YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal @yuridik_talim Channel on Telegram

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

@yuridik_talim


🏛️ «Yuridik taʼlim»™️ mustaqil loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi.

🏢 Yuridik taʼlimga oid eng muhim va eng so'nggi xabarlar.

Reklama:
📥 @YT_Rek

📩 Murojaat uchun:
@YuTA_Admin

YURIDIK TA’LIM / Rasmiy kanal (Uzbek)

«Yuridik ta’lim™️» mustaqil loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi. Yuridik ta’limga oid eng muhim va eng so'nggi xabarlar. Agar siz yuridik sohasida yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu kanal siz uchun joylashtirilgan. Bu kanal orqali siz so'nggi qonun hujjatlarini, yuridik yangiliklarni va so'nggi maqolalarni o'zida jamlanganini ko'rishingiz mumkin. Kanalda reklama joylashtirish orqali o'zingizning biznesingizni rivojlantirish hamda yangi sheriklar topishda yordam beriladi. Agar siz reklama qilmoqchi bo'lsangiz, @YT_Rekga murojaat qilishingiz mumkin. Boshqa savollar yoki takliflar uchun esa kanal egasi @YuTA_Admin bilan bog'lanishingiz mumkin. Moddiy muammo va qo'llab-quvvatlash ko'rsatmalariga esa https://tirikchilik.uz/YURIDIKTALIM havolasidan murojaat qilishingiz mumkin. Siz ham yuridik sohasida rivojlanishga qatnashish uchun boshqa bir qadam qo'ygansiz! Telegramning bu rasmiy kanaliga a'zo bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

20 Feb, 05:49


⚡️ HMQ Akademiyasi “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul davom etmoqda.

Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qilish tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

1) dastlabki tanlov

2) maxsus psixologik tanlov

3) yozma imtihon (diktant)

4) test

Nomzod o‘z hujjatlarini harbiylashtirilgan yoki harbiylashtirilmagan soha bo‘yicha topshirishi lozim.

Nomzod joriy yilning 1-martiga qadar https://my.uzbmb.uz ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Shuningdek, nomzod ko‘rsatilgan muddatlarda:

1) harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy ichki ishlar organlariga;

2) harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

💻 Bakalavriatga kirish bilan bog‘liq savollarga 71 202-04-96 (ichki 1727; 1991) telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Feb, 08:02


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Feb, 06:16


⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining "Prokurorlik faoliyati" bakalavr yo‘nalishiga 2024-yilgi o'tish ballari.

📊 Kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha o‘zbek tili guruhiga:

▪️ davlat granti asosida: 180,6 ball
▪️ to‘lov-kontrakt asosida: 169,8 ball

📊 Kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha rus tili guruhiga:

▪️ davlat granti asosida: 182,4 ball
▪️ to‘lov-kontrakt asosida: 161,2 ball

📊 Sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha (o‘zbek tili guruhi, to‘lov-kontrakt asosida): 160,3 ball

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

17 Feb, 14:00


Ichki ishlar xodimi fuqaroni koʻchada toʻxtatib hujjat soʻrashga, fuqaroning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmasa, uni ichki ishlar tayanch punkitiga olib ketishga haqlimi? Videoda batafsil...

© Manba.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

17 Feb, 09:24


⚡️ Kerakli ISHONCH RAQAMLARI:

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi – (71) 215-73-08

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi – 1003;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi – (71) 203-00-50;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi – (71) 238 50 50;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – (71) 202 09 09;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 1006, 55-520-08-08 (198, 199, 200, 201);

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – (71) 203 01 41;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 210-11-04;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi – (71) 239-24-52;

☎️ O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi – 1107.

❗️Ushbu ma’lumotni saqlab qo‘ying, juda ko‘p kerak bo‘ladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

16 Feb, 07:51


⚡️ Qoraqalpogʻiston davlat universiteti (QDU) «Yurisprudensiya» yoʻnalishining 2024-yilgi oʻtish ballari.

💻 «Yuridik taʼlim» kanalining BMBA saytidan olgan maʼlumotlariga koʻra QDU «Yurisprudensiya» yoʻnalishining kirish ballari quyidagicha:

📊 Kunduzgi (oʻzbek):
grant - 180,6 ball
kontrakt - 155,2 ball

📊 Kunduzgi (rus):
grant - 176,2 ball
kontrakt - 155,2 ball

📊 Kunduzgi (qoraqalpoq):
grant - 174,4 ball
kontrakt - 165,8 ball

📊 Sirtqi (oʻzbek):
kontrakt - 151 ball

📊 Sirtqi (qoraqalpoq):
kontrakt - 142,8 ball

📊 Kechki (oʻzbek):
kontrakt -149 ball

📊 Kecki (qoraqalpoq):
kontrakt - 153,9 ball

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

14 Feb, 07:13


⚡️ SamDU «Yurisprudensiya» yoʻnalishining 2024-yildagi kirish ballari.

💻 «Yuridik taʼlim» kanalining BMBA saytidan olgan maʼlumotlariga koʻra Samarqand davlat universiteti «Yurisprudensiya» yoʻnalishining kirish ballari quyidagicha:

📊 Kunduzgi (oʻzbek):
grant - 174,4 ball
kontrakt - 166,7 ball

📊 Kunduzgi (rus):
grant - 174,4 ball
kontrakt - 148,3 ball

📊 Sirtqi (oʻzbek):
kontrakt - 155,4 ball

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

13 Feb, 07:53


⚡️ Bolasi repetitorga borib, maktabga bormay yurgan ota-onalarga qonunda chora koʻriladimi ?!

📊 Bu ma'lumot ko'plab maktabda o'qiyotgan abituriyentlar uchun foydali ma'lumot bo'ladi.

© Bahodir Ahmedov

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

13 Feb, 06:11


⚡️ Prokuratura haqida asosiy ma'lumotlar.

📊 O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

📊 Bosh Prokuror va Prokurorlarning vakolat muddati — 5 yil.

📊 Bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq Bosh prokuror bo'lishi mumkin emas.

📊 Prokuratura organlari o'z faoliyatlarini mustaqil, faqat Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.

📊 Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zo bo'lishlari mumkin emas.

📊 Bosh Prokurorni lavozimiga Prezident tayinlaydi (Senat tasdiqidan so'ng). O'zbekiston Harbiy Prokurorini ham Prezident tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Qolgan deyarli barcha Prokurorlarni Bosh Prokurorning o'zi lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.

© Manba: «Yuridik ta'lim» kanali tomonidan tayyorlandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Feb, 11:34


⚡️Bu yil o‘qishni ko‘chirishda baholash mezonlari qanday bo'ladi?

O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 15-20-avgust oralig'ida bo‘lib o‘tadi.

2025-yilda baholash mezoni quydagicha bo'ladi:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:


1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball — 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yili uchun o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Feb, 07:13


⚡️🏢 Huquqni muhofaza qilish Akademiyasining ham "tergov faoliyati" yo'nalishiga, ham "prokurorlik faoliyati" yo‘nalishiga o‘qishga topshirish mumkinmi ?!

Javob: ha, mumkin va uning asoslari quyidagicha:

1⃣ bilamizki, harbiylashtirilgan yoki harbiylashtirilmaganidan qat'iy nazar «tergov faoliyati» yo‘nalishi Bilimni baholash agentligi tomonidan harbiy oliy ta'lim yo‘nalishi sifatida e'tirof etilgan. Ya'ni, test sinovi bosqichiga yetib kelganda ushbu yo‘nalishdan tashqari mutaxassislik fanlari majmuasiga mos ravishda yana beshtagacha harbiy bo‘lmagan oliy ta'lim yo‘nalishini tanlash mumkin;

2⃣ «prokurorlik faoliyati» yo‘nalishi Bilimni baholash agentligi tomonidan harbiy bo‘lmagan oliy ta'lim yo‘nalishi sifatida e'tirof etilgan va ushbu yo‘nalishga kirish imtihonlari boshqa oliy ta'lim muassasalarida bo‘lganidek, umumiy tartibda o‘tkaziladi. Qo‘shimcha qilib aytganda, nafaqat "tergov faoliyati" bilan birgalikda, balki uning o‘rniga mutaxassislik fanlari majmuasi mos keladigan boshqa harbiy oliy ta'lim yo‘nalishi bilan birgalikda "prokurorlik faoliyati" yo‘nalishiga o‘qishga topshirish mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

11 Feb, 16:50


Xabeas korpus nima ?!

Xabeas korpus — bu ingliz jinoyat-protsessual huquqi instituti bo‘lib, shaxs daxlsizligi tamoyili bilan chambarchas bog‘liq sanaladi, u anglo-sakson huquqiy oilasining boshqa mamlakatlari huquqiy tizimlariga ham kiritilgan.

“Xabeas korpus”ni oddiy tushuntiradigan bo‘lsak, unga ko‘ra, qamoqqa olingan shaxs yoki uning nomidan boshqa bir fuqaro nima sababdan hibsga olinayotgani yoki qamoqqa olish to‘g‘risidagi hujjat bo‘yicha sudga murojaat qilishi va hibsga olish yoki ushlab turishning qonuniyligini tekshirish uchun maxsus sud qarorini talab qilishi mumkin. Ya’ni gumonlanuvchi ma’lum sabab bilan hibsga olinganidan so‘ng uni ushlab turishlari qonuniyligini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Sudning qarori bo‘lmagan taqdirda shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmaydi.

Ushbu huquqiy institut Oʻzbekiston qonunchiligida ham tatbiq etilgan. Konstitutsiyamizning 27-moddasida Xabeas korpus tamoyili mustahkamlab qoʻyilgan: «Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas».

Shuningdek, Xabeas korpus jinoyat qonunchiligida qoʻllanilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksida ham belgilab qoʻyilgan.

JPK ning 226-moddasi «Ushlab turish muddati» ga koʻra: «Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi».

© Tayyorladi: Bekzod Chorshanbiyev.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

11 Feb, 03:32


⚡️ «Yurisprudensiya» abituriyentlari diqqatiga: Bojxona institutiga o'qishga kirish uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda.

📬 Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun arizalar 2025 yilning 1 yanvaridan – 1 apreliga qadar davom etadi.

📥 Nomzodlar qabul bo'yicha doimiy yashash, o‘qish, muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan hududda joylashgan bojxona boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.

◾️ Maʼlumot olish uchun, Hududiy bojxona boshqarmalarining telefon raqamlari Bojxona qo‘mitasining veb-sayti (https://customs.uz/uz/) “Hududiy boshqarmalar” ruknida qayd etilgan.

🏢 Institutda o‘qish kunduzgi shaklda, ta’lim muddati 4 yil, iqtisodchi va huquqshunos mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanadi. O‘qishga qabul qilinganlar to‘liq davlat granti asosida o‘qitilib, bepul formali-kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

📊 Bojxona institutida o‘qish davri bojxona organlarida xizmat qilgan davrga qo‘shiladi.

💻 Talabgorlar bojxona institutiga tanlov bosqichlari va belgilangan me’yorlar bilan Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

«Yuridik ta'lim»: Eslatib o'tamiz Bojxona qo'mitasining Bojxona institutida 2024-2025-o'quv yilidan boshlab, «Yurisprudensiya: iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash» ta'lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi asosiy fanlari quyidagicha belgilangan:

◾️ 1—fan: «Huquqshunoslik fanlari».
◾️ 2—fan: «Chet tili»


♻️ Abituriyentlarga yuboramiz.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

10 Feb, 08:08


⚡️ HMQ Akademiyasi “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul davom etmoqda.

Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi taʼlim shakliga o‘qishga qabul qilish tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

1) dastlabki tanlov

2) maxsus psixologik tanlov

3) yozma imtihon (diktant)

4) test

Nomzod o‘z hujjatlarini harbiylashtirilgan yoki harbiylashtirilmagan soha bo‘yicha topshirishi lozim.

Nomzod joriy yilning 1-martiga qadar https://my.uzbmb.uz ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Shuningdek, nomzod ko‘rsatilgan muddatlarda:

1) harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy ichki ishlar organlariga;

2) harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

💻 Bakalavriatga kirish bilan bog‘liq savollarga 71 202-04-96 (ichki 1727; 1991) telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

09 Feb, 07:33


⚡️ O'zMU «Yurisprudensiya» yoʻnalishining 2024-yil qabuldagi oʻtish ballari.

💻 «Yuridik taʼlim» kanalining BMBA saytidan olgan maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekiston Milliy universitetining «Yurisprudensiya» yoʻnalishining kirish ballari quyidagicha:

📊 Kunduzgi (oʻzbek):
grant - 178,6 ball
kontrakt - 168,2 ball

📊 Kunduzgi (rus):
grant - 178,6 ball
kontrakt - 156,5ball

📊 Sirtqi (oʻzbek):
kontrakt - 155,9 ball

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Feb, 15:37


Isbotlanmagan ayb – isbotlangan aybsizlikka teng

📊 Konstitutsiyaning 28-moddasida, aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerakligi belgilangan.

Bu norma aybsizlik prezumpsiyasi prinsipining muhim kafolati boʻlib, ushbu insonparvar qoidaga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha har qanday dalillarga nisbatan shubha paydo boʻlsa, bunday shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi zarur.
Shaxsni aybdorligiga oid har qanday shubhalarga tayanib, ayblash uchun yetarli boʻlmagan dalillar asosida shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emas.
Yaʼni, “isbotlanmagan ayb – isbotlangan aybsizlikka teng” degan xalqaro standart amal qiladi.

💻 Konstitutsiyaviy norma surishtiruv, tergov va sud jarayonida faqat ishonchli va qonuniy dalillardan foydalanishni taʼminlaydi hamda shaxsni asossiz ravishda javobgarlikka tortishni oldini olishga xizmat qiladi.

© «Inson huquqi»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Feb, 10:09


⚡️ «Diplomatiya» (JIDU) ning 2024-yil qabuldagi oʻtish ballari.

💻 «Yuridik taʼlim» kanalining BMBA saytidan olgan maʼlumotlariga koʻra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti «Yurisprudensiya» yoʻnalishining kirish ballari quyidagicha:

📊 Kunduzgi (oʻzbek):
grant - 180,6 ball
kontrakt - 168,5 ball

📊 Kunduzgi (rus):
grant - 180,6 ball
kontrakt - 158,3 ball

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Feb, 04:56


Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bakalavriatining "tergov faoliyati" yo‘nalishiga qabul qilishni tashkil etish sxemasi

⬇️ Mazkur sxemada quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan:

🔷 nomzodlarni saralab olish bosqichlari ketma-ketligi;
🔷 qabul qilish jarayonlarini tashkil etuvchi subyektlar;
🔷 o‘tkaziladigan chora-tadbirlar;
🔷 chora-tadbirlarni o‘tkazish muddatlari.

📑 O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g'risidagi Nizomga 1-ilova.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

07 Feb, 06:37


⚡️ TDYU ning 2024-yil qabuldagi oʻtish ballari.

💻 «Yuridik taʼlim» kanalining BMBA saytidan olgan maʼlumotlariga koʻra TDYU ning oxirgi yilgi qabuldagi kirish ballari quyidagicha:

📊 Kunduzgi (oʻzbek):
grant - 181,3 ball
kontrakt - 170,7 ball

📊 Kunduzgi (rus):
grant - 181,5 ball
kontrakt - 159,6 ball

📊 Sirtqi (oʻzbek):
kontrakt - 160,3 ball

📊 Sirtqi (rus):
kontrakt - 147 ball

👨🏻‍💻 «Yuridik taʼlim»: Izoh: 2024-yildan qabul TDYU ning yoʻnalishlar kesimida emas, umumiy bitta yoʻnalishda boʻlganligi sababli, oʻtish ballari ham umumiy holatda hisoblangan.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

06 Feb, 10:03


Nodavlat oliygohni bitirib magistraturada o'qib bo'lmaydimi?

Ko'pchilikni shu kabi savollar qiynaydi yoki ikkilanishiga sabab bo'ladi.

Qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohining MAGISTRATURAsida tahsil olish mumkin. Bu bo'yicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos yo'q.

Bundan tashqari, nodavlat oliygohning magistraturasini tamomlagandan keyin davlat oliygohining doktorantura (tayanch doktorantura)ga o'qishga bemalol topshirish mumkin. Bunda ham hech qanday cheklov mavjud emas.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

06 Feb, 04:13


⚡️ 😈 Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

05 Feb, 04:21


⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligi ochiladi

Manba: PQ-17-son, 22.01.2025-yil.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

04 Feb, 06:53


⚡️ Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi «Tergov faoliyati» yoʻnalishi qabuliga oid qoidalar.

💻 «Yuridik taʼlim»: Eslatib oʻtamiz Akademiyaning «Tergov faoliyati» yoʻnalishiga qabul 1-fevral sanasidan boshlangan boʻlib, qabul 1-martga qadar davom etadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Feb, 04:29


⚡️ Oliy ta’limdan keyingi ta’limning qanday ko‘rinishlari bor ?!

Stajor-tadqiqotchi:

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 1 yil;
Stipendiyasi ayni paytda: 5 013 746,08 so‘m(oktyabr oyidan 10% oshsa: 5515120,6 so‘m)
Qabul muddati: 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

Tayanch doktorantura(PhD):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
Stipendiyasi ayni paytda: 5 663 636,26 so‘m(oktyabr oyidan 10% oshsa: 6 229 999,886 so‘m)
Qabul muddati: 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

Mustaqil izlanuvchi(PhD,DSc):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: cheklanmagan;
Stipendiyasi ayni paytda: To‘lanmaydi
Qabul muddati: Yiliga 4 marta(chorak) qabul bo‘ladi. (Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

Erin tadqiqotchi(Oliygoh ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa mavjud yoki mavjudmas):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: cheklanmagan;
Stipendiyasi ayni paytda: To‘lanmaydi

Doktorantura(DSc):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
Stipendiyasi ayni paytda: 7 236 225,96 so‘m(oktyabr oyidan 10% oshsa: 7 959 848,556 so‘m)
Qabul muddati: 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

O‘zbekistonda PhD dan keyin DSc o‘qiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Feb, 12:22


Davlat xavfsizlik xizmatida (DXX) ishlash uchun quyidagi asosiy talablar keltirilgan:

1. Oliy ma'lumot: DXXga ishga kirish uchun oliy ma'lumot talab qilinadi. Ko'pincha yuridik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, harbiy fanlar, xorijiy tillar yoki boshqa tegishli sohalardagi mutaxassisliklar afzal hisoblanadi (harbiy xizmatni o'tagan bo'lishi kerak)

2. Maxsus tayyorgarlik: Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan o'tishi kerak. Bu tayyorgarlik DXXning o'ziga xos talablari va faoliyat yo'nalishlariga mos keladi. Unda jismoniy tayyorgarlik, maxfiy ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati va xavfsizlik choralariga rioya qilish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

3. Jismoniy va psixologik tayyorgarlik: DXXning ko'p vazifalari yuqori jismoniy va psixologik chidamlilikni talab qiladi. Nomzodlar tibbiy va psixologik ko'rikdan o'tishi lozim.

4. Qonunchilik va xavfsizlik sohasidagi bilimlar: Davlat xavfsizligi, jinoyat huquqi, konstitutsiyaviy huquq, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, hamda razvedka va kontrrazvedka faoliyatlari bo'yicha chuqur bilimlar talab qilinadi.

5. Maxfiylikni saqlash qobiliyati: DXX xodimlaridan yuqori darajada maxfiylik va davlat sirlarini saqlash qobiliyati talab qilinadi. Buning uchun maxsus ishonchlilik tekshiruvidan o'tkaziladi.

6. Tillarni bilish: O'zbek tilini mukammal bilish talab etiladi. Xorijiy tillar, ayniqsa, rus, ingliz, va boshqa strategik tillarni bilish katta afzallik hisoblanadi.

7. Xarakter va psixologik xususiyatlar: Xavfsizlik xizmati xodimlari yuqori darajadagi intizom, mas'uliyat, sinchkovlik va stressga chidamli bo'lishi kerak.

8. Ish tajribasi: Ba'zan boshqa davlat idoralarida, jumladan harbiy xizmatda yoki huquqni muhofaza qilish organlarida ishlash tajribasi afzal ko'riladi.

DXXga ishga kirish jarayoni qattiq seleksiya va ko'p bosqichli tekshiruvlarni o'z ichiga oladi, bu jarayonda har bir nomzodning yuridik, jismoniy va psixologik holati sinovdan oʻtadi.

© «Yurisprudensiya»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Feb, 10:42


Yurisprudensiya abituriyentlari uchun barchasi bir kanalda. :

Oʻquv darsliklar;
Oʻquv dasturlar;
35 ta qonun hujjatlari;
Huquq fanidan BMBA namunaviy testlar;

📌 Shuningdek kanalda:

Darsliklardagi xatolar va qoʻshimchalar
35 ta Qonun hujjatlaridagi yangilanishlar
Oʻquv dasturi asosida oʻqish borasida tavsiyalar ham berib boriladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @huquqiyformat

® Reklama

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Feb, 05:53


📌 Kontrakt uchun toʻlov soliqqa tortilmaydi.

🔴Taʼlim uchun toʻlov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
➡️oʻzingiz uchun;
➡️farzandlaringiz uchun;
➡️26 yoshgacha boʻlgan turmush oʻrtogʻingiz uchun.

◀️To'lovni toʻgʻridan-toʻgʻri ish joyingizdagi ish haqidan oʻquv yurtiga oʻtkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

➡️Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda toʻlanganda yil yakuni boʻyicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval toʻlangan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

01 Feb, 07:10


O'g'rilik va talonchilik jinoyatlarining bir-biridan farqini bilasizmi?

◾️ Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo'qligida yoki ular bor bo'lsa-da, ularga bildirmasdan o'zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj
qilish o'g'rilik hisoblanadi.

