SHARQDAN XABARLAR @sharq_xabar Channel on Telegram

SHARQDAN XABARLAR

@sharq_xabar


YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIY-MA'RIFIY, ADABIY-BADIIY, IJTIMOIY-SIYOSIY MAVZULARGA BAG'ISHLANGAN TDSHU USTOZ VA TALABALARINING ONLAYN MULOQOT MAYDONIGA XUSH KELIBSIZ!

Murojaat uchun:
@AminaMaxmudjanovna

SHARQDAN XABARLAR (Uzbek)

SHARQDAN XABARLAR Telegram kanali, ismida ham sezilishi kabi, sharqiy mamlakatlarning o'ziga xos ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy mavzular bilan bag'ishtirilgan. Bu kanal yoshlar bilan ishlashni, ularning dunyoni o'rganishini va o'z fikrlarini ifodalashini o'z maqsadi qilib olgan. Ustozlar va talabalar uchun onlayn muloqot maydoni yaratilgan kanalda, rivojlanishga, o'z-o'zini o'zlashtirishga imkoniyat beriladi. Kanalga ulanish bilan, siz yangi bilimlar olish, adabiyotdan muloqot qilish va yangi fikrlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Kanalda mavjud bo'lgan muloqotlar orqali o'zingizni rivojlantirishga yordam beradigan ustozlar va yosh talabalar bilan tanishishingiz mumkin. Ehtimol, sizning o'zingizni rivojlantirish, yangi bilim va tajribalar olishni istaganingizda SHARQDAN XABARLAR kanali siz uchun eng mos tanlash bo'lishi mumkin. Murojaat uchun: @Rukhsara_Talibjanovna

SHARQDAN XABARLAR

07 Jan, 08:02


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR ‼️

Bugun, 7-yanvar kuni Amaliy fanlar fakultetining barcha professor-o’qituvchilari istirokida qishki ta’til rejasiga muvofiq Nilufar Imomova tomonidan “Xalqaro reytinglarda ishtirok etishda zamonaviy tendensiyalar” nomli ma’ruza va Saida Maxkamova tomonidan “Universitetda taʻlim sifatini oshirish strategiyasi” nomli ma'ruza qilindi.

Unda fakultet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

07 Jan, 08:01


⚡️⚡️⚡️

🌟Olimpiada natijalari🌟

#tanlov

Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi tomonidan 06.01.2024 kuni “Sevimli tarjima asarim” nomli online olimpiada o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada universitetimizning ko‘plab oliy maktablaridan 50 ga yaqin talaba va magistrantlari faol qatnashdilar.

Olimpiada natijalariga ko‘ra:

🥇 Mirsaidova Ozoda Nazirjon qizi - 1-kurs Antropologiya va etnologiya yo‘nalishi hind-ingliz guruhi talabasi;

🥈 Fayzullayev Azamat Abdullo og’li - 2-kurs Tarix yo‘nalishi magistranti;

🥉 Karimova Guldona Yo’lchi qizi - 1-kurs Psixologiya yo‘nalishi talabalari g‘olib bo‘ldilar.

SHARQDAN XABARLAR

07 Jan, 06:22


⚡️⚡️⚡️

Айни дамда университет талабалари жамоасидан иборат "Шарқ юлдузи" театр-студиясининг "Тўда" спектакли намойиши бошланди

⚡️⚡️⚡️

SHARQDAN XABARLAR

07 Jan, 04:24


#Sharq_yulduzi_teatr_studiyasi

⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN CHORLOV‼️

7-yanvar, soat 11:00 da universitetning “Sharq yulduzi” teatr - studiyasi jamoasining "To'da" spektakli namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Universitetning barcha professor-o'qituvchilarini spektakl premуerasiga taklif etamiz

➡️ @sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

07 Jan, 04:19


#xorijiy_malaka_oshirish

⚡️⚡️⚡️

Avval xabar berilganidek, TDShU Eronshunoslik va afgʻonshunoslik oliy maktabining professor-oʻqituvchilari hozirda Eron Islom Respublikasida malaka oshirishmoqda.

Professor-o'qituvchilar 2024-yil 04-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining hamkor universitetlaridan biri hamda QS xalqaro reytingida Top-400 universitetlari qatoridan o'rin olgan Tehron universitetiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrif davomida Universitet qoshidagi Kavkaz tadqiqotlari jamg‘armasi va Markaziy Yevrosiyo markazida uchrashuv tashkil etildi. Unda ikki universitet o'rtasidagi o'quv va ilmiy-tadqiqot ishlari borasida fikr almashildi.

Shuningdek, professor- o'qituvchilar Tehron universiteti kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Hozirgi kunda mazkur kutubxonada saqlanayotgan nodir qo'lyozmalar va turli sohaga oid kitoblarning elektron nusxalarini olish imkoniyatini o'rgandilar.

@eron_afg

SHARQDAN XABARLAR

06 Jan, 15:46


🌟 INGLIZ TILI ONLINE OLIMPIADA NATIJALARI🌟

Amaliy fanlar fakulteti, G'arb tillari kafedrasi tomonidan Ingliz tilidan online olimpiada telegram platformasida Quiz ilovasi orqali o'tkazildi. Mazkur olimpiadada 60ga yaqin talabalar qatnashishdi va ularning asosini 1-kurs Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi talabalari tashkil etdi. Online quizda talabalar o'zlarining topqirlik va zukkoliklarini sinovdan o'tkazishdi.

📢 Natijalar esa quyidagicha:

🥇🏆 Shaxzoda Bekpo'latova, Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi, B guruh 1-bosqich;

🥈 Zarnigor Abdumajidova, Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi, B guruh 1-bosqich, Akbarjon Rahmatov, Falsafa ( arab-ingliz) yo'nalishi, 3-bosqich;

🥉 Kamronbek Inoyatullayev, Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi, B guruh 1-bosqich; Durdona Anvarova, Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi, A guruh, 1-bosqich.

Sovrinli o'rinlarni egallagan barcha talabalarni tabriklaymiz👏👏 , qolgan ishtirokchilarga esa faollik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

SHARQDAN XABARLAR

06 Jan, 15:21


#Yapon_tili_olimpiada_2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yaponshunoslik fakulteti jamoasi qishki taʼtil davrida "Yapon tili 1-kurs online fan olimpiadasi tashkil etildi. Umumiy 90 ga yaqin talabalar qatnashib, bu olimpiada o'ta qizg'in bo'lib o'tdi.

Natijalarga ko'ra:

🥇1-o'rin:
Ismoilov Shamshodbek Shamsiddin o'g'li - 96 ball

🥈2-o'rin:
Tuxtasinova Maftuna Temurovna - 94 ball
Keldibekova Ma'mura Shuhrat qizi - 94 ball

🥉3-o'rin:
Matigullina Ilyana Ilfatovna - 92 ball
Abdukarimov Abdulxay Bobomurodovich - 86 ball


G'olib va faol qatnashgan talabalarni diplom va esdalik sovg'alari bilan qishki ta'tildan qaytganlaridan keyin taqdirlanadilar.

