Insayt Psixologiya @insight_psixologiya Channel on Telegram

Insayt Psixologiya

@insight_psixologiya


Insayt psixologiya va trening markazi
🟣 Oliy maʼlumotli psixologlar;
🟣 Eng zamonaviy metodikalar;
Tel: +998935495568
Sahifalarimiz: http://bit.ly/insight-psixologiya
Savollar: @Insayt_admin
Kurslar: https://telegra.ph/INSIGHT-psixologiya-markazi-08-27

Insayt Psixologiya (Uzbek)

Insayt Psixologiya kanalimiz psixologiya va treningga qiziqishingizni oshiradi. Kanalimizda oliy maʼlumotli psixologlar tomonidan tayyorlangan eng zamonaviy metodikalar haqida ma'lumotlar oling. Bizda sizga qiziqarli va foydali kontentlarni taqdim etiladi. Kanalimizda savollar uchun @Insayt_admin ga murojaat qilishingiz mumkin. Bizning kurslarimiz va faoliyatlarimizni bilib olish uchun quyidagi linklar orqali ma'lumot olishingiz mumkin: http://bit.ly/insight-psixologiya va https://telegra.ph/INSIGHT-psixologiya-markazi-08-27. Biz bilan birga, o'z psixologik rivojlanishingiz va xayotdagi muammolaringizga yechim topishingiz mumkin. Aytgancha, biz bilan aloqaga chiqing va eng zamonaviy psixologiya usullari va ma'lumotlari bilan tanishing!

Insayt Psixologiya

28 Jan, 12:55


"Multimodal konsultatsiya" profkursining ochiq darsida ishtirokchilar bilan tanishib oldik, asosiy darslar esa 30-yanvardan boshlanadi

https://t.me/psixolog_azlarova

Insayt Psixologiya

28 Jan, 06:15


29-yanvar 14:00 da "O'smirlar bilan ishlash" mavzusida bo'lib o'tadigan SUPERVIZIYA mashg'uloti uchun qabul davom etmoqda! 🔊

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

27 Jan, 11:15


Sizning bu borada fikringiz qanday? 🧐

Yuqoridagi maslahatga qo'shilasizmi? 🤔


https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

26 Jan, 13:10


🔔 Ustoz psixolog Feruza Alimovaning amaliy psixologlar uchun navbatdagi SUPERVIZIYA mashg‘uloti 29-yanvar 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

✍️ Superviziyada ishtirok etish uchun @Insayt_admin ga murojaat qiling.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

26 Jan, 06:02


Xotiniga ehtirom va muhabbat bilan muomala qilgan erkakni g‘arbda jentlmen deyishadi, bizda esa "issiq-sovuq qilingan".

Hannan Muhammad

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

25 Jan, 07:25


🖼️ Bo'lib o'tgan "Art-terapiya" treningida qatnashchilar yangi "Mening tanam" metodikasi bilan ishlashdi.

28-yanvar kuni tashkil etiladigan navbatdagi treningda Raisa Tadjibayeva yangi texnika va metodikalar bilan bo'lishadilar!

✍️ Treningda qatnashish uchun @Insayt_admin ga murojaat qiling!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Jan, 03:31


"Yaxshi ko‘rgan kishimiz kasal bo‘lsa, sinov deymiz. Yomon ko‘rganimiz xastalansa, jazo. Allohning qadarini xohishingizga ko‘ra taqsimlashdan ehtiyot bo‘ling!"

Mubashshir Ahmad

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

23 Jan, 14:32


🙍🏻‍♀️ Konsultatsiyaga kelgan mijozning muammosi va holatidan kelib chiqib, unga mos yo'nalishni tanlay olish psixologning mahorati va tajribasidan dalolat qiladi.

💁🏻‍♀️ Amaliyotchi psixolog bilishi va qo'llashi kerak bo'lgan konsultatsiyaning nozik sir-asrorlarini Sayyora Azlarovaning "Multimodal konsultatsiya" profkursida hamfikr jamoa bilan birga o'qib-o'rganish imkoniga egasiz!

❗️Kursga faqat diplomga ega psixologlar, pedagog-psixologlar va shu yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar qabul qilinadi.

✍️ Ro'yxatdan o'tib, joy band qilish uchun @Insayt_admin ga murojaat qiling.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

23 Jan, 05:01


🔔 Ustoz Feruza Alimovaning mualliflik NLP kursi offline va online formatda 25-yanvardan START oladi!

Neyrolingvistik programmalashtirish kursi kimlar uchun?

✔️ Amaliyotchi psixologlar;

✔️ Pedagog psixologlar;

✔️ Psixoterapevt va
klinik psixologlar;

✔️ Psixolog sifatida faoliyatini
endi boshlaganlar;

✔️ Psixologiya yo'nalishi
talabalari;

✔️ Psixologik bilim olib, shaxsiy rivojlanish yo'lida bo'lganlar!


✍️ Batafsil ma'lumot olish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

22 Jan, 15:20


👥 Odamlar doim o'zlariga psixologik travmalari va anlash darajasi teng bo'lgan odamni tanlaydilar. Juftlardan biri faol rivojlanishni, o'z ustida ishlashni va o'zgarishni boshlasa, munosabatlarda inqiroz muqarrar ravishda yuzaga keladi.

Keyin nimalar bo'ladi?

Ikkinchi juft ham o'sishni boshlaydi va yangi darajaga ko'tariladi.

Yoki qarshilik ko'rsatadi va jufti allaqachon "o'sib bo'lgan" muhiti darajasida qolishni afzal ko'radi va ehtimol, uni yo'qotadi!

📌 Albatta, bu og'riq beruvchi azobli jarayon. Ammo bu yetuklikning ajralmas mexanizmi.

🚀 Rivojlanishni tanlaganingizda, Siz nafaqat o'zingizni, balki atrofingizdagi muhitni ham o'zgartirasiz. Siz dono yetuk shaxsga aylanasiz. O'z istaklaringiz haqida gapirishni, chegaralarni belgilashni va haqiqatan ham "o'zingizniki" bo'lgan narsalarni tanlashni o'rganasiz. Va bu yo'lda partneringiz yuzaga kelgan yangi muhitni siz bilan baham ko'radi yoki uni tark etadi.

Siz-chi, bu fikrga qo'shilasizmi? 🤔

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

22 Jan, 07:18


25-yanvar kuni START oladigan Sayyora Azlarovaning "Multimodal konsultatsiya" profkursida amaliyotchi psixolog sifatida shakllanishingiz, bu yo'nalishda rivojlanishingiz uchun 3 oy davomida bir necha jonli konsultatsiyalar kuzatuvchisi bo'lib, zamonaviy metodikalarni o'rganib, 1 oylik amaliyot davrida o'zingiz ham mijozlar bilan bevosita ishlash ko'nikmasini shakllantirishingizga yordamchi bo'lamiz!

❗️ Kursga faqat diplomga ega psixologlar, pedagog-psixologlar va psixologiya sohasida o'qiyotgan talabalar qabul qilinadi.

‼️ SERTIFIKAT imtihon asosida taqdim etiladi!

✍️ Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

21 Jan, 15:54


"Men va U" maxsus terapevtik kursini yakunlab, 2 oy davomida qadrli bo'lib qolgan guruh ishtirokchilari bilan xayrlashdik 🥹

https://t.me/psixolog_azlarova

Insayt Psixologiya

21 Jan, 08:21


Feruza Alimovaning "NLP" kursidan kichik parcha

❗️Eslatib o'tamiz, "Neyrolingvistik programmalashtirish" kursi uchun qabul davom etmoqda!


https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

20 Jan, 14:35


Ilmiy metodlar asosida sifatli psixologik kosultatsiya qilish usullarini o'rganish maqsadidagi psixologlar, pedagog-psixologlar va psixologiya yo'nalishi talabalarini Sayyora Azlarovaning mualliflik "Multimodal konsultatsiya" profkursining ochiq darsiga taklif qilamiz!

❗️Ochiq darsda qatnashish bepul. Oldindan ro'yxatdan o'tish shart!

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

20 Jan, 06:20


21-22-yanvar kunlari bo'lib o'tadigan "Art-terapiya" treninggiga qabul davom etmoqda! 🔊

Ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qilishga shoshiling!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

19 Jan, 15:20


🔔 Feruza Alimovaning mualliflik NLP kursi uchun yangi qabul ochildi!

Neyrolingvistik programmalashtirish kursida 1 oy davomida:

✔️ Mijozlarning vizual, audial va kinestetik tipologiyasi;

✔️ Rapport. Muammoga va mijozning holatiga kirish san'ati;

✔️ Gipnoz oldi trans holati;

✔️ Autogipnoz;

✔️ Shuningdek, bir qancha NLP
texnikalari taqdim etiladi!

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

19 Jan, 08:10


Bu post ko'proq otalarga yetib borishi uchun uni tarqating!) 😌

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Jan, 15:40


Munosabatlarga kirishishdan avval quyidagi savollarni muhokama qilib oling

1️⃣ Haqiqiy sevgi sizningcha qanday bo'lishi kerak?

2️⃣ Siz bu munosabatni nima maqsadda qurmoqchisiz?

3️⃣ O'zaro munosabatlarda murosaga kelishishga rozi bo'lasizmi? (Masalan, ...)

4️⃣ Jiddiy munosabatlarga kirishishdan biror qo'rquvingiz bormi?

5️⃣ Mehrimni his qilishingiz uchun mendan nimalarni kutasiz?

Oila qurish arafasida turgan yaqinlaringizga ulashib qo'ying)

Davomini joylashimiz uchun 🔥 qoldiring!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Jan, 06:02


Ba'zida kuch qolmagandek tuyuladi, lekin farzandining birgina tabassumi birdaniga barcha narsani - energiya, ishonch va sevgini qaytaradi ❤️

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

17 Jan, 14:31


NLP psixologiyaning terapevtik usuli va shaxsiy rivojlanish texnikasi sifatida yaratilgan.

