Sen va Choy @sen_va_choy Channel on Telegram

Sen va Choy

@sen_va_choy


Xohlaganida xohlaganini yozadigan choyxo'r yigit.

Sen va Choy (Uzbek)

Salom do'stlar! Bugungi kunda sizga yangi Telegram kanalimiz haqida xabar beramiz - "Sen va Choy". Bu kanalda xohlaganida xohlaganini yozadigan choyxo'r yigitlar to'plami

Bu kanalda siz choyxo'rlar tomonidan yozilgan eng so'nggi tarjimalar, sherlar, hikoyalarni va boshqa tanish uslubdagi matnlarini topasiz. Sen va Choy kanalida o'z o'zgarishsiz, ilovasiz yozuvi va choyxo'rlar hayotidan keskin suratda yozadigan yigitlarni topishingiz mumkin

Agar siz ham choyni sevib, uning tafakkuriga ajoyib qilib qarab, uning o'ziga xosligini his qilmoqchi bo'lsangiz, Sen va Choy kanali ajoyib manzil bo'ladi. Bu kanal choyxo'rlar uchun yaratilgan, ularning o'zlarining so'zlarini hammasi bilan bahramandlik bilan qo'llagan yerdur

Hozirda "Sen va Choy" kanaliga obuna bo'ling va choyxo'rlar dunyosining eng zamonaviy yozuvlarini o'rganing. Sizga ilgari yangiliklar, maqollar va manzaralar kuzatiladi. Iltimos, qo'shiluvchingizni, do'stlaringizni va oilangizni ham kanalga taklif qiling - birgalikda choyxo'rlar dunyosidagi eng ajoyib manzaralarni kuzating!
Obuna bo'lish uchun, @sen_va_choy kanaliga kiring va yangiliklardan xabardor bo'ling. Sen va Choy kanali sizni choyxo'rlar dunyosida yo'qotmaydi, balki unga sevib qolganingizga ishonch hosil qila olasiz. Kutilmaganda kanalga obuna bo'ling va choyxo'rlar dunyosining eng zamonaviy yozuvlaridan xabardor bo'ling!

Sen va Choy

14 Jan, 04:03


Bu bayram faqat harbiylarniki emas, o'zini chin yigit deb bilguvchi har bir yigitning bayrami!

Xudo ko'rsatmasin yov bostirib kelsa men harbiy emasman, harbiylar himoya qilsin vatanni deb o'tirmaydi bizni yigitlar, o'z vatanini, o'z oilasini mardlarcha himoya qiladi.

Bayramingiz muborak alplar!

Sen va Choy

13 Jan, 15:21


Menga og‘ir bo‘lar - sen o‘lsang...
senga nima - o‘lsam-o‘lmasam
Menga og‘ir bo‘lar - yo‘q bo‘lsang...
senga nima - bo‘lsam-bo‘lmasam...

Menga og‘ir bo‘lar - yig‘lasang
yoxud yesang yurak-bag‘ringni...
Senga nima - jinni bo‘lmasang
tashlab ketsam hatto shahringni...

Menga og‘ir bo‘lardi - zorlab
Topolmasang biror ostona...
Senga nima - tovonim qonab
boshim olib ketsam - devona...

Menga og‘ir bo‘lardi bir kun
yuragingni teshsa bir er - qurt...
Senga nima - u qurt men uchun
butun umr yasasa tobut...

Menga og‘ir bo‘lar - bu sochlar
oyog‘iga ilashsa uning...
Senga nima - jim-jit og‘ochlar
joni bo‘lib qolsa jismimning...

Senga nima - shoiri dilxun
ketsa butkul uzoq va uzoq...
Menga esa kerakmas bir zum
sendan keyin bir zum yashamoq...

Asqar Mahkam

Sen va Choy

12 Jan, 21:36


https://t.me/Tumandaman/s/8

Sen va Choy

12 Jan, 10:29


XAT

Sendan ko‘ngil uzsam,
Meni izlaysan.
Magar yo‘qlamasang,
Sog‘inaman men.
Jonim yonganida,
Nogoh muzlaysan -
Bahri Muzning abad
Holatiga teng.

Bizga teskarilik
Ne uchun ravo -
Endi  mutanosib
Yursak bo‘lmasmi?
Taqdir qarshisida -
Yolg‘ondan  judo -
Ko‘ziga  tik qarab
Tursak bo‘lmasmi?

Diydor ko‘rishaylik -
Tushlarimga kir.
Qo‘ng‘iroq qilib tur,
Telefonxat yoz.
Toki men tirikman -
Yashagin, axir!
Men o‘lib ketsam ham,
Yasha... Iltimos...

Usmon Azim

Sen va Choy

11 Jan, 18:22


Jinnixona barbir yaxshi joy, odamlariyam eng yaxshilari 🤍

Sen va Choy

11 Jan, 16:54


Ko'rsam, ko'zlariga bo'laman taslim,
Bizni uchrashtirib qo'yma, Xudojon!

Sen va Choy

11 Jan, 11:28


Ehtimol,
erinib qish chillasida,
Menga atalgan baxt
esnayotgandir?
Ehtimol,
dunyoning bir chekkasida,
Kimdir men g'aribni
eslayotgandir?
Ehtimol...
Hozir....

Dildorbegim

Sen va Choy

10 Jan, 13:40


Men esa… shu siymo va shu yoshimda
Yodmas, unutishni istayman faqat...

