haqida so‘z yuritib, ko‘plab savollarga javob berdi. Maktab o‘quvchilari uchun fizika-matematika, geografiya va tarix fanlarini o‘rganish nima uchun zarurligi, bu bilimlardan harbiylar tomonidan qanday foydalanilishi haqida ma’lumot olish qiziqarli va foydali bo‘ldi.

“Qalqon” harbiy maktabi kursantlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlarini hayrat bilan tomosha qilishdi. Tadbir so‘ngida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar kuylandi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Jan, 05:40


O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi talablariga muvofiq, 2025-yil uchun viloyatimizning barcha mahalliy budjet loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan. Mazkur portal normativ-huquqiy hujjat loyihalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan ochiq platforma hisoblanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qashqadaryo viloyati, shuningdek, uning shahar va tumanlari uchun 2025-yilga mo‘ljallangan mahalliy budjet ko‘rsatkichlari “E-qaror” yagona elektron tizimida ham ochiq ravishda e’lon qilingan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyati va uning hududlaridagi shahar va tumanlarning 2025-yil uchun tasdiqlangan budjet loyihalari bo‘yicha mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni quyidagi havolalar orqali osongina ko‘rishingiz mumkin:

1. Qashqadaryo viloyati: https://regulation.gov.uz/oz/d/104632
(26.12.2024-yil, VII-5-035-4-0-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2184250)

2. Qarshi shahri: https://regulation.gov.uz/oz/d/104510
(27.12.2024 yil, VII-4-026-4-69-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2189514)

3. Shahrisabz shahri: https://regulation.gov.uz/oz/d/105323
(27.12.2024 yil, VII-04-019-4-209-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2190146)

4. Kasbi tuman: https://regulation.gov.uz/oz/d/104574
(27.12.2024-yil, VII-3-020-4-61-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2191179)

5. Qarshi tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104605
(27.12.2024-yil, VII-4-026-4-59-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2191285)

6. Shahrisabz tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104672
(27.12.2024 yil, VII-04-022-4-67-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2189541)

7. Dehqonobod tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/105320
(27.12.2024 yil, VII-4-017-4-57-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2189518)

8. G‘uzor tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104592
(03.01.2025-yil, VII-3-1-4-56-K/25, https://e-qaror.gov.uz/doc/2195029)

9. Chiroqchi tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104573
(27.12.2024-yil, VII-4-019-4-66-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2191193)

10. Koson tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104525
(27.12.2024-yil, VII-4-045-4-60-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2191129)

11. Muborak tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/105356
(27.12.2024-yil, VII-4-026-4-64-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2190410)

12. Mirishkor tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104629
(27.12.2024-yil, VII-4-030-4-63-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2190606)

13. Yakkabog‘ tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104586
(27.12.2024 yil, VII-4-039-4-68-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2188726)

📍Kitob tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104551
(27.12.2024-yil, VII-3-024-4-62-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2187709)

15. Nishon tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104600
(27.12.2024-yil, VII-5-030-4-65-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2190984)

16. Ko‘kdala tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104615
(27.12.2024-yil, VII-3-022-4-224-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2189508)

17. Qamashi tumani: https://regulation.gov.uz/oz/d/104556
(27.12.2024-yil, VII-5-020-4-58-K/24, https://e-qaror.gov.uz/doc/2189823)

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Jan, 09:03


💼#Tayinlov
Kitob tumani Yoshlar ishlari bo`limiga yangi rahbar tayinlandi

Samatov Shahzod Sadullo o`g`li Kitob tumani Yoshlar ishlari bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Sh.Samatov 1993-yilda Shahrisabz tumanida tug`ilgan. Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Mazkur tayinlov munosabati bilan Kitob tumanida o`tkazilgan yig`ilishda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari va tuman hokimi o`rinbosari Oybek Sharopov ishtirok etib, hududda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yaxshilash borasida o`zlarining bir qator taklif va mulohazalarini bayon qilishdi hamda yangi tayinlangan nomzodning kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Jan, 05:23


"QASHQADARYO AXBOROTI" Kitob tumanida yangi kutubxona ochildi

#3jan #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
https://t.me/qashqadaryo_trk

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Jan, 04:30


#TAYINLOV

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

- Xoliyarov Anvar Xakimovich- Kitob tuman adliya bo'limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Xoliyarov tayinlovga qadar Kitob tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi A.Xoliyarovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

04 Jan, 12:47


⭕️⭕️⭕️
📈 “Mening bog‘cham” doirasida g‘olib loyihalar aniqlandi, Kitob tumani "Makrid" mahallasida yangi bog’cha quriladi

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ–454-sonli qarori bilan “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.

2025-yilda yangi quriladigan, kapital ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ”Mening bog‘cham” loyihasi doirasida Kitob tumani "Makrid" mahallasida yangi bolalar bog’chasi barpo etish g‘olib loyihalar qatoridan joy oldi.

🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi PQ–165-sonli qarori 7-bandida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yo‘naltirish belgilangan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

04 Jan, 06:14


Qashqadaryoda yanvar oyi pensiya to‘lovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablag‘lar to‘liq (💯%) moliyalashtirildi

Qashqadaryo viloyatida Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning yanvar oyi uchun to’lov ro‘yxatlariga kiritilgan 365 689 nafar pensiya oluvchilar uchun jami 524,7 mlrd so’mlik to’lov qaydnomalari shakllantirilib tijorat banklariga yetkazildi.

O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 402,9 mlrd so’m mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.

📃 Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga yanvar oyining 4-sanasidan boshlab to‘lovlar tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini ma’lum qilamiz

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

03 Jan, 12:12


#kun_fotosi📸
Qishning chillasida Kitob tumanidagi xonadonlarda qulupnay pishmoqda

🍓Ayni vaqtda yurtimizda qish fasli hukmron bo`layotgan bir paytda Kitob tumani "Bahor" mahallasida istiqomat qilayotgan Nizomiddin aka xonadonlarida qulupnaylar hosil qilmoqda. Xonadonda 5 sotixli issiqxona tashkil etilgan bo`lib, ularda iqlim sharoitimizga moslashgan qulupnaylar yetishtirilmoqda.

✔️Ma`lumot o`rnida, bozorlarimizda bugungi kunda qulupnayning o`rtacha narxi 150-200 ming so`m atrofida.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

28 Dec, 09:22


#yashil_makon_2024🌳
🌳Kitob tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko`chat ekish tadbirlari davom etmoqda

Kitob tumanidan o`tuvchi M-39 magistral yo`lidan Hazrati Bashir qishlog`iga eltuvchi aylanma yo`lda joriy "Yashil makon" dasturi doirasida navbatga ko`chat ekish tadbirlari bo`lib o`tdi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi. Shu kuni yana mingga yaqin manzarali daraxt ko`chatlari yerga o`tqazildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

28 Dec, 05:35


«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2024» (Жамоатчилик сўровномаси)

«2024 ЙИЛНИНГ ЭНГ ЯХШИ ТУМАН(ШАҲАР) ҲОКИМИ» (ҚАШҚАДАРЁ)
(Овоз бериш муддати 30-Декабр 21:00)

2024 йилда фаол ишлаган, халққа энг яқин бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган «2024 ЙИЛНИНГ ЭНГ ЯХШИ ТУМАН ҲОКИМИ»ни аниқланг!

Қайси ҳоким жорий йилда қандай ишлаганини сизнинг эътирофингиз аниқлаб беради.

