Michael's Blog @michael_blog Channel on Telegram

Michael's Blog

@michael_blog


IELTS maydonidagi eng "go'shtlik" darslar o'tadigan ustozni kanaliga xush kelibsiz.

O'zim haqimda:

— Michael, 16 yoshda IELTS 8.5
— 800+ o'quvchi IELTS olishiga yordam berganman
— 1 yildan beri ustoz, 5 yildan beri dasturchi

Manager: @michaels_manager

Michael's Blog (Uzbek)

Salom! Siz IELTS maydonidagi eng "go'shtlik" darslar o'tadigan ustoz Michael's Blog kanaliga xush kelibsiz. Bu kanalda eng yaxshi IELTS ta'limini olish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Michael ustoz haqida ma'lumotlar:

— Michael, 16 yoshda IELTS testida 8.5 natijasini olishdi
— 800+ o'quvchiga IELTS olishida yordam berdi
— 1 yildan ortiq vaqt davomida ustozlik qilmoqda, 5 yildan ortiq vaqt davomida dasturchilik qilmoqda

Agar siz IELTS testiga tayyorgarlik qilishni istasangiz, Michael's Blog kanalimiz siz uchun ideal manzil bo'ladi. Bizning managerimizga @michaels_manager orqali murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, kanalimizga obuna bo'ling va IELTS muvaffaqiyatingiz uchun qadam qo'ying!

Michael's Blog

29 Jan, 11:38


"13 xato, 6 xato, 10ga qo'shilmeman, 7 noto'g'ri"

"Oltin qoidalar"ni tagida yozilgan commentlardan ba'zilari shunaqa.

Odamlarga nima bo'lgan 🙂.

Miyyani ishlatishga limit qo'yilmagan, shtraf qo'yilmagan. Nimaga hech kim ishlatmaydi?

https://search.app/QmQRG6jtGQQDMAUB6

Michael's Blog

29 Jan, 10:03


Reels ko'rib o'tirishni oqlay oladigan yagona narsa:

Michael's Blog

28 Jan, 13:58


Qaysilariga amal qilib yashayapsiz?

Michael's Blog

28 Jan, 13:50


Oltin qoidalar.

Bularga amal qilish hammani qo'lidan keladi. Hammani qo'lidan keladigan ishni qilishni o'zi qoidalarni biri.

1. Faqat oson ishlarni qiling.

Hozirda qilishingiz mumkin bo'lgan hamma narsadan eng osonini tanlang, qiyinlarini keyinga qoldiring.

2. Boshqalar qilgan narsani qiling.

Hamma yurib bo'lgan yo'ldan yuring. Yangi, notanish yo'ldan yurib o'zingizni qiynamang. Notanish yo'lda nima bo'lishini bilmaysiz, qaysi burchakda kulfat yashirinib o'tirganiniham. Notanish yo'l qo'rqinchli.

3. Hamma aynan sizni kuzatadi.

Odamlar o'z hayoti, muammolari va tashvishlari haqida hayotida siz paydo bo'lishingiz bilan unutadi. Butun e'tiborini sizga qaratib, noto'g'ri qadam qo'yishingizni kutib yashaydi.

4. Hammani esida qolasiz.

E'tibor sizdaligidan tashqari, har bir qadamingizni eslab yashashadi ham. Xatoingiz, noto'g'ri gapirganiz, uyalib qolgan xolatlaringiz — har doim hammani esida turadi va istalgan payt sizgaham eslatib qolishlari mumkin.

5. Havotirlaning. Ko'p havotirlaning.

Doim nima bo'lishi haqida o'ylab yuring. Nazoratingizda bo'lmagan narsalarni boshqarolmasligingizni o'ylab yashang. Nazoratingizdagilari uchun esa... hech narsa qilmang. Havotir olgan narsangizni oldini olish mehnat talab qiladi. Mehnat esa qiyin.

6. Risk qilmang.

Hech narsa qilmaslik siz havotir olgan narsaga doim yechim bo'la oladi. Yangi narsa o'rganmang, yangi odam bilan gaplashmang, umuman hech narsani o'zgartirmang. Nima kulfat kelishini bilmaysiz ahir.

7. Doim shikoyat qiling.

1dan 6gacha bo'lgan qoidalar ish bermasa — ish bermaaniga shikoyat qiling. Siz shunchaki qurbon emassiz, siz alohida turdagi qurbonsiz. Hech kim sizni holatingizda bo'lmagan, boshqalarni muammosi sizniki oldida hech narsa emas. Bu haqida ham shikoyat qiling.

8. Doim faqat yaxshi tarafingizni ko'ring.

Yaxshi odamsiz. Zo'r odamsiz. Hech qachon noto'g'ri yoki yomon ish qilmaysiz. Qilgan bo'lsangiz ham faqat yaxshi tarafini ko'ring — ahir yomon odam emassiz.

9. Boshqalar haqida faqat yomon firkda bo'ling.

Sizni adashib turtib yuborgan odam buni qasddan qilganini biling. Aynan yurgan joydan, sizni turtib yuborish maqsadida yurganini biling. Ularni hayotida shu ishini oqlashi mumkin bo'lgan hech narsa mavjud emas. 3-qoidani eslang — hammani e'tiboridasiz.

10. Muammolardan qoching.

Kimdur sizga yoqmaydigan ish qilsa hech qachon sababini bilishga harakat qilmang. Siz yaxshi odamsiz, yaxshi bo'lingda ularni yomon deb o'ylab, yashashda davom eting.

11. Yordam izlamang.

Yakka qoling. Sizni muammolaringizni hech kim tushunmaydi, qanchalik qiynalib turganingizni hech kim bilmaydi. Buni siz bilasiz holos, hech kim yordam beroladigan darajada, sizchalik aqlli va kuchli emas.

12. Vaqtni qadrlamang.

Nafaqat o'zingizni, balkim boshqalarni vaqtiniham. Erta ishga borishga, uchrashuvga vaqtida chiqishga shoshilmang. Vaqt sizniki, u bilan xohlagan narsangizni qiling.

13. O'lim haqida o'ylamang.

To'g'ri, qachondur o'lim sizniham olib ketadi, lekin bu haqida o'ylamagan osonroq. Yaqin insonlaringiz sizga qadrli ekanligini, ishlaringiz muhimligini, yelkangizda mas'uliyat borligini o'ylamang. Hali vaqtingiz ko'p. Hali vaqtingiz bo'ladi.

14. Yangilik qilmang.

1dan 13gacha bo'lgan qoidalar ish bermasa, boshqasini sinashga harakat qilmang. Boshqa yo'lda o'ylamang. Hech narsani so'roqqa tutmasdan, jarayonga ishonib, davom etavering.

15. Afsuslaning.

Xa, yaxshi odamsiz. Xa, hech qachon xato qilmaysiz. Lekin yaxshiroq qilishingiz mumkin bo'lgani haqida o'ylab yashang. Usha suhbatda aytishingiz mumkin bo'lgan gap, qilishingiz mumkin bo'lgan ish haqida o'ylab, afsuslaning.


Agarda ushbu 15 qoidaga amal qilib yashasangiz, tabriklayman, to'g'ri yo'ldasiz!

Have a good one, gaplashamiz :)

@Michael_Blog

Michael's Blog

28 Jan, 13:33


Bitta chiroyli ro'yhatda, hozirgacha hayotimda sodir bo'lgan narsalardan kelib chiqib, 15-oltin qoida yozib chiqdim.

— O'qib ko'rasizmi?

Michael's Blog

27 Jan, 19:25


Robert Pantano yozgan "The Hidden Story of Every Person" kitobidan.

@Michael_Blog

Michael's Blog

27 Jan, 19:14


Odamzotni boshi va ohiri.

1968-yil. 7 yoshar Alex ismli bolakay o'yinchoqlardan kuchugi uchun eshigi o'zi ochilib-yopiladigan uycha yasadi. Shunga o'xshash narsalarga qiziqardi — eski televizor, radio va boshqa narsalardan yangi, foydali buyumlar yaratishga.

Bir necha yil o'tib kompyuterlar paydo bo'ldi. Alex tabiy hol bunga ham qiziqib, o'rganishni boshladi. Qanchadur vaqt o'tib qo'lidan ko'p narsa kela boshladi — katta dasturlar yaratib, pul topib, o'zini kompaniyasini ochib, televizorga chiqib hatto prezident bilan uchrashishga ulgurdi.