SHARQDAN XABARLAR

06 Jan, 15:01


⚡️⚡️⚡️

🌓 KECHKI TAFAKKUR 🌓

Машойихлардан бири ҳикоя қилади: Бир куни шайхимга: "Устоз, ушбу китобни тўлиқ ўқиб чиқдим, лекин хотирамда бу китобдан ҳеч нарса қолмади", дедим.

Шунда устозим бир дона хурмо бериб: "Буни чайнаб егин деди" ва бироздан сўнг менга: "Катта бўлиб қолдингми?", деди.
Мен: "Йўқ", дедим.

Устозим: "Лекин бу хурмо майда-майда бўлиб, сенинг жасадингда гўшт, суяк, пай, тери, соч ва тирноқларга айланган", деди.

Шундан англаб етдимки, мен ўқиётган китоб ҳам майда-майда бўлиб, ўзим билмаган ҳолда менинг луғат бойлигимни оширар, ақлимни зиёда қилар, ахлоқимни сайқаллар ҳамда гапириш услубимни гўзал қилар экан".

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

04 Jan, 05:35


Фаробий ҳақида 10 та факт (+видео)

“Алломаларимиз ҳақида 10 та факт” лойиҳамизнинг бу галги сонида Абу Наср Фаробий тўғрисидаги муҳим фактлар билан танишишингиз мумкин.

🎥 https://youtu.be/EH70Czuyz50

Батафсил: https://uza.uz/posts/674290

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

SHARQDAN XABARLAR

04 Jan, 05:22


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

Ayni damda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshida tashkil qilingan "Oliy ta'limda inklyuziv ta'limni tashkil etish asoslari" onlayn kursi boshlandi.

Unda TDShU professor-o'qituvchilari ishtirok etishmoqda

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 16:19


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

Қишки таътил режасига мувофиқ, бугун 3 январь куни Хитойшунослик олий мактаби профессор-ўқитувчилари учун хитой тили ўқитиш методикасидан дарслар ташкил этилди.

Ўзбек-хитой Конфуций институти ўқитувчиси Си Сяофей "HSK 5 阅读 – Ўқиш кўникмасидаги қийинчиликлар ва уларни бартараф этиш" мавзусида маъруза қилди

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 15:43


⚡️⚡️⚡️

🌓 KECHKI TAFAKKUR 🌓

Тилшунос олимларни кўплари билан дўстман... . Профессор Қосимжон Содиқов "Девону луғотит турк"нинг қайта нашри уcтида иш олиб бормоқда. Академик Эргаш Фозилов Навоий асарларининг тўлдирилган ва батафсил шарҳланган луғатини тайёрламоқда... .
Академик Неъматулла Иброҳимов раҳбарлигида тайёрланган арабча-ўзбекча мукаммал луғат яқин ойларда дунё юзини кўражак. Шарқшунос олим Муҳаммаджон Имомназаров ўз шогирдлари билан "Хамса"нинг тўла сўзлиги, конкардансини тузмоқда. Булар, албатта, олижаноб ишлар... . Лекин армон армонлигича қолади. Олимларимиз зиммасида мумтоз адабиётимизнинг мукаммал сўзлигини тузиб беришдек улкан бурч турибди... .

©Эркин Воҳидов, "Сўз латофати"

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 15:23


Туркистон жадидлик ҳаракатининг асосчиси, атоқли адиб ва жамоат арбоби, ношир ва педагог Маҳмудхўжа Беҳбудий таваллудининг 150 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

Батафсил: https://uza.uz/posts/674295

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 14:51


📣SHARQDAN CHORLOV!!!

"Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" instituti, "Tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi va "Barqaror iqtisodiy rivojlanish" markazi hamkorlikda qishki taʼtil davrida talabalar uchun onlayn olimpiada tashkil qilmoqda.

👉6 yanvar kuni, soat 14:00 kahoot saytida "Kahoot test" shaklida tashkil etiladi.
Bellashuvda qatnashish istagan talabalar quyidagi linkka kirishlari so'raladi:

https://t.me/+mDLmj4iEAr85MDY6

👉"Jahon iqtisodiyoti” fani bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'ring.

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 12:07


#tanlov


⚡️⚡️⚡️

Eronshunoslik va afg'onshunoslik oliy maktabi talabalarning qishki ta'tildagi vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Dariy tilidan onlayn olimpiada e'lon qiladi.

Dariy tilidan olgan bilimlaringizni sinovdan o'tkazish vaqti keldi. Olimpiadada ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi manzilga qo'shilib olishlari lozim:

https:/t.me/+vwd2mxRqqVk4MzYy

📅4-yanvar
🕛12:00 da
🏛Telegram ijtimoiy tarmog'ida

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 11:28


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN CHORLOV‼️

"Sharq sivilizatsiyasi va falsafa" fakulteti "Markaziy osiyo xalqlari tarixi" kafedrasi qishki taʼtil davrida sizlar uchun onlayn olimpiada tashkil qilmoqda.

👉6 yanvar kuni, soat 12:00 da telegram platformasida "Quiz test" shaklida tashkil etiladi.
Bellashuvga qatnashish istagini bildirganlar quyidagi linkka kirishlari so'raladi.
https://t.me/olimpiada_moxt2025

👉"O'zbekiston tarixi" bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'ring.

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 07:01


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR ‼️

Bugun, 03-yanvar kuni Amaliy fanlar fakultetining barcha professor-o’qituvchilari istirokida qishki ta’til rejasiga muvofiq Nodir Karimov tomonidan “Oliy ta’limda ilmiy faoliyatni xalqarolashuvi va transformatsiyasi: mahalliy va global amaliyot” nomli ma’ruza qilindi.

Unda fakultet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 06:43


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN CHORLOV‼️

Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi qishki taʼtil davrida sizlar uchun onlayn "Sevimli tarjima asarim" nomli bellashuv tashkil qilmoqda.

Olimpiada 6-yanvar kuni telegram platformasi orqali o’tkaziladi.

Mirojaat uchun: +998935705769

“Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi”ning rasmiy telegram kanali
https://t.me/TXJxabarlari

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 05:30


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

Ayni damda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshida tashkil qilingan "Oliy ta'limda inklyuziv ta'limni tashkil etish asoslari" onlayn kursi boshlandi.

