UPLIFT | Javlon Otaqulov @upliftuz Channel on Telegram

UPLIFT | Javlon Otaqulov

@upliftuz


📈 AAOIFI Standardiga ko'ra aksiyalar bilan halol treyding va investitsiya
📚 Moliyaviy savodxonlik & Shaxsiy rivojlanish

Instagram: instagram.com/javlonota
Website: invest.uplift.uz

Murojaat uchun: @upliftuz_bot

UPLIFT asoschisi: Javlon Otaqulov

UPLIFT (Uzbek)

UPLIFT kanali - bu sizning moliyaviy savodxonlik va shaxsiy rivojlanishga yordam beradigan, aksiyalarga halol investitsiyalar haqida ma'lumotlarni o'rganish imkoniyatini taqdim etadi. Kanalda AAOIFI standardiga ko'ra aksiyalarga halol investitsiyalar, moliyaviy savodxonlik, shaxsiy rivojlanish va boshqalar bo'yicha foydali ma'lumotlar olishingiz mumkin. Kanalda hamkorlik bilan investitsiyalar qilish, uzluksiz moliyaviy saqlash va yaxshi bo'lganlikka erishishning yo'lida ko'rsatuvlar va ko'tarishlar haqida ma'lumotlar topishingiz mumkin. UPLIFT kanaliga murojaat uchun @upliftuz_bot ga yozishingiz mumkin. Kanal asoschisi Javlon Ota. Sizning moliyaviy tarbingizni oshirish va investitsiyalar sohasida o'z bilim va ko'nikmalaringizni kengaytirishda UPLIFT kanali sizga yordam beradi. Bizning Instagram sahifamiz: instagram.com/javlonota

UPLIFT | Javlon Otaqulov

15 Feb, 17:35


Finranks loyihamizni qurishda eng asosiy ishlardan biri, bu - aksiya sahifasida ma'lumotlarni qanday tartibda ko'rsatishni tuzib chiqish edi. Ushbu videoda, aksiya sahifamiz qanday ko'rinishi bilan tanishishingiz va uni tayyorlash qanday bosqichlardan o'tib borganini ko'rishingiz mumkin.

Bu hozir homaki varianti va sizning takliflaringizga suyanib, sahifani yanada yaxshilashni niyat qilganmiz. Youtube videosi ostida fikrlaringizni yozib qoldiring, bu biz uchun juda muhim 🤝

Youtube kanalimizga ham obuna bo'lib, do'stlaringizni taklif qilsangiz yanada xursand bo'lamiz!

3-qism: Finranks saytida aksiya sahifasini yaratish jarayoni
Videoni to'liq ko'rish uchun havola:
🎞 https://youtu.be/zdkilzmUq_A


Oldingi qismlarni ko'rish:
1-qism | 2-qism


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

15 Feb, 14:34


Finranks loyihamiz haqida navbatdagi videoni kutayotganlar bormi?

Bugun yangi video chiqadi 🔥

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

09 Feb, 07:59


O‘tgan haftalik AQSh makroiqtisodiy hisobotlar sharhi (3-7 fevral, 2025)

Yanvar oyi iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha e’lon qilingan ma’lumotlar AQSh iqtisodiyotining turli sohalariga ta’sir qiluvchi asosiy holatlarni aniqlash imkonini berdi. Ushbu ma’lumotlar tahlil qilinar ekan, ishlab chiqarish, xizmatlar, ish bozori va energetika sohalaridagi asosiy natijalar diqqat markazida bo’ldi.

Axborot texnologiyalari (Information Technology) sektori bo’yicha e’lon qilingan ma’lumotlar bevosita ta’sir ko’rsatmagan bo’lsa-da, ishlab chiqarish sektori ko’rsatkichlarining ijobiy natijalari ushbu sohada texnologik yechimlarga bo’lgan talabni oshirishi mumkin.

🔣 Batafsil: https://www.uplift.uz/iqtisod/otgan-haftalik-aqsh-makroiqtisodiy-hisobotlar-sharhi-3-7-fevral-2025/

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

08 Feb, 14:07


Finranks loyihasi haqida videolarni davom ettiramiz.

Bu 2-qismda, g'oya qanday paydo bo'lgani va o'zi Finranks qanday ishlashi maqsad qilingani haqida bilib olasiz.

Videoni ko'rish:
📹 https://youtu.be/NwZ3KZn0uCI


↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

06 Feb, 10:31


UPLIFT Trading oflayn darslaridan lavhalar

Aksiya bozoriga oid asosiy tushunchalar, halollik, va turli tahlil usullarini o'rganib, aksiyalarni real bozor holatida tahlil qilishga yetib keldik.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

05 Feb, 07:27


AMD 2024-yil 4-chorak va yillik moliyaviy natijalari

AMD 2024-yilning to‘rtinchi chorak va butun yil uchun moliyaviy natijalarini e’lon qildi va bu hisobot kompaniyaning texnologiya bozoridagi pozitsiyasini yanada mustahkamlash yo‘lida qanday yutuqlarga erishgani va qanday sinovlarga duch kelganini ochib berdi.

Umumiy daromadning o‘sishi, ma’lumot markazlari va sun’iy intellekt sohasidagi sarmoyalarning o‘zini oqlashi AMD uchun muhim bosqich bo‘ldi. Biroq, sof foyda bo‘yicha pasayish va kuchayib borayotgan raqobat kompaniyaning strategik qarorlarini yanada ehtiyotkorlik bilan qabul qilishini talab qiladi.

🔣 Batafsil: https://www.uplift.uz/investitsiya/amd-2024-yil-4-chorak-va-yillik-moliyaviy-natijalari/

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Feb, 15:00


Nima uchun bu loyihaning rejalarini siz bilan bo'lishmoqchiman?

