QURILISH fakulteti @qurilishfakulteti22 Channel on Telegram

QURILISH fakulteti

@qurilishfakulteti22


QURILISH fakulteti (Uzbek)

QURILISH fakulteti Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal imkoniyatlari bilan qurilish sohasida yangiliklar bilan sizni ta’minlaydi. Qurilish fakulteti - bu tadqiqotlar, so'nggi xabarlar va sohalarda yangiliklar bo'yicha ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Kanalda siz yangi materiallarga ega bo'lishingiz, sohalarning rivojlanishini kuzatib borishingiz mumkin. Qurilish sohasida keng ko'lamli bilim olmoqchi bo'lsangiz, qurilishfakulteti22 kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib bahramand bo'ling!

QURILISH fakulteti

11 Nov, 06:30


DIQQAT E'LON!!

Universitetimizning faol talabalari diqqatiga.

2024 yilning 20-22 noyabr kunlari SofExpo Samarkand - Xalqaro ko'rgazmalar markazida Builtpro Expo-2024 ko'rgazmalar tanlovi bo'lib o'tadi. Ushbu ko'rgazmada o'z ilmiy ishlanmalaringiz bilan ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritisingiz mumkin. Hozirdan harakat qilib ko'rgazmada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ling. Ushbu ilmiy ishlanmalar tanlovida barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, doktorantura/PhD) ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun SofExpo mas’ul xodimi (Ruxshona Karimova) bilan bog’lanishingiz mumkin.
tel.: +998 88 399 07 05
e-mail: [email protected]

Muddat: 2024-yil 16-noyabr

QURILISH fakulteti

03 Nov, 04:50


#KVEST

Siz jumboqlarni yechishni xush ko’rasizmi?  Sizga turli boshqotirmalar javoblarini topish yoqadimi? Xuddi filmlardagidek jumboq javobini topib xaritalar va turli parollar orqali xazina topishni xoxlaysizmi? Unda KVEST o’yini aynan siz uchun. O’zingiz kabi boshqotirmalar ustasi bo’lgan do’stlaringiz bilan jamoa tuzing va o’yinimizda qatnashing!

Universitetimizda bakalavr bosqichi, kunduzgi  ta’lim shaklida o’qiydigan  4 nafar talabadan tashkil topgan istalgan jamoa o’yinda qatnashishi mumkin.  Jamoa o’ziga nom tanlashi va qatnashish istagini bildirib ro’yxatdan o’tishi kerak. O’yin SamDAQU bosh binosi oldida boshlanadi va kun oxirigacha davom etadi. Jamoalar jami 6 ta bosqichni bosib o’tishlari kerak. O’yin jumboqlari SamDAQU hududi va butun Samarqand bo’ylab joylashtirib chiqiladi. Bir jumboq javobi sizni keyingi jumboq sari olib boradi. Birinchi bo’lib barcha jumboqlarni javobini topib  xazinani qo’lga kiritgan jamoa g’olib hisoblanadi. G’olib jamoa chet el yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Bundan tashqari  faxrli 2 va 3-o’rinni olgan jamoalar ham qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. O’yinga maksimal 15 ta jamoa ro’yxatga olinadi. Joylar to’lganidan keyin ro’yxatdan o’tmoqchi bo’lgan jamoalar ro’yxatga olinmaydi. O’yinni batafsil qoidalari o’yin boshlanishidan avval to’liq tushuntirib o’tiladi. O’yindagi jumboqlar yetarlicha murakkab bo’lib o’ziga ishongan, intelektual va mantiqiy fikrlashi yuqori bo’lgan talabalar ro’yxatdan o’tishlari tavsiya etiladi.

O’yin vaqti: 05.11.2024 soat 09:00

Boshlanish joyi: SamDAQU bosh binosi old tomoni (M.Ulug’bek haykali oldida)

Qo’shimcha ma’lumotlar va ro’yxatdan o’tish uchun yoshlar ittifoqi intelektual loyihalar koordinatori Jonibek Eshovga murojaat qiling!

@DaHo_PaGe
Tel: +99890 213 79 69

1,371

subscribers

318

photos

19

videos