Shahrisabz tumani hokimligi @shahrisabz_tuman_hokimligi Channel on Telegram

Shahrisabz tumani hokimligi

@shahrisabz_tuman_hokimligi


Axborot xizmati

Murojaat uchun: @Shthmurbot

Shahrisabz tumani hokimligi (Uzbek)

Shahrisabz tumani hokimligi kanali - bu Shahrisabz tumani hokimligi to'g'risida eng so'nggi yangiliklarni o'z ichiga olgan axborot xizmatidir. Bu kanalda Shahrisabz tumani hududidagi yangiliklar, ijtimoiy va siyosiy voqealar bilan bog'liq ma'lumotlar, tadbirlar to'g'risida xabarnoma va yangiliklar e'lon qilinadi. Kanalga a'zo bo'lib, siz Shahrisabz tumani hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan mahalliy tadbirlar, investitsiyalar, yangi loyihalar va boshqa ko'plab muhim masalalar haqida eng so'nggi xabarlardan xabardor bo'lishingiz mumkin

Shahrisabz tumani hokimligi kanali sizga shahar va uning aholisi uchun muhim ma'lumotlar taqdim etadi, shuningdek, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir yangiliklardan ham xabardor qiladi. Sizga eng so'nggi voqealar va qarorlar haqida xabarnomalar, ilmiy malumotlar va dasturlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etiladi

Agar siz Shahrisabz tumani bilan bog'liq ma'lumotlardan xabardor bo'lish va hududimizdagi rivojlanishni kuzatishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!
Murojaat uchun: @Shthmurbot

Shahrisabz tumani hokimligi

20 Feb, 15:25


Shahrisabz tumani qishloq xo‘jalik boshqarmasi majlislar zalida Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi «Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-22-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Viloyat fermerlar kengashi yuristi B.Axmedov hamda tuman qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbarlari, fermer xo‘jaliklari, tuman fermerlar kengashi va buxgalteriya markazi xodimlari ishtirokida tuman fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashinining navbatdagi konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi:
-O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi O‘zbekiston Fermerlar kengashi etib qayta nomlandi.
-Shahrisabz tumani fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Shahrisabz tumani fermerlar kengashi deb atash tasdiqlandi.
-Tuman fermerlar kengashi raisi etib Boymurodov Nomoz Azamatovich tayinlandi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

20 Feb, 13:30


#Tomorqa_daromad_manbai

Shahrisabz tumani «Yangibogʻ» MFY yettilik xodimlari tomonidan 2025-yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻrganish ishlari olib borildi va tomorqadan yiliga uch marotaba hosil olish imkoniyati mavjudligi hamda bu uchun nimalar qilish lozimligi yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

20 Feb, 12:45


#Fermerlar_hayoti

Shahrisabz tumani Amir Temur hududiga qarashli fermer xo‘jaliklari 2025 yilgi g‘allani oziqlash maqsadida 51 (ellik bir) tonna Ammiakli selitra zaxira uchun omborxonaga joylashtirildi. Bu kabi ishlar tumandagi barcha fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

20 Feb, 12:42


Shahrisabz tuman yoshlar yetakchisi – milliylik va qadriyatlar targ‘ibotchisi chellenji o'tkazildi.

Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan bebaho qadriyatlarni asrab-avaylash, milliy g‘ururimizni yuragimizda saqlash va uni kelajak avlodga yetkazish – bugungi yoshlar yetakchilarining muqaddas burchidir.

Bugungi kunda yoshlar yetakchilari nafaqat o‘z ustida ishlamoqda, balki milliy an’analarimiz va tarixiy merosimizni keng targ‘ib qilishda ham faol ishtirok etmoqda. Yoshlar yetakchisi sifatida bu yo‘lda fidoyilik va mehnat bilan harakat qilamiz. Milliyligimiz – bizning kuchimiz, birdamligimiz va kelajakka bo‘lgan ishonchimizdir!

Shahrisabz shahar yoshlari – ajdodlar merosini avaylab, zamonaviy bilim va innovatsiyalar bilan rivojlanib borayotgan, milliy qadriyatlarni hamisha yuksak tutadigan avlod!