🔎 Bordi-yu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkning olinayotganligini ko'rgan bo'lsa-da, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o'ylagan bo'lsa, bunday qilmishni ham o'g'irlik deb tavsiflash lozim.

📹 Masalan, shaxsni o'g'rilik jinoyatini sodir etish jarayoni video kameraga yozilayotgan bo'lsada, biroq o'g'ri "kamera ishlamayapti, meni xech kim ko'rmayapti” deb harakat qilsa, u holda ham qilmish o'g'rilik deb topiladi.

◾️ O'zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb tavsiflanadi.

🎦 Masalan, bozorda shaxs yangi shimni kiyib ko'rish uchun alohida xonaga kiradi va o'zining shimini ichidan yangisini kiyib chiqib ketmoqchi bo'ladi. Sotuvchi buni darhol sezib qolib, "xaridor"ning orqasidan quvib, tutmoqchi bo'ladi, lekin talonchi baqir-chaqirga qaramay qochib ketadi.

♻️ Demak, qilmish avval yashirin usulda sodir etilib (agar shu usulda egallaganda o'g'rilik bo'lardi) so'ng aybdorning qilmishi jabrlanuvchiga ayon bo'lsada, uning mol-mulkini egallash maqsadida ochiqdan-ochiq harakat qiladi. Talonchilikka ilmiy adabiyotlarda "surbetlarcha",
"bezbetlarcha" harakat qilish deb ham ta`rif berishadi.

QAYSI BIRI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK OG'IRROQ?

Agar boshqa og'irlashtiruvchi holatlar bo'lmasa, talonchilik uchun jinoiy javobgarlik og'irroqdir.

🔰 Sababi, bunda shaxsning sodir etgan jinoyati atrofdagilarga oshkor bo'lgan bo'lsada, noqonuniy harakatdan to'xtamaydi va davom etadi.

Xulosa:

O'g'rilik yashirin usulda o'zganing mol- mulkini talon-taroj qilish. (Jinoyat kodeksi 169-modda;)

Talonchilik ochiqdan-ochiq usulda
o'zganing mol-mulkini talon-taroj qilish. (Jinoyat kodeksi 166-modda.)

© «Yuridik taʼlim»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Jan, 07:48


⚡️ TDYU ga o'qishni qanday «Перевод» qilish mumkin ?!

💻 «Yuridik ta'lim» kanaliga eng ko'p keladigan savollardan biri: «Davlat OTM dagi o'qishimni qanday qilib TDYU ga ko'chirsam bo'ladi ?!» mazmunidagi savollar tashkil qiladi.

📊 Bugun bu jarayon qanday amalga oshirilishini qisqacha tushuntirib o'tamiz.

🏢 TDYUga O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasasidan yoki xorijiy oliy ta’lim muassasasidan o‘qishni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

📬 Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi;
arizalarni oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Davlat OTM laridan TDYU ga o'qishni ko'chirish faqatgina quyidagi uzrli sabablarga ko'ra ruxsat etiladi:

◾️bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda,
◾️turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda,
◾️ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda)
.

Ushbu sabablar bilan, bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda: o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.

© Manba: «Yuridik ta'lim» kanali tomonidan tayyorlandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

30 Jan, 04:17


Bugun, 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning tavallud kuni.

Islom Karimov 87 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi...

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan, 2016-yilning 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Jan, 06:40


⚡️ Rasman: 1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati “Tergov faoliyati” yoʻnalishiga qabul boshlanadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Jan, 05:26


⚡️Fuqaro o'z familiyasi yoki ismini oʻzgartirishi mumkinmi ?!

🔹  Oila kodeksining 28-bobiga binoan, har bir fuqaro familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish huquqiga ega.
Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxs familiya va ismini oʻzgartirish haqida oʻzi yashab turgan joydagi FXDYO organiga  ariza berishi lozim.
Arizaga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport nusxasi, ota ona nikoh qogʻozi, ota ona pasporti nusxasi, 1 dona (3x4 oʻlchamli) fotosurat ilova qilinadi.
Hujjatlar FXDYO tomonidan Ichki ishlar boʻlimiga yuborilib, Ichki ishlar organi taqdim qilingan hujjatlarni 20 kun mobaynida oʻrganib chiqadi, ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismini oʻzgartirish xususida asoslangan xulosa tuzadi va uni FHDYO organiga axborot tizimi orqali taqdim etadi. Shu xulosa asosida FXDYO boʻlimi tomonidan yangi familiya yoki ism beriladi. Ariza berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida, uzrli sabablar (ishni rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan dalolatnoma yozuvi nusxalarining boshqa FHDYO organlaridan, ichki ishlar organlari xulosasining kechikib olinishi va boshqalar) mavjud boʻlganda FHDYO organi mudiri ushbu muddatni oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
❗️ Familiya va otaning ismini oʻzgartirish rad etilganda sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

28 Jan, 03:35


Gumondor yoki Gumonlanuvchi ?!

Sobiq shoʻrolar davrida turli sohalarga doir terminlar rus tilidan toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilingan. Buning ortidan shakl va mazmuni nomutanosib boʻlgan terminlarga koʻp duch kelamiz. Shulardan biri rus tiliga oid подозреваемый yuridik terminining mustamlakachilik davrida oʻzbek tiliga gumondor deb notoʻgʻri tarjima qilinishidir.

Gumondor soʻzining gumon qilinuvchi shaxsga ishlatilishi xato. Chunki fors tilidan olingan -dor qoʻshimchasi shaxs yoki predmetning biron narsaga egalik maʼnosini anglatadi. Masalan: xabardor — xabarga ega, aybdor — aybi bor, mansabdor — mansabga ega, homilador — homilasi bor.

Demak, gumondor bu biror kim/narsadan gumon qilinayotgan kimsa emas, balki oʻzida biror kim/narsaga nisbatan gumoni bor odam.

1995-yildan boshlab qonunchilikda xato qoʻllangan gumondor soʻzi oʻrniga gumon qilinuvchi birikmasidan (baʼzida gumonlanuvchi soʻzidan) foydalaniladi va bu toʻgʻri qaror.

Tilning soʻz boyligi oshishida badiiy asarlarning roli katta. Aksariyat soʻzlar ilk bora adiblar tomonidan oʻz asarida qoʻllanadi va u orqali keng tarqaladi. Gumondor soʻzining deyarli barcha jamiyatimiz aʼzolari tomonidan nooʻrin ishlatilishiga asosiy sabab ham avval badiiy asarlarda, soʻng boshqa uslub matnlarida xato ishlatib kelinishi boʻlsa kerak.

— Gumondor bormi? – dedi usta.
— Gumondor-ku yoʻq, ammo bechoraning oʻlimi juda qiziq kunga toʻgʻri kelishi ajib, – dedi usta Farfi.
A. Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”.


———————————————

Demak, gumon ostidagi shaxs —
• Gumondor
• Gumon qilinuvchi
• Gumonlanuvchi

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Jan, 08:16


⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligi ochiladi.

“Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (17-son, 22.01.2025 y.) qabul qilindi

🏢 Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan har yilgi qabul parametrlari (kvotalari) doirasida quyidagi yoʻnalish va mutaxassislik joriy etiladi:

🔹Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bakalavriatning “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishida oʻqish muddati toʻrt yilni tashkil etadigan “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yoʻnalishi;

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oʻqish muddati bir yilni tashkil etadigan “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligi.

Isteʼdodli nomzodlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

▪️“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yoʻnalishiga matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari boʻyicha nufuzli xalqaro, mintaqaviy hamda respublika olimpiadalari sovrindorlarini dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng oʻqishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi;

▪️“Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” magistratura mutaxassisligiga Raqamli texnologiyalari vazirligi tomonidan belgilanadigan nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega nomzodlarni tanlovning mutaxassislik fanlari boʻyicha “informatika va axborot texnologiyalari” fanidan imtihon topshirishdan ozod etiladi.

🗓 2025-yil 1-iyulgacha IIV Akademiyasi tuzilmasida mavjud shtatlar doirasida kiberhuquq, aniq fanlar, raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi hamda kriminalistik ekspertizalar kafedralarini oʻz ichiga oluvchi Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etiladi.

🖥 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining axborot-taʼlim portali orqali surishtiruvchilar, tergovchilar hamda prokuratura organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlari uchun masofaviy shaklda “Raqamli kriminalistika” yoʻnalishi boʻyicha doimiy maxsus oʻquv kurslari tashkil etiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Jan, 03:29


⚡️ Organ xodimlari tomonidan to'g'ridan-togr'i ushlanishi yoki olib ketilishi mumkin bo'lmagan shaxslar.

🏛 Deputatlar;

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari;

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman);

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil;

🇺🇿 sudyalar;

👮 prokurorlar.

📊 Ushbu shaxslarning immunitet huquqi va daxlsizlik huquqi mavjud bo'lib, ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib ketilishi mumkin emas.

💻 Mazkur taqiq mazkur shaxslar jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushgan hollarda tatbiq etilmaydi.

📑 Asos: O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksi.

© Manba: «Yuridik ta'lim»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Jan, 14:15


Xotin-qizlar ham DXXga ishga kirishi mumkinmi?

Davlat xavfsizlik xizmatiga ishga kirish tartibi haqida to'xtaladigan bo'lsak, “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunning 40-moddasiga ko'ra Davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga (ishga) qabul qilinayotgan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishiga ijozat beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan oʻtadi. Mazkur normaga muvofiq, fuqarolarni ishga qabul qilish tartib-taomili sir tutilishi belgilangan.

Fuqarolarni Davlat xavfsizlik xizmatiga xizmatga qabul qilish, ularni lavozimga tayinlash, mansabini ko‘tarish va boshqa lavozimga o‘tkazish ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar amalga oshiriladi. Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga nisbatan maxsus talablar Davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadi

DXX ga ishga qabul qilish masalasida qay tartibda oʻtishi, ishga kirishda qanday talablar qoʻyilishi shuning bilan birga qaysi soha mutaxasisslari ishga qabul qilinishi maxfiy maʼlumot hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 58-modda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarini ta'minlaydi
.

Xullosa shuki, Davlat xavfsizlik xizmati oganlariga xotin-qizlarni ishga qabul qilishga oid hech qanday taqiq qo'yilmagan, DXXga ishga qabul qilish jinsi sababli rad etilmaydi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Jan, 12:35


Yuristlar qiziqadigan, tergovchilar doim so'raydigan Alibi nima ?!

Alibi (lotincha alibi - "boshqa yerda") - biror jinoyatda ishtiroki bor deb gumon qilingan yoki ayblanayotgan shaxsning jinoyat sodir boʻlgan joyda boʻlmaganidan va uning aybsizligidan dalolat beradi. Jinoyat yuz bergan vaqtda ayblanuvchi mutlaqo boshqa joyda boʻlgani isbotlansa, alibi aniqlangan hisoblanadi va unga nisbatan jinoiy taʼqib olib borish toʻxtaydi.

Biroq, jinoyat qilingan paytdan ayblanuvchi boshqa joyda koʻringanligi oʻrtasida tegishli vaqt oʻtgan boʻlsa, jinoyat qilishda boshqa yoʻl bilan yoki bilvosita ishtirok etganligi tasdiqlansa, bu hol ayblovni rad etolmaydi.

Agata Kristi "Kutubxonadagi qotillik" asarida "Aynan aybsizlarda alibi boʻlmaydi. Qotillik vaqti biroz surib qoʻyilsa, bas." deb mohirona taʼrif bergan.

© «Yuridik ta'lim»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Jan, 10:23


⚡️ Prokuratura haqida asosiy ma'lumotlar.

📊 O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

📊 Bosh Prokuror va Prokurorlarning vakolat muddati — 5 yil.

📊 Bir shaxs surunkasiga 2 muddatdan ortiq Bosh prokuror bo'lishi mumkin emas.

📊 Prokuratura organlari o'z faoliyatlarini mustaqil, faqat Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.

📊 Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zo bo'lishlari mumkin emas.

📊 Bosh Prokurorni lavozimiga Prezident tayinlaydi (Senat tasdiqidan so'ng). O'zbekiston Harbiy Prokurorini ham Prezident tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Qolgan deyarli barcha Prokurorlarni Bosh Prokurorning o'zi lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.

© Manba: «Yuridik ta'lim» kanali tomonidan tayyorlandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Jan, 12:37


⚖️ Advokat u kim ?

Advokat (lotincha advochatus - advocho soʻzidan olingan boʻlib - taklif qilaman, himoya qilmoq, yordamga chaqirmoq) belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali huquqiy yordam koʻrsatish hamda ularning huquqlari, qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilishga vakil boʻlgan shaxs.

Advokatlik kasb sifatida qadim zamonlardan beri maʼlum (qadimgi Rim).

Zamonaviy advokat - malakali huquqiy yordamni taklif qiluvchi va keng qamrovli mutaxassis hisoblanadi. U fuqarolik, maʼmuriy, oila, mehnat munosabatlarida huquqiy yordam koʻrsatsa, jinoyat huquqida ayblovdan himoya qilish va yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirishga koʻmaklashadi.

Advokat termini birinchi marotaba Petr-I davrida 1716-yilda ishlatilgan ekan.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Jan, 04:17


⚡️ «Yurisprudensiya» abituriyentlari diqqatiga: Bojxona institutiga o'qishga kirish uchun arizalar qabul qilish davom etmoqda.

📬 Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun arizalar 2025 yilning 1 yanvaridan – 1 apreliga qadar davom etadi.

📥 Nomzodlar qabul bo'yicha doimiy yashash, o‘qish, muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan hududda joylashgan bojxona boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.

◾️ Maʼlumot olish uchun, Hududiy bojxona boshqarmalarining telefon raqamlari Bojxona qo‘mitasining veb-sayti (https://customs.uz/uz/) “Hududiy boshqarmalar” ruknida qayd etilgan.

🏢 Institutda o‘qish kunduzgi shaklda, ta’lim muddati 4 yil, iqtisodchi va huquqshunos mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanadi. O‘qishga qabul qilinganlar to‘liq davlat granti asosida o‘qitilib, bepul formali-kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

📊 Bojxona institutida o‘qish davri bojxona organlarida xizmat qilgan davrga qo‘shiladi.

💻 Talabgorlar bojxona institutiga tanlov bosqichlari va belgilangan me’yorlar bilan Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

«Yuridik ta'lim»: Eslatib o'tamiz Bojxona qo'mitasining Bojxona institutida 2024-2025-o'quv yilidan boshlab, «Yurisprudensiya: iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash» ta'lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi asosiy fanlari quyidagicha belgilangan:

◾️ 1—fan: «Huquqshunoslik fanlari».
◾️ 2—fan: «Chet tili»


♻️ Abituriyentlarga yuboramiz.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Jan, 10:56


⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Jan, 08:53


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi.

Muqaddima

📝BIRINCHI BO'LIM .ASOSIY PRINSIPLAR .
📌1-bob. Davlat suvereniteti (1-6-moddalar)
📌2-bob. XaIq hokimyatchiligi (7-14-moddalar)
📌3-bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi (15-16-moddalar).
📌4-bob. Tashqi siyosat (17-18-moddalar)


📝IKKINCHI BO'LIM . INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI.
📌5-bob. Umumiy qoidalar (19-21-moddalar).
📌6-bob. Fuqarolik (22-24-moddalar)
📌7-bob Shaxsiy huquq va erkinliklar (25-35-moddalar).
📌8-bob. Siyosiy huquqlar (36-40-moddalar)
📌9-bob. Iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy va ekologik huquqlar (41-53-moddalar).
📌10-bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari (54-58-moddalar).
📌11-bob. Fuqarolarning burchlari (59-64-moddalar).


📝UCHINCHI BO'LIM. JAMIYAT VA SHAXS
📌12-bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari (65-68-moddalar).
📌13-bob. Fuqarolik jamiyati institutlari (69-75-moddalar)
📌14-bob. Oila, bolalar va yoshlar (76-80-moddalar).
📌15-bob. Ommaviy axborot vositalari (81-82-moddalar)(
@yuridik_talim).



📝TO'RTINCHI BO'LIM. MA'MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
📌16-bob. O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi (83-84-moddalar).
📌17-bob. Qoragalpog'iston Respublikasi (85-90-moddalar)


📝BESHINCHI BO'LIM . DAVLAT HOKIMYATINING TASHKIL ETILISHI .
📌18-bob. O'zbekiston Respublikasi Olly Majlisi (91-104-moddalar).
📌19-bob. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (105-113-moddalar).
📌20-bob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (114-119-moddalar)
📌21-bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (120-127-moddalar).
📌22-bob. Saylov tizimi (128-129-moddalar).
📌23-bob. Sud hokimyati (130-140-moddalar).
📌24-bob. Advokatura (141-142-moddalar).
📌25-bob. Prokuratura (143-146-moddalar).
📌26-bob. Moliya, pul va bank tizimi (147-151-moddalar)
📌27-bob. Mudofaa va xavfsizlik (152-153-moddalar)

 
📝OLTINCHI BO'LIM . KONSTITUTSIYANI O'ZGARTIRISH TARTIBI (154-155-moddalar).

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Jan, 11:22


Diskriminatsiya nima ?!

📊 Diskriminatsiyaga uchragan. Bu soʻzni koʻp eshitganmiz, u qanday maʼnoni anglatadi?
Diskriminatsiya (lot. dischriminatio – cheklash, kamsitish) – odatda davlatning, yuridik yoki jismoniy shaxslarning huquqlari boshqa davlatlar, yuridik yoki jismoniy shaxslarga nisbatan kamsitilishini anglatadigan umumhuquqiy atama.
Diskriminatsiya - odamlar bilan bir xil vaziyatda turlicha munosabatda boʻlish bilan ajralib turadi. YAʼni bir guruh odamlar bilan yaxshi munosabatda boʻlinib, ayrimlari bilan ularni qaysidir guruh yoxud toifaga ajratgan holda yomonroq munosabatda boʻlganda yuzaga keladi. Odamlar yoshi, nogironligi, millati, kelib chiqishi, siyosiy qarashlari, irqi, dini, jinsi, tili, madaniyati va boshqa koʻplab sabablarga koʻra diskriminatsiyaga yaʼni kamsitilishga uchrashi mumkin.

© «Inson huquqi»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Jan, 05:09


Magistraturaga kirishdagi amaliyot endi adolatsizlik tamoyiliga aylanib bormoqda

Maʼlumki, hozirda magistraturaga o'qishga kirish uchun bakalavriat diplomi bali va til sertifikatidagi ball inobatga olinadi hamda hech qanday test sinovlari amalga oshirilamaydi

💵Buni joriy etishdan maqsad magistraturga o'qishga kirishda OTMlardagi mavjud korrupsion holatlarning oldini olish edi va bunga erishildi, ammo tanganing ikkinchi tomoni yuzaga chiqa boshladi.

📈 Oddiy misol: Rektor Kanyazov davrida (2013-2019) Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlaganlarning diplom balli maksimal 85 dan oshmaydi. Ammo hozirda yuridik yoʻnalishda magistrga kirishda yetarli ball to'plash uchun diplom balingiz kamida 95-100 ball talab qilinmoqda.

Bu esa turli xil yillardagi baholash mezonlari, rektorlarning siyosiy qarashlari hamda ta'limdagi o'zgarishlar sabab o'qishga kirishdagi notenglikni yuzaga keltirmoqda. Natijada haqiqatdan bilimi yetarli biroq diplom bali 90 atrofida bo'lmaganlar o'qishga kira olmay qolib ketyapti.

So'nggi yillardagi statistikani qaraydigan bo'lsak, aynan test tizimi yo'qolganidan so'ngi yillarda berilgan diplom ballar ancha yuqorilab ketgan. Bu esa shunchaki tasodif emasligini tushunish qiyin emas. Bundan tashqari, magistraturani turdosh yoʻnalishlarni bitirganlar bosib ketdi, bu esa test tizimisiz miyyasida mutaxassislikdan alif ham bo'lmagan talabgorlarning diplom bali bilan o'qishga kirib ketishlariga sabab bo'lmoqda.

✔️ Shu sababli, magistraturaga kirishda mutaxassislik boʻyicha test sinovlarini joriy etish kerak. Korrupsion holatlarning oldini olish uchun bu mas'uliyatni OTMlarga emas Bilim va baholarni malakash agentligiga topshirish kerak. Shunda odamlarda korrupsiyaga nistaban e'tirozlar u qadar ko'p bo'lmaydi degan fikrdaman.

Xoʻsh, Siz qanday fikrdasiz?

© «Magistrlar official»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

22 Jan, 13:06


Notarial palata 5 yoshda

Prezidentning 2019-yil 9-sentyabrdagi farmoni asosida 2020-yil 22-yanvar kuni Notarial palata tashkil etilgan edi.

5 yil davomida Palataga a'zo bo‘lgan xususiy notariuslar soni 1110 nafarga yetdi.

So‘nggi yillarda ijobiy tomonga keskin o‘zgargan sohalardan biri aynan notarial soha bo‘lganini e’tirof etish adolatdan bo‘lar edi. Hammaning yodida bo‘lsa kerak, avvallari notarius deganda oyog‘i yerdan uzilgan, odamlarni bir tiyinga olmaydigan, qo‘pol hamda muomala madaniyatini bilmaydigan, mijozlarni soatlab, ba’zan kunlab kuttiradigan, xizmatlari uchun og‘ziga sig‘gan narxni o‘zi belgilaydigan, bundan norozi bo‘lganingizda esa "yoqmasa, katta ko‘cha" deb xizmat ko‘rsatishni rad etadigan insonlar ko‘z oldimizga kelar edi. Hozir buning mutlaqo teskarisi. Oldingidek notariuslar yakkam-dukkam qayerlardadir qolib ketgan bo‘lmasa, umumiy holat ancha sog‘lomlashdi.