❗️ Ушбу сўровнома орқали ҳар бир ҳокимлик ҳодимлари ва матбуот котиблари фаолиятига ҳам баҳо берилади.

➡️➡️ «ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2024»ни сиз аниқлаб беринг!⬅️

➡️ ➡️ Овоз беринг ва фикр билдиринг ⬅️

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

27 Dec, 18:39


🎥🎥🎥🎥
🎄Китоб туманида Янги йил карнавали бўлиб ўтди

📽Батафсил видеода

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

27 Dec, 18:15


❄️Kitob tumanida "Yangi yil karnavali" bo`lib o`tdi

🌲Bu yilgi Yangi yil bayrami Kitob tumanida o`zgacha ruhda qarshi olinmoqda. Sababi, tuman hokimligi tomonidan mazkur bayramga yuqori saviyada taraddud ko`rildi. Tuman markazida 24 metrlik bosh yangi yil archasi o`rnatilib, atrofi turli dekorativ bezaklar va rangli chiroqlar bilan bezaldi.

Bugun ushbu bayramona maydonda Yangi yil karnavali tashkil etildi. Qahramon Muminov rahbarligidagi 10-son Bolalar musiqa maktabi jamoasi hamda yosh iste`dodlar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar tadbirda ishtirok etgan bir necha yuzlab tumandoshlarimizga xush kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, kecha Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan 200 ga yaqin qorbobolarning tashrifi barchaga kutilmagan quvonch baxsh etdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

26 Dec, 16:33


💘💘💘💘💘
😀Yangi yil og‘ushidagi Kitob!

Avval xabar berganimizdek, Kitob tumani bu yilgi Yangi yil bayramiga har qachongidan ham qizg‘in hozirlik ko‘rdi. Tumandoshlarimizga bayram kayfiyati ulashish maqsadida ertaga soat 18:00 da navbatdagi shou konserti namoyish etiladi.

🤭Bundan tashqari, 200 ga yaqin qorbobolar ishtiroki ham ko‘zda tutilgan.

📢Shunday ekan, barcha kitobliklarni hamda tumanimiz mehmonlarini mazkur bayram dasturlariga taklif etamiz.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

26 Dec, 13:00


🎁 Prezident sovg`alari kitoblik bolajonlarga topshirilmoqda

Bugun Kitob tumanidagi mavjud 6 ta oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan jami 33 nafar bolajonlarimizga Prezident sovg`alari tantanali topshirildi. Tadbirda tuman rahbari Rustam Gafurov, Milliy gvardiya hamda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi vakillari ham ishtirok etib, murg`ak qalb egalariga bayram kayfiyati ulashishdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

26 Dec, 12:58


2024-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan va bugun yaxshi an’anaga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Xo‘sh, ushbu loyiha doirasida 2024-yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi? Shu mavzu bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bosh mutaxassisi Aqlbek Normirzayev bilan suhbatlashdik.

💻- https://aniq.uz/uz/y/277417/t
📱- https://m.aniq.uz/uz/y/277417/t

Ko‘proq 👉 @aniquzbek

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

26 Dec, 09:50


🔔Yangi yil bayrami shukuhi “Mitti akademiya” xususiy maktabi o‘quvchilarini ham cho‘lg‘ab oldi

Kitob tumanidagi "Mitti akademiya" xususiy maktabida bolajonlar katta archa atrofida yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda nishonladilar. Qo‘shiqlar kuylab, she’rlar aytdilar, raqsga tushdilar. Ularning hammasiga Qorbobo sovg‘alari topshirildi.

🎁Eng qiziqarlisi, o‘quv yilining ikkinchi choragida yaxshi natijalarga erishgan 9 nafar o‘quvchining har biriga maktab ma’muriyati tomonidan 500 ming so‘mlik vaucherlar topshirildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

26 Dec, 06:37


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

🎄Hurmatli tumandoshlar va tumanimiz mehmonlari!

Bugundan boshlab Kitob tumani Yangi yil bosh archasi qarshisida tumanimiz san`atkorlari hamda yosh ijrochilar ishtirokida bayram gala konserti va turli madaniy tadbirlar o`tkaziladi.

🎄Shu munosabat bilan barchangizni ushbu tomoshalarga taklif etamiz! Konsert dasturlari har kuni kunduzi soat 10:00 va kechki soat 18:00 da boshlanadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

07 Dec, 13:25


Kitob tumanida bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlandi

Kitob tumanida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan bayram dasturi tashkil etildi.

Unda tuman hokimligi, deputatlar, nuroniylar va yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi o`rinbosari Turg`un Nasimov tabrik soʼzi bilan ochib, qutlugʼ sanada qilingan ishlar haqida soʼz yuritish barobarida, galdagi vazifalarga ham toʼxtalar ekan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati sifatida Yangi Oʼzbekistonni barpo etishning eng muhim mezoni ekanligini alohida taʼkidladi.

Bayram dasturida mahalliy san`atkorlar hamda jajji iste`dod egalari tomonidan kuylangan kuy-qoʼshiqlar va badiiy chiqishlar barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

04 Dec, 17:18


Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:

Русланбек Қуролтайевич Давлетов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди;

Абдусалом Абдумавланович Азизов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчисининг ёшлар масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Сухроб Джўрақулович Юсупов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимидан озод этилди;

Адхам Муратович Турдиев Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси шўъбаси мудири лавозимидан озод этилди;

Музаффар Муротович Камилов бошқа ишга ўтиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг дин ва миллатлараро муносабатлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди;

Олим Адилович Салиев бошқа ишга ўтиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг дин ва миллатлараро муносабатлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимидан озод этилди.

Facebook|Instagram|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

04 Dec, 15:25


#ovozli_chat
#ochiq_muloqot
🎙Kitob tumani hokimligi rasmiy telegram kanalida yana bir dolzarb mavzuga doir ovozli suhbat o‘tkazildi

Xabaringiz bor, Kitob tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan hokimlik rasmiy telegram kanali orqali fuqarolarimizdan kelgan ko‘p sonli murojaatlarni hisobga olgan holda dolzarb mavzular yuzasidan tegishli mas'ullar ishtirokida onlayni ochiq muloqotlar — ovozli chatlar tashkil etmoqda.

Xususan, bugun "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan bino-inshootlarga huquqlarini e'tirof etish tartibi" mavzusida navbatdagi ovozli suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Kadastr palatasi Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i Ixtiyor Yusupov boshchiligidagi soha vakillari tumandoshlarimizdan kelgan 50 ga yaqin savollarga atroflicha javob qaytarishdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

04 Dec, 10:11


Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятида озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, инвестицияларни кўпайтириш, камбағалликни қисқартириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам обеспечения продовольственной безопасности, увеличения инвестиций и сокращения бедности в Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Qashqadaryo #rajalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

04 Dec, 06:01


#diqqat
#ovozli_chat

⚫️🔠🔠🔠🔠🔠⚫️

Mavzu: O`zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan bino-inshootlarga huquqlarni e`tirof etish tartibi!

🗓 4-dekabr, Chorshanba
🕔 soat 17:00

Ovozli chatda:

◾️Davlat kadastlari palatasi Kitob tumani bo`limi boshlig`i Ixtiyor Yusupov boshchiligidagi mas`ullar sizning mavzu yuzasidan savollaringizga javob berishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

03 Dec, 15:19


⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Kitob tumanida "Tashabbusli budjet" orqali yana bir mahallaning ichki yo‘llari asfaltlashtirilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilgi "Tashabbusli budjet" 2-mavsumida Kitob tumanidagi 15 ta loyihalar g‘olib deb topilgan edi. Ular orasida "Sariosiyo" MFY ichki yo‘llarining 3,5 km uzunlikdagi ta'mirtalab qismiga asfalt yotqizish loyihasi ham bor edi. Bugun mazkur loyiha doirasida amaliy harakatlar boshlab yuborildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

03 Dec, 14:35


🖼️#inson_qadri_uchun
Siz yolg‘iz emassiz!

