Humoyun Sabirov @humoyunsabirov Channel on Telegram

Humoyun Sabirov

@humoyunsabirov


Humoyun Sabirov (Uzbek)

Sizga internetda eng so'nggi ma'lumotlarni beradigan va yangi texnologiyalar haqida sanaatchiliklarini o'rgatingan Telegram kanalini taklif qilamiz - Humoyun Sabirov! Kanal ishonchli xabarlar, so'nggi texnologiyalar va sanaatchilik dunyosidagi yangiliklar bilan to'ldirilgan. Humoyun Sabirov - bu, texnologiyalar sohasidagi barcha so'nggi yangiliklar va ma'lumotlarini o'z ichiga olgan Telegram kanal, bu yerda siz texnologiyalar sohasidagi so'nggi rivojlanishlarning to'g'risida o'ylab ko'rasiz. Kanalga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling! Sanaatchilik dunyosining eng so'nggi ma'lumotlariga ega bo'ling va o'z zamonaviy texnologiya bilimlaringizni kengayting!

Humoyun Sabirov

07 Feb, 10:11


Oyiga $10,000 daromad: haqiqiy game changer

Ko'pchilik yiliga $100,000 ishlab topishni katta maqsad sifatida ko'radi. Lekin bu daromad darajasi siz o'ylagandek hamma muammolaringizni hal qiladimi? keling real holatga nazar tashlaymiz.

Yaxshi daromad insonni erkinroq qiladi, lekin faqatgina pul bilan to'liq erkinlikka erishib bo'lmaydi. Haqiqiy erkinlik - o'zingiz yoqtirgan ishni qilish va vaqtni to'g'ri boshqarishdir.

Birinchi oyiga $10,000 daromadimni 2023-yil Yanvarida topganman va bu hayotimdagi haqiqiy game changer bo'lgan.

Yashash bo'yicha hamma harajatlar qoplanadi, investitsiya qilish yoki o'zingizdan ortinib nimadir (uy, moshina, mulk) sotib olishga imkoniyat paydo bo'ladi. Oyiga $3-5,000 da kattaroq bir ish qilish qiyin deb o'ylayman (shaxsiy tajribamdan kelib chiqib)

Bu daromadga chiqishda mutaxassislikni o'zi yetarli emas deb hisoblayman, hisoblab chiqdim atrofida o'zim tanish bo'lgan 100 ga yaqin 18 yoshdan 35 yoshgacha oyiga $10,000 dan $100,000+ gacha daromad qiladigon insonlar bor. Ularni hammasida mutaxassislikdan ko'ra ko'proq ko'nikma va hislatlar bor.

Shu bo'yicha uzoq o'rganib, atrofimdagilar va o'zimni tajribamdan kelib chiqib yiliga $100,000 daromadga chiqmoqchi bo'lganlar bilishi kerak bo'lgan qoidalar mavzusida Youtubega video tayyorladim.

Bu infobizdagilar va boshqa soha vakillari uchun ham to'g'ri keladi, yangicha formatdagi kontent, 15 minut lekin maksimal go'shtli.👇


https://youtu.be/iDd5aLANfIc?feature=shared

Humoyun Sabirov

27 Jan, 12:02


Eng katta raqobat qaysi ishda?

Kim bilan gaplashsam tadbirkor bo’ladimi, mutaxassismi bizni sohachalik raqobat kuchayib ketayotgan boshqa soha bo’lmasa kerak, boshqa sohada biznes qilganimda hozirgidan 3-4 barobar kattaroq bo’lardim deb aytishadi, aksariyati.

Eng katta raqobat qaysi ishda, yiliga 100 mln$ lab aylanma qiladigon kompaniyada 10,000$ oylik oladigon marketolog, moliyachi umuman top menejer bo’lishdami? O’zbekistonda yangi biznes boshlab raqobatchilar biłan kurashishdami yoki Manchester cityda himoyachi bo’lishdami?

Yo’q, Buenos-Ayresda idish-tovoq yuvuvchi bo‘lish eng qiyini.

