Aziz Axtamov @theazizakhtamov Channel on Telegram

Aziz Axtamov

@theazizakhtamov


⬜️ Marketing & copywriting
🟨 Head of growth at Obsess

Obsess Marketing Agentligi marketologi
instagram.com/obsess.uz
Aloqa uchun: @obsessceo

Aziz Axtamov (English)

Are you interested in marketing and copywriting? Look no further than Aziz Axtamov's Telegram channel, @theazizakhtamov! Aziz Axtamov is the Head of Growth at Obsess, a marketing agency specializing in marketology. On this channel, you will find valuable insights, tips, and tricks on marketing and copywriting from a seasoned professional in the field. Follow Aziz Axtamov for the latest trends, strategies, and advice to help take your marketing game to the next level. Don't miss out on this opportunity to learn from one of the best in the industry. Join @theazizakhtamov today and stay ahead of the curve in the world of marketing!

Aziz Axtamov

18 Feb, 18:28


🧠 Miyadagi tartibsizliklar tinch yashashga qo’ymaydi.

Yuqoridagilarni o’qing.

Amalda qo’llang.

Natijasiga o’zingiz guvoh bo’lasiz.

Miyangizni bo’shatish va energiyangizni qaytarish uchun sizga bor-yo’g’i yarim soat vaqt kerak, xolos.

O’zingizga vaqt ajrating.

Aziz Axtamov

17 Feb, 10:42


Anchadan beri yig'ilib qolgan bilim va tajribalarni oflayn ulashmagan edim.

Bundan oldingi eng katta chiqishim 2 yil oldin Marketing Clubda bo'lgan ekan.

Bu galgi workshop ham ustoz maketolog Habibullo aka Sa’dullayev va Mehrojiddin akalar boshchiliklarida Cubic Marketologlar Hamjamiyati doirasida tashkillashtirilyapti.

Oldingisida faqat nazariy bilimlar ulashilgan edi.

Bunisida endi WORKSHOP formatda amaliyot ustida o'tkaziladi.

Shu vaqtgacha O'zbekiston bozorida ishlaydigan go'shtli digital marketing instrumentlarini workshopda berib yuborishni niyat qildim.

Lekin, bu safar joy ancha kam ekan.

Cubic rezidentlari bilan birga 40 kishi uchun tashkillashtirilyapti.

Hozirdan joyingizni band qilib qo'yishni maslahat beraman.

Workshopda ko'rishguncha ;)

Aziz Axtamov

17 Feb, 10:09


Salom Cubic'doshlar.

Mana shu amaliy dars esingizdami?

Hafta oxirida, ishdan keyin samarali marketing instrumentlarini o'zlashtirish uchun sizda ajoyib imkoniyat bor.

Ekspertimiz aynan shu marketing instrumentlari orqali o'z mijozlariga xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Workshopda:
Istalgan loyihada kuchli taklif yaratish (offer)
Mijoz jalb qiluvchi voronka qurish (funnel)
Trafik strategiyasi (target va organik)
Konverter tizimi (trafikni pul to’laydigan mijozga aylantirish instrumenti) haqida ham nazariy, ham amaliy bilim olasiz.

🗓22.02.2025
🕗19:00-22:00


Amaliy dars 3 soat davom etadi. Shundan 1-1,5 soat nazariy, qolgan vaqtda esa o'rgangan bilimni aynan sizning loyihangizda qo'llash uchun imkon bo'ladi.

Eskpert: Aziz Axtamov, Obsess agentligi asoschisi, rahbari. Marketingda 5+yil tajribaga ega.

Workshopda 40 kishi ishtirok etish imkoniga ega.
Narxi 500 000 so'm.

Cubic rezidentlari uchun BEPUL.
Rezidentlik haqida ma'lumot bu yerda.

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/zeN9rfGLb249BVX76

Aziz Axtamov

16 Feb, 18:08


🚀 Qanday qilib 2025-yilda biznesni masshtablashitirish mumkin: 2X-5X ga o'sish uchun aniq reja

Muallif: Mixail Grebenyuk "NEmikrobiznes 2025" dasturi, eng muhim insaytlar

📉 Nima uchun 90% bizneslar o'smaydi?

* Vaqtini pul olib kelmaydigan ishlarga sarflaydi.
* Tizim qurish o'rniga, kundalik ishlar bilan ovora bo'lib qoladi.
* Mijoz jalb qila olmaydi.
* Hamma ishni o'zi qiladi, jamoaga topshira olmaydi.

2X-5X o'sish uchun biznesingiz ishchisi bo'lishni to'xtatib, haqiqiy biznes egasi bo'lishingiz kerak.

💰 Biznesni kengaytirishning 4 muhim tamoyili

1️⃣ O'sish = Strategiya bilan shug'ullanish

Agar sizning bor vaqtingiz biznesdagi operatsionka bilan o'tib ketayotgan bo'lsa, demak siz biznes egasi emassiz. Siz xodimsiz.
📌 Yechim: Xodimlaringizga va assistentingizga ishlarni topshiring. O'zingiz biznes ichida emas, ustida ishlang.


2️⃣ Produktingiz sifatidan muhim 2 narsa bor: Marketing va Sotuv
Odamlar mahsulot sotib olmaydi. Ular yaxshi "upakovka"dagi yaxshi sotilgan mahsulotni tanlaydi.
📌 Yechim: Kuchli UPT (unikal savdo taklifi) yarating, reklamalarni test qiling va lidogeneratsiya tizimini quring.


3️⃣ Biznes = kengayadigan model, ish emas
Agar biznesingizda hamma narsa sizga bog'liq bo'lsa, kengaya olmaysiz.
📌 Yechim: Biznes jarayonlarni quring, ularni avtomatlashtiring va TOP xodimlar jamoasini yig'ing.


4️⃣ Kim mijozlarni eng ko'p jalb qila olsa, o'sha g'alaba qozonadi.
Ko'pchilik bizneslar kengaya olmasligining oddiy sababi, ular shunchaki yetarlicha mijoz jalb qila olmaydi.
📌 Yechim: Jamoangizni sotishga o'rgating. CAC (mijoz narxi)ni tushiring. LTV (mijoz sizga olib keladigan pul)ni oshiring.


🚀 Kengayishning oddiy formulasi
Har bir biznes quyidagi 4 eng muhim elementdan iborat:

1. Lidlar (mijoz jalb qilish) → CAC, lidogeneratsiya, reklama.
2. Sotuv (pul) → sotuv voronkasi, skriptlar, narxni oshirish.
3. Produkt (xizmat sifati) → optimizatsiya, mijozlarning ijobiy fikri.
4. Mijozlarni ushlab qolish (qayta sotuvlar) → upsell, doimiy obunalar, qo'shimcha takliflar.


💰 2X-5X o'sish siri:
* 80% vaqtingiz → O'sish ishlariga, 20% → kunlik operatsion ishlarga.
* Har hafta yuqoridagi 4 elementdan bittasini rivojlantiring.
* Fokusingiz chalg'imasin. Bittada "headshot" uring.


🔑 Amalda qo'llash uchun qo'llanma:
- O'sishingizga eng ko'p to'sqinlik qilayotgan muammoni aniqlang (Lidlar, Sotuv, Produkt, Mijozni ushlab qolish)
- Har hafta shu muammo ustida bitta kuchli yechim qiling
- Har kuni qaysidir pojar chiqqan muammoni hal qilishni to'xtating. Tizim quring.
- Kuchli jamoa quring - bir o'zingiz kengaya olmaysiz.

Eslab qoling: 2X-5X o'sish bu sehrli tayoqcha bilan bo'ladigan natija emas. Bu aniq tizimli jarayon.

© Mixail Grebenyuk, Anomaliya

-----
P.S. Rahmat o'rniga, shu postga reaksiya kutaman)

Aziz Axtamov

16 Feb, 17:04


Mixail Grebenyukning "NEmikrobiznes 2025" dasturiga yozilganimga bir oy bo'ldi.

Bir oy davomida maxsus pullik yopiq kanalidagi ma'lumotlar va darslarni ko'rib boryapman.

Bu dasturdan maqsad —— kichik bizneslar o'rta biznesga va o'rta bizneslar yirik biznesga o'tishiga yordam berish.

Oxirgi bir oy davomida olgan insaytlarim sizga qiziqmi?

Agar qiziq bo'lsa, ulashaman.

Bitta sharti bor: Izohda qanday faoliyat bilan shug'ullanishingiz va faoliyatingizdagi TOP muammoyingiz haqida yozib qoldiring.

Aziz Axtamov

15 Feb, 20:25


🚀 Brend taniqliligini oshirish uchun ahamiyat berishingiz kerak bo'lgan 3 qadam

Juda ham ko'pchilik brend taniqliligini oshirish uchun nima qilish kerakligini, taniqlilikni nima bilan o'lchashni aniq bilmaydi.

Va kontentlarni mavhum mavzular bo'yicha qilib, million "prasmotr" olishi, bu orqali brend taniqliligi oshishini kutishadi.

Lekin, buning aniq etaplarini siz bu video orqali bilib olishingiz mumkin.

👉 https://youtu.be/63Tyeql0kx4?si=8cIXfDFOXGsxPEBv

___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

15 Feb, 18:31


🚩🚩🚩Kichik bizneslarda man ko'rgan TOP red flaglar

Man redflagman, chunki... deydiyu))

(Azoblash xizmatini marketing versiyasi)

Bu xatolar bilan kichik biznes o'zini qayta o'nglashi qiyin holatga tushib qolaveradi.

1️⃣ Biznes egasi o'sishga to'sqinlik qiladi

Biznes egalari sotuv va marketing harakatlarini yaxshilab...

Kengayishga harakat qiladi.

Lekin, bu harakatlarni yo'q qiladigan va unga halal beradigan eng katta xavf bu...

Biznes egasining o'zi bo'ladi.

Sababi, barcha biznes jarayonlar biznes egasining o'ziga bog'liq.

Agar u mabodo 30 kunga qayergadir ketib qoladigan bo'lsa.

Hamma narsa qulaydi.

Bunday holatda savdoning o'sishi biznesga faqat muammo va reputatsion risk olib keladi.

2️⃣ 90% mijozlar faqatgina bitta kanal orqali keladi.

