Qitmir muxbir @qitmirmuxbir Channel on Telegram

Qitmir muxbir

@qitmirmuxbir


Бирор бир масалада журналист сифатидаги фаолиятимга қўшимча тарзда шахсий қарашларимни ҳам сўрашарди. Шу боис, Qitmir muxbir номли канал очиб, шахсий қарашларимни ҳам ёзиб боришга қарор қилдим. Маъқул келса, ўқирсиз!

Мурожаат учун @OtabekQuldoshev

Qitmir muxbir (Uzbek)

Qitmir muxbir kanali - bu sizning shaxsiy fikrlaringizni yozib olish uchun joy. Bu yerda biror bir masalada jurnalist sifatidagi faoliyatimda qo'shimcha tarzda shaxsiy qarashlarimni ham yozib boraman. Agar siz ham mening fikrlarimga quloq solmoqchi bo'lsangiz, kanalga obuna bo'ling va fikrlaringizni yozib qoldiring! Sizning fikrlaringiz muhim! Shuningdek, agar siz bilan birga boshqa mavzularda ham fikrlarimni almashmoqchi bo'lsangiz, @OtabekQuldoshev ga murojaat qiling. Qitmir muxbir kanali - bu sizning fikrlaringizni e'tirof etadi! Obuna bo'ling va qarashlaringizni yozib qoldiring!

Qitmir muxbir

07 Feb, 10:11


​​Ўз вақтида «Нодир худо» лақабини олиб, кўпчиликни қон қақшатган собиқ МХХ амалдори бармоқларидан айрилибди

Миллий хавфсизлик хизмати (ҳозир ДХХ) собиқ терговчиси Нодир Тўрақулов эҳтиётсизлик оқибатида бармоқларидан айрилибди. Бу ҳақда инсон ҳуқуқлари фаоли Абдураҳмон Ташанов маълум қилди.

«Қабулимга келган бир неча адвокатлар собиқ МХХнинг ўз вақтида «Нодир худо» лақабини олган жаллоди Нодир Тўрақулов 22-сонли колониядаги цехда эҳтиётсизлик ортидан тўртта бармоғидан ажрагани ҳақида маълумот беришди.

Муҳтарам президентимизнинг шижоати туфайли жавобгарликка тортилган бу кимса ҳақида турли афсоналар юради. Эҳтимол, унинг қилмишларининг бир қисми қонун назоратидан четда қолгандир, унинг зулмини Яратганга ҳавола қиламиз», деб ёзди у Facebookʼдаги саҳифасида.

Тўрақулов 2018 йилнинг бошларида, президент Шавкат Мирзиёев Сурхондарё вилоятининг Қизириқ туманида фаоллар билан учрашув вақтида МХХнинг вилоят бошқармаларидаги ходимларини кескин танқид қилганидан кейин қамоққа олинганди. 2018 йил октябрида у 16 йил муддатга озодликдан маҳрум этилган ва 81 млн сўм миқдорида (9,7 минг доллардан ортиқ) жаримага тортилганди.

Qitmir muxbir

01 Feb, 18:01


Xalqimizda “qiz bola oʻqib, shahar olib berarmidi”, degan gap yurardi. Holbuki, Oʻzbekiston tarixida uch nafar oʻqigan ayol hatto davlat rahbarligiga daʼvo qilgan

Mustaqil Oʻzbekiston tarixidagi uchta prezidentlik saylovlarida, jumladan 2007-, 2021- va muddatidan avval oʻtkazilgan 2023-yildagi saylovlarda oʻzbek ayollari ham erkaklar kabi prezidentlik uchun kurash olib borgan.

2007-yildagi saylovda Islom Karimovning raqobatchisi Dilorom Toshmuhammedova boʻlgan boʻlsa, 2021- va 2023-yildagi saylovlarda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga Maqsuda Vorisova hamda Robaxon Mahmudovalar raqobatchi boʻlgan.

Shunday ekan, oʻqiyman degan qizlar imkoniyatini past baholab, “shahar olib berarmidi”, deyishdan avval u vaqti kelsa davlat rahbarligiga intilib, nafaqat shahar, davlatni boshqarish imkoniyatiga ega boʻlishini esdan chiqarmaslik kerak. Axir Toshmuhammadova, Vorisova hamda Mahmudovalar oʻqib kam boʻlmadi-yu, toʻgʻrimi?

Qitmir muxbir

01 Feb, 16:54


2000-yil Oʻzbekiston prezidentligiga nomzod boʻlgan Islom Karimov raqibi Abdulhafiz Jalolovning qaysi javobini xushlamagan?

Mustaqil Oʻzbekiston tarixida 1991-yildan hozirga qadar yetti marta prezidentlik saylovlari oʻtkazilgan. Shundan toʻrttasida davlatni 25-yil boshqargan birinchi prezident Islom Karimov, qolganlarida amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning koʻpchilik ovozi bilan gʻolib chiqqan.

Ana shunday saylovlarning birida Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan Abdulhafiz Jalolov jurnalistlarga ovoz berish jarayonlari haqida gapirib, saylovda raqibi — “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi vakili Islom Karimovga ovoz berganini aytib, “qovun tushirgan”. U aynan shu gapi uchun birinchi prezidentning gʻazabiga uchragani aytiladi.

Bu haqda to‘liq ma’lumot olish uchun “Daryo”ning mana bu maqolasini oʻqib chiqish yetarli.

Qitmir muxbir

31 Jan, 12:28


Депутат Алишер Қодиров табиий газимизни ёқиб, уй иситган ёки овқат пиширган одамнинг косаси оқармайди деб ҳаммани алдаган экан, аслида фарзандига яхши таълим-тарбия бермайдиган, унинг ўқиши учун инвестиция киритмайдиган одамнинг косаси оқармайди деяпти ҳоким Эркинжон Турдимов.

Нима деб ўйлаяпсиз бу масалада депутат Қодиров ҳақми ёки ҳоким Турдимов?

Qitmir muxbir

30 Jan, 11:43


Қашқадарёнинг амалдаги тўққизинчи ҳокими Муроджон Азимов ва собиқ иккинчи ҳокими Озод Пармонов

Озод ака вилоятнинг Темир Хидировдан кейин, 1995—1998-йилларда бошқарган иккинчи ҳокими бўлиб, Китоб туманига раҳбарлик қилган йиллари тили аччиқлиги, борини борича дангал гапириши билан Ислом Каримов назарига тушган дейишади. Афсуски, у кишининг амалдан кетиши раҳбар ва ходим ўртасига совуқчилик солувчилар сабаб чиройли бўлмаган. Буни ўзи ҳам эслаб, кейинчалик ҳолат ўнгланганини айтганди.

Qitmir muxbir

30 Jan, 11:28


Тузатиш: Кадрда тўртинчи сектор раҳбари Сирожиддин Эшматов ҳам кўринган дейишди. Орқада келаётган экан. Раҳбарларни бир сафда кўриб ўрганганмизда, кейинги сафдагилар кўринмай қолибди

Qitmir muxbir

30 Jan, 11:24


Қашқадарё “бешлиги”, бироқ тўртинчи секторсиз, балки суратда кўринмагандир, хуллас, раҳбарият Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримовни ёд этган кўринади

Ислом Каримовнинг Қашқадарёга меҳри ўзгача бўлган, буни ўзи ҳам кўп такрорлаган.

Qitmir muxbir

30 Jan, 10:29


2024-yil noyabrida, kuppa-kunduz kuni Toshkent markazida bir necha yigit bir qizni o‘g‘irlab, tog‘ga olib qochib ketgan. Ular o‘rtasidagi bungacha qanday munosabat bo‘lgan, ular sevishganmi-sevishmaganmi, ahamiyatsiz. Eng muhim fakt shu - bir guruh barzangi, qilayotgan ishi jinoyat ekanini bila turib, bir odamni, uning xohish-irodasiga zid ravishda, o‘g‘irlagan. Tushunmaydigan “tupoy”lar uchun alohida yozaman: TOSHKENTDA ODAM O‘G‘IRLANGAN!

Hali ham bu dunyoda yaxshi odamlar bor. O‘sha o‘g‘irlash hodisasi bir xususiy ta’lim muassasasining kamerasiga tushib qolgan, u yerdagilar darhol “102”ga xabar bergan. Kameraga qizni o‘g‘irlashda ishlatilgan mashinaning avtoraqami ham tushgani uchun ko‘p o‘tmay o‘g‘irlashga bosh bo‘lgan shaxsga Yakkasaroy tuman IIB boshlig‘i, GAI boshlig‘i, jinoyat-qidiruv bo‘limi boshlig‘i ketma-ket telefon qilgan. Lekin hech kim uni na to‘xtata, na ortga qaytara olgan.

O‘sha kuni qizning onasi kechki mahal oxiri jinoyat-qidiruv bo‘limining xodimiga telefon qilib, qizining o‘g‘irlanishi haqida so‘raganida haligi xodim: “Bu o‘g‘rilik emas, sevgi”, deb javob bergan (padariga ming lan’at bunaqa melisaning - o‘zining qizini ham shunday o‘g‘irlab ketishsa, “bu o‘g‘rilik emas, sevgi” deb o‘tirarmikin o‘sha yaramas?!).

Shundan keyin qiz va uning oilasi uni o‘g‘irlagan shaxslar ustidan, ularning boshqa tahdidlari, harakatlari (bir necha bor o‘ldirib yuborish bilan tahdid qilgan, jismoniy kuch ishlatishlar ham bo‘lgan, qo‘lini kesishgan va hokazo) yuzasidan ichki ishlarga murojaat qilgan. “Sevgishunos” xodimlar bu arizalar bo‘yicha chora ko‘ravermagach, qiz va uning oilasini haligi o‘g‘ri-zo‘ravondan himoya qilmagach, 27-yanvar kuni qiz yana bir bor o‘g‘irlab ketilganidan keyin, noyabrdagi birinchi o‘g‘rilik videosi internetga chiqarilgan.

Endi chora ko‘risharmish, hamma aybdorlar qonunda belgilangan jazosini olarmish. Shu vaqtgacha chora ko‘rmaganlar-chi, ular ham jazosini oladimi?