Hayotda yakka-yolg‘iz, qarovchisiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan ko‘ngli o‘ksik insonlar doimo davlatimiz e’tiborida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga olinadi.

Shu maqsadda bugun Kitob tumanidagi 10 nafar yakka-yolg`iz va nogironligi bo`lgan keksalar holidan ham xabar olindi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube.

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

02 Dec, 14:18


⚡️Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat.


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

02 Dec, 13:12


#gazdan_xavfsiz_foydalaning

⚡️Gaz uskuna va jihozlarini nazoratsiz qoldirmang!

📱Rasmiy tеlеgram kanalimiz
https://t.me/HUDUDGAZ_QASHQADARYO_GTF

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

02 Dec, 09:09


"Obod xonadon — obod ko`cha — obod mahalla" dasturi doirasida Kitob tumanida amaliy harakatlar davom etmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan butun mamlakatimiz bo‘ylab eng chekka va olis hududlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha Kitob tumanida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tumanning "Surum" MFY da bitta ko`cha tanlanib, ko`chalar ishkom qilinmoqda. Har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, parrandachilik, chorvachilik, issiqxona, tomorqachilik, asalarichilik yo`nalishida bankning imtiyozli kreditlari ajratilmoqda. E`tiborli jihati, mahallalardan 2-3 nafardan xotin-qizlar tomorqadan unumli foydalanish, issiqxona tashkil etish bo`yicha bepul kurslarda o`qitilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Nov, 13:53


#jarayon
Kitob tumanida keng ko‘lamli yo‘l ta'mirlash ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Kitob tumanidagi 4K-303 "Kitob-Miraki" avtomobil yo‘lining 0-15 km larida joriy ta'mirlash ishlari olib borilayotgani haqida ma'lum qilgan edik.

Ayni vaqtda yo‘lsozlarimiz tomonidan mazkur loyiha doirasida asosiy yo`lga tutash bo`lgan ichki ko`chalarda asfaltlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Nov, 13:38


Kitob tumanida kuzgi shudgorlash ishlari bo`yicha seminar bo`lib o`tdi

Xalqimiz orasida “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bor va bu bejizga aytilmagan. Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorlashning ahamiyati juda katta. O‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilgan shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi. Hududlarda kuzgi shudgorlash ishlarini olib borish yuzasidan tashkil etilayotgan seminarlarda bu borada mutaxassislar tomonidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berilmoqda.

Kitob tumanida ham viloyat Qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i Oblayor Boymirov rahbarligidagi soha egalari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari hamda fermerlar ishtirok etdilar. Seminarda kuzgi shudgorlashni to‘g‘ri tashkil etishning qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olishdagi ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tilib, mavzu yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Nov, 13:26


Sektor rahbarlari aholi bilan muloqotda!

Xabaringiz bor, haftaning har payshanba kuni Kitob tumanida sektor rahbarlari hamda barcha tashkilotlar ishtirokida fuqarolar qabuli doimiy o`tkazilib kelinadi. An`anaga muvofiq, bugun ham Xalq qabulxona binosida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi barcha sektor rahbarlari, hokim o`rinbosarlari boshchiligidagi mas`ullar aholimiz muammolariga quloq tutishdi.

Uchrashuv davomida tumandoshlarimizdan 30 dan ortiq turli mavzudagi murojaat va takliflar kelib tushib, ularning har biri bo`yicha tegishli soha vakillarining nazorati ta`minlandi.

➡️Albatta, joylarda xalq bilan tashkil etilayotgan bu kabi ochiq muloqotlar mavjud muammolarning o`z vaqtida hamda manzilli hal etilishiga xizmat qiladi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Nov, 08:57


ҲУДУДИЙ ТАРМОҚЛАРАРО САНОАТ ЯРМАРКАСИДА ИШТИРОК ЭТИНГ!

Ҳурматли қашқадарёлик тадбиркорлар!

🔸Жорий йилнинг 22-23 ноябрь кунлари Қарши шаҳрининг "Олимпия ва паралимпия спорт манежида"да бўлиб ўтадиган "Ҳудудий тармоқлараро саноат ярмарка"сида иштирок этишга таклиф этамиз!

🔸Кўргазмада: Нефть ва газ саноати, электр энергетикаси, кимё саноати, чарм-пойабзал, тўқимачилик, электротехника ва фармацевтика саноати соҳасида фаолият кўрсатаётган барча тадбиркорлар иштирок этишлари мумкин!

🔸Тўлиқ маълумот учун:
📞+998919562101.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

21 Nov, 04:55


#диққат
#шошилинг
Китоб тумани бўйича мавжуд вакант лавозимларига навбатдаги очиқ мустақил танлов эълон қилинди❗️

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Қашқадарё вилояти филиали ташкилотлар билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🟡Китоб туманидаги Жовуз давлат ўрмон хўжалиги
—Ўрмон инспектори

🟡Китоб туманидаги Жовуз давлат ўрмон хўжалиги
—Иқтисодчи

🟡Китоб тумани Маъданият бўлими
—Бўлим бошлиғи

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

20 Nov, 13:07


Jamoatchilik nazorati haftaligi davomida Kitob tumanida mahalla fuqarolar yig‘inining kengashi tomonidan ijro etuvchi organlari rahbarlarining hisobotlari tinglanmoqda

Jumladan, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Farhod Uzoqov Ali Qushchi MFY fuqarolari oldida mahallada kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

17 Nov, 14:02


#Qashqadaryo

🇺🇿 Mag‘rur hilpiragin yurtim bayrog'i!

18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo yoshlari tomonidan viloyatimiz bo’ylab, ulkan bayrog’imiz xalqimizga bayram kayfiyatini ulashmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

17 Nov, 07:02


#Jadidlar_izidan_tanlovi

“Jadidlar izidan” tanlovini viloyat bosqichida Kitob tumani yoshlari yana bir bor o‘z ustunliklarini namoyish etishdi
(+video)

Mazkur tanlovga ishtirok etish uchun 24 mingdan ortiq o'quvchilardan onlayn ariza tushgan bo'lib, tanlovning tuman(shahar) bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichida ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra

6-8 sinflar o'rtasida:

Kitob Tumani Quvvatova Farizoda Misliddin Qizi 1-O'rin

Yakkabog' tumani 12-maktab Raxmatova Shaxnoza 2-o'rin

Ko'kdala tumani 84-maktab Jo'rayeva Aziza 3-o'rin

9-10 sinflar o'rtasida:

Kitob tumani  4-maktab Azimova Jasmina 1-o'rin

Nishon tumani 18-maktab To'lqinov Ilxom 2-o'rin

Chiroqchi tumani 52-maktab Mirzayeva Mushtariy 3-o'rin


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

17 Nov, 05:54


#yashil_makon2024🌳
“Yashil makon”ni birga yaratamiz!

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish jarayonlari qizg‘in pallada.

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Kitob tumani Kengashi rahbari boshchiligida "Mahalla servis kompaniyasi"  “Denov” mahallasi  yettiligi bilan 500 tup pavloniya manzarali daraxt ko‘chatlarini ekib,  “Mahalla bog‘i”ni yaratish uchun ilk qadamni tashlandi.

