Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari @nodavlat_otm Channel on Telegram

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

@nodavlat_otm


Nodavlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng ishonchli kanal

• Maʼlumotlar
• Muammolar
• Yechimlar
• Tahlillar
• Taklif va tavsiyalar.

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari (Uzbek)

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kanali - bu oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng ishonchli manbalar va yechimlar bilan ta’minlangan Telegram kanali. Kanalda oliy ta’lim sohasidagi eng so‘nggi maʼlumotlar, muammolar va ularning yechimlari, tahlillar, hamda oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli takliflar va maslahatlar keltiriladi. Bu kanal oliy ta’lim sohasida faol ishlaganlar uchun zarur va foydali bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlangan. Agar siz o‘zingizni malakangizni oshirish, oliy ta’lim sohasida rivojlanishni hohlaysiz, yoki bu sohaga qiziqish qilasiz, Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kanaliga obuna bo‘ling va eng so‘nggi yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

23 Jan, 06:21


❗️Talaba pedagoglar malaka oshirishga jalb qilinmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan maktabgacha va maktab ta'limi xodimlarning har 5 yilda belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy hamda pedagog va mutaxassis xodimlar uchun malaka oshirish kursining davomiyligi kamida 100 soat, rahbar xodimlar uchun kamida 144 soat etib belgilangan.

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 03-33-3453-son xati 2-ilovasi 11-bandida ish faoliyatini oliy ta’lim muassasasida o‘qish bilan birga olib borayotgan pedagoglar malaka oshirishga jalb qilinmasligi belgilab berilgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

22 Jan, 12:18


«Hammasi nazorat ostida, xavf yoʻq"degan mana bu shou esimga tushib ketdi: https://mover.uz/watch/xKhs3Hcm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

20 Jan, 17:50


"Qo'rqmanglar hammasi nazoratim ostida)))" — deyishayotganday tuyuldi

So'nggi kunlarda Respublika oliy taʼlim Kengashining nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 4 foizini oʻtkazish boʻyicha chiqarilgan bayonnomasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalari yana jonlanib qolgan edi.

Vazirlik yana munosabat bildirdi:

"Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘laridan hech qanday majburiy foiz undirilmaydi.

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish masalasi yana muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy ta’lim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, vazirlik davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalardan biri deb bilishini, eslatib o‘tamiz."
— deyiladi vazirlik bayonotida.

Oxirgi paytlarda ommalashgan "Qo'rqmanglar hammasi nazoratim ostida" — degan gap esimizga tushib ketdi😁.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

18 Jan, 10:53


UBSning turizm yo‘nalishi 1-bosqich talabasi 67 yoshli Sohibjon ota Yo‘ldoshev maqsadi, rejalari va yoshlarga maslahati...

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

16 Jan, 07:38


Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga
jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

15 Jan, 06:30


Magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud bo'lib, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.

Eslatma: Bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas. Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.

Asos: 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

13 Jan, 10:35


❗️DIQQAT FIRIBGARLAR!

Ayrim nodavlat universitetlar talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram va raqamlar orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda ekam.

Hurmatli talabalar, bunday xabarlarga ishonib qolmang! Firibgarlarga aldanmang! Hech bir oliygohda kontakt uchun pul kartaga o‘tkazilmaydi.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

06 Jan, 18:06


⚡️Akademik ta’til olish tartibi haqida

00:25 Qanday holatlarda akademik ta’til olsam bo‘ladi?

01:13 Grantda o‘qiyman. Akademik ta’til davrida ham menga stipendiya beriladimi?

01:36 Akademik ta’til olish uchun universitetga qanday hujjatlar taqdim qilish kerak bo‘ladi?

03:00 Qizim surunkali kasalligi sababli darslarga 3 haftadan beri qatnasha olmayapti, shu sababli men qizimning o‘rniga akademik ta’til olish uchun ariza yozsam bo‘ladimi?

03:55 Akademik ta’til olish haqidagi murojaat qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

04:30 Men 3-kursligimda sog‘ligimdagi muammolar sababli 1-yilga akademik ta’til olgandim. Hozirda mening yo‘nalishim tugatilgan ekan, men o‘qishimni yana shu yo‘nalishda davom ettira olamanmi ?