Va boshqa mijoz keladigan kanali yo'q.

Barcha mijozlaringiz faqatgina sarafan, ya'ni tavsiya orqali kelishiyam red flag🚩

Va hamma mijozlar target reklama orqali kelishiyam red flag.

Tavsiyagayam, target reklamagayam to'liq ishonib bo'lmaydi.

Sizda doim bir nechta mijoz keladigan kanallar bo'lishi kerak.

Masalan, targetdan keladigan lidlaringiz qimmatlashib, sifatsizlashib ketsa...

Google kontekts reklamalarni sinab ko'rishingiz mumkin.

Yoki bloger-influencerlar bilan ishlash mumkin.

Yoki sizga mijoz olib kelishi mumkin bo'lgan boshqa bizneslar bilan doimiy hamkorlik yo'lga qo'yish mumkin.

Sarafanni kuchaytirish bo'yicha mavjud mijozlarizga bonus va qo'shimcha qiymatla taklif qilish mumkin.

Xullas, sotuv planizni yopishni bitta kanalga ishonmang.

3️⃣ Judayam ko'pchilikda produkt matritsa yo'q.

Ya'ni, faqatgina sotib foyda qiladigan bitta chempion produkti bor, xolos.

Lidlarning 80% qismi qo'pol qilib aytganda sizni mahsulotizni sotib olishga "puli yo'q" odamlar.

Shu joyda ko'pchilikdagi 80% pul va vaqt havoga uchadi.

Lekin, bu ularda umuman pul yo'q degani emas.

Siz ularga boshqa arzonroq yoki asosiy mahsulotdan ham qimmatroq boshqa mahsulotlaringizni taklif qilishingiz...

Va bu orqali lidlarning uvol bo'lishini oldini olishingiz mumkin.

Bu umumiy oborot va marjangizga jiddiy ta'sir qiladi.

-------

Xulosa:

1. Biznesingiz kengayishiga o'zingiz to'sqinlik qilmang. Tizim quring.
2. Faqatgina bitta mijoz keladigan kanalga suyanib qolmang.
3. Eshigizga kelayotganlarni quruq qo'lda qaytarmang, mahsulot lineykangizni shakllantiring va marjangizni oshiring.

Aziz Axtamov

14 Feb, 07:37


Alex Hormozining yaqinda chiqqan 3 soatli podkastidan o'zim uchun olgan bir muhim insaytni ulashmoqchiman

G'oya shundaki, juda ham ko'p tadbirkorlar o'zining qaysi biznesda ekanligini bilmaydi.

Masalan, gym ya'ni fitnes biznesi qilganda man fitnes biznesidaman deb o'ylagan ekan.

Lekin, keyin tushungan narsasi —— zal bu fitnes biznesi emas.

Aksincha, sotuv va marketing biznesi ekan.

Yoki boshqa misollarda tushuntiraman.

1. Restoran biznesi
Tadbirkorlar nima deb o'ylaydi: Mazali ovqat pishirish biznesi
Aslida qanday biznes: Недвижимость va operatsionka biznesi

2. O'quv markaz
Tadbirkorlar nima deb o'ylaydi: Ta'lim biznesi
Aslida qanday biznes: Mijozlarni biznesga olib kelish va ularni ushlab qolish biznesi

3. Online kurslar
Tadbirkorlar nima deb o'ylaydi: Ta'lim biznesi
Aslida qanday biznes: Marketing va kuchli onlayn community shakllantirish

Shundan kelib chiqib, marketing agentligi bo'yicha ham analiz qildim.

Marketing agentligida ham biz ishlayotgan biznes bu —— marketing biznesi emas.

Aslida bu:

* Kuchli jamoa yig'ish, ularni tayyorlash
* Sifatli xizmat ko'rsatib, mijozlarni uzoq muddatga ushlab qolish biznesi
(har oy yangi mijoz ortidan quvmasdan)

Siz qaysi biznesdasiz? Fikrlaringizni izohda qoldiring.

Aziz Axtamov

13 Feb, 07:18


O'zimga assistent kerak

Shu vaqtgacha hech qachon assistent olib, u bilan birga ishlamaganman.

Sababi, jamoada shuuuncha shogird turganda assistent kerak bo'lmagan kaneshna))

Shogirdlar baraka topishsin, assistent qilishi mumkin bo'lgan istalgan masalada beminnat xizmat qilishgan.

Xo'sh, unda nimaga assistent olmoqchiman.

Hozir jamoamiz kengaymoqda.

Loyihalarimizning har birining muhimlik darajasi yuqori.

Har bir loyiha uchun unga biriktirilgan jamoa mas'uliyat bilan yondashadi.

Shuning uchun hammaning ishi o'ziga yetarli va man shu sabab o'zimga assistent olmoqchiman.

Oylik belgilanadi.

Vazifa va topshiriqlar batafsil tushuntiriladi.

Rezyume va "elevator pitch"ingizni o'zimga jo'nating: obsessceo

❌️️️️️️️ Assistent oldim, hammaga rahmat.

Aziz Axtamov

10 Feb, 12:36


Hali bir kun bo'lmadi, kanalga 100 ga yaqin odam qo'shilibdi.

Postlar va videolar ostidagi izohlarni o'qidim, foydali bo'layotganidan xursandman🫶

Bula manga yaxshiroq motiv bo'ladi, foydali bo'layotganini va amalda qo'llayotganizni bilsam...

Yanayam ko'proq va davomli kontentlar qilishni rejamga qo'shaman.

Tak shto, uyalmay izohlarda fikrlarizni qoldiravering :)

Xoooop, hali darslar va materiallar to'liq yuklanib bo'lmadi.

Yuklangan qismi bo'yicha savollarizni izohda yozing, vazifalarizni bajaring.

Qolgan video va ma'lumot, shablonlarni tez orada kanalga yuklayman.

Aziz Axtamov

08 Feb, 19:56


📹 Marketing orqali sotuvlarni oshirishda deyarli hamma takrorlaydigan xatolar va ularning sinalgan yechimlari

Ko'pchilik marketingida qanday muammo bo'layotgani haqida ham bilmaydi.

Bu videoni ko'rish orqali vaqtingiz va pullaringizni havoga sovurayotgan qimmatli xatolar hamda ularning yechimlari haqida bilib olasiz.

👉 https://youtu.be/X8RtgcaWrR8?si=g72VFLZV_4VhuM8-

___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

08 Feb, 19:56


📹 Mijozlarni magnitdek jalb qiluvchi marketing tizimi

Qaysi sohada bo'lishingizdan qat'i nazar...

Mijozlaringizni onlayn jalb qilishning sinalgan usuli mavjud.

Bu usul insonlarning sotib olish psixologiyasiga asoslangan.

Va buni to'g'ri qo'llash orqali sotuvlaringiz oshmasligi mumkin emas.

Batafsil quyidagi videoda ko'ring.

👉 https://youtu.be/Z33swXV16U4

___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

08 Feb, 19:55


📹 3 oson qadamda kuchli marketing strategiya tuzish

Judayam ko'pchilik marketing strategiyasi tuzish deganda mavhum va murakkab tushunchalar orasida adashib qoladi.

Marketingda kuchli strategiya tuzmoqchi bo'lsangiz...

Shu vaqtgacha u haqida hamma eshitganlaringizni unuting.

Va quyidagi videoni ko'ring.

👉 https://youtu.be/gQmrvvFD-9w

___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

08 Feb, 19:55


📚 Hozirgi marketing holatingizni analiz qila olasizmi?

Buning eng oson yo'li cheklist orqali tekshirish hisoblanadi.

Yuqoridagi elektron kitobcha orqali o'zingizda bor va yo'q bo'lgan marketing qurollarinin tekshirib oling.

___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

08 Feb, 19:55


📹 2025-yilda trendga chiqadigan marketing usullari

2-3 yil oldin ishlagan marketing strategiyalari hozirgi kunda nafaqat ishlamaydi.

Balki, ularni qo'lllash zararingizga ham ishlashi mumkin.

Shunday xatoga yo'l qo'ymaslik uchun va raqobatchilaringizdan bir qadam oldinda bo'lish uchun...

2025-yil oxirigacha trendda bo'ladigan marketing usullari haqida bilib oling.

Batafsil quyidagi havolada.

👉 https://youtu.be/_Ka3mXvF_94

___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

08 Feb, 19:55


Shu yerdan boshlang. Kurs darslarini ko'rishdan oldin quyidagi videoni ko'ring.

Bu yerda kurs kontenti batafsil tushuntirilgan.

👉 https://youtu.be/Ev_CEcVLejk

___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

08 Feb, 19:49


📹 [BEPUL] 2025-yil uchun MARKETING STRATEGIYASI

* Ushbu kursdan maqsad:

Marketingdan o'zi kutgan natijani ola olmayotgan tadbirkor va marketing mutaxassislariga oxirgi 5 yilda 100 dan oshiq loyihalarda vaqt va natija bilan sinalgan marketing usullarini berish orqali ularning rivojlanishiga hissa qo'shish.

Kurs qanday modullardan iborat?

🟡 Modul 1️⃣: Kompaniyangizning 2025-yil marketing strategiyasi

- 2025-yilda trendga chiqadigan marketing usullari;
- 3 oson qadamda biznesingiz uchun marketing strategiya tuzish;
- Hozirgi marketing holatingizni audit qilish cheklisti.pdf

🟡 Modul2️⃣: Mijozlarni magnitdek jalb qiluvchi marketing tizimi

- Kam pul sarflab, ko’proq mijoz jalb qilish tizimi;
- Marketing orqali sotuvlarni oshirishda deyarli hamma takrorlaydigan xatolar va ularning sinalgan yechimlari;
- [Keys tahlil] Qanday qilib mijozlarimizdan biriga 1 yilda sotuvlarni 5x ga oshirdik?;

🟡 Modul 3️⃣: 2025-yilda brendingizni mashhur qiladigan sinalgan marketing usullar

- Obunachilar sonini oshiradigan million prosmotrli kontent formulasi;
- Brendingizni mashhur qiladigan PR strategiyalar;
- Brend taniqliligini o’lchaydigan metrikalar

🎁 BONUS Modul: Hech qayerda BEPUL berilmaydigan materiallar

- Kuchli reklama yaratish sirlari;
- Marketingda sun’iy intellekt;
- Million prosmotrli kontent formulasi;
- Tanishlar orqali keladgan mijozlarni oshirish sirlari;
- 2025-yilda kutiladigan marketing trendlari ro’yxati

P.S. Video havolalari va BONUS pdf lar quyida joylab boriladi.
___

📍@theazizakhtamov Quruq oldi-qochdi gaplarsiz, real tajribada sinalgan marketing instrumentlari uchun obuna bo'ling.