To'liq videoni ko'rish uchun:
🎞 https://youtu.be/4agLvd_U6U8


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Feb, 14:58


Bu savolga berilgan hamma javoblarni o'qib chiqdim. Birinchi o'rinda, hamma fikr bildirganlarga rahmat! Ko'p fikrlar juda o'rinli..

Aslida, men ham oldindan katta va'dalar bermaslikka harakat qilaman. Va hozirgi boshlamoqchi bo'lgan ishimda ham hech qanday va'da bermoqchi emasman. Oxirgi natija qanday bo'lishini o'zim ham bilmayman. Lekin shuni sezib turibmanki, agar bu ish muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham, siz jarayonning o'zida nimadir muhim narsani o'rgana olasiz.

Endi, aynan nimaning rejalarini siz bilan bo'lishib bormoqchi ekanligimni ochiqlasam. Buni qisqa gaplar bilan ifodalash noqulay bo'lgani uchun batafsilroq qilib bir videoda tushuntirdim. 👇

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Feb, 14:00


Bugun Jizzaxga borib keldim. Yo'lda To'qchilikni, Islohotni, G'alabani ko'rdim... Toshkentga qaytib kirishda esa 'Haqiqat' tugar ekan.)

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

03 Feb, 07:58


Shunday bir gap bor: "Odamlarga rejalaring haqida gapirma, ularga natijalaringni ko'rsat."

Ko'p hollarda men bu gapga amal qilar edim, lekin endi bunga istisno holatda bir ish qilmoqchiman.) O'ylaymanki, bu siz uchun ham qiziq (balki foydali ham) bo'ladi.

Lekin buni boshlashdan oldin, sizning fikringizni bilmoqchiman. Siz yuqoridagi fikrga qanchalik darajada qo'shilasiz? Hali natija bo'lmay turib rejalarni gapirishning qanday salbiy tomonlari bor?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

03 Feb, 04:24


🌐 O‘tgan haftalik AQSh makroiqtisodiy hisobotlar sharhi (27-31 yanvar, 2025)

O‘tgan hafta AQSh iqtisodiyoti haqida e’lon qilingan raqamlar ko‘pchilikni o‘ylantirdi. Yangi uylar savdosi rekord darajaga yaqinlashdi, iste’molchilar ishonchi esa pastladi. Federal Rezerv foiz stavkalarini o‘zgartirmadi, ammo iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi tahlilchilarni xavotirga solmoqda. Ushbu raqamlar iqtisodiyotning kelajagi va bozor reaksiyalarini tushunish uchun muhim ahamiyatga ega. Keling, asosiy ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqamiz.

🔣 Batafsil: https://www.uplift.uz/iqtisod/otgan-haftalik-aqsh-makroiqtisodiy-hisobotlar-27-31-yanvar-2025/

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

27 Jan, 11:42


Xitoyning DeepSeek Startapi: Sun’iy Intellekt Sohasidagi Inqilobiy Yutuqlar

Xitoyning DeepSeek startapi so‘nggi paytlarda sun’iy intellekt (SI) sohasida katta e’tibor qozondi. Ushbu kompaniya tomonidan taqdim etilgan yangi SI modeli texnologik hamjamiyatda va global moliya bozorlarida sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqola DeepSeek’ning texnologik yutuqlari va uning xalqaro miqyosdagi ta’siriga bag‘ishlanadi.

🔣 Batafsil: https://www.uplift.uz/investitsiya/xitoyning-deepseek-startapi-suniy-intellekt-sohasidagi-inqilobiy-yutuqlar/

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

27 Jan, 06:58


O'sish paradoksi

O'sish siz o'ylaganingizdan ko'ra ancha ko'p vaqt oladi. Va keyin siz tasavvur qilganingizdan ham juda tez sodir bo'ladi.

O'sish bosqichma-bosqich va tezda sodir bo'ladi.

Bu paradoksni boshdan kechirganlar bormi? Izohda yozib qoldiring~

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

20 Jan, 11:56


#eslatma
Budet Pro uchun 40% chegirma bugun tugaydi.
Maxsus imkoniyatdan foydalanib qolish uchun bugun oxirgi kun.

Shaxsiy byudjetingizni to'g'ri boshqarish uchun 1 marta sarmoya qilsangiz, bu yillar davomida sizga sarmoyangizni bir necha barobarini tejab, maqsadli ishlatishingizga yordam beradi.

Murojaat uchun: @upliftuz_bot

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

20 Jan, 07:27


🌐 O‘tgan haftalik AQSh makroiqtisodiy hisobotlar sharhi (13-17 yanvar, 2025)

O‘tgan haftada AQSh iqtisodiyotiga oid bir qator muhim ko‘rsatkichlar e’lon qilindi. Ushbu ko‘rsatkichlar iqtisodiy faoliyatning turli yo‘nalishlari, jumladan, inflyatsiya, chakana savdo, ishlab chiqarish va mehnat bozori holatini yoritib berdi. Quyida ushbu ma’lumotlarning batafsil sharhi keltiriladi.

🔣 Batafsil: https://www.uplift.uz/iqtisod/otgan-haftalik-aqsh-makroiqtisodiy-hisobotlar-sharhi-13-17-yanvar/

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

18 Jan, 11:08


UPLIFT bilan moliyaviy maqsadlaringizga oson erishing~

Yaqinda katta yangilik boʻladi 🤫

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

14 Jan, 16:04


Budget PRO - pulni to‘g‘ri boshqarish orqali moliyaviy muvaffaqiyatga erishing!

👛 Batafsil ma'lumot uchun budgetpro.uz

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

13 Jan, 16:09


💰 Hali ham 2025-yil uchun shaxsiy byudjetingizni tuzib chiqmadingizmi? Unda, ajoyib imkoniyatdan hozir foydalanib qoling!