Melisamiz bundan battar sharmandagarchiliklarni ham bezbetlarcha yengib o‘tgan, ming afsuski, bunisi ham yengib o‘tadi. Vaholanki, bunaqa voqeadan so‘ng nafaqat tuman yo shahar melisasi boshliqlari, balki butun tizim rahbariyati pogonlari yulib olingan holda ishdan haydalishi kerak edi - agar ularning o‘zida “qo‘l ostimdagi bunaqangi rasvo xodimlar bilan ishlash, ular sabab sharmanda bo‘lish jonimga tegdi”, deb ishdan bo‘shashga jur’at va farosat yetmasa. Bu qurib ketgur melisa tizimini tag-tubi bilan isloh qilish kerak.

Ey Xudo, podyezdlardagi velosiped va kolyaskalarni hech bir ogohlantirishsiz olib ketib (“o‘g‘irlab” deyaversa ham bo‘ladi), keyin uni ehson qilib yuboradigan, chet ellik turistdan pora so‘raydigan, bozorlarda odamlarning cho‘ntagidagi telefonlarini “o‘g‘irlab olib” o‘zicha aqllilik qilmoqchi bo‘ladigan, qizi o‘g‘irlanganlarni “bu o‘g‘irlik emas, sevgi” deb ovuntiradigan hamda yana boshqa har xil aqlbovar qilmas jinniliklarni o‘ylab topgan, topayotgan va hali yana topishi mumkin bo‘lgan kaltabin o‘zbek melisasiga ishimiz tushishidan o‘zing asra!

O‘sha gap - suv balosidan, o‘t balosidan va melisa balosidan o‘zing asra! Bularga qarshi boshqa bir chora, boshqa bir davo yo‘q.

Qitmir muxbir

30 Jan, 07:46


Нишон туман тиббиёт бирлашмасидан "янгилик"нинг зўри. Шифохона қаватларини белгилашнинг инновацион, чиқимсиз кўриниши

Кузатувчиларимиздан бирининг ёзишича, Нишон туман тиббиёт бирлашмаси масъуллари янги қурилган бино қаватини белгилашнинг чиқимсиз, осон усулини танлабди. Раҳбариятнинг пулни тежашга уриниши яхши, албатта. Бироқ, бунақа усулда бўлиши қанчалик тўғри?

Qitmir muxbir

29 Jan, 12:33


Деҳқонобод туман суди қарори билан 7 нафар ЙПХ ходими қамоққа олинибди

Улар уюшган гуруҳ манфаатларини кўзлаб пора олишда айбланаётган экан.

Qitmir muxbir

29 Jan, 05:15


Қаршида қор

Qitmir muxbir

29 Jan, 05:13


Дарвоқе, Вип залда шунақа даражада хизмат кўрсатилар экан, демак

Қойил, тасанно. Вип залмисан вип зал бўларканда😀👍

Qitmir muxbir

22 Jan, 17:56


“Халқимизни ўзимиз шиляпмизда, яна муттаҳам қиляпмиз. Кейин давлат ёмон деяпмиз, ким ёмон яна давлат ёмон” — Турдимов масъулларни танқидий “чақиш”лари билан яна саҳнага қайтди

Катта эҳтимол билан эндиликда ижтимоий тармоқнинг ўзбек сегментида Сирдарёдаги воқеалар ва Эркинжон Турдимовнинг раҳбарларни элакдан ўтказиши трендга чиқса керак.

Qitmir muxbir

22 Jan, 12:23


Мактабда ўқувчиларнинг формада юриши яхши албатта, аммо ўқитувчиларга босим ўтказиб, зўравонлик билан бунга эришиш хато.

Дарвоқе, видеодаги тирноқларини узун, «кўча аёллари» каби ўстирган опа Қарши шаҳридаги 23-мактаб директори экан.

Qitmir muxbir

22 Jan, 11:20


Адвокатга
ҳасрат қилган терговчи:
Одамнинг айби борми йўқми, бўлса – қанақа эҳтиёт чорасига ёки жазога тортади – қизиқ эмас. Қаматасан, деб буюришади, вассалом. Бажармасанг, бошинг балодан чиқмайди. “Айб йўқ-ку, судда оқланиб кетади-ку барибир, биз қилмаганимиз билан суд 83-модда 2-қисмини қўллайди-ку?” деб эътироз билдирсам, жавоб битта: “Оқлангунича ўтириб туради”.

“Ишимдан безиб кетдим, очиғи. Ташлаб кетай десам, кўзим қиймайди, яхши орзулар билан танлаганман шу касбни. Бунинг устига ҳали жуда ёшман”.

Qitmir muxbir

22 Jan, 07:49


Президент фармони билан Эркинжон Турдимов фаолияти давомидаги тўртинчи вилоят — Сирдарёга раҳбарликни бошлади

Qitmir muxbir

22 Jan, 07:08


Бу Афғонистон ёки ўзбекистонлик масъулларнинг қадами етмайдиган чекка вилоятлардан бирининг борса келмас қишлоғи эмас, пойтахт Тошкентнинг Сергели туманидаги маҳаллалардан бирининг аҳволи.

Тез орада “Дарё”да батафсил…

Qitmir muxbir

22 Jan, 04:02


Gulchambar yordamida portlatilgan, otib o‘ldirilgan yoki to‘satdan g‘oyib bo‘lgan: mamlakat yetakchiligiga daʼvogarlar saylovgacha ne ko‘yga solingan?

AQSHning 47-prezidenti etib saylangan Donald Tramp rasman davlat rahbari sifatida ishga kirishdi. Eʼtiborlisi, prezidentlik uchun kurash olib borayotgan Tramp 2024-yil 14-iyul kuni Pensilvaniya shtatidagi saylovoldi tashviqoti chog‘ida o‘qqa tutilgan, taʼbir joiz bo‘lsa, bir o‘limdan qolgandi. Biroq u saylovoldi piar kampaniyasi davrida yoxud saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida suiqasdga uchragan ilk siyosatchi emas. Trampdan farqli o‘laroq ularning aksari o‘ldirilgan. “Daryo” ana shunday qismat egalari haqidagi maʼlumotlarni bir maqolada jamladi.

Qitmir muxbir

21 Jan, 11:49


Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев АҚШнинг 47-президенти Доналд Трампни вазифага киришгани билан табриклаб, Ўзбекистонга расмий ташриф билан келишни таклиф қилибди

Qitmir muxbir

21 Jan, 07:00


Toshkentda taksichi va uning sherigi uxlab qolgan mijoz nomiga 12 mln so‘m kredit oldi

Mast holdagi ayol “lokatsiya”ni ko‘rib ketish uchun telefonini taksichiga berib o‘zi uxlab qolgan. Haydovchi tanishi bilan ayolning nomiga onlayn mikroqarz rasmiylashtirib, pulni o‘z kartasiga o‘tkazib, bankomatdan yechib olgan.

Qitmir muxbir

20 Jan, 12:51


Сурхондарёда яна эски, раҳбарлар тан олмайдиган муаммо

Qitmir muxbir

20 Jan, 12:40


Ўзбекистонлик мигрантларнинг 2024 йили Ватанга юборган пуллари 30 фоизга ошиб, 14,8 млрд долларни ташкил қилибди

Маблағларнинг 77 фоизи Россиядан (11,5 млрд долл) келиб тушган. Қолган қисми Қозоғистон (795 млн долл), АҚШ (577 млн долл), Жанубий Корея (534 млн долл), Туркия (405 млн долл), Буюк Британия (135 млн долл) ва бошқа мамлакатлардан ўтказилган экан.

Qitmir muxbir

16 Jan, 10:29


Сирдарё вилояти ҳокими Акмалжон Маҳмудалиев лавозимидан олинди

Ҳудудида ивестицияларни жалб қилиш, қишлоқ хўжалигини ривожлантириш ва бошқа йўналишлардаги фаолиятда жиддий камчиликларга йўл қўйгани учун Сирдарё вилояти ҳокими Акмалжон Маҳмудалиев лавозимидан озод этилди.

Qitmir muxbir

16 Jan, 10:26


Беруний, Қораўзак, Қўнғирот, Пешку, Янгиобод, Қамаши, Хонқа, Шовот, Ромитан, Деҳқонобод, Миришкор, Чироқчи, Нарпай, Нуробод ва Гулистон туманлари, шунингдек, Оҳангарон шаҳри ҳокимларига ҳайфсан берилди.

Ушбу ҳудудларда экспорт миқдори кескин камайган.

Qitmir muxbir

15 Jan, 12:00


“Jahongir Ortiqxo‘jayevga o‘xshab "kitob o‘qishga vaqti yo‘q" odamlarning arbob sifatida tan olinishi tasavvurga sig‘masdi", — Qozoqboy Yo‘ldoshev

Qitmir muxbir

15 Jan, 09:57


Тўғри ва ҳақли савол

Qitmir muxbir

15 Jan, 07:10


Минг доллардан 1 миллион долларгача: Порахўрликда айбланган ҳоким ва “замҳокимлар”

Ўзбекистонда кўплаб амалдорлар пора билан ушланган. Улар олган поралар миқдори ҳам худди лавозимлари каби ҳар хил. Мамлакатда коррупцияга қарши курашиш авж олгани сари мансабдорлар олаётган поралар миқдори ҳам ўсиб бормоқда.

Президент Шавкат Мирзиёев 200 минг доллар пора олаётганда қўлга тушган прокурор мисолида барча мансабдорларни огоҳлантирганди. Бундан хулоса чиқармаган амалдор ҳамон пора билан ушланмоқда. “Дарё” мазкур мақолада ҳудудларда президент вакили сифатида фаолият юритувчи ҳокимлар ҳамда уларнинг ўринбосарлари олган поралар миқдори ҳақида сўз юритади.

Батафсил — https://daryo.uz/k/nncnPfz5

Qitmir muxbir

14 Jan, 11:28


Халқ орасида Салимбой номи билан танилган Салим Абдувалиев расман бугун ишдан олиниб, (Салимбой "ичкарида" бўлган пайтда ҳам ушбу лавозимда бўлганми шунда? Шу жойига унча тушунмадим, тўғриси) ўрнида Ўзбекистон Бош прокурори Ниғматилла Йўлдошев иш бошлабди

Qitmir muxbir

14 Jan, 10:48


Ўзбекистонда таксистлар ярим миллионга етди, уларнинг 4124 нафари аёл ҳайдовчилар

Ўзбекистонда такси бозори легаллашиши натижасида таксистлар сони қарийб ярим миллион, уларнинг тушумлари эса салкам 6 триллион сўмга етибди.