🧠 Bu yo'nalish yaratuvchilari dasturlash yordamida odamlarga miya qanday ishlashini, fikrlar qanday shakllanishini va xatti-harakatni nima belgilab berishini tushunishga yordam berishni maqsad qilishadi.

📌 NLP usullarini kouching, tibbiyot, huquq, biznes, sport va ta'limda ham qo'llash mumkin.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

17 Jan, 05:01


🖼️ «Новое в арт терапии» так называется семинар-тренинг, который состоится в 21-22 января с 14:00 до 17:00.

Этот тренинг для тех, кто уже прошел основной курс по арт терапии, а так же для тех, кто интересуется творчеством.

Темы и техники на тренинге:
- Арт терапия для построения команды;
- Арт терапия при работе с семьей;
- Монотипия на стекле для рефлексии;
- Я и мое тело;
- Я и моя тень для обретения своей идентичности и другие техники.

✍️ Для записи: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

16 Jan, 14:33


Markazimizga amaliyotga kelgan 4-kurs talabalarining jonli konsultatsiya amaliy mashg'ulotidan keyingi fikrlari

Sayyora Azlarova konsultatsiya qanday tashkil qilinishini ko'rsatish maqsadida mijoz "vazifasini" o'tagan talabaning kichik muammosi bilan ishlab, 1 soatlik konsultatsiya qanday etaplardan o'tishi jonli misol bilan ochib berilgan bo'lsa "Multimodal konsultatsiya" profkursida turli maktab yo'nalishlari bo'yicha alohida konsultatsiya metodlari shu kabi amaliy jarayonda o'rgatib boriladi! 🎯

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

16 Jan, 10:43


🏛️ Lomonosova nomli MDUning Toshkent filiali psixologiya yo'nalishi 4-kurs talabalari INSIGHT psixologiya markazida amaliyot o'tashga kelganlarida Sayyora Azlarova tomonidan maxsus amaliy mashg'ulot tashkil qilinib, geshtalt terapiya yo'nalishida konsultatsiya o'tkazish usulini ishtirokchilarning birida qo'llab, qolgan talabalar bu jarayonni kuzatib o'zlari uchun qaydlar qilib borishgandi.

Bo'lajak psixologlarning kuzatuvlari asosida qilgan xulosalari Siz uchun qiziq bo'lsa, 🔥 qoldiring)

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

14 Jan, 11:34


📚 Ertak terapiyasi – psixoterapiyaning eng samarali yo'nalishlaridan biri bo'lib, nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham qo'llaniladigan psixokorreksiya usulidir.

U bolalarga qo'rquvlardan qutulish, halollik, rostgo'ylik, rahm-shafqat va boshqa qadriyatlarni sodda, bolalar tilida singdirishdir.

Kattalar uchun esa ertakterapiya aql bilan qabul qilolmaydigan muammolarni anglash, vaqt va madaniyat chegaralarini chetlab, dunyoni butunligicha qabul qilishga o'rgatadi.

📣 Bolalar bilan ishlashning eng samarali usulini o'zlashtirish istagida bo'lganlarni 17-18-yanvar kunlari bo'lib o'tadigan Feruza Alimovaning "Ertak terapiya" kursiga taklif qilamiz!

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

14 Jan, 05:40


Rapport – bu odamlar o'rtasidagi "специфик" aloqani belgilaydigan psixologik atama.

Bunday holat aloqa jarayonida odamlarning his-tuyg'ulari va fikrlari sinxronlashtirilganda va muloqot ishonchli va oson bo'lganda sodir bo'ladi.

Rapport holatidagi odamlar bir-birlarini yaxshiroq eshitadilar va tushunadilar. Konsultatsiya jarayonida bu holatning ahamiyati haqida "Multimodal konsultatsiya" profkursida to'liqroq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

13 Jan, 15:21


"Biz yolg'iz tug'ilamiz, yolg'iz yashaymiz va yolg'iz o'lamiz", deb aytgan ekan Osho. Va men bu fikrga qo'shilaman.

Bu haqiqatni anglash va qabul qilish quyidagilarni tushunishga yordam beradi:

1. Hech kim meni haqiqatan ham baxtli qila olmaydi.
2. Hech kim mening hayotim uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olmaydi.

Bu haqiqatni tushunish, insonga Yaratgan bergan imkoniyatlarni anglagan holda o'z kuchiga yanada ko'proq ishonchni his qilib, harakat qilishga undaydi.

O'z hayotining egasi bo'lgan inson har doim o'zidan so'raydi:
"Men hozir qayerdaman? Va o'zimni yanada baxtliroq qilish uchun nima qila olaman?"


Shundan kelib chiqib, inson o'z hayotini o'zgartirishga, o'zini rivojlantirishga va yangi qadamlar tashlashga yo'naltiradi.

Hamma baxtning boshlanishi ichimizda va unga olib boradigan aniq qadamlar mavjud.

Feruza Xurshidovna

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

13 Jan, 07:31


"Art-terapiya" kursi bitiruvchilari uchun yangi metodikalardan iborat 2 kunlik trening reja qilinmoqda! 🎯

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

12 Jan, 09:05


🔔 Feruza Alimovadan va'da qilingan yangi "Ertak terapiya" kursi!

Kurs nafaqat psixologlar, balki pedagoglar, ota- onalar uchun ham tushunarli, manfaatli bo'lib, 2 kun davomida offline hamda online formatda bo'lib o'tadi!

Dars kunlari 17-18-yanvar

❗️Ro'yxatdan o'tib, joy band qilishga ulguring!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

06 Jan, 14:29


"Psixossenariy" kursining bugungi ochiq darsi ishtirokchilarning biri-biriga ulangan savollari bilan yanada qiziqarli o'tdi 🔥

Siz ham "Katta bo'lsam boshqacha yashayman, ota-onamga o'xshamayman", degan fikrga kelganmisiz? 🫢

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

05 Jan, 10:03


📣 Ustoz psixolog Feruza Alimovaning amaliy psixologlar uchun navbatdagi SUPERVIZIYA mashg‘uloti 10-yanvar 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

✍️ Superviziyada ishtirok etish uchun @Insayt_admin ga murojaat qiling.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

05 Jan, 07:10


Muammolaringizni psixolog qabulida muhokama qiling! 😉

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

04 Jan, 15:20


2025-yilni o'zingiz bilan rostgo'y bo'lishdan boshlang!

Quyidagi savollarga bergan javobingiz psixik salomatligingizni asrash uchun birinchi qadamlardan bo'lsin ⬇️

1️⃣ Haqiqiy istaklarimga yaqinlashishimga nima to'sqinlik qilmoqda?

2️⃣ Men uchun o'tmishni unutib, oldinga intilish nima sababdan muhim?

3️⃣ "Yo'q" deb ayta olishni qanday o'rganishim mumkin?

4️⃣ O'z yutuqlarimni e'tirof etishimga menga nima xalaqit beradi?

5️⃣ O'zimni xotirjam his qilishimga nima yordam beradi?

❗️Bu savollarga samimiy javob berish istaklaringiz, qo'rquvlaringiz va haqiqiy maqsadlaringiz kabi yashirin hissiyotlaringizni anglash va o'zingizni o'rganishga xizmat qiladi.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

04 Jan, 05:10


📝 "Psixossenariy" kursida yosh davrlariga alohida mavzu ajratilgan bo'lib, undagi ma'lumotlar farzand tarbiyasidagi nozik jihatlarni ochib beradi.

👨‍👩‍👧‍👦 Har bir yoshda ota-ona diqqat qaratishi muhim bo'lgan holatlar, farzandlarimizda shakllangan xulq-atvorning sabablari va tarbiyada yo'l qo'ygan xatolarimizni qaysi bosqichda qay shaklda to'g'irlash imkoni borligi haqidagi bilimga ega bo'lish uchun

"Psixossenariy" kursiga ro'yxatdan o'ting!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

03 Jan, 04:09


Sizning "oooddiy" kuningiz, ba'zilarning orzusidir!

Shunday ekan, har kuningiz uchun shukr qiling..) 🌷


https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

02 Jan, 15:30


Siz libosingizni, sochingizni, yuzingizni, qomatingiz, ovozingiz va hattoki, butun atrofdagi odamlarni o‘zgartirishingiz mumkin.

❗️Ammo, ong ostidagi psixossenariy o‘zgarmaguncha, o‘sha-o‘sha muammolar boshqa ko‘rinish va boshqa insonlar bilan takrorlanaveradi.

Destruktiv psixossyenariyni esa, har doim konstruktivga aylantirish mumkin. Muhimi, ixlos va astoydil xohlash!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

02 Jan, 05:02


Agar bizda qurbon ssenariysi bo'lsa, ta'qib etuvchi albatta topiladi. Aksincha bo'lsa, qurbon yoki qutqaruvchi insonni topib olamiz. Chunki anglanmagan ssenariy o'yinlari tugatilmaguncha, himoya mexanizmlari bizni shu rollarga tortaveradi.

agar sizga bu mavzu qiziq bo'lsa;
o'zingizni "qurbon" yoki "qutqaruvchi" rolida ko'rishdan charchagan bo'lsangiz;
farzandlaringiz, turmush o'rtog'ingiz va boshqalar bilan sog'lom munosabatlarni o'rnatishni;
pul psixossenariysini o'zgartirishni istasangiz, bu kurs aynan Siz uchun!

❗️Yana ham to'liqroq ma'lumotlarni 6-yanvar soat 11:00 da bepul ochiq darsda olishingiz mumkin.

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun:
+998935495568
@Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

01 Jan, 11:35


2️⃣ Ular bolaning his-tuyg'ularini ahamiyatsiz deb hisoblaydilar.