Unda TDShU professor-o'qituvchilari ishtirok etishmoqda

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

03 Jan, 04:52


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN CHORLOV‼️

"Oliy ta'limda inklyuziv ta'limni tashkil etish asoslari'" kursida o‘qish uchun havolalar:

Onlayn mashg‘ulotlari uchun:
- Youtube videoxostingida https://www.youtube.com/@bimmuz_official
- Zoom ilovasida: https://zoom.us/j/99264752561?pwd=3zRe0Xp0HeUv84oaG9pDfFeGKbibLR.1
Identifikator: 992 6475 2561
Kod: 968529

Oflayn mashg‘ulotlari uchun
- Oflayn mashg‘ulotlar Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mk.bimm.uz - masofaviy kurslar platformasi orqali o‘zlashtiriladi. Mazkur platformaga pedagog kadrlar o‘zlarining Elektron portfolio (pf.bimm.uz) tizimidagi loginlari yoki OneID tizimi orqali kirishlari mumkin.
- https://mk.bimm.uz/courses/view/22

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

02 Jan, 15:10


⚡️⚡️⚡️

🌓 KECHKI TAFAKKUR 🌓

"OK" so'zining siz bilmagan tarixi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:55


⚡️⚡️⚡️

🌓 KECHKI TAFAKKUR 🌓

​​ХАССА.....

Ўғлим, ишдамисан?
– Ҳа, дада, тинчликми?
– Ўзим, ёнингга бормоқчиман…
Ўғилнинг пешанаси тиришиб кетди. Бугун текширувга катта одамлар келиши керак. Уларнинг ёнида қалтираб, ҳассасига суяниб кириб келаётган дадасини кўз олдига келтирди. Телефонни қулоғига босганча шоша-пиша ташқарига чиқди.
– Дада, мен ишдамасман, ҳозир анча узоқдаман, иш билан кетгандим, нега эди ўзи?
– Ҳа, майли, унда болам, ишингдан қўймай, ўзингни эҳтиёт қил, болаларингга салом айт. Бугун келасанми?
– Оббо дада, яқинда бордим-ку! Майли, мени чақиришяпти.
Ўғил аслида ҳеч ким чақирмаган бўлса-да, "ҳозир” дедию тугмачани босди. "Мени бекорчи деб ўйлашади, шекилли…”
Чол гўшакдан эшитилаётган қисқа товушларга бир муддат қулоқ тутиб турдию хўрсинганча босиб қўйди. Айтолмади. Нима ҳам десин? Ўғли катта жойда ишлайди, югур-югури кўп, ёдидан чиққандир-да. Ҳа, майли… Рости озроқ пул сўрамоқчи эди. Керак эди-да бугун. Керак вақтда топилмайди ўзи.
Чол қалтироқ қўллари билан дафтарчани титкилаб, кенжасининг рақамларини терди.
– Ҳа, дада, тинчмисиз? Шу сизга телефон олиб берган кундан буён тинч ўтирмайдиган бўлдингиз-да...
Ҳол-аҳвол сўрашни ҳам насия қилган кенжасидан бироз дили ранжиган бўлса-да, сездирмади. "Бола-да…”
– Менга… Ҳалиги, озгина пул…
– Дада-ей, уйда ўтирган одамга нимага пул керак? Ҳар ой рўзғорни бутлаб қўйсак. Кеча акам ҳам қарз сўраганди. Бойнинг боласи бўлсам экан… Иннайкейин пенсияни шиқирлатиб олаётган бўлсангиз, нима қиласиз яна пулни?
Ўғил дадаси билан тезгина хайрлашдию гўшакни қўйиб қўйди. "Телефонларига пул ташлаб берган мен аҳмоқ, сал нарсага безовта қилаверадилар… Нима, мен буларга пул заводимидим?”
Чолнинг чап кўксида нимадир ғижимланаётгандек бўлди. Пенсия… Икки кун олдин хотини келиб, "Набирангизнинг контрактини тўламасак, ўқишдан ҳайдаб юборади”, деб пенсияга қўшиб ўлимлик пулларини ҳам олиб кетганидан хабари йўқмикин? Балки унутгандир. Пул-ку майли, лекин бугунги кунни қандай унутган бўлиши мумкин?
Чол дафтарчанинг сарғайиб кетган варақларидаги қизининг рақамларига бироз термилиб турди-да, секингина нари сурди. "Тушган жойида тиниб-тинчиб ўтирса бўлгани…”
Чол дарвозадан ташқарига чиқди-ю, қаерга боришини билмай жовдиради. Умрида бировдан қарз олмаган бўлса. Бунинг устига Фалончиевнинг дадаси қўшнидан қарз сўраб чиқибди деган гап ўғлининг шаънига тўғри келмайди. Катта жойда ишлайди ахир…
Чол узоқ муддат кўча тентиради. Бозорнинг ёнидан ўтаётиб чўнтагига қўл солди. Бели букилавериб адо бўлган беш юз сўмлик пулни ушлаб-ушлаб қўйди. Нимага ҳам етарди бу?.. Кўнгли тўлиб кетди.
Сал наридаги эски-тускилар сотиладиган растага кўзи тушди. Эгасига хизматини адо этиб бўлгач, кераксизга айланган, энди янги эгаларини мунғайганча кутиб турган буюмларга, ўзи ҳам анча "эскириб” қолган қари сотувчига кўз ташлаб, ҳассасини дўқиллатганча ўша томонга йўл олди.
Чол ялтироқ қоғозга ўралган нарсани бағрига босганча тошбақа юриш қилиб келар, ўқтин-ўқтин ўрамнинг бир четидан кўриниб турган ерига қараб кулиб қўярди. "Яхши бўлди, кўнглимдагисидан олдим…”
– Қаерларда юрибсиз? Одамни хавотирдан ўлдирдингиз-ку? Саҳарлаб қаёққа чиқиб кетгандингиз?
Дарвоза олдидаги ўриндиққа ўтириб олиб йўл қараётган момонинг хиралашган кўзлари чолини аранг таниб, ўрнидан қийналиб қўзғалди.
– Ишим бор эди-да, кампир! – деворга суяна-суяна бир амаллаб етиб келган чол кампирининг ёнига чўкиб, нафас ростлади.
– Вой ўлай, ҳассангиз қани?
– Сен борсан-ку, ҳассани нима қиламан? – чол жилмайиб, қўйнидаги қоғозга ўроғлиқ нарсани кампирига узатди.
– Нима бу буваси?
– Туғилган кунинг билан аяси! Бахтимизга соғ бўлгин илойим…
Кампир ёшланиб кетган кўзлари билан бир эллик йиллик жон йўлдошига, бир қўлларида товланиб турган яп-янги рўмолга қараганча ҳаяжонланар, ингичка, серажин лаблари титраганча "Вой, вой, ўзим ўргилай-а”, деб қўярди.
Ўғиллари, қизлари, ҳаттоки кампирининг ўзи ҳам унутиши мумкин бўлган бу кунни унутмаганди чол, ҳеч унутмасди…