Sen va Choy

09 Jan, 15:56


📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

#atalmagan
#kimgadir...balki oʻzimga!
Tasavvur qil;
Bari boshqacha!
Biz boshqa bir makonda toʻqnash keldik...
Balki xatto qoshnidirmiz...
Boshqa makon,boshqa zamon, boshqa bir paytda...
Boshqa ism bilan...
Boshqa yoʻllarda!
Tasavvur qil:
Bari boshqacha...
Toza havo...
Plastinkada yangrayotgan "Beethoven" durdonalari...
Unga hamohang tebranayotgan gullar-u,gullar ishqida biz-bizlab tinmagan bolarilar...
Tasavvur qil:
Bari boshqacha...
Boshingda qalpoq...
Egningda palto...
Oppoq qor bosgan yoʻl boʻylab qoʻlingdagi sovgʻani egasiga eltish uchun ketayapsan!
Qorni har bosganingda "ğarch"illab chiqadigan ovozi qulogʻinga muzdek shabada bilan urilyapdi...
Havo sovuq...
Ammo yuzingda tabassum...
Qalbingda porlagan bahor quyoshiga qishning sovugi dosh berolmayapti!
Tasavvur qil bari boshqacha...
Velosibetda keng dalalarni,maysazorlarni kezyapsan...
Oʻsha oʻzingni xilvat goshanga qõnasan-u,pinakka ketasan!
Tasavvur qil bari boshqacha...
Tinchroq...
Rangliroq...
Musiqaliroq...
Jozibaliroq....
Tasavvur qil bari boshqacha...
Mandarinzorda bahor shamoli esyapdi va uning hidi senga bir dunyo xotira beryapdi!
Tasavvur qil bari boshqacha...
Tun ham dardli emas...
Kun boʻyi kuchli boʻlishga majbur emassan. Bari boshqacha!

Sen va Choy

09 Jan, 12:44


Sendan kelar maktublarni sog'indim...

Sen va Choy

09 Jan, 06:30


Boq, meni rostmana yengdi ichikish...

Sen va Choy

09 Jan, 04:32


Bilinarmi hali ham o'rnim,
Og'riydimi men yulungan joy?
Yoki mensiz kulib,shodlanib,
Yuribsanmi deyman hoynahoy?

Sezildimi aytchi yo'qligim,
Men yo'q maskan bo'shliq bo'ldimi?
Yoki nurga to'lidi-yu dunyong,
Mensizlikdan ko'ngling to'ldimi?

Esladingmi meni bir bora,
Yodga solib qalbing chertdimmi?
Entikdimi allaqayering,
Yoki yana bezor etdimmi?

Ne bo'lsa ham endi mensizsan,
Sensiz yurib,kulib turibman.
O'lganimning kunidan tepib,
Dunyosida yashab yuribman.

Ahmadjonova Zuhraxon

Sen va Choy

08 Jan, 12:08


🔥#ТAНЛОВ🔥

Ҳомийлар томонидан Дилора Холиқова шеърлари асосида "Шеър ва тасвир"  видеороликлар танлови эълон қилинмоқда.

Танловда:

🥇 битта биринчи ўрин 1 200 000 сўм;

🥈🥈 2 та иккинчи ўрин 700 000 сўмдан;

🥉🥉🥉 3 та учинчи ўрин 550 000 сўм пул мукофоти билан;

🥇 ижтимоий тармоқлар (Telegram, Facebook, Instagram ва Youtube...)да энг кўп улашилган, муносабатбелги (лайк) йиққан видео 350 000 сўм билан;

яна 4 нафар рағбатлантирувчи ўрин соҳиблари муаллифнинг янги нашр этиладиган китоби ва ўзбек тилининг 6 томли изоҳли луғати билан тақдирланади.
👉 Видеороликларни @dilora_xoliqova телеграм аккаунтига юборасиз;

танлов эълони ва видеороликларингизни ижтимоий тармоқ саҳифангизда #шеър_ва_тасвир ҳештеги остида жойлаб, бизни белгилайсиз.

Роликлар ушбу Sog'inch... телеграм каналида эълон қилиб борилади.
Энг яхши деб топилган, 👉https://t.me/Aytolmagan_dilim телеграм каналида энг кўп муносабат (лайк 👍) йиққан видеоролик ғолиб деб топилади.

Танлов 31 март куни якунланади.

https://t.me/Aytolmagan_dilim

Sen va Choy

08 Jan, 07:12


Birgalikda go'zal hikoyalar yarating )

Sen va Choy

07 Jan, 16:28


Yolg'izgina, sokin tursang-da,
Yolg'iz bo'lging kelaveradi.

Sen va Choy

07 Jan, 11:51


Ko'pdan buyon yurak ham bo'm-bo'sh,
Na shodlik bor, na rost, na yolg'on.
 

Sen va Choy

07 Jan, 07:55


#kun_hikmati

14-yanvarda nima eksang, 8-martda shuni o'rasan.

Sen va Choy

06 Jan, 17:38


Chuqur xo'rsinib qo'yasanda, go'zal xotiralarga g'arq bo'lasan...

Sen va Choy

06 Jan, 09:17


Qachondir birgalikda sen bilan ham asarlarni muhokama qilamiz, balki oʻsha payt kanalning ham keragi qolmas...

Sen va Choy

06 Jan, 05:12


Bugun qadrli singlim Yalmog'izchani tug'ilgan kuni. Qizim umriz uzoq, rizqiz baland bo'lsin, ota onangizni va barcha yaqinlaringizni baxtiga sog'-salomat bo'ling )

Sen va Choy

05 Jan, 04:32


To o'lguncha diydor bo'lar...

