"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati @uzbekcoaluz Channel on Telegram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

@uzbekcoaluz


Sayt: uzbekcoal.uz
Youtube, Twitter, Tiktok, Instagram: @uzbekcoaluz
Matbuot: t.me/Nemat_Dushayev
FB:facebook.com/uzbekcoal1
Murojaat: @uzbekcoal_bot
@antikorrupsiya_uzcoal_bot
+998781503980
[email protected]
Manzil: 110200, Toshkent vil. Angren sh. Istiqlol 1

Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyati (Uzbek)

Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyati is a channel dedicated to promoting and sharing information about the coal industry in Uzbekistan. The channel provides updates on the latest developments, news, and initiatives related to coal mining and production in the country. With a focus on transparency and accountability, Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyati aims to educate and inform its audience about the importance of the coal industry in Uzbekistan's economy. Through their website uzbekcoal.uz and social media platforms such as YouTube, Twitter, TikTok, and Instagram (@uzbekcoaluz), Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyati engages with a wide audience interested in the coal sector. They also share valuable resources and information through their Telegram channel t.me/Nemat_Dushayev and Facebook page facebook.com/uzbekcoal1. For any inquiries or feedback, users can reach out to @uzbekcoal_bot and @antikorrupsiya_uzcoal_bot on Telegram, or contact them via phone at +998781503980 or email at [email protected]. The physical address of Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyati is 110200, Toshkent vil. Angren sh. Istiqlol 1. Join Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyati to stay informed about the coal industry in Uzbekistan and be a part of the conversation surrounding this vital sector of the economy.

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

18 Nov, 10:49


#Diqqat!

“O’zbekko’mir” AJning bo’sh ish o’rinlariga talabgorlarning ariza va hujjatlarini qabul qilish muddati 2024 -yil 19-noyabr soat 17:00 ga qadar uzaytirildi.

Ariza va hujjatlarni uzbekcoal.uz sayti orqali topshirshingiz mumkin.

***
Срок приема заявлений и документов на вакансии АО «Узбекуголь» продлен до 17:00 19 ноября.

Подать заявку и документы можно через сайт uzbekcoal.uz.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

18 Nov, 09:15


Andijon viloyatida aholini joriy kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash uchun imtyozli narxlarda 243 ming tonna ko‘mir mahsuloti ajratilgan.

Izboskon tumanida bu boradagi ishlar belgilangan reja asosida olib borilmoqda. "Ko‘mir ta’minot" MCHJ viloyat filiali tomonidan tumandagi aholi iste’molchilarini noyabr oyi oxirigacha qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlash choralari ko‘rilayotir.

Tumanda aholiga rejadagi 20 ming 977 tonna arzonlashtirilgan ko‘mir mahsulotining shu kungacha 12 ming tonnasi yetkazib berildi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

18 Nov, 06:52


18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

16 Nov, 07:23


#Murojaat_va_yechim
ISTE'MOLCHI MUROJAATI JOYIDA IJOBIY HAL ETILDI

Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masalalar mutasaddilar tomonidan tezkor o‘rganilmoqda va joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda.

15-noyabr kuni "O‘zbekko‘mir" AJ telegram boti (@uzbekcoal_bot)ga Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani O‘rtaqishloq MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Saydullo Ahmadjonovdan mahalliy ko‘mir xarid qilishda muammoga duch kelayotgani haqida audio murojaat kelib tushdi.

Murojaat mutasaddilar ishtirokida tezkor ko'rib chiqilib, shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi va murojaatchining talabi qondirildi.

Hurmatli fuqarolar! Mahalliy ko‘mir xaridi chog‘ida muammoga duch kelsangiz yoki taklif va mulohazalar, savollaringiz bo‘lsa, quyidagi "Ishonch telefon"lari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

▪️“Ko‘mir ta’minot” MCHJ - 71-244-38-28.
▪️“O‘zbekko‘mir” AJ  Ishonch telefoni - 78-148-30-03.

Shuningdek, matnli hamda audio va videomurojaatlar @uzbekcoal_bot manzilida ham qabul qilinadi.