Ajablanarlisi shundaki, filmda Kevin o'z his-tuyg'ulari haqida to'g'ridan-to'g'ri gapira oladi. Misol uchun, onasi uni uchinchi qavatga yuborishdan oldin, onasiga: "Bilasizku, men u yerda qo'rqaman", deganida, onasi qo'lini silkitib: "O'ylab topma", deydi.

Zamonaviy psixologik tilda bu "газлайтинг" deb ataladi va psixologik zo'ravonlik shakli hisoblanadi. Bunda bir kishi boshqa odamni o'z his-tuyg'ulari va fikrlari noto'g'ri va noadekvat ekaniga ishontiradi. Agar doimo kimgadir u his qilgan narsa fantastika ekanligi ta'kidlayverilsa, u ertami-kechmi o'zi bilan nimadir noto'g'ri ekanligi haqidagi qarorga keladi.

Kevin yoshiga nisbatan, ancha dadil bo'lib, oilasini yoqtirmasligini ochiq aytadi, shu bilan birga hamma uni yomon ko'rishiga ham ishonchi komil.

Shu holatda ham onasi uni ishontirishga harakat qilmaydi, balki u bilan bahslashish orqali vaziyatni yanada og'irlashtiradi va "Sen bundan hali afsuslanasan" kabi bolalarcha pozitsiyani egallaydi. Buning ustiga bolasining kechirimini qabul qilmaydi va baribir uni bola uchun qo'rqinchli xonaga yuboradi.

Bu vaziyatda qanday yo'l tutish mumkin?

Farzandingiz o'z his-tuyg'ularini siz bilan baham ko'rganda yoki biror narsadan juda xavotirda bo'lganida, birinchi qilish kerak bo'lgan narsa uning his-tuyg'ularini qabul qilib, buni izhor qilish: "Men seni g'azablanganingni tushunaman", "Men seni xafa bo'lganingni ko'ryapman", "Men qo'rqayotganinga ishonaman".


Keyin esa bu his-tuyg'ularni yashab o'tishga vaqt berish kerak, ularni chalg'itib, boshqa narsalarga ishontirishga urinmang, shunchaki bolaga bu his-tuyg'ularni sizning yoningizda boshdan kechirish imkoniyatini bering: agar u xafa bo'lsa, shafqat ko'rsating va yig'lashiga ruxsat bering; agar u g'azablansa, yostiqni ursin; qo'rqayotganda sizni qo'lingizni ushlab, shunchaki qo'rqish imkoniyatini bering.

Bu bolaga uning his-tuyg'ulari haqli ekanligini, ulardan qochish yoki yashirish kerak emasligini tushunish imkoniyatini beradi va boshqalarga nisbatan "empatiya"ni shakllantiradi.

Bu kabi xatolarni takrorlamasligingiz uchun maqola Sizga foydali bo'lgan bo'lsa, ❤️ bosishni unutmang!)

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

01 Jan, 11:32


"Один дома" filmida Makkallister
oilasidagi ota-onaning 2 ta eng katta xatosi❗️


1️⃣ Ular bolaning hatti-harakatlariga emas, balki bolaning o'ziga baho beradilar.

Film boshidanoq Kevinning aka-opalari uni “kichkina yaramas”, “injiq” deb atashganini eshitamiz. Hatto opasi uni “qobiliyatsiz” deb ataydi, lekin shuni unutmaslik kerakki, bolalar bunday baho berishni kattalardan o‘rganadilar.
Bundan tushunish mumkinki, ularning oilasida bir-birlarini masxaralangan ismlar bilan chaqirish odatiy hol.

Otasining yangi ilgaklaridan o'yinchoqlar yasash ma'qul ishmi? Albatta yo'q, lekin bu sizni butunlay yomon odamga aylantiradimi? Tabiiyki yo'q, lekin Kevinning ota-onasi va boshqa oila a'zolari unga shunday deyishadi. Butun oila a'zolari unga norozi tanqid nigohlari bilan qaraydigan manzara har qanday dahshatli filmdan ham battarroq. Tasavvur qilsak, siz sakkiz yoshdasiz va sizga qarshi 14 kishi jam - hatto onangiz ham ular tarafida.

Bo'lgan voqeadan so'ng u darhol "Nega hamma menga men hech narsaga arzimaydigan odamdek munosabatda bo'ladi?", deb so'raydi.

Bu – kichkintoy o'z oilasida o'zini aynan shunday his qilishini anglatadi. Bunga javoban u eng yaqin odamning qo'llab-quvvatlashi o'rniga, "Uyda 15 kishi bor, lekin, faqat sen hamma uchun muammo tug'dirasan", degan boshqalar bilan solishtiruv asosida o'zining muvaffaqiyatsizligini tasdiqlovchi javobni oladi.

Bu holatda nimani o'zgartirish mumkin?

Agar farzandingiz noto'g'ri ish qilsa, unga nima uchun uning qilayotgan ishi sizga yoqmasligini tushuntirish va muqobil variantni taklif qilish muhimdir. Yomon ish qilsang, o'zing ham butunlay yomon odam bo'lasan, degan fikrni singdirmaslik kerak. Hamma xato qiladi va bu norma.


Ehtimol, agar Kevinning ota-onasi uning baliq ovlashga bo'lgan ishtiyoqini payqashganda, ehtimol unga dadasinikidan arzonroq, lekin o'yinlariga mos keladigan boshqa qarmoq sotib olishlari mumkin edi.

Davomi keyingi postda ⬇️

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

01 Jan, 09:00


Qishki ta'til kunlari barchamiz sevib tomosha qilgan "Uyda yolg'iz" filmidagi bosh qahramon Kevinning ota-onasi oilada qanday tarbiyaviy xatolarga yo'l qo'yganini tahlil qilishga nima deysiz?

Mavzu qiziq bo'lsa 🔥 qoldiring)

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

31 Dec, 05:10


Ustoz psixolog Feruza Alimova bilan tashkil qilingan bir martalik superviziya mashg'uloti ishtirokchilarning istaklariga binoan yangi yildan davom etishi reja qilindi!

🔔 Tez kunlarda navbatdagi SUPERVIZIYA qachon bo'lib o'tishi haqida xabar beramiz!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

30 Dec, 15:30


Diqqat va e'tiboringiz qayerda bo'lsa, resursingiz ham ayni shu yerda!

Fokusingizni rivojlanishingiz uchun muhim narsalarga qaratish – baxtli hayotning yozilmagan qonunidir.

Siz-chi nimalarga e'tibor qaratyapsiz?

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

30 Dec, 10:06


Qanday odamlarda NEVROZ shakllanadi?

Aynan yumshoq fe'lli, itoatkor, birovlar uchun "yaxshi" odamlar nevrozga ko'proq duchor bo'ladilar.

Ular o'zlaridan tashqari hamma uchun yaxshi (aniqrog'i, qulay) bo'lishga harakat qilishadi. Bunday odamlar o'zlarining his-tuyg'ularini bostiradilar, o'zlarining xohishlarini inobatga olmaydilar, chegaralarini qanday himoya qilishni va YO'Q deyishni bilmaydilar.

Bu xulq-atvor esa yoshlikdan, ko'p hollarda oila muhitida shakllangan bo'ladi.

❗️Agar bola tengdoshlari tomonidan masxara qilinsa va haqoratlansa, bu faqat bitta narsani anglatadi: uni oilasida oshkora yoki yashirin tanqid qilishlariga o‘rganib qolgan, endi esa o‘zi bilmagan holda boshqalarni ham o'ziga nisbatan xuddi shunday munosabatda bo‘lishlariga yo'l qo'yib beradi.

Bola atrofdagilar qilayotgan munosabatni oilasidagilarga aytib, ulardan himoyani kutadiyu, lekin ota-onasidan bu daldani ololmaydi.

‼️ Agar bola tirnoqlarini "go'shti chiqib qolguncha kemira boshladimi" – aniq nevroz.

Nevroz – bu bolalarni noto'g'ri tarbiyalashning oqibati, zaruriy resurslarning yetishmasligi oqibatida bolaning ruhiyati bardosh bera olmaydigan jarohatlardan yuzaga keladi.

Bolalar resurslarni ota-onalardan olishadi, shuning uchun birinchi navbatda yordamga muhtoj shaxs bu – ONA!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

29 Dec, 15:01


Psixologik test javobi

1️⃣ Agar siz birinchi gulni tanlagan bo'lsangiz, demak, narsistik xarakter sizga tegishli emas. Siz boshqalarning konstruktiv tanqidini qanday qabul qilishni bilasiz. Siz atrofingizdagi odamlarga g'amxo'rlik qilishni yaxshi ko'rasiz va ularga shafqat ko'rsatasiz. Siz boshqalarni tinglashni va ularga yaxshi maslahat berishni yaxshi ko'rasiz.

2️⃣ Ikkinchi gulni "sog'lom narsisizm" ega odamlar tanlaydi. Siz o'zingizni, kuchli va zaif tomonlaringizni yaxshi bilasiz, shu bilan birga diqqat markazida bo'lishni yaxshi ko'rasiz. Siz o'zingizni soyalaringizni va yorqin tomonlaringizni qabul qilgansiz.

3️⃣ Bu gul vijdonli, aqlli va ijodkor odamlar tomonidan tanlanadi. Sizda matematik fikrlash qobiliyati bor va atrofingizdagilar sizning barcha iste'dodlaringizdan xabardor. Siz yutuqlaringiz bilan maqtanishni yoqtirmaysiz, lekin ular uchun juda minnatdorsiz.

4️⃣ Agar sizni to'rtinchi gul jalb qilgan bo'lsa, bu sizning o'ziga xos narsist ekanligingizni anglatadi. Siz o'zingizni shunchalik yaxshi ko'rasizki, burningizning uchidan narini ko'ra olmaysiz. Sizga o'zingiz va o'z ishlaringiz shunchalik muhimki, boshqa odamlarning taqdiri sizni qiziqtirmaydi. Siz o'zingizni faqat "ego"ingiz ehtiyojlarini qondiradigan odamlar bilan o'rab olgansiz.

