🇺🇿🇰🇼 Kuni kecha xabar berganimizdek, Quvaytda O‘zbekiston-Quvayt biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda ikki mamlakatning 100 dan ortiq yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari qatorida Oriental universiteti rektori Dr. Mamataxunov Nozim Azizovich boshchiligidagi delegatsiya ham rasman ishtirok etdi.
✅ 17-fevral kuni Quvaytda, Oriental universiteti va KIC o‘rtasida hamorlikni mustahkamlash va investitsiya jalb qilish boʻyicha quyidagi muhim hujjatlar imzolandi:
1. Exclusivity Agreement
2. Letter of Intent
3. Non-Disclosure Agreement
🇺🇿 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Quvaytdagi rasmiy tashrifi davomida, ushbu yirik hamkorimiz “Kuwait Investment Company” bosh ijrochi direktori Favoz al-Ahmadni ham qabul qildi.
Aloqa uchun:
+998781137686
Telegram | Instagram
Facebook | Veb-sayt