NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI @niuedu_uz Channel on Telegram

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

@niuedu_uz


🌍 Zamonaviy ta’lim | Innovatsion imkoniyatlar
🎓 Bakalavriat | Magistratura | Ikkinchi mutaxassislik
📞 Biz bilan bog’laning: (55) 5000043

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI (Uzbek)

Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda bakalavr kurslari, innovatsion o'quv dasturlari va xorijiy professorlar haqida ma'lumotlar topishingiz mumkin. Universitetning rasmiy sahifasida foydalanish uchun maktabimiz Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39 manzilida joylashgan. Savollaringiz bo'lsa, @niuedu_support bilan bog'lanishingiz mumkin. Qiziqishlariz va savollaringizga tezda javob olasiz!

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

18 Feb, 14:18


📢 Surxondaryoda xalqaro ta’lim!

Ko‘pchilik o‘qish uchun boshqa shaharlarga ketadi… Ammo endi bunga hojat yo‘q!

Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Surxondaryoda!

Xalqaro standartlarga mos ta’lim,
Zamonaviy kampus va auditoriyalar,
Ilg‘or o‘qituvchilar va amaliyot dasturlari – barchasi siz uchun shu yerda!

🔹 Kelajakni uzoqda emas, o‘z shahringizda quring! Yangi imkoniyatlar sari ilk qadamni hozirdan tashlang!

📌 Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling:

(55) 5000043

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

18 Feb, 11:21


🔴"Sog‘lom turmush tarzi" kuni doirasida FUTZAL musobaqasi!

🟢Haftada bir kun universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ma’muriyat va ishchi-xodimlari uchun "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" kuni sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan, jamoamiz o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, birdamlikni mustahkamlash va sog‘lom hayot tarzini rag‘batlantirish maqsadida oliygohimizda "FUTZAL" musobaqasi tashkil etildi.
Barcha sportga ishqiboz hamkasblarimizni ushbu musobaqada ishtirok etish va jamoaviy ruhda maroqli vaqt o‘tkazishga taklif qilamiz!

Manzil: Yuridik kolleji sport zali
18.02.2025 yil
soat 18:00da


🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

18 Feb, 04:28


🔴Grafik dizayner kerak!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasiga grafik dizayner izlaymiz! Agar siz kreativ, mas’uliyatli va deadlinelarga qat’iy amal qiluvchi mutaxassis bo‘lsangiz, bizning jamoamizga qo‘shiling.

Biz sizga quyidagilarni taklif qilamiz:
– Shinam ofis va do‘stona muhit;
– Tajribali va kuchli jamoa;
– Ish hajmiga qarab o‘sib boruvchi maosh.
Talablar:
– 1-3 yillik tajriba;
– Kuchli portfolio;
– Yangi g‘oyalar yaratishga qiziqish.
Ish sharoitlari:
– Ish turi: Offline
– Ish vaqti: 9:00 – 18:00
– Maosh: kelishuv asosida
Murojaat uchun:
– Portfolio va rezyume bilan @urakhovumid ga yozing!
– Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998(94)502-87-77

🟡Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – o‘z iste’dodingizni biz bilan rivojlantiring!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

17 Feb, 13:45


🔴NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI TASHABBUSI BILAN ALISHER NAVOIY MEROSINI O'RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN YIRIK ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

🟢2025-yil 14-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti tashabbusi bilan “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda taniqli navoiyshunos va adabiyotshunos olimlar, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov, Xalqaro Islom akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov, Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Usmon Qobilov, Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Husniddin Eshonqulov, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Shaxlo Hojiyeva, Navoiy davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Zarif Quvonovlar hamda universitet professor-o'qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.

🟢Anjumanda Alisher Navoiy merosining xalqaro miqyosdagi ahamiyati, uning jahon madaniyati va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Nyu-York Milliy kutubxonasida saqlanayotgan Navoiy qo‘lyozmalari va Amerika kutubxonalarida joylashgan nodir manbalar haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ilmiy anjumanda o‘zbek-turk ma’naviy merosini o‘zida aks ettirgan Yevropa muzeylari haqida fikrlar bildirilib, xorijiy kutubxonalarda saqlanayotgan o‘zbek merosi asosida tayyorlangan 3 jildlik kitoblar jamlanmasi universitetga sovg‘a qilindi.

🟢Tadbir yakunida ilmiy anjumanda ishtirok etgan olimlarga maxsus sertifikatlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur ilmiy uchrashuv Hazrat Navoiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lida katta qadam bo'ldi. Mutaxassis olimlarning ma'ruzalari talabalarimizda Navoiy merosini anglashga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

17 Feb, 13:04


🔴Navoiy innovatsiyalar universitetida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" mavzusida kompleks tezkor-profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

🟢Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshqarma boshlig'ining o'rinbosari polkovnik Matyubov Axmadjon Sayfullaev, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati O'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakili podpolkovnik Rejabov Farrux Halimovich, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati O'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakili mayor Azimbekov Pahlavon Shuhratovich, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik Qurbonov Baxronjon Ismatilloevich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b. A.Ergashev, manaviyat bo‘limi xodimlari, yoshlar yetakchisi, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

17 Feb, 10:32


🔴NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI TASHABBUSI BILAN ALISHER NAVOIY MEROSINI O'RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN YIRIK ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

🟢2025-yil 14-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universiteti tashabbusi bilan “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda taniqli navoiyshunos va adabiyotshunos olimlar, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov, Xalqaro Islom akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov, Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Usmon Qobilov, Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Husniddin Eshonqulov, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Shaxlo Hojiyeva, Navoiy davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Zarif Quvonovlar hamda universitet professor-o'qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishdi.

🟢Anjumanda Alisher Navoiy merosining xalqaro miqyosdagi ahamiyati, uning jahon madaniyati va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Nyu-York Milliy kutubxonasida saqlanayotgan Navoiy qo‘lyozmalari va Amerika kutubxonalarida joylashgan nodir manbalar haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ilmiy anjumanda o‘zbek-turk ma’naviy merosini o‘zida aks ettirgan Yevropa muzeylari haqida fikrlar bildirilib, xorijiy kutubxonalarda saqlanayotgan o‘zbek merosi asosida tayyorlangan 3 jildlik kitoblar jamlanmasi universitetga sovg‘a qilindi.

🟢Tadbir yakunida ilmiy anjumanda ishtirok etgan olimlarga maxsus sertifikatlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur ilmiy uchrashuv Hazrat Navoiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lida katta qadam bo'ldi. Mutaxassis olimlarning ma'ruzalari talabalarimizda Navoiy merosini anglashga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

16 Feb, 08:50


🇺🇿Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvidan eng samimiy reportaj

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

16 Feb, 07:40


#MilliyLiboslarMilliyGʻurur

Respublikamiz bo‘ylab “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji o‘tkazilmoqda.

