Baratov’s Blog @baratovs_blog Channel on Telegram

Baratov’s Blog

@baratovs_blog


Minimalistic thoughts

“My (accurate) dairy”

Baratov’s Blog (English)

Are you a fan of minimalistic thoughts and deep reflections? Look no further than Baratov's Blog on Telegram! This channel, created by the username @baratovs_blog, offers a unique blend of insightful musings and thought-provoking content that is sure to resonate with anyone seeking a moment of introspection.

Baratov's Blog is like a digital diary, where the author shares their innermost thoughts and experiences with the world. From personal anecdotes to philosophical reflections, this channel offers a glimpse into the mind of a deep thinker. Whether you are looking for inspiration, motivation, or simply a moment of reflection, Baratov's Blog has something for everyone.

Join this community of like-minded individuals who appreciate the beauty of minimalistic thoughts and the power of introspection. Subscribe to Baratov's Blog today and start your journey towards a more mindful and reflective lifestyle. Who knows, you might just find a piece of yourself in the words shared on this insightful Telegram channel. Embrace the power of minimalism and start your day with a fresh perspective from Baratov's Blog!

Baratov’s Blog

28 Jan, 01:01


Vaqtning qiymati

Tuproqqa suv qo’shib, quritib g’isht yasasa bo’ladi. O’sha loyga hunarmand mehr bersa, ko’za yasasa bo’ladi.

Kremniy moddasini alohida ajratib olib, quyosh batareyasi yasasa bo’ladi. Bir xil tuproq. Bir biridan narxi 10-100 barobarga farq qiladigan mahsulotlar.

Tuproq ishlatilyapti degani - eng to’g’ri yo’lda ishlatilyapti degani emas.

Vaqt bilan ham shunday. Bandsiz degani, eng foydali ish bilan bandsiz degani emas. Vaqt shunchaki sarf bo’lmaydi.

U konvertatsiya bo’ladi.

- Arzon dofaminga konvertatsiya bo’lishi mumkin (tarmoq, o’yin, seriallar).

- Ilmga konvertatsiya bo’lishi mumkin.

- Pulga konvertatsiya bo’lishi mumkin.

Tanlov sizni qo’lizda do’stim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

20 Jan, 01:01


10% oldinda

O’rgatishim, muhokama qilishim, gapirishim uchun ekspert bo’lishim kerak deb o’ylaymiz.

“O’rgatish sengamas” deydi ichki ovozimiz.

Bir necha yil oldin do’stim to’g’ri ovqatlanish ratsionini tushuntirgan.

O’zi mendan ikki kun oldin o’rgangan.

Proffesional shug’ullanadigan odamlardan so’rasam qo’l siltab ketardi.

“Shuniyam bilmaysanmi hali?” deb.

O’rgatuvchining 10% oldinda yurishi o’rganuvchiga foyda.

Bilmagan paytini eslaydi. Qiynalgan paytini eslaydi. Erinmay tushuntiradi.

O’rgatish uchun ekspert bo’lishni kutmang.

O’rganuvchidan 10% oldinda bo’lsangiz yetarli.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

13 Jan, 01:01


Limbik kapitalism

Inson miyyasining limbik tizimiga ta’sir o’tkazib hissiyotlar chaqirish mumkin.

Hissiyotni nima chaqirsa ham, haqiqiydek tuyulaveradi.

Buni ustida ishlayotgan olimlar, uddasidan chiqishyapti. Oxirgi yillarning o’zida ular bizga:

Vitaminli meva, sabzavotlar o’rniga, MSG (tam beradigan tuzlar) bilan boyitilgan sneklar,

Haqiqiy do’stlar o’rniga - followerlar,

Hayot sinovlari o’rniga - videoo’yinlar.

Qancha shu narsalarga qaram (addicted) bo’lsak, mualliflarga shuncha yaxshi.

Hech kim bizni ataylab qul qilmoqchi emas. Maqsad faqat pul, toza kapitalism.

Limbik kapitalism.

Qulga aylanayotgan biz o’zimiz.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

06 Jan, 01:01


Chalg’ib qolamiz

Rasm jo'natish uchun telegramga kirdim. Kanaldan kelgan xabarga qiziqib kirdim.

Bitta xabar ikkinchisiga, keyin boshqa kanalga ulanib, oxiri Youtube bilan tugadi.

Ish quroli, ishdan chalg’itib qoldi. Telegram bir yengil metafora xolos. Ko’p hollarda maqsad qolib instrument bilan ovora bo’lib qolamiz.

- Oilamiz yaxshi yashashi uchun ko’p ishlaymiz, ishimiz deb oilamizga vaqt ajrata olmaymiz.

- Vaqtimni tejasin deb laptop, smartfon olamiz, eng ko’p vaqtimizni shu instrumentlarda isrof qilamiz.

- Sog’lom bo’lay deb zalni boshlaymiz, vazn yig’ish uchun sog’liqqa zarar beramiz.