“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

16 Nov, 05:38


Энергия таъминоти бўйича бажарилган ишлар ва режалар кўриб чиқилди

Президент Шавкат Мирзиёев 15 ноябрь куни аҳоли ва иқтисодиёт тармоқларини энергия билан узлуксиз таъминлаш, соҳа корхоналарида самарадорликни ошириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/657648

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

15 Nov, 16:57


Aholi iste’molchilarini joriy kuz-qish mavsumi uchun mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi bilan imtiyozli narxlarda ta’minlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Surxondaryoda ayni kunlarda «Ko‘mir ta’minot» MCHJ viloyat filialiga qarashli 13 ta hududiy ko‘mir ombori ishlab turibdi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

15 Nov, 05:15


Bugun, 15-noyabr kunidan Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” 15-noyabridan 15-dekabriga qadar davom etadi.

“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” 490-sonli buyrug‘i qabul qilingan.

Buyruq bilan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirini o‘tkazish yuzsidan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq, “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirini amalga oshirish bo‘yicha “O‘zbekko‘mir” AJ komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Oylik doirasida tarkibiy tuzilmalarda yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha barcha xodimlar yo‘riqlashdan o‘tkaziladi, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha seminarlar va maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, ishchi-xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshiriladi.

BATAFSIL O‘QISH

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

13 Nov, 09:07


#Bosma_nashrlarda
Ayrim iste’molchilar yoqilg‘ining tashqi ko‘rinishi (yirik yo maydaligi)ga qarab baho beradi va xato qiladi. Aslida ko‘mirning sifati deganda, uning fraksiyasidan tashqari yonuvchanligi, kulchanligi, namligi ham e’tiborga olinishi kerak, deb yozadi “Andijonnoma” gazetasi.

Nashrda respublikamizda ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan ichki ehtiyoj, qazib olinayotgan ko‘mir hajmlari hamda ushbu yoqilg‘i turlarini aholi iste’molchilariga yetkazib berish bilan bog‘liq jarayonlar, shuningdek aholi iste’molchilarining mahalliy ko‘mirga nisbatan fikrlari batafsil yoritilgan.

Ma’lumot uchun, 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun aholiga 242,1ming tonna ko‘mir yetkazib berilgan bo‘lsa, joriy mavsumda ushbu ko‘rsatkich 292,0 ming tonna etib belgilangan. Ayni kunlarda ehtiyojlar uchun ko‘mir yetkazib berish ishlari jadal davom etmoqda. Buning uchun filial tasarrufidagi 8 ta mahalliy ko‘mir ombori va shoxobchalari ishlab turibdi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

13 Nov, 07:57


Respublikamizda joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ob’ektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi –53-kasbiylashgan yong‘in qutqaruv bo‘linmasi boshlig‘i Alijon Mamatqulovning ta’kidlashicha, yoz ham, qish ham yong‘indan qutqaruvchilar uchun sinov davri hisoblanadi, chunki yong‘in va boshqa tabiiy ofatlar yilning qaysi faslidan qat’iy nazar sodir bo‘lishi mumkin.

Shu boisdan ishda va uyda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, elektr jihozlarini yaxshi holatda saqlash, olovga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish lozim. Zero, tilsiz yovni jilovlashdan ko‘ra uning oldini olish osonroq.

Demak, konchilar, ular qaysi kasb va lavozimda bo‘lmasin, yong‘in xavfsizligi oylida faol ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.

👉https://uzbekcoal.uz/uz/news/yongin-xavfsizligi-oyligida-faol-ishtirok-etaylik

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

12 Nov, 15:52


Qashqadaryo viloyatida aholiga qulaylik yaratish maqsadida uzoq hududlarga ko‘chma ko‘mir savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

12 Nov, 13:22


Pop tumani tog‘li hudud bo‘lib, bu yerda mavjud 77 mahallaning 61 tasi tabiiy gazga ulanmagan.

“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Namangan viloyati filialiga qarashli Pop tuman hududiy ko‘mir ombori tomonidan aholiga qish mavsumi uchun hozirgacha 11 ming 480 tonna ko‘mir tarqatildi.

Bugun ko‘mir omboriga “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan yana to‘rt vagon mahalliy ko‘mir tushirildi.

Mahsulot aholiga onlayn ro‘yxatga muvofiq mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirokida tarqatilmoqda.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

12 Nov, 12:46


#vakansiya

“O’zbekko’mir” AJning bo’sh ish o’rinlariga ishga qabul qilish uchun talabgorlarning ariza va hujjatlari, 2024-yilning 12-noyabr soat 17:00 dan 18-noyabr soat 17:00 ga qadar uzbekcoal.uz sayti orqali qabul qilinadi.

