ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ @irtifo Channel on Telegram

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

@irtifo

Ҳаёт инсонга бир марта берилади, ва такрорланмайди ҳам!
Шундай экан, ҳаётингизни сонияларини соаттан қимматроқ бўлиши ва буни ҳис қилишингиздан ташқари ундан ана ушнга монант ишлатишга қадамма-қадам етакловчи канал!
@irtifo
АЛЛОҲНИ ЭНГ ЯХШИ БАНДАСИСИЗ!!!

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ (Uzbek)

Ҳаёт инсонга бир марта берилади, ва такрорланмайди ҳам! Шундай экан, ҳаётингизни сонияларини соаттан қимматроқ бўлиши ва буни ҳис қилишингиздан ташқари ундан ана ушнга монант ишлатишга қадамма-қадам етакловчи канал! @irtifo АЛЛОҲНИ ЭНГ ЯХШИ БАНДАСИСИЗ!!!nn"ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ" канали - ушбу санаидаги мунтазам илмий маҳсуслар ва тафаккурли фикрлар билан инсонга янгилаш, шахсий ривожлантириш ва оммавий тараққиёт учун маълумот берувчи каналдир. Маълумотлар, қулайликлар, ва танловлар билан тўлиқ манзумлашган ҳазилланишлар билан, @irtifo канали сизни инсоний хаётингизни янгилашга ва сифатли турмуш қуришга кўмаклашади. АЛЛОҲНИ ЭНГ ЯХШИ БАНДАСИСИЗ!!!

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

08 Oct, 12:57

Oz so‘zlamoq lozim

Olti o‘rinda dunyoviy kalom ila
mashg‘ul bo‘lgan kishining, o‘ttiz yillik qabul bo‘lgan ibodati rad etiladi.
🌟 Masjidda
🌟 Ilm majlisida
🌟 O‘lik oldida
🌟 Qabristonda
🌟 Azon aytilayotganda
🌟 Qur'on o‘qilayotganda.

Labingni faqat ikki narsaga ishlat: biri — tabassum, ikkinchisi — sukut.
• Tabassum mushkul ishlarni hal qiladi;
• Sukut esa mushkul ishlarni o‘tkazib yuboradi.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

27 Sep, 11:17

Sog'lom ruhiyat kaliti

☀️ Agar siz birovning tashvishini o'zingiznikidek qabul qilib, u bilan birga aziyat cheksangiz, bilingi fitratingiz va tabiatingiz sof ekan.

Siz o'zgalarga dunyodagi borki yaxshi ne'matlarni tilashingiz mumkin, eng ezgu tilaklarni samimiy bildirishingiz mumkin, lekin shu bilan birga ularni o'zingizga ravo ko'ra olishingiz kerak. Yaxshilik tilayapsizmi yo yomonlik, qat'iy nazar!

Unutmang! Sinov va muvaffaqiyatlar siz tayyorlik darajangizdan ortig'i kelmaydi!

Birovga neni tilasangiz, shuni o'zingizga ravo ko'ring! Shundagina samimiyatingiz va ruhingiz yanada teranlashadi!

Alloh nasib qilmasni hayol qildirmas! Shuningdek, sabrimiz va toqatimizdan ortig'ini ham bermas!

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

09 Jul, 07:26

G‘azabingizni nazorat qiling

🥲 G‘azab – tabiiy insoniy his. Lekin uni qanday nazorat qilishni bilish, hayotimizdagi baxt va tinchlik uchun muhimdir.

G‘azablanganda chuqur nafas olish asablarni tinchlantiradi va his-tuyg‘ularni boshqarishga yordam beradi. Stressli vaziyatdan uzoqlashishga harakat qiling. Tinch joyda yurganingizda yoki tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazganingizda, aqlingiz teranlashadi.

🤔 Hotirjamlik bilan his-tuyg‘ularingizni ifoda eting. Bu sizga ham, atrofdagilarga ham yordam beradi. His-tuyg‘ularingizni yozing. Bu sizga o‘zingizni tahlil qilish va g‘azab sabablarini aniqlashga yordam beradi.

Har bir vaziyatda ijobiy tomonlarni ko‘rishga harakat qiling. Bu sizning atrofingizdagilarga munosabatingizni o‘zgarishiga yordam beradi.