5️⃣ Siz juda kamtarsiz, lekin shu bilan birga sizda o'zingizni qadrlash hissi kuchli. Siz o'zingizni hurmat qilasiz va o'z chegaralaringiz haqida qayg'urasiz, lekin bu siz doimo koinotning markazida turasiz degani emas.

6️⃣ Bu tanlov sizning narsist bo'lishga moyilligingizni anglatadi, lekin siz bir vaqtning o'zida sodiq, foydali va sezgir do'st bo'lishingiz mumkin. Afsuski, siz doimo faqat sizning fikrlash tarzingiz yoki xatti-harakatlaringiz to'g'ri, boshqalar esa doimo sizga ergashishi kerak deb o'ylaysiz.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

29 Dec, 05:05


Assalomu alaykum, hurmatli obunachilarimiz!

❗️Ogohlantiramiz!!!

INSIGHT psixologiya markazining administratsiya raqami va Telegram admin profili faqatgina
+998935495568 raqamidan javob beradi!

Kursga yoki psixologlarimiz qabuliga to'lov qilishdan oldin ishonch hosil qiling!!

‼️ Eslatib o'tamiz, markazimiz psixologlari, xususan Sayyora Azlarova hamda Feruza Alimovaning yordamchilari ham Siz bilan faqatgina shu raqamdan aloqaga chiqishadi!

Nomimizdan ochilgan soxta akkauntlarga ishonib qolmang!

Hurmat bilan, INSIGHT administratsiyasi


https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

28 Dec, 16:00


#Psixologik_test

Test javoblarini bir kundan so'ng ma'lum qilamiz 🔔

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

28 Dec, 15:10


"Psixossenariy" kursining ijobiy ta'sirini sezgach, psixologiya yo'nalishida tahsil olishga qaror qilib, Toshkent shahridagi oliy o'quv yurtlarining birida pedagogika va psixologiya yo'nalishi talabasiga aylanib, sohaga oid bilimlarni chuqurroq o'rganish va mustahkamlash maqsadida "Multimodal konsultatsiya" profkursida ishtirok etgan o'quvchimiz Ro'ziboyeva Zarnigor ☺️

https://t.me/psixolog_azlarova

Insayt Psixologiya

28 Dec, 08:10


Yoshligimizda qondirilmagan ehtiyojlarimiz katta bo'lganimizdan so'ng moliyaviy holatimizga qanday ko'rinishda ta'sir o'tkazishi "Pul psixossenariysi" mavzusida tahlil qilinadi 📝

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

27 Dec, 14:40


Barcha munosabatlarning asosi sog'lom muloqotga borib taqaladi 💬

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

27 Dec, 06:15


Ota-onaga yaxshilik qilish farzandning rizqi keng va umri uzun bo‘lishiga sabab bo‘ladi 😌

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Dec, 15:01


Shaxsiy chegaramizni himoyalash uchun 10 ta ibora!

🫵 Boshqalar bizga o'zining noo'rin savollari, xatti-harakatlari, takliflari bilan "bosim" o'tkazgandagi tuyg'u bilan barchamiz tanishmiz.

🙌🏻 Shunday vaqtlarda agar o'sha odamning yo'l-yo'rig'i bo'yicha ish tutsak, ichimizda o'zimizga o'zimiz qarshi ketayotgandek his qilamiz..

Yuzaga kelgan bu qarshilik bizning shaxsiy chegaralarimiz buzilganligidan dalolat beradi!

Bunday vaziyatga tushmaslik uchun as qotadigan oddiy iboralar ro'yxati:

1️⃣ "Yo'q"

(Eng kerakli ko'nikma – qisqa va lo'nda rad eta olish)

2️⃣ "Rahmat, menga kerak emas"

(Avvalgisiga qaraganda yumshoqroq javob)

3️⃣ "Bu sizning javobgarligingiz emas"

(Ayniqsa, ba'zi bir begona odamlar Sizga yoki farzandingizga haddan ziyod "aql o'rgatib", tarbiya berishga kirishib ketganlarida foydali)

4️⃣ "Buni men bilan emas, ota-onam bilan muhokama qiling"

(Bolaning ota-onasini chetlab o'tib, notanish bolaning o'zi bilan muloqot o'rnatib, dakki berib, tartibga solishga harakat qilayotgan kattalarga javob berish uchun)

5️⃣ "Men uchun bu yoqimsiz holat"

(Jismoniy yoki ma'naviy bosim bo'lganda)

6️⃣Baqirma! Shundoq ham eshitaman"

(Ovozini noo'rin ko'targanda)

7️⃣ "Men buni o'zim hal qilaman"

(Biror kishi o'z fikrini tinimsiz o'tkazishga harakat qilganda)

8️⃣ "STOP! Menga teginmang!"

(Sizga nisbatan jismoniy harakatni to'xtatish uchun keskin javob)

9️⃣ "Men xohlamayman"

(Mutloq rad etish, uzrsiz, tushuntirishsiz)

🔟 "Kechirasiz, qila olmayman/bu menga noqulay/ bandman"

(Turli bahonalarsiz muloyim rad etish)

Shaxsiy chegarangizni va "asablar"ingizni asrash uchun ushbu iboralardan foydalaning va farzandlaringizga ham o'rgating!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Dec, 05:01


Hech kim hech qachon xafa, ahmoq yoki dangasa bo'lishni rejalashtirmagan. Bu narsalarning hammasi sizning rejangiz bo'lmaganida sodir bo'ladi.

Larry Winget

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

23 Dec, 15:20


🖼️ Art-terapiya turli xil texnikalarni o'z ichiga oladi. Shu sababli bu "psixologik san'at" yo'nalishini har kim o'zida sinab ko'rishi mumkin.

👩🏻‍🎨 Art-terapevt ko'plab usullardan foydalangan holda, odamlarning psixoemotsional holatini to'g'rilashga, his-tuyg'ularini korreksiya qilishga, insonni o'ziga xos "kompleks"lari bilan ishlashga, ichki bosim va xavotirdan xalos bo'lishiga yordam berishi mumkin.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

23 Dec, 10:15


Siz-chi, hozir ayni damda baxtlimisiz?

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

22 Dec, 08:51


Bu holat bilan Siz qanday kurashasiz?) 😅🙈

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

21 Dec, 11:20


"Miya neyrofiziologiyasi" kursida miyaning qay tartibda ishlashi va uning himoya mexanizmlari haqida

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

21 Dec, 07:00


Profkurs bitiruvchisi Abduazimova Malika imtihondan so'ng bilimlarini yanada mustahkamlash, sohaga oid ko'proq ma'lumotga ega bo'lish va mustaqil o'rganish uchun o'ziga aniq reja tuzib olgani haqida guruhdoshlari bilan bo'lishdi 😌

https://t.me/psixolog_azlarova

Insayt Psixologiya

20 Dec, 09:45


Ta'lim mexanik ishlovchi jarayon emas. U his-tuyg'uga bog'liq. Hatto mustahkam bilim aqliy tomonlama emas, balki hissiy tomonlama qo'lga kiritiladi. Shuning uchun ham g'arb ta'lim markazlari ichida ruhiy rivojlanish maktablari eng muvaffaqiyatlisi hisoblanadi.

«Yosh bola demang ularni... Bola tarbiyalash san'ati» kitobidan

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

19 Dec, 14:30


🔍 Psixofiziologiya psixik hodisalar bilan nerv sistemasining tuzilmalari orasidagi chambarchas bog’liqlikni tushuntiradi va isbotlaydi.

👩‍🔬 Eksperimental tadqiqotlar orqali bu fan miya qismlarida sodir bo'ladigan biokimyoviy jarayonlar bilan hissiyotlar, instinktlar va xulq-atvor reaksiyalari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

19 Dec, 06:30


❗️Agar ona o'z ehtiyojlarini to'ldirmagan bo'lsa, uning farzandlariga beradigan hech narsasi yo'q.

Ehtiyojlaringizni hurmat qilishni va qondirishni o'rganish vaqti keldi! 🙌🏻

Yanvar oyidan START olishi reja qilingan "Psixossenariy" kursi uchun qabul boshlandi, Siz ham o'z joyingizni band qilishingiz mumkin

✍️ Batafsil ma'lumot uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Dec, 15:30


Feruza Alimova bilan bo'lib o'tadigan bir martalik superviziya mashg'uloti 20-dekabr 14:00 da bo'lib o'tadi❗️

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun @Insayt_admin ga murojaat qiling.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Dec, 07:05


"Art-terapiya" mashg'ulotida o'zimizni va o'zimizga bo'lgan munosabatimizni anglashga qaratilgan texnikalardan biri 🙌🏻

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

17 Dec, 14:30


🎭 Siz boshqa birov aslida nimani boshdan kechirayotganini hech qachon aniq bilmaysiz. Ko'p odamlar o'zlarining haqiqiy his-tuyg'ularini beparvolik, baxt va samaradorlik niqobini kiyish orqali yashirishadi.

🔍 Biz Sizni o'zingizga va hissiyotlaringizga nisbatan e'tiborli bo'lishga undaymiz! Siz o'zingizdagi ichki norozilik, diskomfort yoki og'riqni tan olishingiz muhim...

🌪️ Agar vaziyat surunkali holga kelsa, tegishli choralarni ko'ring. Axir, depressiyani davolash mumkin va qanchalik tez yordam so'rasangiz, tuzalishingiz tezroq bo'ladi!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

03 Dec, 15:01


Malakali mutaxassis, art-terapevt Raisa Tadjibayevaning "Art-terapiya" kursini yangi guruh bilan boshlab oldik 🤗

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

03 Dec, 05:01


Agar sizning rejalaringizda qodir bo'lganingizdan ko'ra kamroq narsa bo'lsa, ehtimol, siz hayotingizning har kunida baxtsiz bo'lasiz.

