Sariq Dev @sariqdev Channel on Telegram

Sariq Dev

@sariqdev


Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Sariq Dev (Uzbek)

Sariq Dev kanali Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanalidir. Kanal orqali dasturlash va web dizayn bo'yicha so'ngi yangiliklarni olishingiz mumkin. Anvar Narzullaev dasturlash sohasida o'z mavqesini o'rnatgan va sohasida o'zini namoyish etgan mutaxassisdir. Sariq Dev kanalida siz dasturlash sohasidagi eng so'nggi yangiliklarni va maqolalarni o'qing hamda bilim va ko'nikmalarini oshiring. Agar siz bu sohada o'zingizni rivojlantirishni hohlaysiz va so'nggi xabarlardan xabardor bo'lishni istaysiz, Sariq Dev kanaliga obuna bo'ling. Kanalda qiziqarli maqolalar, video darslar va boshqa foydali materiallar sizni kutib turadi. Muhokama va fikr almashish uchun esa @sariqdevchat guruhiga qo'shiling. Talablar va takliflar uchun esa @sariqdevadmin ga murojat qiling. Sariq Dev kanali sizga dasturlash sohasidagi eng so'nggi va maqbul yangiliklarni taqdim etadi!

Sariq Dev

06 Jan, 14:05


"Sariqdev qayerda, nega koʻrinmay ketdi?" deganlarga javob 😎

Sariq Dev

03 Jan, 11:35


Yangi yilni yangi reja va maqsadlar bilan boshlaganlar bormi? Nimalarni maqsad qildingiz? Izohlarda yozing, yil oxirida sarhisob qilamiz.

Ketdik!

Sariq Dev

18 Dec, 04:57


Shu soʻrovda qatnashganlar, maqsadingizga erishdingizmi?

Javob "ha" boʻlsa, nimalarni toʻgʻri qildingiz va boshqalarga nima tavsiya qilasiz?

Javob "yoʻq" boʻlsa, nima sabab boʻldi va boshqalarga nima maslahat berasiz?

Sariq Dev

07 Dec, 13:51


Kechagina Tokiodan, Jahon banki tashkil qilgan Raqamli akademiyadan qaytdim. Asosiy mavzu Sun'iy intellektning davlat rivojidagi oʻrni.

Koʻp davlatlarning tajribasini eshitar ekanman, hayolimdan faqat bitta gap aylandi - biz ortda qolayapmiz.

Holatni oʻzgartirish uchun nima qilish kerak?

Javob maqolada: LINK

Sariq Dev

28 Nov, 14:02


Kelayotgan juma kuni Qudrat aka bilan AMA (ask me anything) formatida suhbat qilamiz.

Qudrat aka uzoq yillik tajribaga ega dasturchi, hozirda siz tanigan va tanimagan senior dasturchilarning katta ustozi.

Suhbat Mohirdev Telegram va Instagram kanallarida jonli bo’ladi.

Batafsil ma’lumot uchun @mohirdev kanalini kuzatib boring.

Sariq Dev

27 Nov, 05:58


Google DevFest yana qaytdi.

DevFest bu – soha mutaxassislaridan maʼruzalar, qiziqarli suhbatlar va eng muhimi networking.

Dasturlash olamiga endi qadam qoʻyapsizmi yoki tajribali dasturchimisiz, tadbirdan albatta foyda olasiz deb oʻylayman.

Xullas, yilning eng muhim tadbirlaridan birini oʻtkazib yubormang.

Ha aytgancha, MohirDev jamoasidan Oʻzbekistonda yagona Google AI expert Adham Zokhirov ham oʻz tajribasi bilan ulashadi.

Sariq Dev

19 Nov, 04:12


Kunimizni yaxshi motivasion video bilan boshlaymiz.

Kuningiz xayrli oʻtsin! 😎

Sariq Dev

10 Nov, 07:41


Baʼzida shunaqangi savollar kelib qoladi...

Hazil-hazil bilan, bugun ijtimoiy tarmoqlardan kelgan savollarni jamlab, har biriga oʻzim javob berib chiqdim.

Toʻliq videoni kechroq Mohirdevda chiqaramiz. Kuzatib boring.

Sariq Dev

04 Nov, 03:01


Natija. Jami 5 daqiqa ham ketmadi.

Albatta kitob nomlarini bir tekshirib chiqish kerak, bu bilan endi office manager shug’ullanadi.

Sariq Dev

04 Nov, 02:51


Sun'iy Intellektdan qanchalik foydalanayapsiz?

Ofisdagi kutubxonamda anchagina kitoblar yigʻilib qolgan. Xodimlar ham oʻqishga olib turishadi. Muammo – baʼzida kerakli kitobni topa olmay qolaman. Kimdir olgan, kim olgani nomalum.

Yechim – onlayn jadval qilib, biror kitob ijaraga berilganda xodim ismini yozib qoʻyish. Buning uchun avval barcha kitoblarni jadvalga kiritib chiqish kerak.