- Komfort qidirib mashina olamiz, rulda piyodalarni hurmat qilmay o’zimizdan ketamiz!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

30 Dec, 01:01


Reels sindromi-2

Statistika bo’yicha instagramda bir oyda 2 milliard odam reels ko’rishga odatlanib bo’ldi.
Bu dunyoning 20% aholisi. Asosiy foydalanuvchilar 25-34 yoshda.

Shu insonlar, 1 kunda 30 daqiqa vaqtini instagramni o’zida sarflashadi. (Facebook, Tik-Tok, Twitter dan tashqari.)

Kuniga 200 million reels ko’rilyapti. Bu o’tgan yilgiga nisbatdan 100% ga ko’p. Foydalanuvchilar uzunroq reels bo’lsa ham ko’rishga rozi.

Eng ko’p ko’riladigan janrdagi reels: hazil, sport, konsert.

Instagramga yangi qo’shilayotgan foydalanuvchilar asosan: GEN Z (1997-2012).

————————————————

Asabiylik, sabrsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, sifatsiz uyqu, past xotira va boshqa shunga o’xshagan kamchiliklarni yo’qotish maqsad edi……

Lekin biz reels ko’rib kamchiliklarimizni parvarishlashdan to’xtamayapmiz!

Nahotki vaqtimizni, kelajakdagi orzularimiz kalitini birovga shunchaki berib qo’yilsa?

Ogoh bo’laylik do’stim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

23 Dec, 01:01


Make it attractive

Har kuni ertalab nonushta uchun qaynatilgan tuxum yeyman deb o’zimga va’da berdim. Vazn yig’ib olish uchun.

1-haftadan keyin, tuxum yeyish qiyinlashdi. Ilojini topib va’damda turishim kerak. Lekin bu oson emasligi ma’lum.

Shunda Atomic habits kitobini o’qiganimda, odatlarni o’zlashitirish uchun berilgan maslahatlardan biri yodimga keldi.

- Make it attractive

Tuxumni qaynatganimdan so’ng olib po’stini tozalab, stol ustiga qo’ydim. Stolda faqat tuxumni turganini ko’rib, yeyishni boshladim.

Shunday qilganimdan keyin va’damda turib 20 kun ketma-ket tuxum yeyishni uddaladim. Vazn ham yig’dim. Va’damda ham turdim.

Biror ishni yarimiga kelib tashlamoqchi bo’lsangiz, uni soddaroq qilib qilishga osonlashtiring.

Formula oddiy: Make it attractive.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

16 Dec, 01:01


Fikrlash uzunligi

1. Har bir insonning vaqtni his qilish darajasi bo’ladi. Fikrlash darajasi qancha yuqori bo’lsa shuncha uzoqroq vaqt bilan o’ylay oladi.

2. Musk, Jobs, Bezos, Jack Ma bizneslarini boshlayotganda 10 yillik rejalardan kelib chiqishgan. Ularning kolibri shunday.

3. Ba’zi tadbirkor va siyosatchilar yillar ko’lamida fikrlashadi, rejalar tuzishadi. Ba’zilari keyingi oyda nima qilishini bilishmaydi.

4. Afsuski odamlarning aksari faqat kun uzunligida fikrlay olishadi. Bugun o’tsa bo’ldi. Ertaga bir gap bo’lar.

5. Bundan kaltasini ko’raman deb o’ylamagandim. Sekund uzunligida fikrlaydigan insonlar ham bor ekan.
Sariqda kutsangiz, 1 sekund sabr qilmasdan signal chalishadi…..

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

09 Dec, 01:01


Tafakkur

Restoranda ovqatni kim pishirishiga ahmiyat bermaymiz,

- Lekin uni doim ishtaha bilan yeymiz.

Taksi qaysi yo’l bilan manzilimizga olib ketyapti qiziq emas,

- Lekin bilamiz o’sha aytilgan manzilga boryapmiz.

Uchuvchi samolyotni nechi metr balandlikda uchirishini farqi yo’q,

- Lekin, aytilgan vaqtda manzilga borsak bo’ldi.

Avtobus haydovchisi bizga g’irt begona odam,

- Lekin avtobusda xotirjam, kitob o’qib yoki telefon ishlatib ketamiz.

Ko’chadagi insonlarga doim xushomadda bo’lamiz,

- Lekin ahli oilamizni doim zoe qilamiz.

Bizning ajdodlarimiz buyuk shaxslar bo’lishganini aytamiz,

- Lekin afsuski instagramdagi vaynerlar bilan ovorammiz.

—————————————————

Hayotda “aql yurituvchilar uchun belgilar bor”.

Tafakkur qilib ko’ring do’stim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

02 Dec, 01:01


Ma’naviy boylik

Poezda ketayotib yoshi kattaroq bir inson bilan suhbatlashib qoldim.

5 yil ichida qanday qilib million dollarlik mulk va pullarini yo’qotib, yana qarzdor ham bo’lib qolganini gapirib berdi.

