Nordic International University @nordic_edu Channel on Telegram

Nordic International University

@nordic_edu


🏛 Xalqaro Nordik universitetining rasmiy axborot kanali

Murojaat uchun: +998555084400 | @nordikedu

Rasmiy sayt: https://nordicuniversity.org/

Batafsil:https://linktr.ee/nordic_edu

Nordic International University (Uzbek)

Sizga Xalqaro Nordik Universiteti haqida ma'lumotlar kerakmi? Endi siz ushbu universitetning rasmiy axborot kanaliga ega bo'lib, eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin! Nordic International University kanalida Xalqaro Nordik universitetining rasmiy axborotlari, eng so'nggi yangiliklar, va ko'p qator foydali ma'lumotlar e'lon qilinadi

Bu kanal orqali siz, universitetning rasmiy sayti bilan bog'lanishingiz, ma'quliyatlarni o'qishingiz uchun kerakli ma'lumotlarni olishingiz, va savollaringizni so'rashingiz mumkin

Sizga maqsadlaringizga erishishga yordam berish uchun Xalqaro Nordik Universiteti tajribali o'qituvchilar va mutaxassislar tomonidan tayyorlangan darslar va seminarlar haqida ma'lumot beradi

Agar sizga yuksak sifatli ta'lim berish va dunyoning eng yaxshi o'qituvchilari bilan o'qishni xohlaysiz, shu erda siz uchun eng yaxshi joy!
Tadbirlarimiz va darslarimiz haqida ko'proq ma'lumot uchun, eng so'nggi yangiliklar uchun @nordikedu kanaliga obuna bo'ling!
Yana ko'proq ma'lumot va online o'qish imkoniyatlari uchun rasmiy saytga murojaat qiling: https://nordicuniversity.org/ nnBatafsil ma'lumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: https://linktr.ee/nordic_edu

Nordic International University

19 Feb, 09:52


#Nordik_va_OAV

📺 Yoshlar TV| Xalqaro Nordik universiteti professori Aija Elg “Ilmli ayol - jamiyat ko‘zgusi" mavzusidagi anjumanda o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

U xotin-qizlarning jamiyatning barcha sohalarida faol bo‘lishi uchun rejali loyihalarni amalga oshirish va bu borada Finlandiya tajribalari bilan bo‘lishdi.

🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter

Nordic International University

17 Feb, 14:41


🏆 Zakovat maydonida intellektual bellashuv!

Oliy o‘quv yurtlari "Zakovat"chilarining bilim va tafakkurlari sinovdan o‘tkazildi.

Musobaqa "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi tashabbusi bilan buyuk mutafakkirlarning hayoti va ijodiga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Nordik jamoasi o‘yinda o‘z bilimini namoyish etib, Diplom bilan taqdirlandi!

🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter

Nordic International University

17 Feb, 12:08


Axborot 24 | Skandinaviya mamlakatlarida O'zbek tilida onlayn maktab tashkil etiladi
#17feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Telegram

Nordic International University

17 Feb, 11:53


Axborot 24 | Shvetsiyada O'zbekistonning gender tenglikni ta'minlash sohasidagi yutuqlari taqdim etildi
#17feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Telegram

Nordic International University

15 Feb, 10:10


Университет из Узбекистана планирует реализовать важный образовательный проект для детей наших соотечественников в Швеции

Подробнее

Telegram на English | O'zbek | Facebook | Twitter | YouTube

Nordic International University

14 Feb, 17:25


🔅🔅🔅🔅🔅🔅🔅

🇺🇿 Qayga bormay boshda do‘ppim,
G‘oz yurarman, gerdayib, 
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim.


🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter

Nordic International University

14 Feb, 16:49


#speaking_club

📹 Buyuk Britaniyalik Charles Normandan qiziqarli master-klass!

Speaking club tinglovchilari xorijlik speaker ishtirokidagi mashg‘ulotda ingliz tilida so‘zlashish mahoratini oshirdilar.