Shuningdek, tumandagi barcha mahallalar aholisi o'rtasida ham keng targ'ibot tadbirlari ham tashkil qilinib, mevali va manzarali ko'chatlar ekish jarayonlari davom etmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

17 Nov, 04:25


O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani investitsiyalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari Baxtiyor Karimov boshchiligida  ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning London shahriga biznes-missiyasi tashkil etildi.

Tashrif davomida, O‘zbekiston vakillari Britaniyaning AKS Service, Concrete Canvas, Lemar Food LTD, Trade Development yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazishdi.

Ularda Kitob tumani hududida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, yangi ish joylarni tashkil etish, tibbiy muassasalarni qurish, hududda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni Britaniya bozoriga eksport qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvlar natijasida qator kelishuvlarga erishildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

16 Nov, 14:44


DIQQAT, HURMATLI TUMANDOSHLAR ❗️

😮 2024-yilning 18-noyabr kuni Kitob tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolar uchun "Inson qadri ulug'langan yurt" shiori ostida kouching tashkil etiladi.

🧮 Unda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Siz ham unda ishtirok etib, o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

📆 2024-yil 18-noyabr Soat: 11:00
🇺🇿 Manzil: Kitob tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi binosi

📝
Telegram | 💻 Instagram
📝
Facebook | 🎞 Youtube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

16 Nov, 11:54


Yurt obod, bozorlar to`kin!

Bozorlarimiz to’kin-sochinligi xalq farovonligining eng muhim omili, narx-navo barqarorligini taʼminlash esa, xalq roziligiga xizmat qiladi. Bu yo`nalishda ham Kitob tumanimizda ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari "Kitob dehqon bozori" MCHJda navbatdagi o`rganish olib bordi. O`rganishlar davomida savdo-sotiq jarayonlari, iste`molchilarning talab-istaklari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining joriy narx-navo holati e`tibor markazida bo`ldi. Kuzatuvlar davomida bozordagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining joriy narxi hamda zahira miqdorlari o‘rganildi.

✔️ Shundan so‘ng, bozor ma'muriyatiga narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

16 Nov, 08:54


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

16 Nov, 07:03


Jinoyat ishlari bo`yicha Kitob tumani sudi tomonidan yana 7 nafar shaxslar jazodan shartli ozod etildi

Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug`i bilan joriy yilning 11-noyabridan 2025-yil 2-yanvar kuniga qadar Respublikamizda jinoyatlarni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga qaratilgan xavfsiz hudud «Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri o`tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida Jinoyat ishlari bo`yicha Kitob tumani sudi sudyasi Husniddin Isayev tomonidan navbatdagi ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi. Unda 7 nafar shaxslar jazodan shartli ozod etildi. Mahkumlar o‘z vaqtida firibgarlik, o‘g‘rilik, talonchilik kabi jinoyatlar sodir etgan. Ular jazoni o‘tash jarayonida o‘zini yaxshi tutgani, mehnatga halol munosabatda bo‘lgani va qat'iy tuzalish yo‘liga o‘tgani sabab qonuniy yengilliklar berildi. 1 nafar mahkumga esa ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

16 Nov, 06:46


Aholiga arzonlashtirilgan ko`mir uzluksiz yetkazib berilmoqda

2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida O`zbekiston Respublikasi "Ko`mir ta`minot" mas`uliyati cheklangan jamiyati Qashqadaryo viloyati filiali Kitob tumani ko`mir omborida aholimiz uchun tonnasi 309 ming 800 so`m narxida arzonlashtirilgan ko`mir tarqatilmoqda.

Ayni vaqtda ko`mir omborida yana 9 vagon ko`mir kelib tushmoqda. Dushanba kunidan boshlab fuqarolarimiz uchun yana ko`mir tarqatish jarayonlari boshlanadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

15 Nov, 14:47


🚨Kitob tumanida « Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri doirasida mas`ul xodimlarga tegishli yo‘riqnomalar berildi

Xabaringiz bor, Respublikamiz bo`ylab jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini yanada oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida “Dolzarb 50 kunligi” oʻtkazilmoqda.

Shu maqsadda bugun Kitob tumanida ichki ishlar organlari va hamkor tashkitlotlar vakillariga mazkur profilaktik tadbiri doirasida yo‘riqnoma berildi. Yoʻriqnomada tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari Kitob tumanini jinoyatlardan holi hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga eʼtibor qaratish lozim boʻlgan holatlar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berishdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

15 Nov, 12:22


#yashil_makon_2024🌳
Kitob tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mamlakatimizda ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam boʻldi.

Bu borada Kitob tumanida ham joriy mavsum uchun amaliy harakatlar boshlab yuborildi. Jumladan, tumandagi "Mingchinor" o`tish posti yo`l yoqalari obodonlashtirilib, atrofiga 500 ga yaqin manzarali daraxt va gul ko`chatlari o`tqazilmoqda. Jarayonlarda, tuman hokimi Rustam Gafurov hamda tuman prokurori Sobirjon Temirovlar ham ishtirok etishdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 13:09


Kitob tumanida "Tashabbusli byudjet" orqali yana bir mahallaning elektr ta`minoti yaxshilandi

Kitob tumani "Sariosiyo" MFY "Tashabbusli byudjet" jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, elektr ta`minotini yaxshilash bo`yicha qo`ygan taklifi eng ko`p ovoz to`plagan loyihalar sifatida g`olib deb topilgan edi.

Mazkur loyiha doirasida hududda quvvati 400 kVa bo`lgan 3 ta yangi transformatorlar, olib kelib o`rnatildi. 4,7 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortildi. Mavjud yaroqsiz simyog`ochlar 142 dona beton ustunlarga almashtirildi. Bu orqali mahalla ahlining elektr bilan bog`liq muammolari butunlay barham topdi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 12:17


🔮Протез-ортопедия воситалари барча муҳтож шахсларга бериляпти

Йил бошида президент қарорига асосан муҳтож шахслар учун протез-ортопедия мосламалари ва реабилитация воситаларини ваучер асосида электрон тижорат орқали олиш тизими ишлаб чиқилди. Янги рақамли тизим жорий этилиши билан бу жараён анча соддалашгани ва самарали бўлгани ҳақида ёзгандим.

Хабар беришларича, 1 ноябрдан бошлаб бу воситалар ким мухтож бўлса, ҳаммага берилмоқда. Бугунга қадар 80 минг одам қамраб олинган, йил охиригача 100 минг кишини қамраб олиш режалаштирилган.

Бунинг учун фуқаролар қаерга мурожаат қилишлари зарур:


Ўзлари яшаётган туман (шаҳар)даги “Инсон” ижтимоий хизматлар марказига; (Тўлиқ манзили бу ерда)
Ўз маҳалласидаги ижтимоий ходимга мурожаат қилиш.
Қўшимча маълумот учун Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг 1140 қисқа рақамига қўнғироқ қилишлари мумкин.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 11:10


📣📣📣DIQQAT E'LON

Hurmatli fuqarolar!

Jahon taraqqiyot banki hamda, Jahon xalqaro uyushmasi hamkorligida Shahrisabz shahar, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog' Chiroqchi tumanlari uchun yagona bo'lgan yangi formatdagi biznes markasi o'z faoliyatini boshladi.