Eshitib, o’qib yurgan narsalarimdan birini hayotda tasdig’ini ko’rdim:

-Sizdan olib qo’ysa bo’ladigan narsa sizniki emas.

Moddiy narsalar: Bankdagi pulingiz, nomingizda turgan mulkingiz va uyingizda naqd turgan pullar.

Hammasini bir kunda yo’qotish mumkin.

Haqiqiy boylik bu - olib qo'yilishi mumkin bo’lmagan narsalar aslida.

Ma’naviy narsalar: Ilm, sog’liq, tajriba, munosabatlar.

Shu narsalarni orqasidan, to’g’ri yo’l bilan, rizq bo’lib keladigan boshqa narsalar (pul, mashina, uy) - faqat bonus.

Kelsa yaxshilikga, kelmasa zarari yo’q!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

25 Nov, 01:01


Yagona yo’l - to’xtamaslik

Bugun GPT-4 (sun’iy intellekt) bilan suhbatlashdim.

Bunday chuqur va qiziq suhbatlar menda faqat ustozlar bilan bo’lar edi:

- Bilim va ma’lumot farqi

- Fobiyalarni davolash

- Tafakkur turlari va foydalari

- Miyaning ishlash jarayoni

- Ijtimoiy muammolar

- Tarix va Adabiyot.

Juda ko’p mavzularda 95% odamlardan ko’ra yaxshiroq fikr beryapti

Bundan tashqari GPT-4, rasm chizyapti, kod va yaxshi ideyalar beryapti.

Ishlari 80% dizayner, koder, jurnalistlardan yaxshi

Avvalari doimiy o’rganish yaxshi ish topishga sabab bo’lardi

Endi inson o’z ustida ishlashdan to’xtab qolsa, ishsiz qolib ketadigan zamonlar kelib qoldi.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

18 Nov, 01:01


Rumination

Tadqiqotlarga qaraganda miya 30% vaqtini o’tmishni o’ylashga sarflaydi.

- Nega unday bo’ldi?

- Boshqacharoq qilsam bo’lmasmidi?

Qilinmagan ishlar, erishilmagan yutuqlar, boshqalarning natijasi miyada aylanaveradi.

Rumination - Shayton vasvasasi.

Yutish uchun dushmanga o’z quroli bilan kurashing.

Ichki ovozingiz “hammasi boshqacha bo’lishi mumkin edi-ku” desa, “to’g’ri” deng.

Yomon tarafga ham boshqacha bo’lishi mumkin edi deb variantlar keltirib bering:

“3 yil oldin treyder bo’lib boyib ketishing mumkin edi”.

-3 yil oldin treyderlik qilib bankrot bo’lib, qarz to’lab yurgan bo’lishim ham mumkin edi.

“Vizang chiqqanida AQShda yashayotgan bo’lishing mumkin edi”.

-Aeroportga ketayotganda halokatga uchrab dunyoni tark etishim ham mumkin edi.

Shunday qilsangiz afsus o’rnini shukrga bo’shatib bergan bo’lasiz.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

11 Nov, 01:01


Atrofdan o’rganib = o’rgatish

Kitob o’qishni boshlaganimda - yonimdagi do’stim ham o’qishni boshladi.

To’g’ri ovqatlanishni boshlaganimda - menga qo’shilib to’g’ri ovqatlandi.

Ehtiyojsiz sarf qilinadigan xarajatlarni to’xtatganimda - u ham to’xtatdi.

Sport bilan muntazam shug’ullanishni boshlaganimda - menga qo’shildi.

O’zim ham shu kichik odatlarni kimdirda ko’rib ta’sirlanganim uchun o’zlashtirganman.

Aslida yaxshi va yomon odatlarni o’zimiz bilmagan holda boshqalardan ta’sirlanib o’rganamiz.

Siz faqat o’zimni tarbiyalayapman deb o’ylaysiz - lekin siz atrofdagilarni, atrofdagilar esa sizni tarbiyalayotgan bo’ladi.

To’g’ri insonlar davrasida yuring, o’rganishga ham imkon bo’ladi, o’rgatishga ham.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

04 Nov, 02:01


Kichkina kurashlar

Gapiraymi, jim turaymi?

Turib ishimni qilaymi, yana biroz yotaymi?

Kitobmi, instagrammi?

Yozib olaymi yoki eslab qolamanmi?

Suvmi, kolami?

Eshitaymi, gapiraymi?

To’g’risni aytsammikin, yo’qmi?

Yaxshi gumonmi, yomonimi?

Katta maqsadlar, katta harakatlar emas,

Shu kichkina kurashlar hayotimizni ko’proq qismiga ta’sir qiladi.

Nafsga qarshi kurashlarni yuta olmagan odam, boshqa narsalar bilan kurashga chiqib ham o’tirmaydi jigar!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

28 Oct, 01:01


Haqiqiy maqsad

Birinchi marta sport zalga chiqganimda,

Maqsad — tez gavdamni chiqarish deb o’ylardim.

