Sardor Dushamov | PHP forever @sardoroga_blog Channel on Telegram

Sardor Dushamov | PHP forever

@sardoroga_blog


Sardor Dushamov | PHP forever (English)

Are you a PHP enthusiast looking to stay updated on the latest trends and developments in the world of PHP programming? Look no further than the 'Sardor Dushamov | PHP forever' Telegram channel! Managed by the renowned PHP expert Sardor Dushamov, this channel is dedicated to all things PHP-related. From tutorials and code snippets to tips and tricks, you'll find everything you need to enhance your PHP skills and stay ahead of the curve. Sardor Dushamov, with years of experience in PHP development, shares his expertise and insights to help you level up your PHP game. Join the 'Sardor Dushamov | PHP forever' channel today and become a part of a vibrant community of PHP developers who share a passion for this versatile programming language. Stay connected, stay informed, and let PHP be your forever language with Sardor Dushamov!

Sardor Dushamov | PHP forever

19 Jan, 11:51


Do'stlar, shunchaki kayfiyat uchun bu rasmlar. Haqorat yoki hunuk izohlar shart emas.

Odolat bo'lsin uchun bu rasmni ham tashladim😅

Sardor Dushamov | PHP forever

19 Jan, 11:41


#kayfiyat

Sardor Dushamov | PHP forever

16 Jan, 07:28


Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da No-Code kuni!

📆 25-yanvar, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks January2025 No-Code Day Meetup" bo'lib o'tadi.

1️⃣. “No code 5 yillik tajriba. Nima uchun Wix?” - Jamshid Xoliqulov (CEO @ Fido Studio)
2️⃣. “Kambag'alga shashlik AppSheet ham ovqat yechim” - Muhammadjavohirbek Sur'atov (AppSheet dasturchi, Frilanser)
3️⃣. “No-Codeda web sahifalar” - Sa'dulloxon Fatkhullayev (Team Lead @ UIC Group)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)

Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.uz/

Sardor Dushamov | PHP forever

11 Jan, 15:02


Yaqinda Xorazmga borganda yaqin tanishim, dehqonchilik qiladi topishi yomon emas, halol mehnat qiladi. Aytib qoldi, yana rossiyaga borib kelsammikin deb turibman deb. Nega desam 1000$ lik ish chiqyaptida oyiga deydi. Ha, man uchun woow emas bu, lekin u uchun haqiqatdan ham woow edi.

Azimjon ajoyib fikr aytibdi, yutish imkoniyati haqida.

Hunar shunday narsa, yutish ehtimoli katta, ayniqsa zamonaviy kasblarda.

Dehqonchilik ham yaxshi, lekin charchatib, to'kib qo'yadi, mehnati og'ir, oson emas. Bizga o'xshab yozda salqinda, qishda issiqda mazza qilib o'tirishmaydi.

Sardor Dushamov | PHP forever

11 Jan, 05:03


Assalomu alaykum

Jahongir aka ham kanalida Billzda Product menejment bo'yicha amaliyotga hodim olishayotgani haqida post qildi. Proyekt menejer va Product menejer degan ikkita kasb mavjud. Bular bir - biridan farq qiladi.

O'zbekistonda Product menejerlarga talab avvaldan kuchli bo'lgan va bundan keyin ham talab yana ortib boradi. Kuchli, tajribali PMlar 5-15 ming kalbosh olishadi oyiga, O'zbekistonda!

Click ham Billz ham tajriba oshirishga juda zo'r joy.

Sardor Dushamov | PHP forever

09 Jan, 16:56


📢 Click kompaniyasida bo‘lg‘usi Produkt menejerlar uchun amaliyotga qabul boshlanganini e’lon qilamiz!

Siz 4-kurs talabasisiz va Produkt menejment sohasiga ilk qadamni qo‘yishni orzu qilasizmi? Click eng iqtidorli va kreativ yoshlar uchun eshiklarini ochmoqda! 🚀

Sizni quyidagilar kutmoqda:
🌟 2 oylik amaliyot – tajribali ustozlar ko‘magida haqiqiy biznes jarayonlariga sho‘ng‘ish.
Moslashuvchan jadval – mashg‘ulotlaringiz va hayotingizga moslashamiz (haftasiga 20 soat).
💼 To‘lanadigan amaliyot – biz vaqtingiz va hissangizni qadrlaymiz.
💡 Karyerani boshlash imkoniyati – amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga mamlakatning yetakchi fintech kompaniyasida ishlash yo‘li ochiladi.