05:57 Akademik ta’tildan qaytganimdan keyin universitetga qanday hujjatlar taqdim qilishim kerak?

06:35 Akademik ta’til olsam, bir yilim “kuyadi”mi?


Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

06 Jan, 15:25


⚡️Endi nodavlat oliygohlar oʻz axborot tizimiga ega boʻlishi hamda HEMIS ga ma'lumotlarni kiritishi shart

Yuridik fanlari doktori, professor Axtam Yakubov Prezident bilan boʻlgan uchrashuvda xususiy universitet ochish uchun litsenziya olishdan oldin oʻqituvchilarni ishga olish tartibini bekor qilish taklifini bergan va buni Prezident maʼqullagan edi.

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi 913-son qarori bilan bu tartib bekor qilinmoqda.

Bundan tashqari yana boshqa o‘zgartirish ham kiritilgan bo‘lib unga ko‘ra:

litsenziat tomonidan nodavlat taʼlim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan soʻng bir oy muddat ichida taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taʼlim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish.

oliy taʼlim tashkiloti oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonlarini boshqaruvchi hamda taʼlim sifatini nazorat qiluvchi oʻz axborot tizimiga ega boʻlishi hamda uni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan talablar boʻyicha vazirlikning Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) integratsiya qilishi shart.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

06 Jan, 05:23


⚡️Endi magistraturaga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga kirgan talabalarga taʼlim krediti berilmaydi

Hukumatning 2021- yil 18 - avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3-bandi 4-xatboshisiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, «taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi».

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

04 Jan, 06:03


❗️Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" 2003-yil 11-avgustdagi 347-son qarori talablari qo‘llanilar edi.

Prezidentining 25.12.2024 yildagi PQ-455-son “O‘zbekiston Respublikasining "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to’g’risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” qarori 9-ilova 11-bandiga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2003 yildagi 347-son qarori 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

28 Dec, 02:48


#rasmiy_munosabat

Respublika oliy ta’lim kengashi majlisining bayoni bo‘yicha rasmiy munosabat


Respublika oliy ta’lim kengashi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, davlat funksiyalarini amalga oshirmaydi va qarorlari majburiy kuchga ega emas. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qiladi hamda faqat tavsiyaviy xarakterga ega takliflar ishlab chiqadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarni nodavlat notijorat tashkilotning ichki ishi sifatida baholaydi.

Shuningdek, vazirlik har qanday moliyaviy harakatlar yoki manfaatlar poymol etilishi holatlari bo‘yicha murojaatlar qabul qilishga va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga tayyorligini bildiradi. Barcha murojaatlar asosida tegishli choralar ko‘rilib, qonuniy manfaatlar himoya qilinishi ta’minlanadi.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

27 Dec, 09:21


⚡️2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:

👉 1-yanvar – Yangi yil;
👉 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉 21-mart – Navro‘z bayrami;
👉 31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉 7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉 1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉 8-dekabr – Konstitutsiya kuni.

❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

24 Dec, 18:22


❗️Nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarida kontrakt narxlari oshishi mumkin

Respublika oliy ta'lim kengashi majlisining 2024-yil 29-noyabrda o'tkazilgan hozircha hech qayerda rasman e’lon qilinmagan 1-son bayonida "nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan moliya yili yakunida to‘lov-kontrakt shaklida mablag‘ qoldig‘ining 4 foiz qismini Respublika oliy ta'lim kengashiga yo‘naltirish amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlarining taklifi qo‘llab-quvvatlansin." deyilgani aytilmoqda.

Shuningdek, 2025-yil yurtimizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili" deb e’lon qilingani munosabati bilan ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga oliy ta’lim tizimidagi rahbar hamda professor-o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqini "Yashil makon" umummilliy loyihasiga yo‘naltirish tashabbusi ma’qullanibdi.

Undan tashqari har bir talaba boshiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 foizi miqdorida sport maydonchalari qurilishiga ajratish taklifi ma'qullanibdi.

"Xo'sh bu takliflarning talabalar kontraktiga nima aloqasi bor?" degan savolga javob beramiz.