Aziz Axtamov

08 Feb, 13:29


Xop, bugun uzoq kutilgan 2025-yil uchun BEPUL marketing strategiyasi nomli kursni kanalga joylayman🎉

Silani bilmadimu, tayyor bo’lishini man uzoq kutdim😂

Kutayotgan bo’lsangiz, olov bosiiing

Aziz Axtamov

07 Feb, 20:05


Reklamada diqqatni oxirigacha ushlab qolishni "vaxshiy" yo'li😂

Target kreativlarda "hold rate" ya'ni, kuzatuvchilarni video oxirigacha ushlab qolish uchun qilingan har qanday urinishni yaxshi baholayman.

Sababi, ko'pchilik pulni mana shu narsani eplomagani uchun havoga sovuradi.

Eng qizig'i, target videolarini odamlar bittada o'tkazvorishini bilib turib ham...

Shuni to'g'rilashga harakat qimaydiganlar bor.

Yaqinda yana bitta kreativni ko'rdim.

Unda "hook rate" vaxshiy bo'lgandi.

Ya'ni, videoni birinchi 3 sekundida diqqatni tortuvchi kadr qo'yish.

Nima kadr edi deb o'ylaysiz?

Topdingiz —— target video Shahlo Ahmedovaning "avayla, avayla" kadri bilan boshlangan))

Uni skrinshot qilmabman ekan😂

Xullas, brend qoidalaringizdan chiqib ketmasa, kreativlaringizni "vaxshiylashtiravering".

Aziz Axtamov

29 Jan, 11:23


Xullas, DeepSeek ishlatib ko'rdim va xulosamni yozaman

Arzonligi yaxshi.

Tezligida unaqa sezilarli o'zgarish sezmadim.

Aksincha, qiyinroq savollarga Thinking qismi ko'proq vaqt olarkan.

Bozorga ancha shov-shuvlar bilan kirib keldi.

U haqidagi memlarni allaqachon ko'rgandirsiz))

Lekin, hozircha GPTda qolaman ekan.

Sababi, DeepSeekda maxsus bot tayyorlash imkoniyati yo'q ekan.

Va shu sabab el-qatori Gemini va boshqa sun'iy intellektlar kabi judayam generic, ya'ni umumiy javoblar beradi.

GPTni o'zim o'zimga moslab tarbiyalab, miyasini o'zim xohlagan javoblarni beradigan qvoganim uchun...

Bittada o'zim kutgan javobni olaman.

Shu funksiyasi qo'shilmaguncha, aniq baholay olishim qiyin ekan.

A tezligi sekinligi va ba'zi savollardan keyin "Server band, keyinroq urinib ko'ring" deb chiqishi manimcha hali yangiligi

Va o'zining xabar berishicha har xil attakalar bo'layotgani uchun bo'lsa kerak.

Bu ham o'ziga kelmaguncha baholash qiyin.

Siz ishlatib ko'rdingizmi? Fikriz qanaqa)

Aziz Axtamov

24 Jan, 17:46


Xayot aka Linkedinda qiyofadoshimni topibtila😂

Birinchi qaraganimda kimdir mani rasmimni o’zgartirib, mani nomimdan profil ochibdi deb o’yladim.

Keyin qarasam, boshqa odam ekan.

Xullas, mabodo qayerdadir ko’rib qosela, mani dasturchilikka o’tib ketibdi deb o’ylamangla deb aytib qo’yapman😂

Aziz Axtamov

24 Jan, 17:46


I found your clone

Aziz Axtamov

24 Jan, 17:46


Hey bro

Aziz Axtamov

06 Jan, 09:33


Lidlarni sifatida jiddiy ta'sir qiladigan ko'rinmas sabab

Hozir bir raqam telefon qildi.

Elektr moshina zaryadlash stansiyasiga investitsiya kiritish bo'yicha raqamingizni qoldirgansiz ekan deb.

Ha-ha deb eshitib, bir joyda edim deb bahona qilib o'chirdim telefonni.

O'tirib eslasam, kamida 2 hafta bo'lgan raqam qoldirganimga.

Xullas, post shu haqida.

Lid sifati bu butun boshli sotuvlarga va biznes kengayishiga ta'sir qiladigan eng muhim metrikalardan biri hisoblanadi.

Lekin, buni baholashda ko'pchilik bitta oddiy narsaga e'tibor bermaydi.

Bu —— telefon raqamini qoldirganlarga o'sha zahotiyoq telefon qilish.

Ko'pchilikning sotuv bo'limini test qilib ko'rish uchun nomerimni qoldirib ko'raman.

Man nomer qoldirganlarning 99% qismi 1 soat ichida telefon qilmaydi.

Ba'zilari hatto bir hafta ichida aloqaga chiqadi.

Endi tasavvur qilavering, nomer qoldirganiz bilan birinchi 5 daqiqada aloqaga chiqadiganlar qanchalik kam.

Birinchi bir daqiqada aloqaga chiqadiganlari deyarli yo'q.

Nima uchun bu haqida aytyapman?

Sababi, aynan shu narsa lidlarning sotuvga aylanish konversiyasiga juda katta ta'sir qiladi.

Odamlar aynan lid qoldirgan vaqtida sotib olish uchun katta motivatsiyaga to'lib turgan bo'ladi.

Sotib olish uchun emotsiyada turgan bo'ladi.

Vaqt o'tishi bilan ularning emotsiyasi va motivatsiyasi o'rnini, aql bilan xarid qilish "rejimi" egallaydi.

Bu esa o'sha sotuvning amalga oshish darajasini tushirib yuboradi.

Loyihalarimizda ko'p marta test qilganmiz.

Raqam qoldirishi bilan aloqaga chiqqan lidlarning 90% dan oshig'i sifatli bo'ladi.

Ishoning, o'sha zahotiyoq aloqaga chiqqan lidlaringiz adashib tushgan bo'lib chiqmaydi.

Raqam o'chirilgan demaydi.

Telefonni ko'tarmay qolmaydi.

Mana shu 3 ta narsaning o'zi ham sizdagi hozirgi lid sifatingizni 30% dan oshirishi mumkin.

To'g'ri, lidlarga 1-3 minutda aloqaga chiqish oson emas.

Lekin, shu narsa sizning sotuv konversiyangizni kamida 5-10% ga oshirsa, yechim qilishga arzimaydi deb o'ylaysizmi?

P.S. Taffakkur qilib ko'ring)

Aziz Axtamov

31 Dec, 07:14


2024-yildagi deyarli barcha reja-maqsadlarimga erishdim

Lekin, post bu haqida emas.

Dadamdan ko'p so'rardim, nasib qilsa sizga moshina sovg'a qilaman...

Qanaqa moshina yoqadi sizga deb.

O'shanda ishlarim hali unaqa yurishmagan, o'qishni tugatganimga endi 2-3 yil bo'lgan...

Yangi sohaga risk qilib o'tib, hali o'zimni yo'limni topishga ulgurmagan edim.

Uni ustiga oilaviy ba'zi qiyinchiliklar...

Lekin, ko'zim yonib ishonardim bu narsa qo'limdan kelishiga.

Nima risk qilishimdan qat'i nazar, dadam ham ishonib, qo'llab-quvvatlaganlar doim.

Balki, shuning uchun ham hayotimni o'zgarishiga sabab bo'ladigan qarorlarni qo'rqmasdan qabul qilganman shu vaqtgacha.

Yuqoridagi savolimga dadam biroz o'ylanib, kulib qo'yib javob bergandila: "Qop-qora, balaand moshina...".

2024-yilda shu vaqtgacha erishmagan ko'p maqsadlarimga erishdim.

Bulardan biri — xuddi dadam xohlaganlaridek qop-qora, baland moshina olganim bo'ldi.

Lekin, keyin tushundim... O'shanda dadam nima uchun biroz o'ylanib, keyin javob berganlarini.

Ha, man bu moshinani dadamga sovg'a qilolmadim.

Dadam bu moshinani sotib olishimdan 6 oy oldin olamdan o'tgandilar.

Ulgurmadim...

Ko'p narsaga ulgurmadim.

-

Yil uchun faqat bitta xulosam bor.

Yaqinlarimizni bizga bog'lab bermagan.

Ularni doim qadrlashimiz, borlarida qadrlariga yetishimiz va har bir fursatni g'animat bilishimiz, kerak bo'lsa shoshilishimiz kerak.

Hammaga kirib kelayotgan yil omadli, baxtli va quvonchli lahzalarga boy bo'lishini tilayman.

Aziz Axtamov

28 Dec, 18:42


Kechagina marketingga kirib kelgandekman...

Bir pasda 5 yil bo'libdi va jamoamizdagi ko'zi yonadigan bolla 20+ bo'libdi.

Yil sarhisobini qilib oldik.

Oxirgi yillar Obsess Marketing Agentligi o'zi uchun o'z fundamentini qurib oldi:

- Biznes egalari xohlaydigan marketing xizmati produkt sifatida to'liq shakllanib oldi, endi bu produkt ideal mijozlarimizga maksimal yetkazib beriladi;

- Marketing agentligini tizimlashtirish bo'yicha bir yil to'liq ishlandi va endi uning haqiqiy realizatsiyasi boshlanyapti;

- Agentlik man uchun butun boshli ekosistemaning bir qismi xolos, 2025-yilga shu ekosistemaning qolgan loyihalarini qurishni boshlaymiz;

Aynan mana shu qadamlardan kelib chiqib...

2025-yilga kompaniya sifatida 10X o'sishni reja qildik.

Bu o'sish birgina mani o'zim bilan bo'lib qolmaydi.

Va bu o'sish ko'proq ishlash bilan ham bo'lib qolmaydi.

