Savol at-Tanal al-Arabi (yoki CEFR) imtihonida insho qismida yaxshi baho olish uchun nimaga e'tibor berish kerak?
Javob: buning uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish kerak, bular - imlo qoidalari, gaplar va so'zlarni to'gri tuzish va qo'llash, aytilgan fikrga maqol, hikmatlar yoki biror olim fikrlaridan dalil keltirish, o'xshatish (tashbeh) va majoz qo'llash, va hokazo. Bugun shulardan birinchisi haqida gaplashamiz ...
Birinchi va eng muhim qoida - har qanday imtihonda u xoh at-Tanal bo'lsin yoki CEFR bo'lsin, boshqasi bo'lsin, bexato yozishni o'rganing, bu juda juda muhim, sizning inshoingizni tekshirgan odamda avvalo imlo qoidasiga qarab eng birinchi va eng asosiy xulosa paydo bo'ladi. Tasavvur qiling siz professorsiz lekin yozuvingizda imlo xatolari ko'p, o'z o'zidan yozgan inshoingizning saviyasi tushib ketadi, oddiygina imlo qoidasini bilmas ekansiz sizning professor ekaningizning ahamiyati qolmaydi. Ko'pchilikda oddiygina shu imlo qoidasi sabab ham ball pasayib ketadi.
Avvalo o'z ona tilingizda bexato yozishga harakat qiling shunda sizga sinchkovlik odat bo'lib qoladi, kuzatishlar shuni ko'rsatadiki ona tilida xato yozadiganlar boshqa tilda ham ko'p xato qiladi, siz unday bo'lmang sinchkov va e'tiborli bo'ling shunda bexato yozish sizning odatingizga aylanib qoladi...
Endi esa, imtihondagi yozma topshiriqlarni bexato yozish uchun bir necha mashq va tavsiyalar ...
1-tavsiya - diktant yozing, soddaroq, kichikroq matndan boshlang, sherigingiz yoki biror kishi o'qib tursin siz yozing, yoki aksincha matnni o'zingiz o'qib diktofonga yozib oling, keyin esa eshitib asta-sekin, har bir gapni qayta qayta eshitib yozaverasiz, keyin albatta qizil qalam bilan tekshirib chiqing.
2-tavsiya - matn yodlang va uni kitobga qaramay yoddan yozing, esda qolgancha yozavering. Yozib bo'lib o'zingiz yod olgan asl matnga solishtiring va albatta qizil qalamda xatolarni belgilab to'g'rilab chiqing xuddi ustozlardek ... yozganda kitobga qaramay yozing, bu albatta muhim. boshlanishiga osonroq matnlarni yod oling, bu matnlar imtihonda tushadigan mavzularga tegishli bo'lsa nur ustiga nur.
Birinchi yozganlaringizdan hafsalangiz pir bo'ladi, daftaringiz lolazor bo'ladi, bu aniq ... lekin umuman va umuman tushkunlikka tushmang bu hammada bo'ladigan oddiy holat axir, asta sekin yaxshilanib boradi. Xato qilish bu muvaffaqiyat sari yo'ldagi bosqichlardan biri hisoblanadi, ya'ni siz xato qilish bosqichini bosib o'tishingiz kerak, xuddi go'dak yiqilib yiqilib katta bo'lganidek. Mehnat qilgan, intilgan odam xato qiladi, xato qilmayabsizmi, demak mehnat ham qilmayapsiz.
ENG MUHIM NUQTA!!!! , bu qizil rang bilan bo'ylagan xato so'zlarni albatta va albatta to'g'rilab qaytadan yozing bu ishdan erinmang, aslo erinmang, Nega? Chunki miyada o'sha so'zning xato varianti yozilib qolgan bo'ladi, xuddi kompyuter xotirasiga xato fayl yozilib qolganidek, siz uni qaytadan to'g'rilab yozsangiz miyangiz o'sha xato faylni o'chirib ustidan "to'g'ri so'zni yozadi" xuddi kompyuterda eski faylni o'chirib yangi faylni yozgandek.
To'g'ri yozish amaliyoti birdan natija bermaydi, sabr kerak, shu zaylda 2 oycha sabr qilsangiz natija berishni boshlaydi. Ayniqsa hamzaning yozilishi أ إ ء ئ ؤ ,qayerda alif maqsura (ى) yozilyapti qayerda, vaslali alif, ayniqsa hamza ء va ع da ko'pchilik adashadi, ص - س hamda , خ ح ه va shu kabi bir biriga o'xshash harflarni yozilishiga e'tibor berib yodlang.
Agar boshlovchi bo'lsangiz demak birdaniga so'z yodlaganda to'g'ri yodlab keting va yodlagan so'zingizni yozib ko'rib o'zingizni tekshirib oling. Shunda kelajakda bu xatolarni to'g'rilash uchun ikki marta mehnat qilmaysiz.
Yozish bo'yicha navbatdagi tavsiya ... nasib qilsa yana bir necha kun ichida berib boriladi ...
https://t.me/Attanal_alarabi