🗣 Rus tilini bilishingiz biz uchun muhim.

Biz yangi kashfiyotlar va qiyinchiliklarga tayyor iqtidorli talabalarni izlayapmiz. Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, shuning uchun o‘z qobiliyatingizni ko‘rsating!

Clickning bir qismi bo‘ling – kelajakka birinchi qadamingizni biz bilan qo‘ying! Hoziroq biz bilan bog‘laning: @feruzaclick.

Sardor Dushamov | PHP forever

07 Jan, 03:22


Assalom alaykum
Yanvar oyida UzGeeks'da No code mavzusida meetup qilishni reja qilganmiz.
Agar shu mavzu va meetup bo'yicha takliflar, mulohazalar bo'lsa, iltimos biz bilan bog'laning.
Bizning guruhimiz: @UzGeeksGroup

Hurmat bilan, UzGeeks Events team.

@UzGeeksCommunity

Sardor Dushamov | PHP forever

06 Jan, 17:16


Ishonmasangiz kursimni sotib olib o'rganib ko'ring😅

Sardor Dushamov | PHP forever

04 Jan, 16:43


Nimalarni his qildingiz?
Nimalar hayolingizdan, ko'z oldingizdan o'tdi?
Uni o'rnida o'zingizni qo'yib ko'rdingizmi?

Yangi rejalar, maqsadlar, vazifalar, tugallanmagan yoki endi qilinmoqchi bo'lgan loyihalar...

Akkauntlar, login parollar, omonatlar, qarzlar...

PS: rasmda vafot etgan akaning ish joyi ekan

Sardor Dushamov | PHP forever

04 Jan, 14:49


Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

🤲 Shukrullo Turgunov (@vodiylik).

Oʻzbek IT olamida koʻp foydalari tekkan inson.

Duo qilib qoʻysangiz.

Sardor Dushamov | PHP forever

31 Dec, 19:05


2024 dayam o'lmadi a😂
2025 dayam o'ldiramizmi😅

Sardor Dushamov | PHP forever

31 Dec, 18:59


$yil++;

Sardor Dushamov | PHP forever

29 Dec, 07:55


2024 yil statistika

Sardor Dushamov | PHP forever

07 Dec, 11:05


Originali: * yilda PHPni o'rganing, och qolmaysiz

PHP yil tanlamaydi😎

Sardor Dushamov | PHP forever

07 Dec, 11:02


Frontendchilar uchun mahsus: 2025 yilda qaysi *JS ni o'rganish kerak.

Sardor Dushamov | PHP forever

07 Dec, 10:58


2025 yilda qaysi dasturlash tilini o'rganish kerak?
2025 yilda qanday bizneslar rivojlanadi?
2025 yilda qanday qilib tez boyish mumkin?
2025 yilda qanday kasb tanlash kerak?
2025 yilda maqsadlar qo'yish.


Nomli bepul kurs o'tvorsammikin deb o'ylab qolaman. Bashoratchi bo'p kettimu a😅

Sardor Dushamov | PHP forever

06 Dec, 14:05


Sen haliyam Paymeda ekansan demak Paymedan biz ketamiz!

O'chirvorish arafasidaman)

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Nov, 17:13


Qiziq fakt aytaymi?
Bu xonada Workly komandasi ishlar edi, hammasi PHPchi edi.

Lekin bu rasmda Workly komandasidan man va Ulug'bek, Farrux bor edi. Qolganlar MyTaxini komandasidagi bollar edi.