Nodavlat universitetlar avvalo daromad ko'rish maqsadida tashkil etilgan. Ular kontrakt narxini bozor iqtisodiyoti qonunlaridan kelib chiqib belgilaydi. Bundan avvalo xarajatlarini ham inobatga oladi. Agar ular kengashga ham pul o'tkazsa oxir oqibat bu kontraktni oshirishga majbur bo'ladi. Bu ixtiyoriy-ku deb aytishingiz mumkin. Lekin litsenziya bergan va nazorat qilib turgan tashkilot berasanmi 4 foiz desa, 100 foizni yo'qotishingiz mumkinligi uchun ko'ra o'ylab ko'rasiz baribir.

Ertaga Biznes Ombudsman hamda Adliya vazirligi munosabat bildirsa kanalimizda e'lon qilamiz.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

21 Dec, 14:19


❗️Kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

20 Dec, 04:43


⚡️Bugun o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi

Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.

Ruxsat kimlarga beriladi?

➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
20-dekabrdan 20-yanvargacha.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Quyidagi videoda ushbu tartib soddaroq tushuntirilgan: 👉 🌐 https://www.instagram.com/reel/DDevW2vOWqo/

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

12 Dec, 14:29


⚡️Nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari talabalari ham Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari qatoridan joy oldi

2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

E'tiborlisi, bir qator nodavlat oliy ta‘lim tashkilotlari talabalari ham Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari munosib deb topilgan.

Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.

💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

05 Dec, 06:03


⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

❗️Qarorga asosan ushbu tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

03 Dec, 18:45


⚡️Allamjonov ishida ayblanuvchilardan biri Toshkentdagi nodavlat universitetning egalaridan biri ekanligi aytilmoqda

Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga suiqasd tashkilotchilaridan biri sifatida ko‘rilayotgan Javlon Yunusov O‘zbekistonda o‘nlab biznes loyihalarda ishtirok etib kelgan. Kun.uz ma'lum qilishicha, Yunusov Toshkent shahridagi "EMU-UNIVERSITY" MCHJ muassislaridan biri sifatida 50 foiz ulushga egalik qilmoqda.

Orginfo.uz saytida ham bu shaxs mazkur MCHJ muassisi sifatida ko'rsatilgan.

Bir necha kun avval Bosh prokuratura qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edi.

Kun.uz surishtiruvida "U ta’sis etgan firmalar qurayotgan ko‘p qavatli turar-joy majmualari mijozlarga kelishilgan muddatda topshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Mijozlarga va’da qilingan kvartiralar qurilmagan, ular to‘lagan “pulni qaytarishni va’da berayotgan” sotuv ofislari ayni paytda yopiq." deyiladi.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

03 Dec, 05:56


📢Nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida TOP-10 afsona

Bugungi kunda nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida turli xil qarashlar va fikrlar mavjud. Ko‘pchilik nodavlat oliy ta’lim muassasalarini davlat oliy ta’lim muassasalariga nisbatan kamroq sifatli deb o‘ylaydi, ammo bu haqiqatdan yiroq tushuncha.

Bunday muassasalar o‘zlarining innovatsion yondashuvlari, ilmiy darajaning yuqoriligi, zamonaviy o‘quv dasturlari va tajribali professor-o‘qituvchilari bilan ajralib turadi.

Shu bilan birga, nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida ko‘plab afsonalar mavjud bo‘lib, bu afsonalar ularning haqiqiy imkoniyatlarini va ahamiyatini tushunishga xalaqit beradi.


Quyida biz nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqidagi eng keng tarqalgan o‘nta afsonani tahlil qilib, ularning haqiqatga qanchalik mos kelishini aniqlab beramiz.

👉Batafsil: https://talimxabarlari.uz/5958/

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

29 Nov, 14:59


⚡️Digital universiteti apelyatsiya shikoyati qanoatlantirildi

Bugun Toshkent shahar sudi “Digital university” MCHJ kiritgan appelyatsiya shikoyatini ko'rib chiqdi. Sud javobgar MCHJ foydasiga qaror chiqarib, birinchi instansiya qarorini bekor qildi.

Avvalroq Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birinchi instansiyada yutib, litsenziya bekor qilingani haqida bayonot bergan edi.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

21 Nov, 07:41


Kafillardan daromad manbai talab etilmaydigan ta’lim krediti bor desam ishonasizmi?