***
Заявки и документы соискателей на вакантные должности и профессии АО «Узбекуголь» принимаются с 17:00 12 ноября до 17:00 18 ноября 2024 года на официальном сайте uzbekcoal.uz.

Obuna boʻling👇https://t.me/uzbekcoaluz

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Twitter

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

01 Nov, 18:12


ANGREN SHAHRI_1 MILLION TONNALIK MARRA ZABT ETILDI_01.11.2024


OBUNA BO‘LING: NURAFSHON TV

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

01 Nov, 14:42


💠 Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida navbatdagi seminar oʻtkazildi

Joriy yilning 1-noyabr kuni vazirlik xodimlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi.

Tadbirda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma va boʻlim rahbar xodimlari hamda tizimosti korxonalarining Komplayens xodimlari  ishtirok etdi.

Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq maxsus oʻquv treninglarida ishtirok etgan vazirlik va tizimosti korxonalarning xodimlariga sertifikatlar topshirildi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

01 Nov, 12:22


#Spartakiada
Bugun erta tongdan start olgan sportning mini-futbol bo'yicha musobaqasiga yakun yasaldi. G'olib bo'lgan jamoalar Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🥇 "Temir yo'l transporti" filiali
🥈 "Shaxta usulida ko'mir qazib olish" filiali
🥉 "Angren ko'mir koni" filiali

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

01 Nov, 11:44


Namangan viloyatida kuz-qish mavsumi uchun shu kungacha 192 ming tonna ko‘mir tarqatildi

Jumladan Norin tumani aholisi 9 ming 790 tonna, ijtimoiy soha ob’ektlari 980 tonna, Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi tadbirkorlar 6 ming 583 tonna qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlandi.

Hozirda "Ko‘mir ta’minot" MChJ tasarrufidagi Norin tuman ko‘mir omborida 1,8 ming tonna zaxira bor.

Ushbu omborxona tomonidan tuman iste’molchilariga joriy kuz-qish mavsumi uchun 33 ming 127 tonna ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.


Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

01 Nov, 11:36


Президент Навоий вилоятида янги саноат ва энергетика лойиҳаларини бошлаб берди

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

01 Nov, 05:21


#Mini_futbol
Bugun ertalab "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida 11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlab navbatdagi tadbir - sportning mini futbol turiga start berildi.

Turnirda aksiyadorlik jamiyati ijro apparati va filiallarning jami 12 futbol jamoasi yashil maydonga tushmoqda. Jamoalarga omad tilaymiz!

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

26 Oct, 09:15


Ayni kunlarda “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Toshkent viloyati filiali tasarrufida ynettita ko‘mir ombori ishlab turibdi.

Angren ko‘mir ombori Angren, Ohangaron shaharlari va Ohangaron tumanidagi ko‘mirga ehtiyojmand budjet tashkilotlari va aholi iste’molchilariga xizmat ko‘rsatadi.

Budjet tashkilotlari talabini qondirgan omborxona xodimlari ayni kunlarda aholiga ko‘mir tarqatmoqda. Jarayon sentyabr oyida boshlangan va dekabrda tugaydi. Ombor mudiri Sardor Sharobiddinovning ta’kidlashicha, yil oxirigacha barcha xaridorlar albatta oladi. Har bir iste’molchi, ijtimoiy mavqei, yoshi va jinsidan qat’i nazar, davlat standarti bo‘yicha 2 tonna BZR navli ko‘mir olish huquqiga ega.

Joriy mavsum boshidan buyon 25-oktabr holatiga angrenliklar ehtiyoji uchun 1928,58 tonna, Ohangaron shahri va Ohangaron tumani aholisiga 1694,55 tonna ko‘mir tarqatildi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

26 Oct, 09:06


⚠️ Кам таъминланган оилалар автоматик равишда газ ва электр энергияси учун бир мартали компенсация оладилар

📌 Иситиш мавсумида (ноябрь-февраль) коммунал тўловларга харажатлар ортади. Эҳтиёжмандларга кўмак бериш учун, давлат йилда бир марта қуйидагилар бўйича ёрдам пули, яъни 270 минг сўм тўлайди:

асосий рўйхат бўйича. Унга “Ягона ижтимоий ҳимоя реестри” орқали болалар нафақаси ва/ёки моддий ёрдам оладиган оилалар киради (1,2 млн оила);

қўшимча рўйхат бўйича. Унга бошқа эҳтиёжмандлар киради (180 минг оила).

