MUZAFFAR VAKKOSOV @muzaffar_vakkosov1 Channel on Telegram

MUZAFFAR VAKKOSOV

@muzaffar_vakkosov1


📚 👉 t.me/muzaffar_vakkosov1
🎧 👉 t.me/mv_audiokitoblar

Hayotiy shaxsiy fikrlarim

Postlar mavzusi⬇️
💰 Iqtisodiy ilmlar
😇 Psixologiya
🏘 Sotsialogiya
🧑‍🎓 Umuminsoniy ta'limotlar
🕌 Diniy qarashlar
🪐 Ilmiy mavzular


Admin: @M_Vakkosov

MUZAFFAR VAKKOSOV (Uzbek)

MUZAFFAR VAKKOSOV Telegram kanali - bu sizning hayotingizga zovq va ma'naviyat kiritadigan birinchi manzil. Kanalda siz uzoq do'stlar bilan hayotiy shaxsiy fikrlar va ko'p mavzularda dunyo bilimlari bilan tanishasiz. Iqtisodiy ilmlar, psixologiya, sotsialogiya, umuminsoniy ta'limotlar, diniy qarashlar va ilmiy mavzular haqida qiziqarli maqolalar va yangiliklar sizni kutmoqda. Kanal admini - Muzaffar Vakkosov, bu mavzu bo'yicha ekspert va bu sohada tajribali. Sizni ham MUZAFFAR VAKKOSOV kanaliga a'zo bo'lishni unutmang! Sizga yordam berishdan omad va ko'ngilliklar tegishli xabar qilishingizni kutib qolamiz!

MUZAFFAR VAKKOSOV

19 Feb, 10:00


Doimiy sevgini istasangiz, uni qabul qilishga ham doim tayyor bo'ling-da! 😁

Videoni kimga jo'natishni o'zingiz bilasiz😄✈️


#barchaga_yaxshi_kayfiyat

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

19 Feb, 04:26


Boshqalarga majburan singdirishga urinayotgan o'z e'tiqod va qarashlaringiz avvalo sizning o'zingizga yordam berganda edi, siz ularni majburlab emas, aksincha, ular sizdan iltimos qilib maslahatlaringizni olishga urinishardi!

O'zingizga tashqaridan bir nazar solib aytingchi, Boshqalarga berayotgan maslahatlaringizni qancha qismiga o'zingiz amal qilasiz?
Ana shunda anglaysizki, sizning maslahatgo'yligingiz ortida chin dildan ilm ulashishni istayotgan qalbingiz emas, o'zingizni aqilli ko'rsatishni va boshqalarni boshqarishni istayotgan Egoingiz turganini...!!!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

14 Feb, 07:21


Ассалому алайкум Бу сиздан бошланмаган китоби учун катта рахмат, бу худди айнан мен учундек, эшитишни бошлашим билан огир утмиш огрикларимни хис килдим, бу китоб хакикий кучли китоб экан. Мен биринчи кисмини узида куп англашлик олдим
Огир китоб мен учун, аммо хурсандман. Бу китоб йиллар давомидаги саволларимга жавоб берди. Шу пайтгача онам билан самимий кучоклашиб, юзидан упмаганман, нимадир тускин эди, бошка она болаларга караганимда калбимда огрик, галайон булар эди

Шу китоб таржимаси учун миннадорман. Бу дард хам бекорга эмаслиги англадим
Чунки шу дардлар туфайли Изландим, тухтамадим, кидирдим, мени устирган Оллохни танитган хам шу дардлар
Яна бир бор илм инсоннинг барча саволига жавоб Бера олишини куриб Аллохга шукроналик келтирдим
Миннадорман!!!

MUZAFFAR VAKKOSOV

12 Feb, 09:32


Faqat "Bu dunyo" uchun yashash ham va faqat "U dunyo" uchun yashash ham Nasfning xohishidir!


Ba'zi insonlarni bilamizki, ularning g'ami faqat bu dunyosi: ular "hozircha tirik ekanman, nimalargadir (moddiyat va mansablarga) erishib olishim kerak, "U dunyo" mavjudmi hali noaniq!" Degan e'tiqod bilan yashaydilar.

Yana ba'zilar borki: ular "Bu dunyo faqat tavba qilish va ibodat uchun berilgan, Namozingni o'qi va gunoh ishlardan o'zingni saqlanib (ortiqcha katta ishlarga qo'l urmay) yashasang, o'lganingdan keyin jannatda gunohlaring kam ekani bois, azoblanmay rohatda yashaysan!" degan e'tiqod bilan, hayotini faqat ibodatga sarflab yashaydilar!

Xo'sh bularning qay biri aslida to'g'ri hayot tarzi?
Mening hozirgacha o'rgangan ilmlarimdan olgan xulosam shundayki:
Bu ikki qarash ham aslida Nafsning istagi uchun yashashdir!

Albatta, ikkinchi misoldagi odam bir qarashda oxiratini o'ylab, o'zini ibodatga urib yashab, dunyoviy nafsidan kechayotgandek ko'rinadi.
Ammo Nafsning ham turli darajotlari mavjuddir.
Uni (nafsni) tanib olishning oson usuli bu - U (nafs) faqat o'z manfaatlarini o'ylashidir. Demakki, qachonki qaysidir inson faqat o'zini o'ylayotgan ekan, bilingki, u qaysidir darajadagi nafsi istaklarini bajarib yashamoqda!

Nafs bizning ongimizni boshqarar ekan, biz faqat o'zimizning chegaralangan menimizni himoyalash uchungina yashaymiz va nimalarnidir bajaramiz.
Oxiratda do'zaxda azoblanmaslik uchun Namoz o'qish ham aslida "men keyin azoblanishni istamayman" deb harakat qilishdir!

Albatta ibodat bizga farzdir, ammo bu (nafs istagiga ko'ra) do'zaxda azoblanmaslik uchun emas, qalban Allohga muhabbat bilan bajarilganida ongimizni Nafsdan qutqara olgan bo'lamiz!

Yordamiga muhtojlar atrofida boʻla turib ham, ularga ko'mak berish yoki o'z zehni yoki jismoniy kuchini ularga sarflashdan ko'ra ibodatni ustun qoʻyish ham qaysidir ma'noda faqat o'zini o'ylash, ya'ni Nafsini istagini bajarishdir!

Biz bu olamga aynan o'sha Buyuk vazifamizni bajarish uchun, ya'ni cheklangan "Nafsimizdan qutulish (yuksalish)" uchun kelgan ekanmiz. Haqiqiy yuqori jannatlarga munosib 'Hazrati inson" darajasiga qachonki, o'z energiya va qobiliyatlarimizni faqat o'z manfaatlarimiz uchun emas, atrofdagi boshqa Allohning bandalariga shartsiz xizmatlar va ko'maklarimiz orqali baxshida eta olganimizdagina erisholamiz.

Bejizga "qo'shing och bo'lsa Hajga safar qilmay, avval uni qornini to'yg'az" degan ma'nodagi hadis va rivoyatlar aytilmagan. Chunki Haj faqat o'z ruhingiz uchun bo'lsa, kimgadir ko'mak berganingizda siz molingizni o'z cheklangan istaklaringizdan tashqari boshqa odamlarning ruhi manfaati uchun ham sarflagan bo'lasiz. Aynan shunda Nafsingizdan yuksala olasiz, aynan shunday ongda siz anglaysizki Alloh sizga bergan ne'matlarni (Iqtidoringiz, pullaringiz, jismoniy va aqliy kuchingizni) butun insoniyat uchun manfaatli ishlarga sarflash ham aslida eng Buyuk ibodat ekanini.

Ibodatni Allohga taslimiyatni isxor etish uchun va gunohlarimizga tavba qilish uchun. Jamiyat ichidagi faoliyatlarimizni esa, Yaratganga qullikni chuqur qabul qilgan holda, Uning bandalariga manfaatli xizmatlar qilish bu Alloh oldidagi bandalik xizmatimiz ekanini anglagan holda qilsak va yashasak, InshaAlloh har bir olayotgan nafasimiz va har bir bosayotgan qadamimiz ham bizning yuqori jannatlarga yetaklaydi.


* Faqat o'zingizni emas, butun Oilangizni, butun Xalqimizni va butun insoniyatni o'ylagan holda yashang. Shunda har ikki dunyo saodatiga erishasiz, inshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

10 Feb, 12:03


Psixosomatika kitobining onlayn o'qiladigan kanaliga a'zo boʻlganlar o'z fikringizni izohlarda qoldiring. ✍️
Bu endi a'zo bo'lishni istayotganlar uchun ham, men uchun ham xulosa chiqarishimda juda muhim.

Agar u yerdagi qulayliklar sizga manzur kelgan bo'lsa, bu yo'nalishni yanada mustahkamlashtiramiz👍

Sizningcha rostdan ham mutahassislarga katta yordam bera oladigan, "Onlayn ensiklopediya" nomiga munosib, kanal yaratilganmi?


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

10 Feb, 05:27


Aziz ayollar, nega asabingiz buzilganligi haqidagi "Buyuk sir"dan erkaklarni ham boxabar etib turing!
To'g'ri biz mantiqiy fikrlay olamiz. Lekin sizlarning asabingiz mantiqiy qonunlardan tashqarida ishlaydi-da😅


* Bu videoni kimga jo'natishni o'zingiz yaxshi bilasiz😁✈️


#Barchaga_yaxshi_kayfiyat

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

09 Feb, 04:25


Qissadan hissa shuki:

Asl baxtni to'laqonli anglashimiz uchun, hech narsasiz qolishimiz kerak!

Albatta bu majoziy ma'noda! Ya'ni biz bu dunyoda kimlarnidir yoki nimalarnidir "Meniki" deb hisoblar ekanmiz, uni yoʻqotishdan qo'rqib, yoki yana nimalarnidir "meniki" bo'lishi kerak, degan hadik bilan kurash va g'am anduqlarga botib yashayveramiz va bir kun kelib, anglaymizki, asl baxtni hech qachon his etolmaganimizni!

Asl baxt - bu qachonki asl bandalik darajasini chuqur anglaganimizda, his etiladigan halovotda yashash ongidir. Qachonki biz bu dunyoda hech nima bizniki emasligini nafsimizga anglatib bera olsak, ya'ni bu olamda hech narsasiz darvish kabi yashayotganimizni chuqur his eta olsak, aslimiz va Yaratguchi o'rtasidagi asl ilohiy energiyani seza olamiz. Ana shunda bu olamga va undagi jarayonlarga bogʻliq bo'lmagan Qalbning asl hursandchiligiga erisholamiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

08 Feb, 09:53


"Nega Psixolog sifatida ishlamaysiz?" deb savol beruvchilarga, javob bo'la oladigan rasm.
Chunki mening asosiy soham boshqa!📈💵😊

Men uchun bir kishining hayotidan ko'ra, butun xalqning hayotini o'zgartiradigan ilmlarni o'rganish va ularni amalda qoʻllab ko'rish qiziqroq! 📚

Psixologiya menga xalqning ruhiyati va mentalitetining chuqurroq anglash va o'zgarishi zarur bo'lgan tomonlarini tushunish uchun kerak.

Iqtisodiyot asosi insonlardir, Insonning farovonligi uning ruhiy holati va ongiga bogʻliq. Demakki, xalqning farovonligiga ham, odamlarning ruhan rivojlangantirish orqali erishiladi. Shu bois ham kanalimda aynan shu fundamental asosni iloji boricha kengroq ochib beradigan postlar yozib boraman. Bu orqali yuzlab insonlarning hayotiga farovonlik kiritishga hissa qoʻshish maqsadida!

O'z asliyatini anglagan insonlargina oilaviy baxtga va faoliyatidagi moliyaviy farovonlikka erisholadi. Jamiyatda bunday oilalar ortib borgani sari xalqning turmush farovonligi ham oshadi, inshaAlloh!


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

06 Feb, 06:32


Psixosomatika bo'yicha eng to'liq kitob endi yanada qulay formatda! 🤩


Ushbu kitobda 400 ga yaqin kasalliklarni kelib chiqishining psixologik omillari to'liq tushuntirib berilgan bo'lib, narxi ham shunga hos qimmatroq edi.
Ko'plab iltimoslarga ko'ra endi kitobning anchagina arzonroq va qulayroq onlayn formatini yaratdik.

Buning qulayligi shundaki;

Har bir kasallik haqida maʼlumotlarni birgina tugmani bosish orqali topish mumkin.
#Xeshteklar orqali o'xshash kasalliklar maqolasiga tezda oʻtish mumkin.
• Har bir kasalliklar o'ziga xos rasmlar bilan tushuntiriladi
.

Bundan tashqari tez orada, kitobning to'liq audio formatini ham o'sha joyga yuklaymiz.
Hamda u kanalda, bu soha mutaxassislari bilan onlayn chatlar ham qilish rejalashtirilgan. 🤝

Ya'ni kitobning onlayn formati psixosomatiklar, shifokor va tabiblar uchun haqiqiy ulkan ensiklopediyaga aylantirildi.📚


A'zo bo'lish narxi esa, atigi 30.000 so'm

Kitobning PDF formatini olganlarga a'zolik bepul



Murojaat uchun @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

01 Feb, 06:17


Unutmang: Bugungi dunyo qarashingiz va fikrlaringiz ertangi kelajak voqeligingiz haqida oldindan xabar beruvchi ma'lumotlardir!

Orzular nafs istagidek sodir bo'lishi mumkin, ammo ikkilamchi oqibatiga javob beruvchi har doim Qalbdir. Nafs uchun esa, qalbning azoblari ahamiyatsiz!

Shuning uchun orzu istaklaringizni tub mohiyatiga e'tibor berib, xatolaringizni anglab, tavba qilgan holda kelajagingiz uchun o'z jinsingiz hilqatiga hos bo'lgan yaxshi niyatlar qilib yashang!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

01 Feb, 06:17


"Qiz bola o'zini o'zi eplashi kerak" deydigan qizlarning, turmushga chiqanidan keyingi hayoti...

Asosiysi o'z kutuviga hos tarzda o'zini o'zi eplamoqda!



@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

31 Jan, 09:37


Oilaviy muhabbat avvaliga nihol kabi nozik bo'ladi, u erkakning ayoliga Quyosh kabi olovli taftidan va ayolning erkagiga zilol suvdek mehridan ozuqalanib o'sib boradi va bir kun kelib shamolu dovullarga chidamli ulkan va baquvvat daraxtga aylanadi.

Agar Niholni o'sishiga zarur bo'lgan Quyosh nuri berilmasa yoki suvsizlikdan qiynalsa u quriy boshlaydi va nobud bo'ladi.

Avvalgi o'zbekchilik mentaliteti munosabatlarni yaxshilash faqat erkakning harakatiga bogʻliq deb hisoblardi, hozirgi ta'limotlar esa, asosan ayolga masuliyatni yuklamoqda.
Aslida esa, muhabbat daraxti qurib qolmasligi uchun har ikki taraf ham o'z sevgisi bilan uni doimiy oziqlantirib turishi kerak.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

29 Jan, 03:39


Allohga haqiqiy taslimiyatning eng yorqin ko'rsatkichlaridan biri - bu Alloh sizga nasib etgan juftingizni qalban, muhabbat bilan, boricha qabul qilib, uni baxti va hursandchiligi uchun butun umr, boringizni baxshida etib yashashlikdir!

Juftingiz siz bilan o'tkazgan yillaridan qalban mamnunmi? Ikkingizga ham Jannat Muborak bo'lsin!!!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

27 Jan, 05:47


Oila mavzusidagi postlarim allaqachon bitta katta kitobni to'ldiradiradigan bo'lib ketibdiku😊

Aslida, kelajakda "Oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi" mavzuda ham shaxsiy kitobimni yozish maqsadim bor. Ammo bu qachonki o'zim oila qurib, farzand tarbiyalashni boshlaganimdan so'ng amalga oshsa, adolatli bo'ladi.

Albatta men hali oilali emasman, ammo bu ushbu postlar foydasiz ekanini bildirmaydi. Buni allaqachon ularni o'qib chiqib, o'z hayoti va oilaviy munosabatlarida qo'llab ko'rganlar anglab yetishgan bo'lsa kerak?
Chunki bular ko'plab yillar davomida o'qib o'rgangan ilmlarim va xalqimizning ko'plab oilalarini kuzatib, o'zbekchilik mentalitetiga hos bo'lgan oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasidagi ko'plab tuzatilishi kerak bo'lgan kamchiliklar haqida shaxsiy xulosalarimdir.

Bu postlarni o'qir ekansiz, oilaga va farzandlar tarbiyasiga bogʻliq hech bir kitobda yozilmagan, boshqacha qarashdagi ilmlarni anglaysiz va bu sizning oilangiz va umuman butun dunyo haqidagi qarashlaringizni tubdan ijobiy tarafga o'zgartirib yuborishi mumkin.


* Agar ushbu postlar orqali qaysidir oilalardagi er va xotin munosabatlari va ota onalarni farzandlariga nisbatan qarashlarining ijobiy tarafga o'zgarishiga oz bo'lsa ham hissa qoʻshgan bo'lsam, bundan hursandman🙏


** Yuqorida ro'yhati keltirilgan Oila mavzusidagi aynan qaysi post sizning qarashlaringiz va yaqinlaringizga nisbatan munosabatlaringizni tubdan ijobiy tarafga o'zgarishiga sabab bo'lgan?
Izohlarda bo'lishishingiz mumkin✍️


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

27 Jan, 05:45


👨‍👩‍👧‍👦 Kanalimizdagi "Oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi" mavzulari bo'yicha eng muhim postlardan havolalar.

