Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 dekabrdagi PQ-465 sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida G‘uzor tumanidagi hududlarda amaliy seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu galgi seminarning manzili “Navbahor” hududidagi "Davlatov Asilbek" bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi dala maydoni bo‘lib, dala chetlariga mevali daraxt ko‘chatlarini ekish masalasi dolzarbligi haqida taʼkidlandi.
Seminarda tuman hokimi Bekzod Suyunov, tuman prakurori Rustam Sayfiyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sarvar Qalandarov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamol Xurramov, Agroinspeksiyaning tuman bo‘limi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tuman bo‘limi, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limining tuman rahbar va vakillari hamda hudud raislari ishtirok etdi.
Bunda ham dastlab Prezident qarorining mazmun mohiyati fermerlar uchun berilgan imtiyoz va taʼsirchan choralar haqida soha mutaxassislari batafsil maʼlumotlar berishdi.
Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari uchun dala chetlariga mevali daraxt ko‘chatlarini ekish usullari bo‘yicha bog‘bon va mutaxassislar tomonidan master klas o‘tkazildi.
Kanalga ulanish