Kelajak bizniki, milliyligimiz – g‘ururimiz!

#MilliyQadriyatlar
#YoshlarKelajagimiz

@YoshlarAgentligiShahrisabz

Shahrisabz tumani hokimligi

17 Feb, 03:52


#Fermerlar_hayoti

Shahrisabz tumani Mirzo Ulug‘bek hududida joylashgan “Ergashev Furqat” fermer xo‘jaligiga qarashli mevali daraxtlarga Bordo suyuqligi bilan ishlov berilmoqda.

Bordo suyuqligi - bu qishloq xo‘jaligida ko‘plab kasallik va zararkunanda bilan kurashishda foydalaniladigan konglomerat fungitsid va insektitsid hisoblanadi. Bu suyuqlik ko‘plab foydali jihatlari bilan o‘simliklarni himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Feb, 14:16


#tarğibot

Shahrisabz tuman prokurori B.Xudoyqulov 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot” yilida "Yashil energiya"dan foydalanish bo‘yicha “Xontepa” MFY aholisi o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borib xonadon va tadbirkorlik ob’ektlarida quyosh panellarini o‘rnatishda amaliy yordam bermoqda.

Fuqarolarga yashil energiyadan foydalanish orqali:
- atrof-muhitga zarar yetkazmaslik;
- qayta tiklanish imkoniyatining mavjudligi;
- uzoq yillik daromad manbai ekanligi;
- energiya resurslarining tugashini oldini olishga yordam berishi;
- havoga kam uglerod chiqindilari chiqishi va ifloslanishni kamaytirishi haqida alohida to‘xtaldi.


https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Feb, 09:35


🟦🟦

👫 Qashqadaryoda 439 nafar imkoniyati cheklangan bolalar ta'limga qamrab olindi

🎙Bu to‘g‘risida "Oltin voha" radiosining "Qashqadaryo axboroti" informatsion dasturida ma‘lumot berildi.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝
Facebook | 🎞 Youtube

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Feb, 09:15


❄️ #LIVE Муротжон Азимов Шаҳрисабз туманидаги туризм объектларини кўздан кечирмоқда

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Feb, 06:50


#tarğibot

Shahrisabz tuman Mahallalar uyushmasi bo'lim boshlig'i Akbar Jo'rayev Xontepa  va Yangi qishloq mahallalarida aholi o'rtasida "Yashil energiya"dan foydalanish bo'yicha tushuntirish olib bormoqda va xonadonlarda quyosh panellarini o'rnatish jarayoni jadal sur'atlarda ketmoqda.

Jumladan, quyosh panellari yordamida elektr toki ishlab chiqarish xonadon va tadbirkorlik ob'ektlari uchun uzoq yillik daromad manbai sifatida xizmat qilishi aholiga batafsil tushuntirilmoqda.

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Feb, 06:20


#Obod_maskanlar

Shahrisabz tumani Polmon-Uloch-Miraki yo'nalishi magistral yo'l chetlarida mas'ul tashkilot va korxona xodimlari tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Feb, 05:48


#tarğibot

Shahrisabz tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig'i  Hasan Soatov "Polmon" MFYda aholi o'rtasida "Yashil energiya"dan foydalanish bo'yicha targ'ibot ishlarini  olib bormoqda.

Jumladan, quyosh panellari yordamida elektr toki ishlab chiqarish xonadon va tadbirkorlik ob'ektlari uchun uzoq yillik daromad manbai sifatida xizmat qilishi aholiga batafsil tushuntirilmoqda.

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

26 Jan, 09:35


26 январ – божхона хизмати органлари ходимлари куни муборак бўлсин!

Фото: Генерал-майор Муротжон Азимов.


Шу муносабат билан вилоят ҳокимимизни ва соҳа жонкуярларини чин юракдан табриклайман.

@Yoshlar_karvoni

Shahrisabz tumani hokimligi

26 Jan, 07:48


#XONADONBAY_ISHLASH

Tuman hokimi S.Xasanov Shakarteri mahallasi, Shovkan qishlogʻining yoʻl boʻyi xonadonlari va tadbirkorlik obeyktlarida boʻldi.