Buni amalga oshirish uchun maqsadlari va qadriyatlari bir bo'lgan kuchli jamoa kerak.

Undan tashqari, ishga bo'lgan yondashuvning hamda fikrlashning o'zgarishi kerak.

-

P.S. O'zimga ham eslatma bo'lishi uchun bu postni shu yerda qoldiraman.

Xudo xohlasa, bir yildan keyin shu postga "reply" qilib, qilingan ishlar va natijalarni ulashaman.

Kuzatib boring :)

Aziz Axtamov

14 Dec, 09:11


Ikkala formatni ham sinab ko'rganman

Yuz minglab, hatto, millionlab prosmotr olib keladigan videolar qilganman.

Lekin, manga haqiqiy pulni organikada kam prosmotr yig'gan videolarim olib kelgan.

Ishoning —— yuqori prosmotr yig'adigan, shu prosmotr orqasidan minglab, o'n minglab obunachi olib keladigan videolar qilish OSON.

Agar siz prosmotri yuqori video qilganingiz bilan maqtanib yurgan bo'lsangiz...

Biroz to'xtab, fikrlab ko'ring.

Bu sizga, biznesga hech qanday strategik foyda olib kelmaydi.

Nima qiyin bilasizmi?

Shu ko'rishlar sonini pulga aylantira olish qiyin.

Shuning uchun ham trendlar va prosmotrlar orqasidan quvishdan to'xtab...

Sizga va biznesingizga haqiqiy foyda olib keladigan kontent strategiyasi ustida ishlang.

P.S. Bugunga shu, rahmat shart)

Aziz Axtamov

14 Dec, 08:02


Nomiga kontent qilish yoxud hech qanday strategiyasiz pulni havoga sovurish

Nima uchun "Hayotingizni o'zgartiradigan 7 odat" degan videolar qilasiz, agar sizda $10k li B2B taklif bo'lsa?

Pulni shunchaki havoga sovurib, nimadir mo'jiza bo'lib qolishini kutasiz.

Uchadigan video qildingiz...

Millionlab prosmotr yig'dingiz.

Endi sizga savol —— videolaringizni ko'rganlarning nechtasi sizga pul to'laydigan mijozga aylanadi?

Siz shunchaki, o'zingizning sotuv taklifingizga oid video qilasiz.

Keling, 3 mingta prosmotr yig'sin.

Lekin, shu 3 mingta prosmotr yig'gan video million prosmotrli videoyingizdan 10X ko'proq natija va pul olib keladi.

Kontentlaringizni nomiga kontent qilish uchun emas...

Aksincha, mijozlaringiz videolaringizni ko'rgandan boshlab, mahsulotingizni sotib oladigan yo'l xaritasi qilib, aniq strategiya bilan tuzishingiz kerak.

Obunachilaringiz va prosmotrlaringiz soni - sizning daromadingizga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq emas!

5 mingta obunachisi bor odam, 5 mln obunachisi bor odamdan bir necha 10x ko'proq daromad topishi mumkin.

Siz e'tibor qilishingiz kerak bo'lgan asosiy metrika bu —— sotuv taklifingizga keladigan murojaatlar soni.

Xo'sh, bunday strategiya qanday tuziladi o'zi?

ⓒ Iman Gadzhi

-------------

Xullas, eng og'riqli mavzu bu kontent-meykerlik.

Bugun bozorda kontent orqali biznesga haqiqiy natija olib keladigan mutaxassislar judayam kam.

Shaxsiy brendda ham, biznesda ham shu ahvol.

Haqiqiy strategik kontent orqali biznesga natija olib keladigan mutaxassislar kam.

Yuqorida Iman Gadzhi ochgan yangi kanalidagi videodan bir qismini aytdim.

Bu video sizga ham foydali bo'lishi aniq.

Shuning uchun video havolasini sizga sovg'a qilaman.

🎁 Marhamat: https://youtu.be/R_D5DZvgBDw?si=uugoWtvR_HcPkVFZ

P.S. Aytmoqchi, siz ingliz tilini bilmaysizmi? Bilmasangiz, o'rganing :)

Aziz Axtamov

04 Dec, 07:10


Bugun kun yaxshi boshlandi)

Ishga kelsam, bolla loyihalarimizdan birida lid narxini avvalgidan 6X arzon qilishibdi.

Bu degani o'sha-o'sha byudjetga 6 baravar ko'proq lid olib kela olamiz.

Undan tashqari, bizdagi sotuv voronkasi bilan lid sifati ham yaxshilangan.

Lid sifati 1.5 baravar yaxshilansa, bu yakuniy sotuv konversiyasiga 9x ta'sir qiladi degani.

Oylik oborori $1M (million dollar)ga yaqin loyiha uchun bu katta narsa.

Xop, ikkinchisi —— Jeff Walker ZAPUSK texnologiyasini maktab loyihalarimizdan birida qo'llayapmiz.

Bu orqali kutuvimiz 5.5 mln to'laydigan 200+ o'quvchi jalb qilish.

Umumiy sotuv summasini o'ziz hisoblab olarsiz))

Va bu hisoblaganiz birinchi oy uchun qilinadigan to'lov summasi, maktabni bitirguncha to'lanadigan LTV summasi emas.

Uni ham reklamalarini ishga tushirdik.

Bitta obunachi narxi $0.30 sent atrofida tushyapti.

Hozir sayt konversiyasi biroz past, 50% atrofida.

Shuni 90% ga oshirish uchun sayt matni va strukturasini tezda yangilab, ishga tushiryapmiz.

Mayli, bugun kuniga 570 ta lid berayotgan loyihamiz haqida gapirmayman))

Jarayonlar qiziq, xullas.

👀 Sizlarda nima gaplar o'rtoq marketolog va biznes egalari)

Aziz Axtamov

04 Dec, 07:10


0.05$ dan 127 ta lid tushibdi

Aziz Axtamov

19 Nov, 02:55


O'tgan yil xuddi shu vaqtda shogirdlik uchun e'lon bergan edim

Va 66 kishi ichidan 3 kishini saralab olib, ular bilan birga o'tirib tayyorlashni boshlagandim

Hozir ular man bilan birga ishlayotganiga 1 yil bo'ldi.

Bir yil davomida marketing bo'yicha amaliy bilimlarni olib...

Real loyihalarda Obsess Marketing Agentligida tajriba qilishdi.

Yaxshi marketolog marketingdan tashqari kommunikatsiya, loyiha boshqaruvi, jamoa bilan ishlash kabi ko'nikmalarni ham egallashi kerak.

Aynan shu ko'nikmalarini rivojlantirishdi.

Hozir ham birgalikda ishlayapmiz va ularning 2-yili uchun rejalarni qilyapmiz.

Endi esa o'tgan yildagidek noyabr oyida jamoaga qo'shilish uchun yana yangi shogirdlarni qabul qilyapman.

Shogirdlik bu — siz fundamental tajriba bilan kelasiz, sizga barcha amaliy bilim va ko'nikmalar o'rgatiladi.

Va qilayotgan ishingiz uchun marketing agentligi tomonidan oylik tayinlanadi.

Obsess Marketing Agentligidagi barcha kurslar va materiallarga bepul "dostup" olasiz.

O'zim siz bilan o'tirib ishlayman, o'rgataman.

Kecha shogirdlikka ro'yxatdan o'tish uchun linkni Instagramda e'lon qilgandim.

Allaqachon 40 kishi ro'yxatdan o'tibdi.

❗️Ro'yxatdan o'tish bugun yopiladi.

Ro'yxatdan o'tganlar orasidan faqat 3 kishini tanlab olaman.

👇Marhamat: https://docs.google.com/forms/d/1DN87-ra2kf2ySRha7Ca75Z70LhrF77lrfSMq5YuxAOc

Aziz Axtamov

11 Nov, 18:56


Oxirgi 4 yilda 100 ga yaqin kichik va yirik loyihalar marketingida ishladim

Bugungi kunda 10 dan oshiq loyihalarimizga har kuni 1000 (ming)dan oshiq lid beramiz.

Ish boshlaganimizdan 3 oy ichida lidlar narxini o'rtacha 2x -5xga arzonlashtiramiz...

Va lidlar sifatini 70% dan oshiramiz.

Har kuni beradigan mingdan oshiq lidlarimiz orqali loyihalarimiz umumiy oganda kuniga $20k ga yaqin sotuvlarni amalga oshirishadi (ha, kuniga).

Shu tajribalarimdan kelib chiqib, biznesingiz marketingi uchun vaqt va natija bilan sinalgan 5 muhim insaytimni ulashaman:

1️⃣ Sizning biznesingiz haqida o'ylaganingizdan ancha kam odam biladi.

O'zingizni tanitish uchun reklamaga ko'proq pul sarflang.

Ko'proq kontent chiqaring.

Ba'zida kontentlar soni, ularning sifatidan ko'ra muhimroq.

2️⃣ Ko'proq mijoz jalb qilish uchun o'zingiz haqida qancha ko'p gapirsangiz ham, bitta mamnun mijozingiz siz haqingizda bergan otzyvichalik ishonchli bo'lmaydi.

Mijozlaringizni rozi qiling va rozi mijozlarning siz haqingizdagi fikrini ko'proq chiqaring.

3️⃣ Har doim avvalgidan qimmatroq sota olasiz.

Va bu sizga ko'proq daromad olib keladi.

Sizga "YO'Q" deydigan mijozlar ko'proq bo'ladi va bu normal holat.

4️⃣ Ba'zida lidlar soni va sifatini oshirish yakuniy yechim bo'lmaydi.

Sotuv konversiyangizni ham oshirishingiz kerak.

Balandroq konversiya, ko'proq sotuv.

5️⃣ Ba'zi natijalar ko'proq vaqt oladi.

Bugun 2 yil oldin man bilan 2 oy ishlab, ishni to'xtatgan mijozim yana birga ishlaylik deb kelibdi.

Aytgan gapi: "Siz bilan o'sha 2 oy ishlaganimizdagi sotuv natijalari 3-oydan keyin sotuvda natijasini ko'rsatgan.

Va siz bilan qilgan o'sha ishlarimiz haligacha o'zini o'rnini bildirib turibdi"

Marketingda uzoq muddatli katta natijalarni ko'rish uchun 3 oy kam.