Agar sizn shu ishni xohlasangiz, ochlikdan qochib Argentinaga kelgan o‘n minglab boliviyalik va paragaylik qishloq yigitlari bilan raqobat qilishing kerak bo‘ladi. Ular qizib ketgan va dimiqib turgan oshxonada kuniga 15 soat ishlashga tayyor. Ular yettovlon bitta xonani ijaraga olib, navbatma-navbat uxlaydi va kuniga 5$ ga qoniqishadi.
Siz ular bilan raqobatlasha olmaysiz, bu – haddan tashqari raqobatbardosh soha va odamlar tez-tez o‘zgarib turadi. Kasal bo‘ldingizmi – haydalasiz.

Boshqa tomonda ishini kechiktirib, loyihalar navbatda turgan va oyiga 1,000-2,000$ topadigon targetolog. Uni asosiy muammosi bugun B&B ga borib ishlasammikin yoki Coworkinggami?

Juda qiziq paradoks, qanchalik kuchli bo'lsangiz, qancha ko’p pul topishni boshlasangiz shuncha raqobatchilaringiz kamayib boradi. Bazilar oyiga 500$ ishlab topish uchun jonini berishga tayyor, lekin bir marta boshini ko’tarib yonidan o’tib ketayotgan 10,000$ lik imkoniyatni ko’rmaydi.

Sohasi bo’yicha keyingi bosqichga chiqish haqida o’ylab ko’rishga, birorta idea o’ylab topishga erinadi, lekin har kuni 7 da uyg’onib 10-12 soat ishlashga erinishmaydi. Eng katta raqobat eng arzimas narsalarda bo’ladi.

Ingliz tilidan dars beradigon do’stim bor, darsini oyiga 1,000$-1,500$ sotib 3 oylik pulini oldindan olish, avval individual darslarini 300$ ga o'tganidan ancha osonroqligini aytdi. 6 oylik dasturini narxini 30,000$ ga olib chiqmoqchi, bunga ishonaman. Chunki bu segmentga bu narxda taklif beradigon raqobatchilar juda va juda sanoqli, shunchaki dars o’tadigon ingliz tili o’qituvchilari esa juda ko’p.

Oyiga 20,000$-30,000$ topish 2,000-3,000$ topishdan osonroq, bu raqobatchilar bir necha 10 barobar kam bo’ladi. Katta va muhim ishlarda ishlab ko’p pul topish, muammoli odamlar qo’lida arzimagan pulga ishlashdan osonroq.

Sohada zo’r bo’ling va yaxshi daromad toping, bu yerda hammasi ancha osonroq)

Humoyun Sabirov

16 Jan, 11:39


Sizlarga vada qilgan 20,000 obunachidan 400,000$ qilganim bo'yicha lead-magnit tayyor

Auditoriyani qanday olib kirdim, qaysi usullardan foydalandim, qancha budjet sarfladim

Qaysi instrumentlar ishladi, qaysilari yo'q

Porgrevni qanday strategiya bo'yicha qildim

Voronka, Raqamlar to'liq ochilgan

40 minutda to'liq tushuntirb o'tganman, blogidan monetizatsiya qilmoqchi bo'lgan hammaga kerakli darslik. Har doim ham bunaqa kontentlar chiqarmayman) 👇

https://youtu.be/I78n1PUFwFM

Humoyun Sabirov

09 Jan, 15:05


2025-yilda O'zbekistondagi zapusklarda eng muhim 3 ta o'sish nuqtalari.

Ohirgi 2 yilda 20 dan ortiq zapusklarda umumiy 2 mln$ dan ortiq aylanma qilibmiz (70-80% Маржа) va 100 dan ortiq shogirtlar chiqardim. O'zimni va ularni zapusklari xulosalarini jamlagan holatda eng muhim o'sish nuqtalariga to'xtalmoqchiman.

1. Kontent. Bozordagi eng muaffaqiyatli zapusklarni qarasangiz ekspert hamma raqobatchilardan ko'p kontent ishlab chiqaradi, faqat reelsni o'zi bilan chegaralanmagan, Youtube, Telegram, Instagram... maksimal auditoriya bilan kasaniyalarni ko'paytiradi.