Albatta o'qib chiqing va oiladagi hamda farzand tarbiyasidagi muammolaringizni yechimini aniqlab oling 👍

1. Ayol rizqi
2. Diplom oilaviy baxtdan ustun turmasligi kerak!
3. Oltin avlodni tarbiyalash sirlari
4. Farzandingiz sizni emas, Allohni quli
5. Iqtidor bu Taqdir!
6. Farzand uchun sarf bu - Ehson!
7. Ayol avrati
8. Yaxudiy ta'limoti
9. Ota onalar uchun TEST
10. Orzu-havaslaringiz sizniki emas
11. Ishlashga majbur etilgan Farishtalar!
12. Farzandingizni pul oqimidan uzmang
13. Mentalitet zanjiri
14. Kelajagingizga xiyonat qilmang!
15. Kasal qiladigan xarakter turlari
16. Oilada dasturlar qarama-qarshiligi
17. Yaqinlarimiz aybdor emas!
18. Diplom illyuziyasi
19. Ruh tanlovi
20. Buyuk farzandlarga munosib bo'lish
21. Oila qurishga tayyorlik
22. Farzandlar iqtidoriga e'tiborsizlik
23. Ota-Onaga nafrat bu o'zimizga nafratdir!
24. G'azablanishdan qochmang
26. Nomahramlar bilan shqiy munosabatlar oqibati
27. Qul yetishtirish tizimi
28. Sizning farzandingiz Orginal!
29. Kechirim emas, minnatdorchilik amaliyotini qiling.
30. Farzand kelajagidan tashvishlanish
31. Barkamol farzand tarbiyalash natijasi
32. Argimchoq amaliyoti
33. Erkak va Ayol energiyasi
34. Original bo'ling!
35. Iqtisodiyot Ota-Ona qo'lida!
36. Er-xotin o'rtasidagi Taslimiyat
37. Erkak erkakni taminlamaydi
38. Farzandga to'g'ri ta'sir etish!
39. Ruh ota-onani qanday tanlaydi?
40. Ayni sizning muomalangizni farzandingiz sizga qaytarishiga rozimisiz?
41. Ayol erini qo'llashi qanday bo'ladi?
42. Ayolning asl go'zalligi
43. Urf odatlarni irm-sirmlardan farqi
44. Ota-onadan oladigan ruhiy jarohatlar
45. Farzand kelajagi uchun eng muhim qaror!
46. Ota-ona bu uyg'otuvchi
47. Ayolning qizcha ro'li
48. Kimgadir nisbatan ongsiz tajovuz ham jismoniy tajovuzga teng.
49. Ayol va Erkak ehtiyojlari
50. Iqtidor karmasi va uni tozalash
51. Ayol moddiyatni eriga ishonishi bu Allohga ishonchiga tengdir!
52. Iqtidorimizni kim boshqaradi?
53. Tilini boshqara oladigan taqdirini boshqara oladi
54. Jamiyat ongi virusi
55. Siz 21-asr odamimisiz?
56. Ayolni erkakka tenglashtirish bu uni kamsitishdir.
57. Ayolni ko'chaga chiqarish oqibatlari
58. Siz farzandingizni qanday koʻrsangiz u shunday bo'ladi
59. Kattalar Egosiga asoslangan mentalitet
60. Farzand kimniki?
61. Xalqimiz kelajagi uchun eng to'g'ri investitsiya
62. Bola yoshligidan pul topishi kerak
63. Bizni yaqinlarimiz kasal qiladi
64. Buyuk farzandlarni yetishib kelishi qonunlari
65. Oilada Alloh birinchi emasligi oqibati
66. Erni rozi qilgan ayol jannatiydir!
67. Rashksiz erkak jannatga kirmaydi!
68. Ayol qoniqmasa nima bo'ladi?
69. Ayolning kuchi ojizaligidir!
70. Jamiyat bilan Raqobat dasturi
71. Farzandingiz hech narsaga qiziqmayaptimi?
72. Oila atmasferasini kim boshqaradi?
73. Farzandni ota-onasiga javobi
74. Eng buyuk ne'mat
75. Erini ishi yurishishiga ayolni ta'siri
76. Karmadan tozalanish rishtalarni uzadi
77. Qalblar Alloh iznidadir!
78. Farzandingiz sizni emas, Xudoni bandasi!
79. Baxt darajalari
80. Ayol erkagidan tashabbuskor bo'lmasin!
81. Oila bu Egoni jilovlash maskanidir
82. Erkakdan pul emas, amaliy natija kuting!
83. Genetik negativlardan tozalanish
84. Shartsizlik energiyasi
85. Ildizingizdan kechmang
86. Kimdir sabab kasal boʻlmaysiz
87. Ota-ona va farzand chegarasi
88. Ota-onani rozi qilish!
89. "Men"lik darajalari
90. Qaygʻurish ortidagi zo'ravonlik
91. Bolalik travmalari nega beriladi?
92. Ego bu karma dasturidir
93. Ijtimoiy qatlamning shakillanishi
94. Shaxsiy karma yoki Genetika?
95. Buyuk insonlarni tarbiyalash
96. Farzandni nega dunyoga keltirdingiz?
97. Farzandga hech qachon pul yo'q demang!
98. Muommolar qanday yaratiladi?
99. Eringizga "Ayol" kerak!


⬇️ Boshqa mavzular ⬇️
T.me/muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

26 Jan, 02:45


Ammo erkagi ayolga itaotkor bo'lgan oilalarda moliyaviy muammolar va kasalliklar ko'p bo'ladi. Sababi Alloh erkak va ayolga bergan hislatlar bu oilalarda, oila faravonligi uchun o'z o'rnida ishlatilinmaydi.

Bilasizmi nega Erkak jannatga munosib bo'lishi uchun unga ko'p vazifalar berilgan, ammo Ayol jannatiy bo'lishi uchun Erini rozi qilishi yetarli?

Chunki Erkakka Nafsini yengish buyurilgan, Ayolga esa, Kibrini yengish!

Ayol kibrlansa oilani barbod qiladi, Erkak kibri esa, oilani qo'rg'onidir!
Erkak Nafsga berilsa, oila barbod bo'ladi, ammo ayol Nafsi esa, erkakni harakatga keltiradi.

Demak, qaysiki oilada, oilasi uchun nafsini jilovlay olgan Erkak va oilasi uchun kibrini yengan Ayol bor ekan, shu oilada baxt mavjud ekan va a'zolari jannat taraf ketmoqda ekan!

Erkak kibri bilan ham jannatga kirishi mumkin, agar uni oilasining himoyasi uchun ishlatgan bo'lsa. Ammo nafsi bilan kirolmaydi.
Ayol nafsi bilan ham jannatga kirishi mumkin, agar oilasi faravonligi uchun ishlatgan bo'lsa, ammo Kibri bilan kirolmaydi.



#oila_baxti
#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

26 Jan, 02:43


Hop deyishni bilmaydigan kibrli Ayol va Erkak hech qachon birga bo'la olmaydi.

Oila mavjudmi? Demak u yerda yoki Ayol itaotkor, yoki Erkak!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

24 Jan, 11:00


Xotin ona emas!


* Bu post erkaklar (yigitlar) uchun.

Televizion ko'rsatuvlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda ko'p bor duch kelamiz: "Xotin ona kabi emas, ona o'g'lidan hech narsa talab qilmaydi, xotin esa, erini shuncha qilganlariga ham hech minnatdor bo'lmaydi" manosidagi ko'rsatuv va roliklarga. Albatta ular odatda erkaklarni onaga mehrli bo'lishlariga targ'ib qiladi. Ammo Xotinning munosabati va Onaning munosabatini bunday taqqoslash unchalik ham adolatli emas.

Sababi Ona uchun o'g'li - katta bo'lgan bo'lsa ham, har doim mehrga muhtoj yosh boladek bo'lib qolaveradi va o'g'li o'zi uchun qiynalishini va qandaydir ortiqcha harajatlar qilishini istamaydi.
Xotin uchun esa, Er bu doim himoya qiladigan qalqondir! Erga o'zini va farzandlarini ishonib topshirib, undan oilasi uchun nimadir kutishi bu tabiiy hol.

Onangizni sizga beminnat mehr berishi bilan, xotiningizni sizdan doim nimadir talab qilishini solishtirib, uni bemehrlikda ayblab, unga nisbatan negativlarga berilish to'g'ri emas. Aytaylik Ayolingiz ham ertaga farzandi katta bo'lib, "onajon sizga nima olib beray?" deganida, u ham o'g'liga sizning onangiz sizga aytgan (o'g'lim, menga hech narsa kerak emas, men uchun eng katta sovg'a seni sogʻlig'ing va ishlaring joyida bo'lishi kabi) gaplarni aytadi.

Erkaklar shuni anglashi kerakki, Ona uchun biz o'g'ilmiz. Ayolimiz uchun esa, Ermiz!
Ularni bir qolibda solib taqqoslamang!
To'g'ri ayolingiz ham ba'zida onangiz kabi beminnat mehribonlik qiladi, ammo u avvalo xotin. U sizga, ba'zida qizcha kabi erkalanadi, injiqlik qiladi, mashuqa kabi sevgi beradi va kerak vaqtda oiladagi o'z vazifangizni jiddiy tarzda eslatib ham turadi.

Onadan odatda, "sizga nima olib beray?" deb so'ralmaydi, chunki, onalarning deyarli barchasi "menga hech nima kerak emas" deb javob beradi. Onaga nima olib bergingiz kesa shuni chin dildan surprise qilib sovg'a qilinadi.
Xotiningiz esa, o'z ichki xohish istaklarini doim sizga aytadi, chunki u sizga o'zini himoyasi va ta'minotini ishonib topshirgan. Sizdan qandaydir moliyaviy ko'mak olayotganida va o'zini ishonchli himoyada ekanini his qilganida, unda ham ikkingiz birgalikda qurgan oilaga va farzandlaringizga beminnat mehr ulashish uchun energiya paydo bo'ladi.


Ularning sizga nisbatan alohida rollari bor ekanini va sizning ham ular oldidagi rollaringiz alohida ekanini unutmang.
Onangiz uchun haqiqiy O'g'il bo'ling, Ayolingiz uchun esa, haqiqiy Er!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

20 Jan, 11:45


Farzandlariga qalbi istagan jufti bilan oila qurishiga va iqtidoriga ko'ra kasb tanlashiga qarshilik qilayotgan ota ona, anglashi kerakki, bu bilan farzandlariga emas, Allohning irodasiga qarshi chiqmoqda!

Buning oqibatida nafaqat farzandlarini, balki bo'lajak nabiralarini ham baxtsiz va omadsiz bo'lishiga katta hissa qoʻshayotgan bo'lishadi.

Asl iymonli Ota onalar anglashadiki, farzand ne'mati bilan Alloh siylabdimi, demak o'sha yangi bandaga bu dunyoda ustozlik qilib, to'g'ri yo'l ko'rsatishga ko'maklashish kabi masuliyatli vazifani o'ziga topshirgan.
Iymonli ota ona doim qalbida farzand avvalo Allohning mulki ekanini unutmaydi, va uning rivojiga qalban xizmat qilish orqali o'zini va butun avlodlarini jannatiy bo'lishiga hissa qoʻshishini chuqur anglaydi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

20 Jan, 11:23


Ota-ona o'zini Xudodan ustun qo'yishi oqibati!


Bir necha yildan beri millatimizni va pirovardida butun davlatimizni gurkirab rivojlanib ketishi uchun fundament sabablar sifatida nimalarga e'tibor qaratishimiz kerakligi haqida, va bu rivoj yo'lida xalqimizga qarshilik qilayotgan sabablarni aniqlash bo'yicha izlanaman.
Rossiyada yurgan paytlarimda, juda ko'plab turli isteʼdodli o'zbeklarni uchratdim. Lekin afsuski ular o'z istedoti bo'yicha emas, mardikorlikda yoki ko'cha tozlashda ishlayotgan bo'lishadi.
Ulardan "Nega shunday isteʼdodingiz bor ekan, shu sohada ishlamagansiz yoki o'qimagansiz?" deb so'raganimda, deyarli barchasini javobi "Ota-onam ruhsat bermagan!" bo'lardi.

O'sha paytlarda ruh va taqdir qonunlarini hozirgidek tushunmasdim, ammo mamlakat rivoji uchun inson kapitali juda muhim ekanligini tushunganim bois, farzandlariga o'z iqtidori bo'yicha faoliyat ko'rsatishiga imkon berish orqali iqtisodiyot rivojlanishi haqida bilardim.
Hozirda ham ruhiy, ham iqtisodiy ilmlarim ancha mustahlamlashib borgani sari, bu xalqning ham iqtisodiyotda, ham ilm fanda oqsoyotganining aniq sabablari menga yaqqol koʻrinib bormoqda.


Nega shunday isdetodlarimiz o'zini ko'rsata olmayapti? Naga ularda o'ziga ishonch pas? Nega ular iqtidorini ishlatishdan ko'ra bir ikki so'm topishni afzal ko'rmoqda? Umuman nega Buyuk ishlarga qodir yoshlarni bu millat hozir yetishtira olmayapti?
Bunga javob izlab oilalardagi muhitlarni o'rganishga kirishdim...

Deyarli 90% oilalarda muhit yaxshi emas, er-xotinlar doimiy janjallashgan, tirikchilik g'ami bilan doimo bir birlarini va farzandlarini kayfiyatini tushurishgan, oqibatda esa endigina katta hayotga qadam qoʻyayotgan farzandlarda dunyoni azobli va bir balo qilib jon saqlab qolish kerak bo'lgan joy sifatida ko'rish shakllanmoqda ekan.

Demak, o'ziga va kelajagiga ishonchsiz farzandlar yetishishiga sabab, baxtsiz oilalar ekan. Javobni topish uchun yanada chuqurlashamiz.
Xo'sh nega er va xotin munosabatlari deyarli 90/95% oilalarda yaxshi emas? Nega ular bir birlariga mehr bera olmayapti? Bu sovuq munosabatlar Ro'zgor tashvishlari sabab yuzaga kelganmi?

Endi oila qurayotgan va o'ziga juft tanlayotgan yoshlarni (o'zim ham shu bosqichdaman!) kuzatar ekanman, deyarli barcha Yangi oilalar yoshlarni ko'ngliga qarab emas, Qiz va Yigitni ota onalarini ko'ngliga qarab qurilishi ko'p kuzatilar ekan.
Bir biriga ko'ngli bor yoshlar ota onalari taziqi bilan ayrilishadi va umuman o'ziga yoqmagan va dunyo qarashiga to'g'ri kelmagan boshqasi bilan oila qurishga majburlanadi ekan.

Ana endi ko'plab baxtsiz oilalar vujudga kelishining va pirovardida baxtsiz va omadsiz avlodlarning yetishib kelishining fundamental sababiga yetib keldik. Buning sababi - Farzandlarini Xudoni emas, Meni qulim deb biladigan, o'zini Xudo darajasiga qo'yib olgan ota onalar va barchaga bu normal holat degan xulosa beradigan mentalitet ekan.

Ruhning missiyasi va ilohiy qonunlarini anglagan ota ona hech qachon boshqa qalblarni istagiga qarshi ish qilmaydi. Chunki biladiki Xudo har bir bandasi bilan uning qalbi orqali shuhbatlashishini va qalb istaklari bu uning eng to'g'ri taqdir yo'li ekanini.
Va yana, iqtidor bu ilohiy tuhfa ekanini va qachonki banda o'sha iqtidori bilan insonlarga xizmat qilsa Alloh uning rizqini barakali qilib berishini.

Demak xulosa shuki, Mamlakatimizning rivojlanishiga va xalqimizning baxtli va sog'lom bo'lishiga, hamda Buyuk insonlarni yetishtirishga mos oilaviy atmosfera qurishiga eng katta qarshilik qilayotgan omil bu - Bu millat ota onalarini o'zini farzandlari oldida Xudoga tenglashtirib olishlari ekan.
Agar xalqimiz ushbu salbiy omilni anglab, farzandlari o'ziga qul emas, Xudo oldida ham, qonunda ham o'zi bilan bir xil darajadagi shaxs va Ruh ekanini anglab yetsa, Har bir bu millat farzandi bo'lib tug'ilajak ruhlar, qalb istaklariga ko'ra yashab Alloh bergan o'z missiyasi va iqtidori bilan butun xalqimiz farovonligiga katta hissa qoʻshishni boshlashadi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

15 Jan, 11:33


Nega bugun bu millatdan bobokalonlaridek buyuk insonlar yetishib chiqmayapti?

Shunchaki millatimizni bugungi turmush tarziga nazar solsangiz, barchasini anglaysiz!


* Qishlogʻimiz unchalik katta qishloq bo'lmasa ham, lekin taxminan 10 ga yaqin Apteka va kamida 5-6 ta choyxona bor.
Ammo har hafta yangi kitob olish uchun 50 km yo'l bosib, viloyat markaziga borib kelaman.

Shahargacha bo'lgan yo'ldagi ko'zim tushgan Choyxona va Aptekalarni sanogʻini hisoblab ko'rish uchun kalkulyator kerak bo'ladi. Lekin shu 50 km masofada hozirgacha birorta ham Kitob do'konini topolmadim!


Bu shuni isbotiki: O'sha mashhur Ibn Sino va Imom Buxoriy avlodlari bugun topganini yarmini tanasini to'ldirishga sarflayotgan bo'lsa, qolgan yarmini, o'sha tanani tozalashga sarflamoqda.

Ongini to'yintirish uchun esa.....




#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

14 Jan, 10:19


#tafakkur_qiling

Videoda chumolilar "o'ljasini" tor yo'lakdan olib o'tishga urunmoqda va o'zlari erishgan barcha tajriba va ilmlarni qo'llab ko'rmoqda.

Siz o'zingizni ulardan anchayin aqlli va ongli mavjudot deb bilasiz. Xo'sh shunday ekan, videodagi chumolilardan avval ushbu masalani, ya'ni o'sha narsani tor yo'lakdan qanday o'tkazish mumkinligini topib ko'ringchi.!?


*Ko'plab insonlar qandaydir ilmga erishsalar, bu meniki, men ko'p o'qib, izlanib shu darajaga erishdim deyishadi.
Insoniyat ilm fanda erishgan yutuqlarini ham go'yo insoniyat mulki deb bilishadi.

Aslida ushbu videoni tafakkur qilib ko'rsangiz anglaysizki, ilm nafaqat insonning, balki boshqa hech bir mavjudotning mulki emasligini. U faqatgina Yaratganning mulkidir.

E'tibor bering, hatto ko'z bilan ilgʻab bo'lmas kichik chumolilarga shundayin mashaqqatli vazifani aniq matematik hisob kitoblar bilan yechish ilmi qayerdan kelmoqda?

Albatta odamzodga bu qanday tushurilyotgan bo'lsa, ularning ongiga ham shunday berilmoqda!


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

11 Jan, 07:08


27 yil qozilik qilib, Er-xotinlarning ajralishi sababi, asosan shu ikki narsadan ekaniga amin bo'ldim:

G'azabini boshqara olmaydigan Er va unga javob qaytaradigan Xotin.



© Shayx Ali Tantaviy

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

10 Jan, 10:27


Aytar gapingizda, na o'zingizga va na boshqalarga manfaat bo'lmasa, yaxshisi sukut saqlang!


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

08 Jan, 09:40


Zerikish nafsdandir!


Ba'zida shunchalik zerikasizki, qandaydir boshqacha narsalar qilgingiz, qayergadir borishni va o'zingizni hursad qilish uchun nimadirlar olishni istab qolasiz.
Va ba'zida zerikish shunday cho'qqisiga chiqadiki, ortiq bir daqiqa ham bunday holatda qola olmaydigandek, huddiki zerikishda davom etsangiz o'lib qoladigandek his etasiz o'zingizni.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, aynan shunday holatingizda ham o'zingizni chalgʻitish va hursad qilish o'rniga, o'sha zerikishda davom etsangiz sizga nima bo'lishi mumkin ekanini?
Hatto o'ylab ko'rishni ham istamaysiz to'grimi?

Aslida buni davom ettirsangiz, siz ongingizni boshqarayotgan yerga bogʻliq energiyalar tasiridan, ya'ni Nafs xirslaridan ongingizni ozod qilasiz.
Chunki zerikish holati bu Nafs energiyasini boshqaruvchi kuchlar sizni o'z istaklari uchun harakat qidirishni qattiq istayotgani holatidir. Sizni asosan nafsingiz boshqarayotgani sabab, Nafsingizni istaklarini bu mening istagim deb qabul qilishga dasturlangansiz. Shuning uchun uning bu bosimida huddiki o'zingizni hursand qilmasangiz o'lib qoladigandek his qilasiz o'zingizni. Aslida esa, bu vaziyatda Nafsingiz uni qondirmaganingiz uchun o'lib borayotgan bo'ladi.

Ko'p bor eshitgansiz, ruhiy yuksalishga erishgan Avliyolar, rohiblar, Sofiylar ko'plab vaqt davomida bir xil holatda o'zini ushlashga urinishi va uzoq vaqt nafsi istaklarini bajarmaslik orqali aynan shunday darajalarga erishganini.
Agar oddiy odam ularning odatiy bir kunida yashashga harakat qilib ko'rsa, chidolmaydi va bunday yashashda davom etsam o'lib qolaman deb, tezda o'zini turli nafslariga bogʻliq lazzatlanish hayotiga qaytadi.

Tashqaridan unday zodlarni botiniy haqiqatlarga ochilganini va ko'plab chuqur ilmlarga ega ekanini ko'rib, hamma ular kabi ilmli, dono bo'lishi istaydi va Xudodan shunday darajaga erishishni so'rashadi. Ammo o'zlaridagi nafsni yengishga kuchlari yetmaydi.