2 oyda natija ko'rmadim deb ishlaydigan strategiya va mutaxassislarni erta "chopmang"

Aziz Axtamov

06 Nov, 19:09


Rasmdan mani topish qiyinmasdir🌚

Aziz Axtamov

06 Nov, 19:09


Maqsadlar bo'yicha uchrashuv o'tkazdik.

Doimiy ravishda o'sishga yordam beradigan instrumentlardan biri — mutaxassislardan "feedback" olish

Siz ham o'z sohangizdagi yoki sizga yaqin sohadagi mutaxassislardan doyim feedback olib turing.

Ularga quyidagi savollarni bering.

1. 10x o'sishim uchun nima qilishim kerak?
2. Mani qaysi zaif tomonlarim bor?
3. Qaysi loyihalarga yoki yo'nalishga fokus qaratsam o'saman?
4. Yangi darajaga chiqishim uchun menga qanday ko'nikmalar kerak?
5. Mani o'rnimda bo'lganingizda nimalar qilgan bo'lar edingiz?

Quyidagi savollar sizni yangi darajaga chiqishigizga yordam beradi.

Aziz Axtamov

06 Nov, 18:18


Agentlik ochib, 0 dan $15k oylik aylanmaga olib chiqish uchun 1 yildan oshiq vaqtim ketgan.

Tajribada xato va yo'qotishlar bilan o'rganiladigan jarayon.

Lekin, sizdan oldin bosib o'tgan va tajribasi bor odamlar aytgan yo'l siz uchun lift vazifasini bajaradi.

O'zi natijaga chiqarib qo'yadi.

Harakat qilsangiz bo'ldi.

Shu mavzuda do'stim Abdulhamid Yakubov o'ta amaliy qadamlarni o'zining maxsus kanalida ulashgan.

Abdulhamidni hech qanday oldi-qochdi gaplarsiz, achchiq haqiqat bilan eng praktik yechimlar beradigan mutaxassis sifatida bilaman.

Srochno o'tib, kanaliga obuna bo'lib qo'yishni maslahat beraman.

Aziz Axtamov

03 Nov, 17:52


Oktabr oyining oxirgi 10 kunligida umumiy qiymati $13,300 bo'lgan 5 ta yangi loyiha bilan ishlashni boshladik.

Bu summa — faqat fix, ya'ni oyma-oy to'lanadigan o'zgarmas to'lov.

Undan tashqari, shu 5 loyihaning 2 tasi +KPI to'laydi natijadan.

Agar o'sha KPI yopilsa, shu 2 ta loyihaning bittasi qo'shimcha $10k, ikkinchisi taxminan $3k to'laydi.

Shunda, fix+KPI 5 loyiha jami $26,300 bo'ladi.

Buni nima uchun aytib beryapman?

O'tgan oyda bir loyihamizning natijadan hisoblanadigan KPI summasi $7,500 ni tashkil qildi.

Tasavvur qilyapsizmi, bitta loyihaning o'zi bir oy uchun marketing agentligiga $10k ga yaqin summa to'layapti.

Siz tasavvur qila olayotgan bo'lsangiz, tabriklayman.

4 yildan beri agentlik yuritib, o'zim ham buni shu vaqtgacha tasavvur qilishga qiynalganman.

Yuqoridagi ma'lumotlardan olinadigan muhim insaytlarni xulosalab beraman.

Amalda qo'llashingiz oson bo'lishi uchun.

1️⃣ Mijozlar shunchaki siz bilan ishlash uchun bozordagi boshqa o'yinchilardan qimmat to'lashga rozi bo'lishi mumkin.

Bu ishingizni boshqalardan yaxshi bajarganingiz uchun emas...

Bu sizga ishonsa bo'lishi uchun.

Shu vaqtgacha mijozlaringizga natija olib kelganmisiz?

Demak, sizga ishonsa bo'ladi.

Tadbirkorlar risk qilib, natijasi faqat quruq gapda bo'lgan boshqalardan ko'ra sizga ko'proq to'lashga chin dildan rozi.

2️⃣ Mas'uliyatni olib natija uchun ishlasangiz, o'nta mijoz to'lashi mumkin bo'lgan summani bitta mijoz to'lashi mumkin.

Buning uchun sizda mijozni natijaga olib chiqadigan tizim bo'lishi kerak.

Va mijozdagi riskni minimallashtirib, hamma riskni o'zingizga olib, natija uchun ishlashingiz kerak.

3️⃣ Har oy yangi mijozlar ortidan quvib, qo'rquv bilan yashash og'ir.

Sizga boshqalardan bir necha baravar qimmat to'laydigan...

Va siz bilan butun umr ishlashga rozi bo'lgan mijozlarni yig'ing.

Ularga zo'r xizmat ko'rsating.

4️⃣ Butun umrlik mijozlaringizga ishonib qolmang (3-punktga qarshi maslahat).

Blogingizga yangi trafik olib kirishdan va brendingiz ustida ishlashdan to'xtamang.

Istalgan "bir umrlik" mijozingiz, istalgan vaqtda sizni "🪓chopishi" mumkin.

5️⃣ Tizim bo'lmasa, har bir sotuvingiz sizga yangi stress olib keladi.

Xizmat ko'rsatish sohasi 3 muhim qismdan iborat:

1) Mijozlarni natijaga olib chiqadigan sinalgan jarayonlar ketma-ketligi;
2) Shu jarayonlarni amalda qo'llay oladigan jamoani ishga olish;
3) Va ularni tayyorlash, o'qitish.

Agar tizim bo'lmasa, har kuni stress va tartibsiz ish bilan kurashib yashashga majbur bo'lasiz.

-

P.S. Oxirigacha o'qigan bo'lsangiz va bu sizga foydali bo'lgan bo'lsa, izoh qoldiring.

Shunga qarab, tajribadagi eng qimmatli topilmalarimni ulashishda davom etaman.

Aziz Axtamov

29 Oct, 17:18


📌 Kompaniya rahbar shug’ullanishi kerak bo’lgan ishlar nima?

O’zbek film natijasidami bilmadim, lekin biznes egasi doim pulni olib, xodimlarga do’q uradigan insondek odamlar orasida pozitsiya qilingan

Lekin man oxirgi 4 yilda bunaqa holatni umuman eslay olmayman

Rasmda do’stim Aziz Axtamov

Biz Aziz aka bn Buddy system asosida har qanchadir vaqt ichida o’zaro bizneslarimizni tahlil qilib olamiz

Va oxirgi uchrashuvimizda o’zimiz uchun belgilab olgan kundalik topshiriqlarimiz bilan bo’lishmoqchiman

1. Loyihalar boshqaruvi / Sifat nazorati - Bu ishlar Boshqaruv bo’limiga tegishli

2. Xodimlar olish - HR bo’limi

3. Mavjud mijozlar bilan kommunikatsiya - Boshqaruv bo’limi. Bu ham sifat nazoratining bir qismi

4. Perspektiv mijozlar bilan uchrashuvlar - Sotuv bo’limidagi topshiriqlarni realizatsiyasi

5. Moliyaviy rejalarni faktga aylantirish

Bu bo’limlar uchun yillik yoki kvartal maqsadlar belgilab, har oy, hafta, kun kesimida nazorat qilinib, amalga oshiriladi

Biznesimiz boshqaruvi haqida yana qanday ma’lumotlar sizga qiziq bo’lar edi? Yozib qoldiring 👇🏼

@abdullo_nasullayev

Aziz Axtamov

27 Oct, 09:04


👀Content maker'lar bormi?

Hozir qarasam, kontent bo'yicha HR'imiz ish kanallariga e'lon joylashtirayotgan ekan.

Undan oldin o'zim ham kanalimda e'lon berib ko'raychi, qiziqqanlar bormi deb bu yerga ham yozyapman.

Obsess Marketing Agentligi jamoasiga kontent menejer kerak.

Asosiy vazifa — Instagramga proyekt strategiyasidan kelib chiqib, kontent strategiya tuzish va kontentlar bilan ishlash.

Bizda har bir loyiha bo'yicha marketing menejer bor.

Ularning vazifasiga loyihaning to'liq boshqaruvi, lidogeneratsiya va sotuvlar bo'yicha mas'uliyat kiradi.

A kontent menejer esa faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi oxvatlar, ko'rishlar soni va obunachilarga fokus qilgan mutaxassis hisoblanadi.

Qanday ishlash bo'yicha o'zimiz o'rgatamiz, no minimum 6 oylik tajriba va kontent bo'yicha portfolio talab qilinadi.

Hozir o'zimni shogird marketologlarimdan tashqari, kontent menejer qizimiz bor.

Shuning uchun qizlar orasida qiziqqanlar bo'lsa, yanayam yaxshi.

P.S. Bu e'lon xodim topishimiz bilan o'chib ketadi.

👉 Ungacha manga portfolio va rezyume bilan yozishingiz mumkin: @obsessceo

Aziz Axtamov

27 Oct, 07:53


Raqobatni juda yaxshi ko'raman. O'yin yanayam qiziqarli bo'ladi😈💀

P.S. Emoji'larga e'tibor bermangla, o'tgan hafta ko'p TikTok kirganman😂

Xop, raqobat deganda nimani aytmoqchiman?

Juda ham ko'p digital marketing agentliklari reklamalarini ko'ryapman oxirgi bir oy ichida.

Har kuni yangi marketing agentligi ochiladi.

Ularning 80% qismi Instagramini ochganiga 1 oy ham bo'lmagan.

Ba'zilari kattaroq byudjet bilan kirib, ko'proq reklama qilsa...

Ba'zi yangilar o'zidagi ofis, jamoa va keyslar haqida gapirib chiqadi.

Bu zo'r va bundan xursand bo'lyapman.

Sababini tushuntiraman.

4 yil oldin marketing agentligi sifatida faoliyat yuritishni boshlaganimda...

Bozorda bir nechta "qariya" agentliklar bo'lardi.

Ular reklama qilmasa ham loyihalari katta va ko'p edi.

Va o'sha vaqtlarda yangi ochilgan agentliklar ham o'zi uchun marketing yuritmasdi.

Raqobat zerikarli tuyilardi.

