Never forget me @zadem_pg Channel on Telegram

Never forget me

@zadem_pg


postlarni manba'siz olavering
murojaat uchun @zadems7_bot
ha, bu ham bizning sahifa @zadems_notes

Never forget me (Uzbek)

Salom, Telegram foydalanuvchilari! Siz @zadem_pg kanaliga xush kelibsiz. Bu kanal orqali siz "Never forget me" dastlabki matnlarini oqish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Kanalda mazkur nomli bot orqali murojaat qilishingiz mumkin: @zadempg_bot. Agar sizning qiziqishingiz odatiy matnlar emas, balki sharhlovchi qiziqarli ko'rgazmalar bo'lsa, unda ham sizni qiziqtiradigan bir sahifa mavjud: @zadems_diary. Zadems_diary sahifasi orqali siz ko'pgina matnlar va rasmlar bilan tanishishingiz mumkin. Kanal bilan aloqa saqlab qolsangiz, eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lasiz. Sizni @zadem_pg kanaliga a'zo bo'lishni taklif qilamiz! Uni kuzatib boring va xabarlarimizdan xabardor bo'ling!

Never forget me

11 Jan, 10:25


Узоқ вақт югурганимдан кейин ўзимни аввалги жойда кўришим мени жуда қўрқитади!

Ғассон Канфоний

Never forget me

15 Dec, 08:18


Hammani oʻldirayapmiz, sevgili doʻstim. Kimnidir oʻqlar bilan, kimnidir soʻzlar bilan, kimnidir qilgan ishlarimiz va kimnidir qilolmagan ishlarimiz bilan.

Never forget me

06 Dec, 08:34


Kunida besh marta yasovchisiga ko'rsatilgan dastgoh aslo ishdan chiqmaydi.

Shayx Mutavalli Sha'roviy.

Never forget me

05 Dec, 10:59


Ramazon shubhasiz Qur’on oyidir. Ramazon oyida har bir bandaning eng ulug’vor va ma’suliyatli vazifasi Qur’on bilan boshqa oylarga nisbatan ko’proq bog’lanishidir.

Habaringiz bor bizda tashkil qilingan “Women club” da turli yo’nalishlar bor. Ramazon oyi uchun maxsus “ 30-pora hifzi” ni tashkil qildik va bunga nafaqat klub a’zolari balki siz azizlar ham qo’shilishingiz mumkin.

Demak bu yerda nima ishlar bajariladi ?

1️⃣ 30-pora (ya’ni Naba surasidan Nas surasigacha) tajvid qoidalariga amal qilib, harflarni o’z mahraj va sifatlaridan chiqarib hifz (yodlanadi) qilinadi.

2️⃣ Darslar haftada 2 martda bo’ladi.


Bu klubga kimlar uchun :

1️⃣ 12 yoshdan yuqori bo’lgan ayol qizlar.

2️⃣ Tajvidda savodi chiqgan (ya’ni Qur’on o’qishni bilishi kerak chunki harflardan dars o’tilmaydi)

3️⃣ Chin ixlos bilan Ramazon oyigacha 30-porani hifz qilishga jiddiy bel bog’laganlar.

‼️ Klubga a’zo bo’lishingiz uchun avval shaxsiyimga Al-Ixlas surasini ovozli habarda o’qib yuborasiz.

Murojaat uchun: 👇🏻
@i_asmo

Never forget me

04 Dec, 09:40


Umar ibn Abdulaziz nasihat qilishni so'rab, Xasan Basriyga maktub jo'natdilar. Xasan Basriy ularga bunday nasihat qildilar:

"Darhaqiqat, oldingda ulug' qo'rqinch va muhim ishlar turibdi. Mushohada et: yo najot topasan yo halokatga yuz tutasan. Bilki nafsini xisob-kitob qilgan odamning savdosi foydali bo'ldi. Kim bundan g'ofil qoldi-kasod bo'ldi. Amali oqibatga nazar solgan kishi najot topdi, xavosiga ergashgan adashdi. Halimlik - boylik. Allohdan havfi ko'p odam ibratlanuvchidir. Ibratlangan kishi basirat egasidir.
Kim basirat egasi bo'lsa tushungan zotdir. Tushungan zot Allohni tanuvchidir. Bularni angla! Yo'ldan toygan zahoting yo'lga qayt! Pushaymonlik tug'ilgan zahoti gunohlar ichidan sug'irilib chiq! Bilmasang so'ra! G'azablansang g'azabingni bos!"

#kitobdan

Never forget me

02 Dec, 07:12


Zunnun Misriy rоhimahulloh dedilar :

"Solihlar suhbati hayotni go'zallashtiradi. Yaxshilik solih yagin do'stda jam bo'lgandir. Agar unutsang yodingga soladi, yodingga olsang yordam beradi"

Never forget me

29 Nov, 04:05


Muhammad ibn Tabbon ilmni endi boshlagan chog'larida tunda uxlamay dars qilib chiqar edilar. Onalarining rahmlari kelgani sabab, kechasi dars qilishdan qaytardilar. Lekin u kishi chiroqni olardilar va bir katta idishni tagiga qo'yib qo'yardilar. So'ng o'zlarini uyquga solib olardilar.Qachonki onalari uxlasalar chiroqni olib darsga yuzlanar edilar.
Bugungi kunda biz otamiz yoki onamiz kirishlarini sezib, qo'limizga kitob olamiz.