Dunyo bir nechta qatlam va o'lchamlardan iborat. Agar siz uchun quyi qatlam lazzatlari doim ustuvor bo'lsa, sizning ongingizga quyi qatlam kuchlari yuqori qatlam haqiqatlarini anglashingizga imkon bermaydi. Va yuqorida anglaganimizdek, sizga "Zerikish" deb nomlangan go'yoki o'lim illyuziyasini ongingizda yaratish va uni tasirida sizni yana lazzatlanishga beriltirish orqali sizni yana quyiga tortib olishadi.

Ba'zi ilmiy qarashdagi psixologlar zerikish orqali odam stressga tushadi va buning oqibatida psixologik muommolarga va depressiyaga duchor bo'ladi deb, odamlarga iloji boricha o'zini hursand qilib yashashlari kerakligini aytishadi.
Albatta ularning gapida jon bor, agar odam Nafsini bu men deb hisoblasa va nafsi istagiga ko'ra yashamasa uning psixikasida o'zini qadrlamaslik va buning oqibatida kasalliklar vujudga keladi.
Ammo agar odam asl o'zligi bu nafsi emasligini anglasa va Yaratganni chuquroq anglash istagi bilan Riyoziyotga o'zini ursa, bunday odamlarda nafsining hayqirigʻi sabab salbiy psixika va kasalliklar sodir boʻlmaydi. Aksincha o'z niyatiga ko'ra Alloh ularga ruhan ancha yuksalishni va yuqori botiniy hayot haqiqatlarini anglash ne'matini ato etadi. InshaAlloh!


* Qattiq zerikkaningizda, shu potni eslab, o'zingizni bir zerikishda davom ettirib ko'ringda, ongingiz birdan dunyodan uziladi va sizga avval anglay olmagan dunyolar ochib beriladi. Odamlarni avval ularni ichida kuzatgan bo'lsangiz, endi ulardan alohida ajralib chiqqan holda dunyoga nazar solishni boshlaysiz.
Shunda anglaysiz, quyi dunyoga bog'lanmaslik sizga qandayin yuksak dunyolarni taqdim etishini.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

07 Jan, 08:46


Oila haqidagi va Allohga yaqinlashish haqidagi ba'zi postlarimdan so'ng, ilmli yigitga turmushga chiqishni orzu qiladigan ba'zi qizlar shahsiy hayotimga shunday qiziqib qolishadi😅


#barchaga_yaxshi_kayfiyat😊👍

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

07 Jan, 05:21


Nima uchun Ayolning eriga itoatli bo'lishini va Erkakning oilasiga masuliyatli bo'lishini barcha yuqori baholaydi?

Chunki bu amallarning tub mohiyatida Allohga go'zal taslimiyat darajasi bordir!



"Yigitlar va qizlar qachon oila qurishga tayyor boʻladi?" degan mashhur klassik savol mavjud.
Bu savolga ideal javob shuki: Qachonki ular o'z shaxsiy menini "Oila meni" uchun qurbon qilishga tayyor boʻlganida!

Yigit ham, qiz ham oila qurgunicha faqat o'z manfaatlarini o'ylab yashashgan bo'lsa, bir nuqtaga kelganida endi ularda, o'zlaridan ortib bo'lajak jufti va farzandlari uchun ham o'zlaridan nimanidir bahshida etishni istab qoladilar.
Yigitlarda bu holat asosan topayotgani o'z ehtiyojlaridan ortib qolayotganini his etganida sodir bo'lsa, qizlarda asosan bolalarga mehr ulashishni istash orqali namayon bo'ladi.

Bu holat endi ularning ongi chegaralangan "Shaxsiy meni" dan yuksalishni boshlaganini anglatadi. Aynan shu ongga kelganida yigit ham, qiz ham oila qurishsa, endi ularning energiyasi shaxsiy istaklari uchun emas, umumiy "Oila meni" uchun birlashadi va oila qo'rg'onini mustahkamlash uchun birgalikda harakat qilishni va bir birlariga o'zlaridan kerakli quvvatni bahshida etgan holda yashashni boshlashadi.

Shunday ongga chiqqan qiz anglaydiki, bo'lajak eriga itaotli bo'lishi, bu Alloh o'ziga nasib etgan erkakni minnatdorlik bilan qabul qilish ekanini va Allohning o'ziga va butun oilasiga berajak rizqini aynan shu erkak orqali yuborishini. Hamda shu ishonchi sabab Allohga va eriga to'liq taslimiyatda oilasiga o'zini bahshida eta oladi.

O'z navbatida bunday ongga erishgan yigit ham anglaydiki, Alloh o'ziga nasib etgan qizni va u orqali ko'radigan farzandlarini butun umr himoya qilish va taminlash darajasi, bu Er kishining eng buyuk vazifalaridan biri ekanini, hamda shu burchini ato etish orqali Alloh rizoligiga erishishi mumkinligini.

* Istardimki, jamiyatimizda yigit va qizlar aynan shunday ongga erishganidan so'ng oila qurishlarini. Shunda oilalardagi baxt atmosferasi yuqori darajada bo'ladi va tabiiyki ezgulik energiyasi utuvorlik qiladigan oilalar ko'paygani sari Alloh ham bu jamiyatga barakot yog'iradi. Hamda bunday oilasi va farzandlarining kamoloti uchun o'zini baxshida eta olishga qodir ota onalar sabab, xalqimiz yana buyuk ishlarga qodir avlodlarni tarbiyalay oladigan buyuk xalqqa aylanadi. InshaAlloh!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

06 Jan, 04:00


Ayolning go'zalligi uning itoatida,
Erkakning mardligi esa, uning ta'minotida namayon bo'ladi.


Dunyodagi eng go'zal va qomadi chiroyli ayol bo'lsa ham, lekin "Hop" deyishni bilmasa, uning chiroyi erkak uchun qadrsiz bo'lib qoladi.
Iymonli va kelishgan erkak bo'lsa ham, lekin oilasiga masuliyatsiz bo'lsa, uning erkaklik darajasi ham, ayoli uchun qadrsiz bo'lib qoladi!

* O'z hilqatingiz asosini unutmang!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

05 Jan, 04:47


Javob: Ha va yo'q!

Bir necha kun avvalgi postlarda "Baxt" ham nisbiy ekanligini anglagan edik. Ya'ni sizning ongingiz qay darajada bo'lsa, shunga mos natijalar va hayot tarzi siz uchun "baxt" hisoblanadi.

Inson ilm o'rgangani sari avvalgi ongidan yuksalib boradi va endi avvalgi lazzatlardan baxtni his etolmay qoladi. Bu holatda tashqaridan go'yo ilm baxtsiz qilib qo'yayotgandek ko'rinadi. Ammo aslida esa, Yangi ongning alohida, o'z baxti mavjud.

Inson ilm orqali yuksalib borgani sari, ilmi nafsidan kuchliroq qudratga aylanib boradi va bir nuqtaga kelganida nafsi endi uni boshqara olmay qoladi va taxtni uni qalbi egallaydi.
Aynan shu vaziyat: Ya'ni Nafs taxtdan qulashi jarayonida inson "Nol" holatiga keladi. Unga go'yo hayot ma'nosiz tuyula boshlaydi. Chunki avval Nafs unga bergan lazzatlar illyuziya ekanini anglaydi.

Shu holatni tashqaridan ko'rganlar va bu holatdan o'tishda qiynalganlar. Ilm baxtsiz qilar ekan deb hisoblaydilar.
Aslida esa, ilm beradigan asl baxt aynan shu holatdan keyin boshlanadi. Qalbingiz sizni istaklaringizu, taqdiringizni o'z qoliga oladi va sizga yangicha ezgulik istaklarini yuklaydi, hamda bunga erishish yoʻlidagi amalaringiz orqali karmangizni (taqdiringizni) poklashni boshlaydi.

Dunyo "Yuksak ilm" orqali yaralgan. Uning Buyuk Muhandisini ham aynan ilm orqali anglaymiz. Shunday ekan ilmli bo'lishdan cho'chimang. Aksincha dunyoviy lazzatlarga bogʻliq ongda qolib ketishdan qo'rqing. Chunki har birimiz yer kurrasiga, dunyo ichida yashab ham, Allohni seva olish darajasiga chiqish uchun kelganmiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

05 Jan, 04:47


"Ko'p bilish insonni baxtsiz qilib qoʻyadi"mi?


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

02 Jan, 05:32


Taqdir - bu hayotingizda sodir boʻlayotgan voqealar emas.
Ularga qalbingizni ta'sirlanish jarayonidir!


Ya'ni voqealar shunchaki bir spektakl, asosiy mohiyat qabdagi o'zgarishlar jarayonidir!
Bu shuni anglatadiki, qalbingiz nimaga haqli bo'lsa, shuni ko'rasiz.
Qalbingiz darajasini o'zgarishi o'z o'zidan ko'rishingiz va his etishingiz kerak bo'lgan voqealar ssenariysini ham o'zgartiradi!


#tafakkur_qiling


*Keyinchalik taqdirning insoniy ong chegarasidan yuksak, asl mohiyatiga bogʻliq katta postlar bo'ladi.

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

31 Dec, 11:56


Shu lahzalarda har bir xonadandagi holat😁👍


Barchga kirib kelayotgan Yangi yil qutlugʻ va barakotli bo'lib kelsin! 🥳☃️🎄

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

31 Dec, 05:24


🏆2024-Yilning eng yaxshilari!!!


Kanalimizning sevimli kitobxonlari tomonidan ushbu kitoblar eng foydali Top-3 Kitob deya e'tirof etildi👏

3) Liz Burbo - Beshta ruhiy jarohatlar
Ushbu kitobni o'qir ekansiz siz o'zingizni ichki va tashqi olamingizga boshqacha ko'z bilan boqishni boshlaysiz va asliyatingizni anglaysiz.

2) Mark Wolynn - Bu sizdan boshlanmagan.
Bu kitobni ota-onasi bilan yaxshi munosabatlarga ega boʻlmaganlar albatta o'qishi kerak.
O'tgan yili eng yaxshisi deb topilgan kitob, bu yil ham top-3 dan o'rin olishi bejizga emas!

1) Marina Targakova -Kuchli va ojiza ayol.
Bu kitobga ortiqcha tarif shart emas. Kitobni shuncha kuchli kitoblar ichida Birinchilikni olishini o'zi, ushbu kitobni baxtli bo'lishni istagan har bir ayol albatta o'qishi kerak ekanligini koʻrsatmoqda. 👍


* Kitoblarni olib, o'qishni istaganlar @m_vakkosov ga murojaat qilishingiz mumkin.

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

30 Dec, 09:31


Ajoyib raqobat ketmoqda😊👍

Bir muddat bir kitob yetakchilik qilsa, keyin boshqasi peshqadam bo'lmoqda. Umuman olganda bu deyarli barchasi ko'pchilikka foydali bo'layotganini bildiradi.
Albatta bundan juda hursandman😊🙏

So'rovnomani ertaga tongacha davom ettiramiz. So'ng "Yilning eng yaxshi kitobi"ni aniqlaymiz. 🤗
Qaysi kitob siz kitobxonlar tomonidan Eng foydalisi deb topilsa, o'sha kitob uchun Faqt bir kunga bayram chegirmasidan ham tashqari chegirma qilamiz🥳
Bu orqali yana ko'plab insonlarni ilmli bo'lishlariga ko'maklashamiz inshaAlloh!


Siz, bizni kuzatishda davom eting. Biz esa, Ilmsevar Kitobxonlar uchun qulaylik yaratishda davom etamiz👍

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

30 Dec, 06:10


O'tgan (2023) yili kanalimizning sevimli kitobxonlari tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada, biz taqdim etgan kitoblar ichidan "Bu sizdan boshlanmagan" kitobi "Yilning enga yaxshi kitobi" nomiga munosib ko'rilgandi.

Keling shunday ajoyib so'rovnomani bu safar ham amalga oshiramiz.
Chunki kitobxonlarga qaysi kitoblar ko'proq manzur bo'layotganini bilish biz uchun ham juda qiziq.

Quyidagi so'rovnomada bu yil bizdan olib o'qigan kitoblaringiz ichida qaysi biri sizga ko'proq foydali bo'lganini belgilashingiz mumkin👇
(Bir nechta variantlarni ham belgilash mumkin)

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

29 Dec, 04:21


"Ruhni shifolash' kitobini oʻqishni boshladim . Avvalo rahmat shunday ajoyib kitobini tarjima qilganingiz uchun, yana rahmat sovgʻa qilganiz uchun👏
Bu kitob boshqacha ekan. Bir butun umumiylik haqida gapirilganda hecham his qilolmasdim,ilk bor umumiylikni his qildim,kimdir haqida yaxshi boʻlmagan fikrni oʻylagim ham kelmayapti( ongli ravishda) ahir dinimizda ham aytishadiku odam goʻshtini yegan bilan bir xil deb...
Bu gaplarning maʼnosini ancha angladim, kecha yarim tungacha kitobni oʻqidim va judayam chiroyli tushlar ham koʻrdim....
Hayot qandaydir boshqacha koʻrinyapti oldingiga nisbatan...😊

MUZAFFAR VAKKOSOV

28 Dec, 04:56


Ana endi angladingizmi?
Nega "asosiysi jinsiy aloqa" deydiganlarga ergashuvchilar ham baxtga erishmoqda?
Sababi ularning ongi shu darajada va qaysiki ta'limot shunga mos chakrasini faollashtirib bersa, shu ta'limot asl haqiqat ekan degan xulosaga kelishadi. O'z navbatida buday "shaxvatga bogʻliq" ta'limotni barchaga o'rgatuvchilarni ongini esa, yana o'sha, yerdagi shaxvat energiyasiga bogʻliq kuchlar boshqarayotgan bo'ladi.

Va yana ba'zi ta'limotlar bor "o'zing harakat qil va boylikka erish" yoki "o'zingni sevib, istaklaringni bajar" deb o'rgatadigan. Ular ham o'z energiyasiga mos ongdagilarni o'z changaliga ilintirib, harakatlari orqali nimagadir erishib, baxtni his etishsa, shunday yashash to'g'ri degan xulosani berishadi.
Shuning uchun o'zini qadrlashni istayotgan lekin buni uddalay olmayotganlar "O'zingni sev, o'zingga ruhsat ber" deb ta'lim berayotganlarni aytganini qilib, go'yoki asl hayot haqiqatni anglashgandek, baxt sirini topishgandek bo'lishadi. Aslida esa, ongiga mos qandaydir moddiyatga erishgani uchun o'zida baxt garmonlarini faollashtirgan bolishadi.

Anglaganingizdek, bunday ta'limotlar bir birini to'g'ri emas deb bilishini sababi, ularni ongini boshqaruvchi kuchlarni farqli ekanidadir.
Shu joyda savol tugʻiladi: Xo'sh asl haqiqat yo'qmi shunda? Hamma o'zicha haq bo'lib yashaverishi to'g'rimi?

Yo'q albatta, asl haq yoʻl mavjud. Ammo uni anglash uchun inson barcha chakralariga bogʻliq ongdan yuksalib borishi kerak. Yakunda u ilohiy energiyasini barcha markazlariga teng taqsimlay olishni o'rganadi. Chunki bu darajada u hech bir markaz energiyasiga (kuchlariga) qaram bo'lmaslikni o'rganadi va asl quvvatni Ilohiydan olishni boshlaydi. Hamda uning faoligi endi moddiy olamdan oladiganlariga bogʻliq bo'lmay qoladi.


Ba'zilar har bir ongdan to'yinib, keyin yuqoriga koʻtarilish kerak deb hisoblaydi. Ammo hali inson eng yuqori energiyani anglamagan ekan, bunday holatda u har bir chakraga bogʻliq energiya illyuziyashida "shu baxt" deb uzoq vaqt qolib ketishi mumkin. Umr esa, qisqa!

Agar odam o'sha yuqori energiyaga erishib, butun chakralariga taqsimlash darajasiga erisholmagan ekan, u o'z ongiga mos energiyalarga qarab bo'lib qoladi, va shu ongiga mos kutuvlar bilan hayot kechiradi. Oqibatda qachonki o'z istaklari amalga oshmagan vaqtlarda tanasida energiya faolligi pasayib bloklangan chakralariga hos kasalliklar va baxtsizliklarga duchor bo'ladi. Shu bois ham qaysidir ongga bogʻliq holda qolib ketishdan ko'ra tezroq asl haqiqatga va asl energiyaga erishishlari ham salomatligi, ham ruhiy kamoloti uchun foydalidir.


#tafakkur_qiling


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

28 Dec, 04:46


Nega ta'limotlar har xil va bir biriga zid bo'lsa ham, ularni hammasi ishlaydi?


So'ngi paytlarda o'zbek xalqiga juda ko'plab yangicha ta'limotlar kirib kelmoqda. Avvaliga ularni islomga qarshi deb, islom va o'sha ta'limotlar tarafdorlari o'rtasida baxslar paydo boʻldi. Bugun esa, yangicha ta'limotlarning turlari shu qadar koʻpaydiki, endi ularning har birining tarafdorlari bir birlari bilan o'zaro baxslarga kirishishgan.

Hayotning asl haqiqatlarini anglash maqsadida ta'limotlarning deyarli har birini sinchiklab o'rganishga va ularga ishongan odamlar qanday natijalarga erishyotganini kuzatishga intilaman.
Meni ajablantirgan narsa shuki, ta'limotlarning deyarli hammasi qaysidir odamlarga manfaat bermoqda edi. Axr ularning bir birlariga zid taraflari ko'pku, nega alal-oqibat hammasi foydali bo'lib chiqmoqda?

Keyinchalik inson ongi, tanasi va ruhi, hamda ularga ta'sir etuvchi ko'plab energiya qatlamlari haqidagi ilmlarni o'rganib, har bir ta'limotlar qanday paydo boʻlishiyu, kimlarga ko'proq manfaat keltirishini kengroq anglay boshladim.
Gap shundaki, bir qarashda bir biriga zid ta'limotlarning hammasi ishlashining sababi, insonlarni turli ong darajalarida ekan. Ya'ni sizning ongingiz qaysi darajada bo'lsa, o'sha daraja energiyalariga mos ta'limotlar sizning hayotingizni go'zallashtirib beradi ekan.
Sizdan boshqacha ongdagi insonga esa, sizning ta'limot baxt bermaydi. Chunki uning ongiga mos baxt energiyasini beruvchi ta'limot boshqa.

Bunday ong darajalarini shakillantiruvchi kuchlarni insonga ta'sirini, chakralarni to'liq tushunganimda angladim. Gap shundaki, insonning yettita energiya markazlari (chakralar) uning ruhiga berilgan ilohiy quvvatni chakralar orqali moddiy dunyoga oʻtkazadi va moddiy olamdan oladigan natijaraning quvvatini ham yana chakralar orqali ruhiy energiyaga aylantirib insonni yana ruhlantiradi ekan.

Inson ongi qaysi darajada bo'lsa, ya'ni u uchun bu olamda nima eng muhimi bo'lsa, u shunga erishtiruvchi chakra orqali ilohiy energiyasining asosiy qismini sarflaydi. Natijada qachonki, unga, bu sarflagan quvvatiga munosib natija kelsa, bu yutuqni energiyasini o'sha chakra orqali qayta qabul qiladi, shunda o'sha chakraga masul bo'lgan gormonlar faollashadi va inson o'zida baxtni his eta boshlaydi. Qachonki kutuvlari va sarflagan ilohiy quvvatiga munosib natija kelmasa, unda bu chakraga bogʻliq stresslar paydo bo'ladi. Va inson tushkunlik va baxsizlikni boshdan kechiradi.