Bizda aslida ekspertlar yetarli darajada, faqat ular bilan ishlash, kontent chiqarish, auditoriya olib kirish ustida ishlash kerak. Albatta bugun kontent chiqarsangiz ertaga sotuv oshib ketmaydi, avval bu dunyoga (odamlarga) kontent orqali qiymat berasiz, keyin esa ular sizdan sotib olishadi.

2. Product taklifi va natija. Sizda auditoriya bor degani ularga aniq nimadir sota olaman degani emas. Productingizdagi taklif qanchalik kuchli bo'lsa shuncha sotuvlar baland bo'ladi. Hamma o'zini productini eng zo'ri, ideal deb o'ylaydi, o'zini hayolida. Lekin mijozni xohish, o'griq, ehtiyojlarini o'rganilmasdan (CustDev orqali o'rganasiz) yaratilgan productlar bozorda sotilmaydi.

- Mijoz B nuqtasi nima, qaysi ketma-ketlikdagi qadamlar orqali bu natijaga chiqadi?
- Qanday formatda yetkazamiz (coaching, mentorlik, kurs, marafon...)
- Boshqa raqobatchilarimizdan qanaqa ustunligimiz bor, pozitsiyamiz qanaqa?

3. Nisha+Ekpert. Muaffaqiyatli zapuskda nishani o'rni muhim maqsad 20-30K$ bo'lsa istalgan yo'nalishda qilish mumkin, lekin 100-200K$ va undan katta zapusklar uchun mos nisha tanlagan bo'lishingiz kerak. Sartaroshlikda 100,000$ qilish qilishdan ko'ra dietalogiya yoki moliya bo'yicha 100,000$ 10 lab barobar osonroq.

Humoyun Sabirov

10 Nov, 17:09


Faxr, hayajon, shukronalik

Kecha mana shu 3 ta hissiyotni boshimdan o’tkazdim, haligacha tark etgani yo’q.

O’tgan 1 yil voqealiklarga boy o’tdi:
- loyihalar
- to’y
- sayohat

Lekin asosiy fokusim ishda bo’ldi, zapusk modeli eskirdi, endi o’xshamaydi deyilgan paytda jamoa bilan 1 mln$ ga yaqin sotuvlar qildik.

Kecha ana shu mehnatning kichik natijasini ko’rdim. Yil boshida otamning tug’ilgan kunlariga avtomobil sovg’a qilishni niyat qilgan edim.

Alhamdulillah, erishdim!

Otamning quchog’larida tabassumlarini ko’rganimda o’tgan 1 yil ichidagi barcha stresslar, muammolar esimdan chiqib ketdi.

Izohlarda tabriklab ketishingiz mumkin)

Humoyun Sabirov

09 Nov, 14:31


Muvaffaqiyatli zapuskda ekspert muhimroqmi yoki prodyuser? (zapuskga partnyor tanlash)

2 yilga yaqin infobizda 20 dan ortiq zapusklarni amalga oshirgan inson sifatida partnyor tanlashdagi xulosalarimni bermoqchiman, ekspert va produserlar uchun juda foydali bo’ladi.

Uzoq yo'lga birga chiqishga tayyor bo'lsangizgina ishni boshlang, katta natijalar uzoq muddatda bo'ladi, zapuskdan tez ko'p pul topishni va’da berayotgan odamga sizni reputatsiyangiz katta ehtimol bilan qiziq emas.

Rossiyada hozir prodyuser va ekspert yangi loyiha boshlayotgan bo'lsa 3-zapuskdan foydaga chiqishga tayyor bo'lib ish boshlashadi, bizda birinchi zapuskning o’zida 10-15K$ lik natijani muaffaqiyatsiz bo'ldi deb partnyorlik to'xtaydi hatto ekspertlar sohadan chiqib ketgan holatlar ham bo’ladi.

Prodyuserlar ekspert tanlayotganda faqatgina obunachi bilan chalg'ib qolmang, 1,5 yilda ekspertlarimga 1 mln obunachi yig'gan inson sifatida aytaman obunachini istalgan odamga istalgancha yig'sa bo'ladi.

Ekspertni mutaxassisligi ( Top 1 % ichida bo'lishi kerak sohasida), xarizmasi va prinspli bo'lishi juda muhim.