Hokim tomonidan xonadon egalariga tozalik, tomarqa madaniyati, tashqi uylar fasadi va aholi daromadi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shahrisabz tumani hokimligi

25 Jan, 09:32


Shahrisabz tumani Guliston hududiga qarashli “Ko‘hna Kesh zamini” fermer xo‘jaligida dala ishlari davom etmoqda. Xo’jalikda 2025-yilgi hosil uchun mahalliy o‘g‘it chiqarilib dala chetlarida mevali daraxt ko’chatlari ekilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

25 Jan, 09:22


Bugun Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi Shahrisabz tumani bolalar bilan ishlash boʻlimi inspektor psixologlari tashabbusi bilan tumandagi 21-umumiy o'rta ta'lim maktabida Shahrisabz tuman IIB xodimlari va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda 9-10-11-sinf o'quvchilariga  "Jinoyatga jazo muqarrar " mavzusida yig'ilish tashkil etilib davra suhbati o'tkazildi.

♻️ Oʻquvchi yoshlarga "Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish" to'g'risida  ma'lumotlar berib o'tildi. Shu bilan birga voyaga yetmaganlar o'rtasida sodir etilayotgan jinoyatning negizi  va unga beriladigan jazolar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

18 Jan, 09:42


#Turizm_Miraki

“Miraki” hududida turizm infratuzilmasi rivojlanishi ortidan, “Yashil Diyor” MChJ tomonidan oqava suvi tarmoqlari yangilanmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlari hududning ekologik barqarorligini ta’minlash va aholining farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Bu yangilanishlar natijasida oqava suv tizimi yanada samarali ishlashni boshlaydi, bu esa turizm sohasining rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

18 Jan, 07:48


#Turizm_Miraki
Ichimlik suvi ta’minotidagi nosozliklar bartaraf etilmoqda

Shahrisabz tumani “Suv ta’minoti” korxonasi xodimlari tomonidan “Miraki” hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida ichimlik suvi ta’minoti tizimida ham muhim ishlar olib borilmoqda. Bu jarayon natijasida, aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanib, mavjud nosozliklar bartaraf etilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

18 Jan, 06:34


#Turizm_Miraki
"Miraki" hududida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda!

Shahrisabz tumanining "Miraki" hududida, yog‘ingarchilikka qaramay, elektr ta’minoti sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunga qadar 100 dan ortiq eski simyog‘ochlar o‘rniga zamonaviy beton ustunlar o‘rnatildi. Shuningdek, hududda qo‘shimcha yangi transfarmatorlar o‘rnatilib, elektr ta’minotining sifati va barqarorligi yanada yaxshilandi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

17 Jan, 12:22


#Tadbir
“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Sh.Tog‘ayeva Ichki ishlar va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tuman bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida 1-sonli kasb-hunar maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit barpo etish, bugungi axborot xurujlari va ularga qarshi immunitet shakllantirish hamda globallashuv davriga xos muammo va ko‘zga ko‘rinmas mafkuraviy tahdidlar, ularning ayanchli oqibatlari xususida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish va sog’lom fikrli, barkamol yoshlarni tarbiyalashning muhimligi alohida ta’kidlandi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

13 Jan, 14:55


#LIVE Муротжон Азимов Шаҳрисабз туманидаги “Мираки” туризм қишлоғида

Shahrisabz tumani hokimligi

13 Jan, 14:55


#LIVE “Мираки” туризм қишлоғида мини-ГЭСлари қурилмоқда

Хабар берганимиздек, вилоят ҳокими Муротжон Азимов бугун эрталабдан бир қатор туман ва шаҳарларда ўрганишлар олиб бормоқда.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Shahrisabz tumani hokimligi

13 Jan, 14:36


#Vatan_himoyachilari_kuni

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shahrisabz tumani “To’damaydon” mahallasidagi 43-maktabda faxriy ustozlarni taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, tuman ichki ishlar va ta’lim bo‘limi vakillari ham ishtirok etishdi.