Endi ta'limotlarning farqalanishiga kelsak:
Alloh yer sayyorasini yaratgan va uni tizimli ishlashi uchun yuzlab yuqori kuchlarni javobgar qilib qo'ygan. Ular yerdagi o'z vazifasini yaxshi bajarish uchun, sayyorada yashovchi mavjudotlar ongiga ta'sir etgan holda, ularga o'zi istagan ishni qildirish maqsadida intuitiv signallar berib, hayot haqidagi tushunchalarini shakillantiradilar.
Inson ongi qaysi darajada bo'lsa, shunga mos chakra orqali quvvat sariflashini angladik.
O'sha yeriy kuchlar ham aynan o'z energiyasiga mos chakrasi ochiq inson ongiga ta'sir eta oladilar. Ularning maqsadi o'zi uchun iloji boricha koʻproq insonlar energiyasini sarflashga erishishdir.

Yuqorida moddiy dunyodan energiya qaytsa, insonda baxt gormonlar faollashishini bildik.
Ayon bo'ldiki, yuqori kuchular shu chakralar orqali his etiluvchi baxt garmonlari bilan, sizga "aynan shunday yashashda davom et" degandek hayotiy baxt haqidagi o'z illyuziyasini ongingizga singdirishadi va sizni shu ongda ushlab turishga intilishadi.

Agar bir inson o'zini boshqarayotgan kuchlar orqali hayotda nimagadir erishsa, "demak baxt shunday yashashda ekan" degan xulosaga keladi va bunday yashash tarzini boshqalarga ham o'rgatishga intiladi. Bu esa, kengayib va takomillashib alohida ta'limotga aylanadi.


Balki, endi anglagandirsiz? Har bir inson ongini alohida yuqori kuchlar boshqaradi deb aytganlarimni?
Biz boshqalarga berayotgan ilmlar va hayot haqidagi tavsiyalarimiz aslida bizniki emas, yerga bogʻliq kuchlardan kelgan intuitiv signallar orqali olingan dasturlardir!


* Keyinchalik bu mavzuni yanada kengroq o'rganamiz. Hozircha esa #tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

27 Dec, 10:10


📚 Faqat bizda mavjud bo'lgan "Psixologiya va Salomatlilkka oid" bestseller kitoblar narxlari👇


📙 Champion Kurt Toych - IDEAL metod
40.000 (audio bilan)

📕 Marina Targakova - Kuchli & Ojiza ayol
50.000 (Audiosi bilan)

📕 Liz Burbo - Kasalliklarning metafizik sabablari
70.000

📔 Liz Burbo - Beshta ruhiy jarohatlar (to'liq)
70.000.
🎧 (audiosi) 30.000

📓 Mark Wolynn - Bu sizdan boshlanmagan
70.000
🎧 (audiosi) 30.000

📘 S.Voliniskiy - Kvant ongi
75.000 🔥

📙 Chakralar to'liq ensiklopediyasi
90.000 🔥


📂 elektron PDF formatda



📲 Murojaat uchun: @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

27 Dec, 04:21


Kechani o'zida "Ruhni shifolash" Kitobini 200 dan ortiq insonlar "BEPUL" qo'lga kiritishdi.
Bunday imkoniyat sizda ham hali mavjud. 🙋‍♂


Ha aytgandek, kitobini olib o'qib ko'rganlar bormi?
Kitob haqida xulosalaringiz qanday?
Rostdan ham kitobdagi ilmlar unga berilgan ta'rifga arzigulikmi?

✍️ Izohlarda kitob haqidagi o'z fikringizni qoldiring!


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

26 Dec, 08:24


Surpriz 🤩🤗

Aytingchi? Agar sizga, bundan keyin hayoting so'ngigacha hech ham kasal bo'lmaslikni va butun umr baxtli yashash sirini o'rgataman, evaziga qancha berasan? deyishsa.
Xo'sh siz o'zingiz va butun oilangizni butun umr baxtli va sog'lom bo'lib yashashligini qanchaga baholardingiz?
Albatta bu uchun boringizni berishga ham tayyorsiz, to'g'rimi?

Biz esa, sizga aynan shunday sirlar yozilgan bebaho kitobni endilikda mutlaqo bepul, bayram sovg'asi sifatida ulashishni istadik😊🎁

* Kitobda, insonlar hayotida sodir boʻladigan sog'lomsizlik va baxtsizliklarni ruhiy omillari, hamda ularni bartaraf etgan holda faravonlikda hayot kechirish sirlari bayon etiladi.


Ushbu sehrli kitobni bepul olish uchun siz, shunchaki bu e'lonni 10 dan ortiq tanishlaringiz yoki guruhga jo'natib, ularni ham boxabar etib qo'ysangiz bo'ldi.👍

Jo'natmalarni Skrinshot qilib
@F_Shaxlo777 ga jonating va kitobni PDF formatini qo'lga kiriting.🎁📘



Yana boshqa kitoblarni olish uchun kanalimizga a'zo bo'ling.
👇👇👇
@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

24 Dec, 05:23


Muhabbat qalbni ishi. Uni so'rab olinmaydi, uni fidokorlik va qalban qilingan xizmatlar orqali qozoniladi!

© Hasanxon Yahyo


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

23 Dec, 04:51


Keyinroq, nega ba'zi qizlarga aynan shunday "erkakcha" xarakterli bo'lish yoqishi va ba'zi yigitlar masuliyatsiz bo'lib ulgayishning sabablarini tushuntiradigan; Bunday o'z hilqatiga mos bo'lmagan juftlar bilan qanday taqdir qonunlari bizni birlashtirishini ochib beradigan; Hamda, qaysidir oilada allaqachon shunday, oiladagi "erakak" va "ayol" energiyasida garmoniya buzulgan bo'lsa, qanday qilib barchasini tartibga solish mumkinligi haqida kengroq malumotlar beradigan, hayot va taqdir qonunlari haqida ham katta postlar bo'ladi👍

*Kanalni kuzatishda davom eting.


_ Agar siz hali oila qurmagan qiz bo'lsangiz va sizda ham masuliyatni o'z zimmangizga olishga urinadigan "erkakcha" qarashlar mavjud bo'lsa, hamda bundan qutilib, haqiqiy ayollik energiyasiga erishishni istasangiz.
_ Yoki allaqachon oila qurgan ayol bo'lsangiz va oilangizda shunga o'xshash vaziyatlar paydo boʻlgan bo'lsa, yoki oila a'zolaringiz bilan boshqacha koʻrinishdagi turli nizolar ko'p sodir boʻlayotgan bo'lsa, hamda oiladagi asl ayollik pozitsiyangizni topishni istasangiz, barcha ayollar albatta o'qishi kerak bo'lgan "Kuchli va ojiza ayol" kitobini o'qib ko'rishingizni tavsiya etaman.
Kitobni o'qib, hayot haqiqatlarni anglasangiz, oilangizda tubdan ijobiy oʻzgarishlarni sodir boʻlishiga zamin yaratgan bo'lasiz.


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

23 Dec, 04:14


Haqiqiy erkakka, haqiqiy ayol kerak!


Ko'p kuzatiladi, o'zini erkakka (otasi, akasi, eriga) topshira olmay, o'z muommolarini o'zi hal qilishni istagan qizlar (ayollar) oilasiga masuliyatsiz erakaklar bilan oila qurib qo'yishadi.

Sabab oddiy, Haqiqiy erakak, erkak xarakterli ayollarga uylanmaydi.
"O'zimni o'zim eplashim kerak" degan ayollar esa, erkakka o'zini topshirishni o'zini erakak oldida pastga urilishi deb biladi. Shuning uchun bunday ayollar o'z hayotiga o'ziga qulay bo'lgan juftni, ya'ni ayol xarakterli erakakni jalb qiladi. Natijada bunday ayollar erini masuliyatsizligi sabab, biroz vaqtdan so'ng butun oilasini o'zi eplashiga majbur boʻlib qoladi.
Ya'ni o'z istagiga ko'ra endi "o'zi o'zini butun umr eplashiga" to'g'ri keladi!


Taqdir qonunlariga ko'ra Juftliklar quyidagicha birlashtiriladi:

1) Masuliyatli erak + eriga masuliyatni topshiradigan ayol.
2) Masuliyatli ayol + ayoliga masuliyatni topshiradigan erkak.


Unutmang, Sizning xarakteringiz kelajak voqeligini yaratadi.


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

22 Dec, 06:42


"Kuchli erkak" - bu nisbiy tushuncha!


Ba'zida "Har qanday kuchli ayol ham, o'zidan kuchli erkakni uchratganida unga bo'ysunadi" degan gaplarni eshitamiz. Bunday gapni odatda, o'zini nimadadir kuchli hisoblayotgan va kuchsiz erkaklarga itoat etishni istamayotgan ayollar(qizlar) ko'p aytishadi, go'yo o'zidan kuchliroq erkaklar kamayib ketganiga shama qilib.

Aslida bu gapda jon bor. Ya'ni ayol qanchalik kuchli bo'lmasin, tabiatan baribir erkak ko'magiga muhtoj, erkagining yelgasiga bosh qo'yib, unga o'zi uddalay olmagan ishlarini topshirishni istaydi.

Ammo "Kuchli erkak" tushunchasi nisbiydir. Ya'ni, bir ayol qaysidir erkakni "Kuchli" hisoblasa, ikkinchi ayol uchun u erakakning hususiyati yetarli darajada bo'lmaydi.
Xo'sh buning sababi nima?


Sabab insonlarning ong darajasiga bogʻliq:
_ Agar ayolni(qizni) ongi duyoviy istaklar darajasida bo'lsa, u uchun baxt ko'rsatkichi bu to'kin sochinlikdir. U faqat o'zidan ko'ra ko'proq pul topadigan erakakni "Kuchli erkak" deb biladi.
_ Agar ayolni (qizni) ongi tanaga bogʻliq ongda bo'lsa, u uchun kuchli erkak, bu jismoniy baquvvat, ko'chadagilar bilan jang qilib uni qutaradigan erakakdir. Bu ayol uchun erkagi ko'p pul topmasa ham erkagini "kuchli" hisoblaydi. Birinchi ayol jismon kuchli erkakni hurmat qilmaydi, agar ko'p pul topolmasa...
_ Agar ayolni (qizni) ongi dunyoviy istaklardan yuksalgan bo'lsa, va rahmoniy ilmlarni o'rganib, bu hayotni jannatga tayyorgarlik uchun berilgan deb hisoblasa, u uchun "kuchli erkak" bu O'zidan ham Iymonli va ilmli erkakdir. U erkakni ko'p pul topishiga qarab emas, halollik bilan topishiga qarab hurmat qiladi. U jismoniyatini janglarga emas, savob ishlarga sarflaydigan erakakni hurmat qiladi. Uni yoniga boy lekin iymonsiz erakak borsa, uni o'zidan kuchli hisoblamaydi.
Yuqorida tariflangan ayollar uchun esa, erkakni iymoni kuchli bo'lishdan ko'ra Pul topishi yoki Tanasi kelishgan bo'lishi muhimroqdir.

Ya'ni anglaganingizdek, aslida hamma uchun ideal "kuchli erkak" bo'lmaydi. Uni sizni ongingiz talablariga ko'ra o'zingiz kuchli va kuchsizga ajratasiz.

Huddi shunday "ideal ayol" ham bo'lmaydi. Uni erakaklar o'z ongidan kelib chiqib, ayoldagi aynan qaysidir hususiyatni qadrlashiga qarab o'ziga mos deb hisoblaydi.


* Bu postdan maqsad ko'plab yoshlarda bo'ladigan savollar va tushunchalarga o'ziga hos tushuntirish berishdir. Ya'ni endi oila qurmoqchi boʻlayotganlar yoki yosh oilalar, juftlari bilan kelisholmay, yoki juft tanlay olmay qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan unga mos bo'lmagan talablar qo'yib, yoki o'z ongiga ko'ra yigit yoki qizlarni yaxshi-yomonga ajratib, o'zlarini asosiz negativlarga to'ldirishlari kerak emasligini tushuntirishdir.

Albatta oilada halovat bo'lishi uchun o'z ongingizga mosini tanlashingiz kerak, shunda juftingiz bilan bir to'lqinda bo'lasiz, bu oilaviy baxt garmoniyasi uchun juda muhim. Lekin sizning idealingizga mos bo'lmagan boshqacha ongdagilarni kamsitmaslikka va ularga nisbatan negativlarga botmaslikka harakat qiling.

Ushbu postni mohiyatini tushunsangiz, o'z qobig'ingizdan chiqib, o'z ong illyuziyangizga tashqaridan nazar solgan holda, tushunasizki, dunyo yoki odamlar emas, aksincha o'z qarashlaringiz to'liq emasligini.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

21 Dec, 04:02


Psixolog: Eringiz ishdan kelishini bayramdek nishonlang. Unga raqs tushib bering...

Ayol: Hop!


#barchaga_yaxshi_kayfiyat😅

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

20 Dec, 04:17


🎄Bayram bayramdek bo'lsin!!!


Har safar bayram chegirmalarini atigi 1 kun yoki 2 kungina qilardik va ko'pchilik ulgura olmasdi. Bu safar esa hozirdanoq kitobsevarlarga bizdagi kitoblarni bayram chegirmasida berishni boshladik👍

Bu qulaylikni asosiy sabablaridan biri shuki, katta ehtimol bilan Yangi yildan so'ng kitoblarni elektron formatda berishni to'xtatamiz. Ya'ni avval xabar berilganidek, endi kanal boshqacha formatda faoliyat yuritadi. Ammo yangiliklardan to'xtamaymiz. Faqat endi yangi kitoblar boshqacha formatda taqdim etiladi va avvalgilari ham yangicha farmatga o'tkaziladi.

Demak, bu bayram elektron kitoblarga chegirma narxida erishishingiz uchun so'ngi imkon bo'lishi mumkin.🙋‍♂


Chegirma narxlar bilan tanishish 👈

Murojaat uchun: @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

18 Dec, 04:30


Erkakdan nimadir olishni istasangiz, unga shunchaki "kayfiyat" bering!


Ayollarga Eridan ko'p narsa kerak bo'lishi mumkin, bu tabiiy. Lekin Erkaklarga ayolidan faqat bir narsa kerak - bu yaxshi kayfiyatdir! (to'shak munosabati ham kayfiyatning ichida).

Hech bir erkak, doimo o'zini yaxshi kayfiyatda yurishiga sababchi ayoldan hech nimani qizg'onmaydi. U, bu ayol uchun borini berishga, kerak bo'lsa jonini berishga ham tayyor bo'ladi.


Ba'zi ayollar eridan moddiy ko'mak ololmayotganidan noliydi. O'zingizga va eringiz bilan munosabatlaringizga bir nazar solib ko'ring. Shunda barchasini anglaysiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

17 Dec, 08:17


Dindor va axloqiy inson hamma narsa Haq taoloning irodasiga koʻra boʻlishini tushunadi. Bunday odam vaziyatni ichki nazorat qilmaydi, uni boshqarolmaydi. U intuitiv ravishda nima boʻlishini sezadi va kutilmagan hodisalarga tayyor turadi.

Moʻmin boʻlmagan, yuzaki ongi va egosi ustuvor boʻlgan odam barcha masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladi. U atrofidagi dunyoda sodir boʻlayotgan hamma narsani - nafaqat tashqi, balki nozik tekislikda ham nazorat qilishga intiladi. Va bu inson uchun imkonsiz vazifadir, chunki nozik tekislikdagi har qanday vaziyatni nazorat qilish butun olamni boshqarishdir.

Iymonsiz odamning ong ostiga kirish imkoniyati cheklangan. Chunki u nima boʻlayotganini tushunmaydi, u botiniy haqiqatlarning haqiqiy rasmini koʻra olmaydi. Shuning uchun Stressli holatlarga ko'p duchor bo'ladi.

Stress paytida energiyaning katta, boshqarilmaydigan chiqishi sodir boʻladi va oʻzini oʻzi saqlash mexanizmi bu juda katta yoʻqotishni toʻxtatishi kerak boʻladi. Bu nafaqat insonning oʻzi, balki uning avlodlari uchun ham xavflidir.
Oqibatda, ruhiy qonunlar asosida bolalar va nabiralarni qutqarish uchun odam yurak yorilishi, insult, yurak xurujiga duch kelishi mumkin ...

Siz oʻz ruhingizni tartibga solib, farzandlaringiz ruhiga va qolgan avlodlaringizning ruhiga yordam berish uchun vaqt topishingiz kerak- bu sizning asosiy vazifangiz va sogʻlig'ingizni tiklanish shartidir.

Taslim boʻling, oʻzgartiring, hech narsaga bogʻliq boʻlmagan sevgi tuygʻusini saqlab qolishga harakat qiling. Agar siz ruh uchun toʻgʻri rejimni topsangiz, unda sizga bolalar va nabiralaringizga yordam berish uchun vaqt beriladi.


📚 S.N.Lazarev - Barcha dardlarga davo

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

14 Dec, 07:27


🎄Yangi yil bayramiga ham kanalimizdan yana kitob sovg'a olishni istaganlar bormi? 🙋‍♂ 🎁📚


Har doimgidek bu bayramda ham siz Azizlarni hursand qilishda davom etamiz🤗
Kanalimiz obunachilari Yangi yil bayramgacha 4 mingga yetsa, butun xalqimizga yana bir ajoyib kitobni sovg'a qilamiz📚🎁

Bunga tezroq erishishimizda o'z hissangizni qo'shish uchun shunchaki ushbu e'lonni yaqinlaringizga jo'natib qo'ying va ularni ham kanalimizga taklif eting.

Bu hali hammasi emas, kanalimiz Yangi yildan boshlab yanada ko'proq insonlarga foydali boʻladigan formatda ishlashni boshlaydi.
* Ko'plab elektron va audio kitoblar taqdim etamiz. 🤗📚
* Ilmiy psixologik mavzularda ochiq Audiochatlar ham uyushtiramiz. 🤩

Kanalga obuna bo'lib bizni kuzatishda davom eting. Siz uchun yangiliklarimiz hali juda koʻp👍

Bepul elektron kitoblar👈

MUZAFFAR VAKKOSOV

12 Dec, 07:33


Ruhiy ilmlarni ko'p o'rganganim boismi, bilmadim. Negadir, odamlarni kuzatar ekanman, ularning turli xil xarakterlari, boshqa mavjudodlardan olingandek tasurot uyg'ota boshlagandi. Go'yo insonlarni ongini boshqarayotgan turli energiyalar, tabiatdagi boshqa mavjudodlarni ham boshqarayotgan energiyalar bilan aloqasi bordek.

Kimlardir "Shoqol" kabi o'laksalar bilan tirikchilik qilishaga urinadi. Kimlardir hayvoniy kuchiga ishonib o'zidan "Sher" yasab olgan. Yana kimlardadir "Tulki" kabi tili boshqayu dili boshqa. Insonlar jamiyatidagi boshqalarni chaqishdan lazzatlanib yashaydigan "Ilon" va "chayonlar" ko'pligi haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Albatta hech bir odam o'zidagi bunday hayvoniy xarakterni ko'ra olmaydi. Chunki, har bir ongni illyuziyali pardasi bor. U parda qachonki o'sha ongidagi hayvoniy energiyani poklay olgandagina ochiladi va o'zining avvalgi haqiqati illyuziya ekanini anglaydi.

Bunday, mavjudodlar o'rtasidagi o'zaro energiya oqimlarini kuzatar ekanman, shunday xulosaga kela boshlagandimki: "Inson ongi yeriy istaklarga bog'liq, hayvoniy quyi ong darajada qolar ekan, uning ongini ham boshqa mavjudodlar taqdirini boshqaruvchi kuchlar boshqaradi ekan!"
Ammo men bu uyg'unlikni aniq mavjudligini isbotlovchi ilmlarni topa olmayotgandim. Yuqoridagi videoda esa, aynan shu narsa haqida gapirililgandek.