Daromad va xarajatlaringizni to'liq rejalashtirish va nazorat bilan boshqarib borishingiz uchun Budget Proni 40% chegirma bilan qo'lga kiriting + qo'shimcha bonuslarga ham ega bo'ling

Budgetpro.uz saytiga tashrif buyurib, harid uchun telefon raqamingizni yozib qoldirsangiz, menejerlar siz bilan bog'lanib Budget Prodan qanday foydalanishni batafsil tushuntirib berishadi. Chegirma muddati 20-yanvargacha amal qiladi.

👛 Batafsil ma'lumot uchun budgetpro.uz

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Jan, 11:36


Agar siz Tesla kompaniyasi aksiyasini 5 yil oldin sotib olganingizda...

5 yil oldin yana nimalardir qilganingizda hozir umuman boshqacha bo'lishi mumkin edi. Lekin vaqt oʻtib boʻldi va oʻtmishni oʻzgartirib boʻlmaydi. Keling, imkoniyatlarni oʻtmishdan emas, hozirgi kunimizdan izlaylik.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

03 Jan, 12:13


UPLIFT Trading Floorda oflayn darslarni boshladik!

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

01 Jan, 14:52


Treyding bilan tezda boyib ketish siz oʻylaganchalik oson emas

2-sezonni koʻrdilarmi?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

31 Dec, 08:44


#eslatma
Bugun soat 14:30 da 'Islom Moliyasi' bilan birgalikda bo'lib o'tadigan jonli efirimiz boshlanadi.

Efirga quyidagi Zoom havolasi orqali kirishingiz mumkin:
https://us06web.zoom.us/j/84630995758?pwd=1Jxjwsp47ipHEOD8PkxzyUUqadueEx.


↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

28 Dec, 12:29


Va nihoyat, birgalikda jamoaviy ishlashni boshladik.))

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

27 Dec, 13:16


Fond bozoriga pul kiritmoqchimisiz..?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

27 Dec, 08:59


Ассалом алайкум!

Кўпчилик (биринчи навбатда ёшларимиз) трейдинг, форекс, акциялар савдоси ҳақида бизга саволлар билан мурожаат қилади. Биздаги бор билим ва тажриба асосида ушбу саволларга жавоб берамиз, лекин саволлар ва уларга оид тафсилотлар борган сари кўпаймоқда. Шуларни инобатга олган ҳолда, биз ва инвестиция ва молия соҳасида 8 йилдан ортиқ тажрибага эга, ҳалол акциялар билан ишловчи амалиётчи инвестор ва трейдер Жавлон Отақулов билан вэбинар ташкил қилишга қарор қилдик.

Жавлон Отақулов Uplift, Finranks, Budget Pro лойиҳалари асосчиси, Hyssa финтек компанияси ва Bulls Coffee ҳамасосчиси. Иқтисодиёт (молия бозорлари) йўналишида Жанубий Кореянинг Yonsei Университети магистр даражасини олган мутахассис. UPLIFT Invest ва UPLIFT Trading дастурлари орқали инвестиция ва трейдинг бўйича билим бериб келаётган амалиётчи эксперт.

Вэбинар 2024 йилнинг 31 декабрь куни соат 14.30 да бошланади. Ўтказиб юборманг.

Вэбинарда иштирок этиб, ўзингизни қизиқтирган саволларни беришингиз мумкин (саволларни тайёрлаб туринг).
Вэбинар Zoom ҳаволаси:
https://us06web.zoom.us/j/84630995758?pwd=1Jxjwsp47ipHEOD8PkxzyUUqadueEx.
Ушбу Zoom ҳаволаси суҳбат бошланишидан 15 дақиқа аввал фаоллашади.

UPLIFT | Javlon Otaqulov

25 Dec, 17:56


Fond bozori tarixidagi eng katta qulashlar

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

24 Dec, 14:12


2025-yilda oʻqish uchun kitoblar. Har bir oyga 3 tadan.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

23 Dec, 15:16


Bozor hozircha ayiqlar hukmronligi ostida..

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

23 Dec, 13:52


#biroz_hazil
Majlisimiz qanday tugadi?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

20 Dec, 12:53


Halol Treyding dasturimiz boshlanishiga 3 kun qoldi!

90 kunlik dasturda siz:

- Eng ishonchli broker tanlash
- Shaxsiy hisob raqamga ega bo'lish
- Halol aksiyalarni mustaqil izlab topish
- Zarar koʻrish risklarini minimallashtirish
- Stabil daromad olish


kabi ko'nikmalarni o'zlashtirasiz!

10% chegirma bilan joyingizni hoziroq band qiling!

🔣 Joy band qilish
Ma'lumot uchun: 78-113-72-73

UPLIFT | Javlon Otaqulov

20 Dec, 12:09


Investitsiya qiling:
☑️Ilm olishga;
☑️Sogʻligingizga;
☑️Kelajagingizga;
☑️O'zingizga.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

19 Dec, 16:15


2025-yilda bu 7 narsani to'xtating,
agar o'zgarishni va o'sishni istasangiz

1️⃣ Xato qilishdan qo'rqishni to'xtating.
Nimanidir bajarish va xato qilish, hech narsa bajarmagandan ko'ra kamida ikki barobar samaraliroq. Chunki jarayonda bilmagan narsangizni o'rganasiz va tajriba orttirasiz.

2️⃣ Noto'g'ri odamlar bilan vaqt o'tkazishni to'xtating.
Hayot juda qisqa. Sizdan positivlik va kerak bo'lsa baxtni so'rib oladigan, o'sishingiz uchun to'sqinlik qiladigan odamlar bilan vaqt o'tkazishga majbur emassiz.

3️⃣ Muammolaringizdan qochishni to'xtating.
Muammolarga tik qarab ularni yechishga harakat qilmasangiz, ular kattalashaveradi va vaziyat yomonlashaveradi.

4️⃣ Tayyor emasman deb o'ylashni to'xtating.
Imkoniyatlar paydo bo'lganda hech kim 100% tayyor bo'lmaydi. Muhimi imkoniyatni qo'ldan chiqarmay boshlab olish va yo'l-yo'lakay tayyorlanib borish.

