ZAKOVAT 2024 @bilimzakovatda Channel on Telegram

ZAKOVAT 2024

@bilimzakovatda


Assalomu alaykum Zakovat 2024 kanaliga xush kelibsiz @Behruzbek_Usanov ning rasmiy kanali
📝Eng kuchli turnirlar !!
📖Zakovat savollar
🗝️Mantiqiy savollar🤔
🌐Qiziqarli savollar
#YAKKALIK va #JAMOAVIY musobaqalar!
REKLAMA uchun; #Pullik
@Behruzbek_Usanov

ZAKOVAT 2024 (Uzbek)

Assalomu alaykum! Zakovat 2024 kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal @Behruzbek_Usanov ning rasmiy kanalidir. Kanalda eng kuchli turnirlar, zakovat savollari, mantiqiy savollar, qiziqarli savollar, yakkalik va jamoaviy musobaqalar haqida ma'lumotlar paydo boladi. Agar siz reklama bermoqchi bo'lsangiz, #Pullik tagida murojaat qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish orqali, siz yangiliklardan birinchi bo'lib habardor bo'lishingiz mumkin! Siz ham Zakovat 2024 jamoasiga qo'shiling va o'z bilim va ko'nikmalaringizni o'stirib, yuksak natijalarga erishing!

ZAKOVAT 2024

21 Nov, 04:52


@BehruzbekUsanov kanalimda 2-liga va talabalar ligasi savollarini tashlab, har bir savoldagi kerakli ma'lumot va faktlarni kanalga tashab boraman!

Qo'shilish uchun link:
👉
@BehruzbekUsanov

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:08


Javob: Kardiogramma

Manba:
1. Bahriddin Asror - she'rlar kitobi
2.
http://pda.sxnarod.com/index.php?showtopic=296725

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:07


Kardiogramma

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:05


#Marafon_navbatchilik
10-Savol
Muallif Behruzbek Usanov

Bahriddin Asror qalamiga mansub she'rdan parcha:
Hamshira qiz xat keltirdi,
Uzun, nomi - U
Nomin aytib qiynalma, asli
Yuragimdan bitilgan noma.
Bir bemor shifokorning qo'lyozmasini U bilan solishtiradi.
Savol: U o'rnidagi qo'shundoshli so'zni yozib bering.

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:04


Javob: Yolg'izlik
Izoh: "Yolgʻizlikning yuz yili" asarida Lotin Amerikasi tarixining asosiy naqshi mavjud.
Manba:
1. Erkin Vohidov - Ruhlar isyoni
2.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yolg%CA%BBizlikning_yuz_yili

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:03


Yolgʻizlik

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:01


#Marafon_navbatchilik
9-savol
Muallif Behruzbek Usanov

Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostonida insonlar hayotda minglab qiynoqlar o'ylab topganligi va ulardan insonga eng og'iri U ekanligi aytiladi. Nomida U qatnashgan asar esa lotin Amerikasi madaniyatining o'zini anglash uchun yaratilgan asarlardan biridir.
Savol: Uni bir so'zda yozib bering.

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:01


Javob: Selfi tayoqchasi.
Izoh: Jurnalist Molli MakkYu maqolada Selfi tayoqchasi haqida ta'rif beradi. "Namunali erkak-2" filmining premyerasida Ben Stiller eng uzun Selfi tayoqchasidan foydalangan.
Manba:
1.
https://www.wired.com/2015/10/whats-next-for-the-selfie-stick/
2.
https://guinnessworldrecords.com/news/2016/2/ben-stiller-snaps-up-guinness-world-records-title-for-longest-selfie-stick-at-zoo-415656

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 13:00


Selfi tayoqchasi

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 12:58


#Marafon_navbatchilik
8-Savol
Muallif Behruzbek Usanov

“Wired” jurnalisti Molli MakkYu bir maqolada shunday yozgan: “UNING ba’zilari juda uzun, ba’zilari unchalik uzun emas, ba’zilari ko‘zni qamashtirsa, ba’zilari qo‘lga o‘xshaydi”. Aktyor Ben Stiller komedik film premyerasida to‘qqiz metrli Undan foydalangan holda Ginnesning rekordlar kitobiga ham kirgan edi.
Savol: U nima ekanligini ikki so‘zda yozib bering.

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 12:57


Javob: Alp Arslon.
Izoh: Alp Arslon 1063–1072-yillarda hukmronlik qilgan Saljuqiylar imperiyasining ikkinchi sultoni hisoblanadi. Yunus O‘g‘uzning kitobi "Sulton Alp Arslon" uning hayoti haqida yozilgan tarixiy roman.
Manba:
1.
https://t.me/Best_facts1/133
2.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Alp_Arslan

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 12:56


Alp arslon

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 12:53


#Marafon_navbatchilik
7-Savol
Muallif Behruzbek Usanov

Yunus O‘g‘uzning Unga bag‘ishlangan asarida 1063-1072 yillardagi mamlakatni mustahkamlash va yanada kengaytirish yoʻlidagi harakatlari, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Gurjiston va Armanistonni zabt etgandan soʻng Vizantiya ustiga qilgan yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Savol: Uning kim ekanligini bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 12:51


Javob: Kamikadze.

Manba:
1.
https://www.bbc.com/russian/news-59325625
2.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Kamikaze

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 12:51


камикадзе

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 12:49


#Marafon_navbatchilik
6-savol
Muallif Behruzbek Usanov

2021 yil NASA dron yordamida bir asteroidni orbitasidan chiqarib yuborishga harakat qilgan. BBC sayti uhbu voqea haqida “Tarixdagi birinchi kosmik IKS” deb yozgan. AQShning 70 dan ortiq kemalari IKSlar tomonidan cho‘ktirilgan yoki tuzatib bo‘lmaydigan darajada shikastlangan ekan.
Savol: IKS o‘rnidagi o‘zbekcha bo‘lmagan bir so‘zni yozib bering.

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 11:04


Javob: Quyosh.
Izoh: “Quyosh ham olov-ku, kasal ruhlarni davolaguvchi muqaddas nurdir" deyiladi.
Manba:
1. Alisher Ibodinov "Quyosh ham olov" kitobi
2.
https://knife.media/yazidism/

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 11:04


quyosh

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 11:02


#Marafon_navbatchilik
5-savol
Muallif Behruzbek Usanov

Alisher Ibodinovning kitobida U olovligi, kasal ruhlarni davolashi aytiladi. Yazidiylar namoz paytida Unga qarab turishgani uchun “Unga sig‘inuvchilar” deb atashgan.
Savol: Uni toping.

ZAKOVAT 2024

19 Nov, 10:59


Javob: Kelajakni bashorat qilish.
Izoh: Gap Kassandra haqida ketmoqda edi. Apollon sevgisiga javob berishini va’da qilgan Kassandraga kelajakni bashorat qilish qobiliyati beradi, lekin rad javobi bergani uchun Kassandra bashoratiga hech kim ishonmasligini ham ta’minlaydi. 1996 yil yozilgan asar nomi “Kassandra tamg‘asi”.
Manba:
https://ru.wikipedia.org/Кассандра