Keyinchalik bu mavzuda o'zimni qoniqtiradigan ilmlarni topa olsam, yanada chuqurroq postlar yozaman, albatta.
Lekin hozirgacha anlaganlarimdan shuni xulosa qilish mumkinki: Odam haqiqiy jannatiy, "Hazrati inson" darajasiga erishishi uchun, u yerga bogʻliq energiyalar ta'siridan qalbini va ongini poklashi kerak. Qachonki buni uddalay olsa, uning ongiga asl botiniy ilmlar va odatiy tana ko'ziga ko'rinmaydigan g'oyib dunyosi haqiqatlarini ko'rish mumkin boʻlgan parda ochib beriladi.

Alloh eng Buyuk Ilohdir! Odam ham qanchalik o'z ilohiy hilqatini anglab, yeriy energiyalardan yuksalsa, shunchalik Yaratganning mohiyatiga yaqinlashadi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

12 Dec, 07:33


O'rtadan g'oyib pardasi ko'tarilganida insonlarning suratini emas, siyratini (ichki olamini) ko'ra boshlaysiz!

Yunus Emro seriali 👈

MUZAFFAR VAKKOSOV

10 Dec, 04:42


Iymoningiz necha gramm?!


Ko'pchiligimiz, tilimizda "Barchasi Allohdan!" deymizda, lekin, ichimizda erishgan va erisha olmaganlarimiz uchun qaysidir bandalarni ayblashda davom etaveramiz!
To'g'rimi?!


Hayotingizda sodir bo'lgan voqea va hodisalarda hamda, erishgan va erishmagan natijalaringizda kimni ko'proq sababchi sifatida bilishingiz bu iymoningiz darajasini ko'rsatkichidir!

Bu darajani bilish uchun o'zingizga atolatli bo'lgan holda, hayolan ulkan tarozini tasavvur qiling va uni bir tarafiga odamlarni aybdor deb bilgan jarayonlaringizni, ikkinchi tarafiga esa bu Allohdan deb, qalban sakinat bilan qabul qilgan jarayonlaringizni qo'yib ko'ring!!!


Qarang-a, torozining iymonimiz turgan tarafi qanchalar yengil. Go'yo kichik bir pishloq bo'lagini qo'yib qo'yilgandek!

Aslida aybsiz bo'lgan odamlar bilan to'ldirvorganimiz, ikkinchi taraf esa, og'irligidan yerga tegib qoldi... !


Xo'sh endi, iymoningizni asl darajasini anglay oldingizmi?
Xo'sh endi ham, meni iymonim kuchli deya olasizmi?



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

05 Dec, 07:28


Oilviy baxt va birdamlikka erishish grafikasi.


* Menimcha rasmga ortiqcha izoh shart emas. Shunchaki #tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

04 Dec, 10:12


Ko'p bor yozishadi: "Sizning kanalingizdagi aktivlik va reaksiyalarga havas qilamiz, chunki kanalingizda 3 mingdan sal ko'proq obunachi bo'lsa ham aktivligi ba'zi obunachilari 10 ming va 15 ming bo'lgan kanallardan ham yaxshiroq.
Men ko'p harakat qilsam ham aktivni oshirolmayman, shuning uchun Vakkosov kanaliga ba'zida hasad ham qilaman" deb ham qolishadi.

Hatto ba'zida: "Siz dunyoni ko'plab sirli qonunlarini bilasiz. Menimcha siz odamlarni ushlab turishda qandaydir sehrni ham ishlatsangiz kerak-a?" deb ham so'rashadi..😁


Alhamdulillah! deyman albatta shunday aktiv oilamiz borligidan.
Lekin to'g'risi yuqoridagi savollar javobi meni o'zimga ham qiziq.😊
Chunki bu yerda hech qanday sehr hiylalari yo'q. Men shunchaki bo'lishishni istagan anglashlarimni mazza qilib postlarimda bo'lishaman, bo'ldi🙏😊

Yaxshisi buni siz aziz obunachilardan so'rab ko'ramiz.
Balki shunda sizlarning xolisona javoblaringiz yuqoridagidek savol beruvchi ko'plab kanal egalariga kanallarini qanday qilib odamlarga yoqimli qilib yuritish bo'yicha kerakli xulosalar berar?

* Xo'sh aytingchi nima sizni bu kanalda doimo qolishingizga va postlarni qoldirmay o'qishingizga turtki beradi?
* Nima sizni deyarli barcha postlarga reaksiya bosishga undaydi?
* Chiqib ketmasligingiz va boshqalarga ham tavsiya etishingiz sababi nima?

Izohlaringizni yozib qoying
Sizlarni istagingiz ko'plab kanal yurutuvchilarga qiziq bo'lishi mumkin! 🙋‍♂

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

03 Dec, 07:31


Ovqatga ochopatlar maqoli:
O'ldirsa, Osh o'ldirsin!

Hissiyotlarga ochopatlar:
O'ldirsa, Sevgi o'ldirsin!

Mol dunyoga ochopatlar:
O'ldirsa, Pul o'ldirsin!


Men kabi ilmga ochopatlar esa:
O'ldirsa, Kitob o'ldirsin! 😅📚


Xo'sh, Siz qay biriga hech to'ymaysiz? 😁


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

03 Dec, 04:58


Jamiyat istaklarini o'z o'rnida bajaradigan, jamiyat ongidagilar nazaridagi ideal odami bo'lib yashashdan ko'ra,,,

Allohning istaklarini o'z o'rnida bajarib, Allohning sevimli, solih(a) bandasi bo'lib yashash anchayin muhimroqdir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

02 Dec, 05:30


Bizning tanamizning mutlaqo barcha hujayralari yangilanadi, tiklanadi, ta'mirlanadi, yangilari bilan almashtiriladi, ba'zilari tezroq, ba'zilari esa sekinroq. Bu shuni anglatadiki, agar siz ma'lum bir organda sodir bo'lgan hujayra o'zgarishlarining sababini olib tashlasangiz, hujayralar darhol tiklana boshlaydi.

Masalan, oshqozon epiteliya hujayralari har 3-5 kun ichida yangilanadi. Bu shuni anglatadiki, odam 30 yil davomida gastrit bilan og'rigan bo'lsa ham, agar ongidan gastritning sababi bartaraf etilsa, oshqozon 3-5 kun ichida butunlay normal holatga qaytadi, shilliq qavat yaxshilanadi va o'z vazifalarini bajara oladi.

Bu tizim deyarli barcha kasalliklarda aynan shunday ishlaydi. Kitobning keyingi boblarida, ong va tana o'rtasidagi bogʻliqlik va uni normal holatga keltirish orqali qanday qilib, bir necha oʻnlab yillar davolanmagan kasalliklardan shifo topish mumkinligini o'rganib chiqamiz.


📚 "Isbotlangan Psixosomatika"


* Yangi kitoblar kutayotganlar bormi? 🙋‍♂
Tez orada inson psixikasi va tanasi o'rtasidagi bogʻliqliklarni chuqur tushuntiradigan yana bir zo'r kitobni taqdim etamiz! 👍


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

30 Nov, 04:43


Kasallik - bu ilohiy rizq omboringizda zahira kam qolganligidan dalolatdir!


Rizq faqat tanovul qilayotgan ta'omingiz yoki erishayotgan moddiy matohlaringiz emas, bu yana Salomatlik hamdir!

Ko'plab postlarda, insonga bu dunyoga kelishidan avval ajratilgan rizq va bu dunyodagi amallari sabab beriladigan rizq mavjudligini anglagandik.
Ya'ni inson yashash davomida avvaldan berilgan rizqini ishlatish bilan birga, turli faoliyatlari orqali ilohiy rizqiga baraka qo'shishi ham, yoki barakasini kamaytirishi ham mumkin.

Ruhning ilohiy energiyasi bir nechta yo'nalishda unga oqib keladi: bu uning ruhiyatini oshiradigan natijalarga tezroq erishishiga, ijtimoiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlariga, turmushidagi farovonlikka, hamda tanasining quvvatlanishiga, ya'ni salomatligiga sarflanadi.

Qarz va kredit mavzularida buning oqibati kelajakdagi omadsizlik va salomatlikka salbiy ta'sir etishi haqida yozgan edim. Chunki yuqorida aytganimdek bularning barchasining boshlanish energiyasi birdir. Ya'ni inson ilohiy rizqini bir yo'nalishda sovurib yuborsa bu boshqa yo'nalishlarda ham kamtiklarni paydo qiladi.

Huddi katta bir suv bochkasida bir nechta jomraklar mavjud bo'lib, ularning biridan barcha suv oqib chiqib ketganida, boshqa jomrakni ochishingiz foydasiz bo'lgani kabi, hayotingizni qaysidir jabhasida siz halollikka amal qilmagan bo'lsangiz va ilohiy rizqingizni barakali qiladigan ishlar qilmagan bo'lsangiz. Sizda keyinchalik salomatlik jomragingizdan tanangiz uchun yetarli energiya oqmay qoladi.

Tana bizning eng moddiylashgan qismimizdir, shuning uchun uning holatiga qarab biz ilohiy rizqimizning hozirda qay holatda ekanligi haqida tasavvurga ega bo'lishimiz mumkin.

Shu o'rinda muhim tushuncha shuki: gap grip kabi bir necha kunda yengil o'tib ketadigan kasalliklar haqida emas, uzoq muddat odamga azob beradigan va davosiz hisoblangan ogʻir kasalliklarga duchor bo'lish haqida ketmoqda.

Demak anglashimiz kerakki, Agar kimdadir og'irroq kasalliklar vujudga kelayotgan bo'lsa, u odam tanasini davolatish bilan birga ilohiy rizqini barakali qiladigan savob amallarni ham qilishni boshlashi kerak. Shunda ruhiy ozuqa tanasini ham quvvatlantirishni boshlaydi va kasalliklardan tezroq shifo topadi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

27 Nov, 08:15


Oilada baxt gormoniyasi yuqori darajada qolishi uchun:

Erkak o'z puli bilan ayolining karmanini tez-tez to'ldirib turishi kerak.
Ayol esa, o'zi bilan erkagining quchogʻini tez-tez to'ldirib turishi kerak! 😅



#yaxshi_kayfiyat

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

26 Nov, 06:46


Ilmiy yondoshilgan jiddiy postlarimdan ko'pchilik mani ko'p yashab qo'ygan, qari inson deb bilar ekan. Lekin ichkaridan hali yosh boladekman😁

Asosiysi "Vapshe" nimaligini bilaman😅


#Barchaga_yaxshi_kayfiyat👍

T.me/muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

24 Nov, 03:11


Istalgan kasallikka duchor bo'lishning tub mohiyatida Xudo bilan kurashish yotadi!


Tasavvur qiling: Siz Kuchli, professional boksyor bilan ringga, jang qilish uchun chiqdingiz. Xo'sh aytingchi birozdan so'ng sizga nima bo'ladi?
Albatta yoki jarohat olib dodlayotgan bo'lasiz, yoki xushdan ketib ringda yotgan bo'lasiz!

Kasallik - bu Xudo bilan kurashishlaringiz oqibatida olgan jarohatlaringizdir!
Ya'ni, taqdiringiz uchun, yoki atrofingizdagi odamlar uchun Unga "nega, nega, nega... " degan zarbalar berib, Uni jangga chorlaysiz.

Aslida esa, Qalb hech qachon nolimaydi, Xudo va sizni o'rtangizda jang chiqarayotgan bu Egoingizdir!

Davosiz kasalliklar bo'ladimi, yoki onkologik kasalliklarmi agar bemor Egosiga yoqmagan narsalar uchun Xudoga noliyvermay, aksincha Yaratganga egosini taslim etib, o'zini yaratgani uchun, va bergan ne'matlari uchun qalban shukronalik ongiga kelib, Alloh istaganidek yaxshi inson bo'lishni boshlasa, istalgan kasalliklardan xalos bo'la oladi!

Ammo afsuski, aynan shunday butun umrini Xudoga qarshi kurashga sarflab, og'ir kasalliklarga duchor bo'lib, yiqilib qolganlarni ko'pchiligi, xatolarini anglashni boshlashni o'rniga aksincha endi kasaligi uchun ham Xudoga qarshi yanada kuchliroq jangga kirishishga urinadi. Oqibatida esa, hayotining so'ngi yillarini ham boy beradi.

Agar sizda ham shunday tanishlaringiz bo'lsa, ularga bu postni jo'natib qoying.
Ular qanchalik tezroq hayot haqiqatlarini anglasalar shunchalik tezroq shifolanishlari mumkin bo'ladi.

Unutmangki: Alloh aslida har bir bandasini jannatiy bo'lishini istaydi, shuning uchun banda U bilan jang qilavermay(noliyvermay), aksincha Yaratgandan tezroq poklanishlikni va bu dunyosinyu u dunyosida farovon hayotni nasib etishini qalban so'rasa, albatta Alloh bandaning istaklarini bajo keltiradi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

22 Nov, 07:50


Yoqtirganlaringizga yengil erishishingizga yoqtirmaganlaringizni qo'yib yubormasligingiz halaqit beradi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

22 Nov, 03:04


Karmani poklashdagi eng katta to'siq Egodir!


Ko'plab psixologik mutaxassislarda kuzatiladi: ba'zi insonlarga ularni o'zlari ko'rolmagan dunyo qarashlaridagi xatolarini tushuntirsangiz, ular "Yo'q aslida seni gaping noto'g'ri, meni qarashlarim esa o'zi to'g'ri" degandek sizni qabul qilishni istashmaydi. Vaholanki unday insonlar hayotida baxtsizlik va yetishmovchiliklar sodir boʻlayotgan bo'lsa ham asl haqiqatlarni to'g'ri deb qabul qila olishmaydi.

Buning sababi, ya'ni odamlarga boshqacha qarashni anglashga to'sqinlik qilayotgan narsa, bu ularning Egosidir!

Ego o'zida insonning tug'ilganidan boshlab ko'rgan kechirgan voqealari va odamlar, hamda tabiat bilan munosabatlardagi tajribalari asosida hayot va o'z shaxsiyati haqida tushinchalarini o'ziga xos informatsiyalar bilan to'ldirgan illyuziyaviy qobiqdir.

O'sha qobiq ichidagi informatsiyalar esa, huddi robotni miyasida uni nima ish qilishi haqidagi dasturiy taʼminoti bo'lgani kabi, insonning karmasiga ko'ra harakat qilishga yetaklovchi dasturiy taʼminotdir.

Ba'zi insonlarga o'zi va boshqalar haqidagi qarashlaridan xulosa qilib, siz buday dunyo qarashingiz oqibatida kelajakda "shunday" voqealarga va "bunday" kasalliklarga duchor boʻlishingiz mumkin deb aytsam: "Buni qayerdan bilasiz?, karmani qanday ko'rasiz?" deb ishonqiramay kulib qo'yishadi.

Ego bu inson shaxsiyatini himoyalovchi qobiq ekan va inson shaxsiyati, hamda xarakteri o'sha odamning karmasiga yetaklovchi informatsiyalar to'plami ekan. Bu ilmlarni chuquroq o'rgangan inson, odamlar bilan suhbatlashish davomida hozirgi qarashi qanday sabablarga koʻra shakillanganiyu, kelajakda bu qarashlari oqibatida nimalarni boshdan kechirishi mumkinligini anglay oladi.

Demak, Ego bu faqat kibrlanish yoki hudbinlik emas, ego keng ma'noda o'zingiz va hayot haqida tushunchalaringizdir. Agar siz yo'qotishdan, qorqsangiz yoki o'zingizga ishonchingiz past bo'lsa ham, agar sizga o'zgarishingiz haqida kimdir gapirganida siz yo'q bu noto'g'ri deb o'z hayot tajribalaringizdan olgan e'tiqodingizni himoya qilishga kirishsangiz, bu ham karmangiz informatsiyasini saqlashga urinayotgan Egoning ishidir!

E'tibor berganmisiz? Odamlar qachon birdan o'zgarib qolishadi? Huddi egosi birdan parchalanib ketgandek bo'ladi?
Qachonki o'sha qobiq ichidagi informatsiyalar xato ekanini koʻrsatuvchi voqealarni boshdan kechirishganida, yoki ko'plab ilmlar olish orqali, ya'ni bunda ham o'sha e'tiqodlari xato ekinini chuqur anglashlari orqali o'zgarishlari mumkin bo'ladi.

Demak karmangizni og'ir oqibatlarini boshdan kechirmasdan ham poklanishingiz mumkin. Bu esa, e'tiqodlaringizni xato ekanini tushuntirib beruvchi va sizga asl pok e'tiqodlarni singdiruvchi insonlarni gaplarini yoki shunday kitoblarlardagi ilmlarni qabul qilish bilan sodir boʻladi.
Buning uchun esa, avvalo Egoingiz illyuziyaviy devorini parchalab tashlashingiz kerak.
Demak, Egoni eritib tashlash bu karmani poklashdagi eng muhim qadam ekan!

Unutmang: Kimda qanchalik Ego kuchli bo'lsa, U shunchalik karmasining oqibatlariga ogʻirroq javob berishga majbur boʻldi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

15 Nov, 09:31


Nima uchun bu millatning "baxtsiz"lik va "omi"lik zanjiri hech tugamaydi?

Chunki yangi avlodlarning kamoloti va tuzajak yangi oilasini o'zini na ilmli, na baxtli qilolmagan "Baxtsiz Kattalar" belgilab beradi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

14 Nov, 04:58


Insoniyat aniqlagan barcha fizik va ayradinamik qonunlarga ko'ra Asalari ucholmaydi. Chunki uning qanotlari tanasiga nisbatan to'g'ri taqsimlanmagan va juda nozikdir.

Lekin shunga qaramay u uchaveradi!

Chunki u bir ikki olimlar ishonchiga ko'ra anglangan hayot qonunlari chegarasida fikrlab, "Bu ilojsiz, buni uddalay olmaysan!" deydigan odamlar ichida yashamagan va shunday insonlarni tarbiyalaydigan maktablarda o'qimagan!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

11 Nov, 08:33


Balki bunday savol sizda ham mavjuddir?


* Muhim tushunchani unutmang:
Pul bu energiyani moddiylashgan ekvivalenti xolos. U sizning foydangizga ko'payishi uchun unga sizdan qo'shimcha (jismoniy, aqliy, qobiliyat va ruhiy) energiya qo'shilishi kerak. Shunda qo'shilgan miqdor halol hisoblanadi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

05 Nov, 10:06


Ayolning "Ojizaligi" bu uning erkakdan past darajada ekanligi emas.
Bu uning erkakni harakatga keltiruvchi "Kuchidir!"


Odatda kuchli ayollarning erkagi g'ayratsiz bo'ladi.
Muvaffaqiyatli va g'ayratli erkaklarni ayoli esa, jismoniyatda va moddiyatda eridan ojiza ekanini bildira oladigan dono ayollar bo'ladi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

03 Nov, 04:44


Ezoterika aslida juda keng miqyosdagi ta'limotlarni o'ziga qamrab oladi va inson aslini aniqlash borasida asosan 3 ta tarmoqqa bo'linadi.

1) Nafsni bu sen deydigan va nafsing (tana hirslari) istagiga ko'ra yashashing kerak deydigan.

2) Egoni (soxta menni) bu sen deydigan. Va o'zingni sev deb, faqat boshqalardan o'zini ustun ekanini his ettirishga undovchi havoi istaklar uchun yashashni o'rgatadigan.

3) Ruhni bu sen deydigan. Va yeriy energiyalar (nafs va soxta men) ta'siridan ruhingni ozod qil deb, dunyoga bogʻliq xohishlardan ko'ra Yaratganga qullikni birlamchi o'ringa qo'yib ta'lim beradiganlardir.