Bu ishlar o'rtasida onasi birdan vafot etib qoldi. Oilaviy rasmlarga otasiz tushgan Alex uchun katta yo'qotish edi bu. Tushkunlik va siqilish orasida bir savol qiynardi — nahotki odam shunday ketsa? Shuncha bilim, qobilyat, ixtiro va yangiliklardan keyin ham o'lim oldida qo'lidan hech narsa kelmasa? Ongsiz bakteriyalar, hayvonlar va o'simliklarga o'xshab dunyodan ketsak?

Kompaniyasi muvafaqqiyatidan keyin bio-injineriyaga talab katta bo'lgani uchun Alex shu sohani zabt etishga o'tdi. Hususan, miyyani o'rganib, har hil tadqiqotlar o'tkaza boshladi.

Ko'p vaqt o'tmay bir narsani tushundi — miyyaham aslida judayam murakkab bo'lgan bir kompyuter ekan. Vazifalari bor qismlar, jarayonlar va kiruvchi malumot bilan ishlab, hisob-kitob orqali natija chiqaradigan kompyuter. Agarda yetarlicha o'rganib, jarayonlarni qayta yaratishni ilojisi topsa, ongni boshqa apparatga, yangi tanaga ko'chirish imkoni borligini tushundi.

2028-yil kirib keldi. Alexni kompaniyasi odamzot miyyasini to'liq o'rganib bo'lgandi. 1-2 yil ichida, bir nechta sinovlardan keyin Alex hayol qilgan ishni amalga oshirsa bo'lardi.

2030 yil, tarixda birinchi martta, odamzot ongi xotiralari bilan birga yangi, sintetik tanaga o'tkazildi. Alex o'limni yengdi.

Davomi commentsda 👇

Michael's Blog

27 Jan, 18:39


Bu kitobdagi bir hikoyani tarjima qilib kanalga yuklamoqchiman. Judayam ta'sirli, hayotingizdagi ba'zi savollarga javobni topishingizga o'ylantiradigan hikoya.

Uzunroq ekan faqat, bir amallab tarjima qilaman. O'qiysizmi?

Michael's Blog

27 Jan, 16:16


Amazondan bir narsa keldi 🫠

Michael's Blog

26 Jan, 02:45


Kechasi 1da uydan indamasdan ko'chaga chiqdim. Ozgina o'yladim.

Toshkentga kelib toqqa ketvordim.

@Michael_Blog

Michael's Blog

24 Jan, 13:52


"The Art of Living a Meaningless Existence" tugatgandan keyin huddi shu avtorni yana bitta kitobini zakaz qilgandim.

U ham yetib kelibdi.

2-3 kunda qo'limda bo'ladi, nasib.

Michael's Blog

24 Jan, 11:53


— 5 kunda nimalar qilsa bo'ladi?

Michael's Blog

23 Jan, 17:05


IELTS 8.0 olganiz sizga Amerikadagi 5 yosh bolakaydan yoki ko'chadagi bomjdan ustun qo'ymaydi.

Ularam inglizchani yaxshi biladi.

@Michael_Blog

Michael's Blog

22 Jan, 17:22


IELTS Intensive 3.0 taqdimoti 👆

Kurs haqida to'liq malumot berilgan, barcha savollarga javobni shu videodan olasiz.

Forma to'ldirishdan oldin yaxshilab ko'rib chiqing, malumotni oling.

Michael's Blog

22 Jan, 17:17


YAXSHILAB O'QING!

~ Bitta darsda 100-200ta odam o'tirib, savollaringiz javobsiz, muammolaringiz yechimsiz qolib ketishidan charchadingizmi?

~ Kichik guruhda, individual e'tibor bilan hamma qiynalgan mavzuingizni o'rgatiladigan, intensive kurs qidiryapsizmi?

~ IELTS topshirib, telegramda blog yuritib, online dars bermoqchimisiz?



Shularni barchasiga IELTS INTENSIVE 3.0da, o'zim sizni tayyorlab, natija qilishingizga yordam beraman!

Har kunlik dars, mavzulashtirilgan vazifa, individual feedback bilan natijangizni 40 kun ichida birga ko'taramiz!

Bitta balda qotib qolgan, yaqinda imtihon topshiradigan va natijasi kafolatlangan dars olmoqchilar uchun.

❗️ 25 DONA o'quvchini o'zim suhbat orqali saralab olaman. Orangizdan mehnatga tayyor, "o'qiyman" deb yonib turganlar olinadi.

Maqsad va orzularingiz uchun 40 kun mehnat qilib, rohatini ko'rmoqchi bo'lsangiz, Google Formni to'ldiring👇

https://forms.gle/zngDai5HMWnba3Lz6

O'zim sizga ***-47-49 raqamidan aloqaga chiqaman va kursga suhbat o'tkazaman.

Michael's Blog

22 Jan, 14:48


Darsda qatnashmasangiz nimalardan quruq qolasiz?


~ Speakingda idea kelmay qolishi va to'xtab qolishni oldini oladigan, bemalol ravon gapirishga yordam beradigan plan

~ Yoldagan so'zlaringizni tarjimasini bilib, gapda ishlatolmasligingizni hal qisela qiladigan so'z yodlash usuli

~ Darajangiz pastroq bo'lsa, Speakingni nimadan boshlab ko'tarishni bilmasangiz foydali bo'ladigan ketma-ketlik


Va har doimgidek darsni ohiridagi bir qancha go'shtli sovg'alar. Qolib ketmang, qachongacha gapirishga qiynalib yurasiz?

20:00da darsni boshlaymiz, qo'shilib oling 👇

https://t.me/+lv9XN-7uQfo1M2Ey

Michael's Blog

22 Jan, 11:28


Breathe, and keep going.

Michael's Blog

21 Jan, 16:36


yeah,thanks teacher I definetely give a shot. I learnt new techniques yesterday for reading, admittedly they were really beneficial, as a result, I don't have any mistakes from heading tasks. Thanks again . Writing lesson is also intrigious, hence I will try these methods tomorrow👍

Michael's Blog

21 Jan, 16:32


albatta 🔥teacher kamiga eng zor sovgalarni oldik🥳 chunki boshqa ustozlar tashlab bermidi rekordni va yana men writingmi ustozim tekshirgani bir tiyn ekanligini tushundm😕 torisiyamda chunki har doim yozaman bir hil chiqadi osish yo siz orgatganizde qilaman 🫡endi raxmat yana bir bor❤️

Michael's Blog

21 Jan, 16:19


Darsda mazza qildik-mi?)

Michael's Blog

21 Jan, 14:41


20 minutda ushbu darsimiz boshlanadi 🔥

Qolib ketmand, qo'shilib oling 👇

https://t.me/+lv9XN-7uQfo1M2Ey

Michael's Blog

21 Jan, 12:41


The highlight of my weekend.

Michael's Blog

20 Jan, 16:31


5 kunlik INTENSIVEni birinchi kuniniham mana tugatib oldik.

Chuqur nafas olib, "shukur" deydigan dars bo'ldi.

Michael's Blog

20 Jan, 13:55


Playing Elden Ring when you have a lesson in an hour: the level of preparedness one could dream of.

Darsda ko'rishguncha 🔥

Michael's Blog

20 Jan, 11:13


Yopiq kanalga qo'shilib oldingizmi?

20:00da 5 kunlik darslarimizni birinchisi bo'lib o'tadi, rasmdagi mavzuni jonli darsda o'rgataman.

Ko'pchilik pul to'lab ham ololmagan narsalarni yopiq kanaldagilar tekinga olishadi 🔥

Michael's Blog

19 Jan, 12:59


Mani ko'rgani shuncha odam keladi deb o'ylamagandim.

Kimlarni tanidila?

@Michael_Blog

Michael's Blog

17 Jan, 08:13


Kanalga so'rovnoma joyladim, hammani fikri va javobi qiziq, kirib o'zingizdagi holatni tanlang👇

https://t.me/+FUAmAK2gvU43YmIy

Michael's Blog

17 Jan, 03:21


Good Morning 🌞

Yaxshi narsa bilan boshlangan tong har doim hayrli. Kuningizni nima bilan boshladingiz?

Michael's Blog

15 Jan, 17:55


Yangi yilga hali 350 kun bor lekin odamlar hozirdan archa bezatib qo'yishibdi.

G'alati.

@Michael_Blog

Michael's Blog

14 Jan, 22:25


Salkam bir yil oldin YouTubeda "The Feeling That Nothing is Fun Anymore" nomli videoni ko'rib qolgandim.