Aslida esa,

Tez gavdani chiqarish emas,

Tetik yurish, to’g’ri ovqatlanish “routinely lifestyle” qilish — maqsad.

Jarayondan zavqlanish — maqsad.

Qolgan narsalar ham shunday.

Farzand katta qilib, unashtirib qo’yish maqsad emas,

Har bir kulgusidan mazza qilish va bergan tarbiyangizni ko’rib, faxrlanish — maqsad.

Biznes qurib boyib ketish maqsad emas,

Jamoa bilan birga o’sish va haqiqiy do’stlarni topish — maqsad.

Yuzta kitob tugatish maqsad emas.

Kitob o’qib, saviyani oshirish maqsad.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

21 Oct, 01:01


Jim turish

Suhbatlarimni kuzatdim.

Gaplarimni 40 foizini gapirmasam ham ishim bitar ekan.

Ba’zi gaplar (maqsadsiz savollar, yangiliklar, odamlar muhokamasi) jim turmaslik uchun gapirilishini tushundim.

Maqsadsiz savollar berilganda, maqsadlilarining qadri tushishini ko’rdim.

Yangiliklar gaplashilganda, vaqt bekor ketishini ko’rdim.

Odamlar gaplashilganda, g’iybat boshlanishini ko’rdim.

Biron gapni gapirmaganim uchun hali afsuslanmadim.

Gapirganim uchun ko’p afsuslandim.

Gapira olish san’at deb yurardim.

Aslida jim turishlik kattaroq san’at ekan jigarim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

14 Oct, 01:01


Asl narxi qimmatroq

To’tiqush sotib olmoqchisiz. Narxini 50$ deyishdi. Arzon ekan, olaman deb o’ylaysiz. Do’konda 50$, lekin asl narxi (cost of ownership) qimmatroq.

Qafas olish, boqish uchun yem, zerikmasligi uchun ikkinchi to’tiqush, qarashga ketadigan vaqt — hammasini qo’shib hisoblaganda narx o’n barobar oshib ketadi.

Gentraning Sparkdan do’kondagi narxi ikki barobar farq qiladi. Lekin asl narx farqi to’rt barobargacha boradi. Shinalar, usta, yaxshiroq benzin, mashinaga yarasha qimmat kiyinish..…

Telegram bepul. Lekin ko’p vaqtning bekor ketib qolishi, befoyda reklamalarni ko’rish, izohlarda talashib tortishish — bepul emas. Eng qimmat valyuta — vaqt bilan to’lanadi.

Biror narsani olishdan yoki qilishdan avval, asl narxini hisoblab ko’ring. Balki nafsni shu safardan boshqarishni boshlarmiz…..!

“Things you own, end up owning you”
- Durov

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

07 Oct, 01:01


Haqiqat

- Zalga sog’lom bo’lish maqsadida chiqamiz. Lekin har xil narsalar ichib sog’liqga zarar beramiz.

- Yangi mashinani yaxshi komfort bo’lishi uchun olamiz. Lekin uni boshqalarga ko’z-ko’z qilishdan charchamaymiz.

- Ilm olish uchun kitob o’qishni boshlaymiz. Lekin o’qilgan kitoblarni sanash bilan ovora bo’lib qolamiz.

- Dunyoqarashni kengaytirish uchun til o’rganamiz. Lekin til bilmaganlarga past nazar bilan qaraymiz.

- Taffakkur qilish uchun safar qilamiz. Lekin maqsad instagramga chiroyli post qo’yish bo’ladi.

- Odamlar yuziga chiroyli muomila bilan gapiramiz. Lekin orqasidan g’iybat qilishdan charchamaymiz.

Yaxshimas jigarim yaxshimas!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

01 Oct, 07:01


O’qituvchilar kuni

Ko’pchilik o’qituvchi deganda faqat maktabda dars bergan ustozlarni tushunadi. Eng birinchi navbatda birinchi ustozini albatta.

Shaxsiy fikrimcha: ustoz deganda nafaqat maktabda bizga boshlang’ich ta’lim berganlar, balki to’g’ridan-to’g’ri dars bermagan, lekin ilmidan bahramand qilganlarni ham tushunaman.

Internetda intervyu, podcast, maslahatlar berib boradigan insonlardan ham nimadir o’rganyapmiz, demak ular ham ustoz.

Kitoblarini o’qib ilm olishimizga, xatolarimizni to’g’rilashimizga, mustaqil ravishda o’zimizni tarbiyalashga sababchi bo’layotganlar ham ustozlarimiz.

Shunday ekan fursatdan foydalanib, barcha-barcha o’qituvchilar va ta’lim yo’lida xizmat qilayotgan insonlarni bugungi bayram bilan muborakbod etaman.

P.S
Darsga kech qolib yurganimdek post ham kechga qoldi. Maktab formasi yuvilgani uchun, qurishini kutishga to’g’ri keldi)😅

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

27 Sep, 01:01


Yig’lasang ko’chaga chiqma

Bolaligimda ko’chada yangi bolalar bilan o’ynab, ba’zan xafa bo’lib qaytib kelar edim.