⚡️Milliy liboslarimizni targ‘ib qilish va xalqimizning ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatini yana bir bor namoyish etish maqsadida Navoiy innovatsiyalar universiteti Maʼnaviyat bo‘limi boshlig‘i tashabbusi bilan tyutorlar, xodimlar hamda talabalar ishtirokida ushbu chellenjni davom ettiramiz!

#Chellenjnidavomettiramiz

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

15 Feb, 15:30


🔴 Har bir katta g‘oya – ta’lim bilan boshlanadi!

Barcha muvaffaqiyatli insonlarning yo‘li ta’lim bilan boshlangan! Dunyoning eng mashhur universitetlarining bitiruvchilari:

Sundar Pichai – MIT (Google bosh direktori)
Tim Cook – Duke Universiteti (Apple bosh direktori)
Sheryl Sandberg – Harvard Biznes Maktabi (Meta bosh operatsion direktori)

🟢 Har bir muvaffaqiyat hikoyasi – bilim bilan boshlanadi! Siz kelajakda kim bo‘lishni xohlaysiz?

🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida kelajagingizni bugun yarating!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (55) 5000043

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

15 Feb, 13:10


"Bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, maʼrifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, maʼrifatli bo‘ladi". — Prezident

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

15 Feb, 11:25


#MilliyLiboslarMilliyGʻurur

Respublikamiz bo‘ylab “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji o‘tkazilmoqda. Milliy liboslarimizni targ‘ib qilish va xalqimizning ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatini yana bir bor namoyish etish maqsadida Navoiy innovatsiyalar universiteti xodimlari va talabalari ushbu chellenjni davom ettiramiz

#Chellenjnidavomettiramiz

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

14 Feb, 15:05


🌍 O‘zbekistonda ta’lim ekotizimi jadal rivojlanmoqda!

📊 So‘nggi yillarda ta’lim sohasidagi muhim o‘zgarishlar:

- Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan universitetlar soni ortdi
- Ilmiy tadqiqot va startap ekotizimi rivojlanmoqda
- Tijorat va davlat sektori hamkorlikda ta’lim sifati oshmoqda

🔹 NIU’ning ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasi:

- Xalqaro hamkorlik va ikki diplomli dasturlar
- Yangi kasblarga yo‘naltirilgan Marketing, biznes va muhandislik yo‘nalishlari
- Zamonaviy ta’lim metodlari: interaktiv va amaliy yondashuv

💡 O‘zbekistonning ta’lim ekotizimi qanday yo‘nalishda rivojlanishi kerak? Sizning fikringiz qanday?

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 (55) 5000043

🌐 niuedu.uz

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

13 Feb, 11:32


🔴NIUda Bobur tavalludi munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi

🟢Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan NIUda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi xodimlari, yoshlar yetakchisi, oliygoh Axborot-resurs markazi xodimlari, tyutorlar jamoasi va talabalar ishtirok etdi.

🟢Suhbat davomida Boburning boy ma'naviy merosi, adabiy va tarixiy ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, buyuk shoir va sarkarda hayoti haqida videorolik namoyish etildi.

🟢Talabalar Bobur qalamiga mansub g'azal va ruboiylarni o'qib, ijodiy muhit yaratdilar.

Ushbu tadbir yoshlarga Bobur merosini yanada chuqurroq anglash va qadrlash imkonini berdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

13 Feb, 08:59


🔴“Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji: Navoiy innovatsiyalar universiteti ishtirok etmoqda

🟢Respublikamiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji keng miqyosda o‘tkazilmoqda. Ushbu tashabbus milliy liboslarimizning go‘zalligini targ‘ib qilish, ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yana bir bor namoyon etish hamda milliy o‘zligimizni his etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🟢Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi – professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, chellenjni davom ettiradi! Milliy liboslarimizni ardoqlash, ularning tarixiy va madaniy ahamiyatini anglash orqali biz millatimizning boy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida hissa qo‘shamiz.

🟢Har bir milliy libos – bu bizning tariximiz, madaniyatimiz va faxrimiz timsolidir! Keling, milliy g‘ururimizni birgalikda ulug‘laylik!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

12 Feb, 15:16


Magistratura sizga qanday afzalliklar beradi?

📊 Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki:
Magistratura bitiruvchilari 30% ko‘proq maosh oladi!
Ishga joylashish ehtimoli 80% yuqori!
Karyera o‘sishi va yuqori lavozimlarga chiqish uchun katta imkoniyatlar!

💼 Bugungi ish bozori yanada yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda. Siz esa buni hozirdan rejalashtiryapsizmi?

🚀 NIU magistratura dasturlari – sizni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlaydi!

📢 Siz magistraturada o‘qishni rejalashtiryapsizmi? Izohlarda fikringizni qoldiring!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 (55) 5000043
🌐
niuedu.uz

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

12 Feb, 14:44


🔴Navoiy innovatsiyalar universitetida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

🟢Navoiy innovatsiyalar universitetida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi, mayor Po‘latov Xurshid Muxtorovich, Respublika narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali mutaxassisi Shoimova Karomat Karimovna, NIU yuristi E. Xamroyev, professor-o‘qituvchilar, universitet xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

🟢Tadbir davomida mutaxassislar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va shaxsga yetkazadigan zarari haqida keng ma’lumot berdilar. Shuningdek, ushbu illatning oldini olish borasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikdagi javobgarlik masalalari hamda ogohlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim jihatlari muhokama qilindi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

07 Feb, 13:49


🗣Navoiy innovatsiyalar universitetida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlarini faoliyatini rivojlantirish, yil davomida namunaviy tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan “Qalqon” jamoatchilik guruhida faol bo‘lgan yoshlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarda o‘z xizmat faoliyatini olib borish uchun imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

👥Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berish bo‘yicha ham ma’lumotlar yetkazildi.

👥Uchrashuvdan so‘ng, viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i tomonidan boshlang‘ich tashkilot yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

07 Feb, 08:02


🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida 2025-yil 20-fevral soat 14:00da “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining REKTOR KUBOGI o‘tkaziladi.

🟢 Ko‘rik tanlovda jamoalar 3 ta shart, ya'ni “Salom yoshlik”, “Yangisidan bo‘lsin” hamda “Yoshlar-bizning bebaho xazinamiz” shartlari bo‘yicha bellashishadi.

🏆 Tanlov g'oliblari universitet rektorining diplomi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🔴 Barchani faollikka chorlab qolamiz!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

06 Feb, 18:20


Biz talabalarimizni qadrlaymiz!

🤩 Navoiy Innovatsiyalar Universitetida nafaqat bilim olish, balki yashash va qulayliklar yaratish ham bizning ustuvor vazifamizdir.

🌟 Talabalar turar joyida, har bir xona qulay va zamonaviy jihozlangan. Yotoqxonamiz 200 ta talabaga mo’ljallangan bo’lib, har bir xonada 2-3 nafar talaba yashaydi. Viloyatdan kelgan talabalar, o’z uylaridek his qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bizning maqsadimiz – har bir talabaning qulaylikda yashashi va ta’lim olishidir. Navoiy Innovatsiyalar Universitetida siz nafaqat bilim olasiz, balki haqiqiy oila muhiti va sharoitga ega bo‘lasiz.