Videoni boshidan ohirigacha man haqimda gapirib berilgan edi. Ko'rib bo'lib, hazm qilib, kanalga post yozganman.

Keyingi 4-5 oy davomida YouTubeda shu kanaldan boshqa hech narsa yoqmay ketgan. Hamma ortiqcha aniqlik bilan, 100% shunday va umuman boshqacha bo'lishi mumkinmasdek gapirardi.

Pursuit of Wonder esa hech narsaga aniq javob bermasdan, holatni to'liq tushuntirib, tinglovchi o'zi uchun javob chiqarib oladigan qilib gapirardi.

Videolardan birida kanal egasi kitob yozganligini aytib qoldi, uzoq o'ylab (5 sekund), kitobni zakaz qildim.

Keyingi gaplar shaxsan o'zimni shu kitob bilan bo'lgan tajribam haqida, albatta boshqalarda taasurot boshqacha bo'ladi:

Bir donishmand aytgandi, "yaxshi kitob yangi narsa o'rgatishdan ko'ra ko'proq o'zing bilgan narsani senga yoqadigan tilda eslatadi".

The Art of Living A Meaningless Existence bilan huddi shunday bo'ldi — kitobdagi ko'p narsani bilardim, oldin o'qigandim, lekin bunchalik chiroyli va bunchalik keng qilib hech kim tushunturolmagandi. O'zim ham.

Har bir gap, har bir bet, har bitta yangi chapterni "ahir rostanham shundayku" deb o'qidim.

Ancha oldin eshitishim kerak bo'lgan gaplarni kitobda ko'rdim, so'ragan savollarimga javob berib qo'yishni o'rniga, o'zim javob topib olishim uchun yo'l ko'rsatib berdi.

Shunga o'xshash hissiyot Nietzsche yozgan Thus Spoke Zarathustrani qo'limga olganimda bo'lgandi.

Ikkala kitobni o'qish huddi otam bilan suhbatlashgandek — qiziqish bilan, jim o'tirib quloq solib, eshitganimni o'ylab, keyin ish tutadigan hissiyot.

@Michael_Blog

Michael's Blog

14 Jan, 19:53


Vatanga hizmatni o'tayabman 🫡

@Michael_Blog

Michael's Blog

14 Jan, 17:35


Kitobni tugatdim. O'zimam tugadim.

Yozadigan, bo'lishgim kelgan va bilgan narsamniham shunaqayam chiroyli yetkazib bergan matnlarga to'la kitob.

Umumiy kitob haqida, keyin birma bir unda yozilgan narsalar haqida postlar joylayman.

Michael's Blog

14 Jan, 15:03


Qo'llanmani kanalga yukladim

Michael's Blog

14 Jan, 13:00


Pasdagi kanalga 20:00da Writing Task 1 va Task 2 uchun barcha strukturalar to'plangan, yozishingizni osonlashtiradigan qo'llanma tashlayman.

Darslar boshlanguncha bir qancha foydali material/malumot yuklab boraman.

Hali qo'shilmagan bo'lsangiz ayni vaqti 👇👇

https://t.me/+FUAmAK2gvU43YmIy
https://t.me/+FUAmAK2gvU43YmIy

Michael's Blog

14 Jan, 05:05


Kanalda shu 10 kun ichida ancha katta narsalar bo'ladi. Quruq qolsangiz afsuslanib yuradigan narsalar.

Mutedan chiqarib, iloji boricha aktiv bo'ling, o'rgatmoqchi va ulashmoqchi bo'lganim ko'p.

Michael's Blog

13 Jan, 23:37


Bu kitobni tez orada o'qib bo'laman.

Deyarli 3 kun ichida tugatgan bo'larkanman.

Qiziq-a? Ba'zi kitoblar qanchalik maqtalgan va mashxur bo'lmasin, majburlab ham o'qishga qiynalasiz. Qiziqmaysiz.

Lekin ba'zilarini o'qiyotganizda vaqt qanday o'tganini sezmay qolasiz. Jarayonni o'zidan mazza qilasiz.

Bu holatni shu kitobni o'zida juda yaxshi tushuntirgan — "kitob o'qish man uchun musiqa eshitishdek: gap nima haqidaligi yoki nima o'rgatishida emas, balki eshitib o'zimni qanday his qilishimda".

Musiqadaham hammada har hil "vkus" bo'lgandek, kitoblardaham shu. O'zingizni vkusingizdagi kitobni mazza qilib o'qiysiz.

To'g'ri kelmaganini esa, qanchalik mashxur va yaxshi bo'lmasin, yoqtirolmaysiz.

Kitobni tugatib undan bir emas, balkim 5-6ta uzun post yozaman. O'rgatgan, ko'zimni ochgan joylari ko'p.

@Michael_Blog

Michael's Blog

13 Jan, 16:07


IELTS 7+ga YO'L 🚀

20-24 yanvar kunlari IELTS 8.5 sohibi Michael sizlarga naqd 5 kun ketma ket bepul dars o’tib bermoqchi.

4ta sectiondan sizni qiynagan muammolarga yechim olasiz va 5 kun ichida o'sish ko'rasiz!

Darslar yopiq kanalda bo’ladi, qo'shilib oling👇

https://t.me/+FUAmAK2gvU43YmIy
https://t.me/+FUAmAK2gvU43YmIy

Michael's Blog

13 Jan, 15:30


Linkni kutayotganlar bormi?

Michael's Blog

13 Jan, 14:40


Writing Task 2ni o'zingiz baxolang

Ushbu fayldagi "yes/no" savollar o'zingiz yozgan essayni mustaqil baxolashga yordam beradi.

Self-study qilayotgan va feedback beradigan odami yo'qlar uchun eng kerakli fayl.

Yozasiz, tekshirasiz, yaxshilaysiz.

Osh bo'lsin 🤝

@Michael_Blog

Michael's Blog

13 Jan, 10:52


Writing Task 2 Self-Assessment tayyor

200 delfincha yig'ib bersangiz tashlayman 🔥

Michael's Blog

13 Jan, 10:29


Bir narsani tushunish kerak — o'qituvchi har doimham ustingizda xatolaringizni to'g'irlab turolmaydi.

O'rgatolganini o'rgatadi, ko'rsatolganini ko'rsatadi lekin qachondur to'g'ri yo'lni o'zingiz topasiz.

Qaysidur manoda self-study qilib hal qilinadigan muammolar bo'ladi.

Sizga bermoqchi bo'lgan narsamdagi "yes/no" savollar bilan essayni O'ZINGIZ baxolay olasiz.

Hech qanaqa pullik feedback yoki ChatGPTdan foydalanmasdan.

Aynan usha "self-study" periodga kelganda kor keladigan "self-assessment" darslarimni eng katta foydasi.

Buni bugun sizlarga beraman 🤝

Michael's Blog

13 Jan, 09:23


Kechga yopiq kanalga link tashlayman 🤝

Ungacha Writingga feedback beradigan odam yo'q bo'lsa, yozgan essaylaringizga qanday feedback olish haqida bitta educational post yuklayman.

Har bir yozgan essayingizga o'zingiz, detailed feedback ololadigan bo'lasiz.

Michael's Blog

13 Jan, 08:25


Hay mayli, baribir demo dars o'tib beraman sizlarga. Naqd 5 kun, ketma ket.

Darslar hammasi yopiq kanalda, 20chi Yanvardan boshlanadi. Har bitta sectiondan sizni eng qiynagan mavzularga yechim beraman.

Bahorda IELTS topshirmoqchilar uchun kurs rejalashtirganman, demo darslarni ko'rasiz, ishonch hosil qilib, to'g'ri kelsa qo'shilasiz.

🔥 — kelishdikmi?

Michael's Blog

12 Jan, 20:57


В древнем Риме, когда народ начал сильно сопротивляться, построили Колизей.

Там устраивали гладиаторские бои и народ по уши был занят то ли обсуждением, то ли участием в этих боях.

Рим придумал идеальную систему чтобы никто не шёл против государства и был занят только разногласиями и отличием интересов между собой.

Любые реальные проблемы подавлялись этим и похожими путями, оставляя правительство в абсолютной выгоде.

Сейчас давать людям возможность убивать друг друга конечно нельзя, но хоть как-то посеять вражду, как мы видим, можно.

Будь то футбол, UFC или просто разные политические партии. Прекрасный инструмент, не так ли? Про религию я вообще промолчу.