Sen va Choy

04 Jan, 06:25


Kel, ey yorim, pariro‘yim, kel endi,
Kel, ey, chashmi xumoringni sog‘indim.
Firoq jondan o‘tdi, qadring bilindi,
Visolingni, ruxsoringni sog‘indim.

Xayolimda kokillaring tutami,
Bir so‘z uchun shuncha zulm, sitammi?
Ishq yo‘lida gunohkor men bittami?
Sumanbo‘y, guluzoringni sog‘indim.

Seni ko‘rmoq bo‘ldim, necha chog‘landim,
O‘z yog‘imga o‘zim necha dog‘landim.
Bilmam senga, nega senga bog‘landim,
Bog‘liq qulday ozoringni sog‘indim.

Kel, ey, chashmi xumoringni sog‘indim,
Visolingni, ruxsoringni sog‘indim.
Sumanbo‘y, guluzoringni sog‘indim,
Bog‘liq qulday ozoringni sog‘indim.

Shukur  Qurbon

Sen va Choy

03 Jan, 15:20


Sog'inch butunlay haddan oshganda sog'inmay qo'yamiz.

La Roshfuko

Sen va Choy

03 Jan, 09:44


Dunyosiga kelib nima ham qildik?
Biz telbamiz...
esi borlar adashdi.

Sen va Choy

02 Jan, 13:18


Sendan qafas hidi ufurar nechun?
Sendan chirqillaydi qayg‘u, vahima.
Agar jonim kerak bo‘lsa, ola qol,
Faqat,
Yig‘lama, Osima...

Yetti gul husningni tamosha qilsin,
Yetti qush seni deb cheksin dardu g‘am.
Tila tilagingni, ko‘zim ko‘r bo‘lsin,
Faqat,
Yig‘lama, Osima.

Bilsang bas, shohona tal’atim edi,
Kechasi malakla xilvatim edi,
Yetmish uch parida suvratim edi,
Osima!
Osima!

Bir nusxa ko‘chirdim, nusxaki go‘zal,
Har bir harf kumush, har nuqtaki la’l —
Sevgimdir, yo‘q desang vujudim qiyma,
Faqat,
Yig‘lama, Osima!

Dunyoning boshi nur, oxiri g‘orat —
Tushga borayapmiz, qo‘lda gulsavat,
Men unga tush va baxt solaman g‘alat,
Yig‘lama, Osima!
Faqat...

Abduvali Qutbiddin

Sen va Choy

01 Jan, 16:21


​​Duch kelgan sharpaga  o‘zimni urdim,
Men kesib o‘tmagan soya qolmadi.
Ko‘nglimda to‘polon boshlagan sirdan
Xabardor bo‘lding-u
Xabar olmading.

Shamollar uyg‘ondi uryon va giryon,
Sovurilib ketdim yarim nafasda.
"Mening telba ko‘nglim- ko‘zlari osmon..."
Terib yana soldim eski qafasga.

Chaqmoq ko‘zlarimda ildizlar yoydi,
Ishqning suratini teranroq ko‘rdim.
Ichimga munavvar yomg‘irlar  yog‘di...
Qayga berkitaman endi bu sirni?!

Ko‘nglim gullab ketdi qafas ichinda.
Ko‘nglim to‘kilmasdan gulbarglar aro
xabar ol!
Bu sirni birga yechaylik,
Ey, musibat savdo -
Ey, go‘zal g‘avg‘o!                                                                                                                                           Bashorat Otajonova

Sen va Choy

01 Jan, 06:11


Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.

Sen va Choy

01 Jan, 05:37


Unutishing — qaro, hijroning qaro,
Sog‘inching oppoqdir, xatlaring — oppoq.

Sen va Choy

31 Dec, 14:20


Shunaqa gaplar.

Ovqat bayrami qanday o'tyapti?

Sen va Choy

29 Dec, 16:58


Eski baxtli kunlar uchun 🥂

Sen va Choy

21 Dec, 15:20


Menga qisqa bo'lsada yozib tur. Men uni uzun-uzun o'qiy olaman...

Mahbubiy

Sen va Choy

21 Dec, 15:09


Sen haqingda esimda qolgani:
Sen
kulgularing
orasida
yig'lab olarding.

Ahmad Ali Dilmurod

Sen va Choy

21 Dec, 06:21


Men seni hech qachon unutolmayman.
Sen meni hech qachon ko'rmaysan qaytib...

Sen va Choy

20 Dec, 14:19


Sizni kutish mumkin yillab erinmay...

Sen va Choy

19 Dec, 13:32


Garchi uzoqdasan, balki shungadir,
Sendan xavotirman...

Sen va Choy

19 Dec, 11:10


Sababsiz berilgan sovg'alar boshqacha bo'ladi ))

Bu sovg'a @kitob_guli dan.
Rahmat Shahrizoda, yana bittaga ko'paydi siz bergan kitoblar )

Sen va Choy

18 Dec, 16:45


#kitobdan

"Afsuski, inson tabiati shunaqa: u yoʻqotgan narsasinigina chindan qadrlaydi"

- Qora haykal, E. M. Remark

@elizabets_library

Sen va Choy

18 Dec, 11:26


Silasang, qoraysa oqargan sochim,
Silasang, qoraygan sochim oqarsa!..