Shuningdek, talabalarning ekologik taraqqiyot omillari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning o‘rni borasida dunyoqarashlari boyitildi. Xalqaro konferensiyalarda xorijiy tilda maʼruza qilishda eʼtiborli jihatlar xususida ham bilimlarga ega bo‘ldilar.

🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter

Nordic International University

11 Feb, 13:59


🔔🔔🔔🔔

👉 Bugun TAYYORLOV KURSI ochilishi❗️

⚡️Rovan universiteti bilan Amerika taʼlimiga asoslangan Preparatory kursimizning onlayn ochilishi o‘tkazilishini eslatamiz!

🙌 Kursni muvaffaqiyatli bitirib, universitetga imtihonsiz, til bilish sertifikatisiz kirishingiz mumkin.

📅 11-fevral, seshanba | 19:00 | 📍 Manzil: Telegram

🔥 Barcha savollaringizga amerikalik professor-o‘qituvchilardan javoblar olish imkoniyatini o‘tkazib yubormang!

———————————-

📢 Reminder: Preparatory Course Opening Lesson! 📚
Hello everyone!


We’re excited to remind you that today is the first opening lesson of our Preparatory Course. Get ready to embark on this learning journey!

🗓 Date: Today
Time: 19:00
📍 Location: Telegram live stream

Don't forget to bring your enthusiasm and questions! If you have any concerns or need assistance, feel free to reach out. We can't wait to see you there!

Let’s get started on this amazing experience.

Nordic International University

11 Feb, 13:07


🌐 "Bir asrning ikki dahosi": Nordikda zabardast allomalar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi bayramona nishonlandi. Ularning ijodiy merosiga teran nazar solindi.

🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter

Nordic International University

11 Feb, 07:53


📚 "Yangi asr avlodi"dan yangi asarlar!

Barcha talabalar va ustozlar, kitobsevarlar diqqatiga! Hamkor nashriyotimizning yangi asarlar ko‘rgazmasiga taklif etamiz!

📖 Eng so‘nggi bestseller va eng sara yangi nashrlar sizlarni kutmoqda.

Matbaachilardan eng yaxshi tavsiyalar ham olishingiz mumkin.

📅 12-fevral
11:00
.
📍XNU 2-binosi (Sebzor ko‘chasi, 22-a uy)da.

Yangi kitoblar olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🌟

🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter

Nordic International University

10 Feb, 09:19


👑 Aziz o‘qituvchilar!

🔰 "Prokuror sovrini" musobaqasining natijalarini ko‘rishingiz mumkin.

📌 Ushbu havolani bosing⬇️

Matematika ➡️ https://olympiad.nordicuniversity.org/en/results?olympiad=21&region=all&testLang=all&grade=all

Fizika ➡️ https://olympiad.nordicuniversity.org/en/results?olympiad=22&region=all&testLang=all&grade=all

👏G‘olib muallimlarni chin dildan tabriklaymiz! 👏👏👏

🌐 Web-site     🕊Telegram
📱Instagram   📺YouTube
📱Facebook    🌐LinkedIn
🌐twitter

Nordic International University

08 Feb, 06:58


⚡️Nordik training markazi jamoasi bugun Shimoliy qutbni zabt etishadi!

Sehrli Laplandiyaning Santa Claus shaharchasi tarovatini ushbu havola orqali (12:00 - 14:00gacha) jonli kuzatishingiz mumkin ⬇️

📽 https://youtube.com/live/e90mfzdBBb8?feature=shared

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

07 Feb, 12:24


#milliy_qadriyatlar_oyligida

🌷Nordikda bahoriy kayfiyat!

Talaba-qizlarimizning milliy liboslari atrofga iliqlik ulashib yubordi!

Bugungi maʼnaviy-maʼrifiy suhbat "Milliy qadriyatlar - millat maʼnaviyatining ko‘zgusi" mavzusiga bag‘ishlandi.