@xm_chayxana

Michael's Blog

11 Jan, 18:42


Abdurazzoq yaxshi o'ynagani uchunmas man xato qilganim uchun yutdi.

Michael's Blog

11 Jan, 14:02


Yaqinda shu ikkita kitobni tugatdim.

Hozirgacha ko'p kitob o'qishga qiziqmaydigan, kitoblardagi narsani qidirsa boshqa joydan osonroq topsa bo'ladi deb o'ylagan odam edim.

Haliham shunaqa, noto'g'ri tushunmang. Lekin, shunaqa kitoblar bor, oladigan malumoti uchun o'qilmaydi.

Unday bo'lganda har hil janrlar bunchalik ko'p tarqalmas edi, maktabdagi darsliklardek bo'lib qolardi.

Ko'p kitoblar hissiyot uchun o'qiladi. Sizga bog'liq, o'xshash yoki "tegib ketadigan" qismlaridagi hissiyot.

"Yashamoq"dagi qahramon odam ko'rishi mumkin bo'lgan barcha qiyinchiliklarni ko'rgan. Lekin to'xtamagan.

"Reasons To Stay Alive"ni yozgan odam o'zini holati va qanday yechim topganini judayam aniq misollar bilan tushuntirgan. Bu mavzuda muammoingiz bo'lsa, va hali yechimni topolmagan bo'lsangiz sizga aniq yoqadi.

@Michael_Blog

Michael's Blog

10 Jan, 16:22


My oh my....

Vanihoyat!

Michael's Blog

10 Jan, 07:16


2 soat bo'sh vaqtim bor.

Kimga kerak? Berib turaman.

Michael's Blog

09 Jan, 12:18


Game? 👀

Michael's Blog

08 Jan, 20:35


https://t.me/Michael_Blog/8782

Michael's Blog

08 Jan, 18:03


Uyda suhbat:

Onam: qiz topib qo'ydim, korishasan uylantiramiz

Man: yo rahmat, kerak bo'lganda o'zim topvolaman

Onam: o'zing topkanga uylanmaysan, ana dadangam o'zi topib uylanmagan, topib berishkan

Dadam: o'zim topkanni oberishmaganda ahir

Michael's Blog

07 Jan, 20:23


Holat shunchalik yomon-ki, oddiy narsa hayron qoldiradigan bo'lib qolgan.

Uyni oldidagi kechasi ishlaydigan yagona kafega kirib, kitob o'qib o'tiribman.

Naqd 4ta odam "qayerdadur o'qiysizmi? Dars qilyapsizmi?" degan va shunga o'xshash savol berdi.

Tushunyapsizmi? Oddiy bir kitob o'qish shunchalik noyob bo'lib ketganki, kimdur o'qiyotgan bo'lsa albatta majburiyatdan deb o'ylanadi.

Hammadagi birinchi hayol — yo'q, u o'zi nimadur o'rganish uchun o'qimayapti. Hayotini, ishini yaxshilash uchun emas. Qayerdandur vazifa bergan shuni bajarib o'tiribdi.

Hayolida kitob faqat majburiyatdan o'qiladi.


Bunga qarab odamlar "katta" va "qiyin" deb kelgan narsalarga erishish qanchalik osonligini tushunasiz.

Ko'pchilik dangasa. Ko'pchilik muvaffaqiyatsiz. Ko'pchilik tayinli ish qilmaydi.

Ajralib turish uchun, usha ko'pchilikdan o'tib ketish uchun, talablar judayam kichkina.

Shunchaki boshqalar qilmagan ishni qilsangiz bo'ldi. Shuni o'zi bilan anchasidan oldinda bo'lasiz.

Shu holos.

@Michael_Blog

Michael's Blog

07 Jan, 15:30


Shunda ingliz tilini biladi deganimi?

Michael's Blog

07 Jan, 15:24


Congratulations man, you finally did it 🔥

@ulugbekumidjonov ni tabriklasela bo'ladi)

Michael's Blog

06 Jan, 18:01


Just close your eyes and hold your breath and everything will feel real pretty again.

@Michael_Blog

Michael's Blog

06 Jan, 17:09


Kelishdik 🤝

Ertaga tayyor qilib kanalga yuklayman

Michael's Blog

06 Jan, 17:06


Band 8.5 olish uchun bitta study plan tuzib beraymi?

O'zingiz mustaqil tayyorlanishiz uchun bepul resurs, material va qo'llanmalar?

Michael's Blog

06 Jan, 13:02


Bugun soat 20:00 da Muxtasar opani ochiq darsiga kiring! Zo’r narsalar bo’ladi👇

https://t.me/+yXI1Q0Rbp2A1M2Fi

Michael's Blog

06 Jan, 12:12


IELTS uchun eng kerakli material/darslar:

1. Podcastlar seriyasi. Listening, Reading va Speaking uchun alohidadan yozilgan, top 3ta muammolarga eng effective yechim berilgan podcastlar.

2. Hozirgacha eng yaxshi darslarimdan bo'lgan, but butun kursni inspire qilgan "More Than Reading" darsi.

3. Writingdagi idea muammosini yo'q qiladigan, va o'zimga Writing Task 2 8.0 olishimga yordam bergan darslik.

4. Huddi shu darslikda aytilgan, Writingdagi 20tadan ortiq mavzuga idealar to'plangan kitob.

5. Readingda T/F/NG savollari uchun 3ta uslubni haqiqiy passageda qo'llab ko'rsatib berilgan dars.

6. Writingni to'g'ri yo'lda o'g'irlash bilan oshirish o'rgatilgan, samplelarni analyze qilishni to'g'ri yo'li ko'rsatilgan Reverse Engineering darsi.


Aynan eng yaxshilarini va keraklilarini tanlab olib ro'yhat tuzdim, kanalni bir titkilab chiqsangiz ancha ko'p narsa topasiz!


2025da IELTSdan qutulaman deb katta gapirib haligacha hech narsani boshlamagan do'stingizga tashlab qo'ying.


@Michael_Blog к вашим услугам 🤝

Michael's Blog

05 Jan, 17:19


Hozir recordingni tashlamayman.

Soat 10 bo'ldi, kim dars qilardi baribir?

Undan ko'ra 500ta 🔥 yig'ib turinglar, ertaga IELTS bo'yicha eng foydali to'plamni kanalga joylayman.

Michael's Blog

05 Jan, 17:14


Doimgidek zo'r dars bo'ldi rahmat teacher. Oltinga teng feedback la berdiz☺️. Keyingi darslarda ham bundan da zo'r darslarni kutib qolaman. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin teacher ☺️

Michael's Blog

05 Jan, 16:52


have a good one, gaplashamiz :)

Michael's Blog

05 Jan, 16:49


dars bo'yicha savollar 👇

Michael's Blog

05 Jan, 16:47


dars qaley bo'ldi?

Michael's Blog

05 Jan, 16:00


Live stream scheduled for

Michael's Blog

05 Jan, 15:59


Live stream started

Michael's Blog

05 Jan, 15:05


1 soatdan kamroq vaqt qoldi

— Headni yeb tashlaydigan Headinglarni hal qilishga tayyormisiz?

Michael's Blog

05 Jan, 14:02


We'll start in 2 hours 🔥

Michael's Blog

05 Jan, 13:16


Headings uchun odatda o'rgatiladigan yondashuv quyidagicha:

— Paragraphni birinchi va ohirgi gapini o'qib, umumiy ma'nodan o'zingiz Heading yozib, keyin variant tanlash.

Hamma shu yo'lni o'rgatadi va aynan shuning uchun hammada heading muammo.

Bugungi darsda paragraphdagi bir dona gap orqali javobni aniqlashni o'rganasiz.

Michael's Blog

05 Jan, 12:26


Alright, demak:

Headingda so'zlarni bilib ham ma'no chiqarolmaysiz

Ikkita variant orasida ikkilanasiz, aniq to'g'ri deb tanlagan javob noto'g'ri bo'p chiqadi

Javob textni qaysi qismida berilganini topishga vaqt yoqotasiz

— Sizda shu muammolardan nechtasi bor?

Michael's Blog

02 Jan, 19:47


Shu "kichik" sovg'achani topshirdim.

Aslida 2024da hal bo'lgan narsa edi, lekin bugun nasib qilgan ekan berish.

2025 uchun plankani potolokka ob chiqib qo'ydim, eng kichik sovg'alar shunday bo'lsin.

We're so back.

@Michael_Blog

Michael's Blog

02 Jan, 19:07


Yarim soatcha uxlamay turila.

