Baxtiyor ABDUG'AFUR @baxtiyor_abdugafur Telegram 频道

Baxtiyor ABDUG'AFUR

Baxtiyor ABDUG'AFUR
2,068 订阅者
101 张照片
15 个视频
最后更新于 13.03.2025 13:18

相似频道

Shahnoza Soatova blogi
5,984 订阅者
Iqtisod4i
3,050 订阅者

Baxtiyor Abdug'afur: O'zbekistonning Yozuvchisi va Madaniyat Arbobi

Baxtiyor Abdug'afur - O'zbekiston adabiyotining muhim vakillaridan biri bo'lib, u o'zining ijodiy faoliyati davomida ko'plab asarlar yaratgan. Uning yozuvchilik mahorati, o'ziga xos uslubi va insonlar hayoti haqidagi chuqur tushunchalari bilan o'ziga xos o'rin egallaydi. Baxtiyor Abdug'afur, shuningdek, madaniyat arbobi sifatida ham tanilgan, chunki u o'z asarlari orqali o'zbek milliy qadriyatlarini saqlashga va rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Uning asarlari ko'plab o'quvchilarni o'ziga jalb qilib, o'zaro muloqotni rag'batlantiradi va O'zbekiston adabiyotidagi o'rnini mustahkamlaydi.

Baxtiyor Abdug'afur kim?

Baxtiyor Abdug'afur O'zbekiston yozuvchisi bo'lib, u adabiyot sohasida o'ziga xos uslubi va g'oyalar bilan tanilgan. Uning asarlari asosan insoniy his-tuyg'ular va jamiyatdagi o'zgarishlar haqida. U o'z ijodiy faoliyatida milliy qadriyatlarni saqlab qolishga qaratilgan, bu esa uning asarlaridagi mavzularni yanada qiziqarli va aniq qiladi.

Baxtiyor Abdug'afur, shu bilan birga, O'zbekiston madaniyatining rivojlanishiga hissa qo'shadi. U yozuvchilik faoliyati bilan birga, madaniy tadbirlar va ma'rifiy loyihalarda ham faol ishtirok etadi, bu esa o'zbek adabiyotini keng jamoatchilikka tanitishga yordam beradi.

Baxtiyor Abdug'afurning asarlarini qanday baholash mumkin?

Baxtiyor Abdug'afurning asarlari o'zining chuqur mazmuni va yuqori badiiy darajasi bilan ajralib turadi. O'quvchilar uning qalamiga ta'sirlangan holda, hayotiy voqealar va insonning ichki dunyosini chuqur anglaydi. Yozuvchi o'z asarlarida o'zbek milliy qadriyatlarini va turmush tarzini yoritadi, bu esa uning asarlarini yanada jozibador qiladi.

Shuningdek, Baxtiyor Abdug'afurning asarlarida zamonaviy masalalar, ijtimoiy adolatsizlik va inson huquqlari masalalari ham ko'tariladi. Bu uning asarlariga yanada zamonaviylik va dolzarblik beradi, shuningdek, u o'z o'quvchilarini fikr yuritishga va o'zaro muhokamalarga undaydi.

O'zbek adabiyotida Baxtiyor Abdug'afurning o'rni qanday?

Baxtiyor Abdug'afur O'zbek adabiyotining muhim vakillaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari nafaqat o'zbek tilida, balki boshqa tillarda ham tarjima qilingan, bu esa uni xalqaro miqyosda tanitadi. U o'zining badiiy uslubida yangiliklar kiritgan va o'zbek adabiyotini zamonasiga moslashtirishga harakat qilgan.

Bundan tashqari, Baxtiyor Abdug'afur o'z ijodida milliy tarixni va madaniyatni saqlashga qaratilgan. U yozgan hikoya va romandagi qahramonlar ko'pincha o'zbek tarixiga oid voqealarda ishtirok etadi, bu orqali yosh avlodga tarixiy qiyinchiliklar va ulardan o'rganish zarurligini ko'rsatadi.

Baxtiyor Abdug'afur qanday mavzularni o'z asarlarida ko'taradi?

Baxtiyor Abdug'afur asarlarida insonning ichki his-tuyg'ulari, ijtimoiy adolatsizlik, o'zbek milliy qadriyatlari va an'analari kabi mavzularni urg'ulaydi. Uning hikoyalarida ko'pincha kishi o'z hayotidagi murakkab vaziyatlarga qanday munosabatda bo'lishi va bunlardan qanday saboqlar olish lozimligini ko'rsatadi.

Shuningdek, u yuqori badiiy darajada shaxsiy va ijtimoiy masalalarni o'z asarlarida yoritadi. Baxtiyor Abdug'afurning asarlari o'quvchilarni faqat qiziqtiribgina qolmay, balki ularni fikr yuritishga, hayotni chuqurroq tushunishga undaydi.

Baxtiyor Abdug'afurning ijodi haqida qayerda ma'lumot olish mumkin?