Hozir hattoki notarial xizmatlarni onlayn ko‘rsatish ham mumkin bo‘lmoqda, ovora bo‘lib notariusning oldiga borish ham shart emas. Bir necha yil oldin bu salkam fantastika edi.

Davlat monopoliyasi bekor qilinib, xususiy sektorga ruxsat berilishi va buning ortidan sog‘lom raqobat paydo bo‘lishi o‘z so‘zini aytdi. Bunga ishonmaganlar, xususiy desa darrov firibgarlarni tushunadiganlarning xavotiri asossiz bo‘lib chiqdi. Mabodo bironta qo‘li egri notariusning ko‘nglida qing‘irlik xohishi bo‘lsa ham, amalda buni qila olmaydigan elektron tizim yaratilmoqda.

Albatta, hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Tizimni sog‘lomlashtirish, firibgarlardan tozalash, notariuslarni xalqqa yaqinlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida Notarial palata faoliyatiga omadlar tilayman.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

22 Jan, 07:57


⚡️ Daʼvogar kimu, javobgar kim ?

Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishda taraflar hisoblanishadi.

💻 Daʼvogar - oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatgan shaxs.

📥 Oʻziga nisbatan (daʼvogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari yuzasidan) talab taqdim etilgan shaxs Javobgardir.

Oddiy: Shaxsga nisbatan kimdir sudga daʼvo bilan chiqsa, u holda daʼvo boʻyicha javob beruvchi taraf javobgar boʻladi.

© Manba: «Inson huquqi».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

21 Jan, 09:55


⚡️ Advokatning daxlsizlik huquqi.

⚖️ Advokat soʻroviga axborotni
(hujjatlarni) taqdim etmaslikda, oʻz vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir oʻtkazish:

BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📊 Shuningdek, advokatning shaxsi daxlsiz boʻlib, advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

20 Jan, 09:15


⚡️ TDYU ga o'qishni qanday «Перевод» qilish mumkin ?!

💻 «Yuridik ta'lim» kanaliga eng ko'p keladigan savollardan biri: «Davlat OTM dagi o'qishimni qanday qilib TDYU ga ko'chirsam bo'ladi ?!» mazmunidagi savollar tashkil qiladi.

📊 Bugun bu jarayon qanday amalga oshirilishini qisqacha tushuntirib o'tamiz.

🏢 TDYUga O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasasidan yoki xorijiy oliy ta’lim muassasasidan o‘qishni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

📬 Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi;
arizalarni oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Davlat OTM laridan TDYU ga o'qishni ko'chirish faqatgina quyidagi uzrli sabablarga ko'ra ruxsat etiladi:

◾️bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda,
◾️turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda,
◾️ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda)
.

Ushbu sabablar bilan, bahorgi semestrda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda: o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.

© Manba: «Yuridik ta'lim» kanali tomonidan tayyorlandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

20 Jan, 02:22


💻 Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

💼 OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

📥Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan tashqari, Yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.

📊 Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida o‘qishga bormasdan ishga bora olmaydi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Jan, 15:14


Yurisprudensiya abituriyentlari uchun barchasi bir kanalda. :

Oʻquv darsliklar;
Oʻquv dasturlar;
35 ta qonun hujjatlari;
Huquq fanidan BMBA namunaviy testlar;

📌 Shuningdek kanalda:

Darsliklardagi xatolar va qoʻshimchalar
35 ta Qonun hujjatlaridagi yangilanishlar
Oʻquv dasturi asosida oʻqish borasida tavsiyalar ham berib boriladi.

Kanalga ulanish:
➡️ @huquqiyformat

® Reklama

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Jan, 13:33


​​⚡️Malakali yurist yoki bilimli advokatni qanday bilsa boʻladi?

Kundalik hayotda insonlar turli xildagi jinoyat, zoʻravonlik yoki huquqbuzarliklarga duch kelishib, qanday qilib mazkur holatlardan chiqish yoʻllarini izlashadi. Tanish bilishlarga maslahat soʻrab chiqishadi.
🔹Xoʻp shunday holat Siz bilan sodir boʻlgan boʻlsa qanday yoʻl tutish yoki nimalarga eʼtibor berishni bilasizmi? Quyidagilarga eʼtibor qarating:

Avvalo internet orqali (Oʻzbekistonda bu haqda kam maʼlumot beriladi) malakali huquqshunos, yuridik firma yoki muayyan advokatlik firmasi (byurosi) xususida maʼlumotlarni topishga harakat qiling.Topdingiz, uchrashib gaplashib oldingiz.

Birinchi navbatda amalga oshiriladigan ish bu: ushbu advokatning uchinchi shaxslar bilan aloqadorligini aniqlashdir. (asos: Advokat yoki yurist oʻziga ayon boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etishi va bu maʼlumotlardan oʻz manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yoʻlida foydalanishi man etiladi).
Tajribali advokat yoki yurist yuridik xizmat koʻrsatiladigan shaxs bilan aloxida uchrashishi lozim.(Sababi: murojaatchining shaxsi va u aytgan tafsilotlar advokatlik sirini tashkil qiladi.)

- Oʻzaro kelishuvga (yuridik yordam) kelinib, shartnoma tuzishda, shartnoma shartlarini oʻqib chiqing, unda bandlar toʻliq toʻldirilganligi, maʼlumotlar (summa va h.k) aniq kiritilganligiga eʼtibor qarating.

- Muloqot davomida yurist (advokat) ilmli va ishga vijdonan yondoshadigan boʻlsa, u birinchi galda ish holatini oʻrganib, mavjud hujjatlar bilan sinchkovlik bilan tanishishga harakat qiladi, Sizni vaj va eʼtirozlaringizni tinglaydi va aniqlashtiruvchi savollarni beradi.

Eʼtibor qarating: tajribali advokat yoki yurist faqatgina siz malum qilgan malumotlardan tashqari ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim boʻlgan dalillarni toʻplash va taqdim qilish bilan koʻproq shugʻullanadi.

- Yurist hujjatlar bilan tanishib, Sizga katta vada yoki ishni yutib chiqishga kafolat berdimi bundan aslo xursand boʻlmang. Chunki tajribali va malakali yurist (advokat) ishning ijobiy yakunlanishiga kafolat berolmaydi, u ishni maksimum ijobiy va zarur natijaga erishish imkoniyatlarini baholaydi.

- Yurist ishga kirishgandan soʻng, uning tayyorlayotgan hujjatlari (ariza, soʻrov, iltimosnoma, eʼtiroznoma va h.k) bilan tanishib boring. Ishni qanday holatdaligi, nimalar qilinayotganligi bilan qiziqib boring, undan bu haqda Sizga maʼlumot va xabar berib borishini soʻrang.

Yurist (advokat)ning har bir qabul qilayotgan qarorini siz bilan maslahatlashmay qabul qilishiga, turli ishontirishlariga, shubhali takliflariga rozi boʻlmang ( ayrimlari sudyani koʻraman, tergovchi boʻyicha prokurorni koʻraman deydiganlari bor). Shu tipdagi yuristmi bilingki aldoqchi (firibgar) va ilmi yoʻq yuristga duch kelibsiz. Hushyor boʻling ogʻir huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga yoʻl qoʻymang!

Yuqorida qayd etilganlarga asoslansangiz, hushyor boʻlsangiz, keraksiz va ortiqcha tashvishlardan uzoq boʻlasiz.
Ushbu tavsiyalarni boshqalarga ( ayniqsa adolatsizlikka uchraganlarga) ham ulashing. Birovni gʻami, tashvishidan pul qiluvchilar borligi va shu yoʻl orqali oilasiga “luqma” olib boruvchilar mavjudligi bois ushbu eslatma tayyorlandi.

© Inson huquqi madaniyati markazi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Jan, 08:05


⚡️ Kirish imtihoni topshirmasdan TDYU ga kirish mumkinmi ?!

📊 Ha mumkin.

💻 Bu yerda qanaqadir imtiyoz haqida gap ketmayabdi. Avgust oyigacha TDYU ga kirishni o'z bilimingiz bilan hal etishingiz mumkin. Faqat bu tanlov cheklangan.

Keling tushuntiraman. Esingizda bo'lsa «Yuridik ta'lim» kanalida «TDYU ning barcha yo'nalishlarida ham imtihon fani «Huquqshunoslik fanlari»dan emas» nomli post e'lon qilgan edik.

📬 O'sha postda TDYU ning 5 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi ichida «Yurisprudensiya» bo'lmagan yagona yo'nalish mavjud ekanligini aytib o'tgan edik.

Bu «Davlat boshqaruvi» yo'nalishi.

💻 Bu yo'nalishda imtihon fani Huquqshunoslik fanlariga o'zgartirilmagan.

📨 Ya'ni TDYU ning «Davlat boshqaruvi» yo'nalishida imtihon fani «Tarix» + «Chet tili» fanlari sifatida saqlanib qolgan.

📥 Bu esa, TDYU ning «Davlat boshqaruvi» yo'nalishiga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlar, o'zi istasa avgust oyini kutishi shart emasligini anglatadi.

👨🏻‍💻 Abituriyent davlat imtihonlarigacha «Tarix» va «Chet tili» fanlaridan milliy sertifikat olishga muvaffaq bo'lsa, asosiy fandan ballarini oldindan naqd qilib qo'yadi.

📊 Shunda abituriyentda faqatgina 3 ta majburiy: O'zbekiston tarixi, Matematika va Ona tili fanlari qoladi. «Tarix» fanidan olingan Sertifikat, majburiy «O'zbekiston tarixi» uchun ham ball berishini hisobga olsak, abituriyentda Majburiy blokda «Matematika» va «Ona tili» fanlari qoladi xolos.

Demak TDYU «Davlat boshqaruvi» yo'nalishi abituriyentlarida, imtihongacha talaba bo'lishni naqd qilib qo'yish imkoni bor. Huquqshunoslik fanlaridan ham keyinchalik milliy sertifikat joriy etilsa, bu kabi imkoniyat «Yurisprudensiya» yo'nalishlari abituriyentlarida ham paydo bo'lishi mumkin.

© Manba: «Yuridik ta'lim» kanali tomonidan tayyorlandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Jan, 13:06


⚡️ O'rta-maxsus ma'lumotli Yuristlar qayerlarda ishlashi mumkin ?!

🔰 Yuridik texnikum bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus professional taʼlimdagi yoʻnalishlar, kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha malaka darajasi koʻrsatilgan holda, oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Yuridik texnikumni tamomlagan oʻquvchi respublika miqyosida malaka talablariga binoan oʻrta maxsus yuridik maʼlumot zarurati mavjud boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy tuzilmalari,

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlari,

notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari
va shu kabi qator idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida vakant lavozimlarga ishga kirish boʻyicha tanlovda belgilangan tartibda ishtirok etish mumkin.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

♻️ Do'stlarga yuboramiz.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Jan, 10:26


O'g'rilik va talonchilik jinoyatlarining bir-biridan farqini bilasizmi?

◾️ Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo'qligida yoki ular bor bo'lsa-da, ularga bildirmasdan o'zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj
qilish o'g'rilik hisoblanadi.

🔎 Bordi-yu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkning olinayotganligini ko'rgan bo'lsa-da, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o'ylagan bo'lsa, bunday qilmishni ham o'g'irlik deb tavsiflash lozim.

📹 Masalan, shaxsni o'g'rilik jinoyatini sodir etish jarayoni video kameraga yozilayotgan bo'lsada, biroq o'g'ri "kamera ishlamayapti, meni xech kim ko'rmayapti” deb harakat qilsa, u holda ham qilmish o'g'rilik deb topiladi.

◾️ O'zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb tavsiflanadi.

🎦 Masalan, bozorda shaxs yangi shimni kiyib ko'rish uchun alohida xonaga kiradi va o'zining shimini ichidan yangisini kiyib chiqib ketmoqchi bo'ladi. Sotuvchi buni darhol sezib qolib, "xaridor"ning orqasidan quvib, tutmoqchi bo'ladi, lekin talonchi baqir-chaqirga qaramay qochib ketadi.

♻️ Demak, qilmish avval yashirin usulda sodir etilib (agar shu usulda egallaganda o'g'rilik bo'lardi) so'ng aybdorning qilmishi jabrlanuvchiga ayon bo'lsada, uning mol-mulkini egallash maqsadida ochiqdan-ochiq harakat qiladi. Talonchilikka ilmiy adabiyotlarda "surbetlarcha",
"bezbetlarcha" harakat qilish deb ham ta`rif berishadi.

QAYSI BIRI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK OG'IRROQ?

Agar boshqa og'irlashtiruvchi holatlar bo'lmasa, talonchilik uchun jinoiy javobgarlik og'irroqdir.

🔰 Sababi, bunda shaxsning sodir etgan jinoyati atrofdagilarga oshkor bo'lgan bo'lsada, noqonuniy harakatdan to'xtamaydi va davom etadi.

Xulosa:

O'g'rilik yashirin usulda o'zganing mol- mulkini talon-taroj qilish. (Jinoyat kodeksi 169-modda;)

Talonchilik ochiqdan-ochiq usulda
o'zganing mol-mulkini talon-taroj qilish. (Jinoyat kodeksi 166-modda.)

© Manba.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Jan, 08:42


Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?

👨🏻‍💻 Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Majburiy fanlar:

1️⃣ Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.

2️⃣ Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.

3️⃣ Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.

4️⃣ Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.

5️⃣ Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.

💻 Yuridik taʼlim: Eslatib oʻtamiz majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan birinchi murakkablik darajasida bo‘ladi.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

17 Jan, 11:48


⚡️Bilishingiz lozim

🔹Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak.

• Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3 mln 750 ming soʻmdan) koʻp boʻlsa, yozma shartnoma tuzilishi shart.

• Qarz oluvchi yoki beruvchining biri yuridik shaxs boʻlganida esa qarz miqdoridan qatʼi nazar yozma shartnoma tuzilishi kerak.

• Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.

❗️Yozma shaklda tuzilishi lozim boʻlgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning koʻrsatmalari yordamida daʼvolashish mumkin emas ( aldov, tahdid yoki qiyin vaziyatlar taʼsirida tuzilgan shartnoma bundan mustasno).

© Inson huquqi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

17 Jan, 05:00


⚡️ O'qish davri ish stajiga qo'shiladimi ?!

📑 “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan:

💼 Quyidagi oʻqish davrlari ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi:

Oliy ta’lim muassasalarida;
magistratura va klinik ordinaturada;
stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida;
tayanch doktoranturada;
doktoranturada;
chet elda o‘qigan davlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi.

❗️Talabalar yuqorida keltirilgan taʼlim turlarining kunduzgi taʼlim shaklida oʻqigan boʻlsa pensiyaga chiqayotganida oʻsha oʻqigan davrlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

📂 Asos: https://lex.uz/acts/-112314

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

16 Jan, 09:48


Magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi. Kimlarga ?!

Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud bo'lib, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

Eslatma: Bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas. Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.

Asos: Prezidentimizning 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori 4-bandida nazarda tutilgan.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

15 Jan, 10:04


⚡️ Prokurorlik qasamyodi.

💻 «Prokuratura toʻgʻrisida»gi qonunning 1-moddasida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar deb belgilangan.

📊 Shuning uchun oʻta maʼsuliyatli xizmat vazifasiga chinakam sodiq boʻlishlik uchun Prokuror lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:

"Oʻz xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman" deb va'da berishadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

14 Jan, 10:32


⚡️Oʻzbekistonda advokatlar soni qancha?

🔹 Kanalda 2023-yilning aprelida berilgan maqolada, 36 mln aholisi boʻlgan Oʻzbekistonda, advokatlar soni 4 625 nafarligi, 7,6 ming aholiga 1 nafar advokat toʻgʻri kelishi va 30 yoshgacha boʻlganlar 1 foiz (51 nafar) ni tashkil qilishi xususida maʼlumot berilgandi.
Bu borada:
Isroilda – har 136 aholiga;
Italiyada – har 265 aholiga;
Germaniyada – har 499 aholiga;
Rossiyada – har 1 870 aholiga;
Qozogʻistonda – har 3 932 aholiga 1 nafar advokat toʻgʻri kelishi bildirilgandi. Xoʻp. Nima oʻzgardi?

Muhim qadam, advokatlikka yosh huquqshunoslarni jalb qilish maqsadida, “Advokatura toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish kiritilib, advokat maqomiga ega boʻlish uchun zarur boʻlgan ikki yillik yuridik mutaxassislik boʻyicha ish staji bekor qilingandi. Natijada,

❗️Bugun 38 million aholisi boʻlgan Oʻzbekistonda, har 6,2 ming nafar aholiga 1 nafar advokat toʻgʻri kelmoqda.

🔺P.S. Albatta bu Xalqaro standartlarga koʻra past koʻrsatkich. Ammo tendensiya yaxshi tomonga oʻzgarmoqda.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

14 Jan, 08:10


Bugun, 14-yanvar – Vatan himoyachilari va Oʻzbekiston Qurolli kuchlari tashkil topgan kun.

📊 Muqaddas burchini halol va fidokorona ado etayotgan barcha er yigitlaru, jasur qizlarimizni ushbu qutlugʻ sana bilan tabriklaymiz!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

13 Jan, 08:30


Boshqa shaxs o'rniga imtihon topshirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud.

📊 Bu tartib nafaqat davlat imtihonlariga, balki universitetning ichki yakuniy yoki boshqa imtihonlarida ham qo'llanishi mumkin.

💻 Sessiya topshirayotganlar va abituriyentlar ogoh bo'lamiz!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Jan, 08:07


⚡️ Yuridik yo'nalishlariga kirish uchun qaysi fanlardan tayyorlanish kerak ?!

«Yurisprudensiya» Fanlar majmuasi va baholash mezonlari
.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar kirish imtihonlarida jami 5 ta fan bo'yicha test topshiriqlarini yechishadi.

Asosiy blok (2 ta fan):

1⃣-fan. Huquqshunoslik fanlari:

▪️savollar soni — 30 ta.
▪️har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
▪️ maksimal ball — 93 ball.

2⃣ —Fan Chet tili:

▪️ savollar soni — 30 ta;
▪️ har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
▪️ maksimal ball — 63 ball.

Majburiy blok (3 ta Fan).

1) Ona tili — 10 ta savol.
2) Matematika — 10 ta savol.
3) O‘zbekiston tarixi — 10 ta savol.

▪️ har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
▪️ maksimal ball — 33 ball.

📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta.

📊 Maksimal ball – 189 ball.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

11 Jan, 13:06


❗️Toshkent va Namanganda prokuratura xodimlari ushlandi

Toshkent shahri Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 20 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.

***

Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan. U so‘ralgan puldan 2400 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Jan, 13:43


⚡️ Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Jan, 10:27


⚡️Endi shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

💻 1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qogʻoz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni soʻraydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.

📑 Bu prezidentning “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.

👨🏻‍💻 Hujjatga muvofiq, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Jan, 07:31


⚡️ 8-yanvar O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil topgan kun.

📊 1992-yil 8-yanvar – davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-314-sonli tarixiy Farmoni qabul qilindi va mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga asos solingan. Yaʼni, Oʻzbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.

💻 Shu munosabat bilan «Yuridik ta'lim» loyihasi barcha Adliya tizimida ishlovchi fidoiy xodimlarni hamda jonkuyar ustozlarimizni Adliya vazirligining 33 yilligi bilan muborakbod etamiz.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Jan, 06:41


⚡️ 8-yanvar – O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

💻 Shu munosabat bilan «Yuridik ta'lim» loyihasi barcha halol va fidoiy prokuratura xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi.

📊 Xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

07 Jan, 14:45


Barcha uchun muhim raqamlar:

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

07 Jan, 12:21


⚡️ Yurisprudensiya abituriyentlari diqqatiga: «LEX START» kursiga qabul davom etmoqda.

Siz Yurisprudensiya abituriyentimisiz ?!

Hali ham Oʻquv dasturi asosida emas, oʻquv darsligi asosida tayyorlanmoqdamisiz ?!

Huquqni oʻquv dasturi asosida qanday toʻgʻri oʻqishni bilmayabsizmi?!

35 ta Qonun hujjatlarini toʻliq yodlayman deb oʻzingizni hamon qiynamoqdamisiz ?!

👮‍♂️ Men Bekzod Chorshanbiyev, huquqiy taʼlim sohasida 6 yillik tajriba egaman. 3 yildan beri Huquqshunoslik fanlaridan onlayn darslar oʻtib kelmoqdaman. Va men oʻzimning «LEX START» kursimga yuqorida muommolar duch kelgan abituriyentlarni taklif etaman.

«LEX START» kursi kimlar uchun ?!

Kurs TDYU, JIDU, HMQA, Yurisprudensiya fakultetlari abituriyentlari va boshqa Huquqshunoslik fanlaridan imtihon topshiruvchi OTM lari abituriyentlari uchun.

Kurs formati: onlayn
Kurs boshlanish vaqti: 10-yanvar
Kurs davomiyligi: 6 oy
Kurs vaqti: haftada 3 kun

Darslar 0 dan oʻtiladi va 6 oyda siz Huquqshunoslik fanlaridan BMBA imtihonlariga tayyor boʻlasiz. Oʻtgan yil Yanvar-iyul oylarida tashkil etgan kurslarimda oʻqib talaba boʻlgan oʻquvchilarim buni isbotlashgan.

Diqqat: Kurs sifatini taʼminlash maqsadida, kursga atigi 30 nafar abituriyent qabul qilinadi. Va har bir abituriyent bilan individual ishlash orqali maksimal natijaga harakat qilinadi.

⚡️Shuningdek diqqat qiling: Kursimizdagi har bir abituriyent oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻliq kurs tomonidan taʼminlanadi.

📚 Har bir abituriyentga kurs tomonidan «LS box» to'plami yuboriladi.