Tushunmagan va odamlarga foydasiz sohalarda ekspert olmang, shu paytgacha trader, psixologlardan juda va juda ko'p ekspertlar chiqqan va ularda katta zapuskga potensial juda yuqori ham bo'lgan lekin birortasi bilan ishlamadim, chunki bu yo'nalishlarda kuchli kuchsizini aniqlash juda qiyin ohirida quruq va ho'l birga yonadi.

Zapusk muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ekspert ham prodyuser ham birdek muhim, bizda 2-3 talab 100k$ lik zapusklarni qilgan bir nechta ekspertlar partnyorlik tugagandan keyin o'zlari yoki boshqa produserlar bilan zapusk qilib ko'rishdi, “obunachilar barbir menda-ku” degan hayol bilan.

Ha aktivlar qoldi, lekin zapusk o'xshamadi, yana qayta chiqishdi, qiziq a?)

Asosiy ommaga ko'rinmidigon ayzbergi pastidagi ishlarni prodyuser qiladi:

- CustDev
- Bozor, raqobatchilar analizi
- Offerlar, productni aniqlash
- Dekompozitsiya
- Traffik
- Sotuv
- Vebinarga tayyorlash
- Progrevlar

Ekspertda esa hammaga ko'rinadigon ishlar, storis yuritish, reelsga gapirish, dars yozish, vebinar o'tish. Kuchli ekspertlar albatta product darslarni o'tilishini ham taminlaydi. Aslida ikkisi ham muhim, lekin shularni oradida qaysidiri qilinmasa zapuskga sezilarli ta’sir o'tkazadi.

Partnyor tanlashda ehtiyotkorlik bilan, o'rganib, shoshmasdan qaror qiling, 50% ish to'g'ri sherikchik boshlanganda bajarilgan bo'ladi, sizda qolgan 50% bajarish qoladi xolos.

Humoyun Sabirov

05 Nov, 12:42


20,000 obunachi🥳 400K💵

Instagramda faqat 18,000 lik blogimni o'zidangina 400,000$ ortiq daromad topibman, bu tushish ehtimoli bor yoki faqat raqamda emas, aynan qo'limga kelib tushgani. O'zbekistonda 18,000 obunachi 2,500 oxvat bilan bunaqdan yaxshi natijani eshitmaganman.

1️⃣ Pozitsiya- Blogimni boshlaganimdan man massiviy kurs qilib ko'p sotishga emas, premium productlar qilib yuqori segmentdagi auditoriya uchun ishladim, obunachini sonidan ko'ra kimligi muhim. Manga 0 insonni B nuqtaga olib chiqishdan ko'ra qaysidir bosqichdagi mutaxassisni keyingi bosqichiga olib chiqish qiziqroq.

2️⃣ Aniq strategiya- Ekspertlarimni zapusklarida ham o'zimnikida ham hamma instrumentlarni bir vaqtda ishlatishim kerak degan fikr yo'q, man eng samarali strategiyasini tanlab olaman va qadamalarni maksimal 100% bajarishga harakat qilaman. Yilda 365 kun storisga chiqmiman har kuni reels qo'ymiman, Ishlaydigon voronka bor, 200k$ lik zapuskim uchun storis qancha ko'rishi, qancha lead olishim va qancha sotishim kerakligini aniq bilaman.

3️⃣ Analiz-Auditoriyam kimligi, nima ish qilishi, nimalarni yoqtirishi, qanaqa muammo, og'riq, xohishlari borligini juda chuquq o'rganganman, productni ham shundan kelib chiqib tayyorlaganman. Man bilan auditoriyamni etiborini qanaqadir qimmat moshina sotib olish, arzon PR lar orqali jalb qilib bo'midi. Aniq natija, keyslar va tavsiya eng muhim instrumentlar.

4️⃣ Natija- man o'zimni productimni yilgi 1-2 marta qilaman, boshqa paytlar real ekspertlar bilan zapusk qilaman ( Shaha Dolimov, Alisher Isayev, Barno Muqimova kabi 10 lab toplar). Ohirgi 1.5 yilda 2mln$ lik zapusk amalga oshiribmiz. Productimda hozirgi bozordagi leaderlar o'qigan, o'quvchilarimni zapusklari umumiy 5 mln$ dan oshgan, bundanda yaxshiroq progrevga mavzu bo'lmasa kerak)

Blogdan daromad qilishingiz uchun doim ham 100,000 lab obunachi bo'lishi shart emas, agar sizda aniq strategiya va ishlaydigon instrumentlar bo'lsa bor auditoriyangizni o'zidan ham yaxshi monetizatsiya qilsangiz bo'ladi.