Surayyo yulduzidan ham baland turadigan kishi bo'ling!
Siz tanasi yosh, himmati qarigan odam bo'lmang. Sodiq insonning himmati xech qachon qarimaydi.

Abu al-Vafa ibn Aqiyl sakson yoshlarida quyidagi she'rni aytardilar:

Himmatim, quvvatim va xulqim qarimadi
Rahbarligim, dinim va sahiyligim qarimadi,
Faqatgina sochim boshqa rangga o'zgardi
Va sochdagi oqarish himmatdagi oqarish emas.


darsdan

Never forget me

28 Nov, 18:46


#darsdan

"Haqiqiy ilm amal bilan bo'ladi"

Never forget me

15 Nov, 05:10


" لا تخف ،، من اختيار طريق مختلف عن الآخرين."

Бошқалардан кўра ўзгача йўл танлашдан қўрқма.

Arab maqollari

Never forget me

08 Nov, 10:15


Universitetimiz Juma kuni ☁️

Never forget me

03 Nov, 13:06


Til qattiq jism emas, lekin suyaklarni sindirishga qodir.

Never forget me

25 Oct, 04:49


Magistratura talabalardan biri ma'ruza oxirida menga: «Doktor! Darsdagi ma'ruzangizni eshitgan paytimizda uni tushunamiz va keyingi darsingizni intizorlik bilan kutamiz. Lekin uyga qaytib, darsliklarni o'qisak, siz ma'ruza qilgan paytdagichalik foyda va ruhiyatni topmaymiz» dedi. Men unga:

«Asalari asalni nimadan oladi?» dedim.
U: «Gullar shirasidan», dedi. Men: «Agar sen o'sha gullarning birortasidan yesang, ta'mi qanday bo'ladi?» dedim. U: «Achchiq bo'ladi», dedi. Shunda men: «Ustozning vazifasi mana shudir. Ustozlar achchiq gullardan shirin va foydali asal chiqarish uchun millionlab gullar uzra aylanib, so'ng talabalar oldiga to'plagan shiralarining xulosasini qo'yishadi», dedim.

Doktor Yosir Darvish.

(ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin)

Never forget me

18 Oct, 17:08


Имом, хофиз Ибн Рушд Мағрибий Сабтий (657-721/1259-1321) рахматуллохи алайх илм талабида сафар қилиш ва ғарибликда яшашни мадх қилиб, шундай шеьр айтганлар:

Бир жойда туришинг дунё сахнида
Танилмок имконин тусади, албат.
Дурнинг хам қадрини денгиз қарида
Билиб булмайди-ку, уйлагин, хеч вақт.

Айрилиқ ишидан қурқмагин сира,
Максадга эришмоқ эмасдир осон.
Марварид денгиздан чиқмаса, уйла.
Тожнинг марказидан топмасди ошён.

#kitobdan

Never forget me

06 Oct, 05:09


Достоевский бир китобида соғинч нима деган саволга жуда ажойиб жавоб беради:
"Соғинч - руҳ борадиган жойга тананинг боролмаслигидир"

© Sherzod Bakirov

Never forget me

04 Oct, 15:40


Ortiqcha o‘ylash quvonchingizni o‘ldiradi. Ishingizni Alloh'ga topshiring

Never forget me

04 Oct, 08:13


Balki sabr barcha fazilatlarning onasi hissoblanadi.
Chunki u inson qalbida yaxshilik malakasini oshiradi. Har bir fazilat sabrga muhtojdir.

Never forget me

01 Oct, 08:35


Bazi bir og'riqlarni hech bir so'z bilan ham ta'riflay olmaysan...

Menimcha jim qolmoqlik, aynan shuning uchundir...

Never forget me

27 Sep, 13:24


Umr...

Quyoshning har botishida bir parcha kamayishing bor.

Never forget me

19 Sep, 14:05


Эхтимол ота-онангиз барча хохиш истакларингизни руёбга чиқара олишмагандур. Лекин унутмангки, улар узлари эга булган барча нарсани сизга тортиқ қилишган.

Never forget me

25 Aug, 08:30


Уламолар айтдилар: "Тана харакати қалб харакати ва иродасига тобе. Агар унинг харакати ва иродаси ёлғиз Аллох учун булса, у ислох топади ва бутун тана харакати ислох булади. Агар қалбнинг харакати ва иродаси Аллох таолодан бошқаси учун булса, у фасод булади ва унга тобе равишда бадан харакати хам бузилади. Шунинг учун хам айтиладики, қалб барча азоларнинг подшосидир, азолар эса унинг аскарларидир, улар унга буйсунадилар, итоатида ва буйруқларига хозирдир, хеч унга қаршилик қилмайдилар".

#kitobdan

Never forget me

17 Aug, 17:38


Ortiqcha o‘ylash quvonchingizni o‘ldiradi. Ishingizni Alloh'ga topshiring

Never forget me

16 Aug, 16:32


Айримларнинг бутун вужуди қалбдан иборат бўлади. Оёқдан сочининг учигача. Уларнинг ҳаёти жуда қийин кечади.

Never forget me

03 Aug, 03:50


Islomdan boshqa hech qanday haq va haqiqat manbai yo'qdir.

Chunki islomsiz barcha ne'matlar va saodatlar nuqsonli.

#kitobdan