Biznes qilyapsiz, 1 mijoz mahsulotingizdan norozi bo'ldi va pulini qaytarib berishni so'rayapti. Tizim muhimligini ushbu misolda ko'rib chiqamiz.
Tizim bor:
- Pul qaytarilish holatlarini oldindan tayyorlangan va xodimlar bunga tayyor.
- Qaytarilayotgan tovar holati bo'yicha aniq talablar bor, tovar ishlatilmagan bo'lishi kerak.
- Biznesning moliya modeli shunga tayyor va kassada doim pul bor.
Tizim yo'q:
- Xodimlar bunday vaziyatda nima qilishni bilishmaydi va sizga telefon qilishadi, siz ishga borib o'zingiz hal qilasiz.
- Sizda ham aniq qoidalar yo'q va 10 marta shu voqea qaytarilsa, 10 marta qaror qilish uchun energiya sarflaysiz.
- Moliya modeli bunga moslashmagan, balkim qaytarishga pul yo'q
Tizim muhim, tizim bo'lmasa doim o'ylash kerak. Xodimlaringiz o'ylashini xohlamasangiz, tizim qiling. Ko'p o'ylash kerak bo'lmagan ishni qilish osonroq va arzonroq.
P.S. Management bo’yicha hamkasbim va tizimlashtirish bo'yicha kuchli mutaxassis Abdulloh aka Shamsutdinov 20 odam uchun yanvarda boshqaruv kursini tashkil qilyaptilar. 3 joy qolgan ekan, tavsiya qilaman (batafsil)