📞 Пул картага 2024 йил 27 ноябрдан кейин ўтказилади. Мурожаат қилиш учун «Инсон» ижтимоий хизматлар марказининг тезкор линияси ишламоқда — 1140.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

25 Oct, 14:32


⚠️ Эртага "Сукунат" куни

🔛 Бугун Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайлови бўйича депутатликка номзодлар ва сиёсий партияларлар учун белгиланган сайловолди ташвиқотнинг охирги куни.

Сайлов куни 27 октябрь ва овоз беришга бир кун қолганида 26 октябрь кунлари сайловолди ташвиқотига йўл қўйилмайди.

Шу билан бир қаторда, сайлов куни ва овоз бериш бошланишидан бир кун олдин:

🟢жамоатчилик фикри сўровлари натижаларини;

🟢сайлов натижалари прогнозларини;

🟢ўтказилаётган сайлов билан боғлиқ бошқа тадқиқотларни эълон қилиш (ҳаммага маълум қилиш);

🟢шу жумладан ахборот тармоқларига, шунингдек Интернет жаҳон ахборот тармоғига жойлаштириш
ТАҚИҚЛАНАДИ.

Биноларга, иншоотларга ва бошқа жойларга илгари жойлаштирилган сайловолди ташвиқоти материалларини сайлов куни ва овоз беришдан бир кун олдин олиб қўйилиши мажбурий ҳисобланмайди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

25 Oct, 14:27


#Saylov2024

"Сайлов-2024": муҳим танловга тайёрмисиз?

Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва халқ депутатлари маҳаллий кенгашларига бўлиб ўтадиган сайловларга 2 кун қолди. Сайловни ташкил этишга доир сўнгги тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда. Сизчи, ҳурматли фуқаро, конституциявий ҳуқуқингиздан фойдаланган ҳолда муҳим танловга тайёрмисиз?


Батафсил: https://uza.uz/posts/649746

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

25 Oct, 08:27


Bugun, 25-oktabr kuni respublikamizning barcha hududlarida “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiyadan maqsad qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir.

Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qog‘ozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanish, qog‘ozlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’lumot uchun, “Xalqaro qog‘ozsiz kun” aksiyasi Axborot va tasvirni boshqarish assosiatsiyasi (AIIM) tomonidan 2016 yilda tashkil qilingan bo‘lib, qog‘ozdan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan. Assosiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 1 tonna qog‘ozni tejash yoki qayta ishlash 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 3 kub metr yer, 240 litr yoqilg‘i va 4000 kVt/soat elektr energiyasini “tejab qoladi”.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

24 Oct, 05:40


#Konchi_kundaligi

DUNYODAGI ENG YIRIK KO‘MIR KONLARI

❗️Yer yuzida ko‘mir konlari ko‘p. Ammo barcha konlarni ko‘pincha borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan bo‘lib, ularning paydo bo‘lish sabablarga ko‘ra hammasini ham o‘zlashtirish mumkin emas. Biz sizning e’tiboringizga ulkan tabiiy boyliklarni o‘z ichiga olgan yirik ko‘mir havzalaridan bir nechtasini havola qilamiz.

▪️TUNGUS HAVZASI, ROSSIYA (KO‘MIR ZAXIRALARI - 2,299 TRILLION TONA)


Ko‘mir konlari hajmi bo‘yicha so‘zsiz dunyo yetakchisi bir million kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallagan va Irkutsk viloyati, Yakutiya va Krasnoyarsk o‘lkasi hududlarini qamrab olgan Rossiyaning Tungus havzasiga tegishli. Blokning zaxiralari 2,299 trillion tonna toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirni tashkil qiladi. Havza konlarini to‘liq miqyosda o‘zlashtirish haqida gapirishga hali erta, chunki mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish zonalarining aksariyati borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashganligi sababli hali yetarlicha o‘rganilmagan. O‘rganilgan hududlarda qazib olish ochiq va yer osti usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

▪️LENA HAVZASI, ROSSIYA (1,647 TRILLION TON)


Yakutiyada va qisman Krasnoyarsk o‘lkasida dunyodagi ikkinchi yirik ko‘mir havzasi joylashgan. Lenskiy konining zaxirasi 1,647 trillion tonna bo‘lib, bu yerda qo‘ng‘ir va toshko‘mir bor. Blokning asosiy qismi Lena daryosi havzasida, Markaziy Yoqut pasttekisligida joylashgan. Ko‘mir havzasining maydoni 750 ming kvadrat kilometrga yetadi. Lena bloki ham hududga kirish imkoni yo‘qligi sababli to‘liq darajada o‘rganilmagan. Qazish ishlari shaxtalarda va ochiq konlarda amalga oshiriladi. Yong‘in sababli “Sangars” koni 1998-yilda yopilgan va hali qayta ishga tushirilmagan.