Dadamniyam onamniyam kanaldan chopvordim. Vaqtincha albatta.

Sovg'ani birga topshiramiz.

Michael's Blog

02 Jan, 19:04


— Uxlamadilami?

Michael's Blog

02 Jan, 15:15


Syurpriz kelinmi😂

Michael's Blog

02 Jan, 15:14


Namanganga qaytyapman, naqd 1 yil bo'ldiya uydagilarni ko'rmaganimgayam.

Kechasi 2-3larga yetib borsam kerak, Yangi Yilni uyda o'tkazmaganim uchun aybimni yuvishim kerak.

Kichkinagina syurpriz bilan ketyapman.

Michael's Blog

01 Jan, 13:17


Manga kecha shunaqa tabrik kelgandi.

Michael's Blog

01 Jan, 12:47


2024 huddi kechagidek esimda...

Michael's Blog

31 Dec, 19:00


Somekum

Michael's Blog

31 Dec, 18:42


Muhim qaror qabul qildim, o'yinlar judayam ko'p vaqtim, asabim va pulimni olib qo'yyapti.

Keyingi yilgacha umuman o'ynamayman.

Michael's Blog

31 Dec, 17:55


CS o'ynab o'tiribmiz, sheriklarimizni ikkitasi er-xotin ekan. Biri Albaniya biri Germaniya.

Shu o'yinni o'zida tanishib turmush qurishgan ekan.

O'ynashda davom etaman, balkim... hay mayli.

Michael's Blog

31 Dec, 16:39


Yilni ohirigacha ishlashim kerak bo'lmaydigan darajada pulim ko'p.

Michael's Blog

31 Dec, 15:01


May this be the last decade we spend as singles 🤲

I'm saying decade to be realistic.

@Michael_Blog

Michael's Blog

31 Dec, 14:11


YANGI YILGA BARCHAMIZDAN SIZGA SOVG'A

O'zbekistondagi eng yosh IELTS 9.0 olgan Alisher Abduvohobov va eng taniqli ustozlardan biri Sirojiddin Rahmatullaevdan to'liq IELTS kursni BEPULga oling👇

@mega_gift_bot
@mega_gift_bot
@mega_gift_bot

📌Bu loyiha bugun yangi yil kirib kelishgacha davom etadi. 2025-yildagi IELTS kursingizni sovg'a sifatida hoziroq
oling
👇
@mega_gift_bot

Michael's Blog

31 Dec, 13:34


Nimalar pishirdilar bugun?

Rasmga olib tashelachi 👇

Michael's Blog

31 Dec, 08:18


Olivyeni sekinro yesaham bo'ladi.

#newyeartips

Michael's Blog

25 Dec, 12:36


So, this is life?

Photo by @Abdurazzoq_Khanov

Michael's Blog

25 Dec, 10:29


Umrimda bunaqa mazza qimagandim ⛷️

Addushi! @Khusan57, @Michael_blog ❤️‍🔥

Michael's Blog

25 Dec, 05:00


“You don’t need more sleep. You need a better reason to wake up.”

Confirmed.

Michael's Blog

24 Dec, 15:46


Есон омон йикилволин

Michael's Blog

24 Dec, 15:45


Kimdur shunaqa yiqilib ketvotganini ko'rsangiz usha man bo'laman.

Michael's Blog

24 Dec, 15:22


Uydagilarga ishim bor deb aldab yugurib Toshkentga qaytib kevoldim.

Aslida maqsad shu listdagi yana bitta narsani amalga oshirish, qor va qish bahona.

Umrimni ohirigacha nasib har bittasini sinab ko'rish niyat bor.

Michael's Blog

23 Dec, 16:38


Ko'pchiligimiz "dangasalik" sababidan ko'p zarar ko'ramiz.

Do'stimiz Mirjalol Soatov shu haqida bir yaxshi content qilibdilar, bir ko'rib chiqishni tavsiya qilaman.

https://www.youtube.com/watch?v=RIca_MOMgrA&sub_confirmation=1

Foyda olishingizga ishonaman!

Michael's Blog

23 Dec, 15:58


...

Michael's Blog

23 Dec, 15:30


Usha gap.

Shokolad bo'ladi.

Michael's Blog

22 Dec, 17:29


Ovqatlanay ekan.

Jiyandan buyrug' keldi.

Michael's Blog

22 Dec, 15:01


🗣 ULTIMATE SPEAKING LESSON

Looking to ace IELTS Speaking?

Join my friend Ulug’bek Umidjonov (Speaking 9.0) tomorrow for a live lesson packed with practical, exam-specific tips to boost your skills across all three parts of the test! 💯

📍 Venue: @ulugbekumidjonov
Time: 21:00

Don’t miss out! 🚀

Michael's Blog

22 Dec, 14:48


2026 will be my year.

I can already see how I messed up 2025.

Michael's Blog

22 Dec, 10:49


~Красивый вид, ведь рядом ты~

Michael's Blog

22 Dec, 06:49


O'zim Redmane tanladim.

Lekin va'da va'daligicha qoladi — Venomni yozgan odam:

https://t.me/xmcave/296148

@michaels_manager ga yozib IELTS kursni olsangiz bo'ladi.

P.S: faqat tepadagi comment egasi. 🙂.

Michael's Blog

20 Nov, 18:34


http://t.me/anonaskbot?start=xmichael446

Let's have a late night talk

Michael's Blog

20 Nov, 15:34


3️⃣Ruxshona, speaking 9.0

30 kunlik challenge
davomida men, sizlarga speakingdan

- IELTS Speaking part 2 da umuman to’xtovlarsiz gapirish, plan qilish va moslashishni

- Fluencyni qanday qilib 6.0 dan 8.0ga 1-2 oy davomida chiqarganimni

- Vocabularyni aktivlashitirishning 3ta usuli

- Public speaking mahoratini oshirish, nervouslik va anxietyni tushirishni o’rgataman

-Sample answerlar, videolar va audiolar esa bonusiga)

Michael's Blog

20 Nov, 15:03


— Hali buni bepul bo'lishini aytmadim-a?

Michael's Blog

20 Nov, 15:02


Boshlaylik

Odam qiziqib ketyabdi shuncha narsaga qande erishish mumkinligiga.

Michael's Blog

20 Nov, 14:45


3️⃣ Asalxon | Listening 8,5.

Asalxon sizlarga listening bo’yicha shularni o’rgatadilar 👇

1. GPS, Jump up, prediction texnikalari;

2. Podcastlarni analiz qilish;

3. Listening analiz qilish usullari;

4. Listening uchun Road Map;

Siz shuncha payt bilmagan yoki bilib ishlara olmay turgan texnikalaringizni biz bilan o’rgatasiz.

#30Daychallengecomingsoon

Michael's Blog

20 Nov, 12:05


2️⃣ Abdulbosid | Reading 8,5

Abdulbosid sizlarga 30 kun davomida reading bo’yicha eng zo’r darslarni o’tib beradi👇

1. Reading qanday to’g’ri tarjima qilish;

2. Bilmagan so’zlarni contextga qarab manosini topish;

3. Hamma savol turiga to’g’ri keladigan “Anticipation” texnikasi;

4. O’quvchilardagi eng katta muammolarni practice qilish;

5. Readingdagi top 10 myth;

Siz shuncha payt savol turi bilan ishlab natijangiz o’smagan bo’lsa, Abdulbosid sizlarga noodatiy va juda foydali usullarni o’rgatadi!

#30Daychallengecomingsoon….

Michael's Blog

20 Nov, 08:48


1️⃣ Michael | Writing 7,5

Michael sizlarga 30 kun davomida writingdagi shu mavzarni o’rgatadi👇

1. Writing uchun Template & Time management bilan ishlash;

2. Eng oddiy so’zlar bilan 7+ essay yozish;

3. Writingni qanday analiz qilish;

4. Writing mythlar;

5. Xar bitta mavzu uchun jonli practice dars;

Bular faqatgina Michael ustozimizdan oladigan darslaringiz, yana 3ta ustozlarimiz bor hali🔥

#30Daychallengecomingsoon….

Michael's Blog

20 Nov, 07:23


Kecha biz ustozlar bilan tanishgan edik bugun esa “30 Day challenge” ni planini ko’rmoqchimisizlar?

—100-🔥 bo’lsa tashlayman.

Michael's Blog

19 Nov, 16:19


Chala qoldi, umr yetmadi...