Batafsil ma'lumot olish uchun qo'ng'iroq qiling: +998 (55) 5000043

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

06 Feb, 13:08


🔴 Navoiy innovatsiyalar universitetida "BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!" mavzusida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o'qitish kafedrasi talabalari o'rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

🟢 Tanlovning asosiy maqsadi talabalarda korrupsiyaga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish; halollik, adolat va qonuniylik qadriyatlarini targ‘ib qilish; yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish.

🟢 Tanlov yakunida eng yaxshi rasmlar mualliflari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Talabalarimizni korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lida faollikka chaqiramiz!

📞 Murojaat uchun: (55)5000043

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

29 Jan, 15:21


Har kimning tanlovi – uning kelajagini belgilaydi. Nega NIU? Javoblarni bizning talabalarimizdan eshiting.

🎓 Bu shunchaki universitet emas – bu imkoniyatlar maydoni. Bu yerda bilim – amaliyot bilan, orzular – haqiqat bilan, harakat – natija bilan bog‘langan.

🔍 Ular NIU’ni tanladilar, chunki bu yerda:

Ilm-fan va innovatsiyalar qo‘lma-qo‘l yuradi,
Har bir talaba o‘z orzusi sari harakat qiladi,
Kelajak bugun quriladi!

💡 Siz ham o‘z hikoyangizni Navoiy Innovatsiyalar Universitetida boshlang!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

29 Jan, 09:14


Navoiy Innovatsiyalar Universitetining Marketing fakulteti zamonaviy bilim va amaliy tajribani birlashtirgan holda, marketing sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Bu yerda talabalar:

Marketing strategiyalari va tahlilni chuqur o‘rganadilar;
Dunyo bo‘ylab tan olingan innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtiradilar;
Yirik kompaniyalarning haqiqiy loyihalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🌟 Siz ham marketing bo‘yicha muvaffaqiyat qozonishni xohlaysizmi? NIUga qo‘shiling va kelajagingizni bugundan boshlang!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

29 Jan, 08:11


❗️DIQQAT E'LON!❗️

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan qizlar o‘rtasida “Mahallaning yosh navoiyxon qizlari” viloyat tanlovining universitet bosqichini eʼlon qilamiz!

🔹Tanlov 2 ta yosh toifasidagi ya'ni 14-17 yosh hamda 18-25 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

🔹Tanlovning universitet bosqichi – 30-yanvar kuni 14:00da bo‘lib o‘tadi, g‘olib qizlar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi;

⚜️Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – Qizlar ongiga buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlaridagi Vatanni sevish, ota-onaga muhabbat, hurmat, odob-axloq fazilatlarini singdirish, kitobxonlikka va ilm-fan yutuqlariga qiziqishni yanada oshirish;

✔️ o‘quvchi yoshlarning dunyoqarashini va ijodiy salohiyatini yanada o‘stirish, ularning Navoiy ijodiy merosini o‘rganish borasidagi bilimlarini baholash va yanada oshirish;

✔️talaba-yoshlarning kitobxonlik salohiyatini ko‘tarish, talabalarning ijodkorlik qobiliyatini, yozma va og‘zaki nutqini o‘stirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, Vatanni sevishga va ardoqlashga o‘rgatishdan iborat.

🔸“Mahallaning yosh navoiyxon qizlari” tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1.Navoiy hayoti va ijodi, asarlari mazmuni hamda ijtimoiy voqelikka oid mavzuda insho musobaqasi;

2. Navoiy g‘azallaridan birini tanlab, unga muxammas bog‘lash sinovi;

3. Navoiy g‘azallaridan yod aytish musobaqasi;

4.O‘quvchilarning ijod namunalari taqdimoti.

📌 Batafsil ma’lumotni +998910881085 raqami orqali olishingiz mumkin.

🌐Navoiy innovatsiyalar universiteti Maʼnaviyat bo‘limi

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

29 Jan, 04:52


YOSHLAR BILAN UCHRASHUV: MUHIM MASALALAR MUHOKAMASI

“Navoiy innovatsiyalar universiteti”da talaba-yoshlar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Respublika Yoshlar ishlari agentligi vakili I. Matlamov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat kengashi raisi J. Jumayev, Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A. Yashinov, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi innovatsion rivojlanish bo‘limi boshlig‘i D. Bobomurodov ishtirok etdi.

⚡️Uchrashuv davomida mas’ul vakillar talaba-yoshlarning huquq va manfaatlari, bandlik, tadbirkorlik hamda shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarida duch kelayotgan muammolarini tinglashdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan muloqot davomida yoshlar uchun yaratilgan bugungi imkoniyatlar, innovatsion rivojlanish istiqbollari hamda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari haqida fikr yuritildi. Mas’ul shaxslar yoshlarga o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida muhim ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berishdi.
Mazkur uchrashuv yoshlar uchun nafaqat dolzarb masalalarni muhokama qilish, balki kelajak rejalarini shakllantirishda muhim turtki bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

28 Jan, 10:41


“Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati transport hodisalarining oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-yanvar kuni universitetda “Yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati transport hodisalarining oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Xususan, Navoiy viloyati IIB JXH YXHB boshlig‘i o‘rinbosari Podpolkovnik Toshtemirov Murodjon, Navoiy viloyati IIB JXH YXHB ta’lim muassasalari bo‘yicha katta mutaxassis leytenant Dinara Isroilova, universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b. A.Ergashev, ma’naviyat bo‘limi xodimlari, yoshlar yetakchisi, tyutorlar hamda 200 ga yaqin talabalar ushbu suhbatda faol ishtirok etdi.
Mazkur davra suhbatida yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar va ularning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda talabalarga nazariy bilimlar bilan birga, amaliy tavsiyalar ham berildi.
Suhbat yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi. Ushbu tadbir yoshlarning yo‘l harakati madaniyatini oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

22 Jan, 14:31


🔴"Jadidlar jasorati – millatimiz faxri" insholar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

🟢2025-yil 17-yanvar kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi hamda Maʼnaviyat boʻlimi hamkorligida talabalar oʻrtasida "Jadidlar jasorati – millatimiz faxri" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

🟢Tanlovda Filologiya va tillarni oʻqitish kafedrasining ingliz tili yoʻnalishi 1-kurs talabasi Miyzamova Hulkar faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

🟢Filologiya va tillarni oʻqitish kafedrasining oʻzbek tili yoʻnalishi 2-kurs talabasi Ochilov Suxrob 2-oʻrinni egalladi.

🟢Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish kafedrasining Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Bahrinova Gulhayo 3-oʻrin bilan taqdirlandi.

🟢Gʻoliblarga universitet rahbariyati tomonidan tanlov nizomiga muvofiq pul mukofotlari, diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

🟢Insholar tanlovida faxrli 1-oʻrin sohibasi boʻlgan Miyzamova Hulkar universitet nomidan Respublika bosqichida ishtirok etadigan boʻldi.