Post 300 ta 🔥 reaksiya yig'sa bu haqida to'liq videodarslik qilaman.

Humoyun Sabirov

18 Oct, 11:04


Galochka uchun qurilgan uy tez orada qulab tushadi

Sal kam 2 yildan beri zapusklar bilan shug'ullanib kelyapmiz, orada 150 ga yaqin prodyusser va ekspertlarni o'qitdim. Ularning orasida o'rganganlarini amalda qo'llab muvaffaqiyatli zapusklar qilganlar ham bor va aksincha zapusklar o'ldi, o'rganganlarim ishlamayapti deb yurganlar ham bor.

2-kategoriyadagi o'quvchilarim haqida juda ko'p o'ylaganman, zapusklari o'xshamaganini o'zlari bilan ham, o'zim ham alohida analiz qildim va olgan ko'plab xulosalarimdan biri - ko'pchilik olgan instrument va bilimlarni shunchaki galochka uchun qilishi.

Zapusk davomida qilinishi kerak bo'lgan bir-nechta muhim ishlar bor:

- CustDev
- Raspakovka
- Konkurentlar analizi
- Aktivlar analizi
- Produkt prototipi va hokazo

Juda ko'p prodyusser va ekspertlar bu ishlarni asl mohiyati va mazmunini tushunmasdan qilishadi. "30 ta odam bilan gaplashib CustDev jadvalimni to'ldirishim kerak ekan, shunda zapuskim yaxshi bo'ladi" Tahminan shunday fikrlash bilan yurishadi. Aslidachi? CustDev sizga qanday produkt yaratishingiz kerakligini, qanday offer tuzishingizni, progrev qanday kechishini to'liq kartinasini yaratib beradi.

Yoki bo'lmasam konkurentlar analizi. Bu orqali siz o'z produktingiz, blogingizning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlaysiz, nima qilsangiz potensial mijozingiz konkurentingizni emas, sizni kuzatadi, sizdan sotib oladi. Mana shu savollarga javob olasiz.

Butun zapusk jarayonini uy deb olsak, yuqorida sanab o'tgan ishlarim uyning fundamenti. Fundamentni mustahkam qilmasangiz, galochka uchun qilsangiz vebinardan keyin nimaga uy qulab tushdi ekan deb o'tirasiz)

Humoyun Sabirov

03 Oct, 09:09


O'zbekistonda media bozorida shu darajada bo'shliq borki, vazifasi bo'lgan ishlarnigina qoillatib qilishlik orqali bozorda Top bo'lib olish juda oson, afsuski ko'pchilik ushbu xatolarga yo'l qo'ymoqda.

1. Deadline'ga amal qilmaslik, ishimi qibersam bo'ldiyu degan firklash bor, go'yoki deadline bu og'izdan chiqadigon shunchaki gap, deadline'dan o'tish esa odatiy holat.

2. Sohasi bo'yicha yangi bilimlarni olmaslik, 2-3 yil avval bitta kurs o'qigan bo'lsa shu butun umrga yetarli deb hisoblaydigonlar ko'p, yangi bilim uchun albatta kurs o'qish shart emas, lekin kuniga yarim soat sohangizda nimalar o'zgarayotganini o'rganishga sarflamas ekansiz hech qachon Top mutaxassis bo'la olmaysiz.

3. Soft skilllarni ustida ishlamaslik, odamlar bilan kommunikatsiya qilish, aytligan joyga vaqtida borish, fikrini to'g'ri yetkazib bera olish kabi ko'nikmalar ham afsuski hozirda noyob bo'lib bormoqda.

4. Reputatsiyasini o'ylamaslik, vada beradi ustidan chiqmaydi, qochib yuradi, arzimagan pulga reputatsiyasini almashayotganlar ham kam emas.