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:47


⚡️⚡️⚡️

Dilshod Ro'ziqulov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:47


⚡️⚡️⚡️

Jumali Shabanov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:46


⚡️⚡️⚡️

Boqijon To‘xliyev,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:45


⚡️⚡️⚡️

💥 XUSHXABAR 💥

TDSHU dotsenti, Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi ustozi RO'ZIQULOV DILSHOD SHUHRAT O'G'LI Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi💥💥💥

TDSHU jamoasini va ustozni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz‼️

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:42


⚡️⚡️⚡️

💥 XUSHXABAR 💥

TDSHU dotsenti, Turkshunoslik oliy maktabi ustozi, "Turkshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi rahbari", filologiya fanlari nomzodi SHABANOV JUMALI KAZIMOVICH Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi💥💥💥

TDSHU jamoasini va ustozni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz‼️

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:40


⚡️⚡️⚡️

💥 XUSHXABAR 💥

TDSHU professori, Turkshunoslik oliy maktabi ustozi, filologiya fanlari doktori BOQIJON TO'XLIYEV Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qabul qilindi💥💥💥

TDSHU jamoasini va ustozni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz‼️

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 15:04


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

Бугун қишки таътил режасига мувофиқ, Шарқ халқлари тиллари ва адабиёти институтида "Мамлакатимизда амалга оширилаётган гендер сиёсати ва университетимизда фаолият юритаётган хотин-қизлар манфаатлари" мавзусида семинар бўлди.

Ушбу семинар Институт Хотин-қизлар Кенгаши раиси Ширин Зайнутдинова томонидан олиб борилди

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 14:59


Фаластинлик 100 нафар болалар ва аёллар Ўзбекистонга эвакуация қилингани видеоси

🔗 https://islom.uz/maqola/23105

🕋 @islomuz

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 09:18


📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

Бугун қишки таътил режасига мувофиқ, Шарқ цивилизацияси ва фалсафа факультетида "Талабалар билан ишлашнинг замонавий педагогик усуллари" мавзусида семинар бўлди.

Ушбу семинар ТДШУ Педагогика ва психология кафедраси катта ўқитувчиси Р.Хайдарова томонидан олиб борилди

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 07:19


Абдулла Арипов қардош Озарбайжон халқига таъзия билдирди

Бугун, 27 декабрь куни Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Арипов Озарбайжон Республикасининг мамлакатимиздаги элчихонасига ташриф буюриб, элчи Гусейн Гулиев орқали бутун қардош Озарбайжон халқига таъзия билдирди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/114605

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/114605

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

SHARQDAN XABARLAR

27 Dec, 07:13


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR ‼️

Bugun, 27-dekabr kuni Amaliy fanlar fakultetining barcha professor-o’qituvchilari istirokida qishki ta’til rejasiga muvofiq Timur Sattarov tomonidan “Talabalar bilan ishlashning psixologik xususiyatlari” nomli ma’ruza qilindi.

Unda fakultet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

08 Dec, 03:09


#8_dekabr_Konstitutsiya_kuni

☀️☀️☀️
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan.

Bayram TDSHU jamoasiga qutlug‘ bo‘lsin!
Qonun ustuvor - yurt obod bo‘lsin!


➡️ @sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

07 Dec, 08:24


#ma'rifat_ulashib_loyihasi

📣Sharqdan chorlov‼️

2024-yilning 10-dekabr kuni navbatdagi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga taniqli ijodkorlar – Faxriddin Hayit, Farog‘at Xudoyqulova va Bobur Hamroyev tashrif buyuradi.

Talaba-yoshlarni kitobxonlik mutolaasiga jalb qilish, badiiy tafakkurini o'stirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga barcha yoshlarni taklif etamiz.

➡️ @sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

06 Dec, 16:31


❗️Diqqat, viktorina!

Oyina.uz portali Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Adolat ovozi” viktorinasini oʻtkazadi.

Viktorina 2024-yil 10-dekabr kuni soat 16:00 da boshlanib, 20:00 ga qadar davom etadi. Ishtirokchilar Konstitutsiya va madhiyamizga doir 15 ta test savoliga (har bir savolga 20 soniya) javob berishlari kerak. Savollarga eng tez va eng koʻp toʻgʻri javob bergan 3 nafar ishtirokchi gʻolib deb topiladi va quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin – Smart soat (XO-M8 mini);
2-oʻrin – Quloqchin (A997BL);
3-oʻrin – Powerbank (XO-PR205).


Viktorinada ishtirok etish uchun @oyina_quiz_bot dan roʻyxatdan oʻting va bayramni sovgʻalar bilan kutib oling!

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

SHARQDAN XABARLAR

06 Dec, 12:41


#ma'rifat_ulashib_loyihasi

😄2024-yilning 10-dekabr kuni navbatdagi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga taniqli ijodkorlar – Faxriddin Hayit, G'ulom Abdiyev va Bobur Hamroyev tashrif buyuradi.

Talaba-yoshlarni kitobxonlik mutolaasiga jalb qilish, badiiy tafakkurini o'stirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga barcha yoshlarni taklif etamiz.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

SHARQDAN XABARLAR

06 Dec, 07:28


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️

2024-yil 4-dekabr kuni TDShU psixologi Barno Kalonova, Amaliy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Shakirova Dilfuza universitet profilaktika inspektori leytenant Joʻrayeva Muazzam va TDIU profilaktika inspektori leytenant Raimova Diyora bilan birgalikda 1-kurs talabalari ishtirokida “Oiladagi konfliktlar, oilaviy zoʻravonlik va uni oldini olishning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

29 Nov, 08:01


#Zakovat #Poytaxt

🗣 Talabalar festivali doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Boshlangpich tashkiloti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan "V Sharqshunos talabalar festivali" doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.

🙋 Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlarda 500 dan ortiq talaba-yoshlar iborat 80 ta jamoa o‘zaro bahs olib bordi.

🎉 Gʻolib jamoalarga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Festival doirasidagi loyihalar davom etmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

SHARQDAN XABARLAR

29 Nov, 06:30


#xalqaro_ziyorat_turizmi_haftaligi

📣Sharqdan yangiliklar‼️

Ayni paytda Buxoro shahrida “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida davlatchiligimizning  tamalini qurgan hukmdorlardan biri Alp Er To‘nga shaxsiyati va faoliyatiga bag‘ishlangan soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning davra suhbati boʻlib oʻtmoqda.
Ana shu xalqaro tadbirda TDSHUning yetakchi mutaxassi -  Q.Sodiqov chiqish qilmoqda.

@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

29 Nov, 06:09


https://uza.uz/uz/posts/buxoroda-tabarruk-ziyorat-xalqaro-ziyorat-turizmi-haftaligi-boshlandi_661704

SHARQDAN XABARLAR

29 Nov, 05:46


☑️Har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi.