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

07 Feb, 05:26


🇺🇸Amerikada o‘qishni xohlaysizmi?

🇺🇸AQShning Rovan universiteti hamda 🇺🇿 Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda taqdim etilgan 2+2 dasturi orqali Toshkentda boshlagan ta’limingizni Amerikada davom ettirish imkoniyati endi Sizda bor!

📒 Tayyorlov fanlari:
➡️ Ingliz tili
➡️ Matematika

Darslar - LMS platformasida onlayn tashkil etiladi. Ingliz tili darslari to‘liq amerikalik pedagog-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

🎓 Bitiruvchilarga qo‘shma Sertifikat taqdim etiladi va Nordik universitetida Rovan universiteti bilan tashkil etilgan qo‘shma taʼlim dasturiga imtihonsiz kirish imkoniyati beriladi.

🧑‍💻 Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test topshiring!

🔥 Tayyorlov kursimizda o‘qing va bakalavriat bosqichi talabasiga aylaning!

📞Batafsil ma'lumot olish:
+998555084400 / @rowan_edu

Nordic International University

22 Jan, 18:17


#TasIMO_stat_nima_deydi

TasIMO olimpiadasi: 500,000 qatnashuvchi – bu shunchaki raqam emas, balki kelajak uchun poydevor!

Bugun biz birgalikda katta marraga yetdik – Toshkent xalqaro matematika olimpiadasida 500,000 dan ortiq qatnashuvchi ro‘yxatdan o‘tdi!  🎉 Bu nafaqat ulkan raqam, balki yosh avlodning bilimga bo‘lgan ishtiyoqining yorqin timsolidir.

🤝 Har bir ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi – bu o‘z qobiliyatiga ishonch, matematikaga qiziqish bildirgan va kelajakda yangi cho‘qqilarni zabt etishga tayyor bilimdondir. TasIMO olimpiadasi bilimning cheksiz imkoniyatlarini ochib beradigan maydon, bu yerda har bir qatnashuvchi o‘z orzularini haqiqatga aylantiradi.

💡 Matematika – bu faqatgina formulalar va hisob-kitoblar emas, bu hayotdagi muammolarni hal qilish va yangi imkoniyatlarni kashf etish san’ati! Bugungi 500,000 nafar yoshlarning ishtiroki – bu ertangi kunning buyuk olimlari, muhandislari va tadbirkorlari iqtidorini ro‘yobga chiqarishda puxta zamindir.

🔥Ushbu yo‘lda barcha qatnashuvchilarni tabriklaymiz! Sizning bilimga bo‘lgan qiziqishingiz va faolligingiz barchamizga ilhom manbai bo‘lmoqda. Sizning har bir qadam va har bir yechimingiz ortida buyuk kelajak yotibdi!

⚡️TasIMO olimpiadasi – imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshik! 🚀

#Tasimo #Matematika #BilimgaChorlov #500kOlimpiada #KelajakkaIshtiyoq

🌐 Web-site |🕊Telegram |📺YouTube

Nordic International University

22 Jan, 14:55


📺 UZREPORT WORLD| II Uzbek-Finnish
Business Forum: “Modern and Innovative Construction Technologies"
.

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

22 Jan, 12:42


#xavfsiz_soglom_poytaxt
#muhim_oylik

🔰 Talaba-yoshlarni ijtimoiy, iqtisodiy yo‘qotishlardan asrash - eʼtiborda

Nordik universitetida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ikkita dolzarb mavzuda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.


📌 Batafsil

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

22 Jan, 08:55


⚡️Farg‘onada mahorat darsi: she’riyatda innovatsiya va eksperimentlar

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga mahorat darsi o‘tkazildi.

📌 Batafsil

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

14 Jan, 08:10


🇺🇿 Аssalomu alaykum, qadrli Vatanimiz hamda Nordikning munosib himoyachilari!