5️⃣ O'zingizni boshqalarga taqqoslashdan to'xtating.
Boshqalarga emas, o'zingizning hozirgi holatingizni kechagi holatingizga taqqoslang va u kichik bo'lsada yaxshilanib kelayotgan bo'lishi kerak.

6️⃣ Shikoyat va bahona qilishni to'xtating.
Bu bilan hech narsa o'zgarib qolmaydi. O'zingiz harakat qilmasangiz sizni hech kim kelib qutqarmaydi.

7️⃣ Vaqtni behuda sarflashni to'xtating.
Har bir daqiqa, har bir soat, har bir kun g'animat va u qaytarib berilmaydi. O'tgan bir yilga nazar soling, qanchalik tez o'tib ketdi...

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

19 Dec, 11:52


$MU da qilingan savdolardan:
Sotib olingan o'rtacha narx: $100.9
Sotilgan narx: $107
Foyda: +6%

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

08 Dec, 08:20


Treydingda nima uchun ustoz kerak?)

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Dec, 16:41


90 kunlik treyding dasturimizda o'qish uchun bugun 30% chegirmaning oxirgi kuni

300.000 ming so'm bilan 30% chegirmada joy band qilish uchun to'lov havolasi:
👉 https://invest.uplift.uz/product/joy-band-qilish/

📌 To'lov chekini
@uplift_account_manager yuboring

⬇️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬆️⬇️

Kartadan to'lov qilish noqulay bo'lgan insonlar, quyidagi havola orqali murojaatnoma qoldirib joyingizni band qilishingiz mumkin. Sizga menejerlar bog'lanadi!
👇👇👇

🔣 Joy band qilish


↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Dec, 14:55


▶️Vebinarni boshladik

Qo'shilish uchun havolani bosing

https://www.youtube.com/live/0aYYtQvN4e4?si=oDbiGZkJAo5lKOBS

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Dec, 14:00


Eslatma⚠️

Vebinar boshlanishiga 1 soat qoldi! Bugun 30% chegirma oxirgi kuni. Chegirmani o'tkazib yubormang, barcha savollaringizga bugun javob olish imkoniyati bor!

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Dec, 08:39


🕯 23 - dekabrda boshlanadigan Treyding o'quv dasturimizga 30% chegirmada qo'shilish uchun bugun oxirigi imkoniyat!

Bugungi kundagi moliyaviy muammolarga to'g'ri yechim berib undan qutilish o'rniga ertagalikga qoldiramiz. Lekin bu bilan muammo yo'q bo'ldi degani emas, ertaga ham baribir shu muammoga javobgar shaxs bu - o'zimiz (Faqat ertaga bu muammo kattaroq bo'ladi)

🔣 Joy band qilish
Ma'lumot uchun: trading.uplift.uz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Dec, 05:49


'Hafta aksiyasi'
90 soniyada yangi aksiya bilan tanishing~


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

06 Dec, 14:37


$DOCU hozirgi holati

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

06 Dec, 10:50


Hurmatli kanalimiz a'zolari, juda ko'pchilik bizning 90 kunlik dasturimiz haqida to'liq ma'lumot so'rab yozyapti. Shu sababli shanba 7 dekabr kuni soat 20:00 da kanalimiz a'zolari uchun so'ngi marotaba 90 kunlik "Halol treyding" dasturi taqdimoti bo'lib o'tadi!

Vebinarda spikerlarimiz Javlon Otaqulov va Hondamir Nusratxo'jayevlar qatnashadi!

📌Siz bu vebinar orqali aynan bizning treyding o'quv dasturimiz haqida batafsil ma'lumot olishingiz va sizni ikkilantirayotgan barcha savollaringizga javob olish imkoniyati bo'ladi! Bu oxirgi taqdimot vebinari, uni o'tkazib yubormang!

Kanalni treydinga qiziqgan yaqinlaringizga jo'natib qo'ying
https://t.me/+NGJqzakkNUI2YjZi

UPLIFT | Javlon Otaqulov

05 Dec, 16:21


Treydingdagi muhim 3 qoida

1-qoida: Kapitalni himoya qiling.
2-qoida: Zararlar kattalashishi oldini olib, foydadagi aksiyalarni yurishiga qo'yib bering.
3-qoida: Ikkilansangiz, 1-qoidani eslang.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

05 Dec, 08:19


🤔 Siz treyding bilan shug'ullanishni istaysiz lekin qayerdan boshlashga ikkilanyapsiz.. Balki treydingni boshlagansiz lekin juda ko'p ma'lumotlardan chalkashib ketgansiz yoki aniq yo'nalish topa olmay daromadga chiqa olmayotgandirsiz. Halollik bo'yicha ham savollaringiz bo'lsa kerak...

Siz 90 kunlik treyding dasturimiz bilan bu muammolarning hammasiga javob topasiz. Aksiyalar bilan halol treyding qilishni batafsil o'rganib, o'zingizga ishonch bilan qo'shimcha daromad qilishni boshlay olasiz.

Batafsil ma'lumot uchun:
📞 TEL: 78-113-72-73
✍️ Zayavka qoldirish
🌎 SAYT: trading.uplift.uz


↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Dec, 15:15


$NTAP hozir 4.3% foydada. Stop-lossni tepaga ko'tarib boryapman (stopni ursa ham yaxshi foyda bilan chiqish uchun)

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Dec, 12:37


Agar $PSTG ga ulgurmagan bo'lsangiz, boshqa yana bir tavsiya qilingan aksiya ham katta ehtimollik bilan tepaga ketadi. Bu aksiya PureStorage raqobatchisi bo'lgan NetApp kompaniyasi aksiyasi ($NTAP). Bundan olganlar ko'pdir-a?

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Dec, 12:24


$PSTG aksiyasini sotib olishga ulgurganlar bormi?)