Shu rasmdagilarning ham deyarli hammasi PHPda kod yozishgan)

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Nov, 17:00


Newmaxda ajoyib ish muhiti bor edi. MyTaxi, Workly dasturchilari tez-tez masterklaslar tashkillashtirib turardik. Jamoa ahil edi. Vaqt tez o'tganini qarang. Bu rasmga dasturchilarning yarmidan ko'pi tushmagan, jamoa katta edi va bir - birlarimizni yaxshi tani edik)

Hozir shu rasmdagilar kazo-kazo bo'lib ketishgan😅

Bitta bitta linkedin profillarini qarab chiqdim, daxshat)

Newmax yaxshi maktab edi.

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Nov, 16:16


9 yil oldingi rasm ekan. Facebook eslatdi. Kimlarni tanidingiz?

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Nov, 13:12


Maqtanishga arziydigan taraflari ham bor:
- zato nomer "1"
- yaxshi ot keyin chopadi

😂

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Nov, 13:10


Shunaqa ekan)
Tepadagilar qiziq emas😂

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Nov, 09:20


Ishxonam, Workly!

Sardor Dushamov | PHP forever

25 Nov, 16:34


Lavozimingizni oshirishningiz, yani promotion olish uchun buni bilishingiz shart.

Ish xonangizdagi hamma loyihalarning o‘rni bir xil emas. 

Qaysidirlari juda muhim - bajargan inson hammaning nazariga tushadi, mijozlar rahmat aytadi, kompaniyaga pul keltiradi va hokazo.

Qaysidirlari esa o‘rtacha darajada muhim - kimdirlarning nazariga tushadi, biror kishi rahmat aytishi mumkin ha hokazo.

Qaysidirlari esa umuman muhim emas - hech kimga ko‘rinmaydi, hech kim rahmat aytmaydi va hokazo.

Mening oldingi strategiyam menga berilgan ishni zo‘r qilish edi. Menejerdan ish kelishini kutar edim va berilgan ishni juda zo‘r qilishga harakat qilar edim. Yaxshi ishlayapman-ku, meni shuning uchun rag‘batlantirishlari kerak deb o‘ylar edim. Lekin bu noto‘g‘ri strategiya. Ming zo‘r ishlaganim bilan, uncha muhim bo‘lmagan loyihalar ustida ishlasam, men qilayotgan ishlarning ta’siri sezilmaydi.

Menejer menga ish berishini kutish xuddi karyeramni uni qo‘liga topshirib qo‘yayotgandek tuyulishni boshladi. Bu esa albatta noto‘g‘ri. Karyeramda o‘sishni o‘zim boshqarishim kerak. Bu o‘zimning qo‘limda.

Boshqa strategiyaga o‘tdim.

Jamoamiz qilayotgan ishlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, eng keraklilarini o‘zim uchun belgilab qo‘yadigan bo‘ldim. Hozirgi qilayotgan ishim tugashiga shu muhim bo‘lgan loyihalardan berishlarini so‘raydigan bo‘ldim. Natijada men qilayotgan ishlarning ta’siri sezila boshladi va bu bir nechta promotionlarga olib keldi.

Bu strategiya ish berishi uchun esa albatta menejer sizga ishonishi kerak. Uning ishonchini qozonish uchun esa karyerangiz boshida ishingiz qanchalik zerikarli va ahamiyatsiz bo‘lmasin, uni yuqori darajada bajarishingiz lozim bo‘ladi.

@jakhonrakhmonov

Sardor Dushamov | PHP forever

20 Nov, 15:22


PHP 8.4 reliz qilindi🎉🎉🎉

- O'lishimni sog'indi kimlar
- Sinishimni sog'indi kimlar...


Biz hali o'lmadik, biz hali sinmadik.

Sardor Dushamov | PHP forever

08 Nov, 06:43


Saidolimaka yaxshi maqola yozibdi.

Izohida ham yaxshi fikr qoldirishibdi.

