Yetim dasturchi kundaligi @yetimdasturchi Channel on Telegram

Yetim dasturchi kundaligi

@yetimdasturchi


Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir.

https://manu.uz/
https://diary.manu.uz/

Bog'lanish uchun: @yetim_robot

Yetim dasturchi kundaligi (Uzbek)

Yetim dasturchi kundaligi Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilish uchun yaratilgan. Agar siz ham dasturchilik sohasida yangi bo'lsangiz yoki mahalliy va xorijiy murakkablarni o'rganmoqchi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun. Yetim dasturchi kundaligi sizga dasturchilik sohasidagi so'nggi yangiliklarni, mahalliy va xorijiy dasturchilarning tajribalarini, va murakkablikning eng so'nggi trendlarini taqdim etadi. Kanalda manbalar ham mavjud: https://manu.uz/ va https://diary.manu.uz/. Agar siz ham dasturchilikda o'z ko'nikmalarizni oshirishni istasangiz, Yetim dasturchi kundaligiga obuna bo'ling va murakkablik sohasida o'z bilim va tajribangizni kengaytiring!

Yetim dasturchi kundaligi

04 Jan, 12:09


@vodiylik (Shukrullo) bilan loyihalar qilishda doim talashib yursak ham lekin odatiy suhbatlarda do'stlikcha qolaverardik. Bir loyiha ustida bir yildan ortiq ishlagandik ham. Yaxshi inson edi. Bugun O'zbek dasturchilar kommunitiysi uchun ko'p narsa bergan do'stimiz vafot etipti.

Hammamiz uchun o'zidan yaxshi xotira va loyihalar qoldirib ketdi.

Yetim dasturchi kundaligi

30 Dec, 15:42


Энди метрода йўл ҳақини кафт билан тўлаш мумкин

Тошкент метросининг 12 та бекатида ушбу амалиёт йўлга қўйилди.

Йўловчини биометрик идентификация қилиш учун кафтдаги томирлар ҳосил қилган расмни сканерлаш технологияси қўлланилади.


👉https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL

Yetim dasturchi kundaligi

16 Dec, 06:40


https://telegra.ph/Corne-keyboard-yasadim-12-15

Yetim dasturchi kundaligi

14 Dec, 23:49


Oma joyidan turvolsa)

Yetim dasturchi kundaligi

14 Dec, 23:48


Robotlar bizni bosvoladi deganmidinglar) O'rnidan turolmayaptiyu bu.

Yetim dasturchi kundaligi

12 Dec, 13:45


Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida “1-Intellektual kubok” haftaligi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda tanlov bo'lib o'tadi:

🔹 📄Sun’iy intellekt va foydali ilovalar yo'nalishi

🔹 🔐Kiberxavfsizlik yo'nalishi

🔹 💻Dasturlash

🔹 🤖Robototexnika

Ro'yxatdan o'tish muddati : 14-dekabr

Qo'shimcha ma'lumot uchun

Tanlov g'oliblari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi va respublika tanlovlariga tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube

Yetim dasturchi kundaligi

04 Dec, 01:29


1969-yil uchun internet tarmog'i (Arpanet) xaritasi.

Yetim dasturchi kundaligi

01 Dec, 12:20


Bahor kelsa yutub kanalda sizlarga varrak yasash haqida video qilmoqchi edim 😢

Yetim dasturchi kundaligi

01 Dec, 05:40


Vaqt tugadi

Yetim dasturchi kundaligi

01 Dec, 03:34


Turbo Pascal 41 yoshga to'ldi 🥳

Yetim dasturchi kundaligi

30 Nov, 16:32


🥲

Yetim dasturchi kundaligi

29 Nov, 22:46


O'zinga o'xshagan uxlamaydigan nusxalar bilan team work)

Yetim dasturchi kundaligi

29 Nov, 12:53


Mezza

Yetim dasturchi kundaligi

28 Nov, 21:26


Borjomi saytini ishlab chiqish jarayonidan lavha)

P.S: Bu sayt o'z vaqtida yer yuzidagi eng uzun sayt hisoblangan (11km)

Yetim dasturchi kundaligi

28 Nov, 08:31


Ko'tlik qilish bo'lmasin)

Yetim dasturchi kundaligi

28 Nov, 08:18


Kanaldagi 10 kishi O'zbek tilida yaxshi bilim olish imkoniga ega bo'lishi mumkin!