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

04 Dec, 12:10


$PSTG 🚀

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

02 Dec, 13:06


✈️ 🔠🔠🔠🔠

SANOAT PMI KO‘RSATKICHLARI DIQQAT MARKAZIDA


Dushanba kuni makroiqtisodiy ma’lumotlarning eng muhim nashri noyabr oyiga oid sanoat PMI ko‘rsatkichi bo‘ladi. ISM ko‘rsatkichi bo‘yicha konsensus prognozi, oktyabr oyidagi 46,5 punktdan keyin, 47,5 punktgacha o‘sishni ko‘zda tutadi.

S&P 500’ning ushbu indeks bo‘yicha yakuniy baholashlari 48,8 punktda qolishini taxmin qilmoqda, bu dastlabki prognoz bilan bir xil. Oldinroq e’lon qilingan mintaqaviy ishbilarmonlik faolligi indekslarini hisobga olgan holda, ushbu nashrdan katta kutilmagan yangiliklar bo‘lishi kutilmaydi.

SAVDO ISHTIROKCHILARINI QIZIQTIRADIGAN QO‘SHIMCHA VOQEALAR:

🟢FRT Boshqaruv Kengashi a’zosi Kristofer Uollerning chiqishi.
🟢Oktyabr oyidagi qurilish hajmi statistikasi. Konsensus prognozi: oylik o‘zgarish 0%.

KELGUSI SESSIYA UCHUN PROGNOZ:

🟢O‘rtacha darajadagi kunlik volatillik kutilmoqda.
🟢Keng qamrovli indeks 6000 punktdan yuqorida o‘rnashishga yana harakat qiladi. Biroq, bu ma’lumotlarning investorlarni qoniqtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Agar statistik ma’lumotlar investorlarning umidlarini oqlasa, bu indeksning barqaror o‘sishiga turtki berishi mumkin.

UPLIFT Analytics

UPLIFT | Javlon Otaqulov

02 Dec, 07:14


90 kun ichida aksiyalar bilan treydingni 0 dan o‘rganib, mustaqil va muvaffaqiyatli treyd qilish darajasiga erishing

↗️ Uplift Trading 90 kunlik dasturi sizga fond bozorida muvaffaqiyatli bo‘lish uchun barcha kerakli bilim va ko‘nikmalarni beradi:

Faqat halol aksiyalar bilan treyding strategiyalari;
Bosqichma-bosqich olib boriladigan interaktiv va tizimli darslar;
Onlayn+oflayn formatidagi masterklasslar, real vaqtdagi savdolar;
Riskni minimallashtirib barqaror daromad olish.

💥 Endilikda bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!

🏆 Asosiy maqsadimiz – Riskni minimallashtirgan holda halol yo’llar bilan sizni jozibador daromadga olib chiqish.
Moliyaviy mustaqillik sari birinchi qadamni bugundan tashlang!

🌐 Batafsil: trading.uplift.uz

Kurs boshlanishi: 23-dekabr. Joylar soni cheklangan, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

30 Nov, 14:55


🎞 Jonli efirga quyidagi havola orqali qo'shiling. Efir Youtubeda bo'ladi:

https://www.youtube.com/live/hJDw1gPpK6I?si=KxwH8FnA4vw6W31_

UPLIFT | Javlon Otaqulov

30 Nov, 08:26


🎤Bugun jonli efir bo'lib o'tadi!
Soat 20:00 da boshlanadi.

Jonli efir mavzulari:
🔹Sotib olishga nomzod aksiyalarni topish usullari;
🔹Aksiyadan daromadni maksimal olib qolish yo'llari;
🔹Treydingni kichik summa bilan boshlash;
🔹Prop schetlar va alternativlar;
🔹Sizning savollaringizga javoblar.

Jonli efirda javob olmoqchi bo'lgan savollaringizni ushbu post ostida yozib qoldiring~


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

29 Nov, 07:31


Datani saqlash va boshqarish sohasida faoliyat yurituvchi yaqin kuzatuvdagi aksiya. Videoda aksiya bilan tanishib, fundamental va texnik holatini qisqacha bilib oling~

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

29 Nov, 07:30


Bu aksiyani quyidagi videoda tanishtirib o'tmoqchiman 👇

UPLIFT | Javlon Otaqulov

26 Nov, 06:28


UPLIFT Treyding kursini tugatgan yana bir o'quvchimizni natijalari

🔣UPLIFT Treyding haqida batafsil ma'lumot olish uchun havolaga o'ting: https://shorturl.at/Gy6Ff

UPLIFT | Javlon Otaqulov

25 Nov, 10:29


📣 Rasman, aksiyalar bilan halol treyding uchun 90 kunlik dasturimizga qabul ochildi!

⚡️ Hoziroq ro'yxatdan o'tib 30% chegirma bilan o'z joyingizni band qiling. Joylar soni cheklangan.

Batafsil ma'lumot uchun ushbu havolani bosing:
➡️ BATAFSIL MA'LUMOT OLISH

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

24 Nov, 11:48


Aksiyalar bilan treyding bo'yicha "Mini-kursni" quyidagi botdan kirib ko'rishingiz mumkin:

BOT ➡️ @uplift_trading_bot

Bugungi onlayn seminarimiz soat 20:00 da boshlanadi.
➡️ Seminar kanalga o'tish

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

23 Nov, 08:16


📣 Va nihoyat o'sha kun keldi!

Bugun 21:00 da jonli efirda "Halol treydingda xatolar, strategiyalar va tezkor natija" nomli onlayn seminarimiz bo'lib o'tadi.

Efirga kirishingiz uchun linkni 20:55 da seminar kanalga joylaymiz.

➡️ Seminar kanalga o'tish

Sizlar uchun onlayn seminarimiz oxirida bonuslar tayyorlab qo'ydim, bunday imkoniyatni qoldan boy bermang!