Ha endi Poytaxt consulting orqali nafaqat kunduzgi balki sirtqi ta’lim shaklida ham 10 daqiqada ta’lim kreditini rasmiylashtira olasiz.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

📞 78-113-72-10

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

12 Nov, 10:59


🔻"Univertur" dasturining navbatdagi sonida UMFT universiteti bilan yaqindan tanishamiz⭕️

🔹“Univertur” dasturining bu galgi sonida poytaxtimizda joylashgan, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) haqida so’z boradi.⭕️

▶️Siz video davomida:

O‘qishni Germaniyada davom ettirish uchun ketayotgan talabalar;

Grant yutish imkoniyatlari;

Talabalar kibersport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar;

Janubiy Koreya universiteti bilan hamkorlikda ochilgan fakultetga kirib 2 yil Koreyada o‘qish imkoniyati;

UMFT universitetining boshqa universitetlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

📱To’liq videoni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:
https://youtu.be/x5lI6gaidys

⭕️ Agar Sizning ham universitetingiz loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz ushbu raqamga bog‘lanishingiz mumkin:

📞+99891080-60-06

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

08 Nov, 05:59


📚 Imtiyozli Ta’lim Kreditlari: Talabalar uchun Imkoniyatlar!

🏦 Kredit olish mumkin bo‘lgan banklar:


🏦 Turonbank batafsil ma'lumot;
🏦 Xalq banki – batafsil ma'lumot;
🏦 Agrobank – batafsil ma'lumot;
🏦 O‘zSQB – batafsil ma'lumot;
🏦 O‘zmilliybank – batafsil ma'lumot;
🏦 Hamkorbank – batafsil ma'lumot;
🏦 MKBank – batafsil ma'lumot;
🏦 BRB – batafsil ma'lumot.

📱 "Хazna" yoki "Quant" mobil ilovalari orqali uydan chiqmay kredit rasmiylashtirish mumkin!

☑️ Sirtqi va Super-Kontraktlar uchun:

🏦 O'zmilliybank;
🏦 Biznesni rivojlantirish banki.

Kontrakt to‘lash muddati 1 dekabrgacha uzaytirilgan!

Batafsil ma’lumot olish uchun yuqorida yozilgan bank nomlari ustiga bosing.

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

07 Nov, 08:27


⚡️ Talabalar, pedagoglar hamda tadqiqotchilar diqqatiga

Ilmiy ishlarga oid tezkor va ishonchli yangiliklar hamda ilmiy faoliyatga doir manbalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishni istaysizmi?

🎓 Unda Sizga @doktorant_uz kanalini tavsiya qilamiz.

Ushbu kanal orqali Siz nafaqat ilmiy sohaga doir yangiliklar, balki tadqiqotlarni olib borishda e’tibor qaratiladigan jihatlar hamda huquqiy-normativ hujjatlar bilan ham tanishib borishingiz mumkin.

👉 Kanalga ulanish: @doktorant_uz

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

26 Oct, 13:10


"Univertur" dasturining navbatdagi sonida UMFT universiteti bilan yaqindan tanishamiz!

📺 Bugun, 26-oktyabr kuni soat 20:30 da "Yoshlar telekanalida "Univertur" dasturining poytaximizda joylashgan Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT)
faoliyatiga bag‘ishlangan
soni efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv davomida:

👉 O‘qishni Germaniyada davom etirish uchun ketayotgan talabalar;

👉 grant yutish imkoniyatlari;

👉 talabalar kibersport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar;

👉 Janubiy Koreya universiteti bilan hamkorlik ochilgan fakultetga kirib 2 yil Koreyada o‘qish imkoniyati;

👉 UMFT universitetining boshqa universitetlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

📌 Agar Sizning ham universitetingiz loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz quyidagi raqamga bog‘lanishingiz mumkin:

📞 +998 91 080-60-06

👉 Obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | YouTube

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

25 Oct, 03:56


⚡️Surxondaryo viloyatida nodavlat oliygohlar soni bittaga ko'paydi

Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida filialini tashkil etdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi.

Oliygoh viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, o'n oltita yo'nalish bo'yicha bakalavr va uch yo'nalish bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.