PostgreSQL bo'yicha o'zbek tiliga tarjima qilingan yaxshi qo'llanmani "Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo`llab quvatlash bo`yicha yagona integrator UZINFOCOM" nomidan sovg'a sifatida qo'lga kiritishingiz mumkin.

Bu uchun 30-noyabrgacha @yetim_robot telegram botiga #postgres hashtagi bilan nima uchun PostgreSQLni o'rganishni istayotganingiz, bu sizga nimalar berishi shuningdek UZINFOCOMning qaysi loyihalari bilan tanish ekaningiz va qaysi birini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etishni xohlashingiz haqida yozib qoldiring. O'z fikrini yaxshi ifodalay olish kitob olish imkoniyatini oshirib beradi.


Shundan so'ng 1-dekabr sanasida o'z fikrini yaxshi ifodalay olgan odamlarga kitobni olish haqida xabar beriladi.

P.S: O'zbekistonni qaysi hududida joylashganingiz ahamiyatsiz, Toshkent shaharda bo'lsangiz offline qabul qilishingiz, agarda viloyatda bo'lsangiz yetkazib beriladi.

Yetim dasturchi kundaligi

27 Nov, 22:54


Operatsion tizim shunaqa narsaki qariganing sayin uning stabilligiga o'rganib qolasan. Masalan menga har qanday linux based distro bilan ishlash umuman muammo emas. Arch, fedora, gentoo...

Muammo shundaki sen unga kun tartibingdagi asosiy vaqtingni sarflab qo'ymasliging lozim.

Chiroyli themelar, turlicha desktop enviromentlarni yoshlik, o'rganish davrida sinash bu ok, ammo sening asosiy ishing kutadigan vaziyat bo'lsa luchshe bunga ovora bo'lib vaqt sarflamagan maqul.

Aslida linuxning hammasi bir go'r, odatda ularni bir biridan build system va paket menejerlari farqlantiradi. Ammo asosiy nuqta ham shunda.

Masalan fedora ishlatayotganimda men uchun eng noqulay bo'lgan vaziyat bu x264 codec, telegram binary update bo'lishi, klaviatura va mishka uchun custom eventlar ulashimda /dev/input nostabilligi, window protocol va remi paketlar kabi holatlar. Archda minimallik yoqadi ammo 3 kun otpusk olib os tayyorlar bu uje banalno.

Debian based distrolarda esa odatda juda ko'p narsalarni tezkor va muammosiz topishing mumkin (build in tayyor ham) Bu ishni tezroq amalga oshirishga yordam beradi.

Gnu/Linuxni bu istalgancha sozlash mumkin bo'lgan operatsion tizim. Ammo yosh o'tgan sari bunga umr qisqalik qilishini tushunib yetasan. Yoki juda sozlash yoqsa, eksperimentlarga qiziqsang bunaqa ish uchun BSD aslida yaxshiroq variant ekanini tushunib yetasan (uyer bu borada haqiqiy jinnixona). Ammo ikkala holatdayam qachondir zerikasan va sen uchun birinchi install qilganda tezroq va to'laqonli run bo'la oladigan narsaga yopishishni boshlaysan.

Masalan fedora uchun x264 paketni qaytadan moslash, yetmay qolgan biror driverni yozish men uchun qiyin emas. Shunchaki bu endi menga kayf bermaydi. Undan boshqa tuzukroq muammoga yopishish ancha foydali (masalan yaqinda dsi protokoldagi ekran uchun 0dan kernel driver yozishga to'g'ri kelgandi)

Serverlar masalasidayam xuddi shunday. Sen arch linuxga butun boshli phpni qaytadan build qilayotgan vaqtinga debianda Sury degan aka phpni hamma modulini chiroyli qilib yig'ib qo'ygan.

Yosh va imkon bo'lsa eksperimentlar qiling, katta bo'lib muammo ortsa bu energiyani yaxshisi boshqa joyga sarflang.

@yetimdasturchi

Yetim dasturchi kundaligi

27 Nov, 16:55


Daydi o'g'ilning qaytishi) Bu jahonda Debian&Ubuntudan boshqa install qilsa ishlab ketadigan distro topilmadi.