➡️oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

➡️oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

➡️Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

➡️Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!

SHARQDAN XABARLAR

29 Nov, 05:31


Давлатимиз раҳбарига ижтимоий муҳитни мустаҳкамлаш ҳамда диний маърифатни ривожлантириш борасидаги ишлар ҳақида ахборот берилди.

Главе государства доложено о принимаемых мерах по укреплению социальной среды и развитию религиозного просвещения.

#Mirziyoyev #yigilish #manaviyat #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

SHARQDAN XABARLAR

19 Nov, 02:44


#ma'rifat_ulashib_loyihasi

😄2024-yilning 10-dekabr kuni navbatdagi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga taniqli ijodkorlar – Faxriddin Hayit, G'ulom Abdiyev va Bobur Hamroyev tashrif buyuradi.

Talaba-yoshlarni kitobxonlik mutolaasiga jalb qilish, badiiy tafakkurini o'stirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga barcha yoshlarni taklif etamiz.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

SHARQDAN XABARLAR

18 Nov, 15:45


⚡️⚡️⚡️

🌓 KECHKI TAFAKKUR 🌓

​​ХАССА.....

Ўғлим, ишдамисан?
– Ҳа, дада, тинчликми?
– Ўзим, ёнингга бормоқчиман…
Ўғилнинг пешанаси тиришиб кетди. Бугун текширувга катта одамлар келиши керак. Уларнинг ёнида қалтираб, ҳассасига суяниб кириб келаётган дадасини кўз олдига келтирди. Телефонни қулоғига босганча шоша-пиша ташқарига чиқди.
– Дада, мен ишдамасман, ҳозир анча узоқдаман, иш билан кетгандим, нега эди ўзи?
– Ҳа, майли, унда болам, ишингдан қўймай, ўзингни эҳтиёт қил, болаларингга салом айт. Бугун келасанми?
– Оббо дада, яқинда бордим-ку! Майли, мени чақиришяпти.
Ўғил аслида ҳеч ким чақирмаган бўлса-да, "ҳозир” дедию тугмачани босди. "Мени бекорчи деб ўйлашади, шекилли…”
Чол гўшакдан эшитилаётган қисқа товушларга бир муддат қулоқ тутиб турдию хўрсинганча босиб қўйди. Айтолмади. Нима ҳам десин? Ўғли катта жойда ишлайди, югур-югури кўп, ёдидан чиққандир-да. Ҳа, майли… Рости озроқ пул сўрамоқчи эди. Керак эди-да бугун. Керак вақтда топилмайди ўзи.
Чол қалтироқ қўллари билан дафтарчани титкилаб, кенжасининг рақамларини терди.
– Ҳа, дада, тинчмисиз? Шу сизга телефон олиб берган кундан буён тинч ўтирмайдиган бўлдингиз-да...
Ҳол-аҳвол сўрашни ҳам насия қилган кенжасидан бироз дили ранжиган бўлса-да, сездирмади. "Бола-да…”
– Менга… Ҳалиги, озгина пул…
– Дада-ей, уйда ўтирган одамга нимага пул керак? Ҳар ой рўзғорни бутлаб қўйсак. Кеча акам ҳам қарз сўраганди. Бойнинг боласи бўлсам экан… Иннайкейин пенсияни шиқирлатиб олаётган бўлсангиз, нима қиласиз яна пулни?
Ўғил дадаси билан тезгина хайрлашдию гўшакни қўйиб қўйди. "Телефонларига пул ташлаб берган мен аҳмоқ, сал нарсага безовта қилаверадилар… Нима, мен буларга пул заводимидим?”
Чолнинг чап кўксида нимадир ғижимланаётгандек бўлди. Пенсия… Икки кун олдин хотини келиб, "Набирангизнинг контрактини тўламасак, ўқишдан ҳайдаб юборади”, деб пенсияга қўшиб ўлимлик пулларини ҳам олиб кетганидан хабари йўқмикин? Балки унутгандир. Пул-ку майли, лекин бугунги кунни қандай унутган бўлиши мумкин?
Чол дафтарчанинг сарғайиб кетган варақларидаги қизининг рақамларига бироз термилиб турди-да, секингина нари сурди. "Тушган жойида тиниб-тинчиб ўтирса бўлгани…”
Чол дарвозадан ташқарига чиқди-ю, қаерга боришини билмай жовдиради. Умрида бировдан қарз олмаган бўлса. Бунинг устига Фалончиевнинг дадаси қўшнидан қарз сўраб чиқибди деган гап ўғлининг шаънига тўғри келмайди. Катта жойда ишлайди ахир…
Чол узоқ муддат кўча тентиради. Бозорнинг ёнидан ўтаётиб чўнтагига қўл солди. Бели букилавериб адо бўлган беш юз сўмлик пулни ушлаб-ушлаб қўйди. Нимага ҳам етарди бу?.. Кўнгли тўлиб кетди.
Сал наридаги эски-тускилар сотиладиган растага кўзи тушди. Эгасига хизматини адо этиб бўлгач, кераксизга айланган, энди янги эгаларини мунғайганча кутиб турган буюмларга, ўзи ҳам анча "эскириб” қолган қари сотувчига кўз ташлаб, ҳассасини дўқиллатганча ўша томонга йўл олди.
Чол ялтироқ қоғозга ўралган нарсани бағрига босганча тошбақа юриш қилиб келар, ўқтин-ўқтин ўрамнинг бир четидан кўриниб турган ерига қараб кулиб қўярди. "Яхши бўлди, кўнглимдагисидан олдим…”
– Қаерларда юрибсиз? Одамни хавотирдан ўлдирдингиз-ку? Саҳарлаб қаёққа чиқиб кетгандингиз?
Дарвоза олдидаги ўриндиққа ўтириб олиб йўл қараётган момонинг хиралашган кўзлари чолини аранг таниб, ўрнидан қийналиб қўзғалди.
– Ишим бор эди-да, кампир! – деворга суяна-суяна бир амаллаб етиб келган чол кампирининг ёнига чўкиб, нафас ростлади.
– Вой ўлай, ҳассангиз қани?
– Сен борсан-ку, ҳассани нима қиламан? – чол жилмайиб, қўйнидаги қоғозга ўроғлиқ нарсани кампирига узатди.
– Нима бу буваси?
– Туғилган кунинг билан аяси! Бахтимизга соғ бўлгин илойим…
Кампир ёшланиб кетган кўзлари билан бир эллик йиллик жон йўлдошига, бир қўлларида товланиб турган яп-янги рўмолга қараганча ҳаяжонланар, ингичка, серажин лаблари титраганча "Вой, вой, ўзим ўргилай-а”, деб қўярди.
Ўғиллари, қизлари, ҳаттоки кампирининг ўзи ҳам унутиши мумкин бўлган бу кунни унутмаганди чол, ҳеч унутмасди…