Ярим миллион таксистнинг 25 фоиздан кўпи ойига 10 миллион сўмдан кўп даромад қилаётган экан.

Таксистларнинг 90 фоиздан кўпи таксистликни қўшимча даромад келтирувчи иш деб билади.

Qitmir muxbir

14 Jan, 09:49


⚡️“Шифо болажон” хусусий клиникаси янги манзилда иш бошлади

Болаларингизни ишончли шифокор кўригидан ўтказмоқчимисиз? Қарши шаҳридаги “Шифо болажон” хусусий клиникаси айнан шу манзилдир. Клиникада невролог, кардиолог, лор ва бошқа соҳалардаги малакали тиббиёт ходимлари хизмат кўрсатишади. Асосийси, сифат ва саломатлик учун ишлашни мақсад қилишган.

Бундан ташқари ётиб муолажа олиш учун ҳам шароитлар яратилган. Қолаверса, эндиликда ёши катталар учун ҳам тиббий хизмат кўрсатилмоқда.

☎️Мурожаат учун:+998916406444

📍Манзил: Қарши шаҳар, "Омад" савдо мажмуаси

Qitmir muxbir

13 Jan, 12:42


Дарвоқе, мазкур ҳолатни ўрганаётган адвокатнинг айтишича, Алламжоновнинг ҳайдовчиси, ошпази ва қўриқчиларига ҳам ичкарида босим қилинган экан.

15 суткада кўўўўўўп нарсани кўришибди.

Ҳолат бўйича судга шикоят қилишмоқчи, албатта. Кузатайликчи, кўп ишларга гувоҳ бўп қолармиз!

Qitmir muxbir

13 Jan, 10:49


Алламжоновга қасд қилингани етмаганидек, ҳайдовчиси ва қўриқчилари ҳам қамалибди

Собиқ амалдор Комил Алламжоновга суиқасд қилинган куни барча ташвиш қолиб, унга хизмат қилувчи ҳайдовчи, ошпаз ва қўриқчиларни олиб бориб «тиқишибди». Тағинам 15 суткага. Албатта қози буванинг қарори билан. Қозиларсиз иш битмайди-ку Ўзбекистонда. Боиси қонунчилигимизга кўра, фуқаронинг озодликда яшаш ҳуқуқини фақатгина суд чеклаши мумкин. Жиноят ишлари бўйича Қибрай туман суди судясининг иши шунчалик кўплигидан суд қилинаётган 7 нафар айбланувчининг адвокатлари йўқлигига эътибор бермабди. Вақти тиғислиги учунми, судда судланувчилар эшитилмабди ҳам. Бўйнига 15 суткани қўйиб, қамаворишибди.

Алламжонов ёллаган адвокат буни сезиб қолиб, юқори турувчи судга апелляция тартибида шикоят қилибди. Вилоят суди «судланувчилар қани», дейишса, «улар 15 суткани ўташмоқда», деган жавоб бўлган. «Уларсиз суд ишини кўрмаймиз», дея, апелляция инстанцияси шикоятни рад қилибди. Иш судралиб, Олий судга келган. Юқори инстанция ишни кассация тартибида кўришни бошлади. Воқеалар ривожини «Дарё»да ўқийсиз.

Qitmir muxbir

10 Jan, 05:03


Мурод Муҳаммад Дўст Исмоил ота айтган шу гапларни президент Ислом Каримов қачон айтганини, аммо давлат раҳбарининг "август, сентябрга бориб, ҳаммаси яхши бўлиб кетади", деган гап ўзини оқламаганини гапириб берган экан

Qitmir muxbir

10 Jan, 05:00


Шоҳимардонлик Исмоил отанинг 1992 йил BBCга берган интервюси айни кунда ижтимоий тармоқларнинг ўзбек сегментида трендга чиққани рост.

Кун.уз мухбирининг аниқлик киритишича, отахон 2007 йилда вафот этган экан.

Qitmir muxbir

09 Jan, 10:03


ИИВнинг тергов департаменти бошлиғи қабул кунларида жойида ўтирмаганини танқид қилган адвокат билан учрашибди

Адвокат Зебо Комилова Ички ишлар вазирлигининг Тергов департаменти бошлиғи Рамазон Ашрапов қабулига кириш учун уч маротаба борганини, бироқ уч ҳафта овора бўлса-да, раҳбар қабулига киролмаганини маълум қилганди. Адвокат бу ҳақда жамоатчиликка хабар бергач, департамент бошлиғи адвокат билан кўришибди.

"ИИВ Тергов департаменти бошлиғи қабул кунлари хизмат жойида бўлмаётгани ҳақидаги постимдан сўнг, мени департаментга таклиф этишди. Вазир ўринбосари — департамент раҳбари Рамазон Ашрапов шахсан қабул қилди. Узоқ гаплашдик. Бошлиқ пост учун мендан бироз норози бўлибди. “Қаерда, қандай юмушлар билан бандлигимни суриштирмай бекор ёзибсиз, шуни деб ноқулай аҳволга қўйдингиз”, деди гина оҳангида. Сўнгра раҳбарлик ташвишларидан сўзлаб кетди, лавозим вазифаларидан ташқари ишлар кўплигидан нолиди. “Фуқароларни қабул қилишдан ҳеч қачон бўйин товлаган эмасман, синглим, бу зотан менинг вазифам. Аммо на иложки, тез-тез режадан ташқари зарур ишлар, топшириқлар бўлиб туради. Ана ўша, охирги сешанбада ҳам кун бўйи Сенатда эдим, жиноят ишини юритиш доирасида мажбурий ушланган шахсларга нисбатан қийноқлар қўлланишининг олдини олиш тўғрисидаги қонун лойиҳасини муҳокама қилдик”, деди яна Рамазон Аҳмадхўжаевич.

Адвокатнинг ёзишича, департамент раҳбари суҳбат давомида бетоблигини, аммо ётиб даволанишга имкон йўқлиги учун иш ораси укол олиб юрганини айтган.

Демак, раҳбарлар ҳам хизмат вазифасидан ташқари кўп топшириқлар берилаётганини тан ола бошлашибди.

Qitmir muxbir

09 Jan, 08:59


Бир вақтлар президентнинг қизи эгалигидаги “Сижжак” дам олиш маскани Касаба уюшма тасарруфига ўтказилди

Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 27 декабрдаги қарори билан 5,38 гектар майдонга эна, Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримовнинг тўнғич қизи Гулнора Каримова эгалигидаги дам олиш масакани Ўзбекистон касаба уюшмалари федерациясига топширилган дам олиш зоналари ва болалар соғломлаштириш оромгоҳлари рўйхатига киритилди.

Ушбу дам олиш маскани Тошкент вилояти Бўстонлиқ тумани Сижжак мавзесидаги “Сарбоғ” маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида жойлашган. Гулнора Каримовага тегишли бўлган маскан 2017 йилнинг 10 февралида Жиноят ишлари бўйича Тошкент вилояти суди ажрими билан мусодара этилган.

Qitmir muxbir

09 Jan, 07:26


Тесла автомобилларининг заправкадаги турнақатор навбати экан

Швецияда электромобиллар қаҳратон қишда заправкада шундай навбат кутар экан. Худди Ўзбекистондаги метан заправкаларда кузатиладиган турнақатор навбатларга ўхшаш ҳолат, фарқли томони бу ерда ҳеч ким навбатсиз, таниш-билиш эвазига олдинга чиқишга интилмаётганида

Qitmir muxbir

08 Jan, 14:32


Сергели суди стюардессага шилқимлик қилган фуқарони 5 суткага қамади

Суд ҳужжатида келтирилишича, 2024 йил 31 декабрь куни Сочи—Тошкент йўналиши бўйича Ўзбекистонга учиб келаётган 39 ёшли эркак самолёт бортида маст ҳолатда Uzbekistan Airways авиакомпаниясининг 23 ёшли ходими, борт кузатувчиси бўлган қиз танасининг ёнбошини бир неча маротаба ушлаб, унга нисбатан шаҳвоний шилқимлик қилган.

Qitmir muxbir

06 Jan, 12:36


Айни пайтда барча вилоят ҳокимлари ҳам таътилда, улар бироз аввал Тошкент вилоятидаги дам олиш масканларида кўриниш берганди

Qitmir muxbir

06 Jan, 12:35


Президент Шавкат Мирзиёв қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди

Qitmir muxbir

05 Jan, 05:08


Сара блоглар “картаси”ни фақат Сизлар учун очмоқчиман. Мен Сизга тавсия этаётган блог эгалари турли синовларда тобланиб, бугуннинг элагидан ўтганлардан.

Жамиятдаги энг оғриқли масалалар, воқеалар, янгиликлар, коинотга оид хабарлар, нефть-газ энергетика, истеҳзоли киноя ёки жумбоқларга тўлиб тошган каналларга обуна бўлинг:

👉 Обуна бўлиш

Qitmir muxbir

04 Jan, 07:29


Ерда самолёт тезлигида юрганлар базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 баравари миқдорида жаримага тортилибди ва «профилактик суҳбат»дан ўтибди

Qitmir muxbir

04 Jan, 07:16


Қарши шаҳри ҳокими Нормўмин Холбоев суд қилинди

У тадбиркорга тегишли савдо дўкони фаолиятини ноқонуний тўхтатишда айбланган.

Ҳоким “Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида”ги қонун талабларини бузиб, тадбиркорга тегишли савдо дўкони фаолиятини тўхтатиш ҳақида ноқонуний топшириқ бергани учун президент ҳузуридаги тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вакил девонининг вилоят шўъбаси бош инспектори Шероз Шодиев қарори билан базавий ҳисоблаш миқдорининг 40 баравари миқдорида яъни 15 миллион сўм жаримага тортилган.

Жиноят ишлари бўйича Қарши шаҳар судининг 2024-ил 4-ноябрдаги қарорига асосан бизнес омбудсманнинг ушбу қарори ўзгартирилиб, жарима миқдори Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 33-моддаси билан базавий ҳисоблаш миқдорининг 5 баравари — 1 миллион 875 минг сўмга ўзгартирилган.