Sardor Dushamov | PHP forever

04 Nov, 15:58


Las entrevistadoras también lloran

Bir yildan beri Algorithms Problem Solving dan intervyu olayotgan bo‘lsam ko‘p xollarda “Meni boshqa ishim yo‘qmi o‘zi?”, “Nega suhbatni hozir to‘xtata olmayman?”, “Nega bu kandidat lar suhbatga tayyorlanib kelmasdan mening vaqtimni olyapti?” deb o‘ylab qolaman. Suhbatdan so‘ng men bilan birga suhbatga kirgan hamkasbim bilan gaplashganimizda odatda “Shuncha vaqt uvol bo‘ldi”, “Nahotki bilimi yo‘q odam omadim kelib o‘tib ketaman deb o‘ylaydi?” deb bir-birimizdan so‘rab qolamiz.
Suhbatga kirganlarni quyidagi toifalarga bo‘lsa bo‘ladi:
• Cheaterlar - AI yoki boshqa odam suhbat jarayonida yordam berib tursa interviewerlar bilmaydi deb o‘ylaydiganlar.
• Algorithm haqida eshitgan lekin umuman masala ishlab ko‘rmaganlar - corner case larni xar birini yozib chiqqungacha suhbat vaqti tugab qoladi.
• Algorithm haqida eshitgan, masala ishlab ko‘rgan lekin umuman “text editor” ishlatmaganlar - kerakli method yoki kerakli package ni eslay olmaydi va suhbat vaqti tugab qoladi.
• “Java developer” lar - 80% intervyu ga kelib yiqilib ketadiganlar. Uzun uzun qatorlarni text editor da yozgunigacha vaqt o‘tib ketadi. Method nomlarini, package nomlarini eslay olishmaydi. Method signature ni yozgungacha o‘zi nima deb yozgani eslay olmaydi. O‘zgartirish kiritishni so‘rasangiz kodni qanday to‘g‘rilashni bilmay qoladi.
• “Interview virgin” lar - maktabni bitirib ish qidirayotganlar. Orasida yaxshi kandidat lar Problem Solvingdan o‘tsa xam hozirgi vaqtlarda kelasi bosqichlardan yiqilib ketishadi. Nimagadir orasida Python developerlar ko‘p. Java juda xam kamayib ketgan.
• Masalani ishlab berdim endi men ishga oladi deb o‘ylaganlar - masalani qanday ishlaganiga xam bog‘liq kelasi bosqichga o‘tish o‘tmaslik. Bu haqida pastda batafsilroq gaplashamiz.
• “Ninja Algorithm Problem Solving developer” lar - hayotda juda kam uchrarkan tog‘risi. Asosan Go, Python, va C++ da ko‘d yozishadi. (Karl C++ yozishadi). Java developerlardan interviewdan o‘tganini eslay olmayman. Balkim menga uchramagandir.
Suhbatdan o‘tmaydiganlarni boshqa tariflarini gapirsam til ojiz. O‘zbek tilidagi lug‘at boyligim yetmayapti 😭.

P.S. Suhbatdan kimlar o‘ta olishini birinchi qo‘ldan eshitmoqchimisiz? Unda postga like bosing, shunda keyingi postda aytib o‘taman 😉.
P.P.S. Xozir yana interview ga kirib ketyapman ko’ramiz nima bo’larkan

Sardor Dushamov | PHP forever

04 Nov, 09:10


Assalomu alaykum

Shu paytgacha juda ko'p dasturchilarn bilan interview qilganman. O'zim ham Database bo'yicha "zo'rman" deb yurardim 6-7 yil oldin. Menga o'xshab ko'pchilik shunday o'ylasa kerak. Ya'ni database CRUDdan iborat, selectni zo'r bilsam bo'ldi deymiz va shu eng katta xatoyimizdir.

18 noyabr kuni Postgresql bo'yicha katta konferensiya tashkillashtirilyapti. Boshqa davlatlardan "Ded" dasturchilar, professionallar taklif qilingan. Kuchli mavzular haqida gaplab berishadi. Barchani taklif qilaman


PGConf.UZ

Sardor Dushamov | PHP forever

02 Nov, 15:26


Sizlarda ham shundaymi?

Sardor Dushamov | PHP forever

31 Oct, 06:16


Kanal a'zolari yuborishdi 😆

Sardor Dushamov | PHP forever

31 Oct, 05:55


3 yil oldin Saidbek Arislonov chiroyli mem qilgan edi😅

Sardor Dushamov | PHP forever

27 Oct, 08:39


Muvaffaqiyat faqat maqsadga ega bo‘lishda emas — balki unga yetib borish uchun to‘g‘ri tizimni yaratishda. Ikkalasini birlashtiring va mukammal g‘alabaga erishing!