😧 Har birimiz g‘azabni boshqarishni o‘rgansak, hayotimizdagi munosabatlar yaxshilanadi, ruhiy holatimiz barqarorlashadi va o‘zimizni baxtliroq his qilamiz.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

04 Jul, 02:35

Қалбда Аллоҳ бўлсин!

💡 Бутун умрингиз ўтиб кетаётганини ва ундан фойдаланмаётганингизни ҳеч ҳис қилганмисиз?

Умрингизни яхши одамларни қидиришга эмас, балки яхши одам бўлишга сарфланг, шунда яхши одамларни ўзлари сизни топиб келади.

🔗 Яхши таниш билиш, дўстлар, ҳалол тижорат ва пул доим қўлингизда бўлсин-у, аммо қалбингизга кирмасин!

Қалбда доим Аллоҳ бўлсин. Шунда ҳеч ҳам адашмайсиз ва самимийликни йўқотмайсиз...

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

30 Jun, 07:11

Ichki qo'rqoqlikni qanday yengish mumkin?

📌 Bir ishni endi boshladim deganingizda, hayolingizga boshqalarning siz haqingizda aytadigan fikrlari kela boshlaydimi?!

Ular gapirdimi? E'tibor bermang! Ular ruhan botqoqlikda, sizni ham o'sha botqoqlikka tortish niyatida gapirishmoqda.

➡️ Ularga moslashishga, ular uchun ideal ko'rinishga harakat qilmang. O'zingiz, o'zingiz uchun ideal bo'ling.

Qo'rquvni yengishning yagona yo'li — o'zingiz qo'rqib turgan ishni qilishdir.

🩵 Qo'rquv tomon bir qadam tashlaganingizda, sizni qiynayotgan hislardan qutilayotganingizni seza boshlaysiz.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

25 Jun, 13:59

Ijobiy Fikrlash ☺️

Ijobiy fikrlash bu faqatgina “hammasi yaxshi boʻladi” deyish emas!

Mushkul vaziyatlarni yashab oʻtib, Allohning qadariga rozi bo'lganingizdan keyin siz pozitiv fikrlashni boshlaysiz. Lekin bu muammolar hammasi oʻz-oʻzidan hal boʻlib ketadi, degani emas. Ularni hal bo'lishini kutib o'tirish ham kerak emas.

Bunday vaziyatda asosiysi bugun nimadir oʻxshamay qoldimi, demak, xafa boʻlib, barcha ishni yoʻlda tashlab ketish kerak emasligini tushunish lozim.

Har qanday vaziyatdan ham ijobiylik qidirishga, qadarga rozi bo'lishga va yechim izlashga harakat qiling!

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

24 Jun, 05:28

Har ishda yechim va xayr bor..!

🔗 Tushkunlik – bu ortiqcha o'ylovlarning natijasidir. Aql, hatto mavjud bo'lmagan muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Nafratingizga sababchi bo'lgan insonlar, sizga shartsiz sevgini o'rgatadi.

💪 Qo'rquvlaringiz jasoratni, yoqimsiz holat va ishlar esa sizga sabrni o'rgatadi.

G'azab orqali ba'zan kechirishni va marhamatni o'rganasiz. Ammo g'azabni doimiy holda ishlatishingiz ham atrofingizdagi yaqinlaringiz bilan munosabatingizga qattiq zarar yetkazadi.

Shu bois tushkunlikka tushmang! Barcha ishda yechim va xayr bor..! Samimiy va hokisor inson bo'ling!

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

22 Jun, 08:58

O'zingizni to'liq qabul qiling!

❤️ Agar kerak bo'lsa, o'zingizni xatti-harakatingizni o'zgartiring, lekin o'zingizga individual bo'lishga imkon bering.

❤️ Hayotingiz va o'zingizni ifoda etish uchun javobgarlikni zimmangizga oling.

❤️ O'zingizga yordam bering.
. O'zingiz va atrofingizdagilar haqida faqat ijobiy fikrlarni shakllantirishni o'rganing.

❤️ O'zingiz yoki boshqalarni hukm qilmang. Har qanday kamchilik faqat taqqoslashda kamchilikdir.

❤️ Atrofingizdagi odamlarning fikrlaridan mustaqil bo'ling. Ularni tinglayotganda, o'zingizni tinglang. Ularning fikri bilan qo'shilishning xojati yo'q, shunchaki uni hisobga olsangiz yetarli!