Ushbu markazda
1- Imtiyozli kreditlarga (Garovsiz) ariza
2- Auksion xizmatlari (Sotish va sotib olish)
3- Sug'urta xizmatlari (Zararni qoplab berish)
4- Soliq va Bojxona xizmatlari
5- Biznes reja xizmati
6- Marketing xizmatlari
7- My gov xizmati
8- Tender savdolaridan foydalanishingiz mumkin.


Bizning manzil: Shahrisabz shahri Qoziguzar MFY tarixiy maydon, mo'ljal hunarmandlar savdo majmuasi

Murojaat uchun telefonlar:
+99899 000-67-90
+99897 750-06-95


"SHAHRISABZ GLOBAL BIZNES INKUBATOR" MCHJ sizning xizmatingizga tayyor.

https://t.me/Shahrisabz_Biznesinkubator

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 11:00


"QASHQADARYO AXBOROTI"
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining VII chaqiriq, 1-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

#9nov #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
https://t.me/qashqadaryo_trk

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 10:37


"QASHQADARYO AXBOROTI" Kitob tumanida xotin - qizlarni qoʻllab - quvvatlash masalasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

#9nov #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉
https://t.me/qashqadaryo_trk

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 07:43


Kitob tumanidagi barcha maktablarida II chorak darslari muvaffaqiyatli boshlandi

Xabaringiz bor, bugundan maktab o`quvchilari uchun kuzgi ta`til tugab, II chorak darslari boshlandi. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mudiri Mansur Joniyev bir nechta ta`lim maskanlarida bo`lib, ta`lim jarayonlari, maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o`rganish olib bordi.

Ma`lumot o`rnida, viloyatimiz hokimining tegishli farmoni bilan hududdagi barcha ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarida 4-noyabrdan isitish mavsumi boshlanishi belgilangan. Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun bu yil ham mahalliy byudjet hisobidan zarur mablagʼlar ajratilib, 9 ta umumta`lim maktabida jami 60 ta yangi tejamkor isitish qozonlari oʼrnatildi. Ko`rilgan choralar natijasida bugungi kunga kelib jami 86 ta ta`lim muassasalarining isitish tarmoqlari mukammal ta`mirdan chiqarildi. Tayyorgarlik ishlarining oʼz vaqtida bajarilishi va sifatini nazorat qilish maqsadida masʼul vakillar, hududiy nazoratchilar biriktirildi. Kuz-qish mavsumida taʼlim muassasalarining barqaror ishlashini taʼminlash uchun 5875 tonna koʼmir zaxirasi yaratildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 04:40


11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni!

Hurmatli O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi xodimlari, sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan Kitob tumani hokimligi nomidan muborakbod etamiz. Mamlakatimiz mehnat bozorida inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz.👏👏👏

🔖Ma`lumot o`rnida, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli qonuniga muvofiq, 11-noyabr O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining rasmiy kuni sifatida belgilangan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

11 Nov, 04:34


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Икки муқаддас масжид ходими - Саудия Арабистони Подшоҳи Салмон бин Абдулазиз Ол Сауднинг таклифига биноан амалий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Служителя двух святынь – Короля Саудовской Аравии Салмана бин Абдулазиза Аль Сауда отбыл в эту страну с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #SaudiyaArabistoni

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

10 Nov, 14:48


❗️❗️❗️
⚡️Эртага, 11 ноябрь мактабларда II чорак дарслари бошланади, II чорак 27 декабрь кунига қадар давом этади

Мактабларда таътил муддатлари Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йилдаги "Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида"ги қарорига асосан белгиланган.

Қарорга кўра:

Мактаб ўқувчилари учун кузги таътил 6 календарь кун, яъни 10 ноябргача давом этади, II чорак эса 11 ноябрь (душанба) кунидан бошланади. II чорак дарслари эса 27 декабрь кунига қадар давом этади, қишки таътил 28 декабрдан бошланиб, 14 календарь кун давом этади.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

10 Nov, 03:06


✨️#tabrik
Kitob tumani hokimi Rustam Abdirasulovich Gafurovning "Tibbiyot xodimlari kuni"  munosabati bilan sog`liqni saqlash sohasi vakillariga bayram TABRIGI

Аssalomu alaykum, muhtaram tibbiyot xodimlari!
Аziz shifokorlar!


Sizlarni kasb bayramingiz – tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman. Siz hayotini tibbiyot sohasiga bagʼishlagan, shu sohaning rivoji uchun qoʼlidan kelgan barcha ishni qilayotgan, aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat koʼrsatayotgan fidoyi kishilarsiz. Xalqimiz sizning timsolingizda insonlar hayotini saqlashdek oliyjanob vazifani oʼz zimmasiga olgan va buni sharaf bilan ado etayotgan, dardlariga darmon berib, oilalarga quvonch va baxt ulashayotgan fidoyi, jonkuyar insonlarni koʼradi.
Shuning uchun ham Siz hamisha xalqimizning eʼzozida, eʼtiboridasiz. Elimiz sizni “Sogʼliqni saqlash posbonlari”, deb ulugʼlaydi.

Qadrli tibbiyot xodimlari!

Prezidentimiz inson uchun eng muhim narsa salomatlik va xotirjamlik ekanini qayta-qayta taʼkidlamoqdalar. Shuning uchun ham sogʼlikni saqlash sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor berilmoqda. Tibbiyot sohasining moddiy texnika bazasi mustahkamlanmoqda. Birgina bizning tumanda ham murakkab jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni siz hayotga tatbiq etayapsiz.

Hurmatli shifokorlar!

Inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligi, shifokorlar ana shu boylikning posbonlaridir. Yana bir bor Siz azizlarni kasb bayramingiz – tibbiyot xodimlari kuni bilan tabriklayman. Sizlarga tani sihatlik, xotirjamlik, oilaviy baxt, uzoq umr tilayman. Yuzingiz hamisha yorugʼ, boshingiz baland boʼlsin. Qoʼllaringiz aslo dard koʼrmasin, muhtaram shifokorlar.


Cheksiz hurmat va samimiy ehtirom bilan
Kitob tumani hokimi
Rustam Gafurov


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

10 Nov, 03:06


Тиббиёт ходимлари куни муборак бўлсин!

Ҳаммамизга маълумки, 2006 йил 12 сентабрда қабул қилинган “Ўзбекистон Республикаси Тиббиёт ходимлари кунини белгилаш тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ ҳар йили ноябр ойининг иккинчи якшанбаси мамлакатимизда “Тиббиёт ходимлари куни” байрам сифатида кенг нишонланиб келинмоқда.

Қадрли шифокорлар, ўзингизга юклатилган улкан вазифаларни бажаришда собит турган сиз азизларни, ўз касбига фидойи бўлган инсонларни – ўзим ва туманимиз аҳли номидан “Тиббиёт ходимлари куни”, байрамингиз билан чин юракдан самимий қутлайман ва халқ саломатлиги йўлидаги ишларингиз ҳамиша бардавом бўлишини, тилайман!

Албатта, барчангизга, соғлик- саломатлик, узоқ умр, оилавий бахт ва улкан марраларни забт етишингизга тилакдошмиз! Байрамингиз муборак бўлсин!


🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Nov, 12:14


Ayollar daftaridan — doimiy daromad sari!