Qitmir muxbir

03 Jan, 15:17


Toshkent shahar sudi Jinoyat ishlari boʻyicha apellyatsiya instansiyasi zapravkada gaz yo‘qligidan shikoyat qilib, masʼullarni tanqid qilgan fuqaro ishini koʻrib chiqib, qaror chiqardi

Sud dastlabki instansiya qarorini qisman bekor qildi.

@daryo_live

Qitmir muxbir

03 Jan, 14:29


Ғайрат ака судга янги кроссовкада келди

Qitmir muxbir

26 Dec, 06:32


МТРКга 2025 йил учун халқ пулидан 881 миллиард сўм берилибди

Миллий телерадиокомпания халқнинг шу пулига яраша ахборот бера оляптими? Халқ истаган эфир борми?

Qitmir muxbir

19 Dec, 05:10


Фарғонадаги портлаган газ заправка ёнида боғча ва кафе бўлган экан

Портлаш вақтида расмий манбалар айтганидек бир киши эмас, кўпчилик ўлгани таъкидланган.

Qitmir muxbir

17 Dec, 10:20


ИИБнинг илгари кўп қўлланган ва айни кунда ҳам амалда ИИБ ходимларига яхши натижа бераётган чиркин одати

Qitmir muxbir

17 Dec, 10:15


Қаршида ғалати жиноят содир бўлди: ўғриликка киришди, ҳеч нарса олишмади, гумонланувчиларни излаётган ИИБ эса кечаси кўчада юрганларни ҳам сўроққа чақириб, ҳеч бўлмаганда Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 183- ва 194-моддалари билан айблаб, бирин-кетин қамамоқда.

Бу ҳақда «Дарё»га сўроққа чақирилиб, ИИБ ходимига бўйсунмади, майда безорилик содир этди дея навбатчи айбловлар билан 7-10 суткага қамалган фермерлар гапириб берди.

Qitmir muxbir

16 Dec, 13:14


Афғон кўпкариси

Qitmir muxbir

16 Dec, 09:01


Алишер Қодиров ва унинг кузатувчиси 😁

Qitmir muxbir

12 Dec, 20:34


Жўрабек Мирзамаҳмудов раҳбарлигидаги вазирликка Қовун вазирлиги деган номни таклиф қилишяпти

Ўринли таклиф, Сизчи, сиз қандай номни тавсия қиласиз? 😀

Qitmir muxbir

12 Dec, 12:59


Нанайлик Мирзоҳид ака шунақа дебди

Сиз қандай фикрдасиз?

Qitmir muxbir

12 Dec, 12:28


МИБнинг туман бўлими раҳбари ишдан кетадими энди ёки айнан фермерга зўравонлик қилиб тракторини олиб қўйиб, уни даромаддан қолдирган ходимми?

Ходимга топшириқни раҳбари берган дейсизми? Буям тўғри, ҳақсиз.

Хўш, бюджетдан кетажак 355 миллион сўм учун энди жавобгарлик кимда қолади?

Ўйламай қилинган ишнинг товони оғир, албатта. МИБга сабр

Qitmir muxbir

11 Dec, 18:05


Биз ўрисни газини сотиб оляпмизми ёки ўзимизни газимизни сотиб оляпмизми ёинки ўрисни газини ўзимиздан сотиб оляпмизми???

Бюджет муҳокамасида нозик масалалар очилиб қолибди.

Qitmir muxbir

10 Dec, 10:03


Energetika vazirligining Avto24 ilovasi kuzatuvchilarni aldamoqda

Energetika vazirligi, “Hududgazta’minot” AJ va “UNITED IT COMPANY” (“UIC Group”) MCHJ tomonidan aholiga yonilg‘i quyish, gaz to‘ldirish hamda elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi ishga tushirilgan edi.

Vazirlikka ko‘ra, ayni kunga qadar “Avto24” ilovasi Android platformasi uchun 30 ming 843 marta, iOS platformasi uchun esa 5 ming 757 marta yuklab olingan bo‘lib, jami foydalanuvchilar soni 48 ming 575 tani tashkil qilmoqda. Taassufki, mazkur ilova shuncha kuzatuvchiga noto‘g‘ri axborot bermoqda.

Qitmir muxbir

08 Dec, 12:30


Қиш келиб, совуқ тушгач халқ ижоди ҳам қайнайди

Оғзи қийшиқ бўлса ҳам, печкаси бор гапирсин

Сепли келиндан печкали келин яхши

Печкали уй ҳаммом, печкасиз уй тамом

Печка бировники деса, ётволиб исинишади

Печкали уй бозор, печкасиз уй мозор

Qitmir muxbir

08 Dec, 04:56


Конституция — бахтим қомуси

Қашқадарёлик шоирдан шеърнинг зўри 😁

Qitmir muxbir

07 Dec, 16:06


#оғриқ

Ота-она тобути ортидан югурган қизалоқ

Андижонда эр-хотин кўмирдан чиққан ис газидан вафот этибди

Бу ҳақда жамоатчиликка хабар берган муаллифнинг ёзишича, ис газидан вафот этган эр-хотиннинг қизалоғи тобут ортидан югуриб, юракни ларзага келтирар даражада йиғлаган. Оғриқ. Ҳасратли оғриқ.

Ҳеч кимнинг қизалоғи, фарзанди йиғлаб қолмасин!

Qitmir muxbir

07 Dec, 12:22


Маданият вазири Озодбек Назарбеков марҳума Ҳалима Ибрагимова ҳақида

Qitmir muxbir

04 Dec, 18:40


Андижоннинг Жалақудуқ туманида шунақа лой кўчалар бор экан

Qitmir muxbir

04 Dec, 14:24


Собиқ ДХХ раиси Абдусалом Азизов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчисининг ёшлар масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди

Qitmir muxbir

04 Dec, 06:15


“Дарё”да Олий суднинг Иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъати суд бошланишидан аввал прокурор билан яширин суҳбат қургани, 15 дақиқача давом этган суҳбат тарафларни ташқарида қолдирган ҳолда амалга оширилгани учун жавобгар ва унинг адвокати эътирозига сабаб бўлгани хабар берилганди. Шундан сўнг даъвогарнинг адвокати судлов ҳайъатидан ҳаракати учун изоҳ сўрагани, шунингдек, Олий суд раисига ҳам шикоят қилгани очиқланди. Судлов ҳайъатининг 3 декабрь куни давом этган навбатдаги мажлисида даъвогар фермер адвокати яна судлов ҳайъатига юзланиб, прокурор билан “пичир-пичир”га аниқлик киритишини талаб қилди.

Qitmir muxbir

02 Dec, 16:24


Ўзбекистонда президентдан кейин турган вице-президентга суиқасд уюштирилганини биласизми?

1990 йил 24 март куни Ўзбекистон ССРда вице-президент лавозими ҳам жорий қилиниб, унга Шукрулло Мирсаидов тайинланган.

1993 йилнинг август ойида Мирсаидовга суиқасд уюштирилган. Унинг машинаси портлатилган, 1995 йилда унинг ўғли ўғирлаб, дўппослаб кетилган.

Воқеанинг бошқа тафсилотлари қизиқтирса, «Дарё»да тўлиқ мақола билан танишишингиз мумкин.

Qitmir muxbir

02 Dec, 12:42


Сейфидан миллион доллар чиққан ҳоким эсингиздами?

Ҳа, Самарқанд вилояти ҳокими сифатида фаолият юритаётганида мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш ва жиноий ҳаракатларни амалга оширганлиги учун ҳибсга олинган Туробжон Жўраев!

Туробжон ака Қашқадарё вилоятига раҳбарлик қилаётган пайтда унга ҳам суиқасд қилишган. Тағинам косонликлар. Қизиқяпсизми? Унда "Дарё"ни ўқинг!

Qitmir muxbir

02 Dec, 12:23


Қашқадарёда раҳбарлик қилган икки нафар туман ҳокими — хизмат уйида отиб кетилган Яккабоғ ҳокими Панжи Чориев ҳамда хизмат кабинетида осилган ҳолда топилган Китоб ҳокими Луқмон Ғаффоров ҳақида ўқиганмисиз?

Йўқ, бу ҳақда ўқимагансиз, албатта. Боиси, бу маълумотлар айни кунга қадар ҳеч қаерда ёзилмаган. Сизга қизиқми? Унда «Дарё»ни ўқинг!

Qitmir muxbir

02 Dec, 12:17


Туман ҳокимидан президентгача: Ўзбекистоннинг яқин тарихида жонига қасд қилинган олти амалдор

Батафсили бу манзилда

Qitmir muxbir

02 Dec, 12:04


Қудачилик — мингйилчилик

Трамп ҳам буни англаб етган кўринади.

Qitmir muxbir

29 Nov, 10:39


Toshkentda 3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs 24 yilga qamaldi

Sudning 29-noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida sudlanuvchiga hukm o‘qildi.

U 3 yoshli bola qotili deb topildi va 24 yilga qamaldi.

Qitmir muxbir

29 Nov, 10:12


Prokuror 3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxsga bir umrlik qamoq jazosi tayinlanishini soʻradi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 2024-yilning 8-iyulidan 9-iyuliga o‘tar kechasi soat taxminan 01:00 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir etilgan mudhish qotillik — 3 yoshli bolani vahshiylarcha o‘ldirgan 31 yoshli fuqaro ishi ko‘rilayotgani xabar berilgandi. Sudning 29-noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida prokuror sudlanuvchiga bir umrlik qamoq jazosini soʻradi.

@daryo_live

Qitmir muxbir

29 Nov, 07:48


Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkin Turdimov so‘nggi ish kunida 1 ta qaror va 4 ta farmoyish chiqargan

Farmoyishlarning barchasida hujjat mazmunida shaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi foydalanishi cheklangan axborot mavjudligi ko‘rsatilib, yashirib qo‘yilgan (1, 2, 3, 4).

E’tiborlisi, uchta farmoyishga xizmat doirasida foydalanish uchun grif qo‘yilgan.

Qitmir muxbir

29 Nov, 07:03


Тошкентдаги мактабларнинг бирида 17 та, яна бирида эса 54 та жиноят содир этилибди экан

Бу ҳақда Тошкент шаҳар ҳокими ўринбосари маълум қиляпти.