Sen va Choy

17 Dec, 16:49


Shunaqa kichik, ammo go'zal hislarni yoziladigan kanallarni yaxshi ko'raman)

Sizda shunday kanal bo'lsa commentda yozib qoldiring, kirib o'qib chiqaman, yoqsa albatta qo'shilaman.

Sen va Choy

17 Dec, 16:46


Hech qachon o'zingiz xohlagan narsalardan vos kechmang. Kutish qiyin, ammo afsuslanish undanda qiyinroq..

Sen va Choy

17 Dec, 16:12


O'zingizda yo'q bo'lgan qaysi kitobni o'qishni xohlayapsiz?

Sen va Choy

17 Dec, 14:19


Har safar siz bilan tugadi o'yim,
Har safar yo'liqdim xayolan sizga...

Sen va Choy

17 Dec, 10:15


"Endi eski xatolarimni takrorlamayman. Men bu yerda yangidan-yangi xatolar qilaman".

Joze Mourino

Sen va Choy

16 Dec, 15:19


Vafo iymondandir.

Sen va Choy

16 Dec, 13:35


Istamasam baxtsiz bo'laring, ammo
Baxtli deb o'ylasam, so'kingim kelar.

Sen va Choy

16 Dec, 12:45


Yig'lab janozamga kelsang, o'lardim...

Sen va Choy

15 Dec, 15:20


Osima, uchrashsak tunning yarmida,
Bilsang, vujudimda o'chayapti sham...

Sen va Choy

15 Dec, 14:19


Qor yog'ayotgan oqshom,
Shaharni kezsang,
G'ira-shira ko'chalarni kezsang,
qo'llaringni cho'ntakka tiqib,
Qor esa erisa lablaringda jim.

O'ylasang, olislarda qolgan kimnidir...

Xurshid Davron

Sen va Choy

07 Dec, 19:00


Tinmay yog'ayapti biz yo'q o'lkada
Pag'a-pag'a yomg'ir,
tomchi-tomchi qor...

Sen va Choy

07 Dec, 17:40


Kim qaysi kitobni o'qiyapti?
Va kitob qanday ekan?

Sen va Choy

06 Dec, 17:19


Alvon-alvon dardlar dog'ida jo'shib,
Seni yana eslab chekaman armon.

Sen va Choy

06 Dec, 14:06


Muhabbatning asrini kutib, 
o'tiribmiz ikki qutbda...

Sen va Choy

05 Dec, 15:00


Tashlab ketganlarni qachondir kechirishimiz mumkin, ammo qaytib kelganlarni hech qachon kechirmaymiz.

Zigmund Freyd

Sen va Choy

05 Dec, 06:22


Bir gap bo'lar...

Sen va Choy

04 Dec, 12:49


Hayot shu kanallarga qo'shilgan joyingdan boshlanar!

@mahliyo_xurram – Faqat sheʼr, faqat sheʼr boshqasi sarob!

@videoum_tr – Kumushi yo'q Otabek

@fikriyyatuuun - bir dunyoga bordim, insonlar majnun edi, gul olardi, gul sotardi, guldan tarozi tutardi.

@Qaylardasanbaxt  Bir oʻzim eng ulkan baxtda ham bebaxt boʻlaman...

@Nuqtalik - hayotimni oʻzgartirgan nuqta

https://t.me/+2WBGCZWG2KJhYzU6 Gʻurbatxona szga yoqmasligi mumkin

@Ruhiy_Halovat Maqsadimiz ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo islomga intilishdir..🍃

https://t.me/+_BYO7IWz7us1Yzgy kitob, choy va yomg'ir, ajib birdamlik

@qarzdor_baxt kutishga kutaman, ammo o'lim sendan oldin kelsachi

@simpatiya_rejimida -nazm, sevgi, hislar...

@kitob_world - biroz kitob, ozgina lirika, baʼzan formatdan tashqari postlar

@boqiy_darbadarr–she’riyat va kitoblar shaydosi

https://t.me/+dRW4g2TvJDo3ZWRi manfaat yoʼlida emas)

@uyo_buyoo - ag'dan-bag'dan, oma samimiy hislar )

@allambolo - ozgina smurf ajoyiblik🌌

@chegaraa_siz - chegarasiz hislarning, cheksiz olami)

@malinali_choyy odamlardan ko'nglim qolgan u nahot kitoblar ham so'zlasa yolg'on) telba teskari jumlalar

@mavxuma - sokinlikka oshufta qalbim bor mening)

@euphooriaa - Love, just Love!

@sensiz_dunyolarim -Tangrim uygʻotsa gar meni ertaga,
Vujudim qaytadan bir seni izlar...

@bookwormxon1
Asosan kitoblar va hislar haqida.

@beqaror_qarorlar qarorsiz chiqarilgan qarorlar

@adabiyotxonim
Adabiyot xonimi - MUNI dan))

@biyarow har sohadan bir qamchi

@yaralarimmm aprel qizi

@sen_va_choy kel, bugun seni ikki finjon choy va shirin diydorga taklif etay...

Sen va Choy

04 Dec, 10:35


Sizsiz o'tgan umrim bekor, yorijon!

Sen va Choy

03 Dec, 15:20


Sizni qattiq ranjitgim kelar,
Janjallashgim kelar siz bilan.

Sen va Choy

02 Dec, 17:13


Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor...

Sen va Choy

02 Dec, 13:39


​​Ba'zan, faqat bir kishi yo'qoladi va butun dunyo odamsiz bo'lib tuyuladi.