Barchangizni onlayn seminarda kutib qolaman🔥

UPLIFT | Javlon Otaqulov

21 Nov, 10:12


📘 "2025-yilda yuqori o'sishi kutilayotgan top 7 aksiyalar" elektron kitobini quyidagi bot orqali bepul olishingiz mumkin:

BOT ➡️ @uplift_trading_bot


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

20 Nov, 15:07


2025-yilda yuqori o'sishi kutilayotgan top 7 aksiyalar.
Bular: ...

Qiziqmi?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

19 Nov, 13:09


Siz 90 kun ichida hayotingiz va shaxsiy moliyangizda qanday o'zgartirishlar qila olasiz? Izohlarda javoblaringizni qoldiring.

P/S: Buning uchun ortda qolgan 90 kuningizga e'tibor bering!

90 kun..... (tez orada)

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

18 Nov, 09:54


UPLIFT jamoasi tomonidan tashkil qilinayotgan, 2024-yilning eng katta va so'nggi seminarimizda bepul ishtirok eting!


↗️ Mavzu: Aksiyalar bilan halol treydingda xatolar, strategiyalar, va tezkor natija

🗓 Qachon: 23-24-noyabr

💻 Qayerda: Onlayn jonli efirda

Seminarda qatnashish uchun quyidagi kanalga qo'shiling:
👉 https://t.me/+NGJqzakkNUI2YjZi

Bu videoni treydingga qiziqib yurgan tanishlaringizga ham yuborib qo'ying~


↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

18 Nov, 04:28


Pozitsiya taqsimlashni hisoblash uchun qulay sayt

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

17 Nov, 17:40


23-24-noyabr kunlari onlayn seminarga taklif qilamiz!

Seminarda qatnashish uchun quyidagi kanalga qoʻshiling
👉 https://t.me/+NGJqzakkNUI2YjZi

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

16 Nov, 15:50


🎙 Jonli efir 10 daqiqadan so'ng boshlanadi.

Jonli efirga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin:
[YOUTUBE]

https://youtube.com/live/tPZySmNl0Vo?feature=share

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

16 Nov, 11:43


Bugungi jonli efir boshlanish vaqtiga koʻpchilik 21:00 ovoz berganligi uchun, jonli efirimiz shu vaqtda, ya'ni 21:00 da boshlanadi.

Jonli efirda javob olishni istagan savollaringizni shu post ostiga yozib qoldiring~

P.S. jonli efir yozib olinmaydi

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

15 Nov, 16:06


Risklarni boshqarishda bu 3 ta narsani qilsangiz, treydingda davomli muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

13 Nov, 09:03


Tadingview platformasining pulli funksiyalari uchun bepul alternativ

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

11 Nov, 12:47


Ba'zida pozitsiya ochmay shunchaki kuzatish ham yaxshi pozitsiya

Ayniqsa, bozor holati mavhum yoki signal kuchli bo'lmaganida. Bunday holatda, kapitalni himoya qilish impulsiv yoki yuqori riskli savdolarga kirishdan afzalroq. Va bu kuzatish kutilayotgan o'zgarishlarni chuqurroq tahlil qilish va kuchli sabablar bilan imkoniyatlarni topish uchun yaxshi vaqt.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

10 Nov, 08:29


#kun_iqtibosi
"Sotib oldingmi, qoʻrqma.
Qoʻrqdingmi, sotib olma."

– Javlon Otaqulov

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

09 Nov, 04:41


Biroz kayfiyatni koʻtarish uchun.)

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

08 Nov, 10:23


Treyderning kuchli quroli..

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

08 Nov, 09:39


Kechagi jonli efirda, Trumpning kutilayotgan asosiy islohotlari, ularning iqtisodga ta'siri, va ulardan manfaat koʻradigan sanoat va kompaniyalar haqida gaplashdik.

Jonli efirda qatnashgan barchaga yana bir bor rahmat! Qatnasha olmaganlarni keyingilarida kutib qolamiz. InshaAlloh, kelasi hafta yana qiziqarli mavzularda jonli efir qilamiz~

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Nov, 17:30


Live stream finished (1 hour)

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Nov, 16:00


Live stream scheduled for

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Nov, 15:59


Live stream started

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Nov, 15:59


Jonli efirni boshlayapmiz.
Savollaringiz bo'lsa shu post ostidagi kommentlarga yozib qoldiring
.

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Nov, 12:00


Jonli efir boshlanishiga 4 soat qoldi.

Efir @upliftuz telegram kanalida boʻlib oʻtadi. Mavzu: "D. Trump prezidentligida AQSh iqtisodi va aksiya bozori"

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

07 Nov, 07:17


Va nihoyat, uzoq vaqt tayyorgarlik va foydalanuvchilar fikrlarini inobatga olib yanada yaxshilaganimizdan so'ng,
Budget PRO tayyor bo'ldi!

Budget PRO bilan pullaringizni to'g'ri rejalash va boshqarish orqali moliyaviy muammolardan halos bo'ling.

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi linkga tashrif buyuring~

👉 LINK 👈

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

06 Nov, 13:28


Bundan 6-7 yil oldingi o'zimga shu maslahatlarni bergan bo'lar edim..

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT | Javlon Otaqulov

06 Nov, 11:38


Jonli efirni ertaga soat 21:00 da (Oʻzbekiston vaqti) boshlaymiz, inshaAlloh

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

06 Nov, 08:12


"Tramp prezident etib saylandimi?"
– Ha, hozirgi holatda 95% dan yuqori ehtimollik bilan

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

06 Nov, 07:46


Donald Trump prezidentligida AQSh iqtisodi va aksiya bozorini nimalar kutmoqda? Qaysi sanoat kompaniyalari foydasi ko'payadi? Qanday aksiyalariga ko'proq e'tibor bergan afzal?

Shu kabi muhim savollarga javob berish uchun Telegram kanalimizda jonli efir o'tkazishga nima deysiz?