Yillar davomida ta’lim sohasida samarali mehnat qilgan ustozlarimiz “Yoshlar tarbiyasidagi xizmati uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Jan, 14:26


#Fermerlar_hayoti

Shahrisabz tumani “Amir Temur” jamoa xo‘jaligida joylashgan “Qo‘chqorbob o‘g‘li Eshpulat” fermer xo‘jaligi dala yer maydonida sug‘orish tizimlarini tozalash hamda dala chetlariga tut, terak kabi ko‘chatlar ekish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Jan, 14:18


#Xotin_qizlar
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash tashabbusi!

Shahrisabz tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Qurbonova, “Chorshanbe” MFYda Anora Aslbekova tomonidan tashkil etilgan “Milliy shirinliklar” YATT ish faoliyati bilan tanishdi.

U pishiriq sexi va repetitorlik kurslari bilan tanishib, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha o‘zining takliflarini ilgari surdi. Bunday tashabbuslar esa xotin-qizlarning bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Jan, 12:33


#Turizm_Miraki
Mirakida hashar

Hashar doirasida Bisay MChJ tomonidan maishiy chiqindilar yig‘ilib, tartibga keltirildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Jan, 11:09


Shahrisabz tumanida bugungi hashar doirasida yirik daryo va kanal yo‘llari ham tartibga keltirilmoqda, bu esa hududning tabiiy manzarasini yaxshilash va ekologik holatini tiklashga xizmat qiladi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Jan, 11:03


#Turizm_Miraki
Mirakida hashar

Hashar doirasida mahalliy aholi ham ishtirok etib, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish, xonadon va ko‘cha qismlarini tartibga keltirishda faol qatnashib, hududni yanada go‘zal va obodon qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

04 Dec, 14:40


Shahrisabz tumani prokurori B.Xudoyqulov rahbarligida “Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida “Yashil makon" umummilliy loyihasining natijadorligini ta'minlash, koʻchatlarni parvarishlash ishlarini tashkil etish, har bir tashkilot oʻziga yuklatilgan vazifalarni muddatida va sifatli bajarishi lozimgi ta'kidlandi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

04 Dec, 14:22


Ахborot 24 | Rahbar xodimlar va zaxiradagi kadrlar uchun o'quv-amaliy seminari
#4dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Shahrisabz tumani hokimligi

04 Dec, 14:15


Маданий ҳордиқ ва назариядан амалиёт сари

Вилоятимиздаги туман ва шаҳар ҳокимларининг ўринбосарлари, ташкилий-кадрлар гуруҳи раҳбарлари ҳамда миллий кадрлар захирасидаги номзодлар ўқув машғулотларидан сўнг маданий дам олиш мақсадида “Қатағон қурбонлари хотираси музейи”га ташриф буюришди.

Шундан сўнг, Қарши шаҳридаги “Қавали” кичик саноат зонасида йўлга қўйилган лойиҳалар билан танишиб, тадбиркорлар билан тажриба алмашишди.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Shahrisabz tumani hokimligi

04 Dec, 14:12


💥🔥 Виждон!!!

Ота-оналаримиз қаерда ишламасин, "Фарзандимдан умидларим катта!" — дея орзу-ҳавасда бўладилар... Музли ва тошюракларни ҳам титратувчи видео (яқинларга улашинг)

Shahrisabz tumani hokimligi

04 Dec, 04:46


Pensiya tayinlanishi uchun ariza berayotgan vaqtimda familiyam o‘zgargan. Avvalgi ishlagan tashkilotlarimda boshqa familiya bilan ishlaganman. Muammo bo‘lmaydimi?"

Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi yoki familiyasi pasport (identifikatsiya ID-karta) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha ismi, otasining ismi yoki familiyasi bilan mos bo‘lmasa, ushbu hujjatning mazkur shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to‘g‘risidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin.

Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanadi

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook

Shahrisabz tumani hokimligi

04 Dec, 04:46


Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan fuqarolarga pensiyalar qanday hisoblanadi?

Boshqa davlatlardan ko‘chib kelgan, O‘zbekistonda ishlamagan fuqarolarga pensiyalar O‘zbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi o‘rtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi.