Alfons de Lamartin

Sen va Choy

01 Dec, 19:00


Holim o'xshab borar lahzama-lahza,
Sohilning dengizga talpinishiga...

Sen va Choy

01 Dec, 14:02


O'zim xohlab tug'ilganim yo'q,
o'zim istab o'larim qiyin...

Sen va Choy

01 Dec, 13:00


Qizingni yonida qanday erkak ko’rishni istasang, ayolingga nisbatan shunday bo’l!

@jarihun

Sen va Choy

30 Nov, 19:01


Qishda kambag'alning titrashidan boshqa hamma narsa go'zal!

Mark Tven

Sen va Choy

30 Nov, 16:32


шунчаки сен менга аталмагансан.

Sen va Choy

30 Nov, 13:09


Va ba'zi ketishlarning qaytishi bo'lmaydi.

Sen va Choy

29 Nov, 19:01


Bugun qadrdon singlim Mohichehra A'zamni tug'ulgan kuni. Mohijonga uzoq va mazmunli umr, omadli va zavqli hayot tilab qolaman. O'ylagan barcha yaxshi niyatlaringizni Alloh ro'yobga chiqarsin. Ota onangizga esa kattakon rahmat aytaman, sizdek qizni tarbiyalab katta qilishgani uchun.


Kanaliga o'tib bittadan yurakcha bosib kelila, tug'ulgan kun sovg'asi qilib.

Sen va Choy

29 Nov, 17:15


​​O'zingiz qalbingizdan joy bergan odamni istagan paytda quvib chiqara olmaysiz. Quvib chiqargan taqdiringizda ham uning bo'sh stuli hamisha o'sha yerda qoladi.

Erix Mariya Remark

Sen va Choy

29 Nov, 11:51


Dilimga bosilar xazonlar labi...

Sen va Choy

29 Nov, 10:31


Rost ekan, ishq bilan o'lim hamsoya...

Sen va Choy

29 Nov, 08:39


Yana bitta kuz sensiz tugamoqda...

Sen va Choy

27 Nov, 18:33


O'tmishga aylandi, eng baxtli onlar...

Sen va Choy

27 Nov, 09:45


Do'stlar ham o'zgardi, do'st emaslar ham,
Faqat o'zgarmadi ishqim va ismim...

Sen va Choy

27 Nov, 06:11


Umr o'tib ketdi. Yig'lama.
O'tdi dunyo – besarhad qayg'u.
O'lim kelsa?..
Xo'sh, kelsa, nima?
Ayriliqdan
       dahshatlimi u?

Usmon Azim

Sen va Choy

26 Nov, 15:21


Filolog qizlarga uylaning!

Sen va Choy

26 Nov, 15:18


bir paytlar o'zingizni dunyodagi eng baxtli inson deb hisoblashingizga sababchi bo'lgan insonlarga faqat yaxshilik va baxt tilang.

Sen va Choy

26 Nov, 13:40


Xazonlarga yozgin xatlarni,
Va sen, menga yuborgin har kech...

Sen va Choy

25 Nov, 16:26


Xayolga erk bersam,-
Ko'rishsak...
Va bog'lar sollansa turfa rang.
So'rmasang dardimni,
Bo'lishsak,
Yig'lasam...
Yig'lasang...

Mayli shu xayolga ko'nsam-u,
Ko'zingni ko'zimga ko'msamu,
Ochmasam, ko'zimni yumsamu,
Yig'lasam...

Ne zamon chekkayman firog'ing,
Yaqining yomonmi, yirog'ing...
Kel, desam, ko'zimning qarog'i,
Yig'lasang...

G'unchalar og'zi lang ochilgay,
Bulbulning tillari yechilgay,
Bu bog'lar bir savdo kechirgay,
Yig'lasak...
Yig'lasak...

Dilorom Ergasheva

Sen va Choy

25 Nov, 14:56


Koshki dеrdim butun dunyoni
Kеzib chiqsam sеn-la piyoda...

Sen va Choy

25 Nov, 08:07


ba'zi bir narsalarni bilmaganim yaxshiydi, hech qachon esimdan chiqmaydi endi, shu birnima boʻlsada man xotiram qisman yoʻqotsam, qaytib tiklanmasa, hehe🙂

Sen va Choy

25 Nov, 05:32


𝘚𝘦𝘯𝘨𝘢 𝘮𝘦𝘯𝘪 𝘲𝘢𝘩𝘷𝘢𝘨𝘢 𝘵𝘢𝘬𝘭𝘪𝘧 𝘲𝘪𝘭𝘪𝘴𝘩𝘪𝘯𝘨𝘯𝘪 𝘵𝘢𝘬𝘭𝘪𝘧 𝘲𝘪𝘭𝘢𝘮𝘢𝘯.
𝘒𝘦𝘭𝘴𝘢𝘯𝘨-𝘤𝘩𝘪...😁🙃

Sen va Choy

25 Nov, 04:18


Biror kun boshqa bir yerda qaytadan tanishaylik

Sen va Choy

25 Nov, 03:51


Seni asrab keldim
Kaftimga solib,
Sogʻinsam –
Yuzimga bosdim kaftimni.
Bir qultum yosh kabi
Koʻzimga olib,
Yellarga sovurgan kabi
Baxtimni –
Seni asrab keldim
Kaftimga solib.
Nega yulduz tomar
Qaroqlarimdan,
Oʻzimdan oʻtdim men,
Oʻzimdan oʻtding.
Qancha asramayin
Barmoqlarimdan –
Bir piyola suvday
Toʻkilib ketding.
Seni asrab keldim
Kaftimga solib...