Mamlakatimizda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumandagi "Alaqo`yliq" MFY da istiqomat qiluvchi Muqaddas Boqiyevaga yil boshida "Ayollar daftari" hisobidan "Oilaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida tuman Xalq banki tomonidan 33 million so`m imtiyozli kredit ajratilgan edi. Mazkur kredit asosida xonadonda 6 sotixli issiqxona barpo etildi. Ayni vaqtda issiqxonada bulg`or qalampirlari yetishtirilmoqda. Tasvirlardan ham ko`rish mumkinki, qilingan mehnatlar besamar ketmagan, nihollar hosilga kirgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Nov, 11:56


🖼️#inson_qadri_uchun
Kitob tumanida xayrli ishlar davom etmoqda

Jismonan nuqsoni bor fuqarolarimizning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Kitob tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan yana 2 nafar fuqarolarimizga nogironlik aravachalari (katlamali elektron nogironlar aravachalari) yetkazib berildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Nov, 08:00


🍎 Деновболанинг серсув олмалари ҳақида эшитганмисиз?

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

09 Nov, 08:00


Kuz ne`matlari!

Kitob tumanidagi Denovbola qishlogʼi dengiz sathidan qariyb uch ming metr balandlikda, togʼ bagʼrida joylashgan soʼlim tabiatli, shirinsuv buloq va chashmalarga boy manzillardan biri.

Mamlakatimizda aholi yashaydigan manzillarni yanada obod qilish borasidagi ezgu islohotlar togʼli qishloqlargacha yetib borgan. Denovbola qishlogʼiga borar ekanmiz, togʼ yoʼlining tekis va ravon asfaltlanganiga guvoh boʼldik. Qiynalmay manzilga yetib bordik.

Qishloqda yashovchi aholi asosan tojik millatiga mansub boʼlib, nomi ham tojikchadan olingan “dehnavbolo”, yaʼni oʼzbek tilida “katta yangi qishloq” degan maʼnoni anglatar ekan.

Qishloqning tabiati salqin va bahavo boʼlgani uchun olma daraxtlari bu yerda baravj oʼsadi. Hosili juda sersuv va sifatli boʼladi. Buni yaxshi anglagan denovbolalik bogʼbonlar gektarlab maydonlarda “kripson”, “golden”, “saltanat” kabi olma navlarini yetishtirmoqda...Batafsil o`qish.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Nov, 17:28


М.Б. Азимовни Қашқадарё вилояти ҳокими лавозимига тайинлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони

Батафсил: https://uza.uz/posts/654397

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Nov, 17:20


"Тахтақорача" довонида транспорт воситаларининг ҳаракати тикланди

Самарқанд ва Қашқадарё вилоятларини боғловчи "Тахтақорача" довонида содир бўлган ҳодиса сабабли транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча чекланган эди.

Ҳодиса оқибатларини бартараф этиш учун зарурий чоралар кўрилди.

Айни вақтда довон йўлида транспорт воситаларининг ҳаракатига рухсат берилди.

👉 @YHXX_UZ

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Nov, 16:02


"Taxtaqoracha" dovonida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot

Bugun, 6-noyabr kuni soat 16:00 da Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidan o‘tgan M-39 yo‘lining 1138 km.da “Kitob-Samarqand” yo‘nalishida harakatlangan “Cobalt” rusumli avtomobilni tog‘ qiyaligidan yog‘ingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam xarsangtosh  tushib, bosib qolgan.

Hodisa oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan 3 nafar inson vafot etgan.

Hodisa joyiga FVV qutqaruchilari boshchiligida YPX, Tez tibbiy yordam hamda boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etdi.

"Taxtaqoracha" dovoni transportlar harakati uchun tez orada qayta ochiladi.

Respublikamiz hududlaridagi dovonlar orqali harakatlanuvchi haydovchilardan yog‘ingarchilik mavsumidagi vaziyatdan kelib chiqib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari, xavfli uchastkalarga transport vositalarini to‘xtatmasligi hamda ogohlantiruvchi va ta'qiqlovchi belgilarga rioya etishlarini so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Nov, 12:58


#муносабат
Китоб тумани «Тахтақорача» довонида юз берган фавқулодда ҳолат юзасидан масъул ташкилотлар иштирокида махсус гуруҳ тузилиб, тезкор чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Бунинг учун тизимдаги зарур куч ва воситалар жалб этилган.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Nov, 12:58


"Тахтақорача" довони автомобиллар ҳаракати учун вақтинча ёпилди

Бугун, 6 ноябрь куни Қашқадарё вилоятининг Китоб туманидан ўтган Самарқанд ва Қашқадарё вилоятларини боғловчи М-39 автомобиль йўлининг 1138-километрида содир бўлган бахтсиз ҳодиса сабабли "Тахтақорача" довонида транспортлар ҳаракати вақтинча тўхтатилди.

Довонининг қайта очилиши бўйича қўшимча маълумот берилади.

👉 @YHXX_UZ

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

06 Nov, 09:47


⭕️⭕️⭕️
⭕️⭕️⭕️⭕️
⚡️ Kitob tumanida 2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida Shtab tashkil etilgan

❄️ Ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda ko‘plab muammolar yuzaga kelishini inobatga olib, 2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Kitob tumani hokimligida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Fuqarolar, o‘z murojaatlarini mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishlari mumkin. Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

😀Murojaat uchun telefonlar:

🏢 Kitob tumani hokimligi markaziy shtabi:
☎️ 75-542-86-30

Shtab rahbari – Kitob tumani hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o`rinbosari Farhod Usmonov;
☎️ 75-542-86-30
☎️ 97-799-33-04

Kitob tumani qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi bo`limi boshlig`i Damir Shodiyarov;
☎️ 97-799-04-15

🔥Kitob tumani Gaz ta’minoti bo‘lim boshlig‘i Nasim Ahmedov;
☎️ 98-222-87-01
☎️104, 75-542-52-14(dispetcher)

⚡️Kitob tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Baxtiyor Jo‘rayev;
☎️ 98-775-48-44
☎️ 75-542-22-14
☎️ 75-542-85-63 (dispetcher).

🚰Kitob tumani "Suv ta’minoti" korxonasi boshlig‘i Rustam Sultonov;
☎️ 90-897-01-05
☎️ 75-542-52-29

🏫 Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mudiri Mansur Joniyev;
☎️ 90-608-96-70

🚑 Kitob tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Anvar Hasanov;
☎️ 91-952-46-14
☎️ 103 (dispetcher).

🚒Kitob tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Aziz Boltayev;
☎️ 91-223-57-56
☎️ 101; 75-542-51-01 (dispetcher)

🚓Kitob tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Alijon Jumanazarov;
☎️ 91-263-30-50
☎️102. navbatchi (dispetcher) 75-542-51-12

🚓 Kitob tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Shaxtiyor Otaqulov;
☎️ 97-388-03-08

🏫 Kitob tumani yo‘llardan foydalanish Korxonasi boshlig‘i Tolib Achilov;
☎️ 99-945-24-48

🚛 "BI-SAY" MCHJ rahbari  Asror Mansurov.
☎️ 88-131-03-02

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

05 Nov, 16:07


Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Бишкек шаҳрига келди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

05 Nov, 14:29


🇺🇿Kitob tumanida Ichki ishlar xodimlari kuni keng nishonlandi

Xabaringiz bor, 1991-yil 25-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 270-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil qilingan edi. 2006-yil 6-dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq esa ushbu sana, ya’ni 25-oktabr O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni etib belgilandi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganiga 33 yil to‘ldi.