Yetim dasturchi kundaligi

27 Nov, 14:23


Endi live stream qilsak bo'ladi)

Yetim dasturchi kundaligi

20 Nov, 14:38


Har ikkita odamdan biri

P.S: Shunchaki)

Yetim dasturchi kundaligi

20 Nov, 06:40


🫠

Yetim dasturchi kundaligi

19 Nov, 09:51


Yuqoridagi kabi foydali kontentlaringiz bo'lsa va ularni odamlarga foydasi tegsa shunday resurlarni hech qanday muammosiz ko'proq odamga yetkazishga yordam berishim mukin.

Shularni inobatga olib savol va takliflaringizni yo'llashga quyidagi botni ochib qo'ydim. Men bilan bog'lanish uchun havolani kanal tasnifidan olishingiz yoki quyidagi botdan foydalanishingiz mumkin @yetim_robot

Shuningdek fikrlar guruhiga ham qo'shilish imkoni bor sizda

P.S: Bekorchi va be'mani narsalar ignor qilinadi

Yetim dasturchi kundaligi

19 Nov, 06:23


DevOps o'rganmoqchi bo'lganlar uchun o'zbek tilida ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga jamlagan yaxshi resurslardan biri.

https://devops-journey.uz/

Ayni damda devops talabgor sohalardan biri hisoblanadi. Juda ko'plab firmalar va loyihalar ushbu mutaxasislarga katta ehtiyoj sezib borishmoqda. Bu resurs bilan esa ko'plab bilimlarni bepul o'rganishingiz shuningdek community asosida shu soha egalari bilan bemalol fikr almashishingiz mumkin.

Yetim dasturchi kundaligi

18 Nov, 09:36


Dinamik subdomenlar sozlash (devops)

Batafsil o'qish 👉 https://diary.manu.uz/blog/dinamik-subdomenlar-sozlash-devops.htm

@yetimdasturchi

Yetim dasturchi kundaligi

17 Nov, 16:48


Hozirgi vaqtda ISO 8601 standarti ham mavjud. Bu vaqt belgilarini matnda ifodalashga yordam beradi. Bunga ko'ra:

Sana: 2019-01-23
UTCdagi lahza: 2019-01-23T12:34:56.123456Z
UTC dan boshkangan lahza: 2019-01-23T18:04:56.123456+05:30
Yil haftasi: 2019-W23
Kun bo'yicha (yilning 1-366-kunlari): 2019-234

Formatlarda belgilanadi. Inson hamda mashina ushbu formatni tushunishi (qayta ishlashi) ancha osonlashtirilgan.

Yetim dasturchi kundaligi

17 Nov, 16:41


Unix-ning dastlabki versiyalari tizim vaqtini 1/60 oraliqda o'lchagan. Bu 32 bitli tizimda faqat 829 kundan kamroq vaqt oralig'ini ifodalash imkoniga ega edi.

Oddiy qilib tushuntirganda:

Unix PDP-11 hisoblash mashinasi ustida qurilgan. Bunga ko'ra qurilma darajasidagi taymer 60Hz ga teng edi. (Taymerlar nega kerak desangiz bu odatda turli vazifalarni amalga oshirishda oraliq olish uchun ishlatiladi. Masalan ekranga tasvir chiqarish, kirish qurilmalaridan turli protkollarni o'z talqiniga moslash kabi)

Demakki 2ni 32-darajasida hisoblasak bizdagi counter maksimum 4 294 967 295 gacha boradi xolos. Bu esa 60Hz chastotada 71 582 788 sekund yoki 829 kunga teng bo'ladi.

Shuning uchun ham limitlarni to'g'ri taqsimlash uchun epoxa tanlab olindi. Ya'ni unix davrining boshlanishi. Unix 70-yillar orasida yaratilgani bois 1971-01-01 tanlab olindi ammo hisob kitoblarga yanada aniqlik kiritish uchun keyinchalik 1970-yilga o'zgartirildi. Bunga ko'ra qurilmalar vaqtni 1970-01-01 sanansidan boshlab hozirgi vaqtgacha bo'lgan sekundlarda hisoblanadi. Ammo soniyaning oshib borishi ham 2ning 32darajasini qachdir to'ldiradi va bu vaqt aynan 2038-01-19 kuniga to'g'ri keladi. Aynan o'sha paytda 32 bitlik tizimlarda overflow (cheklovdan oshish) sabab barchasi yana 0ga qaytadi.

64 bitlik tizimlarda ayni damda bunga yechim mavjud, bu ko'pchilik kun orada ishlatadigan time_t hisoblanadi. Agarda 2038-yilgacha 32 bitlik tizimlar qolmasa buni qo'rqinchli joyi yo'q, agarda ishlatilish davom etsa albatta o'sha kuni qurilmalar orasida apokalipsis yuz beradi.