📦 «LS box» toʻplami ichida:

tahrirlangan 8-sinf darsligi
tahrirlangan 9-sinf darsligi
yangi tahrir 10-sinf darsligi
tahrirlangan 11-sinf darsligi
35 ta Qonun hujjatlari
8-sinf ochiq savollar kitobi
9-sinf ochiq savollar kitobi
10-sinf ochiq savollar kitobi
11-sinf ochiq savollar kitobi
8-9-10-11- Huquq darsliklaridan mavzulashtirilgan testlar kitobi boʻladi.

📊 Jami 10 ta qoʻllanma kitob shaklida abituriyentning yashash manziliga yuboriladi. Bu qoʻllanmalar kursni sifatli tashkil etish maqsadida abituriyentlarga tekin taqdim etiladi. (Bunaqasi hali boʻlmagan)

😀 Kurs narxi: Barcha afzalliklariga qaramasdan arzonroq belgilashga harakat qildik.

Kurs narxi: atigi 299 ming soʻm (oy uchun)

😀 Shuningdek agarda abituriyentlarda 2-blok, chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikatlar boʻlsa, chegirmalar qilib beriladi.

😀 Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998339005051

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Chorshanbiyev_BEKZOD

«LEX START» — bu maqsad tomon ishonchli qadam.

Kanal: 👉 @huquqiyformat

® Reklama

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

07 Jan, 09:36


⚡️💻 Davlat xizmatchilariga nimalar mumkin emas ?!

▪️oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, Oʻzbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;

▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

▪️oʻzi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega boʻlgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

▪️oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;

▪️chet davlat fuqaroligini olishga;

▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;

▪️Oʻzbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

▪️oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

06 Jan, 08:42


⚡️💻 Sessiya yopolmagan, akademik qarzdor talaba o'qishdan chetlashtiriladimi yoki kursdan kursga qoldiriladimi ?!

📊 Videoda shu haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

© Manba: Bahodir Ahmedov.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

06 Jan, 05:15


«Yurisprudensiya» abituriyentlariga qulaylik yaratish maqsadida @huquqiyformat kanali Bojxona institutiga hujjat topshirish niyatida boʻlgan abituriyentlar uchun, Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalarining manzillari va ishonch raqamlarini jamlabdi.

📊 Kanalga oʻtib, oʻzingizga kerak hududdagi Bojxona boshqarmasi manzillari va ishonch raqamlarini olishingiz mumkin.

📥 @YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

06 Jan, 04:02


⚡️ «Yurisprudensiya» abituriyentlari diqqatiga: Bojxona institutiga o'qishga kirish uchun arizalar qabul qilish allaqachon boshlangan.

👨🏻‍💻 Koʻpchilik abituriyentlardan kelayotgan savollar yuzasidan «Yuridik taʼlim» kanali Bojxona qoʻmitasi bilan bogʻlandi.

📊 Bojxona qoʻmitasining xabar berishicha Bojxona institutiga qabul, amaldagi tartibga koʻra 1-yanvardan boshlangan.

📬 Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun arizalar 2025 yilning 1 yanvaridan – 1 apreliga qadar davom etadi.

📥 Nomzodlar qabul bo'yicha doimiy yashash, o‘qish, muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan hududda joylashgan bojxona boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.

◾️ Maʼlumot olish uchun, Hududiy bojxona boshqarmalarining telefon raqamlari Bojxona qo‘mitasining veb-sayti (https://customs.uz/uz/) “Hududiy boshqarmalar” ruknida qayd etilgan.

🏢 Institutda o‘qish kunduzgi shaklda, ta’lim muddati 4 yil, iqtisodchi va huquqshunos mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlanadi. O‘qishga qabul qilinganlar to‘liq davlat granti asosida o‘qitilib, bepul formali-kiyim bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi hamda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

📊 Bojxona institutida o‘qish davri bojxona organlarida xizmat qilgan davrga qo‘shiladi.

💻 Talabgorlar bojxona institutiga tanlov bosqichlari va belgilangan me’yorlar bilan Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

«Yuridik ta'lim»: Eslatib o'tamiz Bojxona qo'mitasining Bojxona institutida 2024-2025-o'quv yilidan boshlab, «Yurisprudensiya: iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash» ta'lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi asosiy fanlari quyidagicha belgilangan:

◾️ 1—fan: «Huquqshunoslik fanlari».
◾️ 2—fan: «Chet tili»


♻️ Abituriyentlarga yuboramiz.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

05 Jan, 11:32


Sudyani rad qilish - asos kerak.

🔹 Quyidagi hollarda sudya ( fuqarolik) ishni ko‘rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:

1. shu ish ilgari ko‘rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni ko‘rishda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasa;

2. ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;

3. shu ish ilgari ko‘rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;

4. taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;

5. ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.

Rad qilish masalasini hal etish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi va rad qilishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

FPKning 21, 24 moddalari talabi asosida.

© Inson huquqi

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

05 Jan, 08:37


⚡️ Yurisprudensiya abituriyentlari diqqatiga: «LEX START» kursini kutib oling.

Siz Yurisprudensiya abituriyentimisiz ?!

Hali ham Oʻquv dasturi asosida emas, oʻquv darsligi asosida tayyorlanmoqdamisiz ?!

Huquqni oʻquv dasturi asosida qanday toʻgʻri oʻqishni bilmayabsizmi?!

35 ta Qonun hujjatlarini toʻliq yodlayman deb oʻzingizni hamon qiynamoqdamisiz ?!

👮‍♂️ Men Bekzod Chorshanbiyev, huquqiy taʼlim sohasida 6 yillik tajriba egaman. 3 yildan beri Huquqshunoslik fanlaridan onlayn darslar oʻtib kelmoqdaman. Va men oʻzimning «LEX START» kursimga yuqorida muommolar duch kelgan abituriyentlarni taklif etaman.

«LEX START» kursi kimlar uchun ?!

Kurs TDYU, JIDU, HMQA, Yurisprudensiya fakultetlari abituriyentlari va boshqa Huquqshunoslik fanlaridan imtihon topshiruvchi OTM lari abituriyentlari uchun.

Kurs formati: onlayn
Kurs boshlanish vaqti: 10-yanvar
Kurs davomiyligi: 6 oy
Kurs vaqti: haftada 3 kun

Darslar 0 dan oʻtiladi va 6 oyda siz Huquqshunoslik fanlaridan BMBA imtihonlariga tayyor boʻlasiz. Oʻtgan yil Yanvar-iyul oylarida tashkil etgan kurslarimda oʻqib talaba boʻlgan oʻquvchilarim buni isbotlashgan.

Diqqat: Kurs sifatini taʼminlash maqsadida, kursga atigi 30 nafar abituriyent qabul qilinadi. Va har bir abituriyent bilan individual ishlash orqali maksimal natijaga harakat qilinadi.

⚡️Shuningdek diqqat qiling: Kursimizdagi har bir abituriyent oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻliq kurs tomonidan taʼminlanadi.

📚 Har bir abituriyentga kurs tomonidan «LS box» to'plami yuboriladi.

📦 «LS box» toʻplami ichida:

tahrirlangan 8-sinf darsligi
tahrirlangan 9-sinf darsligi
yangi tahrir 10-sinf darsligi
tahrirlangan 11-sinf darsligi
35 ta Qonun hujjatlari
8-sinf ochiq savollar kitobi
9-sinf ochiq savollar kitobi
10-sinf ochiq savollar kitobi
11-sinf ochiq savollar kitobi
8-9-10-11- Huquq darsliklaridan mavzulashtirilgan testlar kitobi boʻladi.

📊 Jami 10 ta qoʻllanma kitob shaklida abituriyentning yashash manziliga yuboriladi. Bu qoʻllanmalar kursni sifatli tashkil etish maqsadida abituriyentlarga tekin taqdim etiladi. (Bunaqasi hali boʻlmagan)

😀 Kurs narxi: Barcha afzalliklariga qaramasdan arzonroq belgilashga harakat qildik.

Kurs narxi: atigi 299 ming soʻm (oy uchun)

😀 Shuningdek agarda abituriyentlarda 2-blok, chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikatlar boʻlsa, chegirmalar qilib beriladi.

😀 Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
+998339005051

📥 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Chorshanbiyev_BEKZOD

«LEX START» — bu maqsad tomon ishonchli qadam.

Kanal: 👉 @huquqiyformat

® Reklama

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

05 Jan, 04:57


Advokatlik Qasamyodi.

📊 Ko'p hollarda o'ta ma'sulyatli kasb egalari o'z faoliyatini boshlash oldidan qasamyod qabul qilishadi. Shifokorlar, harbiylar, sudyalar shular jumlasidan.

💻 O'tgan safar Prokurorlik Qasamyodini eslab o'tgandik.

Yuridik kasblar orasida qasamyod qabul qiluvchi yana bir kasb egalari bor. Ular Advokatkar.

📑 Advokat tegishli malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

“O‘z kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

04 Jan, 11:30


🌟 Adliya Vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

04 Jan, 09:32


⚡️ Qanday qilib qonuniy qarz berish mumkin ?!

📑 Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak.

📊 Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3 mln 750 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lsa, yozma shartnoma tuzilishi shart.

📬 Qarz oluvchi yoki beruvchining biri yuridik shaxs bo‘lganida esa qarz miqdoridan qat’i nazar yozma shartnoma tuzilishi kerak.

📨 Qarz oluvchidan tilxat olish yoki qarz berilganligini tasdiqlaydigan har qanday hujjat ham yozma shartnomaning o‘rnini bosadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

04 Jan, 06:54


⚡️ TDYU ning barcha yo'nalishlarida ham imtihon fani «Huquqshunoslik fanlari»dan emas.

🏢 Ko'pchilikning xabari oxirgi qabulda ham TDYU da 5 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha qabul bo'lib o'tdi:

1⃣ Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat.
2⃣ Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat.
3⃣ Yurisprudensiya: biznes huquqi.
4⃣ Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik.
5⃣ Davlat boshqaruvi.

📬 Ancha avval TDYU da imtihon fani «Tarix» fanidan «Huquqshunoslik fanlari»ga o'zgartirilishi e'lon qilingan edi.

Ammo bu o'zgarish faqatgina TDYU ning «Yurisprudensiya» yo'nalishlariga tegishli hisoblanadi.

📂 TDYU ning 5 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi ichida «Yurisprudensiya» bo'lmagan yagona yo'nalish mavjud.

Bu «Davlat boshqaruvi» yo'nalishi.

💻 Bu yo'nalishda imtihon fani Huquqshunoslik fanlariga o'zgartirilmagan.

📨 Ya'ni TDYU ning «Davlat boshqaruvi» yo'nalishida imtihon fani «Tarix»(+Chet tili) fani sifatida saqlanib qolgan.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Jan, 13:14


❗️Ertaga, 4-yanvar (shanba)— barcha uchun ish kuni

Prezident qaroriga koʻra, ertaga, shanba kuni (4-yanvar) haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ham ish kuni hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan 2-yanvar kuni dam olishdi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Jan, 08:50


Aybsizlik prezumpsiyasi - gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining aybi qonunda belgilangan tartibda isbot qilinmaguncha, uni aybsiz deb faraz qilish.

Konstitutsiyaning 28-moddasi norma:

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yoʻli bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi.

Ayblanuvchiga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar taʼminlanadi.

❗️Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

❗️Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

© Inson huquqi

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Jan, 14:15


❗️Ertaga, 3-yanvar — barcha uchun ish kuni

Bugun Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan ketma-ket 6 kunlik dam olish kunlari tugaydi.

3-yanvar — barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

❗️Prezident qaroriga koʻra, joriy haftadagi shanba kuni (4-yanvar) haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ish kuni hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan bugun (2-yanvar) dam olishdi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Jan, 10:02


📌 Talaba deb kamroq haq to‘lanishi to‘g‘rimi?

Men maktabda o'qituvchiman, ayni paytda talaba ham hisoblanaman. Maktab rahbariyati oyli oladigan payt kelganda men talaba bo'lganligim sababli kamroq haq to'lashini aytishmoqda. Ish haqqimni to'liq olishim uchun qanday yuridik hujjatlarni asos qilishim mumkin?

YURIST JAVOBI:

❗️Talabaga kamroq haq to‘lash kerak degan qoida mavjud emas. Bo‘lishi mumkin ham emas.

Chunki, Mehnat kodeksining 244-moddasida ish beruvchining o‘z moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyatini mustahkamlab qo‘yilgan.

☝️Mana shu qoidaga ko‘ra, talaba ham mehnat shartnomasi asosida ishlayotganda uning o‘tgan darslari uchun tarif stavkasidan kelib chiqib haq to‘lash shart.

🙅‍♂️ Bunda unga kamroq haq to‘lash kerakligi belgilanmagan.

Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizom 3-bandiga ko‘ra xalq ta’limi xodimlarining lavozim maoshlari:
👉 xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
👉 xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.

Bunda pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
👉 xodimning lavozimiga;
👉 xodimning malaka toifasiga;
👉 xalq ta’limi muassasasining tipiga bog‘liq ravishda tabaqalashtiriladi.


Yuqoridagi qoidaga ko‘ra, sizning ish haqingiz toifangizga, dars soatlaringizga va belgilangan ustamaga va qo‘shimcha to‘lovga qarab shakllantiriladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Jan, 05:32


⚡️ B2 olgan yoshlarga ham pullari qaytariladi

◾️ Faqat ingliz tilidan tashqari ma'lum tillar uchun.

Yangi qarorga ko'ra:

2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

01 Jan, 13:32


Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq toʻlanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan koʻproq haq toʻlanishi belgilanishi mumkin.

➡️ Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga koʻra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

📌 Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga oʻzining xohishiga koʻra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq toʻlanadi.

⚠️ Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq toʻlanadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

01 Jan, 07:21


⚡️ Oʻzbekistonda 1-yanvardan kuchga kirgan ayrim  oʻzgarishlar

🔹Toshkentda avtobus va metroda naqd pul shakldagi yoʻlkira narxi oshdi;
🔹davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20 foizga oshiriladi;
🔹kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
🔹sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi;
🔹tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilindi;
🔹umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytirildi;
🔹tuman (shahar)lar hokimliklariga yangi vakolatlar berildi;
🔹bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etildi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Dec, 19:11


🎉 Kirib kelgan Yangi 2025-yil bilan barcha Yurtdoshlarimizni
«Yuridik taʼlim» loyihasi qutlaydi !!!

🎄 Yangi yilingiz bilan !!

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Dec, 11:21


Mana 2024-yil ham o'z yakuniga yetmoqda.

📊 An'anaga ko'ra, bugun obunachilarimizga 2024 yil uchun Hisobot topshirishni lozim ko'rdik.

📥 1 yil davomida kanalimizga Yuridik ta'lim sohasiga oid 1 268 ta post joylabmiz.

👨🏻‍💻 Bu postlar esa yil davomida qariyb 9 mln ko'rishlarga ega bo'lgan.

♻️ Obunachilarimiz o'zlari uchun foydali deb hisoblagan postlarni 96 ming marta do'stlariga ulashishgan.

💙 Kuzatuvchilarimiz postlarga 62 ming marta o'z reaksiyalarini bildirganlar va 48 ming marta o'z izohlarini bildirishgan.

💻 «Yuridik ta'lim» oilasiga joriy yilda 14 mingdan ziyod obunachi qo'shilib, jami obunachilar soni 27 mingdan oshdi.

📊 «Yuridik ta'lim» kanali Huquqqa oid eng kuchli 10 ta kanal qatoriga qo'shildi.

💻 «Yuridi taʼlim» loyihasi 4 yildan beri uzluksiz faoliyat olib bormoqda. Bu faoliyatimizni biz faqat siz obunachilarimiz uchun olib boramiz. Faoliyatimizning 5- yilida ham sizning qoʻllab-quvvatlashingiz bilan barqaror davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib barcha obunachilarimizni, shu bilan bir qatorda Yuridik ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi hamda ta'lim oluvchi barcha kuzatuvchilarimizni «Yuridik ta'lim» loyihasi nomidan, kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan tabriklaymiz.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Dec, 09:01


⚡️Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

Manba: 847-son, 18.12.2024-yil.


📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Dec, 04:48


⚡️📹 Huquqiy madaniyatni qanday oshirish mumkin ?! |

Hamma qonunlarni yoddan bilishning imkoni yo'q. Hattoki Huquqshunoslar ham barcha qonunlarni yoddan bilishmaydi.

◾️Xo'sh unda Huquqiy madaniyatni qanday rivojlantirish mumkin ?!

Huquqiy madaniyatni oshirishning 3 ta oddiy qoidasi bor....

Xushnudbek Xudoyberdiyev


© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

30 Dec, 13:01


💜💜💙🩷🩷🩷❤️❤️❤️


Siz

⚖️Toshkent davlat yuridik universiteti,

👩‍🎓Diplomatiya va jahon iqtisodiyoti universiteti

👮‍♀️Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va boshqa yurisprudensiya yo'nalishiga kirishni xohlaysiz, ammo haligacha huquqdan yaxshi ustoz topmadingizmi?!

U holda bu kurs siz uchun😉🤝

Birinchi marta Toshkent davlat yuridik universitetining professor ustozlari bilan master-klass shaklida bo'ladigan;

Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o'qituvchilari va eng 🔝 talabalari tavsiyasi doimiy berilib boriladigan;

Eng qulay hamyonbop narxda;

Kerakli kitoblar va materiallar barchasi bonus sifatida

𝐇𝐮𝐪𝐮𝐪 𝐟𝐚𝐧𝐢 𝐛𝐨’𝐲𝐢𝐜𝐡𝐚 “ 𝐋𝐚𝐰 𝐨𝐧𝐥𝐢𝐧𝐞“ 𝐤𝐮𝐫𝐬𝐢𝐠𝐚 𝐭𝐚𝐤𝐥𝐢𝐟 𝐞𝐭𝐚𝐦𝐢𝐳!

💲𝐍𝐚𝐫𝐱𝐢: 𝟏𝟒𝟗 𝟎𝟎𝟎 𝐬𝐨’𝐦;

🕘𝐇𝐚𝐟𝐭𝐚𝐝𝐚 𝟑 𝐦𝐚𝐫𝐭𝐚 𝐛𝐨’𝐥𝐚𝐝𝐢(𝟏-𝐝𝐚𝐫𝐬 𝐛𝐞𝐩𝐮𝐥)

𝐕𝐚𝐪𝐭𝐢: 𝟐𝟎:𝟎𝟎(𝐭𝐨𝐪 𝐤𝐮𝐧𝐥𝐚𝐫)

𝐁𝐢𝐫 𝐠𝐮𝐫𝐮𝐡𝐝𝐚 𝟏𝟓 𝐤𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐛𝐨’𝐥𝐚𝐝𝐢!

𝐀𝐥𝐨𝐡𝐢𝐝𝐚 𝐢𝐧𝐝𝐢𝐯𝐢𝐝𝐮𝐚𝐥 𝐝𝐚𝐫𝐬𝐥𝐚𝐫 𝐚𝐥𝐨𝐡𝐢𝐝𝐚 𝐤𝐞𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢 𝐯𝐚 𝐭𝐞𝐳𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐳𝐝𝐚 𝐨’𝐭𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢!


🆕𝐇𝐨𝐳𝐢𝐫𝐨𝐪 𝐫𝐨’𝐲𝐱𝐚𝐭𝐝𝐚𝐧 𝐨’𝐭𝐢𝐧𝐠 𝐯𝐚 𝐣𝐨𝐲𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐛𝐚𝐧𝐝 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠!

@Hazratali_uz_admin


@huquq_maktabi_hazratali_uz

® Reklama

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Dec, 14:33


Oila huquqi: Yolgʻiz onadan tugʻilgan bolaning tugʻilishini qayd etish.

🔹Bolaning tugʻilishini qayd etish uchun yolgʻiz (qonuniy nikohda boʻlmagan) ona tomonidan FHDYO organiga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma ariza taqdim etiladi.

Agar tugʻilgan bolaning onasi voyaga yetmagan boʻlsa, tugʻilishni qayd etish bolaning tugʻilganligi haqida tibbiy maʼlumotnoma hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan onaning yashash joyidagi FHDYO organi tomonidan qayd etiladi.
Bunda bolani tuqqan onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi bilan birga yashash va oʻqish joyidan rasmi yelimlangan holdagi maʼlumotnomalar taqdim etilishi lozim.

Yolgʻiz onaning arizasida ona va otaning familiyasi bir xilda — onaning familiyasi boʻyicha koʻrsatilishi lozim.
Bolaning familiyasi esa onaning familiyasi yoki milliy anʼanalarga koʻra ona tomonidan boboning ismi boʻyicha berilishi mumkin.

🔺Izoh: Nikohda boʻlmagan ota-onadan tugʻilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYO organida amalga oshiriladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Dec, 11:27


Tugallanmagan oliy ma'lumot bilan TDYU ning qayta tayyorlov kursida o'qish mumkinmi ?!

📥 #Savol: Asalomu alaykum men muxandislik inistutining sirtqi taʼlim yunalishining 1 kurs talabasiman. Men Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin. Men xozirgi kunda muxandislik inistutida 1 kurs talabasiman uqishni tugatmasdan turib TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslariga xujjat topshirishim mumkinmi ?!

📬 #Javob:

❗️Siz oliy maʼlumotga ega boʻlgandan keyingina qayta tayyorlovdan oʻtishingiz mumkin.

📑 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018-yildagi PQ-3666-son qarori 7-bandining g kichik bandiga koʻra TDYU huzurida Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida oliy maʼlumotga ega mutaxassislarni yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlovdan oʻtishi mumkin.