Xosiyat Rustamova

@uyo_buyoo

Sen va Choy

24 Nov, 15:03


Seni gohi yig'laging kelar,
Meni esa gohida ichgim.
Shunday, shunday katta shaharda
Bizga yordam berolmas hech kim.

Muhammad Yusuf

Sen va Choy

24 Nov, 13:08


Sen o'sha, o'shasan ko'rinmas jamol,
Meni dunyolardan, sovutgan ayol...

Sen va Choy

23 Nov, 18:50


Sevmagan yor bilan hayot kechirmoq
— Ming do'zax azobin ko'rgandan yomon.
Hammani uxlatib, chekajaksan oh,
Oh chekib qaraysan deraza tomon.

Tashqarida shamol, tashqarida tun,
Na oy ko'rinadi, na biror yulduz.
Bir qush nola qilar olisda dilxun,
Derazang tomonga ma'yus qadab ko'z.

Sen buni bilmaysan, bilmasang hamki,
Ichki bir tuyg'udan tortasan sergak.
O'ylaysan: «Sevganim kelgandir balki»,
«Kelgandir» — aks-sado qaytarar yurak.

Va uyqu aralash birov g'udranar,
Xayoling bo'linib, tortasan xomush.
Bir qultum suv so'rab bolang uyg'onar,
Nola chekmay qo'yar olisdagi qush.

Shukur Qurbon

Sen va Choy

22 Nov, 17:39


Alam qilar ekan har kech tushingda,
seniki bo'lmagan insonni ko'rish...

Sen va Choy

22 Nov, 16:03


Olisdagi mahmadana, ey eski olchoq,
Menga qadam tashlamoqni o'rgatmagin sen!
O'zingga boq, keyin, mayli, nog'orangni qoq,
Menga qanday yashamoqni o'rgatmagin sen!

Iqbol Mirzo

Sen va Choy

22 Nov, 04:50


Senga iddaolar 
Qilmay sevaman...

Sen va Choy

21 Nov, 05:39


Mayli, yoqmaganim, mayli yoqqanim,
Mayli, xoh do'st bo'lsin, mayli xoh g'anim.
Dilida dard borki, boshida g'avg'o,
Taniganlarim-u, tanimaganim,
Men bugun barini bir-bir qucharman,
Yuragi kuyuklar uchun icharman!..

Muhammad Yusuf

Sen va Choy

20 Nov, 15:58


Sog'inibman...

Sen va Choy

20 Nov, 04:30


Meni sog'in, meni qo'yma tinch...

Sen va Choy

19 Nov, 15:51


Men bo'yin egmovdim dunyoga mag'rur,
Sen bois yolbordim, seni so'radim...

Sen va Choy

17 Nov, 14:00


O'ksitmaymanmikin sizni, sevgilim,
agar men shu kecha bexosdan o'lsam...

Sen va Choy

16 Nov, 18:35


Qadimgi qimizchi chollar qo'shig'i

Shamol shamolni tebratar,
Shamol bulutni tebratar.
Bulut yomg'irni tebratar,
Yomg'ir tuproqni tebratar.
Tuproq maysani tebratar,
Maysa biyani tebratar.
Biya qimizni tebratar,
Qimiz yigitni tebratar.
Yigit suluvni tebratar,
Suluv beshikni tebratar.
Beshik bolani tebratar,
Bola dunyoni tebratar.

To'ra Sulaymon

Sen va Choy

16 Nov, 08:08


Men o'tgan umrimga achinmay qo'ydim...

Sen va Choy

15 Nov, 13:59


Necha bor yurakka ortib ko'chimni,
Mag'rur ketishlardan oldim alamim!

Sen va Choy

15 Nov, 06:36


Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam.

Sig'may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo'lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam.

Tonar bo'lsa qo'limdagi tor, dunyo,
Uch kun o'tmay unutgay do'st-yor, dunyo.
Yeru ko'kni titratib zor-zor, dunyo -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam.

Gulday kulib yurmasmidi, o'g'lim deb,
Ko'rib ko'nglim to'lmasmidi, o'g'lim deb,
Onang o'lsa bo'lmasmidi, o'glim deb
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam.

Ko'nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo'lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig'lasa chin dildan ham -
Onam yig'lar, onam yig'lar, onam.

Muhammad Yusuf

Sen va Choy

15 Nov, 04:26


Sen hazm qilolmaydigan narsalarni yediradi hayot.

Sen va Choy

13 Nov, 09:24


#1:52

Sen va Choy

08 Nov, 12:45


Osima,
Laylaklar elchi — u yerdan,
Huv ana mezonlar, xabar olaylik.
Pag'a-pag'a yolqin, tomchi-tomchi rang,
Yog'ar bir o'lka bor, boraqolaylik.

Abduvali Qutbiddin

Sen va Choy

07 Nov, 18:29


Oshiqlardan qolsa bir nafar, inon
Qolgan shu oshig'ing bilgilki menman...

Sen va Choy

07 Nov, 18:23


Agar oshiqlaring o'n mingta bo'lsa
Bilgilki alarning sardori menman..

Sen va Choy

07 Nov, 13:46


Rostdan sevavermas hamma men kabi...

Sen va Choy

06 Nov, 14:30


Yaxshisi, bir xabar sen o'zing yubor -
Sen ham, dardlashmoqqa topginda, fursat...