🟢Gʻoliblarni yana bir bor tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyat tilaymiz!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

22 Jan, 10:50


🔴Shoir va yoshlar uchrashuvi: “So‘z bilan tirikman”

🟢2025-yil 16-yanvar kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida “So‘z bilan tirikman” nomli shoir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shoir Boboqand Mirzo, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, jurnalistlar, kutubxona vakillari, viloyat shoiralari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

🟢Shoir Boboqand Mirzo ijodidan namunalar keltirilib, uning hayoti va ijodiy yo‘li haqida mehmonlar tomonidan fikrlar bildirildi. Talabalar shoirning she’rlarini ijro etib, ijodga bo‘lgan muhabbatlarini namoyon etishdi.

🟢Tadbirda shoira R.Fayzullayeva shoirga bag‘ishlangan she’rini o‘qib, Boboqand Mirzoning ijodiy uslubi va mahoratini e’tirof etdi. Uchrashuv barcha ishtirokchilar qalbida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirdi va unutilmas taassurot qoldirdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

20 Jan, 09:14


🔴Talabalar Uchun Ma’naviy Hordiq Soati

🟢Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ma’naviy hordiq chiqarish maqsadida, Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasining 235 nafar talabasi Navoiy viloyati Qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.

🟢Mazkur madaniy tadbirda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b. A.Ergashov, ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i A.Shomurodov, Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i E.Abdualimov, sport murabbiysi A.Turdiyev va NIU tyutorlari ham ishtirok etishdi.

🟢Tashrif davomida talabalarga “Tazzaru” spektakli namoyish etildi. Ushbu spektakl orqali yoshlarga ma’naviy tarbiya, ijobiy hayotiy qadriyatlar targ‘ib qilindi va ularning madaniy dunyoqarashi boyitildi.

🟢Bu kabi tadbirlar talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi va ularning ijodiy salohiyatini oshiradi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

20 Jan, 07:45


🔴Rektor va Yoshlar Uchrashuvi

🟢2025-yil 10-yanvar kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi birinchi kurs talaba-yoshlari uchun universitet rektori va ma’muriyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🟢Uchrashuvda universitet rektori J.Mavlonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b A.Ergashev hamda O‘quv ishlari va ilmiy innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Xudoyorov ishtirok etdi.

🟢Ushbu tadbir universitet talaba-yoshlari va rahbariyat o‘rtasidagi ochiq muloqot hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

17 Jan, 11:13


🎓 Navoiy Innovatsiyalar Universitetida bakalavr yo‘nalishlari!

Navoiy Innovatsiyalar Universiteti sizning kelajagingiz uchun mustahkam bilim asosini yaratadi. Sizni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olish imkoniyatlari kutmoqda:

Pedagogika
Boshlang‘ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Psixologiya
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Biologiya
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Elektr energetika
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
Turizm va mehmondo‘stlik
Tarix
Buxgalteriya hisobi
Kompyuter injiniringi
Marketing
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek, ingliz, rus tillari)

🌟 Sizning bilim olish orzularingiz bu yerda ro‘yobga chiqadi! Tanlagan yo‘nalishingizda muvaffaqiyat qozoning!

📲 Yanada ko‘proq ma’lumot uchun: (55) 5000043

Telegram | Instagram | Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

14 Jan, 09:02


🔴NIUda “Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomining yagona boshqaruv tizimi” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasi hamda “Unicon Soft” MCHJ hamkorligida “Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomining yagona boshqaruv tizimi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

🟢Seminarda Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori prof. J.Mavlonov, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Quvondiqov, Bosh mutaxassisi L.Abdullaev, Navoiy viloyati hokimligi Murojaatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i K.Abduazizov, Navoiy viloyat hokimligi Ijro Intizomi nazorati bo'limi boshlig'i SH.Namozov, “Unicon Soft” MCHJ direktori J.Mardiev, NIU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Ergashov, shuningdek professor-o'qituvchilar va personal xodimlar ishtirok etishdi.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

14 Jan, 06:51


14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni!

Bugun biz yurtimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida xizmat qilgan va qilayotgan barcha mard o‘g‘lonlarni tabriklaymiz! Sizning jasoratingiz va fidoyiligingiz tufayli biz tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti barcha himoyachilarni qadrlaydi! Sizning shijoatingiz bizni ilhomlantiradi!

🇺🇿 Tinchlik, sog‘lik va farovonlik siz va oilangizga hamroh bo‘lsin. Bayramingiz muborak, Vatan himoyachilari!

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

12 Jan, 12:40


🏛 NIU- bilim va ijod manzili!

🟢Bizda zamonaviy o'quv xonalari, ilg'or laboratoriyalar, vakillik kutubxona hamda amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim! NIU – innovatsion g'oyalar markazi va yetakchi mutaxassislar tayyorlovchi maydon.

🟢Bizda bilim olib, siz nafaqat o'z sohangizning mutaxassisi bo'lasiz, balki yangicha fikrlash va global imkoniyatlarga yo'l ochasiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

10 Jan, 12:40


🔴Qanday qilib talabalar uchun tez va sifatli slayd tayyorlash mumkin?

🟢Quyidagi videoni tomosha qiling va bu haqida to’liq ma’lumot olasiz.

🟢Kreativ fikrlovchilar! Texnologiyalar ixlosmandlari! Yangi imkoniyatlarga intiluvchilar! Sizni o‘z g‘oyalaringizni haqiqatga aylantirish uchun ilhomlantiramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

04 Jan, 12:51


🔴Bilarmidingiz?

🟢Talabaga hayfsan berilsa yoki unga nisbatan intizomiy jazolar qo’llanilsa, endi uni Hemis tizimining yangi versiyasidan ko’rishingiz mumkin.

🟢Bundan tashqari talabalarning barcha buyruq va ma’lumotlarini taqdim qiluvchi talaba rezyumiysi funksionali ham qo’shildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

04 Jan, 11:16


🟢Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan oliy ta’lim muassasasi hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yil 20-dekabr kuni 🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamda Navoiy shahar 26-son DMTT hamkorligida “Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

🟢Seminar nоаn’аnаviy tаrzdа tаshkil etilib, hаr bir аmаliyot o‘tаyotgаn tаlаbа mustаqil mаshg‘ulоt olib bordi. Amaliy seminarda ishtirok etаyotgаn tаlаbаlаr oliygohda оlgаn nаzаriy bilimlаrini аmаliyotdа qo‘llаdilаr.

🟢Bundan tashqari, 26-son DMTT psixologi N.Djumayeva seminar qatnashchilaridan “Biz zo'ravonlikka qarshimiz!” mavzusida so'rovnoma o‘tkazdi. Talabalar hozirga davrda zo'ravonlikning oldini olish haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🟢Seminar yakunida 26-son tarbiyalanuvchilari ijrosida musiqiy tadbir namoyish etilib, barchaga bayramona ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

🟢Tadbir barchaga manzur bo‘ldi va tashrif buyurgan mehmonlar DMTTning ish faoliyati haqida iliq fikrlar bildirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

31 Dec, 09:24


🔴Hurmatli ustozlar, aziz talabalar hamda qadrli yurtdoshlar!