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

20 Jun, 06:30

Muvaffaqiyat

💡 Sizda gʻayritabiy talant boʻlmasligi mumkin, lekin har doim muammoni hal etishda maksimal yechim izlash sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi.

Samarali va punktual inson bo'lishga intilng. Qay ishda boʻlmasin atrofdagilarga  xuddi ishlayotgandek tutib vaqt oʻtkazmang, ishtiyoq bilan ishlang.

❗️ "Nega endi men emas" degan savolni unuting. Boshqalar oʻz hayotini chetdan kuzatayotgan bir paytda, hayotingizni qanday boʻlishini aniq tasavvur qiling va intiling.

Taqlid qilmang, balki oʻz yoʻlingizni kashf eting.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

19 Jun, 09:01

Muvaffaqiyatli insonlarning oʻziga xos xislatlari

Boshqalar qila olmagan ishlarda ham shunchaki qoʻl siltab ketishmaydi;

Boshqalar omadsizlik deb bilgan narsalarni, ular hayot saboqlari deb hisoblashadi;

Aniq oʻylangan rejalarni qabul qilishadi;

Omadni oʻzlari qidirishadi;

Qoʻrquv ularni boshqarishiga yoʻl qoʻyishmaydi. Ular qoʻrquvni shunchaki xavotirlanish deb hisoblashadi;

Ular arz qilishmaydi, ular buni ortiqcha kuch sarflash deb hisoblashadi;

Boshqalarga ayb yuklashmaydi. Barcha qilgan harakatlari va ularning natijalari uchun toʻliq maʼsuliyatni oʻz boʻyniga olishadi.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

18 Jun, 09:24

SEVGI NIMA?

Sevgi – bu hazrat Bilol Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotidan keyin Azon ayta olmaganliklari...

Sevgi – bu hazrat Bilol Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan so'ng nurli Madinada yashay olmay, u yerni tark etganlari...

Sevgi – bu hazrat Bilol r.a. kechalarning birida Madinaga qaytib kelganlarida, hazrat Hasan va Xusan roziyallohu anhular Bilol r.a.dan Azon chaqirishni iltimos qilishganlarifa, butun Madina ahli hazrat Bilolning ovozini eshitib titrab yig'laganlari va bundan oldin Madinada bunday kun bo'lmagani...

Sevgi – bu hazrat Bilolning o'lim to'shagida: "Ertaga men o'zimning sevikli Muhammad sollallohu alayhi va sallam va uning birodarlari bilan uchrashaman", deganlari...

Alloh taolo hazrat Bilol roziyallohu anhudan rozi bo'lsin! Hammamizga shunaqa muhabbat lazzatini totishlik nasib etsin!

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

13 Jun, 07:23

Farishtalar kirishmaydi..

➡️ Qarindoshlik aloqalaridan kechganlar xonadoniga...

Ota-onasini norozi qilganlar xonadoniga..

➡️ Sudxo'rlarning, foizchilarning xonadoniga...

Uy ichida it saqlangan xonadonga...

➡️ Alloh zikr qilinmaydigan xonadonga...

Sahobalar, ulamolar so'kiladigan, haqoratlanadigan xonadonga...

➡️ Rasm, xaykal, surati bor xonadonga...

Aroq ichiladigan, qimor o'ynaladigan xonadonga...

🔥 Bunday xonadonlardan farishtalar qochadilar. Jin, shaytonlar esa bunday joylarni o'zlariga makon qilib oladilar.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

11 Jun, 04:24

G‘azabingizni nazorat qiling

🥲 G‘azab – tabiiy insoniy his. Lekin uni qanday nazorat qilishni bilish, hayotimizdagi baxt va tinchlik uchun muhimdir.

G‘azablanganda chuqur nafas olish asablarni tinchlantiradi va his-tuyg‘ularni boshqarishga yordam beradi. Stressli vaziyatdan uzoqlashishga harakat qiling. Tinch joyda yurganingizda yoki tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazganingizda, aqlingiz teranlashadi.

🤔 Hotirjamlik bilan his-tuyg‘ularingizni ifoda eting. Bu sizga ham, atrofdagilarga ham yordam beradi. His-tuyg‘ularingizni yozing. Bu sizga o‘zingizni tahlil qilish va g‘azab sabablarini aniqlashga yordam beradi.

Har bir vaziyatda ijobiy tomonlarni ko‘rishga harakat qiling. Bu sizning atrofingizdagilarga munosabatingizni o‘zgarishiga yordam beradi.