Shunday ekan, siz tugallanmagan oliy maʼlumot bilan bu markazda oʻqiy olmaysiz.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

28 Dec, 07:13


“Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi

Qonunga koʻra, davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish Oʻzbekistonda maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari maʼlumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish toʻgʻrisidagi oʻz qarorlari uchun shaxsan javobgar boʻladi.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq boʻlgan mazkur maʼlumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:

- maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;

- maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;

- maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega boʻlgan sir uchun - 30-yildan va xizmat siri uchun - 10-yildan oshmasligi kerak.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Dec, 15:59


❗️Oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!

🔰2024-yilning iyul-dekabr oylarida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilariga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

♻️Tadbirda kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan 150 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar topshirildi.

🏛Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi jamoasi barcha tinglovchilarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelajakdagi sharafli va mas'uliyatli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Dec, 10:36


2025-yil 1-yanvardan, Qonunchilikka koʻra:

▪️jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

▪️jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;

▪️jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyasiya instansiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta koʻrib chiqilishi tartibi belgilandi;

▪️tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati beriladi;

▪️tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta koʻrib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Dec, 07:37


Pensiyaga chiqish uchun necha yil ish staji boʻlishi kerak

Pensiyaga chiqishda erkaklar va ayollarga nisbatan turlicha yosh va ish staji belgilangan.

Oʻzbekistonda pensiyaning uchta turi mavjud. Bular:
yoshga doir pensiya
nogironlik pensiyasi.
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.


🔹Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25-yil boʻlgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20-yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

🔸Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar kamida 7-yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

© «Inson huquqi».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Dec, 14:40


Miranda qoidasi nima ?!

Miranda qoidasi- Vakolatli davlat organi xodimi tomonidan ushlanayotgan shaxsga (gumonlanuvchi, ayblanuvchi) uning sukut saqlash huquqini va shaxs tomonidan aytgan har bir so'zi yoki hatti-xarakati sudda unga qarshi ishlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirish. Bu qoida, o'ziga o'zi ko'rsatma bermaslik huquqini ta'minlash maqsadida AQSHda yuzaga kelgan. Yani, gumonlanuvchiga uning huquqlari to'g'risida ogohlantirilmasa, uning aytgan so'zlari dalil sifatida qabul qilinmaydi.

Miranda qoidasi bo‘yicha hibsga olingan shaxsga uni so‘roq qilishdan oldin albatta:

sukut saqlashga haqliligi;
aytgan gaplari sudda unga qarshi qo‘llanishi mumkinligi va qo‘llanishi;
so‘roqda uning advokati ishtirok etishi mumkinligi;
advokat to‘lovini qila olmasa unga davlat tomonidan advokat berilishi tushuntirilishi hamda «haq-huquqlaringiz sizga tushunarlimi?» deb so‘ralishi;
o‘z advokatiga yoki yaqinlariga bir marta qo‘ng‘iroq qilish imkoni berilishi shart.


Miranda qoidasi Oʻzbekiston qonunchiligida 2009-yil 1-yanvardan tatbiq etilgan. Konstitutsiyamizning 27-moddasi toʻrtinchi qismida Miranda qoidasi mustahkamlab qoʻyilgan:

«Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart».

Bundan tashqari Miranda qoidasi normalari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksining bir necha moddalarida belgilab qoʻyilgan. Asosan JPK ning 46-moddasi («Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari») va JPK ning 48-moddasi ( «Gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari») da Miranda qoidasiga xos normalar mustahkamlab qoʻyilgan.

© Manba: «Huquqiy format».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Dec, 11:07


Nukus voqealari boʻyicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

2022-yil iyul oyida Nukusda roʻy bergan tartibsizliklar qatnashchilarining 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6135 nafar shaxsga maʼmuriy jarima, 2639 nafar qatnashchiga esa maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan.

Jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga koʻra oilasiga qaytarilgan, 30 nafar sudlanuvchi komissiya iltimosiga koʻra sud zalidan ozod etilgan.

Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro (2 nafari huquqni muhofaza qilish idorasi xodimi) vafot etgan, 413 kishi jarohatlangan, shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari.

Komissiyaga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ommaviy tartibsizliklarni maʼmuriy binolardan uzoqlashtirish, va tarqatib yuborish maqsadida suv va rangli suyuqlik purkovchi texnika, koʻzdan yosh oqizuvchi maxsus granatalardan foydalanilgan.

Fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda 6,8 milliard soʻm moddiy zarar yetgan.

Tartibsizliklarni bartaraf etishda inson huquqlarini buzgan 3 nafar ichki ishlar organlari xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Dec, 07:49


⚡️ ai.lex.uz - sunʼiy intellekt javob beradi

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Dec, 10:15


Qonun, qaror, farmon va farmoyish: farqi nimada?

"Normativ-huquqiy hujjat­lar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Maj­lis palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkama­sining qarorlari, vazirliklar, dav­lat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahal­liy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.

Qonun — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi.

Qaror — davlat organi yoki mansabdor shaxsning oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjati. Qaror, odatda, ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan qabul qilinib, u ana shu organning oʻz vazifalarini amalga oshirish vositalari va yoʻllarini nazarda tutgan boshqaruv vaziyatini tahlil etish hamda baholashga oid erki ifodasi hisoblanadi.

Farmon — muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, Farmon mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga zid boʻlmasligi kerak.

Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalariga oid qarori farmoyish shaklida chiqariladi.

© Manba: «Yurisprudensiya».

💻 «Yuridik ta'lim»: Qisqa xulosa qiladigan bo'lsak:

Qonun eng yuqori kuchga ega hujjat. Qaror rasmiy organ yoki mansabdor shaxsning biror masala bo'yicha to'xtamini ifodalovchi hujjat. Farmon - eng yuqori organ yoki davlat boshlig'ining buyrug'i. Farmoyish esa tez hal qilinishi kerak bo'lgan masalalar haqidagi farmon yoki qaror ekan.

© «Yuridik ta'lim»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Dec, 06:54


Sudlanganlik farzandini ishiga taʼsir qiladimi?

Savol: Shaxsning sudlanganligini yaqin qarindoshlariga taʼsiri bormi. Qonunchilikda bu haqda nima deyilgan ?

Javob: Shaxsning sudlanganligi bilan bogʻliq masalalar uzoq vaqt mobaynida muhokamalarga sabab boʻlganini qayd etish kerak. Xususan, Mehnat kodeksiga uzoq bahs va tortishuvlar natijasida 4 va119 -moddalar kiritilgan.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 28-moddasida, shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emasligi xususidagi norma kiritilgan.
Qayd etish lozimki, ilgari ham milliy qonunchilikda sudlanganlik holati oʻsha shaxsning qarindoshlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin degan norma boʻlmagan. Shuningdek, shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi masalasi koʻproq huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ichki tartib qoidalarida nazarda tutilardi xolos.
Chunonchi, shaxsni sudlanganligi uning farzandlari yoki boshqa yaqin qarindoshlarini huquqni muhofaza qiladigan va boshqa muhim sohalarga ishga joylashishlarida muayyan cheklovlarga sabab boʻlardi.

❗️Endilikda, Bosh Qomus Konstitutsiya mazkur holatni inkor etadigan norma bilan toʻldirilgani inson huquqi himoyasi borasida muhim hisoblanadi.

© Inson huquqi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Dec, 14:05


‼️“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, ta’lim olishning quyidagi turlari mavjud:

↪️1) maktabgacha ta’lim va tarbiya – maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim;

↪️2) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim – umumiy o‘rta maktablardagi ta’lim;

↪️3) professional ta’lim – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardagi ta’lim;

↪️4) oliy ta’lim – bakalavriat, magistratura;

↪️5) oliy ta’limdan keyingi ta’lim – tayanch doktorantura, doktorantura;

↪️6) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

↪️7) maktabdan tashqari ta’lim – bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablaridagi ta’lim.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

22 Dec, 09:11


⚡️ Plagiat uchun jazo bormi ?!

💻 Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni ko‘chirmachilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish kiradi.

📊 Shuningdek barchamiz har kuni ijtimoiy tarmoq orqali o'qiydigan postlar, turli videolar ham mualliflik huquqi obyekti bo'la oladi. Va bu postlar, videolardan Manba ko'rsatmasdan foydalanish Plagiat hisoblanadi hamda buning uchun 340 mln so'mgacha tovon puli undirilishi mumkin.

Ayniqsa Huquqiy kanallardan plagiat qilish 2 hissa risk hisoblanadi.

© Video: Bahodir Ahmedov.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

21 Dec, 16:26


❗️Kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

21 Dec, 09:48


🖥Shov-shuvli «LexAI» nimalarga qodir.

😈 Adliya vazirligi tomonidan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirildi.

⚖️ “LexAI” chat-boti imkoniyatlari haqida batafsil 👉 rolikda.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

21 Dec, 06:40


📊 Hozirda respublikamizda 208 ta oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritib, talabalar soni 1 mln 400 ming nafardan ortdi

AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi:

◾️Ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish maqsadida mazmun jihatidan yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirildi. 183 ta ta’lim yo‘nalishi va 546 ta mutaxassislik bo‘yicha malaka talablari, 1 278 ta o‘quv reja va 4 mingdan ortiq o‘quv dasturlari tasdiqlandi.

🔠Bundan tashqari, 7 ta oliygohdagi 39 ta ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu bilan birga, Top-500 ga kirgan 9 ta xorijiy oliygoh bilan hamkorlikda 15 ta qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi.

🔠Xorijiy tajribalarni o‘quv jarayoniga jalb qilish ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, 4 970 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka oshirdi, 2 510 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb etildi.

🔠Shuningdek, kasbiy ta’lim muassasalariga 169 195 nafar yoshlar qabul qilindi. 14 673 nafar ishsiz fuqaro 38 ta kasbga o‘qitildi.

🔠418 ta kasbiy ta’lim tashkilotida 7 677 ta korxona bilan 30,8 ming nafar o‘quvchi 114 ta kasb bo‘yicha dual ta’limga jalb etildi.

🔠Hududlarda 4 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi.

🔠Oliygohlarda 27 364 o‘rinli talabalar turar joyi va 10 500 o‘rinli o‘quv binolari yaratildi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

20 Dec, 14:09


Adliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan sun'iy intellekt, Lex.uz bilan integratsiya qilinib, LexAI deb nomlandi

Bu yangi tizimning asosiy afzalligi shundaki, endi sun'iy intellekt huquqiy savollarga, ya'ni kazuslarga, amaldagi qonunchilik asosida javob bera oladi. Bu jarayonning samarali tomoni shundaki, oldinlari yuzaga kelgan xatoliklar yoki eski ma'lumotlar endi mavjud emas. LexAI har doim yangilangan, to'g'ri va ishonchli qonuniy ma'lumotlarni taqdim etadi, bu esa foydalanuvchilarga aniq va to'g'ri javob olish imkonini beradi.

P.s: Yurisprudensiya yo'nalishida o'qiydigan abituriyentlarga ham ancha yengilik bo'libdi)

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

20 Dec, 05:40


⚡️Bugun o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi

Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

Ruxsat kimlarga beriladi?

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
20-dekabrdan 20-yanvargacha.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Dec, 16:34


❗️Talabalar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Dec, 10:45


Advokatlik siri

Advokat advokatlik sirini saqlashi shart.
Advokatlik siri jumlasiga:
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam so‘rab murojaat etganligining o‘zi,
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam so‘rab murojaat etgan masalalar,
advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati,
advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan o‘tkazgan suhbatida to‘xtab o‘tilgan barcha masalalar kiradi.

Advokatning mustaqilligi advokatlik sirini oshkor etishni talab qilishni man etish orqali ham orqali ta’minlanadi.

Advokatdan va uning yordamchisidan va stajoridan advokatlik siri predmeti hisoblangan holatlar to‘g‘risida biron-bir tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar berishni talab qilish, shuningdek ular haqida tezkor-qidiruv faoliyatida, jinoyat ishlari, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar va boshqa ishlarni yuritishda foydalanish uchun biron-bir material taqdim etishni talab qilish man etiladi.

© Advokat Abdumalik Abdullayev.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Dec, 03:48


⚖️ Davlat xizmatlari sohasida sun'iy intellekt imkoniyatlari joriy etiladi

Bu haqda bugun, 17-dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev ma'lum qildi.

📜 Unga ko‘ra, kelgusida arxiv hujjatlarining matnini tanib olish va maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan yechimlar ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari DXM xodimlarining ish sifatini yaxshilash, KPI belgilash, navbatlarni tartibga solish borasida ham sun’iy intellektdan foydalanish haqida o’ylanmoqda.

Shuningdek, quyidagi tizimlarda axborot va maslahat xizmatlarini sun'iy intellekt yordamida ko‘rsatish (Komil AI bot) yo‘lga qo‘yiladi:

🔹Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
🔹“Litsenziya” axborot tizimi;
🔹Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi;
🔹“Yagona darcha” bojxona axborot tizimi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

17 Dec, 10:08


⚡️ Toshkent davlat yuridik universitetining masʼul xodimi javobgarlikka tortildi.

⚖️ Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasida joylashgan Toshkent davlat yuridik universiteti masʼuli javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.

📊 Qayd etilishicha, arxitektura yodgorligi boʻlgan sobiq “Ayollar va erkaklar gimnaziyasi”ning (XIX asr) kirish eshiklari oʻzboshimchalik bilan, tegishli ruxsat olinmasdan almashtirilgan.

💻 “Holat yuzasidan sudning 2024-yilning 2-dekabrdagi qarori bilan binodan foydalanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti masʼul shaxsi madaniy meros obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishda aybli deb topilib, jarima jazosiga tortildi”, deyiladi xabarda.

🏛 Maʼlumot uchun, 2022-yilda ham Toshkent Davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan oʻrganilganida tegishli ruxsatnoma olinmasdan, bino devorlari teshilib, qayd etish taxtachalari oʻrnatilgani va atroflari boʻyalgani, sovitkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar oʻrnatilgani aniqlangan. Holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining qarori bilan oliygohning masʼul rahbari maʼmuriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qoʻllanilgan.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

17 Dec, 04:23


Taqiqlangan saytlar ro'yxati!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati.

Ushbu sahifalarga kirish, layk bosish, tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Ogoh bo'ling!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

16 Dec, 09:53


Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

Javob: O'zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog'liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

📑 Mazkur Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta'lim muassasalarida kunduzgi o'qish ish stajiga qo'shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya'ni, talabaning magistraturada ta'lim olgan 2 yillik o'qish davri mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturani o'qish davomida talaba biror joyda rasmiy ishlagan bo'lsa, bu davr ham mehnat stajiga qo'shib hisoblanishi kerak.

Asos: https://lex.uz/acts/-112314

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

16 Dec, 06:51


⚡️Adliya vazirining yoshlar bilan uchrashuvi 17-dekabrga koʻchirildi.

Tadbir ertaga, 17-dekabr kuni soat 10:00 da yuqorida koʻrsatilgan manzilda boʻlib oʻtdi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

16 Dec, 04:59


😈 Adliya vaziri va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

⚡️ Vazir va yoshlar uchrashuvlari boshlanmoqda
Yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi – “Yoshlar forumi” tadbirlari davom etmoqda. Forum doirasida har bir vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi yosh xodimlar va mahalla yoshlari ishtirokida “Vazir va yoshlar”, “Vazir, hokim va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlar tashkil etiladi.

Ilk uchrashuv 16-dekabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Ushrashuvda ishtirok etish istagini bildirgan barchani soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida kutamiz. Shuningdek, taklif va murojaatlaringizni yoshlarforumi.uz sayti orqali ham yo‘llashingiz mumkin!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

15 Dec, 03:31


⚡️ Hozirgi kunda O'zbekiston hududida.

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Dec, 12:52


Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Bu yilgi Yangi yil bayramida besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 5 kun, olti kunliklar 4 kun dam olishadi.

Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

▪️ 28-dekabr, shanba haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
▪️ 29-dekabr, yakshanba barcha uchun odatiy dam olish kuni;
▪️ 30-dekabr, dushanba 6 kunliklar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr – shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni.
▪️ 31-dekabr, seshanba — Prezident farmoni asosida barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
▪️ 1-yanvar, chorshanba Yangi yil bayrami, dam olish kuni;

❗️14-dekabr (shanba) ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Dec, 07:42


⚡️Organ xodimlari diqqatiga.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar oʻrnatiladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Dec, 05:11


🇺🇿 Hozirda O‘zbekistonda 1 million 515 ming 833 nafar talabalar tahsil olmoqda!

↪️Bakalavriat bosqichida talabalarning 52,16% zi, yani 790.635 nafarini ayol-qizlar tashkil etsa, 47,84% ni, yani 725.198 nafarini yigitlar tashkil etadi.

↪️Magistratura esa yigitlarga qaraganda ayol-qizlarning soni ancha ko‘p. Yigitlar 15.794 nafar (37,38%), ayol-qizlar esa 26.459 nafar (62,62%)ni tashkil etadi.

↪️Talabalarning 175.490 nafari davlat granti asosida tahsil oladi. 1.388.080 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.

↪️O‘zbekistonda jami 14 ming 438 nafar xorijiy davlat fuqarolari tahsil oladi.

Qaysi OTMda qizlar, qaysi birida yigitlar soni ko‘p deb o‘ylaysiz? Kommentda yozib qoldiring.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Dec, 14:49


😈Huquqni muhofaza qilish akademiyasi sovrin jamg‘armasi 45 mln so‘m bo‘lgan tanlov e'lon qildi

Tanlov energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar boʻyicha o‘tkaziladi.

Tanlovda kimlar qatnasha oladi?

🔹sohadagi amaliyotchi mutaxassislar;
🔹barcha OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining xodimlari (Akademiya xodimlari bundan mustasno);
🔹tadqiqotchilar va talabalar.

💰Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-oʻrin: 20 mln soʻm;
🥈2-oʻrin: 15 mln soʻm;
🥉3-oʻrin: 10 mln soʻm.

Tanlov shartlari:

tanlov mavzusi doirasida hajmi 3-5 betdan oshmagan ilmiy-amaliy tahlillarga asoslangan takliflar tayyorlash;
amaliyotdagi muammo va huquqbuzarliklarni misollar yordamida tahlil qilish;
huquqbuzarliklar shakllari va koʻrinishlarini bayon qilish hamda ularning oldini olish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;
takliflarni tayyorlashda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslanish.

📩 Tahlil va takliflarni 10-dekabrga qadar Akademiyaning [email protected] elektron pochtasiga (Word yoki PDF formatda) yuborish talab etiladi.

Ishtirokchilarning takliflari Akademiya tomonidan baholanadi va natijalar 10 ish kuni ichida eʼlon qilinadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Dec, 13:19


😈 Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan “Sovrinli viktorina” oʻtkaziladi.

Viktorina 2024-yil 3-dekabr kuni soat 09:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi!

🖥 Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 10 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) toʻgʻri javob topishi kerak.

Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar orasidan gʻolib Youtube-kanalida tasodifiy gʻolibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida aniqlanadi.

🎁 Gʻolib ishtirokchi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

Barcha savollarga toʻgʻri javob bering va gʻolib boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiriting!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

01 Dec, 07:51


Oʻzbekistonliklar Konstitutsiya kunida ketma-ket 3 kun dam oladi.

8-dekabr bu yil yakshanba kuniga toʻgʻri keladi, shuning uchun qoʻshimcha dam olish kuni 9-dekabr dushanba kuni boʻladi.

Shunga koʻra, “besh kunlik hafta”da ishlayotgan oʻzbekistonliklar ketma-ket 3 kun, “olti kunlik hafta”da esa 2 kun dam oladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

01 Dec, 03:28


🇺🇿 1989-yil 1-dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Ushbu til turk tillari oilasining qipchoq guruhiga kiradi. U qozoq va noʻgʻoy tillariga yaqin. Ushbu tilning shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalari mavjud.

Qoraqalpoq yozuvi 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan, keyinchalik lotin alifbosiga oʻtgan. 1940-yilda kirill yozuviga oʻtkazilgan boʻlsa, 1994-yilda lotin alifbosi qaytadan joriy etilgan.

© «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

30 Nov, 05:37


⚡️Nomaqbul dalil nimani anglatadi ?

Oldingi
sonda maqbul dalil xususida fikr yuritilgandi. Bugun nomaqbul dalil nimaligini koʻrib chiqamiz. Demak,

🔹JPKning 95-1-moddasiga koʻra, agar faktik maʼlumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud JPK talablari buzilgan, shu jumladan quyidagi hollarda:

1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllagan holda;
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yoʻli bilan;
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;
4) jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida;
5) nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan;
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmuyi bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan olingan boʻlsa nomaqbul dalil boʻlib hisoblanadi.

🔺 Izoh:
Dalilni nomaqbul deb hisoblayotgan va bunga asoslari boʻlgan shaxs sudga dalilni nomaqbul dalil deb topish toʻrisida Iltimosnoma kiritishga haqli.

Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchiga koʻra baho beradi.
Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa, etarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim.

🔺P.S. Oliy sud Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat –protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi ( 24.08.2018-yil 24-sonli) qarori.

© «Inson huquqi».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Nov, 03:34


⚡️ Ikkinchi mutaxassislik nima?

📥 2-mutaxassislik — o‘zi oliy ma’lumotga ega abituriyentning yana bir oliy ma’lumot olish uchun o‘qishi. Bunda abituriyent imtihondan o'tsa, to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qiydi. Ya’ni 2-mutaxassislik bilan kirgan talabalar boshqalardan bir yil kamroq o‘qiydi.

«Yurisprudensiya»da Ikkinchi mutaxassislik bormi o'zi ?!

💻 Ha bor. Oxirgi qabulda 8 ta OTM da «Yurisprudensiya» bo'yicha Ikkinchi mutaxassislikka qabul bo'lib o'tgan. Batafsil ma'lumot.

📊 Imtihon qanday bo‘ladi?