@Michael_Blog

Michael's Blog

19 Nov, 13:58


30 Day challenge is going to be so beneficial🔥

Michael - writing 7,5
Abdulbosid - Reading 8,5
Ruxshona - Speaking 9
Asalxon - Listening, speaking 8,5

To’g’risi bu yerda beriladigan qiymatni ko’rib o’zim pul to’lab
o’qirdim.

Michael's Blog

19 Nov, 13:20


Listening ustoz Asalxon Kasimova.

Asalxon overall 8 va listening va speaking 8,5

Westminsterda o’qiydilar va judayam energechniy ustoz.

30 kun davomida siz listeningdan 8+ olish uchun nimalar qilishingiz kerakligini shu ustozimiz o’rgatishadi.

#30Daychallengecomingsoon….

Michael's Blog

19 Nov, 13:04


Ruxshona Urolova yoki Speaking opa nomi bilan tanilgan ustoz.

Ruxshonaga berilgan nicknamedan bilishiz mumkun Ruxshona speakingdan birinchi marta 8 olgan, keyin srazu 9.

O’zi speakingdan 9 olib hatto ustozlarga speakingdan yordam bergan

30 Day challengeda sizga to’tidek sayrashni o’rgatib, speaking darajangizni ko’tarishga yordam beradi.

#30Daychallengecomingsoon…

Michael's Blog

19 Nov, 12:40


Keyingi ustoz do’stim Abdulbosid.

Abdulbosidda xam deyarli man bilan bir xil xolat bo’lgan.

15 yoshida IELTS topshirib ko’ray deb Overall 8 olgan ustoz.

Xozirgacha 600+ o’quvchilarni o’qitgan va overall 8 gacha natija chiqargan.

30 kun davomida sizlarga reading bilan ishlashni o’rgatadi.

#30Daychallengecomingsoon….

Michael's Blog

19 Nov, 12:26


Writing ustoz albatta o’zim Michael.

Birinchi marta ertalab turib IELTS topshirib kelay deb Overall 8 olganman 16 yoshda.

Keyin yana bitta topshirib 8,5cha olganman, writing 7,5 bilan.

Shu kungacha 700+ o’quvchilarni o’qitib ko’p o’quvchilarga writing yaxshilashga yordam berganman.

30 kun davomida sizlar man qanaqa qilib writing 7,5 olganimni o’rganasiz!

#30Daychallengecomingsoon….

Michael's Blog

19 Nov, 11:47


Tanimaganlar uchun keyingi postlarda ustozlarni birma bir tanishtirib o’taman.

Michael's Blog

19 Nov, 09:40


—Shu ustozlarni qaysi birini taniysizlar?

Michael's Blog

16 Nov, 06:48


Heyyo, how are you doing?

— Kechga bitta dars o'tib yuborsak nima deysiz? Readingda nimalar qiynaydi?

Michael's Blog

15 Nov, 20:05


@RS_IELTS uchun hayrlashuv meeting qildik 🤝

Brother Germaniyaga bugun uchadilar.

@Michael_Blog

Michael's Blog

14 Nov, 07:25


Kechagi formani 172ta odam to'ldirdi.

Lekin bularni ichidan 20 dona o'quvchi suhbat asosida saralab olinadi.

Har bir o'quvchi bilan o'zim telefonda gaplashib chiqaman va nasib, yangi oy boshida kursga start beramiz.

Michael's Blog

13 Nov, 17:03


✔️ 45 Kunlik INTENSIVE o'qish

✔️ 20 kishilik community

✔️ Individual e'tibor

✔️ Speaking/Writing shaxsan o'zimdan feedback

✔️ Haftada 5 kun dars

Shularni hammasini o'zi ichida olgan IELTS INTENSIVE 3.0ga forma tayyor!

Bitta narsaga focusni qaratib, tezroq IELTSdan qutulmoqchi bo'lsangiz, va 1.5 oylik mehnatga tayyor bo'lsangiz formani to'ldiring.

O'quvchilarni o'zim suhbat asosida qabul qilaman. Formani to'ldirib ***4749 raqamdan qo'ng'iroq kuting.

https://forms.gle/mmVtEgHCCARvxLsa6

Michael's Blog

13 Nov, 11:42


Maktab sistemasidagi eng katta kamchilik. Ohirigacha o'qing. Ko'zingizni ochadigan post.

Birdan to'rtinchi sinfgacha 90% o'quvchi faqat 5ga o'qiydi. Hamma narsani zo'r o'zlashtiradi.

5 va undan tepa sinflarda esa keskin o'rganish va o'qish ko'satkichlari tushib ketadi.

Mavzular qiyinlashadi desangiz, 1chi sinf bola uchun 2x2=4 degan narsa va 7chi sinfdagi bola uchun fizika qonunlari birhil qiyinlikda.

Asosiy o'zgarish, va natijalar pasayishini yagona sababi — malumot ko'payishi.

1-4 sinflarda nima fanlar bo'lardi? Ona tili, chet tili, matematika, qolganlari shunchaki vaqt o'tkazish uchun qo'shilgan fanlar (chizmachilik va h.k.)

Kam hajmdagi narsadan 5chi sinfda birdan 14ta fan, keyingi yil 17ta, 11chi sinfga kelib 20ta yangi narsa o'rganishga to'g'ri keladi.

Bitta narsani chuqur o'rganib expert bo'lgan odamni qadri baland bo'lgan zamonda maktablarimiz hamma narsani chala o'rganishni o'qtirishadi.

Natija kutilgandek — hamma narsadan ozmuncha, bitta narsani tayinli bilmaydigan o'quvchilar.

Aynan shu sabab ham yaxshi o'qimoqchi bo'lgan hamma maktabdan tashqari kurslarga borishga majbur.

Doktor bo'lasanmi? Uzur, maktabda o'rgatganimiz yetmaydi, palon pulga repetitorga qatna.

Ingliz tili o'rganmoqchimisan? Bilmasdan kecha IELTS 6.0 olgan, zato diplomi bor odamni o'qituvchi qilib qo'yibmiz, kursga borasan endi.

Achinarli.

Xop deyishdan boshqa iloji yo'qdek.

Lekin... davomi commentsda 👇

Michael's Blog

13 Nov, 11:22


Maktab sistemasidagi asosiy kamchilik va unga yechim haqida bitta post yozdim.

Uzungina, yaxshi insightlarga ega post bo'ldi.

Ko'ramizmi — 🔥?

Michael's Blog

13 Nov, 03:59


Kecha forma tashlamoqchi edim.

Lekin kursni yana 1-2ta qolib ketgan narsalarini to'ldirib, aniq nimalar bo'lishini tugatdim.

Soat 1:30gacha shu bilan band bo'ldim.

Bugun 20:00da kanalga forma tashlanadi, IELTS INTENSIVE 3.0 uchun birinchi saralash formasi.

Shu yilni o'zida IELTS bosh og'rig'idan qutulib, yangi yilga yangi natija bilan o'tmoqchilar communitysi bo'ladi.

Faqatgina 20 kishi qabul qilinadi, va oldingi ikkita patokdan o'zgarishlar ko'p.

Bugun shuni aytib beraman va forma uchun link tashlayman.

Nasib, bunday taklifni hali ko'rmagansiz 🔥

Michael's Blog

12 Nov, 09:47


Albatta natija qilmaslikni ilojisi yo'q.

Kechroq sizlar uchun huddi shunaqa taklif MEGA taklif bilan chiqaman.

Kichik communityda, natijani kafolatlaydigan kursda o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Omadli 20ta odamni, suhbat orqali shaxsan o'zim saralab olaman.

Kechga gaplashamiz 🤝

Michael's Blog

12 Nov, 08:50


Shu aytganlari rostdan bo'lsa 45kun ichida IELLTSli bo'lardik shubhasiz

Michael's Blog

12 Nov, 08:14


Muhitni tushuntiraman.

To'liq e'tiborni bitta narsaga, shu IELTSga qaratib, 45 kun davomida:

~ Expert ustozdan haftasiga 5 kun dars olsangiz

~ Darsga moslashtirilgan, real-exam materiallardan vazifa olsangiz

~ Speaking va Writingga shu yagona ustozni o'zidan feedback olsangiz

~ Har bir dars uchun vocabulary va grammar quizlar bajarsangiz

~ Anchadan beri og'riq bo'lib kelgan savollar, sectionlar va mavzularga 100% yechim bo'ladigan bilim olsangiz

~ "Gaz" berib turish uchun sizni naqd 3ta odam nazorat qilsa

~ Bajarganingizga rag'batlantirish, bajarmaganingizga jazo olsangiz


— 45 kun ichida IELTSdan qutulmaslikni ilojisi qoladimi?