Agar bunday kasb hamda malakalar O‘zbekistonda bo‘lmasa, o‘rtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook

Shahrisabz tumani hokimligi

04 Dec, 01:00


​​#kun_hikmati

"Haqiqiy bilimning boshlanishi – bu bilmaslikni anglashdir" - Suqrot.

Shahrisabz tumani hokimligi

20 Nov, 02:00


​​#kun_hikmati

"Yurtning kelajagi yoshlarga bog‘liq, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash - millatning kelajagini saqlashdir" -Mahmudxo‘ja Behbudiy.

Shahrisabz tumani hokimligi

19 Nov, 09:05


Мажлисда Сенат Раиси ва унинг ўринбосарларини сайлаш тўғрисидаги ташкилий масала кўриб чиқилмоқда.

Конституциянинг 101-моддасига мувофиқ, Президент Олий Мажлис Сенати Раиси лавозимига сенатор Танзила Нарбаева номзодини тақдим этди.

Танзила Нарбаева давлат ва жамоат бошқарувида бой тажрибага эга экани, ўтган даврда шу лавозимдаги самарали фаолияти натижасида мамлакатимизда хотин-қизлар, болалар ҳуқуқларини таъминлаш ва уларнинг қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вазият сезиларли равишда яхшилангани таъкидланди.

Шунингдек, Сенат Раисининг биринчи ўринбосари лавозимига сенатор Содиқ Сафоев, Сенат Раисининг ўринбосари лавозимига сенатор Аманбай Оринбаев номзодлари тавсия этилди.

Айни пайтда мажлис давом этмоқда. Сенат фаолиятини ташкил этиш билан боғлиқ масалаларни кўриб чиқиш ҳамда Президентнинг сенаторлар билан мулоқоти бошланди.

Facebook|Instagram|X

Shahrisabz tumani hokimligi

19 Nov, 07:34


Fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi

Shahrisabz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi.

Qabul davomida aholini qiziqtirgan muammolar, jumladan, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi ta'minoti, tibbiy xizmatlar va moddiy yordam masalalari muhokama qilindi.

Bildirilgan murojaatlar o‘z vaqtida va samarali hal etilishi uchun mas'ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

19 Nov, 03:35


​​#kun_hikmati

"Millatni ko‘r qilishning eng oson yo‘li – uni o‘z tilidan va adabiyotidan mahrum qilishdir" - Cho'lpon.

Shahrisabz tumani hokimligi

18 Nov, 15:49


Kambag'allikdan farovonlik sari

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari A.Jo'rayevlar Shamaton hamda Bog‘ishamol mahallalaridagi kambag'al oilalar xonadonlarini o'rganishib, ularning ehtiyojlarini aniqlash va farovonligini oshirish choralarini ko'rishdi. Har bir xonadonning muammolariga yechim topish maqsadida maxsus yordam dasturlari ishlab chiqish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berishdi.

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

18 Nov, 14:05


Joriy yilning noyabr oyi "Energetika xavfsizligi" oyligi e’lon qilinganligi munosabati bilan Shahrisabz tumani prokurori Bahodir Xudoyqulov tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tumanga kirib kelayotgan elektr energiyasi hisobini nazorat qilish bo‘yicha “Guliston-110/35/10 kV” va “Amir Temur-220/110 kV” podstansiyalari kunlik ko‘rikdan o‘tkazdi.

Shuningdek, ko‘rik davomida tarmoqning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, energiya iste’molini yaxshilash va tabiiy yo‘qotishlarni kamaytirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berdi.

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

17 Nov, 14:45


🇺🇿 Mag‘rur hilpiragin yurtim bayrog'i!

18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Shahrisabz , Kitob tumanlari hamda Shahrisabz shahar  yoshlari tomonidan mag’rur bayrog’imiz vohamiz bo’ylab bayram kayfiyatini ulashmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
@Yoshlar_karvoni
@YoshlarAgentligiShahrisabz

Shahrisabz tumani hokimligi

17 Nov, 04:28


Қашқадарё вилоятидан сайланган сенаторлар:

Азимов Муротжон Бердиалиевич - Қашқадарё вилояти ҳокими

Асланов Шухрат Чариевич
- “Шўртан газ кимё мажмуаси” масъулияти чекланган жамияти Бош директори

Иркаев Абдурахим Панджиевич
- Қарши давлат университети “Миллий ғоя ва маънавият асослари” кафедраси доценти

Карамова Комила Зайдуллаевна - Республика маънавият ва маърифат маркази Қашқадарё вилояти бўлими раҳбари

Shahrisabz tumani hokimligi

17 Nov, 02:00


​​#kun_hikmati

"O'zligingni yo'qotma, chunki u sening eng katta boyligingdir" - Usmon Nosir.