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

18 Nov, 15:02


⚡️⚡️⚡️

#xalqaro_jurnalistika_talabalari

ТДШУ Халқаро журналистика йўналиши 1 курс талабалари томонидан "Соғлом турмуш тарзи" мавзусида репортаж тайёрланди

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

18 Nov, 14:53


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

Xitoyshunoslik oliy maktabi talabalari uchun TDShU hamkor universiteti ХХR Gansu provinsiyasi siyosatshunoslik va huquq universiteti, dosenti Gao Ge Xitoy adabiyoti fanidan “Xitoy mifologiyasi” mavzusida ma’ruza qildi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

18 Nov, 14:52


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

Бугун ТДШУ ҳамкори, ХХРнинг Гансу провинцияси ЮНЕСКО ташкилоти вакили Пронькина Ольга ва Гансу провинцияси сиёсатшунослик ва хуқуқ университети хитой адабиёти ва журналистика факультети доценти Айжан Белек, ТДШУ Хитойшунослик олий мактаби бошлиғи Феруза Хасанова ҳамроҳлигида Чирчиқ шаҳридаги 18-ўрта умумтаълим мактабга ташриф буюришди.

Ташриф давомида хитойлик мутахассислар мактаб ўқувчилари учун "Дунхуан шаҳри ёдгорликлари", "Хитой маданияти" каби мавзуларда амалий дарс ўтишди.

Дарслардан сўнг мактаб директори Улуғбек Имомалиев билан истиқболдаги режалар хусусида суҳбат бўлиб ўтди

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

18 Nov, 13:39


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

Айни вақтда Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинганлигининг 33 йиллиги муносабати билан Тошкент шаҳрида “Миллат байроғи” шиори остида тадбир бўлиб ўтмоқда.

Унда ТДШУ жамоаси ҳам иштирок этмоқда

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

18 Nov, 09:54


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

Айни вақтда "Заковат Арена"да "Ёшлар муаммолари йўналишлари бўйича очиқ мулоқот форуми" бўлиб ўтмоқда.

Унда ТДШУ талабалари ўз тьюторлари билан бирга иштирок этишмоқда

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

15 Nov, 02:59


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

Hindistonning Uttarakxand shtati Gerseyn Chamoli shahridagi Oliygohdan keyingi ta’lim davlat universitetining Hindi tili kafedrasi Dehradun hindi tili markazi bilan hamkorlikda 12-13-noyabr kunlari tashkil etgan “Xorij va hindi adabiyoti: o‘zaro ta’sir masalalari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada TDSHU Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi professori Ulfatxon Muxibova o‘zining “Hindi adabiyotida dalitlar masalasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan onlayn tarzda ishtirok etdi

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

15 Nov, 02:57


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

#Ochiq_dars

14-noyabr sanasida
Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi  katta o‘qituvchisi Maktuba Murtazaxodjayeva tomonidan 2-kurs hind-ingliz guruhida “ख़रीदारी” matni yuzasidan amaliyot mavzusidagi ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

14 Nov, 16:22


⚡️⚡️⚡️

# Ochiq dars

Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ochiq dars shaklidagi interfaol dars 17-maqsad: Partnerships for the Goals

2024-yil 14-noyabr kuni G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchisi Komilova Doldora Shavkatovna Barqaror rivojlanish maqsadlari - 17-maqsad: Partnerships for the Goals mavzusiga bag‘ishlangan, 2-kurs Tarix Yapon va Koreys yo'nalishi talabalari bilan birgalikda interfaol ochiq darsini o‘tkazdilar.

@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

14 Nov, 16:08


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

Бугундан бошлаб 2024/25 ўқув йилига мўлжалланган "Шарқшунос лидер қизлар клуби" ўз фаолиятини бошлади

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

14 Nov, 12:22


#toʻgarak

⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

2024-yilning 14-noyabr kuni Eronshunoslik va afg'onshunoslik oliy maktabining xorijlik katta o'qituvchisi Muhammadrizo Asloniy rahbarligidagi "Fors adabiyoti" to'garagi mashg'uloti o'tkazildi.

To'garak mashg'ulotida Abulqosim Firdavsiyning "Shohnomasidan" گذر سیاوش از آتش dostoni tahlil qilindi.

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

14 Nov, 11:00


📣SHARQDAN CHORLOV❗️

Koreyashunoslik oliy maktab tomonidan tashkil etilgan "GKS grantiga hujjat topshirish" to’garagi start olmoqda!!! To’garakka  barcha koreys tiliga qiziquvchilarni taklif qilamiz.

To’garak har oyning oxirgi juma  Universitetning B-blok 604- xonada soat 13.30 da bo’lib o’tadi.

SHARQDAN XABARLAR

14 Nov, 06:50


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR❗️

Айни пайтда ТДШУ профессор-ўқитувчилари учун университетда илмий фаолиятни янада ривожлантириш ва халқаро лойиҳаларни ташкил этиш юзасидан фаолиятни такомиллаштириш бўйича масалалар кўриб ўтилмоқда

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

10 Nov, 18:54


⚡️⚡️⚡️
#Xushxabar #Talabalar_yutuqlari

Hindistonning Panjob shtati Amritsar shahridagi Hindu kolleji hindiy tili kafedrasi tomonidan “Hindiy tili haftaligi” doirasida tashkil etilgan 2 ta yoʻnalishdagi — “Reklama tayyorlash” va “Hindiy tilida aforizmlar yozish” tanlovlarida dunyoning turli mamlakatlaridan 212 nafardan ortiq talaba o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdi. 2 hafta davom etgan ushbu xalqaro tanlovda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining hindiy tilini o'rganuvchi bakalavriat bosqichidagi jurnalist-talabalar ham munosib qatnashib, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar orasida TDShU Jurnalistika: xalqaro jurnalistika ta'lim yoʻnalishi (kechki) 5-bosqich hind-ingliz guruhining iqtidorli talabalari Umida Mansurova, Shahnoza Toshtemirova, Mirvohid Xidayev va Jamshid Karimov “Reklama tayyorlash” va “Hindiy tilida aforizmlar yozish” yo'nalishlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

10 Nov, 15:21


⚡️⚡️⚡️

🌓 KECHKI TAFAKKUR 🌓

— "Онажон, тушунмаяпсиз!",
Фарзанд хитоб қилди онага бир дам.

Онаизор айтди:
— "Тушунганманку, xатто гапирмаган пайтларингда ҳам"...