Batafsil: https://niuedu.uz/uz/cv

📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Telegram | Instagram | Web-sayt

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

20 Oct, 11:05


So‘nggi 2 yilda 2 ta OTMga litsenziya berilgan, 7 tasining litsenziyasi bekor qilinganvazirlik

2023-yilda 6 ta, 2024-yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Sud jarayonlarida 2023-yilda jami 6 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilindi. 2024-yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli Sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/12352/

Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

17 Oct, 14:08


#rasmiy_bayonot

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan lisenziya talab va shartlariga amal kilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

10 Oct, 10:35


⚡️Imtiyozli ta’lim krediti ajratayotgan banklar

Ayni paytda quyidagi banklar talabalarga imtiyozli ta’lim kreditini ajratmoqda:

• MKBank - 1285
• BRB bank - 1254
• SQB bank - 1180
• Agrobank - 1216
• Xalq banki - 1106
• Milliy bank - 1344
• Hamkorbank - 1256

📌 Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

30 Sep, 08:17


"Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7 yilda 4 karra (9 foizdan 38 foizga) oshdi.

Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir.

Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan
" — dedi Davlatimiz rahbari.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

27 Sep, 13:15


⚡️Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi.

Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

25 Sep, 16:57


#rasmiy_bayonot

“Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

20 Sep, 10:32


Vazirlikning Navoiy innovatsiya instituti litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risidagi daʼvo arizasi rad etildi

Biznes-ombudsman matbuot xizmatining xabar qilishicha, Navoiy innovatsiya instituti litsenziyasini bekor qilish yuzasidan sudga murojaat qilinganligidan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan institut litsenziyasini bekor qilish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritilgan. Vazirlik tomonidan institut faoliyatida bir qator qoidabuzarliklar aniqlanganligi, jumladan, taʼlim faoliyati litsenziyada koʻrsatilmagan manzilda olib borilgani, oʻquv adabiyotlari yetishmasligi, oʻquv auditoriyalari va laboratoriyalar talablarga javob bermasligi kabi kamchiliklar asos qilib koʻrsatilgan.

Vakil devoni xodimlari tomonidan sudda institut manfaati himoya qilingan. Karmana tumanlararo iqtisodiy sudida institut tomonidan aniqlangan kamchiliklarning asosiy qismi bartaraf etilganligi, qoidabuzarliklar tizimli xususiyatga ega emasligi va jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelmaganligi inobatga olinib, vazirlikning daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

17 Sep, 08:39


“Collegium Humanum” universiteti egalari Polshada hibsga olingani aytilmoqda. Universitet filiali Andijonda ham bor

Polshaning sobiq Yevropa Ittifoqi qonunchisi va Yevropa Parlamentining vitse-prezidenti Ryszard Czarnecki Collegium Humanum xususiy universiteti tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy harakatlar sabab hibsga olingani aytilmoqda.

Universitet Polshaning Markaziy Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi (CBA) tomonidan tekshirilmoqda. Xususan, byuro Collegium Humanum universiteti MBA diplomlarini moddiy va shaxsiy manfaatlar evaziga berib, talabalarni Polshaning davlat kompaniyalari boshqaruv kengashlariga kiritganini da’vo qilmoqda.

Universitetning asoschisi va sobiq rektori Paweł Czarnecki CBA tomonidan fevral oyida hibsga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Czarneckiga 30 ta jinoyat, jumladan poraxo‘rlik, o‘z lavozimidan suiiste’mol qilish va odamlarni jinsiy aloqaga majburlash kabi ayblovlar ham qo‘yilgan.

Ta’kidlash lozim, “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti 2018-yilda faoliyatini boshlagan bo‘lib, Andijon shahrida ham o‘z filialiga ega.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

12 Sep, 14:25


Oʻzmilliybank tomonidan imtiyozli taʼlim kredit ajratish boshlandi!

Kredit shartlari quyidagicha:
Miqdori — Shartnoma asosida;
Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil;
Foiz stavkasi — 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%);

Kredit miqdori:
▪️Birinchi kurs talabalari uchun - toʻlov-shartnoma summasi;
▪️Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun: fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichidan kelib chiqib belgilanadi.

🏦 Murojaat uchun: 1344

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

12 Sep, 04:46


⚡️Talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yigʻilishda maʼlum qilindi.

Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:

- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

07 Sep, 15:59


Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Nodavlat oliygoh talabalariga ijara puli Davlat budjeti hisobidan qoplab berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli
qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

05 Sep, 04:14


Raqobat qo‘mitasi Akfa Universitetiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, AKFA universitetining “Commercial Law” (Tijorat huquqi) yo‘nalishida bir yil o‘qigan va keyingi yildan ushbu yo‘nalishda o‘qish to‘xtatib qo‘yilganligi, to‘langan pullar qaytarib berilmayotganligi to‘g‘risida 10 ga yaqin murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2022-yil 10-yanvarda turli OAVda AKFA universitetiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligi to‘g‘risida reklama axborotlari joylashtirilgan hamda reklamalarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish, shuningdek “Tijorat huquqi” ta’lim yo‘nalishi uchun ham davom etayotganligi bayon qilingan.

Universitetga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyada ruxsat etilgan ta’lim yo‘nalishlarida “Tijorat huquqi” mavjud emasligiga qaramasdan, mazkur yo‘nalishda o‘qitish uchun 2022/2023 o‘quv yilida talabalar o‘qishga qabul qilingan va 4-yillik (8 ta semestr) o‘qish uchun ommaviy oferta shartnomasi tuzilgan. Talabalar 12,5 mln so‘mdan 25,0 mln so‘mgacha kontrakt to‘lovini to‘lagan.

O‘qish ma’lum bir muddat davom etgan. 2023-yil avgust oyida talabalarga “Tijorat huquqi” yo‘nalishida o‘qitish uchun litsenziya berilmaganligi sababli keyingi 2023/2024 o‘quv yilini vaqtinchalik gibrid shaklida davom ettirish yoki Xalqaro biznes ta’lim yo‘nalishida o‘qish taklif qilingan. Aksariyat talabalar bu taklifni rad etgan va ayrimlari boshqa ta’lim yo‘nalishida o‘qishga rozi bo‘lgan.

Biroq, Universitet tomonidan bugungi kunga qadar ko‘rsatilmagan xizmat uchun olingan kontrakt pullari fuqarolarga qaytarib berilmagan. Ushbu holat yuzasidan “CENTRAL ASIAN UNIVERSITY” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ish maxsus komissiya tomonidan arizachilar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

“CENTRAL ASIAN UNIVERSITY” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 7, 12, 19 va 21-moddalari talablari buzilgan deb topilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik, ko‘rsatilmagan xizmat uchun 7 nafar talaba fuqarolarga jami 167.500.000 so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilish, shuningdek boshqa fuqarolarning murojaati asosida ular bilan tegishli qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/uz/8704/

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

04 Sep, 11:39


⚡️SHOSHILING, OXIRGI IMKONIYAT!

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari "Farmatsiya" hamda "Sanoat farmatsiyasi"  yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Shuningdek, UzBMB( DTM) ballari asosida siz imtihonsiz “Farmatsiya” yoki “Sanoat farmatsiyasi ” yo‘nalishlariga qabul qilinasiz!

Bundan tashqari, o‘qishingizni davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ham ko‘chirishingiz mumkin.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

Farmatsevtika ishini tashkil  qilish va boshqarish;
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
Dorilarning sanoat texnologiyasi;
Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

👉 UzBMB( DTM)ni yuklash

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, Mo‘ljal: “Uz Mal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Manzil
👉 Batafsil ma'lumot

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

31 Aug, 07:16


⚡️Ichki "perevod" natijalari e'lon qilinmoqda

O‘zbekistondagi davlat oliygohlarining biridan ikkinchisiga o‘qishini 2 ta uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirayotgan talabgorlarga tegishli Vazirlik (idora) tomonidan natijalar e’lon qilinmoqda.

Shaxsiy kabinetda arizangiz statusi "Natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda" deyilsa, 1-2 kundan soʻng sizning arizangiz "Tavsiya etildi" yoki "Tavsiya etilmadi" statusiga oʻzgaradi!

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

28 Aug, 19:39


⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari

28 Aug, 19:36


⚡️Joriy yil uchun super kontraktning minimal miqdori tasdiqlandi

2024/2025-oʻquv yili qabulida 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

🏛 Nodavlat OTMlar haqida ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!
@nodavlat_otm