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 18:45


KOʻPKARI_ER_YIGITLAR_OʻYINI

Shahrisabz tumanida yoshlarni ot sportiga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida Prokuror (2-sektor) va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda “Xojimaydon” MFY faollari hamkorligida yoshlar oʻrtasida “Uloq-ko‘pkari” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada 100 dan ortiq yosh chavandozlar ishtirok etishdi. Qiziqarli va bahslarga boy boʻlgan musoboqada gʻoliblar munosib sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Telegram sahifamiz
@Yoshlar_karvoni

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 13:32


#RAHBAR_VA_YOSHLAR_UCHRASHUVI

🇺🇿Shahrisabz tumani prokurori Bahodir Xudoyqulov xorijda mehnat qilib kelayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazib, migrantlarimiz bilan samimiy suhbatlashdi.

✍️Shu bilan birga, muloqot davomida xorijdagi yoshlarimiz sektor rahbariga yechim izlayotgan, jumladan, uy-joy uchun kredit, gaz ballon yetkazib berish, bo‘sh ish o‘rinlari va boshqa masalalarda qilgan murojaatlari joyida malakali mutaxassislar ishtirokida hal etildi va o‘rganish uchun topshiriqlar berildi.

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 12:18


​​#kun_hikmati

"Ilmsiz hayot ko'r va qashshoqdir." - Abdurauf Fitrat

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 10:19


Xayriya tadbirlari doirasida madaniy konsert uyushtirildi

Bugun tuman madaniyat bo‘limi tomonidan “Ayollar muruvvat uyida” konsert dasturi tashkil etildi.
Konsertda tuman madaniyat bo‘limi va “Marvarid” madaniyat markazi ijodiy xodimlari tomonidan ajoyib kuy-qoʻshiqlar yangradi.

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 09:42


#Gazchilar_jasorati

MUXBIR: Akbarali XUDOYBERDIYEV

QORLI G'ELON QISHLOG'IGA MAYISHIY GAZBALLONLAR YETKAZILDI

https://t.me/Akbarali_Yangiliklari

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 08:23


Shahrisabz tumanida aholiga arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish ishlari rejaga asosan davom etmoqda

Ma'lumki, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi sovuq havo sharoitida noqulay holatlarga qolmasligi uchun mamlakatimiz bo‘ylab samarali chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, qishloqlarda va tabiiy gazga ulanmagan hududlarda yashovchi aholiga arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isi ham yetkazib berilmoqda.

Tuman hokimi Samad Hasanov va sektor rahbarlari bilan birga ko‘mir omborida bo‘lib, ko‘mir zaxirasini ko‘zdan kechirdi.

🎥 @umidnormuratov

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 05:33


700 SOʻMLIK OLMA

Tumanning Xitoy mahallasi yoshlariga berilgan lalmi yerni suvli yerga aylantirish choralarini koʻrish maqsadida tuman hokimi oʻrinbosari A.Yangiyev tahliliy oʻrganishda...

Natijasi yuzasidan post qoʻyamiz...

Bizni kuzatishda davom eting va bizga qoʻshiling👇👇👇

https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

16 Nov, 05:32


Shahrisabz tumanidagi mahallalarning bosh reja loyihalari ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yil dasturiga asosan, Shahrisabz tumani “Yangi qishloq” va “Xitoy” MFY aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqilishi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Bosh loyiha instituti “Qishloqqurilishloyiha” DM tomonidan bosh reja loyihalari ishlab chiqildi.

Shu boisdan, mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi eʼtiboriga taqdim etilmoqda.