Mazkur sana munosabati bilan bugun Kitob tumanida katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat IIB mas`ullari, tuman Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi, nafaqadagi faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so`z olganlar chki ishlar tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tishdi va o‘z hayotini fuqarolarimizning tinchligi hamda osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlab kelayotgan organ xodimlarini, tinglovchi-kursantlarni hamda faxriylarni bayram bilan samimiy muborakbod etishdi.

Tadbir tumanimiz ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Tumanimizning taniqli san’atkorlari tomonidan ona Vatan, do‘stlik, muhabbatni tarannum etuvchi go‘zal-kuy qo‘shiqlar yangradi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

01 Nov, 13:48


🏢Kitob tumani markazida loyiha qiymati qariyb 14 milliard so`mga teng bo`lgan zamonaviy maktab qurilmoqda

So`nggi yillarda mamlakatimizda ta`limga e`tibor tubdan yaxshilanmoqda. Mavjud ta`lim maskanlarini ta`mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Kitob tumani markazida joylashgan 5-sonli umumta`lim maktabida loyiha qiymati qariyb 14 milliard so`mga teng bo`lgan 2 ta besh qavatli, 1830 o`ringa mo`ljallangan yangi o`quv binolari qurilmoqda. "Dosanrus" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur qurilish jarayonlari viloyat Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining malakali mutaxassislari hamda tuman hokimligi tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Oct, 12:56


Fuqarolar qabuli: muammo va yechimlar

Davlat organlarining “Xalq bilan muloqot” qilishi tamoyilini hayotga tatbiq etish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan fuqarolar qabullari aholi muammolarini oʻz vaqtida hal etilishiga xizmat qilmoqda.

Xuddi shunday qabullardan biri Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari, Xalq qabulxona mudiri Abdishukur Omonov hamda hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari va korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida bo`lib o`tdi.

📝Qabulda fuqarolar tomonidan bir qancha murojaatlar yo'llangan bo'lib, mazkur murojaatlarning ba'zilari shu yerda hal etilgan bo'lsa, qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, mutasaddilarga yo‘naltirildi va ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

31 Oct, 11:21


Tuman hokimining va`dasi bajarildi

Xabaringiz bor, Kitob tumani hokimi Rustam Gafurovning hududlarda aholi muammolarini o`rganish maqsadida fuqarolar bilan doimiy sayyor qabullar o`tkazayotgani haqida tuman hokimligining rasmiy sahifalari orqali ma`lum qilib boramiz.

Mas`ullarimizning "Sanam" MFY da o`tkazgan xuddi shunday qabullaridan birida mahalla ahlining elektr ta`minotini yaxshilash uchun qo`shimcha transformator zarurligi haqida murojaat bilan chiqishgandi va o`shanda tuman rahbari tomonidan ushbu murojaat qayd etilib, ijrosi nazoratga olingan edi.

Bugun mazkur mahallada Kitob ETK xodimlari tomonidan quvvati 400 kVa bo`lgan yangi transformator olib kelib o`rnatildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

30 Oct, 15:06


Kitob tumanida sport sinovlarini topshirishda yuqori natija koʻrsatgan faol aholi vakillari ko`krak nishonlar bilan taqdirlandi

Mamlakatimizda aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etilgan. Mazkur baholash tizimi bo‘yicha yurtimiz bo`ylab turli sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligi aniqlanishi hamda sport sinovlari ishtirokchilariga 11 ta yosh toifasi bo‘yicha egallagan o‘rni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari berilishi belgilangan.

Bugun Kitob tumanidagi sport sinovlarining ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib gʻolib va sovrindor boʻlgan mahalla tizimi xodimlari hamda aholi vakillariga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari (guvohnomasi) topshirildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

30 Oct, 11:17


“HET BILLING” mobil ilovadan foydalanish bo‘yicha yangi videoqo‘llanma tayyorlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida jamiyat tomonidan yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS operatsion tizimi orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

30 Oct, 07:31


🌱Kitob tumani dalalarida baraka urug‘lari unib chiqdi

Kitoblik g‘allakorlarimizning astoydil qilayotgan mehnatlari natijasida kelgusi yil hosili uchun ekilgan g‘alla urug‘lari birma-bir unib chiqmoqda.

Mavzuga doir: 2025-yil g‘alla hosili uchun tumandagi 232 ta fermer xo‘jaliklarida 2 ming gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

30 Oct, 05:30


Vazir tashabbusi bilan Kitob tumani markazida yana bir universal sport maydonchasi qurildi

Xabaringiz bor, Yoshlarga oid davlat dasturining joylardagi ijrosi bilan tanishish maqsadida Sport vaziri Adham Ikramovning Kitob tumaniga tashrif buyurgani hamda hududdagi bir qator sport obyektlari va ommaviy sportni rivojlantirish borasida ularda  yaratilgan sharoitlar bilan tanishgani haqida ma'lum qilgan edik. O‘shanda vazir yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishi va erishayotgan yutuqlarini inobatga olib, zamonaviy sport maydonchasi qurib berishini bildirgan edi.

Yaqinda tuman markaziy o‘yingohi qoshida mazkur sport maydonchasi qurib foydalanishga topshirildi hamda tuman yoshlarining eng sevimli joylaridan biriga aylandi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

30 Oct, 05:22


#joy_nomlari_tarixi
Nega "Oyoqchi" deyilgan?

Professor Toʼra Nafasovda yozilishicha, "oyoq" turkiy va moʼgʼul tillariga oid qadimiy soʼz. XI asr turkiy tilda ayaq soʼzi kosa, yogʼoch kosa, tovoq, idish maʼnosida ishlatilgan.

📝XV-XVI asrdagi oʼzbek tili yodgorliklarida ayoq-ayogʼ, ayoqchi-ayogʼchi soʼzlari koʼp qoʼllangan. Jumladan, Аlisher Navoiy asarlarida oyoq-ayogʼ-qadah, jom; may; kosa maʼnolarida, ayoqchi-ayogʼchi soqiy, may quyuvchi maʼnosida ishlatilgan.

☑️Qozoq, uygʼur, qoraqalpoq, qirgʼiz, qumiq, qorachay-bolqor, nugʼoy, boshqird, oltoy, turk tillarida ayaq-kosa, tovoq, hajm oʼlchov birligi, qadax, piyola maʼnolarini anglatgan. Yoqut tilida ayax-teshik, kirish yoʼl, teshik oʼrni, ogʼiz, qimiz ichadigan katta tovoq (jom) maʼnolarini bergan. Moʼgʼulchada ayaga-ayagʼa-kosa, tovoq maʼnosini bildiradi. Toʼra Nafasov. “Oʼzbekiston toponimlarining izohli lugʼati”. “Oʼqituvchi” nashriyoti. 1988 yil. 9-bet.

ℹ️Xo`sh, bu haqda oyoqchiliklarning oʼzlari nima deydi?! Mahalla raisi Аktam Poʼlatovning aytishicha, keksalar, mahalla ziyolilari Oyoqchi aslida Аyoqchi boʼlgani va idish maʼnosini bildirganini aytishgan. Chunki Oyoqchi jarliklaridagi oq-sargʼish tuproq kulolchilikka mos keladi va oyoqchiliklar qadimda kulolchilik bilan shugʼullanishgan. Yaqin vaqtgacha ham ushbu tuproqlardan tandir yasab sotishgan.