Baxtiyor Abdug'afur haqidagi ma'lumotlarni ko'plab manbalar orqali olish mumkin. Ularning ichida adabiyotga oid kitoblar, maqolalar, internet saytlar va intervyular mavjud. O'zbekiston adabiyoti bo'yicha tadqiqot o'tkazayotgan olimlar va yozuvchilar uning asarlarini tahlil qilib, ularning ahamiyatini o'rganishmoqda.

Bundan tashqari, Baxtiyor Abdug'afur ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etadi, bu esa uning ijodi va yangi asarlari haqida yangiliklarni tezda olish imkonini beradi. Yozuvchining shaxsiy sahifalari va bloglari uning asarlari va fikrlarini keng auditoriyaga taqdim etadi.

Baxtiyor ABDUG'AFUR Telegram 频道

Baxtiyor ABDUG'AFUR kanalida siz o'zingizga yoqadigan va foydali ma'lumotlarni topishingiz mumkin! Bu kanalda Baxtiyor ABDUG'AFUR tomonidan yaratilgan eng so'nggi yangiliklar, tavsiyalar va foydali tushunchalar sizni kutmoqda. Agar siz hayotda muvaffaqiyatga erishishni istasangiz va o'z o'zingizni rivojlantirishni hohlasangiz, ushbu kanal siz uchun! Kanalda eng so'nggi dunyo yangiliklari, biznesni rivojlantirish va insoniyatga foydali bo'lgan boshqa ko'rsatmalar sizni kutmoqda. Sizning o'zingizni rivojlantirish va muvaffaqiyatga yetishish yo'ldagi yordamchilar uchun Baxtiyor ABDUG'AFUR kanaliga obuna bo'ling va ma'lumotlardan foydalaning!

Baxtiyor ABDUG'AFUR 最新帖子

Post image

2023 йил апрелида Словениянинг Порторож шаҳрида XII халқаро қизлар математика олимпиадаси бўлиб ўтди. Олимпиадада биринчи ўринни Хитой терма жамоаси эгаллаган бўлса, 2- ва 3-ўринлар АҚШ ва Австралия терма жамоаларига насиб қилди.

Эътиборли жиҳати нимада? АҚШ ва Австралия терма жамоалари таркибида. АҚШ терма жамоаси (https://www.egmo.org/egmos/egmo12/countries/country19/):

Isabella Zhu
Kristie Sue
Jessica Wan
Vivian Loh

Австралия терма жамоаси:

Eunsu Choi
Xiangyue (Laura) Nan
Cloris Xu
Iris Xu

Бу ерда бир омил ўта муҳим ва ҳал қилувчи аҳамиятга эга: миллат қадриятлари! Агар миллат илмнинг энг олий қадрият ҳисобласа ва ижтимоий ҳаётининг бир қисми деб ҳисобласа, Америкада яшайдими ёки Австралияда, ўзини ҳар соҳада кўрсата олади. Илм-фанни олий қадриятга айлантира олмаган миллат (жамият, давлат) ўз ўрнини топа олмайди.

Мен Хитойда кўп йиллар ишлаганман. Катта ўғлим Хитой мактабида (уйғур синфида) бир мавсум ўқиган. Бу миллатнинг илм-фанга муносабатини жуда яхши биламан. Мактаб бу миллат учун алоҳида муқаддас маскан. Ҳар ота-она нафақат қалби, балки бутун вужуди билан мактабни ҳурмат қилади. Устозларга қўполлик қилиш тугул, ёмон сўз айтишга ҳам уялади.

Яна бир жиҳат. Йирик супермаркетларда биринчи бўлимда – кираверишда китоблар сотилади. Турфа ёшдаги болалар тик туриб, ўтириб, ётволиб китоб ўқийди. Сотиб оладими-йўқми, иккинчи масала, ҳеч ким келиб “олмасанг китобни жойига қўй, йиртиб, буклаб, мижиқлаб... қўясан!” демайди.

Энди бир ўйлаб кўрайликда. Илм ортидан қувган миллат ривожланмай яна ким ривожлансин?! Илм-фан қадриятга айланмас экан, кўп нарсаларда ютқазамиз.

Хулоса ўзингиздан.

13 Mar, 07:56
1,570
Post image

Kun.uz яхши кўрсатув тайёрлабди (https://youtu.be/M4BvojFtx5I?si=1Lj1wyL7i2a3iRzB).

Собиқ Шўро даврида сохта тарихларни халққа сингдиришда кино яхшигина қурол эди. Неча-неча авлодлар ана шу ёлғон тарихни ҳақиқат деб улғайди. Миллий ўзликни йўқотиш ва ижтимоий фикрни назорат қилиш — манипуляциясида шу сохта тарихлар керак эди.

Бу ташвиқот ҳалигача ўз асоратини кўрсатиб келади. Жамиятни турфа тоифаларга бўлишда давом этмоқда. Вазият шу даражага етдики, ўзининг аждодларидан уяладиган ёки нафратланадиган тоифа ҳам шаклланди.

Юқоридаги ҳавола орқали кўрсатувни кўришингиз ва тасаввурларни яна бир бойитишингиз мумкин. Вақтингизга ачинмайсиз.

05 Mar, 10:10
1,919
Post image

Ғалати ишлар бўляпти экан...