Epochdan bo'y sunmaydigan holatlar haqida qiziqmoqchi bo'lsangiz ushbu havoladagi post ham siz uchun qiziqarli bo'la oladi degan umiddaman.

@yetimdasturchi

Yetim dasturchi kundaligi

16 Nov, 21:39


Aynan shu sanada kompyuter qurilmalaringizni o'chirishni unutmang)

Yetim dasturchi kundaligi

15 Nov, 21:09


Web push bildirishnomalar yuborish

https://diary.manu.uz/blog/web-push-bildirishnomalar-yuborish.htm

@yetimdasturchi

Yetim dasturchi kundaligi

15 Nov, 08:19


SSH va uning qiziqarli xususiyatlari haqida tanishamiz

Ushbu maqolada ssh nima ekanligi, undan qanday foydalanish va unga doir turli qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

https://diary.manu.uz/blog/ssh-va-uning-qiziqarli-xususiyatlari-haqida-tanishamiz.htm

@yetimdasturchi

Yetim dasturchi kundaligi

15 Nov, 08:17


Channel photo updated

Yetim dasturchi kundaligi

13 Nov, 09:00


Agar ish stolida kalbasayam ko'rayotgan bo'lsangiz demak bu texnik odamga tegishli joy bo'ladi)

Yetim dasturchi kundaligi

13 Nov, 06:08


🙈

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 15:12


Savol: What advice do you have for unmarried programmers?
Javob: Don't marry


Savol: Whole world is trash right?
Javob: Yes, but often, interesting things come out of trash)


Savol: Pavel Durov ga fikriz qanaqa?
Javob: Akasichalik bo'lmasada yaxshi dasturchi deya olaman. Oxirgi vaqtda vkontake qasosini telegram orqali olish niyatida xolos.


Savol: Qachondan beri chekasiz?
Javob: U vaqtda pine sigaret sotilardi)


Savol: Django frameworki haqida nima deysiz. Oʻzingizing loyihalariningizda foydalanasizmi?
Javob: Python dasturchi emasman



Savol: Dasturlashni necha yoshdan boshlagansiz va eng birinchi dasturlash tilingiz?
Javob: 15 yosh, delphi


Savol: Shogirt olasizmi? Yani Otdushi o'rganaman degan odam bosa yonizda olib yurib o'rgatgan bo'larmidiz?
Javob: Yo'q, yonimda odam bo'lishi doimam yoqmaydi



Savol: Миллийликка асосланган маънавият билан йӯғирилган, анъана ва қадриятларга меросхӯр бӯлган жамият сиз учун, рухан азобланиш деб қабул қиласизми?
Javob: Ha, chunki bunday jamiyat yangilanishlarni qabul qila olmaydi.


Savol: Are you Muslim?
Javob: Everyone's beliefs are a deeply personal matter. Asking such a question is like asking what kind of underwear someone wears.

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:57


Salom aka. Ideaton tanlov bo'ylapti, shunga O'zbekistondagi biron muammoga IT-yechim taklif qilish kerak, siz qanday muammolarni yoki ideani maslahat beras?

---

O'zbeklarga ayti haqida to'g'ri tushuncha yetkaza oladigan loyihani, ayniqsa soqqa payidagi ota-otanalarga sizni bolangiz nixuya dasturchi bo'la olmaydi, uni talanti boshqa joyda deya oladigan narsani.

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:53


Qaysi davlatda yashashni hohlardiz va nima uchun?

Qaysi universitetda o'qishni orzu qilasiz?

---

Germaniya, nemislar fan metodikasi bilan ko'p qiziqib ko'rganman ularda asosan fan tomonidan o'rganiladi. Mamlakat research and development uchun yaxshi ajrata oladi deb o'ylayman.

Universiteteda o'qishni orzu qilmayman. Self education tarafdoriman.

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:51


Oxirgi marotaba qachon va qaysi dasturiy ta'minot uchun pul to'lagansiz? O'zi umuman dasturiy ta'minot uchun pul to'lanishiga qanday qaraysiz? Sizni pozitsiyangiz qanday? Bosib o'g'irlash kerakmi yoki sotib olish kerakmi?