↗️ @upliftuz

UPLIFT | Javlon Otaqulov

05 Nov, 13:51


Nima uchun shaxsiy byudjet yuritishingiz kerak. Uning qanday afzalliklari bor?

📹 VIDEONI KO'RISH


↗️ @upliftuz

UPLIFT

27 Oct, 06:02


Lifestyle (hayot tarzi) inflyatsiya qopqoni

🎞 https://youtu.be/bpmd8OuKKJg


↗️ @upliftuz

UPLIFT

27 Oct, 06:01


Bu so'rovnoma natijalaridan va mavzu muhim bo'lganidan kelib chiqib, 'lifestyle' inflyatsiya haqida video tayyorladik. Videoni quyidagi linkda Youtube kanalimizda tomosha qiling.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

24 Oct, 11:13


Treyding faoliyatingizni barbod qiladigan 7 xato:
- Risk menejment yo'qligi
- Hissiyotga asoslanib savdo qilish
- Haddan ziyod ko'p savdo qilish
- Jurnal yuritmaslik
- Doimiy o'qib-o'rganmaslik
- Zararlar ortidan quvish
- Sabrning yetishmasligi

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

23 Oct, 05:11


#shaxsiy_moliya #kun_tavsiyasi
Amal qilishingiz kerak bo'lgan 7 moliyaviy odatlar

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

22 Oct, 08:24


'Hafta aksiyasi' videolar ruknini davom ettiramiz. Bu hafta aksiyasi: $NOW

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

21 Oct, 07:41


S&P 500 indeksi yil boshidan hozirgacha qanday oʻzgardi?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

21 Oct, 07:41


S&P 500 indeksining yil boshidan hozirgacha o'zgarishi

Bu davr mobaynida o'sish va pastlashga asosan nimalar ta'sir o'tkazganini quyidagi videoda bilib olishingiz mumkin

↗️ @upliftuz

UPLIFT

19 Oct, 10:24


#kun_iqtibosi
🇺🇿"Muvaffaqiyat — bir muvaffaqiyatsizlikdan ikkinchisiga shijoatni yo'qotmasdan bora olishdir."

🇬🇧"Success is the ability to go from one failure to another with no loss of enthusiasm."
– W. Churchill

↗️ @upliftuz

UPLIFT

18 Oct, 16:07


Koreyada va O'zbekistonda yashab ishlash o'rtasidagi farq

Koreyadan O'zbekistonga qaytganimga ham 4 oydan oshibdi. Bu vaqtdan tahminan yarmi 'adaptatsiya'ga ketgan bo'lsa, qolgan qismida qaysidir darajada ishlab ko'rdim. Koreyada yashab ishlash bilan O'zbekistonda yashab ishlash orasida farqlar juda ko'p... Lekin hozir menda juda ham bilinayotgan farq haqida yozmoqchiman.

Bu farq - rejadan tashqari, kutilmagan va tushunarsiz holatlar sababli rejalashtirgan ishlarga ulgurmaslik va ish unumdorligining pasayishi. O'zbekistonga qaytganimdan keyin birinchi oyda rejadan tashqari ishlarni ko'p bo'lishi tabiiy deb o'ylagan edim. Lekin hozir ham huddi o'shandek holat.. Oylik, haftalik va kunlik rejalashtirasan lekin har kuni nimadir bo'ladi va rejadagi ishni yarmiga ham ulgurmaysan va bu o'tgan kunlardagi to'planib qolgan ishlarga qo'shilib holatni yanada yomonlashtiradi. Yoki endi rejimga tushib oldim deb turganingda yana o'zgarib ketadi. Vaqt esa ayamasdan juda tez o'tadi (har safar Jumaga borganda huddi 2 kun oldin ham Juma bo'lgandek).

Koreyada ham ba'zi ishlarga ulgurmas edim ammo har qalay ko'p ishlar rejadagidek bo'lar edi va oila, sayohat, sport uchun ham yetarli vaqt ajrata olardim. Haftaning qaysidir kuni rejadan tashqari bo'lsa ham umumiy haftalikda 'rejim' bo'lar edi.

Va hozir har xil 'balki'lar hayolimni egallab olgan.
- Balki bir necha yangi loyihalarni boshlab olishga shunday bo'layotgandir;
- Balki 'adaptatsiya'ga kamida 5-6 oy ketar (o'z boshidan kechirgan bir tanishim shunday degan edi)
- Balki men dangasa bo'lib qolgandirman;
- Balki O'zbekistonda yashaganda bu odatiy holatdir..(

Qiziq, hozir bu postni yozgandan keyin, reja bo'yicha jamoa bilan yig'ilish qilishimiz kerak edi, lekin uning o'rniga ayni vaqtda rejadan tashqari bir kishi bilan uchrashishim kerakligi paydo bo'lyapti.)) 'Probka' bilan uchrashuvga 2 soatcha vaqt ketsa kerak..

Xullas, hozir ham reja bo'yicha harakatlanyapmizu, oradagi kutilmagan holatlarni to'ldirib ketish uchun rejalarimiz biroz kech amalga oshyapti.

↗️ @upliftuz

UPLIFT

28 Sep, 16:16


Warren Buffett aksiyalarni tanlashidagi eng asosiy me'zonlaridan biri – ...

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

28 Sep, 12:32


Yuqoridagi videoda aytib o'tilgan kompaniyalarga misollar

Masalan, yetkazib berish xizmati bilan shug'ullanuvchi, DoorDash ($DASH) kompaniyasi bir necha yillardan beri zararda ishlab keladi. So'nggi 12 oy holatiga ko'ra, bu kompaniya $9.6 milliard daromad ko'rib, $407 million zarar qilgan. Kompaniyaning hozirgi bozor kapitallashuvi esa $58.5 milliard! Uning aksiyasi esa o'tgan 1 yilda 90%dan oshdi.