KANSK-ACHISK HAVZASI, ROSSIYA (638 MILLIARD TONNA)

Dunyodagi eng yirik ko‘mir bloklari reytingida uchinchi o‘rinni Kansk-Achinsk havzasi egallaydi, uning zaxiralari 638 milliard tonna bo‘lib, asosan qo‘ng‘ir ko‘mirdir. Havzaning uzunligi Trans-Sibir temir yo‘li bo‘ylab taxminan 800 kilometrni tashkil qiladi.
Blok Krasnoyarsk o‘lkasi, Irkutsk va Kemerovo viloyatlarida joylashgan. Uning hududida o‘ttizga yaqin konlar topilgan. Havza rivojlanishi uchun normal geologik sharoitlar bilan tavsiflanadi. Qatlamlarning sayoz yuzaga kelishi tufayli hududlarni o‘zlashtirish karyer usuli yordamida amalga oshiriladi.

▪️KUZBASS, ROSSIYA (635 MILLIARD TONNA)

Kuznetsk havzasi mamlakatdagi eng yirik rivojlangan bloklardan biridir. Kuzbassning geologik ko‘mir zaxiralari 635 milliard tonnaga baholanadi. Havza Kemerovo viloyatida va qisman Oltoy va Novosibirsk viloyatida joylashgan bo‘lib, u yerda mos ravishda subbitum ko‘mir va antratsit qazib olinadi. Kuzbassda qazib olishning asosiy usuli er osti usuli hisoblanadi, bu esa yuqori sifatli ko‘mir qazib olish imkonini beradi. Yoqilg‘i hajmining yana 30% ochiq usulda qazib olinadi. Ko‘mirning qolgan qismi - 5% dan ko‘p bo‘lmagan - gidravlikadan olinadi.

▪️ILLINOIS HAVZASI, AQSH (365 MILLIARD TONNA)

Dunyodagi beshinchi yirik ko‘mir zaxirasi Ilinoys havzasi bo‘lib, maydoni 122 ming kvadrat kilometrga teng. Ushbu havza Illinoys va Kentukki hamda Indiana shtatlarining bir-biriga qo‘shni mintaqalarida joylashgan.
Havzadagi ko‘mirning geologik zaxiralari 365 milliard tonnaga yetadi, shundan 18 milliard tonnasi 150 metr chuqurlikda bo‘lib, ochiq usulda qazib olish uchun qulay. Ularning 90 foizgacha qismi, ya’ni mavjud to‘qqizta qatlamdan faqat ikkitasi ‒ Xarrisburg va Xerrindan olinadi. Taxminan bir xil miqdordagi ko‘mir issiqlik energetikasi ehtiyojlari uchun ishlatiladi, qolgan hajmlar kokslanadi.

“O‘zbekko‘mir” gazetasining 5-6 (89 90)-sonlaridan olindi

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

24 Oct, 05:08


27-oktyabr. Saylovda ishtirok eting!

27 oktyabr. Saylovda ishtirok eting!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

24 Oct, 04:56


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 2 kun qoldi

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

23 Oct, 07:24


25-OKTABR KUNI “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKO-AKSIYASI O‘TKAZILADI

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan tadbirdan ko‘zda tutilgan maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va uni oqilona ishlatishni targ‘ib
qilishdir.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan hozirgi sharoitda biz qog‘ozdan qanchalik kam va oqilona foydalansak, nafaqat daraxtlarni asrab-avaylagan, shuningdek ortiqcha sarf-xarajatlar va ovoragarchiliklarning ham oldini olgan bo‘lamiz.

“Qog‘ozsiz bir kun”" eko-aksiyasida faol ishtirok eting, hamkasblar!