5. Masulyatni olmaslik, har bir mutaxassis o'z bo'yniga masulyat va risklarni ola olishi kerak, KPI bilan ishlashga qo'rqmasligi birinchi o'rinda qanaqib shu ishlayotgan loyihamga qiymat olib kelib beraman degan savolni bera olishi zarur.

Juda uzoq yaxshi montajor qidirdik topa olmadik, kontent menejer qidirdik bozorda barmoq bilan sanoqli, Marketolog kerak deb juda ko'p tadbirkor tanishlarim yozishadi, yaxshi mutaxassislarda loyihalar yetarli, o'rtachalarni tavsiya qilib bo'lmidi. Producerlarda ham shunday qilinishi kerak bo'lgan ishlarni 30-40% gina qilib magic natija kutishadi.

Humoyun Sabirov

08 May, 14:31


Bu yilgi birinchi sayohatim Turkiyaga bo'ldi, 3 kundan beri Antalyadamiz hali Turkiyani atmosferasini his qilishga ulgirmadim, Antalyada Turkiya bayrog'larini ko'rmagan odam yevropa deydi. 3 kundan keyin Istanbuldan haqiqiy sayohat boshlanadi.

Hozircha dengizda cho'milib, plyajda yotish, Turkiyadagi eng hashamatli mehmonxonani ichidagi mazali taomlardan yeyish bilan passivniy dam olish bo'lmoqda, bu ham yoqdi lekin uzoq muddat zeriktirib qo'ysa kerak.

O'ylashga yetarlicha vaqt, energiya olib yangi g'oyalar bilan ishga qaytaman. Bosh vaqt yetarliligini 6 oyda 1 post chiqadigon kanalimga kontent chiqarganimdan bilsangiz bo'ladi) Xullas Antalya manga yoqdi oilaviy kelishga zo'r, do'stlarbop emas.

Humoyun Sabirov

10 Apr, 01:42


Hammaga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin🥳

Humoyun Sabirov

31 Mar, 12:04


Aniq bilaman bu kanalda zapusklar bilan shug’ullanib kelayotgan yoki endi sohaga kirmoqchi bo’lganlar yetarli. Aynan siz uchun Youtube da katta video chiqardik.

Ko’pchilikga tanish ingliz tili o’qituvchisi Gulora Muzaffarovaning zapusklarini razbor qildik, hammasini ochiq oydin A dan Ya gacha aytib berdilar. Razbor formatida olgan videoimiz odamlarga maqul keldi 🚀

⁃ CRM
⁃ Sotuv bo’limi
⁃ Traffik
⁃ Jamoa
⁃ Produkt

🔥Hamma-hammasini muhokama qildik. Siz ham ko’ring, o’rganing o’z zapusklaringizda qo’llaydigan narsalar aniq chiqadi. Videoni tomosha qilish uchun havola ustiga bosing 👇🏻

https://youtu.be/KbPkQqkwcFM?feature=shared

Humoyun Sabirov

25 Mar, 18:26


Odamlar ko’p hollarda parda ortida bo’ladigan ishlarni ko’rishmaydi, ular ko’rib o’rganib qolgan narsalar:

- Ideal hayot ko’rsatib progrev qilish
- Telegram kanalga odam yig’ish
- Vebinar

Bo’ldimi? Shu bilan muvaffaqiyatli zapusk qilsa bo’ladimi?

Aslida kuzatuvchiga ko’rinmaydigan mehnat ham bor:

- To'g'ri ekspert, to'g'ri yo'nalish tanlash
- Kuchli jamoa va tizim qura olish
- Tog'ri product
- Bozor, raqobatchilar analizi
- CustDev
- Narxlash
- Metodologiya
- Offerlar ishlab chiqish
- Traffik olib kirish

Mana shu narsalarni hammasini tengidan olib ketib “fail” bo’lgan zapuskni hali ko’rganim yo’q.

Kerakli bilimlarni qo’llagan o’quvchilarim 10.000$, 50.000$, 200.000$ lik zapusklarni qila olishdi, hammalari ishlayotgan modelni yaxshilab o’rganishdi va qo’llashdi.