🟢Ushbu unutilmas daqiqalarda sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklash va barchangizga eng yaxshi tilaklarni bildirish biz uchun sharafdir!
🟢Bilasizki, bugungi kunda mamlakatimizda yuksak marralarni zabt etish, fuqarolarimiz farovonligini yuksaltirish, O'zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish borasida amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🟢Umuman olganda, barkamol, zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, Vatan va o'z kelajagi uchun mas'ul yoshlarni tarbiyalash kelajakda farovon hayot barpo etishning yaqqol va asosiy omilidir. Kirib kelayotgan 2025-yil universitetimiz oldiga ana shunday yuksak yangi vazifalarni qo'ymoqda.

Aziz do'stlar!
Yangi yilda barcha ezgu orzularingiz ro'yobga chiqishini, oilangizga fayzu baraka, xonadoningizga tinchlik va osoyishtalik tilaymiz. Yangi yil barchaga baxt va omad olib kelsin!
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm sursin!

🤔Yangi Yil muborak!

Hurmat bilan,
🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti rahbariyati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

28 Dec, 13:30


🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti rahbariyati tomonidan professor-o'qituvchilar va xodimlar uchun Yangi yil ayyomi munosabati bilan shahrimizning muhtasham “Oqsaroy” to'yxonasida bayram dasturxoni tashkil etildi.

🟢Bayram tadbiri oliygoh ta'sischisi Urolbek Normuratov va rektor Jo'rabek Mavlonovning tabrigi bilan ochildi. Shundan so'ng tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar diqqatiga NIUning 2024 yil davomida erishgan yutuqlariga mo'ljallangan videorolik taqdim etildi. Unda oliygohning bir yil davomida erishgan yutuqlari, xalqaro hamkorliklari va imzolagan memorandumlari, universitetda bo'lib o'tgan xalqaro doiradagi konferentsiya va universitet grantiga ega bo'lgan talabalar hursandchiliklari aks etgan bo'lib, yig'ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

🟢Bundan tashqari, yil davomida o'zining mehnatsevarligi, oliygoh faoliyatiga bevosita o'z hissasini qo'shganligi va tashkiliy ishlarda faol ishtiroki uchun professor-o'qituvchilar, tyutorlar va xodimlardan bir qanchasi pul mukofoti, sayohatga yo'llanma, tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🟢Tadbir davomida “Sulton-shou” raqs ansablining yorqin chiqishlari, xonandalarning sho'x kuy-qo'shiqlari davraga zavq bag'ishlab, tadbir yakunida barcha mehmonlarga Yangi yil sovg'alari taqdim etildi.

🔴Yorqin lahzalarga boy bo'lgan Yangi yil bayrami barchaning xotirasida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

28 Dec, 10:22


🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti rahbariyati tomonidan professor-o'qituvchilar va xodimlar uchun Yangi yil ayyomi munosabati bilan shahrimizning muhtasham “Oqsaroy” to'yxonasida bayram dasturxoni tashkil etildi.

🟢Bayram tadbiri oliygoh ta'sischisi Urolbek Normuratov va rektor Jo'rabek Mavlonovning tabrigi bilan ochildi. Shundan so'ng tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar diqqatiga NIUning 2024 yil davomida erishgan yutuqlariga mo'ljallangan videorolik taqdim etildi. Unda oliygohning bir yil davomida erishgan yutuqlari, xalqaro hamkorliklari va imzolagan memorandumlari, universitetda bo'lib o'tgan xalqaro doiradagi konferentsiya va universitet grantiga ega bo'lgan talabalar hursandchiliklari aks etgan bo'lib, yig'ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

🟢Bundan tashqari, yil davomida o'zining mehnatsevarligi, oliygoh faoliyatiga bevosita o'z hissasini qo'shganligi va tashkiliy ishlarda faol ishtiroki uchun professor-o'qituvchilar, tyutorlar va xodimlardan bir qanchasi pul mukofoti, sayohatga yo'llanma, tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🟢Tadbir davomida “Sulton-shou” raqs ansablining yorqin chiqishlari, xonandalarning sho'x kuy-qo'shiqlari davraga zavq bag'ishlab, tadbir yakunida barcha mehmonlarga Yangi yil sovg'alari taqdim etildi.

🔴Yorqin lahzalarga boy bo'lgan Yangi yil bayrami barchaning xotirasida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

26 Dec, 09:00


"Talabalar bilan unutilmas Yangi yil karnavali"

🟢Joriy yilning 23-24 dekabr kunlari 🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalari uchun "Farhod" madaniyat saroyida "Yangi yil karnavali" deb nomlangan bayram tadbiri o'tkazildi.

🟢Bayram tadbiri bayramona bezatilgan zal va yoqimli musiqiy navo bilan boshlandi. Talabalar uchun turli xil rang-barang dasturlar, jonli ijrolar va tanlovlar tayyorlangan edi.

🟢Tadbirda "Flesh dens" raqs ansamblining jo'shgin chiqishi, yumoristik sahnalar va yangi yil mavzusidagi kuy-qo'shiqlar barchaga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi. Qorbobo va Qorqizning tadbirga kelishi talabalar uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi. Ular tomonidan talabalarga qiziqarli savollar va tanlovlar o'tkazildi.

🟢Shuningdek, tadbirda "Universitet granti" va "Rektor stipendiya" sohiblari taqdirlandilar. Bayram dasturi jarayonida talabalar uchun maxsus fleshmoblar, jamoaviy o'yinlar tashkil etildi.

🟢Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar yangi yil archasi atrofida vig'ilib, esdalik uchun jamoaviy suratga tushishdi. Talabalar uchun ushbu tadbir yilning eng yorqin vogealaridan biri bo'ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

25 Dec, 13:00


"Talabalar bilan unutilmas Yangi yil karnavali"

🟢Joriy yilning 23-24-dekabr kunlari 🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti talabalari uchun "Farhod" madaniyat saroyida "Yangi yil karnavali" bo'lib o‘tdi.

🟢Talabalar uchun bayram tadbiri bayramona bezatilgan zalda sho'x-shodon dasturlar asosida yorqin taassurotlarga boy bo'ldi.

🟢Tadbir dasturi davomida talabalar olib boruvchilarning qiziqarli chiqishlari, “Sulton-shou” raqs ansamblining betakror chiqishi, tadbir mehmoni Qorbobo va Qorqiz tashrifi, shuningdek, tadbir davomida universitet granti sohiblarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi.