---

ServerCat oxirgi to'lov, yiliga 2500$ dan ko'proq dasturiy ta'minotlar litsenziyasi uchun ketadi. Lekin katta qismda open source loyihalardan foydalanaman. Pozitsiyam pozitiv albatta. Hech yo'q bepul bo'lsayam donating sistema bo'lishi kerak bunaqa joyda. Bu narsa dasturchi uchun yaxshi motiv bo'la oladi.

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:39


Assembly bilasizmi ?

---

Ha, avr assembly asosan

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:30


Официально вообще через телефон делается это вообще другой

---

У меня телефобия есть

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:30


Bu dunyoda nima uchun yashayapsan

---

Shu savol javobini qidirish uchun

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:30


Eng yaxshi fasl

---

Yoz

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:25


Что где когда

---

Мне тоже интересно)

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:22


Do u love me ? 🙂

---

Who are you? I just love devices)

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:21


Sizga eng cringe tuyulgan idea ?

---

Ma'naviyat, milliylik, ajdodlar birnimasi, yoshlar ittifoqi va insonlar o'z-o'ziga qo'yadigan har qanday sun'iy chegaralar

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:18


menga ham dasturlashni o'rgatasizmi?

---

Hammaga ham bilimimni o'rgataveraman, bilim yashiradigan odatim yo'q. Faqat nima o'rganishni odamni o'zi xohlashi va so'ray olishi kerak. Talabga qarab kontent bera olaman.

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:16


Bugun ob havo qanday?

---

Stolichniyni maydalaydigan darajada)

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 14:14


Assalamu aleykum Uylanganmisiz yoshiz nechida asosan hobbiyiz nima? Yoqtirgan ovqatiz va bo'sh paytiz ko'p bo'ladimi...\nNega Aynan kanaliz nomi Yetim Dasturchi?

---

Valaykum Assalom (Farrux Zokirov ovozi bilan o'qilsin). Yoshim 27da, hobbyim shu ishim ya'ni dasturlash va muhandislik. Xitoyliklardan yagona farqim ko'ngil aynitmaydigan lyuboy narsalarni yeyaveraman). Yoqtirgan ovqatim yo'q va ovqat tanlamayman. Kanal nomi yetimligim uchunam yetim dasturchi.

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 02:40


Sinab ko'rsa bo'larkan)

https://t.me/questianonbot?start=441307831h

Do'stlaringiz va obunachilaringizga havolani ko'rsating va ulardan anonim savollar oling!

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 00:55


Unix is simple. It just takes a genius to understand its simplicity.

(c) Dennis Ritchie

Yetim dasturchi kundaligi

10 Nov, 00:43


POSIX (Unix) standartga ega operatsion tizimlarning qulayligi kodlarni indamasdan Macos, Linux, BSD, Android kabi operatsion tizimlarda ishlatib ketaverasan.

Microsoft esa bu yetim tashkilot. Windows uchun 6500 qator kodni qayta ko'zdan kechirib ko'plab qismlarini WinAPI ga moslab chiqishing kerak.

Masalan akalar arpa/inet, unistd kabi apilarni windowsda o'zining alternativasi bor va barchasini shunga moslashing kerak degani.

Menimcha xuddi protsessorlar arxitekturasi kabi system apilar uchunam standartlar qilish zarar qilmasa kerak)

Yetim dasturchi kundaligi

08 Nov, 15:04


Davomi:

Massivga teskari murojaat qilish:

2[array]

Quyidagi bilan teng)

array[2]


Ikkita pointer stringlarni bir biriga ko'chirish:

while (*dest++ = *src++) ; 


Shablonlardan foydalanish:

//Natija: 1234
#define merge(a, b) a##b
printf("%d ", merge(12, 34));


//Cheksiz sikl, tilni o'zingizga muammosiz moslash imkoniyatini ko'rsatish uchun.
#define ever (;;)
for ever{

}


Sonni o'z qiymati tengiligda bir barobarga oshirish yoki tushirish ( ikkiga tezkor ko'paytirish ):

x=x<<1;
x=x>>1;


Bir qatordan iborat for loop:

for ( int i=0; i < 10; i++, doSomethingElse( i )  );


Switch case orqali diapazonlarni aniqlash:

switch(c) { 
case 'A' ... 'Z':
printf("harf");
break;
case 1 ... 5 :
printf("raqam");
}

Yetim dasturchi kundaligi

08 Nov, 12:32


Press F 🫡

Amaki O'zbekistonda siyib revolutsiya qildi.