@Yoshlar_karvoni

Shahrisabz tumani hokimligi

12 Nov, 15:12


Бош вазир ўринбосари Жамшид Қўчқоров Қашқадарёда

Shahrisabz tumani hokimligi

12 Nov, 12:36


Fermerlar hayotidan

Shahrisabz tumani "Miraki" yo'nalishi yo'l yoqasida J.Shukurov rahbarligida tashkil etilgan kooperatsiyaga qarashli 12 ga. yer maydonida piyoz mahsuloti yetishtirilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

12 Nov, 11:57


Davlat tilida ish yuritish yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda

Shahrisabz tuman hokimining maslahatchisi Sh.Jalilova va tuman ishchi guruhi boshchiligida Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, "Oq-suv irrigatsiya" bo‘limi, tuman fermerlar kengashi, tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosi yuzasidan ish yuritish hujjatlari va targ‘ibot vositalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilotlarning ish yuritish hujjatlarida davlat tilida ish yuritish me'yorlariga amal qilmaslik, imlo xatolarga yo‘l qo‘yganlik holatlari aniqlandi. Shu bo‘yicha kerakli tushuntirish va tavsiyalar berildi, kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

12 Nov, 11:41


Fuqarolar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi

Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shahrisabz tumanidagi Xalq qabulxonasi bilan birgalikda sektorlarning fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda elektr energiya, yo‘l, suv, tibbiy yordam va moddiy nafaqalar bilan bog‘liq bir qator murojaatlar tinglandi.

Murajaatlarga ijobiy yechim topish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Nov, 15:51


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг араб-ислом саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на арабо-исламском саммите

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Arab-Islamic Summit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Nov, 13:24


Fermerlar hayotidan

Shahrisabz tumani "Miraki" yo'nalishi yo'l yoqasida Abror Arolovich fermer xo'jaligiga qarashli 3 ga. yer maydonida turp maxsuloti yetishtirilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Nov, 13:12


💠 Shahrisabz tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali o‘tkazildi.

Festivaldan maqsad,
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish sportning "Gimnastrada" turini ommalashtirish.

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Nov, 12:13


VII chaqiriq xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining 1-sessiyasi - "Qashqadaryo axboroti" teleko'rsatuvida

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

11 Nov, 06:09


“Yilning eng faol ma’rifat targ‘ibotchisi” Respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan tuman AKM hamkorligida “Yilning eng faol ma’rifat targ‘ibotchisi” Respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

🎁 Qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan bellashuvda hakamlar hayatining xulosasiga ko‘ra tumandagi 8-maktab o‘qituvchisi Eshqobilova Sharofat Samiyevna g‘olib deb topilib tanlovning viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

✳️G‘oliblar kitoblar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shahrisabz tumani hokimligi

24 Oct, 16:41


# xalqaro_konferensiya

ДЕМОКРАТИК ИСЛОҲОТЛАР САМАРАСИ
фуқаролик жамияти ривожида кўринади


2024 йил 24 октябрь куни Тошкент шаҳрида Халқаро ҳамкорлик ташаббуслари ҳафталиги доирасида “Эркин фуқаролик жамияти ва нодавлат нотижорат ташкилотларини ривожлантириш” мавзусида халқаро конференция ўтказилди.

Демократик жараёнларни таҳлил қилиш маркази томонидан ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда ташкил этилган анжуманда 10 дан ортиқ хорижий ва 100 дан зиёд маҳаллий экспертлар, давлат органлари, нодавлат нотижорат ташкилотлари, илмий доиралар вакиллари, сиёсий партиялар фаоллари иштирок этди.

Конференцияда Ўзбекистоннинг демократик тараққиёт йўлидаги ислоҳотлари, айниқса фуқаролик жамияти соҳасидаги туб ўзгаришлар, мамлакатнинг очиқлик ва шаффофлик борасидаги ютуқлари жаҳон ҳамжамияти эътиборига ҳавола этилди.

〰️〰️〰️〰️〰️
👉 Kanalga ulanish - @cadpuz

Shahrisabz tumani hokimligi

24 Oct, 15:21


Sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha o‘tkazilgan viloyat bosqichida Shahrisabz tumani yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-449-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida mas'ul vazirliklar hamkorligida tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida badiiy gimnastika bo'yicha "Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi" viloyat bosqichi o'tkazildi.