🟢Zamonaviy “Flash dans” raqs ansamblining jo‘shqin chiqishi, xonandalar tomonidan kuylangan yangi yil taronalari, qiziqarli tanlov va sovg‘alar yangi yil tadbiriga o'zgacha shukuh bag'ishladi.
Tadbir yakunida barcha yangi yil archasi oldida esdalik uchun suratga tushdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

25 Dec, 09:47


🔴Ochiq dars bo’lib o’tdi!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti “Aniq, texnika va tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti Zoirova Lola Xamidovnaning Fizika fanidan Konchilik ishi ta’lim yo‘nalishi 1-kurs sirtqi 5-guruh talabalari ishtirokida “Elektromagnit induksiya. Magnit maydoni. Amper va Lorens kuchlari” mavzusidagi ochiq dars bo'lib o'tdi. Ushbu amaliy mashg'ulotda talabalar egallangan nazariy bilimlarni masalalar ishlash davomida qo'llash imkoniyatlari kengaydi, ayniqsa mustaqil ish sifatida uyga berilgan vazifalarini turli maketlar yordamida namoyish qilish va ish jarayonida tadbiq etishni o'z fikr-mulohazalari orqali qiziqarli tazda tushuntirib berdilar. Dars jarayonida “Blits-so'rov”, “Breyn-ring”, “Charxpalak”, “Akvarium”, “Formulani tuzing”, “Aqliy hujum” kabi metodlardan foydalanildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

24 Dec, 13:54


Ochiq dars bo’lib o’tdi!

🟢Navoiy innovatsiyalar universiteti “Aniq, texnika va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Nazaraliyeva Mahfuza Pardayevnaning Botanika II fanidan Biologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs kunduzgi 2-guruh talabalari ishtirokida “Yorug'lik ta'sirida kraxmall hosil bo'lishini aniqlash” laboratoriya mashg‘uloti mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi. Ushbu laboratoriya mashg'ulotida yorug'likning fotosintezdagi ahamiyati o'rganildi, ayniqsa o'simlik barglarida kraxmal hosil bo'lishiga e'tibor berildi. Kraxmal fotosintez jarayonida energiyani saqlash shakli sifatida ishlab chiqariladi va uning mavjudligini yod testi orqali aniqlandi. Yorug'likka duchor bo'lgan va yorug'likdan mahrum bo'lgan barglarni taqqoslash orqali bu tajribada kraxmal ishlab chiqarish uchun yorug'lik zarurligi isbotlandi. Dars jarayonida “Bilimlar qasri”, “Tushunchalar tahlili”, “Atamalar zanjiri”, “Kuyla va O'yla”, “Formulani tuzing”, “Aqliy hujum” kabi metodlardan foydalanildi.

🟢Dars so'ngida yangi mavzu “Yonar chiroq” metodi orqali mustahkamlandi, olingan tajriba natijalari tahlil qilindi hamda talalabalar tomonidan tashkillashtirilgan bayramona savol-javoblar orqali ko'tarinki ruhda yakunlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

27 Nov, 12:52


🟢Joriy yilnning 26-noyabr kuni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Ro‘ziyeva Nafosat Abdumumin qizi tomonidan “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 2-kurs 5-guruh talabalariga Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika fanidan “Autistik spektr buzilishlariga ega bolalar uchun inklyuziv ta'lim strategiyalari va ularni amalga oshirish shart-sharoitlari” mavzusida ochiq dars mashg’uloti o‘tkazildi. Darsda Autizm - g’ayritabiiy bolalar kasalligi, uning kelib chiqish sabablari, belgilari va davolash usullari haqida ma’lumotlar berildi.
🟢Talabalar 3 guruhga bo‘linib, quyidagi “Talaba kayfiyati”, “Refleksiya”, “Ikki qismli kundalik”, “Rangli halqalar”, “Atamalar izohi” interfaol metodlar orqali o‘z bilim ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Dars noan’anaviy tarzda tashkil etilib, kafedraning professor- o‘qituvchilari tomonidan baholanib, rag‘batlantirib borildi. Dars ko‘zlangan maqsadiga erishdi va yuqori saviyada baholandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

26 Nov, 12:59


🔴DIQQAT, TANLOV

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti Axborot-resurs markazi  
1-dekabr - "Butunjahon OITS'ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan  universitet talaba-yoshlari o'rtasida "O'z hayotingni o'zing asra" mavzusida ko'rik-tanlovlar e'lon qiladi.

Talabalar quyidagi tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin:

🖼 "Eng yaxshi rasmlar" tanlovi.
(mas'ul:@Kasimovna_NIU
Qabul muddati: 1-dekabr);

📹 "Eng yaxshi videoroliklar" tanlovi.
(mas'ul:@DonZa2815
Qabul muddati: 1-dekabr).

🏆 Tanlovlarda g'olib bo'lgan 1, 2, va 3-o'rin egalari universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

ESLATMA:
"Еng yaxshi rаsmlаr" - tanlangan аsаrning badiiy-g'oyaviy talqini va yechimi, OITS'ga qarshi kurash mаzmunlаri aks etishi va boshqa vоsitаlаrdаn foydalanish imkoniyati hamda hаvаskоr ijоdkоrIаr mаhоrаt darajasi umumiу birIikdа kо'rib chiqiladi.

"Eng yaxshi videoroliklar" - tanlangan rоliklardа xalqimizni bоу madaniy mеrоsi, urf-оdаtlаri, аn'аnаlаri, qadriyatlari va ulаrgа zavol yetkazadigan illat bo'lmish giyohvandlikni yo'q qilishga qaratilgan bo'lishi kerak.

Mazkur tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar yuqorida keltirilgan mas'ullarga murojaat qilishi so'raladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

26 Nov, 10:05


🟢22.11.2024yil sanasida Karmana tumanida"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida idora va tashkilotlar xodimlar o‘rtasida tuman bosqichida sportning "mini-futbol" turi bo'yicha 20ta tashkilot ichida 🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti faxli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

21 Nov, 07:31


🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o'qitish kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi Barnayeva Shaxnoza Rahmonqulovna Karmana tumani idora va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida o'tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "Stol tennisi" turi bo'yicha bo'lib o'tgan bellashuvning tuman bosqichida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ustozimizga keyingi sport musoboqalarida omad tilab qolamiz.

Bizni jtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

18 Nov, 14:40


Assalomu aleykum hurmatli ustozlar!

🔸 Sizlarni Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanidan 3-kurs Ingliz tili filologiyasi fakulteti 1-guruh talabalari bilan o'tqiziladigan "Sharlotta Bronte va George Eliot hayoti va ijodi" mavzusidagi ochiq ma'ruzaga taklif etamiz!

🏪 Seshanba soat 15:00
📌Xona: 302.

Maruzachi: A.A.Davlatova

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

18 Nov, 07:18


🇺🇿 O'zbekiston bayrog'i – turli tillardagi iftixor!

🟢Turli millat va madaniyat vakillari bo'lgan yoshlarimizning qalbida bir xil muhabbat va sadoqat bor. Yoshlarimiz uni yuksak ehtirom bilan yod etib, Vatanga muhabbat va sadoqatini izhor etmoqdalar. Ular turli tillarda so'zlasalar-da, bayrog'imiz ularning qalbidagi yuksak iftixor ramzi sifatida balandda hilpiraydi.