Demak mantiqan olganda islomiy tasavvuf ham Ezoterikadir! Chunki bu so'zning lugʻaviy ma'nosi ko'rinmas haqiqatlarni anglash ilmlari degan maʼnoni anglatadi.

Lekin bizga Ezoterika nomi ostida kirib kelgan ta'limot odamlarga yuqorida keltirganim Egoni bu sen deb ta'lim beryotgani uchun Ezoterika so'zini diniy qarashdagilar yomon deb hisoblab boshladi.

Aslida esa, Ezoterika so'zi emas, nafs va egoni bu sening o'zing deydiganlar asl haqiqatdan chalg'iganlardir. Chunki Ego bu jamiyat va hayotiy tajribalar asosida shakllangan soxta shaxsiyatdir. Nafs esa tana hirslaridir. Agar inson ularni birlamchi qilishga urinsa asl o'zligini topa olmay yerdagi energiyalarga bogʻliq holda karma botqog'iga botib yashashda davom etaveradi.

Men postlarimda doim shu tafavudlarni tushuntirishga urinaman. Va men taqdim etayotgan kitoblarda ham Ruhni birlamchi meningiz ekanligi tushuntiriladi.
Bu uchalasini aralashtirib yuborganlar "Muzaffarni postlari va taqdim etgan kitoblari ham ezoterikaga xosku?" deb ajablanishadi. Lekin to'g'ri yo'nalishni anglaganlar barchasini allaqachon tushunishgan. 👍

Tafakkur qiluvchilar uchun asl sirlar va nozik haqiqatlar ochib beriladi. Alloh bejizga Qur'onning deyarli har bir oyati yakunida buni takror takror eslatmagan!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

02 Nov, 08:52


Ba'zilar mana bu psixolog yaxshi ekan, ruhiy yuksaltirar ekan deb yozishadi. Kanaliga kirib ko'raman. Ruhiy yuksaltiradigan ayol boshi ochiq, yarim yalangʻoch, ko'rgan erkakni shahvatini qo'zg'atadigan ko'rinishda, vaqtini ayshu ishratga va pullarini qimmatbaho kiyimlaru taqinchoqlarga sarflab yashayotgan bo'ladi.

Men aytaman: Yo'q bu ayol sizga ruhiy yuksalishni emas, aksincha nafsoniy yuksalishni o'rgatadi. Agar unga o'xshab mazza qilib yashashni istasangiz undan ta'lim oling. Ammo agar ruhiy poklanishni istasangiz undan uzoqlashing deyman.

Xo'sh unda kimni tavsiya etasiz? deb so'rashadi. Odatda kanalimda reklama joylamayman. Lekin koʻplab insonlarni adashmasdan, asl ta'limotlar bilan yuksalishi uchun mayli bir psixolog ayolni kanalini yozib qoldiraman👇

@NodiraMirvaliyevna

Aslida buni o'zlari so'ramadilar, lekin men u insonni beradigan ilmlari to'g'ri deb hisoblaganim uchun o'zim tavsiya etyapman!
Ular islom dinini va Qur'on oyatlarining ma'no mohiyatini ham mendan ancha yaxshi anglaydilar. Agar mutahasisga muhtoj bo'lsangiz ularga murojaat qilishingiz mumkin.

* Adashtiruvchi va ruhingizni kirlativchi ta'limotlardan saqlaning!


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

02 Nov, 08:33


To'g'ri ustoz tanlash!


Ko'p bor lichkamga qandaydir muommolarini hal qilishda va qandaydir tushunolmagan ilmlariga javob topishda ko'mak so'rab, mendan konsultatsiya olish maqsadida yozishadi.
Ammo men psixolog sifatida faoliyat yuritmayman va shuning uchun individual konsultatsiyam ham yo'q. O'rgangan ilmlarimni kanalimda bo'lishib borishga vaqtim bo'ladi xolos.

Tabiiyki bu hayotda ekanmiz har bir insonni qandaydir muommolari mavjud bo'ladi. Aslida shularni boshdan o'tkazib, o'zimiz va Yaratuvchini chuqurroq anglashimiz uchun kelganmiz.
Aynan shunday anglashlarga tezroq erishishni istaganlar hayotning asl haqiqatlarini tushuntirib bera oladigan ustoz qidiradi. Ayniqsa hozirgi adashtiruvchi ta'limotlar ko'paygan vaqtda, huddiki hamma haqiqatni gapirayotgandek tuyiladi.

Agar ayol bo'lsangiz va o'zingizga ayol ustoz qidirayotgan bo'lsangiz, sizga asl ruhiy poklanishingizda ko'mak beradigan va to'g'ri yo'nalishda sizni olib bora oladigan ustozni adashmay tanlashingiz uchun quyidagi alohida sifatlarga albatta e'tibor qaratishingiz kerak bo'ladi:

Ruh bu har qanday yeriy shahvatlardan yuksak hilqatdir!
Asl ruhiy poklanish uchun avvalo yeriy hirslardan ongingizni yuksaltirgan bo'lishingiz kerak, ana shunda ruhingizni asl mohiyatini anglay olasiz. Shunday ekan sizga ustozlik qila oladigan inson ham avvalo o'zi yerga bogʻliq hirslaridan o'zini qutqara olgan bo'lishi kerak.
Ayol agar ruh aslida qanday poklanishini to'liq anglagan bo'lsa, u nomahram erkaklarga o'zidan rohatlanishga sharoit yaratib bermaydi.
Demak asl ta'limotni beradigan ayol psixologni birinchi sifati bu Xijobda yurishi, ya'ni Allohning buyrugʻiga amal qilib nomahram erkaklardan o'zini saqlagan holda negativ karmani tanasiga yopishidan himoyalangan bo'lishidir!

Keyingisi esa, hozirda ko'pchilik havoi nafslarini qondirib, faqat lazzatlanishga berilib ketgan, va chet ellarda sayohat qilib yurganlarni ruhiy yuksalgan deb ishonishni boshlagan.
Xo'sh undaylar sizga nimani o'rgatishi mumkin? Albatta o'zi kabi "faqat o'zingni o'yla, o'ngingi sev!" deb hatto oilangizni bir chetga surib qo'yib, topganigizni lazzatlanishga sarflab yashashni o'rgatishadi xolos!
Shuning uchun ustoz tanlashda ikkinchi muhim jihat bu - u ayolni "menlik" darajasi kengayib, o'z ilmlari orqali oilasini ham tartibga solishni uddaylay olganmi? Shunga e'tibor qaratishingiz kerak.

Yana bir eng muhim narsa shuki: Sizga qandaydir noma'lum kuchlarga sig'inishni, va ulardan ko'mak so'rashni emas. Yagona Allohdan ko'mak so'rashni o'rgatishi kerak.
Agar qanaqadir ilohiy nomlar, sivilizatsiyalar, sehrli toshlar orqali muvaffaqiyatga erishishingiz mumkinligi haqida gapirishni boshlasa tezda undan uzoqlashing. U zamonaviy "Jodigar kampirdir!". Bundaylar Allohdan emas, odamdan biroz yuqoriroq kuchlardan yordam so'raydiganlardir.

Unutmang eng yuksak iloh bo'lgan Allohdan boshqasi agar sizga yordam bergan taqdirda ham buni qandaydir to'lovi bo'ladi va buni oldindan to'lamasangiz kelajakda katta yo'qotishlar bilan to'laysiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

02 Nov, 05:36


#Kayfiyat

Yaqinlaringizgaxam ulashing

MUZAFFAR VAKKOSOV

01 Nov, 09:17


Kibr - bu kibrlangan insonning shaxsiy rivoji yakunlanganligi haqida signal beradigan qizil chiroqdir!


Menga yaqinda shunday savol berishdi: Kuyovlikka ikkita nomzod yigit bor, qay birini tanlashga boshim qotib turibdi. Ikkisining ham ijtimoiy holati deyarli bir xil. Ammo xarakteri turlicha. Aytingchi qanday xarakterlisi kelajakda, ham oilasida, ham ishida yaxshi natijalarga erishishi mumkin? Umuman olganda odamlarni xarakteriga qarab kelajagini taxmin qilishni iloji bormi?

Aslida taqdir bu G'oyib ilmidir. Uning to'liq ko'rinishi faqat Yaratganga ayon. Ammo 1+1=2 bo'lgani kabi inson ongi darajasida ham hayotning bazi bir ssenariylarini oldindan tushunib olish mumkin. Chunki borliqda voqealar aniq matematik va fizik jarayonlar asosida vujudga keladi. Faqat insoniyat ongidan yuksak bo'lgan ta'sirlar ham mavjud ekanligi bois, o'sha yuksak matematikani javobini aniq anglay olmaymiz. Va o'sha anglay olmagan darajalarimizdagi fizik ta'sirlarni biz G'oyib ilmi deb ataymiz.

Hozirgacha o'rgangan ilmlarimdan va isonlar hayotini kuzatishdan olgan anglashlarimdan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Kibrli insonning kelajakda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli juda past bo'ladi!

Buning asosiy sababi: bundaylar o'zini, o'z iqtidori va qudratini birlamchi tayanch sifatida ko'rishni boshlaydi. Bunday yondoshuv esa, asl tayanch bo'lgan Buyuk Ilohdan ruhan uzoqlashishga olib boradi. Bizni tanamiz bu shunchaki yerda faoliyat olib borish uchun bir Avatar kiyimdir. Asl quvvat manbaimizni esa, Yaratgandan olamiz. Demak kibrli insonlar o'sha asl quvvatidan tobora uzilishga sabab bo'ladigan hayot tarziga kirib boradi va har qancha chiramnasin, kelajakda ham moddiy va ijtimoiy darajalarda, ham sog'lig'ida ham tanazzulga uchrashni boshlashadi.

Hayotingizda ko'rgan kechirgan voqealarni bir yodga olib ko'ringda: Qaysidir biznesmen ozgina ishlari yurishib, kibrlanishni boshlaganida bankrotlik bilan to'qnash kelgan. Qaysidir yuqori lavozimga ko'tarilib, odamlarni tengsamay qo'ygan shaxslar bir ikki yil o'tmay qandaydir siyosiy xatolari sabab turmaga tashlangan....

Umuman olganda, nafaqat kuyov yoki kelin tanlashda yoki quda tanlashda, balki, biznes sharik tanlashda ham, ishchi hodimlarni tanlashda ham bu muhim omilga e'tibor berish kerak. Agar kimdir o'zini ko'rinishi, ijtimoiy holati va yoki iqtidoridan kibrlanayotgan bo'lsa bilingki uning hozirgi darajasi bu uning eng yuksak darajasidir. U endi boshqa o'smaydi.
Kimki o'z ishini ustasi bo'lsa ham, yoki qandaydir moddiy va ijtimoiy darajalarga erishgan bo'lsa ham, o'zi kabi darajalarga hali erishmaganlar oldida kibrga berilmay tura olgan bo'lsa, bunday odamlar hali o'sishda davom etadi.

Demak anglashingiz kerakki, agar siz quda bo'layotgan oila, agar sizni oilangizdan o'zini ustun qo'yayotgan va sizni past sanayotgan bo'lsa, bilingki, qudalaringiz bilan munosabatlar hech qachon hozirgidan yaxshiroq darajaga chiqmaydi, agar kibrlanishni to'xtatmasa.
Huddi shunday biznes sheriklar o'rtasidagi va Er xotin o'rtasidagi munosabatlar ham yaxshilanmaydi, agar tomonlardan kimdir o'zini ustun sanayotgan bo'lsa.

Albatta katta ishlarga "Dux" yetishi uchun odamda o'ziga ishonch bo'lishi kerak. Lekin bu ishonchni mohiyatida Alloh uni qo'llashiga ishonch turishi kerak, o'zini hammadan ustun ekaniga ishonish emas!
Unutmasligimiz kerakki, biz bu hayotga Nafsimiz yoki soxta menimizni quvvatlantirgani emas, Allohga haqiqiy banda ekanligimizni anglash va Unga bandalik darajasida u yaratgan yer kurrasini va undagi boshqa bandalarni rivojiga o'z hissamizni qoʻshish uchun kelganmiz.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

30 Oct, 03:27


Kasalliklarning vujudga kelishida bitta umumiy qonun bor:

--- Odam "Borliq" deb atalmish organizmga qanchalik foydasiz va zararli hujayraga aylanib qolsa. O'z tanasi hujayralari ham u uchun shunchalik foydasiz va zararli hujayraga aylanib boradi. ---

Chunki bu olam bir necha o'nlab qatlamlardan iboratdir. Yuqori qatlamdagi o'zgarishlar o'zidan pastki qatlamni ham huddi shunga mos ravishda oʻzgartiradi.

Demak, odam qanchalik "Boriqqa" ijobiy ko'z bilan qarab, undagi o'zi kabi boshqa mavjudotlarga (hujayralarga) ham foydali hayot tarzini taqdim etgan holda yashasa, uning hujayralari ham u uchun shunchalik ijobiy kayfiyatda doimiy xizmat qilishda davom etadi!

Tezroq tuzalishni, ya'ni hujayralaringiz olamini tartibga solishni istasangiz mavjudotlar olamidagi ongingizni tartibga solgan holda, yomon koʻrganlaringizni yaxshi ko'rishni va bu olamning rivojiga ijobiy hissa qoʻshgan holda yashashni tezroq boshlang!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

28 Oct, 10:23


Men taqdim etmagan va o'zbekchasi hali mavjud bo'lmagan kitoblar ichida, meni dunyo haqidagi tushunchalarimni o'sishida juda katta foyda bergan top-3 kitoblar esa, quyidagicha:

1) Бхагавад-гита
Bu kitob insonga hayotni mohiyatini va qanday yashasa ham bu dunyosi uchun, ham u dunyosi uchun manfaatli bo'lishini tushuntiradi.

2) Вадим Зеланд - Пространство вариантов
Bu kitobni o'qir ekansiz, hayotingizdagi juda katta energiyalaringizni besamar ko'kka sovirishingizni va sizni hamda butun insoniyatni ongsiz boshqargan holda butun insoniyat energiyalarini ma'lum bir oqimlarga to'plashga urinadigan kuchlar bor ekanini anglab yetasiz.


3) Руслан Нарушевич - Откуда берутся деньги и куда деваются
Bu kitobdan siz nega bugun aynan shunday moliyaviy hayot kechirayotganingiz va kelajakda rizqingizni barakali qilish uchun hayotingizda qanday o'zgarishlar sodir etishingiz kerakligi haqida borliqning juda katta ilohiy qonunlarini anglab yetasiz.


Albatta O'zbekistondagi kitob do'konlarida ham insonga to'g'ri yashashida va dunyoni anglashida juda katta ko'mak beradigan, islomiy ruhdagi, menga ko'p ilmlarni anglashimda yordam bergan kitoblar bisyor. Lekin men yuqorida hali bizning kutubxonalarda mavjud bo'lmagan kitoblarni yozdim.

Chet tillarini tushunadiganlar bo'lsa, tavsiya etaman, o'zingiz yaxshi biladigan tildagi bu kitoblarni o'qib chiqishingizni. Shunda yana anchagina hayot haqiqatlarini anglashingiz mumkin bo'ladi👍

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

28 Oct, 04:09


Eng foydali kitob qaysi?


Gohida bizdagi kitoblarni olishdan avval ba'zilar: "Bu kitoblardan o'zingiz ham nimadir olganmisiz? Rostdan ham odamni dunyo qarashi o'sishida yordam beradimi?" deb so'rab qolishadi... Foydali ekaniga ishonqiramay!
Albatta, o'qib chiqishgach esa, foydasini o'zlari anglab yetishadi.

Bilasizmi? Men tahminan hozirgacha 500 ga yaqin kitoblarni o'qiganman va shularni deyarli 70-80 foizi o'zbek tilida mavjud emas. Men taqdim etayotgan kitoblar esa, o'sha kitoblar ichida inson kamoloti va sog'lig'iga eng ijobiy ta'sir etadigan, saralangan kitoblardir!

Keling o'sha ko'pchilikka qiziq bo'lgan ma'lumotni, ya'ni men tayyorlagan kitoblar ichida meni o'zimni dunyo qarashimni o'sishida eng katta hissa qoshgan Top-3 ta kitoblarni aytib o'taman:

1) "Karma diagnostikasi 2 va 3."
Bu kitoblardagi sirli ilmlar meni ongimni butkul o'zgartirib yuborgan. Bu kitoblarni o'qigan odam dunyoni faqat 3D ko'rinishida emas, jismoniy dunyodan tashqaridagi hayotga eng katta ta'sir etadigan asl haqiqatlari bilan ko'rishni boshlaydi.

2) "Beshta ruhiy jarohatlar"
Bu kitob insonga o'ziga tashqaridan to'liq nazar solishni va bugungi holatiga kelib qolishiga aynan nimalar sabab bo'lganligi haqida to'liq tushunchalar beradi. Hamda barcha insonlarni nega aynan shunday ko'rinish va xarakterli ekanligini tushunishni o'rgatadi.

3) "Bu sizdan boshlanmagan"
Bu kitob ota ona bilan munosabatlarni yaxshilashda va sulolaviy dasturlardan qutilishda haqiqiy mo'jiza ko'rsatadigan kitobdir. Uni yig'lamay o'qishni iloji yo'q!
O'sha har bir tomchi ko'z yoshingiz siz va ota onangizga bogʻliq bo'lgan ichingizdagi negativ karmalarni yuvilib tashqariga chiqish jarayonidir. Kitobni o'qib tugatgan inson ota onansiga butul boshqa ko'z bilan boqishni boshlaydi!


Albatta boshqa kitoblar ham o'ziga hos juda foydali kitoblardir. Lekin meni shaxsan o'zimga, dunyo qarashimga eng yaxshi ta'sir etganlari shulardir. 👍

Umid qilamanki, bu kitoblar kanalimizning boshqa kitobxonlariga ham ijobiy ta'sir eta olgan🙏


Psixologik kitoblar👈

Murojaat uchun 👉 @m_vakkosov

@muzqffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

28 Oct, 04:09


Men uchun eng foydali bo'lgan top-3 kitoblar👇

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

26 Oct, 03:59


Farovonlik va Baxt qonuni!


Bilasizmi? Agar hamma halollik va adolat bilan, qo'lidan nima kelsa shu kasb orqali jamiyatga manfaatli xizmatlar qilib, bir biriga ko'maklashib yashasa. Aslida odamlar o'rtasidagi oldi-berdida Pul ekvivalenti kerak bo'lmay qoladi.

Pul bu boshqalar manfaati uchun o'z energiyasini qalban sarflashni istamaydigan dangasalarni o'rnidan turib, jamiyatga foydali nimadir qilishga majburlash uchun o'ylab topilgan vositadir!

***

Faqat pul uchun ishlaydiganlarni asosiy qismi odatda kambagʻallikda hayot kechiradi. Chunki bundaylar pul kelmaydigan vaziyatlarda hech narsa qilmay vaqtlarini bekor o'tkazishni afzal ko'rishadi. Oqibatda topganlari tanasini ochlikdan saqlab qolishgagina yetadi...

Pulni ikkilamchi oqibat sifatida ko'rib, har bir harakatida birlamchi maqsadini odamlarga o'z qobiliyatlari bilan qandaydir manfaat berishga qaratadiganlar insoniyatga odamlardan oladigan pullaridan ko'ra ko'proq baraka berganliklari bois, bundaylar sarflagan ortiqcha energiyalarini oqibati sifatida ish joylarida tezda lavozimi ko'tariladi yoki jamiyat ichida hurmat-ehtiromga sazovor bo'lishadi. Oqibatda esa, moddiy farovonlikka ham erishishadi.


* Olish uchun emas, asosan berish uchun yashang!