Michael's Blog

12 Nov, 06:09


Qiziq.

Shuncha vaqt va bir qancha ustoz bilan ham, nega haliham IELTSdan qutulmadingiz?

Michael's Blog

12 Nov, 02:55


— Hozirgacha ingliz tiliga qancha vaqt sarflagansiz va nechta ustoz almashtirgansiz?

O'zim boshlab beraman, 1.5 yil vaqt ichida 7ta ustoz almashtirganman.

Michael's Blog

11 Nov, 11:14


Y/N/NG va MCHQ savollarini to'liq ko'rib chiqilgan darslik 🤝

Shu savol turlarida qiynaladigan tanishlaringizga yuborib qo'ying 🔥

@Michael_Blog

Michael's Blog

11 Nov, 09:07


Readingda Yes/No/NG va Multiple Choiceda qiynaladiganlar bormi?

— Bitta dars ko'ramizmi?)

Michael's Blog

10 Nov, 16:15


Kanaldagi eng foydali narsalarni bir joyga yig'ib qo'yibdilar, qo'shilib oling, Ozodbek aka yomon narsa share qilmaydi 😁🤝

Michael's Blog

10 Nov, 16:14


The most useful posts on the channel:

1) Band 7.0+ Task 1 collection
2) Task 1 video lessons
3) Free listening marathon
4) Band 8.0-9.0 speaking samples
5) Task 2 video lessons

Michael's Blog

10 Nov, 14:09


Qayta yig'ilish uchun 1.5 yil ketdi.

@Michael_Blog

Michael's Blog

09 Nov, 17:10


@ulugbekumidjonov ga moshinani bluetoothni ulab bergandik, music qo'ygani.

This nerd is playing a podcast.

Michael's Blog

09 Nov, 11:54


Qolgan savol turlariniham ko'ramizmi?)

Michael's Blog

01 Nov, 17:27


Farzona INTENSIVE 2.0ni birinchi va, hozircha, yagona imtihonga kirgan o'quvchisi.

Darslarda vaqtida qatnashib, vazifalarni bajarganlari mana mevasini berdi.

Overall 7.0 🔥

Michael's Blog

01 Nov, 15:30


" Ufff, yana shu ingliz tilimi?
- Yo‘q, endi u yanada osonroq!"

IELTS va Multi level imtihonlariga yo‘naltirilgan kechki-online darslarimiz barcha soha vakillari va talabalarga ingliz tilini sifatli tarzda, o‘z sohasining mutaxassislaridan o‘rganishni taklif qiladi.

Hoziroq sinov darsiga yozilish: @EngVector
Axir, bizda to‘lov oldindan emas!

Kichik guruhlarda, alohida o‘qituvchi bilan bo‘ladigan jonli darslarda(haftasiga 3 kun) savol-javob qilinib, 100% vazifalar tekshiriladi.
Ishontirib aytamanki: Uyingizdagi divanda o‘tirib darslar sifatidan bahra olasiz.
》》 Guruhlar soni cheklangan. Qabul faqatgina 1 hafta davom etadi.
Hoziroq batafsil ma‘lumot uchun ism-familiyangiz va telefon raqamingizni @EngVector ga yozib qoldiring.


Batafsil ma‘lumot: @English_Vector
Bizni kuzatib boring: @English_Vector

Michael's Blog

01 Nov, 14:36


1 kunda 11 ta essay berilgan yozishga😂🥹

Michael's Blog

01 Nov, 14:24


Tahminan quyidagicha holat:

20ta o'quvchi, dushanbadan jumagacha live darsda qatnashgan.

1.5-2 soatlik darslarda bitta mavzuni chaynab tushuntirilgan, unga mos vazifa berilgan.

Shanba kunlari Guest Speakerlar o'zlarini eng yaxshi darslaridan o'tib berishgan.

O'quvchilarda bekorchi qolishga vaqt bo'lmagan — yakshanba kunlari Speaking Peer Practice coordinator nazoratda o'tkazilgan.

Shularni hammasi roppa rosa 45 kun davomida, butun focusni IELTSga qaratib bo'lgan.

Natija qanday bo'lgan deb o'ylaysiz?

Michael's Blog

01 Nov, 12:12


Hammagayam sotilavermaydi.

Bir qop pul bilan borib sotib olmoqchi bo'lsangiz shunchaki sizga sotishmaydi.

Uni olish uchun "katta"lardan bo'lishingiz kerak, oldingiz degani shular qatoriga qo'shildingiz degani.

Ohirgi Tourbillon modelini e'lon qilgan payti "sotuvda qolmadi" deb boshlagan.

Avgustda bitta kurs ochdim, huddi shu qoidalar bilan bo'ldi:

— puli tayyor bo'lgan ko'pchilik qabul qilinmadi, maqsadlari to'g'ri kelmadi.

— qo'shilish uchun daraja va bilim tekshirib olindi.

— qo'shilganlar esa 20 dona, saralab olingan "elita" ichiga kirishdi.

Bugun shu kurs yakunlangani haqida 🤝.

Michael's Blog

01 Nov, 11:30


— "Bugatti"ni qolgan moshinalardan asosiy farqini bilasizmi?

Michael's Blog

31 Oct, 14:59


Bu mening WRITINGdan 7.0 olgan o’quvchilarim.

❗️Ularni bir narsa bog’lab turadi - men o’rgatkan eng muhim texnikalardan birini imtixonlarida qo’llashgan.

Aynan shu texnika bo’yicha
men, Shoxruxbek Olimov, O’zbekistonda hali hech kim qilmagan kinodarslik tayyorladim.

👇Dars o’chib ketmasidan ko’rishga ulgurib qoling.

WRITING DARS
WRITING DARS

Michael's Blog

31 Oct, 09:22


Yaqinda tugagan intensive kursimni bugun summary qilamiz.

Qanday boshlandi, nimalar bo'ldi, qanday tugagani va birinchi chiqqan natijani bo'lishaman 🔥

Have a nice day 🤝

Michael's Blog

31 Oct, 00:52


Kelajakda opam oyiga $5,000 zararga kiradigan gul do'kon yoki salon yurita olishi uchun hozir ko'proq pul topishim kerak.

Michael's Blog

29 Oct, 15:01


Natijalarga e'tibor bering🚀

Abdurazzoq Khanov
Readingdan hamma yuqori ballni olib ko'rgan ekan!😁

Xudo xohlasa, sizga ham 2-3-noyabr kunlari bepul darslarda buni qilishni eng tez yo'llarini o'rgatadi!

👇Yopiq kanalga obuna bo'ling
https://t.me/+xuzMB2Bwkn5lMjdi
https://t.me/+xuzMB2Bwkn5lMjdi

Michael's Blog

28 Oct, 18:11


Rahmat kattakon ustoz sizga bergan talim lariz uchun ollohim 1000 Bora ziyod qib bersin deb tilab qolaman chunki siz tufayli baland natijalarimni koryapman 3 yoki 4 Gina darsizga qatnashib.rahmat sizga 😁🫂🫂🫂🫂😇🤝🤝🤝. Yaxshi tushlar koring👋👋👋

Michael's Blog

28 Oct, 17:42


Da juda zo‘r bo‘ldi kottakon raxmat sizga tushunmagan kichik predmentlarni tushunib oldim asli osson ekan lekin manga qiyin tuyular edi thank you teacher! 😊😊😊

Michael's Blog

28 Oct, 17:42


Katta rahmat ustoz Allohim ilimizni ziyoda qilsin. Judda foydali m'lumotlarni beryapsiz. Uncha muncha tajribali oelts instructorlar ham bunchalik (goʻshtli😁) aniq qilib tushuntirolmaydi. Katta rahmat berayotgan bilimlariz uchun .

Michael's Blog

28 Oct, 16:57


have a good one, gaplashamiz :)

Michael's Blog

28 Oct, 16:52


Strategy
Practice
Time Management

sovg'adan oldin, how was the lesson?

Michael's Blog

28 Oct, 16:00


Live stream started

Michael's Blog

24 Oct, 11:56


Hozirgacha kanalda chiqarilgan podcastlar:


1) Listening audioni tushunishga qiynalsangiz, 100% to'g'ri deb ham noto'g'ri javob chiqaversa, Gap Filling bilan MCHQ qiynasa, bunisini eshiting.