Barchangizni 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" bilan samimiy qutlaymiz!

Ilm yo‘lida, olib borayotgan mashaqqatli, shu bilan birga sharafli mehnatlaringiz doimo o‘z mahsulini berib, el ardog‘ida bo‘ling!

Universitetimizning xotin-qizlar jamoasi bugun Sizlarga eng ezgu tilaklarini ilinishmoqda! 🙌

🔔 Barchangizni 16:30 da (2-bino, 302-xona) mo‘jazgina bayram tadbirimizga taklif etamiz!

Hurmat bilan,
Nordik xotin-qizlar jamoasi

Nordic International University

14 Jan, 03:47


🇺🇿 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" muborak bo‘lsin!

Nordik universiteti ushbu bayram munosabati bilan, barcha yurtdoshlarimizni, mard, jasur yigitlarni muborakbod etadi!

🎊 Bayram muborak aziz Vatan himoyachilari! 🎉

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

13 Jan, 10:43


#our_interview

🎙 Nordik bilan ilm, ko‘nikma va tajribalar uyg‘unlashmoqda!

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

13 Jan, 05:53


📰 "Xalq so‘zi" | "Raqamli transformatsiya: shaffof, aniq va maqsadli"

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

13 Jan, 05:53


📰 Raqamli transformatsiya: shaffof, aniq va maqsadli

Raqamli transformatsiya davlat boshqaruvida yangi imkoniyatlar ochadi.

📌 Batafsil

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

12 Jan, 17:39


#savollarimiz_bor

1 dan 10 gacha: o‘zingizni qanday baholaysiz?

🎤 Nordik jamoasi professor-o‘qituvchilarini bir-biridan qiziqarli savollarga tutyapmiz.

Davomi 📱Instagram sahifamizda!

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

10 Jan, 16:28


🇺🇿🇫🇮 Yoshlarga imkoniyatlar uchun yangi hamkorlik

Bugun Nordik universitetiga Finlyandiyaning YXHTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Ms Katarine Lindstedt, Iqlim va atrof-muhit bo‘yicha maxsus elchi va maslahatchi Ms Edith Vakkilainen tashrif buyurdilar.

📌 Batafsil

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

10 Jan, 07:05


#xushxabar
#GKS_scholarship

🇺🇿🇰🇷 Nozima nufuzli stipendiya sohibasi!

⚡️Nordikda xushxabarlar seriyasi davom etmoqda!

Xorijiy til yo‘nalishi talabasi Nozima Shavkatova Koreya hukumatining eng nufuzli stipendiyalaridan biri (GKS)ni qo‘lga kiritdi.

📌 Batafsil

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

09 Jan, 17:00


📹 Nordic news| Jenisbek Piyazov talaba-yoshlarning sanʼat, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishda Nordik maslahatdoshi! 

📽 https://youtu.be/7-ATQ8R3smc

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

09 Jan, 15:12


⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat hamda san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Jenisbek Piyazov - Nordik universitetida

Mashhur o‘zbek va qoraqalpoq opera xonandasi, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston Xalq artisti Jenisbek Piyazov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Batafsil

📺 Videolavha

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

09 Jan, 08:47


#xalqaro_hamkorlik
#students_exchange

🇺🇿🇺🇸 Rektor Amerikaga yo‘l olayotgan magistrantlar bilan suhbatlashdi

Nordik universiteti Ma'lumotlar ilmi (data science) magistratura mutaxassisligining 3 nafar talabasiga o‘qishning 2-semestrini Amerikada davom ettirish imkoniyati yaratilmoqda.

📌 Batafsil

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

01 Jan, 03:05


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

31 Dec, 19:31


#tabriknoma

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

31 Dec, 19:01


Yangi yilingiz bilan!!
Happy New Year🥳

Nordic International University

31 Dec, 18:13


Siz uchun yilning eng yodda qolarli lahzalari

Izohlar yozib qoldiring 💬

Nordic International University

31 Dec, 13:49


❄️ Nordik universiteti rektori barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan qutlaydi!