Qoʻlda kiritishga kamida 2-3 soat vaqt ketadi. Nima qilamiz? Kitob javoni rasmini ChatGPT beramiz, natijani esa rasmlarda koʻrib turibsiz.

1 daqiqda hamma kitoblar roʻyxati tayyor. Endi ChatGPTga bularni jadval koʻrinishiga olib kelishni aytsak uni ham qilib beradi.

Siz kundalik hayotda SIdan foydalanayapsizmi? Izohlarda layfxaklar bilan ulashamiz.

@sariqdev

Sariq Dev

25 Oct, 10:54


Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da AI kuni esingizdami?

📆 26-oktabr, shanba kuni Toshkent shahri, Muminov ko'chasi 4A, (eski Mohirdev ofisi) "UzGeeks October2024 AI Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Data Preparation" - Aziz Abdumalikov
2️⃣ "Biznesda Sun'iy Intellekt" - Muhammadali Salohiddinov
3️⃣ "Tavsiya qilish tizimlari ijtimoiy tarmoqlarda qanday ishlaydi?" - Mohinur Abdurahimova
4️⃣ "Thinking Machines: Understanding the Rise of AI" - Zarifjon Naxalov
5️⃣ "AI plus You" - Adham Zohirov

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(eski Mohirdev ofisi)

Hamkorlar:
- O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
- Thinkland - Mohirdev - UIC Group

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate

Sariq Dev

18 Oct, 15:06


Maqtanmasdan boʻladimi?

Mohirdev Qozogʻistonning Ostona shahrida oʻtkazilgan Startup Battle musobaqasi gʻolibi.

Sariq Dev

01 Oct, 08:06


Hayotim davomida ustozlarim koʻp boʻlgan. Lekin koʻpchilik singari, negadir, birinchi oʻqituvchim — Munira opa xotiramda oʻchmas iz qoldirgan ekan.

Aslida hayotim davomida erishgan barcha yutuqlarimda menga ustozlik qilgan yuzlab odamlarning hissasi katta.

Barcha ustozlarga bayram muborak 🎉

Sariq Dev

19 Sep, 08:27


Bugun Mohirdev Raqamli Texnologiyalar Vazirligi tomonidan Oʻzbekistondagi IT taʼlimda yetakchi oʻquv markazi deb topildi.

Biz bu oʻrin uchun 500 dan ortiq oflayn markazlar va onlayn platformalar bilan raqobatlashdik.

Albatta bunday eʼtirofga eng avvalo bizning bitiruvchilarimiz va ular erishgan natijalari sabab boʻldi. Shuning uchun eng katta minnatdorchiligim Mohirdevda qunt va intizom bilan tahsil olib, kurslarni yakunlab, AyTida oʻz oʻrnini topayotgan talabalarga boʻladi.

Lekin bularning hammasi Mohirdev ortida tinimsiz mehnat qilayotgan jamoasiz boʻlmaydi. Bu xoh taʼlim boʻlimi boʻlsin, xoh marketing, xoh mijozlar bilan ishlash, yoki platforma toʻgʻri ishlashiga javobgar dasturchilar, support va texnik xodimlar, ustozlar va mentorlar, barcha-barchasining hissasi cheksiz.

Mohirdevda bizning maqsadimiz taʼlimda yetakchi boʻlish, sifatli taʼlim orqali insonlarning hayotini yaxshi tarafga oʻzgartirish.

Xullas, endi AyTi sohasiga kirishda kimdan tahsil olishni bilmay, ikkilanib turgan boʻlsangiz, javob aniq — Mohirdev.

Sariq Dev

27 Aug, 13:24


🎬 Yangilik: “Yuzma-yuz” rubrikasini yo‘lga qo‘ydik!

Unda siz mutaxassislarimiz haqida ko‘proq ma’lumot bilib olishingiz mumkin.

Rubrikani kompaniya asoschisi, Data Science va Sun’iy Intellekt kursi eksperti Anvar Narzullayev bilan boshladik.

😉 Tomosha qiling va doʻstlaringiz bilan boʻlishing.

@mohirdev

Sariq Dev

26 Aug, 15:20


Дуров ҳибсда. Бу Телеграмга қандай таъсир қилиши мумкин?

Миллиардга яқин фойдаланувчига эга Телеграм мессенжери асосчиси Павел Дуровнинг Париж аэропортида қўлга олиниши кўплаб муҳокамаларни келтириб чиқарди. Бу мессенжернинг Ўзбекистон учун аҳамияти жуда катта. Шундан келиб чиқиб, Kun.uz мавзу юзасидан айрим саволларга киберхавфсизлик бўйича мутахассис Анвар Нарзуллаевдан жавоб олди.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Sariq Dev

05 Aug, 06:08


Mohirdevda Sunʼiy intellekt kurslari toʻplamiga chegirma ketayapti. Bugun oxirgi kuni, 5 ta kursni 2.5mln chegirma bilan, muddatli toʻlovga xarid qilsangiz boʻladi.