Dadamga nolirdim.

Dadam aytardilar: yangi bolalar bilan tanishish xafagarchiliksiz bo’lmaydi bolam.

“Yoshingni oqizib keladigan bo’lsang ko’chaga chiqma.”

Bu haqiqatni hayotda ko'p ko'rdim:

Hamma narsa qadoqda keladi. Bittasini olsangiz ikkinchisini ham olishga majbursiz.

Mashhurlik tonna-tonna negativsiz bo’lmaydi.

Boylikni ko’rsatish, faqat boylik uchun gaplashadiganlarsiz bo’lmaydi.

Jiddiy loyihalar, jiddiy qiyinchiliklarsiz bo’lmaydi.

Katta, tez daromadlar, katta risklarsiz

Ilm o’rganish, qattiq mehnat bilan keladigan barokatsiz bo’lmaydi.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

20 Sep, 01:01


Ishonchsizlikga sabab

Anchadan beri gaplashmagan do’stim bir necha hafta oldin sms yozdi. Tez javob bermaganim uchun telefon qildida 50$ qarz so’radi.

Juda zarur degani uchun, sababini so’ramasdan berdim. Bir hafta o’tganidan keyin yana xuddi shu holat takrorlandi. Qo’limda yo’qligi uchun imkonim yo’q deb aytsam, xafa bo’lib, bloklab qo’ydi….

Yaqinda boshqa do’stim ikki kunda qaytarishni aytib 100$ so’radi. Ortiqcha pulim bor edi. Yordam berdim. Besh kun o’tdi qaytarmadi.

Bir hafta o’tgandan keyin, o’zim uzr so’ragan holda shu pulni qaytarishini iltimos qilib so’radim. Yana bir hafta vaqt kerak, aniq qaytaraman deb aytdi….

Suhbatlarda juda ko’pchilik shu holatlarga tez-tez tushayotganini aytishadi-yu, lekin hech kim bu holatga yechim topishga harakat qilmaydi.

Jamiyatda ishonchsizlik tarqalyotganiga sabab:

Bu ikki shaxs o’rtasida ishochsizlikni paydo bo’lishi aslida.

Ishonchni oqlash uchun berayotgan va’damizda turmas ekanmiz, shu holatga ko’nikishga to’gri keladi.

“Ichgi ovoz: bunaqa yashash qiyinku” desa, unda boshqalar ishona oladigan, qatiyatli inson bo’lib namuna bo’lishimiz kerak jigarim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

13 Sep, 01:01


Pontlar qayerdan paydo bo’ladi

Maqsadsizlikdan.

Oldida maqsadi bor olim yoki tadbirkor qo’liga ortiqcha pul tushib qolsa qayerga ishlatishini aniq biladi.

Mabodo 1 yillik maqsadiga 3 oyda erishib qolsa, yana keyingisini qo’yadi.

Pul topishga harakat qilib yurgan bemaqsad odam — ortiqcha pul tushishi bilan nima qilishini bilmay qoladi. Bormi — ishlatish kerak.

Borligini bildiradigan joyga ishlatish kerak. Katta to’y, mashinaning qimmatbaho bezatilishi, qimmat narsalarning sotib olinishini hammaga aytib yurish.

Ularni ayblash kerak emas. Aslida maqsad odamlardan maqtov olish uchun edi. Odamlar ko’rsin va gapirsin edi.

Inson maqsadsiz yashay olmaydi. Agar haqiqiysini qo’yib olmasa, o’rnini shunday ikkilamchi maqsadlar egallaydi.

Odamlarni gapi uchun yashaydigan bo’lib qolish ehtimoli ham yo’q emas.

Xulosa:

1. Pul topishdan oldin uni qayerga ishlatishni aniq qilib olish kerak. Puli bor va yo’q odam bir xil fikrlamaydi.(100%)

2. Moddiy narsalari bilan maqtanayotgan odamni ko’rdingizmi — biling, uning katta maqsadlari yo’q.

Kichiklariga erishish uchun yashayapti….

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

09 Sep, 01:01


Kim kafolat beradi ?

- Bir oyda kamida 3000$ topishim kerak.

- Mashina bor, lekin yangisini olishim kerak.

- Bir yilda yangi kvartiraga pul yig’ishim kerak.

- To’yni zo’r qilish kerak, kamchilik bo’lsa odamlar gapiradi.

- Dubayni ko’rdim, Nyu-Yorkni ham ko’rishim kerak.

- Uyni boshqatdan qurdirish kerak, zamondan orqada qoldi.

Va shunga o’xshagan boshqa rejar bo’lsa insof bilan o’zizdan so’rang:

Ertaga ertlab uyg’onishimga kim kafolat beradi ?

Kafolat beradigan hech kim bo’lmasa, boriga qanoat qilishni o’rganing.