Endi metro stansiyalarida hojatxona qurilarkan)

Yetim dasturchi kundaligi

08 Nov, 00:12


Bugun sizlarga doim "- @orzklvb mavlono yana lo'licha usulmi?!" deyishiga sabab narsalardan bir ikkisini aytaman))

C dasturlash tili strong type hisobalanadi. Bu esa o'z navbatida funksiyalar uchunam o'z ta'sirini ko'rsatadi. Masalan funksiya argumentlari. Tasavvur qilaylik bizga soni oldindan aniq bo'lmagan argumentlar kerak. Odatda bunday holat uchun posixdan qolgan variadic usul mavjud. Ammo uning birgina xavfli jihati agarda argumentlar soni va turi yetarli bo'lmasa runtime vaqtida xatolik ketishi mumkin.

Variadic usul: void func(int values, ...)

Lo'licha usul:


void func(type* values) {
while(*values) {
x = *values++;
/* x bilan harakat */
}
}

func((type[]){val1,val2,val3,val4,0});


Yangi struktura qiymatini xotira ajratish funksiyasisiz belgilash. Bunga ko'rsa kodlar qatori kamayadi va orticha funksiyalarga murojaat qilinmaydi.


struct something X = {0};


Ikkita pointer qiymatlarini XOR amali orqali uchinchi o'zgaruvchi ishtirokisiz almashtirish:


a ^= b; b ^= a; a ^= b;


Oldindan belgilangan makroslar orqali xatolik nuqtasini aniqlash (debugging uchun qulay):


printf( "Bu xatolik haqida xabar. %s:%d, fuksiya=%s\n", __FILE__, __LINE__, __FUNCTION__);


Switch case bilan while loopni chatishtirsa break o'rniga continuedan foydalansa bo'ladi 😃


void sw( int c ) {
switch ( c ) while (0) {
case 0:
printf("zero\n");
continue;
case 1:
printf("one\n");
continue;
default:
printf("default\n");
continue;
}
}


@yetimdasturchi

Yetim dasturchi kundaligi

07 Nov, 01:06


C dasturlash tili xotira bilan maksimum ishlashga moslashgan. Shu sababli ham uyerda har baloni pointerga olish imkoni bor.

Masalan zamonaviy linux kernelni shu kungacha minimum 256Kb xotira ishlashga moslay olishgan.

Masalan meni o'zimdagi loyihada butun boshli androidda 512Mbdan ortiqroq resurs sarflaydigan joyiga Cni o'zida 0 dan yozilgan narsa 71Kb ishlatmoqda.

Yetim dasturchi kundaligi

07 Nov, 00:45


C dasturchilardan shax i mat rust dasturchilarga 😂

Yetim dasturchi kundaligi

07 Nov, 00:44


me: aye, mavlono. what would possibly be that void pointer?
@yetimdasturchi: em, void pointer?!
me: no! i need to explain that to rust normal fucking way
@yetimdasturchi: 🤷‍♂️
me: fuck, i hate semantics 😩

Yetim dasturchi kundaligi

06 Nov, 22:14


Shogirt ustozi piru komildan so'radi:
- C dasturlash tilida websocket bilan ishlaydigan ilova yasash uchun nima qilish kerak?
Piru komil javob berdi:
- Avvalo web socket server yasaysan bo'talog'im

P.S: Quyi dasturlash tillarida agar siz olma pirogini tayyorlashni istasangiz, avvalo bu uchun koinotni kashf qilishingiz kerak))

Yetim dasturchi kundaligi

06 Nov, 17:52


Shu narsani ko'rmagan ko'zlar sotib olinadi 🫣

Yetim dasturchi kundaligi

06 Nov, 08:44


Mazkur bot orqali kichik biznes egalari asosiy xarajatlar va tushumlarni kuzatishi, har kungi hisob va xarajatlarni toifalar bo‘yicha tahlil qilishi mumkin.

Bot o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Keyinchalik bot bilan to‘lov tizimlariga integratsiyalashuvni va moliyaviy hisobni yanada qulayroq qilish rejalashtirilmoqda.

Botga ushbu havola orqali kirib, “Intertrace” faollashtirish kodi yoki "FINTECH" tugmasini bosish orqali ishga tushirish mumkin.

Obuna bo'ling: @tangauzb

Yetim dasturchi kundaligi

05 Nov, 16:35


Otamni zamonida nima qilinardi degan joyiyam bor.