Sen va Choy

05 Nov, 18:23


Ketgan ketib bo'ldi, qaytmasa qaytmas...

Sen va Choy

05 Nov, 05:48


Sen va Choy pinned «O'zimni unutib, chorladim seni, bilmadim bu dunyo o'ngimmi-hushim? Azizam, kel, menga eslatgin meni, azizam, kel, meni yodimga tushir. Ko'nglim siniqlarin ko'zimdan tergin, og'riqlarim aytib qo'rqit, uchuntir; azizam, kel, meni izohlab bergin, azizam, kel…»

Sen va Choy

05 Nov, 05:46


Men sahargi sabo edim, nasim bo'lay,
Sevgini haq bilganimga amin bo'lay,
Zamin edim, zaminman-u, zamin bo'lay,
O'zin ko'kda sanaganlar osmon emas.

Mansur Jumayev

Oxiratingiz obod bo'lsin 😢

Sen va Choy

05 Nov, 03:08


Bir ko'lning ustida ikki oppoq qush,
Bizdan baxtli yashar, bilsang yorijon...

Sen va Choy

04 Nov, 17:33


Alvon-alvon dardlar dog'ida jo'shib,
Seni yana eslab kuydim yorijon..

Sen va Choy

03 Nov, 16:45


Atirgulning bargiday qizil,
Alvon edi tabassuming ham...

Sen va Choy

02 Nov, 18:23


O, ko'nglimni emas, g'amni o'ldiring...

Sen va Choy

02 Nov, 14:19


Hamma laqqillasa bozor tilida,
Sen ko'ngil tilida biror jumla ayt...

Sen va Choy

02 Nov, 03:08


Ketmagan bo'lsang ham mendan hech qayga,
...Kel!

Sen va Choy

01 Nov, 03:57


Mensiz yashamoqni xohlayapsanmi?
Senga yo'q demayman, qilmayman ta'na..
Ko'p borsa tonglarim qaro bo'ladi,
Ko'p borsa yozaman biror she'r yana.

Mensiz yashamoqni xohlayapsanmi?
Yashagin, yaxshidir shunisi balki.
Ko'zimga dengizni berkitib olib,
Yig'lasam, to'kilsam, qulasam hamki.

Mehrimsiz yashashni xohlayapsanmi?
Sukunat aralash dilgir holimiz.
Xonani qulatib yiqqandek bo'lar,
Sensiz, yo mensizdek yangi rolimiz.

Sen va men..
Orada million chaqirim.
Kutmayman.
Kelmaysan.
Bong uradi vaqt!
Olisim, aslida manziling emas,
Qalbing uzoqligi qilmoqda karaxt.

Dunyoning eskirgan falsafasimi:
Sevgingning kuchi bu - azobingga teng?!
Magarki, azizim, ketmoq istasang,
Sensiz yashamoqqa shimaraman yeng.

Ba'zida yetmagan nenidir izlab,
Qolmagin yuraging mahzun chog'lari.
Qayda bo'lma faqat omon bo'lgin-u,
Cho'llab qolmasa bas qalbing bog'lari.

Mensiz yashamoqni xohlayapsanmi?!...

© Dilsora Boboqulova

Sen va Choy

28 Oct, 20:13


Kitob, bloknot va ruchka yutib olishga nima deysiz?

Bitta chiroyli rasmga iqtibos yozasiz va ushbu post commentiga joylaysiz.

G'oliblar ikkita bo'ladi, eng ko'p reaksiya to'plagan ishirokchiga,
Yana bitta g'olibni random orqali aniqlaymiz.

G'oliblarni 1-noyabr kuni 22:00 da aniqlaymiz.

@sen_va_choy

Sen va Choy

26 Oct, 23:32


Netayki shu ishqdan kechib bo'lmaydi...

Sen va Choy

25 Oct, 16:30


Meni yutib yubor, ey sarg'aygan bog'...

Sen va Choy

25 Oct, 16:02


Hamon oʻsha "bekat"daman...
Seni kutyapman...

Sen va Choy

24 Oct, 14:34


Xudo shohid,
Osmon edi U,
Bo'lolmadim qaro tuproq ham...

Sen va Choy

22 Oct, 05:26


Sen kelsang birga parhez qilamiz deb, parhezimni buzvordim.

Sen va Choy

22 Oct, 04:17


Sochilib ketmoqda yo'llarga tanam...

Sen va Choy

21 Oct, 13:00


Diydor koʻrishaylik -
Tushlarimga kir.
Qo'ng'iroq gilib tur,
Telefonxat yoz.
Toki men tirikman - Yashagin, axir!
Men oʻlib ketsam ham, Yasha...
Iltimos..

- Usmon AZIM

@eski_fikr

Sen va Choy

21 Oct, 07:53


Dastro'moli jiqqa ho'l baxtning...

Sen va Choy

20 Oct, 19:01


Kuzak demay, qahraton demay,
Daydi shamol yelaveradi.
Sochdagi oq bilan ishi yo'q
Dushanbalar kelaveradi.

Sen boshlaysan dilkusho yumush,
Kimdir rahna solaveradi.
Qarabsanki, shanba! Qolgani
Dushanbaga qolaveradi.

Seshanbada ko'zlangan ishdan
Jumada ham bo'lmassan xalos,
Bari qoldi! Faqat va faqat
Dushanbada omon bo'lsak bas.

Erta turib so'raysan omad,
Chorshanbadan murodbaxsh kun.
Zora bitsa, yo'q, chala qolar,
Dushanbasiz bo'lmaydi yakun.