Unda Shahrisabz tumanidan ishtirok etgan 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari jamoaviy bahslarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

24 Oct, 15:21


#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON

Hurmatli Shahrisabz tuman aholisi
!

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Shahrisabz tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-oktyabr kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz tuman filiali boshlig'i boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Shahrisabz tuman filiali, Achchig’i MFY binosida

☎️ Murojaat uchun telefon: +99891-963-07-98

Shahrisabz tumani hokimligi

24 Oct, 09:33


Тibbiyot birlashmasiga qarashli yangi oila shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi

Unda tuman hokimi Samad Hasanov, sektorlar rahbarlari va kayvoni otaxonlar shifoxona jamoasi bilan birgalikda ishtirok etdi.

Bo‘limning mazkur punkti uzoq yillardan beri foydalanilmasdan kelinardi. Bu esa o‘z navbatida Xalqobod mahallasida yashovchilarning tibbiyot markaziy shifoxonasiga kelib ketish masalalari biroz qiyinchilik tug‘dirardi. Shularni hisobga olgan holda joriy yilda investitsiya dasturi asosida ajratilgan 1 mlrd. so‘mlik mablag‘ hisobiga mazkur oila shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

22 Oct, 09:26


Fuqarolar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi

Tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shahrisabz tumanidagi Xalq qabulxonasi bilan birgalikda sektorlarning fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda elektr energiya, yo‘l, suv, tibbiy yordam va moddiy nafaqalar bilan bog‘liq 35 dan ortiq murojaatlar tinglandi.

Murajaatlarga ijobiy yechim topish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

👇👇👇
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi

Shahrisabz tumani hokimligi

21 Oct, 11:33


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Shahrisabz tumani hokimligi

21 Oct, 06:17


"Istiqbol" MFYdagi 35-DMTTda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan "Qadring baland boʻlsin, Ona tilim"  shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Jalilova hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shahrisabz tuman boʻllinmasi mutaxassisi ishtirok etdi.

👇👇👇
Telegram Instagram Facebook Youtube Veb sayt

Shahrisabz tumani hokimligi

21 Oct, 06:14


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi, o‘zbek tili bayrami munosabati bilan QarDU talabasi Nigora Rustamovadan samimiy she'rni e'tiboringizga havola etamiz.

👇👇👇
Telegram Instagram Facebook Youtube Veb sayt

Shahrisabz tumani hokimligi

21 Oct, 02:55


Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

👇👇👇
Telegram Instagram Facebook Youtube Veb sayt

Shahrisabz tumani hokimligi

21 Oct, 02:52


Bugun 21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi.

👇👇👇
Telegram Instagram Facebook Youtube Veb sayt

Shahrisabz tumani hokimligi

20 Oct, 07:47


#saylov_2024

Shahrisabz tumani yoshlari joriy yil 27-oktabr kuni o'tkaziladigan saylovda tengdoshlarini faol ishtirok etishga chorlaydi

@YoshlarAgentligiShahrisabz

Shahrisabz tumani hokimligi

20 Oct, 02:14


#kun_hikmati

TURK NAZMIDA CHU MEN TORTIB ALAM,
AYLADIM UL MAMLAKATNI YAKQALAM.


✍️Alisher NAVOIY

👇👇👇
Telegram Instagram Facebook Youtube Veb sayt

Shahrisabz tumani hokimligi

19 Oct, 06:25


🇺🇿Yoshlarning muammolarini o‘rganish, fikr va takliflarini eshitish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Shahrisabz tumani “Oq oltin” MFYda “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi bo`lib o`tdi.

🇺🇿Unda tuman prokurori Bahodir Xudoyqulov so‘zga chiqib bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va tumanda yoshlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi.

🖋Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuman prokuroriga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishdi.

Ko`tarilgan har bir masala tuman prokurori tomonidan nazoratga olinib, ijrosi bo`yicha tegishli mas`ullarga topshiriqlar berildi.

📱https://t.me/Shahrisabz_tuman_prokuraturasi