Qitmir muxbir

28 Nov, 13:02


#tavsiya

@qitmirmuxbir-қитмир журналистнинг шахсий қарашлари

@surishtiruvlar-журналистик суриштирувлар учун асос бўлган видеоларни биринчилардан бўлиб томоша қилишингиз мумкин бўлади

@Azizbekh17mem-ижтимоий ва сиёсий муаммолар кулгу билан олиб чиқилади.

@Chapanifutbol17-футбол ва сарказм.

Qitmir muxbir

28 Nov, 10:38


Эркинжон Турдимов ҳокимликни тарк этди

У ҳурмат эҳтиром билан кузатилди.

Qitmir muxbir

28 Nov, 05:46


Турдимов лавозимидан кетиши мумкин экан

Айтилишича, у соғлиғи сабаб ҳокимликни тарк этади.

Qitmir muxbir

26 Nov, 11:02


97 кунлик қамоқ ва изсиз йўқолган 475 минг доллар пул: МХХ собиқ зобитидан азият чеккан фуқаро адолат истамоқда

Қашқадарё вилоятида яшовчи тадбиркор Ислом Ҳамроев МХХ (ҳозирги ДХХ) собиқ зобити, хизматнинг Сурхондарё вилояти бошқармаси тергов бўлими бошлиғи сифатида фаолият юритган Нодир Тўрақуловдан жабрланган. У 2014 йили Нодир Тўрақулов топшириғи билан 97 кун қамоқда сақланиб, 475 минг доллар пулини олдириб қўйган.

2014 йил июнь ойида Қарши шаҳридаги спорт комплекси олдида турганимда фуқаро кийимида бўлган 3-4 киши ёнимга келиб, бошимга қоп кийдирган ҳолда Captiva автомобилига миндириб, Сурхондарёга олиб кетишди. Етиб борганимизда Нодир Тўрақуловга қўнғироқ қилиб, айтилган одамни олиб келдик, дея маълумот беришди. Ўша кундан бошлаб, мен ҳеч қандай сабабсиз 97 кун қамоқда сақландим. Қамоқда ўтирган пайтим Нодир Тўрақулов томонидан қўрқитилиб, чиқишимнинг шарти сифатида қариндошларим орқали 475 минг доллар пул тўплаб бердим. Билишимча, Нодир Тўрақулов ўша пайтда ўзига тўқ, бойларни шу тарзда қўрқитиб, пул олиб келган экан, дейди мурожаатчи Ислом Ҳамроев.

Мурожаатчи фуқаронинг айтишича, у 475 минг доллардан ташқари уйи тинтув қилинган пайтда ҳам кўп маблағини олдириб қўйган.

Нодир Тўрақулов мени асоссиз равишда ДХХ (МХХ) тергов ҳибсхонасида 97 кун ушлаб турган. Уйимни тинтув қилиб, тинтув вақтида чиққан 11 минг доллар, 195 миллион сўм пул ва 25 турдаги тилла буюмларимни ҳам тортиб олган. Айни кунгача мурожаат қилмаган ташкилотим қолмади. Пулларим қаердалигини ҳозиргача билмаяпман ва ололмаяпман, дейди мурожаатчи.

Фуқаронинг айтишича, у айни кунга қадар Бош прокуратурага 9 маротаба, Адлия вазирлигига 3 маротаба, омбудсман ва Миллий марказга ҳам мурожаат қилган. Аммо натижа чиқмаган.

Орадан 11 йилга яқин вақт ўтган бўлишига қарамасдан, менга етказилган зарардан ўзимга кела олмаяпман. Бутун мол-мулкимдан ажралганман. Ҳозирда ишсизман. Бирорта мурожаатим масъул идоралар томонидан чуқур ўрганилмади. Фақатгина “ўрганилмоқда”, “сизга маълум қилинади”, деган жавобдан нарига ўтилмаяпти, дейди у.

Миллий хавфсизлик хизматининг (ҳозирги ДХХ) собиқ терговчиси Нодир Тўрақулов 16 йиллик қамоққа ҳукм этилган. Хорижий ОАВ ҳамда ижтимоий тармоқларда тарқалган хабарларга кўра, Олий суд ҳарбий ҳайъатининг 2018 йил 25 октябрда ҳукми чиққан.

Айтилишича, Тўрақулов қамоқ жазосидан ташқари энг кам иш ҳақининг 400 баравари (81 092 000 сўм) миқдорида жаримага ҳам тортилган. Қайд этиш керакки, Нодир Тўрақулов ҳибсга олингани 2018 йилнинг бошида маълум бўлган эди. Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокуратураси томонидан унга нисбатан Жиноят кодексининг бир қатор моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, Сурхондарё вилоятидаги фаолияти давомида шериклари билан нафақат маҳаллий, балки хорижий тадбиркорларнинг бизнесини тортиб олиш, фуқароларга нисбатан зўравонлик қилиш, наркотик савдоларини ташкил этиш каби жиноятларга алоқадорлиги, Денов ва Термиз шаҳарларида унга тегишли “Malika Gold” ресторани, “Орифа” сауналари борлиги айтилган.

Qitmir muxbir

25 Nov, 15:14


Бойсунликлар доди ва устоз Шерзодхон Қудратхўжа бошчилигидаги бобойларнинг ёлғон гапиришига сабабчи бўлган ўша машҳур кон ахири ёпилибди

Шу конда портлашлар содир бўлмаганида, бунақа вазият юзага келмаганида бойсунликлар узоқ муддат ачиган тухум ҳидига ўхшаш бадбўй ҳидга чидашга мажбур бўлмасди, сурхонлик ота қизим деб фарёд чекмасди, устоз бошчилигидаги бобойларнинг бойсунликлар нафратига сабабчи бўладиган қилмиши содир бўлмасди. Майли, муҳими барчаси хайрли якун топяпти.

Qitmir muxbir

25 Nov, 10:50


Қашқардарёда яшаган эркак хотини ва қизалоғини ўлдирди

Сўнг ўз жонига қасд қилган.


Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси (Қасддан одам ўлдириш) билан жиноят иши қўзғатилган

Гумонланувчи 2006 йилдан буён руҳий асаб касалликлари шифохонасида рўйхатда турган экан.

Qitmir muxbir

25 Nov, 08:48


Ўзбекистондаги барча ижро органлари энди қурилаётган янги Тошкентга қўчирилади. Бу ҳақда президент Шавкат Мирзиёев ОАВ вакиллари билан суҳбатда маълум қилган.

Qitmir muxbir

25 Nov, 07:37


Бош вазир ёрдамчиси ва унинг ДХХдаги акаси ишдан олинди

Сарвар Ашуров Ўзбекистон бош вазири ёрдамчиси лавозимидан озод этилди. Бу ҳақда бош вазир матбуот котиби Бекзод Ҳидоятов хабар берди.

Қайд этилишича, Сарвар Ашуров Вазирлар Маҳкамаси тегишли қарори билан бош вазир ёрдамчиси – бош вазир қабулхонаси мудири лавозимидан озод этилди. Унинг ўрнига Шуҳрат Ибрагимов тайинланди. Тайинловга қадар у Вазирлар Маҳкамаси котибияти мудирининг ўринбосари — бўлим бошлиғи лавозимида ишлаб келган.

“Дарё”нинг ҳукуматдаги манбасига кўра, Ашуровнинг ишдан олиниши Президент администрацияси ахборот сиёсати департаментининг собиқ раҳбари Комил Алламжоновга уюштирилган суиқасд билан боғлиқ. Унинг акаси — Алижон Ғаниевич Ашуров Давлат хавфсизлик хизматининг ички хавфсизлик бошқармаси бошлиғи лавозимда ишлаган ва Алламжоновга қилинган суиқасд ишини фош этишга тўсқинлик қилгани учун ишдан олинган.

Худди шу сабабга кўра ДХХ раиси Абдусалом Азизов, Ички ишлар тизимидаги икки амалдор — ИИВ Жиноят қидирув хизмати бошлиғи ва Тошкент шаҳар ИИББ бошлиғининг биринчи ўринбосари лавозимидан олинган эди.

Qitmir muxbir

23 Nov, 18:23


ДХХ ахборот хизматининг ёзишича, собиқ ДХХ раиси Абдусалом Азизов Хавфсизлик кенгашига тайинланган

Qitmir muxbir

23 Nov, 17:44


Сирдарёдаги «роддом»дан ҳам чақалоқ ўлиги чиқди

Сирдарё туманида яшовчи Феруза Хидированинг маълумот беришича, туман тиббиёт бирлашмаси туғруқ бўлимида унинг эндигина туғилган жияни тиббиёт ходимларининг нотўғри укол қилиши оқибатида вафот этган.

Туман прокуратураси ҳолат бўйича жиноят иши қўзғатмаган. Марҳум бола яқинларига ҳам ҳеч қаерга мурожаат қилмасликни, муаммони ҳеч кимга айтмасликни маслаҳат берган.

Qitmir muxbir

23 Nov, 14:27


Ўзбекистон Давлат хавфсизлик хизмати раиси, генерал-лейтенант Абдусалом Азизов лавозимидан олинди. У 2019 йилдан бери бу лавозимда фаолият юритиб келаётганди.

Мудофаа вазири Баҳодир Қурбонов Ўзбекистон Давлат хавфсизлик хизмати раиси лавозимига тайинланди.

Qitmir muxbir

20 Nov, 17:53


Тармоқдагилар “Нақадар юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо. Жонажон милициямиз подъездлардан коляскалар йиғиштириб юрибди, бошқа иш йўқку ахир”, дейишмоқда

Qitmir muxbir

20 Nov, 09:55


Ўзбекистон ҳукуматини турли йилларда бошқарган Бош вазирлар — битта суратда

Qitmir muxbir

20 Nov, 07:07


“Абдулла Арипов катта ташкилотчилик салоҳиятига эга бўлган, ижро ҳокимияти тизимида бой билим ва тажриба орттирган, масъулиятни доимо чуқур ҳис этадиган раҳбар” деди давлат раҳбари

Qitmir muxbir

20 Nov, 07:05


Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Бош вазири лавозимига Абдулла Арипов номзодини кўрсатибди

Qitmir muxbir

20 Nov, 07:02


“Ҳар бир қонунда шундай ҳурмат намоён бўлиши керак. 100 та эмас, 5 та қонун қабул қилайлик, лекин халқчил бўлсин, халқимизга хизмат қилсин” — Шавкат Мирзиёев

Qitmir muxbir

20 Nov, 05:28


Қашқадарёдаги манзил калонияда ток урган маҳкум вафот этгани айтилмоқда

Маҳкумда спид касаллиги борлиги ҳам маълум бўлган.