Tas-Ix yoki Tashkent internet exchange point qachonlardir O'zbekistonda tarmoq masalasini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan eng yaxshi loyihalardan biri hisoblanadi. Bunga ko'ra mamlakat ichidagi tarmoqlar uchun trafik o'tishi tarifikatsiya qilinmaydi. Ammo uning davrida ham bizdagi markaziy internet kanal yaxshi bo'lmagani bois tashqi trafik juda qimmat bo'lgan.

Odatda bunday internet aholida kam lekin datacenterlarda doimiy uchrab turardi. Geeklar tomonidan esa bundan foydalanish metodlari ham bo'lgan o'sha vaqtda. Bunga ko'ra tas-ix doirasida server yoki hosting sotib olinadi, shundan so'ng barcha ulanishlar o'sha server orqali amalga oshiriladi.

Bunda tasix -> tasix -> mir ko'rinishda ishlaydi va avtomatik tashqi trafik to'lovi hosting provayder hisobida bo'ladi.

Keyinchalik trafik masalasi juda arzonladi va bunday chetlab o'tish metodlariga avtomatik ehtiyoj sezilmay qoldi.

P.S: Eslatib o'tish kerakki proxy va anonimayzerlardan foydalanish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan.

Yetim dasturchi kundaligi

05 Nov, 15:43


Qachonki oyiga pachti terabayt trafik ishlatsang)

Yetim dasturchi kundaligi

03 Nov, 16:17


Windows uchun shunaqasi bor ekan)

Bir vaqtlar realvnc windows uchun bepul edi.

Unix/Linux uchun esa bunday softlar yetarlicha mavjud. Yoki shunchaki xserverni tarmoqda ishlash uchun moslash mumkin.

ssh -X ham bir variant.

Yetim dasturchi kundaligi

03 Nov, 16:09


VNC nima?

Virtual Network Computing - RFB protokoli yordamida kompyuter ish stoliga masofadan kirish tizimi. Bunday tizim orqali siz tarmoq yordamida mijoz kompyuterni boshqarish imkoniga ega bo'lasiz. VNCning boshqa turdagi terminallardan farqi ulanish uchun alohida sessiya ochilmaydi va aktiv foydalanuvchi nomidan boshqaruv davom etadi.

Yetim dasturchi kundaligi

03 Nov, 16:07


))

Yetim dasturchi kundaligi

03 Nov, 13:03


Asaxiy books ilovasida elektron kitoblar o'qiyotganingizda shu perashka pishiradigan qiz haqida bir on o'ylab ko'ring. Uyerdagi juda ko'p kitoblarga shu birov mensimaydigan qizning ko'p mehnati singan masalan)

Yetim dasturchi kundaligi

03 Nov, 13:02


Bir vaqtlar bizni tumanimizga Samaraxon Karimov ismli inson hokim bo'lgan. Haqiqatda tuman uchun juda ko'plab ishlar qilgan inson hisoblanadilar.

Shuningdek Namangan viloyatida Chust tumani rivoji uchunam o'zini hissasini qo'shgan odam.

Shu insonni bir odati bo'lgan deb eshitgan edim. Masalan Toshkentda o'qiyotgan talabalar bo'lsa yil oxiriga kelib shu talabalar uchun alohida bir restoranda o'tirish tashkil etiladi va ish sharoitlari, tumanga qaytib kadr ketishi ta'minlanadi.

Shuningdek bu kadrlar agarda o'z kursdoshlari ichida juftini uchratgan bo'lsa xoh ayol, xoh erkak ularniyam qo'shib olib ketishga imkon yaratiladi. Bu bilan esa kichik bir tumanda ziyolilar ko'payishiga hissa qo'shilgan.

Chindan ham o'sha odam hokimlik davriga qaralsa ziyolilar soni anchagina ko'p bo'lgan.

Yuqoridagi qizda ham xuddi shunday. Bilimni inson o'zida borini boshqalarga ulashgisi va o'zideklar ko'payishini istaydi doim.

Kapitalizm bilim bilan tenglasha olmaydigan yagona qism ham shu aslida.

Yetim dasturchi kundaligi

03 Nov, 12:56


Har tong shunday perashki pishiraman.

Bir yil oldin turmush o‘rtog‘im bilan "Urfon" bookkafesini tashkil etganmiz. 500ga yaqin kitoblarimni olib borib qo'yganman. Cafe maktab yonida joylashgan.