Hamma OTM 2-mutaxassislik uchun imtihon qanday bo‘lishini, baholash mezonlarini o‘zi tanlaydi. Bu degani 2-mutaxassislik uchun imtihon suhbat bo‘lishi ham mumkin va kirish imtihoniga qaraganda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

📬 Misol uchun 2024-yilgi qabulda bir qator universitetlardagi «Yurisprudensiya» yo'nalishida Ikkinchi mutaxassisligiga o'tish ballari ancha past boʻlgan.

👉 «Yurisprudensiya» yo‘nalishida 8 ta OTM dagi Ikkinchi mutaxassislik oʻtish ballari (2024).

© Manba: «Yuridik ta'lim»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

28 Nov, 15:40


⚡️TDYU ning 6 oylik qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihon kunlari eʼlon qilindi.

📅Kurslarga kirish imtihonlari suhbat tarzida joriy yilning 2-5-dekabr kunlari o'tkaziladi.

📩Talabgorlar quyidagi hujjatlarni imtihonga o‘zlari bilan olib kelishlari lozim:

📌fuqarolik pasporti (asli va nusxasi);
📌oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (asli va nusxalari);
📌3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.


🏛Hujjat topshirgan barcha talabgorlardan tegishli hujjatlari bilan birga belgilangan vaqtda TDYU 3-o'quv binosi (sobiq ODO)ga yetib kelishlarini so'raymiz.

📍Imtihon o'tkaziladigan bino manzili

❗️Imtihon aniq vaqti to‘g‘risida har bir talabgor kesimida xabar berildi!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

28 Nov, 12:38


Profilaktika (katta) inspektorlari "Yurisprudensiya" yo'nalishiga imtihonsiz qabul qilinadi

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bundan mustasno) (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari) kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi joriy etilgan.

O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablag‘lari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Ichki ishlar vazirligi orqali to‘lab beriladi.

Malumot uchun: 2024-yil 1-sentyabrdan eʼtiboran Toshkent shahri ichki ishlar organlari, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektori lavozimlariga faqat oliy yuridik maʼlumotga ega bo‘lgan xodimlar tayinlanishi belgilangan

© «Yurisprudensiya»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Nov, 09:29


⚡️O‘zbekiston Respublikasida 21 ta vazirlik mavjud. Quyida ularning ro‘yxati va rahbarlari keltirilgan:

1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi: Kudratov Laziz Shavkatovich
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi: Qo‘chqorov Jamshid Anvarovich
3. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi: Islamov Bobir Farxadovich
4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi: Xidoyatov Sherzod Saidjanovich
5. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi: Zohidov Botir Erkinovich
6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich
7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi: Umarova Xilola Uktamovna
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi: Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich
9. Sport vazirligi: Ikramov Adxam Ilxamovich
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi: Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich
11. Suv xo‘jaligi vazirligi: Xamrayev Shavkat Raximovich
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi: Shermatov Sherzod Xotamovich
13. Adliya vazirligi: Tashkulov Akbar Djurabayevich
14. Transport vazirligi: Maxkamov Ilhom Rustamovich
15. Madaniyat vazirligi: Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich
16. Mudofaa vazirligi: Xalmuxamedov Shuhrat G‘ayratjonovich
17. Energetika vazirligi: Mirzamaxmudov Jo‘rabek Tursunpulatovich
18. Sog‘liqni saqlash vazirligi: Xudayarov Asilbek Anvarovich
19. Tashqi ishlar vazirligi: Saidov Baxtiyor Odilovich
20. Ichki ishlar vazirligi: Bobojonov Po‘lat Razzaqovich
21. Favqulodda vaziyatlar vazirligi: Quldashev Abdulla Xamidullaevich

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimini Aripov Abdulla Nigmatovich egallab turibdi.

© «Yurisprudensiya»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Nov, 05:38


#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi


Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Nov, 04:38


⚡️Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.

Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. (MJTK 46-2 modda)

Shaxsga doir ma’lumotlar deganda, alohida bir kishini bevosita yoki bilvosita aniqlash imkonini beruvchi barcha ma’lumotlar tushuniladi. Ushbu ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Asosiy shaxsiy ma’lumotlar:
- Ism, familiya, otasining ismi
- Tug‘ilgan sana va joy
2. Kontakt ma’lumotlari:
- Telefon raqami
- Elektron pochta manzili
- Uy manzili
3. Identifikatsion ma’lumotlar:
- Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar raqami
- INN (shaxsiy identifikatsiya raqami)
- SNILS (pension sug‘urta raqami)
4. Moliyaviy ma’lumotlar:
- Bank kartasi raqami
- Hisobraqamlar ma’lumoti
5. Kasbiy va ta’lim ma’lumotlari:
- Ish joyi yoki lavozimi
- Diplomlar, sertifikatlar va ilmiy darajalar
- Ish tajribasi haqida ma’lumot
6. Ijtimoiy ma’lumotlar:
- Oila holati (turmush qurgan yoki yo‘qligi)
- Bolalar soni
- Fuqarolik
7. Maxsus shaxsiy ma’lumotlar (himoya ostida bo‘lgan):
- Sog‘liq haqidagi ma’lumotlar
- Milliy mansublik
- Diniy yoki siyosiy qarashlar
- Biometrik yoki genetik ma’lumotlar (masalan, barmoq izi, yuz skaneri)

❗️Bu ma’lumotlar maxfiylik va qonunchilik asosida himoyalanishi kerak.

Misol uchun, kimningdir telefon raqamini uning roziligisiz uchinchi shaxsga berish sizga 18,7 million so‘mga tushishi mumkin.

© «Yurisprudensiya»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Nov, 11:14


⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan birgina video orqali tanishib chiqing.

📺 Konstitutsiyasining toʻliq mazmunini ushbu animatsion video orqali qisqa vaqt ichida oʻrganishingiz yoki takrorlab olishingiz mumkin.

© Manba: «10 daqiqa»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Nov, 11:34


⚡️ Umummilliy Konstitusiya imtihoni oʻtkaziladi. Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'm.

😈 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

🫥 Tanlovda ishtirok etish uchun maxsus telegram botini ishga tushirishingiz lozim:
👉 Botni ishga tushirish uchun bosing.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil botda tanishing.

📊 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:

1️⃣-o'rin 20 mln so'm.
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Nov, 10:11


💰 Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari:

🛡 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari quyidagicha belgilandi:

📝 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to'lash muddati barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha etib belgilangan;

🤔 Shuningdek: barcha kurs talabalari uchun to'lov miqdorining 50 foizini to'lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilanganini eslatib o'tamiz.

📝 Belgilangan muddatlarda to'lov-kontrakt mablag'larini o'z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt va undan tushgan mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o'qitish uchun belgilangan to'lov-kontrakt mablag'ini o'z vaqtida amalga oshirmaganli sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ma’lum qilamiz.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Nov, 05:42


Daʼvogar kimu, javobgar kim ?

Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishda taraflar hisoblanishadi.

🔹Daʼvogar - oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatgan shaxs.

🔸Oʻziga nisbatan (daʼvogarning buzilgan huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari yuzasidan) talab taqdim etilgan shaxs Javobgardir.

Oddiy: Shaxsga nisbatan kimdir sudga daʼvo bilan chiqsa, u daʼvogar, daʼvo boʻyicha javob beruvchi taraf javobgar boʻladi.

© «Inson huquqi»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

22 Nov, 14:58


​ Endi sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiydiganlarga taʼlim krediti berilmaydi!

Endilikda taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlimda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda eʼlon qilindi.

Bunga qadar taʼlim kreditini sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi.

Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda taʼlim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

Birinchi bosqichlar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

22 Nov, 10:18


"Qishki perevod"da nima mumkin-u, nimalar mumkin emas?

Quyidagilar mumkin:

Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli o'sha hududga o'qishini ko'chirishi (o'zining yo'nalishiga yoki mos va turdosh yo'nalishga ko'chirishi, xoxlasa ta'lim shaklini ham o'zgartirib ko'chirishi ham mumkin);
Ota-onasi yoki turmush o'rtog'i davlat xizmatchisi bo'lib, ularning doimiy ish koyi boshqa viloyatga ko'chirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda perevod qilish mumkin);
Faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga ko'ra tegishli tartibda ko'chira olish.

Quyidagilar mumkin emas:

Ichki perevod (bir oliygoh ichida ta'lim yo'nalishini yoki ta'lim shaklini o'zgartirish);
Bir hudud doirasida boshqa oliygohga ko'chirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga o'qishni ko'chirish);
Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan o'qishni ko'chirish;
Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish;
Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish;
Xususiy oliygohlar o'rtasida o'zaro o'qishni ko'chirish harakatlari;
Xususiy oliygoh bilan bog'liq har qanday o'qishni ko'chirish jarayonlari;
Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga o'qishni ko'chirish.

IZOH: Qishki qabul jarayonlarida o'qishni ko'chirish hech qanday maxsus imtihonlariz o'tkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar vazirlik komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, shunga asosan xulosa beriladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

21 Nov, 06:54


Huquqiy abbreviatura nima ?!

Huquqiy abbreviatura — bu qonunchilik tilining oʻziga xos birligi boʻlib, u soʻz birikmasiga kiruvchi soʻzlarning bosh harflaridan iborat boʻlgan qisqartirishdir.

📊 Huquqiy abbreviaturalarni kelib chiqishiga koʻra, ikkita katta guruhga boʻlish mumkin: sof huquqiy (OʻzR IIV, OʻzR FK, OʻzR JPK va boshq.) va oʻzlashtirilgan huquqiy abbreviaturalar (NNT, OʻzMU, TDYU).

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

21 Nov, 03:59


⚡️ Barcha «Yurisprudensiya» yoʻnalishining 2024-yilgi oʻtish ballari.

📊 «Yuridik taʼlim» kanali «Yurisprudensiya» yoʻnalishlarining tillar va taʼlim shakli boʻyicha, grant va kontrakt boʻyicha toʻliq oʻtish ballarini shakllantirdi.

1. Toshkent davlat yuridik universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

3. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

4. Jamoat xavfsizligi universiteti.
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

5. Oʻzbekiston milliy universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

6. Samarqand davlat universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

7. «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

8.Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

9. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

10. Toshkent davlat transport universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

11. Qoraqalpogʻiston davlat universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

12. Buxoro davlat universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

13. Fargʻona davlat universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

14. Namangan davlat universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

15. Termiz davlat universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

16. Urganch davlat universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

17. Toshkent davlat agrar universiteti:
👉 Yurisprudensiya kirish ballari.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

20 Nov, 11:29


Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga maʼqullandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

20 Nov, 11:12


⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Nov, 12:51


Narbayeva Tanzila Kamalovna Oliy Majlisi Senati raisi etib saylandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Nov, 10:36


⚡️ Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqdi

Vazirlar Mahkamasining 19-noyabrdagi tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

O‘z navbatida, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi ma’lum qilinadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Nov, 05:05


Konstitutsiya bayrami arafasida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

Bu yil 8 dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun haftaning yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Mehnat kodeksiga asosan, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.

Shunga ko‘ra, bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

7 dekabr, shanba – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

8 dekabr, yakshanba – bayram kuni, barchaga dam olish kuni;

9 dekabr, dushanba – barchaga qo‘shimcha dam olish kuni;

10 dekabr, seshanba – barchaga ish kuni.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

19 Nov, 03:15


⚡️ BMBA Huquqshunoslik fanlaridan 2024-yilgi Namunaviy test savollarini e'lon qildi.

📊 Bilim va malakalarni baholash agentligi Mutaxassislik fanlaridan 2024-yilgi namunaviy test topshiriqlarini e'lon qildi.

Shu jumladan Huquqshunoslik fanlaridan ham namuna savollar e'lon qilindi. Test savollari 3 xil: oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida eʼlon qilingan boʻlib, ushbu namunaviy testlarni siz quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin:

👉 oʻzbek tilida
👉 rus tilida
👉 qoraqalpoq tilida

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Nov, 11:23


Ismoilov Nuriddin Mo‘ydinxonovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga saylandi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

18 Nov, 10:51


🇺🇿 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

😈 Bu kun O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi 407-XII-sonli Qonuniga muvofiq belgilangan

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

17 Nov, 12:50


⚡️ Hozirgi kunda O'zbekiston hududida.

🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so'm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so'm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

16 Nov, 12:25


⚡️ Umummilliy Konstitusiya imtihoni oʻtkaziladi. Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'm.

😈 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

🫥 Tanlovda ishtirok etish uchun maxsus telegram botini ishga tushirishingiz lozim:
👉 Botni ishga tushirish uchun bosing.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil botda tanishing.

📊 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:

1️⃣-o'rin 20 mln so'm.
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

16 Nov, 09:07


💻 Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

💼 OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

📥Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan tashqari, Yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.

📊 Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida o‘qishga bormasdan ishga bora olmaydi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

15 Nov, 14:36


Ma’muriy sud tomonidan hal etiladigan ishlar.

Ma’muriy sudlar:

1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;

6) investitsiya nizolari bo‘yicha;

7) raqobat to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

15 Nov, 12:13


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi huquqlarimiz va mas'uliyatlarimiz.

Bugungi raqamli dunyoda, ijtimoiy tarmoqlar har birimizning hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz Instagram, Facebook, Telegram kabi platformalarda fikrlarimizni bildiramiz, rasmlar yuklaymiz, do‘stlarimiz bilan muloqot qilamiz. Lekin ko‘pchilik ushbu tarmoqlarda qanday huquqlarga ega ekanini yoki nima uchun qonuniy javobgarlikka tortilishi mumkinligini yetarlicha tushunmaydi. Keling, bu masalani batafsil ko‘rib chiqamiz.

1. Fikr bildirish huquqi

Konstitutsiyaga ko‘ra, har bir inson o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega. Bu huquq, albatta, ijtimoiy tarmoqlarda ham amal qiladi. Biroq, fikr erkinligi mutlaq huquq emas. Demak, boshqa shaxslarning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, yolg‘on ma'lumot tarqatish, milliy, irqiy yoki diniy adovatni qo‘zg‘atish kabi holatlar qonun tomonidan taqiqlangan.

2. Maxfiylik huquqi

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari himoya qilinishi lozim. Foydalanuvchilarning ruxsatisiz ularning shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilish yoki tarqatish qonunbuzarlik hisoblanadi. Shuningdek, har bir foydalanuvchi o‘z profilingidagi ma'lumotlarni boshqarish, tahrirlash yoki o‘chirish huquqiga ega.

3. Qonuniy javobgarlik

Agar foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlarda boshqa shaxslarni haqorat qilsa yoki tuhmat qilsa, bu holat qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

4. Kontent huquqlari

Foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontent (matnlar, suratlar, videolar) mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Boshqa foydalanuvchilarni ruxsatisiz ularning materiallarini nusxalash yoki tarqatish qonunbuzarlik hisoblanadi va buning uchun javobgarlik yuklanishi mumkin.

5. Kibertahqirlash (cyberbullying) va uning oqibatlari

Kibertahqirlash – bu ijtimoiy tarmoqlarda odamlarni doimiy ravishda qo‘rqitish, mazax qilish yoki tahdid qilish. Bu nafaqat ahloqiy, balki huquqiy jihatdan ham javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekistonda kibertahqirlash bo‘yicha maxsus qonunlar mavjud bo‘lmasa-da, umumiy axloq normalarini buzuvchi holatlar qonun tomonidan jazolanadi.

6. Fake akkauntlar va noqonuniy faoliyat

Ko‘p hollarda ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlar orqali noqonuniy faoliyat amalga oshiriladi. Bu noqonuniy akkauntlarni yaratish yoki boshqa shaxs nomidan faoliyat yuritish ham qonuniy javobgarlikka tortilishi mumkin. Shuningdek, soxta ma'lumot tarqatish va boshqalarni aldash ham jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Xulosa

Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritishda har bir foydalanuvchi nafaqat o‘z huquqlarini bilishi, balki o‘z mas'uliyatini ham tushunishi kerak. Huquqlaringizni himoya qilish bilan birga, boshqa foydalanuvchilarning huquqlariga hurmat ko‘rsatish – jamiyatda sog‘lom va qonuniy muhit yaratishning asosiy yo‘lidir.

© «Huquqiy format»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

15 Nov, 08:51


⚡️Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a)
o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.

‼️ Belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo‘lgan) talaba oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini quyi kursdagi o‘quv semestri boshidan boshlashi mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

14 Nov, 08:42


O‘quvchisi olimpiadada past ball olgan o‘qituvchilarga "hayfsan" berilishi to‘g‘rimi?

Savol: Assalomu aleykum, men maktabda o'qituvchi bo'lib ishlayman. Yaqinda fan olimpiyadasi bo'lib utdi va mening o'quvchim pastroq ball olibdi va 77-o'rin bo'lib qolibdi. Bugun ped kengash bo'lib o'tdi va unda olimpiyada o'quvchisi past ball to'plagan o'qituvchilarga xayfsan berishga qaror qilishdi. Savolim shundan iboratki, menga bu vaziyatda  xayfsan berilishi tug‘rimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 16 oktabrdagi 334-sonli buyrug‘iga 43 – ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq o‘qituvchining lavozim majburiyati belgilangan bo‘lib, ulardan biri o‘quvchilarni o‘z fani bo‘yicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash hisoblanadi.

Agar o‘qituvchi o‘quvchini olimpiadaga tayyorlashda o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha harakatlarni amalga oshirsa, ya’ni muayyan davrda muntazam ravishda o‘quvchi bilan ishlasa, unga kerakli manbalarni topishda, ular bilan ishlashda yordam ko‘rsatgan, u bilan shug‘ullangan bo‘lsa, o‘qituvchiga intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash mumkin bo‘lmaydi.

Sababi Mehnat kodeksi 313-moddasiga ko‘ra intizomiy jazo chorasini qo‘llashda sodir etilgan qilmishning og‘ir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

❗️Shunga ko‘ra agar o‘qituvchi o‘z majburiyatini bajargan, biroq boshqa obektiv sabablar tufayli, o‘quvchi o‘rin ololmagan bo‘lsa, o‘qituvchiga intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash noto‘g‘ri deb hisoblaymiz.

© «Yurist xizmati»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

14 Nov, 04:45


⚡️ DXX Akademiyasining imtihon sanasi va tartibi aniq boʻldi.

😈 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

📊 Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

13 Nov, 09:45


Shaxsni yaqin qarindoshlari sudlanganligi uchun — Prokuraturaga ishga qabul qilmasliklari toʻgʻrimi?

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 28-moddasida shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emasligi mustahkamlangan.

Shuningdek, Prokuratura toʻgʻrisidagi qonun 43-moddasiga koʻra prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.

Ushbu qonunda shaxsning yaqin qarindoshlari sudlanganligi holati uning mazkur organga xizmatga kirishiga cheklov qoʻyish haqidagi biror qoida belgilanmagan.

Shunday ekan, talabgor yuqoridagi qonunning 43-moddasi talablariga javob bersa, ushbu organga ishga qabul qilinishingiz mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Nov, 15:25


⚡️ Konstitutsiyaviy huquq: Har kim oʻz huquqlariga daxldor hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqiga ega.

📊 Konstitutsiyaning 34-moddasiga asosan,

Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart.

💻 Keyin tanishasan, sudda tanishasan, tanishishing shart emas, senga aloqador emas deb ayrim vakolatli shaxslar fuqarolarning o‘z huquqlariga aloqador hujjatlar bilan tanishib chiqish imkoniyatini cheklashga haqli emas degani bu..

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Nov, 14:24


👉 Huquq fanidan bahorgi ATTESTATSIYA imtihoniga tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lgan ustozlar uchun "maxsus online attestatsiya" guruhiga qabul davom etmoqda.

🔝 Darslarimizda o'qituvchlardan tashqari  yurisprudensiya yo'nalishiga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlar, milliy serifikat imtihonida MAKSIMAL natijani qayd etishni xohlagan barcha qatnashishi mumkin.

🗓  BIrinchi darsimiz 15-noyabrdan boshlanadi.  Darslar  haftada 4 kun bo'lib o'tadi.

👉  Sizga kursda nimalar beriladi:
Mavzulashtirilgan testlar, Boblashgan testlar to'plami, tahrirlangan kitoblar, Audio darslar,  Video darslarni taqdim etamiz.

🫥 To'lov: oyiga 150 ming so'm.

👉  ushbu guruhga qo'shilish orqali bepul darslarimizda qatnashib ko'rishingiz mumkin. Kurslarimiz sizga ma'qul bo'lgandan so'ng to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.

🔝 NATIJALAR

➡️ Dars bo'ladigan guruh: https://t.me/+GuA4GcUxcNBkMGVi

➡️ Murojat uchun: @Javohir_Quramboyev

® Reklama

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Nov, 13:22


Chet elda ishlovchilarning oila aʼzolari sanatoriy va davolanish muassasalariga bepul yo'llanma olishi mumkin.

Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolarning O'zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi pensiya yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo'lgan oila a'zolariga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriy va profilaktik davolanish muassasalariga bir martalik bepul yo'llanma beriladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Nov, 11:36


Ushbu kanal Farg‘ona viloyati sudlarining rasmiy sahifasi.

Kanalda Farg‘ona viloyati sudlari faoliyati, sud amaliyoti, sud rahbariyatining qabullari, huquqiy viktorina, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar yoritib boriladi.

Kanalga ulanish: @fargonaviloyatisudlari
Rasmiy sayt:
https://fargona.sud.uz

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

12 Nov, 09:30


📹 Sudlanganlik: o'zi nima? Qachon olib tashlanadi va tugallanadi?

© Manba.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

11 Nov, 07:06


⚡️ Umummilliy Konstitusiya imtihoni oʻtkaziladi. Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'm.

😈 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

🫥 Tanlovda ishtirok etish uchun maxsus telegram botini ishga tushirishingiz lozim:
👉 Botni ishga tushirish uchun bosing.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil botda tanishing.