Meni gaplarim emas, internetdan olib tarjima qilindi.

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Oct, 11:39


Python

Qisqasi yo'nalishni o'zgartiramiz.

Pythonni heyt qilishni to'xtatdik. Qizig'i qolmadi, uni davri o'tdi.

Endi Suniy intellektni heyt qilamiz.

Assalomu alaykum, sichi do'stlarim)

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Oct, 11:20


Qisqa muddatda miyamga kelgan javobni zalda aytdim:

Ishchilarimni SIdan foydalanishga o'rgatar edim, kurslar olib berardim, ishchilarimni aktiv foydalanishga davat qilardim.

Mohirdevda Adham akani "Prompt Injinering" kursini sotib olib ishchilarimga berardim - dedim)

Ko'pchilik hazilga olgandir, lekin hali ham chatgptdan to'g'ri foydalana olishmaydi, savol berishni ham bilmaymiz ochig'i.

Har bir odam o'z kasbidan kelib chiqib ishidagi vazifa va muammolarni tez va optimal bajrishi mumkin chatgpt yordamida. Shuni nazarda tutib kursni olib ishchilarimga o'qitaman degandim)

Tepadagi rasmlarda Prompt injinerlarining oyligi haqida info, hattoki prompt injinering degan yangi kasb paydo bo'ldi

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Oct, 11:04


UzGeeks Meetupda spiker savol berdi qatnashuvchilarga:

Biznes egasisiz, $50000 pul ajratdingiz, SI ni biznesingizda qo'llash uchun dedi. Shuni qanday yoki nimalarga, nima ish qilishga ishlatardingiz dedi.

Biznes egasi bo'lsangiz nima qilgan bo'lardingiz?

Man sal turib javobimni yozaman)

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Oct, 10:35


UzGeeks meetupidaman. Spikerlar gaplarini orasida "...mendan ko'p so'rashadi... SI havflimi?..." shu ma'noda aytib ketishyapti.

Nimasi qo'rqinchli, nimasi havfli? Undan unumli, o'g'ri foydalanish kerak. Xuddi pichoq yoki boltadek.

Bilasizmi nega bunday savollar ko'paydi?

Chunki menga o'xshagan kanalida post yozadiganlar, videobloggerlar har xil kontentlar chiqarishib miyyalarni shunaqa "havfli" ma'lumotlarga to'ldirdi.

Ana endi aniq ishsiz qolasiz...
Ana endi sizni o'rningizni boshqasi egallaydi...
Vhkzo

Sardor Dushamov | PHP forever

26 Oct, 06:57


Assalomu alaykum
Do'stlar bugun eng trenddagi mavzular bo'yicha meetup bo'ladi
Hammasi qiziq mavzular, barchangizni kutamiz

Sardor Dushamov | PHP forever

24 Oct, 10:04


Ibi

Shu mukofotni olish kerakda hay, 2 yil vaqt bor

https://t.me/davletovuz/21550

Sardor Dushamov | PHP forever

24 Oct, 05:48


Startup idea😅
Kim shu ishni qilsa ishoning, raketa bo'ladi

Sardor Dushamov | PHP forever

24 Oct, 02:44


😅

Bilasizmi bu rasm hammamizni ustimizdan kulyapti

Chunki oxirgi paytlar hammamiz prompt injinerlarga aylanyapmiz

Sardor Dushamov | PHP forever

23 Oct, 16:19


Dasturchi: Qanday ishlab chiqaman buni?

Tester: Qanday qilib buzaman buni?

Ular deyarli bir-biridan farq qilishmaydi, lekin ular bir maqsadga - sifatni yaxshilashga olib boruvchi har xil yo'ldadir

Sardor Dushamov | PHP forever

22 Oct, 05:29


Nima balo, hamma Pythonga hujumga o'tdimi deyman? Tinch qo'yinglar Pythonni, himoyaga o'zim chiqamanmi deyman bu ketishda😅

Sardor Dushamov | PHP forever

22 Oct, 04:47


Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da AI kuni esingizdami?