Hozir qiziqligi sababi, shu reklama orqali bozordagi mijozlarni jalb qilayotgan "yangi"lar bozordagi boshqa o'yinchilarni ham harakatga undayapti.

Aslida shunaqa bo'lishi kerak.

Raqobat kuchaysa, marketing agentliklar ham o'zlarini marketinglari ustida, tizim ustida, xizmat sifati ustida va narxlari ustida ishlashni boshlaydi.

P.S. O'yin qiziqarlilashayotgani munosabati bilan yangi chiqishlarga tayyorlanyapman, tez orada ko'rasiz)

Aziz Axtamov

26 Oct, 10:04


Yuqoridagi postga yozilgan izohlarni o'qiyapman, dahshat😂

GPT bilan suhbatingizni undan ham qiziqroq qilish yo'li bor))

Sizga bergan javobidan keyin yana bir savol bering...

📸 Va u hayotingizni rasm ko'rinishida tasvirlab beradi.

Qani, bunisini ham sinab ko'ringchi! Nima rasm chiqarkin?)

"Give your main answer as a photo"

Aziz Axtamov

26 Oct, 07:48


Sun'iy intellekt ustizdan kulib tashashi mumkin, sinab ko'ramizmi?

Yaqinda bir tanishim ChatGPT uchun bir "prompt" berdi va sinab ko'rishimni aytdi.

Boshida jiddiy qabul qilmadim, lekin bu savolni GPTga berib ko'rganimda🤯

Siz shu vaqtgacha GPTga bergan hamma savollaringizdan kelib chiqib...

U siz haqingizda o'rganib boradi.

Eng qizig'i, sun'iy intellekt bu borada sizga qattiq hazillar qila oladi😂

Jon deb manga qigan hazillarini sizlar bilan ulashardimu, no lichniy informatsiyalarni ham berganimni hisobiga hazillari ham lichniylashgan😑

O'zizda sinab ko'ramizmi?

Unda GPTga quyidagi promptni yozing:

"Roast me based on my previous prompts"

P.S. Agar inglizchaga tushunmasangiz, bu shu bo'yicha javob bergandan so'ng, "buni o'zbek tiliga tarjima qil" deb aytasiz va javobini o'zbek tilida beradi.

Qiziqroq javoblarni shu post izohiga jo’natsangiz bo’ladi :)

Aziz Axtamov

17 Oct, 07:47


Hozirgi holatingizni baholaganmisiz shu vaqtgacha?

Juda ham ko'pchilik o'zining kelajakdagi xohishlarini va B nuqtasi haqida o'ylaydi.

Lekin, o'zining hozirgi A nuqtasini baholamaydi.

Bir mashq topdim, shuni siz bilan bo'lishaman.

Hozirgi holatingizni quyidagi 4 ta sferada baholashingiz kerak:

1️⃣ Daromadingiz

Shaxsiy daromadingiz, biznes "oborotingiz" va hokazo.

Siz kutgandekmi hozir? Yo'q bo'lsa, siz kutgan natija uchun qancha orqadaligingizni bilib oling.

2️⃣ Sog'liq

Sog'liq bu umumiy salomatligingiz va undan tashqari jismoniy ko'rinishingiz.

Energiyangizga va tashqi ko'rinishingizga qanchalik ta'sir qilishi

3️⃣ Munosabatlar

Turmush o'rtog'ingiz bilan, oila a'zolaringiz, do'stlaringiz va hokazo.

Insonlar bilan munosabatingiz qanday?

Aslida siz qanday xohlaysiz?

4️⃣ Iymon

Alloh bilan munosabatingiz, ruhiy holatingiz. Ichki xotirjamligingiz bo'lmasa, qolgan sabablar sizga yetarlicha yechim bo'lmasligi mumkin.

P.S. Bu qadamlarni 1-10 gacha baholab, o'zingizning hozirgi holatingiz qandayligini bilishingiz mumkin.

Shundan keyingini o'zingiz istagan B nuqtani aniqlab, unga olib boradigan yo'l xaritasini tuzishingiz oson bo'ladi

Aziz Axtamov

11 Oct, 14:18


🎁 BONUS sovg'a: 10X MARKETING

10 baravar tamoyili degan tushuncha bor.

Unga ko'ra, qaysidir natijani 10x yaxshilash 2x ga yaxshilashdan ko'ra osonroq hisoblanadi.

Faqat buning uchun nima qilishni aniq bilishingiz kerak bo'ladi.

Va hozirgi harakatlaringizdan 10 baravar ko'proq mehnat qilishingizga to'g'ri keladi.

Bu marketingda ham shunday.

Aynan, shu bo'yicha batafsil kitobcha tayyorlaganman.

P.S. Buni shunchaki o'zingizga saqlab qo'ymang, baribir keyinchalik o'qimaysiz.

Hozir yuklab oling.

Hozir o'qing.

Hozir qo'llashni boshlang.

Aziz Axtamov

10 Oct, 05:00


🧲 [BEPUL dars] 2024-yil oxirigacha mijozlarni magnitdek jalb qilish qadamlari

Juda ham ko'pchilik marketingdagi muammolaridan charchagan.

Pul sarflaydi, natija yo'q.

Vaqt o'tadi, ishlar orqaga ketadi.

Lekin, o'zgarish bo'lmaydi.

Aslida, bu muammoga yechimni qayerdandir mo'jizaviy kelib qolishini kutish kerak emas.

Aniq qilinishi kerak bo'lgan ishlar ketma-ketligi bor.

Shuni bajarish kerak bo'ldi.

Boshqa hech narsa kerak emas.

Bu ishlar ketma-ketligini bajarish orqali:

1️⃣ Muammolaringizni aniqlab olasiz;
2️⃣ Bu muammolarga yechim qilasiz.

Aynan shu haqida video tayyorlaganman.

Video BEPUL.

Lekin, 2024-yil oxirigacha to'liq ko'rib, amalda qo'llamasangiz — FOYDASI YO'Q.

P.S. Videoni tarqatib yuborish bo'lmasin😑

Videoga link: https://youtu.be/dOmkUMwHUzo?si=526bg3yuEvNeenCi

Aziz Axtamov

10 Oct, 04:41


❗️Kanalda muhim o'zgarish

Xabaringiz bor, bu kanaldan qandaydir progrevlar orqali auditoriyaga nimadir sotish maqsadida foydalanmaganman shu vaqtgacha.

Da to'g'ri, man sotmasamam ko'p marta sotib ogansila)

Xop, asosiy 2 ta o'zgarish bo'ladi:

1. Kanalda post chiqish davomiyligi

Odatda qachon xohlasam, shu vaqtda post yozganman.

Endi, aniq reja va grafik bilan kanal muntazam yuritib boriladi.

2. Sotuv takliflarimni e'lon qilib boraman

Shu vaqtgacha to'g'ridan-to'g'ri sotmaganman.

Endi sotaman.

Buni sizga nima plyus-minuslari bor?

Asosiy plyusi: shu vaqtgacha hech qayerda bermagan qiymatli ma'lumot va materiallarimni hammasini shu kanalga joylab boraman.

Marketolog va biznes egalari uchun "marketing kutubxona" bo'ladi.

Ma'lumotlardan foydalanishingiz va chatda boshqalar bilan muhokama qilishingiz mumkin bo'ladi.

Savollaringizni chatda yozsangiz, tajribamdan kelib chiqib o'zim ham javob beraman.

Asosiy minusi: Kanalda 80% qiymat, 20% sotuv bo'ladi.

A lekin aslida bu ham siz uchun plyus hisoblanadi))

Sababi, sotuv taklifim ham — sizni natijaga olib chiqa oladi.

P.S. Va shu postdan boshlab, hamma fikrlaringizni bemalol izohda qoldirishingiz mumkin.

Aziz Axtamov

30 Sep, 05:55


Mr Beast kontent bo'yicha o'zining ichki jamoasi uchun kitob yozganini bilarmidingiz?

Ushbu qo'llanma 36 betdan iborat.

Eng muhim metrika va tajribalarini ulashgan ekan.

Kitob ingliz tilida, foydali bo'ladi deb ulashib qo'yapman.

Aziz Axtamov

16 Sep, 07:26


Maxsus yopiq linkli video

https://youtu.be/KiIpHZE5wYc

Aziz Axtamov

13 Sep, 17:58


Agar bu raqamlarni nazorat qilmayotgan bo’lsangiz, o’zingizni “marketolog” deyishga shoshilmang 🗿

1. Konversiya foizi

Veb-saytingizga yoki ijtimoiy tarmoqlaringizga tashrif buyuruvchilarning siz xohlagan "action"ni bajarishini o'lchashingiz kerak.

Bular lid qoldirganlarning necha foizi sotib olgani, necha foizi siz bergan lid magnitni yuklab olgani, qanchasi lid magnitdan so'ng, sizning xizmat va mahsulotingizga qiziqqani kabilar hisoblanadi.

2. Customer Acquisition Cost (CAC)

Bu bitta mijozni biznesga olib kelish narxi hisoblanadi. Bu raqam jami sotuv va marketing xarajatlaringizni jami mijozlar soniga bo'lish orqali hisoblanadi.

Bu raqamni nazorat qilib borish biznesda marketing va sotuv modelining qanchalik samarali ekanligini o'lchab borasiz.

3. Return on Investment (ROI)

Bu metrika siz marketingga qilayotgan investitsiyangizning qanchalik foyda olib kelayotganini o'lchaydi.

Bu orqali qaysi reklamangiz yoki qaysi xarajatingiz sizga eng ko'p foyda olib kelishini ko'ra olasiz.

4. Customer Lifetime Value (CLV yoki LTV)

Bitta mijozning umri davomida biznesingizga olib keladigan qiymati.

Bitta mijoz o'rtacha sizga necha oy pul to'lashining, qancha summa to'laganiga ko'paytmasi orqali hisoblanadi.

Buni bilish orqali siz yangi mijozlarni olib kelishdan tashqari, borlarini ushlab qolish va qiyamtini oshirish haqida ham o'ylab ko'rishga majbur bo'lasiz.

5. Trafik hajmi (Web yoki Jismoniy oflayn tashriflar)

Har oy veb saytingizga, ijtimoiy tarmoqlaringizga yoki oflayn manzilingizga tashrif buyuruvchilarni hisoblab boring.