--------------------------------

Если вы планируете быть чем-то меньшим, на что вы способны, вы, верoятно, будете несчастны каждый день своей жизни.

Абрахам Маслоу

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

02 Dec, 15:40


💬 Munosabatlar va muloqot hayotimizning asosiy qismini tashkil qiladi. Ammo sog‘lom, samimiy muloqot qilish ko‘nikmasi hammamizda ham yetarli emas.

📣 "Murosa" kursi kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirib, shaxsiy samaradorlikka va chiroyli munosabatlarga erishishni xohlaganlar uchun.

Kurs davomida nimalarni o‘rganamiz?

- Muomala va o‘ziga ishonchning o‘zaro bog‘liqligi;
- Muloqotda hissiyotning o‘rni;
- Nizolarning sabablari va konstruktiv yechimlari;
- Oiladagi, jamiyatdagi o‘rnimiz, faoliyatimiz samaradorligiga munosabatlarning taʼsiri;
- Muomaladagi kichik texnikalar orqali hal bo‘ladigan katta muammolar;
- Er-xotin, qaynona-kelin munosabatlarini samarali boshqarish;
- Samimiylik, kongruentlik va xarizma.

Munosabatlaringizni farzandlaringizga namuna bo‘ladigan suratda yo'lga qo‘yish uchun harakatni bugundan boshlang! 🎯

✍️ Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/psixolog_azlarova

Insayt Psixologiya

01 Dec, 15:20


🌬️ Ongimiz odatda psixologik travmalarni bizga azob bermasligi uchun muzlatib qo'yadi.

Art-terapiya yordamida mijoz o'zini hozirgi real holatini ko'rishi, o'zini kuzatishi va oldinga harakatlanishi uchun resurs topishi mumkin.

🔥 Art-terapiya insonning muzlatilgan his-tuyg'ularini "isitadi" va ichki sirini terapevtga ishonib topshirish uchun kuch beradi.

❗️"Art-terapiya" kursi 3-dekabrdan START oladi! 🔔

Kurs amaliy psixologlar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va o'z-o'zini tarbiyalash va ijodiy rivojlanishga moyil bo'lgan kattalar uchun mo'ljallangan.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

30 Nov, 10:31


Farzandlarimizni "internet"dan qanday himoya qilishimiz mumkin? 🤔

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

28 Nov, 14:30


"Miya neyrofiziologiyasi" kursining kirish darsidan lavha❗️

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

28 Nov, 07:41


❗️Oiladagi munosabatlar nevrotik ekanligining belgilari:

✔️ Yuqori darajada bosimning borligi

Oilada doimiy tushunmovchilik yuzasidan to'qnashuvlar (конфликт) bo'lishi yoki aksincha, hech qachon tortishishmaydi, har qanday vaziyatda jim turish, "ichga yutish" oqibatida yuzaga keladigan bezovtalik.

✔️ Haddan tashqari kuchli (bo'g'uvchi) nazorat

Ota-ona har bir qilingan qadam haqida hisobotga muhtoj, eng kichik sababga ko'ra tashvishlanadi, mustaqil tanlash imkoniyatini bermaydi.

✔️ Xavfsizlikning yo'qligi

O'zlarini ham, qaramog'idagi insonlarni ham qanday himoya qilishni bilishmaydi.

✔️ Manipulyatsiya

Doimiy ravishda xafa bo'lishlar, bir inson boshqasini ayblashi, boykot e'lon qilishi, boshqalar u uchun yashashga majbur qabilidagi kutuvlarning borligi.

✔️ Giperg'amxo'rlik

Aloqalar ko'pincha qaramlik tamoyiliga asoslanadi, bola o'z individualligini rivojlantira olmaydi va ayni paytda o'zini majburlangandek his qiladi.

✔️ Ochiq muloqotning yo'qligi

To'g'ridan-to'g'ri, ochiq-oydin gapirishni bilishmaydi, gaplarini turli ishoralar, kesatiq, bosim, minnat yoki "qizim senga gapiraman, kelinim sen eshit" qabilida so'z qochirimlarini ishlatib xohish-istaklarini bildirishadi.

✔️ Rollarni almashtirish oqibatida chegaralarni buzish

Bolalarni o'zlariga do'st/dugona qilib olishadi va ularning "quloqlari uchun mo'ljallanmagan" kattalar hayotining kerak bo'lmagan tafsilotlarini aytib berishadi, maslahat so'rashadi yoki hatto ota-onalar uchun qaror qabul qilishga undashadi, bolani kattalar hayotida yashashga majburlash ko'rinishida teng huquqli sheriklik munosabatlarini o'rnatishadi.

✔️ Psixoseksual chegaralarni buzish

Bolalar bilan birga uxlash, kattalar bolaning oldida kiyim almashtirishi, ichki kiyimda yoki kiyimsiz yurishi, birga cho'milish.

Siz oilangizda yuqoridagilardan qaysilarini kuzatgansiz?

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

27 Nov, 15:20


Suqrot dialogi – suhbat davomida fikrlashni, diqqatni jamlashni, bo'lib turgan muhokamani va unda ishtirok etayotgan inson o'z fikrini adekvat baholashiga yordam beradigan aniq savollarni berishni o'z ichiga oladi

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

27 Nov, 06:31


"Men va U" maxsus terapevtik kursi ishtirokchilari o'z "trigger"larini aniqlab olishdi

Siz-chi o'z triggerlaringizni bilasizmi?

https://t.me/psixolog_azlarova

Insayt Psixologiya

26 Nov, 14:30


🤯 Psixologik travma o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. U biror bir hodisaning salbiy ta'siri insonning intellektual, psixologik, hissiy resurslaridan oshib ketganda va uning barcha oldingi hayotiy tajribasini yo'q qilganda yuzaga keladi.

Psixologik travma bilan ishlash uzoq vaqt talab etiladigan jarayondir. Bu yo'lni birmuncha oson bosib o'tishni istovchilar uchun "Art-terapiya" mashg'ulotlari samarali yechim bo'la oladi.

👥 Hissiyotlarini guruh ichida bo'lishishdan tortinadiganlar esa INSIGHT psixologiya markazida faoliyat olib boruvchi psixologlar qabuliga yozilishlari mumkin.

✍️ Murojaat uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

26 Nov, 11:00


«Bolalarga o'yin o'ynashni man qilib, uy vazifasini bajarishga mahkum qilib, ularning pok qalblarini qoraytirmang»

Shayx G'azzoliy

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

25 Nov, 15:20


Psixologik test javobi

1️⃣ Siz bekor o'tira olmaysiz.

Siz energiyaga to'la va charchoq bilmas odamsiz. Aktivlikka bo'lgan xohishingiz hayotning barcha sohalarida o'zini namoyon qiladi. Hatto dam olish vaqtida ham siz o'zingizga to'liq bo'shashishga ruxsat bera olmaysiz, har bir daqiqani mazmunli va rivojlantiruvchi faoliyat bilan to'ldirishni afzal ko'rasiz. Siz yangi maqsadlar qo'yishni va ularga erishishni yaxshi ko'rasiz, bu o'zingizni tirik va produktiv his qilishingizga yordam beradi. Harakatsizlikka sabrsizlik va doimiy band bo'lishga intilish sizni nafaqat samarali, balki doimiy ravishda yangi ufqlarni o'rganishga majbur qiladi. Asosiysi, bir kun bu tempdan so'nib qolmaslik uchun muvozanatni topishdir, lekin agar siz shundoq ham hamma narsadan mamnun bo'lsangiz, unda ajoyib.

2️⃣ Siz juda ochiq, ko'pchilikni xush ko'ruvchi odamsiz.

Siz haqiqiy ekstrovertsiz, kuch-quvvatingiz boshqa odamlar oldida kuchayadi. Umumiy tilni osongina topish qobiliyatingiz va muloqot qilish istagi sizni har qanday jamoaning yuragiga aylantiradi. Siz yolg'izlikdan ko'ra muloqotni afzal ko'rasiz, chunki boshqa odamlar bilan o'zingizni baxtli va energiya bilan to'la his qilasiz. Siz quvonch va muvaffaqiyat daqiqalarini boshqalar bilan baham ko'rish imkoniyatini qadrlaysiz. Boshqa odamlardan ijobiy energiya olish va uni qaytarish qobiliyatingiz sizni nafaqat ajoyib do'st, balki har qanday kompaniyaning qadrli kishisiga ham aylantiradi. Siz haqiqatan ham insoniy aloqalarning qadrini tushunasiz va har qanday jamiyatda iliq, do'stona muhit yaratishni bilasiz.

3️⃣ Siz sodiqlikni qadrlaysiz va sizni "shunchaki" sevishlarini xohlaysiz.

Siz munosabatlardagi samimiylik va sadoqatni ko'proq qadrlaysiz. Atrofingizdagi odamlar sizni sizligingiz uchun, hech qanday shartsiz va umidlarsiz sevishlari siz uchun muhim. Bu sizning haqiqiy shaxs sifatida qabul qilinish va tushunilishga bo'lgan chuqur xohishingizni aks ettiradi. Siz atrofingizda ishonch va o'zaro qo'llab-quvvatlash muhitini yaratishga intilasiz, yoningizda hamma o'zini qadrli va muhim his qilishi uchun. Siz ushbu aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirishga katta e'tibor berasiz, ularga vaqt va his-tuyg'ularingizni sarflaysiz.

4️⃣ Siz haqiqiy romantiksiz.