📊 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:

1️⃣-o'rin 20 mln so'm.
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

11 Nov, 06:17


11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni.

Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir.

Kasaba uyushmalarining maqsadi – o‘z a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdan iborat.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

10 Nov, 14:43


Kechki mutolaa: Nima uchun advokat qotilni ham himoya qilishi kerak?

Tan olish kerak-ki, advokat qotillikda ayblanayotgan shaxsni himoya qilmoqchi boʻlsa, qabul qila olmaymiz va hatto undan nafratlana boshlaymiz.

Nima uchun qotilni himoya qilish kerak? Axir u qotil-ku!...

Buni xuddi shifokorning qasamyodiga qiyoslagan boʻlar edik. YAʼni, uning huzuriga kelgan yoki olib kelingan bemorning shaxsidan qatʼiy nazar unga tibbiy yordam koʻrsatishga majburdir. Ayni paytda, bemor oʻz shaxsiy sifatlaridan qatʼiy nazar, oʻz sogʻligʻi va hayoti uchun qaygʻurishga va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga haqlidir. Bu uning nafaqat dunyoviy qonunchilik bilan kafoalatlangan, shu bilan birga, avvalo uning ajralmas, tabiiy haqqi ham hisoblanadi.

Shuni tushunishimiz kerak-ki, advokatning bunday protsesslardagi pozitsiyasi aniq shaxsni emas, balki uning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan boʻladi. YAʼni, obyektiv haqiqatga koʻra, chindan ham qotillik sodir etgan shaxsni oʻz himoyasi ostiga olishi bu, uning oʻsha qilmishini maʼqullashini yoki olqishlashini anglatmaydi.

Har kimning himoyalanish huquqi bor, u qanday jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan boʻlishidan qatʼiy nazar.

Demak, advokatning asosiy vazifasi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

© Advokat Abdumalik Abdullayev

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

10 Nov, 09:23


11-noyabr dam olish kunimi?

Qisqa javob:
yo’q, ish kuni.

ℹ️ Batafsil javob:
Ko’pchilik shu haqida so’rayapti.

O’tgan yili may oyida bir loyiha ko’rib chiqilayotgani xabar berilgandi, loyihada 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida e’lon qilish to’g’risidagi masala aks etgandi.

Ammo keyinchalik bu loyiha kun tartibidan olindi, shekilli, boshqa xabar chiqmadi. Hozircha bunday qonun qabul qilingani yo’q.

Shu sababli 11-noyabr ish kuni hisoblanadi, dam olish kuni emas.

Joriy yilda 11-noyabr dushanba kuniga to’g’ri keladi va barcha xodimlar uchun esa ish kuni hisoblanadi.

ℹ️ Mehnat kodeksiga ko’ra, hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:

1-yanvar – Yangi yil;
8-mart – Xotin-qizlar kuni;
21-mart – Navroʻz bayrami;
9-may – Xotira va qadrlash kuni;
1-sentyabr – Mustaqillik kuni;
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
Ramazon hayitining birinchi kuni;
Qurbon hayitining birinchi kuni.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

10 Nov, 05:18


⚡️ «YURIDIK TA'LIM» LOYIHASI 4 YOSHDA.

Bundan roppa-rosa 4 yil avval «Yuridik ta'lim» loyihasiga asos solingan edi. Albatta bu bir loyiha uchun kam boʻlmagan muddat.

«Yuridik taʼlim» kanali huquqiy taʼlim yoʻnalishida ochilgan ilk kanallardan biri va oʻz faoliyatini 4 yil uzluksiz olib borgan loyiha hisoblanadi. Loyihamiz faoliyatini boshlagan vaqtda abituriyent boʻlgan obunachilarimiz, hozir universitetni bitirish arafasida.

Bu 4 yil davomida «Yuridik taʼlim» loyihasi Yuridik sohada yetakchi loyihalardan biriga aylandi deya olamiz. Ayni vaqtda ham loyiha Yuridik taʼlim sohasida eng katta auditoriyaga ega katta oila hisoblanadi.

😀 Loyihaning hozirgacha barqaror faoliyat yuritishida albatta siz kuzatuvchilarning qo'llab-quvvatlashingiz va yordamingiz muhim rol o'ynadi.

📊 4 yillik faoliyati davomida «Yuridik ta'lim» loyihasi oilasi ancha kengaydi. «Yuridik taʼlim» loyihasini Respublikamizning deyarli barcha nuqtasidan kuzatib borishadi. Loyiha jamoasi mehnatlari va 27 mingdan ziyod loyiha oilasi qo'llab-quvvatlashi orqali «Yuridik ta'lim» Huquqiy soha olamida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'ldi.

😀 O'z navbatida loyihamiz siz qadrli kuzatuvchilariga bundan keyin ham barqaror faoliyat va'da qiladi. Hali qilinadigan barcha katta ishlar oldinda.

😀 Loyihamizni yillar davomida qo'llab-quvvatlab kelayotgan barchaga Rahmat !!!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

09 Nov, 16:34


Davlat xavfsizlik xizmatida (DXX) ishlash uchun quyidagi asosiy talablar keltirilgan:

1. Oliy ma'lumot: DXXga ishga kirish uchun oliy ma'lumot talab qilinadi. Ko'pincha yuridik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, harbiy fanlar, xorijiy tillar yoki boshqa tegishli sohalardagi mutaxassisliklar afzal hisoblanadi (harbiy xizmatni o'tagan bo'lishi kerak)

2. Maxsus tayyorgarlik: Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan o'tishi kerak. Bu tayyorgarlik DXXning o'ziga xos talablari va faoliyat yo'nalishlariga mos keladi. Unda jismoniy tayyorgarlik, maxfiy ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati va xavfsizlik choralariga rioya qilish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

3. Jismoniy va psixologik tayyorgarlik: DXXning ko'p vazifalari yuqori jismoniy va psixologik chidamlilikni talab qiladi. Nomzodlar tibbiy va psixologik ko'rikdan o'tishi lozim.

4. Qonunchilik va xavfsizlik sohasidagi bilimlar: Davlat xavfsizligi, jinoyat huquqi, konstitutsiyaviy huquq, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, hamda razvedka va kontrrazvedka faoliyatlari bo'yicha chuqur bilimlar talab qilinadi.

5. Maxfiylikni saqlash qobiliyati: DXX xodimlaridan yuqori darajada maxfiylik va davlat sirlarini saqlash qobiliyati talab qilinadi. Buning uchun maxsus ishonchlilik tekshiruvidan o'tkaziladi.

6. Tillarni bilish: O'zbek tilini mukammal bilish talab etiladi. Xorijiy tillar, ayniqsa, rus, ingliz, va boshqa strategik tillarni bilish katta afzallik hisoblanadi.

7. Xarakter va psixologik xususiyatlar: Xavfsizlik xizmati xodimlari yuqori darajadagi intizom, mas'uliyat, sinchkovlik va stressga chidamli bo'lishi kerak.

8. Ish tajribasi: Ba'zan boshqa davlat idoralarida, jumladan harbiy xizmatda yoki huquqni muhofaza qilish organlarida ishlash tajribasi afzal ko'riladi.

DXXga ishga kirish jarayoni qattiq seleksiya va ko'p bosqichli tekshiruvlarni o'z ichiga oladi, bu jarayonda har bir nomzodning yuridik, jismoniy va psixologik holati sinovdan oʻtadi.

© «Yurisprudensiya»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

09 Nov, 09:51


Konstitutsiyada surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolatlar:

1⃣ Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

2⃣ Shaxs o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

3⃣ Aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

4⃣ Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

5⃣ Shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

6⃣ Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

7⃣ Hibsga olish, qamoqqa olish va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

8⃣ Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishini cheklashga hamda uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

9⃣ Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Nov, 13:35


⚡️ «Yurisprudensiya» abituriyentlari uchun Huquqshunoslik fanlaridan oʻquv dasturlar.

📊 Huquqshunoslik fanlaridan 2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari:

👉 8-sinf oʻquv dasturi

👉 9-sinf oʻquv dasturi

👉 10-sinf oʻquv dasturi

👉 11-sinf oʻquv dasturi

💻 2025-yilgi BMBA qabul imtihonlarida Huquqshunoslik fanidan testlar ushbu oʻquv dasturlari va Konstitutsiya asosida tuziladi.

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Nov, 09:51


⚡️ Prokuratura organlariga ishga kirish tartibi qanday? Imtihonlar necha bosqichda oʻtkaziladi?

📊 Ushbu savolga Namangan viloyati prokurori Umirbek Muxammadovich batafsil javob berdi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Nov, 06:04


⚡️🏛 TDYU da ta'limning 3 ta shakli mavjud:

Kunduzgi.
Sirtqi.
Masofaviy.

🏛 TDYU da 5 ta yo'nalish mavjud:

1⃣ Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat.
2⃣ Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat.
3⃣ Yurisprudensiya: biznes huquqi.
4⃣ Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik.
5⃣ Davlat boshqaruvi.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

♻️ Do'stlarga yuboramiz.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

08 Nov, 04:07


⚡️ Umummilliy Konstitusiya imtihoni oʻtkaziladi. Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'm.

😈 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

🫥 Tanlovda ishtirok etish uchun maxsus telegram botini ishga tushirishingiz lozim:
👉 Botni ishga tushirish uchun bosing.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil botda tanishing.

📊 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:

1️⃣-o'rin 20 mln so'm.
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

07 Nov, 03:49


⚡️ Oliy ta’limdan keyingi ta’limning qanday ko‘rinishlari bor ?!

Stajor-tadqiqotchi:

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 1 yil;
Stipendiyasi ayni paytda: 5 013 746,08 so‘m(oktyabr oyidan 10% oshsa: 5515120,6 so‘m)
Qabul muddati: 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

Tayanch doktorantura(PhD):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
Stipendiyasi ayni paytda: 5 663 636,26 so‘m(oktyabr oyidan 10% oshsa: 6 229 999,886 so‘m)
Qabul muddati: 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

Mustaqil izlanuvchi(PhD,DSc):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: cheklanmagan;
Stipendiyasi ayni paytda: To‘lanmaydi
Qabul muddati: Yiliga 4 marta(chorak) qabul bo‘ladi. (Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

Erin tadqiqotchi(Oliygoh ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa mavjud yoki mavjudmas):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: cheklanmagan;
Stipendiyasi ayni paytda: To‘lanmaydi

Doktorantura(DSc):

Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
Stipendiyasi ayni paytda: 7 236 225,96 so‘m(oktyabr oyidan 10% oshsa: 7 959 848,556 so‘m)
Qabul muddati: 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)

O‘zbekistonda PhD dan keyin DSc o‘qiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

06 Nov, 14:20


Sobiq Toshkent davlat Yuridik instituti (hozirgi TDYU) yonidagi Amir Temur hiyobonining avvalgi ko'rinishi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

06 Nov, 12:32


Yuristdagi hard skills va soft skills haqida.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, yurist hard skills va soft skills ni teng darajada rivojlantirishi kerak.

▪️Hard skills bu – kasbiy bilim va koʻnikmalar.

Huquqshunoslar tahsil jarayonida kasbi boʻyicha maxsus bilim oladi va olgan bilimlari ish jarayonida takomillashib boraveradi. Bu koʻnikmalar guruhiga misol uchun huquqiy aktlarni bilish va ularni amaliyotda qoʻllay olish, chet tillarini bilish va hokazolar kiradi.

▪️Soft skills shaxsning oʻziga xosligi, uning individual fazilatlari bilan bogʻliq.

Bularga, xususan, ijodkorlik, ichidagi uchqun, kasbiy vijdonning uygʻoqligi, oʻziga xos muloqot qobiliyati, muzokaralar olib borish koʻnikmalari va boshqalar kiradi.

© Huquqshunos Saidali Muxtoraliyev.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

05 Nov, 14:46


#Bilasizmi

Bazaviy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida 3 yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatganidan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda, kirish huquqiga ega.

📄 Asos: PF-5987.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

05 Nov, 10:29


TDYU magistraturasiga tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida qabul davom etmoqda.

📊 2024/2025-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlardan arizalar qabuli davom etmoqda.

💻 Toʻlov-shartnoma asosida oʻqishni istagan abituriyentlardan arizalar marketing.tsul.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Arizalar 4 ish kuni ichida koʻrib chiqilib, abituriyentlarning ma’lumotlari hemis.tsul.uz ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

👨🏻‍💻 Arizalar qabul qilingandan keyin abituriyent kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnoma olish uchun qayta ro‘yxatdan o‘tib, arizani yuklab olishi va toʻlovni amalga oshirishi mumkin.

Eslatma: Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining 50% miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun TDYU Qabul komissiyasiga murojaat qiling.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

05 Nov, 03:06


⚡️ O'qish davri ish stajiga qo'shiladimi ?!

📑 “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan:

💼 Quyidagi oʻqish davrlari ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi:

Oliy ta’lim muassasalarida;
magistratura va klinik ordinaturada;
stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida;
tayanch doktoranturada;
doktoranturada;
chet elda o‘qigan davlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi.

❗️Talabalar yuqorida keltirilgan taʼlim turlarining kunduzgi taʼlim shaklida oʻqigan boʻlsa pensiyaga chiqayotganida oʻsha oʻqigan davrlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

📂 Asos: https://lex.uz/acts/-112314

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

04 Nov, 16:48


Xabeas korpus nima ?!

Xabeas korpus — bu ingliz jinoyat-protsessual huquqi instituti bo‘lib, shaxs daxlsizligi tamoyili bilan chambarchas bog‘liq sanaladi, u anglo-sakson huquqiy oilasining boshqa mamlakatlari huquqiy tizimlariga ham kiritilgan.

“Xabeas korpus”ni oddiy tushuntiradigan bo‘lsak, unga ko‘ra, qamoqqa olingan shaxs yoki uning nomidan boshqa bir fuqaro nima sababdan hibsga olinayotgani yoki qamoqqa olish to‘g‘risidagi hujjat bo‘yicha sudga murojaat qilishi va hibsga olish yoki ushlab turishning qonuniyligini tekshirish uchun maxsus sud qarorini talab qilishi mumkin. Ya’ni gumonlanuvchi ma’lum sabab bilan hibsga olinganidan so‘ng uni ushlab turishlari qonuniyligini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Sudning qarori bo‘lmagan taqdirda shaxsni 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmaydi.

Ushbu huquqiy institut Oʻzbekiston qonunchiligida ham tatbiq etilgan. Konstitutsiyamizning 27-moddasida Xabeas korpus tamoyili mustahkamlab qoʻyilgan: «Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas».

Shuningdek, Xabeas korpus jinoyat qonunchiligida qoʻllanilganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual Kodeksida ham belgilab qoʻyilgan.

JPK ning 226-moddasi «Ushlab turish muddati» ga koʻra: «Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi».

© Tayyorladi: Bekzod Chorshanbiyev.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

04 Nov, 11:48


🔥🔥🔥🔥EHTIYOT BO‘LING, ESHIKLAR OCHILADI!

Qayerga, deysizmi? Yuridik yo‘nalishdagi barcha oliygohlarga-da❗️

❗️Qayerda? Samarqandda!❗️

Faqat huquqshunoslik yo‘nalishida abituriyent tayyorlovchi birinchi raqamli o‘quv markazi bo‘lgan Young Lawyers Educationda:

🗓Huquqshunoslik;
🗓 Tarix;
🗓Ingliz tili

fanlaridan rus va o‘zbek tillaridagi tayyorlov kurslari mavjud. Ular tajribali ustozlar tomonidan kompleks tarzda o‘rgatiladi.

📌Shuningdek, markazda:

IIV va HMQ Akademiyalariga qabul jarayonida suhbat, diktant va bayon yozish;
📖 IQni aniqlash va psixologik imtixonlarga tayyorgarlik kurslari ham ochilgan.

⚫️Farzandingiz yuridik soha eshiklarini ochishi uchun darslarimiz oltin kalitdir! ⚖️

❗️Hoziroq bog‘laning va batafsil ma’lumot oling 👇

😀 +998955527275

📍Manzil: Samarqand shahri, GUM. Zebo bekati.
     Mo‘ljal: Hanzade restorani yonida.

📱Instagram |🕊 Telegram

🦅Young lawers education - yuridik olamga birga qadam qo‘yamiz!

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

04 Nov, 10:34


⚡️Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

harbiy xizmatni oʻtash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tugʻish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
〰️〰️〰️

SAVOL: Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Nov, 11:06


Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kimlarga qoʻllaniladi.

Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko‘ra, umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

03 Nov, 02:39


⚡️ DXX Akademiyasiga kimlar qabul qilinadi ?!

😈 Akademiyaning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga, qoidaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan, erkak jinsidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

📊 Nomzodlar tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

– akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan bo’lishi;

bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan bo’lishi;

17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘ladigan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari;

18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 18 yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega rezervdagi harbiy xizmatga majburlar;

18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar;

26 yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan respublika oliy ta’lim muassasalarining 1- va 2-kurs (qabul yilida) talabalari.

Bunda, saralab olishning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Akademiyada o‘qishni birinchi kursdan boshlaydi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Nov, 11:31


⚡️ Oʻzbekistonda oʻqishga kirish eng qiyin boʻlgan universitetlar va yoʻnalishlar.

📊 Kirish eng qiyin boʻlgan universitetlarni bilasizmi ?! Oxirgi OTM qabulidagi kirish test sinovlarida eng yuqori kirish ballari asosida buni bilish mumkin.

💻 Yuqoridagi jadvalda oxirgi qabul natijalariga koʻra, Grant va kontrakt asosida eng yuqori ball bilan kirish mumkin boʻlgan yoʻnalish va universitetlarni koʻrishingiz mumkin.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

02 Nov, 03:08


Majburiy fan blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?

👨🏻‍💻 Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida qoʻllaniladigan test topshiriqlarining boʻlimlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Majburiy fanlar:

1️⃣ Ona tili (oʻzbek):
— Orfografiya va punktuatsiya — 40 %;
— Leksikologiya, uslubiyat — 40 %;
— Grammatika — 20 %.

2️⃣ Ona tili (rus):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 10%;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 40 %.

3️⃣ Ona tili (qoraqalpoq):
— Fonetika — 10 %;
— Leksika — 20 %;
— Grammatika — 40 %;
— Orfografiya — 30 %.

4️⃣ Matematika:
— Sonlar va ular ustida amallar — 40 %;
— Foiz, proporsiya va tenglama — 30 %;
— Geometriya — 30 %.

5️⃣ Oʻzbekiston tarixi:
— Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi —35-45 %;
— XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %;
— Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 %.

💻 «Yuridik taʼlim»: Eslatib oʻtamiz majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan birinchi murakkablik darajasida bo‘ladi.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

01 Nov, 14:53


Toshkent davlat yuridik universitetining oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti imtihonlari uchun shakllantirilgan namunaviy savollar e’lon qilindi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

01 Nov, 10:18


Advokatlik siri

Advokat advokatlik sirini saqlashi shart.
Advokatlik siri jumlasiga:
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam so‘rab murojaat etganligining o‘zi,
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam so‘rab murojaat etgan masalalar,
advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati,
advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan o‘tkazgan suhbatida to‘xtab o‘tilgan barcha masalalar kiradi.

Advokatning mustaqilligi advokatlik sirini oshkor etishni talab qilishni man etish orqali ham orqali ta’minlanadi.

Advokatdan va uning yordamchisidan va stajoridan advokatlik siri predmeti hisoblangan holatlar to‘g‘risida biron-bir tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar berishni talab qilish, shuningdek ular haqida tezkor-qidiruv faoliyatida, jinoyat ishlari, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar va boshqa ishlarni yuritishda foydalanish uchun biron-bir material taqdim etishni talab qilish man etiladi.

© Advokat Abdumalik Abdullayev.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Oct, 16:06


Miranda qoidasi: Sukut saqlash nimaga kerak?

Maʼlumki, shaxs jinoyatda gumon qilinib, ushlanishi zahoti unga sukut saqlash huquqi borligini tushuntirib, "Aytgan har bir soʻzingiz kelgusida oʻzingizga qarshi ishlatilishi mumkin" - deb qoʻshib ham qoʻyiladi.

Xoʻsh, sukut unga nima beradi yoki nimalardan muhofazalashi mumkin?

Avvalo, shaxs ushlangan paytdayoq unga berilgan savollarga javob berishi yoki jinoiy taʼqibning ilk jarayonlarida koʻrsatuv berib qoʻyishi ayrim insofsiz tergovchilarga qoʻl kelib, ayblov boʻyicha oʻzi istagan "sxema" ni mustahkamlashda butun uydirmalarini sizning koʻrsatuvlaringizga xronologik va mantiqiy izchillik jihatdan moslashtirib olishiga imkoniyat yaratib qoʻygan boʻlasiz.

Qolaversa, voqelikdagi Sizning harakatingiz aslida jinoyat deb topilmasligi kerak boʻlgani holda, siz oʻzingizda paydo boʻlgan aybdorlik hissi tufayli iqrorlik koʻrsatuvi berib qoʻysangiz, endi tergovchining "sxema"si va tusmollari diqqqat markazida faqat Siz boʻlib qolasiz.

© Advokat Abdumalik Abdullayev.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Oct, 15:02


🔹️Zamonaviy darslar va qo'llanmalar uyg'unligi!

🎞 Video darslar
🎧 Audio darslar
🎙 Testlar tahlili
📱Onlayn kurslar

Kanalga qo'shilish uchun⬇️
@Huquqshunoslik_darslari

® Reklama

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

31 Oct, 10:49


⚡️🏛«Yurisprudensiya» yo'nalishida Nodavlat OTM dan davlat OTM lariga o'qishni ko'chirish mumkinmi ?!

Ha mumkin. Barcha sohalar kabi «Yurisprudensiya» yo'nalishida ham nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga «perevod» qilish imkoni mavjud.