Unutmang: Olganingiz Tanangizni bugungi ozuqasi uchun bo'lsa, berganingiz Ruhingizni ertangi ozuqasi uchundir!

Endi angladingizmi nega ba'zi odamlar hayotida baxtsizlik va sog'lomsizliklar sodir boʻladi?
Chunki ular bir vaqtlar berganidan ko'ra ko'proq olishga intilishgan, natijada ruhiy ozuqasi tugab, ruh uch o'lchamli dunyo energiyasidan o'z ulushini qayta so'rib ola boshlaydi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

23 Oct, 08:44


Oila meni shaxsiy meningizdan Muqaddasdir!


Bir mashhur insondan "Necha yoshda oila qurgan yaxshiroq?" deb so'rashgan edi. U "Muhimi yosh emas, asosiysi bo'lajak juftingiz va bo'lajak bolalaringizga o'zingizga qaygʻrgandek qaygʻrishga, o'zingizga mehr bergandek mehr berishga qalban tayyor bo'lishingiz kerak!" deb javob bergan edi.

Avvalroq "Men"lik darajalari haqida ham post yozgan edim.
Qachonki ongimiz kengayib, qalbimiz poklanib borgani sari, o'z menlik chegaralarimiz ham kengayib, unga tobora ko'proq insonlarni va jarayonlarni qabul qildira oladigan darajaga erishib boramiz!
Demak, oila bu bizning kichik shaxsiy menimizni kengaytirish, ya'ni o'ziga yana kamida bir nechta insonlarni (juftimiz va farzandlarimizni) qabul qildirishni o'rgatadigan muqaddas dargohdir!

Afsuski, o'zbekchilik odatlarimizda hali o'zligi anglab yetmagan, endigina maktabni bitirgan yoshlarni darrov oilali qilishga urinish ko'p uchrab turadi. Natijada esa, hali yoshi 20 ga kirmay allaqachon erdan ajrashib, ota uyiga qaytib kelgan juvonlar ko'paygan.

Xo'sh oilalarni uzoq davom etmasligining sababi nima?
Sabab - O'zidan tashqaridagi (yangi oila a'zolarini) o'z meni ichiga kirita olmaslikdir! Ya'ni Ego!

Bundan avvalgi postda oila qurish faqat tana jihatdan yaqinlik emas, balki ruhan va karmik jihatdan ham qo'shilib ketish ekanini yozgan edim.
Ya'ni siz tanlagan juftingizni uning dunyo qarashi, xarakteri va tanaviy holatlarini ham boricha qabul qilishga va u bilan butkul uygʻnlashishga, hamda uning rivoji uchun chin dildan xizmat qilishga roziligingizdir.

Bugungi kundagi oilalarni parokanda qilayotgan yana bir narsa bu - o'zi shundoq ham jufnini to'liq qabul qilishga va oilasiga qalban xizmat qilishda qiynalayotganlarga sen "O'zingni sev!" deb ta'lim beradiganlar ko'payib ketganidir. Natijada oilasini bir chetga surib qo'yib, men ularga xizmatkor emasman deb, qalb maskasini taqib olgan nafslarini istaklariga ko'ra yashashni boshlaganlar ko'paygan. Bu ta'limotlarni salbiy ta'siri sabab ham allaqachon minglab oilalar ajralib ketishga majbur boʻldi.

Unutmang! Shaxsiy istak degan narsa bu illyuziyadir!
O'z istaklaringizga e'tibor bering ular sizga shunchaki atrof muhit tasirida joylashtirilgan xolos!
Ruhingizni asl istagi bu qalban poklanishdir!

Qanchalik poklanganingizni ko'rsatkichi esa, qanchalik ko'p odamga qalban mehr berib, ularga qalban xizmat qila olyotganingizda o'zini namayon etadi.

Yuqorida aytilganidek Oilali bo'lish bu faqat o'z soxta meningiz istaklari uchungina yashash illyuziyasidan chiqib, ya'ni yuksalib, atrofingizdagi yana bir nechta insonlar kamoloti uchun ham o'z energiyangizni qalban sarflay olishga, ya'ni oilangiz uchun o'zingizni fido qila olish ongiga erishdir!

Demak allaqachon sizning juftingiz va farzandlaringiz bor ekan, bilingki Alloh sizni chegaralangan va eng quyida bo'lgan "soxta men" darajasidan yuksalishingiz uchun muhim bo'lgan "Muqaddas ne'matni, ya'ni Oilani" sizga allaqachon nasib etgan ekan!

Siz oilali bo’la turib, "men o'zimni sevishim kerak" deb, oila a'zolaringiz oldidagi vazifalarngizdan qochishingiz va faqat nafsingiz istagiga ko'ra yallo qilib yurishingiz bu aslida rivoj emas, aksincha tubanlashish, ya'ni ruhiy kamolatda orqaga ketishdir!

Uning o'rniga agar sizda allaqachon oila bor ekan (Erkak bo'lsangiz ham Ayol bo'lsangiz ham) juftingiz va farzandlaringiz kamolti uchun o'z jinsingiz va oiladagi vazifalaringizdan kelib chiqib, ularga qalban xizmat qilishga kirishing!
Juftingiz va farzandlaringiz qanchalik sizdan mamnun bo'lsa, bilinki siz endi o'z ruhiy kamolatingizda yanada yuksalishiga erishib bormoqdasiz!


* Adashtiruvchi ta'limotlardan ongingiz va oilangizni saqlang!

Unutmang, faqat o'z egosi istaklari uchun tortishaveradigan va oilasidagi boshqalar uchun fidokorona xizmat qilishni istamaydigan ota ona bilan ulg'aygan bolalar ertaga xalqi uchun ham o'z qobiliyatlarini fidokorona baxshida eta olmaydi. Natijada esa muvaffaqiyatsizliklar girdobida hayot kechirishga majbur bo'lishadi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

18 Oct, 10:13


Agar farzandlar voyaga yetgani sari faxshga moyilligi (qizlarda yengiltaklik va ishqiy munosabatlarda aktivlik, yigitlarda esa jinsiga nomunosib hislatlar) ortib borsa. Bunga sabab ularning ota onasining oila qurguncha va oila qurganidan keyingi zinolar tarixidir!

Agar farzandlarda voyaga yetgan sari ilmga sustligi va ahloqsizligi (qizlarda betga choparlik, negativ so'zlarni ko'p ishlatishi, yigitlarda o'g'irlik va boshqalarga ozor berishi) ortib borsa, bunga asosiy sabab ularni nohalol rizqlanganligi bo'ladi!


Unutmang! Pok tarixga ega ota onalardan tug'ilgan va halol luqma bilan rizqlangan bolalarni Shayton boshqara olmaydi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

18 Oct, 09:13


Oila qurguncha va oila qurilganidan keyin bo'ladigan nomahramlar bilan "Ishqiy" munosabatlar sulola karmasiga juda jiddiy tarzda salbiy taʼsir etadi!


So'ngi paytlarda inson nafsini "Bu seni o'zingiz!" deb o'rgatib, odamlarni nafsi istaklariga ko'ra yashashiga va nafsi lazzatlarini tuyushini bu sening ruhiy kamoloting deb ko'pchilikni poklanishga emas, aksincha kirlanishga majburlayotgan ta'limotlar ham paydo bo'lgan.

Karma bu his tuygʻularimiz sabab nozik tanamizga to'planadigan va tozalanishi kerak bo'lgan informatsiyalardir. Bu tuygʻular negativ bo'ladimi yoki nafsoniy lazzat bo'ladimi baribir karma yaratadi.

Odam (yigit, qiz) kimnidir (qarama qarshi jins vakilini) nafsoniy hirslariga ko'ra yoqtirsa va u bilan chuqur his tuygʻular darajasida munosabatlarda bo'lsa (hatto jinsiy aloqada bo'lmasa ham) bu o'sha odam bilan nozik darajadagi informatsiyalari oqimida birlashib ketishiga sabab bo'ladi. Ya'ni kim bilandir ishqiy munosabat bu o'sha odam karmasi va sizning karmangiz endi birlashib, uning ba'zi karmalari sizniki, sizning ba'zi karmalaringiz esa unikiga o'tganini anglatadi.

Bejizga Dinlarda nikohlanish marosimi mavjud emas. Nikoh bu juftingizni to'liq (faqat tanasini emas, ruhiy darjada ham) o'z yarmingiz sifatida qabul qilish va birgalikda poklanish uchun harakat qilishga ond ichishdir. Ya'ni siz endi uning shahsiy va sulolaviy karmasiga, o'z shahsiy va sulolaviy karmangizni birlashtirasiz va yangicha tarkibdagi oila ruhini yaratasiz! Keyinchalik esa, ushbu oila ruhiyatiga mos bo'lgan ruhlar sizning farzandingiz tanasida bu dunyoga kelishadi. Va o'ziga mos oila muhitida yashashni boshlaydi.

Agar oila qurgan yigit va qiz hozirgi juftidan avval ham kimlar bilandir ishqiy munosabatlarda bo'lgan bo'lsa, endi bu oila ruhiga o'sha o'tmishdagi "mashuq va mashuqalar" karmasi ham qo'shilib ketadi. Bu nafaqat o'tmishga balki to'ydan keyingi uchinchi shaxslar bilan his tuyg'ular darajasidagi munosabatlarda ham sodir bo'ladi. Bunday hiyonatlar ruhiy qatlamlardagi informatsiyaga tezda ta'sir etgani bois, oiladagi juft hiyonatni real aniqlamagan bo'lsa ham ruhiy darajada sezadi. Natijada oilalarda tushunarsiz kelishmovchiliklar sodir boʻla boshlaydi!

Xo'sh, agar hiyonatlar jinsiy aloqagacha borgan bo'lsachi?

Bir manbada o'qigandim: Aniqlanishicha bir erkakdan ajrashib, boshqa erkakka turmushga chiqqan ayol agar yangi eridan farzandli bo'lsa, o'sha yangi tug'ilgan bolaning genlarida ayolning avvalgi eri genlari ham mavjud bo'ladi ekan. Ya'ni ayol bir erkak bilan tanaviy jihatdan yaqinlik qila boshlasa, bu endi o'sha erkak bilan bir tanaga aylanib ketishini ko'rsatadi.
Endi o'ylab ko'ring, hozirgi ba'zi ta'limotlar inson nafsini bu sening erkinliging, kim bilan istasang o'sha bilan hirslaringdi qondir! deb Yevropani chiritgan ta'limotni bizning xalqimizga ham kiritishi ortida qanday kuchlar turibdi ekan?
Bu albatta shaytoniy ta'limotdir!

Shaytonning maqsadi shunday ta'limotlar asosida insonlar karmasini, va oilalarning ruhiy qudratini bulg'ash orqali, yangi keladigan avlodlarga ham karmik eng quyi darajadagi ruhlarni jalb qilish orqali, jamiyat ichida buzg'unchilik va faxshlarni yanada kengaytirishdir!

Agar bir avlod zinolar sabab dunyoga kelsa, undan keyingi avlod o'z jinsini qabul qilolmaydigan va faqat nafsiga qullik qilib yashash darajasiga tushib qolgan ong darajasida hayot kechirishni boshlaydi. Yevropani chiritayotgan "Havoranglar" ham bir necha avlod avval zinolarga ruhsot berilishi oqibatidir!

Shunday ekan, nafaqat o'z ruhiyatingizni balki avlodlaringiz, hamda butun millatni pok saqlash uchun nomahramlar bilan turli darajadagi zinolardan saqlaning. Ayniqsa allaqachon oilali bo'lsangiz. Agar oila qurmagan bo'lsangiz lekin kimlar bilanidir ishqiy munosabatlarda bo'lgan bo'lsangiz. Sulolangizni pok saqlash uchun faqat o'sha bilan butun umr qolishga, ya'ni nikohlanishga harakat qiling.

*Shaytoniy ta'limotlardan ongingizni va oilangizni saqlang!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

14 Oct, 05:39


Pul topishning zamonaviy lekin halol bo'lmagan yo'nalishlariga kirib qolmaslik uchun o'zingizga quyidagi savollarni berishingiz kerak:

• Xo'sh, bu mahsulot yoki xizmat turi halolmi?

• Xo'sh, bu ishimga sarflayotgan vaqtimda kimgadir foyda beryapmanmi?

• Xo'sh, menga pul bergan odam men orqali sarflagan pulidan ko'ra ko'proq manfaat ko'rmoqdami?


Ushbu uchta savol javobi "Ha" bo'lsa, demak daromadingiz haloldir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

14 Oct, 05:22


G'aflatda yashamang!


So'ngi paytlarda pul topishning shunaqangi ko'p usullari vujudga keldiki, iymonli inson ularning qay biri halol ekanligi ustida bosh qatirishga majbur bo'lib qolmoqda!

Ayniqsa internet orqali yengil pul topishga intilganlar tezda onlayin qimorlaru, turli xil nomdagi odamlarni e'tiboridan quvvatlanadigan, suniy qiymat berilgan onlayn "manetlar"ni quliga aylanib bormoqda.

Bu ham yetmagandek go'yo siz hech nima qilmasangiz ham shunchaki raqamlarni aytib yursangiz sizga katta boyliklar oqib kelishiga ishontirishga urinadigan ta'limotlar ham paydo boʻldi.

Shunday boylik keltiradigan raqamlarni odamlarga sotadigan bir inson bilan gaplashgandim, u aytgandiki uyida kir mashinasi buzilgan va yangisiga puli yo'q ekan, odamlarga bir nechta raqamlarni sotib uni tamirlab olishni o'ylayotgan ekan!!!

*Ko'rdingizmi? Undaylarni o'zi ham odamlardan pul oladi, qanaqadir ilohlardan emas!
Faoliyatning ikkilamchi oqibati kelajagimizga tasir etadi. Shunday ekan sotayotgan narsangiz olgan odamga manfaat berishi kerak, aks holda bunday faoliyat go'yo o'g'irlikka teng bo'ladi!

***

Odamlarni ongini uch xil energiya boshqaradi, bular:
G'AFLAT; Bunday odamlar hayotga hech nima berishni istamaydi, lekin hamma narsasi bo'lishini va orzusidagi qulay sharoitlarda yashashni istashadi. Shuning uchun g'aflat energiyasidagi insonlar boylikka yengil erishish uchun o'zlarini turli xil qimor o'yinlariga, trendingga va lotoreyalarga urishadi. Aynan shunday ongdagilar shunchaki raqamlarni aytib yurilsa ularga boylik kelishiga ham ishonishga moyildir, oqibatida qo'llaridagi ozgina pulini ham o'sha havoi istaklari uchun yo'qotishadi.

EHTIROS: Bunday ongdagi odamlarni asosan kibrlari boshqaradi ular kimlardandir o'zini ustun ko'rsatish uchun qo'llaridan kelgan hamma ishni qilishadi. O'z ustilarida ishlashadi, tinmay mehnat qilishadi maqsad o'z istaklariga erishib, atrofdagilarga hammadan zor ekanliklarini isbotlashdir! Bular ham tezroq kibrlari istagiga erishish uchun yengil pul keltiradigan o'yinlarga kirib ketib qolishlari mumkin!

EZGULIK: Bunday ongdagilar hayotga faqat o'zlariga manfaat keltirish uchun emas, butun insoniyatga manfaat keltirish uchun kelganliklarini anglashadi. Ular o'z energiyalarini shartsizlik bilan atrofdagilarga sarflashadi, ketkazgan energiyalariga arzigulik javob olmasalar ham o'z ishlaridan to'xtashmaydi. Chunki maqsadlari yer kurrasini go'zalalshtirishdir, nafsi yoki kibrini qondirish emas! Bu darajaga odatda ko'plab ilmlar orqali erishiladi, chunki ilm odamga nafsidan ustun bo'lishi o'rgatadi!
Ular yana har bir energiya oqibatlarini aglagan holda, oqibati yaxshilikka xizmat qiladigan ishlarnigini qilishga intilishadi.

G'aflatdagilar bu dunyodan olish uchun yashasa, Ezgulikdagilar bu dunyoga berish uchun yashashadi. Ehtirosdagilar esa, hammadan zor ekanligini isbotlash uchun yashashadi.

Avvalroq ilohiy energiyamizni uch xil qiymatda moddiylashtirishimiz haqida postlar yozgandim. O'sha uch xil qiymatdan qay biriga intilayotganingizni o'z harakatlaringizni kuzatgan holda anglashingiz mumkin.
Unutmang: Dunyoga foyda keltirmay boylikka erishsangiz siz karmik qarzdorga aylanasiz, oqibatida kelajakdagi bankrotlik va kasalliklar orqali buni to'laysiz. Kibrlanish uchun yashasangiz natijalar o'xshamagan paytlar sizga azob beradi va o'zingizda turi kasalliklarni vujudga keltirasiz.
Ezgu amallarni Alloh rizoligi uchun qilib yashash esa, sizga ulakan savoblar bagaji bilan bu dunyodan ketishingizga sabab bo'ladi. Bu savoblar mukofoti sifatida hayotingizni ikkinchi yarmini el yurt hurmat qiladigan inson sifatida yashab o'tkazasiz.

Boylik va baxtga raqam yodlash bilan erishilinmaydi.
Uch o'lchamli dunyo matohlariga ruhiy quvvatingizni moddiylashtirish, ya'ni amaliy xizmatlar orqali erishilinadi!

Azizlar ko'zingizni oching! Umringiz o'tib bormoqda, biz bu dunyoga ijobiy oʻzgarishlar qilib insoniyat kamolotiga hissa qo'shish uchun kelganmiz.
O'rningizdan turing va o'z qobiliyatingizni ishlatib atrofga manfaat berishni boshlang. Hech yo'q oilangiz uchun nimadir qiling!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

10 Oct, 06:39


Yangilik!🤩

Kanalimizning ilmsevar kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda sotuvdagi kitoblarning audio formati elektron formatini olganlar uchun BEPUL qo'shib beriladi 📚+🎧=🤗

Maqsadimiz har bir kitobxonga bizdagi kitoblardan oladigan anglashlari yanada samarali bo'lishiga ko'maklashishdir!

* Bu avvalroq elektron kitoblarni olganlar uchun ham amal qiladi👍
Bundan tashqari avval faqat audio formatini sotib olganlarga PDF formatiga chegirma beriladi.👍


🎧 Audio formati mavjud bo'lgan sotuvdagi kitoblarimiz quyidagilar👇

📙Champion Toych - IDEAL metod

📘Sergey Lazarev - Ruhni shifolash

📕Marina Targakova - Kuchli, ojiza ayol

📔Liz Burbo - Beshta ruhiy jarohatlar

📗Mark Wolynn - Bu sizdan boshlanmagan



Murojaat uchun @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

09 Oct, 08:59


Inson o'zini qanchalik Yaratganga banda (qul) ekanini qabul qilib borsa, u haqiqiy kamolotga shunchalik yaqinlashib borayotgan bo'ladi.

Aksincha, o'zini tobora Yaratganga tenglashtirib boryotganlar esa, asliyatini va kelajagini barbod qiladigan, "Qalb" maskasini taqib olgan Nafsini kamolotga yetkazayotgan bo'ladi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

07 Oct, 09:45


Tabiyki uyda o'tiradigan ayollarda unda biz nima qilaylik? degan savol paydo boʻlgan.

Xizmat, ya'ni ilohiy energiyani moddiylashtirish turli xil ko'rinishda bo'ladi.
Bu jismoniy yoki aqliy mehnat, kimgadir ijobiy kayfiyat berish, yaxshi so'zlar aytish bilan ham sodir boʻladi.

Alloh bizni mavjudot tanasida yaratgan ekan, bizni yana bir buyuk missiyamiz bor. Bu yangi bu dunyoga kelajak ruhlarga, ya'ni avlodlarimizga yangi tana olishlari uchun juftlashishimizdir. Shu sabab ham juftimiz bilan munosabatlarimiz va u bilan qurgan oilamizga va dunyoga kelgan farzandlarimizga xizmatlarimiz ham eng buyuk xizmatlardir!

Demak barchasi avvalo oiladan boshlanadi!
Erkak bo'lsangiz ham, ayol bo'lsangiz ham avvalo oila a'zolaringizga o'z hilqatingizdan kelib chiqqan holda chin qalbdan xizmat qiling. Oilangizga sarflagan ilohiy quvvatingiz oila baxti va barakasi sifatida o'zini namoyon etadi albatta.

Avvalgi postlarda eringizni qo'llasangiz ishlari yurishadi degan edim. Ba'zi ayollar ma'nosini anglamay. Avval menga nimadir qilsin yoki o'zi harakat qilsin deb qarshi fikr yozishdi.
O'sha postni ma'nosi shuki, oiladagi ruhiy quvvatni jamiyatga chiqib moddiylashtirgan holda oilaga moddiy rizq olib keluchi erkakka o'z ilohiy quvvatingizni qo'shsangiz Alloh ikkingizni rizqingizni ham eringiz orqali oilaga kiritadi.

Kibrli inson "faqat men" deydi. Bunday insonlar oilada umumiy barakani qura olmaydi. Erkak ham, ayol ham birgalikda quvvatlarini oila manfaatlarini uchun birlashtira olsagina oilada baxt va moddiy baraka oshadi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

07 Oct, 09:34


Agar "Rizq" Allohdan bo'lsa, nega unda pul topmagan och qoladi?!


Kecha menga shunday savol berishdi:
Ko'plab postlaringizda rizq Allohdan ekanini takidlaysiz, albatta ko'pchilik bunga ishonadi. Lekin yana ba'zi postlaringizda pul faqat odamlarda bor, pulingiz ko'payishi uchun odamlarga foyda keltiring, shunda ular pul beradi degansiz.
Aslida odamlarni hayotiga qarasak, rostdan ham ishlamagan och qoladi.
Men tushunolmagan narsa shuki, rizq Allohdan bo'lsa nega odam och qolmasligi uchun ter to'kishi kerak?


*Ushbu post sizga pulga bogʻliq ko'plab kitoblar berolmagan anglashni berishi va moliyaviy hayotingizni o'zgarishiga sabab bo'lishi mumkin, shuning uchun keng tafakkur qilib, chuqurroq anglashga harakat qiling!


"Pul" bu Rizqning birlamchi ko'rinishi emas, ikkilamchi va hatto undan keyingi harakatidir, ya'ni sizga berilgan ilohiy rizq energiyasining moddiylashtirilgan qogʻoz ekvivalentidir!

Avval ham bu mavzuda, kimsasiz orolda yolgʻiz yashagan Robinzonni misol keltirib post yozgandim. U jamiyat ichida yashamaydi, shuning uchun unga pul kerak emas, ammo uning rizqi uzilmagan, shu sabab ham pulsiz ham tirik qolgan!

Ana endi Rizqning birlamchi mohiyatini anglashga harakat qilamiz:
Rizq bu ruhingizni bu dunyoda faoliyat olib borishi uchun berilgan ilohiy quvvatidir!
Agar tongda ko'zingizni ochganingizda yana shu dunyoda o'zingizni topdingizmi? Demak Alloh bu kuningiz uchun ham sizga rizq bergan!

Lekin nega ishlashimiz kerak?
Sabab: Rizqning birlamchi quvvati bizning o'zimizdadir, atrofda emas!
Biz bugun tongda uygʻongan ekanmiz va tanamizda bugun uchun quvvat bor ekan, demak Alloh allaqachon bizni bugun uchun rizqlantirgan!

Biz bu olamga Yaratguchini tanish va u yaratgan bandalariga ezgulik ulashgan holda yer kurrasini go'zallashtirish uchun kelganmiz. Bizga berilgan ilohiy quvvatni ham hozircha tirik ekanmiz tanamizni ishlatgan holda o'sha missiyalarni bajarishga sarflashimiz kerak!

Tana yer kurrasidagi missiyalarimizni bajarishimiz uchun ruhimizga berilgan bir mashinadir. Tanani ozuqasi yeriy nematlardir. Shunday ekan, bizga berilgan ilohiy quvvatni biz yerdagi turli xizmatlarimiz bilan moddiylashtirishimiz orqali tanamizni ham rizqlantiramiz. Agar biz ruhiy quvvatimizni jismoniy yoki aqliy mehnatlarimiz orqali moddiylashtirmasak bizga berilgan ilohiy rizqni ishlatmagan bo'lamiz. Shu sabab ham dangasalik qilganlar kam pul topadi va tanasini rizqlantirish uchun puli yetarli ega bo'lmaydi.

Demak hozircha tirik ekansiz "Ishlash" degan so'zni, "Yer kurrasiga xizmat qilish" so'zga almashtirgan holda, Alloh sizga bergan ilohiy rizqingizni o'z qobiliyatlaringiz orqali insoniyat va tabiatga foydali xizmatlar qilishga sarflab, ruhiy energiyangizni moddiylashtiring. Buni qanchalik yaxshi bajarsangiz, yer kurrasidagi moddiylashgan energiya oqimlari ham shunchalik katta miqdorda sizga yo'naltiriladi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

04 Oct, 11:57


Allohga bo'lgan iymoningiz darajasi U bergan rizqqa qanchalik qanotli ekaningizda ham namoyon boʻladi.

Qanchalik qanoatli bo'lib, qalban shukronalikda bo'lsangiz shunchalik oilaviy rizqingiz barakali bo'lib boradi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

04 Oct, 09:48


Eringizga ayol kerak!


Bir ayol oilaviy munosabatlar bo'yicha bir psixologdan so'rabdi:
👩🏻 Erimni ishlari hech yurishmayapti oilamiz moliyaviy muommolar girdobida, vaziyatni yaxshilash uchun nima maslahat berasiz?

👨‍⚕Agar bu endi boshlangan bo'lsa, hech qisi yo'q. Eringizni qo'llab quvvatlab, unga ishonishingizni, u barchasini uddalashini aytib turing.
Agar bu (ijtimoiy faoliyatdagi omadsizlik) uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bo'lsa, unda eringizni "Uylantirib" qo'ying!

👩🏻 Nima? Axr uni xotini bor, men xotiniman!!!

👨‍⚕Bilaman! Lekin faqat qog'ozda er-xotin bo'lish bu hali er-xotinlik munosabatlari o'z o'rnida ekanini bildirmaydi!
Erkakni ijtimoiy faoliyatidagi muvaffaqiyati bu uning o'ziga bo'lgan ishonchiga bogʻliq. Erkakda bu ishonch qanchalik kuchli bo'lsa, har bir harakatiga katta energiya va masuliyat bilan yondashadi. Bu albatta ikkilamchi moliyaviy oqimni oshishiga ham sabab bo'ladi.
Ba'zida tajribasizlik va xatolar sabab faoliyatida omadsizlik bo'lib turishi mumkin, ammo bunday paytlarda uni yonida u uchun dunyodagi eng yaqin, bir tana misoli bo'lib ketgan insoni, ya'ni ayoli unga ishonch bildirib, barchasini uddalashi uchun qo'llab quvvatlab tursa, erkakda yana "tog'ni talqon" qila oladigan quvvat paydo bo'ladi, so'ng bu energiyani ijtimoiy faoliyatida ishlatib, olilasi uchun bu energiyalarni pul ekvivalentga aylantiradi.

👨‍⚕ Aytingchi, telefoningiz zaryadi tugasa nima qilasiz?
Uni quvvatlash uchun zaryadga qo'yasiz, to'g'rimi?
Erkakni ham bir texnikaga qiyoslash mumkin. Agar uni ham quvvatlab turish o'rniga so'ngi zaryadini ham "Janjallar" bilan yeb bitirsangiz. Umuman ishlari yurishmay "o'chib" qoladi.
....
Ko'plab ayollar aynan sinzniki kabi muommosi bo'yicha kelishadi, tajribam shuni koʻrsatadiki, uzoq vaqt davomida ijtimoiy omadsizlik, ya'ni moliyaviy muommolar girdobidan chiqolmagan erkaklarni ayollari ularni qo'llashni, eriga ishonch berishni o'rniga, aksincha erini qo'lidan hech nima kelmayotganini aytib, ularni battar tushkunlikka tushirib, o'ziga bo'lgan ishonchlarini butkul yo'q qilishadi ekan. Oqibatda esa, erkak umuman ishlay olmay ishsiz qoladi.
Bunday ayollarni erkaklari bilan suhbatda "Nega ko'p pul topadigan ishlarni qilmayapsiz?" deb savol berganimda, "uddalay olmasamchi?" degan qo'rquvi bor ekani ayon bo'lgan. Ya'ni bunday ayoli bor erkaklarni o'ziga ishonchi deyarli yoʻqolib ketgan.
Shuning uchun aytdim: Eringiz uylanishi kerak deb. Chunki erkakni oldida uni qo'llamaydigan va unga ishonch bildirmaydigan ayol yo'q ekan. Demak uni yonida haqiqiy ayoli hali yo'q!

👩🏻 Hmmm! O'ylab qarasam rostdan ham ko'p pul topmasliklarini aytib ko'p bor janjallashar ekanman, hatto pul kerakligi uchun ularga zarda qilib o'zim ishlashga chiqib ketganman!

👨‍⚕ Ayollarning eng katta xatosi shu, ya'ni eri kam pul topishi sabab o'zi pul ishlashga tushishi.
Qayerda ko'rdingiz "Xotinim bola tugʻmayapti" deb o'zi bola tugʻadigan erkakni?
Moliyaviy ta'minot ham shu darajada jiddiy tarzda erkakni masuliyatidir.
Bola uchun avvaliga er ham hissa qo'shadi Amma dunyoga keltirishdagi asosiy ishni ayol bajaradi.
Oilaga keladigan moliyaviy oqimda ham, avvaliga ayol erga ishonch berib, unga boshlang'ich quvvatni beradi, qolganini esa Er bajaradi.

👩🏻 Shunchaki qo'llasam bo'limi?
Erimni ishi yurishadimi?

👨‍⚕ Ishonch eng muhimi!
Ishoning u sizni va oilangizni taminlay olishiga va o'z faoliyatida yutuqlarga erishishiga. Shunda qo'llab-quvvatlashingiz ham chin dildan bo'ladi.
Eringizga o'z rizqingizni shunday topshiringki, Huddi Xudoga rizqingizni ishonib topshirgandek. Shunda Xudo siz qanchaga haqli bo'lsangiz shuni eringiz orqali yuboradi.

* Erkakni ishi yurishmayaptimi?
Demak unga ayolini ishonchi yetishmayapti!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

03 Oct, 03:22


Savol noto'g'ri yo'nalishda berilsa, javob topilmaganidan hissiyotlar avj oladi.
To'g'ri yo'nalishda berilganida esa, javoblar tafakkurni kengaytiradi!

Masalan: Ota-onangizga - nega meni bu ahvolda dunyoga keltirdingiz? deb emas.
O'zingizga - nega men aynan shu oilada dunyoga keldim? deb savol berib ko'ring!

....

Ko'rdingizmi?
Ikkinchisida tafakkur hissiyotlardan holi ishga kirishdi va sizga hozirgacha tushuna olmagan qandaydir hayot haqiqatlari bor ekanini tushunishizngizga va ularni bir uchini ko'ra olishingizga imkon bera boshladi....!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

02 Oct, 11:25


Do'zaxga olib boradigan ikkita yo'l bor:
Birinchisi doim boshqalarni aqliga ko'ra ish ko'rib yashash. Ikkinchisi boshqalarni qalbiga quloq solmay yashash.


Birinchisida boshqalarni tasiri girdobida o'z asliyatingizni anglashga o'zingizga imkon bermaysiz va oqibatida Yaratganni sizni yaratishdan maqsadini ham anglay olmay bu dunyodan ketasiz.

Ikkinchisida boshqalarni qalbini ko'rmay ularga ozor berib yashash orqali ruhingizga ko'plab gunohlar bagajini to'plagan holda bu dunyoni tark etasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

01 Oct, 08:54


Bugun "Ustoz va murabbiy" bayrami ekan!

Lichkamga ko'pchilik "Ustoz bayramingiz bilan tabriklayman!" deb yozmoqda...
Albatta chiroyli tilaklar uchun ulardan minnatdorman!
Lekin, o'ylab qoldim... Men nima qildimki meni "Ustoz" deb bilishlariga arzigulik?
Axr men o'zim hali ilm izlab yurgan va ustozga muhtoj Tolib bo'lsam!

Albatta kanalimda hayot haqida o'z anglashlarimni qo'ldan kelganicha bo'lishib bormoqdaman. Chunki maqsadim kam sonli insonlarga bo'lsa ham hayot haqiqatlarini anglashlariga va jannatiy inson boʻlishlariga oz bo'lsa ham ko'maklashishdir. Ammo men hali o'zimni kimlargadir ustozlik qila oladigan darajada ilmli inson sifatida ko'rmayman!!!🙏
Alloh ko'plab insonlarga haqiqatdan ham ustozlik qila oladigan darajani nasib etsin inshaAlloh! 🤲


Shu o'rinda ko'plab insonlarga ilm va tarbiya berayotgan "Haqiqiy" Ustozlarni bugungi bayram bilan tabriklayman!!! 👏

Talim, tarbiya va kasb o'rgatuvchi bunday insonlar yilda faqat bir kun emas, har kun e'zozlanishga haqlidir!!! 🙏


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

01 Oct, 04:43


Jahl va g'azab rizqingizni kesadi!


Yaqinda "Insonning ilohiy energiyalari (rizqi)" haqida bir kitobni o'qigandim.
Unda 100 yil taqvoda yurib o'ziga anchagina savob to'plagan bir rohib, bu savoblaridan qanday qilib bir lahzada ayrilgani haqida yozilgan ekan:
Rohib bir kuni daraxt tagida meditatsiya qilib o'tirganida daraxt shoxiga bir qush qo'nadi va rohibni boshiga ahlatini tashlaydi...
Shunda jahli chiqqan rohib qushga g'azab bilan baqirib ketadi va shuncha yillik taqvosi bilan toʻlgan savobidan ayriladi
.

Ko'plab postlarda "Rizq" bu qilgan savoblarimiz va taqvoimiz orqali to'plagan ilohiy energiyamiz, ya'ni ruhimiz ozuqasi ekanini aytib kelaman!
Endi yuqoridagi voqeadan xulosa qilib, yashab o'tgan hayotingizga chuqur tafakkur qilib bir nazar solingda, nega bugun rizqingizda baraka yo'q ekanini anglaysiz. Chunki har birimizning hayotimiz atrofimizdagi jarayonlar va mavjudodtlarga (odamlarga) qilgan jahl va g'azablarimiz bilan to'la!

Xo'sh o'zi nega biz g'azablanamiz?
Bejizga "Ego" bu shayton illyuziyasi ekanini doimo takrorlaymayman.
Bizda o'sha "Soxta ego"imizni o'zim degan e'tiqod mavjud ekan, biz o'sha illyuziya chegarasida o'zimizga qo'ygan bahoimizdan kim bizni pastga tushurishga intilsa unga qarshi negativ energiyalarimiz bilan jang qilib yuraveramiz!

G'azab bizni savoblarimizdan ayirar ekan va g'azablanish bu kibrdan ekan, endi chuqurroq angladingizmi Ego qayerdan kelganini?
Ha bu Shaytonning qurolidir u orqali bizni taqvo va hayri ishlarimiz bilan to'plagan savoblarimizni kamaytirishimizga undaydi. Ya'ni shaytonning maqsadi iloji boricha bizni jannatiy inson darajasiga erishishimizga yo'l qo'ymaslikdir!

O'zingizga chetdan nazar tashlab, his tuygʻularingiz va fikrlaringizni kuzating. Shunda hayotingiz ssenariylari va rizqingiz salmogʻi nega aynan bugungidek ekanini anglaysiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

26 Sep, 08:20


Ertangi rizqingizni bugun ishlatmang.
Ertaga nima bo'lishi faqat Yaratganga ayon!

Shunday ekan bugun bugungi rizqingizga mos hayot kechiring, shunda ertangi rizqingiz barakali bo'lib keladi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

26 Sep, 06:39


Boylik maqtanadigan narsa emas!

Chunki bu dunyodagi har bir narsa avvalo Allohnikidir.
Kimki boyligi sabab kibrlansa, u aslida boshqasiga tegishli narsaga havolanayotgan bo'ladi!
"Meniki" deyish bu shaytonning juda katta fitnasi, ya'ni illyuziyasidir!

Bandani faqat amallari va shu amallar ortidan oladigan savob va gunohlari o'zinikidir.

Shunday ekan, agar Alloh boylik ne'mati bilan sizni siylangan ekan, uni shunchaki ko'z-ko'z qilib emas, bu ne'matdan foydalangan holda qilgan savob ishlaringiz bilan maqtaning!

Shunda hayotingizni ertaga afsuslanmaydigan darajada, oqilona yashab o'tkazgan bo'lasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

24 Sep, 06:21


Николай Пейчев - Кўп ўлчамли инсон модели

🎧 Audio formati👈

@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

24 Sep, 06:20


Ko'plab iltimoslarga ko'ra "Ko'p o'lchamli inson modeli" Kitobining PDF formatini ham kanalga yuklaymiz👍

Umid qilamizki ushbu kitobdan olgan ilmlari orqali xalqimizning minglab insonlari o'z hastaliklari sabablarini anglay olishadi va tezda sogʻliklarini tiklab olishadi.
Kitobni turli kasalliklardan aziyat chikayotgan yaqinlaringizga ulashishingiz mumki👍


📚Kitob👇
@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

23 Sep, 02:37


Fikr mashinaga o'xshaydi!

Agar sizda shaxsiy mashina mavjud bo'lmasa, hayotingizni muhim pallalarida boshqalarni mashinasida harakatlanishga yoki butun jamoatni olib yuradigan umumiy transportni kutib yashashga majbur bo'lasiz!

Xo'sh sizda shaxsiy mashina bormi yoki jamoat transporti harakatiga qarab hayotingiz manzillarini belgilab yashaysizmi?


@muzaffar_vakkosov1

MUZAFFAR VAKKOSOV

19 Sep, 09:30


Ushbu kitoblarni istasangiz hozir o'qing, istasangiz 10 yildan keyin...

Lekin bir narsa aniqki, qachon o'qigan taqdiringizda ham ertaroq bu ilmlardan boxabar bo'lmaganingizdan afsuslanasiz!

Agar sizni yoki yaqinlaringizni uzoq vaqtdan beri turli kasalliklar qiynayotgan bo'lsa.
Ichingizni turli xil kimyoviy dorilar sabab jonli "apteka"ga aylantirib qo'ygan bo'lsangiz ham, zamonaviy meditsinaning barcha usullarini qo'llab ko'rsangiz ham hastaliklardan qutilolmayotgan bo'lsangiz, demak siz albatta bu kitoblarni o'qib chiqishingiz shart!


Yaxshi tarafi shundaki, bu kitoblar bebaho bo'lishiga qaramay ularni koʻpini xalqimiz uchun bepul sovg'a qilganmiz.👍


Quyidagi ko'k yozuvlarni bosish orqali ularni tezda topishingiz mumkin 👇

📗 S. Lazarev - Barcha dardlarga davo

📕 N. Peychev - Ko'p o'lchamli inson modeli

📙 N. Peychev - Salomatlikni tiklashning to'liq tizimi

📕 L. Burbo - Kasalliklarning metafizik sabablari

📙 Chakralar to'liq ensiklopediyasi


@muzaffar_vakkosov1