Siz qalbi ehtiros va orzularga to'la haqiqiy romantiksiz. Sizning yaqinlaringiz bilan yolg'iz o'tkazgan romantik daqiqalarning go'zalligini qadrlash qobiliyatingiz sizni ayniqsa sezgir va diqqatli sherik qiladi. Kichkina syurprizlar, yaxshi so'zlar yoki shunchaki birga vaqt o'tkazish orqali o'ziga xos muhit yaratish sizga yoqadi. Siz bu lahzalarda nafaqat quvonch, balki hayotning boshqa barcha jabhalari uchun sizga energiya beradigan ilhom topasiz. Sizga bo'lgan muhabbat nafaqat tuyg'u, balki ijodkorlik va g'ayrat manbai hamdir. Siz romantik munosabatlar hayotni boyitish va unga ma'no berish kuchiga ishonasiz.

5️⃣ Siz ehtiyotkor odamsiz.

Siz biron bir harakat yoki tanlov qilishdan oldin uzoq vaqt o'ylashga moyil bo'lgan haddan tashqari ehtiyotkor odamsiz. Ehtiyotkorlik haqiqatan ham xato qilmaslikda (yoki hech bo'lmaganda eng halokatlilaridan qochish) juda muhim sifat bo'lsa-da, ehtiyotkorlikning salbiy tomoni ham bor. Siz ko'pincha hayotingizda paydo bo'ladigan imkoniyatlar va g'oyalarni rad etasiz. Ba'zan xavf - bu turtki va rivojlanish uchun yo'l ochadi.

6️⃣ Siz kuchli irodaga egasiz.

Siz hech qachon yarim yo'lda to'xtamaysiz va har doim boshlagan ishingizni oxiriga yetkazasiz. Yaxshi rivojlangan yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyatlari bilan siz o'z jamoangizni muvaffaqiyatga olib keladigan zo'r lidersiz. Jamoa bo'lib birga vaqt o'tkazish, birga ishlash, birga harakat qilishdan ko'ra uni boshqarishni xush ko'rasiz va aynan shu yo'lni tanlaysiz. Oldinga qo'ygan maqsadingizga erishgach, yanada kuch va shijoatga to'lasiz.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

25 Nov, 05:10


Uzoq yillik malaka va tajribaga ega art-terapevt Raisa Tadjibayevaning "Art-terapiya" kursiga qabul ochildi! 🔔

▶️ Kurs haqida batafsil ma'lumot

Davomiyligi: 1 oy / 8 ta mashg'ulot
Format: Offline
Dars kunlari: Seshanba - payshanba
Kurs narxi: 1 500 000 so'm

✍️ Ro'yxatdan o'tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Nov, 15:20


#Psixologik_test

Test javoblarini ertaga shu vaqtda ma'lum qilamiz 🔔

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Nov, 09:01


Siz-chi sportning qaysi turida muvaffaqqiyatga erishgansiz? 😅

Dam olish kuningiz maroqli o'tsin! 😉

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

23 Nov, 10:13


Bugun "Bolalar psixologiyasi va bolalarda konsultatsiya o'tkazish usullari" online kursining bitiruvchilari sertifikatlarini qabul qilib, Ustoz Feruza Alimovani kechagi kasb bayrami bilan tabriklab ketishdi 😍

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

22 Nov, 15:20


👥 Ajrim masalasida so'nggi qarorni juftlarni o'zlariga qo'yib berish kerak

Sizning bu borada fikrlaringiz qanday?

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

22 Nov, 14:00


Juftingizga qayta oshiq bo'lish uchun unga quyidagi savollarni bering ⬇️

1️⃣ Mening qaysi so'zlarimni hech qachon unutmaysiz?

2️⃣ Ikkimizga bog'liq eng yoqimli xotirangiz?

3️⃣ Menga qanday savolni berishdan qo'rqasiz?

4️⃣ Ikkimiz qaysi ishlarni tez-tez birga qilib turishimizni xohlaysiz?

5️⃣ Qanday vaqtlarda o'zingizni baxtli his qilasiz?

6️⃣ Juft sifatida bizning kuchli tomonlarimiz nimada?


Savollarni yaqinlaringiz bilan ham ulashib qo'ying) 😉

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Oct, 15:02


Munosabatlaringiz samimiy ekanini qanday bilsa bo'ladi?

▪️Bir-biringizning shaxsiy chegara va hududingizga hurmat ko‘rsatasiz, haqoratli so‘zlarga o‘tmaysiz.

▪️Juftingiz sizni xayolingizda kechayotgan fikrlarni "o‘qishini" kutmasdan, sizni bezovta qilayotgan holat haqida darhol gapirasiz.

▪️Juftingizni "trigger"larini, u bilan qaysi mavzuda gaplashmaslik va uning yonida nima qilmaslik kerakligini bilasiz.

▪️ Va eng asosiysi(!), ikkingiz ham munosabatlar mehnat talab qilishini va o'z-o'zidan paydo bo'lmasligini tushunasiz.

Bu ro'yxatga Siz yana nimalarni qo'shgan bo'lardingiz? Izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin ⬇️

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Oct, 06:20


Keling, bunga biroz oydinlik kiritamiz)

🫀 Yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlari kasalliklarining 50% psixosomatikaga bog'liq ekani allaqachon ilmiy jihatdan isbotlangan. Bizning hissiy kechinmalarimiz jismoniy sog'lig'imizga bevosita ta'sir qiladi.

💆🏻‍♀️ Inson hissiy mavjudot va biz hissiyotlarimizni «o'chirib»qo'yolmaymiz, impulslar o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Tuyg'ular haddan tashqari ko'p bo'lsa, ularni bo'shatish kerak.

📌 Xulosa esa shunday: hissiy zo'riqishni yengillashtirish kerak! Ko'z yoshlar esa bu taranglikni bartaraf etish uchun foydali vositadir. Inson yig'laganda, neyromediatorlar va baxt gormonlari ajralib chiqadi, natijada inson tinchlanadi.

💁🏻‍♀️ Bundan tashqari, psixika va somaning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, yig'lash o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilishdir, chunki bu bilan Siz psixosomatik kasalliklarning rivojlanish ehtimolini kamaytirasiz!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

24 Oct, 05:39


Agar yig'lagingiz kelayotgan bo'lsa, buni o'zingizga taqiqlamang) 🫂

Bu kuchli his-tuyg'ularni boshdan kechirishning eng oson yo'li!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

23 Oct, 14:31


Nega biz eski xatolarni takrorlaymiz? 🤔

Buni bilish uchun keling, miyaning xulq-atvor namunalarini qanday saqlashini tahlil qilamiz 🙌🏻

1️⃣ Energiya tejamkorligi

Eski xulq-atvor shakllari yaxshi rivojlangan va kamroq aqliy resurslarni talab qiladi. Miya energiyani tejash va kognitiv harakatlarni kamaytirish uchun tasdiqlangan va tanish yo'llardan foydalanishni afzal ko'radi. Bu tanish vaziyatlarga tezroq va samaraliroq reaksiya qilish imkonini beradi.

2️⃣ Avtomatik odatlar

Miya murakkabroq vazifalarga resurslarni bo'shatish uchun odatlarni yaratishga intiladi. Eski xulq-atvor shakllari avtomatik bo'lib, harakatlarni ongli nazoratni talab qilmasdan bajarishga yo'l beradi. Bu esa hayotni osonlashtiradi va aqliy stressni kamaytiradi.

3️⃣ Psixologik barqarorlik

Odatiy xulq-atvor namunalari barqarorlikni va oldindan ko'ra bilish hissini ta'minlaydi. Inson o'z harakatlaridan va boshqalarning reaksiyalaridan nimani kutish kerakligini bilgani uchun, unda qulaylik va xavfsizlik hissi bo'ladi. Bu o'z navbatida stress va tashvish darajasini pasaytiradi.

4️⃣ Ijtimoiy va madaniy normalar

Ko'p hollarda eski xulq-atvor namunalari ijtimoiy va madaniy standartlar asosida ildiz otgan bo'ladi. Ijtimoiy aloqalarni saqlab qolish va qabul qilingan standartlarga javob berish uchun miya o'z xatti-harakatlarini jamiyat kutuviga moslashtiradi.

🧠 Miya ko'pincha eski xulq-atvor namunalarini saqlab qoladi, shuning uchun ular bizning odatiy hayot tarzimizning bir qismiga aylanadi. Ushbu odatlar qulaylik va barqarorlik tuyg'usini yaratishi mumkin, bu bizga keraksiz stresslarsiz kundalik vazifalarni yengishga yordam beradi.

❗️Biroq, eskirgan namunaga yopishib olish bizning shaxsiy o'sishimizga to'sqinlik qilishi, munosabatlar qurishga va yangi sharoitlarga moslashishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

🪫 Agar Siz o'zingizdan norozi bo'lib, hayotingizda biror narsani o'zgartirish vaqti kelganini tushunsangiz, psixologga murojaat qiling.

🔋 Psixolog bilan ishlash orqali Sizni boshqarayotgan salbiy fikrlash modellarini anglab yetib, o'zingiz xohlagan turmush tarzingizga erishishga yordam beradigan samarali fikrlarga almashtira olasiz.

Shuni unutmangki, barcha o'zgarishlar sizning ichingizda boshlanadi! 🤍

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

23 Oct, 05:23


🎯 O'zimizni "Soya"larimiz bilan qabul qilishga, asl "Men"imizni anglashga qadamlar "Men va U" kursidan boshlanadi.

Kurs "Psixossenariy" kursining mantiqiy davomi bo'lib, "Arxetiplar nazariyasi" va "Emotsional intellekt" konsepsiyalari asosida tashkil etilgan.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

22 Oct, 05:10


Agar siz o‘zingizning asl g‘oyalaringizni ifoda etmasangiz, o‘zingizni tinglamasangiz, o‘zingizga xiyonat qilgan bo‘lasiz.

-----------------------------------

Если вы не выражаете ваши собственные оригинальные идеи, если вы не слушаете себя, обращаясь внутрь, вы предаете себя.