Axir hammamiz mehmonmiz jigarim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

04 Sep, 01:01


Ozingiz o’rganing

Birga ishlaydigan sherikga ish jarayonini o’rgatishingiz mumkin lekin, farosatni o'rgatib bo'lmaydi.

Dasturchilarga kod yozishni o'rgatsa bo'ladi lekin, fikrlashni o'rgatib bo'lmaydi.

Dizaynerga Photoshopni o'rgatsa bo'ladi lekin, kreativlikni o'rgatib bo'lmaydi.

Kassirga pulni tez sanashni o'rgatsa bo'ladi lekin, halollikni o'rgatib bo'lmaydi.

O'rgatib bo'lmaydimi, demak odam o'zi o'rganishi kerak. O'zi o'rganadiganlar esa kam.

Biror xususiyat qancha kam bo'lsa shuncha qadrlanadi.

Qadrli kadr bo'lmoqchimisiz? - Hech kim o'rgata olmaydigan narsalarni o'rganing.

Vaziyatga real qarang:

Sizga biror ishni o'rgata olishdimi?

- Yaqin kelajakda algoritmga ham o'rgata olishadi.

Boshqalarda topilmaydigan, lekin insonda bo’lishi kerak bo’lgan sifatlarni o’rganing.

Kelajakda afsuslanmaysiz jigar !

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

29 Aug, 01:01


Ommaviy rivojlanish

Tez yuradigan yo’lda sekin ketayotgan mashinani eslasangiz, asabingizni buzadi.

Germaniya avtobanlari, BAA trassalarida buning uchun jarima ham qilishadi.

O’zini o’ylab sekin yurayotgan, to’xtagan mashina boshqalarni xavfli holatga qo’yadi, tirbandlikka olib boradi.

Shaxsiy rivojlanishingiz bilan ham shunday.

Sizni rivojlanmasligingiz nafaqat sizga, yoningizdagilar uchun ham zarar.

- Sizdan o’rnak olishi mumkin bo’lgan oilangiz, yaqinlaringiz uchun zarar.

- Sizni katta qilib, katta umidlar bog’lagan
ota-onangiz uchun zarar.

- Sizga havas qilib hayotini o’zgartirmoqchi bo’lganlar uchun zarar.

Shaxsiy rivojlanishga shaxsiy rivojlanish deb qaramang. Ommaviy rivojlanish deb qarang.

Shunda dangasaligingiz kamayadi.

Klasterni davom ettirib, ommaviy rivojlanishga sabab bo’lib bergan bo’lasiz!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

26 Aug, 01:01


Shaxsiy blog

Maktab davrida hammada shaxsiy kundalik bo’lardi. Dars jadvali, uyga vazifa va baholar shunda bo’lar edi.

Bahoning soni, o’quvchining bilim darajasini aniqlab berar edi.

Vaqti kelsa o’sha eski kundaliklarni, yosh avlodga o’rnak bo’lishi uchun ko’rsatsa bo’ladi.

Baholar bilan maqtanib emas, olingan bilimlarni va holatlarni eslab.

Telegramda ko’pchilikning “shaxsiy blogi” bor. Blogni ham xuddi o’sha maktabdagi shaxsiy kundalikdek ishlatsa bo’ladi.

O’rganilayotgan bilimlar, mulohazalar, maqsadlar va kelajakdagi o’zingizga maslahatlar berish uchun postlar yoziladi.

Keyinchalik kanalda yozilgan fikrlardan tayyor portfolio sifatida foydalansa ham bo’ladi.

Baho olish uchun ustoz oldiga kundalik ko’tarib borgan bo’lsangiz,

Demak blog linkini ham CV ga joylab qo’ysangiz bo’ladi. ;)

Ishga topshirganda HR xodimi siz haqingizda ko’proq ma’lumotga ega bo’lib, keyin siz bilan samimiyroq suhbat qilsa ajab emas do’stim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

22 Aug, 01:01


Qisqa videolar (Reels) sindromi

Yoshligimizda televizorda har xil seriallar va multfilmlar berilsa hamma oxirigacha ko’rardi.

Sal ulg’ayganimizda esa, xuddi shu holat Youtube ga ko’chdi. Biror serial yoki kino bo’lsa qidirib topib ko’rilardi.

Hozir uzun formatdagi videolarni ko’rishga erinamiz.

Qo’shma shatatlarda odamlar o’rtacha bir kunda 33 daqiqa vaqtini instagramda reels ko’rib o’tkazadi. Tik-Tokda esa 53 daqiqa.

Suhbatlarda aytishadi:

Avtobus kutishga vaqt yo’q.

Yodlaydigan narsamni tez yodlay olmayapman.

Diqqatimni jamlab dars qila olmayman.

—————-

Reels lar bizni sabrsiz qilib qo’yadi.

Vaqtimizni to’g’ri joyga sarflash qiyin. Bundan keyin focus qilish, o’z ustida ishlash va sog’lom fikrlash qiyin bo’lib boradi.