«Маҳкум Муборак туманидаги 33-сонли манзил калонияда жазо муддатини ўтаётган эди. Бироз аввалроқ уни ток урган. Шундан сўнг уни шифохонага олиб боришган. У ерда маҳкумда спид борлиги ҳам маълум бўлган. Маҳкум 19-ноябр куни вафот этди», — дейди манба.

Qitmir muxbir

18 Nov, 09:31


Апелляция инстанцияси ҳам Ботир Қодировни отасининг ўғли деб топибди

Ботир Қодировнинг отаси дастлабки инстация судида Шерали Жўраев экани тасдиқланганди.

Qitmir muxbir

18 Nov, 07:47


Биз ўзбеклар нафақат бир-биримизни, хорижликларни ҳам боплаб алдашга устамиз а? 😁 Бечора турист, хотинлар иштонини ўзбекларнинг тарихий кийими деб кийиб юрибди шекилли😂

Qitmir muxbir

18 Nov, 07:09


GENERALISSIMUSнинг ёзишича, ростдан ҳам, Конституциянинг 121-моддасига кўра, ҳокимларнинг ваколатлари муддати — беш йил. Айни бир шахс сурункасига икки муддатдан ортиқ айни бир вилоят, туман, шаҳарнинг ҳокими этиб тайинланиши мумкин эмас.

"Бироқ, Ўзбекистон Республикасининг 2023-йил 1 майдаги ЎРҚ-837-сон Конституциявий Қонуни билан амалдорлар муддати ноллаштирилган, яъни олдин қирқ юз марта тайинланган бўлса ҳам, ҳокимларда яна 2 марта тайинланиш ҳуқуқи пайдо бўлган, афсуски.

Тўғри айтасизлар, биз нима қилсак ҳам қонуний қиламиз, баттар бўлилар😂!

Яна 10 йилдан кейин яна бир марта муддатни ноллаштирамиз, ҳозирги ҳокимлар яна тайинланади, яна бир марта баттар бўласизлар", — деб ёзган у.

Qitmir muxbir

18 Nov, 07:04


Ёзишларича, шунақамиш

Qitmir muxbir

18 Nov, 06:56


Устоз Шерзодхон Қудратхўжанинг яқин шогирдларидан бирининг айтишича, устози депутат бўлмабди ҳали

Qitmir muxbir

18 Nov, 06:31


Бойсун воқеалари ҳақида жамоатчиликка нотўғри ахборот бериб, ҳаммаси жойида ОАВ вакиллари ваҳима қиляпти дея уларни ёлғончига чиқариб, муаммони ёпишга уринган Шерзодхон Қудратхўжа депутат бўлибди шекилли 😁

Qitmir muxbir

18 Nov, 06:16


Нурдинжон Исмоилов яна Олий Мажлис Қонунчилик палатаси спикери лавозимига сайланди

Qitmir muxbir

18 Nov, 06:04


Қизиқ! Самарқандда суд раисининг ҳайдовчиси 300 доллар пора билан ушланибди

У алдаш ёки ишончни суиистеъмол қилиш йўли билан ўзганинг мулкини қўлга киритиш мақсадида фуқаро Г.К.нинг ишончига кириб, Самарқанд туман судининг 2023-йил 13-сентябрдаги қарори билан 1 йил 6 ой муддатга транспорт воситасини бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинган фуқаронинг ўталмай қолган жазо муддатини суд ҳамда вилоят ИИБ йўл ҳаракати хавфсизлиги органларида ишловчи танишлари орқали ҳал қилиб, ҳайдовчилик гувоҳномасини олиб беришни ваъда қилган.

Ҳайдовчи кимгадир ишониб шундай ваъда берганми, унда ўша ишни бажарувчи ишончли инсон ким бўлган? Тадбир давом эттирилса, ўша шахсга бормасмиди? Ёки тадбирни шу қисмида тўхтатиш жоиз деб топилганми? Қизиқ, албатта.

Qitmir muxbir

14 Nov, 04:42


Самарқандда 8-синф ўқувчи қиз бир гуруҳ шахслар томонидан ўғирлаб кетилиб, зўрланди. Зўравонлар орасида собиқ прокуратура ходими ҳам бор

Вилоятда бир гуруҳ шахслар 8-синф ўқувчисини ўғирлаб кетиб, бир неча кун ушлаб туришган ва зўрлашган. Бу вақтда улар қизни калтаклаб, спиртли ичимликлар ва ноқонуний моддалар қабул қилишга мажбурлаган. Nemolchi.uz гумонланувчилар ҳали ҳам озодликда юрганини қайд этди, дея ёзмоқда Газета.уз.

Қиз 23 сентябрь куни ўғирлаб кетилган. Қариндошларининг сўзларига кўра, орадан маълум вақт ўтгач, улар қизлари йўқолгани ҳақида ариза ёзишган. Баданида зўравонлик излари бўлган қиз 6 октябрь куни топилган. Қизнинг сўзларига кўра, уни бир неча кун калтаклаб, спиртли ичимликлар ва ноқонуний моддалар қабул қилишга мажбурлаб, иродасига қарши ушлаб туришган ва зўрлашган. Унинг яқинлари қизни шифокорга олиб боришган.

Ички ишлар вазирлигининг аниқлик киритишича, ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 119-моддаси 3-қисми (Ўн саккиз ёшга тўлмаган шахсга нисбатан жинсий эҳтиёжни зўрлик ишлатиб ғайритабиий усулда қондириш) билан жиноят иши қўзғатилиб, барча иштирокчилар аниқланиб, тегишли суд-тиббий экспертиза тайинланган.

«Қиз яқинларининг сўзларига кўра, иш бир-икки кун аввал очилган ва зўрлаганлар орасида прокуратурада ишловчи шахс ҳам бўлиши мумкин (аммо у эски сана билан ишдан бўшатилган) — эҳтимол бу ишнинг кеч очилиши ва гумонланувчилар ҳали ҳам озодликда юрганига сабаб бўлгандир. Жабрланувчининг яқинлари билан суҳбатда бўлгач, Nemolchi.uz таҳририяти қизга ёрдам бериши керак бўлган идоралар бу ишга қанчалик беписандлик билан ёндашганидан хавотирда», — дейилади хабарда.

Жабрланувчининг яқинларининг сўзларига кўра, 7 октябрь куни (қиз топилганнинг эртасига) терговчи уни гумонланувчилар билан битта машинада, лекин ота-онасисиз кўрикдан ўтказиш учун олиб кетган. Қиз эса эксперт эркак бўлгани учун экспертизадан бош тортган. Шунинг учун экспертиза 10 октябрь куни (яна қариндошларсиз) ўтказилган. Аммо қонида алкоголь ёки зарарли моддалар бор-йўқлигини текшириш учун ундан қон олинмаган.

Қизнинг қариндошлари прокуратурага боришганида ташқарида уларни психиатрик бригада кутиб турган, уларни участка нозири чақирган экан. Ваҳоланки, қизга психиатрик эмас, психологик ёрдам керак бўлган.

«Жабрланувчи қиз билан мактаб психологи ҳам ишлаши мумкин эди, лекин мактабда унга бундай ёрдам тақдим этилмади. Лекин қиз мактабга бормагани учун унинг ота-онасига жарима солишди. Кўп болали оилага (5 нафар фарзандлари бор) 1,2 млн сўм миқдорида жарима солишди. Айни дамда қиз мактабга боришдан қўрқиб турибди, негаки ҳамма бўлган воқеадан хабардор», — дейилади хабарда.

«Юқорида айтганимиздек, гумонланувчилар озодликда. Улар қизнинг яқинларининг устидан очиқчасига кулиб юришибди. Улар иш кеч очилгани учун жазодан қочишларига ишонишмоқда, чоғи. Нега иш фақат 119 модда бўйича қўзғатилди? Одамни ўғирлаш (Жиноят кодексининг 137-моддаси), унинг эркига қарши зўрлик ишлатиб уни ушлаб туриш (138-модда), қийноққа солиш-чи (110-модда)? Оилани ҳеч ким „Инсон“ ижтимоий ҳимоя марказига йўналтирмади. Идоралараро ўзаро таъсир қани? Наҳотки барча тартиблар фақат қоғозда қолса?», — дея қўшимча қилган нашр.

Нашр гумонланганлардан бири Туркияга қочиб кетганини ҳам таҳмин қилмоқда. Қизга аризасини қайтариб олиши учун ҳар турли босим ўтказилаётганини ҳам қайд этган.

«Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги, Болалар омбудсмани ва Бош прокуратурани ушбу масалани ўз назоратига олиш ва бошқа идоралар билан биргаликда болаларга дўстона тизимни яратиш бўйича ҳаракат қилишга чақирамиз. Акс ҳолда, болаларни зўравонликнинг барча турларидан ҳимоя қилиш тўғрисидаги қонун расмий қоғоз бўлиб қолаверади», — дея хабарни якунлаган Nemolchi.uz.

Ички ишлар вазирлиги «Газета.uz»га ҳолат бўйича жиноят иши очилганини тасдиқлади. Вазирлик матбуот хизмати барча иштирокчиларнинг шахси аниқлангани, ўрнатилган тартибда тегишли суд-тиббиёт ва биологик экспертизалар тайинланганини маълум қилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Болалар омбудсмани ҳолат назоратга олинганини маълум қилди.

Qitmir muxbir

13 Nov, 15:54


Ота фарёди

Жудаям оғриқли, жуда оғриқли.

Росданам бу видеони Ўзбекистонга журналист кадрларни етиштириб бераётган университет ректори кўриши керак. Билиши керак нималар қилганини, сезиши керак аҳволни. Ўшанда зора виждони қийналса.