😧 Har birimiz g‘azabni boshqarishni o‘rgansak, hayotimizdagi munosabatlar yaxshilanadi, ruhiy holatimiz barqarorlashadi va o‘zimizni baxtliroq his qilamiz.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

10 Jun, 07:10

Qadr qiymatni saqlang!

🥰 Insonlar bir-birlarining ayblaridan ko'z yumishar ekan munosabatlari bardavom bo'ladi.

Bir-birlarini rozi qilishar ekan munosabat mustahkamlashib boraveradi.

😝 Bir-birlaridan mayda kamchiliklarni izlasalar munosabatga putur yeta boshlaydi.

Suhbatdoshingizga tabassum qilsangiz unda mahzunlik o'tib ketadi, ko'proq sukut saqlab, be'mani so'zlardan tiyilsangiz ahmoqonalik ketadi. Chiroyli so'z aytsangiz esa ko'ngilsizliklar o'tib ketadi!

😛 Tanqid, ta'na, takabburlik va fitna inson qadr qiymatini yer bilan bitta qiladi.

Insonning qadri u molik bo'lgan narsasida emas, balki bera olgan narsasidadir. Quyosh ham olovga molik ammo uning qadri olamga nur taratishida.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

08 Jun, 10:13

Jabrdiydalikni bas qiling!

🥳 Jabrdiydalar o'zlarini bog'lovchi bir nechta omillari mavjud. Ular ko'ngilsizliklar faqat ular bilan sodir boʻladi deb o'ylashadi, salbiy voqealarda doimiy qatnashishadi. Har doim kimnidir yoki nimanidir ayblashishadi.

Ushbu fikr mutlaqo noto'g'ri, uni miyangizdan chiqarib tashlang!

😢 Hayotingizda nimaiki sodir boʻlmasin, unga oʻzingiz sababchisiz. Mas'uliyatni oʻz zimmangizga oling.

Voqealar siz bilan sodir boʻlmaydi voqealar siz tufayli sodir boʻladi.

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

07 Jun, 02:28

Juma Muborak

🌙 Payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallam:
"Kim juma kuni qo'lidan kelgancha poklansa, masjidda nafl namoz o'qisa, so'ng imom xutba qilayotganda jim turib tinglasa, albatta Alloh uning kelasi jumagacha bo'lgan gunohlarini kechiradi", – deganlar.
Imom Buxoriy rivoyati

Salovat aytishni va Kahf surasini o'qishlikni ham unutmaylik 🥰

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

06 Jun, 06:00

Tabassum ajoyib narsa...

🙂 Uni do'stingizga bersangiz xursand bo'ladi. Dushmaningizga bersangiz ichini kuydirasiz.

Onangizga bersangiz umri uzayadi. Farzandingizga bersangiz mehri oshadi.

😌 Tanimagan kishingizga bersangiz siz uchun sadaqa ajri bo'ladi. Juftingizga  bersangiz mihabbati ortadi.

Uning zararli asoratlari yo'q va u hech qayerda sotilmaydi, balki uni Alloh taolo yuzingizga joylab qo'ygandir.

Salgina tabassum qilsangiz bo'ldi, ajoyib samimiyat tayyor.

Tabassum ulashishdan to'xtamang!

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

04 Jun, 07:31

Har ishda yechim va xayr bor..!

🔗 Tushkunlik – bu ortiqcha o'ylovlarning natijasidir. Aql, hatto mavjud bo'lmagan muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Nafratingizga sababchi bo'lgan insonlar, sizga shartsiz sevgini o'rgatadi.

💪 Qo'rquvlaringiz jasoratni, yoqimsiz holat va ishlar esa sizga sabrni o'rgatadi.

G'azab orqali ba'zan kechirishni va marhamatni o'rganasiz. Ammo g'azabni doimiy holda ishlatishingiz ham atrofingizdagi yaqinlaringiz bilan munosabatingizga qattiq zarar yetkazadi.

Shu bois tushkunlikka tushmang! Barcha ishda yechim va xayr bor..! Samimiy va hokisor inson bo'ling!

📲 Bizni kuzatib boring va yaqinlaringizni ham taklif qiling:
@irtifo

Irtifo – yuksalish sari dadil qadam!

https://t.me/+vD3jyq1lczY3ODc6

ШАХСИЙ РИВОЖЛАНИШ

03 Jun, 09:27