Atrof chalg’itadigan faktorlarga to’lgan. Bardoshli, matonatli insonlar faqat vaqtni to’g’ri tasarruf qila olishyapti.

Shunaqa insonlarni tanisangiz, ular bilan birga suhbat qilishga intiling. Reels ko’rib qisqa muddatli dofamin gormonini quvlamang.

Hamma qilgan narsani emas, to’gri bo’lgan narsani qilish kerak jigarim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

18 Aug, 01:01


Shaxsiy standartlar

“Men aldamayman, bilasiz-ku”

“Qachon yolg’on gapirganimni ko’rgansiz?”

Yolg’on gapirmasligini ko’p aytadiganlar — eng ko’p aldaydiganlar bo’ladi.

Doim to’g’risini gapiradigan odamlar, aldamasligi haqida hammaga gapirib yurmaydi.

Nega?

Chunki ular uchun bu fazilat hisoblanmaydi.

Halol odam uchun halollik oddiy holat. Har kuni qiladigan ishi

Tog’riso’z odam uchun aldamaslik oddiy holat, aldab o’rganmagan.

Oddiy ishlar bilan hech kim maqtanmaydi

“Men har kuni uxlayman”

“Tishimni yuvaman deb maqtanilmaydiku?!”

Alohida ta’kidlab gapirilyaptimi, rost gapirish bu odam uchun oddiy holat emas.

Qanchalar ko’p va zo’r ishlashini gapiradiganlar, kam ish qiladiganlar

Halolligini hadeb gapiraveradiganlar, halollikka kam e’tibor beradiganlar

Do’stim, Bratim deb ko’p takrorlaydiganlar, qiyinchilikda birinchi bo’lib tashlab ketadiganlar bo’ladi. Bu holat sinovdan o’tgan!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

13 Aug, 01:01


Ma’naviyat

Amerikalik aktyor va prodyuser Denzel Washington aytadi:

Oilamiz ma’nan boy oila edi. Yoshlari 90 ga borib qolgan onam menga oyoqga turishni o’rgatganlar.

Oskar mukofotini birinchi bor qo’lga kiritganimda, xursand bo’lib kelib onamga aytganman.

Onam esa: “Yaxshi! Endi borib anavi oshxonada turgan axlatlarni tashlab kel” deb aytganlar.

P.S: Ma’naviy yetuklar uchun, moddiy narsalarni qiymati yo’q.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

09 Aug, 01:01


Kutmang

- Ibodatda bo’lish uchun,
masiyatga botishni kutmang.

- Parhez qilish uchun,
semirib ketishni kutmang.

- Zalga chiqish uchun,
ehtiyoj paydo bo’lishni kutmang.

- Yaxshi muomalada bo’lish uchun,
birovdan gap eshtishni kutmang.

- Yaxshi o’qish uchun,
imtihondan yiqilishni kutmang.

- Namuna bo’lish uchun,
namuna bo’lishlarini kutmang.

- Kitob o’qishni boshlash uchun,
sovg’a qilishlarini kutmang.

- Ota-onaga yaxshilik qilish uchun,
umrlari oxirini kutmang...

Hammasi oddiy, lekin oddiylik qanaqa bo’lishini unutganmiz.

Muammo shunda do’stim!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

06 Aug, 01:01


Maqtash haqida

Yoshligimdagi orzu-havaslardan biri, hamma meni maqtashini xohlaganman, garchi tayinli hunar yoki ilm sohibi bo’lmasam ham.

Maqtalish odamda kibr hissini uyg’otishini va shaxsni boshqalarni o’zidan past sanashga olib borishini tabiiyki bilmaganman.

Hurmat qilmaslik, mensimaslik va eng asosiysi dangasalik xarakterini paydo qilishini esa ummuman xayolga kelmagan.

Maqtalgan inson dunyo meni qo’limda deb o’ylaydi. Odamlarni oldida hurmatim bor deb, ularni oyoq osti qiladi.

Katta oilalardagi otalar, farzandlarini ko’p maqtash o’rniga, ishonch bildirib, qo’llab- quvvatlashadi.

Shuning uchun unaqa oilalarda ko’pincha solih insonlar tarbiyalanadi.

Yaqinlarni maqtash o’rniga, ularga ishonch bildiring. Har doim qo’llab quvvatlash uchun sizdek odam borligini his qilishsin.

Shunda jamiyatga to’g’ri keladigan komil insonlar ko’plab yetib chqishiga hissa qo’shgan bo’lasiz.

Maqtalishdan qoching, maqtaganni yuziga tuproq soching,
do’stlar!

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

03 Aug, 01:01


Chalg’itish qidirib keladi.

Bundan bir yil oldin telegram, storis qo’yish funktsiyasini yo’lga qo’ygan edi.

Shundan beri bu dastur har ikki haftada yangilanib turdi.

Noyob innovatsiyalar kashf qilib, telegramda foydalanuvchini uzoqroq muddatga ushlab turish
maqsadiga yetishdi.