©Хайрулла Хамидов

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

10 Nov, 04:35


⚡️⚡️⚡️

🎹🎼 SHARQ TARONALARI‼️

Анъанага мувофиқ, якшанба кунида "Шарқ тароналари"‼️

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

09 Nov, 15:22


📸Futbol musobaqasidan fotolavhalar

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

SHARQDAN XABARLAR

09 Nov, 15:22


📹"V Sharqshunos talabalar festivali" doirasida boʻlib oʻtgan "Rektor kubogi" uchun futbol musobaqasidan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagramd

SHARQDAN XABARLAR

07 Nov, 15:53


5️⃣5️⃣5️⃣ #kitobxonlik

🔺"Kitob mening do‘stim" respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tadi. Universitetda g‘olib bo‘lgan talabalar hududiy va respublika bosqichlarida bellashadilar.

Ko‘rik-tanlov shartlari quyidagicha:
1. "Bilimdon kitobxon" sharti (test shaklida)da, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida test (30 ta savoldan iborat) o‘tkaziladi. Har bir savolga yarim ball qo‘yiladi. To‘liq 30 ta savolga javob bergan talaba 15 ballni qo‘lga kiritadi.
2. "Annotatsiya mahorati" shartida, ishtirokchi tomonidan "Men yoqtirgan asar" nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha ma'lumotlar - annotatsiya beriladi. Bu shartda talaba 20 ballgacha ball to‘plashi mumkin.
3. "Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish" shartida, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni amalga oshiriladi. Bu shartda 15 ballgacha ball to‘plashi mumkin.

📝 Jami to‘plangan eng yuqori yakuniy ball 50 ball hisoblanadi.

➡️Aziz talabalar hududiy va respublika tanlovida test savol-javoblari Oybekning "Navoiy" romani, Lev Tolstoyning "Urush va tinchlik" asari, Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" asari, Ernest Xemungueyning "Afrikaning yashil tepaliklari", Erkin Malikning "Baxtsizlikdan baxt topgan Tohir Malik" asari, O‘tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari, Tog‘ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" asari, Nurali Qobulning "Qalb qasrining sultoni Amir Temur" asari, Said Ahmadning "Qora ko‘z majnun" asari, Fyoder Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" asari asosida tuziladi.

❗️Oz vaqt qoldi, qunt bilan tayyorgarlik ko‘ring!

📍O‘tkazilish joyi va vaqti:
🟢Axborot resurs markazi;
🟢12-noyabr, 15:00.

🎤 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @jahon_5

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

SHARQDAN XABARLAR

07 Nov, 13:58


⚡️⚡️⚡️

🌔 КЕЧКИ ТАФАККУР 🌔

Бир луқмага бир луқма!

Бир аёл ёлғиз ўғли билан яшар эди. Фарзанд баъзи сабабларга кўра сафарга жўнаб кетди. Аёл уйда ёлғиз қолди. Кунларнинг бирида аёл одатдагидек таомланиш учун дастурхонга ўтирди. Аёл фақир эди. Шу сабабли дастурхонда бир бурда нон ва сарёғга ўхшаш нарса бор эди. Танаввул қилишни бошлади. Тасодифан эшик таққилаб, бир одам садақа сўраб келди. Аёл танаввул қилиш учун оғзига солмоқчи бўлган нонни дарҳол қайтарди ва сўровчига бериб юборди. Ўша кеча оч ҳолатда тонг оттирди. Вақтлар ўтиб, фарзанд сафардан келди. Одатдагидек, фарзанд сафар таассуротларини онасига айта бошлади. Сафар мобайнида уни жуда ҳам таъсирлантирган бир воқеани онасига қуйидагича сўзлаб берди: “Йўлда кетаётган эдим. Олдимдан бир шер чиқиб қолди. Бир ўзим қолиб кетгандим. Ундан қочишга ҳаракат қилдим. Аммо, қоча олмадим ва шер тагида қолиб кетдим. У бошимни ғажишга шайланиб турган эди. Умидимни узгандим. Тасодифан оппоқ кийим кийган бир киши олдимда пайдо бўлди ва мени шер чангалидан халос қилди. Халос қилгач, менга қарата: “Бир луқмага бир луқма!”, - деди. Мен унинг бу сўзидан нимани мақсад қилганини англамадим”.
Аёл воқеани эшитар экан, ушбу воқеъа қачон содир бўлганини сўради. Фарзанд воқеа содир бўлган вақтни айтди. Маълум бўлдики, бу воқеа аёл танаввул қилиш учун ҳозирлаган таомини оғзига солиш арафасида турганида бир сўровчи келиб қолди. Аёл ушбу таомни танаввул қилмасдан сўровчига бериб юборган вақтда содир бўлган эди. Аллоҳ таоло аёлнинг холис садақаси сабабли фарзандини шер оғзидан халос қилди.

Хулоса: Баъзан биз арзимас, деб ўйлаган садақа, эҳсонимиз яқинларимизнинг ҳаётини сақлаб қолишга сабаб бўлиши мумкин!

➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

07 Nov, 13:39


🇺🇿 "V Sharqshunos talabalar festivali" doirasidagi navbatdagi loyiha "Kahoot" enerjayzer o‘yini bo‘lib o‘tadi.

🔺O‘z bilimingizni namoyish etish vaqti keldi. Bunday fursatni qo‘ldan boy bermang!

📝 Ushbu intellektual o‘yin rus guruh talabalari ishtirokida rus tilida boʻlib oʻtadi.

Oʻyinda ishtirok etish uchun 5 nafar talaba-doʻstingizdan iborat jamoa tuzing va ro‘yxatdan o‘ting!
(Jamoa a’zolari bir institut yoki bir fakultetdan boʻlishi talab etiladi!)

🏆 G‘olib jamoalar festival yakunida universitet rahbariyati tomonidan quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🟡1 - oʻrin: 1.200.000 so‘m;
🟡2 - oʻrin: 1.000.000 so‘m;
🟡3 - oʻrin: 800.000 so‘m

📆 Oʻtkazilish vaqti: 15-noyabr (juma) kuni soat 15:00 da;
📍 Oʻtkazilish joyi: Universitet fayesi

📥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Abdumomin_701

🇷🇺 Следующим проектом в рамках "V Студенческого фестиваля востоковедения" станет захватывающая игра "Kahoot".

🔺Пришло время продемонстрировать свои знания. Не упустите эту возможность!

📝 Эта интеллектуальная игра пройдет на русском языке специально для участия студентов русских групп.

Для участия вам нужно собрать команду из 5 друзей и зарегистрироваться!
(Члены команды должны быть из одного института или факультета!)