🟢O'zbekiston bayrog'i – yoshlar qalbidagi g'urur va muhabbat ramzi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

14 Nov, 10:36


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI JAMOASI "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO'LLANMA OLDI

🇺🇿Navoiy shahar 1-sonli sport maktabida mini-futbol bo‘yicha oliy taʼlim muassasasi talabalari o‘rtasidagi "Besh tashabbus olimpiadasi" viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🦅Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslardan so‘ng Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoasi g‘oliblik va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

➡️2-o‘rin Navoiy davlat universiteti hamda 3-o‘rin Navoiy innovatsiyalar universitetiga nasib etdi. Talabalarga keyingi bosqichda omad tilaymiz!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

14 Nov, 09:20


"Hokim kubogi" uchun "Munozara" turniri g'oliblari aniqlandi.

🗣Xabaringiz bor, kuni kecha Yoshlar markazida Navoiy viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zbek, rus va ingliz tillarda "Hokim kubogi" uchun tashkil etilgan "Munozara-debat" intellektual turnirida Navoiy Davlat Universiteti talabalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

➡️Tanlovdan maqsad shuki, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

Yakuniy natijalarga ko'ra;

O'zbek tili bo'yicha;
1-o'rin: NavDU
2-o'rin: NDKTU
3-o'rin: NIU

Ingliz tili bo'yicha;
1-o'rin: NavDU
2-o'rin: NDKTU
3-o'rin: NIU

Rus tili bo'yicha;
1-o'rin: NDKTU
2-o'rin: NIU
3-o'rin: NavDU

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

11 Nov, 11:09


NIUda yong'in xavfsizligi tadbirlari!

Karmana tumani FVB 7-yong'in o't o'chiruvchi smena boshlig'i mayor X.Fayziyev boshligidagi ishchi guruh Navoiy innovatsiyalar universitetiga tashrif buyurib, talabalarni har bir binoda mavjud bo'lishi lozim bo'lgan, yong'in vaqtida talab qilinadigan asboblar bilan tanishtirib o'tishdi. Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan yong'in chiqqan vaqtda ko'rsatiluvchi birinchi yordam masterklass asosida ko'rsatib berildi.
Talabalar va NIU jamoasi uchun bu kabi ko'rgazmali tadbir juda yorqin taassurot qoldirib, ular o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga o'z ishining ustalaridan to'liq javob oldilar.

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

10 Nov, 12:35


🔴2024-yil 2-oktabr kuni Navoiy telekanali "Assalom, yangi kun" loyihasi Navoiy innovatsiyalar universitetida faoliyat yuritib kelayotgan yosh pedagog Qilichova Eʼzoza Xolpoʼlatovnani dastur mehmoni sifatida taklif qildi. Dastur davomida yosh pedagog qanday yutuqlarga erishgani, ingliz tilini oʻrganishdagi tajribalari va hozirda amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqoti xususida soʻzlab berdi.

🟢OAV biz haqimizda

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

31 Oct, 12:27


🟢Amaliyot – bu malaka demakdir!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti “Konchilik ishi” yo'nalishi KON1 - 6 - 22 va KI - 10 - 23S guruh talabalari ishtirokida Navoiy innovatsion loyihalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash agentligi hamkorligida Navoiy viloyat yoshlar texnoparkida bir kunlik ishlab chiqarish amaliyoti bo'lib o'tdi. Amaliyot davomida talabalarga “Boyitilgan metallar va foydali qazilmalarni qayta ishlash” haqida amaliy bilim va ko'nikmalar berildi.

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

31 Oct, 08:37


🟢Amaliyot – bu malaka demakdir!

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti “Konchilik ishi” yo'nalishida tahsil oluvchi talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadida “G'OZG'ONMARMAR” ishlab chiqarish kon korxonasida KON3-1/S-20 guruh talabalariga Konchilik ishi yo'nalishi o'qituvchisi Hamidova Madina Nizombekovna boshchiligida bir kunlik ekskursiya tashkil etildi.
Mazkur amaliy ekskursiya talabalar tomonidan ishlab chiqarishda olib borilayotgan ishlar natijasida hosil bo'ladigan kamchiliklarni ko'rib chiqish va ularning sabablarini o'rganish orqali ularda tushuncha hosil qilish va o'z sohasining mutaxassislari bo'lishlarida sifat va samaradorlikni oshirish, yoshlarga bilim berish, ularda ko'nikma va malaka hosil qilishda ta'lim va ishlab chiqarish hamkorligi orqali yangi haqiqatlarni ocha bilish, tafakkur etishda yordam beradi.

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

31 Oct, 06:50


🔴 Navoiy innovatsiyalar universitetida "HAFTADA BIR KITOB" loyihasi!

🟢 2024-yil 29-oktyabr kuni soat 11:00da Filologiya va tillarni o'qitish kafedrasi professori v.b., f.f.d. (DSc) Yarashova Nasiba Jumayevna tashabbusi bilan "Haftada bir kitob" loyihasi asosida "KITOBXON TALABA" intellektual o'yini tashkil etilib, Ch.Aytmatovning "Jamila" qissasi muhokama qilindi.

🟢 "Kitobxon talaba" intellektual o'yinida ishtirok etgan 8 ta guruh talabalarini O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo'limi a'zosi Istam Hamro, NIU ARM boshlig'i Ramazon Rajabov, NIU Ma'naviyat bo'limi mutaxassisi Rohila Rabbimova hamda NIU ARM mutaxassisi Xurshida Aminovalar hakamlar hay'ati sifatida baholab bordilar. Intellektual o'yin so'ngida g'olib bo'lgan Afrodita guruhi talabalari qimmatbaho kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

🟢"Kitobxon talaba" intellektual o'yini har seshanba kuni soat 11:00da bo'lib o'tadi. Barcha kitobsevarlar ishtirok etishi mumkin.

🏛 NIU — zukko kitobxonlar tanlovi!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

30 Oct, 12:44


🟢 Navoiy innovatsiyalar universitetida "KITOB MENING DO'STIM" tanlovi!

🟢 Navoiy innovatsiyalar universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida "Kitob mening do'stim" Respublika ko'rik tanlovi universitet bosqichi tashkil etildi hamda ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Bellashuvda hakamlar hay'ati baholashlariga ko‘ra Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 2-kurs talabasi Ochilov Suxrob viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

🟢 Universitet bosqichida 1,2,3-o'rinni egallagan ishtirokchi talabalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🏛 NIU — kitobxonlarni birlashtirgan oliygoh!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

30 Oct, 12:15


🟢“21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Aniq texnika va tabiiy fanlar” kafedrasi, “Axborot texnologiyalari va iqtisodiyot” kafedrasi hamda Ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Til -millatimiz iftixori” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Ergashev, NIU ARM rahbari R.Rajabov, NIU xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi R.Rabbimova, tyutorlardan L.Qudratova hamda U.Kamolovalar ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan qo'shiq va raqslar, sahna ko'rinishlari tadbirga tashrif buyurganlarga xush kayfiyat taqdim etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

21 Oct, 08:28


🔴 “Tilning sofligi – millatning sofligidir”

🟢 Til millatning boyligi, tuganmas xazinasi, ko'zgusi hamdir. 21-oktabr – O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu sana 35 yildirki, mamlakatimizda o'ziga xos tantana bilan keng nishonlab kelinmoqda. Tilni asrash, avaylash, boyitish, mazmunli so'zlash har bir insonning burchi, vazifasi hisoblanadi.
🟢 Adiblardan biri: “Til – millatning yuragidir” degan edi.
🟢 Tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o'qitadi, urf-odat, an`analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo'shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak.