Perashkilarni ham o‘sha joy uchun pishiraman. Har kun 100 dan ortiq perashki, hot-dog, coffee, shirinliklarim va hokazolar sotiladi. Men o‘quvchi hamda o'qituvchilar uchun oddiy bufetchi opa (ba'zan xola😅)man.

Ular meni hatto universitetda o‘qiganimniyam bilishmaydi. Tasavvur ham qilishmaydi. Ba'zi o'qituvchilar mensimaygina muomala ham qilib qo‘yadi. Bufetchiman-da))

Hammasiga kulib qo‘yaman😊

@qodirova_g

Yetim dasturchi kundaligi

02 Nov, 17:49


Reverse engineeringga qarshi SPI memory oldiga yozib qo'yilgan ekan)

Yetim dasturchi kundaligi

02 Nov, 16:54


3 million dollarlik iqtibos ☝️

Yetim dasturchi kundaligi

01 Nov, 13:05


29-oktyabr kuni AQShning "Reddit" ijtimoiy tarmog‘i 20 yil ichida ilk marotaba foyda ko‘rganini e’lon qildi.

Kompaniya 3-chorak yakuni bo'yicha $29,9 mln foyda va $384,4 mln daromad ko‘rganini e'lon qilgan. Bu 2023-yilga qaraganda 68 foizga ko‘p.

Reddit'ga ushbu foydaning kelishiga sabab ijtimoiy tarmoq auditoriyasining keskin oshgani bo‘lgan. Kompaniyaning obunachilari soni 47 foizga oshib, bir necha kun ichida qariyb 100 mlnga yaqinlashgan.

Kompaniya platformasi birjaga chiqqanida birinchi chorakning o‘zidayoq $575 mln yo'qotgandi. Hozirda Reddit’ning reklama daromadi $315,1 mlnga yetgan, qolgan daromadlari esa $33,2 mlnni tashkil etmoqda.

Reddit bosh direktori Stiv Xaffman aksiyadorlarga yo‘llagan maktubida foydalanuvchilar sonining o‘sishini sun’iy intellektga asoslangan funksiyaga o‘tilgani orqali sodir bo'lganini izohlagan.

Obuna bo'ling: @tangauzb

Yetim dasturchi kundaligi

30 Oct, 11:40


Birinchi internet-xabar 1969-yilning shu kuni yuborilgan. Ular “login” deb yozishni xohlashgan, lekin tarmoq ishdan chiqishi sabali “lo” qismining o'zi yetib borgan)

Yetim dasturchi kundaligi

29 Oct, 13:54


Vanihoyat odambasha ish stoli qilganingda)

Yetim dasturchi kundaligi

28 Oct, 22:08


Bugungi kayfiyatni eng yaxshi holatga keltirgan video bo'ldi 😂

Yetim dasturchi kundaligi

27 Oct, 16:13


Shu cpu sourcesi va sample programlar ekan https://github.com/InkboxSoftware/excelCPU

Yetim dasturchi kundaligi

27 Oct, 16:10


- Exceldan qanchalik xabardorsiz?
- Hoz ko'rsataman)👇

https://youtu.be/5rg7xvTJ8SU

Yetim dasturchi kundaligi

27 Oct, 15:43


Agarda deputatlar saylov oldi dasturlarini normal ko'rsatganda va pitch qilganda buyerda ovoz berayotgan jarayondagi rasm bo'lishi mumkin edi.

Lekin o'likka qanday ovoz berish mumkin?)

Yetim dasturchi kundaligi

18 Oct, 14:22


Achirnarlisi nima bilasizmi? 24 soatdan keyin buyerdagi narsalarni chiqindidan topasiz.

Yetim dasturchi kundaligi

17 Oct, 17:58


))

Yetim dasturchi kundaligi

16 Oct, 11:52


Mahsulot sifatini tekshiruvchi arm

Yetim dasturchi kundaligi

16 Oct, 10:29


Bo'ldi tarqalamiz. Ishtirokchi googlega how to connect to ssh deb izlaganidan tushundimki buyerda turish befoyda)

Yetim dasturchi kundaligi

16 Oct, 10:11


😂

Yetim dasturchi kundaligi

16 Oct, 10:08


Halal hackerlar blya. sudo apt update bilan nasani hack qilishyapti.

Odamlarni tikka aldashga qilingan shou.

Yetim dasturchi kundaligi

15 Oct, 12:34


Zebradan ishlab chiqarish liniyalari uchun skaner ekan. Tezligi dahshatli darajada.