--------------------

2) Readingda har qanday qiyin textni oson tushunish, full testni zerikmasdan bajarish va T/F/NGda F va NGni ajratish o'rgatilgan podcast bunisi.

--------------------

3) Har qanday tilda gapirishni 3ta etapi tushuntirilgan, gapdagi "parazit"lardan halo bo'lishni o'rgatilgan podcast manabu yerda.


— Shu 3ta sectionda muammosi borlarga yuborib qo'yasiz :)

@Michael_Blog

Michael's Blog

23 Oct, 18:00


Thanks a lot teacher judayam foydali podkast bo`libdi .Man ham o`zim bilmagan mavzularda gapni olib qochishga harakat qilardim,nimaga natijam pastroq chiqyapti desam gap buyog`da ekan.Sovg`aniyam oldim rahmat kottakon😊😊😊

Michael's Blog

23 Oct, 16:13


#podcasts #ep3

Hozircha podcastlarimizni ohirgi, uchinchi soni, mavzu: Speaking.

Agarda siz:

1. Savol berganda nima haqida gapirishni bilmay qolsangiz

2. Gaplar orasida to'xtalishlar ko'p bo'lsa

3. Va, asosiysi, so'zlarni tarjimasini bilib turib ham gapda qo'llolmasangiz

Podcast sizga yordam beradi 🤝

🎁 Sovg'a esa podcastni ohirida.

— Eshiting, o'rganing, fikrlaringizni yozib qoldiring.


#oshbolsin

Michael's Blog

23 Oct, 12:06


Asosiy bosh og'riqlar demak quyidagicha:

1) Idea yo'qligi — nima narsa haqida gapirishni bilmay qolasiz

2) Gapni o'rtasida to'xtab, "aaaa" deb o'chib qolasiz, fluency.

3) Gapirasiz, lekin judayam oddiy chiqadi. Yodlagan so'zlarizni qo'llolmaysiz.


Speaking Podcastda shu 3ta muammoga, chaynab tushuntirilgan, 1 haftada o'zgarish ko'rsatadigan yechim beraman.

Odatdagidek, sovg'asi ham bo'ladi. 21:00da podcast kanalga joylanadi.

~ kutayotganlar bormi?

Michael's Blog

23 Oct, 11:53


vocabularyni ishlata olmiman va toxtab qolaman gapirayotganda

Michael's Blog

23 Oct, 09:58


Do I say Good Morning?

Bugun va'da qilingan podcastlarni ohirgi soni, Speaking haqidagisi joylanadi.

Muammoni aniq bilish yechim topishga birinchi qadam, shunga:

— Speakingda sizni nimalar qiynaydi?

Michael's Blog

22 Oct, 14:55


"Eski ukam qaytyapti"

Sizlarga tayyorlayotgan YouTube video uchun ssenariyni kecha kuni tugatdim.

Hammada bo'ladigan, asosiy bosh og'riq — Writingni hal qiladigan darslik tayyor bo'ldi.

Tepadagi natijalarga sabab bo'lgan, o'quvchilardan "ertaroq qayerda ediz" deydigan malumotlar qo'shildi.

Natijaga olib chiqqan, pullik kurslarimdagi narsani maximum ssenariyga qo'shdim.

Videodan keyin Writing sizni qaytib qiynamaydi.


Bu haqida opamga aytib bergandim, "eski ukam qaytyapti ekanda" dedi.

Yakshanba kuni syomka, eski Michael qaytyapti.

Michael's Blog

22 Oct, 12:48


Buni sovg'a desaham bo'ladi 🙂.

Maftuna Overall 7.0 bilan "nima qilib bo'lsa ham 8.0 obering" deb kelgan edilar.

Intensive tayyorlanib, naqd ikki oy mehnat qilib, mana qo'yilgan maqsadga erishdilar.

O'quvchi bo'lib, ustozga, manga, eng yaxshi sovg'ani hadya qildilar 😊.

Commentsda tabriklab qo'ysangiz bo'ladi 👇

Michael's Blog

22 Oct, 11:07


Writing, once again 🔥

Navbatadagi o'quvchimiz Booster kursidan.

Writing 5.0 bilan qo'shilib, real examda 6.5 olib chiqdilar (+1.5 ball, 40 kunda!!!).

Michael's Blog

22 Oct, 09:58


Mana haqiqiy natija 🔥

Soliha yaqinda tugagan Writing kursimda o'qigandilar.

40 kun davomida darslarda qatnashib, Writingni o'rganib chiqib...

Mana real examda Writing 7.0 oldilar

Soliha boshlab berdilar, hali bir qancha yaxshi natijalar yo'lda 🔥

Michael's Blog

22 Oct, 09:35


Bugun kanalda hozirgacha yig'ilib qolgan natijalar bilan bo'lishaman.

Reading, Intensive, Writing va boshqa kurslardan yaxshigina natijalar chiqqan.

Qani ketdik 🔥

Michael's Blog

21 Oct, 15:32


Бу подкаст хам жуддаям зур чкпти🔥🔥 айнкса мисол келтрганиз менга роса екди слишком уринли ухшатиш булган💯
Мени хайрон колдирасиз🤔шу ешда булиб турип, мендан бор йуги 1 ешгина каттасизуу лекн шунча билим🧠. кечаги подкастздан кн практис кгандим 90% тугри чкди😁🔥💯. Реално, пулга сотиладиган малумотлани💸 сал кам 25 мингта одамга бепулга берпсз🔥🔥🔥 куп рахмат тичер❤️‍🔥 роса ердам беряпти подкастлариз усишимга📊📈

Michael's Blog

21 Oct, 15:00


#podcasts #ep2

Podcastlarimizni ikkinchi soni, bu safar ko'rib chiqilgan section: Reading.

Agarda siz:

1. So'zlarni bilib, alohida tushunsangiz lekin complex gaplarda ma'no chiqarolmasangiz

2. Reading o'qiganingizda zeriksangiz, bajarish yoqmay ketsa

3. Va T/F/NG da F va NG adashtirasangiz, MCHQda ikkala variant to'g'ri kelsa

Bu podcast siz uchun 🙂.

🎁 Albatta sovg'a ham bor, bir qiziq hikoya ham aytib berganman.

— Eshiting, o'rganing, fikrlaringizni yozib qoldiring 🤝

#oshbolsin

Michael's Blog

21 Oct, 14:10


Assalomu aleykum teacher.
Bu safargi podcastiz ham listening haqida qilganizdek juda foydali bólipdi. Daje eshitgandayam mazza qilivoradi odam😅. Rostanam siz aytganday multiple choice questions egizaklarga oʻxshaydi ammo undagi maʼnoni qarasak u judayam complicated emas aslida. Ammo óshani anglash uchun ham general English yaxshi bólishi kk. Sovgʻalar uchun alohida raxmat teacher 🥹 pullik kursizdagi darsizni tekinga beripsiz. Thanks a lot 🙂

Michael's Blog

21 Oct, 13:45


Assalomu alaykum yaxşimisz teacher 2-podcastizniyam eştdm rostan ham tugri gaplar hammasi bitta uzun gapdan kupinça oddiy mano keb çqadi doim çalgituvçi quşimçalar kup buladi biz esa kupinça uşa unnecessary qismlarga etbor berb quyamz🤦 readingdan oldn menam juda juda hate qlardm nu hoz ança tuşunyotganm sababli fikrim ança uzgargan😄 tugrisi reading men uylagançalik qurqnçli emas ekan) podcastizga esa gap yuq odamlarda buladigan eng guştli problemlarni aytb utgansz va ularni causini ham plus ularga solution ham berlgan doimgiday hammasi olou olou🔥 mana şunday podcastlarni kuproq çqarb turng teacher❤️‍🔥🫠

Michael's Blog

21 Oct, 13:27


Assalomu aleykum teacher.

Podcast zo'r chiqibdi. 8 minutli bolishiga qaramasdan studentla anchadan beri yecholmayotgan problemlaga solution beribsiz. Storyga gap yoq. Bitta storychadan ancha kotta xulosa qildim torisi. Adezla tori etkanakanla. Prize is awesome har doimgidek.

Just perfect one🔥

Michael's Blog

21 Oct, 13:16


Kechagi darsni koʻrdim, bugun bitta practise qilgandim, 36/40 boʻldi. Shunaqa xursand boʻldim🥺🥺😊

Oldin 32 ta shunaqa chiqardi ishlaganimda, kechagi darsni korib xatolarimni tushundim😄🔥

Rahmat kattakon sizga 🫠👍