Eng talabgor soha mutaxassisi bo’laman deganlarga ayni muddao.

Kurslarni telegramdan chiqmasdan, botimiz orqali xarid qilish mumkin.

Link: @mohirshopbot

Sariq Dev

30 Jul, 05:11


Dars jarayonidan lavhalar.

Sariq Dev

30 Jul, 05:08


Avvalroq Oxforddagi auditoriya haqida 3 ta savol bergan edim, keling ularga javob olamiz:

Bunday auditoriyalar ilk bor Harvard universitetida joriy qilingani uchun “Harvard style seating” deb ataladi. Klassik ma’ruzaxonalardan farqli ravishda, bunday auditoriyada talabalar yarim aylana shaklida bir-biriga yuzlanib o’tiradi. Kursilar esa 360 gradus aylanadi.

Bundan maqsad auditoriya fokusini ma’ruzachiga emas, bir-biriga qaratish, muloqot, bahs-munozara muhitini yaratish. Istalgan odam boshqa odamga yuzlanishi, uning fikrini tinglashi, qarshi fikr bildirishi, jamoaviy muhokamalarda qatnashishi mumkin.

Harvard style seating ortidagi mazmunni tushunish uchun esa, klassik uslubdagi ma’ruzaxona bilan solishtirish kerak. Bunday ma’ruzaxonalarda sinf oldida ma’rzuachi, uning ro’parasida esa qatorlashib tinglocvhilar joylashadi. Tinglovchilarning diqqati ma’ruzachiga qaratiladi va ma’lumotlar, aniqrog’i, yagona haqiqat bir tomonlama (ma’ruzachidan tinglovchiga) yo’naltiriladi. Shuning uchun bunday xonalarda ko’pincha aniq fanlar (matematika, fizika, ximiya) o’tiladi.

Harvard uslubidagi xonalar esa ko’proq gumanitar fanlar uchun to’g’ri keladi va bu yerda yagona haqiqat bo’lmaydi. O’rtaga bahsli mavzu tashlanadi, hamma o’z fikrini bildiradi, muhokama, bahs-munozara bo’ladi, dars yakunida esa hamma o’zi uchun xulosa qiladi. Yagona to’g’ri javob bo’lmaydi.

Siz qaysi savolga to’g’ri javob topdingiz?

Sariq Dev

21 Jul, 15:19


Oxford Blackwell kitob doʻkoni, darsdan tashqarida eng koʻp vaqtim oʻtadigan sevimli joy.

Vaqting boʻlsayu, hamma kitoblarni oʻqib chiqsang. Doʻkon tashqarisidan kichkina koʻringani sizni aldamasin, ichkarisini videoda koʻring.

Sariq Dev

21 Jul, 07:48


Angliyaga kelib, Saidolim akani koʻrmasdan ketsa boʻladimi. Saidolim aka Londonda joylashgan Moneff kompaniyasida CTO, Oʻzbekistondagi juda koʻp senior dasturchilarning ustozi.

Yoshlar bilmasligi mumkin, lekin Saidolim aka UzGeeks hamjamiyati va @UstozShogird kanali kabi loyihalari bilan Oʻzbekistonda AyTi sohasi rivojiga beminnat hissa qoʻshib kelayotgan insonlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oʻzlarining @DrAlgorithm kanallarida ham foydali maslahatlar berib boradilar.

Xullas, har tomonlama hurmatga va oʻrnak olishga sazovor inson.

p.s. Ha, aytgancha, rasmda mening yonimda turgan yigit Oxforddagi PhD talaba yurtdoshimiz Iqboljon. Medisinada Sun’iy zakoni qoʻllash boʻyicha mutaxassis.

Saidolim akaning yonidagi yigit esa - Javohir, Bloomberg Data Analitika kompaniyasining London ofisida ishlaydigan yurtdoshimiz, Business Analitika sohasi mutaxassisi.

Mana shunday insonlar bilan tanishishning oʻzi qanchalik odamga zavq bagʻishlashini soʻz bilan yetkazib boʻlmasa kerak.

Sariq Dev

19 Jul, 14:08


Mana oʻsha va’da qilingan darslar.

Sariq Dev

18 Jul, 13:45


Yana Oxfordga qaytdim.

Ushbu modul inqiroz vaqtida kompaniyani boshqarish va inqirozdan chiqish uchun rahbar sifatida qanday hislatlarga ega boʻlish kerakligi haqida.

Har doimgidek 1 dunyo taasurotlar va qimmatli bilimlar bilan qaytayapman.

Endi, sizlarga savol, rasmdagi auditoriyaga ahamiyat bering. Bu turdagi auditoriya nima deb ataladi, nima uchun aynan shu shaklda va ortidagi mazmuni qanday?

Shu 3 ta savolga toʻgʻri javob bergan insonga Oxforddan kichik sovgʻa bilan qaytaman.