Qitmir muxbir

13 Nov, 10:28


Ўзбекистонда халқ журналистикаси анча ривожланган, яхши саволлар беради, гарчи масъуллардан жавоблар бўлмаса-да

Qitmir muxbir

13 Nov, 09:26


Шерзодхон Қудратхўжа ва унинг Бойсун воқеаларини ёритган жамоаси тарихга кирди, ҳали йиллар ўтиб, келажак авлод Бойсун воқеаларини тилга олинганда беихтиёр юзида жилмайиш билан у ва жамоасини ҳам тилга олса керак, энди

Qitmir muxbir

11 Nov, 05:59


Олий суд раисининг тан олишича, бугунги кунда Ўзбекистонда фаолият юритувчи судяларнинг аксариятида ҳақиқий айбдорларни жазолаш учун қатъият етишмайди. Оддийгина адвокат сўровига жавоб бермаган мансабдорни жазолашга келганда ҳам улар қатъиятсизлик қилиб, қуйи бўғиндаги оддий ходимни жазолаш билан чекланади.

Олий суд раиси Бахтиёр Исломовни ташвишлантирган яна бир муаммо бор. Бу — қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чорасининг ҳаддан ортиқ қўлланилиши ва оқибатда тергов изоляторларининг тўлиб қолиши. Ўйлашимча, мазкур муаммо одамларни аввалдан қийнаб келган. Оддий халқ қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чоранинг арзимаган айбловлар учун ҳам қўлланилишидан безиб қолган. Хайрият бу масъуллар томонидан тилга олиниб, муаммо даражасига чиққан.

Адвокатлар билан суҳбат давомида масъулни яна бир муаммо безовта қилаётгани очиқланган. Олий суд раиси терговчилар тергов ҳужжатларини атайлаб шишириши, унинг хатосини суд тўғирлаб беришидан умидвор бўлишини афсус билан тилга олган. Шунингдек, терговчилар илгаригидек иши терговга қайтганда жазо олмаётганини билдирибди.

Qitmir muxbir

09 Nov, 18:58


​​Ўзбекистондаги тергов изоляторлари деярли тўлган. Бу ҳолат сўнгги маротаба 2001-йилда кузатилгани маълум қилинди

Ўзбекистонда фаолият юритувчи тергов ҳибсхоналари деярли тўлиб бўлган. Бу ҳақда Олий суд раиси Бахтиёр Исломов адвокатлар билан бўлган мулоқотда маълум қилган.

Бахтиёр Исломовга кўра, бунақа ҳолат Ўзбекистонда илк бор 2001 йилда кузатилган.

«Қамоқ эҳтиёт чораси оммавий (97 фоиз ҳолларда) қўлланаётгани ҳақида гап кетганида Олий суд раиси “изоляторлар тўлиб кетган”ини айтди», — дейилади бу ҳақда хабар берган манбада.

Бахтиёр Исломов муаммо янги тергов ҳибсхоналарини қуриш билан ҳал қилинмаслиги кераклигини айтган.

“Ўшанда вақтинча сақлаш жойларидаги шарт-шароитни ўрганиш учун идоралараро комиссия тузилган эди. Ҳозир ҳам ўшанга ўхшаш вазият бўляпти. Лекин муаммо янги тергов ҳибсхоналарини қуриш билан ҳал қилинмаслиги керак”, — деган Олий суд раиси.

Адвокат Баҳром Саломов қамоқ эҳтиёт чорасини қўллашда суиистеъмолчиликларга йўл қўймаслик учун айблов органи зиммасига гумонланувчи терговдан қочиши ёки гувоҳларга босим ўтказиши мумкинлигини исботлаб бериш каби аниқ мажбуриятлар юклашни таклиф қилган.

Qitmir muxbir

09 Nov, 06:11


Гитара чалаётган Трамп ва барабандаги Путин

Дунё лидерлари жам бўлган видео экан.

Qitmir muxbir

08 Nov, 16:58


Пул қучоғидаги қози

Мансаб ва пул, таниш-билиш ҳамда коррурцияга енгилган ҳақиқат. Шунингдек, ҳақиқатга ёрдам беролмаган кекса адолат

Qitmir muxbir

08 Nov, 16:11


Баъзан телбалик ҳам одамлар учун, жамият учун фойда келтираркан

Ҳа, ўша метрода чоптирган кишининг маданиятсизлиги раҳбарларни уйғотди, метрода ҳам одамларга ҳожатхона кераклигини эслатди.

Qitmir muxbir

08 Nov, 11:31


Сурхондарё прокуратурасининг қашқадарёлик тадбиркорга сотилганини айтган «зампрокурор»га хизмат текшируви тайинланибди

Qitmir muxbir

08 Nov, 10:12


Қашқадарёдаги хусусий клиникада 28 ёшли аёл вафот этди

Шаҳрисабз шаҳридаги клиникада 28 ёшли аёлни бўйнига “проба”сиз қилинган антибиотик укол сабабли вафот этган ҳақида хабарлар тарқалди. Бош прокуратура матбуот хизмати раҳбари Ҳаёт Шамсутдинов “Дарё”га ҳолат юзасидан маълумот берди.

6 ноябрь куни соат 11:00 ларда 28 ёшли аёл Н.Б. хусусий поликлиникага ангинаси ишиб кетгани бўйича мурожаат қилиб келган. Унинг томоғи ишиб, йиринглагани сабабли хусусий поликлиника ЛОР шифокори Ж.I. унинг томоқ қисмидан “Цефтриаксон” ва “Дексаметазон” дори воситалари аралашмасидан инексия юборганида бемор аёлнинг тили тортилиб кетган.

Кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан аёл соғлиғи ёмонлашиб, ҳодиса жойида вафот этган.

Айни пайтда ҳолат юзасидан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qitmir muxbir

08 Nov, 09:28


Фарғонадаги футбол мактабида ўзи билан бирга ишловчи аёлга шилқимлик қилган зам директор 5 суткага қамалибди

Qitmir muxbir

07 Nov, 14:58


Қонун ҳимоячисининг била туриб қонун талабларини бузиши, суддан ўзига нисбатан енгиллик берилишини сўраб туриши ғалати ўқиларкан

Qitmir muxbir

06 Nov, 14:14


Qashqadaryolik tadbirkorni haqoratlab, “prokuror laychasi va cho‘ntagi” degan “zamprokuror” javobgar qilindi. Ammo u ayblagan biznesmen hamon ichkarida qolmoqda

Dehqonobod tumanida kavrak shirasi va danagini yig‘ib olib, uni sotish orqali tadbirkorlik qilgan Nurjahon Egamshukurovni davlatga 372 million so‘m zarar yetkazishda ayblagan Boysun prokurori o‘rinbosari Namoz Avazov telefon orqali so‘zlashuvlarda qashqadaryolik mansabdorlarni korrupsioner deb atadi, shuningdek, sudlarni haqorat qilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/V2o7bNwk

Qitmir muxbir

06 Nov, 12:35


Минг афсуски, инсон қаерда, қачон ва қай ҳолатда Аллоҳга омонатини топширишини билмайди

Яратган барча ҳайдовчилар ва йўловчиларни асрасин!

Qitmir muxbir

06 Nov, 10:53


Судялар мустақил бўлишга интиляпти, албатта. Аммо бунга қаршилик қилувчи номаълум кучлар бордек, назаримда

Qitmir muxbir

06 Nov, 10:47


Қашқадарёлик шоир ўз жонига қасд қилган бўлиб чиқди

Кеча, 5 ноябрь куни шоир Мансур Жумаев 33 ёшида оламдан ўтгани маълум бўлганди. Бош прокуратура ахборот хизмати раҳбари Ҳаёт Шамсутдинов шоир ўз жонига қасд қилганини билдирди.

Аниқланишича, 2024 йил 5 ноябрь куни тахминан соат 07:30 ларда Мансур Тўраевич Жумаев яшаш хонадонида ўзини осиб вафот этган. Ушбу ҳолатни аниқлаган турмуш ўртоғи тез тиббий ёрдамга мурожаат қилган.

Ҳолатга нисбатан бирламчи ташхисга кўра, у “бўйин соҳасида странгуляцион чизиғи мавжуд, юрак қон томир нафас етишмовчилиги” оқибатида вафот этган. Ҳозирда туман прокуратураси томонидан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Маълумот учун, Мансур Жумаев 1991 йил 17 февралда Қашқадарё вилояти Миришкор туманида туғилган. Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университетининг Халқаро журналистика факультетини тамомлаган. У ҳаётининг сўнгги кунларида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасида Адабий тарғибот ва тадбирларни уюштириш бўлими бошлиғи лавозимида фаолият юритаётганди.

Qitmir muxbir

03 Nov, 16:10


Фейсбукдаги аюҳаннослар қанчалик асосли эканини ўрганиш мақсадида бойсунлик бир журналист экология вазири матбуот котиби ва Юнусобод ҳокими билан бирга Ҳасанбойга келса-да, аҳоли фикрини ўрганамиз деб юрганида йўлларидан ҳасанбойлик оқсоқоллар чиқиб қолса. Уларга: “Юнусободда иссиқхоналар дастидан ҳаво қолмади дейишяпти, шу гап ростми?”, деб савол беришганида, ҳалиги мўйсафидлар: “Бўлмаган гап, мана, нафас олиб турибмиз-ку, бунақа зўр ҳаво Шароф ака Рашидов даврида ҳам бўлмаган, мўътабар муҳтарамларимизга раҳмат! Интернетда ўтирган виждонсизлар гапираверади, улар ўзи Ҳасанбойга келганми-кўрганми? Фейсбуклардаги аюҳанносларга ишонманг”, деб қолса...

Бунақа репортаж бўлмайди, албатта. Ҳеч ким бунақа репортаж қилмайди. Чунки... виждон бор. Кунлар совиши билан ҳаво сифати ёмонлашганини ҳамма кўриб, билиб турибди.

Лекин бўлаётган гап-сўзлар қизиқ-да. Яшайверсак кўраверарканмиз.

Qitmir muxbir

03 Nov, 10:05


Oilasini boqish uchun egizak bolalari bilan yetkazib berish xizmatida ishlayotgan ayol

Qitmir muxbir

02 Nov, 10:44


1982 йил қурилган ва 2000 йиллардан бери ташландиқ ҳолда ётган 23 қаватли Чорсу меҳмонхонаси қайта таъмирланар экан. Реконстурукция ишлари немис компанияси томонидан олиб борилган ва якунланган.