Jira dasturini ishlab chiqaruvchisi Atlassian ($TEAM) va cloud xavsizligini ta'minlash bilan shug'ullanuvchi Zscaler ($ZS) kompaniyalarida ham o'xshash holatni ko'rishingiz mumkin - katta zarar lekin qimmat baholanish.

Bu kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarida yana bir juda muhim o'xshashlikni ko'rishingiz mumkin. Bu nima?

↗️ @upliftuz

UPLIFT

27 Sep, 17:58


Nima uchun millionlab dollar zararda ishlayotgan ba'zi kompaniyalarning aksiyalari qimmat savdo qilinadi?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

27 Sep, 13:43


Ommaviy axborot vositalari aksiyalarga qanday ta'sir koʻrsatadi?

🔥 Bugungi kunda har bir sohaga kirib borgan ommaviy axborot vositalari (OAV) aksiya bozoriga ham kirib borishni uddaladi. Ular faqatgina investorlar qaroriga ta'sir etib qolmay, bozor dinamikasini ham shakllantiradi.

🤔 Xoʻsh, OAV qanday qilib aksiya narxiga ta'sir qilishi mumkin:
Ular ma'lumotlarni tez va keng tarqatadi. Ijobiy yangilik aksiya narxini oshiradi, salbiysi esa narx tushishiga olib keladi.
...

😉 Qiziqqanlar shu manzilga olgʻa!

BATAFSIL O'QISH ➡️

↗️ @upliftuz

UPLIFT

26 Sep, 13:07


Semikonduktor sanoatida men yoqtiradigan aksiyalardan 3 tasi

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

23 Sep, 10:02


Bozor likvidligi va uning muhimligi

Treyding va investitsiya bilan shug’ullanadigan bo’lsangiz, bozor likvidliligi tushunchasini tushunish juda muhimdir. Likvidlilik, aktivni narxiga ta’sir qilmasdan qanchalik tez sotib olish yoki sotish mumkinligini aniqlashda asosiy rol o’ynaydi. Ushbu postda biz bozor likvidliligi nima ekanligini, uning nimaga muhimligini va u sizning savdo qarorlaringizga qanday ta’sir qilishini ko’rib chiqamiz.

Bozor likvidliligi bu aktivni, masalan, aksiyalar yoki obligatsiyalarni bozor narxini barqaror saqlagan holda tezda sotib olish yoki sotish qobiliyatini ifodalaydi. Yuqori likvidli bozor – bu yerda xaridor va sotuvchilar ko’p bo’lgan va tranzaksiyalar tezda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bozor.
...

BATAFSIL O'QISH ➡️

↗️ @upliftuz

UPLIFT

22 Sep, 07:54


📍Manzil: Toshkent shahar, Shota Rustaveli ko'chasi 136/1

UPLIFT

22 Sep, 07:38


Uzoq kutilgan yangi bir loyihamizni (joyimizni) ishga tushirmoqdamiz 📣

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

19 Sep, 12:32


UPLIFT treyd turining 2-qismi bo'lib o'tgan Turkiyaning Trabzon shahridan lavhalar

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

18 Sep, 17:35


Bu qanday joy bo'lishi mumkin? 🤔

👉 @bullscoffee_uz

↗️ @upliftuz

UPLIFT

18 Sep, 13:12


Aksiyalar bozorida investitsiya qilishni boshlash: oson qadamlar va muhim tavsiyalar

1. Maqsadlaringizni aniqlang:

Aksiyalar bozorida muvaffaqiyatli bo’lish uchun birinchi qadam bu maqsadlaringizni aniqlashdir. Siz qisqa muddatli daromad olishni yoki uzoq muddatli kapitalni oshirishni maqsad qilishingiz mumkin. Maqsadlaringizni aniq belgilash sizga investitsiya strategiyasini tanlashda yordam beradi.

💸 2. Moliyaviy holatni baholang:
Investitsiya qilishdan oldin, moliyaviy holatingizni aniqlash juda muhim. Sizda avvalgi qarzlarni to’lash, ehtiyot fond yaratish va kundalik xarajatlarni qoplash imkoniyatingiz bo’lishi kerak. Bu sizga investitsiya qilish jarayonida noxush holatlarning oldini olishga yordam beradi.
...

BATAFSIL O'QISH ➡️

↗️ @upliftuz

UPLIFT

16 Sep, 07:05


UPLIFT treyd turda qatnashganlar qanday tajribalar orttirishdi? Buni ishtirokchilarning o'zlaridan eshiting

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

14 Sep, 13:31


UPLIFT Trade Tour — Treyding, sayohat, netvorking, dam olish, va unutilmas tajribalar...

UPLIFT treyd turining 1-qismi Gruziyaning Batumi shahrida bo'lib o'tdi.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

14 Sep, 06:17


#kun_tavsiyasi #shaxsiy_moliya
Impulsli xaridlardan saqlaning

Impulsli xarid – oldindan rejalashtirmay yoki byudjetni tuzmasdan o'z-o'zidan sotib olish harakati. Bu ko'pincha kimdir biror narsani ko'rib, uni zarurat yoki ehtiyoj bilan emas, balki hissiyotga asoslanib darhol sotib olganida sodir bo'ladi.

Impulsli xaridlar hatto eng yaxshi byudjet rejalarini ham barbod qilishi mumkin. Impulsli xaridlardan qanday saqlanish mumkin? Eng oddiy usuli: rejalashtirilmagan narsalarni sotib olishdan oldin 24 soat kuting. Bu sizga haqiqatan ham u narsa kerakmi yoki bu shunchaki o'tkinchi istak-xohish ekanligini bilib olish uchun vaqt beradi.

Qaroringizni kechiktirish orqali siz hissiy xarajatlarni kamaytirasiz va moliyaviy maqsadlaringiz ustidan ko'proq nazoratga ega bo'lasiz. O'zingizdan so'rang: "Bu xarid mening uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarimga mos keladimi?" Agar yo'q bo'lsa, u pulni jamgʻarib qoʻying!

↗️ @upliftuz