O’z startaplarini rivojlantirish niyatidagi yoshlarimizga jahon bozorlarida muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan o‘zbek startap asoschilari faoliyatlari bilan yaqinroq tanishish ham qo’shimcha motivatsiya berishi aniq.
Shunday startaplardan biri, hozir Dubayda o’z faoliyatini kengaytirayotgan raqamli farmatsevtika ekotizimi FOM Group asoschisi Murat Maxkamov bilan uchrashdik. Uning startapi 7000 dan ortiq dorixonalarga 3M+ mijozlari bilan ulanishga yordam bermoqda va shu kungacha 7 million dollar sarmoya jalb qilishga erishdi.
Albatta, ular uchun mutlaqo yangi bozorda, ya’ni BAAdagi 400 dan ortiq dorixonalar bilan bog‘lanish oson emas, buning uchun juda qattiq harakat va tirishqoqlik muhimdir.
Bunday startaplar tajribasidan yangi startap boshlayotgan yoshlarimiz uchun ham imkoni boricha kattaroq bozorga chiqadigan, ko’proq insonlarning muammolariga yechim bo'la oladigan loyihalarga e’tibor qilish, hamda yaxshi niyat bilan, uchraydigan qiyinchililarga yengilmay tirishqoqlik bilan harakat qilish muhim ekanligini o’rgansa bo’ladi.
FOM haqida batafsil: https://fom.group
Boshqa oʻzbek startaplari haqida batafsil ma’lumotlarni ushbu saytga kirib o’rganishingiz va startapingizni rivojlantirish haqida foydali ma’lumotlarni olishingiz mumkin: https://startupbase.uz