Водийнинг айрим жойларида фермерларга "БИОАЗОТ" биоўғити сотишаётган эмиш. Бу бренд ва ўғитнинг муаллифлари, яъни биз ҳеч нарса билмаймиз. Яхшиям, Ўсимликлар карантини ва ҳимояси агентлиги бизнинг МЧЖга шу БРЕНДли биоўғитига сертификат бериб, муаллифлигимизни тасдиқлаб қўйган (суратда).

Эслатиб қўймоқчиман.

"БИОАЗОТ" биоўғити таркибидаги штаммлар молекуляр-генетик паспортизация қилинган ва халқаро NCBI маълумотлар базасига жойланган. Агар бизнинг маҳсулотлар таркибидаги штаммлар кўпайтирилиб сотилаётган бўлса (уларнинг қиёсий таҳлили ўтказилади) тегишли идораларга мурожаат қилинади.

Аввал ҳам шундай ҳолатлар бўлган. Маҳсулотимиз номини қўйиб бозорга чиққанлар кўп бўлди. Уларни билардик, лекин бирортасига "ғинг" деган эмасмиз. Чунки бу ўғитнинг ортида илм ҳам бор-да! Биоўғитни сотган билан илмини айтиб қўймаса фойдаси бўлмайди. Кўплар ўз-ўзидан чиқиб кетди, кўплар уялиб қолди.

Биттаси катта партия сотиб, "ўғити" иш бермаганидан кейин фермерлар келиб бўйнидан олганини ҳам эшитдик. 2013 йиллармиди, прокуратура чақирди, бошқа масалада.

Ўшаларга маслаҳатим... унақа иш қилманглар, ҳаромда барака бўлган эмас. Келган пулидан ташвиши кўп бўлади. Ўғит ишлаб чиқармоқчимисиз, келинг, бошқа таркиблар бор, бемалол иш қилаверасиз.

27 Feb, 05:07
1,834
Post image

ILM qadri

Rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti bosh omili – ilmdir! Turlik ilmlardagi peshqadamlik ilmiy ishlanmalar – yuksak texnologiyalarga asos yaratdi, ular esa, sanoatdagi inqiloblarga sababchi bo’ldi. Zamonaviy dunyoda iqtisodlar shu tarzda rivojlandi, rivojlanadi. Iqtisodlari rivojlangan jamiyatlarda esa ILM oliy qadriyatga, birlamchi ehtiyojga aylandi. Zamonaviy fikrlaydigan insonlarning ilmga intilishlari sababi ham shu, aslida.

Biz esa ilmning kerakligini tushunamiz, lekin uning naqadar kuchli qurol ekanini to’liq anglamaganmiz. Jamiyatimiz ilm ortidan boyigan hamyurtlarimizni bilmaydi. Ilm bilan boyish mumkinligini tasavvur ham qila olmaydi.

Qolaversa, ma’lum davrda ilmli insonlarning nisbatan kam haq to’lanadigan ishlarda ishlagani ham jamiyatning keng qatlamida ilm olishga bo’lgan rag’batni yo’qotdi. O’sha rag’bat va ishtiyoqning so’ngani sabab bugun ilm beruvchi ustozlar qadri tushdi.

E’tibor bering – horijda ilm o’rganish uchun katta haq to’lash kerak bo’ladi. Chunki, ilmga intilganlar juda ko’p. Taraqqiy etgan jamiyatlarda insonlar kelajagini ilmsiz tasavvur eta olmaydi.

Bugun ilm har qachongidanda muhim, dolzarb va ahamiyatlidir. Buning uchun, aytaylik, TVdagi ko’ngilochar dasturlar o’rnini jiddiy mavzuli ko’rsatuvlar egallashi, ilm egalariga mikrofonni berish kerak. Gapirganida ega-kesimni bir-biri bilan “urishtirib” qo’yadiganlar jamiyat ijtimoiy fikriga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jamiyat ulardan o’rnak olishi kerak emas.

Bugun ertalab, nonushta payti, kanallarni almashtirayotsam (odatda, O’zbekiston tarixi, Madaniyat va ma’rifat kanallarini ko’raman) bir kanalda suhbat bo’layotgan ekan. Boshlovchi yigit mehmonga savol beryapti: “Negadir sizni konsertlarda oldingi qatorlarda ko’rmay qo’ydik, buning sababi nima?” Mehmon javob berdi: “Hozir konsert dasturi bilan band bo’lganim sababli…” Tushundimki, mehmon ham shou-biznes vakili ekan. Shu yerda bir fikr keldi. Konsert dasturlarida ilk qatorlarda yozuvchi, olim… kabi nodir insonlarni ko’rmagan ekanman. Demak, biz ularga ilk qatorlarni ra’vo ko’rmaymiz. Qiziqda!

Xulosa o’rnida aytar so’zim shuki, qadriyatlar o’zgarmas ekan biz o’z salohiyatimizni to’liq ko’rsata olmaymiz. Biz ijtimoiy fikrda ham, aniq fanlarda ham so’z ayta oladigan xalqmiz, shuni unutmasligimiz kerak.

19 Feb, 14:32
3,148