❄️ Salom, tabrik va barcha ezgu tilaklar Sizlar uchun! ❄️

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

31 Dec, 08:02


❄️Yangi yil! Yasatilgan ko‘chalar, bayramgacha kun sanash zavqi, bezatilgan archalar - ayni damlarda Yangi yil atmosferasi ko‘zlar va ko‘ngillarni quvnatmoqda! ❄️❄️

Nihoyasiga yetayotgan 2024-yilni Nordik oilasi minnatdor kuzatmoqda! Kelayotgan 2025-yil yanada muvaffaqiyatli, sermazmun, barakali yil bo‘lsin!

❄️ Yangi yil muborak bo‘lsin, azizlar!❄️❄️

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

31 Dec, 03:09


#tabrik

❄️ Yangi 2025-yilda barchamiz o‘z maqsadlarimizga erishaylik! ❄️

❄️ Dekanimizdan qaynoq tabrikni qabul qiling! Yangi yilni xushnudlik bilan kutib oling!

❄️ https://youtu.be/xiUHA8CtiA8

Nordic International University

29 Dec, 15:55


#Yangi_yil_tabrigi

💥 2025-yil barchamizga omad, baxt va quvonch keltirsin!

Yangi yil qutlug‘ bo‘lsin! 🎊

https://youtu.be/hUyKp1Uf4UM

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

28 Dec, 05:44


#Nordik_sekret

🎉🎁 "Nordik sekret" sirli sovg‘alari ajoyib kayfiyat ulashdi!

Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan anjumanda bir-biridan sir tutilgan holda hozirlangan sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi!

❄️ Tobora yaqinlashib kelayotgan yangi yil barchaga muborak bo‘lsin! 🎉

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

27 Dec, 15:34


Yevropada xizmat safari bilan bo‘lib turgan Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov Yangi yil tabrigini yo‘llamoqda!

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

27 Dec, 14:52


#muhim_haftalik

SEMINAR-TRENING| O‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish - eʼtiborda

Nordik universitetida seminar-trening haftaligi jamoaviy hamjihatlikda yuqori saviyada o‘tkazildi.

📌 Batafsil saytda

🌐 Web-site | 🕊Telegram |
📱Instagram | 📺YouTube |
📱Facebook | 🌐LinkedIn |
🌐twitter

Nordic International University

04 Dec, 07:49


📹Nordik universitetida respublika ilmiy nazariy va amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda

Konferensiyada musiqa ta’limi va san’atining milliy-ijtimoiy ahamiyati,  muammo va yechimlar tahlil etilyapti.

Jarayondan lavha bilan tanishing:

🎞https://youtu.be/1lXnQFeNzXM

Nordic International University

03 Dec, 06:54


#amaliy_dars

🎥 Toshkent Planetariumi va O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida ko‘chma dars!

Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun "Tabiiy fanlarni o‘qitishda amaliy metodlar: ekskursiyalar tashkil etish" mavzusida ko‘chma dars tashkillandi.

O‘qituvchi Sayyora Hayitbayeva boshchiligidagi ochiq dars mashg‘uloti va sayohat qizg‘in o‘tdi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

03 Dec, 06:12


#xalqaro_ilmiy_amaliy_konferensiya

Nordik universitetining Psixologiya va maktabgacha ta'lim kafedrasi o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazilgan konferensiyada faol ishtirok etdilar.

Konferensiyada davlat boshqaruvi tizimining muammolari va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari mavzusi keng muhokama qilindi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

02 Dec, 14:00


🖥 Nordik yosh dasturchilari saralandi!

"Eng yaxshi dasturchi" respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Ishtirokchilar orasidan eng iqtidorli talabalar saralab olindi:

1-o‘rin - Ziyodulla Sodiqov;
2-o‘rin - Javohir Yo‘ldashov;
3-o‘rin - Diyorbek No‘monjonov.