Dilshodbek Ziyayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati devonxona mudiri

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

23 Oct, 04:01


“O‘ZBEKKO‘MIR” gazetasining 2024-yil 19-oktabr kungi 5-6 (89-90)-qo‘shma sonlarida:

1️⃣ ▶️ Atham Umarov: – “O‘zbekko‘mir” AJ: 9 oyda 4 739,7 ming tonna ko‘mir qazib chiqarildi”;

▶️ Fotima Rahmatullayeva: – “Kuzatuv kengashiga yangi rais saylandi”;

▶️  Filiallarda: – ““Apartak” koni: 1 million tonnalik marra zabt etildi”;

2️⃣▶️ Ne'mat Dushayev: – “Aholi iste’molchilarining onlayn-ro‘yxati shakllantirilmoqda”;

▶️ Dilshodbek Ziyayev: – ““Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasida faol ishtirok eting!?”;

3️⃣▶️ Konchi kundaligi: – “Dunyodagi eng yirik ko'mir konlari”;

4️⃣▶️ Диана Андреевa: – “Стальнй путь угля”;

5️⃣▶️ Ne’mat Dushayev: – “Bor bo‘ling, omon bo‘ling, ustoz konchilar!”;

6️⃣▶️ Диана Андреева: – “Надземно-подземная жизнь”;

8️⃣  Futbol: – “Futbol: 86-bo‘lim jamoasiga ofarin!”;

▶️ Itellektual o'yin: – “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali jamoasi ‒ g‘olib!”.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

23 Oct, 03:00


Bugun, 23-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 23-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/648208

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

22 Oct, 07:59


#Infografika
“Apartak” konida ko‘mir qazib chiqarish hajmlarining o‘sib borishi haqida ma’jumot

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

22 Oct, 04:07


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 4 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 14:37


Ўзбекистон халқига байрам табриги

Батафсил: https://uza.uz/posts/647925

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 13:14


“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’navaiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Qurilish-monttaj ishlari” filiali majlislar zalida tashkil etilgan bayram tadbirida respublika san’at ustalari qatnashdi.

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 05:37


#Muhim_sana

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'ldi

Til inson qalbining ko‘zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o‘sha xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Bejizga biz til so‘ziga ona so‘zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda yetkazishimiz lozim. Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so‘z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So‘ngra so‘zlarda jilolanib tinglovchiga yetkaziladi.

Mana, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi. O‘zbek tilining ikki tomli izohli lug‘atidan siqib chiqarib tashlangan ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, ibo, hayo va boshqa bir qancha o‘zligimizni anglatib turadigan so‘zlarimiz, istiqlolimiz sharofati ila nashr etilgan besh tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilgan. Bu barchamiz uchun quvonchli holat. Tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o‘tab kelmoqda.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham davlat tilida ish yuritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi 3 yilda bir necha buyruqlar chiqarilib, ijroga yo‘naltirilgan.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-yilgi rejaga muvofiq 4 nafar xodim Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish bo‘yicha malakasi oshirilgan.

Mamnuniyat bilan aytish lozimki, bugungi oshkoralik sharofati bois bu ishga alohida e’tibor qilinib, til muammolariday muhim va murakkab masalalar odilona hal etilmoqda. Har bir xalq o‘z tilini mukammal bilmog‘i, boshqa xalqlar tillariga hurmat bilan yondashmog‘i zarur.

Xasanboy Qosimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati mutaxassisi


Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

21 Oct, 05:02


Bugun, 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

20 Oct, 16:24


#Faxriy_konchilar_ijodi

SAYFULLA MATKARIMOV

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

20 Oct, 08:46


Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

19 Oct, 18:35


20 октябрь куни кутилаётган об-ҳаво маълумоти

Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлигининг хабар беришича, 20 октябрь куни Тошкентда ҳаво ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 3-8 метр тезликда шамол эсади. Кечаси 9-11, кундузи 25-27 даража илиқ бўлади.

Батафсил: https://uza.uz/posts/647257

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati

18 Oct, 13:05


“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bugun ertalab yoshlar o‘rtasida boshlangan an’anaviy “Zakovat” intellektual o‘yini nihoyasiga yetdi.

G'olib bo'lgan jamoalar sertifikat va pul mukofati bilan taqdirlandi.

🥇 1-o'rin “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali
🥈 2-o'rin “Kapital qurilish” filiali
🥉 3-o'rin Ijro apparati

Veb-sayt | Facebook | Matbuot kotibi |Youtube | Instagram

3,443

subscribers

7,832

photos

603

videos