Ton, Mini apps, Gifting stars, Games, In app Browser - hammasi yangi innovatsiyalar jumlasidan.

Gigant dasturlar doim yanigilik qilib, iloji boricha vaqtingizni ko’proq o’zida sarflashingizga harakat qilishadi.

Ahli ilmlar doim ta’kidlashadi: Yoshlikni behuda sarflamang, ilm o’rganing, vaqtni qadrini biling.

Vaqtimizni qizg’anadigan vaqtlar keldi. Vaqtni to’g’ri taqsimlab shu asosda harakat qilmas ekanmiz, ikkilamchi narsalar umrimizni olib qo’yadi.

Chalg’itish doim bizni qidirib keladi. Durov, Big Day deb aytayotgan narsa, biz uchun Less Time degani aslida. Kunni qati’y tartib va intizom bilan o’tkazish davri keldi do’stlar.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

31 Jul, 01:01


Joylashuv muhim

Kema qanchalik katta bo’lmasin, yerda harakatlana olmaydi.

Mashina qanchalik tez yurmasin, suvda harakatlana olmaydi.

Suhbatlarda aytishadi:

-Majburlikdan o’qishga kirdim.

-Yaxshi ta’lim berishmayapti.

-Vaqtincha ishlab yuribman.

O’z xohishiga qarshi harakat qilib, majburan o’qib yoki ishlab yurgan odamlar ko’p.

Inson yarim yo’lga borib xato qilganini anglamasligi uchun boshida qat’iy qaror qabul qilib, unga bo’y sunishi muhim.

Siz o’z sohangizda proffesional bo’lishingiz yoki zo’r talaba bo’lishingiz mumkin: lekin noto’g’ri muhitda joylashgan bo’lsangiz barchasi befoyda.

Qushni qafasga qamab qo’yib, uchishini kutish imkonsiz.

Sizga to’g’ri kelmaydigan joyda o’qish yoki ishlash vaqtni isrof qilish.

Avval maqsadni aniqlab olib, keyin shunga qarab harakat qilish kerak.

Maqsadsizlik = Bekorchilik.

Bekorchilik kelib chiqmasligi uchun,
bu masalada B - variant bo’lishi mumkin emas do’stim.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

26 Jul, 01:01


Insitutga kirolmadim, endi nima qilaman?

Birinchi navbatda o'kinmang. Biz bu dunyoga faqatgina diplomli bo'lish uchun kelmaganmiz.

Tasavvur qiling, o'qishga qabul qilindingiz. Har kuning soat 9 dan 14.00 gacha bandsiz. Shu vaqtni Ingliz tili, diniy va dunyoviy bilimlarni o'rganishga sarflang.

Uyingizda o’rganish qiyin bo’lsa, kutubxona yoki komfort zona bo’lmagan joyga boring.

Sababi kutubxonada bekorchilik bilan shug'ullana olmaysiz. Chunki atrofdagi hamma o’qish bilan band. Muhit ta’sir qiladi. 1 yilga qolmay ancha bilimlarni o'zlashtirib olasiz.

Mabodo Ingliz tilni tezroq o'rgansangiz o'zingizga oson bo'lgan sohada kurslarga yoziling. LinkedIN learning, EDx, Udemy, Coursera, Lynda. 500$ atrofida sarflab bitta kasbli bo'lib olish mumkin.

O'zbek tilida o'rgansa bo'lmaydimi? Bo'ladi. Lekin katta ehtimol bilan baribir yuqoridagi manbaalardan qilingan tarjimalar asosida o'qiysiz.
(Shuning uchun orginali yaxshi)

O'zingizga oson va yoqgan sohani o’zlashtirib, uning orqasidan yaxshi ish topsa bo'ladi.

O'rtacha 2 yillik shunaqa tempdan so'ng yaxshi natijalarga erishgach insitutga kirgiz kelmay qolar ham balki. Axir insitutga kirmadiz degani hayot tugadi degani masku jigarim.

@baratovs_blog

Baratov’s Blog

23 Jul, 01:01


Kechirib yuboring

Yomonlik qilishadi. Nohaq ayblashadi. Aldab ketishadi.

Alam qiladi. Jahlingiz chiqadi. Kechirim so’ralishini xohlaysiz.

Qilgan ishini tan olib kechirim so’raydiganlar o’ta kam. Odamlarning egosi o’zlaridan ham katta.

Kechirim so’rashlarini kutib o’tirmang. Kechirib yuboring.

Ular balki kechirganingizni bilishmas. Xafa bo’lganingizni bilmagani kabi.

Kechirib yuborishingiz o’zingiz uchun.

O’zingizni o’ylab boshqalarni kechirib yuboring. Hayotingiz qanchalik yengillashganini ko’rasiz.

Kechirib yuborish odatga aylanib qolgandan keyin esa,

Kechirimni paydo qiladigan narsa - xafa bo’lish ham kamayganini ko’rib, xursand bo’lasiz).

@baratovs_blog