Bu sotuvlaringiz o'sishini ta'minlovchi birlamchi ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.

6. Engagement Rate (Oxvat)

Siz ijtimoiy tarmoqlaringizga kontent chiqarayotganingizda u sizning auditoriyangizga qanchalik qiziq yoki manzur kelganini o'lchashingiz kerak.

Bu orqali brend taniqliligi va brendga bo'lgan auditoriya sodiqligi oshadi.

7. Leadgeneration

Onlaynda mijoz jalb qilish uchun eng muhim metrika. Bu metrikada lidlarning soni va sifatini nazorat qilib borasiz.

8. Bounce Rate

Saytingizga tashrif buyurib, lekin hech qaysi knopkani bosmasdan chiqib ketganlar foizi.

Bu metrika veb-saytingiz sifatini o'lchab beradi va sotuvga jiddiy ta'sir qiladi.

9. Email (Bizda SMS) openrate va ClickThrough rate

Siz jo'natayotgan SMS yoki chatbot xabarlarning nechtasini bazangizdagi auditoriya ochyapti va link ustiga bosyapti.

Bu lid parvarishlash (lead nurturing)dagi eng muhim ko'rsatkich.

10. Brend taniqliligi

Bu ko'rsatkichni aniq raqamda o'lchash qiyin, lekin brendingizni bozorda kimlar taniydi va qanday deb biladi — buni bilishingiz kerak.

P.S. Endi savol, yuqoridagilarning nechtasini siz nazorat qilib borasiz?

Aziz Axtamov

12 Sep, 18:33


☝🏻Bu qiz tochna bir nimani biladi

Marketing sohasida qizlar ichida yaxshi bilimga...

Va eng muhimi, kuchli tajribaga ega mutaxassislar kam bizda.

Lekin, bir qizni bilaman.

Express24 dek katta kompaniyada marketing menejer bo'lib ishlayotgan vaqtlarida loyiha ustida olib borayotgan ishlarini ko'rib...

Kreativ yondashuviga qoyil qolgandim.

Hozir esa o'zining jamoasi bilan bir nechta loyihalarda marketing va shaxsiy brend yurityapti.

Yaxshi yangilik — hozir yana blogini qayta aktiv yuritishni boshlagan.

Blogida digital marketing, zapusk va PR haqida qiziqarli insaytlarini ulashib boryapti.

❗️Lekin, yomon yangilik ham bor: kanaliga obuna bo'lsangiz, postlardagi yumor va TOV sizni kanalni doimiy kuzatishga majbur qilib qo'yadi.

No, buyam foydangizga.

👉🏻 Shuning uchun srochno o'tib, obuna bo'lib qo'ying: @kumush_baxtiyorzoda

P.S. Tirikchilik huquqi asosida qimmatli tavsiya))

Aziz Axtamov

08 Sep, 15:46


Budilnikni uyg'onadigan vaqtingizga emas, uxlaydigan vaqtingizga qo'ying.

Budilnik chalganda uxlang.

Shunda, uyg'onishga qiynalaman degan muammo bo'lmaydi.

© Man eshitgan eng yaxshi maslahatlardan

Aziz Axtamov

06 Sep, 17:51


Hozir Buxorodaman.

Yoshlikdan birga katta bo'gan jo'ram bilan "muravey"iga chiqvolib, ko'cha aylandim)

Uyga kesam Toshkendagi shovqinli, stressli muammolar chekingandek bo'ladi.

Bunga bir nechta sabab bor deb o'ylayman:

* Sokinlik;
* Va odamlarning qanoati, boriga shukr qilib yashashi.

Insonning halovati ham ayni shu qanoatda bo'lsa kerak, deb o'ylayman.

Undan tashqari, manga yoqadigan joyi kundalik operatsion ishlardan uzoqlashib…

Strategik rejalar qilib olish uchun ham ajoyib imkoniyat bo'ladi.

Aziz Axtamov

29 Aug, 14:32


Sizning borligingizni mijozlaringiz bilmaydi, ko'proq reklama qiling

Ko'p hollarda biznes egalari reklamalarimizdan odamlar zerikdi, hech kim qilmagan ishni qilaylik kabi gaplarni aytib qolishadi.

Lekin, haqiqat shuki mijozlaringiz sizning ismingizni ham eslab qolmagan bo'ladi.

Reklamangizu, undagi berayotgan taklifingizni aytmasa ham bo'ladi.

Shuning uchun mijozlaringizga borligingizni eslatishdan zerikmasligingiz va charchamasligingiz kerak.

Ular hozir sizning xizmat va mahsulotingizni sotib olishni rejalashtirmayotgan bo'lishi mumkin.

Yoki bu xizmat/mahsulotni boshqa kishidan sotib olayotgan bo'lishi mumkin.

Lekin, qachondir sotib olish uchun ochiq bo'lganda, birinchi bo'lib sizni eslaydi.

Sababi, siz ularga doim o'zingizning qiymatli va sotuv takliflaringiz bilan o'zingizni eslatib turgansiz.

Har kuni qilishingiz va e'tibor berishingiz kerak bo'lgan jihatlar:

1️⃣ Sizni taniydigan yoki tanishlaringiz orqali chiqish mumkin bo'lgan potensial mijozlarga takliflaringiz bilan chiqing

2️⃣ Doimiy ravishda potensial mijozlaringizga qiymatli, qiziqarli bo'ladigan kontent ustida ishlang

3️⃣ Reklamalaringiz ustida ishlang, yangi kreativlar oling, metrikalarni nazorat qilib boring.

Bularning barchasi bozorda sizning borligingizni bildiradi.

Sotish uchun ularga foydali bo'lgan xizmat va mahsulotingiz borligini bildirib turadi.

Sizning borligingizni bilmagan odamlar, sizdan sotib ololmaydi.

Aziz Axtamov

12 Aug, 10:46


Kopiraytingda shu vaqtgacha o'rgangan eng muhim qoidalarim

Bu qoidalar oxirgi 60 yil ichida juda ham ko'p sotuvchi matnlarda sinalgan va millionlab dollar sotuvlarni olib kelgan qoidalar hisoblanadi.

Bularni shunchaki o'rganganim yo'q.

Shu vaqtgacha ishlagan 70 dan oshiq loyihalarimda sinaganman.

Va natijasiga guvoh bo'lganman.

Bugun sizga eng muhimlarini shunchaki berib yuboraman:

☑️ Har doim gaplaringizni ikkinchi shaxsga qaratib yozing (ya'ni, SIZ deb murojaat qiling);

☑️ Sarlavhangiz matnida 7 ta so'zdan ko'p so'z ishlatmang;

☑️ Har doim o'zingizdagi eng "premium" qiymatni berishga harakat qiling;

☑️ Har doim to'lovni qaytarish kafolatini bering. Sifat va natijasiga ishonmasangiz, u mahsulotni sotmang;

☑️ Matningiz kuchli bo'lishi uchun unda "HOZIR", "BEPUL"ga o'xshagan kuchli so'zlarni ishlating;

Agar siz o'z marketing harakatlaringizda ishlaringiz "o'tmaslashib" qolganini his qilsangiz...

Kopirayting kitoblaringizni qayta varaqlang.

Kopiraytingni yaxshiroq o'rganing.

O'rganganlaringizni doimiy takrorlang.

Marketingning ildizi bu - insonning sotib olish psixologiyasi.

Bir necha yillardan beri o'zgarmaydigan qoidalar asosida ishlaydi.

Shu ilmlar kopiraytingda o'rganiladi.

Aziz Axtamov

07 Jul, 07:48


Bu post sizlarni "progrev" qilish uchun emas edi lekin😂

Shunchaki, insayt kelib qoldi, yozdim.

Lekin, yaqinda o'tkazgan CustDev'imdan nimadirni "hid"ini sezganlar bo'lishi mumkin.

Va sizlar haqsizlar😂 — yaqinda mentorship qilmoqchiman.

Va "progrev" uchun bilishingiz shart bo'lgan natijalarimni bemalol ulashaman.

Progrevliginiyam oldindan aytaman.

Sababi, bu narsaga ehtiyoj borligini bildim:

1. Juda ham ko'p sohadagilar o'zi xohlagan natija va yo'lni topa olmayapti. Man bosib o'tgan yo'limdan sinalgan qadamlarni berib, yordam bera olaman.

Foyda va natija olishingizga ishonaman.

Shuning uchun yordamimni qizg'onmayman.

2. Ikkinchi sabab — marketing agentligim kengaymoqda.

Va bozorda yangi bo'lgan xizmatni ishga tushirmoqchiman.

Buni qilish uchun ko'proq shogirdlar kerak.

Shogird uchun ham WIN, ular ishlaydigan biznes egalari uchun ham WIN, o'zim uchun ham WIN bo'ladi.

3X WIN.

Lekin, joy unaqa ko'p bo'lmaydi va CustDevning o'zida o'rnini band qilganlar bor.

Shuning uchun "progrev" qilsam ham foyda olishingizga ishonaman.

Kuzatib boravering.

Aziz Axtamov

07 Jul, 07:37


Juda ham ko'p digital marketologlarni analiz qilib chiqqanman.

Dunyo bo'yicha ham, O'zbekiston bo'yicha ham.

Va bu narsa o'zimda ham natijasini ko'rsatdi.

Bor-yo'g'i 2 ta muhim qoidasi bor:

1️⃣ Digital Marketingning har bir yo'nalishida bilim-tajribaga ega bo'ling. Bu sizni "xavfli", "qo'rqinchli" qiladi.

2️⃣ Va shu yo'nalishlardan biriga juda chuqur kiring va bu yo'nalishni "master"iga aylaning.

Man o'zim — trafik bo'yicha, sotuv voronkalari bo'yicha, organik kontent bo'yicha, facebook reklamalari (targeting) bo'yicha, kopirayting bo'yicha...

Har bir loyiha uchun shu yo'nalishlarda o'zimdan oldingi natijalar rekordini yangilaydigan darajada ustida ishlayman.

Va bu yo'nalishlardan biriga juda ham ixtisoslashish darajasida tanlaganman.

Bu KOPIRAYTING.