📆 26-oktabr, shanba kuni Toshkent shahri, Muminov ko'chasi 4A, (eski Mohirdev ofisi) "UzGeeks October2024 AI Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Data Preparation" - Aziz Abdumalikov
2️⃣ "Biznesda Sun'iy Intellekt" - Muhammadali Salohiddinov
3️⃣ "Tavsiya qilish tizimlari ijtimoiy tarmoqlarda qanday ishlaydi?" - Mohinur Abdurahimova
4️⃣ "Thinking Machines: Understanding the Rise of AI" - Zarifjon Naxalov
5️⃣ "AI plus You" - Adham Zohirov

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(eski Mohirdev ofisi)

Hamkorlar:
- O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
- Thinkland - Mohirdev - UIC Group

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate

Sardor Dushamov | PHP forever

21 Oct, 07:59


21oktabr - yilda 1 marta O'zbek tiliga e'tibor qilinadigan kun!

Bayraming bilan tilim!

Sardor Dushamov | PHP forever

20 Oct, 15:40


Xursandev nega bunday qildingiz, boshqa bunday qilmang.

Pythonni men ham gapirmayapman ancha bo'ldi. Chunki yaxshi til.

Sardor Dushamov | PHP forever

20 Oct, 15:03


Pitonchilarga yuboring😁

👉 @xursandev

Sardor Dushamov | PHP forever

18 Oct, 07:39


Ishanavering, endi yanayam AI startuplarga ko'proq pul ajratishadi. Har xil hakatonlar, konkurslar...
Tayyorgarlik ko'ravering. Ha aytgancha, ko'rdik, ba'zi birovlar 1 ta loyiha bilan hamma konkurs tanlovlarda pullarni yig'ishtirib ham yurishibdi. Ularga yo'l bermaslik kerak.

https://t.me/huquqiyaxborot/16699

Sardor Dushamov | PHP forever

15 Oct, 15:55


7 yil oldin shunaqa ishlar qilgan ekanmiz...
Vaqt o'tishini qarang!

Sardor Dushamov | PHP forever

15 Oct, 12:26


Kredit tarixiga taqiq qo'yamiz

O‘zingizni va oila a’zolaringizni noquniy kredit olishdan saqlash uchun, kredit tarixiga cheklov qo‘yishni tavsiya qilaman. 

KATM degan markaz bor. Unda barcha fuqarolarning kredit tarixi saqlanadi. Qaysidir inson kredit olmoqchi bo‘lsa, bank oldin fuqaroni KATM bazasidan tekshiradi, keyin kreditga rozilik beradi.

KATMni 'Freeze' degan xizmati bor. U kredit tarixini tekshirishga taqiq qo‘yish imkonini beradi.
Kredit beruvchi tashkilotlar, kredit tarixini ko‘rmasdan, kredit bermaydi.

Yoshi katta, pensiya yoshidagi odamlarni nomida moshenniklar kredit olmoqda. Yaqinda, tanishimni oyisini nomiga, moshenniklar $8000 kredit olibdi.

Taqiq qo‘yish bo‘yicha qo‘llanma:

1️⃣ https://portal.infokredit.uz/login bu yerga kiramiz va jismoniy shaxsni tanlaymiz;

2️⃣ My Gov orqali KATM shaxsiy kabinetga kiramiz va
Yuqorida ‘Freeze xizmati’ bo'limini tanlaymiz https://portal.infokredit.uz/freeze ;

3️⃣ ’Freeze xizmati’ sahifasida ‘Yoqish’ tugmasini bosamiz.

Bo‘ldi, kredit tarixini tekshirishga taqiq qo‘ydik.

Kelajakda, kredit tarixini kimdir tekshirmoqchi bo‘lsa, sizga SMS xabarnoma keladi.

Bu xizmat 2024-yil oxirigacha bepul. 

Salomat bo‘ling.