⚡️Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi Ziyodulla Sodiqovga respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tilaymiz!

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

02 Dec, 04:29


Seminar| Matematika fanini o‘qitishning yangicha tendensiyalari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida seminar o‘tkazildi.

Unda matematika fanini o‘qitishning yangicha tendensiyalari keng muhokama qilindi.

Nordik universiteti Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri (PhD) Xasan Sabirov va kafedra dotsentlari mavzu doirasida o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

01 Dec, 04:34


Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy - amaliy seminarlari davom etmoqda

Seminarda doktorant va mustaqil izlanuvchilar tadqiqot mavzulari doirasida ma'ruzalar qildilar.

Ularga ilmiy tadqiqotlarini tashkil etish, tajribalar o‘tkazish, olingan natijalariga ishlov berish va tahlil qilishda zarur tavsiyalar berildi. Xalqaro bazalar bilan ishlash ko‘nikmalari oshirildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

30 Nov, 03:22


📸 100 yil avvalgi mehnatdan tortib bayramlargacha bo‘lgan hayot fotosuratlari ko‘rgazmasi - Nordik universitetida!

Suratlar buyuk fin sayyohi, davlat va jamoat arbobi Karl Gustaf Emil Mannergeym tomonidan 1906-1908-yillarda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab Osiyo orqali Turkistondan Pekinga otda sayohat davrida olingan.

📌 2-fevralgacha ochiq ko‘rgazmaga tashrif buyuring va qadim madaniyatga sayohat qiling.

📽 https://youtu.be/-TZtZZHmTIQ

Nordic International University

29 Nov, 14:55


🌅 Nordik universitetida tarixiy noyob ko‘rgazma namoyish etilmoqda

"Osiyo bo‘ylab - G‘arbdan Sharqqa 1906-1908-yillar Karl Gustaf Mannergeym fotosuratlari" ko‘rgazmasi ochildi.

Ochilish tadbirida Finlandiyaning Markaziy Osiyodagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raisanen, finlandiyalik yuqori martabali mehmonlar, diplomatik korpus vakillari va ko‘plab ixlosmandlar ishtirok etishdi.

💥 Ko‘rgazmadan batafsil videolavhalarni ham kutib qoling!
----------------
🌅 A unique historical exhibition is being showcased at the Nordic University

The exhibition titled *'Across Asia – From West to East: Photographs by Carl Gustaf Mannerheim, 1906-1908'* has been opened.

The inauguration event is attended by Ilkka Raisanen, the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Finland to Central Asia, distinguished Finnish guests, representatives of the diplomatic corps, and numerous enthusiasts.

💥Stay tuned for detailed videos from the exhibition!

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

21 Nov, 14:52


Seminar-trening| Maktabgacha ta'limda xalqaro tajribalar

Nordik universitetida 125 nafar maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar kadrlari jamlandilar.

Tajribali professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan ularning kasbiy mahoratini oshirish, boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirsh, xorijiy mamlakatlar tajribalarini yetkazishga ahamiyat qaratildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

21 Nov, 14:37


Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar uchun imtihon o‘tkazildi

Imtihon Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov raisligidagi komissiya tomonidan o‘tkazildi.

Kirish imtihonida talabgorlarning mutaxassislikka oid bilimi, innovatsion yondashuvi va ilmiy salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

21 Nov, 05:00


🇺🇿🇫🇮 Finlandiyalik ekspert ma'ruzasi katta qiziqish bilan tinglandi

Xelsinki va Xalqaro Nordik universitetlari professori Aija Elg va professor-o‘qituvchilarimiz poytaxtimizda o‘tkazilgan "Mahoratli o‘qituvchi - millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari" xalqaro konferensiyasida o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Finlandiyalik o‘qituvchimizning "Til ta'limini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning roli" mavzusidagi ma'ruzasi qiziqish bilan tinglandi.