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti jamoasi yurtdoshlarimizni o'zligimizni anglatuvchi – Ona tilimiz bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

📍 Manzil: Navoiy viloyati Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani Oqkamar MFY Mustaqillik ko'chasi 64-uy.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

20 Oct, 13:32


🏛 NIUdan yana bir innovatsion qadam!

🟢Sho'rchi tumanida joylashgan Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo kampusi ochilish marosimi Surxondaryo viloyati ahliga katta quvonch bag'ishladi. Ushbu tantanali tadbirda viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi. Universitetning zamonaviy o'quv binolari va innovatsion imkoniyatlari, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda. Bu kampus Surxondaryo viloyati uchun nafaqat ta'lim maskani, balki mintaqaviy rivojlanishning yangi bosqichini ham boshlab beradi.

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani Oqkamar MFY Mustaqillik ko'chasi 64-uy.
📍 Manzil: Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

19 Oct, 14:27


Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Navoiy innovatsiyalar universitetining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu universitet viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, endilikda 16 ta yo‘nalishda bakalavr va 3 ta yo‘nalishda magistrlar tahsil oladi.

Universitet zamonaviy sharoit va qulayliklar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, u Hindistonning "MIT World Peace" universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bu esa talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda ham tahsil olish imkoniyatini yaratadi. Universitet talabalari zamonaviy o‘quv uslublaridan foydalangan holda, xalqaro darajadagi sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Bu universitetning faoliyat boshlashi vohada ta’lim tizimining rivojlanishi va xorijiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyatida bungacha 5 ta davlat, 1 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

19 Oct, 03:42


🔴Yurtimizda yana bir oliygoh!
Hurmatli yoshlar va bilimga intilganlar!

🏛 Navoiy innovatsiyalari universitetining Surxondaryo kampusi o'z faolyatini boshlashga tayyor!

🟢 19-oktyabr kuni ochilish marosimi bo'lib o'tadi va biz barchangizni ushbu ulug'vor tadbirga taklif qilamiz.

🟢 Ushbu universitet Surxondaryo viloyatining yoshlariga zamonaviy bilimlar olish, yangi innovatsiyalar yaratish va kelajak uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi. Sizning ishtirokingiz bilan biz yoshlarimizning ravnaqi yo‘lida muhim qadam tashlaymiz!

🟡 Ochilish marosimi: 19-oktyabr, 2024 10:00

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani Oqkamar MFY Mustaqillik ko'chasi 64-uy.
📍 Manzil: Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

18 Oct, 08:32


🔴 Kim o’qishga topshirdi, lekin kirolmadi?

🟢 Sizlar uchun ajoyib yangiligimiz bor!

🟢 Tez kunda Surxondaryo viloyati, Sho’rchi tumanida Navoiy innovatsiyalar universitetining yangi kampusi ochilishi rejalashtirilmoqda!

🟢 Shu munosabat bilan barchangizni 19- oktyabr kuni universitetimizning yangi filiali ochilishida kutib qolamiz.

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

18 Oct, 05:52


🏛 NIUda XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

Qadrli yurtdoshlar!

🟢Mamlakat kelajagi bo'lgan yosh avlodning maktabgacha ta'lim muammolari Xalqaro ahamiyatga ega dolzarb mavzulardan biridir.
🟢2024-yil 22-oktyabr kuni Navoiy innovatsiya universitetida “Raqamlashtirish davrida maktabgacha ta’limning global kelajagi: ta’lim muammolari va ularning yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi kutilmoqda.
🟢Shu maqsadda barcha professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarni Xalqaro konferensiyada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🟡Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yo‘nalishlari:

🤔 Maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishda xorijiy tajribadan foydalanish;
🤔 Maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish;
🤔 Maktabgacha ta’lim muassasalarida axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘llari;
🤔 Maktabgacha ta'lim sohasida boshqaruv jarayonlarini monitoring qilish tizimi;
🤔 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim faoliyatiga innovatsion yondashuvlar;
🤔 Raqamlashtirish davrida ixtirochi o‘qituvchilarni tayyorlash muammolari va yechimlari.

Marhamat, tashrif buyuring!


— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

17 Oct, 07:56


🔴Navoiy innovatsiyalar universitetida joriy yilning 13-oktyabr kuni “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiy kecha tashkil etildi.
🟢 Tadbirga shoir Normurod Norqobilov, adib O'roz Haydar tashrif buyurishdi. Adabiy kechada ishtirokchi talabalar tomonidan shoir va adib ijodidan namunalar ijro etildi. Tadbir qatnashchilarda yorqin taassurot qoldirdi.

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

17 Oct, 05:57


⭕️⭕️⭕️ 🔴 Yurtimizning bilimga chanqoq yoshlari!
Sizga ajoyib yangiligimiz bor!

🟢 Yurtimizda yana bir oliygoh, 🏛 Navoiy Innovatsiyalar Universitetining Surxondaryo kampusi o'z faoliyatini boshlaydi.
Joriy yilning 19 oktyabr kuni Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Surxondaryo kampusining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

🟢 Barchangizni ochilish marosimida kutib qolamiz!

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani Oqkamar MFY Mustaqillik ko'chasi 64-uy.

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt

NAVOIY INNOVATSIYALAR UNIVERSITETI

12 Oct, 05:56


🟡 “Qizlarjon” klubi respublika forumi bo'lib o'tdi

🟢 10-oktyabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi o'tkazildi. Tadbirda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining “Qizlarjon” klubi raislari hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, Navoiy innovatsiya universitetidan xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi R.Rabbimova ishtirok etdi.

🟢 Forum ishtirokchilarini Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

🔹 Ayniqsa, ta'lim sohasida xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda, - dedi vazir. – Hozirda ayol-qizlarning ta'limdagi ulushi har qachongidan yuqori va bu ko'rsatkich yildan yilga oshib borayotgani barchamizni quvontiradi. Qizlarimizning ta'lim olishga, ilmga tashnaligi yurtimiz kelajagi poydevoridir. Sizlarning har biringiz ilm-fan, san'at, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa sohalarga ulkan yutuqlarimiz nishonasidirsizlar.

— НА РУССКОМ | IN ENGLISH

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Web-sayt