🏢 Nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish xorijdan o'qishni ko'chirish tartibi bilan bir xil asosda yilda bir marotaba iyul-avgust oylarida amalga oshiriladi. O'qishni ko'chirish belgilangan test (kasbiy, ijodiy) asosida o'tkazilib, yetarli ball to'play olgan talabalar o'qishi ko'chiriladi.

📊 «Yurisprudensiya» ”perevodi" uchun o'tish bali 140.0 ball (Huquq).

🗒 Umumiy tartibga ko'ra o'qishni ko'chirishda kvota mavjud emas hamda yetarli ball to'play olmagan talabalar super kontrakt sosida o‘qishni ko‘chirishi mumkin.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

30 Oct, 14:25


Advokatlik serdaromad kasbmi?

Advokat kim, bugungi kunda advokatlar odamlarga qanchalik kerak, advokaturada tajriba muhimmi yo bilim, davlat va xususiy advokatlik xizmatlari o‘rtasida qanday farq bor, “tanish-bilishchilik” foydami yoki zarar, advokatlikdan qancha daromad topish mumkin, bu sohada O‘zbekistondagi vaziyat va xorij tajribasi qanday? “Obyektiv”ning navbatdagi sonida shu va shu kabi qiziq va dolzarb savollarga javoblar yangradi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/VLxQ9b67ECs

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

30 Oct, 11:22


Rahbar bilan muloqotda yosh yuristga bir maslahat.

Tashkilot rahbari bilan muloqot alohida masala, bu yuristdan haqiqiy “diplomatiya”ni talab qiladi.

Bugungi kunda rahbariyat deganda biz mulkchilik nuqtayi nazaridan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini hamda xususiy mulkchilik asosida ishlaydigan korxona va tashkilotlar rahbarlarini bir xilda tushunishimiz kerak.

Tashkilot rahbarlari shunchaki “rahbar” emas, ularning ko‘pchiligi o‘z sohasining mutaxassislari hamda o‘z ishida muvaffaqiyat qozongan shaxslardir.

O‘zaro muloqotda yurist har qanday vaziyatda rahbariyatga nisbatan hurmat va ehtiromni saqlab qolishi kerak, shu bilan birga, qonuniylikni ta’minlash borasida rahbariyat tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklar yuzasidan o‘zining qat’iy qarshi pozitsiyasini bildirishi shart.

Maslahatim, rahbariyatga taklif kiritganda og‘zaki izohlarga ko‘p vaqt ketkazmang. Yaxshisi, ma’lumotlarni yozma taqdim eting.

Agarda, taklifingiz, biror bir qaror yoki buyruq qabul qilishni yoki qaysidir hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutsa, yaxshisi, o‘sha hujjatlarni o‘zingiz tayyorlab, taklifga “tayyor mahsulot” sifatida ilova qilib kiritganingiz ma’qul.

Chunki aynan shunday ish uslubi samaradorlik hisoblanadi. Quruq va og‘zaki taklifning o‘zi yetarli emas.

© Yurist Saidali Muxtoraliyev

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

30 Oct, 06:40


🤔 5 причин НЕ пойти на III Республиканскую кадровую конференцию
📅 12 декабря 2024 года

1️⃣ "Я и так всё знаю"
▶️ Только если вы безупречно разбираетесь во всех кадровых изменениях 2025 года и уверены, что штрафы никогда не коснутся вашей компании.

2️⃣ "Найду всё в интернете"
▶️ Конечно, если на вас уже работают лучшие HR-эксперты страны и делятся с вами инсайдерской информацией в режиме реального времени. 😉

3️⃣ "Коллеги потом расскажут"
▶️ Уверены, что коллеги захотят делиться всем? И главное – точно успеют все понять и правильно применить? 😊

4️⃣ "У меня в отделе всё под контролем"
▶️ Отлично! Тогда актуальные шаблоны документов и личные консультации от ведущих специалистов вам точно не понадобятся.

5️⃣ "Успею зарегистрироваться позже"
▶️ Возможно, но не факт. Из 200 мест уже занято 87. Лучшие места разлетаются в первую очередь!

⚠️ НО! Если вы тот HR, который хочет оставаться в числе лучших:
Получить четкий план действий на 2025 год.
Погрузиться в актуальные кейсы по трудовым спорам.
Узнать секреты оптимизации штата и избежать ошибок с ГПХ.
Получить сертификат и эксклюзивные материалы.
Завести полезные связи и расширить профессиональный круг.
Завершить год в кругу единомышленников!

Специальная цена действует до 11 ноября!
👉
Забронируйте своё место прямо сейчас!

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Oct, 15:36


⚡️ TDYU Super kontrakt asosida qabul davom etayotganini maʼlum qildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti xabar berishicha Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining 50% miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

📚 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi — kontrakt.edu.uz ishga tushirilgan.

💻 Mazkur tizim orqali abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini bilishi va o‘zi tanlagan yo‘nalishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza topshirishi mumkin. Buning uchun ular yuqoridagi axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli maʼlumotlarni kiritishi kerak.

📊 Demak, TDYU ga Super kontrakt asosida ariza berish 1-dekabrga qadar davom etadi.

❗️ Shuningdek universitet ogohlantiradi:

«Hurmatli fuqarolar va abituriyentlar! Sizni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish asosida Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qishingizni va’da qilayotgan firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
Sizga shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Toshkent davlat yuridik universitetida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun joylar soni cheklanmagan. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish kirish uchun istalgan savollaringiz bo‘lsa, universitetning Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Oct, 10:08


⚡️Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
➡️ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ Huquq ta'limi fani o‘qituvchisi;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ direktor:
➡️ laborant;
➡️ kabinet mudiri;

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

29 Oct, 08:55


⚡️ TDYU da qancha talaba o'qiydi ?!

📊 Ayni vaqtda TDYU da 8 550 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bundan:

👨🏻‍💻 8 193 tasi bakalavr.

🎓 359 tasi magistr.


© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

28 Oct, 14:44


⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

28 Oct, 13:30


⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

28 Oct, 04:06


⚡️💻 Davlat xizmatchilariga nimalar mumkin emas ?!

▪️oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga yoki uning nazorati ostida boʻladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, Oʻzbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;

▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʻlgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

▪️oʻzi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega boʻlgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

▪️oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;

▪️chet davlat fuqaroligini olishga;

▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;

▪️Oʻzbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

▪️oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Oct, 13:10


😈 JIDU kontrakt miqdorlari.

📊 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxlari belgilangan. Stipendiyasiz shaklda 1-bosqich bakalavr talabalari uchun 29,4 mln soʻm, 2-4-bosqich talabalari uchun esa 23,7 mln soʻm etib belgilandi. Magistratura esa 27 mln soʻm.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

27 Oct, 09:40


⚡️ DXX Akademiyasiga qabul davom etmoqda.

😈 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangam.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📊 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Oct, 15:56


⚡️ TDYU ning to‘lov-kontrakt miqdorlari qancha ?!

📊 Universitet kengashining qarori bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligida ta’lim olish bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari quyidagicha belgilangan:

1⃣ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining:

a) kunduzgi ta’lim shakli uchun 16 695 000 so‘m;

b) sirtqi ta’lim shakli uchun 14 868 000 so‘m;

d) masofaviy ta’lim shakli uchun 13 860 000 so‘m.

2⃣ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy fuqarolar uchun magistratura mutaxassisliklarining:

a) kunduzgi ta’lim shakli uchun 18 585 000 so‘m;

b) masofaviy ta’lim shakli uchun 15 120 000 so‘m.


💻 «Yuridik taʼlim»: Bu yerda Kontrakt miqdorlari 1 oʻquv yili uchun hamda stipendiyasiz shaklda berilgan.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Oct, 09:53


⚡️ Ertaga Saylov: Saylovda qanday ovoz beriladi?

😀 Bu haqda videoda batafsil tushuntirish berilgan.

📄 Ertaga saylovga borganingizda sizga 4 ta byulleten berishadi. Bunga hayron bo’lib qolmang. Byulletenlar 4 xil rangda bo’ladi. Bular:

1️⃣ 🔵 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda siz faqat partiyaga ovoz berasiz, konkret nomzodlarga emas;

2️⃣ 🟢 Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda siz partiyaga emas, nomzodga ovoz berasiz;

3️⃣ 🟡 Viloyat Kengashi deputatligi uchun nomzodlar;

4️⃣ ⚪️ Tuman, shahar Kengashi deputatligi uchun nomzodlar.

O’zingizga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga , yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.

❗️BU MUHIM: ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

26 Oct, 07:32


⚡️Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari

Yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda, 2024-yilning 2–31-oktabr kunlari davomida barcha arizalar qabul.centertsul.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan barcha shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu qayta tayyorlash kurslari yuridik sohada sifatli bilim va zamonaviy ko‘nikmalar berishga qaratilgan. Kurs o‘quvchilarga yuridik sohaning xalqaro standartlarga muvofiq bilimlarini o‘zlashtirish imkoniyatini taqdim etadi. Amaliyotga yo‘naltirilgan va yetakchi mutaxassislar tomonidan olib boriladigan bu dastur sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlikni ta’minlaydi.

Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlar davlat organlari va tashkilotlarda bosh yuriskonsult, Adliya organlari, Davlat xizmatlari markazlari (DXM), YXKM, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYO) va boshqa yuridik mutaxassislik talab qilinadigan lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.

Yuridik sohada bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashni xohlovchilar uchun ushbu kurs yuridik karyerada muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi imkoniyat

© «Yurisprudensiya»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Oct, 16:19


Gumondor yoki Gumonlanuvchi ?!

Sobiq shoʻrolar davrida turli sohalarga doir terminlar rus tilidan toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilingan. Buning ortidan shakl va mazmuni nomutanosib boʻlgan terminlarga koʻp duch kelamiz. Shulardan biri rus tiliga oid подозреваемый yuridik terminining mustamlakachilik davrida oʻzbek tiliga gumondor deb notoʻgʻri tarjima qilinishidir.

Gumondor soʻzining gumon qilinuvchi shaxsga ishlatilishi xato. Chunki fors tilidan olingan -dor qoʻshimchasi shaxs yoki predmetning biron narsaga egalik maʼnosini anglatadi. Masalan: xabardor — xabarga ega, aybdor — aybi bor, mansabdor — mansabga ega, homilador — homilasi bor.

Demak, gumondor bu biror kim/narsadan gumon qilinayotgan kimsa emas, balki oʻzida biror kim/narsaga nisbatan gumoni bor odam.

1995-yildan boshlab qonunchilikda xato qoʻllangan gumondor soʻzi oʻrniga gumon qilinuvchi birikmasidan (baʼzida gumonlanuvchi soʻzidan) foydalaniladi va bu toʻgʻri qaror.

Tilning soʻz boyligi oshishida badiiy asarlarning roli katta. Aksariyat soʻzlar ilk bora adiblar tomonidan oʻz asarida qoʻllanadi va u orqali keng tarqaladi. Gumondor soʻzining deyarli barcha jamiyatimiz aʼzolari tomonidan nooʻrin ishlatilishiga asosiy sabab ham avval badiiy asarlarda, soʻng boshqa uslub matnlarida xato ishlatib kelinishi boʻlsa kerak.

— Gumondor bormi? – dedi usta.
— Gumondor-ku yoʻq, ammo bechoraning oʻlimi juda qiziq kunga toʻgʻri kelishi ajib, – dedi usta Farfi.
A. Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”.


———————————————

Demak, gumon ostidagi shaxs —
• Gumondor
• Gumon qilinuvchi
• Gumonlanuvchi

© Xatoliklar

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Oct, 09:48


⚡️ Tarixni yoki jurnalistika bakalavriatni tugatib, «Yurisprudensiya» Magistraturasiga o‘qisa bo‘ladimi?

💻 Yuridik yo‘nalishlarda magistratura turli sohalarga ajraladi. Ularning ayrimlariga bakalavrda jurnalistikani, ayrimlariga iqtisodni tugatgan abituriyentlar ham hujjat topshirishi mumkin.

Yuqoridagi suratda oxirgi Yurisprudensiya Magistratura yoʻnalishlari qabulidagi mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari keltirilgan.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Oct, 08:38


Oliy ta'lim muassasalaridagi ichki tartib qoidalari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va konstitutsiyasida belgilangan inson erkinligini ta'minlovchi me'yorlardan ustun bo'laoladimi?

Masalan soqolni yoki sochni majburlab oldirish, soqol sabab talaba huquqlarini cheklash mumkinmi?

Batafsil javob videoda.

© Bektosh Khatamov.


📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

25 Oct, 07:30


😈 25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni.

«Yuridik taʼlim» loyihasi barcha fidoiy va xalqparvar ichki ishlar xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Oct, 16:05


⚡️ Qanday qilib qonuniy qarz berish mumkin ?!

📑 Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak.

📊 Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3 mln 400 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lsa, yozma shartnoma tuzilishi shart.

📬 Qarz oluvchi yoki beruvchining biri yuridik shaxs bo‘lganida esa qarz miqdoridan qat’i nazar yozma shartnoma tuzilishi kerak.

📨 Qarz oluvchidan tilxat olish yoki qarz berilganligini tasdiqlaydigan har qanday hujjat ham yozma shartnomaning o‘rnini bosadi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Oct, 14:42


«Yurisprudensiya» abituriyentlari uchun BMBA tomonidan eʼlon qilingan oʻquv dasturi asosida, Huquqshunoslik fanlaridan barcha darsliklar maxsus kanalga joylandi:

Kanal: 👉
@huquqiyformat

📊 «Yurisprudensiya» abituriyentlariga qulaylik yaratish maqsadida, barcha manbalar va oʻquv qoʻllanmalar ushbu kanalga joylab borilmoqda.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Oct, 11:50


Mahkum yoki mahbus?

Lisonimizda mahkum va mahbus soʻzlari bor. Koʻpchilik bu soʻzlarning maʼnosidagi farqni bilmaydi. Ularni qoʻllashda adashadiganlar uchrab turadi.

“Qomus Info” onlayn ensiklopediyasida ushbu soʻzlarning maʼnolari quyidagicha izohlangan:

MAHKUM — qonun bilan taqiqlangan muayyan jinoyatni sodir etgani uchun sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs.

Mahkum barcha fuqaroviy huquqlardan foydalanadi. Uning huquqiy maqomi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Protsessual kodeksida berilgan. Mahkum fuqaroviy, mulkiy, vorislik, mualliflik, kashfiyotchilik, mehnat, uy-joy huquqlariga ega.

MAHBUS — ehtiyot chorasi tartibida qamoqqa olingan shaxs.

Mahbus dastlabki qamoq joylarida saqlanadi va qonun boʻyicha cheklangan huquqlarga ega. Mahbus qamoqda 3 oy saqlanadi. Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan mahbuslar esa bir yilgacha qamoqda ushlab turilishi mumkin.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Oct, 09:53


⚡️ Sud jarayoni qanchagacha cho'zilishi mumkin ?

© Advokat Abdullayev.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

24 Oct, 06:29


⚡️ «Yurisprudensiya» da 14 ta'lim yo'nalishi mavjud. — «Yuridik ta'lim».

2024 yilda abituriyentlar «Yurisprudensiya» mutaxassisligi bo'yicha 14 ta taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin boʻlgan:

- Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo‘yicha
- Yurisprudensiya: islom huquqi
- Yurisprudensiya: qishloq xo‘jaligi huquqi
- Yurisprudensiya: xalqaro huquqiy faoliyat
- Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi
- Yurisprudensiya: biznes huquqi
- Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat
- Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat
- Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari
- Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
- Yurisprudensiya: yer munosabatlari.
- Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi.
- Yurisprudensiya: tergov faoliyati
- Yurisprudensiya: prokurorliklik faoliyati.

© Manba: «Yuridik ta'lim».

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Oct, 15:37


Bizda advokatlar yetarlimi?

🎙 Yurist Alisher Agzamov

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Oct, 10:53


⚖️ Advokat u kim ?

Advokat (lotincha advochatus - advocho soʻzidan olingan boʻlib - taklif qilaman, himoya qilmoq, yordamga chaqirmoq) belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali huquqiy yordam koʻrsatish hamda ularning huquqlari, qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilishga vakil boʻlgan shaxs.

Advokatlik kasb sifatida qadim zamonlardan beri maʼlum (qadimgi Rim).

Zamonaviy advokat - malakali huquqiy yordamni taklif qiluvchi va keng qamrovli mutaxassis hisoblanadi. U fuqarolik, maʼmuriy, oila, mehnat munosabatlarida huquqiy yordam koʻrsatsa, jinoyat huquqida ayblovdan himoya qilish va yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirishga koʻmaklashadi.

Advokat termini birinchi marotaba Petr-I davrida 1716-yilda ishlatilgan ekan.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Oct, 09:21


«Yurisprudensiya» abituriyentlari uchun Huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan qoʻshimcha 35 ta qonun hujjatlari yagona kanalga jamlandi:

Kanal: 👉 @huquqiyformat

📊 Ushbu kanalda tavsiya etilgan Qonun hujjatlari boʻyicha tushuntirishlar berib boriladi.

Barcha «Yurisprudensiya» abituriyentlariga ushbu kanalni tavsiya etiladi.

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

23 Oct, 07:33


⚡️ Organ xodimlari tomonidan to'g'ridan-togr'i ushlanishi yoki olib ketilishi mumkin bo'lmagan shaxslar.

🏛 Deputatlar;

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari;

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman);

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil;

🇺🇿 sudyalar;

👮 prokurorlar.

📊 Ushbu shaxslarning immunitet huquqi va daxlsizlik huquqi mavjud bo'lib, ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib ketilishi mumkin emas.

💻 Mazkur taqiq mazkur shaxslar jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushgan hollarda tatbiq etilmaydi.

📑 Asos: O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksi.

© Manba: «Yuridik ta'lim»

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

22 Oct, 16:53


Kechki mutolaa: Sudya va advokat do‘st bo‘lishi mumkinmi?

Faqatgina bitta holatda mumkin, agar kasb yuzasidan bir-birlariga ishi tushmasa. Sudya va advokat do‘st bo‘lishi uchun o‘rtadagi vijdon eng yuqori darajadagi sinovdan o‘tishi kerak.

Masalan, advokatning ishi unga yaqin do‘st bo‘lgan sudyaga tushganda, aksariyat hollarda sudyaning holisligi yo‘qoladi. Sudya do‘stining yuzidan o‘tolmagani uchun ham garchi adolatsiz bo‘lsada, do‘sti tomoniga qaror chiqarib beradi. Agar qarshi qaror chiqarsa, o‘rtaga sovuqchilik tushishidan cho‘chiydi.

E’tibor bering, adolatli, lekin advokat do‘stiga qarshi qaror chiqarganda, advokat sudya do‘stidan hafa bo‘lyaptimi, demak bilingki, ular o‘rtasida hech qanday do‘stlik rishtasi yo‘q.

Chunki, bunday hollarda advokat “eng yaqin do‘stim” deb ko‘klarga ko‘taradigan sudyadan faqat va faqat manfaat istaydi xolos. Bu esa mutlaqo do‘stlik emas.

Vijdonli advokat unga do‘st bo‘lgan sudyaga ishim tushmasin deydi, adolatli sudya ham yaqin do‘sti bo‘lgan advokatning ishiunga tushganda, o‘ziga-o‘zi raddiya beradi.

© Yurist Saidali Muxtoraliyev

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

22 Oct, 14:24


O'g'rilik va talonchilik jinoyatlarining bir-biridan farqini bilasizmi?

◾️ Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo'qligida yoki ular bor bo'lsa-da, ularga bildirmasdan o'zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj
qilish o'g'rilik hisoblanadi.

🔎 Bordi-yu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkning olinayotganligini ko'rgan bo'lsa-da, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o'ylagan bo'lsa, bunday qilmishni ham o'g'irlik deb tavsiflash lozim.

📹 Masalan, shaxsni o'g'rilik jinoyatini sodir etish jarayoni video kameraga yozilayotgan bo'lsada, biroq o'g'ri "kamera ishlamayapti, meni xech kim ko'rmayapti” deb harakat qilsa, u holda ham qilmish o'g'rilik deb topiladi.

◾️ O'zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatib yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb tavsiflanadi.

🎦 Masalan, bozorda shaxs yangi shimni kiyib ko'rish uchun alohida xonaga kiradi va o'zining shimini ichidan yangisini kiyib chiqib ketmoqchi bo'ladi. Sotuvchi buni darhol sezib qolib, "xaridor"ning orqasidan quvib, tutmoqchi bo'ladi, lekin talonchi baqir-chaqirga qaramay qochib ketadi.

♻️ Demak, qilmish avval yashirin usulda sodir etilib (agar shu usulda egallaganda o'g'rilik bo'lardi) so'ng aybdorning qilmishi jabrlanuvchiga ayon bo'lsada, uning mol-mulkini egallash maqsadida ochiqdan-ochiq harakat qiladi. Talonchilikka ilmiy adabiyotlarda "surbetlarcha",
"bezbetlarcha" harakat qilish deb ham ta`rif berishadi.

QAYSI BIRI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK OG'IRROQ?

Agar boshqa og'irlashtiruvchi holatlar bo'lmasa, talonchilik uchun jinoiy javobgarlik og'irroqdir.

🔰 Sababi, bunda shaxsning sodir etgan jinoyati atrofdagilarga oshkor bo'lgan bo'lsada, noqonuniy harakatdan to'xtamaydi va davom etadi.

Xulosa:

O'g'rilik yashirin usulda o'zganing mol- mulkini talon-taroj qilish. (Jinoyat kodeksi 169-modda;)

Talonchilik ochiqdan-ochiq usulda
o'zganing mol-mulkini talon-taroj qilish. (Jinoyat kodeksi 166-modda.)

📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵:
@YURIDIK_TALIM