-------

@farkhod_com

Sardor Dushamov | PHP forever

14 Oct, 18:04


O'zi bitta testerimiz bor. Lekin uni ubu kimga tanishtirganimda: rukovoditel otdel testirovaniya, nash glavniy testirovshik, team leader komanda testirovaniya - deyman😅

O'ziyam kuladi
https://t.me/mohirdev/2622

Sardor Dushamov | PHP forever

14 Oct, 17:37


O'zi u - bu kim Xni eslayaptimi o'zi, Xdan foydalanishyaptimi? Xni o'rganayotganlar bormi haliyam?

Sardor Dushamov | PHP forever

14 Oct, 17:34


Ancha bo'ldi X va Xchilar haqida umuman yozmadim. Kanalim ham zerikarli bo'lib qoldi. To'dalashib kanalni tark etishyapti...

Anvar aka ham, Jakhongir aka ham X haqida yozmay qo'yishdi.

Shu kerakmidi a?)

Sardor Dushamov | PHP forever

14 Oct, 14:42


Bilasizmi nega Yii frameworkni eng yaxshi framework deyman?

Chunki haligacha Yii 1 ni ham qo'llab - quvvatlab kelyapti. Har yangi PHPning versiyasi chiqqanda frameworkni ham yangi versiyasi chiqadi.

Bu nima degani?
Masalan sizda eski Yii1 da qilingan loyiha bor deylik, PHP ni yangi versiyasi chiqsa loyihani upgrade qilish juda ham oson. Frameworkni yangi versiyasini qo'ysangiz yetarli. Loyihani ham hechkim eeeski ekanu deyolmaydi. Biz ham bemalol Yii1 da davom ettiraveramiz😎


Bormi yana shunaqa framework?

Sardor Dushamov | PHP forever

14 Oct, 05:49


Oldin ham post yozgan edim. Youtubeda SI orqali yasalgan mushuklarni rasmlari orqali shortslar qo'yib pul qilishyapti deb. Multfilm qilish juda mashaqqatli ish. Lekin SI orqali rasm ishlab chiqish mumkin. Ssenariy o'ylaysiz, midjourney yoki shunga o'xshash SIlarga fikringizni tushuntirasiz, rasmlarni ketma ket qo'yasiz, ana tayyor.

Qunt qilinsa, 1 yilda 100K subscriber yig'ib reklamaga olib chiqish mumkin deb o'ylayman. Bu ham bir yangi yo'nalish. Har holda jamiyatga zararingiz tegmaydi ba'zi vaynerlarga o'xshab)

Sardor Dushamov | PHP forever

13 Oct, 10:41


28. XOTIRANI MUSTAHKAMLASH uchun retsept:

— Yongʻoqlar (har qanday turi) yeyish kerak. Bosh miyani asosini yogʻlar tashkil qiladi, yongʻoqlarda esa aynan shu turdagi foydali yogʻlar bor.
— Kunda 1-2 ta meva yeyish kerak. Tarkibidagi vitaminlar neyronlarni stabil ishlashi uchun muhim.
— Qattiq non yeb turish kerak (agar tishlar butun boʻlsa, yeya olsangiz). Jagʻni qisqa-qisqa, keskin va qattiq harakatlari bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi.
— Miya “mushaklari”ga mashq qilish kerak — oʻqish, masalalar yechish, krossvord va sudokularni ishlash, she’r va tez aytishlarni yodlash bilan boʻladi.

@taomlanish_ilmi

Sardor Dushamov | PHP forever

12 Oct, 13:47


Premyeraga oilaviy keldik, zo'rg'a joy topildi. Juda ko'p tomoshabin kelibdi. Humoda qilaversa ham bo'larkan

Sardor Dushamov | PHP forever

11 Oct, 09:38


#joningdan

Multfilm ko'rishga boramiz.
O'zimizni mahsulot, o'zimizni qora ko'zlar ishlab chiqqan multfilm.

1-2 ta seriyasini 1 yilcha oldin ko'rgandim, Temurbek ish jarayoni bilan tanishtirgan edi. 1 sekundlik multfilm tayyorlash uchun qancha mehnat qilish kerakligini ko'rib, yaxshiyam PHPchi bo'lgan ekanman devorganman😂