Ma'ruza orqali mamlakatimizda raqamli transformatsiya sharoitida maktab ta'limini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

20 Nov, 14:46


🇺🇿🇧🇬 UARD - Agrobiznes va qishloq taraqqiyoti universiteti (Bolgariya) yangi hamkorimiz

Nordik universitetiga UARD (University of Agribusiness and Rural Development) rektori maslahatchisi, professor Valentina Marinova tashrif buyurdi.

UARD Bolgariyada menejment, iqtisodiyot, turizm va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha treninglar, oliy ta'lim malakalari va onlayn ta'lim imkoniyatlarini taklif etuvchi eng yirik universitet.

O‘zaro muzokarada har ikki tomon imkoniyatlarini birlashtirish, ilmiy va tadqiqot faoliyati, xalqaro va mintaqaviy loyihalarda hamkorlikni ko‘zda tutuvchi Anglashuv memorandumi imzolandi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

20 Nov, 07:14


"Euronews" xalqaro nufuzli axborot platformasi vakillari - Nordik talabalari huzurida

"Euronews" vakillari va talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

📌 In English

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

14 Nov, 16:34


Qashqadaryo| Talaba-yoshlar bilan uchrashuv

Bugun Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafakulov, prorektor Nuriddin Murodullayev, professor Baxtiyor Salimov Osiyo texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdilar.

Talabalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, oliy ta'lim istiqbollari va imkoniyatlari borasida suhbatlashildi.

Professor-ustozlar ilm olish va muvaffaqiyatga erishish borasida boy tajribalari bilan bo‘lishdilar va yoshlarga zarur tavsiyalar berdilar.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

14 Nov, 15:20


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ko‘chma dars o‘tkazildi

Jurnalistika mutaxassisligi talabalari "Xalqaro axborot makonida O‘zbekiston imidji" fani o‘qituvchisi Yulduzxon Ortiqova boshchiligida uyushma va uning qoshida tashkil etilgan muzeyda bo‘ldilar.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev ijodxonasidagi qizg‘in suhbat barcha jurnalist-talabalarda yangi ijodiy va hayotiy g‘oyalar uyg‘otdi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

14 Nov, 05:29


Nordikning eng yaxshi voleybolchilarini kashf qilamiz! 🏀

Voleybol turnirida o‘zaro bellashadigan jamoalar nomini aniqlab oldik.

15-noyabr, juma. Barcha jamoalardan qizg‘in o‘yin kutib qolamiz.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

14 Nov, 05:11


Yana bir darsligimiz uchun nashr ruxsatnomasi olindi 📔

Nordik universitetida tayyorlangan "Innovatsion iqtisodiyot" darsligi uchun nashr ruxsatnomasi berildi.

Muallif A.Xashimov ushbu darsligi uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Guvohnomasiga ega bo‘ldi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

14 Nov, 03:50


Doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

Seminarda tadqiqotchi Oybek Rahimberdiyev sanoat korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish borasidagi ilmiy izlanishlari bilan tanishtirdi.

Zulfizar Bahadirova oliy ta’lim muassasalarida logopediya o‘quv fanini modulli texnologiya asosida o‘qitish metodikasi mavzusidagi ilmiy tadqiqoti bo‘yicha hisobot berdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odil Qo‘ysinov ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat va ilmiy jarayonlarni boshqarish ko‘nikmalari oshirildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

13 Nov, 06:09


Diqqat, malakaviy imtihon! 🎓

15-noyabrda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlarning noyabr oyi sessiyasi o‘tkazilishini ma'lum qilamiz:

▸ 08.00.03 - "Sanoat iqtisodiyoti"
▸ 08.00.07 - "Moliya, pul muomalasi va kredit"
▸ 08.00.13 - “Menejment”.