Ролло Мэй

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

21 Oct, 14:31


Kaltabinlik

Bir yurtda yashab turib, o'sha xalq tilini bilmaslik:
Birinchidan - o'sha xalqqa nisbatan hurmatsizlik.
Ikkinchidan - o'sha xalqdan o'zini ustun qo'yish.
Uchinchidan - g'irt nodonlikdir!

«Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobidan

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

21 Oct, 05:02


📢 Oliy toifali klinik psixolog, seksolog, «Surunkali somatik kasalliklarning shaxs emotsional xususiyatlariga ta'siri» monografiyasi muallifi Sardor Dursunovning "Psixosomatika" kursi uchun qabul e'lon qilamiz!

▶️ Kurs bo'yicha to'liq ma'lumot

Davomiyligi: 1 oy / 8 ta mashg'ulot
Format: Offline / online
Narxi: 2 200 000 so'm

✍️ Kursga ro'yxatdan o'tish uchun: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

20 Oct, 15:20


Psixologik test javobi

1️⃣ Tadqiqotchi va xayolparast

Siz sayohatingizning har bir daqiqasidan zavq olishga harakat qilasiz. Siz holatni o'zgartirishni va sarguzashtlarni yaxshi ko'radigan qiziquvchan insonsiz. Siz ko'p gapirishni yoqtirmaysiz, ko'proq tinglashni yaxshi ko'rasiz. Sayohat paytida katta jamoalar siz uchun emas. Siz eng yaqin odamlaringizdan iborat kichik guruh bilan dunyoni kashf qilishni afzal ko'rasiz.

2️⃣ Muloqotga kirishuvchan sayohatchi

Siz muloqot qilishni va deyarli har bir sayohatingizdan yangi tanishlar orttirishnj yaxshi ko'rasiz. Sizning butun dunyoda do'stlaringiz bor. Siz notanish odam bilan osongina gaplasha olasiz va unga yaqinlashasiz. Siz boshqa madaniyatlarni hurmat qiladigan va boshqalarga yordam berishni yaxshi ko'radigan ochiq odamsiz.

3️⃣ Siz pragmatik sayohatchisiz

Siz uchun hamma narsa eng mayda detallargacha o'ylangan, qulay va funksional bo'lishi muhim. Siz orzu qilishni va odamlar bilan ko'p muloqot qilishni uncha xush ko'rmaysiz. Sayohatlaringiz ham katta ehtimol bilan, ish yuzasidan bo'ladi.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

20 Oct, 09:01


"Ma'naviy ko'mak" loyihasi psixologi Nurmuxamedova Nargiza, oliy toifali klinik psixolog Sardor Dursunov tashkil qilgan mualliflik kursida ishtirok etib, amaliy psixolog faoliyati uchun zarur bo'lgan yangi bilimlarga ega bo'ldilar 🔝

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

20 Oct, 03:40


Psixologlar yana qanday tavsiyalar berishyapti? 🤭

Izohlarda qoldiring) ⬇️

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

19 Oct, 15:20


#Psixologik_test

Test javoblarini ertaga shu vaqtda ma'lum qilamiz 🔔

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

19 Oct, 07:51


Psixologiyada har qanday istagingizni amalga oshiradigan sehrli texnika mavjud emas!

Feruza Alimovaning "Neyrolingvistik programmalashtirish" darslari

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

19 Oct, 05:01


"Мастерство психологического консультирования"

Программа курса:

Какие существуют подходы и в чем их отличие.
Основы психологии. Основные термины. Психоанализ.
Основы психологического консультирования: как провести первую консультацию,
роль и задачи консультанта, этика.
Психодиагностика. Арт-терапия. Психология цвета.
Психология эмоций, чувств, воля.
Мимика, жесты, позы. Манипулирование.
Характер, темперамент, взаимодействие с людьми.
Защитные механизмы психики. Формы сопротивления.
Самооценка. Методики и техники.
Сложные психические состояния. Стрессы, фрустрация.
Работа с метафорическими картинками.
Расшифровка рисунков, проективные методы работы с детьми и взрослыми.

Старт: 22 октября
Продолжительность: 2 месяца
Дни недели: Вт и Пт с 15.00 до 18.00
Стоимость: 3 200 000 сум (за месяц)

✍️ Для записи: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Oct, 15:00


Siz farzandingizni tanqid qilayotganda buni qanday ko'rinishda qilasiz?

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Oct, 11:30


Go'dagingiz o'yinni kompyuterda o'ynasa, allani YouTubedan eshitsa, multfilmni internet orqali ko'rsa, sizdan ko'ra ko'proq ekranlarga boqsa, sizdan ko'ra ko'proq ekranga talpinsa, telefonni qo'lidan qo'ymasa, (pamperslar "sharofati" bilan) hojatga borgisi kelganini aytishga o'rganmagan bo'lsa-yu, aqlli telefonlarning qaysi tugmachasi qanday vazifa bajarishini sizdan yaxshiroq bilsa...

Demak, bola emas, robot o'stirayotgan ekansiz...

Feruza Xurshidovna

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Oct, 06:34


Bixeviorizm yo'nalishi olimlari — shartsiz refleks orqali shartli refleksni hosil qilganday, insonning xulq atvorini o'zgartirish mumkin deb ta'kidlaydilar

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

18 Oct, 02:01


Assalomu alaykum! ☀️

Eng foydali davolardan biri –ijobatiga qattiq ishonch ila duoda bardavom bo‘lishdir.

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

17 Oct, 15:02


Biz terimiz ostida nima ketoyatganini bilmaymiz, lekin atrofdagi hamma yangiliklardan xabardormiz‼️

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

17 Oct, 12:54


Maktabda biologiya fani darsida o'tilgan Ivan Pavlovning it bilan o'tkazgan tadqiqoti yodingizga tushdimi? 🙄

Nima deb o'ylaysiz, buni psixologiyaga nima aloqasi bor? 🧐

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

16 Oct, 15:30


Здравствуйте дорогие друзья и коллеги!

Вы уже практикующий психолог, или только закончили обучение и не знаете как начать практическое консультирование?
Тогда, этот курс для вас!

Практическая психология — это отличная возможность получить полезные знания в области психологии, лучше разобраться в себе и научиться помогать другим.

Этот курс рассчитан прежде всего на тех людей, которые хотят начать работу с реальными клиентами в рамках психологического консультирования. Он поможет понять, где границы компетенций психолога-консультанта, какие навыки необходимы для начала практики и какие навыки требуется развивать на протяжении всей профессиональной жизни психолога».

Курс построен по принципу: Теория + Упражнения + работа в группах = Практические навыки!

Продолжительность: 2 месяца
Дни недели: Вт и Пт с 15.00 до 18.00
Стоимость: 3 200 000 сум (за месяц)

Для записи: @Insayt_admin

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

16 Oct, 13:46


👀 Sahifamizda Sayyora Azlarovani yo'qotib qo'yganlar diqqatiga!)))

Sayyora Azlarovaning shaxsiy Telegram sahifalariga ulanib oling! 😉


https://t.me/psixolog_azlarova

Insayt Psixologiya

16 Oct, 11:10


Assalomu alaykum, hurmatli obunachilarimiz!

🔔 Shu oy so'nggiga qadar oliy ma'lumotli psixolog, hozirda Turkiyaning Istanbul Universiteti magistratura bosqichida ta'lim olayotgan bolalar va ayollar psixologi Feruza Xurshidovnaning online konsultatsiyalari uchun chegirma joriy qilganimizni eslatib o'tamiz!

📣 Bunday imkoniyatdan foydalanib qoling!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

15 Oct, 08:17


Oliy ma'lumot hamda bir necha yillik tajribaga ega bo'lishiga qaramay, doimiy ravishda sohaga oid bilimlarini yangilab, "tandirdan uzilgan" ma'lumotlarni o'quvchilarga taqdim etadigan psixologlarimizdan biri – oliy toifali klinik psixolog Sardor Dursunovning dars jarayonidan lavhalar

▶️ Sardor Dursunov haqida to'liq ma'lumot

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

15 Oct, 02:25


Assalomu alaykum! ☁️

💌 O'zingizga, o'zingiz yaxshi ko'rgan insondek munosabatda bo'ling!

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

14 Oct, 16:01


​​...Olti yildan keyin Abu Os bir karvon bilan Makkadan Shomga safar qildi. Yo'lda bir qancha sahobalarga duch keldi va karvonini yo'qotib qo‘ydi.

Bomdoddan sal oldinroq Zaynabning uyi yoniga keldi va eshikni qoqdi. Zaynab uni ko‘rib:
– Musulmon bo‘lib keldingizmi? - deb so‘radi. (UMID)
– Qochib keldim.
– Musulmon bo‘lasizmi? (TALABIDA QATʼIY TURISH)
– Yo'q.
– Qo‘rqmang. Xolamning o‘g‘li xush kelibdilar. Ali va Umomaning otasi xush kelibdilar. (AJRIM VA ADOLAT)

Payg‘ambar alayhissalom bomdod namoziga imomlik qildilar. Namoz o‘qib bo‘lingach, masjidning oxiridan bir ovoz keldi:
– Men Abu Os ibn Rabiʼni o‘z himoyamga oldim.
– Nimadir eshitgandek bo‘ldim, sizlar ham eshitdinglarmi? - dedilar Payg‘ambar alayhissalom.
– Ha, ey Allohning payg‘ambari, - deyishdi sahobalar.
Zaynab dedi:
– Ey Allohning payg‘ambari, Abu Os uzoqdan keladigan bo‘lsam, xolamning o‘g‘li, yaqindan keladigan bo‘lsam, bolalarimning otasi, men uni o‘z himoyamga oldim.
Payg‘ambar alayhissalom o‘rinlaridan turib:
– Ey odamlar, kuyovimizdan yomonlik ko‘rmaganmiz, rost gapirgan, bergan vaʼdasiga vafo qilgan, maʼqul ko‘rsangizlar, unga molini qaytarib berib, shahriga qaytib ketishiga qo‘yib beringlar, shunday qilishinglar menga ham yoqadi, maʼqul ko‘rmasangizlar, uning masalasi sizlarning qo‘lingizda, qanday hukm qilsangizlar ham sizlarni ayblamayman, – dedilar. (SHO‘RO)
– Molini qaytarib beramiz ey Allohning payg‘ambari, – deyishdi odamlar. (ASKARLAR ODOBI)