Buni tanlashimga sabab — kopiraytingdagi fundamental qoidalar 100 yil oldin ham hozirgiday bo'lgan va 100 yil keyin ham o'zgarmaydi.

O'zgarmas fundamental bilimlar esa qolgan yangilanishlarning ildizi hisoblanadi.

Aziz Axtamov

02 Jul, 10:21


🎁 [BEPUL Video] ChatGPT orqali marketolog sifatida vaqtingizni 20X ga tejash sirlari

Yuqoridagi aytgan keysim bo'yicha videoni ko'rishingiz mumkin.

Faqat, buning kichik bir sharti bor.

Videoni qo'lga kiritish uchun 3-4 daqiqa vaqtingizni oladigan so'rovnoma bor.

Uni to'ldirish orqali auditoriyani yaxshiroq tushunishimga va blogimni rivojlantirishimga yordam bergan bo'lasiz.

Va so'ngida shu videoni qo'lga kiritish uchun havola chiqadi.

Oldindan rahmat!

👉 Marhamat: So'rovnomaga havola

Aziz Axtamov

02 Jul, 06:26


Agar kimdir vaqtingizni 20X va undan ko'proq tejashga yordam bersa...

Va eng muhimi, bu ish uchun oyiga bor-yo'g'i $20 pul olsa — siz uchun nimalar o'zgarib ketardi?

Yaqinda Instagramga storis qo'ygandim.

ChatGPT orqali qanday qilib marketolog sifatida vaqtimni 20 baravarga qisqartirganim haqida.

Timer'ni yoqib qo'yib, 3 soatni ichida bir loyiha uchun:

* Butun boshli kontent strategiya va bir oylik kontent, skript-ssenariylari bilan;
* Target reklama rejasi va diqqatni jalb qilish uchun kuchli reklama kreativlari;
* Shu reklamalarga mo'ljallangan butun boshli sotuvchi sayt matni;

Va boshqa jarayonlarni amalga oshiraman.

Buning uchun manga shu loyiha uchun CustDev fayli, Raqobatchilar analizi fayli va loyihaning o'zi hamda UTPlari haqida ma'lumot fayllari yetarli bo'ladi.

Bu fayllarni ChatGPTga kiritib...

To'g'ri promt yozsangiz...

Qolgan jarayonlar bir necha soniya va daqiqalar ichida hal bo'ladi.

Undan tashqari, butun boshli sotuv voronkasi ma'lumotlarini kiritib, qaysi etapda yo'qotish bo'layotgan bo'lsa...

Aynan, shu qismlar bo'yicha ham sun'iy intellekt aniq yechim berishi mumkin.

Instagramga qo'yganimda juda ham ko'pchilik qiziqish bildirdi.

Sizga ham bu qiziqmi?

📹 Qiziq bo'lsa, bu bo'yicha to'liq YouTube video tayyorladim.

Shu linkni sizga beraman.

Qiziq bo’lsa, izohda yozing yoki shunchaki bu postga reaksiya qoldiring.

Aziz Axtamov

30 Jun, 15:26


Agar hozirda biznesingiz uchun lidogeneratsiya qilmayotgan bo'lsangiz...

Va savdo bilan bog'liq muammolaringiz o'z-o'zidan hal bo'lishini kutayotgan bo'lsangiz...

Bu xabarni oxirigacha o'qishni maslahat beraman (o'zingizning foydangiz uchun)

Hozir sizga doimiy sifatli lidlar siz uchun hammasini qanday o'zgartirib yuborishi mumkinligi ketma-ketligini aytaman:

1️⃣ Agar har kuni xizmat va mahsulotingiz uchun sotib olish istagidagi sifatli lidlar "eshingizni taqillatib" kelib tursa...

Sizda ishlash uchun mijozlar varianti ko'proq bo'ladi.

2️⃣ Agar sizda ishlash uchun variantlar ko'proq bo'lsa, sotuv jarayonida "bechora sotuvchi" bo'lib qolmaysiz.

Potensial mijozlar ular yagona emasligini, sizning xizmatingiz uchun talab yuqori ekanligini suhbatning o'zidanoq sezadi.

Aksi bo'lsa, ular sizdan qochishga harakat qiladi.

3️⃣ Agar siz sotuv jarayonida "bechora sotuvchi" rolida bo'lmasangiz, sotuv jarayoni shuncha oson kechadi.

Chunki, mijozlar ularga ko'proq bosim qilayotganingizda, sizdan qochishga harakat qiladi.

4️⃣ Agar sotuv jarayoni osonlashsa, sotuv konversiyangiz oshadi.

Ya'ni, har 100 ta liddan sizga pul to'lagan mijozlar foizi oshib boradi.

5️⃣ O'zingiz istagancha mijoz olishni boshlaganingizda, "qonni so'radigan mijozlar" bilan ishlashga majbur bo'lmaysiz.

6️⃣ Mijozlaringiz soni oshsa va xizmatingiz sifati ular kutganidan ortiq bo'lsa, o'z-o'zidan sarafan radio (oddiy qilib aytganda tanish-bilish) orqali keladigan mijozlar soni ham oshadi.

7️⃣ Lid ko'p bo'lsa, mijoz ko'p bo'lsa, sarafan yaxshi ishlasa — talab-taklif qoidasiga binoan, qimmatroq narxda ishlash imkoniyati tug'iladi.

8️⃣ Qimmatroq narxda ishlashni boshlaganingizda, foyda marjasi ham oshishni boshlaydi.

9️⃣ Daromadingiz oshishni boshlaganda, siz eng yaxshi jamoani atrofingizda jamlay olasiz. Va ularga yaxshi haq to'lay olasiz.

🔟 Yaxshi va kuchli jamoa esa biznesingizdagi ishlar sifatini yuqoriligini ta'minlaydi.

1️⃣ Bu jarayon yana lidlarning oshishiga va brendingiz taniqliligi uchun ko'proq sarflashingizga yo'l ochadi.

Va jarayon takrorlanadi.

Bu qadamlarning hammasi birinchi qadam, ya'ni — lidogeneratsiya tizimini ishlab chiqish va reklamalaringizni ishga tushirishdan boshlanadi.

Aziz Axtamov

21 Jun, 16:17


Gedonizm ta'limoti haqida eshitganmisiz?

Yevropada uyg'onish davrida gedonistik ta'limot rivojlanib borgan.

Ta'limotning ma'nosi — inson oʻzining tabiiy ehtiyojlarini toʻla-toʻkis qondirish uchun intilishga haqlidir, degan gʻoyalardan iborat.

Ba'zida inson baxtga erishishda gedonistik ta'limot g'oyalari orqasidan ketib qoladi.

Buni qayerdan bilish mumkin?

Gedonistik ta'limot belgilari:

* Maqsad — o'zi xohlagan xursandchilikka erishish;
* Inson o'zining holatini faqatgina subyektiv yaxshi deb o'ylaydi;
* Ko'proq materialistik xohishlarga asoslangan;
* Faqatgina pozitiv emotsiyalar ortidan quvadi;
* Pozitiv emotsiyaga erishish uchun negativ emotsiyadan o'tishni istamaydi

Evdemonizm — ikkinchi qarash.

* Maqsad — o'z potensialidan maksimal foydalanish;
* O'zi xohlagan narsaga erishish uchun og'riq va qiyinchiliklarga sabr qilishga tayyor;
* Shaxsiy o'sishga erishish;
* Qilinayotgan ishlarning oxirgi natijasidagi lazzatga emas, uning ma'nosiga e'tibor berish;

Gedonistik harakatlar dopaminga qaramlikka olib boradi.

Buning oxiri yo'q.

Hayot tarzini yaxshilash ham shunday ishlaydi.

Agar siz hayot tarzingizni lazzat olish uchun oshirayotgan bo'lsangiz...

Masalan, yangi telefon, yangi kiyim, yangi soat, yangi moshina va hokazo.

Buning oxiri yo'q va borib-borib bular sizga lazzat bermay qo'yadi.

Odatda biz xohlayotgan juda ham ko'p narsalar aslida bizning shaxsiy xohishimiz emas.

Shunchaki, demokratik jamiyatda ko'zga ko'rinmaydigan mexanizmlar bizni materialistik narsalarni xohlashga manipulyatsiya qiladi.

Xo'sh, xohishlardan voz kechish kerakmi shunda?

Materialistik xohishlarimiz va hayotdagi maqsadimiz o'rtasidagi garmoniyani belgilay olishimiz kerak.

Bu ishni siz quyidagi 7 qadamda amalga oshira olasiz:

1. Avtonomlik — hayotdagi yo'lingizdan borishingizda atrofdagilarning fikrlariga e'tibor bermaslik va qat'iyat topa olish.

2. O'zligingizni qabul qilish — o'zingizdagi kuchli va kuchsiz tomonlarni anglash va ularni doimiy rivojlantirib borish ustida ishlash.

3. Hayotdagi maqsad — hayotdagi siz xohlayotgan har bir "lazzat" sizni asosiy maqsadingiz yo'lida bo'lishi va sizni adashtirmasligi

4. Shaxsiy rivojlanish — hayotdagi oliy maqsadingiz yo'lida ichki qobiliyatlaringizni va potensialingizni kashf qilish;

5. Atrof-muhit qurboni bo'lmaslik — atrof-muhitingiz sizni emas, siz atrof-muhitingizni boshqara olishingiz kerak.

6. Pozitiv munosabatlar — hayotingizdagi insonlar bilan munosabatlaringizni yaxshilash ustida ishlashingiz kerak, chunki bu sizning harakatlaringizga ta'sir qiladi.

7. Qobiliyatlarni rivojlantirish — talantlaringizni master qilishingiz kerak. Qaysidir ishni ustasi bo'lganingizda, ishingizdan baxtni his qilasiz.

Agar siz biznesda bo'lsangiz yoki karyerada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, quyidagi yo'nalishlarda ham muvaffaqiyat uchun harakat qilishingiz kerak:

1️⃣ Ruhiy holatingiz / iymoningiz

2️⃣ Moliya / finans holatingiz

3️⃣ Sog'liq / fitness

4️⃣ Munosabatlar

Kaizen — doimiy ravishda rivojlanish va ustida ishlash ustiga qurilgan yapon tamoyili