Imtihon topshiruvchi talabgorlar ro‘yxati va vaqti

📍Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor 8/2, XNU 1-o‘quv binosi

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

13 Nov, 04:52


O‘zbekistonning ilmli ayollari Turkiyada keng tanitildi

Turkiyaning Alanya shahrida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Unda "Baygenç" nashriyoti tomonidan "Gönül Sesleri Özbekistan'in bilim edebiyat ve sanattaki yetenekleri" ("Yurak sadolari: O‘zbekistonning fan, adabiyot va san’atdagi iste’dodlari") nomli antologiya kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot davomida Nordik ustozlari Dilafruz Mahmudova va Marg‘uba Hasanovalar ham O‘zbekistonning har sohada iste'dodli, ilmli ayol-qizlarining ijodiy ishlarini keng ommaga tanitishga hissa qo‘shdilar.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

12 Nov, 10:33


#Nordik_patentlari

Nordik universitetida yaratilgan qator dastur, kodeks, nizom va loyihalar intellektual mulk sifatida patentlandi

Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" tomonidan mualliflarimizga Guvohnomalar taqdim etildi.

➡️ https://www.asr-conference.com/patentlar

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

12 Nov, 03:29


#noakademik_hayot
#jarayon

Nordik talabalar teatr klubida ish qizg‘in!

Klubda qanday sahna asari tayyorlanayotganini tez kunlarda bilib olamiz va baho beramiz.

Ular aktyorlik qirralarini ochmoqdalar. Siz darsdan keyin nimalar bilan bandsiz?

Izohlarda qoldiramiz👇

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

02 Nov, 05:08


#Nordic_family

📸 Nordik oilasi doim bir safda!

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

02 Nov, 04:30


#Family_foto

📸 Markaziy Osiyoning suv barqarorligiga xayrixoh yetakchi yoshlari - bir suratda!

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

02 Nov, 04:18


#yoshlar_konferensiyasi
#1_2_kun

💻 Nordik universitetida Markaziy Osiyoning suv barqarorligiga xayrixoh targ‘ibotchi yetakchi yoshlari 2 kun davomida o‘qitildi

Yevropa Ittifoqi, Nordik universiteti va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasida kutilgan barcha maqsadlar amalga oshirildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

01 Nov, 16:12


Nordik universitetining Shvetsariyadagi hamkorlari safi kengayadi 🇺🇿🇨🇭

Bugun Shvetsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi diplomatik aloqalar departamenti boshlig‘i, elchi maslahatchisi Aleksandr Sharer boshchiligidagi vakillar tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda janob Sharer va Nordik universiteti rahbariyati keng qamrovli hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Muhokamalarda noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston ishbilarmon doiralari hamda Shvetsariyaning ta'lim, biznes va boshqa sohalar bo‘yicha tashkilot va kompaniyalari vakillari ishtirokida "Shvetsariya kunlari" o‘tkazilishi xususida so‘z bordi. Xorijiy tashkilotlar rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

01 Nov, 14:43


#jaholatga_qarshi_marifat

Kelajakka asl, toza ong bilan qadam!

Ilmga jiddu jahd, nafsga, jaholatga qarshi kurashish, tinchlik-osiyishtalik uchun mas'ullik - bularning barchasi bugun har birimizda bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari Ilhom Ma'rupov bilan Nordik universitetida o‘tkazilgan suhbatda shunday ustuvor jihatlarga e'tibor qaratildi. Yoshlar xalqparvar, vatanparvar va tinchlikparvar bo‘lishga undaldi.

📌 Batafsil

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

01 Nov, 13:29


💻 O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Axborot xizmati rahbari, "Shuhrat" medali sohibi Ilhom Ma'rupov bilan Nordik universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Nordik rasmiy kanali

Nordic International University

01 Nov, 13:07


#marifat_ulashib

Yetakchi yoshlar "Milliy qadriyatlar sayli"da!

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida "Ma'rifat ulashib" loyihasi amalga oshirildi.

📌 Batafsil

Nordik rasmiy kanali