Nega? Nega-a-a?!
(Sho‘rolar boshlagan bemaqsad afg‘on urushi qurbonlariga bag‘ishlanadi.)
Trolleybus silkinib qo‘zg‘aldi.
— Keyingisi — Beshinchi mavze! Pattalarni chekichlashni unutmanglar. Yo‘lda nazoratchi bor.
Hamidulla o‘rta qatordagi o‘rindiqda o‘tiribdi. Deraza oldida.
“Qo‘rqadi nazoratchilaringdan! Student anoyi ekan-da, tutqich beradigan. Yarmi sambochi, yarmi karatechi! Shunaqa deydi-ku, keyingi paytda nazoratchilar ham kooperativ tuzgan. Pattasiz odamni ushlasa naqd uch so‘mni qurtdek sanab oladi. Bir so‘mi davlatga, ikki so‘mi o‘ziga. Bir gal o‘zi ham qo‘lga tushdi. Kap-katta odam. Uyat-e! Palakat bosib, pattasi tugagan ekan… Bir emas, to‘rtta hirsday yigit atrofingni o‘rab turgandan keyin ilojing qancha! To‘laysan! Ularniyam bilgani-bilgan. Bir kunda ellik kishini ushlasa, cho‘ntagiga yuz so‘m tushib turibdi. Har bittasiga yigirma besh so‘mdan. Qornini og‘ritadimi?”.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
🎧Audio hikoyani eshitish uchun: https://www.youtube.com/watch?v=LnlNanQ2slE
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