O'tganlarning ruhi madadkor,
Tilaganing tila, payshanba.
Yarim umr, yarimta ko'ngil,
Hayot esa dushanba-shanba.

Yugurasan yelasan xorib,
Ajinlaring, oh, taram-taram,
Yakshanbada bir kun sultonsan,
Dushanbaga quldirsan, qaram.


Farida Afro'z

Sen va Choy

20 Oct, 17:40


Bu yillarda kimlarni kuzatmadim
kimni ostonaga
kimlarni poezdga
kimlarni ko'ngilga
yana kimnidir qabrga...
Ko'z yoshlarim ichimga oqdi...

Seni aslo kuzatolmadim,
Yurakning eng ichkin
eng chuqur
eng toza
yeridan...

Samariddin Sayyidzod

Sen va Choy

19 Oct, 17:05


Seni quchog'ingda o'lib qolsaydim,
Dunyoda men kabi baxtiyor bo'lmas...

Sen va Choy

19 Oct, 09:19


...shunaqa gaplar

Sen va Choy

17 Oct, 08:47


Seni sog'inchlarimga ko'mdim
va yashay boshladim yaxshiroq.
Faqat... tunlar  "Omonmisan" deb,
Ko'zlarimga tikilar  chiroq...

Seni qayg'ularimga ko'mdim,
Qayg'ular-da bo'ldi chiroyli!
Chiroyli tug'ildi hammasi
va barchasi  o'ldi chiroyli...

Seni orzularimga ko'mdim,
Birdan gullay boshladi ertam.
Bu olamda bizlarga kun yo'q,
Orzularda birgamiz, erkam.

Seni sukutlarimga ko'mdim,
Dunyo bo'ldi yanada og'ir.
Gapirsam  yuraging og'riydi, 
Gapirmasam yuragim og'rir...

Seni xotiralarga ko'mdim.
Yuribman  baxtiyor, xurram, sog'.
Bildim - seni ko'mgandan ko'ra,
O'zimni ko'mganim osonroq...

Shuhrat Orif

Sen va Choy

16 Oct, 17:23


Menga ishqiy maktublar jo'nat -
Tegmayapti surating nafi...

Sen va Choy

15 Oct, 17:40


Endi sog'inchlarning tafti bor,
Sen yo'q...

Sen va Choy

15 Oct, 17:22


Mana o'tiribman benavo, bedil,
Xavotir olsam ham xabar ololmay...

Sen va Choy

15 Oct, 08:15


Yana bir sovg'a qalbimizga iliqlik olib kirdi ))

Rahmat Yunusova, Alloh rozi bo'lsin juda sevindim.

Sen va Choy

15 Oct, 06:35


Kel...

Sen va Choy

14 Oct, 17:05


#bir_nimalar

"Ikki bekatmiz" sen bilan,
kelganlarni kutib olib,
ketganlarni kuzatadigan.
Minglarcha insonlar kelib ketadi,
minglarcha avtobuslar ham.
Sen termulgan yomg‘irga,
men ham ko‘z tutaman!
Ivib qolmasin uchun,
yomg‘irlarda, insonlarni
quchog‘imga berkitaman.
Har yili bahorda,
gullarning safsar urishi-yu,
qishda muz qoplashigacha
birga kuzatamiz.
Sen va menda kuzatmoqlik bor,
jamlanmoqlik yo‘q.
Sen va menda ichikmoqlik bor,
lek kelmoqlik va ketmoqlik yo‘q!
Qiziq-a,
shunday ulkan shaharda,
minglab insonlar,
minglab ulovlar
"Meni senga elta olmasa?"

#Z...
@kechmish

Sen va Choy

14 Oct, 16:37


Uxlaydigan havo bo'lyapti...

Sen va Choy

14 Oct, 12:19


Seni hiding meni, mast qiladi yor...

Sen va Choy

13 Oct, 15:13


Taqdirning kaftida bir yoshdek,
Jovdirab o'tmoqda umrimiz...

Sen va Choy

13 Oct, 12:46


Sen haqingda uzoq gaplashadigan
Atrofimda biror odam qolmadi.
Bari Quyosh bilan botib ketgandek...

Men esa rasmingga termulaman jim
Va sezaman sog'inch kuzrang daraxtday
Qalbim uzra tomir otib ketgandek...

Sen kelmas yo'llarga yomg'ir bo'lsin, deya
Ko'zyosh socharmi deb, ko'zimga boqsam
Hijronzada diydam qotib ketgandek...

Har kun uzr so'rayman pokiza ishqdan,
Oqlamoqchi bo'lsam seni, negadir
Ko'rinasan ishqni sotib ketgandek...

Dilmurod Do'st

Sen va Choy

12 Oct, 15:36


O'zimni unutib, chorladim seni,
bilmadim bu dunyo o'ngimmi-hushim?
Azizam, kel, menga eslatgin meni,
azizam, kel, meni yodimga tushir.

Ko'nglim siniqlarin ko'zimdan tergin,
og'riqlarim aytib qo'rqit, uchuntir;
azizam, kel, meni izohlab bergin,
azizam, kel, meni tushuntir!

Azizam, kel faqat, kelsang bas, tamom,
bus-butun egallab ol borlig'imni:
bir sen isbotlashing mumkindir
hamon
bu dunyoda men borligimni.

Mansur Jumaev

Sen va Choy

12 Oct, 06:52


Seni sog'inyapman,
Kulishlaringni...