Humoyun Sabirov

25 Mar, 18:02


Juda muhim bir masalda ekspertlik fikrimni bildirib o’tmoqchiman 👇🏻

Prodyuserlar orasida shablon zapusklar degan ibora paydo bo’lganidan keyin manga vebinarli zapusklar endi ishlamaydimi, modelni o’zgartirish kerakmi degan savollar kelib tushayabti.

Jamoamiz bilan 1 yil mobaynida 1,3 million $ lik zapusklarni amalga oshirdik, deyarli hammasida vebinar qilingan. O’zbekistonda vebinar yoki mentorlikdan boshqa model ishlatib 100.000$ lik zapusk qilgan biror keysni bilasizmi? Shaxsan man hali eshitmadim.

Bundan tashqari shablon zapusklar nomi qayerdan kelib qoldi? Biz nechta loyiha ustida ishlasak, hammasida turli strategiya, turli yondashuv bilan ishlaymiz.

Bir hil narsani takrorlab rekord zapusklar qilishni iloji bo’lganida biz oylab mehnat qilmas edik.

Zapusk qilish odamlar ko’zida oson tuyuladi, chunki qilinadigan mehnatning 10 dan 1 ni ko’rishadi holos, aslida parda ortida siz bilmagan narsalar juda ko’p.

Ohirgi mentorligim zapuskida storislarimni 1600 kishi ko’rardi holos, lekin mana shu ko’ruvchilar bilan ham 190.000$ lik sotuv bo’ldi. O’zidan o’zi bo’lib qoldimi? Takrorlash osonmi? Yo’q, bu sohada bilimingiz bo’lmasa 100.000 storis oxvati bilan ham bunaqa raqamga erishishingiz qiyin.

Humoyun Sabirov

17 Feb, 03:27


Maktabda o’qiganimda majbur bo’lardim, ertalab 6 da uyg’onishga va sovuqmi issiqmi maktabga borishga ( maktabim yaqin bo’lmagan)

Hozir ham ertalab 8-9 da ish vaqti boshlanadigon odam uchun ertalab uyg’onish muammo emas, (boshqa iloji yo’q) lekin ish vaqti belgilanmagan, xohlagan paytida ishni boshlaydigon odam ( freelancerlar va tadbirkorlar) 5 da uyg’onadimi 10 dami bu intizomga bog’liq, bunda faqatgina o’ziga bergan vadasini ustidan chiqishi kerak xolos, tashqi omilga bog’liq emas.

Sportda ham shunday sizga doktor sportga chiqishingiz shart deganda sportga borishingiz boshqa, uzoq muddatdagi sog’lig’ingizni o’ylab o’z xohishingiz bilan chiqish ancha qiyinroq.

Humoyun Sabirov

02 Feb, 15:18


Yil boshi kayfiyat zo’r Maqsad qo’yishga o’tiramiz va butun umr davomida yashagan hayotimiz 1 kunda o’zgarib ketadi deb o’ylaymiz, 5-10 yanvargacha nimadir o’xshagandek bo’ladi, yanvar ohiriga kelib sustlashamiz, fevralda qo’ygan maqsadlarimiz esimizdan chiqib ketadi.

2020-yildan beri har yili maqsad qo’yib har xil texnologiyalar ishlatib ko’raman, bu har yili moliyaviy va fikrlash taraflama 10x ga o’sishimga yordam berayotgan texnikalar bo’yicha Youtubega 16 daqiqalik video joyladim.

Bu birinchi Youtube videoyim va foydali bo’lishiga ishonaman, sizdan esa qo’llab quvvatlash ⚡️

Videoni ko’rish🚀

Humoyun Sabirov

24 Jan, 11:11


1 oyga yaqin vaqt bo'ldi Instagramga kunlik vaqtimni 3-4 soatdan 40-50 minut kuniga tushurdim, chalg'ich juda ham kamaydi. Reels ohirgi marta ko'rganimni eslay olmayman, hech nimadan qolib ketmayapman, yangiliklar o'zi yetib kelayapti, trendlarni bollar yetkazishyapti, lekin o'zimda tasiri juda katta bo'ldi.

40-50 minut ham faqat storis yuklash, ekspertlarimni analiz qilish, eng muhim storislarni ko'rish uchun ketayapti, faqat storislar kamayib ketdi evaziga esa qo'shimcha 2-3 soat vaqt paydo bo'ldi.