🏆 По итогам фестиваля команды-победители будут вознаграждены руководством университета следующими денежными призами:
🟡1 - место: 1,200,000 сум;
🟡2 - место: 1,000,000 сум;
🟡3 - место: 800,000 сум

📆 Время проведения: 15 ноября (пятница) в 15:00;
📍 Место проведения: Фойе университета

📥 Для регистрации: @Abdumomin_701‌‌

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

SHARQDAN XABARLAR

07 Nov, 09:10


⚡️⚡️⚡️

# Debate

Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha Debate shaklidagi bahs-munozara darsi 5-maqsad: Gender tengligi

2024-yil 6-noyabr kuni G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchilari Komilova D. Sh. va Tadjibayeva B.B Barqaror rivojlanish maqsadlari - 5-maqsad: Gender tengligiga bag‘ishlangan, 4-kurs Falsafa fors va 3-kurs Filologiya koreys yo'nalishi talabalari o'rtasida bahs-munozara darsini o‘tkazdilar.

@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

07 Nov, 08:31


​​Европада Амир Темур даврига оид ўта ноёб Қуръон мусъҳафи топилди

Айтилишича, ҳозирда шахсий коллекцияда сақланаётган ноёб қўлёзма нархи бир неча ўн миллион долларга баҳоланиши мумкин. Темурийлар даврида яратилган муҳташам Қуръон мусъҳафи бош офиси Лондонда жойлашган Кристис ким ошди савдоси уйи ёрдамида топилди. Бу ҳақда Тошкентда бўлиб ўтаётган халқаро маданий мерос ҳафталиги доирасида Француз тадқиқотлар миллий марказининг ислом бўлими мудири профессор Карим Ифрак билдирди. Айтилишича, ҳозирда шахсий коллекцияда сақланаётган ноёб қўлёзма нархи бир неча ўн миллион долларга баҳоланиши мумкин.

Профессор Карим Ифрак:

Ушбу қўлёзманинг тарихи XIV-XV асрларга бориб тақалади. Унинг яратилиш тарихи ўзига хос рамзийликка эга, сабаби ундаги ҳар бир сўз олтин суви билан битилган. Китобнинг замонавий технологияларсиз, бундай усулда яратилгани унинг янада улуғвор ва бебаҳолигини таъминлайди. Айрим манбаларда бу Зангори мусъҳаф деб ҳам аталади. Уни ёзиш учун тўрт хил ноёб рангдан фойдаланилган ва мағрибий ёзувда Андалусияда кумуш суви билан кўчирилган. Қўлёзмада юқори сифатли араб хаттотлиги мавжуд бўлиб, кўпинча бу даврда машҳур бўлган насх хаттотлик услубида акс эттирилган. Темурийлар қўлёзмалари юқори сифатли материаллар, жумладан, нозик қоғоз ҳамда табиий пигментлар ёрдамида яратилган. Визуал жозибадорликни ошириш учун олтин суви ҳам ишлатилган.

Таъкидланишича, намунада Темурийлар сулоласининг маданий ва диний қадриятлари акс эттирилиб, Қуръоннинг ислом оламидаги аҳамияти ҳақида сўз боради. Бу Темурийлар даврининг ислом илми ва санъатини сақлаш ҳамда тарғиб этишга бўлган ҳаракатидан далолат беради.

Маълум қилинишича, бу каби қўлёзмалар турли тўпламларда сақланган бўлиб, тарихий, бадиий ва диний аҳамиятига кўра келиб чиқиши ўрганилмоқда. Ҳозирда Ислом цивилизацияси маркази ва Ўзбекистон маданий меросини ўрганиш, асраш ва оммалаштириш бўйича Бутунжаҳон жамияти билан ҳамкорликда қўлёзманинг факсимиле нусхасини Ўзбекистонга қайтариш бўйича иш олиб борилмоқда.

Ўзбекистон маданий мероси ҳафталиги давомида бундан ташқари кўплаб янгиликлар янграмоқда. Хусусан Ўзбекхон ва Амир Темур чевараси томонидан битилган қуръон қўлёзмалари ҳамда Бобурийларга оид мураққалар топилгани, Ипак йўли ҳақида видео ўйин яратилиши, Ўзбекистон ҳудудидан топилган илк петроглифлар тўпламини яратиш каби муҳим илмий ва маданий янгиликлар маълум қилинди.

https://society.uz/uz/news/detail/news/2137
22 Okt 2024, 14:25

SHARQDAN XABARLAR

24 Oct, 16:45


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN CHORLOV‼️

➡️ @sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

24 Oct, 15:06


⚡️⚡️⚡️
📣SHARQDAN YANGILIK‼️

24-oktabr sanasida TDSHU Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti Turkshunoslik oliy maktabi katta o'qituvchisi Farxod Gisarov filologiya yo'nalishi 2-kurs uyg'ur-ingliz guruhi talabalari bilan Toshkentdagi City Mall’da “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan multimedia ko‘rgazmasida bo'ldi
➡️@sharq_xabar

SHARQDAN XABARLAR

24 Oct, 12:33


Xalqaro konferensiyada ishtirok

"Renessans" kino uyining "Renessans-xoll" majmuasida “Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiyada “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsent v.b., PhD Hilola Mustapova ishtirok etdi.

@Xalqaro_munosabatlar

SHARQDAN XABARLAR

24 Oct, 08:45


#Milliy_taomlar

Bugun TDSHUning Sharq milliy taomlar oshxonasida Janubiy va Janub Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi katta o'qituvchisi Maktuba Murtazaxodjayeva va professor Manesh Kumar Mishra 2-kurs hind-ingliz guruhi talabalari uchun "O'zbek va hind taomlarining mushtarakligi" mavzusida masterklass o'tkazdilar. Unda o'zbek va hind milliy taomlari tayyorlandi.

Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi xabarlari telegram kanalini kuzatishda davom eting!!!

https://t.me/Department_of_SSEAL_of_TSUOS

SHARQDAN XABARLAR

24 Oct, 08:44


🔊 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Til taʼlimi va konsalting markazi 5 oylik GID-TARJIMONLIK kurslarini taklif etadi

Afzalliklari:
Kurs xarajatining 30 foizi Turizm vazirligi tomonidan qoplanadi;
Sayyor darslar-amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim tizimi;
Beshta hudud;
Kurs yakunida davlat namunasidagi diplom.

⚡️Ushbu kurslar quyidagi sharq tillari bo'yicha tashkil etiladi:
-arab tili
-yapon tili
-xitoy tili
-hind tili
-koreys tili
-urdu tili
-indonez tili
-malay tili

📝 Roʻyxatdan o'tish uchun 👇
@dilshodbek_raimov
TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

SHARQDAN XABARLAR

24 Oct, 05:39


⚡️⚡️⚡️

📣SHARQDAN YANGILIKLAR ‼️

#turizm

Бугун ТДШУга Ҳиндистон Гидлар Федерацияси Президенти Нарендра Сингх Раторе ташриф буюриб, университет ректори билан суҳбатлашди.

Меҳмон айни пайтда талабаларга "Барқарор туризмни ривожлантиришда хусусий секторнинг роли" мавзусида маъруза қилмоқда

➡️@sharq_xabar