👉Hozirga qadar tuproq kavlanganida juda koʼp katta-kichik koʼzalar chiqadi. Demak, "Oyoqchi" soʼzi aslida Аyoqchi boʼlib, idish yasovchi degan maʼnoni bildiradi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
🔍https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

📱Facebook | 📱Instagram | 🇺🇿Web sayt| 🕊Telegram | 🕊Twitter | 📺YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

29 Oct, 13:19


Ахborot 24 | Kitob tumanida Musiqa va san’at maktablari faoliyatini takomillashtirishga bag’ishlangan Respublika darajasidagi seminar o‘tkazildi

#29oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

29 Oct, 05:49


🟥🟥🟥
🟥🟥🟥

    Hurmatli tumanimizning iqtidorli xotin-qizlari diqqatiga!!!

      Joriy yilning 5-noyabr kuni "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining Kitob tumani bosqichi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tanlovga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan, mazkur  tanlovda ishtirok etish istagidagi iqtidorli, zukko va tashabbuskor qizlar quyidagi yo'nalishlarda:

➡️Adabiyot yo'nalishi;
➡️San'at yo'nalishi;
➡️San'at (tasviriy, amaliy bezak, dizayn);
➡️Madaniyat yo'nalishi;
➡️Ta'lim yo'nalishi;
➡️Fan yo'nalishi;
➡️Sport yo'nalishi;
➡️Jamoatchilik yo'nalishi
bo'yicha Kitob tumani Oila va xotin-qizlar bo'limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Murojaat uchun:
📞+99897-633-41-14
📞+99894-335-06-16

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

29 Oct, 05:21


Umringdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek!

Aziz Yurtdoshlar!


Jonajon O‘zbekistonimizning betakror tabiati, uning boy o‘simlik va hayvonot olami, go‘zal bog‘ va xiyobonlari milliy boyligimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu neʼmatlarni ajdodlarimiz bir necha yuz yillar asrab-avaylab, kelgusi avlodlar uchun ulkan meros qilib qoldirganlar.

Dono xalqimizda, “Umringdan bir kun qolsa ham ko‘chat ek”, degan hurhikmat naql bor. Ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan milliy qadriyat va anʼanalarimizning ajralmas qismi bo‘lmish daraxt ekish, bog‘u gulzorlar yaratish borasidagi go‘zal odatlarimiz bugungi kunda yangi maʼno-mazmun bilan boyib, keng miqyosda davom etmoqda.

Barchamiz uchun muqaddas beshik bo‘lgan ona vatanimizning betakror tabiati, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish, uni avlodlarimizga bezavol yetkazishda buyuk bunyodkorlik salohiyatimizni amalda ko‘rsataylik!


Batafsil 👉 bu yerda

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

24 Oct, 14:33


Kitob tumani hokimi xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan navbatdagi onlayn muloqotini o`tkazdi

Bugun Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas`ullar xorij mamlakatlarida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqotini o`tkazdi.

Videokonferensiya aloqa shaklida bo`lib o`tgan mazkur uchrashuvda ayni kunda Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Shvetsiya, Saudiya Arabistoni hamda Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan 30 dan ziyod taʼlim va mehnat migrantlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tumanimiz yoshlaridan turli masalalarda, xususan, tadbirkorlik imtiyozlaridan foydalanish, kredit olish, yer va binolardan foydalanish hamda boshqa masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat mas`ullar tomonidan birma-bir qayd etilib, ularning ijrosi yuzasidan tuman rahbarining nazorati belgilandi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  Telegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

24 Oct, 10:09


Kitob tumani mas`ullari ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi

Xabaringiz bor, haftaning har payshanba kuni Kitob tumanida sektor rahbarlari hamda barcha tashkilotlar vakillari ishtirokida fuqarolar qabuli doimiy o‘tkazib kelinadi.

An'anaga muvofiq, bugun ham Xalq qabulxonasi binosida ana shunday qabul tashkil etildi. Unda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi sektor rahbari,  qabulxona mudiri Abdushukur Omonov boshchiligidagi mas'ullar aholimiz muammolariga quloq tutishdi.

Uchrashuv davomida tumandoshlarimizdan 20 ga yaqin turli yo‘nalishlar bo‘yicha murojaat va takliflar kelib tushib, ularning har biri bo‘yicha tegishli soha egalarining nazorati ta'minlandi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

24 Oct, 04:32


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 2 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

23 Oct, 13:43


Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

23 Oct, 11:00


✔️ MENING TANLOVIM -OBOD VATANIM!

Kitob tumani "Hoja Buxoriy" jome` masjidi imom xatibi noibi Avloqul Qodirov barcha tumandoshlarimizni 27-oktabr kuni bo`lib o`tadigan saylovlarda faol ishtirok etishga chorlamoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

23 Oct, 10:25


❗️❗️❗️
🎪Цирк томошаларига марҳамат!

❗️Тумандошларимизга хуш кайфият улашиш мақсадида Китоб туманида «Акула» шапито Цирк жамоаси меҳмон бўлиб турибди. Цирк томошалари 23-октябрдан 3-ноябргача ҳар куни соат 18:00-да, Шанба ва якшанба кунлари 15:00 да ва 18:00 да бўлиб ўтади.

Саҳнада Масхарабоз ва акробатлар чиқиши, ёввойи ҳайвонлар билан тайёрланган номерлар каби бир қанча қизиқарли томошалар намойиш этилади.

П.С: Оилавий мароқли ҳордиқ ҳамда хуш кайфият тилаймиз!

📍Манзил: Китоб тумани марказий стадионида
Локация

Мурожаат учун:
📞+998931694222

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

22 Oct, 12:10


Kitob tumanida «Yoshlar sayli» o‘tkazildi

Kitob tumanida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda 27-oktabr kuni bo’lib o’tadigan saylov jarayonlariga yoshlar faolligini oshirish maqsadida "Yoshlar sayli" o‘tkazildi.

Targ`ibot tadbirlari davomida yoshlar o`rtasida zakovat, shaxmat, shashka, stol tennisi, volleybol musobaqalari, tasviriy san`at ko‘rgazmalari bo`lib o`tdi

Uchrashuv davomida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga saylov qonunchiligidagi yangiliklar, aralash saylov tizimi, uning mohiyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi hamda 18 yoshdan oshgan barcha yoshlarni saylov jarayonlarida faol bo‘lishga chaqirildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

22 Oct, 10:22


✔️ MENING TANLOVIM — OBOD VATANIM!

Kitob tumanidagi «AL HAYAT» xususiy klinikasi rahbari, oliy toifali shifokor, Nevrolog Orzimurod Turaboyev barcha tumandoshlarimizni 27-oktabr kuni bo`lib o`tadigan saylovlarda faol ishtirok etishga chorlamoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

22 Oct, 06:09


"E-auksion" platformasida 46 mingdan ortiq tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

🔹 G'uzor tumanidan (ko'rish)
🔹 Dehqonobod tumanidan (ko'rish)
🔹 Qamashi tumanidan (ko'rish)
🔹 Qarshi tumanidan (ko'rish)
🔹 Koson tumanidan (ko'rish)
📍 Kitob tumanidan (ko'rish)
🔹 Mirishkor tumanidan (ko'rish)
🔹 Muborak tumanidan (ko'rish)
🔹 Nishon tumanidan (ko'rish)
🔹 Kasbi tumanidan (ko'rish)
🔹 Ko'kdala tumanidan (ko'rish)
🔹 Chiroqchi tumanidan (ko'rish)
🔹 Shahrisabz tumanidan (ko'rish)
🔹 Yakkabog' tumanidan (ko'rish)
🔹 Qarshi shahridan (ko'rish)
🔹 Shahrisabz shahridan (ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

22 Oct, 04:32


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 4 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube