Yordamchi psixolog @yordamchi_psixolog Channel on Telegram

Yordamchi psixolog

@yordamchi_psixolog


Kanalda sizlar uchun psixologiyaga oid ma'lumotlar metodika, testlar, qo‘llanmalar hamda trening mashg‘ulotlarida foydalanish uchun qiziqarli o‘yinlar berib boriladi
Kanal 25.08.2021da tashkil etilgan
Murojat uchun @Psixolog_Adhamjon
bilan bog'laning

Yordamchi psixolog (Uzbek)

Yordamchi psixolog kanali sizlar uchun psixologiyaga oid ma'lumotlar, metodika, testlar, qo'llanmalar hamda trening mashgulotlarida foydalanish imkoniyatini beradi. Kanal 25.08.2021da tashkil etilgan va sizlarga psixologik masalalar bo'yicha yordam berishga tayyor. Agar sizda o'z o'zingizga oid savollar bo'lsa yoki yordam kerak bo'lsa, @Psixolog_Adhamjon ga murojaat qiling va maslahat oling. Sizga yordam bermoqda, sizning hayotingizni o'zgartirishga yordam berishga tayyor bo'lgan Yordamchi psixolog kanaliga obuna bo'ling!

Yordamchi psixolog

20 Jan, 09:06


Asabiylashmaslik uchun tavsiyalar:
Koʻp asabiylashish salomatlik uchun zarar. Asab tolalaringizni va sogʻligingizni asrash uchun:
Har kuni oʻzingiz va atrofingizdagilarga “Bugun qanday yaxshi voqealar boʻldia” deya savol bering. Ijobiy narsalarni eslash sira ortiqchalik qilmaydi.
Sizning qoʻlingizda boʻlmagan yoxud oʻtib ketgan ishlar uchun asabiylashmang!
Oʻzingizning hayotingiz bilan yashang, oʻzganiki bilan emas Birovlarning muammolaridan uzoqroq yuring.
Mayda, ammo eng zarur muammolarni tezroq hal eting. Katta ishlarni esa qismlarga boʻlib oling.
Eslashga arzigulik voqea hodisalarni suratlarga kundaligingizga muhrlang.
Noxush holatlarni hazil-mutoyiba bilan yengib oʻting.
Dilingizga ogʻir botadigan gap aytishganida “Manzilda adashishdi” dengda, u haqda unuting!
“Nimaiki boʻlmasin bari yaxshilikka” maqoli doim yodingizda tursin!
Kuchli psixologik jarayonga duch kelganda tezda tinchlanish uchun qaynoq achchiq kofe iching raqsga tushing uy yoki ishdan chiqib toza havoda sayr qiling.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Jan, 07:40


#Testning_javobi.

Avvalo, bu inson sakrayaptimi yoki yiqilayabtimi, ketayaptimi, degan savolga javob bering. Agar sizning qaharmoningiz oʻz xohishi bilan sakrayotgan boʻlsa, bu sizning jurʼatli va harakatchan ekanligigingizdan dalolat. Sizning fikrlaringiz faqat miyangizda emas, balki harakatlar bilan bogʻliq. Agar, chizilgan rasmdagi inson yiqilayotgan boʻlsa, sizda beqarorlik bor. Bu beqarorlik sabab doimo biror narsani kutib yashaysiz. Ohir oqibat hamma muammo vaqt oʻtishi bilan yechimiga ega boʻladi. Bu yechim sizni qoniqtirmasligi mumkun, ammo, baribir biror jurʼatga kuch topa olmaysiz. Balki siz aktiv harakatlardan doimo qoʻrqib yashashingtz mumkin.

Bu inson oyogʻining tagida suvni (daryo, koʻl, dengiz, okean) chizgan boʻlsangiz, hayotingizdagi hamma narsani oʻz holiga qoʻyib qoʻyadigan insonsiz. Baʼzan siz biror voqea hodisani kritik nuqtaga yetkazishga erishasiz. Oʻz beqarorligingiz sizni “temirni issigʻida bosmasligingizga” sababchidir. Hamma ayblovlaringizga oʻz beqarorligingiz sababchi!

Bu inson oyogi tagiga batut yoki yumshoq narsa (koʻrpa, xas-hashak) toʻshagan boʻlsangiz, bu sizning ehtiyotkorligingizdan dalolat beradi. Siz nohush voqea-hodisa iskanjasiga judayam kam holdagina tushishingiz mumkun. Ehtiyotkorlik darajangiz shunchalik yuqoriki, doimo keyingi qadamni hisobga olib yurasiz. Siz nohush holga tushsangiz ham vaziyat siz tomonda boʻlishining sababi, siz avvaldan ehtiyotkorlik qilib qoʻygan narsalaringiz yordamga kelaveradi. Vaziyatni doimo yecha olasiz. Sizga ishonsa boʻladi.

Jarlikning tubida ikki qoʻlini ochib, goʻyoki yiqilayotgan insonni ushlab olishga shay turgan inson rasmini chizgan boʻlsangiz: sizga ehtiyotkorlik yetishmayapti. Judayam ishonuvchansiz. Nohush holatlarda har kimga ham ishonib ketaverasiz. Biror nohushlikda oʻz kuchingizga ishonmaysiz va doimo yordam kutaverasiz. Oʻz yechimingiz va qaroringigzning yoʻqligi kimnidur yordamiga muhtoj qilib qoʻyadi. Insonlarni bilishda bilimingiz yetishmaganligi sababli, sizni doimo aldashadi va sizdan foydalanishadi.

Jarlikni bir qirga oʻhshatdingizmi? Demak siz oʻziga ishongan, kuchli irodali, jurʼatli insonlar qatoriga kirasiz. Oʻz fikringizga egasiz, hamfikr insonlarni topa olasiz. Nohush holatlarda oʻzingizni yoʻqotib qoʻymaysiz va vaziyatni toʻgʻrilash sizga qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Agar siz bu insonning yelkasiga qanot chizgan boʻlsangiz: har bir vaziyatdan chiroyli yechim topishga aqlingiz va imkoniyatingiz yetadi. Oʻziga ishongan, aqilli, oʻz fikriga ega, insonlar nazaridagi jurʼatli va irodali shaxssiz

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Jan, 07:21


#psixotest

Ushbu rasmda jarlik va inson tasvirlangan.

Bu inson jarlikdan sakrayotgan yoki yiqilayotgan boʻlishi mumkin. Sizningcha, u sakrayaptimi yoki yikilayaptimi?

Siz bu insonning hayotini saqlab qoling-chi! Unga yordam berish jarayonini oʻzingiz tashkillashtiring. Bu inson hayotini saqlab qolish uchun nima sharoitlar kerak boʻlsa, tasvirlang.

Balki bu ison havfda emasdir? Nima boʻlganda ham shu rasmni oʻz hayolingizdagi haqiqat bilan toʻldiring.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Jan, 06:11


Qiziqarli art-terapiya mashg‘uloti.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Jan, 05:13


PSIXOSOMATIKA - TANANING MUROJAATI

Insonni hayotidagi uchragan jism, inson, holat, vaziyat nima bo'lishidan qat'i nazar barchasi ichki dunyosining namoyondasi hisoblanadi.

Insonning ichki dunyosi ya'ni ruhi har qadamda holati haqida tashqi olamga belgi sifatida o'zi haqida ma'lumot beradi.

🧠 Bu aynan tananing sog'lig'i bilan ham bog'liq. Hozir insonning psixosomatikasi ya'ni ruhiy holatning tanadagi aksi sifatidagi ma'lumotni yoritamiz.

👀 Inson tanasidagi har bir kasallik bu ruhning sizga holati haqidagi aytmoqchi bo'lgan gapi.

🔹 Har bir kasallikning o'z ruhiy tavsifi mavjud.

Qisqa qilib bir ikkitasini yoritib beraman.

👀 Ko'z kasalliklari- kelajagi haqida yaxshi fikrlay olmaslik, kimdandur qattiq nafratda va uni ko'rishga ko'zi yo'q.

💙 Yurak kasalliklari- hayotida sevgi, hursandchilik, hayotda yashash uchun ma'no yo'qlik.

👀 Tomoqdagi kasalliklar - o'z xohishlarini yoki fikrlarini bayon eta olmaslik.

🫥 Saraton - chuqur yara. G'azabini ichga yutish. Sir yoki qayg'u tinchlantirmaydi, yutib yuboradi. Nafrat tuyg'usini saqlab yurish.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Jan, 03:15


Aqli va qalbi oʻrtasida arosatda qolganlar uchun ajoyib hulosa...
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Jan, 02:03


#Bugun

20-yanvar Toza havoda oila bilan sayr qilish kuni

Tadqiqotchilar muntazam yurish tashvish, uyqusizlik, depressiya, yuqori qon bosimi va astmani davolashda dori-darmonlarni almashtirishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

Bugun havo iliqroq boʻladi, yaʼni parkga borish yoki toza xavo bor joyda sayr qilish uchun qulay.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 23:03


Xayot 3 nemat bilan go‘zaldir!

Sabr, Shukur, Duo!

Sabr- bilan yo‘llar ochiladi.
Shukr- bilan ne’matlar ziyoda bo‘ladi.
Duo- bilan taqdiringiz go‘zallashadi.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 14:58


Ko'pchiligimiz kimnidir yoki nimanidir unutish uchun vaqt kerak deb o'ylaymiz va shunday bo'ladi ham.

Ammo bu noto'g'ri tushuncha ya'ni siz ularni unutmaysiz. Siz shunchaki ularsiz hayot kechirishga ko'nikib qolasiz.

Xayrli tun yaxshi odamlar !

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 12:50


Erta uxla va erta uygʻon: sogʻlom boʻlasan, boy boʻlasan, dono boʻlasan...

Ushbu lavhani koʻrib, unga amal qilsangiz, hayotingiz tubdan oʻzgarib ketadi!
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 09:23


#test_javobi

Tuxumni ko'pincha ishonchli va maqsadli odamlar ko'radi. Bunday odamlar pragmatiklardir.  Ular yaxshi xotiraga, yuqori konsentratsiyaga va analitik fikrlash qobiliyatiga ega.

Quyosh botishini ko'p hollarda optimistlar va romantiklar ko'rishadi. Ular badiiy didga ega, eng kichik narsalarni ham sezadigan odamlardir. Diqqat, qiziquvchanlik, ijobiylik ularning asosiy fazilatlaridir.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 08:56


#psixotest

Rasmda nimani ko'rayapsiz?
Quyosh
Tuxum
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 06:38


Erkak kishining koʻchadagi "avtoriteti" uyidagi xotiniga bogʻliq.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 04:18


Erkaklar urushib qolgandan keyin hafagarchilikni haftalab tahlil qilib, arazlab yuradigan "aqlli" ayollarni emas, tortishuvdan ikki soat oʻtar-oʻtmas, iljayib, choy quyib uzatadigan "tentak" ayollarni afzal koʻradilar.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 03:07


#Bugun
19-yanvar – Turmush o‘rtoqlar kuni

Bugun oilaviy bayram nishonlash uchun sabab bor, chunki 19 yanvar – Turmush o‘rtoqlar kuni ekan. 14 yanvar, 8 mart yoki tug‘ilgan kunlardagina emas, bugun ham bir-biringizni tabriklashingiz mumkin. Bir-biringizga nisbatan aytgan shirin so‘zingiz ham ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Jan, 00:38


Hech qachon kech qolmadingiz!
Bir necha marta yoʻldan qaytgan boʻlsangiz ham,
bir necha marta yoʻldan qaytarilgan boʻlsangiz ham,
dunyoning barcha gunohlarini orqalab olgan boʻlsangiz ham,
hayotingizdagi har narsada oʻzingizni aybdor his qilsangiz ham,
oʻzingizni Qalbingiz tarafidan qabul etilishingizga ishonmasangiz ham,
Siz Oʻzingizga, Qalbingizga qarab yuring!
Hech kim sizga ishonmasa ham, Siz oʻzingizga ishoning.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Jan, 04:50


Sabab...

🤓 Bu kabi ILMIY asoslangan PSIXOLOGIK ma'lumotlarga qiziqsangiz

⬇️ KANALGA A'ZO BO'LING ⬇️

📱 https://t.me/psixo_bloguz
📱
https://t.me/psixo_bloguz
📱
https://t.me/psixo_bloguz

Yordamchi psixolog

18 Jan, 03:54


“Insonni faqat sigaret va spirtli ichimliklar halok qilmaydi! Insonni 12 soat ishlash, past maosh, kredit, ipoteka, qarz va shularning stressi halok qiladi!”

©️Haluk Bilginner

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Jan, 03:11


Bizning boshimizga kelgan har neda Allohning bir hikmati bordir, hotirjam bo‘ling.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Jan, 01:02


Tirik ekansiz, hayot eshigini yopib qo‘ya olmaysiz. Hayotingizga kimlardir kirib va kimlardir chiqib ketaveradilar...

Chiqib ketayotganlarni olib qololmaysiz. Siz
bilan qolganlarni chiqarib yuborolmaysiz!

Shuning uchun xotirjam bo‘ling!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Jan, 14:52


Ba'zan ozgina e'tibor ham bizni shu qadar xursand qiladiki, bir umrga yodimizda qoladi.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Jan, 13:24


Yordamchi psixolog pinned Deleted message

Yordamchi psixolog

17 Jan, 10:27


Energiya_0_bo‘laganida
Nimadan boshlash kerak,,,,

1. Hamma narsadan 1 kun dam oling. Hatto telefondan ham;

2. Eski narsalarni tashlab yuborish / berish;

3. Sizni tanqid qiladigan odamlardan e’tiboringizni uzing;

4. Oynaga qarang - tabassum qiling va ko‘p marta o‘zingizga ayting - “Men seni yaxshi ko‘raman!” “hammasi yaxshi bo‘ladi”

5. Energiyani talab qiladigan barcha odatlarni olib tashlang: ortiqcha ovqatlanish, spirtli ichimliklar, sigaretalar;

6. Maqsadlaringizni yozing;

7. Energiya beradigan harakatlarni qiling: yurish, yugurish, raqsga tushish, qo‘shiq tinglash;

8. Kelajakka boqing. O‘tmish haqidagi fikrlarga bir daqiqaga ham qaytmang;

9. Tananingizga massaj oling.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Jan, 09:05


Erlari sabab o‘layotgan ayollar yigiti tomonidan azoblangan qizlar ko‘paymoqda. Bu maktub otalar nomidan qiz farzandlarga ataladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Jan, 07:49


☎️Ishda telefondan vaqti-vaqti bilan foydalanish stressni kamaytirishi va ish unumdorligini oshirishi isbotlandi

Olimlarning aniqlashicha, ish vaqtida smartfonlardan foydalanishni taqiqlash ishchilarni «tashqi dunyodan uzilgandek” his qilishlarini va stressni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, taqiq ishdagi va hayotdagi ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin, bu esa hodimning samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Jan, 04:08


Ong osti va fikr kuchi

Sizga hayotingiz yoqmayaptimi, undagi hodisalar sizni qoniqtirmayaptimi? Demak siz ong osti darajasida o‘zingiz ushbu holatlarni tortib olayapsiz.

Chunki, sizga sir emaski, bizning hayotimiz «Tortishish qonuni”ga bo‘ysunadi. Oddiy qilib aytganda — inson eng ko‘p o‘ylaydigan narsalarini o‘z hayotiga jalb qiladi. Bunda bizga Koinot yordam beradi: biz o‘z fikrlarimiz orqali Koinotga maxsus "buyurtma" beramiz, u esa bu "iltimoslarimizni" bajaradi! Bo‘ldi! Barchasi oddiy! Va Koinotga farqi yo‘q: sizning "buyurtmangiz" ijobiymi yoki yo‘qmi! U istaklaringizni to‘liqligicha bajaradi!

Shuning uchun, azizlar, fikr kuchidan to‘g‘ri foydalanish, salbiy fikrlashni to‘xtatish kerak! Ahir ijobiy energiyangiz, ijobiy foydali o‘y-hayollaringiz sizni baxtli voqelikka yetaklashga qodir!

E’tibor qayerda bo‘lsa — o‘sha yerda yaratilish bo‘ladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Jan, 03:18


💸 Bugun, 17 yanvar - Benjamin Franklin tug‘ilgan kuni.

17-yanvar - sayyoramizning eng mashhur kishilaridan biri va Amerika Qo‘shma Shtatlarining asoschisi Benjamin Franklinning tug‘ilgan kuni.

Bugun siz o‘zingizning yaqinlaringizga Benjamin Franklinning rasmi tushirilgan yashil qog‘ozlarni berib, ularni xursand qilishingiz mumkin.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Jan, 00:46


“Sen buni uddalay olmaysan” deguvchilarning soʻzlariga quloq solmang! Balki ular uddalay olmasliklari mumkindir, biroq siz albatta uddalaysiz!...

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

16 Jan, 14:13


Yodingizda boʻlsin,  baʼzida istagan narsangizga erisha olmaganingizning oʻzi omad boʻlishi mumkin.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

16 Jan, 12:05


Kechki tarona 🎙

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

14 Jan, 01:12


#kayfiyat
8-mart va 14-yanvar
😊😁😄
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 21:19


14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni nishonlanadi. Vatanimiz sarhadlarini tunu kun himoya qilib kelayotgan mard va shijoatli harbiylarimizni, Vatan himoyasiga hamisha shay yurtdoshlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz. Qalbingizni shijoat, tanangizni kuch-qudrat hech qachon tark etmasin!

Xurmat bilan @yordamchi_psixolog
kanali admini!

Yordamchi psixolog

13 Jan, 14:03


Orzu orzuligicha qolmaydi, yurak urib tursa bas....
Orzularimiz ijobatini hayrli qilsin!

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 11:20


Ayollarga layfxak!

Eringizdan pul olmoqchi boʻlsangiz, uning koʻziga emas, ikki qoshini oʻrtasiga qarab soʻrang.

Erkak ”otkaz” qilmaydi 😉

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 08:04


#JAVOBLAR

💥 1. Uchqun

Sizda ko'plab yaxshi va ajoyib fazilatlar mavjud bo'lib, ular sizni katta qalbga ega, boshqalarga muhabbat va tushunishga to'la mehribon va sezgir insonga aylantiradi.

Siz har doim imkon qadar ko'proq odamlarni xursand qilishga harakat qilasiz va ba'zida o'z baxtingizga e'tibor bermaysiz, o'zingiz uchun yaxshiroq daqiqalarni kutasiz. Ba'zan bu muammolarni keltirib chiqaradi: siz boshqa odamlar haqida qayg'urasiz, o'zingizni butunlay e'tiborsiz qoldirasiz va o'z xohishingiz va ehtiyojlaringizni rad qilasiz.

Siz bu dunyodagi barcha odamlarga yordam berish uchun doim tayyorsiz. Buning evaziga siz tabassum va yaxshi ish qilganingiz va barcha harakatlaringiz o'z samarasini berganligingizni isbotlashdan boshqa narsani kutmaysiz.


💥 2. Uchqun

Siz ijobiy energiya va g'ayratni tarqatasiz, bu odamlarni erkinlik va quvonch hukmron bo'lgan olamingizga jalb qiladi.

Siz har doim hayotingizdagi odamlarni o'zingiz kabi baxtli saqlashga harakat qilasiz, shunda butun yuk sizning zimmangizga tushmaydi, ayniqsa siz bo'lgan muhitda uyg'unlik kerak bo'lganda.

Atrofingizdagi odamlar aql-zakovat va qayerda bo'lsangiz ham ajoyib muhit yaratish qobiliyati tufayli siz bilan birga bo'lishni yaxshi ko'radilar. Sizda mavjud bo'lgan barcha fazilatlar alohida - hayotda haqiqiy optimist bo'la oladigan odamlar kamdan-kam uchraydi
.

💥 3. Uchqun

Siz har doim har qanday masala bo'yicha eng yaxshi maslahatni berasiz, shuning uchun sizga odamlar bilan muloqot qilishni talab qiladigan kasb kerak. Jurnalist, o'qituvchi yoki yozuvchi sifatida siz o'z fikrlaringiz va his-tuyg'ularingizni ifoda etish uchun ajoyib iste'dodga egasiz.

Siz men ega bo'lishni xohlagan eng yaxshi do'stlardan birisiz. Sizda oqilona aql bor, siz har doim har qanday muammoning eng yaxshi echimini topasiz va eng yaxshi maslahat berasiz kabi so'zlarga munosib insonsiz.

Siz o'zgacha insonsiz, o'zingiz va mehribon qalbingiz bilan faxrlanishingiz kerak, chunki sizga o'xshagan inson umrida bir marta yo'lda uchrashadi
.

💥 4. Uchqun

Siz mukammal emasligingizni bilasiz, hali hech kim haqiqiy mukammallikka erisha olmadi, hatto siz ham. Ammo sizda samimiy yurak bor va siz o'zingizni o'zingiz o'zgartirmasdan va imkonsiz narsaga intilishsiz o'zingizni o'zingiz kabi qadrlaysiz.

Darhaqiqat, siz hayotdan hech qachon ko'p narsa kutmaydigan va bor narsangizdan doimo mamnun bo'lgan kamtar odamsiz. Siz har doim odamlarni baxtli qilish uchun o'zingizni berishga tayyorsiz
.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 07:37


#PSIXOLOGIK_TEST

💥 Uchqunlardan birini tanlang va siz hayotda qanday inson ekanligingizni bilib oling

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 05:08


​YAXSHI OTA-ONA BOʻLISH SIRI

Ota-ona boʻlish oson, lekin yaxshi ota-ona boʻlish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona boʻlish sari yetaklaydi:

ASABIYLASHMANG. Siz qanchalik muloyim va sokin boʻlsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda boʻlib oʻsadi.

ALDAMANG. “Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!” dedingizmi, olib boring yoki unday vaʼda bermang. Bolaga berilgan vaʼdaning ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.

URMANG. Bolani urishdan yomoni yoʻq. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona oʻz gapini oʻtkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak, ayb sizda.

HAR NARSANI MAN QILAVERMANG.
“U mumkin emas, bu mumkin emas”, “Uni qilma, buni qilma” kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga eʼtiborsiz boʻlib qoladi. Oʻzingiz uchun ajratib oling haqiqatdan mumkin boʻlmagan narsalar bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni. Masalan, mashinada yoʻlga chiqish haqiqatdan man qilinishi shart boʻlgan narsa. Qumda yangi kiyimda oʻynashi esa bu shunchaki sizga noqulaylik keltiruvchi narsa. Haqiqatdan mumkin boʻlmagan narsalarga yoʻl qoʻymang. Sizga noqulaylik keltiradigan narsalarga boʻlgan munosabatingizni oʻzgartiring.

OʻRNAK BOʻLING. Oʻzingiz xunuk soʻzlarni ishlata turib bolangizga “Xunuk gapirma!” deya olmaysiz. Xuddi shunday kuni bilan televizor yonida boʻlsangiz, bola ham dars qilmay, televizordan keta olmaganiga hayron boʻlmang. Oʻzgarishni oʻzingizdan boshlang.

 AYBINGIZNI TAN OLISHNI BILING.
Biron ishda xato qilib qoʻysangiz, bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bundan bola xato qilishdan qoʻrqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni oʻrgansin.

BOLANI ERKA QILISHDAN QOʻRQMANG. Yetti yoshgacha erka boʻlgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi oʻyinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.

KECHIRIM SOʻRASHNI BILING.
Siz ham nohaq boʻlishingiz mumkin. Boladan kechirim soʻrashdan qoʻrqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq boʻlishni oʻrganadi.

QUCHOQLANG! Bolani koʻproq quchoqlab oʻpishga odatlaning. Bola bunga ruhan ham jismonan zor boʻladi.

SABRLI BOʻLING. Bolaga ota-onaning jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, oʻqishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni faqat suyuntirayotganini his qilasiz.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 04:07


1% boʻlsada oʻsishga erishing

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 02:00


#Bugun
13-yanvar – Orzularni roʻyobga chiqarish kuni

Har bir insonning katami-kichikmi orzusi boʻladi. Orzuga erishish uchun esa albatta harakat qilish talab etiladi. Bugun ana shunday harakatni boshlash uchun sabab bor – chunki 13-yanvar Orzularni roʻyobga chiqarish kuni sifatida nishonlanadi. Orzuingizga yetishish uchun hoziroq harakatni boshlang.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

13 Jan, 00:51


Har bir boshlangan yangi kunimiz yana bir imkondir. Shu imkoniyatga yetkazganiga, yashash baxti, solih amallar qilish imkoni nasib etganiga, yaxshiliklar va neʼmatlar bilan siylaganiga ming shukr! Ilohim har nafasimiz Oʻzining zikri bilan boʻlsin...

Xayrli tong yaxshi odamlar !

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

12 Jan, 14:41


Zamonning ikki kuni bordir... Biri foydangizga, biri esa zararingizgadir. Foydangizga boʻlsa, manmanlik qilmang! Zararingizga boʻlsa, sabr qiling...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

12 Jan, 09:37


#PSIXOLOGIK_TEST

OʻZ KUCHINGIZ VA KAYFIYATINGIZ ANIQLAB OLING

Hayotda shunday lahzalar boʻladiki, inson oʻzini xuddi boshi berk koʻchaga kirib qolgandek his eta boshlaydi. Yorugʻ dunyodan umidlari soʻnadi. Nimalar boʻlayotganini anglay olmay azoblanadi. Toʻxtang, boshingizga tushgan barcha yaxshi-yomon ishlar xarakteringiz tufayli boʻlmasin tagʻin!.. Toʻgʻri-da, koʻpchilik oʻz xarakterini oʻzi yaxshi bilmay turib, aybni boshqalarga qoʻyishi hech gap emas. Quyidagi test esa oʻz xarakteringizni chuqurroq bilib olishga koʻmak beradi degan umiddamiz.

👉1. Doʻstlikni qadrlaysizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉2. Yangilikka intilasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉3. Tez-tez yangi kiyimlar xarid qilishni xush koʻrasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉4. Bahona, sababsiz ham feʼlingiz oʻzgarishi mumkinmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉5. Bola ekaningizda voyaga yetib egallamoqchi boʻlgan kasbingizni uch martadan koʻp almashtirganmisiz?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉6. Qiyin masalani yechish paytida tez-tez oʻzingizga boʻlgan ishonch soʻnadimi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball
👉7. Nimanidir kolleksiya qilish bilan shugʻullanasizmi?
A) Ha — 1 ball
B) Yoʻq — 0 ball
👉8. Soʻnggi daqiqalarda rejalaringizni tez-tez oʻzgartirib turasizmi?
A) Ha — 0 ball
B) Yoʻq — 1 ball

NATIJALAR:
6 balldan yuqori: Siz juda tartibli, xalq tilida aytganda, oʻzini bosib olgan insonsiz. Ota-onaga ham, boshliq, doʻstlaringizga ham sira ortiqcha tashvish keltirmaysiz.

3 dan 6 ballgacha: Kayfiyatingiz, feʼl atvoringiz tez-tez almashinib turadi. Esingizda boʻlsin, bir xil xarakterga va kayfiyatga erisha bilish hayotda tengsiz omad keltirishi mumkin.

3 balldan kam: Nega oʻz kuchingizga ishonmaysiz? Uydagilarga koʻproq suyanish va ish joyi ning oʻzidan yaqin doʻstlar orttirish lozim.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

12 Jan, 08:05


Mardlarcha skrinshot qilamiz, 14 - Yanvarga kimga nima chiqarkan😅

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

12 Jan, 05:51


Insonlarni yozuvlari orqali tahlil qilish

Soʻzlar orasidagi boʻsh kataklar koʻp boʻlsa - yozuv sohib yoki sohibasi oʻzini yolgʻiz his qilyapti;

Tartibsiz yozuv - turmushini nazorat qila olmaslikdan darak;

Katta harflar - tartibsizlikdan dalolat boʻlsa

Juda kichik harflar (“chumoli”) - oʻziga ishonchi past, ehtiyotkor, realist, texnika bilan tez til topishadigan insonlarga xosdir;

Uzun xarflar - estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehrdan "soʻzlaydi";

Semiz harflar - ochiqlik belgisi hisoblanadi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

12 Jan, 04:05


Milliarderni boshqa erkaklar bilan ulashgan 12 ta qoidasi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

12 Jan, 02:57


#Bugun

12-yanvar – Butunjahon qiz farzandlar kuni

Butunjahon qiz farzandlar kunini nishonlash tashabbusi Hindistondagi Milliy qiz farzandlar kunidan kelib chiqqan. Bu kun oiladagi mehr va baxt manbai boʻlgan qiz farzandlarni eʼzozlash maqsadida nishonlanadi.

Qiz farzandlarning oʻgʻil farzandlardan aslo kam joyi yoʻq. Qiz farzandingiz boʻlsa bugun uni bagʻringizga bosib, bayrami bilan tabriklab qoʻying, shirin soʻzlaringizni ayamang.
Zero qiyomatda shu qiz farzandlaringiz siz uchun doʻzaxga parda boʻladilar va sizni jannatga olib kirib ketadilar

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

12 Jan, 00:18


Inson bo‘lishning moxiyati shundaki u har yiqilganida qayta turaveradi, faqatgina o‘lganlargina bu dunyoda qayta tura olmaydilar. Doimo intilib yashang, nimadan qo‘rqsangiz shu bilan do‘stlashingki qo‘rquvingiz tarqalib ketsin, shundagina siz chinakamiga hayot ta’mini seza olasiz...

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

11 Jan, 14:05


Dunyo manfaatlar ustiga qurilgan, huddi poyezd bekatlaridek...
Ayrim insonlarga qaysi bekat qulay bo‘lsa shundan foydalanadi, keyinchalik boshqa qulay bekatlarni qidira boshlaydi...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

11 Jan, 09:12


SIZ QAYSI OYDA TUG`ULGANSIZ
Oy bo’yicha malumotlar
Agar sizning sevgan yoringiz (qizlar uchun) :
Yanvar – oyida tug’ilgan bo’lsa aqilli va go’zal bo’ladi
Fevral – yaxshi va mehribon
Mart – chiroyli ammo jahldor
Aprel – o’ziga ishongan
May – ahmoq
Iyun – rostgo’y va mehribon
Iyul – rashkchi
Avgust – go’zal va bosiq
Sentyabr – achchiqli
Oktyabr – ishyoqmas, o’zini ko’rsatadigan
Noyabr – vafodor
Dekabr – chiroyli ammo gerdaygan
Yigitlar diqqat qiling, endi siz sevgan qizingiz harakteri haqida ma’lumot oling:
Yanvar – yomon
Fevral – ko’p o’ylamaydigan biroq aqilli
Mart – yaxshi
Aprel – do’stlarini yaxshi ko’radigan
May – bosiq, og’ir tabiat
Iyun – mustaqil inson
Iyul – rashkchi biroq hayotta juda mehribon hamda vafodor insonlar toifasiga kiradilar
Avgust – rashkchi va chiroyli
Sentyabr – ochiq ko’ngil va vafodor
Oktyabr – aqilli
Noyabr – sevgidan azob chekuvchi inson
Dekabr – go’zal va yaxshi

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

11 Jan, 07:23


Xotinimga "Yetkaza olmayapman, xarajatni kamaytirishimiz kerak" desam, "Yo‘q dadasi, daromadni ko‘paytirishingiz kerak" deydi.

P. S: Ha, bu juda mantiqan har kim o‘zining yo‘li bilan yechim izlaydi. Biringiz xarajatni kamaytirishni boshqarasiz ikkinchingiz daromadni oshirishni. asosiysi ikkala yo‘l ham natijaga olib kelishi mumkin

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

06 Jan, 23:08


Sevgi bu hayotda eng muhim omil. Har doim sevgi ogʻushida boʻlishga, sevib sevilib yashashga, insonlarga, butun borliqqa oʻzingizdan faqat sevgi energiyasini taratishga harakat qiling.

Qachonki, siz oʻzingizdan faqat sevgi ulashsangiz, atrofdan ham bevosita sevgi sizga qaytadi...

Shunchaki sevgi bilan band boʻlib, Allohga muhabbat ham esdan chiqmasin.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

06 Jan, 14:05


Umr shunday tez o‘tayabdiki, xatto kun davomida nimalarga erishganimizni sezmay qolayapmiz...
Siz bo‘lsa "ertaga qilaman" deysiz. Endi bir savol, nimaga ertaga? Nimaga bugun qilmadingiz..?

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

06 Jan, 12:48


Kechki tarona 🎙

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

06 Jan, 08:07


Supermarketga yoki mahallalagi do‘konchaga bo‘lsa ham to‘q qoringa kirish tavsiya etiladi. Chunki, och qoringa kirgan mijozlarda xarid chekini miqdori 30% gacha yuqori bo‘lishi mumkin...

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

06 Jan, 05:43


"Har bir insonning hayotida bir odam bo‘lishi kerak. Uzoqlarda yoki yonginasida. Ovozidan hislarini tushunadigan, nigohlaridan qayg‘usini anglaydigan. Borligi halovat beradigan bir ko‘ngil..."

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

06 Jan, 02:54


Hayotdagi eng yaxshi 3 ta oʻqituvchi:

- Javobsiz muhabbat
- Yoʻqchilik
- Xatolar

Muhimi xulosani toʻgʻri qoʻyish!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

06 Jan, 00:41


O‘zingizga ishoning. Cheklovlarni uloqtirib tashlang va maqsadga erishishingizda nima zarur bo‘lsa shuni bajaring.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

05 Jan, 14:05


Hayotingizda qanday inson bo‘lmasin, uni yomon ko‘rib, u bilan tanishganingizga afsuslanmang!

Chunki, yaxshi insonlar sizga "baxt-saodat" bersa, yomonlari "tajriba" beradi.

Ularning eng yomonlari sizga "dars" bo‘lsa, eng yaxshilari esa "xotira"

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

05 Jan, 09:36


Miyadagi javonlar

"Xotira saroyi" tizimi xuddi javonga o'xshaydi, siz o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotni javon tortmalariga birma-bir joylashtirib chiqasiz va shu orqali so'zlarni tartibga keltirasiz. Agar qayta eslash kerak bo'lsa, u holda tortmaga borasiz va yana qayta eslayverasiz.

Bir marta foydalanilgan makon esdan chiqib tozalanadi va uni yana boshqa tasavvur va obyektlar bilan to'ldirsa bo'ladi.

Shuningdek, aytish mumkinki, kundalik hayot uchun odatda 100 ta makon yaratishning o'zi kifoya. Masalan, uyingizdan tortib to o'qish yoki ishxonagacha bo'lgan yo'ldagi 100 ta makonni qayta-qayta ishlataverasiz.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

05 Jan, 08:38


Farzandingizga ishoning. Uning orzularini puchga chiqarmang. Har bir gapingiz bilan uni rag‘batlantiring!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

05 Jan, 05:56


Kimdir 100 foizlik imkoniyatdan 10 foiz foydalanadi, kimdir 10 foizlik imkoniyatdan 100 foiz foydalanadi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

05 Jan, 03:25


Birovlarni xayotini orzu qilmang.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

04 Jan, 22:18


Kimga nimani tilasang, o‘zinga albatta qaytadi deyishadi. Men erta tongda har biringizga, sog‘lik, baxt, omad, quvonch, mehr va muhabbat tiladim.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

04 Jan, 13:58


Qishdan soʻng albatta BAHOR keladi. Bu tabiatning qonuni. Hayotimizda ham shunday. Qaygʻuli kunlar ortidan quvonchli lahzalar keladi.

Xayrli tun yaxshi odamlar !

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

04 Jan, 10:48


Birinchi va oxirgilar doim esda qoladi.

Majlisda muhim vazifa aytmoqchimisiz, gap boshida yoki majlis tugayotganda ayting.

Nutq soʻzlashga chiqdingizmi eng qiziqarli joylarni boshida yoki oxirida aytib oling.

Uchrashuvdamisiz xayrlashuv payti iliq bir gap ayting, suhbatdoshingiz oʻsha kuni kun boʻyi eslab yuradi. Ehtimol bir umr esida qolib ketarsiz.

Chunki yuqoridagi aytilganidek odam xotirasida birinchi va oxirgilar yaxshi saqlanib qoladi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

04 Jan, 09:34


​​KECHIRISH, HAQORATLAR VA SALBIY HIS-TUYG'ULARDAN OZOD BO'LISH TEXNIKASI

Sizga kerak bo'ladi: sham (har qanday), yozish uchun qog'oz 2 ta idish (1 ta chuqur, 1 ta tekis).

Shamni yoqing Uni o'chirishning iloji yo'qligini va oxirigacha yonib ketishini hisobga oling. Oldingizga qo'ying va yonib tursin.

Salbiyni yozing Bo'sh varaqqa, uning ismidan boshlab, bu odamga nisbatan barcha haqoratlarni va barcha salbiy holatlar va hissiyotlarni yozib qo'ying.

Salbiylarni yoqish. Yozilgan salbiy varaqni chuqur idishga soling va uni yoqing. Yonib qolgan qoldiqlar: "Bu kul bilan barcha salbiyliklar, og'riq (ism) bilan bog'liq bo'lgan barcha haqoratlar ketsin ..."deb aytib ko'chaga yoki derazangizdan uchiring.

Kechirimlilik. Biz shamga qaytib, yangi varaqni olib, ushbu matn bilan quyidagi ketma-ketlikni yozib, kechirimning to'liq yozishni boshladik:

Uyg'un bo'lmagan his-tuyg'ularim, so'zlarim, va harakatlarim uchun (ism) uzr so'rayman.

O'z istagim bilan uning uyg'un bo'lmagan his-tuyg'ulari, so'zlari, xatti-harakatlari uchun (ismini) kechiraman.

So'zlarim, va harakatlarim uchun o'zimni kechiraman.

Shu paytdan boshlab (ism) bilan bo'lgan uyg'un bo'lmagan tuyg'ularim, so'zlarim, harakatlarim uchun meni kechiradi.

Endi (ism) bilan bog'liq vaziyat men uchun eng uyg'un tarzda rivojlanmoqda!


Ijobiylikni yozing Keyin, xuddi shu varaqda, ushbu munosabatlardan nimani xohlashingizni yozing. (hozirgi zamonda ). Boshqacha aytganda, munosabatlaringizning maqsadini yarating. Agar siz munosabatlarni qanday rivojlantirishni bilmasangiz, unda bu qismni bajarmasligingiz mumkin

Bajarishga yuboring! Bir varaqni yoqish uchun oling, Sham o'z-o'zidan yonib ketadi keyin uni o'chirish mumkin.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

04 Jan, 06:05


🔈Hurmatli kanalimiz obunachilari!
👬👫Biz Sizlarni hamkorlikka chaqiramiz.
📮 Psixologiyaga oid qiziqarli hamda foydali ma'lumotlar bo‘lsa @Psixolog_Adhamjonga
yuboring.
📇Biz kanalimizga joylab boramiz.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

04 Jan, 03:23


Hamma narsa o‘z o‘rnida go‘zal...

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 23:00


Pozitiv kayfiyat, bu xar qanday doridan afzaldir!
Xayotdan zavqlanib yashang.... atrofga go‘zal ko‘z bilan boqing....

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 13:32


"Umrdan yana bir kuni tugadi..."

Yaqinlarim bugungi oʻtgan kuningizdan mamnunmisiz?
Yaqinlaringizga "yaxshiyam borsiz" deb aytdingizmi?
Qanaqa yaxshiligu, qanaqa xato qildingiz?
Uyquga ketishdan oldin oʻzimizni taftish qilib, ertaga bugundan yaxshiroq boʻlishini maqsad qilaylik.
Istigʻfor va shukur aytish esingizdan chiqmasin...

Xayrli tun yaxshi odamlar !

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 12:25


#Qoyil

Eringizni koʻchadan kelishini mana shunday oʻynab kutib olsangiz, eringiz har kuni shu oʻyiningizni koʻraman deb UYGA SHOSHADI.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 11:59


Farzandingizga qarata piyolani sindirasan, deb aytishning oʻrniga uni yaxshilab ushlashni oʻrgating.
Yuqoriga chiqma, yiqilib tushasan, deb aytishning oʻrniga qanday qilib chirmashib chiqishni oʻrgating. Bezovta va hadiksiragan oilada qoʻrqoq va choʻchiydigan farzandlar yetishib chiqadi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 10:03


NATIJALAR👇👇

A). XOLERIK - Juda g‘ayratli, jizzaki, jahldor, qaysar, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlarga moyil ekanidan dalolat beradi, ildam harakatlar qiladigan kishi.

B). SANGVINIK – quvnoq va hushchachaq, har qanday yangi ishni qiziqish bilan qabul qiladi, bardoshli va ishchan, nutqi baland, tezkor, ravshan, jonli, imo-ishorali va ma'noli xatti-harakatli, kutilmagan, murakkab holatlarda o‘zingizni yo‘qotmaysiz, doimo bardam kayfiyatdasiz. tez uxlaysiz va tez uyg‘onasiz, atrofda bo‘layotgan vazifalarga tez munosabat bildirasiz, ta'assurotlarni hadeb o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan shaxs.

C). FLEGMATIK - nutqi xotirjam, sokin, keskin tuyg‘ularsiz, imo-ishora va xatti- harakatlarsiz, vazmin va sabr-toqatli, boshlagan ishingizni doimo oxiriga yetkazasiz, kuchni bekorga sarflamaysiz, kun tartibiga qat'iy rioya qilasiz. Yuragi keng, intilishlarda barqaror, turg'un va chuqur his-tuyg‘ularga ega insonsiz.

D). MELANXOLIK - tortinchoq va uyatchan. Yangi sharoitlarda o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz, notanish kishilar bilan muloqot o‘rnatishda qiynalasiz, o‘z kuchingizga ishonmaysiz, yolg‘izlikka oson ko‘nikasiz, omadsizliklar oldida tushkunlikka va sarosimaga tushasiz, o‘zingizni tutib turolmaysiz. Tez charchaysiz, nutqingiz kuchsiz, sokin. Ba'zan shivirlashgacha tushib qoladi, suhbatdoshini xarakteriga beixtiyor moslashib qoladi, ta'sirlansa ko‘zyosh to‘kadi, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 09:30


🎓TEMPERAMENT TESTI

Temperament insonning tug‘ma xususiyatlarini ifodalovchi jihatidir. Temperamentning 4 ta asosiy turi mavjud:
1️⃣. SANGVINIK - kuchli, harakatchan, muvozanatlashgan.
2️⃣. XOLERIK - kuchli, harakatchan, muvozanatsiz.
3️⃣. FLEGMATIK - kuchli, sust, muvozanatli.
4️⃣. MELANXOLIK - kuchsiz, muvozanatsiz, g‘amxo‘r.

Qaysi temperamentga tegishli ekanligingizni tekishirib ko’ramiz. Quyidagi vaziyatni o’qib chiqib, xarakteringizga hos, miyangizga kelgan birinchi fikrni javoblar ichidan tanlang. O’zingizni odobli ko’rsatish shart emas. Aks holda sizning temperamentingiz noto’g'ri aniqlanadi. Marxamat!

💐Tassavur qiling bog’da sevgilingizni kutib o’tiribsiz. So’nngi pulingizga gul sotib olgansiz. Ammo to’satdan bir kishi kelib gulingizni ustiga o’tirib oldi. Bunday vaziyatda u kishiga nima deysiz?

JAVOBLAR:

A). “Nima qilganingiz amaki? Bu gulni axir oxirgi pulimga olgandim. Farosatingiz bormi?” deya jahl qilib baqirishni boshlayman.

B) “Amaki gulimga o’tirvoldizu. Ja chaqqon odam ekansiza?” deb hazilga buraman va kulib turaman.

C) “Amaki, meni kechirasizu, boshqa gul olib berishingizga to’gri keladi. Yaqin insonimga olgandim” deya og’ir bosiqlik bilan to’g'ri tushuntiraman.

D) “Amaki nima qilib qo’ydingiz” deya siqilaman va indamayman.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 08:08


Bolalarda kichik motorikani rivojlantirish uchun mashg‘ulot.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 05:23


Eronning chekka qishlogʻidagi maktab oʻqituvchisi Ali Muhammad, ba’zi oʻquvchilari kasallik sababli sochlari toʻkilgan sinfdoshini masxara qilganini koʻribdi.
Oʻqituvchi kulgan bolalarga tanbeh berib, jazolash oʻrniga oʻz sochlarini oldirib, kasal oʻquvchisini qoʻllashga qaror qilibdi.
U “Oʻquvchim Mahan sochlaridan ayrilgach, doʻstlaridan uzoqlashdi va doim xomush yuradigan boʻlib qoldi. Darslarga ham qiziqishi kamaydi. Birgina istagim, unga yaqin boʻlib, darslarga e’tiborini qaytarish edi” - deydi.
Bundan ta’sirlanib sinfidagi 23ta oʻquvchi ham, qish boʻlishiga qaramay xuddi ustozi kabi sochlarini oldiribdi...
Agar oʻqituvchi idealist boʻlsa, nurayotgan binolarni ham, soʻnayotgan qalblarni xam qutqara oladi!
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 03:20


#Bugun
3 yanvar – Xalqaro tan va ruh salomatligi kuni

Bugun dunyo bo‘ylab Xalqaro tan va ruh salomatligi kuni nishonlanadi. Ko‘plab olimlar salomatlik bilan bog‘liq muammolarning aksariyati markaziy asab tizimi sababli kelib chiqadi degan xulosaga kelishgan. Psixolog Luiza Xey esa qator tajribalar asosida buni isbotlagan. Odamlarga asabni asrash naqadar muhimligini eslatish maqsadida ushbu kunni ta’sis etishga qaror qilishgan. Sog‘lom bo‘lay desangiz, asabingizni asrang, to‘g‘ri ovqatlaning va ko‘proq harakatda bo‘ling. Asosiysi, doimo pozitiv kayfiyatda bo‘ling.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

03 Jan, 01:43


Bugundan ish.
Dam olishga ham ulgurmadim🙊

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

02 Jan, 22:20


Qiyin ishlar vaqtida qilinmagan oson ishlarning yigʻindisidan paydo boʻladi.
Xar bir ishni oʻzi vaqtida qilishga odatlaning. Bugungi ishni ertaga qoldirmang!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

02 Jan, 13:36


Bu hayot tashvishlariga boreey deb yostiqqa bosh qo‘yib, ko‘zingni yumasan. Qarabsanki... tushingda ham davom etaveradi.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

02 Jan, 11:27


Amerikada elektr tokli stulga oʻtirgʻizib oʻldirish jazosi berilgan bir jinoyatchiga hukm ijro etilishidan oldin soʻnggi soʻz berildi. U atrofiga nazar tashla- di. Bir qancha kishilar unga qarab turibdi. Qanchadan qancha muxbirlar qoʻllarida qalam bilan u aytadigan soʻzni kutmoqda. Rasmchilar esa tinmay suratga olyapti.
Shunda mahbus:
-    Bilasizmi, agar men bolaligimda hozirgidek e’tibor koʻrganimda edi, jinoyatchilar kursisida oʻtirmagan boʻlardim, - degan ekan.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

28 Dec, 07:27


Tadbirlarda foydalanish uchun o‘yin
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

28 Dec, 06:17


​Bir yoshgacha davr bola hayotidagi eng katta oʻzgarishlar davri.

Bu vaqtda albatta sanashni, oʻqishni oʻrgata olmaymiz, lekin bolaning kelajagi uchun muhim bu davrda e’tibor berish kerak boʻlgan narsalar koʻp.

👉 Asosiylari esa quyidagilar:

🔹 Bola hayotining bu davridagi eng muhim narsalardan biri uni sevimli ekanini his qildirish.

🔘 Bu davrda farzandingiz bilan oʻrtangizda rishta bogʻlanadi.

Qorni ochganida toʻydirishingiz, ishtonidagi noqulayliklarni bartaraf etishingiz bolada sizga nisbatan ishonch keltirib chiqaradi.

🤝 Qoʻlga oʻrganishidan qoʻrqmasdan farzandingiz bilan koʻproq birga boʻlishga harakatingiz oʻrtangizdagi rishtani mustahkam, bolani esa suyukli boʻlgani uchun oʻziga ishongan boʻlib oʻsishiga yordam beradi.

🔹 Yana bir e’tibor berishingiz kerak boʻlgan narsa kun tartibi.

🍲 Ovqatlanish, uxlash va uxlashdan oldingi odatlarga amal qilishingiz, bolaning xotirjam oʻsishiga yordam beradi. Sizning ham asablaringiz tejaladi.

Xotirjam bolada ham oʻrganishga, yangiliklar yaratishga layoqat va qobiliyat boʻladi.

🔹 Bola miyasida neyron yoʻllarini koʻpligi uni aqlliligiga sabab boʻladi.

Buning uchun esa u bilan koʻproq suhbatlashing, kitoblar oʻqib bering.

👉 Har bir qilayotgan ishingizni ham unga aytsangiz yaxshi. Masalan, “ishtoningni hoʻlladingmi? Mana hozir almashtiramiz” kabi...

Bu farzandingizning soʻz boyligini koʻpaytiribgina qolmay, hislarini tushunishga ham yordam beradi.

🔹 Mayda motorikani rivojlantiring.

Plastilindan narsalar yasash, suv oʻynash, montessori boshqotirmalari juda katta yordam beradi.

🏠 Uyda bolani band qilish uchun xavfsiz narsalarni toʻplab, oʻynagani berishingiz ham mumkin. Bu u uchun oʻyinchoqdan ham qiziq.

🔹 Televizor, kompyuterdagi videolar bilan aloqasini minimallashtiring.

Eng asosiysi, rizqingizni halolligiga e’tibor berib, oʻz ustingizda ham ishlang, ya’ni kitoblar oʻqing, ibodatingizga e’tiborli boʻling.

Yodingizda boʻlsin!
Farzandlarimiz bizning aytganimizni qilmaydi, qilgan ishlarimizni qaytaradi.

🔘 Farzandlaringiz necha yoshda? Tarbiyada nimalarga koʻproq e’tibor qaratasiz?
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

28 Dec, 01:03


Siz suv kabi boʻling: qimmat emas, lekin yoʻq boʻlsa juda qadrli...

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

27 Dec, 11:44


Moslashuvchan illyuziya.

Dastlab qaysi qizga qaraganingizga qarab, markaziy o'sha tomonga aylanadi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

27 Dec, 09:05


Bir kishi donishmanddan soʻradi: "Ayblarimni qanday bilsam boʻladi?".
U javob qildi: "Sen xotiningni unga tegishli ayblarini aytib koyigin, u senga javoban, oʻzingning ayblaringni, oila a’zolaringning ayblarini, mahallangning, tumaningning va butun shahringning ayblarini yuzingga aytib tashlaydi".
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

27 Dec, 07:19


MAQSADINGIZNI ANIQLANG!

Siz nimani yaxshi ko‘rasiz?
Muvaffaqiyatli odamlar sevimli ishlarini kasbga aylantiradi: Bill Geyts kompyuterlarni, Edison esa ixtiro qilishni yaxshi ko‘radi. Sizning ham maqsadingiz sevgan ishingiz bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.

Bo‘sh vaqtingizda nima bilan band bo‘lasiz?
Bo‘sh vaqtingizdagi qiziqishlaringiz sizga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatadi. Agar chizishni yoqtirsangiz, ehtimol bu sizning kelajakdagi yo‘lingizdir.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

27 Dec, 03:20


Yirik poyafzal firmasi ikki sotuvchisini Afrikaga xizmat safariga yuboribdi. Bir hafta o'tgach, sotuvchilar qaytib keldi va raxbariyatga hisobot bera boshlashdi:

- U yerdan hech qanday umid yo'q. Odamlarga bizning mahsulotlar kerak emas, chunki hamma odamlar yalangoyoq yurar ekan, - debdi birinchisi.

Raxbariyat ikkinchi sotuvchidan taassurotlarini soʻradi. U esa:

- Biz borgan davlat aynan biz uchun ekan. U yerda bozor boʻm-boʻsh, hamma yalangoyoq yuribdi. Cheksiz miqdorda oyoq kiyim sotishimiz mumkin, - dedi sotuvchi toʻlqinlanib.

Xulosa: yaxshi yoki yomon, imkonli va imkonsiz degan narsa yoʻq. Hammasi bizning munosabatimizga bogʻliq!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Dec, 23:34


– Hamma eshiklar tashqaridan ochiladi. Ammo uning eshigi ichkaridan ochiladi deb gap boshladi bir donishmand.
Odamlar soʻrashdi:
– U nimadir?
Donishmand javob berdi:
– U –qalbdir!..

Xayrli tong yaxshi odamlar !

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Dec, 14:31


Bir soʻz bilan qaroringiz oʻzgarishi mumkin. Bir tuygʻu bilan hayotingiz oʻzgarishi mumkin. Bir inson bilan esa sizning oʻzingiz oʻzgarishingiz mumkin.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Dec, 10:06


Suratdagi chap tomondagi ona o‘ng tomondagi onadan: "O‘g‘lingizga telefondagi o‘yinlar o‘rniga kitob o‘qishga qanday odatlantirdingiz?" deganida, o‘ng tomondagi ona: "Bolalar bizga quloq solishmaydi, balki taqlid qilishadi", deb javob berdi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Dec, 06:42


#mulohaza

Har bir ayol yoki qiz yaxshi erkakka turmushga chiqadi, lekin ajrashayotgan paytda oʻsha erkak ablah boʻlib qoladi...

Ayollarga savol: oʻsha yaxshi odamga nimalar qilyapsizki, keyin u yomon boʻlib qolmoqda? Qars ikki qoʻldan chiqadi...
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Dec, 04:58


Farzandingizni har safar xuddi ancha paytdan beri koʻrmagandek kutib oling (hatto ayriliq bor-yoʻgʻi 5 daqiqa davom etgan boʻlsa ham!)

Bunda bola boʻyiga mos darajada choʻkkalab, unga 3 daqiqa vaqt ajratish va uni quchoqlab, koʻzlariga qarab yoʻqligingizda nima sodir boʻlganini soʻrashni odat qiling. Bogʻchadan olayotganda, maktabdan kelayotganida, kutib olish vaqtida, ish kunidan keyin uyga qaytganda, bunga amal qilish juda muximdir.
Bolangizni koʻproq va uzoqroq bagʻringizga bosing...
Bunda nafaqat bola, balki  siz ham kerakligingizni xis qilasiz. Baxtning asl negizi kimgadir kerakli boʻlishda...
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Dec, 03:12


Bugungi umid ertangi muvofaqqiyatingizdir

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Dec, 22:40


Yaxshi soʻz eng xushboʻy narsadir.
U qalblarga xotirjamlik, nafslarga rohat va ruhlarga sokinlik beradi.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Dec, 14:50


Hech bir narsa koʻrganingiz kabi emasdir, bugun sizga hayot bergan suv ertaga sizni choʻktira oladi ham.
Yaxshilik izlang, toʻgʻrilik izlang, goʻzallik izlang, ammo ayb izlamang...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Dec, 12:10


JAVOBLAR

1️⃣ Sizning oldingizda poklik ramzi - oq sochli farishtadir. Siz haqiqatan ham tez-tez umumiy manfaat uchun biron bir narsani portlatadigan odamsiz. Sizning vazifangiz endi o'zingizga o'tish. Siz istaklaringizni ro'yobga chiqarish uchun, avvalo, boshqalarning irodasiga bo'ysunmasdan, aqlingizning ovozini tinglashingiz kerakligini tushunishingiz kerak. Baxt bu sizning oldingizda

2️⃣ Qilich ko'targan jangovar farishta. Taqdir sovg'alarini qabul qilish vaqti keldi. Siz buni juda uzoq vaqt kutgan edingiz va nihoyat adolat g'olib chiqadi. Yaqinda siz uzoq vaqtdan beri bergan va uzoq vaqtdan beri orzu qilgan narsalaringizni olasiz. Sizning hayotingizdagi qiyin davr g'alabalar va quvonch bilan almashtiriladi.

3️⃣Ochiq jigarrang sochli farishta sizning ongingizdagi o'zgarishlarni oldindan aytib beradi. Yaqinda siz yaqinlaringiz bilan bog'liq ko'plab shikoyat va tajribalarni to'pladingiz. Siz kechirishni o'rganishingiz va xafa bo'lgan his-tuyg'ularni tark etishingiz kerak. O'zingizni o'tmish kishanlaridan xalos qilishga va ijobiy o'zgarishlarni sozlashga harakat qiling.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Dec, 09:18


Angellardan birini tanlang va o'zingizga kerakli maslaxatni o'qing.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Dec, 07:49


Ayol kishi uch tomonlama oʻzini ochsagina va shuni ustida ishlasa haqiqiy baxtni his qiladi

💃 Sogʻliq
Doim sogʻligʻiga e’tiborli boʻlgan va sogʻlom turmush tarziga e’tibor bergan ayol sevgini his qila oladi va boshqalarga ham sevgi bera oladi

💆‍♀ Tashqi koʻrinish
Xohlaymizmi yoʻqmi bizning tashqi koʻrinishimiz katta ahamiyatga ega. Har qanday odam birinchi tashqi koʻrinishiga keyin esa uni ichki dunyosiga qarab muomala qiladi. Tashqi koʻrinishiga doim e’tiborli boʻlgan ayol hamma joyda oʻzini erkin his qiladi

🧚‍♀ Qalb goʻzalligi
Ya’ni ruhiy holat. Agar ayollar doim nimadandir nolib yashasa, yoki kimnidir yomon koʻrsa uning aurasi kirlanadi va bu oʻzidan yomon energiya chiqarishiga sabab boʻladi. Oʻzidan shunday energiya chiqargan ayol turmush oʻrtogʻini, farzandlarini oʻzidan uzoqlashtiradi.
Yangi bilimlar olishga, til oʻrganishga, zamon bilan birga rivojlangan ayol har tomonlama yuksaklikga erishib boraveradi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Dec, 06:02


Yosh bolalar bilan oʻynash sunnat
Otalarning ba’zilari bolalari bilan oʻynashni bachkanalik deb bilishadi yoki qaysidir sabablarga koʻra bunday ishlarni yoqtirmaydi.

Aslida esa yosh bolalar bilan oʻynash sunnat hisoblanadi. Paygʻambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam ham oʻz farzandlari bilan oʻynaganlar va oʻynatganlar.

Hech boʻlmaganda farzandingiz koʻngli uchun ular birga oʻynang. Misol uchun: dam olish kunlari, ishga ketishdan biroz avval yoki ishga borib kelgandan soʻng farzandlaringizga ozgina vaqt ajrating.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Dec, 02:48


«99 foiz insonlar bu darajaga yetishning iloji yoʻq deb oʻylaydi va ular albatta bu darajaga yetisha olmaydi. Chunki, iloji yoʻq narsani qilishga ahmoqlargina urinib koʻradi» – Krishtianu Ronaldu.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Dec, 04:48


Qizlaringizga koʻp-koʻp mehr bering...

Toki oilasidan ololmagan mehr sababidan tashqarida berilgan zarra mehrga “aldanib” qolmasinlar... “Taltayib ketmasin” deb ololmagan mehrlarini umr boʻyi izlab, ololmay qalblari sinmasin...

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Dec, 02:43


Dekabr oyida tugʻilgan insonlar haqida qisqacha
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Dec, 02:00


Poyezdimiz kuz fasli bilan xayrlashib qish fasliga kirib bordi.

Ehtiyot boʻling Noyabr eshiklari yopilmoqda, keyingi bekat Dekabr.

Barchaga kirib kelgan qish fasli muborak boʻlsin!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 13:28


Bu yilgi kuzning soʻnggi kuni oʻtib bormoqda...
Bu yilgi kuzingiz barokatli boʻldi degan umidda sizni kirib kelayotgan qish bilan tabriklayman.
Allohdan soʻrab qolamizki yurtimizda har fasl, har yogʻingarchilik oʻz vaqtida boʻlib moʻl-koʻlchilik boʻlsin!

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 11:00


Yoqtirgan odamlar bilan tez-tez muloqot qilish bilan organizmdagi progesteron darajasi oshadi va bu psixologik yengillikka hissa qoʻshadi, hamda stress darajasini pasaytiradi. Natijada, asab tizimi sizga minnatdorchilik bildiradi...

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 08:26


Hammamiz vaqti-vaqti bilan g'azab, ranj-alam yoki tashvish kabi salbiy his-tuyg'ularni boshdan kechiramiz.

Emotsional muvozanatni qo’llab-quvvatlash va salomatlikni saqlash uchun ularni nazorat qilishni o'rganish muhimdir. Mana bir nechta oddiy tavsiyalar:

🗣 O'z his-tuyg'ularingizni ifoda eting. Yaqin insoningiz bilan suhbatlashish yoki kundalik yuritish his-tuyg'ularingizni tartibga solishga va emotsional stressni kamaytirishga yordam beradi.
🧘‍♀️ Chuqur va anglagan holda nafas olish stress darajasini pasaytirish va xotirjamlikni tiklashga yordam beradi. 4-7-8 texnikasini sinab ko'ring: 4 soniya davomida nafas oling, uni 7 soniya ushlab turing, keyin esa 8 soniya davomida chiqaring.
💡 Har kuni siz minnatdor bo'lgan kamida uchta narsani toping. Bu ijobiy fikrlashni rivojlantiradi va to'plangan salbiylikni yengishga yordam beradi.

Hissiy holatimiz ustida muntazam ravishda ishlash ruhiy salomatlikni mustahkamlaydi va hayot qiyinchiliklariga nisbatan chidamliroq qiladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 07:20


Doim bir-biringizning kamchiliklaringizni toʻldiring. Shunda sizdanda baxtli juflik boʻlmaydi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 06:22


Farzandingiz aytganingizni qilmasa shu ishni qiling, doim aytganingizni SOʻZSIZ bajaradigan boʻladi
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 05:39


Bolaga baqirishning 5 ta salbiy oqibatlari

Bolaga baqirish oqibatida hosil boʻladigan psixologik jarohat bolaning kelajakda yaxshi inson boʻlishiga toʻsiqlar paydo qiladi, uni agressiv xarakterga oʻtkazib qoʻyadi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 02:47


TANLOV

Bir inson butun umri davomida baxtli yashabdi. U har doim jilmayar, kular, hech kim va hech qachon uni xafa holda koʻrmas ekan. Baʼzan insonlar bu borada unga turli savollar berar edi.

- Nega siz hech qachon xafa boʻlmaysiz? Qanday qilib har doim xursand holda yurasiz? Baxtingizning siri nimada?
- Qachonlardir men ham sen kabi gʻamgin edim. Shunda toʻsatdan anglab qoldim: axir bu mening tanlovim, mening hayotim! Axir bu tanlov meniki: har kun, har soat, har daqiqada. Oʻsha ondan buyon har tong, uyqudan turib, men oʻzimga savol beraman: “Xoʻsh, men bugun nimani tanlayman: qaygʻu yoki quvonch?” va har kuni shunday boʻladiki, men quvonchni tanlayman. Xoʻsh, siz-chi? Siz nimani tanlaysiz, quvonchimi yoki qaygʻunimi?

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Nov, 01:52


Erta tongdan ikki narsani maqsad qiling.
1. Bu hayotdan va borliqdan quvonish.
2. Birinchisini bir kunda bir necha marotaba takrorlash...

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

29 Nov, 14:04


Sevgan insoningiz yonida uxlash tezroq uyquga ketishingizga, depressiya va xavotirni kamaytirishga, shuningdek, umrni uzaytirishga yordam beradi.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

29 Nov, 10:29


Hayotingizga oʻzingiz quvonch qoʻshing!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

29 Nov, 08:17


#psixologik_fakt

Koʻk rangli xona, izlanish va oʻz ustida ishlash istagini oshiradi

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

29 Nov, 06:33


Oila qachon darz ketadi, barbod boʻladi, bilasizmi?

Oila - qachonki uyimizda yashayotgan yaqinlarimizdan koʻra begonalar haqida koʻproq qaygʻura boshlagan vaqtimizda barbod boʻladi.

Oila – qachonki oddiy tanishlarimiz va doʻstlarimiz uchun turli oʻtirish, kechalarni rejalab, turli tabriklarni yozsagu, har kuni oilamizni ehtirom qilishni unutsak barbod boʻladi.

Oila – qachonki chiroyli-chiroyli idishlarni, kosa-piyolalarni mehmonlarga chiqarib, uydagilarimizga esa cheti singan idishlar boʻlsa barbod boʻladi.

Oila – qachonki boshqalarni koʻnglini olish, rozi qilishga urinsagu, onamizga xizmat qilishni behuda ish deb bilganimizda barbod boʻladi.

Oila – qachonki doʻstlarimiz davrasida yoki ijtimoiy tarmoqlarda oilamizga boʻlgan mehr-muhabbatimizni koʻz-koʻz qilsagu, uyda bir piyola suv eltishgada yaramaganimizda barbod boʻladi.

Oila inson uchun ulkan davlat. Keling, ularga gʻamxoʻrlik qilaylik.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

29 Nov, 04:59


Erkak kishining sevgisini qozonishning 5 ta siri

1) Doim minnatdor boʻlish, eringiz qilgan ishlari uchun rahmat aytishga erinmang

2) Mehr-muhabbatingizni koʻrsatish va gʻamxoʻrlik qilish

3) Gapirishdan koʻra, eringizni diqqat bilan eshitishni oʻrganing

4) Eringizning xarakteri, xobbi va qiziqishlarini oʻrganing

5) Eringizga qiziqarli suhbatdosh boʻlish uchun doimo ilm oling.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

29 Nov, 02:29


Yaxshashni yosh boladan oʻrganishimiz kerek Xayot abadiy emas.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

29 Nov, 00:17


Baxt oʻzi xohlagan narsalarga erishish, hayotdan qoniqish his qilish va yaqinlari bilan yoqimli munosabatlarga ega boʻlishdan iboratdir. Baxt — oʻzingni kimdir uchun kerakli deb his qilish, maqsadlarning borligi va ularga erishish uchun harakat qilish va albatta, har bir kunni qadrlashda. Shunday maqsadlar boʻlsinki, ular insonni oldinga yetaklasin, va oʻsha maqsadlar yoʻlida harakat qilishning oʻzi baxt tuygʻusini paydo qilsin.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

28 Nov, 14:24


Vaqt albatta barcha dardni davolaydi,
Lekin vaqtga ozroq vaqt bering...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

28 Nov, 10:57


Hech qachon jahl ustida qaror qabul qilmang. Uydan chiqib keting, biroz aylanib, tinchlangach qayting. Hatto umringizning ko'p qismi ko'chada o'tsa ham har gal chiqib ketaveramanmi deya uyda katta janjal qilib o'tirmang.

Albatta, janjalning oldini olish kerak. Sabablarini o'rganib chiqib, bartaraf qilish kerak. Muammoning yuzaga kelishida ikki tomon ham o'z hissasini anglab, o'zini isloh qilishi lozim.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 14:09


Oʻzi ozgina umrimiz bor. Afsus, mana shu qisqa umrni abadiy hayotimizning zavoli boʻlgan gina, adovat, nafrat, hasad, gʻiybat bilan oʻtkazib yuboramiz…

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 10:49


“Odamzot koʻz yosh toʻkkan paytda, boshqa odamlarning hammasi uning doʻsti boʻlib qolishadi. Bu ularning hamdard ekanlaridan emas, balki koʻzyosh voqeasini bilishga qiziqishlaridan boʻladi”.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 08:40


Oʻz BIOLOGIK YOSHingizni aniqlang.
Oʻng oyogʻingizga turib, chap oyogʻingizni 10 sm ga koʻtaring va qoʻllaringizni choʻzib, koʻzingizni yuming. Qancha tura olasiz, sanang!
30 sekund - 20 yoshdasiz
25 sekund - 30 yoshdasiz
20 sekund - 40 yoshdasiz
10 sekund - 60 yoshdasiz

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 07:37


"Oʻz xotinlaridan zerikkan erkaklar"

Psixolog Feruza Mamarasulova

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 06:51


Stiv Jobsning boshqotirmasi: Faraz qiling siz chokayotgan qayiqdasiz, atrofingiz tola akulalar suzib yuribdi. Siz qanday qilib tirik qolardingiz? Javobi biroz noodatiy bo`lib:

To'g'ri javob:
Siz tasavvur qilishni to'xtatishingiz va real hayotga qaytishingiz kerak.
Shu bilan Stiv Jobs hodim diqqatni hozirgi paytga - real hayotga qaratmoqdami sinab ko'rgan.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 05:37


​​​​Qaror qabul qilish: Dеkart kvadrati

Inson miyasi muammoning faqat bir tomoniga qattiq e’tibor berib, boshqa jihatlarini e’tibordan chetda qoldirishi juda oddiy hol. Bu esa notoʻgʻri qaror qabul qilishga sabab boʻlishi mumkin.

Buning oldini olish uchun psixologlar Dekart kvadratidan foydalanishni tavsiya etishadi. Uning mohiyati shundaki, quyidagi 4 savolga javob berish orqali muammo yoki vaziyatga turli tomondan baho beriladi:

1. Agar shu ishni amalga oshirsangiz, nima foyda topasiz? (Ijobiy qarorning foydalari)
2. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, nima foyda topasiz? (Salbiy qarorning foydalari)
3. Agar shu ishni amalga oshirsangiz, nima zarar koʻrasiz? (Ijobiy qarorning zararlari)
4. Agar shu ishni amalga oshirmasangiz, nima zarar koʻrasiz? (Salbiy qarorning zararlari)

Psixologlar bu usuldan yozma ravishda foydalanishni maslahat berishadi. Sababi, ogʻzaki shaklda oʻzimizni aldab qoʻyishimiz osonlashar ekan.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 03:27


#Motivatsiya

Sizni, hech narsani uddalay olmaydigan latta deyishsa tushkunlikka tushmang. Quyidagi faktlarni yodga oling:

✔️Uolt Disney yangi gʻoyalar oʻylab topa olmagani uchun, gazetadan ishdan haydalgan.

✔️Betxovenning boshlangʻich oʻqituvchisi, uni butunlay qobilyatsiz deb hisoblagan.

✔️Edisonning ustozi uni aqlsiz va hech narsani oʻrgana olmaydi degan ekan.

✔️Eynshteyn 4 yoshgacha gapirmagan. Oʻqtuvchisi uni aqliy salohiyati ortda qolgan deb ta’kidlagan.

✔️Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi:
- Mening oʻgʻlim axmoq. U 3 safar ham san’at maktabiga oʻqishga kira olmadi, - degan ekan.

✔️Mendeleyev ximiyadan 3 bahoga oʻqigan.

✔️Radioni oʻylab topgan Markoni, doʻstlariga ovozni masofadan turib havoda yetkazib beraman deganda, hamma uni aqldan ozgan deb, psixiatrga borishi kerakligini aytishgan. Lekin bir necha oydan soʻng, uning radiosi koʻpchilik dengizchilarni hayotini saqlab qolgan.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Nov, 00:46


Kunni qanday oʻtkazsangiz, hayotingizni ham shunday oʻtkazasiz. Hali oldingizda sizni kutib turgan kunlarga nisbatan bugungi kun unchalik ahamiyatga ega emas, deb oʻylashdan osoni yoʻq...

Oʻtmish oʻtib ketdi, kelajak hali nomaʼlum, demak, mohiyatan qaralganda, sizning tasarrufingizda faqat bugungi kun bor. Bugundan aql bilan foydalanib qoling.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Nov, 14:13


Tong, kun, tun ... Takror va takror kelaveradi! Siz yangi kunga qadam qoʻyyapsizmi, uni yangi orzular, yangi moʻjizalar uchun toʻldirishga kuch toping! Hayotingiz sizga bir marta beriladi. Tonglar, kunlar takrorlanaversa ham...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Nov, 09:32


Biznes va psixologiya kitoblari izlayapsizmi? 📚

Yopiq kanalimizda faqat eng foydali kitoblar – bilimga chanqoq insonlar uchun! Muvaffaqiyat sari qadam qo‘ying. 🚀

👇 Hozir kirib, ilm oling:
https://t.me/+PoiXT3gAzjBkZjQy
Shoshiling!

Yordamchi psixolog

19 Nov, 07:47


Bolalar uchun qiziqarli art- terapiya mashg‘uloti
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Nov, 06:20


Odatda...

🗯 🌶... taomga achchiq qoʻshib yeydiganlar hayotiga rangbaranglik qoʻshishni istaydi.

🗯 🥜... yongʻoq va shunga oʻxshash qattiq mevalarni chaqib, isteʼmol qilishni xush koʻruvchilar doim gʻolib boʻlishga intiladi.

🗯 🥘... ovqatning sergoʻsht boʻlishini xohlovchilar, jahldor va asabiy boʻladi.

🗯 🥗... meva hamda sabzavotlarni afzal bilganlar esa ogʻir-bosiqligi bilan ajralib turadi.

🗯 🍱... oʻta rashkchilar yogʻli taomlarni koʻp isteʼmol qiladi.

🗯 🍢... kabob va dudlangan goʻsht ishqibozlarining tasavvuri keng boʻlib, romantikaga moyil.

🗯 🥓... dengiz mahsulotlarini koʻp isteʼmol qiladiganlar orzular osmonida uchib yuradi.

🗯 🍶... sut mahsulotlarini xush koʻruvchilar maʼsuliyatli va gʻamxoʻr boʻladi...

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Nov, 04:35


Bolangizni ruhini sindirmang

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Nov, 03:26


Vaziyatni oʻzgartirishga qodir emasmisiz, yaxshisi Vaziyatga moslashing...
Shunisi yaxshi... 😊😊😊

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Nov, 03:05


#Bugun

19-noyabr - xalqaro erkaklar kuni!

Muhtarama ayollar, koʻp gapga hojat yoʻq. Bugungi bayram bayramdek boʻlsin! Buning uchun koʻp narsa kerak emas: shirin ovqat, tinchlik, erini telefonini kavlamaslik😁

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Nov, 00:50


Uygʻonish, tong otishini koʻrish ham – Allohning rahmatidir! Bu rahmatga erishganlarga yangi tong muborak deymiz...

Xayrli tong yaxshi odamlar !

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Nov, 14:54


Urugʻni qayerga ekkaningni esdan chiqargan boʻlsang, xotirjam boʻlaver, yomgʻir yoqqan kuni oʻsha urugʻ boʻy koʻrsatadi. Shunday ekan, yaxshilikni qayerda boʻlsa ham, kimga boʻlsa ham qilaver! Sen rahmat yomgʻirining qayerga va qachon yogʻishini bilmaysan-ku, axir.

Umrimiz qisqa, fursatimiz oz... Ba’zan ekkan urugʻlarimiz bizdan keyin meva beradi...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Nov, 12:34


Inson... Vaqt... Umr...

Hayot bu insonga berilgan neʼmat,
Bir kuni yorugʻ boʻlsa bir kuni zulmat.
Lek oltinga tengdir har bir soat, vaqt,
Unutmang azizlar, umr gʻanimat!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Nov, 11:06


Bir kuni TITANIK dek bahaybat kemaga buzilib qoldi. Hech kim tuzata olmayapti…

Keyin esa 30 yillik tajribaga ega mexanik ni chaqirtirishdi.

U kemani to’liq, boshdan oyoq tekshirib chiqdi lekin tuzatmadi…

Keyin u bir marta kemada nimadirni urib qo’ydi.

Natijada esa kema tuzaldi va yura boshladi.

Kema egalari xizmat haqqi qancha bo’lishini so’rashdi.

Mexanik esa 20.000$ bo’ladi deb javob berdi.

Egasi esa: “Nima, qanaqa qilib? Bolg’a bilan bir marta urib qo’yishingizga 20.000$ olasizmi?” , deb hayron bo’lishdi.

Mexanik javob berdi: “Bolg’a bilan bir marta urishimga 10$, qayerga urishni bilganim esa 19.990$ bo’ldi” deb javob qaytardi.

Xulosa: Boshqalar qila olmaydigan ishlarni qilsangizgiz, boshqalarning aqli va sabri yetmaydigan ishlarni qila olsangiz qadringiz baland bo’ladi va qancha desangiz, shuncha pul to’lashga tayyor bo’lishadi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Nov, 09:50


Raqsga tushing❗️

Raqs miyaning qarishini oldini olar ekan. Germaniyalik olimlar bu kashfiyot ustida, 🟠🔴yoshdan oshgan insonlar orasida eksperiment oʻtkazishibdi.
Natijada miyaning qisqa xotiradan uzoq xotiraga javob beruvchi gippokama tuzilmasi anchagina ortibdi.

Olimlarning bu kashfiyoti bunday jismoniy harakatlar orqali miya qarishini sekinlashtirishda yordam beradi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

16 Nov, 06:18


Psixologik test. Manda toʻgʻri chiqdi sizdachi? 👍

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

16 Nov, 05:01


Erkak ayolini ,,quyoshim“ deb chakirsa, ayol oftobdayin nur sochadi, oftobdayin charaqlaydi.

,,Sevgilim” desa, ayol unga bor muhabbatini baxsh etadi.

Nazokatli ,,malagim"deb atasa, erkakni nozik tuygʻularga koʻmib tashlaydi.

Erkak hech narsa demasa, ayol xam loqayd boʻla boshlaydi.

Hammasi juda oddiy:
Ayollar erkakning tuygʻulariga yarasha javob qaytarishadi....

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

16 Nov, 03:49


•Hayot mana shunday beshavqat...
• Natijaga endi yetganingizda yiqitib yuboradi...
• Asosiysi, toʻxtab qolmang!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

16 Nov, 02:31


Ijodkorlik va kashfiyotchilik boshqalarga nisbatan oʻzgacha qarash va fikrlashni talab qiladi. Aynan shu qobiliyat sizning qiyinchiliklarda yoʻl topib, muammolarni hal qilishingizda foyda beradi!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

16 Nov, 00:57


Muvaffaqiyat hech qachon yakuniy emas, magʻlubiyat esa hech qachon halokatli emas; ahamiyatlisi – davom etish.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 17:39


❤️❤️❤️

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

Hammamizga ilm olish kerakligini yaxshi bilamiz. Aynan shu maqsadda Mirali Ramazonov sizlar uchun bepul darslar tayyorlaganlar! 🎓

Bu imkoniyatni boy bermang, bunday imkon har doim berilmaydi. 🆓
📌 Darslarda qatnashib, bilimlaringizni boyiting va muvaffaqiyat sari qadam qo‘ying!

👉 Hozir ro‘yxatdan o‘ting:
https://t.me/Mirali_Ramazonov_biznes_Dars_bot?start=psixolog

Ilm izlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Yordamchi psixolog

15 Nov, 15:01


Sizga kerakli bilimlarni BEPUL qo’lga kiriting!

📈 Biznesni noldan boshlashni xohlaysizmi? Ammo qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Endi imkoniyat bor!

🧠 Psixologiya va biznesning muvaffaqiyatli sirlarini o’rganing!
Tajribali marketolog va muvaffaqiyatli tadbirkor Mirali Ramazonovdan $500 qiymatidagi darslar to‘plamini bepul oling!

👉 Sizga faqat quyidagi havolani bosish kifoya:
https://t.me/Mirali_Ramazonov_biznes_Dars_bot?start=psixolog

🎯 O‘zingiz va biznesingiz uchun muhim qadamni qo‘ying — endi boshlang!

Yordamchi psixolog

15 Nov, 14:24


Hurmatli kuzatuvchilar!

Bugun sizlar uchun ajoyib sovg‘a bor! 🎁 Qiziqyapsizmi?

Unda 20:00 da kanalda e’lon qilinadi. Tayyor turing va hech narsani o‘tkazib yubormang!

Katta imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Yordamchi psixolog

15 Nov, 13:52


Kutasan. Kunlar, oylar oʻtadi. Sen esa kutaverasan. Umid qilasan. Oʻzingni ovutasan: men kuchliman, kutaman, deysan.

Lekin bir kun keladi va shuni anglaysan: shuncha kutganing faqat behuda vaqt oʻtkazish edi...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 10:48


Erkaklarning jahli chiqib turganda ENG zoʻr dori ayolining shirin soʻzidir

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 08:27


#Ajoyib_test_ekan

Eshitishingizga qarab biologik yoshingizni aniqlab oling.

Sinab koʻring

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 07:41


Buyuk insonlar orqasida buyuk ayollar turadi

Oʻzbek milliarderidan yosh yigitlarga maslahat!

Ayolingizni qadrlang va farzandlaringiz albatta buyuk shaxslar boʻlib yetishadi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 04:57


Olov ayolning siri nimada?

Ba’zi ayollarda ko‘zlari, so‘zlari va harakatlari bilan erkakni o‘ziga tortadigan ta’riflab bo‘lmaydigan, jozibali energiyasi bo‘ladi.

Buning siri nimada?

Buning siri uning ichki holatida, sezgirligida, yengil harakatlarida, ritmik ovozida va haqiqiy ayol ro‘lida...

Bunday ayolning erkagi omadli bo‘ladi. Chunki ayoli unga ilhom beradi, kuch-quvvat berib turadi. U o‘zining ovozi va ko‘z qarashi bilan erkakni o‘ziga jalb qila oladi. Uning to‘shagi doimo issiq va nafasi shahvoniy bo‘ladi. Jinsiy yaqinlik paytida erkakka shivirlash uchun so‘zlarni biladi.

Ushbu so‘zlarni aytganda, siz erkakni bog‘lashingiz va unga o‘zgacha tuyg‘u berishingiz mumkin. Keyin erkak xuddi shunday tuyg‘uni boshqa ayoldan izlamaydi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 04:05


Bolam, suvni kamroq ochib ishlat, chiroqlarni oʻchirib yur, pul ketyabdi deyish - Iqtisod.

Bolam, suvni kamroq ochib ishlat, chiroqlarni oʻchirib yur, isrof boʻlyapti deyish - Ibodat.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 03:11


Qiz bor xonadonga har kuni 12 ta farishta tushib ota-onasiga savob yozisharkan.

Azizlarim, savobdan benasib qolmay desangiz, qizingizni urishmang, urmang. Qiz bola ota-onasiga mehribon boʻladi. Boshqa oilaga kelin boʻlib ketganida ham, oʻy-xayoli siz bilan boʻladi. Hayotda bunga misollar koʻp.

Soliha qiz ota-onasini, soliha ayol erini Jannatga yetaklaydi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 01:37


Ertalab tezda uygʻonish uchun koʻzlaringizni 20 soniya davomida bor kuchingiz bilan yuming va keyin ularni oching. Shundan soʻng siz uxlashni xohlamaysiz...

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

15 Nov, 00:19


Xayot bu - yomgʻirdek goʻyo! Muntazam yogʻadigan yomgʻir baʼzan tomchilaydi, baʼzan jala quyadi...

Har kimning xayotida soyabon tutadigan odami boʻladi. U yomonliklardan himoya qilib, qalbingizga iliqlik olib kiradi. Xayotingizda shunday odamingiz  doim yoningizda boʻlsin.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

14 Nov, 14:16


Muhabbat - Qalblarga orom beradi!

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

14 Nov, 11:17


men va pul.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

14 Nov, 10:03


Oilada oʻrtancha farzandga qiyin shunday boʻlsa ham eng mehribon farzand shular boʻladi

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

10 Nov, 14:14


Har kecha yaqinlaringizni Allohga omonat qilishni unutmang.
Uxlab uygʻonmaslik bor, yoki uygʻonib topolmaslik.

Allohga omonatsiz yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

10 Nov, 09:39


#TAKLIF

Yakshanbani ikkita qilaylik. Bittasida dam olib, bittasida uy ishlarini qilaylik.

Nimasi bu Yakshanba kuni ham tinchlik yoʻq-ku. Hali u ish, hali bu ish

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

10 Nov, 06:29


Haftada kamida bir marta "dangasa kun" o'tkazish stress, yuqori qon bosimi va insult ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

10 Nov, 04:34


7 yoshgacha bola o'z-o'ziga adekvat baho beraolmaydi.


Ma'lumot beruvchi psixolog
𝐍𝐨𝐝𝐢𝐫𝐚𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 𝐒𝐨𝐭𝐯𝐨𝐥𝐝𝐢𝐲𝐞𝐯𝐚

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

10 Nov, 03:50


#Bugun

10-noyabr Xalqaro buxgalterlar kuni

Hurmatli buxgalterlar, ushbu muhim kun bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling!  Sizga toʻgʻri hisoblar va tezkor hisoblash, shuningdek, hayotda koʻp baxt va quvonch tilaymiz!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

10 Nov, 00:34


MAQSADINGIZ SHUNCHALIK ULKAN BO'LSINKI,
UNGA ERISHGANINGIZDA
HATTO O'ZINGIZ HAM HAYRATLANING!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 14:21


Bir necha Soniyalardan keyin nima boʻlishini, boʻlishimizni bilmaydigan hayotda nega bir birimizni xafa qilib yashashimiz kerak...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 11:45


Detroytdagi elektr kompaniyasida yosh mexanik haftasiga atigi 11 dollar topar, kuniga 10 soatdan ishlar va bundan mamnun edi.
Kunduzi ishlab, kechasi oʻz ustaxonasida dvigatel yaratish ustida ishlardi. Otasi unga bekorchi ishlar qilmaslikni uqtirar, qoʻshnilar esa uni tentak deb atardi.
Hech kim yigitning qoʻlidan bir ish kelishiga ishonmasdi.
Unga faqatgina rafiqasi ishonch bagʻishlardi. Ayol eriga tunlari tepasida kerosin lapma tutib turar, qoʻli moy boʻlganda tozalab qoʻyar, ishochn ila erini qoʻllab quvvatlardi.
Bir kuni qoʻshnilar hayratdan qotib qolishdi. Chunki oʻsha tentak xotini bilan koʻchaga allaqanday mashina minib chiqishdi. Ot minib oʻrgangan odamlarga bu uskuna moʻjiza edi. Tentak yigitning ismi tez elga yoyildi: Genri Ford...
Uning nomi ostida mashinalar ishlab chiqarila boshlandi.

Jurnalistlar unga savollar berishardi. Jumladan:
— Ayting-chi, keyingi hayotingizda kim boʻlib tugʻilishni istardingiz?
— Kim boʻlsam ham farqi yoʻq.
Faqat rafiqam yonimda boʻlsa bas! — derdi Genri.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 08:21


SIZ QANDAY INSONSIZ?

Imzo o‘lchamingiz katta-katta bo‘lsa, fikrlash doirasi va dunyo qarashi keng odam sanalasiz.

Agar imzoyingiz kichik o‘lchamda bo‘lsa siz bir so‘zli odamlar toifasiga kirasiz.

Uzun imzo sinchkov va ba’zan mijg‘ov odamlarga tegishli.

Kalta imzo chekuvchi shaxslar gapning mag‘zini tezda chaqishadi. Ular bir xillikni sira ham xushlamaydilar.

Dumaloq imzo egalari yuvosh, mehribon va o‘gir-vazmin bo‘ladilar.

Burchaksimon imzo chekuvchilar betoqat, injiq va jizzakilar sirasiga kiradi.

Harflar orasidagi oraliq katta bo‘lsa, saxiy va pul sarflashni yaxshi ko‘ruvchi shaxs ekanligidan dalolat.

Imzodagi harflar zich va mayda bo‘lsa uning egasi o‘ta tejamkor odamdir.

Imzoning yakunidagi element yuqoriga bo‘lsa, hayotdan mamnun; bordi-yu pastga yo‘nalgan bo‘lsa, tushkunlikka moyil odam ekanligini bilib olish mumkin.

Imzo yakuni to‘g‘riga yo‘nalib tugagan bo‘lsa, fe’l atvoridagi o‘zgaruvchanlikni sezish mumkin.

Bordi-yu imzodagi “dum”lar uzun bo‘lsa, bunday odamlar o‘zgalarning fikrini eshitishga qodir bo‘lishmaydi. “Dum” kalta bo’lgan taqdirda yuragi tor inson deya o‘ylashimiz mumkin.

Oddiy imzo egalari “muammo yo‘q” qabilida yashovchilar sirasiga kiradi, bachkana qo‘l qo‘yuvchi odamlar esa biroz pashshadan fil yasash xususiyatiga ega bo‘ladilar.

Noodatiy va original imzo egalari katta ijodiy salohiyatga ega, kashfiyotchi hamda hamisha ko‘tarinki kayfiyatda yuruvchilar toifasidandirlar. Bunday insonlar bilan esa zerikish nimaligini unutish mumkin. Hazilkashliklari bois atrofdagi barcha odamlarga ham kayfiyat ulasha oladilar.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 06:22


Maktabtablarda o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishlarida foydalanish uchun ajoyib yangiliklar bor ekan.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 05:24


Farzand bilan qanday qilib toʻgʻri gaplashish kerak?

Tez yema!
Ovqatingni yaxshilab chayna.

Yiqilasan!
Ehtiyot boʻl.

Sirpanib ketasan!
Oyogʻing tagiga eʼtiborli boʻl.

Hoʻl boʻlib ketasan!
soyabon olib ol, etigingni kiyib ol.

Yugurma!
Sekin ohista hotirjam qadam bilan yur.

Shoshilma!
Sen ulgurasan.

Yetar endi!
Tugatish vaqti keldi.

Uyalmayabsanmi?
Sening ishing meni juda hafa qildi.

Kim senga bunday gaplashishga ruhsat berdi?
Bizning oilada bunday gaplashishmaydi

Men senga aytmaganmidim!
Oʻzing uchun xulosalar chiqar va bu xatolaringni boshqa qaytarma

Senda hech narsa oʻxshamaydi!
Sinab koʻr, boʻlmasa nima boʻlishini bilmaysan

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 04:37


Psixo usul

Birinchi koʻrishishdagi imprint

Agar siz birinchi koʻrgan insoningizga jilmayib salomlashsangiz keyingi gal koʻrishganingizda u ham sizga jilmayadi. Bu imprint deb ataladi va beixtiyor yuz beradi. Odamlar odatda biror harakatga taqlid qiladilar.

Mobodo siz birinchi uchrashuvdayoq unga zahringizni sochsangiz keyingi uchrashuvda sizga ham jahl qilishlariga tayyor turing.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 03:15


#Bugun

9-noyabr bir-birini chin dildan sevuchilar kuni ekan.

Bayram bilan bir-biringizni tabriklab qoʻying.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

09 Nov, 02:54


Bugungi tavsiya...

Borligingizga shukr qiling...
Qoʻl-oyogʻingiz butligiga shukur qiling...
Rizqingiz borligiga shukur qiling...
Shu olamni koʻrayotganingizga, shamol shitirini, yomgʻir ovozini eshitayotganingizga shukur qiling!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

08 Nov, 23:12


Sizing ketayotgan yoʻlingiz oʻzgalarga emas, oʻzingizga yoqishi kerak chunki u yoʻldan ular emas siz yurasiz.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

08 Nov, 14:13


Yechilmaydigan muammolar boʻlmaydi, shunchaki baʼzi goʻzal yechimlar kechiktiriladi, xayrli vaqtgacha.!

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

08 Nov, 12:54


Hayotingizdagi eng muhim odam sizsiz!

— Hayotingizdagi eng muhim odam - bu oʻzingiz. Sizning sherigingiz emas, onangiz emas, bolangiz emas.

— Haqiqat shundaki, agar siz oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilishni, oʻzingizni sevishni oʻrganmasangiz, unda sizda boshqalar uchun ham xohish boʻlmaydi.

— Birinchidan, oʻzingizga gʻamxoʻrlik qiling. Bizga samolyot kabinasida bexosdan aytilmaganki, baxtsiz hodisa yuz berganda, oʻzimizni niqob bilan taʼminlashimiz kerak.

— Bu hayot haqiqati. Oʻzimizga gʻamxoʻrlik qilish, oʻzimizni sevish biz uchun juda muhim ... Axir, faqat oʻzimizni sevish orqali biz boshqalarga muhabbat bagʻishlashimiz mumkin.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

08 Nov, 11:47


Baqirmaydigan ONALAR!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

08 Nov, 09:15


Farzand tarbiyasi

‼️KAMSITMANG!

“Miyang bormi?”, “He, ahmoq!” Bular ota-onalarga tanish soʻzlar... Endi esa oʻzingizning bolalik onlaringizni xotirlang. Sizda bu soʻzlar qanday his uygʻotardi? Bola oʻzini kamsitilgan his qiladi va bora-bora oʻz kuchiga ishonchi yoʻqolaveradi.

‼️QOʻRQITMANG!

Bola “Yana ukangni ursang, qoʻlingni sindiraman!” kabi poʻpisalar bilan qoʻrqitilsa, unda ota-onaga nisbatan nafrat va qoʻrqinch uygʻonadi. Qolaversa, tarbiyaning qoʻrqitish uslubi bola xulqini yaxshilamaydi.

‼️VAʼDA TALAB QILMANG!

Aytaylik, bola biror shoʻxlik qildi. Ota yoki ona esa “Yana shunday qilasanmi?!” degancha bolaning boshida qahr qilichini yalangʻochlaydi. Yarim soatdan keyin esa xuddi oʻsha shoʻxligini takrorlaydi. Ona esa boladan xafa boʻladi. Bola uchun soʻz berish hech nimani anglatmaydi. Chunki u kecha yoki ertani oʻylab emas, hozirgi kun bilan yashaydi. Agar farzandingiz yumshoq koʻngilli boʻlsa, unda aybdorlik hissi tugʻila boshlaydi. Ortiqcha taʼsirchanlikka berilmaydigan bola esa gap boshqa, amal boshqa qabilida ish tutishni oʻrganadi.

‼️ORTIQCHA GʻAMXOʻRLIK QILMANG!

Ortiqcha gʻamxoʻrlik bolada “Men hech narsa qila olmayman” degan hisni rivojlantiradi. Oʻzingizga qoida qilib oling: “Bolaning qoʻlidan kelgan ishni hech qachon oʻzingiz qilmang”. Koʻpgina ota-onalar “Bolam buni qila olmaydi”, degan fikrda barcha ishni oʻz yelkalariga ortib olishadi. Ishoning, farzandingizning qoʻlidan ham koʻp ish keladi, faqat sabr bilan oʻrgatishni unutmasangiz, bas.

‼️BUYRUGʻINGIZ ZUDLIK BILAN AMALGA OSHIRILISHINI TALAB QILMANG!

Eringiz “Zudlik bilan barcha ishingni tashlab, oyoq kiyimimni tozalab ber”, deyishini tasavvur qiling. Bu sizga yoqmaganidek, bolaga ham yoqmasligi tabiiy. Biror ish buyurganingizda, uni avvalroq ogohlantiring: “10 daqiqadan keyin dasturxonni yigʻib, idishlarni yuvib qoʻy”. Bola qoʻgʻirchoq emas, koʻr-koʻrona buysuna olmaydi. Aks holda u oʻz fikriga ega mustaqil shaxs sifatida ulgʻayishini kutmasangiz ham boʻladi.

‼️HAMMA NARSAGA RUXSAT BERAVERMANG!

Bolaning har bir xarxashasiga quloq solib, aytganini qilaverish natijasida u xudbin boʻlib ulgʻayadi. Bu esa uning katta hayotga moslashishiga halal beradi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

08 Nov, 07:55


TELEFON RAQAMINGIZ SIZGA QANCHALIK OMAD KELTIRISHINI ANIQLANG_!

Bu juda oson! Astrologlarning fikriga kora, telefon raqamining oxirgi soni psixologiyada oziga xos oringa ega. U OMAD chaqirishi, kishiga ROMANTIK kayfiyat baxsh etishi va hatto asabiylashtirishi ham mumkin ekan.

1___Bu juda kuchli raqam. U ijobiy quvvatingizni oshirib, atrofdagilarga so
zingizni otkazishga yordam beradi. Bu raqam sohiblari anchayin ehtiyotkor bolishlari lozim. Kopam omadga ishonib qolmang. Ammo biznesmenlar va mansab pillapoyalaridan kotarilish orzusida yurganlar uchun ayni muddaodir.

2_ Bu raqam romantik kayfiyat baxsh etishga qodir. Shu sababli ham yosh juftliklar uchun juda munosib. U egasiga muloyimlik, aql bilan ish korish va kishilarni tushuna olish qobiliyatini ulashadi. Oxirgi soni “2” bolgan telefon raqamlari oziga ishonganlar va savdo xodimlariga qol keladi.

3__ Bu raqam ijod kayfiyatini ozida mujassamlashtirgan. Shu sababdan ham artistlar, shoirlar, musiqachilarlarga juda mos. U ilhomlantiradi va oz egasiga mashhurlik olib keladi. Ammo oldiga aniq maqsad qoyib, unga tomon intilayotlarga tavsiya etilmaydi.

4___ Bu raqam turg
unlik, ishonch va kuch olib keladi. Shuning uchun bank xodimlari, advokat va firma rahbarlariga undan foydalanish tavsiya etiladi. Agar katta oilangiz bolishini istasangiz aynan shu son bilan tugaydigan yangi raqam sotib oling.

5__ Bu son sarguzasht va turli qiziqarli vaziyatlarni jalb qilishga qodir. Shu bois uning sohibidan har narsani kutish mumkin. Yolg
izlikni, sayohat qilishni va erkinlikni yoqtiradiganlar tanlovi. Shuningdek bu son egasining masuliyatsizligidan ham darak berishi mumkin. Oilaparvar va ruhiy muammoga duch kelgan kishilar undan uzoqroq bolganlari afzal.

6__ Oilaparvarlar uchun eng yaxshi tanlov. U iliqlik, gamxorlik va himoyani ozida mujassamlashtirgan. Ammo juftini izlayotganlar oxiri “6” bilan tugaydigan raqamlarini ozgartirganlari maqul.

7__ Ha, bu sonni hech ikkilanmay g
aroyibotlarga boy deb aytsa boladi. U faylasuflar, hayot haqida fikr yuritishni yoqtiradigan kishilar uchun yaratilgan. Son ichki quvvatingizni va ozingizga bolgan ishonchingizning ortishiga yordam beradi.

8__ Pul chaqirish xususiyati tufayli tadbirkorlar uchun ayni muddao. Shuningdek u hamkasblar va sheriklarning sizga nisbatan ishonchi ortishiga ham yordam beradi. Bu son egasining ishbilarmon, tejamkor va qobiliyatli ekanini ko
rsatib turibdi.

9___ Rahmdillik va hamdardlik “9” soni bilan tugaydigan telefon raqami sohiblariga xos eng asosiy xususiyat. Uni tibbiyot xodimlari yoki hayriya ishlari bilan shugullanishni xush koruvchi kishilar tanlaganlari maqsadga muvofiq. Aytishlaricha omad mabudasi Fartuna ham shu sonni xush korgan ekan. Biroq biror xastalikdan aziyat chekuvchilar, shuningdek, moliyaviy ahvoli tang turganlar undan ehtiyot bolishlari lozim.

0 Atrofdagilar bilan oson chiqishib ketadiganlarning omadli soni hisoblanadi. Bu raqam orqali hamkor topish, sherikchilikda ish qilib, birgalikdagi loyihalarni muhokama qilish doim omad keltiradi. Jamoa bo`lib ishlaydigan insonlar hech ikkilanmay “0” bilan yakunlanadagan telefon raqamini tanlayversinlar.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 14:01


Kimdir siz qilgan ishni qila boshlasa hecham kuyinmang, aksincha xursand boʻling, axir kimnidir bu hayotdagi urinishlariga sababchisiz…Uzib ketish uchun esa chalgʻimaslik kerak!

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 09:55


Ontogenez psixologiyasi

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 08:17


Hurmatli erkaklar, qulogʻim tinch boʻlsin desangiz, ayolingizga pul yoʻq deb aytmang

Vaziyatingizni tushuntiring yoki keyin beraman deng, lekin pulim yoʻq demang. Ayollarni eng yomon koʻrgan gapi shu.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 07:18


Erkak boshini yerga qoʻysa, dam oladi — xotirjamlik tuyadi. Chunki u tuproqdan yaralgan.

Ayol esa erkakning (erning) koʻksiga boshini qoʻysa, xotirjamlik tuyadi. Chunki u qovurgʻadan yaralgan.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 05:47


#TEST_JAVOBI

1. “Ertaga kir yuvamanmi? Endi nima kiyaman?”

Stress 80 foizli:
Mayda-chuyda narsalargayam jizzaki boʻlib, asabiylashish. Sal narsaga kayfiyat tushib, urishib ketish holati. Ӯzingizni, sogʻligʻingizni oʻylash payti kelibdi. Bunday tarang asablar bilan yashash sogʻlikka va munosabatlarga putur yetkazadi. Dam olishni tavsiya qilamiz.

2. “Biroz kutaylik-chi, balki quyosh chiqib qolar...”

Stress 50 foizli:
Siz kutgan yechim boʻlmasayam, oʻzingizni tuta olasiz. Ammo murakkab vaziyatlarda asabiylik, tushkunlik sizni qamrab olishi mumkin. Ichga yutish ӯrniga, hamma narsada, boʻlgan voqea-hodisalardayam yaxshilikni koʻra boshlashni tavsiya qilamiz. Masalan, “Qani, biroz kutaylik-chi, balki havo ochilib qolar, ha, mayli, bugun kirlarni yuvmas ekanman-da.”

3. “Havo buzilgani yaxshi boʻldi, qoʻyaveringlar, kirlarni ertaga
yuvamiz”.

Stress 0 foizli:
“Daryo toshsa, toʻpigʻimga chiqmaydi”, deya olasiz. Sizga uncha-muncha narsa taʼsir oʻtkaza olmaydi. Judayam vazmin insonsiz. Sizning asablaringiz mustahkam. Siz stressga chidamlisiz.

4. “Shu yomgʻir yogʻsayam, yogʻmasayam, baribir shu kirni yuvaveraman!”

Stress 100 foizli:
Siz oʻz hayotingizdagi hamma narsalarga asabiylashgan koʻz bilan qarayapsiz. Real hayotga moslashmaslik, uni oʻzgartirishga urinish sizni har kun va har tun qiynab qoʻymayaptimi?
Shoshmang, tinchlaning...

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 05:38


#PSIXOLOGIK_TEST

SIZDA STRESS BORMI?

Qadim zamonlarda buvilarimiz qanday tarzda kir yuvganliklarini eslang. Ayollar suv tashib, isitib, kirlarni qoʻlda yuvib, chayib, siqib, arqonga osib quritishgan. Havoning buzilishi yuvilgan kirlarning qurimasligiga sabab hisoblangan. Bunday havoda kir yuvish ham yaxshi gʻoya emasdek kӯrinadi, goʻyo.

Yigʻilib qolgan kirlarni yuvmasangiz, hech iloji yoʻq.
Havo esa aynidi.
Nima qilasiz?

Javoblardan faqat bittasini tanlang.

1. Endi ertaga kir yuvamanmi? Nima kiyaman?

2. Biroz kutaylik-chi, balki yana quyosh chiqib qolar...

3. Bugun kir yuvmaydigan boʻldim! Havo aynib tursa, kir ham yuvilmaydi-da...

4. “Yomgʻir yogʻadimi, qor yogʻadimi, baribir shu kirni yuvaman!”

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 04:41


Uycha metodikasi

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 03:28


Nega doim menga "shunday erkaklar" uchraydi?

Eng birinchi sabab - qizga otasiga o‌xshagan inson, yigit kishiga - onasiga o‌'xshagan inson uchraydi. Sababi bola oppoq qog‌'ozga o‌'xshab ( ya'ni hech narsani bilmagan holda ) dunyoga keladi . U ota - onasidan, do‌'stlaridan , yaqinlaridan, begonalardan olgan o‌'zini noto‌'g‌'ri  fikrlari orqali o‌'ziga cheklovchi qarashlar (bloklar) paydo qiladi. Bu bloklar travmaga aylanadi.

Ichki holat - doimiy bloklar , travmalar oshib borishi natijasida bolani ichki holati (asl meni) buziladi. Asl meni qolib, atrofdagi insonlar singdirgan narsalar bilan bola ulg‌'ayadi, natijada abyuzer, narsiss yoki "yaxshi qiz sindromi" da yoki yana boshqa bir ko‌'rinishdagi farzandni ulg‌'aytiramiz!

Ko‌'p hollarda shunday munosabatdagi muammolarda farzandlar ota-onalarini, ba'zilar taqdirni, ba'zilar Allohni , ba'zilar munosabatdagi turmush o‘rtog‘ini ayblaydi.
~ YO‌'Q !!! Aslida buning barchasi bizni ichki holatimizdan kelib chiqib bizga shunday insonlar uchraganini bildiradi!

Xo‘o‘sh endi menga shunaqa inson uchragan bo‌'lsa nima qilishim kerak? Baxtsizligimcha qolib ketamanmi?

Ha, qachonki siz o‌'z ustingizda ishlamasdan buni keyinga, keyinga, keyinga qoldirib kelsangiz, badalini ajrashish, farzandlarni yetim qoldirish, pulsiz qolish, uysiz qolish, ruhiy buzilishlar bilan to‌'laysiz.

Shuning uchun kasal bo‌'lishdan ko‌'ra kasallikni oldini olgan yaxshi emasmi? Bunga  birdan bir yo‌'li ilm olib o‌'zlikni anglash orqali kelish mumkin.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 01:52


Nayabr oyida tug‘ilganlar haqida
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

01 Nov, 01:19


Yaxshi kayfiyat bilan kunni kutib oling.

Jilmaying va mehrli boʻling.

Oʻzingizni va dunyoni seving.

Ertalabki badan tarbiya va nonushta qiling.

Boriga baraka bersin, in shaa Olloh. Boringizga shukr qiling.

Kun rejasi va aniqlikka rioya qiling.

Kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda boʻling.

Gʻiybat qilmaslik va nolimaslikka odatlaning.

Yaqinlarga yaxshiliklar tilang.

Kasbingizni yaxshi kuring, seving.

Boʻsh vaqtingizda ijodkorlik bilan shugʻullaning.

Kun davomida kayfiyatingizni oʻzingiz koʻtaring va xotirjamlikni barqaror tuting.

Oʻzingizga ishoning va faqat ijobiy fikrlang.

Eng muhimi kuningizni mehr ichida boʻlish va mana shu mehrdan boʻlishishlan boshlang. Shunda, dunyo sizga “Xush kelding!”-deydi.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

31 Oct, 13:41


Hech oʻkinmang! Hali shunday kunlar keladiki, Sizni qoʻli bilan koʻrsatganlar, Sizni olqishlab qarsak chaladilar.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

31 Oct, 12:05


Bolani kim koʻproq oʻylaydi?

Ota yoki ona?

onalar nima ish bilan band boʻlishmasin, hayolini bir chetida doim farzandlari boʻladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

31 Oct, 08:57


Besh yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan yoshlarning fikrlash va tafakkur qobiliyatini oshirish uchun adabiyot tanlashda ularning yoshiga mos ravishda turli janr va mavzularni tanlash muhim. Oʻzbek va jahon adabiyotida turli yosh guruhlari uchun koʻplab asarlar bor, ular yoshlarning tushunchalarini kengaytirib, ularni fikrlashga undaydi. Quyida yosh guruhlariga mos tavsiyalar keltiriladi.

5–7 yosh:

Bu yoshda bolalarning tasavvurini rivojlantirish va dunyoga qiziqishini oshirish muhim. Quyidagi kitoblar bolalarning tanish faoliyatlarini tasvirlash va ularni kuchli maʼnaviy xulosa chiqarishga yoʻnaltirishga yordam beradi.

Oʻzbek adabiyoti:

Abdulla Qahhorning “Sarvinoz” kabi qissa va ertaklari – bolalarning tasavvurini kengaytiradi va doʻstlik, oʻzaro hurmat kabi maʼnaviy qadriyatlarni oʻrgatadi.

Ertaklar: “Alpomish”, “Shirali va Shiroyim”, “Boʻri va Tovuq” – bu milliy ertaklar bolalarga ezgulik va yovuzlik haqida chuqur fikrlar beradi.

Jahon adabiyoti:

Gans Xristian Andersen: “Sevgi va togʻ”, “Qirol qizchasi” – bolalarning fantaziya va tasavvurini kengaytiruvchi ertaklar.

Aesop afsonalari – bolalarga axloq va inson munosabatlari haqida sodda, ammo chuqur fikrlar beradi.

8–10 yosh:

Bu yoshda bolalarda fikrlash jarayoni rivojlanib, atrofdagi voqea va hodisalarni tahlil qilish qobiliyati shakllanadi. Quyidagi kitoblar bolalarga ijtimoiy faoliyatlar va odob-axloq toʻgʻrisidagi tushunchalarni yaxshilashga yordam beradi.

Oʻzbek adabiyoti:

Oybek: “Nurlar quyilishi” – odamlarning mehnati, qurbonliklar va doʻstlik haqidagi asar.

Qodir Mirzo: “Yoshlar uchun qissalar” – bolalarni yaxshi amallar qilishga undagan qissalar.

Jahon adabiyoti:

Mark Tven: “Tom Soyerning sarguzashtlari” – bolalarni doʻstlik, magʻrurlik va qoʻrqmaslik haqida oʻylashga undaydi.

Antuan de Sent-Ekzyuperi: “Kichik shahzoda” – bolalarning fikrlash va dunyoqarashlarini kengaytiradi, asl qadriyatlar haqida chuqur maʼno beradi.

11–13 yosh:

Bu yoshda yoshlarning tafakkuri yanada teranlashib, murakkab tushunchalarni qabul qilishga tayyor boʻladi. Ularga hayot haqidagi chuqur maʼnolarni oʻrgatuvchi asarlar taklif qilinadi.

Oʻzbek adabiyoti:

Abdulla Qodiriy: “Oʻtkan kunlar” – tarixiy roman boʻlib, yoshlarga qadriyatlar, muhabbat va hurmat haqida chuqur maʼnolar beradi.

Gʻafur Gʻulom: “Shum bola” – bolalarning oilaviy munosabatlar va jamiyatdagi oʻrni haqida fikrlashlariga yordam beradi.

Jahon adabiyoti:

Jek London: “Oq Koʻl” – odamlar va hayvonlar oʻrtasidagi munosabatlarni chuqur oʻrganadi va tabiatning insoniyat uchun ahamiyatini koʻrsatadi.

Jul Vern: “Sirli orol”, “Dunyo boʻylab 80 kunda” – yoshlarni sarguzasht va ilmga qiziqtiradi.

14–16 yosh:

Bu yoshda yoshlar chuqur falsafiy va ijtimoiy tushunchalarni qabul qilishga tayyor boʻladi. Ularga mustaqil fikrlash, dunyoqarashini kengaytirish uchun murakkab asarlar oʻqitish mumkin.

Oʻzbek adabiyoti:

Alisher Navoiy: “Xamsa” (bir qancha qisqa qissalar bilan) – inson haqiqati va maʼnaviy olamning qadrini tushuntirib beradi.

Choʻlpon: “Kecha va kunduz” – milliy ozodlik va shaxsning ichki kurashini oʻrgatuvchi roman.

Jahon adabiyoti:

Lev Tolstoy: “Jangovu tinchlik”, “Ilhomli hayot” – insoniy qadriyatlar, jang va tinchlik, hayotning falsafiy masalalari haqida yoshlarni chuqur oʻylashga undaydi.

Frans Kafka: “Metamorfoz” – shaxsning ijtimoiy jamiyatdagi oʻrni va inson tabiati haqida chuqur maʼnolarga ega asar.

Xulosa

Yosh oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun adabiyot tanlashda yosh va qiziqishlarni inobatga olish muhim. Yoshlarning oʻzlariga yaqin va tushunarli boʻlgan asarlar orqali ularning fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini oshirish, oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini jadal rivojlantirish mumkin.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

31 Oct, 08:12


Ota -onalar va xodimlar uchun qiziqarli mashg'ulot.
Ota -onalar majlislarida o'tkazsa bo'ladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

31 Oct, 06:17


Farzandingiz buyuk inson boʻlib yetishishini xohlasangiz, unga buyuklardek muomala qiling.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

31 Oct, 04:30


Soʻkinish stressga olib keladi

Soʻkinish asablarni izdan chiqarib, organizmda koʻplab kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Markaziy asab tizimi soʻkinishni agressiya deb qabul qilib, tanani stress holatiga oʻtkazar ekan. Bunday holatda inson hatto tanasida boʻlayotgan ogʻriqlarni ham sezmay qolishi mumkin.

Doimiy stress yurak-qon tomir, asab kabi tizimlarni qiynaydi va insult, infarkt, qandli diabet, gipertoniya kabi kasalliklar kelib chiqishini tezlashtiradi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

31 Oct, 03:26


Juda qiziq hikoya ✓✓✓

Kelishgan bir kishi mehmonxonaga keldi va xo‘jayinni ko‘rishni so‘radi. Voqea xo‘jayin yetib kelgandan keyin boshlandi.

- Mijoz: 39-xona bo‘shmi?
- Xo‘jayin: Xa janob.
- Mijoz: Buyurtma qila olamanmi?
- Xo‘jayin: Albatta janob.

Mijoz xonaga ketishdan oldin xo‘jayindan bitta qora pichoq, 39sm oq ip va 73g apelsin yetkazib berishlarini so‘radi.

Xo‘jayin mijoz so‘ragan g‘ayrioddiy narsalardan xayratlangan bo‘lsada xop dedi.

Mijoz xonasiga ketdi. U ovqat yoki boshqa yana hech narsa so‘ramadi.

Afsuski, xo‘jayinning xonasi baxtiga qarshi 39-xona yonida edi.

Tun yarmida xo‘jayin mijozining xonasidan eshitilayotgan g‘alati ovoz va shovqindan uyg‘onib ketti. Yovvoyi havonlarning va polga otilayotgan buyum va idishlarning ovozilari edi.

Xöjayin o‘sha tun uxlay olmadi. O‘sha shovqin nima va qayerdan kelganligi haqida o‘ylab tashvishlanib chiqdi.

Ertalab mijoz kalitlarni shefga topshirganda, nihoyat, xöjayin xonani borib ko‘rishini aytdi.

U xonani borib ko‘zdan kechirdi va bildiki, hamma narsa joyida. Noodatiy hech narsa yo‘q. Hattoki stolning ustida turgan ip, qora pichoq va apelsinni ham ko‘rdi.

Mijoz pulni to‘ladi va mehmonxona xizmatchilariga juda yaxshi choychaqa ham berib, tabassum qilgancha mehmonxonani tark etdi.

Xo‘jayin hayratda edi, ammo u mehmonxona xodimlariga o‘zi eshitganlari haqida aytmadi. Chunki, u o‘zidan shubhalanishni boshlagan edi.

Bir yil o‘tib xuddi o‘sha mijoz yana keldi. U yana shefni ko‘rishni so‘radi. Xo‘jayinning esa bu boshqotirmadan boshi qotgan edi.

Mijoz aynan oldingidek bir xil narsalarni so‘radi: 39-xona, qora pichoq, 39sm oq ip va 79g bir dona apelsin.

Bu safar xo‘jayin hamma narsani ishga solib bo‘lsada haqiqatni bilishni xohladi. U tunni nimadir sodir bo‘lishini kutib uyqusiz o‘tkazdi. Va nihoyat tun yarmiga kelganda yana o‘shanday ovoz va shovqinlar eshitila boshladi. Faqat bu safar o‘tgan yilgiga qaraganda ancha shovqin va tushunish qiyin bo‘lgan ovozlar edi.

Mijoz yana ketishidan oldin hisobini to‘ladi va stolning ustida mehmonxona xizmatchilari uchun anchagina choychaqa qoldirdi. Bu safar uning yuzida tabassumi yo‘q edi.

Xo‘jayin mijoz so‘ragan har bir narsadan ma‘no izlashni boshladi. Nega u aynan 39-xonani so‘radi? Nima uchun oq ip? Nega aynan qora pichoq??? Aslini olib qaraganda xo‘jayin bu savollarning birontasiga ham asos bo‘la oladigan yechimga kelolmagandi.

Endi xo‘jayin mart oyini, mijozning keladigan oyini sabrsizlik bilan kutayotgan edi.

Mart oyining birinchi kunida ayni o‘sha mijozning yana kelishi uni battar hayratlantirdi. U yana odatdagidek o‘sha xonani berishlarini so‘radi va oldingidek yana o‘sha narsalarni keltirishlarini aytdi.

Xo‘jayin bu safar oldingilaridan ham shovqinroq bo‘lgan yana o‘sha ovozlarni eshitdi.

Ertalabda, mijoz mehmonxonadan ketayotganda, xo‘jayin xushmuomalalik bilan uzr so‘radi va xonadagi shovqinlarning ortidagi yashirin sirni bilishni so‘radi.

- " Agar men sizga o‘sha sirni aytsam, uni boshqa hech kimga hechqachon aytmaslikka va‘da berolasizmi?"
-" Men va‘da beraman hech kim bu haqida bilmaydi"
-" Ont iching"
-" Ont ichaman hech kimga aytmayman"
Va nihoyat, axiyri, mijoz xo‘jayinga sirni aytdi.

Afsuski, xo‘jayin juda samimiy va sofdil inson edi. Hozirgacha u o‘sha sirni hech kimga aytmadi.

Qachon u aytsa, men sizlarga bu haqda albatta xabar beraman...
Erinmay o‘qiganingiz uchun rrrrraaaaaxxxxxmmmmaaaaatttt😊😊😊

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Oct, 23:23


Hayot bayram! Siz bu bayramning soatlarini belgilang!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

30 Oct, 10:45


Agar rasmda koʻlni koʻrayotgan boʻlsangiz, dam olishga boring

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

27 Oct, 01:35


Har kun sizni yotoqdan sakrab turishga majbur qiladigan bir maqsadingiz boʻlsin. Shunday maqsad qoʻyingki, unga erishish uchun tashlanayotgan dadil qadamlaringizning oliy mukofoti boʻlsin, sizni har kun harakatga undasin!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Oct, 13:47


Mabodo kerak boʻlib qolsam, huv anavi yettinchi qavatdagi qizil derazali uyni pastidagi koʻk balkonli uy borku, oʻshandan chapdagi uyning shunday ikki qavat pastidagi jiggarrang romli balkonda pista chaqib oʻtirgan xoladan soʻraysiz

Xayrli tun yaxshi odamlar !

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Oct, 11:52


Eringiz boy, omadli boʻlishini istasangiz shu 3 qoidaga amal qiling:

1) U bilan bahslashmang
2) Unga aql oʻrgatmang
3) Uni eʼtirof etib maqtang

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Oct, 10:28


𝐀𝐠𝐚𝐫 𝐛𝐮 𝐭𝐞𝐱𝐧𝐢𝐤𝐚𝐝𝐚𝐧 𝐟𝐨𝐲𝐝𝐚𝐥𝐚𝐧𝐦𝐚𝐬𝐚𝐧𝐦𝐚𝐬𝐚𝐧𝐠𝐢𝐳, 𝐤𝐮𝐧𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐬𝐚𝐦𝐚𝐫𝐚𝐥𝐢 𝐨'𝐭𝐦𝐚𝐬𝐥𝐢𝐠𝐢 𝐚𝐧𝐢𝐪.

Ma'lumot beruvchi psixolog 𝐒𝐨𝐭𝐯𝐨l𝐝𝐢𝐲𝐞𝐯𝐚 𝐍𝐨𝐝𝐢𝐫𝐚𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Oct, 07:21


Erkakning boyligi uni tushunadigan ayoli borligida...

Bir-biringizni tushunib, sevib yashang. Shunda oila mustahkam boʻladi. Hayot past-u balandliklardan iborat bir yoʻldir.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Oct, 05:15


#Bugun

26-oktyabr-Yoqimli va kutilmagan hodisalar kuni

Bayramni kim va qachon boshlagani nomaʼlum, ammo u juda ijobiy fikrlaydigan, dunyoga ochiq inson ekanligi ayon. Har yili bu kun tobora koʻproq tarafdorlarga ega boʻlmoqda, shuning uchun bugungi kunda u tobora keng tarqalgan bayramga aylanib bormoqda.

Kunning anʼanalari, tabiiyki, bayramning nomidan kelib chiqadi - bu kunda boshqa odamlarga, hatto begonalarga ham biron bir sababsiz turli xil “yoqimlilar” qilish odat tusiga kiradi. Va kutilmagan sovgʻa yoki eʼtibor quvonchi har birimizning hayotimizda muhim rol oʻynaydi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Oct, 03:40


Deyl Karnegi - Barchani Baxtli Qilishning Oddiy Usuli.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

26 Oct, 01:43


Bugunni yashang! Bugun borsiz, bugun baxtli bo'ling!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 13:20


Sizning eng ko'p aldaydigan, minglab va'dalar berib, ularning ustidan chiqmaydigan odamingiz bu – o'zingiz.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 10:34


Qarama -qarshiliklardan qochishning bir usuli

O'zingizni raqibingizning so'zlariga qo'shilganday tasavvur qiling: “Kutilmagan fikr! Men yaxshilab o'ylab ko'rishim kerak ... "

Bu odam bu mavzuni tezda yopadi, chunki u sizni haq ekanligiga ishontira olgan deb o'ylaydi.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 09:03


Ulkan kemaning dvigateli ishdan chiqdi va uni hech kim tuzata olmadi.

Va nihoyat uni tuzatish uchun 40-yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan muhandis-mexanikni taklif qilishdi.

U dvigatelni sinchkovlik bilan tekshirdi va sumkasidan kichkina bolgʻachani chiqardi. Keyin qaysidir detalni urdi. Dvigatel tezda ishlab ketdi. U ta’mirlangan edi!

Oradan 7 kun oʻtgach injener ta’mirlash xizmati haqini 20 000 dollar ekanligini aytdi.

- Nima?, - deya hayron boʻldi kema xoʻjayini. - Siz qariyb hech narsa qilmadingizku? Bizga batafsil tushuntirib bera olasizmi...

- Javob oddiy,- dedi mexanik. - Bolgʻa bilan urish bahosi 2 dollar. Ammo qayerga, qancha va qanday urishning qiymati 19 998 dollar. Oʻz bilim va tajribasini qadrlash muhim. Chunki bu - kurashlar, tashvishlar va koʻz yoshlar natijasidir. Agar men ishni 30 daqiqada tugatgan boʻlsam, buning sababi shundaki, men 20 yil davomida bu ishni 30 daqiqada qanday bajarishni oʻrgandim.

Hech qachon oʻz mehnatingizni arzon baholamang. Sizning 1 kunlik ish kuningiz, hayotingizning 1 kuniga tengdir.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 06:19


#JAVOBLAR👇👆

1⃣Klaviatura - Siz yoshsiz va oʻrtacha darajadagi beparvo insonsiz Qiziqarli narsalarni oʻtkazib yubormang Oʻz qadringizni biling, lekin uni ortiqcha baholamang. Shu bilan birga, sizda juda nozik tuygʻu va hamdard, yumshoq tabiat yashaydi.

2⃣ Shisha idish - Boshqa odamlar bilan munosabatlarda siz koʻpincha tarbiyachi va maslahatchi rolini bajarasiz. Sizning eng katta kamchiliklaringizdan biri bu oʻzingiz uchun haddan tashqari tanqidiy munosabatda boʻlishingizdir. Oʻzingizga va yutuqlaringizga boʻlgan munosabatingizni qayta koʻrib chiqmaslik jiddiy stressga olib kelishi mumkin Asosiysi oʻzingizga ishoning

3⃣ Stol va stullar - Siz har qanday tahsinga loyiq ajoyib doʻst va mehribon sheriksiz. Sizga yaqin odamlar sizga ishonishlari va koʻpincha maslahat olishlari ajablanarli emas!

4⃣ Idishlar - Siz oʻlchovli va uyushgan hayot kechirasiz va ajoyib suxbat va muloqot qobiliyatlariga egasiz.

5⃣ Klaviatura belgilari - siz doimo mayda-chuyda narsalarga ham e’tibor beradigan odamsiz. Sizda chuqur uygʻunlik hissi bor va siz odamlarni mukammal tushunasiz. Shuning uchun sizning muloyim tabiatingiz ehtiyotkorlik maskasi ostida yashiringan
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 05:37


​​#PSIXOLOGIK_TEST

Rasmda birinchi boʻlib nimani koʻrdingiz Oʻzingizni bilishning oson usuli.
Urunib koʻring ushbu test 97% ga toʻgri

1⃣ Klaviatura
2⃣ Shisha idish
3⃣ Stol Va Stul
4⃣ Idishlar
5⃣ Klaviatura Belgilari

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 04:39


80 YOSHDA HAM 40 YOSHDEK YASHASH MUMKIN

Van Deshun:

Men 44 yoshimda ingliz tilini oʻrganiishni boshladim.

49 yoshimda oʻzimning pantomima guruhimni yaratdim.

50 yoshimda men birinchi marta trenajer zalida shugʻullanishni boshladim.

57 yoshimda men sahnada oʻynadim va "jonli haykal" deb nomlangan noyob san’at turini yaratdim.

70 yoshimda esa, men, oʻz tanam ustida ishlashga shoʻngʻidim.

79 yoshimda men ilk marta podiumga chiqdim.

Hozir men 80 yoshdaman va menda hali gʻayrat-shijoat bor. Menda - men intilayotgan orzular bor.

Agar siz juda kech, deb aytsangiz, oʻylab koʻring, chunki bu - shunchaki, bahona boʻlishi mumkin, faqat hech narsa qilmaslik, hayoti uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaslik, avvalgidek, lekin komfort hududda qolish uchun bir bahona, xolos.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 03:32


TABASSUM🙂

Birgina arzimagan harakat orqali yopiq eshiklar ochiladi, qorongʻu qalblar yorishadi, ogʻrigan koʻngillar taskin topadi...

Nahotki bu qiyin?

Jilmaying BU SIZGA YARASHADI🙃
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

25 Oct, 01:25


Siz ertalab toshoynaga qaraysizmi?

Ertalab oynaga qarab, “Men chiroyliman”, “Namuncha qarib ketdim!”, “Munchayam xunukman!” degan sizmidingiz? Sizning bitta toshoynangiz bor. Bu toshoyna atrofdagilar. Ular sizga qanday munosabat bildirishmoqda? Shu munosabat sizning aksingizdir.

Agar, sizga qaxrli munosabat bildirilayotgan boʻlsa, demak, oʻzingizning ichingizda qaxr bor. Sizga tuxmat munosabati boʻlsa, demak, siz tuxmat kutgan gumondor boʻlgansiz.

Aksingiz oʻzingizga yoqmayaptimi? Sizga boʻlgan munosabat yomonmi? Yaxshi boʻlishiga aks-sado bering. Ya’ni siz yaxshilik tilang. Yaxshilik tilash u inson yomon munosabat qilsayam, xaqoratlasayam, taxqirlasa ham chidash degani emas. Bu balkim kechish, ya’ni kechirish, ya’ni uzoqlashish deganidir balki.

Ajirim bilan oʻzoqlashish oʻrtasida farq bor. Uzoqlashish bu sizga yoqmagan hislatini oʻzingizga olmaslikdir. Uni oʻzgartirishga intilish - dunyo yomon va men uni yaxshilayman demakdir.

Dunyo yomon emas, siz bu dunyodagi kerak nafasni oling xolos. Kerak boʻlmagan nafasni ichingizga yutmang.
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

24 Oct, 22:49


Tong saharda uygʻonib, derazangizdan ajib bir manzarani koʻrsangiz, sizni moʻjizakor tabiat, purviqor togʻlar qarshi olsa, quyosh togʻlar osha bosh koʻtarib jamolini koʻrsatsa, begʻubor togʻ xavosi dimogʻingizni qitiqlasa be’ixtiyor Yaratganga shukur aytasiz!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

24 Oct, 13:59


Ayrim insonlar borki, baribir nimadandir noroziligicha qolaveradi. Siz ularning umidini hech qachon oqlay olmaysiz. Chunki ular noroziligining asl sababi sizda emas, oʻzlarining ichida.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

24 Oct, 13:21


#kayfiyat
Erkaklar va ayollar orasida
sir saqlash sxemasi
😊😁😄😂

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

24 Oct, 10:15


Ulgʻaygach, biz anglab yetadigan haqiqatlar

1. Samolyot meni olib ket deb qichqirganing bilan, pilot seni eshitmaydi.

2. Tushib qolgan kiprigingni sogʻingan odamingni eslab puflab yuborsang u odam kelib qolmaydi.

3. Uyda shakar va tuz ham tugashi mumkin ekan, sotib olish kerak boʻlarkan.

4. Bogʻcha va bolalar oromgohida tushlikdan keyin uxlab olish jaaa unaqa yoqimsiz ish emas...

5. Shoʻrvadagi sholgʻom, minde opqaraganda mazali boʻlarkan.

6. Yulduz uchgan payt tilak qilishni foydasi yoʻq, u yulduz aslida milliard yillar ilgari soʻnib boʻlgan, xuddi seni orzularing kabi.

7. Divaningni tagida mahluq yoʻq, boʻlsa ham undan qoʻrqishmas, gaplashib oʻtirging, uni dardini eshitging keladi.

8. Bolaligingda sen uchun dunyodagi eng baquvvat inson boʻlib tuyulgan dadangni, charchadim deganini koʻrasan ekan...

9. 5 sinfda oʻqib yurganingda, 4 sinfdagi sevganingga yozgan xatingdagi samimiylik, haqqiqiylik, jiddiylik, hozir ijtimoiy tarmoqlarda qizlarga gapiradigan gaplaringdan koʻra 1000 barobar kuchli boʻlganini anglab yetasan.

10. 1 million soʻm, umuman olganda katta summa emas ekan...

11. Oying shapkangni kiyib ket demay qoʻygan boʻlsada, oʻzing qidirib topib kiyib ketasan.

12. Maktabda a’lochilikda senga raqib boʻlgan qiz, hozir bozorda oddiy sotuvchi boʻlib ishlayotganini koʻrganingda, oʻzingni hozirgi holatingdan kelib chiqib ichingda gʻoliblik hissi emas, achinish hissi hukmron boʻlarkan...

13. Sherali Joʻrayev qoʻshiqlari yoqa boshlar ekan, soʻzlariga e’tibor berib eshitarkansan.

14. Birinchi martta "Uyda yolg‘iz" filmi seni yurtinga kelib, sen koʻrgan paytda, Amerikada Keyvin Makalaster ismli tengdoshim bor deb oʻylab yurgan davrlaringda, u uje davno ulgʻayib, hatto, narkoman ham boʻlib ketganini oʻylamagansan.

15. Koʻngling tusaganki narsani hatto uyingdan chiqmasdan, hoziroq zakaz qilib yeyishga puling bor, lekin xohish yoʻq.

16. Eng krutoy qimmat telefon xohlamaysan, senga kerakli funksiyalari boʻlsa boʻldi.

17. Bolang kasal boʻlganida, ayolingni holatini koʻrib, oʻz onangni tushuna boshlaysan.

18. Uxlashga yotganingda orzu qilib emas, maqsad va rejalarni oʻylab yotasan.

19. Tugʻilgan kuning jaaa unaqa osobyy bayram emasligini tushunasan.

20. Qor yemaysan. Qorbobo esa aslida bogʻcha qorovuli boʻlganini eslaysan...

21. Hammamiz qachonlardur soʻnggi bor koʻchaga bolalar bilan oʻynagani chiqqanmiz, bu bolaligimiz tugayotgan payt edi. Lekin hech kim oʻsha soʻnggi bor oʻynagani chiqqan kunimizni eslay olmaymiz...
👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

22 Oct, 05:10


Ayollar uch xil boʻladi: aqlli, chiroyli, mehribon. Lekin aralash turlari ham uchrab turadi:

1. Aqlli + chiroyli = “jallod”

2. Aqlli + mehribon = chiroyli emas

3. Mehribon + chiroyli = ahmoq

4. Aqlli + mehribon + chiroyli = uning qadriga yetmaydigan ovsar bilan uchrashib yuradi!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

22 Oct, 00:44


Tongda uygʻonishni oʻzi bir moʻjiza! Biz buni doim takrorlangani uchun ham uncha his etmaymiz.

Erta tongda Robbingiz sizni uygʻotdimi, demak, sizni Oʻzi rozi boʻladigan amallardan koʻproq qilib olib, nafaqat bu dunyoda, oxiratda ham cheksiz neʼmatlari ila ikrom qilishni xohlagan. Bundan unumli foydalanib qolish oʻzimizga bogʻliq. Fursatni qoʻldan boy bermaylik.

Ezgu ishlarda oʻzib ketuvchilardan boʻlish siz-u bizlarga nasib etsin!

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 14:57


Koʻchadan oʻynab charchab kelib kechki ovqatni yeb olib kino boshlanishini kutib, boshim yostiqqa tekkan zahoti uxlab qoladigan bolaligimni sogʻindim!

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 09:08


Roʻzgʻordagi, oiladagi baraka erkakning qancha topishida emas, ayolining qanoatiga, shukrona qilishiga bogʻliq!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 07:17


#JAVOBLAR

Rasmda nimaga ko'proq e'tibor qaratdingiz? Siz ko'rgan surat siz uchun hayotda eng muhim bo'lgan narsani ko'rsatadi.

🏠Uy — Oilangiz siz uchun muhim. Uy siz uchun eng qulay va o'zingizni xavfsiz his qiladigan joy. Har bir narsa uyda bo'lganidagina o'zingizni  tinch va hotirjam his qilasiz

🌊Daryo — Xotiralar siz uchun muhim. Hayotingizda sodir bo'lgan barcha muhim narsalarni eslaysiz: odamlar va voqealar. Siz hayotda yaxshi xotira qoldirishni istaysiz.

🕊Qush parvozi — omad, baxtli tasodif — bu siz uchun muhim va ularning odamlar hayotida qanchalik ahamiyatliligini tushunasiz. Sizning barcha harakatlaringiz doimo muvaffaqiyatli bo'lishiga astoydil intilasiz.

🐺Bo'ri — O'zingizga ishonishingiz juda muhim. Siz bu hayotda faqat o'zingizga ishonishingiz mumkin deb o'ylaysiz. Sizning obro'ingiz, sizning ahvolingiz, intilishlaringiz o'zingiz uchun juda muhimdir. Siz bu hayotda qilgan barcha ishlaringiz uchun javobgarlikni o'z bo'ynigizga olgansiz.



'---' Arg'imchoq — Balans siz uchun muhim. Siz muvozanatli odamsiz. Hayotingizda kuchli his-tuyg'ular va o'zgarishlarni yoqtirmaysiz. Har bir narsada barqarorlik kerak deb hisoblaysiz

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 07:15


#psixologik_test

Suratda birinchi bo'lib nimani ko'rdingiz ?
Tanlovingiz siz uchun hayotda eng muhimi nima ekanini anglatadi !

1.Uy
2.Daryo
3.Qush parvozi
4.Bo'ri
5.Arg'imchoq

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 05:46


Bunday soʻzlar talaffuzingizni ravon va aniq qiladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 03:36


Ong ostining biz bilmagan sirlari

Ong osti — bu bizning ongli ravishda sezmaydigan, lekin hayotimizga katta ta'sir ko'rsatadigan aqliy jarayonlar to'plamidir. Keling, ong osti haqida bilmagan bir nechta qiziqarli faktlar bilan tanishamiz.

Yashirin xotiralar

Ong osti bizning bolalikdagi travmatik voqealar yoki hissiy tajribalarni saqlaydi. Bu xotiralar ongli ravishda esga olinmasa-da, bizning hozirgi hayotimizga ta'sir qilishi mumkin.

Intuitsiya

Intuitsiya, ya'ni sezgi - bu ong ostimizning bizga yetkazadigan signallari. Masalan, yangi odam bilan tanishganingizda, sizda unga nisbatan darhol his-tuyg'ular paydo bo'lishi mumkin. Bu intuitsiya, ya'ni ong ostida saqlangan tajriba va ma'lumotlar asosida yuzaga keladi.

Tushlar

Tushlar ong osti faoliyatining bir qismi hisoblanadi. Tushlar ko'pincha kun davomida boshdan kechirgan voqealarimiz va his-tuyg'ularimiz bilan bog'liq bo'ladi. Bu orqali ong ostimiz bizga turli signallar yuborishi mumkin.

Avtomatik harakatlar

Ong osti kundalik hayotimizdagi ko'plab avtomatik harakatlarni boshqaradi. Masalan, velosiped haydashni o'rganganingizdan keyin, bu harakatlar avtomatik ravishda amalga oshiriladi va siz ongli ravishda bu haqda o'ylab o'tirmaysiz.

Reklama

Reklamalar ong ostiga ta'sir qilishning turli usullarini qo'llaydi. Subliminal reklamalar, ya'ni ongsiz ravishda qabul qilinadigan signallar orqali reklama kompaniyalari sizning xarid qilish qarorlaringizga ta'sir qilishi mumkin.

Ong osti inson aqliy faoliyatining qiziqarli va murakkab qismidir. Uning sirlarini o'rganish bizga o'zimizni va atrofimizdagi odamlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ong osti haqida bilish hayotimizni yanada samarali boshqarishga imkon beradi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 01:49


#Bugun
21-oktyabr - OʻZBEK TILI kuni!

1989-yil 21-oktyabr kuni Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan, unga muvofiq oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.

Oʻzbekistonda davlat tili oʻzbek tilidir! Bu yurtning har bir fuqarosi oʻzbek tilini bilishi zarur!

Barchaga Oʻzbek tili kuni muborak boʻlsin!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

21 Oct, 01:14


Bir kun keladi. Erta tongda uyg'onasiz.
Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz.
"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o'sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.

• Bugun boshlang !
• Bugun urinib ko'ring!
• Bugun qadam tashlang!

Ertaga kech bo'lishi mumkin.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Oct, 13:37


“VAZIYAT VAʼDASIGA ISHONMANG”
Boʻron va dovul vaqtida berilgan vaʼda tinch va sokin ob-havo mahali unutiladi.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Oct, 09:54


Nega ba'zi odamlar uyqusida gapirishadi?

— Tushda gaplashish odati, aniq maʼlumotlarga koʻra, ota-onadan meros bo'lib o'tadi. Psixologlar odam ilgari aytgan so'zlarini tushida takrorlaydi, deb hisoblashadi.

— Olimlarning fikricha, bu shunchaki stress yoki ruhiy zarba oqibatida kelib chiqadi. Dunyoda katta yoshli kishilarning 5 foizi, yosh bolalarning esa 30 foizi tushida gapiradi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Oct, 08:57


Sinab koʻring 😉

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Oct, 07:31


Hayot shunaqada gohi shodlik gohi gʻam

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Oct, 05:02


Ayolingiz sizdan pul soʻraganda jahl qilib yoʻq deyishdan oldin bir savolga javob bering

- Ehtiyojlarini sizdan soʻramasa, unda kimdan soʻrasin?

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

20 Oct, 02:49


Ruhiy ozodlikka erishing, fikrlash, mulohaza qilish sizniki. Unga ega chiqishlariga yoʻl qoʻymang…

Xayrli kun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 14:43


Muhabbatni tushunadigan, koinot cheksizligini anglagan, ishq pokiza tuygʻu ekanligini sezgan, farosat koʻchasidan chiqmagan, dunyoga omonat ekanligimizni hisobga olgan koʻngil bilan uzoq suhbat qursang, vaqt tugamasa....

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 10:39


Ushbu o'quv qo'llanmada maktabgacha, kichik maktab
yoshidagi, xamda yordamchi maktab boshlang'ich sinf o'quvchilarini
aqliy qobiliyatini, diqqatini, ko'rish, eshitsh va idrok qila bilish, nutqini
• rivojlantirishga oid 100 dan ortiq o'yinlar berilgan.
O‘quv qo'llanmadagi o'yinlar turli xii pedagogik omillarni amalga
oshirishda yordam beradi.
Mazkur o'quv qo'llanma psixologlar, ota-onalar, logopedlar,
tarbiyachilar, boshlang'ich sinf o'quvchilar, yordamchi maktab
o'quvchilari va turli xil jamoa markazlarida bolani maktabga tayyorlash
jarayonida keng qo'llaniladi.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 09:05


Dengiz, toza havo, togʻlar va qushlar.. Bari maromida. Bir zumga boʻlsa ham gʻam tashvishlarni unutib yuboradigan joy ekan.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 07:42


😊Kayfiyatingizni koʻtarish uchun oddiy qoidalar:

– Depressiyani his qilyapsizmi?
Kuningizni erta boshlang

— Stressni his qilyapsizmi?
Yaxshi koʻrgan ishingiz bilan shugʻullaning

— Hafsalasizmisiz?
Koʻchada sayr qiling

— Qiyinchiliklar haqida oʻylayapsizmi?
Nafas mashqini bajaring

— Oʻzingizni umidsiz his qilyapsizmi?
Sizda bor narsalarni eslang va qadrlang.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 06:25


Bosh miya yarimsharlarini bir vaqtda ishlatish mashqi

Ranglarni toʻgʻri topa oldingizmi?

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 05:29


Dunyoning tahminan 85% odami o'naqay qolgani esa chapaqay ekan. Ba'zilar esa ikkala qo'lida ham yozaveradi ularning miyasining ikkala tarafi ham ishlaydi degani.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 03:48


#Bugun

19-oktyabr - Erkaklar baxti kuni

Garchi erkak qatʼiyat, chidamlilik va jiddiylik timsoli boʻlsa-da, u ham baʼzan sevganidan, ayolidan shirin soʻz, yaxshi KOMPLIMENT olib turishni xohlaydi.

Bugun eringizdan eng iliq soʻzlaringizni qizgʻonmang. Uning koʻnglini oling.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

19 Oct, 01:33


Qiyinchiliklar hamisha boʻladi. Xozirdanoq oʻzingizni baxtli his qilishni oʻrganing. Keyin ulgurmasligingiz mumkin.

Xayrli tong yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 13:29


Dunyoda mehrdan arzon narsa yoʻq. Bir ogʻiz shirin soʻz, bir chimdim mehr kimni oʻldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz...

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 11:20


Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 09:31


Bolangizni lider boʻlishini hohlaysizmi? Buning uchun nimalar qilish kerak?

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 07:52


85% Erkaklar ko'z oynak taqadigan ayollarni taqmaydiganlarga nisbatan chiroyli deb bilishadi!


👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 05:12


Bir erkak Jannatga kiribdi. Oʻziga atalgan qasrning birinchi xonasiga kirsa, nihoyatda goʻzal bir parivash turgan ekan.
- Keyingi xonada mendan ming chandon goʻzal sizni kutyapti, - debdi pari.
Keyingi xonaga kirsa haqiqatda undanda goʻzal parivash turgan ekan. U ham:
- Keyingi xonada mendan ming chandon goʻzal sizni kutyapti, - debdi.

Keyingi xonaga kirsa haqiqatda undanda goʻzal parivash turgan ekan. Shunday qilib xonadan xonaga oʻtaveribdi. Bir-biridan goʻzal parilarga duch kelibdi. Soʻngra oxirgi xonaning eshigini ochgan ekan, ne koʻz bilan koʻrsinki, oʻzining ayoli turgan ekan. Shunda er oʻz ayolini koʻrib, boshqa parilarni unutib yuboribdi...

P.S.: Darhaqiqat, hurmatli erkaklar, hammaning oʻz ayoli dunyodagi eng goʻzal boʻladi. Faqat buni anglay bilish kerak!

Jannatlarda hammaga oʻz sevganlari bilan boʻlish nasib etsin!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 04:48


Er bu — ER!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 03:15


#Bugun

18-oktyabr - Butunjahon ayol baxti kuni

Ayol baxti – jamiyat baxti. Ayol baxti - farzandlari va oila aʼzolari salomatligi, oila totuvligi. Barcha ayollarimizga baxt-saodat tilaymiz!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

18 Oct, 02:31


Baʼzida yoʻnalishni xam oʻzgartirib turish kerak sabr xar doim xam toʻgʻri yoʻl emas.

Xayrli kun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Oct, 13:30


Har qanday muammoga ham albatta yechim bordir. Muammolardan aslo nolimang.

Xayrli tun yaxshi odamlar!

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Oct, 12:28


Shu aniqki, bolalarni erkin va oʻz ihtiyoriga koʻra biror narsalar qilishidan toʻsishimiz oqibatida, ularni qoʻrqoq, qul darajasiga tushirib qoʻyamiz.

👉@yordamchi_psixolog

Yordamchi psixolog

17 Oct, 09:39


Stressdan chiqish uchun faktlar:

O'zingizni tushunish: Stressni keltirib chiqaradigan sabablardan xabardor bo'lish va o'zingizni yaxshiroq tushunish stressni kamaytirishga yordam beradi. Masalan, nimadan qo'rqishingiz yoki nimaga haddan tashqari e'tibor berayotganingizni anglash.

Nafas olish texnikalari: To'g'ri va chuqur nafas olish stressni tezda kamaytirishga yordam beradi. Diqqatni nafas olishga qaratish orqali ongni tinchlantirish mumkin.

Pozitiv fikrlash: Manfiy fikrlarni ijobiylariga almashtirish psixikani mustahkamlashga yordam beradi. Stressli vaziyatlarda imkon qadar umidli va konstruktiv fikr yuritishga harakat qilish kerak.

Dam olish usullari: Meditatsiya, yoga va boshqa dam olish texnikalari ongni tinchlantiradi va stressdan qutulishga yordam beradi.

Ijtimoiy yordam: Do'stlar, oila yoki mutaxassislar bilan gaplashish hissiy yukni yengillashtiradi. Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash stressdan chiqishda juda muhimdir.

👉@yordamchi_psixolog