Shuningdek, anjuman ta'limda xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, soha rivojiga hissa qo'sha oladigan ekspert va pedagoglarni qo'llab-quvvatlash, amalga oshirilayotgan ilmiy-metodik ishlarni muhokama qilish, mazkur jarayondagi bo'shliqlar va muammolarning yechimini ilmiy asoslashga zamin yaratadi.
Konferensiyada mahalliy mutaxassislar sifatida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va professorlari hamda maktab direktorlari taqdimot qilish bilan birgalikda, muhokamalarda ishtirok etishdi.
☎️ +998555068888 | +998555208888
📩 @umft_support
🌐 umft.uz