Лойиҳа қиймати 170 млн доллардан ортиқ дейишмоқда. 2025 йилда бошланадиган ишлар 2029 йилда якунланиши ва 620 та янги иш ўрни яратилиб, пойтахт фондини 113 минг метр квадрат турар жой ва тижорий кўчмас мулкларга бойитиши режалаштирилган.

Меҳмонхона маданий мерос объекти сифатида эътироф этилмаган экан.

Qitmir muxbir

31 Oct, 08:05


Қашқадарёда судма-суд юриб, ҳуқуқини ҳимоя қилишга уринаётган тадбиркор-фермер қамоққа олингани айтилмоқда

Вилоят прокуратурасидан тадбиркор-фермернинг нима учун ичкарига олингани ҳақида сўрадик ва жавоб кутяпмиз. Ҳозирча сукут сақланмоқда.

Qitmir muxbir

28 Oct, 17:47


Хушнудбек: Аҳад Қаюмнинг китоби балки сизникидан ўн баравар кўпроқ сотилар ёки машҳурроқдир, лекин сиз ҳаракат қилиб, ҳақиқий шериятни халқимизга етказсак-чи?


Усмон Азим: Етказинглар, мен ёзяпман.

Qitmir muxbir

28 Oct, 12:18


"Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси (қасддан одам ўлдириш) билан жиноят иши қўзғатилган" — Бош прокуратура ахборот хизмати

Qitmir muxbir

28 Oct, 12:08


Сирдарёда даҳшатли қотиллик: 13 яшар бола қариндошини сўйгани айтилмоқда

Вилоятнинг Боёвут туманидаги «Қарапчи» маҳалласида яшовчи 13 яшар, 7-синф мактаб ўқувчиси ақли заиф қариндошини сўйиб ташлаган дейилмоқда.

Воқеа 2024-йилнинг 18-октябрь куни 16:30 да ҳудуддаги дала майдонида содир бўлган.

Қариндошини ўлдирган бола ИИБга қарашли вояга етмаганларни вақтинчанлик сақлаш масканида сақланаётган экан.

Сирдарё вилояти прокуратурасида айни пайтда ахборот беришга масъул ходим ўрни вакант экан. Бош прокуратура ахборот хизматидан ҳозирча бу хабарга аниқлик киритиш имкони бўлмади. Хуллас, ҳозирча хабар тасдиқланмаган.

Qitmir muxbir

28 Oct, 09:29


Ҳали қувонишга эрта экан

«Бу ўзининг иҳтиёрига боғлиқ. Агар у вазир ёки бошқа давлат идорасида раҳбари сифатидаги лавомида қолишни истаса, депутатлик мандати Марказий сайлов комиссияси томонидан рўйхатдаги ундан кейинги номзодга берилади», — деди Зайниддин Низамходжаев.

Qitmir muxbir

28 Oct, 06:38


Қашқадарёда суд раисини судга берган собиқ ёрдамчи ёдингиздами? Шу ишдан бўшатилган ёрдамчи ишини Фуқаролик ишлари бўйича Косон туманлараро суди кўриб чиқаркан.

Иш судъя Шаҳноза Ҳайитова раислигида муҳокама қилиниши белгиланган. Бироқ, суд куни маълуммас.

Даъвогар суднинг адолатига, шаффофлигига ҳозирча шубҳа қилмаяпти. Бу яхши, албатта.

Qitmir muxbir

28 Oct, 06:31


«Одамни сотиб олиш жуда осон, Сотиб олиш жуда осон. Нима, мукофот берилади, у берилади, бу берилади» — Усмон Азим

Qitmir muxbir

28 Oct, 05:29


"Катта журналистлар нопок одамлар, улар кимларгадир яхши кўриниш учун гапирганда" — Усмон Азим Бойсун воқеалари пайтида ҳудудга бориб, ҳаммаси жойида дегувчилар ҳақида гапирибди

Qitmir muxbir

27 Oct, 03:43


Комил Алламжоновнинг машинасига ўқ узганлардан бири ушланибди

Ичида Комил Алламжонов бўлган автомобилга ўқ узишда гумонланганлардан бири ушланди, деб хабар бермоқда Ўзбекистон Бош прокуратураси.

Шу йилнинг 26 октябрга ўтар кечаси Тошкент вилоятининг Қибрай туманидаги темирйўл кесишмаси ҳудудида собиқ амалдорга ўқ узишгани хабар берилганди. Икки номаълум шахс ўқотар қуролдан бир неча марта ўқ узгани ва воқеа жойидан ғойиб бўлгани айтилган. Ҳайдовчи ва Алламжоновга зарар етмаган.
Бош прокуратура хабарида айтилишича, бу қасддан қотилликка суиқасд қилиш бўлган.


Ҳолат юзасидан Бош прокуратура томонидан Жиноят кодексининг 25, 97 (Қасддан одам ўлдиришга суиқасд қилиш) ҳамда 248 (Ўқотар қуролнинг, ўқ-дориларнинг, ўқотар қурол асосий қисмларининг, портловчи моддаларнинг, портлатиш воситаларининг ёки портлатиш қурилмаларининг қонунга хилоф муомаласи) моддалари билан жиноят иши қўзғатилган.

Qitmir muxbir

22 Oct, 16:01


Шунда вазир ёлғон гапирган бўлиб чиқяптими?

Феруз Нуритдиновнинг айтишича, вазирнинг бу гапидан сўнг кўпчилик ота-оналар вазир билан кўришиш ниятида юрибди.

Qitmir muxbir

21 Oct, 10:33


"Нега қиммат, доллар ошдими?!", — АҚШ элчиси ўзбек бозорида

АҚШ элчиси бугун 21-октябрь — Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун"да биз ўзбекистонликларни ўзига хос тарзда табриклаб, ўзбеклашаётганини кўрсатишга уринибди. Бу жуда ёқимли аслида.

Жаноб элчи сариқ сабзи олиш учун Тошкентдаги қайсидир бозорга бориб, сотувчидан сариқ сабзи нархини сўрабди ва олти минг сўм деган жавобдан сўнг "Нега қиммат, доллар ошдими?", дея ўзбекларга хос характерни кўрсатибди. АҚШликлар учун бу нарх жудаям арзон, менимча. Боиси, элчи пиёз харид қилаётган пайтда буни сездириб қўйган. Қайтимни олмабди-да)))

Элчи ва унинг жамоаси видео сўнгида ўзбек тилида кўпроқ гапиринг дея алоҳида таъкидлабди.

Qitmir muxbir

21 Oct, 05:10


27 октябрь куни бўлиб ўтиши режалаштирилган сайловнинг энг фойдали томонларидан бири — суратларда

Якунига етказилмай ташлаб кетилган ишларнинг якунланиши, ҳисоботда асфальт бўлди дея кўрсатилган жойларнинг росданам асфальтланиши айнан шу сайлов олди тайёргарлик ишлари пайтида якунланади.

Ўзбекистонда кўпроқ сайловлар бўлиб туриши аҳолига анча фойда келтиради, росданам.

Qitmir muxbir

18 Oct, 08:24


Саксовул ўғрилари ва экология ходимлари

Qitmir muxbir

16 Oct, 10:17


Қашқадарёда одамнинг жонидан бошқа ҳамма нарсани сотувчи бозор бор, тағинам жаҳон бозори деган ном билан машҳур

Қашқадарё вилоятининг Чироқчи туманида одамнинг жони ва таъна аъзоларидан бошқа ҳамма, ҳа-ҳа, ҳамма нарса сотилувчи бозор бор. Бозор тағинам жаҳон бозори номи билан машҳур. Лекин бозорнинг ҳужжатдаги номи Қора Бўруқ бозори. Зўр бозор, росданам.

Бозорда аввалги Чироқчи, айни кундаги Чиялининг яхни гўшти пиширилади. Сиз пайшанба бозор яхнисини ҳам еган бўлсангиз керак. Бу бозор яхниси ҳам роса ширин-да. Бай-бай-бай!

Дўстим, блогер Камил Фахрутдинов Чироқчидаги шу бозорга бориб, бозордаги ҳолатни тасвирга олибди. Кўришни тавсия қиламан.

Qitmir muxbir

16 Oct, 09:30


Камолжон Хурсановга овоз беринг!

Шарофат Каримова номзодини қўллаб-қувватланг!

Фақат Сиздан илтимос расмга қараб қайси бири эркак, қай бири аёл эканини ажратиб олинг! Баннер тайёрловчилар ва уни шу тарзда реклама қилувчилар бунинг фарқига бормаган шекилли.

Qitmir muxbir

15 Oct, 09:46


Аслида журналистларга ҳеч бўлмаса ўша муаммони айтишга дуҳи етмаган мурожаатчилар ўша муаммолари гирдобида яшашга маҳкум бўлиши лозим ва шарт

Гўрўғлиевни кўп масалада қўлламасам ҳам, шу масалада фикрига қўшиламан😁

Qitmir muxbir

15 Oct, 05:53


Тошкентда янги автомобил ихлосмандлари 100 млрд сўмга чув тушди

Qitmir muxbir

14 Oct, 13:48


Айни пайтда Тошкент вилоятининг халқ тилида Тешиккўприк деб номланган ҳудудидаги тирбандлик

Бироз аввал Тошкент шаҳридаги тирбандлик 10 баллик экани маълум бўлганди.

Qitmir muxbir

14 Oct, 06:02


Остонада қор ёғиши оқибатида бир суткадан камроқ вақтда 150га яқин ЙТҲ содир бўлибди

Айни вақтда Қозоғистон пойтахтида йўлларда музламалар ҳосил бўлган.

Qitmir muxbir

14 Oct, 04:38


Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг ОАВ вакиллари ва блогерларга айтган шу гапи шахсан менга доим куч беради, илҳомлантиради

Шахсан президент шунақа деб, қўллаб-қувватлаб турса, нега буни қилмаслигимиз керак, тўғрими?

Qitmir muxbir

10 Oct, 13:35


Қибрайдаги итлар лагери

Qitmir muxbir

10 Oct, 12:53


Тошкент вилоятининг Қибрай туманида 7 мингта ит боқиладиган лагер бор экан

Бу ҳақда маълумот берган манбанинг айтишича, лагерга Ирода опа исмли аёл эгалик қилади.

Лагерда итлар учун барча шароит, ҳатто бемор итларни операция қилиш имконияти ҳам яратилган экан.