Payg‘ambar alayhissalom Zaynabga qarab:
– Sen himoyangga olgan odamni biz ham himoyamizga oldik, - dyedilar.
Keyin Zaynabning uyiga borib:
– Zaynab, uni yaxshilab mehmon qil, hurmatini joyiga qo‘y, u xolangning o‘g‘li, bolalaringning otasi, lekin unga yaqinlashma, u senga halol emas, – dedilar. (MEHRIBONLIK VA SHARIAT)
– Xo‘p bo‘ladi, otajon, - dedi Zaynab. (ITOAT)

Zaynab uyga kirib, Abu Osga:
– Bizni tashlab ketish sizga shunchalar osonmi, undan ko‘ra musulmon bo‘lib, shu yerda qolavermaysizmi? – dedi. (MUHABBAT VA UMID)
– Yo'q, – dedi Abu Os va molini olib, Makkaga qaytib ketdi.
Makkaga yetib kelgach:
– Ey odamlar, mana molinglar, menda yana biron narsanglar qoldimi? - deb so‘radi. (HALOLLIK, OMONATDORLIK)
– Xudo xayringni bersin, juda go‘zal vafo qilding, - deyishdi odamlar. (TABIIYLIK)
– Unday bo‘lsa, guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo'q va Muhammad Allohning rasulidir. (NEʼMAT)...

Bomdodda Madinaga kirib bordi. Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga borib:
– Ey Allohning payg‘ambari, kecha meni o‘z himoyangizga olgandingiz, mana bugun yoningizga keldim va guvohlik beramanki, Allohdan o‘zga iloh yo'qdir va siz Allohning rasulidirsiz, - dedi. (ENG GO‘ZAL SURATDA YAXSHILIKKA YAXSHILIK QAYTARISH)
Keyin Payg‘ambar alayhissalomdan, Zaynabning oldiga qaytsam bo‘ladimi, deb so‘radi. Payg‘ambar alayhissalom esa uning qo‘llaridan tutib, yur ketdik, dedilar. Zaynabning eshigi oldiga kelib, eshikni qoqdilar va:
– Zaynab, xolangning o‘g‘li yana kelib, yana qo‘lingni qayta so‘rayapti, rozimisan, - dedilar.
Zaynabning yuzi qizardi va tabassum qildi. (DOIMIY ROZILIK)

Shu voqeadan bir yil o‘tib, Zaynab olamdan o‘tdi...

Abu Os shu qadar qattiq yig‘ladiki, hatto odamlar Payg‘ambar alayhissalomning o‘zlari uni yupatganini ko‘rishdi. U shunday derdi:

– Allohga qasamki, ey Allohning payg‘ambari, Zaynabsiz yashay olmayman, toqatim yetmaydi. (UMR YO'LDOSHI)

Zaynab o‘limidan bir yil o‘tib, u ham vafot etdi. (RUHLAR UCHRASHDI, QOVUSHDI)

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi

Ikrom Sharif sahifasidan olindi

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

14 Oct, 15:45


​​BIR MUHABBAT QISSASI

Abu Os Payg‘ambar alayhissalom payg‘ambar bo‘lishlaridan oldin oldilariga borib, katta qizlari Zaynabning qo‘lini so‘radi. (ODOB)

Unga Payg‘ambar alayhissalom:
– O‘zidan ruxsat olmagunimcha bu ishni qilmayman, - dedilar. (SHARIAT)

Payg‘ambar alayhissalom Zaynabga:
– Xolangning o‘g‘li qo‘lingni so‘rayapti, unga tegasanmi? - dedilar. Zaynabning yuzlari qizardi va tabassum qildi. (HAYO)

Payg‘ambar alayhissalom qizlari Zaynabni Abu Osga uzatdilar. Shu bilan bir muhabbat qissasi boshlandi. Ulardan Ali va Umoma dunyoga keldi.

Keyin bir katta muammo paydo bo‘ldi. (EʼTIQOD)

Payg‘ambar alayhissalom payg‘ambar bo‘lib yuborildilar. Abu Os safarda edi. Safardan qaytganida xotini Zaynab musulmon bo‘lgan edi. Zaynab unga:
– Muhim yangilik bor, - dedi. Abu Os o‘rnidan turib, chiqib ketdi. (EHTIROM)

Zaynab dahshatga tushib, uning ortidan bordi va dedi:
– Otam payg‘ambar bo‘lib yuborildi va men musulmon bo‘ldim.
– Oldin menga aytib, keyin bo‘lmabsan-da...
– Men otamni yolg‘onchiga chiqara olmayman-ku. Otam hech qachon yolg‘on gapirmagan. U rostgo‘y va halol odam. Bir o‘zim emas, onam, aka-ukalarim, amakivachcham (Ali ibn Abu Tolib) ham, ammangizning o‘g‘li (Usmon ibn Affon) ham, do‘stingiz (Abu Bakr Siddiq) ham musulmon bo‘lishgan.
– Lekin men odamlar, xotinini rozi qilish uchun qavmidan yuz o‘girdi va ota-bobolariga kufr keltirdi, deyishlarini istamayman. Ayni paytda otangni ham ayblamayman. To‘g‘ri tushunasan va uzrimni qabul qilasan, deb umid qilaman. (KELIShUV)
– Sizni men tushunmasam, kim tushunadi? (Sizni tushunmay o‘libmanmi?) Lekin men sizning zavjangizman. To haqiqatni tan olishga qodir bo‘lguningizga qadar sizning yordamchingiz bo‘lib qolaveraman. (OQILALIK VA G‘AMXO‘RLIK)

Zaynab shu so‘ziga 20 yil vafo qildi... 20 yil!!! (ALLOH UCHUN SABR QILISH)

Hijrat paytida ham Abu Os hali Islomga kirmagandi. Zaynab Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga borib:
– Erim bilan qolishimga ruxsat bering, – dedi. (MUHABBAT)
Payg‘ambar alayhissalom ruxsat berdilar. (MEHRIBONLIK)

Badr g‘azoti. Abu Os urushga Quraysh safida chiqdi. Er otaga qarshi urushadi. Bag‘ri qon Zaynab yig‘lab-yig‘lab, shunday duo qilardi:
– Allohim, otamni yo'qotib qo‘yishdan ham, bolamning yetim bo‘lib qolishidan ham qo‘rqaman. Shunday kun kelishini boshimga solma! (HAYRAT VA UMID)

Abu Os Badr jangida asir tushadi. Zaynab otasining g‘alabasidan quvonib, Allohga sajda va shukr qiladi. Erining asir tushganini eshitib, uni qutqarib olishni o‘ylaydi. (OQILALIK VA UZOQNI KO‘RA BILISH)

Erini qutqarib olishga onasidan qolgan bo‘ynidagi taqinchoqdan boshqa narsasi yo'q edi. O‘sha taqinchoqni Abu Osning ukasidan berib yubordi. Payg‘ambar alayhissalom asirlarni fidyasini olib qo‘yib yuborayotgandi. Xadicha onamizning taqinchoqlariga ko‘zi tushib:
– Bu kimning fidyasi? - deb so‘radilar.
– Abu Os ibn Rabiʼniki, - deb javob berishdi. Payg‘ambar alayhissalom yig‘ladilar va:
– Bu Xadichaning taqinchog‘i edi, - dedilar. (VAFO)
Keyin o‘rinlaridan turib:
– Ey odamlar, kuyovimizdan hech yomonlik ko‘rmagandik, uni shundoq qo‘yib yuborsam maylimi? – dedilar. Hamma:
– Ha, ey Allohning payg‘ambari, - deya javob qaytardi. (ASKARLAR ODOBI)
Payg‘ambar alayhissalom unga taqinchoqni bera turib:
– Zaynabga tayinla, onasi Xadichaning shodasini ehtiyot qilsin, – dedilar. (KOFIR BO‘LSA HAM UNING XULQIGA ISHONCH BILDIRISH)
Keyin Abu Osga, senga bir sirni aytay, deya uni bir chekkaga tortdilar-da:
– Ey Abu Os, Alloh menga muslimani kofirdan ajratishni buyurdi, qizimni o‘zimga qaytarib yuborasanmi? – dedilar.
– Xo‘p, – dedi Abu Os. (ERKAKLIK)
Zaynab Abu Osni Makka ostonasida kutib oldi. Abu Os unga:
– Men ketaman, – dedi.
– Qayerga?
– Men emas, sen otangning oldiga ketasan. (VAʼDAGA VAFO)
– Nima uchun?
– Ikkimizni bir-birimizdan ajratish uchun. Bor, otangning oldiga ket.
– Siz ham musulmon bo‘lib, men bilan birga ketmaysizmi?
– Yo'q.
Zaynab o‘g‘li va qizini olib, Madinaga ketdi. (ITOAT)

Olti yil sovchilar keti uzilmadi. Erining kelishini umid qilib, hammasiga rad javobini berdi. (VAFO)

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

13 Oct, 15:16


Ayni vaqtda Feruza Alimovaning "Bolalar psixologiyasi va bolalarda konsultatsiya o'tkazish usullari" online kursining kirish darsi ketmoqda! 👩🏻‍💻

https://t.me/Insight_psixologiya

Insayt Psixologiya

13 Oct, 10:34


Ayollar buni yaxshi tushunishadi 🤭

https://t.me/Insight_psixologiya

2,451

subscribers

3,630

photos

2,408

videos